"H" Harf bo'yicha qidirish

MAQOLALAR

ico
Har bir inson duch kelishi mumkin boʻlgan diareyaning 9ta sababi

Har bir inson duch kelishi mumkin boʻlgan diareyaning 9ta sababini keltirib oʻtamiz.

1. Spirtli ichimliklarni suiisteʼmol qilish

Koʻp alkogol ichish nafaqat bosh ogʻrigʻiga, balki jiddiyroq oqibatlarga olib kelishi mumkin. Spirtli ichimliklar ovqat hazm qilish traktini bezovta qiladi va ichakni odatdagidan tezroq qisqarishga majburlaydi. Natijada, suyuqlik soʻrilishga ulgurmaydi va tashqariga qaytib chiqadi.

Diareya muntazam ichuvchilar uchun odatiy holdir, ammo u meʼyorni bilmay qolib bir vaqtning oʻzida juda koʻp ichib yuborganlarni ham boshiga tushishi mumkin. Diareya, shuningdek, kun tartibi buzilgan odamlarga tahdid soladi. Uyqusizlik tufayli oshqozon‑ichak trakti spirtli ichimliklarga taʼsirchan boʻlib qoladi, shuning uchun diareya tun boʻyi uxlamay ziyofat qilish natijasida ham boʻladi.

Bezovtalangan ichaklarni tinchlantirish uchun spirtli va kofeinli ichimliklar, yogʻli va achchiq ovqatlardan voz keching. Suv, shoʻrva yoki sharbat iching — bu yoʻqotilgan suyuqlikni tiklashga yordam beradi, ovqatlardan esa guruch yoki tovuq kabi yengil narsalarni tanlang.

2. Juda koʻp sut va non isteʼmol qilish

Aniqrogʻi, laktoza va glyuten. Baʼzida diareya organizmning laktozani qabul qilmasligi alomatlaridan biri boʻlib chiqadi. Bu organizmda sut shakarini parchalash uchun zarur boʻlgan ferment, yaʼni laktoza juda kam ishlab chiqariladigan holatning nomi. Laktoza toʻliq hazm qilinmaydi, yoʻgʻon ichakka boradi va u yerda fermentatsiya boʻlishni boshlaydi. Natijada diareya, koʻngil aynishi va qorin dam boʻlishi kuzatiladi . Organizm laktozani qabul qilmasligi turli yoʻllar bilan namoyon boʻladi: kimdir bir stakan sut ichishi va hech qanday oqibatlarni sezmasligi mumkin, kimdirni esa bir stakan kapuchinodan keyin ham oshqozoni burab ogʻriy boshlaydi.

Ovqat hazm qilish buzilishi seliakiya kasalligida ham sodir boʻladi. Buning sababi bugʻdoy, javdar va arpa tarkibidagi glyutenga immunitetning reaksiyasidir. Natijada, ingichka ichak shikastlanadi va tana ozuqa moddalarini toʻliq ololmay qoladi. Bu kasallikning alomatlari xilma-xildir: bemorlarda nafaqat diareya, balki ich qotishi ham kuzatilishi mumkin, ular vazn yoʻqotadilar va koʻngil aynishdan aziyat chekishadi, shuningdek, ovqat hazm qilish bilan bogʻliq muammolarga duch kelishadi. Masalan, anemiya, ogʻiz yaralari, bosh ogʻrigʻi ham seliakiya kasalligining belgisi boʻlishi mumkin.

Albatta, siz har ehtimolga qarshi deb sut va glyutenni oʻz ichiga olgan ovqatlardan voz kechmasligingiz kerak. Agar siz bezovta qiluvchi alomatlarni sezsangiz, shifokor bilan maslahatlashing, u sizga qanday tekshiruvlardan oʻtishingiz kerakligini aytadi.

3. Ichakning yalligʻlanishi bilan bogʻliq  kasalliklar

Odatda, oʻtkir diareya bir necha kun davom etadi va agar u ikki hafta yoki bir oy davom etsa, u surunkali deb hisoblanadi. Bunday holatda sabablar Kron kasalligi yoki yazvali kolit boʻlishi mumkin.

Kron kasalligi — ovqat hazm qilish traktining har qanday qismiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan surunkali patologiyadir. Kasallikning barcha sabablari hali aniqlanmagan. Bu yerda irsiyat ham, immunitet tizimi bilan bogʻliq muammolar ham ishtirok etishi mumkin deb taxmin qilinadi. Diareyadan tashqari, umumiy simptomlar orasida qorin ogʻrigʻi, holsizlik, charchoq va vazn yoʻqotish bor.

Yazvali kolit — bu yoʻgʻon ichak shilliq qavatining yalligʻlanish kasalligi. Shifokorlar ham uning paydo boʻlishining sabablarini hali toʻliq tushunisha olmagan: ehtimol patologiya immunitet tizimidagi nosozliklar tufayli yuzaga keladi va xavf omillari orasida yosh (odatda kasallik 30 yoshdan kichiklarda uchraydi) va irsiyat (oilada yazvali kolit bilan kasallangan odamlar) bor. Alomatlar Kron kasalligining namoyon boʻlishiga oʻxshaydi: diareya (baʼzida qon bilan), vazn yoʻqotish va tushunarsiz charchoq. Faqat shifokor aniq tashxis qoʻyishi mumkin, shuning uchun agar diareya bir necha hafta davom etsa, bu shoshilinch ravishda mutaxassisga murojaat qilish uchun jiddiy sababdir.

4. Ovqat holati

 Notoʻgʻri tayyorlangan yoki notoʻgʻri sharoitda saqlangan oziq-ovqat diareyaga olib keladi.

Agar gigiyena qoidalariga rioya qilmasangiz, yarim pishirilgan ovqatni isteʼmol qilsangiz yoki tayyor ovqatni xona haroratida ikki soatdan koʻproqqa qoldirsangiz, bu yaxshilik bilan tugamaydi. Bu vaziyatda diareyadan koʻproq immuniteti yaxshi boʻlmagan odamlar,masalan, homilador ayollar, qariyalar va surunkali kasalliklarga chalinganlar aziyat chekadi.

Diareyani oldini olish uchun oshxona va muzlatgichni toza va ozoda saqlang. Xom goʻsht, parranda goʻshti va baliq boshqa mahsulotlardan alohida saqlanishi kerak va ular toʻliq tayyor boʻlgunga qadar pishirilishi kerak. Ularni toʻgʻraganingizdan soʻng, taxtani, pichoqni va qoʻllaringizni sovun bilan yuving. Muzlatilgan mahsulotlarni xona haroratida qoldirmang, sovutkichning asosiy qismiga qoʻyib muzdan tushiring. Va nihoyat, agar oziq-ovqatdan gʻalati hid kela boshlasa yoki shunday tuyulsa ham, uni isteʼmol qilmaganingiz maʼqul.

5. Bezovtalangan ichak sindromi

Bu yana bir surunkali kasallik boʻlib, uning sabablari haqida shifokorlar hali bir fikrga ega emaslar. Ehtimol, bunda nevrologik kasalliklar, ichak harakatining xususiyatlari va immunitet tizimining notoʻgʻri ishlashi rol oʻynaydi. Kasallik juda keng tarqalgan — kattalarning 10-15 foizi unga  duch keladi. Ammo shifokor xulosasisiz oʻzingizga bu tashxisni qoʻymang. Sindrom oʻzini turli yoʻllar bilan namoyon qiladi: diareya, ich qotishi, qorin dam boʻlishi, qorin ogʻrigʻi, holsizlik, koʻngil aynishi, siyish bilan bogʻliq qiyinchiliklar.

Sindromning namoyon boʻlishi baʼzi oziq‑ovqatlarni isteʼmol qilish tufayli kuchayishi mumkin: masalan, sut, sitrus, loviya va karam. Koʻpchilik stress davrida alomatlar yanada yorqinroq namoyon boʻlishini taʼkidlaydi. Qanday boʻlmasin, ichaklarda salbiy nimadir yuz berayotganini sezsangiz, shifokorga murojaat qiling.

6. Antibiotiklarni qabul qilish

Antibiotiklardan diareya boʻlish koʻp noqulaylik tugʻdiradi va hatto davolanishni muddatidan oldin toʻxtatishga majbur qilishi mumkin. Dori‑darmonlar tufayli diareya boʻlish juda keng tarqalgan holat.

Odatda diareya preparatni qabul qilishning birinchi haftasida boshlanadi. Koʻpincha penitsillin, sefalosporinlar va klindamitsin guruhidagi antibiotiklar diareyani keltirib chiqaradi. Hodisa yoqimsiz, ammo bu kursni muddatidan oldin toʻxtatish uchun sabab emas. Diareya dori-darmonlarni qabul qilishni tugatgandan soʻng yoʻqoladi va ichak tinchlanmaguncha koʻproq suv isteʼmol qilish va tolaga boy ovqatlarni yeyish tavsiya etiladi. Aytgancha,  ha deb antibiotiklar qabul qilish yaxshi emas, ularni boshlashdan oldin, albatta, shifokor bilan maslahatlashing.

7. Yuvilmagan qoʻllar

Rotavirus (ichak grippi) odatda ifloslangan yuzalar orqali yuqadi. Masalan, hojatxonaga borganidan keyin kasallangan odam qoʻllarini yuvmadi va eshik tutqichidan ushladi. Agar siz ham uni ushlasangiz va qoʻlingizni yuvmasdan ogʻzingizga olib borsangiz yoki taom yesangiz, bu muammoga duch kelasiz.

Odatda infeksiyaga chalinishdan birinchi alomatlargacha bir necha kun oʻtadi. Hammasi koʻtarilgan harorat bilan boshlanadi, keyin qusish va diareya paydo boʻladi. Odatda diareya uchdan sakkiz kungacha davom etadi. Agar siydikda qon paydo boʻlsa, harorat 39,4 °C dan yuqori boʻlsa va suvsizlanish alomatlari boʻlsa, masalan, ogʻizda quruqlik, zaiflik yoki bosh aylanishi, shoshilinch ravishda tibbiy yordamga murojaat qilish kerak.

8. Yugurish

Ajablanarli ammo haqiqat: yuguruvchi diareyasi degan atama bor, uzoq yugurishni sevuvchilar bunga duch kelishlari mumkin. Uning namoyon boʻlishi orasida nafaqat diareya, balki koʻngil aynishi va spazmlar ham mavjud. Odatda, bularning barchasi mashgʻulotlardan keyin bir kun ichida yoʻqoladi.

Bunda diareya paydo boʻlishi ehtimolini kamaytirish uchun siz maxsus parhezga rioya qilishingiz kerak. Masalan, mashgʻulotdan kamida bir kun oldin siz tolaga boy va gaz hosil boʻlishiga olib keladigan ovqatlarni tanovul qilmay turishingiz kerak. Shakarli oziq — ovqat va ichimliklardan voz kechsangiz yana ham yaxshi boʻladi.  Mashgʻulotdan oldin kamida ikki soat ovqat yemagan maʼqul. Ammo suvni yugurishdan oldin, yugurish paytida va undan keyin ichish kerak, aks holda organizm suvsizlanib qoladi.

9. Bakteriyalar va parazitlar

Ular tanaga ifloslangan oziq-ovqat, suv yoki yaxshi yuvilmagan qoʻllar bilan kirib oladi. Bakterial diareya koʻpincha boshqa mamlakatlarga sayohat qilganda paydo boʻladi, shu tufayli u sayohatchilarning diareyasi deb ham ataladi.

Odatda u birdan boshlanadi va spazmlar, koʻngil aynish va isitma bilan kechadi. Diareya uch kundan yetti kungacha davom etishi mumkin va agar siydikda qon paydo boʻlsa yoki kuchli qorin ogʻrigʻi boʻlsa, shifokorga murojaat kerak. Asosiy gigiyena qoidalariga rioya qilish bunday diareyadan himoya qiladi. Qoʻlingizni tez‑tez sovun bilan yuving, sayohatlarda faqat butilkalarda suv iching, agar krandan ichishga toʻgʻri kelsa suvni kamida uch daqiqa qaynatib oling. Koʻcha ovqatlarini koʻp yemaslik va pasterizatsiya qilinmagan sut, toʻliq pishmagan goʻshtli ovqatlar, meva va sabzavotlardan ehtiyot boʻlish kerak.

ico
Hilpiroq aritmiya: sabab, belgilar, tashxislash va davolash

Hilpiroq aritmiya – bu yurak aritmiyalaridan biri hisoblanadi. Aritmiya so‘zi yunoncha aritmos (a – yo‘q, ritmos – marom) so‘zidan olingan bo‘lib, barcha yurak maromi buzilishlari uchun umumiy atama hisoblanadi. Aritmiya bilan tibbiyotning kardiologiya sohasi keng shug‘ullanadi. Ushbu maqolada biz hilpiroq aritmiyaga kengroq to‘xtalishni niyat qildik. Hilpiroq aritmiya – yurakning tez va tartibsiz urishi bo‘lib, qon aylanishining buzilishi va boshqa turli asoratlarga sabab bo‘ladi.

Nega endi “hilpiroq aritmiya”?

Ushbu turdagi aritmiyaga bunday badiiy nom berilishi bejiz emas. Hilpiroq aritmiyada yurakning bo‘lmachalari bir butun bo‘lib harakat qilmay, balki tartibsiz, mayda bo‘laklarga bo‘lingan holda, xuddi bayroqning hilpirashi kabi harakat qiladi. Bunday hilpirashlar soni daqiqasiga 400-700 marta bo‘ladi. Hozirgi kunga kelib olimlar bu atamani qayta ko‘rib chiqqan holda, unga “bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi” deya nom berganlar, ammo eski atama qo‘llansa ham xato bo‘lmaydi.

Qanday turlari mavjud?

Xurujlarining davomiyligi, uning boshlanishi va tugashiga ko‘ra, hilpiroq aritmiya quyidagi turlari mavjud:

  • paroksizmal, ya’ni xurujsimon – bir maromda urib turgan yurakda qo‘qqisdan, xilpiroq aritmiya xuruji boshlanadi, oradan ma’lum bir vaqt o‘tgach, xuruj o‘z-o‘zidan yoki shifokor yordamida yurak yana bir maromda ura boshlaydi. Bunday xurujlarning davomiyligi bir necha daqiqadan 72 soatgacha davom etishi mumkin;
  • persistent, ya’ni saqlanib turuvchi – xuruj bir necha sutkagacha, va xatto hafta, oygacha davom etishi mumkin. Bunday xurujni faqat shifokor bartaraf qilishi mumkin;
  • doimiy hilpiroq aritmiya – bu turda hilpiroq aritmiya qachondir boshlangan, ammo bemor qachon boshlanganini bilmagan bo‘lishi mumkin, bunday hilpiroq aritmiya bartaraf bo‘lishi ehtimolligi juda kam va ko‘p hollarda tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra, uni bartaraf qilish xavflidir;
  • alohida turdagi hilpiroq aritmiya – bu turdagi hilpiroq aritmiya asosan yoshlarda uchraydi, yuqori xavfga ega emas, ko‘p hollarda yurak xastaligi bo‘lmagan insonlarda uchraydi.

Hilpiroq aritmiyaning sabablari

Sabablarni shartli ravishda 2 turga ajratish mumkin.

Agar xilpiroq aritmiya – yurakda yuzaga kelgan qandaydir salbiy o‘zgarish yoki avvalroq rivojlanib ulgurgan kasallik ta’sirida yuzaga kelsa, bu yurak bilan bog‘liq sabablardir.

Demak, yurakka bog‘liq sabablar:

  • yurakning tug‘ma va orttirilgan nuqsonlari;
  • xafaqon xastaligi;
  • yurak ishemik kasalligi, miokard infarkti;
  • yurak mushagining nimjonligi bilan kechuvchi kasalliklar – kardiomiopatiyalar;
  • yurak mushagining yallig‘lanishi – miokarditlar;
  • yurak xaltasining yallig‘lanishi – perikarditlar;
  • yurakda bajariladigan turli jarrohlik amaliyotlari.

Yurakka bog‘liq bo‘lmagan sabablar:

Ba’zi odamlarda ma’lum bir omillardan so‘ng, albatta, hilpiroq aritmiya xuruji yuzaga keladi, bularga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • spirtli ichimliklar (ayniqsa, qizil sharob) ni “to‘yib” iste’mol qilgandan so‘ng;
  • qahva va shokoladni iste’molidan so‘ng;
  • sigareta chekishdan so‘ng;
  • haddan tashqari ko‘p taom iste’mol qilish.

Bunday omillardan so‘ng yuzaga kelgan hilpiroq aritmiya xurujlarini olimlari hazilomuz ohangda “bayramona yurak” deb atashadi.

Hilpiroq aritmiyaning belgilari:

  • yurak urib ketishi;
  • tomir urishining turlicha va betartib bo‘lishi;
  • havo yetishmaganday bo‘lishi;
  • bosh aylanishi;
  • umumiy holsizlik va tez charchash;
  • yurak sohasida og‘riq yoki noxushlikni sezish;
  • hushdan ketish, yo‘tal, uyqusizlik.

Qanday tashxislanadi?

Agar siz yoki yaqiningiz yuqoridagi belgilarni o‘zida sezsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish lozim. Eng avvalo tez yordamga murojaat qilish lozim. Tez yordam kelguncha, odam o‘zo‘ziga quyidagicha yordam ko‘rsatishi mumkin:

  • ko‘zlar yumiladi va 10 soniya davomida ko‘z olmalari ikkala ko‘rsatkich barmoq bilan qattiqroq, lekin og‘ritmaydigan darajada bosiladi. Ushbu amal 1 daqiqada 3 marta bajariladi;
  • chuqur nafas olinadi va ushlab turiladi; amal 5 marta takrorlanadi va 2-3 daqiqa kutib turiladi, so‘ngra yana bajarish mumkin;
  • oyoqni tizza bo‘g‘imida bukib, o‘tirib olinadi, qorinlar songa tekkan; shu vaziyatda chuqur nafas olib so‘ng, kuchaniq bajariladi;
  • bosh sovuq suvga botiriladi.

Muolajalar yordam bermagan hollarda tez tibbiy yordam kelishini kutish lozim. Xuruj tezda o‘tib ketgan bo‘lsa-da, shifokor qabuliga borish lozim.

Hilpiroq aritmiya qanday davolanadi?

Hilpiroq aritmiya – bu surunkali kasallik bo‘lib, davolash va doimiy kuzatuvni talab etadi. Hilpiroq aritmiyani qanday davolashni faqat kardiolog shifokor hal qiladi. Qulaylik uchun davolashning ikki turini ko‘rsatib o‘tamiz:

  • dori vositalari bilan davolash;
  • jarrohlik usuli bilan davolash.

Dori vositalari bilan davolash – xurujni bartaraf qilish, hilpiroq aritmiyaning asoratlarini oldini olish yoki ularni davolashga qaratilgan.

Jarrohlik usuli bilan davolash, odam tanasida hech qanday katta kesimlar qilinmaydi, narkoz berilmaydi, bemor og‘riqni sezmaydi. Hozirgi kunda olimlar tomonidan bir necha amaliyot turlari taklif etilgan bo‘lib, ularga kateter ablyatsiyasi, labirint amaliyotini kiritish mumkin. O‘zbekiston sharoitida hozircha faqat kateter ablyatsiyasi bajarilmoqda.

Asoratlari qanday?

Yurakning betartib va tez qisqarish natijasida bo‘lmachalar devorida asta-sekinlik bilan qon quyqalari shakllanib boradi. Qon quyqalari – ya’ni, tromblar juda xavfli bo‘lib, ularning ko‘chishi natijasida ular qon oqimi bo‘ylab, biron tomirga borib tiqilishi mumkin. Buning natijasida, o‘sha tomir qaysi a’zoni qon bilan ta’minlaydigan bo‘lsa, o‘sha a’zo faoliyatining keskin buzilishi va hatto o‘lim yuza kelishi mumkin.

Xususan, tromblar miya tomirlariga tiqilganda, bosh miyada o‘tkir qon aylanish buzilishi – insult yuzaga kelishi mumkin. Shu asoratni oldini olish maqsadida shifokor qonni suyultiruvchi dori vositalarini buyurishi mumkin. Yurakning betartib qisqarishi – odamda borgan sari yurak yetishmovchiligi shakllanishiga sabab bo‘ladi. Yurak yetishmovchiligi – bu yurak mushagining yetarli qisqarmasligi, holsizligi natijasida o‘z ishini to‘la-to‘kis bajarolmasligidir. Yurak yetishmovchiligi surunkali kasallik bo‘lib, qonning tanada yaxshi haydalmasligi bilan ifodalanadi.

So‘ngso‘z o‘rnida: biz uch kishimiz – shifokor, bemor va kasallik. Bemor qaysi tarafda bo‘lsa, o‘sha taraf yutadi.

© Umid Abdusattorov, kardiolog.

Tib.uz nashri.

ico
Hayvon yoki it tishlaganda birinchi yordam koʻrsatish

Agar siz itni tishlagan boʻlsa, infeksiya xavfini kamaytirish uchun darhol jarohatni baholash va unga ishlov berish kerak.

Baʼzi hollarda siz oʻzingizga birinchi yordamni koʻrsatishingiz mumkin. Ayrim holatlarda sizga tez tibbiy yordam kerak boʻladi.

It yoki hayvon tishlaganda rioya qilish kerak boʻlgan birinchi narsa, oʻzingiz va hayvon oʻrtasida masofa saqlashdir. Yaʼni u yana hujum qilib, tishlash ehtimolidan holi boʻlish lozim.

Zudlik bilan tahdid yoʻq boʻlganidan soʻng, itning quturishga qarshi emlanganligini aniqlash kerak. Chunki bu tadbirlar ketma-ketligiga taʼsir etadi. 

It tishlaganda birinchi yordam turi jarohatning darajasiga qarab belgilanadi.

Agar tishlashdan soʻng teringiz buzilmagan boʻlsa, joyni iliq suv va sovun bilan yuving. Bundan tashqari, ehtiyotkorlik uchun bu joyga antibakterial malham yoki spirt qoʻllashingiz mumkin.

Agar teringiz shilingan yoki jarohatlangan boʻlsa, u joyni iliq suv va sovun bilan yuvib tashlang. Bu mikroblarni yuvishga yordam beradi.

Agar tishlashdan soʻng jarohatlangan soha qonayotgan boʻlsa, sohaga ishlov berib, qon oqimini toʻxtatish uchun toza mato bilan muloyimlik bilan yoping. Antibakterial malham foydalaning va shifokor koʻrigiga boring.

It tishlaganda birinchi yordam algoritmi (infografika)

It yoki hayvon tishlasa qanday asoratlar yuzaga kelishi mumkin?

Itning tishlashi tufayli insonlarda bir nechta asoratlar kelib chiqarishi mumkin. Bularga yuqumli kasalliklar, quturish, asab yoki mushak tizimi muammolari va boshqalar kiradi.

Bulardan eng ogʻir va xavflisi quturish kasalligidir. Va shuning uchun ham it yoki hayvon tishlaganda uning quturishga qarshi emlanganligini aniqlash hamda zudlik bilan shifokorga koʻrinish muhim ahamiyatga ega. 

Quturish — bu markaziy asab tizimiga taʼsir qiladigan jiddiy virusli kasallik boʻlib, davolash amalga oshirilmasa, infeksiyadan keyingi bir necha kun ichida oʻlimga olib kelishi mumkin.

Quturish kasalligi virusini saqlovchisi va manbalari: yovvoyi va yirtqich tulki, bo‘ri, chiyabo‘ri, uy hayvonlaridan ot, tuya, it, mushuk, shuningdek, kalamush, sichqon, yumronqoziq, ko‘rshapalaklar, qushlar hisoblanadi.

Kasallik odamga daydi va qarovsiz hayvonlar tishlaganida, uning so‘lagi yoki zarrachalari terining tirnalgan, jarohatlangan sohasi yuzasiga, og‘iz-burun, lab, ko‘z, shilliq pardasiga tushganida yuqadi.

Keyin virus asab tolalari bo‘ylab organizmga tarqaladi, bosh va orqa miyadagi o‘zi tanlagan maxsus joydan makon topadi.

Quturish kasalligi va uning xavfli jihatlari haqida ushbu maqola orqali batafsil maʼlumot olishingiz mumkin: Qutirish kasalligi rivojlanishi va xavfli jihatlari

Turli hayotiy vaziyatlarda qoʻllash mumkin boʻlgan birinchi yordam algoritmlari:

Gripp va yuqori nafas yo'llarining infeksiyalarini alomatlarini davolash uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri TeraFludir.

TeraFlu bu – alohida paketlarga qadoqlangan eriydigan granulalar.

Har bir paket tarkibi:

Faol moddalar: 2 mg benzoksoniy xloridi, 1,5 mg lidokain gidroxloridi,; Yordamchi moddalar: etanol, qalampiryalpiz moyi, mentol, gliserin, xlorid kislotasi, tozalangan suv.https://apteka.uz/product/teraflyu

Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo'llaniladigan boshqa preparatlar: GRIPHOT, Rinil hotmiks, Insti, Sinupret ekstrakt, Rinomaks, ASS va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Homiladorlikka tayyorlanish
Homiladorlik davrida bolaning rivojlanishi jaddal ravishda davom etishi tufayli bu davr o‘ta muhim hisoblanadi. Shuning uchun homiladorlik davri yaxshi kechib, bolaning salomatligiga zarar yetkazmaslik uchun ba’zi maslahatlarga amal qilish foydadan xoli bo‘lmaydi.

Ginekolog huzurida muntazam ravishda bo‘lish

Ba’zilar homiladorlikning ilk oylarida shifokorga bormay yuradilar. Bu noto‘g‘ri, chunki aynan ilk davr (
1 trimestr)da bolaning deyarli barcha tana a’zolari shakllanishni boshlaydi, bunda onaning salomatligi, xususan gormonal holati muhim o‘rin egallaydi. Shuning uchun homiladorlik aniqlangach, ginekolog huzurida kerakli analizlar topshirib tekshiruvlardan o‘tish lozim.

Toza havo bilan nafas olish

Sigaret va yong‘in tutuni homilador ayol organizmi uchun va o‘sayotgan homila salomatligi uchun xavflidir. Aylanish uchun imkon boricha park, o‘rmon va mashina kam bo‘lgan boshqa joylarni tanlash tavsiya etiladi.

Suvsizlanmaslik

Homilador ayol keraklikcha suyuqlik iste’mol qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Mineral yoki filtrlangan suv, ko‘k choy va qaynagan sovutilgan suvni kun mobaynida ichish kerakligi haqida unutmaslik kerak. Shirali va gazlangan ichimliklardan homiladorlik davri davomida voz kechgan ma’qul.

To‘g‘ri va foydali ovqatlanish

Kalsiy, temir va foliya kislotasiga boy mahsulotardan ko‘proq iste’mol qilish. Bug‘doy va danaklarning ham foydasi katta. Go‘shtdagi yog‘larni iste’mol qilmaslik kerak.

Toksin(zahar)lardan xoli bo‘lish

Uy tozalash vositalari, poroshok, chivin va hashoratlarga qarshi vositalar toksinlarga boy bo‘ladi. Imkon boricha ularning o‘rniga zararsiz vositalardan (masalan, soda) foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bo‘yoqlar, o‘gitlar va o‘simliklar dorivorlari homilador ayol va homila salomatligiga zarar keltirishi mumkin. Undan tashqari ba’zi kosmetika vositalari ham kuchli kimyoviy moddalardan tashkil topgan bo‘ladi. Masalan, soch bo‘yoqlarining homilaga zarar keltirishi mumkinligi haqida ilmiy tadqiqotlar mavjud. Shuning uchun homilador kimyoviy vositalardan foydalanayotganda nihoyatda ehtiyot bo‘lishi yoki umuman foydalanmasligi tavsiya etiladi. Ularning o‘rniga tabiiy vositalarni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Uzbaby.uz

[highlight]Avitsenna.uz saytida mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:[/highlight]
ico
Homiladorlikda qandli diabet (Toʻliq qoʻllanma)

Sizning vujudingizda yangi inson shakllanmoqda. Yodingizda boʻlsin toʻqqiz oy mobaynida tanangizda qiziqarli oʻzgarishlar sodir boʻladi. Siz farzand koʻrishga va ona boʻlishga tayyorlanmoqdasiz. Shunday ekan, qandli diabet bilan hayot tarzini olib borayotgan homilador ayol homiladorlikda qandli diabet (Gestatsion diabet) qanday kechishi, uning oʻziga xos jihatlari haqida bilishi va oʻrganishi lozim.

Homiladorlikning birinchi sakkiz haftasi homila rivojlanishining eng muhim davri hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda oʻzingizning fiziologik va ruhiy holatingizga alohida ahamiyat berishingiz, homiladorlikning har bir bosqichida ham muhimdir. 

Homiladorlikda qandli diabet

Bu masʼuliyatni amalga oshirishda siz shifokoringizning uzluksiz nazoratida boʻlib, u tavsiya qilgan tahlillarni muntazam ravishda bajarib, har oyda bir marta, oxirgi uch oyning har ikki haftasida, oxirgi oyda esa har haftada analiz topshirib turishingiz kerak boʻladi.

Homiladorlik davri qisqacha tasnifi

Odatda homiladorlik 40 hafta yoki 9 jarida oyi davom etadi. Homiladorlik davri gestatsion davr deb ataladi. Har uchta uch oylik – trimestr deb ataladi. Birinchi uch oylik – birinchi trimestr, ikkinchi uch oylik – ikkinchi trimestr va oxirgi uch oylik uchinchi trimestr deyiladi. Har bir davrda homila bachadonda tashqi hayotga tayyorlanib boradi. Asosiy mavzuga kirishishdan oldin har bir trimestrga xos o‘zgarishlar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishingiz uchun quyida har bir trimestrning qisqacha tasnifini keltiramiz.

Birinchi trimestr

Homiladorlikning dastlabki uch oyida farzandingizning asosiy tana a’zolari (yuragi – u qon aylantirishni boshlaydi, oshqozon tizimi, umurtqa pog‘onasi) va tizimlari shakllanadi. Yo‘ldosh – himoya va ozuqa a’zosi hisoblanib rivojlana boshlaydi va filtr vazifasini bajarib, homilani kerakli ozuqa bilan ta’minlaydi, keraksizlariga esa to‘siq bo‘ladi.

Sakkizinchi haftasida homilada ko‘z (faqat hali yumuq holda), lab, til, qo‘llar (tirsak, bilak), oyoqlar (tizza, to‘piq) rivojlana boshlaydi. To‘qqizinchi haftasigacha tug‘ilajak bola embrion, keyin esa homila deb ataladi. Birinchi trimestr oxirida homilaning uzunligi 7,5 smga, og‘irligi esa 29,0 grammga teng bo‘ladi.

Buyrak, tishlar o‘rni, panjalarda tirnoqlar umuman, asosiy a’zolar va tizimlar shakllanadi. Suyak va mushaklar ham rivojlanib boradi. Boshda soch va kipriklar o‘sa boshlaydi. Sizda esa shu davrda tez-tez toliqish seziladi.

Ikkinchi trimestr

Bu davrda homilaning o‘sishi va rivojlanishi davom etib, uning vazni 200,01 grammga, buyi 17,0-18,0 smga teng bo‘lishi mumkin. Homilaning yurak urishi yana ham sezilarli darajada bo‘lib, shifokor stetoskop yordamida eshitib ko‘rishi mumkin bo‘ladi. Bu paytda homiladorlik gormonlari ishlay boshlaydi.

Ko‘kragingiz kattalashib, og‘riq sezadigan bo‘lib qolishi mumkin. Uning uchi atrofidagi teri to‘q tusga kiradi. Bachadon o‘sib, siydik pufagini siqadi. Shuning uchun peshob haydash tezlashadi. Milklar qizarishi va qonashi mumkin. Shu sababli og‘iz bo‘shlig‘ini, tishlarni toza saqlash kerak. Ikkinchi trimestr oxirida (6 oylik) homila vazni 715 grammga va bo‘yi 27,5-35 smgacha ortadi.

Homila qovoqlari ochiladi, kipriklari o‘sadi, tirnoqlar barmoqlarning oxirigacha o‘sadi. Umuman, homilaning hayotiy zarur tizimlari rivojlanib, takomillashadi, qorningiz ham ko‘rinib qoladi. Homila o‘sgan sari qomatingiz o‘zgarib boradi. Me’da buzilishi, jig‘ildon qaynashi bezovta qilishi mumkin.

Uchinchi trimestr

Homilaning barcha hayotiy zarur a’zolari va tizimlari shakllanib bo‘ladi. Bosh suyak yumshoq va egiluvchan bo‘ladi. O‘sish tezlashadi. Yettinchi oy oxirida homila vazni 1022-1227 grammgacha, bo‘yi 35-42,5 smga teng bo‘ladi. Bu trimestr mobaynida bola tug‘ilishga tayyor bo‘lib, uning vazni 2965-3067,54 grammgacha, bo‘yi 50 smga teng bo‘lishi kuzatiladi.

Gestatsion diabet nazorati va sog‘lom bola

Homiladorlik muddatining har bir bosqichi homila shakllanishida juda muhimdir. Bunga erishish uchun esa homiladorlik rejalashtirilgan va puxta oʻylangan boʻlishi kerak. Qandli diabet kasalligi bor bemorlarga qoʻyilgan asosiy talab – kasallik nafaqat homiladorlik davrida, balki undan 3-6 oy avval kompensatsiyalashgan boʻlishi kerak. 

Homiladorlikning birinchi 8-10 haftalarida qondagi glyukoza (qand) miqdorining baland boʻlishi boʻlgʻusi chaqaloqning rivojlanishdagi tugʻma nuqsonlar bilan tugʻilishining asosiy sababi boʻlishi mumkin. 

Ona qonidan homila qoniga insulin, glyukagon oʻtmaydi, glyukoza, keton tanachalari esa bemalol oʻtadi. Ona qonida shakar miqdori yuqori boʻlganda u yoʻldosh orqali homila qoniga oʻtib, homiladorlikning 12 haftalaridan insulin ishlab chiqarish faoliyatini boshlagan homila meʼda osti bezining beta hujayralarini zoʻriqib ishlashga majbur etadi. Bu esa homila qonida insulinning yana-da koʻpayishiga olib keladi va homila vazni meʼyoridan ortiqchaligiga sabab boʻladi. Bu holat makrosomiya deb ataladi.

Homila meʼda osti bezining zoʻriqib ishlashi oqibatida koʻp miqdorda ishlanib chiqilgan insulin yangi tugʻilgan chaqaloqda uchraydigan gipoglikemiyaga (yaʼni qonda qand miqdori keskin pasayishiga) olib keladi. 

Bu holat titroq, tirishish, sababsiz bezovtalanish kabi belgilar bilan kechib, oʻz vaqtida aniqlanib, choralar koʻrilmasa fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda chaqaloqqa yordam kerak boʻladi (vena orqali glyukoza dorisi yuboriladi), bir necha kun mobaynida yangi tugʻilgan chaqaloqning qonida qand miqdorining nazorati olib boriladi.

Bundan tashqari, qandli diabetga chalingan onalardan tugʻilgan chaqaloqlarda bilirubinning koʻpayish hollari (giperbilirubinemiya) uchrab turadi. 

Yangi tugʻilgan chaqaloqning 60 foizida uchinchi-beshinchi kunlari terisi sargʻishroq tusga kiradi. Fiziologik sariqlikning bu koʻrinishi normal hol hisoblanadi. 

Bolaga bachadon ichida boʻlgan davrida uni tugʻilganidan keyingi davriga nisbatan koʻproq miqdorda qizil qon hujayralari kerak boʻladi. Ortib qolgan qon hujayralari parchalanganda ular bilirubin deb nomlanuvchi sariq modda ishlab chiqaradi. Chaqaloq jigari ishlab chiqilgan bilirubinni tez chiqarib tashlash darajasida rivojlanmaganligi sababli uning terisi sariq tusga kiradi. Odatda, bu hol 10 kungina davom etadi.

Teri sariq tusga kirishi koʻpchilik chaqaloqlarga xos boʻlsada, qandli diabet kasalligi bor ayollardan tugʻilgan chaqaloqlarda uzoqroq davom etishi kuzatiladi. Natijada, bilirubin miya va nervlarni zaharlaydi. Bunday vaziyatda baʼzi bir davolash turlarini qoʻllashga toʻgʻri keladi (maxsus nur yordamida), juda kam holatda qon quyish zarurati tugʻiladi.

Qandli diabetga chalingan onalardan tugʻilgan chaqaloqlarda yana bir muammo, yaʼni qonda kalsiy miqdori kamayib ketishi (gipokalsiyemiya) ham uchrab turadi. 

Homiladorlikda qandli diabet xavf omillari

Qandli diabetli bemorlarda homiladorlikning eng ogʻir asoratlaridan biri – homilaning ona qornida nobud boʻlishidir. Homilaning halok boʻlishiga koʻpincha gipoglikemiya, onadagi ketoatsidoz, homilada insulinning ortiqchaligi oqibatida yoʻldosh qon tomirlarining diabet taʼsirida oʻzgarishlari natijasida yoʻldosh gormonlarining yetishmovchiligi sabab boʻladi. 

Qandli diabeti bor onalardan yangi tugʻilgan chaqaloqlar oʻlimining sabablaridan yana biri homiladorlik davrida oʻpka taraqqiyotining orqada qolganligi natijasida vujudga kelgan nafas olishdagi oʻzgarishlardir. Oʻpka rivojlanib yetilmaganligi sababli vujudga keladigan oʻtkir nafas yetishmovchiligi xavfi moʻljaldan avvalroq tugʻishda hamda noilojlikdan tugʻruqni sunʼiy yoʻl bilan homiladorlikning 35-haftasigacha amalga oshirish natijasida tugʻilgan chaqaloqlarda katta boʻladi. 

Ammo, homilador ayollar oʻz vaqtida tugʻganlarida ham ularda qandli diabet boʻlsa, oʻpka alveolasining rivojlanmasligi natijasida vujudga kelgan nafas olish yetishmovchiligi ancha koʻp uchraydi.

Homiladorlikda qandli diabet kechishi

Homiladorlikda qandli diabet (Gestatsion diabet) bilan ogʻrigan bemorlarning salomatligi toʻgʻridan-toʻgʻri kasallikning nazorat darajasiga bogʻliqdir. 

Qandli diabetli ayollardan tugʻilgan bolaning salomatligi esa, onaning sogʻlomlik darajasiga bevosita aloqador. Shu sababli qandli diabetning puxta nazorati sogʻlom bola tugʻilishi garovidir. 

Buning uchun ayolda homilador boʻlishdan 2-3 oy avval qandli diabet yaxshi kompensatsiyalanishi va bu holat butun homiladorlik davomida saqlanib qolinishi kerak. Bunga sabab, bola shunchalik tez rivojlanadiki, ayol esa hali homiladorlikdan bexabar boʻlishi mumkin.

Bu esa bola uchun juda xavfli, chunki homiladorlikning birinchi 8-10 haftalarida qondagi qand miqdorining baland boʻlishi boʻlgʻusi chaqaloq tugʻma nuqsonlar bilan tugʻilishining asosiy sababi boʻlishi mumkin. 

Homiladorlik davrida sizda koʻp oʻzgarishlar boʻlishi mumkin, bunda nafaqat tashqi koʻrinishingiz, balki diabet nazoratining oʻzgarishi ham sodir boʻladi.

Sizda insulin miqdori va ukollarning soni, parhez, jismoniy harakatlarning rejalari ham oʻzgarishi mumkin. Shu bilan birga kun davomida bir necha marta qonda qand miqdorini ham aniqlashga toʻgʻri keladi. Har bir trimestrda insulinga ehtiyoj oʻzgacha boʻladi; birinchi trimestrda insulin miqdori pasayadi, 2-3- trimestrda esa aksincha koʻpayishi mumkin.

Ushbu oʻzgarishlarni oʻz vaqtida amalga oshirish natijasida homiladorlik koʻngildagidek yakunlanishi mumkin.

Qandli diabet kasalligi turlari, kechishi, sabablari haqida ushbu maqola orqali batafsil maʼlumot oling: Qandli diabet kasalligi — belgilari, turlari, sabablari va davolash usullari

Insulin va gestatsion diabet

Qandli diabet insulin yetishmovchiligi oqibatida yuzaga keladigan xastalikdir. Insulin – yuqori darajada faol boʻlgan kimyoviy modda (gormon) boʻlib, u oshqozon osti bezining alohida hujayralarida ishlab chiqiladi. 

Inson yashash uchun energiya bilan taʼminlanishi zarur. Energiyani esa odam tanovul qiladigan oziq-ovqat mahsulotlardan oladi. Oziq-ovqat mahsulotlari asosan uch xil modda: oqsil, yogʻ, uglevodlardan iborat. 

Oqsil tana uchun qurilish materiali hisoblanadi, yogʻ va uglevodlar – quvvat manbasidir. Glyukozaning asosiy manbasi – uglevodlar. Uglevodlarning katta qismi ichakdan qonga glyukoza tarzida soʻriladi. Glyukoza samarali qayta ishlanib, quvvatga aylanishi uchun insulin mavjud boʻlishi zarur. 

Glyukoza insulin yordamida hujayralarga kirib, tanani energiya bilan taʼminlaydi. Insulin yetishmovchiligi oqibatida glyukoza hujayraga kira olmaydi va uning qondagi miqdori ortadi. 

Qandli diabet kasalligining 1-turida insulin yetishmovchiligini bartaraf qilish uchun insulin kiritish bilan toʻldiriladi. Insulin har kuni teri ostiga yuborilib turilishi shart. U faqat ukol orqali qilinadi, bunga sabab agar oshqozon orqali xab dori shaklida qabul qilinsa u parchalanib ketib, oʻz taʼsirini koʻrsata olmaydi.

Insulin turlari va yuborish tizimi ayol organizmining ayrim xususiyatlariga bogʻliqdir. 

Sogʻlom kishilarda nahorda qon tarkibida glyukoza – 5,5 mmol/l (100 mg foiz)dan, ovqatlangandan soʻng 2 soat oʻtgach 7,8 mmol/l (140 mg foiz)dan ortmaydi. Ayni shu koʻrsatgichlarga erishish homiladorlik davri davolanishidagi asosiy maqsaddir. 

Bunga shifokor bilan hamkorlikda erishish mumkin. Shuni esda tutish kerakki, nonushtadan oldin yuborilgan insulindan keyin ovqat isteʼmol qilinmasa, qonda shakar miqdori meʼyoridan ham pasayib ketishiga olib keladi. 

Tanaga kiritilgan insulin bemorning qachon va qancha ovqat yeyishini “bilmaydi”. Shuning uchun ham bemor insulin moddasining taʼsiri, uning ovqatlanishga muvofiq boʻlishi toʻgʻrisida oʻzi qaygʻurishi lozim.

Insulin turlari va ta’siri

Koʻpchilik har xil insulinni koʻrganlarida sarosimaga tushadilar va ularning farqlari toʻgʻrisida soʻraydilar. Birinchi marta tabiiy insulin 1921-yilda olingan. Koʻp yillardan buyon insulin qoramol hamda choʻchqaning oshqozon osti bezlaridan olinmoqda, shunga mos ravishda ular qoramol va choʻchqa insulini deb aytiladi. Choʻchqa insulinining molekulasi inson insulini molekulasidan faqat birgina aminokislotasi bilan farq qiladi va qandga xuddi inson insulini kabi taʼsir koʻrsatadi.

“Inson” insulini atamasi insulinning tuzilishi faqat odam tomonidan ishlab chiqariladigan insulin tuzilishiga mos kelishini bildiradi. U DNK-rekombinant texnologiya yoʻli bilan olinadi. 

Fabrikada tayyorlangan insulin dorilarida farqlar mavjud. Bu farqlar insulinning teri osti hujayralaridan qonga soʻrilishi tezligida hamda butun insulin soʻriladigan vaqtdadir. Mana shu ikki xususiyatni “insulin taʼsir kuchining boshlanishi” va “taʼsir kuchining davomiyligi” deb aytiladi. Ular oraligʻida esa “eng yuqori faollik davri” – taʼsirning choʻqqisi yotadi. Insulin dorilarining bir necha asosiy turlari mavjud, ulardan biri tiniq insulin eritmasidir. Uning taʼsiri tez bilinadi va taʼsir faoliyati ham uzoq emas.

Dorilarning bu turi qisqa vaqt taʼsir etish kuchiga ega boʻlgan insulin (Aktrapid, Xumulin, Regular, Insuman rapid va boshqalar) qonga soʻrilishining va tana tarkibiga yuborilgach 1/2 soatdan keyin taʼsir qila boshlaydi. Biroq, ayrim oziq-ovqat moddalari, shu jumladan, qand ichakdan qonga yana-da tezroq shimiladi, shuning uchun ham insulin ovqatdan 1/2 soat oldin qabul qilinishi kerak. 

Soʻnggi yillarda oʻta qisqa taʼsir qiluvchi insulin analoglari ishlab chiqilgan boʻlib (Xumalog, Novorapid), ularning taʼsiri inyeksiyalangandan 10-15 daqiqa oʻtib boshlanadi va shu sababli ularni ovqat isteʼmolidan avval va hattoki ovqatlanib boʻlib ham inyeksiyalansa boʻladi. Bu preparatlar taʼsir davomligini uzaytirish maqsadida ularga sekinlashtiruvchi moddalar qoʻshiladi. Insulin va va uning soʻrilishini sekinlashtiruvchi modda qoʻshilmasi odatda, kristallar hosil qiladi.

Kaloriyaga ehtiyoj homiladorlikda qandli diabet holatida oʻzgaradimi?

Inson yashashi, harakatda boʻlishi va mehnat qilishi uchun energiya sarflaydi. U bunday energiya bilan taʼminlanish uchun ovqat isteʼmol qiladi. 

Energiya moddalar almashinuvi jarayonida hosil boʻladi. Uglevodlar (qand) va yogʻlar esa, energiyaning asosiy manbayi hisoblanadi. 

Homiladorlikda qandli diabet kasalligi bor ayollarga tarkibida oson oʻzlashtiriladigan uglevodlari boʻlmagan parhez buyuriladi. Bu parhezning quvvati homilador ayolning mavjud vazniga 30-35 kkal/kg hisoblanadi. 

Parhez ovqatlar tarkibidagi oqsil miqdori 2 g/kg.ga koʻtariladi va oʻrta hisobda sutkasiga 100-120 g.ni tashkil etadi: yogʻlar miqdori 1 g/kg.ni tashkil etib, oʻrta hisobda sutkasiga 50-70 g.ga teng boʻladi. 

Quvvatiga boʻlgan talabning qolgan qismi (50-60 foiz) murakkab uglevodlarga boy mahsulotlar hisobiga qoplanadi. Qabul qilinishi kerak boʻlgan uglevodlarning sof miqdori 200 g.dan kam boʻlmaydi.

Tana oqsillarni go‘sht, baliq, tuxum, yong‘oq, dukkaklilar, sut mahsulotlaridan oladi. Oqsillar homiladorlik davrida qon hajmi, ko‘krak bezi va bachadon to‘qimasini o‘stirishi zarur. Shuning uchun bularga ehtiyoj 1,5-2 barobar yuqori bo‘ladi.

Yod va temir

Oʻrta Osiyo tuproq va suvida yod tanqisligi mavjud hududlar qatoriga kiradi. Bundan tashqari, qishloq aholisida temir tanqisligi anemiya (kamqonlik) koʻp uchrab turadi,  kamqonlik homiladorlik muddati oshgan sari jadallashadi. 

Ayollar organizmida yod va temir kabi muhim mikroelementlarning yetishmasligi qandli diabet bilan kechayotgan homiladorlikning ogʻir kechishiga, asab tizimi buzilgan bolalar tugʻilishiga olib keladi. 

Agar ushbu holatning oldini olish choralari koʻrilmasa, keyinchalik bolada aqlan zaiflik shakllanishi mumkin. Shuning uchun oilada homilador ayolning ovqatlanishiga alohida ahamiyat berish kerak. 

Oziq-ovqatlar oqsil hamda temir va vitaminlarga yetarli darajada boy boʻlishi kerak. Ovqatga faqat yodlangan tuz ishlatilishi lozim. 

Homilador ayollar shifokor koʻrsatmasiga koʻra yod preparatlarini ham qabul qilib turishlari kerak boʻladi, anemiyani davolashda esa, temirli preparatlar buyuriladi.

Bundan tashqari, homilangizning suyaklari baquvvat bo‘lib shakllanishida kalsiy juda muhimdir. Kalsiyga bo‘lgan bir kunlik ehtiyoj 1200 mg.ga teng.

Kalsiy va vitamin D ga ehtiyojni sut bilan to‘ldirish mumkin, sutga allergiyangiz bo‘lsa, boshqa choralar ko‘riladi.

Homiladorlik davrida vitaminlarga ehtiyoj juda baland boʻladi, ayniqsa, folat kislotasiga ehtiyoj 2 barobar ortadi. Shunga koʻra, parhezda shu vitaminga boy boʻlgan karam, jigar, loviya, apelsin, barcha gʻalla mahsulotlari boʻlgani maʼqul. Baʼzi hollarda shifokor tavsiyasiga koʻra ularning preparatlari ham qoʻllaniladi.

Vitamin tanqisligini bartaraf qilish maqsadida ularga boy bo‘lgan oziq-ovqatlar bilan bir qatorda, shifokor tavsiyasiga ko‘ra butun homiladorlik davrida maxsus tayyorlangan polivitamin preparatlari qo‘llaniladi.

Vitaminlar va ularning ahamiyati haqida batafsil maʼlumot olishni istasangiz ushbu maqolani oʻqing: Vitaminlar haqida batafsil ma’lumot

Qandli diabet kasalligi bor bemorlar ko‘pincha qand o‘rnini bosuvchi mahsulotlardan foydalanadilar (asparkam, saxarin va boshqalar). Aniq ma’lumotlarga ko‘ra, bu mahsulotlar yo‘ldosh orqali homilaga o‘tarkan, shuning uchun ulardan gestatsion diabet davrida foydalanmagan ma’qul.

Shuningdek, barcha homilador ayollar uchun man etilgan chekish va spirtli ichimliklar ichish kabi zarali odatlar ham homiladorlikda qandli diabet bilan xastalangan ayollarga ham birdek taʼqiqlanadi.

Homiladorlikda 1-tur qandli diabet va ovqatlanish

Qandli diabetning 1-turida insulin moddasi ishlab chiqarilmasligi bois, tanadagi insulin yetishmovchiligi unga tashqaridan insulin kiritish bilan toʻldiriladi. 

Sogʻlom kishilarda ovqat yeyilganidan soʻng oshqozon osti bezining beta hujayralari tomonidan insulin moddasi ishlab chiqariladi va bu glyukozaning oʻzlashtirilishini taʼminlaydi. 

Qandli diabetning 1-turi bilan ogʻrigan bemorlarda bunday boʻlmaydi. Ular yetishmayotgan insulin moddasini tashqaridan kiritish yoʻli bilan oladilar. Tanaga kiritilgan insulin bemorning qachon va qancha ovqat yeyishini “bilmaydi”. Shuning uchun ham bemor insulin moddasi taʼsiri uning ovqatlanishiga muvofiq boʻlishi toʻgʻrisida oʻzi qaygʻurishi lozim. 

Agar bemor tanaga kiritilgan insulin moddasi yoʻl qoʻyadigan miqdordan koʻproq ovqat yesa, qand miqdori ortib ketadi. Aksincha, agar u juda kam miqdorda va ancha kech ovqatlansa, gipoglikemiya paydo boʻlishi mumkin.

Shunday qilib isteʼmol qilinadigan ovqat va insulin muvozanatini taʼminlashi oqibatida gipo va giperglikemiyaning oldini olish mumkin. 

Esda tuting, glyukoza miqdori qonda koʻtarilish sababi ikki-uch soat oldin isteʼmol qilingan ovqatlanishga bogʻliq. Agarda har kuni bir vaqtda qonda glyukoza miqdori pasayib borsa, shifokor bilan maslahatlashing. 

Homiladorlik davrida uyqu paytida ham ovqat isteʼmol qilishga toʻgʻri keladi, bolangiz 12 soat emas 24 soat oziqlanadi. Bir xil paytda 1 stakan sut ham gipoglikemiyaning oldini oladi.

Birinchi uch oylikda koʻngil aynashi, ertalabki darmonsizlik, lohaslik oqibatida ovqatlanish kamroq boʻladi. Ahvol yaxshilanishi natijasida sekin-asta ovqatlanish ortadi.

Odatda, uchta asosiy va uchta oraliq ovqatlanish tavsiya qilinadi. Ertalabki nonushta eng kam kaloriyaga ega, bunga sabab ertalab qonda glyukoza miqdori yuqoriroq boʻlishidir.

Homiladorlik davri muammolari

Ko‘ngil aynashini quyidagicha kamaytirish mumkin

  • Boshingizni yostiqdan ko‘tarishdan oldin qotgan yoki shirin bo‘lmagan non yeng;
  • Oz-ozdan, tez-tez va xilma-xil (bir kunda 6-7 marta) ovqatlaning;
  • Achchiq va yog‘li ovqatlardan o‘zingizni tiying;
  • Ovqatlangandan so‘ng yotmang.

Ich qotishi profilaktikasi uchun

  • Ko‘p suyuqlik iste’mol qiling;
  • Kam ishlov berilgan g‘alla mahsulotlaridan tayyorlangan non, yormalar, xom uglevodlar iste’mol qiling;
  • Ko‘proq sabzavotlar qabul qiling, harakatda bo‘ling, jismoniy mashqlar bajaring.

Jig‘ildon qaynashi profilaktikasi uchun

  • Oz-ozdan, tez-tez ovqatlaning;
  • Achchiq va yog‘li ovqatlardan o‘zingizni tiying;
  • Shoshilmasdan, yaxshilab chaynab ovqatlaning;
  • Shifokorga murojaat qiling.

Ovqatlanish odatlarining o‘zgarishi

Odatda yaxshi ko‘rib iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlarini rad etish oqibatida taomnoma qaytadan ko‘rib chiqiladi.

Qandi diabet kasalligida ovqatlanish tartibi haqida mana bu maqola orqali batafsil maʼlumot oling: Qandli diabet taomnomasi — jadvallar, tavsiyalar va ovqatlanish tartibi

Shifokor tavsiya etgan dori-darmonlardan boshqasini qabul qilmang!

Shifokorlar maslahatisiz dorilarni qabul qilmang. Ular bola rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ma’lumki, ayrim dorilar tug‘ma nuqsonlarga olib keladi. Bolalarda dorilarga moyillik (o‘rganish) hosil bo‘lishi mumkin.

Qandli diabetli homilador ayol jismoniy mashq bajarishi mumkinmi?

Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish inson salomatligini mustahkamlaydi. Qandli diabet kasalligi bilan og‘riganda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish ayniqsa, muhimdir.

Jismoniy mashqlar jadal olib borilganda insulin reseptorlarining sezgirligi ortadi, bu esa qon tarkibidagi qand miqdorini pasaytiradi, insulin dozasi kamayishiga olib keladi.

Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanganda oqsil almashinuvi yaxshilanadi, yog‘lar parchalanishi kuchayadi, tana vazni kamayadi, qonda yog‘ tarkibi yaxshilanadi. Bunda qandli diabet kasalligining tomirdagi asorati rivojlanishi uchun vujudga keladigan shart-sharoitlar bartaraf etiladi.

Biroq, gestatsion diabet davrida jismoniy mashqlarni uquvsizlik bilan bajarganda ham salomatlik uchun xavfli oqibatga olib kelishi mumkin. Shuning uchun homilador ayollar o‘zlariga yoqadigan va mos keladigan jismoniy mashqlarni shifokor bilan bamaslahat bajarishlari muhimdir.

Shifokor sinchiklab sizning ko‘z, qon bosimi, yurak faoliyatingizni tekshirib, barcha o‘zgarishlarni nazorat qilib turadi.

Jismoniy mashqlar bolaga, glyukoza miqdoriga ta’sir etishi mumkin. Shuning uchun mashqlardan oldin va keyin qonda glyukoza miqdorini o‘lchash zarur.

Homiladorlikda qandli diabet bilan og‘rigan bemor qoni tarkibidagi qand miqdori 13,3 mmol/l yoki undan yuqori bo‘lsa, jismoniy mashqlar bajarish tavsiya etilmaydi.

Bunday ko‘rsatkich bilan tezda shifokorga murojaat etish tavsiya etiladi. Esda tuting, jismoniy harakatlar to‘xtatilgandan keyin ham yana 24 soat ta’siri saqlanadi.

Insulin dozasi, ovqatlanish jadvali va jismoniy mashqlar bir-biriga mutanosibligiga erishish zarur. Bunga siz shifokor yordamida erishishingiz mumkin.

Mashg‘ulotda o‘zingizni yomon his etsangiz tez bironta glyukoza miqdorini ko‘taruvchi oziq-ovqatlardan foydalanishingiz mumkin.

Ahvolingiz ancha yaxshilangandan so‘ng go‘sht bilan buterbrod, bir bo‘lak pishloq, 1 stakan sut iste’mol qiling. Mashqlarni har kuni, ayni bir vaqtda muntazam bajaring. Ehtiyot bo‘ling, haddan ziyod harakat qilmang.

Qanday mashqlar tavsiya etiladi?

Gestatsion diabet bilan kasallangan bemorlarning glyukoza miqdoriga jismoniy harakatlar qanday ta’sir etadi, degan savol qiziqtiradi.

Avvallari ayollar homiladorlik davrida jismoniy mashqlar qilishmagan. Bunga sabab, mashqlarning homilaga yomon ta’siri ehtimol qilingan. Hozirgi kunda homiladorlikdan oldin mashq qilgan bemorlar uni bajarishni davom ettirishlari mumkin. Biroq, homiladorlikdan avval mashq bajarmagan ayollarga ayni shu davrda ularni boshlash tavsiya qilinmaydi.

Bir qator jismoniy mashqlar turi homiladorlik davrida bajarilishi tavsiya etilmaydi – voleybol, basketbol, golf, sakrash, egilish, chang‘ida uchish.

Yurish nafi, ayniqsa, tanovuldan so‘ng qandli diabetda yuqori bo‘ladi. Ayniqsa, ertalabki nonushtadan so‘ng yurish juda foydali hisoblanadi, chunki glyukoza miqdori ertalab baland bo‘ladi.

Suvda suzish ham juda foydali hisoblanadi. Past faollikda aerobika, baquvvat suyanchiqli o‘rindiqda o‘tirib mashqlar bajarish mumkin.

Tug‘ruqdan keyingi esa, mashqlarni 4 yoki 6 haftadan so‘ng bajarish juda muhim. Agar kesarkesish operatsiyasi bo‘lgan bo‘lsa, jismoniy mashqlar undan ham kechroq muddatda bajarilishi mumkin.

Homiladorlikda qandli diabet (Gestatsion diabet) nazorati

Qandli diabetning nazorati qonda glyukoza miqdori va siydikda glyukoza, atsetonni aniqlash orqali olib boriladi. Bunday tahlillarni o‘tkazish esa, glyukoza miqdorini ko‘zda tutilgan raqamlarda olib yurish imkonini beradi.

Qonda glyukoza  miqdorini aniqlash

Homilador ayollarda qandli diabetni kompensatsiyalash uchun qonda va siydikda glyukoza miqdorini tez-tez aniqlab turish kerak boʻladi. 

Olingan natijalar maxsus kundalikka yozib yuriladi, bunga asoslanib, diabet nazorati qanchalik yaxshi olib borilayotganini koʻrish mumkin va kerakli oʻzgartirishlar kiritish imkoni yaratiladi. Buning uchun qon tarkibidagi qand miqdorini uy sharoitida aniqlash vositalaridan foydalaniladi. 

Bu glyukoza darajasini aniqlash uchun moʻljallangan maxsus test yaproqchalari hamda bemor tomonidan test yaproqchalariga yoki glyukometrning chuqurchasiga tomiziladigan qon tomchisidagi qand miqdorini aniqlaydigan glyukometrlardir. 

Test yaproqchalaridagi natijalar ularning boʻyalish darajasini nazorat shkalasi bilan taqqoslash orqali baholanadi. Glyukometrda aniqlangan qon tarkibidagi qand natijalari elektron tabloga chiqariladi. 

Ayrim glyukometrlar elektron xotira bilan jihozlangan boʻlib, ular qon tarkibidagi qand miqdorining ilgarigi olingan koʻrsatkichlarini qayd etib boradi, bu ham bemor uchun, ham shifokor uchun qulaydir.

Koʻpchilik qandli diabeti bor bemorlarga qonda glyukoza miqdorini bir kunda 4 marotaba aniqlash tavsiya etiladi: birinchi, ikkinchi nonushtadan, tushlikdan, uyqudan oldin. 

Homiladorlik davrida kechasi ham qonda glyukoza miqdorini aniqlash muhim.

Siydikda ketonlar (atseton)ni aniqlash

Gestatsion diabet davrida nazorat faqat qonda glyukoza miqdorini aniqlash bilan cheklanmaydi. Siydikda keton tanachalari (atseton)ni aniqlash ham juda muhim hisoblanadi. 

Keton tanachalarining hosil boʻlishi ona va bola sogʻligiga juda ziyondir. Homiladorlikda qandli diabet tufayli keton tanachalari paydo boʻlish xavfi juda yuqori, buning oqibatida ketoatsidoz holati taraqqiy etishi mumkin. Shuning uchun siydikda atsetonni aniqlab turish shart. 

Buni amalga oshirishning juda oson yoʻli bor. Siydik tarkibidagi atseton miqdorini aniqlash uchun ham test yaproqchalari mavjud. 

Atseton borligi gumon qilinganida ana shu test yaproqchalari yordamida uning siydik tarkibidagi miqdorini osonlik bilan aniqlash lozim. Buning uchun yangi yigʻilgan siydikka maxsus yaproqchalar botirib olinadi. Rangi oʻzgarishiga qarab atseton bor-yoʻqligi va miqdorini aniqlash mumkin. 

Har xil muammolarning oldini olish, oʻz vaqtida hal etish uchun insulin tizimini har 5-10 kunda nazorat qilish kerak. Bu nazoratni amalga oshirish uchun balki ishda, uyda oʻzgartirish kerak boʻladi. Buni amalga oshirishni esa shifokor maslahatiga koʻra olib borish tavsiya etiladi.

Qandli diabet homiladorlikda qanday asoratlar berishi mumkin?

Homilador ayollarda qandli diabetning kechishi oʻziga xos xususiyatlarga ega. Hatto sogʻlom ayoldagi homiladorlik uglevod va yogʻ moddalari almashinuvining oʻzgarishlari bilan kechadi. 

Sogʻlom ayollarda glyukoza va aminokislotalar ona qonidan homila qon aylanishiga oʻtadi. Glyukoza miqdori ona qonida pasaygani sari beta hujayralardan ajralayotgan insulin miqdori ham kamayadi, bu esa yogʻlar parchalanishi va keton tanachalari hosil boʻlishini (ketogenez) kuchaytiradi. Natijada, bu holat och qoringa gipoglikemiya va ketoz boʻlishiga olib keladi. 

Ona qonidan homila qoniga insulin, glyukagon oʻtmaydi, keton tanachalari esa bemalol oʻtadi. Shu sababli onada boʻladigan gipoglikemiya va giperglikemiya homila hayoti uchun xavf soladi. 

Gipoglikemiya, giperglikemiya, ketoatsidoz sodir boʻlishining oldini olish chora-tadbirlari oʻz vaqtida aniqlanmasa ular jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin. Shu sababli ular toʻgʻrisida maʼlumotga ega boʻlish tavsiya etiladi.

Gipoglikemiya

Qon tarkibidagi qand miqdorining meʼyoridan pasayib ketish holati gipoglikemiya deb ataladi. Bunga sabab koʻp miqdorda insulin qabul qilish, kam miqdorda ovqatlanish yoki oʻz vaqtida ovqatlanmaslik, hayajonlanish. Bunday vaziyatda qonda glyukoza miqdori va gipoglikemiya belgilarini tezda aniqlash kerak.

Gipoglikemiya alomatlari:

  • titrash, bosh aylanishi;
  • terlash;
  • oʻziga xos boʻlmagan xatti-harakatlar qilish yoki tirishish;
  • qorin ochishi;
  • bosh ogʻrigʻi;
  • sababsiz koʻz yoshlanishi;
  • diqqatni yigʻib olishning qiyinlashishi;
  • koʻz oldi qorongʻilashishi;
  • rang oqarishi;
  • ogʻiz atrofida sanchiq hissi;
  • kayfiyatning birdan oʻzgarishi;
  • koʻrishning yomonlashishi.

Gipoglikemiyaning dastlabki belgilari paydo boʻlishi bilanoq qonda glyukoza miqdorini aniqlash kerak boʻladi, bunga imkon boʻlmasa tez davo choralarini qoʻllash, yaʼni 2-4 dona oq qand yeyish yoki shakar solingan shirinliklar, limonad, meva-sabzavotlardan birontasi, ikki dona glyukoza tabletkasini qabul qilish tavsiya etiladi.

Eng xavfli tomoni shuki, gipoglikemiya holati kutilmaganda sodir boʻlishi mumkin. Masalan, insulin ertalab soat 7.30 da qilingan va meʼyorida ovqatlangan boʻlsangiz, uning taʼsiri 3 soat davom etadi. Shuning uchun soat 10 va 10.30 oraligʻida qondagi glyukoza miqdorini aniqlash kerak. Bunda glyukoza miqdori 3,3 mmol.ga teng boʻlsa, ertalabki nonushta miqdorini oshirish yoki ertalabki insulin dozasini pasaytirish kerak. 

Gipoglikemiya holatining oldini olish uchun uyda glyukagon ukoli yoxud 40 foizli glyukoza eritmasi boʻlishi muhim.

Giperglikemiya

Ikkinchi muhim muammo – giperglikemiyadir. Qon tarkibidagi qand miqdorining meʼyoridan ortib ketish holati giperglikemiya deb ataladi. Bunday holat insulin yetishmovchiligi oqibatida sodir boʻladi. 

Bunga esa har xil sabablar olib keladi: insulin dorisini muntazam ravishda qabul qilmaslik, parhezda jiddiy buzilishlarga yoʻl qoʻyish, ruhiy va his-hayajon jihatidan zoʻriqishlar (oilaviy mojarolar, ishxonadagi muammolar), hamroh xastaliklar qoʻshilishi (zotiljam, gripp va boshqalar).

Giperglikemiya belgilari:

  • qonda glyukoza miqdorining ortishi;
  • peshobda ham glyukoza miqdori oshadi;
  • tez-tez va koʻp miqdorda peshob ajratish;
  • ogʻiz qurishi;
  • bosh ogʻrishi;
  • ozib ketish va charchash.

Bularning oldini olishning eng yaxshi yoʻli tez-tez qonda glyukoza miqdorini aniqlash va uning belgilari namoyon boʻlishidan oldin davo choralarini qoʻllashdir. 

Homilador ayollarda qonda glyukoza miqdori 6,6 mmoldan oshmasligi kerak, bundan yuqorisiga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Giperglikemiya oʻz vaqtida bartaraf etilmasa ketoatsidoz holati sodir boʻlib, tanada keton tanachalari yigʻila boshlaydi. Bu juda xavfli vaziyat boʻlib, tezkor davo choralari qoʻllanishini talab etadi. 

Davolash odatda uch yoʻnalish: insulin dozasini oshirish, ovqat miqdorini kamaytirish, jismoniy harakat qilish orqali olib boriladi.

Homiladorlikda diabetik koma

Qandli diabet kasalligida asosiy energiya manbayi boʻlmish glyukoza insulin tanqisligi oqibatida hujayralarga kira olmaydi. Buning oqibatida yogʻlar parchalanishi tezlashadi, tanada zaharli qoldiq mahsulotlari, avvalambor yogʻ modda almashinuvining oraliq mahsuli – keton tanachalari toʻplanib qolishi kuzatiladi. 

Koʻp miqdorda hosil boʻlgan keton tanachalari peshob bilan chiqa boshlaydi. Biroq barcha ketonlarni tana shu yoʻl bilan chiqara olmaydi va ular tanada qonda yigʻila boshlaydi. Keton tanachalariga b-oksi yogʻ, atsetouksus kislotalari, atseton kiradi, ular qonga nordonlik xususiyatini beradi, shu tufayli bu holat ketoatsidoz deb ataladi. 

Atseton uchuvchi modda boʻlganligi sababli, u oʻpka orqali ajralib chiqa boshlaydi, shu tufayli ham bemorlarning oʻpkadan chiqaradigan nafasida atseton hidi paydo boʻladi.

Odatda, homiladorlik davrida ertalab peshobda keton aniqlanishi oddiy holga kirmaydi. Shuning uchun bu vaziyatda shifokor bilan maslahatlashishga toʻgʻri keladi, qonda glyukoza miqdori 11,1 mmol/l dan baland boʻlsa albatta, peshobda ketonlarni aniqlash shart. 

Ular koʻpayib ketganda ketoatsidoz holatiga olib keladi. Ketoatsidoz va uning eng keskin namoyon boʻlishi – diabetga oid koma, qand diabetli bemor hayotiga xavf soladigan darajada ogʻirlashishi boʻlib, u kechiktirib boʻlmaydigan tez tibbiy yordam koʻrsatilishini talab etadi. Insulin yetishmovchiligi oqibatida ketoatsidoz sekin-asta, bir necha soatlar ichida taraqqiy etadi.

Diabetga oid komadan oldin odatda bemorda ogʻiz qurishi, chanqash, tez-tez siyish, ishtaha pasayishi, koʻngil aynashi, qusish, baʼzida qorinda ogʻriq paydo boʻlishi, holsizlik, koʻp uxlash, chiqarayotgan nafasida atseton hidining paydo boʻlishi kabi holatlar kuzatiladi. 

Suyuqlik katta miqdorda ajralib chiqa boshlashi tufayli suvsizlik alomatlari: teri va shilliq pardalarning qurishi rivojlanadi. Zarur davolash choralari koʻrilmasa bemorning ahvoli yomonlashib boradi: nafas olishi tezlashadi, holsizlik, hafsalasizlik, ruhiy tushkunlik kuchayib boradi, hushidan ketish holati yuz beradi. Komada shu narsa belgiki, bemor hushini toʻla yoʻqotadi. 

Komatoz holatida bemorning hayoti xavf ostida boʻladi, unga zudlik bilan malakali tibbiy yordam koʻrsatilishi lozim. Aksariyat hollarda bemorni qutqarib qolishga erishiladi, baʼzida esa shifokorlarning saʼy-harakatlariga qaramasdan, oqibat fojiali yakunlanishi mumkin.

Gestatsion tekshiruvlar

Tugʻish sizning sogʻligingiz va sogʻlom bolaga erishish yoʻlida qilgan mashaqqatli mehnat yakunidir. Ayollar uchun onalik eng yuksak baxt boʻlib, hozirgi davrda zamonaviy nazorat yoʻllari bilan bunga erishish imkoni har qachongidan ham qulaydir. 

Homiladorlikda qandli diabet hayot tarziga aylanishi, uni nazorat ostida oʻtkazish yaxshi, albatta. Shunga qaramay boʻlajak farzandingiz sogʻlomligi uchun tibbiy tekshiruvlardan oʻtish maqsadga muvofiqdir. Homiladorlik davri tekshiruvlari bir necha xildan iborat. Bunday tekshiruvlar skrining tekshiruvlarga kirib, homiladorlikning birinchi yarmida perinatal (I toifa) tekshiruvlar deb ataladi. Bunday tekshiruvlar yordamida bola rivojlanishidagi genetik va struktura buzilishlarni aniqlash mumkin. 

Tekshiruvlarning ikkinchi toifasi odatda, homiladorlikning uchinchi trimestridan tugʻish davrigacha olib boriladi. Bunday tekshiruvlardan maqsad bola oʻsishini nazorat qilishdir va tekshiruv fetal nazorati deb ataladi. Ular yordamida yoʻldosh bolaning oziqlanishi va kislorod bilan taʼminlanish darajasini aniqlash mumkin.

Homila 16 haftalik (ikkinchi trimestrning birinchi yarmi) boʻlganda uning oʻsishi va rivojlanishini kuzatish, unda tugʻma nuqsonlar yoʻqligiga ishonch hosil qilish uchun ayollar qonida alfa-fetoprotein (AFP) miqdorining tekshirishi oʻtkaziladi. 

Agar bu test musbat natijaga ega boʻlsa, homiladorlikning ilk muddatlari toʻxtatilishi ona organizmi uchun ancha xavfsizdir. Bunday hollarda qoʻshimcha boshqa testlar qoʻllanilishi tavsiya qilinadi. Ultratovush (UTT) va amniotsentez. Bu qoʻshimcha testlar musbat natija bergan ayollarda esa koʻpincha sogʻlom bola tugʻilishi isbotlangan.

Ona tanasida tovush toʻlqinlari yordamida bolaning tana aʼzolari koʻrinishi va surati olinadi. Olingan koʻrinish sonogramma deb ataladi. Bu usul 20 yildan ziyod qoʻllanib kelinmoqda, bolaga yomon taʼsiri aniqlanmagan. 

Test oldidan qovuq boʻshatilmaydi, vagina orqali ham uni qilish mumkin, bunday holda qovuq toʻla boʻlishi shart emas. Bu test ekran kompyuter-monitoring yordamida bajariladi. Butunlay ogʻriqsiz. 

Siz bir muddat yotib tursangiz, qorningiz transduser yordamida tekshiriladi. Odatda, bunday test homiladorlikning ikkinchi yarmida oʻtkaziladi, bu vaqtgacha bola ancha katta boʻlib qolgan, jinsini aniqlash mumkin. 8 haftada esa har xil rivojlanish nuqsonlarini bilsa boʻladi. Bolaning oʻsish nazoratini bajarish uchun UTT tekshiruvi har oyda qilib turiladi.

© Miyassar RAHIMJONOVA, diabetolog.
"O‘zbekistonda sog‘likni saqlash" gazetasi.

ico
Homiladorlik belgilari va ilk alomatlari. Homiladorlikni aniqlash usullari

Homiladorlik belgilari, uning dastlabki alomatlari har bir ayolda turlicha bo‘ladi. Homiladorlik bo‘lishni orzu qilib yashayotgan har bir ayol bu alomatlarni bilib, o‘zida tezroq his etishni istaydi. Axir, homiladorlik davri bu juda ajoyib hamda o'zgacha bir payt hisoblanadi.
Homiladorlik belgilari o‘ziga xos xarakterli simptomlar bilan o‘zini namoyon qiladi, bular homiladorlikning har qanday bosqichlarida turlichadir. Organizmning individual xususiyatidan kelib chiqqan holda turlicha kechadi. Ushbu maqola orqali homiladorlik belgilari va alomatlari, homiladorlikni aniqlash usullari kabi mavzularga batafsil to‘xtalib o‘tamiz.

homiladorlik belgilari
Odatda homiladorlik bilan bogʻliq qusish va koʻngil aynishi homiladorlikning 5-6 haftalarida boshlanadi.

Homiladorlik alomatlari va birlamchi belgilari

Ayol homiladorligini qancha erta aniqlasa, shuncha ko‘proq vaqt malakali maxsuslashgan tibbiy tekshiruvlardan o‘tishga imkoni bo‘ladi. Tuxum hujayra urug‘langandan keyin ayol organizmida qator gormonal o‘zgarishlar kuzatiladi, bularni organizmga quloq solib aniqlasa bo‘ladi.

Quyidagi belgilarni oʻzingizda sezsangiz, homiladorlikka shubha qilishingiz va homiladorlikni tasdiqlash uchun uy sharoitida homiladorlik testini oʻtkazishingiz mumkin.

  • Hayz kelmasligi. Ushbu simptom haqida barcha ayollar bilishadi. Tuxum hujayra urug‘lanishidan so‘ng hayz siklining (menstrual sikl) cho‘zilishi kuzatiladi, chunki bachadon endometriysi endi homilaning platsentasi hosil bo‘lishi uchun sarflanadi. Ammo ayrim kasalliklarda ham hayz siklining uzayib ketishi mumkinligini unutmaslik lozim.
  • Sut bezlarining kattalashishi va og‘riqli bo‘lishi. Sut bezlari gormonal o‘zgarishlarga juda sezuvchan bo‘ladi. Homiladorlikning ilk kunlarida bezlar kattalashgan so‘rg‘ichlar og‘riqli bo‘ladi.
  • Ko‘p siyish. Homiladorlik boshlanganda ayolda ko‘p siydik ajralishi kuzatiladi. Ushbu holat XGT (xorionik gonadotropin gormoni) ko‘p ishlab chiqarila boshlangandan dalolatdir. Siydik qopi to‘lmasa ham kechqurunlari ko‘p marta hojatxonaga chiqish kuzatiladi. Bundan tashqari, homiladorlikda siydik rangi oʻzgarishi ham mumkin.
  • Tam bilishning o‘zgarishi. Gormonlar ayol organizmining ta’m bilish xususiyatlarini o‘zgartirib yuborishi natijasida, oldin yoqtirmagan ta’mlarni yoqtirib qolishi mumkin. Bundan tashqari, og‘izda metal mazasini sezish ham homiladorlikning ilk belgilari hisoblanadi.
  • Holsizlik va uyquchanlik. Bu simptom organizmda moddalar almashinuvi tezlashganligi sababli organizm charchab qolishi va progesteron gormonining uyquchanlik chaqirishi sababli kuzatiladi.
  • Ko‘ngil aynashi. Ushbu simptomlarning paydo bo‘lishi ko‘pincha homilaning 1,5 oylik davrlaridan boshlanadi, ba’zi ayollarda urug‘langan so‘ng ham kuzatilishi mumkin. Shuni yodda saqlash zarurki, ko‘ngil aynishiga oshqozon ichak trakti kasalliklari ham sabab bo‘lashi mumkin.

Nima uchun homiladorlikni erta aniqlash ahamiyatli?

Homiladorlikni boshida kechirayotgan har bir ayol homiladorlikni ilk belgilari qanday ekanligini bilishi muhimdir. Chunki:

  • Ayol organizmi reproduktiv jihatdan homilaning yetilishiga tayyor boʻlmasa;
  • Patologik rivojlanish (bachadondan tashqari homiladorlik) xavfi katta boʻlsa;
  • Homilada genetik va tugʻma nuqsonlar aniqlansa;
  • Tibbiy koʻrsatma boʻyicha homiladan qutulish zarurati boʻlsa, ayolning hayotini saqlab qolish uchun unga xavf solishi mumkin boʻlgan holatlarni erta aniqlash va oldini olish uchun kerak boʻladi.

Homila necha kunda bilinadi yoki homiladorlik ilk belgilari qachon seziladi?

Bu ayolning individual xususiyatiga bog‘liq. Odatda, erta belgilar urug‘langandan so‘ng 8-9 kun ichida seziladi.

Homiladorlikning ikkilamchi belgilari

  • Homiladorlik belgilari sifatida bazal temperaturaning oshishi;
  • Progesteron gormoning ko‘plab ishlab chiqarilishi natijasida tana harorati 37 gradusgacha ko‘tarilishi mumkin;
  • Chanoq sohasida og‘irlik hissini sezish - ushbu sohada qon aylanishi ko‘payadi, ayol bosim va og‘irlikni seza boshlaydi.
  • Uyqusizlik - charchash hissi ko‘pincha asab qo‘zg‘aluvchanligiga olib kelishi natijasida uyqusizlik kuzatilishi mumkin.
  • Belda og‘riq sezish - bel sohasida simmilovchi og‘riqlarni sezish mumkin. Ammo buyrak kasalliklarida ham og‘riq kuzatilishi mumkin.
  • Bosh og‘rig‘i - gormonal o‘zgarishlar asab tizimiga ta’sir qilganligi sababli bosh og‘rish kuzatilishi mumkin.
  • Ishtahaning ochilishi - moddalar almashinuvi tezlashuvi fonida ishtaha ochiladi.
  • Hid bilish va ta’m bilishning kuchayishi - agar oldinlari ayol ba’zi hidlarga e’tibor bermagan bo‘lsa, homiladorlikda hidlarga sezuvchanligi ortadi.
  • Qo‘zg‘aluvchanlik va kayfiyatning o‘zgarishi - ko‘pchilik ayollar jaxldor va kayfiyati tez-tez o‘zgarib turuvchi bo‘lib qolishadi.
  • Implantatsion qon kelish - urug‘langan tuxum hujayraning bachadon shilliq qavatiga birikish paytida ayol qinidan qon aralash suyuqlik kelishi homiladorlikning ikkilamchi alomatlaridan biri hisoblanadi;
  • Tana vaznining o‘zgarishi - ayol organizmi homilani ozuqa bilan ta’minlab berishi uchun tana vazni ortishi kuzatiladi.
  • O‘tirgan vaqtda noqulaylik - chanoq bo‘shlig‘iga qon kelishi ko‘payganligi sababli bo‘ladi.
  • Yuz, qo‘l va oyoqlarning shishi - homiladorlikda organizm ko‘proq suyuqlik ushlab qolishga harakat qiladi. Su sababdan ham yuz, qo‘l, oyoqlarda turli darajadagi shishlar kuzatiladi.
  • Yuzdagi har xil toshmalar - ayol oldinlari terisi bilan hech qanday muammolar bo‘lmagan bo‘lsada, homiladorlikda yuzda husnbuzarlar (ugri) toshadi. Bu gormonal disbalans bilan tushuntiriladi.
  • Qorin dam bo‘lishi - gormonlarning ichakka yumshatuvchi ta’siri natijasida ichaklarda meteorizm kuzatiladi.
  • Ko‘krak sohasida venoz qon tomirlar surati kuchayishi - homiladorlik boshlangandan so‘ng organizm uni oziqlantirish uchun ham tayyorlanib boradi, vezon qon tomirlar surati laktatsiya jarayoni boshlanayotganligidan dalolatdir. Ko‘krak so‘rg‘ichi rangi ham to‘qlashadi.
  • Yuz terisining rangi qizarishi - gormonlarning kapillyarlarga ta’siri natijasida qon tomirlar kengayadigan bo‘lib qoladi.
  • Qorinning oq chizig‘ida pigmentatsiyaning buzilishi - homilador ayollar uchun xarakterli bo‘lgan simptom kindikdan qov simfizigacha hosil bo‘lgan “yo‘lakcha” paydo bo‘ladi.
  • Immunitetning susayishi - homiladorlik paytida immun sistema sustlashganligi sababli ayol organizmi oddiy O‘RVI va shamollashlarga duchor bo‘lishi oson bo‘lib qoladi.

Ovulyatsiyadan keyin homiladorlik yuz berishi mumkinmi?

Ovulyatsiyadan keyin homilador boʻlish ehtimoli juda ham kam. Ovulyatsiya yuz bergandan keyin tuxum hujayra 12-24 soat ichida urugʻlanishi mumkin. Lekin undan soʻng tuxum hujayra urugʻlanish uchun yaroqsiz hisoblanadi. Shuning uchun, homiladorboʻlishni istagan ayollar, albatta, ovulyatsiya kunini bilishi, hayz siklini nazorat qilib borishi lozim. Homiladorlikni rejalashtirayotgan juftliklarga ovulyatsiyadan oldingi fertil kunlarda hamda ovulyatsiya kunida jinsiy aloqada boʻlish tavsiya etiladi.

Hayz siklingizni nazorat qilmasangiz, shuningdek ovulyatsiya kuningizni aniq bilmasangiz homiladorlikni rejalashtirish qiyin boʻlishi mumkin.

Emizikli ayolda homiladorlik alomatlari va belgilari

Yosh ayol yangi tug‘ilgan chaqaloqni emizikli davrida bo‘lsa, u quyidagi homiladorlik belgilari yoki o‘zgarishlarni sezsa, homiladorlik boshlangan bo‘lishi mumkin:

  • Sut tarkibining o‘zgarishi. Gormonlar ta’siri ostida ona suti tarkibi o‘zgarib bola sutni emmay qo‘yadi;
  • Sut bezlarida sut kelishining kamayishi;
  • Emizayotgan paytdagi noqulayliklar. Gormonlar ta’siri ostida sut bezlari qattiqlashadi, so‘rg‘ichlar qo‘pollashadi va kattalashadi.

Yuqoridagi belgilardan tashqari, umumiy holsizlik, uyquchanlik va hissiy tanglik kabi alomatlar ham kuzatilishi mumkin.

Qanday holatlarda homiladorlik patologiya bilan kechayotgan bo‘lishi mumkin?

  • Kuchli og‘riq hissini sezish. O‘ng yoki chap qovurg‘a osti sohalarida vaqti-vaqti bilan kuchli takrorlanib turuvchi og‘riq sezilsa;
  • Qindan takrorlanib turuvchi og‘riq bilan keluvchi qonli suyuqliklar ajralsa;
  • Homiladorlik belgilarining o‘z vaqtida paydo bo‘lmasligi kuzatilsa, homiladorlik patologiya bilan kechayotgan bo‘lishi mumkin.

Ushbu alomatlar quyidagi asoratlarning rivojlanishini ko‘rsatishi mumkin:

  • Ektopik homiladorlik ya'ni bachadondan tashqari homiladorlik;
  • Spontan abort (homila tushishi);
  • Homila rivojlanishining kechikishi.

Homila qachon bachadonga tushadi?

Homiladorlikning ilk kunlarida ayol tuxum hujayralarining urug‘lantirilishi, uning bo‘linishi va embrionga aylanishi amalga oshiriladi. Ushbu davrda homiladorlik alomatlari sezilmasligi mumkin.

Agar sperma tuxum hujayra ichiga kirsa, urugʻlanish yuzaga keladi. Soʻngra bachadon naychasi orqali urugʻlangan tuxum hujayra (zigota) naycha orqali bachadon tomon yoʻnaltiriladi. Zigota bachadon naychasi boʻylab harakatlanarkan, zigota hujayralari qayta va qayta boʻlinadi. Zigota bachadonga 3 kundan 5 kungacha muddatda yetib boradi.

Bachadonda ham hujayralar boʻlinishni davom ettiradi va blastotsista deb ataladigan hujayralar toʻplamiga aylanadi. Urugʻlangandan taxminan 6 kun oʻtgach, blastotsista bachadon shilliq qavatiga yaqinlashadi va implantatsiya yuz beradi hamda uning oʻsishi boshlanadi. Implantatsiya deb ataladigan bu jarayon 9 yoki 10-kunga qadar yakunlanadi. Implantatsiyadan keyingi 8 hafta davomida u embrion deb ataladi. Toʻqqizinchi haftadan boshlab, to tugʻilishgacha u homila deb nomlanadi.

Homiladorlikni aniqlash usullari

Zamonaviy, ixtisoslashtirilgan diagnostika usullari homiladorlikning beshinchi kunidan boshlab, homiladorlikni aniqlash imkonini beradi. Homiladorlikning uch kunlik belgilarini deyarli aniqlash imkonsizdir.

homiladorlikni aniqlash yo'llari
Testni shoshib, jinsiy aloqadan soʻng yoki hayz koʻrish tugagandan keyin darhol oʻtkazish hech qanday natija bermasligi mumkin. 

Homiladorlik testi va belgilari

Farzandli boʻlishni rejalashtirayotgan koʻpgina ayollar, oʻzlarida homiladorlikning ilk belgilarini sezishlari bilan uy sharoitida homiladorlikni aniqlash uchun, odatda, homiladorlik testlaridan foydalanishadi. Chunki, bu testlar ham foydalanishga qulay ham ishonchliligi bilan ajralib turadi. Testni oʻtkazish qoidalariga rioya qilinsa, albatta, toʻgʻri va aniq natijaga erishish mumkin.

Xoʻsh, homiladorlik testi necha kunlik homilani aniqlaydi? Maʼlumotlarga koʻra, hayz sikli muntazam boʻlgan ayollar homiladorlik testini navbatdagi hayz kelish muddatining ilk kunlaridan oʻtkazishlari mumkin. Va homiladorlik muddati oʻrtacha hisobda, taxminan, toʻrt haftalik hisoblanadi.

Agar navbatdagi hayz kelishi muddatini aniq bilmasangiz yoki nomuntazam hayz davriga ega boʻlsangiz, oxirgi himoyasiz jinsiy aloqaga kirishgan kuningizdan kamida uch hafta oʻtib, test oʻtkazish maqsadga muvofiqdir.

Homiladorlik testi turlari, toʻgʻri foydalanish qoidalari haqida batafsil maʼlumot olishni istasangiz mana bu maqolani ham oʻqing: Homiladorlik testi →

Ginekologik tekshiruvda homiladorlik alomatlari

Ginekologik tekshiruvlar natijasida, ginekolog homiladorlik davri davomida yuzaga keladigan belgilarni aniqlashi mumkin.

  • Bachadon hajmining kattalashishi va konsistensiyasi o‘zgarishi;
  • Tashqi jinsiy a’zolarning rangi o‘zgarishi;
  • Bachadon harakatchanligi oshishi;
  • Bachadonning siljishi.

Qachondan homiladorlik belgilari UTT (UZI) - ultratovush tekshiruvi orqali aniqlanadi?

homiladorlikni aniqlash
Ultratovush tekshiruvlar ona va homila uchun xavfsiz hisoblanadi.

Homiladorlik belgilarini aniq ko‘rsatib beruvchi tekshiruv usulidir. Ultratovush tekshiruv (UTT) homiladorlikning 3-haftasidan boshlab aniqlab beradi. Tekshiruv abdominal yoki transvaginal datchiklar yordamida o‘tkaziladi. UTT dan tashqari, hayz davrining 20-kunida homiladorlikning belgilari ekspress usullar yordamida aniqlash ham mumkin.

Uy sharoitida homiladorlikni aniqlash usullari

Baʼzida ayollar uy sharoitida homiladorlikni aniqlash uchun eng qulay usul — homiladorlik testi boʻlgan taqdirda ham ilmiy jihatdan isbotlanmagan ayrim bir usullardan foydalanishadi. Masalan, yod, tuz, soda kabi moddalar orqali. Bu kabi usullar ham koʻp soʻralayotganligi tufayli ushbu savolga ham qisqacha toʻxtalib oʻtishga qaror qildik.

Homiladorlikni soda bilan aniqlash

Isteʼmol sodasi bilan homiladorlikni aniqlashda gʻoya shundan iboratki, siydikdagi XG soda bilan reaksiyaga kirishib, qotib qoladi yoki pufakchalar hosil qiladi.

Buni sinab koʻrish uchun taxminan teng miqdordagi isteʼmol sodasiga ertalabki yigʻilgan peshob qoʻshiladi. Va bir necha daqiqa kutiladi. Agar sodaga hech narsa qilmasa, oʻzgarish sezilmasa, ayol homilador emas. Agar u qotib choʻksa yoki pufakchalar paydo boʻlsa, ayol homilador hisoblanadi. Boshqa koʻplab uy sharoitida homiladorlikni aniqlash usullarida boʻlgani kabi, ushbu test samaradorligining ham ilmiy dalillari mavjud emas.

Homiladorlikni yod bilan aniqlash

Toza idishga siydigingizni solasiz. Soʻng unga 2 tomchi yod quyasiz. Agar yod shu zahoti erib ketsa, homiladorlik mavjud emas, yod bir necha soniya erimay tura olsa, hamda tarqalmasa, homiladorlik yuz bergan  hisoblanadi.

Tuz bilan homiladorlikni aniqlash

Osh tuzi orqali homiladorlikni uy sharoitida aniqlash uchun tuz va siydik teng miqdorda olib, aralashtiriladi. Masalan, 1 osh qoshiq tuzga 1 osh qoshiq siydik qoʻshiladi. Aralashmani bir necha daqiqaga qoʻygandan soʻng, agar tuz erisa, natija manfiy. Agarda u toʻplanib qolsa, ayol homilador hisoblanadi. Ushbu usuli ham hech qanday ilmiy dalillarga asoslanmagan.

Uyda sharoitida bajariladigan ushbu usullar tasodifan homiladorlik testi bilan bir xil natijani berishi mumkin. Ikkala usuldan ham bir xil natija olish, uy sharoitidagi soda, tuz, yod bilan oʻtkaziladigan usullarning toʻgʻri va ishonchli ekanligini unutmasligingiz lozim. Shuning uchun ham homiladorlik alomatlari sezila boshlasa, tavsiya etilgan muddatda ishonchli boʻlgan homiladorlik testini oʻtkazishingiz maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Homiladorlikda hayz kelishi mumkinmi?

Homiladorlik ilk davrlarida qonli ajralmalar kelishi hayz koʻrishiga oʻxshaydi. Ayol miyasiga birinchi navbatda “homiladorlik vaqtida hayz koʻryapman” degan fikr keladi. Ammo bu holat hayz koʻrish emas, qon ketish deb ataladi.

Bu holatga tabiiy jarayonlar hamda baʼzi jiddiy patologik omillar sabab boʻlishi mumkin. Masalan, erta qon ketishlarga yuqorida taʼkidlaganimiz, urugʻlangan tuxum hujayraning bachadonga yopishishi - implantatsiya jarayoni sabab boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, baʼzida progesteron yetishmovchiligi yoki erkaklar gormonlari — androgenlarning koʻpligi ham erta muddatlarda qon ketishiga olib keladi.

Qonli ajralmalar kelishining patologik sabablari quyidagilar boʻlishi mumkin:

  • Homiladorlik toʻxtashi xavfi;
  • Oʻsishdan toʻxtagan homila;
  • Bachadondan tashqari homiladorlik.

Sanab oʻtilgan patologik holatlar ayol organizmi uchun xavfli hisoblanadi. Homiladorlik vaqtida ayolning umumiy ahvoli yomonlashsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak.

Homiladorlik belgilari paydo bo‘lsa, ayol nima qilishi kerak?

Agar jinsiy munosabatdan keyin homiladorlik belgilarini o‘zingizda sezsangiz, birlamchi tasdiq uchun homiladorlik testini o‘tkazib, ginekolog huzuriga borishingiz lozim. Homiladorlik tasdiqlansa va bo‘lajak ona sifatida homilani saqlab qolmoqchi bo‘lsangiz, mahalliy shifoxonadan ro‘yxatga yoziling. Bolani dunyoga keltirish juda katta ma’suliyatdir, shuning uchun har qanday zararli odatlardan vos keching, ovqat ratsionini esa, foydali mahsulotlar bilan to‘ldiring.

Bundan tashqari, homiladorlikka oid foydali kitob, jurnal, sayt va mobil ilovalardan foydalanishingiz lozim. Homiladorlik uchun zarur bo‘lgan maslahatlarni bizning Avitsenna.uz saytidan topishingiz mumkin.

Chunki homiladorlik alohida masʼuliyatli davr bo‘lganligi, sizdagi o‘zgarishlar bevosita bo‘lajak farzandingizga ham taʼsir qilganligi sababli, homiladorlikka oid bilim va ko‘nikmalaringizni oshirib borishingizga to‘g‘ri keladi.

Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.

Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.

Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60

Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Hayz sikli buzilishi - sabablari, shakllari, asorati va davosi

Hayz funksiyasi, yaʼni muntazam va siklik hayz koʻrish ayollar salomatligining muhim mezonlaridan biri hisoblanadi. Menstrual sikl bilan bogʻliq, noodatiy biror oʻzgarish ayol reproduktiv tizimi kasalligining ilk alomatlaridan biri boʻlishi mumkin. Hayz sikli buzilishi esa, hayz funksiyasi muammolari ichida eng koʻp uchraydigan holat hisoblanadi. Aynan hayz sikli buzilishining koʻplab shakllari, masalan, hayz kechikishi, hayz paytida ogʻriq boʻlishi, koʻp miqdorda qonli ajralma kelishi (laxta qon kelishi), hayzdan tashqari qon ketishi, hayz kam kelishi, hayzning tez vaqt ichida takrorlanishi va boshqa shu kabi muammolar bilan ham ginekologlarga murojaat qilishadi.

Bundan tashqari, hayz va hayz koʻrishning buzilishi mavzusi atrofida ayollarimizda koʻplab, “sir” saqlaydigan yoki “eʼtiborsiz” qoldiradigan jihatlari borki, uni hattoki, ginekolog  koʻrigiga borganida ham aytmaydi va savollari javobsiz qolib ketadi.  Shuning uchun bugun, biz Avitsenna.uz jamoasi ushbu mavzuga taluqli barcha savollarga imkon qadar javob berish maqsadida, maqolamizni yangi maʼlumotlar bilan toʻldirib, qayt chop etyapmiz. Agar, maqolamizni oʻqib boʻlgach, mavzu yuzasidan biz qamrab ololmagan, javob topilmagan savollaringiz boʻlsa, maqola soʻngida yozib qoldirishingiz mumkin. 

Hayz sikli normasi. Sikl aslida qancha davom etishi kerak?

Hayz sikli normasi va hayz sikli buzilishi
Infografika: Avitsenna.uz

Hayz sikli deb, hayzning ilk kunidan boshlab, keyingi hayzning boshlanish kuniga qadar boʻlgan davrga aytiladi. Har bir ayolning individual fiziologik xususiyatlariga koʻra, hayz sikli normada 21 kundan 35 kungacha boʻlgan muddatni tashkil qiladi, odatda sikl 28 kun davom etadi. Hayz koʻrish esa, ikki kundan yetti kungacha davom etishi mumkin. Qiz bolalarda ilk hayz koʻrish boshlangandan keyingi dastlabki, bir necha yil uzoq muddatli sikllar tez-tez kuzatiladi. Biroq, hayz davrlari yoshga qarab, muvozanatlashib, siklik ravishda kuzatila boshlaydi. 

Organizmning barqaror hamda sogʻlom ekanligini baholash uchun har bir ayol oʻz hayz davrini “Ayollar kundaligi” orqali kuzatib borishlari muhim ahamiyatga ega. Chunki hayz siklining kichik oʻzgarishini, oddiy kuzatish orqali payqamaslik, kelgusida esa, eʼtibor berilmagan kichik oʻzgarishlar jiddiy muammolarni ham keltirib chiqarishi mumkin.

Hayz sikli buzilishi sabablari

Hayz siklining izdan chiqishiga organizmdagi turli ginekologik, endokrinologik kasalliklar, turli infeksion hamda yalligʻlanish kasalliklari, jigar va buyrak yetishmovchiligi, semizlik, vitamin yetishmovchiligi, psixologik zoʻriqish, asabiylashish kabi omillar sabab boʻlishi mumkin.

Sanab oʻtganimiz, umumiy sababchi omillar hisoblanadi. Maqola davomida hayz sikli buzilishining har bir shakli kelib chiqishiga sabab boʻladigan kasallik va holatlar haqida ham toʻxtalib oʻtamiz.

Hayz sikli buzilishi belgilari va turlari

Hayz sikli buzilishi
Illustratsiya: Guardian

Amenoreya - uzoq vaqt hayz ko'rmaslik

Amenoreya bu bir nechta hayz sikllari davomida, umuman hayz koʻrmaslikdir. Amenoreyaning birlamchi va ikkilamchi turlari mavjud. Balogʻat yoshiga yetgan boʻlsada, qiz bolada 15-16 yoshigacha umuman hayz koʻrmaslik, birlamchi amenoreya hisoblanadi. Agar ayol hayz koʻrishni boshlagan, biroq soʻngi bir nechta davrlarda hayz koʻrmagan boʻlsa, Ikkilamchi amenoreya deb ataladi. Doimiy, siklik hayz davriga ega boʻlgan ayollar oxirgi uch siklda ham hayz koʻrmagan boʻlsa, nomuntazam siklga ega boʻlgan ayollar esa, olti oy yoki undan oshiq vaqt davomida hayz koʻrmagan boʻlishsa, shifokorga murojaat qilishlari shart. Bundan tashqari, 15-16 yoshdan katta qizlarda ham umuman hayz koʻrish kuzatilmagan boʻlsa, albatta, ginekologga murojaat qilishlari zarur.

Amenoreya tabiiy omillar sababli kelib chiqishi mumkin. Masalan, homiladorlik, emizish, menopauza. Hamda bir qator kasalliklar va omillar ham hayz koʻrishning toʻxtashiga sabab boʻlishi mumkin.

Bular quyidagilar:

Amenoreyaning asosiy belgisi hayz davrining yoʻqligi hisoblanadi. Bundan tashqari, amenoreyaning asosiy sababiga koʻra, bemorlarda, hayz koʻrmaslik bilan birga baʼzi alomatlarga ham duch kelishimiz mumkin, masalan:

Oligoamenoreya - hayz kam kelishi yoki kechikishi

Hayz kam kelishi, yaʼni odatdagi hayz sikli 35 kundan koʻproq davom etishi hamda yil davomida, atigi 4 tadan 9 martagacha hayz koʻrish oligomenoreya, deb ataladi. Oligomenoreyaning bir nechta sabablari bor, ularning baʼzilari tabiiydir. Biroq, hayz kam kelishi yoki hayz kechikishi bu jiddiyroq holatning ham belgisi boʻlishi mumkin.

Masalan, baʼzi oʻsmir qizlarda hayz koʻrish boshlanganda, dastavval hayz sikli 21-35 kun yoki undan ham koʻp vaqt ichida takrorlanib turadi. Bu holat vaqt oʻtgan sari muntazam davrga aylanadi. Bundan tashqari, 45-50 yoshli ayollarda ham organizm menopauza sari yuzlanayotgan vaqtlarda ham hayz siklining muddati uzayishi kuzatiladi. Agar bu holatlar noodatiy belgilar bilan birga kelmasa, normal holat hisoblanadi.

Menopauza (klimaks) haqida toʻliq maʼlumot olishni istasangiz mana bu maqolani oʻqishingiz mumkin: Klimaks — yangicha hayot

Hamda homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarda, hayz kechikishi homiladorlik davri boshlanishi bilan ham bogʻliq boʻlishi mumkin.

Oligomenoreyaga kontraseptik preparatlarni tartibisiz qabul qilish, ozgʻinlik hamda semizlik, ogʻir jismoniy mehnat va professional sport bilan shugʻullanish kabi holatlar va qandli diabet, qalqonsimon bez, tuxumdon kasalliklari, giperprolaktinemiya, prolaktinomalar kabi kasalliklar sabab boʻlishi mumkin.

Agar siz yuqorida sanab oʻtilgan, oligoamenoreyaga sababchi tabiiy omillarsiz, 35 kundan ortiq vaqt ichida ham hayz koʻrmasangiz, albatta, ginekolog qabuliga boring.

Hayz sikli buzilishi - polimenoreya (tez-tez hayz kelishi)

Polimenoreya bu anormal bachadon qon ketishining bir shakli hisoblanib, menstrual siklning 21 kundan kam davom etishiga aytiladi. Baʼzi bir ayollar uchun siklning qisqarishi normal boʻlishi mumkin, ammo boshqalarda esa, bu holat muayyan tibbiy sabablar tufayli yuzaga keladi.Bundan tashqari, hayz siklining qisqa boʻlishi, ovulyatsiya jarayoniga ham bilvosita taʼsir etib, homilador boʻlishni qiyinlashtirishi mumkin.  

Baʼzida polimenoreyani keltirib chiqaradigan normal boʻlmagan holatlar aniqlanmasligi mumkin, bu ayrim ayollar uchun odatiy hol hisobladi. Ammo, baʼzilarda turli omil va kasalliklar tufayli ham polimenoreya yuzaga kelishi mumkin. Hamda uning homilador boʻlishga taʼsirini hisobga olib, uni davolashga kirishish maqsadga muvofiqdir.

Endomertioz, jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklar (xlamidiya va gonoreya), menopauza, stress, psixologik buzilishlar, toʻyib ovqatlanmaslik, tos aʼzolarining surunkali yalligʻlanish kasalliklari sabab boʻlishi mumkin.

Baʼzida reproduktiv aʼzolarning boshqa kasalliklari tufayli qon ketishini polimenoreya, deb oʻylash holatlari ham kuzatilishi mumkin. Shuning uchun har qanday noodatiy qon ketishi yoki qonli ajralma ajralishi, laxta qon kelishi kuzatilsa, ginekolog koʻrigiga borishni unutmang. 

Dismenoreya (algodismenoreya, algomenoreya)  - hayz paytida og'riq kuzatilishi

Dismenoreya – oʻsmirlik davrida eng koʻp uchraydigan patologik holatlardan biri boʻlib, hayz koʻrish bilan bogʻliq boʻlgan kichik chanoq sohasida kuzatiladigan ogʻriqlar va kompleks oʻzgarishlardir.

Koʻpincha, hayz kelganda og'riq kuzatilishi, shu bilan birgalikda baʼzi ayollarda kuchli ogʻriqlar 1-3 kun oldin boshlanishi ham mumkin. Bu holat hayz boshlanganda kuchayadi hamda 2-3 kundan soʻng ogʻriqlar pasayishi bilan xarakterlanadi.

Hayz vaqtida ogʻriq kelib chiqishida bachadon mushaklarining tartibsiz qisqarishi asosiy sababchi hisoblanadi. Va bunga sabab boʻluvchi bir qancha omillar mavjud, ular quyidagilar boʻlishi mumkin:

  • Lyutein fazasining qisqaligi;
  • Biriktiruvchi toʻqima tugʻma displaziyasi;
  • Bachadon adenomiozi va endometriozi;
  • Nasliy omil.

Agar hayz paytida ogʻriqlar boʻlishi doimiy bezovta qilsa, u yuqoridagi hayz sikli buzilishi shakllari bilan birgalikda kelsa, albatta, ginekologga murojaat qilish lozim.

Hayz vaqtida og'riq bo'lishi haqida batafsil maʼlumot olishni istasangiz, Hayz vaqtida ogʻriq boʻlishi – dismenoreya maqolasini oʻqib chiqishingizni tavsiya etamiz.

Ushbu videoda koʻrsatilgan yoga usullari hayz vaqtidagi ogʻriqlardan, xalos boʻlishga yordam berishi mumkin.

[su_youtube_advanced url="https://www.youtube.com/watch?v=KKw_edCHmnk" width="560" height="320" responsive="no" controls="no" rel="no" fs="no" modestbranding="yes" theme="light" playsinline="yes" title="Hayz funksiyasi buzilishi"]

Menoragiya - hayz vaqtida ko'p qon ketishi

Menorragiya ginekologik shikoyatlarning eng koʻp tarqalgani hisoblanadi. Tashxis qoʻyilgan ayollarning ayrimlarida, buning asosiy sababini aniqlash qiyinchilik tugʻdiradi.  Menorragiya organizmdagi jiddiy muammolarning ilk belgisi ham boʻlishi mumkin.

Menorragiya bu  bitta sikl davomida normal miqdordan ikki baravar koʻp, yaʼni 80 ml.dan ortiq qon yoʻqotish holatidir. Normada bir hayz sikli davomida 30-40 ml.gacha qon yoʻqotilishi mumkin.

Ushbu turdagi hayz sikli buzilishi 7 kundan koʻproq davom etib, ayoldan har 2 soatda yoki undan koʻproq muddatda prokladka yoki tamponni almashtirishni talab qiladi.

laxta qon kelishi
Illustratsiya: Marta Pucci. HelloClue

Hayz qoni koʻp kelishiga, quyidagi omillar sabab boʻlishi mumkin:

  • Tuxumdonlar disfunksiyasi;
  • Gormonal buzilishlar;
  • Bachadon miomasi;
  • Bachadon va bachadon boʻyni saratoni
  • Adenomioz;
  • Spiral ishlatish;
  • Homiladorlikning asoratlari;
  • Qon kasalliklari.

Hayz sikli buzilishini davolash

Menstrual sikl buzilishini davolash kasallikning asosiy sababchisini bartaraf etishga yoʻnaltirilgan boʻladi. Davolash usullari muammo sababchisiga, tashxisga, bemorning holati qanchalik ogʻir yoki yengilligiga, shu vaqtga qadar qanday kasalliklarni boshidan oʻtkazganiga va boshqa shu kabi bir qancha omillarga bogʻliq.  

Amaliyotda koʻp qon ketishini nazorat qilish uchun gormonlar buyurilishi  mumkin. Ogʻriqlarni bartaraf qilish uchun esa, ibuprofen kabi ogʻriq qoldiruvchi preparatlar ishlatiladi. Muammolarga kuchli zoʻriqishlar va ogʻir mehnat sabab boʻlganligi aniqlansa, uzoq muddat dam olish hamda maxsus terapiya oʻtkazish maqsadga muvofiq.

Hayz sikli buzilishi shakllarining kelib chiqish sabablari sifatida tizimli kasalliklar, masalan qalqonsimon bez, reproduktiv tizim kasalliklari, turli yaxshi va yomon sifatli oʻsmalar aniqlansa, tegishli mutaxassislarga murojaat qilgan holatda asosiy kasalliklarni davolash talab etiladi. Koʻpincha, asosiy kasallik bartaraf etilgandan soʻng hayz sikli normallashadi.

Kasallikning asoratlari va oldini olish usullari

Hayz sikli buzilishi turli kasalliklar oqibatida yuzaga kelganligini inobatga olsak, asosiy kasallik yoki omil bartaraf etilmas ekan, ushbu patologik holat organizmda chuqur asoratlar keltirib chiqarishi mumkin.

Masalan, amenoreya, oligoamenoreya tufayli osteoparoz va bepushtlik, polimenoreya, menoragiya tufayli kamqonlikning ogʻir darajasi, charchoq, ogʻriqlar,  umumiy moddalar almashinuvining buzilishi kabi asoratlar rivojlanishi mumkin. Shunga alohida ahamiyat berish kerakki, bu holatlar boshqa kasalliklar tufayli yuz berayotganligi uchun asoratlar asosiy kasallikning turiga qarab, turlicha boʻlishi mumkin. Shuning uchun hayz fuksiyasi bilan bogʻliq oʻzingizdagi noodatiy oʻzgarishni sezishingiz bilanoq shifokor bilan maslahatlashishni odat qiling.

Hayz sikli buzilishining oldini olish uchun quyidagi baʼzi tavsiyalarni amalga tatbiq etish foyda beradi:

  • Oʻrta intensivlikdagi jismoniy mashqlar bajarish va foydali oziq-ovqatlarni isteʼmol qilish orqali sogʻlom turmush tarzini saqlashga harakat qiling. Agar siz ozishni niyat qilgan boʻlsangiz, kaloriya va oziq-ovqat isteʼmolini keskin cheklaydigan parhezga murojaat qilish oʻrniga, uni asta-sekin tartib bilan bajaring.
  • Yetarli darajada dam olganingizga ishonch hosil qiling.
  • Stressni kamaytirish uchun turli usullarni qoʻllab koʻring.
  • Agar siz professional sportchi boʻlsangiz, uzoq muddatli yoki kuchli intensiv mashqlarni toʻxtating. Professional sport bilan shugʻullanish, avval aytganimizdek, hayz siklining izdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
  • Homiladorlikni nazorat qilish tabletkalarini yoki boshqa kontratseptsiya usullarini koʻrsatmalarga muvofiq, ginekolog tavsiyasiga koʻra foydalaning.
  • Hayz davringizni doimo kuzatib boring.
  • Har olti oyda profilaktika maqsadida, shifokor koʻrigidan oʻtib turing.
laxta qon kelishi
Foto: Google Photo

Hayz sikli buzilishi bilan ginekologga qachon murojaat qilish zarur?

Agar sizda quyidagi alomatlar mavjud boʻlsa, shifokor bilan bogʻlaning:

  • Noodatiy qon ketish kuzatilsa yoki katta qon laxtalari ajralsa;
  • Anormal yoki badboʻy hidli vaginal ajralma ajralsa;
  • Hayz sikli buzilishi muntazam boʻlsa, yaʼni har safar odatdagidan 5-7 kunga hayz kechikishi yoki erta kelishi kuzatilsa;
  • Hayz koʻrish yetti kundan koʻproq davom etsa;
  • Menopauzani boshdan kechirganingizdan soʻng qon ketishi davom etsa;
  • Qizlarda 15 yoshida ham hayz koʻrishi boshlanmasa yoki hayz boshlangandan soʻng 1-2 yil ichida ham siklik hayz davri oʻrnatilmasa;
  • Hayz boshlanishi oldidan yoki hayz davrida kuchli ogʻriqlar sizni tez-tez bezovta qilsa;
  • Qon ketishi tana haroratining koʻtarilishi bilan namoyon boʻlsa. 

Va, umuman, hayz koʻrish bilan bogʻliq noodatiy holatni boshingizdan oʻtkazsangiz, albatta, bu haqida shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Hayz vaqtida laxta qon kelishi normal holatmi?

Aksariyat ayollar hayotlarining bir qismida hayz koʻrishining noodatiy turli ajralma hamda laxta qon kelishi kabi holatlarni boshlaridan oʻtkazishlari mumkin. Menstrual laxtalar, hayz vaqtida bachadondan chiqariladigan laxta qon, toʻqima va qonning quyuq massali qon tomirlardan tashkil topib, rangi toʻq qizil rangdan, toʻq jigarrang holatgacha boʻladi.

Agar qonli laxtalar kichkina boʻlsa va vaqti-vaqti bilan kam-kamdan ajralib, yorqin yoki toʻq qizil rangda boʻlsa, tashvishlanishga asos boʻlmasligi mumkin. Lekin hayz qoni jigarrang, koʻp miqdorda laxta qon kelishi kuzatilsa hamda bu tez-tez takrorlanib tursa, sogʻlikdagi jiddiy muammolarning alomatlari boʻlishi mumkin.

Odatda, hayz vaqtida laxta qon kelishi menoragiya va boshqa hayz sikli buzilishi shakllari bilan birgalikda keladi hamda ayolning turmush tarziga salbiy taʼsir etadi. Yuqorida sanab oʻtgan, menoragiyaga sabab boʻluvchi omillar koʻp qon ajralishiga olib keladi, natijada laxta qon kelishi ham kuzatilishi mumkin.

Hayz vaqtida laxta qon kelishi quyidagi omillar sabab yuzaga kelishi mumkin:

  • mioma;
  • endometrioz;
  • adenomioz;
  • o'smalar;
  • gormonal muvozanat buzilishi;
  • homila tushishi.

Agar ayolda davriy laxta qon kelishi kuzatilmasdan, ba’zi-ba’zida turli darajada qon ketib tursa, bu hayz sikli buzilishiga aloqador boʻlmay, balki bachadonda yuzaga kelgan boshqa jiddiy o‘zgarish tufayli qon ajrayotgan bo‘lishi ham mumkin.

Shuning uchun muntazam ravishda, hayz koʻrganingizda qon quyqalari yoki laxta qon kelishi roʻy bersa, ginekologga murojaat qiling. Zero, oʻz vaqtida aniqlanib, davo chorasi koʻrilgan har qanday kasallikni bartaraf qilish mumkin.

Normada hayz necha kun kechikishi mumkin?

Maqola boshida aytib oʻtganimizdek, hayz sikli normada 21 kundan 35 kungacha boʻlgan muddatni tashkil qiladi, odatda sikl 28 kun davom etadi. Hayz koʻrish esa, ikki kundan yetti kungacha davom etishi mumkin. Agar hayz koʻrish kutilgan kundan 5 yoki undan koʻp kun oʻtgach ham boshlanmasa, hayz kechikishi hisoblanadi. Agar oxirgi hayz boshlanganidan keyin 6 hafta yoki undan koʻp hafta davomida hayz koʻrmagan boʻlsa, hayz muddati oʻtkazib yuborilgan hisoblanadi.

Hayz siklining qisqa muddatlarga kechikishiga hayot tarzining oʻzgarishidan tortib, turli xastaliklar ham sababchi boʻlishi mumkin.  

Masalan:

  • Stressni boshdan kechirish;
  • Keskin ozib ketish yoki semirib ketish;
  • Jismoniy mashq yoki ogʻir mehnat hajmini odatdagidan keskin oshirish;
  • Kontraseptik preparatlarni qabul qilish;
  • Perimenopauza yoki erta menopauzada;
  • Tuxumdon polikistotik sindromi;
  • Qalqonsimon bez kasalliklari.

Yuqorida sanab oʻtgan holatlardan tashqari, homiladorlikni rejalashtirayotgan oilalarda hayz kelishining kechikishiga sabab homiladorlik yuz berganligi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Agar homiladorlikni rejalashtirayotgan boʻlsangiz, oʻzingizda hayz kechikishi bilan birgalikda, homiladorlikning ilk belgilari: koʻngil aynishi, tez charchash, kichik hojatning koʻpayganligi, taʼm va hid bilishning oʻzgarishi kabi belgilarni sezsangiz, albatta, homiladorlik testini oʻtkazib koʻrishingiz kerak.

Demak, meʼyorda hayz sikli davriy ravishda takrorlansa, biror-bir sababsiz kechikish mumkin emas. Agar muntazam davrga ega boʻlsangiz-u, lekin oxirgi vaqtlarda hayz kechikishi kuzatilayotgan boʻlsa, shifokor qabuliga borishni unutmang.

Spiraldan keyin qon kelishi kuzatilsa, nima qilish kerak?

Bachadon ichi spirali ishonchli kontrasepsiya usullaridan biri hisoblanadi va ginekologiya amaliyotida keng qoʻllaniladi. Biroq, barcha tibbiy vositalarda boʻlgani kabi, spiralni ham notoʻgʻri qoʻllash yoki foydalanish oqibatida turli asoratlar kelib chiqishi mumkin. Bulardan eng keng tarqalgani spiraldan keyin qon kelishi holatidir.

Spiraldan keyin hayz kelishi vaqtida hayz suyuqligi hajmining koʻpayishi, kam holatlarda hayz koʻrmayotgan vaqtda ham qon ketish kabi asoratlar kuzatilishi mumkin. Qon ketish temir tanqisligi anemiyasi, holsizlik, teri rangining oqarishi, hansirash, sochlar va tirnoqlarning sinuvchanligi va ichki aʼzolarda distrofik oʻzgarishlar bilan kechadi. Qon ketishlarning oldini olish maqsadida spiral oʻrnatilishidan 2 oy oldin oral kontraseptiv vositalardan foydalanib turish zarur. Agar menorragiya anemiyalarga sabab boʻlsa, bachadon ichi spirali olib tashlash talab etiladi.

Tug'ruqdan keyin hayz ko'rmaslik yoki kechikishi qancha davom etadi?

Odatda, tugʻruqdan keyin hayz koʻrish avvalgi davriy hayz siklidan biroz farqlanishi mumkin. Emizikli ayollar toki, bolasini tartib bilan (kechasi ham) emizarkan ularda emizishni toʻxtatmagunlaricha yoki kechasi emizishni toʻxtatmagunlaricha  hayz kelishi kuzatilmaydi. Agarda, ona bolani tartibsiz yoki umuman emizmasa, unda birinchi hayz koʻrish tugʻilgandan keyin 5-6 hafta oʻtgach boshlanishi mumkin. Jahon sogʻlikni saqlash tashkiloti tavsiyasiga koʻra, bolaning sogʻlom va baquvvat rivojlanishi uchun, kamida olti oy koʻkrak suti bilan tartibli boqish lozim. 

Ayniqsa, tugʻruqdan keyingi bir necha oy ichida, muntazam boʻlmagan hayz koʻrish odatiy hol hisoblanadi. Bolasini koʻkrak suti bilan boqadigan ayollarda tartibsiz davrlar koʻproq kuzatiladi, chunki emizishni qoʻllab-quvvatlovchi gormonlar organizmda ovulyatsiyaning kechikishiga olib kelishi mumkin. Emizikli boʻlmagan ayollarda ham hayzlar tartibsiz boʻlishi mumkin, chunki tana homiladorlik va tugʻruqdan keyin tiklanish uchun vaqt talab etiladi. Natijada, tartibsiz hayz koʻrish holati kuzatiladi. Biroq bu holat vaqt oʻtishi bilan odatiy tartibiga qaytadi. 

Shuningdek, tugʻruqdan soʻng qindan qonli ajralmalar ajralishi kuzatilishi mumkin. Bu holatni hayz koʻrish, deb talqin qilish kerak emas, chunki ajralmalar kelishiga sabab bachadonning tugʻruqdan keyin tiklanishidir. Maʼlumotlarga koʻra,  tugʻruqdan keyin qon ketishi 3-5 hafta yoki undan ham koʻproq davom etishi mumkin.

Ammo juda ogʻir qon ketishi yoki qon ketishi kuchli ogʻriq hamda tana haroratining koʻtarilishi bilan sodir boʻlsa va ajralmalar hajmi katta boʻlsa, darhol ginekologga murojaat qilish shart.

Hayz keltiruvchi dorilar
Foto: Google Photo

Hayz keltiruvchi dorilar xavfsizmi?

Hayz keltiruvchi dorilar, yaʼni hayz siklini meʼyorlashtiruvchi kimyoviy preparatlar hayz sikli buzilishi bilan shikoyat qilgan ayollarga ginekologlar tomonidan tavsiya qilinishi mumkin. Masalan, rejalashtirilmagan homiladorlikni nazorat qilishning gormonal usullari uchun ishlatiladigan preparatlar anormal bachadon qon ketishlarida hamda amenoreya holatlarida hayz siklining normallashishiga yordam beradi va xavfsiz hisoblanadi. Lekin, ularni ginekolog koʻrsatmalarisiz hamda tartibsiz qabul qilish, holatni yana ham ogʻirlashtirib, hayz sikli buzilishining bir nechta turlarining oʻzaro qoʻshilib kelishiga olib kelishi mumkin.

Bundan tashqari, hayz funksiyasi buzilishi shakliga, kelib chiqish sababiga koʻra boshqa guruh preparatlari ham davolash maqsadida ishlatiladi. Masalan, nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparatlar, antibiotiklar, qon kasalliklariga qarshi preparatlar hamda vitaminlar.

Uy sharoitida hayz keltirish usullari mavjudmi?

Uy sharoitida hayz keltirish yoki hayz siklini normallashtirish hayot  tarzini toʻgʻri tashkil etishga asoslanadi. Hayot tarzining baʼzi omillari — masalan, juda koʻp jismoniy mashqlar bajarish, ogʻir jismoniy mehnat bilan shugʻullanish yoki kam ovqatlanib, ozib ketish hayz sikli buzilishiga turtki boʻlishi mumkin. Shuning uchun ish va dam olishda muvozanat saqlashga intiling. Turmushdagi stress va asabiylashishlardan yiroqroq boʻling. Stressga tushgudek boʻlsangiz ham chiqib ketishning usullarini izlang. Agar oʻz kuchingiz bilan stressni yenga olmasangiz, oilangiz, doʻstlaringiz yoki shifokoringizdan yordam soʻrashdan tortinmang.

Bundan tashqari, uy sharoitida hayz sikli davriyligini yaxshilash, hayz sikli buzilishlarini yengillashtirish uchun mutaxassislar tomonidan quyidagi maslahatlar beriladi:

  • Yoga bilan shugʻullanish — haftasiga 5 marta, kuniga 35 dan 40 minutgacha yoga bilan shugʻullanish gormonlar va hayz davrlarini boshqarishda yordam berishi mumkin. Yoga, shuningdek, hayz oldi sindromi holatini bartaraf qilishda ham qoʻl keladi.
  • Meʼyoriy vaznni saqlashga intiling — kam yoki ortiqcha vazn tartibsizliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun muvozanatga amal qiling.
  • Vitaminlarni meʼyorda qabul qiling — D vitaminining past darajasi hayz sikli buzilishi xavfini oshirishi mumkin. Kundalik D vitamini qoʻshimchasini qabul qilish hayz davrini tartibga solishga yordam beradi. Shuningdek, B guruh vitaminlari hayz oldi ogʻriqlarini kamaytirib, davrlarni tartibga solishga yordam beradi.
  • Meva, sabzavotlar hamda tabiiy ichimliklar ichishni kanda qilmang.

Bir oyda ikki marta hayz kelishi xavflimi?

Polimenoreya yaʼni qisqa muddat oraligʻida hayz koʻrish sababli, baʼzida bir oyda ikki marta hayz kelishi kuzatiladi. Endomertioz, bachadon miomasi, jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklar (xlamidiya va gonoreya), menopauza, qalqonsimon bez kasalliklari, stress, psixologik buzilishlar, toʻyib ovqatlanmaslik, tos aʼzolarining surunkali yalligʻlanish kasalliklari bir oyda ikki marta hayz koʻrishga sabab boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, jinsiy balogʻatga yetishish davrida qizlarning hayz koʻrish davrlari qisqaroq yoki baʼzan uzoqroq boʻlishi mumkin, qisqaroq sikl kuzatilishi natijasida 1 oyda 2 marta hayz koʻrishga olib kelishi mumkin. 

Agar soʻnggi 2-3 oy davomida oyiga ikki martadan hayz koʻrgan boʻlsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Shuningdek, qisqa muddat oraligʻida koʻp miqdorda qon ketsa ham shifokor maslahati zarur boʻladi. Chunki koʻp miqdorda va tez-tez hayz koʻrish, organizmda qon yoʻqotilishiga olib kelishi mumkin, bu esa anemiya rivojlanishiga turtki boʻladi.

Hayz vaqtida jinsiy aloqa qilish mumkinmi?

Ayol hayz koʻrish davrida jinsiy aloqaga kirishishi tavsiya etilmaydi. Chunki turli infeksion kasalliklarning rivojlanish xavfining keskin oshishi kuzatiladi. Qin normal mikroflorasining oʻzgarishi natijasida ayolda, bakterial vaginoz, zamburugʻ kasalliklarining erkak jinsiy aʼzosi boshchasining zararlashi tufayli balanit kasalligi shakillanishi mumkin. Bundan tashqari, hayz vaqtida jinsiy aloqa qilish jinsiy yoʻl bilan yuqadigan xlamidiya, gonoreya, gepatit B, gerpes, OITS, inson papillomavirusi, sifilis kabi infeksiyalarning bemor sherikdan, sogʻlom sherikka yuqishiga sabab boʻlishi mumkin.

Quyidagi audio orqali “Nega hayz koʻrish vaqtida jinsiy aloqa qilish mumkin emas?“, degan savolga Doktor-D tomonidan berilgan batafsil javobni tinglashingiz mumkin.   

https://soundcloud.com/med-media-uzbekistan/hayz-paytida-jinsiy-aloqa-qilish-mumkinmi-doktor-d

Qiz bolada hayz kechikishi normal holatmi?

Yuqorida taʼkidlaganimizdek, endi hayz koʻrishni boshlagan qiz bolalarda hayz sikli barqarorlashguncha, turli xil oraliqlarda takrorlanib turishi (hayz kechikishi yoki erta kelishi), shu bilan birgalikda har xil kechishi mumkin. Ba’zida bu holat 19-20 yoshgacha saqlanib qoladi. Muntazam sikl o‘rnatilgandan so‘ng hayz sikli 21 kundan 35 kungacha davom etadi. Agar hayz koʻrishni boshlaganiga ikki yildan oshiq vaqt boʻlmagan boʻlib, hayz sikli davriy takrorlanmay, kechikayotgan boʻlsa, bundan qattiq xavotirlanish kerak emas. Lekin tartibsiz, kechishdan tashqari, ogʻriqlar, kuchli qon ketishi, jigarrang ajralmalar bilan kelishi hamda boshqa noodatiy holatlar ham kuzatilsa, qiz bola, albatta, oʻsmir qizlar ginekologiga murojaat qilishi shart.


Har bir ayol reproduktiv tizimi bilan bogʻliq biror muammoga duch kelar ekan, uning zamirida uzoq vaqtlardan beri eʼtibor bermagan yoki ahamiyat qaratmagan muammolar yotishi mumkin. Shuning uchun ushbu aʼzolar salomatligiga jiddiy ahamiyat berish, gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilish lozim. 

Hayz sikli bilan bogʻliq maʼlumotlaringiz yoki oʻziga xos hikoyangiz boʻlsa, boshqa ayollar bilan ushbu maqola ostida boʻlishishingiz, ular bilan fikr almashishingiz mumkin.

Salomat boʻling!

Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.

Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.

Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60

Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Homiladorlik taqvimi: 12-hafta
Homiladorlikning 12-haftasini shifokorlar bejiz kichkintoyning birinchi yubileyi deb atashmaydi. O‘zingizni tabriklasangiz bo‘ladi: yo‘lning uchdan birini bosib o‘tdingiz, dastlabki xavotirli trimestr ortda qoldi. Bola tushib qolishi xavfi anchagina kamaygan, demak, endi qarindoshlar, do‘stlaringiz va rahbaringizni bu sirdan voqif etsangiz bo‘laveradi. Bu muddatda ayol hisobga turgan bo‘ladi, endi u 3–4 haftada bir marta shifokor ko‘rigiga borib turadi. Odatda ayol o‘zini yaxshi his eta boshlaydi, kichkintoy esa faol tarzda o‘sishni davom etadi.

Homiladorlikning 12-haftasida nimalar yuz beradi

Homiladorlikning har bir haftasi u yoki bu alomatlar, sezgilar va o‘zgarishlar bilan birgalikda kechadi. Shunday qilib: homiladorlikning o‘n ikkinchi haftasida nimalar yuz beradi? Ertalabki ko‘ngil aynishi tobora yo‘q bo‘lmoqda, ayrimlar 12-haftada
toksikozni umuman esdan chiqaradi. Nihoyat ovqatdan rohatlanish paydo bo‘ladi! Ehtimol siydikning tez-tez kelishi ham sizni bezovta qilmay qo‘yadi. Ichaklarning peristaltikasi o‘zining faoliyatini kamaytiradi, demak, qabziyat paydo bo‘lishi ehtimoli katta bo‘ladi. Qon aylanishi tezlashganligi natijasida ayol yuragi tezroq urayotganini his etishi mumkin. Bachadon esa eniga 10 sm kengaygan, kichik tosga u bemalol sig‘a olmaydi va qorin bo‘shlig‘iga qarab ko‘tariladi. Yurak, o‘pka, buyrakka yuklama oshadi, shuning uchun qattiq charchash, keragidan ortiqcha ovqat yeyish va rejimning boshqa buzilishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Homiladorlikning 12-haftasida homilaning ahvoli qanday bo‘ladi

Kichkintoy borgan sayin odamchaga o‘xshab boradi, lekin boshi tanasiga nisbatan kattaligicha qoladi. Qo‘l-oyoqlari hali juda mitti bo‘lishiga qaramay, ular shakllanib bo‘lgan. Homiladorlikning 12-haftasida homilaning kattaligi uzunasiga 7–10 sm, vazni 15–20 gramm bo‘ladi. Bolaning ichki organlari shakllanib bo‘lgan, demak, infeksiyalar hamda dori-darmonlar ta’siri kichkintoyga avvalgiday katta xavf sololmaydi. Endi kichkintoyning ko‘zchalarini yopadigan qovoqlari bor, uning quloq solinchaklari ham paydo bo‘lgan. Jajji qo‘llarida esa tirnoqchalar ham bor! Bolakay lablarini tirishtirishni, mushtchalarini siqishni, aftini burishtirishni, og‘izchasini ochib-yopishni o‘rganib olgan. Kichkintoy bovul qilishni o‘rgangan, yana atrofidagi suyuqlikni yutishni ham biladi. Bolaning miyasi ikki yarim pallaga ajralib bo‘lgan.

Kayfiyat nihoyatda o‘zgaruvchan

Hissiy barqarorlik hozircha yo‘q, qo‘qqisdan keladigan xavotir xurujlari yoki kayfiyatning birdan ko‘tarilib ketishi mazkur davrda me’yoriy holatdir. Xuddi o‘sha gormonlar ushbu sohani nazorat qilishni davom etadilar, shuning uchun hissiy beqarorlik kun davomida bir necha marotaba takrorlanishi mumkin. Shifokorning ruxsati bilan homilador ayollar uchun mo‘ljallangan gimnastika bilan shug‘ullanish mumkin, bu narsa sizning sog‘lig‘ingizga ham, ruhiy-psixologik holatingiz uchun ham foydali bo‘ladi. Oddiy autotrening bilan shug‘ullanish ham ortiqchalik qilmaydi: shunchaki har tongda ko‘zgu oldida turib olib, qorningizni silagan holda kichkintoyga va o‘zingizga ham mehringiz to‘lib-toshayotganini ayting.

Ovqatlanish qoidalari: fastfud va gazlangan suvga yo‘q deng

Bu davrda sizning ovqatlaringiz turli hil bo‘lishi kerak, meva va sabzavotlarga alohida e’tibor bering. Hozirgi vaqtda organizmga har qachongidan ham o‘simlik to‘qimalari kerak. Kuniga 2 litrgacha suv iching, shirin gazli ichimliklar va qog‘oz qadoqdagi sharbatlarni sotib olmang. Fastfud tayyorlanadigan yemakxonalarni ham chetlab o‘tavering. Ovqatlanish vaqtini o‘tkazib yubormang, kechki payt esa to‘yib ovqat yemang (aks holda qorindagi og‘irlik va hojatxonaga tez-tez qatnash uyqungizga xalaqit beradi).

Homiladorlikning 12-haftasida UZIdan o‘tish

Hozir skrining qilishning vaqti keldi. Biokimyo tekshiruvi uchun tomirdan qon topshirishingiz kerak. Homiladorlikning mazkur davri va bundan keyingi bosqichlarida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar bola sog‘lig‘i va onaning holati uchun mutlaqo xavfsizdir. Birinchi rejali UZI o‘tkazishning vaqti keldi. Shifokor mazkur taomil vaqtida bachadonning holatini va uning tonusini o‘rganadi, yo‘ldoshning joylashishini aniqlaydi, tug‘ishning dastlabki sanasini belgilay oladi. Birinchi UZI vaqtida homilaning kattaligi va rivojlanish dinamikasiga baho beriladi. Shu bilan birga shifokor o‘ta muhim axborotga ega bo‘ladi: rivojlanishdagi ehtimoliy patologiya yoki xromosoma anomaliya xatarlarini o‘rganadi. Mazkur UZIni o‘tkazib yuborish mumkin emas – u beradigan axborot muhim ahamiyatga ega.

Homiladorlikning 12-haftasidagi sezgilar

Atrofdagilar qorningiz dumaloq bo‘lib qolganini hali ko‘rishmaydi. Lekin bo‘lg‘usi onaning o‘zi ko‘zgu qarshisida turib bu o‘zgarishlarni kuzatishi mumkin. Odatda ayol shu davrda molniyali va tugmachali shimlardan voz kechib, elastik, uzunroq ko‘ylaklarni o‘ziga ep ko‘ra boshlaydi. Kiyim badanga yopishib turmasa-da, qorin bo‘shlig‘i atrofida “tortishib turganiday” sezgilar ko‘pincha paydo bo‘ladi. Ko‘krak borgan sayin to‘lishib, hajman kattalashib boradi, shundan terida qichishish boshlanishi mumkin. Ehtimol byustgalterni almashtirish vaqti ham kelib qolgandir. Bu o‘rinda homilador ayollar uchun tayyorlanadigan ich kiyim materialining sifati muhim ahamiyatga egaligini ta’kidlab o‘tishimiz joiz. U tabiiy matodan tayyorlangan va tarkibida paxta tolasi mavjud bo‘lishi kerak hamda tanaga tegib turganida yoqimsiz sezgilarni keltirib chiqarmasligi kerak. Homiladorlikning 12-haftasida tana va yuz terilarida pigment dog‘lari paydo bo‘lishi mumkin, ular tug‘ruqdan keyin yo‘q bo‘lib ketadi. Qorindagi qoramtir chiziqchani ko‘rib ham cho‘chimaslik kerak, u ham tug‘ruqdan keyin g‘oyib bo‘ladi. Kiyim-boshlarni o‘zgartirish bilan mashg‘ul bo‘lish hamda o‘zingizning ajoyib holatingizdan boshingiz osmonga yetishi kerak. Ayrim yangi sezgilar juda g‘aroyib bo‘ladi va ular sizning kayfiyatingizni yanada ko‘taradi.

© J. Xo'jaxon

Homiladorlik.uz nashri.

ico
Homila jinsini aniqlash mumkinmi?

Har bir yangi oilani bo‘lajak farzandining o‘g‘il yoki qiz ekanligi qiziqtiradi. Nafaqat qiziqtiradi balki, oquvontiradi ham. Shu sababdan siz azizlarga bo‘lajak farzandingizni jinsini aniqlash usullari haqida gapirib o‘tmoqchimiz. Albatta, bu usullar tahminiy bo‘lib eng to‘g‘ri tanlov maxsus tibbiy qurilmalar ( UTT ) orqali qo‘yilgan tashxisdir.

  • Agar bo‘lajak onalarning qornida chiziqlar aniq bo‘lsa, tug‘ilajak farzandi — o‘g‘il. Qiz kutayotganlarning qorin chizig‘i faqat kindik atrofida seziladi.
  • Homiladorning qorni uchli bo‘lsa, orqadan qaralganda qorni bilinmasa, demak, o‘g‘il tug‘iladi. Qizaloqlarda esa dumaloq qorin paydo bo‘ladi.
  • Agar homilador ayolning yuzida qizarish va dog‘lar paydo bo‘lsa demak farzandning qiz bo‘lish ehtimolligi ancha yuqori bo‘ladi.
  • O‘g‘il kutayotgan ayollarning homiladorlik davrida ishtahasi yaxshi bo‘ladi. Qiz kutayotganlarning esa tez-tez ko‘ngli ozib turadi.
  • O‘g‘il kutayotganlar nordon, sho‘r, go‘shtli, sutli taomlarni xush ko‘radigan bo‘lishadi. Qiz kutayotganlar esa shirinlik va mevalarga o‘ch bo‘lib qolishadi.
  • Yosh ota-onalar ko‘pincha o‘g‘il farzand ko‘rishadi.

Bunday tabiiy o‘zgarishlardan tashqari dono xalqimiz qo‘llab kelayotgan oddiygina usul ham ko‘p asrlardan beri homilaning jinsini aniqlashda yordam berib kelgan. Bu jarayon momolarimiz tamonidan quyidagicha bajariladi:

Ko‘zsiz uzukni ipga ilib, homilador ayolning qorni ustiga tutishgan. Agar uzuk qarama-qarshi tomonga harakatlana boshlasa, bilishganki, o‘g‘il, doira shaklida harakatlansa — qiz deya taxmin etshgan. Va bu taxminlar ko‘p hollarda o‘z tasdig‘ini topgan.

Farzandingiz jinsi qanday bo‘lishga qaramay bo‘lajak farzandingiz sog‘ va omon bo‘lsa shuning o‘zi katta baxt emasmi?!

Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.

Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.

Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60

Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Homiladorlikka tayyorlanish

Homiladorlik davrida rivojlanadigan asoratlarning aksariyat qismini to‘g‘ri tayyorgarlik ko‘rish bilan to‘xtatish mumkinligi isbotlangan. Ayniqsa, yetishmayotgan vitaminlarni to‘ldirish, ko‘rikdan o‘tish, ehtimoli bo‘lgan kasallikka, holatiga, o‘ziga yuqtiruvchanligiga tashxis qo‘yish va ularni tuzatishlarni aytib o‘tish mumkin.

Zararli ta’sirlar oldindan aniqlansa, ularni butkul yo‘qotish mumkin bo‘lgan holatlar bor: masalan, qizilchaga qarshi immunitetning yo‘qligini aytish mumkin. Bitta emlash orqali ushbu muammo haqida unutish mumkin, homiladorlik vaqtida ham ushbu dard haqida umuman eslamasligingiz mumkin. Faqat emlashdan so‘ng homilador bo‘lishdan avval 3 oy saqlanish kerakligini aytib o‘tishni istar edik.

Aks holda 9 oy stress (qattiq hayajon, ruhiy zarba)da, doimiy tahlil, Xudo asrasin, 50 % holatda homila nuqsonli bo‘lish ehtimoli bor bo‘lib, shifokorlar homilani olib tashlashni tavsiya etadilar.

Homiladorlikka tayyorlanayotgan vaqtda 150 mkg kaliy yodid, homiladorlik vaqtida esa, 200 mkg kaliy yodid qabul qilish homilador ayol va chaqaloqning yod tanqisligi kasalligi muammosining yechimi bo‘la oladi (muddatdan ilgari tug‘ilish va yuqori perinatal o‘limning ham oldini oladi) shuningdek, aqliy zaiflikning oldini oladi. JSST ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda 20 mln kishi yod tanqisligi sababli aqliy zaif bo‘lib, bunday holatni oldini olish mumkin bo‘lgan vaziyatlardan biridir. Qalqonsimon bezning faoliyati pasayishini o‘z vaqtida kerakli miqdorda gormon qabul qilish bilan oson hal qilinadi. Bu shuningdek, yashirin, surunkali, oldin tashxis qo‘yilmagan infeksiyalarga ham tegishlidir. Shamollash jarayonini davolash aksariyat hollarda sabab bo‘ladigan chala tug‘ilish va homiladorlikning infeksiyaviy asoratining oldini olish imkonini beradi.

Butkul hal qilib bo‘lmaydigan holatlar bor, lekin ularga homiladorlikgacha tashxis qo‘yish yordamida davolovchi shifokor ehtimoli mavjud asoratlarni oldindan aytib berish, ularga tayyor turish va o‘z vaqtida ularni tuzatish choralarini ko‘rish imkonini beradi. Ayol kishining aynan shunday yo‘l tutishi, ya’ni homilador bo‘lmasdan avval dori-darmonlarni qabul qilishi bilan homiladorlik davrida jiddiy muammolarning oldini oladi.

Ba’zan ayollar ko‘rikdan o‘tishni hohlamaydilar, buni ularni hech narsa bezovta qilmayotgani va o‘zlarini yaxshi his qilayotganlari bilan izohlaydilar. Ammo yomon taraf ham shundaki, homilador bo‘lmasdan avval ayol o‘zini yaxshi his etadi, uni ko‘p narsa bezovta qilmaydi, lekin aynan homiladorlik davrida asoratlarining ko‘p qismi yuzaga chiqadi. Va ular faqat taxlil ko‘rinishida namoyon bo‘lishi va ayolni butkul bezovta qilmasligi mumkin.

Masalan, bu yerda rezus-faktorga kelib chiqishi mumkin bo‘lgan antitanalarni atib o‘tish mumkin. Bunda rezus-faktor manfiy bo‘lgan ayollarda, homilaning rezus-faktori musbat bo‘lgan holatni aytib o‘tish mumkin. Bundagi antitanalarning paydo bo‘lishini faqatgina taxlil orqali bilish mumkin.

Sog‘lom odamning shifokor huzuriga borishining nima hojati bor?!

Ko‘rib turganingizdek, jiddiy va havfli asoratlarning oldini olish juda oddiydir. Aynan shuning uchun unga ko‘pincha e’tibor berilmaydi. Inson ruhiyati shunaqaki, agar u shifokor huzuriga borib, o‘z sog‘ligi haqida “lozim bo‘lganidek” g‘amxo‘rlik qilsa, zamonaviy murakkab ko‘riklardan o‘tish va nomlari qiyin bo‘lgan yangidan-yangi dori-darmonlar ro‘yxatini tuzib berishi kerak deb tushunadi.

Sog‘lom hayot tarzi tushunchasi hozirgacha ko‘pincha insonda tabassum uyg‘otadi. Shifokor huzuriga kelib: “Ha, doktor, bularning hammasi tushunarli, lekin Siz vitaminlar, uyqu, to‘g‘ri ovqatlanish, to‘g‘ri tartib, tamaki chekishdan voz kechish, kompyuterda ishlashni cheklash, oilada meyoriy munosabatda bo‘lishdan tashqari konkret (aniq, lo‘nda) nima maslahat bera olasiz?” Vaholanki, mana shular-ku eng muhim ishlar axir?!

Ba’zilar ko‘rsatmalarga rioya qilmaydi va zarur moddalar yetishmagan holatda homilador bo‘ladilar. Homiladorlik davrida vitamin qabul qilish albatta muhim, lekin homila rivojlanishining dastlabki eng zarur haftalarida bu moddalar yetishmagan bo‘lsa, keyinchalik ularni qabul qilish orqali rivojlangan asoratni chetlashtirishga yordam bermaydi.

Davolanish doim kasallikning oldini olishdan orqada qoladi. Hali mavjud bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish juda osondir. Agar unga jiddiy e’tibor berilsa, haqiqatan ham ularga uchramaslik mumkin. Mavjud asoratni davolash doim kechikadi, uning rivojlanish mexanizmidan orqada qoladi.

Kasallikni davolash qiyin, lekin oldini olish oson. Shifokorlar allaqachon kasallikning oldini olish osonroq ekanini tushungan. Bu nisbatan sezilarli yaxshi natijalarga olib keladi va bu nisbatan osonroqdir.

Internetning roli

Biror muammo haqida bilish uchun ish ma’lumot yig‘ishdan boshlanadi. Bugungi kunda katta hajmdagi ma’lumotlarga tez fursatda ega bo‘lish manbai bu - internetdir. Aynan internet maslahatlari bu bosqichda yordam berishi mumkin: qayerga murojaat qilish kerak, aynan nimani kamaytirish kerak, o‘zini qanday tutish kerak, nima mumkin, nima mumkin emas, homiladorlikka qanday tayyorlanish kerak! Homiladorlikka tayyorlanishda mavjud jiddiy kasalliklardan tashqari internet-maslahatchi yordam bera oladi. Ma’lumot yig‘ish, maqolalarni o‘qish, savollarga javoblar, o‘z savollarini berish hisobiga bir necha hafta mobaynida oilaga tayyorgarlik ko‘rayotganlar bu savollar bo‘yicha mutaxassis bo‘lib qoladi. Xususan, bir xil muammoli doimiy forumlar - hamma homiladorlikka tayyorlanayotganlar - o‘zaro tajriba, foydali ma’lumot va dalillar bilan almashishadi.

Shaxsiy davolovchi vrach

Nazariy bilim yig‘ilganidan so‘ng keyingi bosqich keladi - o‘zining shaxsiy rejasini ishlab chiqish va yuzma-yuz o‘z shifokorini topish. Chunki internetda tahlilni topshira olmaysiz va Sizning homiladorligingizni kuzatib boradigan shifokor topishingiz kerak. Homiladorlikka tayyorgarlik ko‘rish va homiladorlik davrini nazorati qilish uchun bitta mutaxassisga ishonganingiz ma’qul.

Ishonch - bu shifokor o‘z bemoriga yordam bera oladigan asosiy omil bo‘lib, bu haqida Gippokrat aytib o‘tgan.

Albatta yuzma-yuz muomalanining o‘rnini internet bosa olmaydi. Barcha virtual maslahatlar mavhum (noaniq), chunki inson o‘zi haqida batafsil gapirib bera olish imkoniga ega bo‘lmaydi. Shifokorning birgina ko‘rigi unga undan ko‘ra ko‘proq ma’lumotlar beradi.

Qabulgacha hal qilinadigan va zarur bo‘lgan savollar bor. Yana internet orqali muhokama qilib bo‘lmaydigan savollar ham bo‘ladi. Bu holatda maslahatchi bunday savollarga javob bermasligi bilan nisbatan haqli bo‘lib, buning uchun Homiladorligingizni kuzatadigan shifokorni o‘zingiz tanlab, uning qabuliga kelish kerak.

Homiladorlikka tayyorgarlik algoritmi

1. Sizga - homilador va ko‘krak suti bilan oziqlantiruvchilar uchun mo‘ljallangan polivitaminlar. Turmush o‘rtog‘ingizga - sifatli polivitaminlarning biri. Har ikkalangizga ham folik kislotasi, oshqozonni bezovta qilmasligi uchun ovqat paytida kuniga 1 ta tabletkadan 3 mahal ichiladi. Homiladorlik davrigacha kamida 6 oy ilgari davomiy qabul qilish homilaning asab naychasi rivojlanishidagi nuqsonlarni va boshqa nuqsonlarni keskin pasaytiradi.
2. Jadvalingizni o‘zgartiring va homiladorlikka tayyorlanishdan oldin ta’tilga borib keling! Homiladorlik davrida imkon qadar samolyotda uchish va iqlim almashtirish tavsiya qilinmaydi!
2.0.
Spermogramma. Rejalashtirish davrida juda ham zarur emas. Ushbu tahlil patologik shakllarni aniqlashga imkon beradi.
3. Stomatolog, terapevt, LOR ko‘rigidan o‘tish (surunkali tonzillit, piyelonefritni davolatish).
4. Ginekolog ko‘rigidan o‘tish.
5. Har ikkingizning ham qon guruhi, rezus-faktori. Agar ayol kishida musbat rezus-faktor bo‘lsa, muammo yo‘q.

Agar ayol kishida manfiy rezus-faktor bo‘lsa - rezus-faktorga qarshi bo‘lgan antitanalarni tekshirish uchun taxlil qilinishi kerak (erkak kishining manfiy bo‘lsa ham).

Agar antitanalarni aniqlash bo‘yicha tahlil musbat (polojitelniy) chiqsa, bunday vaqtda homiladorlik vaqtincha mumkin emas, korreksiya talab qilinadi.

Agar antitanalarga qarshi tahlil manfiy (otritsatelniy) bo‘lsa, bu taxlilni homila 8 oylik bo‘lgunicha har bir oyda ushbu tahlil bir marta takrorlab turilishi kerak.

Ayolning qon guruhi 1 guruh va erkak kishiniki boshqa guruh bo‘lsa, qon guruhi to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Rezus-faktorga qarshi antitana uchun taxlil bo‘lganidek, guruhiy antitanaga taxlil topshirish ham homilaning 8 haftaligidan boshlab bir oyda bir marta topshirilishi kerak.

6. TORCH-kompleks. Qizilcha, toksoplazma, gerpes, SMV, xlamidiya-miqdoriy tahlil (titrli).
7. Infeksiyalar tahlili: oddiy surtma (tahlil uchun olinib, oynaga surtilgan yupqa qatlam), yashirin infeksiyalarga har ikkisi ham (erkak va ayol) PSR topshirishi.
8. Gormonlar - buyrak usti androgenlari va qalqonsimon bez holatini xarakterlovchilar.
9. Gemostaziogramma, koagulogramma - qonning quyilishi haqidagi bo‘yicha tahlil.
10. Umumiy qon tahlili (gemoglobin, eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar, SOE, rangli ko‘rsatgich, leykotsit formula). Barmoqdan qon oldirish.
11. Peshobning umumiy tahlili.
Homiladorlikka muvaffaqiyatli tayyorlanishning asosiy garovi - buni mashg‘ulot, ishga ayniqsa muammoga aylantirmaslik kerak.

Har qanday holatda farzandning dunyoga kelishi inson qo‘lida bo‘lmagan Mo‘’jiza. Shunday ekan, unga muvofiq munosabatda bo‘lish kerak. Oxirigacha davolanmagan asoratlaringiz bilan homiladorlik davringizdni turli hayollar bilan o‘tkazmaslik uchun oldindan tayyorgarlik ko‘ring. Keyin xotirjam bo‘lib, o‘z Mo‘jizangizni kutavering. Uni kimga, qachon va qanday tug‘ilishini O‘ZI biladi

"Tibbiyot. Медицина. Medicine" guruhi.

Avitsenna.uz saytida mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:

Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.

Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.

Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60

Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Homiladorlik. Yo‘ldoshning joylashuvi juda muhim

Homiladorlik davomida yo‘ldoshning to‘g‘ri joylashuvi muhim ahamiyatga ega. Normada yo‘ldosh bachadonning yuqori qismida joylashgan bo‘lishi kerak.

Agar yo‘ldosh bachadonning past qismida yoki bachadon bo‘yni yo‘lini to‘sib joylashgan bo‘lsa, bu holat yo‘ldoshning past joylashuvi yoki homila oldi joylashuvi deb ataladi va bunday homiladorlikchuqur nazorat ostida bo‘ladi.

Yo‘ldoshning joylashuvi haqidagi diagnoz homiladorlikning 1-2 trimestrda qo‘yilgan bo‘lsa, juda xavotli emas. Chunki 3 trimestrga qadar bachadon kattalashgan sari yo‘ldosh yuqoriga migrasiya qilishi (surilishi) mumkin. Lekin yo‘ldoshning noto‘g‘ri joylashuvi homiladorlikning 3 trimestrida ham namoyon bo‘layotgan bo‘lsa, bu holat    Bir qator muammolar keltiradi.

Qachon yo‘ldoshning notog‘ri joylashuvi aniqlanadi?

Ko‘pincha homiladorlikning 20 28 haftasi oralig‘ida Ultra tovushli diagnostika orqali yo‘ldoshning joylashuviga baho beriladi. Agar u bachadonning yuqori qismida bo‘lmagan bo‘lsa, homilador ayol bu masala bo‘yicha bir necha haftadan so‘ng qayta tekshiruvdan o‘tadi. Ko‘pincha bu davrga kelib yo‘ldosh to‘g‘ri joylashib olgan bo‘ladi.

Har 200 ta tug‘ishdan 1 donasi yo‘ldoshning noto‘g‘ri joylashganligi bilan yakunlanadi.

Agar yo‘ldosh baribir bachadonning past qismida yoki homila oldida joylashgan bo‘lsachi?

U holda homilador ayol jiddiy nazorat ostiga olinadi. Yo‘ldoshning notog‘ri joylashuvi holatidagi eng katta xavf - bu qon ketishidir. Yo‘ldoshi noto‘g‘i joylashgan ayolga asosan yotish va urunmaslik tavsiya etiladi. Jinsiy munosabatlar man qilinadi. Kerak bo‘lsa, shifoxonada tuqqunga qadar qolish ham talab etilishi mumkin.

Yo‘ldosh pastda joylashgan bo‘lsa, u muddatidan oldin bachadondan ajralishi mumkin. Shunda kuchli qon ketishi kuzatiladi. Bu holat homilador ayol uchun ham rivojlanayotgan homila uchun ham o‘ta xavfli hisoblanadi. Yo‘ldoshning noto‘g‘ri joylashuvi bilan kechayotgan homiladorlikda bola rejalashtirilgan kesarcha kesish orqali tug‘dirib olinadi .

Homiladorlikning 3 trimestrida qon ketishi zudlik bilan tez tibbiy yordamni chaqirishni taqazo etadi. Bu holat ona va bolaning hayotiga katta xavf soladi.

Yo‘ldoshning notog‘ri joylashuvi turlari

  • Yo‘ldosh pastda joylashgan, lekin bachadon bo‘ynini to‘sib qo‘ymagan. Bu holatda homilador ayol nazoratda bo‘ladi, lekin tabiiy tug‘ish imkoniyati yo‘q bo‘lmaydi.
  • Yo‘ldosh bachadon bo‘lynini qisman to‘sib qo‘ygan. Bunda vaginal ultra tovushli diagnostika orqali to‘silmagan qism aniqlanadi. Agar u ma’lum bir masofada bo‘lsa, tabiiy tug‘ishimkoniyati bo‘ladi.
  • Yo‘ldosh bachadon bo‘ynini butunlay to‘sib qo‘ygan. Bunda majburiy ravishda kesarcha tug‘ish orqali bola dunyoga keltiriladi.

Yo‘ldoshning noto‘g‘ri joylashgani alomatlari?

Ko‘pincha bu holat alomatsiz o‘tadi. Asosiy alomat deb qindan og‘riqsiz qon ketishini belgilasak bo‘ladi.

Yo‘ldoshning noto‘g‘ri joylashuvi bilan tug‘ish jarayoni qanday kechadi?

Yo‘ldoshning notog‘ri joylashuvi 3 trimestrda ko‘pincha qon ketishini taqazo etadi. Bu holat shifoxonada bo‘lishni talab etadi. Agar qonni to‘xtatish iloji bo‘lmasa, bola muddatidan oldin bo‘lsa ham tug‘dirib olinadi, chunki ko‘p qon ketishi onaning hayotiga xavf solishi mumkin. Qon ketishi to‘xtatilsa, u holda homiladorlik imkon qadar 38 haftagacha saqlanadi va rejalashtirilgan kesarcha kesish usuli orqali bola tug‘diriladi.

Yo‘ldoshning noto‘g‘ri joylashuvi bilan bola tug‘dirilayotganida operasiya davomida odatda ko‘p qon yo‘qotiladi. Shuning uchun shifoxonada homilador ayolning qoniga tegishli qo‘shimcha qon tayyor bo‘lib turishi lozim.

Agar ayol qoni manfiy rezusga ega bo‘lsa (eriniki esa musbat), u holda RH-immunoglobulin ukoli tug‘ishdan so‘ng 48 soat ichida ayolga qilinishi muhim.

 Yo‘ldoshning noto‘gri joylashib qolishiga moyillik kimda bo‘ladi?

  • Bir nechta farzand tuqqan ayolda;
  • Bundan oldin kesarcha kesish orqali tuqqan ayolda;
  • Bachadonida jaroohlik operasiyani o‘tkazgan ayolda;
  • Egizak va undan ko‘p homilaga ega homilador ayolda;

Yo‘ldoshning noto‘g‘ri joylashib qolishiga qo‘shimcha sabablar:

  • Muddatidan oldin to‘lg‘oqlarning bo‘lishi;
  • Bolaning boshi bachadonda yon yoki yuqori tomon joylashgani;
  • Bachadon razmeri kattaligi.

Yo‘ldoshning noto‘gri joylashuvi davolanadimi?

Yo‘q, bu holat davolanmaydi. Lekin u kuchli nazorat ostida bo‘lishi shart. Kerak bo‘lsa, homilador ayol tuqquniga qadar shifoxonada qoladi.

Yo‘ldoshning noto‘g‘ri joylashganida ba’zida qo‘shimcha muammo yuz beradi (juda kam hollarda). Bunda yo‘ldosh bachadon devoriga qattiq yopishib qolgan bo‘ladi. Bunda bola tug‘dirib olingandan so‘ng, yo‘ldosh bachadondan osonlicha ajralmaydi va kuchli qon ketishini keltiradi. Onaning xayotiga xavf soluvchi ushbu holat bir necha bor qon quyishni talab etishi mumkin. Keskin vaziyatda esa bachadon olib tashlanishi ham mumkin.

Uzbaby.uz nashri

Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.

Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.

Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60

Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Homiladorlikdan saqlovchi tabletkalar foydalimi?

Kontraseptiv tabletkalar nafaqat homiladorlikdan saqlaydi. Ularning ayol salomatligiga yana bir qancha ijobiy ta’sirlari bor. Quyida ayrimlarini sanab o‘tmoqchimiz.

Onkologik kasalliklar xavfini kamaytiradi

Oral kontraseptiv vositalardan uzoq vaqt foydalanish natijasida endometriy hamda tuxumdonlar saratoniga 70 foiz chap berish mumkin. Kontraseptiv tabletkalar ovulyasiya jarayonini to‘xtatadi. Jinsiy a’zolar kasalliklari kuzatilgan ayollarga aynan shu jarayonning yuz bermasligi saraton kasalligini oldini olishga yordam beradi. Odatda, ovulyasiya davrida tuxumdonlardagi hujayralar o‘z tartibini o‘zgartiradi. Sog‘lom ayolda har oyda ovulyasiya kuzatiladi. Lekin ginekologik surunkali kasalliklar mavjud holatdarda tuxumdonlarning tinimsiz ishlashi turli o‘smalarning rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Homiladorlikdan saqlaydigan vositani uzoq vaqt qabul qilib yurish zarar qilmaydimi degan savol yuzaga kelishi tabiiy. Xavotirga hojat yo‘q: shifokorlarning fikriga ko‘ra ularni hatto 20 yil hadiksiramasdan ichsa bo‘laveradi. Faqat homilador bo‘lishni istasangiz, to‘xtatasiz.

Hayz og‘riqlaridan qutqaradi

Homiladorlikdan saqlovchi bu dorilar ta’sirida ovulyasiya ro‘y bermaydi. Shu sababdan bachadon devori va bo‘shlig‘ida odatdagidan kamroq o‘zgarishlar bo‘ladi. Hayz qoni miqdori kamayadi, davomiyligi qisqarishi mumkin. Bundan tashqari, og‘riqlar susayadi. Ba’zi hollarda bu og‘riqlarni butunlay unutish mumkin. Davolanish kurslari orasida ma’lum vaqt tanaffus qilinsagina hayz belgilari avvalgi holatiga qaytish ehtimoli bor.

Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.

Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.

Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60

Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Homiladorlikda semizlik - sabablari, belgilari, asoratlari va davolash usullari

Homiladorlikda ortiqcha vazn - homiladorlik vaqtida teri osti yogʻ qavati va turli aʼzolarda yogʻ kletchatkasining ortiqcha toʻplanishi, hamda bu jarayonning homiladorlik kechishiga taʼsir etishi bilan namoyon boʻluvchi holat. Ushbu holat semizlik, yogʻ burmalarining tananing koʻrinarli sohalarida paydo boʻlishi, jismoniy harakatlar bajarishga chidamsizlik, harakatning cheklanishi va hansirash kabi belgilar bilan yuzaga chiqadi. Ortiqcha vazn tashxisi TVI (tana vazn indeksi) ga asoslanib qoʻyiladi. Davo chora tadbirlarida ovqatlanish ratsionini toʻgʻrilash, jismoniy faol boʻlish va homiladorlik toksikozlarining oldini olishga qaratiladi.

homiladorlikda semizlik

Semizlik - yogʻ almashinuvi bilan bogʻliq boʻlgan patologiya, ayollar orasida eng koʻp tarqalgan holatlardan biri hisoblanadi va hozirgi kunda bu muammo kun sayin ortib bormoqda. Akusherlik va ginekologiya sohasida ortiqcha tana vaznidan aziyat chekuvchi ayollar 15,5-26,9 % holatlarda qayd etiladi. Ushbu patologiyaning dolzarbligi shundaki, ortiqcha tana vazni homilador ayollarda turli toksikozlarga va perinatal oʻlim holatining koʻp qayd etilishiga olib kelishi bilan bogʻliq.

Homiladorlikda semizlik sabablari

Homiladorlik vaqtida, umuman har qanday holatda ham ortiqcha vazn toʻplanishi energetik disbalans bilan bogʻliq, yaʼni qabul qilinadigan energiya miqdori sarflanadigan energiya miqdoridan koʻp boʻlishi. Semizlik 95 % holatlarda notoʻgʻri ovqatlanish, kaloriyaga boy boʻlgan mahsulotlar, tarkibida glyukoza koʻp boʻlgan mahsulotlar va kamharakatlilik natijasida rivojlanadi. Ortiqcha tana vazni toʻplanishida nasliy moyillik ham katta rol oʻynaydi. 5 % hollarda esa endokrin kasalliklar tufayli tana vazni ortishi ham mumkin, bundan tashqari tugʻma fermentopatiyalar, yogʻ almashinuvining tugʻma buzilishi, MNT dagi patologiyalar, buyrak usti bezi kasalliklari, gipotireoz holatlari ham semizlikka olib keladi. Homiladorlik vaqtida esa bir qator omillar ayol kishida vazn ortib ketishida ahamiyatga ega:

Gormonal disbalans. Homiladorlikni ragʻbatlantirish va homilani saqlab qolish uchun ayol organizmida esterogenprogesteronprolaktin kabi gormonlar ajralib chiqishi koʻpayadi, bu gormonlar esa lipogenez jarayonini kuchaytirib yuboradi. Ortiqcha yogʻ toʻplanishi toʻqimalarning insulinga sezuvchanligi yoʻqolganda ham roʻy beradi, qonda insulin miqdorining oshishi ishtaha ochilishi va koʻproq ovqat isteʼmol qilishga sabab boʻladi.

Kamharakatlilik. Homiladorlik vaqtida ayol kishiga ortiqcha zoʻriqish tushganligi sababli charchash va holsizlik belgilari yuzaga chiqadi. Jarayon toksikoz, kamqonlik kabi kasalliklar bilan birga kelsa yanada kuchli namoyon boʻladi. Homiladorlikni “kasallik” kabi qabul qiluvchi ayollar harakatlarini cheklaydilar va toʻplangan energiyani kam sarflaydi.

Homiladorlikda semizlik yuzaga kelishiga yoki tana vaznining ortishiga yana bir sabab umumiy aylanib yuruvchi qon hajmining ortishi, yoʻldosh hosil boʻlishi, amnion pardalari shakllanishi, homilaning oʻsishi, homila ichi suyuqligi hamda organizmda ortiqcha suv toʻplanishidir. Chin semizlik yaʼni qalqonsimon bez bilan bogʻliq muammolarda yuzaga chiquvchi ortiqcha yogʻ toʻplanishi ham homiladorlik vaqtida hamda undan keyin ham rivojlanishi mumkin.

Homiladorlikda ortiqcha vazn shakllanishi

Ortiqcha yogʻ toʻplanishida – adipotsitlar (yogʻ hujayralari) da ortiqcha energiya toʻplanishi natijasida lipogenez jarayonining kuchayishi yotadi. Energetik disbalans ortiqcha ovqatlanish hamda kamharakatlilik natijasida rivojlanadi. Ortiqcha kaloriyali ozuqa mahsulotlarini koʻp isteʼmol qilish ishtaha gipotalamik markazi funksiyasi buzilishiga olib keladi, natijada ayol kishi ortiqcha miqdorda ovqat isteʼmol qilishga odatlanib qoladi. Kam holatlarda ishtahaning neyrogumoral buzilishiga sabab yalligʻlanish jarayonlari (meningit, ensefalit) yoki bosh miya jarohatlari boʻlishi mumkin. Homiladorlik vaqtida ishtahaning ochilishi grelin moddasining fiziologik gipersekretsiyasi ham sabab boʻladi.

Bundan tashqari homiladorlik vaqtida tabiiy ravishda teri osti yogʻ qavatida koʻplab yogʻ toʻplanadi, bunga sabab homila va ayol organizmi energetik zahirasini toʻldirib turishdir. Gormonal disbalans natijasida yogʻlarning hujayralarda toʻplanishi va ularni hujayralardan sarflanib ketmasligini taʼminlab turadi. Homiladorlik vaqtida yuz barobar miqdorda oshuvchi esterogen gormoni lipoproteinlipaza fermentini aktivlashtirib yuboradi, bu ferment son va dumba sohasida yogʻlarning sarflanishiga olib keladi. Bir vaqtning oʻzida progesteron gormoni miqdorining oshishi lipoliz jarayonini sekinlashtiradi.

Semizlik turlari

Semizlikni tasniflashda mutaxassislar quyidagi holatlarga eʼtibor qaratadilar: ovqatlanish tartibi, metobolik oʻzgarishlar bor yoki yoʻqligi, yogʻ toʻplangan tananing sohalari, normal tana vazni va ortiqcha massa nisbati. Homiladorlik vaqtida ortiqcha tana vazni asosan alimentar hamda ayol kishining oʻziga xosligi, kam holatlarda esa ikkilamchi belgi sifatida yuzaga chiqadi. Yogʻlarning tananing qaysi sohasida toʻplanishiga qarab – ginoid (pastki qismlar), android (yuqori qismlar) va aralash tiplari farqlanadi. Homiladorlik kechishi va homilaning ahvolini baholashda tana vaznining ortishi homiladorlik roʻy berishidan avvalgi ayol tana vazni bilan solishtirib koʻriladi.

Semizlikdan oldingi holat

Tana vazni normal vaznga nisbatan 10 % ga ortadi. Homiladorlikda asoratlar shakllanish ehtimoli yuqori.

I daraja

Tana vazni normadan 10-29 % ga oshadi. Homiladorlik asoratlari 25-40 % ayollarda kuzatiladi.

II daraja

Tana vazni normadan 30-49 % ga oshadi. Tugʻruq bilan bogʻliq va jinsiy aʼzolar funksiyasi buzilishi 70-80 % ayollarda kuzatilishi mumkin.

III daraja

Tana vazni normadan 50-99 % ga oshadi. Homiladorlik asoratlari 97-99 % holatlarda kuzatiladi.

IV daraja

Tana vazni 100 % ga ortadi hatto undan ham koʻproq ortishi mumkin. Homiladorlik kam holatlarda roʻy beradi va asoratlar bilan kechadi.

Homiladorlikda semizlik belgilari

Semizlikning klinik belgilari uning darajasiga toʻgʻridan toʻgʻri bogʻliq. Kasallikning boshlanish davrlarida ayol kishi holsizlik, tez charchab qolish, koʻp terlash va hansirash kabi belgilar bezovta qilishi mumkin. Odatda bu kabi ayollar ich qotishidan ham aziyat chekadilar. Tashqi koʻrinishdan son, dumba, qorin, koʻkrak qafasi, bel sohasi, bel, boʻyin va iyak sohalarida ortiqcha yogʻ toʻlanganlik belgilari koʻzga tashlanadi. Koʻkrak sut bezi nafaqat homiladorlikda proliferatsiya hisobiga balki yogʻ toʻqimasi hisobiga ham kattalashadi. Kasallikning III-IV darajalarida ortiqcha yogʻ burmalar koʻrinishida toʻplanadi, hansirash belgilari kuchayadi, harakatlanish cheklanadi, tananing periferik qismlarida shishlar kuzatilishi mumkin. Koʻpincha ayollar bel sohasidagi, chanoq sohasidagi va tizza boʻgʻimidagi ogʻriqlarga shikoyat qiladilar.

Asoratlari

Homiladorlik vaqtida ortiqcha vazn va buning natijasida rivojlanadigan asoratlar orasida toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqlik bor. Homiladorlik vaqtida asoratlar rivojlanishi 45-85 % bemorlarda semizlik natijasida rivojlanishi mumkin. Ortiqcha tana vaznidan aziyat chekuvchi ayollarda toksikozlar rivojlanishi 3 marotaba yuqori boʻladi. Bunday ayollarda keyinchalik yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish ehtimoli 7 barobar ortib ketadi.

Tana vazni indeksi 30,0 ga 60,0 % boʻlgan homilador ayollardan anensefaliya va 40 % da umurtqa pogʻonasidagi tugʻma egriliklar bilan farzand dunyoga keltiradilar. Bu kabi anomaliyalar android tipidagi semizlikdan aziyat chekuvchi ayollardan tugʻiladigan farzandlarda 1,8-2,5 barobar yuqori boʻladi. Tabiiy abort va homila tushishi ehtimoli 25-37 % ga oshadi. Fetoplasentar yetishmovchilik 38 % holatlarda qayt etiladi, homilaning surunkali gipoksiyasi 25-34 % holatlarda, homilaning normadan past vazn bilan dunyoga kelishi 18 % holatlarda va makrosomiya holati esa 20-44 % holatlarda qayd etiladi. Tana vazn indeksi 3 ga teng va undan ortiq boʻlganda homilaning antenatal nobud boʻlish xavfi 63 % ga ortib ketadi.

Muddatidan avval tugʻruq roʻy berishi 5-12,5 %, muddatidan kech tugʻruq roʻy berishi esa 10-15 % holatlarda kuzatiladi. 40-65 % homilador ayollarda tugʻruq vaqtida mushaklar kuchsizligi va bachadon mushaklarining notoʻgʻri qisqarishi roʻy beradi. Operativ yoʻl bilan farzand dunyoga keltirish holatlarda semiz ayollarda normal tana vazniga ega ayollarga qaraganda 2-4 barobar koʻproq kuzatiladi. Ularning koʻpchiligida tugʻruqdan keyingi endometrit shakllanadi.

Ortiqcha tana vazniga ega ayollarning deyarli yarmidan koʻpida homiladorlik vaqtida boshqa patologik jarayonlar ham rivojlanadi, masalan infeskion kasalliklar, yurak-qon tomir kasalliklari, nafas aʼzolari kasalliklari, ayniqsa hazm qilish aʼzolarida turli muammolar kelib chiqadi. Ortiqcha tana vaznidan aziyat chekuvchi ayollarda rivojlanadigan asoratlarning orasida eng xavflisi qandli diabet hisoblanadi.

Homiladorlikda ortiqcha vazn diagnostikasi

Kasallik diagnostikasida semizlik darajasi, bu holatga olib keluvchi sababni aniqlash hamda oʻz vaqtida davo choralarini qoʻllash chora tadbirlari olib boriladi. Diagnostikada bemorlarni fizikal tekshiruvi, laborator va instrumental maʼlumotlarga asoslanadi. Asosiy tekshiruv usullari quyidagilar:

Tana vazni indeksini tekshirish

Semizlikda tana vaznining boʻy uzunligiga nisbati 25,0-29,9 ga teng boʻladi. I daraja semizlikda 30,0-34,9 ga teng, II darajali semizlikda 35,0-39,9 ga, III va IV darajali semizlikda esa 40 va undan ortiq boʻladi.

Tana vazni oshishini nazorat qilish

Semizlik rivojlanib borayotganligini tana vaznini doimo nazorat qilib borish yoʻli bilan aniqlash mumkin. Homiladorlikning soʻngida ayol tana vazni 11,5-16,0 kg.ga ortishi kerak, semizlikning ilk bosqichida esa homilador ayol tana vazni homiladorlikdan avvalgi vaznidan 7-11,5 kg.ga, semizlikda esa 5-9 kg ortadi.

Homiladorlikda vaznning haftalik ortishi (avval vazni me’yorida bo‘lgan ayollar uchun. TVI = 19,8 – 26,0)

Homiladorlik haftasi O‘rtacha vazn qo‘shilishi (kg)
2 hafta 0,5 kg
4 hafta 0,7 kg
6 hafta 1 kg
8 hafta 1,2 kg
10 hafta 1,3 kg
14 hafta 1,9 kg
16 hafta 2,3 kg
18 hafta 3,6 kg
20 hafta 4,8 kg
22 hafta 5,7 kg
24 hafta 6,4 kg
26 hafta 7,7 kg
28 hafta 8,2 kg
30 hafta 9,1 kg
32 hafta 10 kg
34 hafta 10,9 kg
38 hafta 12,7 kg
40 hafta 13,6 kg

Homilador ayolning vazn qo‘shishi ayolning vazni va tana uzunligiga bog‘liq (TVI). Biz yuqoridagi jadvalda faqat tana vazni indeksi me’yoriy bo‘lgan ayollar uchun ma’lumot keltirib o‘tdik. Agar siz uzunligingiz va vazningizga bog‘liq bo‘lgan holatdagi aniq ma’lumotga ega bo‘lishni istasangiz MANA BU kalkulyator sizga yordam berishi mumkin.

[box type="warning" align="" class="" width=""]Semizlik darajasini baholayotganda ayol kishi tana tuzilishiga eʼtibor qaratish lozim, yaʼni ayolning boʻy uzunligi, yoshi, homila soniga eʼtibor qaratish lozim.[/box]

Turli aʼzolar tizimidagi oʻzgarishlarni aniqlash maqsadida arterial qon bosimini nazorat qilish, qonning biokimyoviy tekshiruvi (glyukozga boʻlgan tolerantlik, lipid almashinuvini tekshirish, jigar fermentlari). Umumiy siydik tahlili, EKG, ExoKG, jigar UTT (UZI) oʻtkaziladi. Koʻrsatma boʻyicha endokrinolog, gastroenterologgepatolog, kardiolog, nevropatolog, urolog tavsiyalari ham kerak boʻladi.

Homiladorlikda semizlikning davosi

Ortiqcha tana vazniga ega boʻlgan homilador ayollarni davolash asosan energetik balansni tiklash va asoratlar rivojlanishining oldini olishga qaratiladi. Ozish uchun medikomentoz va operativ davo oʻtkazish mutlaqo mumkin emas, och qolish esa tavsiya etilmaydi, och qolish natijasida qonda keton tanachalari miqdori oshib ketadi va bu homilaga salbiy taʼsir etishi mumkin. Tana vaznini kamaytirish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:

Ovqatlanish tartibini korreksiya qilish. Semizlikdan qutilishning eng qulay va xavfsiz usuli malakali diyetolog yordamida ovqat ratsionini tuzish va unga amal qilishdir. Ortiqcha yogʻ va zararli uglevodlar isteʼmolini kamaytirish, ovqat ratsionida oqsil va kletchatkaga boy boʻlgan meva-sabzavotlar isteʼmolini koʻpaytirish kerak. Kun davomida kam kamdan tez-tez ovqatlanish tartibiga oʻtish kerak, yaʼni bir kunda 5-6 martagacha ovqatlanish, har bir ovqatlanish vaqtida toʻyib qolmaslikka harakat qilish kerak.

Homiladorlikda ortiqcha vazn

Jismoniy harakatni koʻpaytirish. Organizmda toʻplanadigan ortiqcha energiyani sarflash maqsadida homilador ayollar uchun maxsus badantarbiya mashqalarigimnastika mashqlar, kun davomida kamida 30 daqiqa sayr qilish zarur. Organizm uchun foydali boʻlgan yogaakvaaerobika, nafas mashqlari, moddalar almashinuvini tezlashtirish usullari – bidifleksoksisayz muolajalarini mutaxassis yordamida amalga oshirish tavsiya etiladi.

Ortiqcha tana vazni hisobiga kelib chiqadigan asoratlarni bartaraf etish etishda medikomentoz davo muolajalariga murojaat etiladi. Semizlikning darajasiga qarab tabiiy tugʻish, agar semizlik IV darajada boʻlsa homilador ayolning umumiy ahvolidan kelib chiqib kesarcha kesish usuli oʻtkazilishi mumkin.

Semizlik profilaktikasi

Homiladorlik kechishi va tugʻruq jarayoni semizlikning darajasiga bogʻliq boʻladi. Xavf guruhidagi ayollar III darajali semizlikdan aziyat chekuvchlilardir, IV darajali semizlikda ayollar homilador boʻlish va tugʻish ehtimoli ancha past boʻladi. Homiladorlikda semizlik natijasida rivojlanuvchi asoratlar profilaktikasiga homiladorlikni rejalashtirish vaqtida tana vaznini normal holatga keltirish, jinsiy aʼzolarda rivojlanuvchi kasalliklarni bartaraf etish, akusher-ginekolog bilan maslahatlashish lozim.

Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.

Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.

Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60

Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Homiladorlikda jinsiy aloqa (Yangi koʻrsatmalar)

Homiladorlik ayollarda koʻplab javobsiz savollarga duch keladigan davr, desak mubolagʻa boʻlmas. Shunday savollardan biri “Homiladorlikda jinsiy aloqa qilish mumkinmi?“, “Homiladorlikda jinsiy aloqa qilish usullari mavjudmi?“ degan soʻrovlardir. Qisqacha qilib aytsak, homiladorlik paytida jinsiy aloqa qilish mumkin va xavfsizdir.

Foto: WebMD

Biroq bu masalada, ginekolog shifokoringiz bilan individual maslahatlashishingizni tavsiya qilamiz chunki, sizda homila tushishiga xavf yuqori boʻlsa, homiladorlikning ilk trimestrida jinsiy aloqada boʻlmaslik lozim. 

Homiladorlik paytida jinsiy aloqa homilaga zarar yetkazishi mumkinmi?

Agar sizning shifokoringiz homiladorlik kalendari mobaynida jinsiy aloqada boʻlish uchun ruxsat bergan boʻlsa, unda bu juda xavfsizdir. Chunki homila yoʻldosh, amniotik suyuqlik va bachadon bilan ishonchli himoyalangan, qin tomonidan esa bachadon boʻyni shilliq tiqin bilan yopilgan. Agar sizning yaqinlik harakatlaringiz goʻdakning boshiga yoki tanasiga tegishi mumkinligidan xavotirda boʻlsangiz, keling, qoʻrquvingizni aritaylik: chaqalogʻingiz asosiy voqea sodir boʻladigan joyga yaqin joylashmagan.

Homiladorlik vaqtida jinsiy aloqaning qanday afzalliklari bor?

  • Turmush oʻrtoq, sevikli yor bilan oʻzaro yaqinlik bu bir-biringizni chuqurroq his qilish va anglash uchun ajib palla ham psixologik koʻmak davri hisoblanadi.
  • Orgazm oksitotsin gormonining ishlab chiqarilishiga turtki boʻlganligi sababli, ular bel ogʻrigʻi va homiladorlik bilan bogʻliq boshqa ogʻriqlarni kamaytirishi aniqlangan.
  • Homiladorlikda jinsiy aloqa nafaqat rohatlanishga yordam beradi balki, turli hissiyot gormonlarini ham ishlab chiqarilishiga sabab boʻladi. Natijada, homiladorlikda uyqu hamda kayfiyat yaxshilanadi. 
  • Agar bachadon va homila tugʻruqqa tayyor boʻlishsa hamda tugʻilish muddati kelib boʻlgan yoki oʻtib ketgan boʻlsa, shifokorlar boʻlajak ota-onalarga bolani tugʻilishini ragʻbatlantirish uchun jinsiy aloqa qilishni maslahat berishadi. Chunki, spermada bachadon boʻyni yetilishi uchun zarur boʻlgan maxsus moddalar — prostaglandinlar mavjud. Ular taʼsirida bachadon boʻyni yumshaydi va biroz ochiladi.
  • Bu sizning tugʻruqdan keyingi tiklanishingizni yengillashtirishi mumkin. Homiladorlik jinsiy aloqasi tos aʼzolari tonusini oshirishi sababli, siz tanangizni tugʻish uchun ham, tiklanish uchun ham tayyorlaysiz. Bundan tashqari, tosh mushaklarini “Kegel mashqlari” orqali ham mustahkamlashingiz hamda tugʻruq jarayonining oson oʻtishiga oldindan tayyorlanib borishingiz mumkin. 

Homiladorlikda jinsiy aloqa qilish homila tushishiga sabab boʻladimi?

Jinsiy aloqa homila tushishiga olib kelmaydi. Homilaning tushishi koʻpincha homila normal rivojlanmaganligidan kelib chiqadi. 
Yuqorida taʼkidlanganidek, homiladorlik vaqtida jinsiy aloqa hattoki, tugʻruq jarayonining yengil kechishiga ham yordam berishi mumkin.

Homiladorlik paytida jinsiy aloqadan keyin qon ketishi normal holatmi?

Bachadonga kelayotgan qon hajmining ortishi hisobiga homiladorlikda jinsiy aloqadan soʻng, baʼzida oz miqdorda qonli ajralmalar kelishi mumkin. Lekin ajralmalar muntazam va koʻp miqdorda kelsa, albatta shifokoringiz koʻrigiga borishingiz, ungacha esa, jinsiy yaqinlikdan asranishingiz lozim.

Jinsiy aloqada ogʻriq sezilsa yoki tezda susaymaydigan ogʻriqli xurujlar kuzatilsa, amniotik suyuqlik oqib chiqsa, darhol ginekologga murojaat qiling.

Homiladorlik paytida ayolning jinsiy maylida oʻzgarishlar boʻladimi?

Homiladorlik paytida ayolning jinsiy mayli haqida oldindan biror narsa deyish qiyin. Chunki, gormonlardagi oʻzgarishlarga bogʻliq holda u pasayishi yoki ortishi mumkin. Albatta, homilador ayolning jinsiy xatti-harakatlari asosan jinsiy hayotning avvalgi faolligi, jinsiy hayotning xususiyatlari, jinsiy hamrohning xatti-harakatlariga ham koʻp jihatdan bogʻliq.

Baʼzi homilador ayollarda ushbu davrda estrogen darajasi yuqori boʻlganligi sababli, jinsiy aloqaga boʻlgan maylning kuchayganligini kuzatish mumkin. Aynan shu gormonlar darajasining ortishi ayolni iliqlik, mehr-muhabbat, erkalashlarni izlashga undaydi, shuning uchun boʻlajak onalarning shahvoniy istagi tez-tez koʻtarilib, rang-barang erotik tushlarni koʻradi.

Ammo homiladorlikda jinsiy aloqaga boʻlgan maylning pasayishi ham odatiy holdir va bundan tashvishlanishga hojat yoʻq. Shuning uchun ham oʻz xohish-istaklaringizni juftingiz bilan muhokama qilishga tortinmang.

Jinsiy aloqa muddatidan oldin tugʻilishga olib kelishi mumkinmi?

Shifokoringiz sizda erta tugʻilish xavfi yuqori yoki yoʻldosh bilan bogʻliq muammolar mavjudligini aytib ogohlantirmasa, ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilgan aloqalar bevosita erta tugʻilishiga olib kelmaydi. Orgazm bachadonni qisqarishiga sabab boʻlsa-da, bu tugʻruqni qoʻzgʻatmaydi.

Homiladorlikda jinsiy aloqa usullari yoki qanday pozitsiyalar tavsiya etiladi?

Homiladorlik paytida oʻzingizni har qanday holatda ham qulay his qilmasligingiz mumkin, bu esa sizning yangi pozitsiyalarni sinab koʻrishingiz kerak degani. Shuningdek, ikkinchi trimestrga qadar qoringa bosim beradigan yoki sizni uzoq vaqt orqa tomon bilan yotishga undaydigan pozitsiyalar bilan shugʻullanmaslik maqsadga muvofiq. Agar ayol chalqancha yotgan boʻlsa, pastki kovak vena siqilishi hisobiga ona va bolada kislorod yetishmovchiligi yuz beradi. Tizza-tirsak holatida ham umurtqaga yuk tushishi sababli unchalik qulay emas. 

Homilador ayol uchun eng yaxshi pozitsiyalar bu: yon tomonga yotgan holat hamda ayolning tepada qorin va umurtqaga hech qanday bosim oʻtqazmay aloqada boʻlishi. Albatta, bunda turli xavfli holatlarning oldini olish maqsadida noziklikni unutmaslik lozim.

Mutaxassislar tomonidan tavsiya etiladigan homiladorlikda jinsiy aloqa qilish usullari haqida mana bu maqola orqali ilyustratsion suratlari bilan koʻproq maʼlumot olishingiz mumkin: Homiladorlikda jinsiy aloqada qanday yotish kerak?

Qanday vaqtlarda jinsiy aloqadan cheklanish kerak?

Homilador ayolning holatiga qarab, shifokor homiladorlikda jinsiy aloqa uchun cheklovlar qoʻyishi mumkin. Bu kabi cheklovlarning qoʻyilishiga keng tarqalgan sabablar quyidagilardan iborat:

  • Agar ayolda bundan oldingi homiladorlik homila tushishi, muddatidan oldin tugʻish, yoʻldosh ajralishi bilan yakunlangan boʻlsa;
  • Agar yoʻldoshning notoʻgʻri joylashuvi aniqlansa;
  • Muddatidan oldin tugʻish xavfi mavjud boʻlsa;
  • Qindan suyuq oq rang, qon yoki boshqa ajralmalar muntazam chiqayotgan boʻlsa;
  • Bachadon boʻyni rivojlanmagan yoki muddatidan oldin qisqargan boʻlsa;
  • Agar ayol egizaklarga homilador boʻlsa;
  • Jinsiy infeksiyalar aniqlangan yoki ularga qarshi muolajalar olinayotgan boʻlsa;
  • Ayol aloqaga kirishishni istamasa, jinsiy aloqaga kirishmaslik tavsiya etiladi.

Albatta, bu masalada ginekolog shifokoringiz bilan maslahatlashishingiz va batafsil maʼlumot olishingiz maqsadga muvofiqdir.

Homiladorlikning 38 haftasi jinsiy aloqa qilish uchun xavfsizmi?

Yuqorida aytib oʻtganimizdek, agar shifokoringiz tomonidan qarshi koʻrsatmalar mavjud boʻlmasa, hamda cheklov tayinlanmagan boʻlsa, 38-hafta yoki undan soʻng ham jinsiy aloqada boʻlish mumkin va bu xavfsizdir. Bu davrdagi yaqinlik sizga oʻzingizni yanada erkin his qilishingizga, uyquni yaxshilashga va hatto homiladorlik bilan bogʻliq baʼzi noqulayliklarni vaqtincha yengillashtirishga yordam berishi mumkin.

Trimestrlarga bogʻliq oʻziga xosliklar nimalardan iborat?

Homiladorlikning ilk uchoyligida toksikoz, baʼzi hidlarni yoqtirmaslik, taʼmga boʻlgan oʻzgarishlar paydo boʻladi. Bundan tashqari, koʻpincha dastlabki haftalarda gormonal oʻzgarishlar tufayli, koʻp hollarda kundalik turmush vaziyatlariga ham noodatiy javob beradilar. Ayni vaqtda boʻlajak onaning jinsiy mayli ham koʻpincha pasayadi. Baʼzilarda esa, aksincha jinsiy xohishning ortishi ham kuzatilishi mumkin va bu ham tabiiy holat.

Ikkinchi trimestrga kelib, koʻpgina muammolardan holi, organizm ham yangi bosqichga ancha moslashgan holatga keladi. Ushbu davr jinsiy munosabatlar uchun ham eng yorqin palla hisoblanadi. Ikkinchi trimestrda biroz kattalashib qolgan qorinning hisobiga, qulay pozitsiyani topish uchun juftliklardan izlanish ham talab qilinadi.

Homiladorlikning soʻngi uchoyligida, jinsiy aloqa vaqtida biroz qonli dogʻlar kuzatilishi mumkin. Va bu, yuqorida aytib oʻtganimizdek, oddiy holdir. Bundan tashqari, aloqa vaqtida koʻkraklardan suyuqlik oqishi kuzatilishi ham mumkin. Ajralgan suyuqlik — ogʻiz suti boʻlishi mumkin. Bu organizmning boʻlajak onalik sari tayyorlanayotganligidan dalolat beradi. Albatta, yuqoridagi holatlarga aniqlik kiritish, homiladorlikda jinsiy aloqa siz uchun xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilish uchun shifokoringiz bilan ham maslahatlashishingizni tavsiya etamiz. 

Xoʻsh, bu masalaga muqaddas islom dinimiz qanday javob bor dersiz? Quyida “Zikr ahlidan soʻrang” hayʼati tomonidan foydalanuvchining ushbu mazmundagi savoliga berilgan javobni ham havola qilamiz.

- Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ayolni homiladorlik vaqtida necha oyligidan soʻng jinsiy yaqinlik qilish mumkin emas? Javobingiz uchun oldindan rahmat.

- Va alaykum assalom! Tugʻganidan keyin. Chunki u vaqtda nifos koʻrgan boʻladi. Ungacha tibbiyot nuqtayi nazaridan koʻproq yaqinlik qilish bolani shakllanishi va tugʻilishiga foydali boʻladi. Chunki Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bir hadislarida homilador ayolga yaqinlik qilishni ekinga suv quyish deb taʼbir berganlar. Jismoniy qiyinchilik boʻlsa boshqa gap. Vallohi aʼlam!

Zikr ahlidan soʻrang

[su_youtube_advanced url="https://www.youtube.com/watch?v=P_vBJYC-knI" width="560" height="320" responsive="no" controls="alt" rel="no" fs="no" modestbranding="yes" theme="light" playsinline="yes"]

Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.

Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.

Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60

Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Hid bilishning buzilishi. Uning qanday turlari bor?

Hid sezmaslik – keng tarqalgan muammo bo‘lib, hid sezishni kamayishi va hidni umuman yoki vaqtincha sezmaslik bilan xarakterlanadi.

  1. Anosmiya – hid sezishni to‘liq yo‘qolishi bo‘lib, burunning shilliq qaatlarida joylashgan hid bilish retseptorlaridagi patologik o‘zgarishlar hisobiga kuzatiladi.
  2. Giposmiya – hid bilishni qisman kamayishi hisoblanadi.

hud bilishning buzilishi

Hid bilishni buzilishi orttirilgan va tug‘ma bo‘lishi mumkin.

  1. Tug‘ma anosmiya – hid sezish yo‘llarini rivojlanish nuqsonlari yoki hid bilish retseptorlarini to‘liq yo‘qligi hisobiga rivojlanadi. Bu patologiya boshqa bir qator jiddiy rivojlanish nuqsonlari bilan birga keladi.
  2. Orttirilgan anosmiya – kelib chiqishi jihatiddan markaziy va periferik bo‘lishi mumkin.

Anosmiyaning yana bir turi farqlanib, bunda patsiyentlar qandaydir hidlarni sezadi, lekin uni aniqlashning ilojisi bo‘lmaydi. Bu holat meningit va bosh miya shikastlanishlaridan keyin rivojlanadi.

Hid bilishni buzilishini anomal turlaridan biri – parosmiya deb atalib, turli hid bilish gallyutsinatsiyasi hisobiga aslida mavjud bo‘lmagan hidlarni sezishdan iborat. Ma’lum bir hid o‘rniga boshqasini his qilish - dizosmiya deb atalsa, yengil hidlarni kuchli sezish – giperosmiya deb nomlanadi.

Anosmiya diagnostikasi

Bemorlarga biror bir dori muolajalarini tavsiya etishdan oldin hid bilishni buzilishiga olib kelgan holat va kasalliklarni aniqlash zarur hisoblanadi. Bu yerda LOR vrachi va nevrolog ko‘rigidan tashqari bosh miyada o‘smasimon jarayonlar bor yo‘qligini inkor etish uchun kompyuterli tomografiya tekshiruvi o‘tkazish tavsiya etiladi. Jami xulosalar olingach vrach ushbu kasalliklikni davolashning ilojisi bor yoki yo‘qligi haqida biror to‘xtamga keladi va kerakli davo choralarini belgilaydi.

Anosmiyani davolash

  1. Tug‘ma anosmiyani davolashning iloji yo‘q.
  2. Respirator anosmiyada davolash burun bo‘shlig‘idagi mezanik to‘siqlarni konservativ yoki xirurgik yo‘l bilan bartaraf etish va ullarni ochishdan iborat.
  3. Essensial anosmiyada medikamentoz terapiya qo‘llaniladi.
  4. Periferik anosmiyada asosiy kasalliklar davolanadi, masalan, rinit va sinusitlar. Ushbu kasalliklar tuzalgach hid bilish asta-sekin qaytadan tiklanadi.
  5. Markaziy anosmiyada mahalliy davo choralari ko‘rilmaydi va asosiy kasallik davolanadi.

Hid bilish bir qarashda eshitish va ko‘rishga nisbatan ikkinchi darajali hissiyotga o‘xshaydi. Ammo aynan hid bilish orqali biz tashqi muhitdagi xavf-xatar va qabul qilinayotgan ovqatimizning ta’mi haqida ma’lumot olamiz.

© Gepamed.uz

Tomoqdagi yallig’lanish alomatlarini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Lorobendir.

Loroben bu – 200 ml og’izni chayqash uchun eritma (o'lchov stakani bilan birgalikda).

100 ml eritma tarkibi:

Faol moddalar: benzidamin gidroxloridi 150 mg, xlorheksidin glyukonat 120 mg. Yordamchi moddalar: polisorbat 20, sorbitol 70%, propilen glikol, sariq xinolin, yalpiz essensiyasi, saxaroza, Ecocool MP, Patent V Blue, limon kislotasi monogidrati, natriy sitrat digidrati, tozalangan suv.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi - https://apteka.uz/product/loroben

Tomoqdagi yallig’lanishida keng qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Tonzilgon N, Lizobakt, Adjisept, Lorsept, Geksolarin, Grammidin Neo, Tonzilotren va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Hushdan ketish sabablari va hushdan ketganda birinchi yordam ko‘rsatish
Hushdan ketish – ko‘pgina kasalliklar belgisi sifatida namoyon bo‘ladi. Ba’zida bu holat miyada qon aylanishi buzilishi (yetishmasligi) hisobiga ham kelib chiqadi, bu esa organizmda kechayotgan jiddiy muammodan darak beradi. Hushdan ketishga sabab qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, yon atrofdagi insonlarning qo‘rqishiga, xavotirlanishiga va vahima qilib birinchi yordam ko‘rsatishda xatolarga yo‘l qo‘yishga olib keladi. Xo‘sh, birinchi yordam qanday ko‘rsatiladi? Buning uchun inson hushini yo‘qotishi olib keluvchi sabablar haqida batafsil bilib olamiz.

Hushdan ketish sabablari

Hushdan ketishga sabablar ko‘p bo‘lishiga qaramay, ularni 4 guruhga birlashtirsak bo‘ladi.
  • Bosh miyaga qon oqib kelishi buzilganda;
  • Qonning kislorod bilan to‘yinmasligidan;
  • Metobolik buzilishlar oqibatida (miyaning oziqlanishi buzilganda);
  • Bosh miya nerv tolalari orqali impulslar o‘tishi buzilganda yoki miyada patologik qo‘zg‘alish o‘choqlari paydo bo‘lganda.
hushdan ketishda birinchi yordam Bosh miyaga qon oqib kelishi buzilishi natijasida hushdan ketish quyidagi vaziyatlarda kelib chiqadi:
  • Bosh miyaning ayrim ta’sirlovchilarga (qo‘rqish, charchash) bo‘lgan patologik reaksiyasida kelib chiqadi. Bu holatda bosh miya qon tomirlari kengayadi, uning ichida bosim pasayadi, qon oqimi tezligi sustlashadi va natijada miya hujayralari oziqlanishi buziladi.
  • Yurak kasalliklarida, yurakning “nasos” funksiyasi buzilishidan, aritmiya, blokada kabi patologiyalarda hushdan ketish kuzatilib turadi.
  • Ortostatik gipotenziyada – ya’ni gorizontal holatdan tezlik bilan vertikal holatga o‘tganda hushdan ketish (uzoq muddat yotoq rejimida bo‘lib, darhol o‘rnidan turgan holatda). Bunday holatda qon bosimining tana pastki qismidan yuqori sohalarga qonni taqsimlash buziladi, shu bilan birga bosh miyaga ham qon borishi kamayadi.
  • Shok holatlarining har qanday ko‘rinishlarida barcha a’zolarga qon borishi buziladi.
Qonning kislorod bilan to‘yinmasligi natijasida hushdan ketish quyidagi vaziyatlarda kelib chiqadi:
Metobolik buzilishlar natijasida hushdan ketish – qandli diabetda metobolik o‘zgarishdan bosh miyada moddalar almashinuvi buzilishi va koma holatiga tushish ham kuzatiladi. Bosh miyadagi patologik o‘choqlar epilepsiya natijasida hushdan ketish kelib chiqishi: Bunday turdagi hushdan ketish – insonning harakatlanish qobiliyati saqlanib qoladigan ko‘rinishdir. Insult, bosh miya chayqalishi – miya to‘qimalarining qisqa muddat ichida oziqlanishi va tuzilishining buzilishi hisobiga hujayralardan nerv impulslari o‘tishi sekinlashadi, bu esa insonning hushdan ketishiga sabab bo‘ladi. Ko‘p hollarda hushdan ketish quyidagi vaziyatlarda kelib chiqadi:
  • Qorinchalar taxikardiyasi – 11 %;
  • Sinus tugunining sustlashish sindromi – 3 %;
  • Bradikardiya, atriventrikulyar blokada II-III daraja – 3 %;
  • Qorinchalar usti taxikardiyasi – 3 %;
  • Aorta stenozi – 2 %;
  • Epilepsiya – 2 %;
  • Tranzitor ishemik hujum – 2 %.

Diagnostikasi

hushdan ketish O‘z-o‘zidan hushdan ketishni aniqlab olish qiyin emas, insonda tashqi ta’sirlovchilarga sezgining yo‘qligi, umumiy harakatning yo‘qolishi (epilepsiyadan tashqari), og‘riqni sezmaslik kabi belgilar orqali aniqlab olsa bo‘ladi. Ammo, hushdan ketishga olib keladigan sababni aniqlash ancha qiyinchiliklar tug‘diradi. Buning uchun barcha tibbiyot fani imkoniyati yetadigan diagnostik tekshiruvlar o‘tkaziladi: anamnez yig‘ish, o‘tkazilgan kasalliklar, qabul qilgan dori preparatlari, arterial bosim pasayishlari yoki nerv tizimi funksiyasi buzilishlari kabi kasalliklar o‘tkazganligi haqida ma’lumotlar yig‘ish. Bundan tashqari moyillikni oshiruvchi faktorlar – tezlik bilan turish, dim xonada uzoq muddat o‘tirish, isitma, jismoniy zo‘riqish va boshqalar haqida so‘rab surishtiriladi. Laborator tekshiruvlar: qon umumiy tahlilida anemiyaning og‘ir ko‘rinishlari, glyukoza miqdori – giper yoki gipoglikemiya jarayonlari ketayotganligini aniqlab beradi. Bunda tashqari qonning kislorod bilan to‘yinish darajasi ham tekshiriladi. Instrumental tekshiruvlar:
  • Elektrokardiogramma (EKG) yurak tomonidan kelib chiqqan patologiyalarni aniqlab beradi (aritmiya, blokada kabi);
  • Yurakni UTT  tekshiruvi yurakning qisqarish xususiyati buzilishlari, klapanlarning holati haqida ma’lumot beradi;
  • Uyqu arteriyasi doplerografiyasi – qon tomir ichida oqayotgan qon haqida ma’lumot beradi;
  • Kompyuter tomografiyasi va MRT miyadagi hujayralar buzilishini ko‘rsatib beradi.

Hushdan ketganda birinchi yordam ko‘rsatish

Hushdan ketganda birinchi yordam ko‘rsatilishi shart, ko‘p hollarda bu holatga sabab aniq bo‘lmaydi, shuning uchun muammo jiddiy bo‘lishi mumkin. hushdan ketganda birinchi yordam
  • Hushini yo‘qotgan insonni birinchi navbatda dim xonadan, ochiq toza havoli joyga olib chiqish kerak. Kiyimlarni bo‘shatish, yoqalarni ochish va oyoqlarni biroz yuqoriga ko‘tarish (miyaga ko‘proq qon borishi uchun), yuzga sovuq suv sepish, yuzga yengil urish (miyani qo‘zg‘atish uchun) zarur;
  • Uyqu arteriyasida puls va nafas olishni tekshirish kerak. Agar ular aniqlanmasa zudlik bilan paxtaga shimdirilgan novshadil spirtini burun yo‘llariga tekkizish zarur;
[box type="error" align="aligncenter" class="" width=""]Diqqat! Balandlikdan yiqilgan, avtotransportda halokatga uchraganda hushdan ketgan insonni joyidan qo‘zg‘atishga urinmang. Jarohat olgan inson umurtqa pog‘onasi singan bo‘lishi mumkin va har bir ortiqcha harakat muammoni jiddiylashtiradi, hatto nogironlik va o‘limga ham olib borishi mumkin.[/box]
  • Agar bemor es hushiga kelmasa, uni yon tarafiga yotqizing. Uning tili nafas yo‘llarini berkitib qo‘ymasligi zarur, bundan tashqari ba’zida hushdan ketganda bemor qusishi ham mumkin, yon tarafga yotqizilsa, qusuq massasi nafas yo‘llariga o‘tmaydi;
  • Bemorni joyidan ko‘chirmaslikka yana bir ko‘rsatma – epilepsiyadir. Bunday holatda bemorning boshi va tana qismini tashqi biror bir qattiq jism bilan jarohatlab olmasligini ta’minlash kerak;
[box type="error" align="aligncenter" class="" width=""]Diqqat! Hushdan ketgan insonga hech qachon tabletka va suv ichirishga urinmang! Bunday bemorlarda yutinish refleksi buzilgan bo‘ladi, buning oqibatida tabletka nafas yo‘llariga ketib qolishi va asfiksiyaga olib kelishi mumkin.[/box]
  • Inson hushiga kelgandan keyin uni darhol shifoxonaga yetkazish kerak, u yerda diagnostika va davo choralari tuziladi. Agar inson behush holatda 5 daqiqadan ortiq yotsa, bu jiddiy muammodan darak beradi, bunday holatda insonning hushiga kelishini kutmay, 103 qisqa raqami orqali tez tibbiy yordamga murojaat qilish kerak.
[box type="error" align="aligncenter" class="" width=""]Diqqat! Hushiga kelgan insonga nitroglitserin bermang (agar yurak og‘rig‘iga shikoyat qilmasa)! Bu qon bosimi pasayishi va qayta hushni yo‘qotishga olib kelishi mumkin. Amaliyotda hushdan ketishlar ko‘p hollarda gipotoniya natijasida kelib chiqadi va nitrat saqlovchi preparatlarga qarshi ko‘rsatma bo‘ladi.[/box] Agar hushdan ketgan holda nafas olish va yurak urishi ham to‘xtasa – zudlik bilan yurak-o‘pka reanimatsiyasini o‘tkazish kerak. Bunday muolajani o‘tkazish uchun aniq algoritmga rioya etish kerak bo‘ladi. (III videolavhada bajarish ketma-ketligi amaliy ko‘rsatib o‘tilgan) Hushdan ketish jiddiy kasalliklar oqibatida kelib chiqishini inobatga olib unga olib keluvchi sababni yo‘qotish zarur. Bemorga yordam berishda esa vahima qilmasdan barcha amallarni to‘g‘ri bajarish, bemorning hayotini saqlab qolishga yordam beradi. I videolavha Quyidagi videolavha orqali hushdan ketishda birinchi yordam ko‘rsatish borasida amaliy ma'lumot olishingiz mumkin: [su_youtube_advanced url="https://youtu.be/1muiIQLcylE" width="560" height="320" autohide="yes" showinfo="no" rel="no" modestbranding="yes" theme="light" https="yes" playsinline="yes"] II videolavha Quyidagi videolavhada epilepsiya kasalligi mavjud bemorlarda yuzaga kelib turadigan epileptik xurujlar vaqtida qanday qilib yordam ko‘rsatish borasida ma'lumotlar keltirib o‘tilgan: [su_youtube_advanced url="https://youtu.be/PrGvzGxa8PE" width="560" height="320" autohide="yes" showinfo="no" rel="no" modestbranding="yes" theme="light" https="yes" playsinline="yes"] III videolavha Quyidagi videolavha orqali esa hushdan ketgan bemorda nafas olish va yurak urishi to‘xtagan bo‘lsa, qanday yordam berish kerakligi haqida ma'lumot olishingiz mumkin: [su_youtube_advanced url="https://youtu.be/5Vy84uQm7YU" width="560" height="320" autohide="yes" showinfo="no" rel="no" modestbranding="yes" theme="light" https="yes" playsinline="yes"] Mavzuga aloqador maqolalar:

© Maqola 09.06.2018 sanasida yangilandi.

ico
Har kuni vaznni o‘lchash ozishga yordam beradimi?
Biz tarozida ko‘radigan vaznning har kuni o‘zgarib turishi yog‘ to‘qimalarining kamaygani yoki ko‘payganini bildirmaydi. Unga qarab faqat to‘rtta omil haqida xulosa qilishimiz mumkin, bular: najas va peshob massasi, uglevodlar iste’moli va qon hajmi. ozish Ammo vazn o‘zgarib turishining asosiy sababi — glikogen, ya’ni organizmda glyukozaning bosh zaxirasi sifatida xizmat qiluvchi polisaxarid qatlami. Agar uch kun davomida past uglevodli ovqatlarni yesak, glikogen miqdori uchdan ikki qismga kamayib ketishi mumkin. Bu esa umumiy vaznda o‘z aksini topadi, axir glikogen jigarimiz og‘irligining 5—10 foizini, mushaklar og‘irligining esa 2 foizini tashkil etadi. Organizmimizda o‘rtacha 500 grammcha glikogen bo‘ladi, shu tufayli, har kuni iste’mol qilinadigan uglevodlar miqdori siz tarozida ko‘radigan raqamlarda sezilarli tarzda aks etadi.

Olimlar nima deydi?

So‘nggi tadqiqotlar har kuni vaznini o‘lchab ko‘rgan ishtirokchilarning vazni sezilarli ravishda kamayganini ko‘rsatdi. Natijalar quyidagicha bo‘ldi:
  • Olti oy davomida har kuni o‘zini taroziga tortgan kishilar nazorat guruhidan ko‘ra, olti kg ko‘proq vazn yo‘qotgan.
  • Nazorat guruhining hatto haftasiga besh marta vaznini o‘lchagan ishtirokchilari ham har kuni taroziga chiqqan kishilarga nisbatan kamroq vazn yo‘qotgan.
  • Har kuni o‘zini taroziga tortgan kishilar eng ko‘p sog‘lom hayot tarziga rioya qilishga intilgan (masalan, kamroq fastfud yeb, televizor qarshisida kamroq o‘tirgan).
Demak har kuni o‘zini taroziga tortib ko‘rish ozishga yordam berarkanda?

Barchasi har bir kishiga bog‘liq

Har kuni vazningizni o‘lchab, barqarorlik bilan ozayotgan vaqtingizda, aynan tarozida tortilish natijalarga ta’sir qilayotgandek tuyuladi. Ammo bir kungina ortiqcha ovqat yeb qo‘ysangiz, ertasi kuni vazningizni o‘lchagingiz kelmaydi. Va agar har kuni kimgadir hisob berishingiz kerak bo‘lmasa, vaqt o‘tgani sari nafaqat taroziga tortilishni, balki to‘g‘ri ovqatlanishni ham tashlab qo‘yishingiz ehtimoli katta. Bundan tashqari, vaqt o‘tishi bilan har kun vazn o‘lchashdan charchashingiz, bu joningizga tegib qolishi mumkin. Buni tadqiqot ham tasdiqladi: tajriba boshlanganidan keyin bir yarim yil o‘tgach, har kuni vazn o‘lchab ko‘rishdan samara ham ancha kamaygan. Quyidagi maqolalarni ham o‘qishingizni tavsiya etamiz:

© Wclub / Daryo

ico
Homiladorlik taqvimi: 22 — hafta
Homiladorlikning 22-haftasi – kichkintoyning organizmi borgan sayin takomiliga yetib boradi. Bolakay onasiga chambarchas bog‘langan, shu jumladan emotsional jihatdan ham. Sizning barcha his-hayajonlaringiz bolaga o‘tadi. Siz uchun uzoq vaqt tik turish, o‘tirish, bir xildagi yumush bilan shug‘ullanish og‘irlik qilayotgan bo‘lsa ehtimoldan xoli emas. Homiladorlikning keyingi kechishi va kichkintoy o‘zini qanday his qilishi bo‘lg‘usi onaning qanchalik o‘z parvarishi bilan shug‘ullanishi va o‘z organizmiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishiga bog‘liq.

Homiladorlikning 22-haftasida nimalar yuz beradi

Intizom – risoladagi bo‘lg‘usi onaning yaxshi sifatlaridan asosiysi. Uxlaganda iloji boricha faqat chap yonboshda yotasiz, o‘tirganda stul yoki divan suyanchig‘iga suyangan holda qulay o‘tirasiz, oyoqni oyoq ustiga tashlab o‘tirmaysiz. Esingizdan chiqmasin, hozir har bir harakatingiz ikki kishi – siz va kichkintoyning farovonligi uchun xizmat qiladi. Vaqtni behuda o‘tkazmang: kuchingiz hozir yetib turgan ishni uchinchi trimestrda amalga oshirishingiz amrimahol bo‘lib qoladi. Ko‘proq sayr qiling, muzey va ko‘rgazmalarga boring, tabiat qo‘yniga chiqing. Hozir bunga imkoniyat bor ekan, albatta foydalanib qoling. Chunki vazningiz tobora og‘irlashib boradi, qorin muttasil o‘sadi, bel va oyoqlarga tushadigan yuk og‘irlashib boraveradi. Ko‘p ayollar uchun endi bandaj kiyish vaqti kelgan bo‘ladi, u belga tushayotgan yukni biroz yengillashtiradi. Bandajni tanlashdan oldin albatta doktor bilan maslahatlashing. Zarurat bo‘lganda homiladorlar uchun mo‘ljallangan gimnastikaga qatnashni boshlang, bu sog‘lig‘ingizni bir maromda ushlab turishga yordam beradi va ortiqcha vazn organizmga “hujum” qilishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Homiladorlikning 22-haftasida homilaning ahvoli

Sizning kichkintoyingiz kuniga ikki yuz martagacha harakatlar bajaradi, albatta bularning hammasini siz eshitmaysiz. Lekin bolakay sizga sezilarli darajada ko‘p harakat qilayotgan bo‘lsa, ehtimol unga kislorod yetishmayotgan bo‘lishi mumkin. Balki siz kam sayr qilayotgandirsiz. Homilaning bunday harakatidan doktorni xabardor qiling, u kichkintoyning bunday serharakatligining sababini aniqlaydi. Homiladorlikning 22-haftasi – kichkintoy uchun faol taktil anglashlar davri hisoblanadi. U o‘z yuzini silashi, qo‘llari bilan ushlaydigan harakatlar qilishi, bachadon devorini do‘pillatishi mumkin. Bolakay shunchaki barmoqchalarini so‘rishni yaxshi ko‘radi. Homiladorlikning 22-haftasida qimirlashlar aniq-tiniq seziladi. Hozir bola uxlayaptimi yoki uyg‘oqmi – oson aniqlash mumkin. Kichkintoy – endi shakllanib bovlgan kichkina odamcha bo‘lib qolgan, u yorug‘likni qorong‘ilikdan, onaning o‘zgarib turuvchi kayfiyatini va ohangdor musiqani osonlikcha ajrata oladi. Bolaning g‘imirlashlari va turtinishlariga albatta quloq solish lozim: u sizga noto‘g‘ri o‘tirganingiz, yotganingiz yoki juda baland ovozda gaplashayotganingizdan “xabar” berishi mumkin.

Emotsional jihat: o‘ng‘aysizliklarni haydang

Ko‘pgina onalar ushbu muddatdayoq ularning qadam tashlashi o‘zgarib qolganligini, chaqqon emasliklarini, biroz beso‘naqaylashib qolganliklarini sezadilar. Agar kimdir bunday o‘zgarishlarga bamaylixotir munosabatda bo‘lsa, kimlardir o‘zida o‘ng‘aysizlik sezadi. Bu paytda albatta yaqinlarning qo‘llab-quvvatlab turishi ahamiyatga ega bo‘ladi. Lekin hamma narsani ularning zimmasiga yuklamang, yuz berayotgan o‘zgarishlarga nisbatan o‘zingizni munosib tuting. Yangi-yangi kiyimlar bilan o‘zingizni xursand qiling,
sochingiz turmaklarini har xil qilib ko‘ring, ko‘proq hordiq chiqaring. Ehtimol bu hayotingizdagi eng go‘zal va ajoyib davrdir, uni munosib tarzda o‘tkazish kerak.

Ovqatlanish qoidasi: tez-tez va yog‘siz taom yeng

Ovqatlanish bo‘yicha kundalik tutishni boshlasangiz to‘g‘riroq bo‘ladi. Vazn tezkor sur‘atda oshaveradigan palla keldi. Hamma narsani yeyaveradigan bo‘lsangiz, semirib ketish xavfi kuchayadi. Bu esa homiladorlikning kechishi, tug‘ruq va umuman, yosh xonimning ko‘rinishiga ta’sir ko‘rsatadi. Garchand siz vitaminli komplekslarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz-da, foydali moddalarni oziqdan ham olishga harakat qiling. Yog‘li go‘shtlardan ko‘ra mol go‘shtini o‘zingizga lozim ko‘ring. Mayonezli salatning o‘rniga zaytun yog‘i solingan sabzavotli yengil salatlarni yeng. Yong‘oqlar, quruq mevalar, tvorog, dimlangan sabzavotlar – bularning hammasini albatta tez-tez iste’mol qilib turing.

Homiladorlikning 22-haftasida UZI

Mazkur muddatda ham siz ikkinchi skriningga tushishingiz mumkin. Shifokor bolaning o‘zini qanday his etayotganini tekshiradi, kindik va yo‘ldoshning holatiga baho beradi. UZIda homilaning rivojlanishdagi nuqsonlarini, ko‘p suvlilik yoki kam suvlilik holatlarini aniqlash mumkin bo‘ladi (agar ular mavjud bo‘lsa). Bu tekshiruv kichkintoyning hajmini ko‘rishga ham imkon beradi. Homiladorlikning 22-haftasida homilaning dumg‘azasidan boshining uchigacha bo‘lgan uzunligi 19 sm, vazni esa 350 gramm atrofida bo‘ladi. Bu muddatda ko‘pincha o‘tkaziladigan boshqa tekshiruvlar qonning umumiy tahlili va siydikning umumiy tahlilidir.

Homiladorlikning 22-haftasidagi sezgilar

Siz hali uncha semirmagansiz, qadam tashlashingiz ham muayyan yengillikni his qilishga imkon beradi. Shuning uchun ko‘zguning oldida ko‘ngil qolishini kutishga hojat yo‘q (ko‘pchilik shunga o‘xshash narsalarni kutadi). Shunchaki, o‘zingizni parvarish qilib yursangiz, o‘zingizga ishonchingiz oshadi va tashqi jozibadorligingiz yarq etib turadi. Bu muddatda milklar bilan muammolar zo‘rayishi mumkin: agar ular ko‘p qonayotgan bo‘lsa, tish pastasini almashtirish hamda bir qator xavfsiz stomatologik muolajalar qilish vaqti kelibdi.

© Homiladorlik.uz nashri.

ico
Homiladorlik taqvimi: 20 - hafta
Homiladorlikning 20-haftasi muborak bo‘lsin! Yarim yo‘lni ortda qoldirdingiz! Yo‘lning keyingi yarmini bosib o‘tishingiz ruhan oson kechadi, zero siz g‘imir-g‘imirlari ancha sezilarli bo‘lib qolgan kichkintoyingizni yaxshi ko‘rib qolishga ulgurdingiz.Ikkinchi majburiy UZIni o‘tkazishning vaqti keldi, yana bir qancha tahlillardan o‘tishga to‘g‘ri keladi. Homiladorlikning 20-haftasida qorin o‘sadi, tanish-bilishlar yangi mehmon kutayotganligingizni o‘zingizdan so‘rashadi. Eng oson va farovon ikkinchi trimestr davom etmoqda.

Homiladorlikning 20-haftasida nimalar yuz beradi

Bachadon ko‘tarilib, borgan sayin hajman kattalashadi. 20-haftada qorin endi rosmana do‘ppayadi, kindik turtib chiqa boshlaydi. Ba’zi ayollarda emchakdan sarg‘ish rangli yarim shaffof suyuqlik – og‘izsut ajrab chiqishni boshlaydi. Uni ezib chiqarish mumkin emas, ko‘krakni yumshoq salfetka bilan artib qo‘ysangiz kifoya. Bu bo‘lg‘usi ko‘krak sutidan oldin keladigan og‘iz suti bo‘lib, u oz-oz miqdorda tug‘ruq kunlariga qadar ham chiqishi mumkin. Agar bolakay juda qattiq turtinayotgan bo‘lsa, ehtimol unga kislorod yetishmayotgandir. Siz toza havoda ko‘proq bo‘ling, balki homilador ayollar uchun mo‘ljallangan fitnes bilan shug‘ullanib ko‘rarsiz. Qorin terisi tortiladi, chunki bachadon o‘syapti-da. Buning oqibatida yengil qichishish paydo bo‘lishi mumkin, biroq maxsus krem va los’onlar qichimani ketkazishga yordam beradi.

Homiladorlikning 20-haftasida homilaning ahvoli

Yaqindagina homiladorlik testining javobi ijobiy chiqqandek edi, homiladorlikning 20-haftasida homilaning hajmi esa vazn bo‘yicha 260 grammga, uzunasiga 16 sm gacha yetib qolgan. Nazariy jihatdan qaraganda, ikki haftadan keyin homila yashash uchun layoqatli bo‘lib qoladi. Amalda barcha organ va tizimlar shakllanib bo‘lgan, ammo ular hali takomiliga yetishish va onaning qornidan tashqarida faoliyat ko‘rsatishga tayyorlikning murakkab yo‘lini bosib o‘tishi kerak. Kichkintoy eshitishni boshlagan, yorug‘likni ajrata biladi, barmog‘ini so‘rishni o‘rgangan, boshini o‘gira oladi. Vaqtning ko‘p qismida uxlaydi, lekin bir oz “o‘ynashni” ham unutmaydi. Jimitning terisi qalinlashgan, uning ostida yog‘ yig‘ilmoqda. Kichkintoyning yuzi esa hali qariyaning qiyofasini eslatadi, sababi unda yog‘ umuman yo‘q. 20-haftada kichkintoy ilk bora ko‘zlarini ochadi: uning nafaqat qovog‘i, balki kiprikchalari ham bor. Bolakay juda faol, siz uning g‘imir-g‘imir qilishini his etasiz. Homiladorlikning 20-haftasida homilaning joylashishi: ko‘pgina bolakaylar 20-haftadayoq boshini pastga qaratgan holatni egallashadi. Agar sizning vaziyatingizda bunday bo‘lmasa, havotirlanib o‘tirmang. Aftidan, u hali bir necha marotaba to‘ntarilib oladi.

Ajoyib kayfiyat va a’lo darajadagi ishtaha

20-hafta – bu ajoyib ishtaha, o‘zini yaxshi his etish va istisno tariqasida u yer-bu yer og‘rishi. Hatto jig‘ildon qaynashi ham faqat homiladorlikkacha oshqozon-ichak traktida muammosi bo‘lgan onajonlarni bezovta qilishi mumkin. Yarim yo‘lning ortda qolganligi ham bo‘lg‘usi onaning kayfiyatini ko‘taradi. Aftidan, endi siz uzoq kutilgan dekret ta’tiliga qancha qolayotganini haftama-hafta hisoblay boshlarsiz. Agar siz o‘zingizni a’lo darajada his etayotgan bo‘lsangiz, kafe, muzey, ommaviy tadbirlarga borishdan o‘zingizni olib qochmang. Xush kayfiyat sizga suv bilan havodek zarur.

Shirinliklar o‘rnini meva bilan to‘ldiring

Homiladorlik o‘z bosqichining yarmidan o‘tgandan so‘ng vazn ortib borishi o‘zini uzoq kuttirib o‘tirmaydi. Bu ayniqsa to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga rioya qilmaydigan onajonlarga tegishli. Ro‘zg‘oringizni qayta nazoratdan o‘tkazib chiqing: qiyom qatlami bilan qoplangan shirinliklar o‘rnini meva va sabzavotlar bilan almashtiring, qadoqlangan sharbatlar o‘rniga reza mevali mors yoki kompot iching. Albatta bo‘tqa yeng, mazkur muddatda grechka va suli bo‘tqalar siz uchun ma’qulroq (ular temir moddasiga boy). Meva yoki quruq mevalar bilan tvorogni kechki ovqatning erta pallasida tanovul qiling, ikki soatlardan keyin esa (lekin uxlashdan oldin emas) qaynatilgan baliq yoki mol go‘shtidan yeng.

Homiladorlikning 20-haftasida UZI

Bu muddatda skrining UZIsi tayinlanadi. Shuningdek bo‘lg‘usi ona qon va siydik tahlillarini topshiradi. Ikkinchi UZIdan cho‘chishning hojati yo‘q: siz kichkintoyning yurakchasi qanday urayotganini, qanday maroq bilan harakat qilayotganini ko‘rishingiz mumkin. Ehtimol, bolajoningiz jinsini ham sizga aytishar. Ko‘pincha aynan 20-haftada kresloda o‘tkaziladigan navbatdagi ko‘rikni tayinlashadi. Bu ko‘rik og‘riqsiz o‘tkaziladi, doktor bachadon bo‘yni qay holatdaligini tekshiradi.

Homiladorlikning 20-haftasidagi sezgilar

Ko‘kragingiz parvarishi bilan shug‘ullaning: aksariyat ayollarda sut bezlarining estetik ko‘rinishi bilan bog‘liq bo‘lgan kelgusidagi muammolari emizish bilan mutlaqo bog‘liq emas. Ko‘pincha homiladorlik vaqtida byustgalterni noto‘g‘ri taqish va ko‘krakni parvarishsiz qoldirish shunga olib keladi. Do‘konga borib o‘zingizga mos keladigan byustgalterni sotib oling. Teri cho‘zilishi sababli paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan tilim-tilim atrofik chandiqlarning oldini oluvchi krem ham xarid qiling. Agar 20-haftada shishlar paydo bo‘lsa, darhol shifokorga boring. Shishlar bu muddatda paydo bo‘lmasligi kerak. Har qanday g‘ayrioddiy sezgilar, og‘riqlar to‘g‘risida doktorga ayting. Qaddingizga mos kiyim kiying, o‘ta tor kiyimlarga ko‘ngil bermang. Poyabzal ham qulay bo‘lishi lozim, poshnasi keng va balandligi 3–5 sm atrofida bo‘lishi mumkin.

© Homiladorlik.uz nashri.

ico
Homiladorlik taqvimi: 21 - hafta
Homiladorlikning beshinchi oyi amalda oxiriga yetib qoldi. Tug‘ishga to‘rt oy qoldi, ushbu g‘oyatda muhim voqeaga tayyorgarlik ham ko‘rish lozim, balki maxsus kurslarga yozilib qo‘yish ham kerak bo‘lar. Homiladorlikning 21-haftasiga kelib ko‘p ayollar 4 kg atrofida vazn yiqqan bo‘ladilar, buyog‘iga vazn to‘plash yanada tezlashadi. Bo‘lg‘usi ona fusunkor ko‘rinishga ega: teri, sochlar va tirnoqlar o‘z holati bilan ko‘zni quvontiradi. Aslida bu muddata o‘zini his qilish ham odatda yaxshi bo‘ladi.

Homiladorlikning 21-haftasida nimalar yuz beradi

Homiladorlik, ta’bir joiz bo‘lsa, avj pallasiga chiqqan. Bel va tosga yuqori darajadagi yuk tushganda vujudga keladigan toliqish hissi hozircha yo‘q, harsillash va uyqusizlik ham bezovta qilmaydi. Biroq mana shu ko‘ngildagidek kechadigan paytlarda ham ayol ba’zi noqulayliklarni his qilishi mumkin. Lekin bu hol haqiqatdagi ahvol bilan emas, balki, ko‘proq, ortiqcha ta’sirchanlik bilan bog‘liq bo‘ladi. Mazkur muddatda belingizda og‘riq paydo bo‘lishi ehtimoldan xoli emas, lekin siz muayyan holatda uzoq o‘tirib qolmasangiz, gavdani noqulay holatda tutib turmasangiz, og‘riq muammosi sizni tark etadi. O‘zingizni bo‘sh qo‘yishni o‘rganing va organizmingizga quloq soling. Bu uyqu masalasiga ham tegishli. Gavdani ushlab turishning eng to‘g‘ri va qulay holati – o‘ng yonboshda uxlash. Butun tunni to‘lg‘anib o‘tkazishga hojat yo‘q, siz shunchaki, havosi toza, qorong‘i xonada aynan shu holatda qattiq uxlashga o‘zingizni tayyorlang vassalom. Bachadon kindikdan bor-yo‘g‘i 1 sm yuqorida, u ichki organlarni ezib turibdi. Lekin bu jiddiy muammolarni keltirib chiqarmasligi kerak. Kichkintoy g‘imir-g‘imir qilib itaradi, hatto tashqaridan turib ham u qorinning qaysi qismida o‘yinqaroqlik qilayotganini aniqlashingiz mumkin.

Homiladorlikning 21-haftasida homilaning ahvoli

Homiladorlikning 21-haftasida homilaning hajmi u tug‘ilganda bo‘ladigan kattaligining yarmiga yetadi. Lekin og‘irligi bu dunyoga kelganida bo‘ladigan vaznidan ancha-muncha kam: bor-yo‘g‘i 360 gramm. Bu haftada bolakayning hazm qilish tizimi faol tarzda rivojlanadi. U hanuz amniotik suyuqlikni yutadi: bu bilan bolajon nafaqat o‘pkani, balki qizilo‘ngachni ham mashq qildiradi. Xozirning o‘zida bo‘lg‘usi ona bolajonisining nafs mayllarini to‘g‘ri shakllantira borsa bo‘ladi. Bolakayning endokrin bezlari ishga tushgan, 21-haftada qora taloq ham “yordamga” keladi. Kechalari kichkintoy juda faollashib ketishi mumkin, uning uxlashiga yordam berish uchun shunchaki qorningizni yengilgina silab qo‘ying, alla aytsangiz ham bo‘ladi. Bolalar onaning tovushi va kayfiyatiga e’tibor beradilar.

Ko‘proq onalik mehrini ulashing

Ayol borgan sayin o‘zini ona sifatida his etadi, axir bolajonisini shundoqqina sezadi-da. Darvoqe, tarbiya jarayoni boshlanadigan palla yetib kelganligini unutmang: “qorinda yashovchi” bilan hozirdanoq gaplashsa bo‘ladi. Nafaqat bo‘ladi, bu ishni qilish hatto zarurdir! Jajji odamchaga nihoyatda yumshoqlik bilan, ohista, samimiyat va muhabbat bilan murojaat qiling – u hammasini his qiladi. To‘satdan bo‘lg‘usi onani jinsiy hayot bilan bog‘liq masala ilk bor bezovta qilib qolishi mumkin. Yangicha shaklingizga sekin-asta moslashishingizga to‘g‘ri keladi. Tushkunlikka tushmang, eringiz bilan yaqinlikdan voz kechmang (albatta, agar qorningiz og‘rimasa va shifokor bunga ruxsat bersa). Bu nozik pallani sabr-bardosh va e’tibor bilan yengib o‘ting.

Ovqatlanmoqchimisiz? Jadval tuzing

Ishtahani nazorat qilish tobora qiyinlashib boradi. Lekin hozir nafsingizga hech ham erk bera ko‘rmang: ortiqcha bitta gumma va bir stakan gazlangan suv sizning shiddat bilan vazn yig‘ishingizga boshlang‘ich nuqta bo‘ladi. Agar siz o‘zingizni muayyan tartib-intizomga o‘rgatib olsangiz, hatto tug‘ruq vaqtiga qadar ham yaxshi holatda yurishingiz mumkin bo‘ladi. Buning uchun birgina jadval bo‘yicha ovqatlansangiz kifoya: yaxshi to‘yimli nonushta + yengilroq ikkinchi nonushta + uncha katta bo‘lmagan porsiyalarda to‘yimli tushlik + foydali kechkidan oldingi ovqat + yengilgina kechki ovqat.

Tahlillar o‘tkazishda tanaffus

Homiladorlikning 21-haftasida odatda alohida tahlillar, tekshiruvlar va UZI tayinlanmaydi. Rejadagi ikkinchi UZI ortda qolgan, bir qator qon va umumiy siydik tahlillarini ayol, qoida tariqasida, UZI arafasida topshiradi. Agar bo‘lg‘usi onani biror narsa bezovta qiladigan bo‘lsa, shifokorning o‘zi sizga yakka tartibda tekshiruvni tayinlaydi.

Homiladorlikning 21-haftasidagi sezgilar

Bu vaqt homilador ayol haqiqiy gullab-yashnaydigan palla hisoblanadi: vazn deyarli og‘irlashmagan bo‘ladi, ammo uning qaddi-qomati fusunkor tusga kiradi. Ko‘kraklar ko‘tarilgan, to‘lishgan, qorin esa hozircha ixcham, kichkinagina. Teri va sochlar ham, odatda, sog‘lom ko‘rinishga ega bo‘ladi. Birgina jihat – pigment dog‘lar. Lekin bunday alohida o‘zgarishlar hamma ayollarda ham yuz beravermaydi, shuning uchun oldindan xavotirlanishga hojat yo‘q. Bu o‘zgarishlar atrofdagilarga sezilmasligi ham mumkin. Mazkur vaqtda bo‘lg‘usi ona yanada ko‘rimli, yorqin bo‘lishni istaydi, shuning uchun bunday mayda jozibasiz dog‘larni yashirishni o‘zi yaxshi eplaydi.

© Homiladorlik.uz nashri.

ico
Homiladorlik taqvimi: 19-hafta
Homiladorlikning 19-haftasiga kelib ko‘pgina ayollar jimitning qimirlashini sezayotgan bo‘lishadi. Ayrimlar har bir harakatni aniq-tiniq eshitadi, ba’zilar ilk “kapalak pirillashi”ni taxmin qiladi. Bo‘lajak onaning vazni asta-sekin oshib boradi, yonboshi yiriklashadi.Bola ham o‘sadi, vazni ortib boradi, u borgan sayin kichkina odamchaga o‘xshab ketadi. Homiladorlik o‘zining ekvatoriga yaqinlashib bormoqda, bu esa quvonch bag‘ishlamay iloj yo‘q.

Homiladorlikning 19-haftasida nimalar yuz beradi

Borgan sari uxlash uchun gavdaning qulay holatini topish qiyinlashib boradi. Qorin bilan yotish qat’iyan man etiladi, aslida bu noqulay ham. Bo‘lg‘usi onaga osmonga qarab chalqanchasiga yotish ham man etiladi: bachadon yurakning pastki kovak venasini ezib qo‘yishi mumkin, bu esa bexavotir emas. Faqat yonboshga qarab, oyoqni ozgina eggan holda yotish imkoni qoladi. Darvoqe, oyoq ostiga yoki ikki oyoq orasiga yostiqcha qo‘yib yotsa ham bo‘ladi. Bachadon o‘sib borayotgani tufayli tos va belda ba’zi og‘riqli sezgilar his etilishi mumkin. Asta-sekin tos suyaklari kengayishni boshlaydi, bu holat og‘riqsiz kechmasligi mumkin. Lekin bo‘lg‘usi onani qorin ostidagi tortqilab keladigan og‘riq tashvishlantirishi kerak, yengil og‘riq esa me’yordagi holat hisoblanadi. Bir holatda uzoq o‘tirmang, suyanchiqli kursilar endi sizning “do‘stingiz”ga aylansin. Oyoqni oyoq ustiga qo‘yib o‘tirmang, baland poshnali poyabzaldan esa tamoman voz keching.

Homiladorlikning 19-haftasida homilaning ahvoli

Kichkintoyning miyasi o‘smoqda va faol tarzda rivojlanib bormoqda. Bu narsa homila harakatlarining tobora uyg‘unlashib borayotganida ko‘rinadi, oldingi betartib harakatlar borgan sari kamaygan. 19-hafta – kichkintoyning bronxial daraxti shakllanib boradigan palla, uning nafas olish tizimi takomillashib boradi. Ta’bir joiz bo‘lsa, homilaning yog‘ bezlari ham ishga qattiq kirishib ketgan: ular homilani homila atrofidagi suyuqlik va patogen mikroorganizmlardan himoyalovchi oq-kulrang moy ishlab chiqaradi. Homiladorlikning 19-haftasida homila ancha tez sur’atda rivojlanadi: bolakayning bo‘yinchasi mustahkamlashgan, u endi 180 gradusga burila oladi. Homiladorlikning 19-haftasida homilaning kattaligi dumg‘azasidan boshining uchigacha 15 sm ni tashkil etadi, vazni esa 200 grammga yetgan.

Bolakay signal bera boshlaydi

Endi sizning hayotingizga o‘z bolangizni taktil sezish va ularga ruhiy bog‘lanib qolish singari ajoyib holatlar kirib keldi. Bolakay ilk qimirlash tarzidagi signallarni bera boshlaydi, shunda siz kichkintoyning haqiqatda mavjudligini yanada ko‘proq sezasiz. Bu davrda onaning ruhiy kayfiyati odatda tashvish keltirmaydi. To‘g‘ri, u biroz charchab qolishi mumkin, yumushlar unga og‘ir keladi, faqat toliqtirib qo‘yadigan yumushlar bilan mashg‘ul bo‘lib qolish ham ta’qiqlanadi. O‘zingizni va bolangizni yaxshi ko‘ring, zarurat tug‘ilganda hordiq chiqaring, hol-ahvolingiz ijozat berganida esa o‘zingizni faol tuting.

Taomnomaning asosi – bo‘tqalar va mol go‘shti

Hozir sizning taomnomangizda qovurilgan va yog‘li ovqatlar bo‘lmasligi kerak. Achchiq, dudlangan ovqat, notabiiy qo‘shimchali taom ham chetga surilib qo‘yilgani ma’qul. Tuzlamalar va shirinliklar ham xozir qat’iy nazorat ostida bo‘lishi kerak. Tarkibida
kalsiy va temir moddasi ko‘p miqdorda bo‘lgan mahsulotlar esa, aksincha, kundalik taomnomangizdan mustahkam o‘rin egallashi lozim. Bu degani grechka, suli yormasi, bargak, chernika, tomat sharbati, mol go‘shti endilikda sizning oshqozoningizning doimiy do‘stlariga aylanishi kerak. Kam-kamdan, ammo tez-tez ovqatlaning, tungi vaqtda tamaddi qilib olishni xayolingizga ham keltirmang.

Homiladorlikning 19-haftasida UZI

Qondagi shakar va gemoglobin miqdorini tekshirish, siydikdagi oqsil miqdorini aniqlaydigan tahlilni topshirish vaqti keldi. Agar zarurat bo‘lsa, shifokor homiladorga progesteron darajasini tekshirish uchun qon topshirishni tayinlaydi. Homiladorlikning 19-haftasida ikkinchi marta majburiy UZIdan o‘tishga yo‘llanma berilsa ham ajab emas. Shifokor bolaning yurak urishini tekshiradi, homilaning harakatlanish faolligini baholaydi, nuqsonlarni tashxislaydi. Shuningdek bachadon va bolaning hajmi qayd etiladi, homila atrofidagi suvlarning holatiga baho beriladi.

Homiladorlikning 19-haftasidagi sezgilar

Kamdan-kam ayollar o‘z holatini yashira oladi. Hatto yuzda hech qanday pigment dog‘lari bo‘lmasa, kattalashgan burun va lablaringiz sizni fosh qilib qo‘ymasa-da, lekin do‘ppayib qolgan qorinni yashirishning deyarli ilojisi yo‘q. Qolaversa, vazningizning ortgani ham sizning alohida holatingizni ochiq ko‘rsatib turadi. Bachadon kattalashgani sababli ayolning qadam tashlashi ham o‘zgaradi. Bu davr poshnalarni bir necha oyga esdan chiqarishning ayni vaqtidir. Teringiz cho‘zilishi sababli tilim-tilim atrofik chandiqlar paydo bo‘lishining oldini oluvchi kremlardan foydalanishda davom etamiz, terilarimiz, soch va tirnoqlarimizni parvarishlaymiz. Tishda muammolar yuzaga kelgudek bo‘lsa, tish shifokoriga boramiz. Yanada kattaroq muddatlarda sizning stomatolog kreslosida uzoq o‘tirishingiz ancha qiyin kechadi.

© J.Xo‘jaxon Homiladorlik.uz nashri.