Plastik jarrohlik

MAQOLALAR

ico
Mashhurlar bilan bog‘liq omadli va omadsiz plastik operastiyalar
Bugungi kunda plastik jarrohlik amaliyoti kun sayin rivojlanib borayotgani hech birimizga sir emas. Oxirgi 10 yil ichida dunyo miqiyosida plastik operastiyalar soni keskin oshib ketdi. Bu borada aniq raqamlarga ega bo‘lgan statistik ma’lumotlarni keltirish juda qiyin. Chunki, bugungi kunda oilali ayollar ham turmush o‘rtog‘idan tanasida plastik jarrohlik stoliga yotganini sir tutadi. Buning asosiy sababi, biz bilgan va tanigan mashhur insonlarning ularga o‘rnak bo‘layotganidadir. Axir «Glyanst» jurnallarida, turli reklama roliklarida paydo bo‘ladigan chehraning ko‘rinishi,uyda yoki ishda,oila tashvishlari bilan yuradigan ayollarnikidan mutlaqo farq qiladi, shunday emasmi? Bizku ayni vaqtda oilali ayollar haqida gapirayapmiz, ammo bugun nafaqat oila qurgan, balki hali hayot ostonasiga qadam qo‘ymagan, turmush ko‘rmagan qizlar ham o‘z qomati yoki ko‘rinishidan qoniqmagani uchun tig‘ tagiga yotayotganini nima deb izohlash mumkin? Rivojlanish, taraqqiyot mamlakatdagi ko‘plab sohalardagi yutuqlarga sabab bo‘ladi. Biroq, yuqorida aytib o‘tganimizdek, oddiy odamlar va mashhurlar orasida plastik jarrohlikka bo‘lgan talab ham tobora kuchayib bormoqda. E’tibor qiling, oddiy odamlar orasida bunga talab kuchli, etiyoj emas. Talab esa qiziqish va muxlislikning ortidan kelib chiqyapti. Odatda qaysidir sabab bilan jarohat olgan, kuygan, kasallikdan so‘ng tanasi yoki yuzida dog‘ qolgan, ko‘krak saratoniga chalinib, bir ko‘kragidan ayrilgan ayollar plastik jarrohlarga murojaat qilishardi. Hozirgi kunda esa ko‘rinishi, qomatidan qoniqmagan har qanday inson, garchi bunga ehtiyoj bo‘lmasada, plastik operastiya qildirishi mumkin bo‘lib qoldi. Tashqaridan bu xuddi kitobiy gapdek tuyulishi mumkin, ammo biz aytayotgan plastik jarrohlik olamining ichiga kirsangiz, u erda qanday dahshatli hodisalar ro‘y berayotganini ko‘rasiz. Plastik jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazishga qaror qilar ekan u xoh oddiy odam bo‘lsin, xoh mashhur inson bo‘lsin operastiya yuqori saviyada, professional jarroh tomonidan amalga oshirilishini istaydi. Chunki bunga kishida avvalo katta mablag‘, istak, kuch va sabr bo‘lishi kerak. Agar operastiya uchun katta miqdordagi to‘lovni to‘lasangizu, «O‘z ko‘rinishim hozirgidan yaxshi ancha edi», degan fikrga kelsangiz, bundan yomoni bo‘lmasa kerak. Biroq mashurlar orasida professional shifokorlar tomonidan bir necha marta muvaffaqiyatli plastik operastiyalar amalga oshirilganidan keyin ham, o‘z ko‘rinishidan qoniqmay, takror va takror tig‘ tagiga yotadiganlari juda ko‘p uchraydi. Ularning operastiyadan oldingi ko‘rinishi bilan hozirgisini solishtirish juda qiyin. Hozir ularning ko‘rinishini shunchaki yoqimsiz deyishning o‘zi etmaydi, ular dahshatli ko‘rinishga kelib qolishgan. E’tiboringizga siz bilgan mashhur insonlar bilan bog‘lig‘ plastik jarrohlik amaliyotlari haqida ma’lumotlarni ta’dim etamiz. Bu taniqli kishilarning aksariyati hozirgi vaqtda o‘z ko‘rinishidan norozi. Ular orasida tashqi ko‘rinishidan qoniqmay, qayta va qayta operastiya stoliga yotganlar, noprofessional plastik jarrohlarning xatolari, noto‘g‘ri muolajalaridan jabr ko‘rganlar talaygina.

Mikki Rurk

mikki ruk Mashhur aktyorlar orasida omadsiz plastik jarrohlik tufayli ko‘rinishi butkul o‘zgarib ketgan Mikki Rurk bugun o‘z ko‘rinishidan norozi bo‘lsa ajab emas. Bir vaqtlar u ayollarning oxirigi yo‘q muhabbat izhorlariga ko‘milib ketgan ko‘rkam yigit edi. Aktyor boks bilan shug‘ullangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, boks tushish va’tida olgan jarohatlarini biroz bo‘lsada yashirish maqsadida u jarrohlik stoliga yotgan. 2012 yili Mikki Rurkning yuz qismi ustida plastik jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Shundan keyin u juda-juda ozib ketdi.

Donatella Versache

versache O‘z davrining yosh, go‘zal va badavlat ayollaridan bo‘lgan Donatella Versache sanoqsiz plastik operastiyalarini boshdan kechirgan. Ko‘krakni kattalashtirish borasidagi plastik jarrohlik amaliyotlari omadli bo‘lmagan bo‘lsa, burni va lablari ustida o‘tkazilgan operastiyalarning sonini sanab adog‘iga etib bo‘lmaydi. Uning avvalgi ko‘rinishi, bugungidan mutlaqo farq qiladi. Xorijiy OAVlar o‘rtasida «Donatella Versache dizayn sohasida juda katta bilimga ega ekanu, plastik jarrohlik borasida hech narsaga aqli etmas ekan» qabilidagi gaplar ham tarqalgan. Yuzini silliqlashtirgani esa, uni ko‘proq inson emas, qo‘rqinchli qo‘g‘irchoqqa o‘xshab qolishiga olib kelgan.

Meg Rayan

Meg rayan Mashhurlar orasida kimningdir e’tiborini tortish uchun bunday jiddiy qadamni qo‘yadiganlar ko‘p. Ammo aynan Meg Rayan bunga ehtiyojmand emasdi. Ko‘plab muxlislari, sevimli insoni yonida bo‘lgan aktrisaning o‘ziga yoqmay qolgani tushunarsiz. Garchi plastik jarrohlikdan so‘ng muxlislarning aksariyati uning ko‘rinishi mutlaqo o‘zgarganini ta’kidalayotgan bo‘lsada, Megning o‘ziga amaliyotdan keyingi ko‘rinishi ma’qul kelgan.

Joselin Vildenshteyn

version large Joselin Vildenshteyn turmush o‘rtog‘i bilan kelib chiqqan muammolardan keyin, uni qaytarish uchun ko‘plab plastik jarrohlik amaliyotlarini boshdan o‘tkazdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u o‘zi ham sonidan adashib ketgan operastiyalari uchun 4 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ni sarf etgan. Joselin Vildenshteynga OAV vakillari «Mushuk ayol» deya nom berishi ham bejiz emas.

Maykl Jekson

maykl djekson Afsonaviy Maykl Jekson onadan qora tanli bo‘lib tug‘ilganini hammamiz bilamiz. U vafot etganida Mayklning tanasini yorib ko‘rgan eng professional patologoanatomlar ham hayratda qolishdi. Xonanda eng kamida 13ta turli plastik jarrohlik amaliyotlarini boshdan o‘tkazgan. Uning badanida ushbu operastiyalarning chandiqlari bor edi. Bir necha yil davomida har kuni 3 marta Mayklga maxsus inyekstiya qilingan. U kam ovqat iste’mol qilardi. Shu sababli sochlari to‘kilib ketgandi. Siz va biz ko‘rgan silliq va mayin soch parik edi. O‘limidan bir necha yil oldin burnining bir qismi to‘kilib tushdi. Shifokorlarning ta’kidlashlariga Maykl o‘zidan qoniqmaslik bilan bog‘liq bo‘lgan ruhiy xastalikka chalingan edi.

Rene Zelveger

Rene Zelveger Rene boshdan o‘tkazgan plastik jarrohliklardan so‘ng, 2014 yil qizil gilamga chiqqan aktrisani muxlislari tanimadi. Rene plastik jarrohlik amaliyotidan foydalanganini tan olmadi. U o‘z ko‘rinishini ozishi va yoshining kichik emasligi bilan izohlaydi.

Madonna

Madonna Madonna millionlab muxlislar e’tiborida bo‘lib kelgan. Ochiq-sochiq liboslarni kiyishda ham unga teng keladigani topilmasa kerak. Uning yillar davomida tushgan suratlari orqali xonandaning tashqi ko‘rinishi o‘zgarmayotganini ko‘rish mumkin. O‘zingiz sezib turganingizdek, bu plastik jarrohlikning «karomat»i. U ham ko‘plab Gollivud yulduzlari qatorida plastik jarrohlikka murojaat qilganini tan olmaydi.

Melani Griffit

Melani Griffit

2014 yil Melani Griffit turmush o‘rtog‘i, mahoratli aktyor Antonio Banderas bilan ajrashdi. Aytishlariga qaraganda, Melani Antonioni qiziqtirmay qo‘ygani uchun ham ular o‘rtasidagi rishtalar uzilgan. Shu bilan birga, aktyor Melaniga plastik jarrohlardan nariroqda yurishni talab qilgan. Biroq turmush o‘rtog‘ining so‘zlariga quloq solmay, bir necha bor plastik operastiyalarni boshdan kechirgan Melanining ko‘rinishi butunlay o‘zgarib ketdi va uning avvalgi chiroyidan asar ham qolmadi. Boshqacha qilib aytganda, uning lablari, hatto, gapirganida ham bazo‘r qimirlaydigan holatga kelib qoldi.

Joan Riverz

Joan Riverz Bugun bu ayolni ko‘rgan kishi, uning qachonlardir go‘zal, maftunkor ayol bo‘lganiga ishongisi kelmaydi. Uning yuz va tana qismida amalga oshirilgan ko‘plab plastik operastiyalar nafaqat uni yosh ko‘rsata olmadi, balki bor go‘zalligini ham yo‘qqa chiqardi. Albatta, bu borada Joandan ham ko‘ra omadsiz insonlar juda ko‘p. Ammo Joanning hozirgi ko‘rinishini ham ijobiy deb bo‘lmaydi.

Uma Turman

Uma Turman Mutaxassislarning fikricha, Uma Turman ko‘zlari ostidagi xaltachalarni yo‘q qilish, yuz terisini torttirish kabi qator plastik operastiyalarni boshdan o‘tkazgan. Shu yo‘l bilan u yoshiga nisbatan yoshroq ko‘rinishga erishgan. Biroq oradan ko‘p o‘tmay, yillar baribir o‘z ishini ko‘rsatadi.

Silvestr Stallone

Silvestr Stalone Taniqli aktyor Silvestr Stallone doimiy ravishda plastik jarrohlarga murojaat qilar ekan. Aytishlaricha, aktyor «shalvirab» qolgan terini oldirib tashlash jarayonini yaxshi ko‘rar ekan. Shunday muolajalar bir necha marta amalga oshirilgach, botoks qilindi. Keyin esa Stallonening yuzi shisha boshladi va shakli o‘zgardi. Biroq aktyor bundan aslo xavotirlanmayapti. U hamon botoks qilishda davom etmoqda.

Jaklin Stallone

Jaklin Stalone Silvestr Stallonening onasi Jaklin Stallonening holatiga ham havas qilib bo‘lmaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Jaklin yosh ko‘rinish istagida go‘zalligini qurbon qilgan va o‘nlab plastik jarrohlik amaliyotlarini boshdan o‘tkazgan. Buning natijasida uning ko‘rinishi multfilmlardagi qo‘rqinchli yalmog‘iz kampirlarning ko‘rinishidan farq qilmay qoldi. Qoshlari ikki tarafda, ko‘zlari olaygan, lablari esa baliqnikidek, tashqariga chiqib qolgan va hokazo.

Kenni Rojers

Kenni Rojers Xonanda Kenni Rojers plastik jarrohlik bilan uzoq vaqt o‘yin qildi, oxir-oqibat mag‘lub bo‘ldi. «Men xursand emasman. Ko‘rinishim haqidagi o‘ylar menni jinni qilayozdi», degan edi u 2006 yili «People» jurnaliga bergan intervyusida. O‘shanda u omadsiz kechgan lifting plastik jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgandi.

Barri Manilou

Barri Manlou Xonanda Barri Manilou ilk bor 2003 yili plastik jarrohlik operastiyasini qildirgan. Ikkinchi bor esa 2005, uchinchi bor 2006 yil botoks inyekstiyasi bilan birga tig‘ tagiga yotgan. Shuningdek , yanoqlariga implantant qo‘ydirgan, bundan tashqari terisi ustida lazerli va kimyoviy pilingni amalga oshirgan. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, agar plastik jarrohlik amaliyotiga murojaat qilayotgan kishilar 10-15 yoshga yoshroq ko‘rinishni istasalar, muvaffaqiyatli operastiyani amalga oshirish mumkin. Biroq bemor 25-30-40 yoshga yosharishni istasa, yuz terisi o‘zining tabiiy ko‘rinishini, shaklini yo‘qotadi.

Prisstilla Presli

Pristella Presli Mashhur pop yulduzi Elvis Preslining sobiq va yagona rafiqasi Prisstilla Presli ham plastik jarrohlarga bir necha bor murojaat qilgan yulduzlar sirasiga kiradi. qiziq, agar uning otasi Elvis, qizini shu holatda ko‘rganida, nima degan bo‘lardi? Ma’lumotlarga ko‘ra, bir necha yil avval Prisstilla yanoqlariga selikon inyekstiyalarini qildirgan. Bundan ko‘zlangan maqsad yanoqlarning shishib, biroz bo‘rtib turishiga erishishdir. Tabiiyki, Prisstilla bu bilan chegaralanmagan holda botoksdan ham «samarali» foydalangan. Natijada uning yuzi ari chaqib, shishib ketgan insonni eslatadigan ko‘rinishga kelib qolgan.

Nikol Kidman

Nikol Kidman Nikol Kidman qarishni istamaydigan Gollivud yulduzlaridan. Buning uchun u yuz plastikasi va botoksdan foydalanadi. Bir necha bor o‘tkazilgan shunday operastiyalardan keyin mimika mushaklari deyarli qimirlamay qoldi. Boshqacha qilib aytganda, uning yuz tuzilishi o‘zgarib, asta-sekin shisha boshladi. Yoshartiruvchi muolajalardan ko‘p foydalanishi sababli Nikolning yuzi tortilib, yaltirab ketgan. U bu kamchilikni qalin tonal kremi bilan berkitishga urinadi.

Bred Pitt

Bred Pitt Mutaxassislarning fikrlaricha, Bred Pitt ham plastik jarrohlar xizmatidan bir necha bor foydalangan, yuz qismida yoshartiruvchi muolajalarni amalga oshirgan. Biroq aktyorning o‘zi buni rad etadi. Masalan, Pitt kino ekranlarida ilk bor ko‘ringan vaqtlarda quloqlarining shakli boshqacha edi. Bundan tashqari, plastik jarrohlar aktyorning burni ustida ham anchagina «ter to‘kishgan». Bredning yoshlikdagi va bugungi kundagi suratlarini solishtirsangiz, gap nima haqida borayotganini darrov anglaysiz. Olimlar burun hech qachon o‘sishdan to‘xtamasligi haqida gapirayotgan bir vaqtda, Pittning burni kichiklashib ketyapti.

Alsu

Alsu Rossiyalik yulduzlar orasida Alsu ham Gollivud yulduzlaridan qolishmagan holda plastik jarrohlar xizmatidan foydalangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Alsu 21 yoshida ko‘kraklarini kattalashtirish (mammoplastika) bo‘yicha plastik operastiyani boshdan o‘tkazgan. Bundan keyin esa jag‘ining etishmayotgan qismlarini to‘ldirish bo‘yicha operastiya qildirgan. Bunda xonandaning og‘iz qismiga sun’iy implantantlar o‘rnatilgan va shu yo‘l bilan bir necha kichik operastiyalar o‘tkazilgan. Alsu bunga «chiroyli kulgu» sohibasi bo‘lish uchun rozilik bildirgan. Burnidagi bukrichani ham oldirgan.

Dima Bilan

Dimma Bilan Dima Bilan intervyularining birida nafas etishmasligi bilan bog‘lig‘ muammo sababli operastiya stoliga yotishiga to‘g‘ri kelganini aytgandi. Xonanda ushbu operastiya nafas yo‘llari bilan birga uning ovoziga h’am ta’sir etayotgan mumammoni bartaraf etish itaganini ta’kidlagandi. Bu plastik jarrohlik haqidagi qiziqarli maqolalarimizdan biri xolos. Uning davomi sifatida, keyingi maqolalarimizda biz plastik jarrohlik
turlari, narxlari va o‘zbekistonlik mashhurlar orasida kimlar plastik jarroh xizmatidan foydalangani haqida ma’lumot beramiz. Bizni kuzatishda davom eting!

© Qalampir.uz Medical News

Сохранить
ico
Burun plastikasi – rinoplastika
Burun estetik ma’noda yuz arxitekturasining markazi deb hisoblanadi va yuzning boshqa elementlari bilan ma’lum nisbatlarda insonning go‘zal chehrasini hosil qiladi. Estetik rinoplastika – bu burunni plastik usulida aynan individual yuzga xos bo‘lgan proporsiyalari bilan balansga keltirish maqsadida bajariladigan operatsiya. Mazkur amaliyot estetik operatsiyalar qatorida texnik tarafdan eng murakkab deb hisoblanishi bejiz emas. Buning sababi shundaki, burun murakkab uch o‘lchamli tuzilishga ega, bundan tashqari jarroh hamisha funksional tomon haqida ham, yani burun avvalo – bu nafas olish a’zosi bo‘lganini unutmasligi lozim.

Rinoplastika kim uchun mo‘ljallangan?

Ko‘rikda bemor jarrohga o‘z burnini ko‘pincha quyidagicha ifodalab beradi: burunni uchi keng, «tumshuqsimon» shaklda, burunda «do‘ng» bor, «yassi» burun va hokazo. Burun shaklining korreksiyasi juda ham ko‘zga tashlanadigan estetik o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Bemordan “nihoyat burni o‘z ko‘nglidagiday» bo‘lganini eshitish va shu bilan birga quvonchini kuzatish – bu jarroh hayotida eng unutilmas lavhadir.

Rinoplastika turlari

Rinoplastikaning ikki turi mavjud: ochiq va yopiq. Ochiq usulning ustunligi – bu ko‘proq prognoz qilsa bo‘ladigan natijaga ega bo‘lish imkoniyatidir, lekin reabilitatsiya davri uzoqroq davom etadi. Yopiq usulning ustunligi – bu tashqi chandiqning umuman bilinmasligidir. Operatsiya usuli o‘z navbatida jarroh tomonidan belgilanadi. Burun kengligini korreksiya qilish maqsadida osteotomiya bajariladi, yani burun suyaklari kesilib yangi shaklga keltiriladi. Shuni unutmaslik kerak, osteotomiya o‘z navbatida tiklanish davomiyligiga ham ta’sirini ko‘rsatadi.

Bemor uchun foydali ma’lumotlar

Bir qator klinik tahlillar va ba’zan instrumental tekshiruvlardan so‘ng amaliyot o‘tkazish masalasida bir qarorga kelish mumkin. Amaliyotdan 2 hafta oldin chekish va spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan voz kechmoq lozim. Amaliyotdan so‘ng bir hafta davomida burun gipsli bog‘lamidan foydalanish kerak bo‘ladi. Burun plastikasi ko‘pincha umumiy og‘riqsizlantirish yani umumiy narkoz yordamida o‘tkaziladi. Rinoplastika operatsiyasi odatda 2 soat atrofida davom etadi. Har qanday jarrohlik amaliyot kabi rinoplastikadan so‘ng asoratlar kelib chiqish ehtimoli ham holi emas. Bemorlar ko‘pincha chandiqlar qolishi haqida savol berishadi. Odatda chandiqlar tashqaridan ko‘rinmas bo‘ladi, faqat ochiq rinoplastikadan so‘ng kolumellada kichik ko‘ndalang chandiq qoladi.

Kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlar:

  • Shishlar amaliyotdan keyin kuzatiladigan holat bo‘lib, bir necha oy davomida saqlanadi va asta-sekin qaytib ketadi.
  • Operatsiyadan so‘ng ko‘zlar atrofidagi yumshoq to‘qimalarning ko‘k rangda bo‘lishi (burun suyakli qismi korreksiya qilinganida).
  • Amaliyotdan so‘nggi chandiqlar burun qanotlari tagida qolgani uchun tashqaridan ko‘rinmaydi.
  • Burun uchini sezuvchanligi kamayishi yoki yo‘qolib ketishi vaqt utishi bilan normallashadi.
  • Qon ketishi (kam kuzatiladi).
  • Infeksion asoratlar (kam kuzatiladi).

Amaliyotdan so‘nggi davr

Burun nafasi tiklanganidan so‘ng bemorning ahvoli ancha yengillashadi. Operatsiyadan keyin birinchi kunlar ichida bemor statsionar davo olishi lozim. Bemorning umumiy ahvoli stabillashganidan so‘ng va jarohat sohasi qoniqarli holatga kelganida bemor davo olishni o‘yida davom ettirsa ham bo‘ladi. Amaliyotdan so‘ng birinchi kunlarda bemor yotog‘ining bosh tomonini balandroq holatda bo‘lishi tavsiya qilinadi. Bundan tashqari butun reabilitatsiya davrda bemor uyqu paytida bexosdan burunga shikast yetqazmasligi uchun tepa tomonga qarab yotishi tavsiya qilinadi. Jarohatdan choklar odatda 2 haftadan keyin olinadi. Bir necha oy davomida bemor jismoniy zo‘riqishdan chetlatiladi. Burun plastikasidan so‘ng to‘qimalarning to‘liq tiklanishi 12 oygacha davom etishi mumkin. Rinoplastikadan so‘ng quyidagi maslahatlar foydali bo‘lishi mumkin:
  1. Operatsiya bo‘lgan sohaga bexosdan shikast yetkashni oldini olish uchun jismoniy faollikdan kamida 2 oy davomida voz kechish lozim.
  2. Suzish bilan 1 oy davomida shug‘ullanish mumkin emas.
  3. Kamida 2 hafta davomida burunni qoqish mumkin emas.
  4. Chaynash qiyin bo‘lgan ovqatdan voz kechish lozim. Yumshoq bo‘lgan taomlarni iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
  5. Qattiq kulish mumkin emas.
  6. Ustki lab va burun pastki qismi o‘zaro bog‘langan bo‘lgani tufayli tish tozalash paytida faol harakatlarni qilmaslik tavsiya qilinadi.
  7. Ustki kiyimni boshdan yechilishi mumkin emas.
  8. Kamida 1 oy davomida qo‘z oynak taqish tavsiya qilinmaydi.
  9. Quyosh nurlaridan yuz terisini kamida 3 oy davomida himoyalash lozim.
  10. Amaliyotdan 2 hafta oldin va keyin chekish mumkin emas.
Maslahatlarga rioya qilish bemor uchun rinoplastika operatsiyadan keyingi davrni nisbatan yengil kechishiga yordam beradi.

Qanday holatlarda rinoplastika mumkin emas?

Rinoplastika operatsiyasi quyidagi holatlarda tavsiya qilinmaydi:
  [su_note note_color="#e7e7e7"] [su_frame][/su_frame]Maqola muallifi plastik jarroh Alohanov Laziz Bahodirovich. Maqola muallifiga savollaringiz bo‘lsa, saytimizning "Savol-javob" bo‘limida yoki ushbu maqola ostiga izoh shaklida yozib qoldiring. Plastik jarroh bilan bevosita dr.alohanov@esthetic.uz e-maili orqali bog‘lanishingiz mumkin.[/su_note]
ico
Ko‘krakni ko‘tarish amaliyoti - mastopeksiya
Estetik jihatdan ko‘krak ayollik timsoli, nazokat aks ettiruvchi va ayol go‘zalligi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lganligi tasodif emasdir. Hayot davomida sezilarli darajada vazn yo‘qotish, yosh o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlar, homiladorlik, irsiyat, chekish kabi turli omillar birgalikda ayollarda ko‘krak shakliga, hajmiga va natijada tashqi ko‘rinishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘p ayollar plastik jarroh bilan suhbat davomida ko‘krakning tashqi ko‘rinishidan qoniqmayotganliklarini ta’kidlashadi. Ko‘pincha bemorlar ko‘krakning «oldingi shakli yo‘qolib qolganligiga», ko‘krakning «kichik hajmiga» yoki «katta hajmiga», shuningdek, «asimmetrik» noxush ko‘rinishda bo‘lganligi kabi mazmunda ma’lumotga ega bo‘lishni xohlashadi. Har bir holatga ko‘ra, plastik korreksiyaning turli yondashuvlari mavjud.

Ko‘krakni ko‘tarish amaliyoti (mastopeksiya)

Bu plastik operatsiya nisbatan kichik hajmdagi ko‘krakning turli darajada «pastga siljib qolishini» (yani ptozni) bartaraf etish maqsadida bajariladi. Mazkur amaliyot natijasida ortiqcha bo‘lgan teri olinadi va ko‘krak nisbatan yuqoriga ko‘tariladi. Normada ko‘krak so‘rg‘ichi va bez to‘qimasi (yani parenximasi) ko‘krak osti burmaning (KOB) yuqorisida joylashgan bo‘ladi. Ko‘krak so‘rg‘ichi KOBdan 5-7 sm balandroqda joylashgan bo‘lishi estetik standartlarga mos keladi. Ko‘krak ptozining (pastga «osilib» qolishining) tasnifi (Regnault bo‘yicha): ptoz darajasi ko‘krak so‘rg‘ichining KOBga nisbatan belgilanadi va quyidagi variantlar farqlanadi: [caption id="" align="aligncenter" width="702"]Ko‘krakni ko‘tarish amaliyoti ( mastopeksiya ) Ko‘krakni ko‘tarish amaliyoti (mastopeksiya)[/caption]
  • Ptoz I darajasi - so‘rg‘ich KOBga nisbatan barobar joylashgan bo‘lib, bez parenximasi uning ostida joylashgan.
  • Ptoz II darajasi – o‘rtacha «osilib» qolishi: so‘rg‘ich KOBga nisbatan pastroqda, lekin hali ham parenximaning pastki qismidan balandroq joylashgan.
  • Ptoz III darajasi – jiddiy darajada «osilib» qolishi, so‘rg‘ich KOB ostida va ko‘krak parenximasining pastki qismida joylashgan.
So‘rg‘ich atrofidagi zona (areola) - ko‘krakning bir vaqtda ham estetik, hamda markaz bo‘lib, ideal diametri esa, odatda, o‘rtacha bo‘yli ayollar uchun 40-45 mm tashkil etadi.

Mazkur plastik amaliyot kim uchun ko‘rsatilgan?

[caption id="attachment_4805" align="aligncenter" width="600"]Ko‘krakni ko‘tarish amaliyoti - mastopeksiya Ko‘krakni ko‘tarish amaliyoti - mastopeksiya[/caption] Mastopeksiya ayollarda ko‘krak ptoziga xos bo‘lgan tashqi ko‘rinishini korreksiyasi orqali avvalgi estetik (konus) shaklni tiklash va simmetrik holatga keltirish imkonini beradi. Bundan tashqari, bu amaliyot ko‘krak osti burma (KOB) sohasidagi teri muammolarini bartaraf etishga yordam beradi.

Mastopeksiya turlari

  1. Aylana mastopeksiya (periareolar) - Bu usulning afzalligi shundaki, kesma areola aylanasi bo‘ylab amalga oshiriladi va shuning uchun operatsiyadan keyingi chandiq deyarli ko‘rinmas bo‘ladi.
  2. Vertikal mastopeksiya - Vertikal texnikaning ustunligi ko‘krakning yanada estetik (konusga yaqin) shaklini tiklash imkoniyati borligidan iboratdir. Mazkur operatsiya natijasida ko‘krak ostida vertikal chandiq qolishini ham hisobga olish lozim.

Amaliyot o‘tkazilishidan oldin bemor uchun qanday ma’lumot foydali bo‘lishi mumkin?

Mastopeksiya o‘rtacha 1-3 soat davom etadi va ko‘pincha umumiy og‘riqsizlantirish (ba’zan mahalliy og‘riqsizlantirish ham) yordamida o‘tkaziladi. Odatda operatsiyadan keyin 10 kun ichida choklar olinadi. Mastopeksiya ba’zan ko‘krak hajmini oshirish plastikasi (endoprotezlash operatsiyasi) yoki lipofilling bilan birgalikda ham o‘tkazilishi mumkin. Bir qator klinik tahlillar va ba’zan instrumental tekshiruvlardan so‘ng amaliyot o‘tkazish masalasida bir qarorga kelish mumkin. Amaliyotdan kamida 2 hafta oldin chekish va spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan voz kechish lozim. Har qanday jarrohlik amaliyot kabi qorin plastikasidan so‘ng asoratlar kelib chiqish ehtimoli ham holi emas.

Kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlar:

  • ko‘krak asimmetriyasi;
  • yog‘li nekroz;
  • og‘riq;
  • qonash;
  • infeksiya;

Amaliyotdan so‘nggi davr

Mastopeksiya amaliyotidan so‘ng bemorlar odatda tez faol hayotga qaytishadi. Bemorlar operatsiyadan keyin ish faoliyatni 1 haftada qaytishlari mumkin, lekin 2 oy davomida jismoniy zo‘riqish tavsiya etilmaydi. Plastik korreksiyadan so‘ng natija uzoq vaqt davomida saqlanishi uchun bemorlarga maxsus ichki libos kiyish tavsiya etiladi.

Qanday holatlarda amaliyotdan voz kechish tavsiya etiladi?

[su_note note_color="#e7e7e7"] [su_frame][/su_frame]Maqola muallifi plastik jarroh Alohanov Laziz Bahodirovich. Maqola muallifiga savollaringiz bo‘lsa, saytimizning "Savol-javob" bo‘limida yoki ushbu maqola ostiga izoh shaklida yozib qoldiring. Plastik jarroh bilan bevosita dr.alohanov@esthetic.uz e-maili orqali bog‘lanishingiz mumkin.[/su_note]
ico
Ko‘krakni kattalashtiruvchi mammoplastika

Kattalashtiruvchi (augmentatsion) mammoplastika ham juda mashhur bo‘lgan plastik operatsiya deb hisoblanadi. Ma’lumki, 2012 yilda amerikalik jarroxlar amaliyotida augmentatsion mammoplastika eng ko‘p bajarilgan plastik korreksiya deb topilgan.

Mazkur amaliyoti kimlar uchun mo‘ljallangan?

Kattalashtiruvchi yoki augmentatsion mammoplastika haqida ba’tafsil ma’lumot olish uchun va «kichik hajmli» ko‘krakning estetik shaklini yanada yaxshilash maqsadida plastik jarrohga ko‘pincha nisbatan yosh ayollar murojaat qilishadi.
Bu plastik amaliyot odatda quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

  • ko‘krak hajmi va kattaligi yetarlicha emas;
  • tug‘ruqdan keyin ko‘krakning avvalgi shakli va hajmi «yo‘qolgan»;
  • ko‘krak hajmi va shaklining assimetrik bo‘lishi.

[caption id="attachment_4828" align="aligncenter" width="400"]Ko‘krakni kattalashtirish Ko‘krakni kattalashtiruvchi mammoplastika[/caption]

Ko‘krak kattalashtiruvchi mammoplastika turlari

Bugungi kunda, ko‘krak hajmini kattalashtirish maqsadida bajariladigan amaliyotlar qatorida ko‘krakni endoprotezlash usuli butun dunyoda eng samarali va ishonchli deb tan olingan.

[caption id="attachment_4827" align="aligncenter" width="500"]Ko‘krakni kattalashtirish Ko‘krakni kattalashtiruvchi mammoplastika[/caption]

Endoprotez o‘rnatish uslubiga qaragan holda quyidagi yondashuvlar farqlanadi:

  • Ko‘krak osti yondashuvi - bu holda, kesma ko‘krak osti burmasi (KOB) bo‘ylab amalga oshiriladi. Mazkur uslub qo‘llanilganda jarroh endoprotez uchun qulay tarzda maxsus «joy» yaratish va implantni joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu yondashuv ko‘krak bezining to‘qimalari (yani parenximasi) yetarli miqdorda bo‘lgan hollarda tavsiya etiladi. Operatsiyadan keyin chandiq tabiiy teri burma ichida qolganligi tufayli odatda ko‘rinmas bo‘ladi.
  • Qo‘ltiq osti yondashuvi - mazkur uslub yordamida hatto ko‘krak bezining to‘qimasi nisbatan kam miqdorda bo‘lgan holatlarda ham yaxshi natijalarga erishish mumkin. Bundan tashqari, bu texnika qo‘llanilganidan keyin so‘rg‘ich-areola kompleksining sezuvchanligining buzulishi odatda kam uchraydi. Qo‘ltiq osti yondashuvi texnik tomonidan nisbatan murakkab bo‘lishi bilan va amaliyotdan so‘ng implant siljib qolishi kabi asoratlar foizi yuqoriroq bo‘lishi bilan farqlanadi. Operatsiyadan keyingi chandiq qo‘ltiq osti chuqurchasida qoladi va odatda tashqaridan bilinmas bo‘ladi.
  • Periareolar yondashuv - bu usul ko‘pincha mastopeksiya bilan birgalikda o‘tkaziladi. Bu holatda, operatsiyadan keyingi chandiq areola dog‘i bilan teri chegarasi bo‘ylab o‘tadi, va deyarli umuman bilinmaydi. Lekin operatsiyadan keyingi davrda, odatda, so‘rg‘ich va areola sohasida teri sezuvchanligining keskin pasayishi kuzatilishi mumkin.

Foydali maslahat...

Operatsiyadan oldin jarroh va bemor birgalikda endoprotez hajmini aniqlash masalasi juda katta ahamiyatga ega. Implantni individual tarzda tanlash uchun jarroh bemor anatomiyasini va boshqa muhim omillarni hisobga olishi kerak. Mazkur operatsiya o‘rtacha 2 soat davom etadi va umumiy og‘riqsizlantirish yordamida o‘tkaziladi. Odatda operatsiyadan keyin 10 kun ichida choklar olinadi. Ko‘krakni endoprotezlash operatsiyasi ba’zan mastopeksiya yoki liposaksiya, lipofilling, abdominoplastika kabi amaliyotlar bilan birgalikda ham o‘tkazilishi mumkin.

[caption id="attachment_4826" align="aligncenter" width="564"]ko‘krakni kattalashtirish Ko‘krakni kattalashtirishda ishlatiluvchi implant[/caption]

Bir qator klinik tahlillar va ba’zan instrumental tekshiruvlardan so‘ng amaliyot o‘tkazish masalasida bir qarorga kelish mumkin. Amaliyotdan kamida 2 hafta oldin chekish va spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan voz kechish lozim. Korreksiyadan oldin bemor uchun ko‘krakni siqib turish maqsadida kattaligi bo‘yicha mos keladigan kompressiyon libos tanlab qo‘yish zarur.

Kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlar:

  • Implant konturlanishi;
  • Kapsulali kontraktura (odatda xirurgik yol bilan bartaraf etiladi);
  • Keloid chandiqlar;
  • Gematoma paydo bo‘lishi;
  • Areola sezuvchanligining kamayishi (odatda 6 oygacha davom etishi mumkin);
  • Endoprotez joyidan siljib ketishi (qo‘ltiq osti yondashuvda nisbatan ko‘proq uchraydi).

Amaliyotdan so‘nggi davr

Mammoplastikadan keyin reabilitatsiya davri odatda silliq kechadi. Amaliyotdan so‘ng bemor bir necha oy davomida maxsus kompression libos kiyib yurishi juda muximdir. Bu implantni joyidan siljib ketishining oldini olish maqsadida tavsiya qilinadi. Birinchi oylar ichida bemorlar avtomashina haydamasligi lozim, chunki bexosdan, xavfsizlik kamari ham implantni joyi o‘zgarib qolishiga sabab bo‘lib qolishi mumkin.

Qanday holatlarda kattalashtiruvchi mammoplastika tavsiya etilmaydi?

[su_note note_color="#e7e7e7"] [su_frame][/su_frame]Maqola muallifi, plastik jarroh Alohanov Laziz Bahodirovich. Maqola muallifiga savollaringiz bo‘lsa, saytimizning "Savol-javob" bo‘limida yoki ushbu maqola ostiga izoh shaklida yozib qoldiring. Plastik jarroh bilan bevosita dr.alohanov@esthetic.uz e-maili orqali bog‘lanishingiz mumkin.[/su_note]

Mavzuga aloqador maqola: Ko‘krakni ko‘tarish amaliyoti - mastopeksiya

ico
Yuzning plastik operatsiyasi
O‘rta asrlarda, Leonardo da Vinchi, Durer kabi buyuk rassomlar birinchi bo‘lib inson yuzi uchun estetik standartlarni belgilab chiqishga va ularni yuzning taxlil model sifatida qullashga muvaffaq bo‘lishgan. Yuzning vertikal va gorizontal proyeksiyasining ideal nisbati matematik ifodasi 4:3 teng (da Vinchi). Shuningdek, yuzning uch mutanosib ravishda teng (yuqori, o‘rta va pastki) qismlari belgilangan. Burun esa yuz arxitekturasida markaz deb hisoblangan. Yosh o‘tishi sayin, inson yumshoq to‘qimalarining elastik xususiyatlari pasayishi natijasida tashqi ko‘rinish ham o‘zgaradi. Bu o‘z navbatida qoshlarni «tushib qolishi», ko‘zlar yonida «g‘oz oyoqchalari» deb ataluvchi ajinlar, «qopchalar», lablarning burchaklari yonida «marionetka» chiziqlari kabi o‘zgarishlar shakllanishi bilan namoyon bo‘ladi. Nisbatan yoshroq (35-40 yoshda) yuz uchun asosi yuqoriga qaragan uchburchakka yaqinlashgan shakl xos bo‘ladi, katta yoshdagi (40 yoshdan keyin) yuzning shakli esa yumshoq to‘qimalar yanada pastga siljishi natijasida vertikal yo‘naltirilgan to‘rtburchakni ko‘proq eslatadigan shaklga yaqinlashadi.

Mazkur plastik amaliyot kim uchun mo‘ljallangan?

Mazkur plastik amaliyoti bemor chexrasiga yoshroq ifoda berish, shuningdek «toliqib qolgan» ko‘rinishdan xalos etish maqsadida bajariladi.

Yuz plastikasining (yuz tortilishi) turlari

Yuzning korreksiya qilishga mo‘ljallangan qismlariga nisbatan yuqori, o‘rta va pastki zonalarning tortilishi farqlanadi. Yuzning yuqori qismining tortilishi ko‘proq nisbatan yoshroq bemorlarda bajariladi, yoshi kattaroq bo‘lgan bemorlarda esa o‘rta va pastki uchtan biri tortilishi talab etiladi. Ko‘pincha mazkur amaliyot qovoqlarni plastikasi bilan birgalikda o‘tkazilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bundan tashqari, kompleks yondashuv ham muhim deb hisoblanadi va ba’zan plastika davomida lipofilling bajarilishi mumkin. Endoskopik usul ko‘pincha quyidagi quyidaga xollarda amalga oshiriladi:
  • qoshlarning «osilib qolishi » mavjud bo‘lsa;
  • yuzda «g‘oz oyoqchalari» mavjudligi;
  • yuz uchun «charchagan» ko‘rinish xos;
  • peshona va qoshlari o‘rtasida ajinlar mavjudligi;
Shuningdek, endoskopik nazorati yordamida, yuz korreksiyasi davomida alohida bosqichlarini bajarilishida foydalanish mumkin.

Amaliyot o‘tkazilishidan oldin bemor uchun qanday ma’lumot foydali bo‘lishi mumkin?

Yuz plastikasi (shu jumladan, endoskopik plastikasi ham) umumiy og‘riqsizlantirish yani umumiy narkoz yordamida o‘tkaziladi. Face-lifting operatsiyasi odatda 3-4 soat davom etadi. Yuz plastikasidan so‘ng kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar va holatlar:
  • Yuz shishlari, odatda, operatsiyadan keyin paydo bo‘lib, operatsiyadan keyin bir necha hafta davomida qaytishi kuzatiladi
  • O‘rtacha darajada bo‘lgan gematomalar odatda ko‘pchilik bemorlarda ma’lum vaqt davomida qaytadi
  • Operatsiyadan keyingi chandiqlar. Ular tabiiy teri burmalari va boshning soch bilan qoplangan joylarda qolgani tufayli odatda ko‘rinmas bo‘ladi.
  • Teri sezuvchanligini kamayishi ham vaqtinchalik bo‘ladi

Amaliyotdan so‘nggi davr

Bir oy muddat davomida, bo‘yinda faol harakatlarni (yuz pastki qismining korreksiya qilinganidan so‘ng) qilmaslik tavsiya qilinadi.

Qanday holatlarda yuzning plastik operatsiyasi tavsiya etilmaydi?

Yuz plastik operatsiyadan quyidagi holatlarda tavsiya qilinmaydi:

Alohanov Laziz. Plastik jarroh. Esthetic.uz

Mavzuga aloqador maqola: Plastik jarrohlik usullari

ico
Plastik jarrohlik usullari
Texnologiyalarning shiddatli rivoji bugungi kun tibbiyotini ham chetlab o‘tgani yo‘q. Estetik tibbiyot sohasidagi so‘nggi uskunalar bunga yaqqol misol. Insonning tashqi ko‘rinishidagi nuqsonlarni bartaraf etish va uni go‘zal va mukammal qiyofaga keltirishda so‘nggi yillarda samarali usullardan foydalanilmoqda. Plastik jarrohlik, yuz terisini yo­shartirish uchun qo‘llanilayotgan mexanik va kimyoviy pilinglar, ineksiya orqali va lazer texnologiyasi yordamida inson tanasi yuzasidagi kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Plastik jarrohlik tug‘ma va hayotda orttirilgan nuqson va kamchiliklarni to‘g‘rilash, organizmdagi shikastlangan biror a’zoning shakli va funksiyasini qayta tiklash maqsadida qo‘llaniladi. Plastik jarrohlik ikki asosiy turga bo‘linadi: rekonstruktiv va estetik.

Plastik rekonstruktiv jarrohlik

Tug‘ma nuqsonlar, orttirilgan jarohatlar, teri kuyishlaridan keyingi o‘zgarishlarni bartaraf etish maqsadida o‘tkaziladigan amaliyot hisoblanadi. Qarish jarayoni tashqi ko‘rinishda aks etishining oldini olishda esa estetik plastik jarrohlik uslubi qo‘llanadi. Plastik xirurgiyada bemor gavdasining boshqa qismidan olingan to‘qimalar ko‘chirib o‘tkazilishi, boshqa odamdan yoki hayvondan olingan to‘qimalar ko‘chirilishi; bemor to‘qimalariga va organizmiga yot, biroq unga beziyon materiallar (metall, plastmassa, sintetik tola va boshqalar)dan yasalgan turli narsalar singdirilishi mumkin. Plastik xirurgiya yordamida bemor yuzidan tug‘ma va orttirilgan nuqsonlar bartaraf etiladi. Bugungi kunga kelib, plastik rekonstruktiv va estetik jarrohlik sohasi tibbiyotning muhim va tobora takomillashib borayotgan tarmoqlaridan biriga aylanmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘­ra, bugungi kunda sayyoramizda har yili ikki million bemorga ushbu yo‘nalishda tibbiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.

Piling yoki eksfoliatsiya

Kosmetik texnologiyaning maqsadi  teri ko‘rinishini yaxshilash uchun uning yuzasidagi o‘lik hujayralarni olib tashlashdan iborat. Bu muolajadan so‘ng salqigan teri o‘rnini yosh va sog‘lom teri egallaydi. Pilingning har bir turi muguzlashgan teri qatlamini yupqalashtiradi, terini yumshatadi. Shuningdek, u hujayralarning bo‘linishini jadallashtiradi, natijada teri silliq va yorqin ko‘rinish hosil qiladi. Bu muolajadan husnbuzarlar, turli xil chandiqli asoratlar, pigment dog‘larni yo‘qotishda foydalaniladi. Pilingdan keyingi parvarish vrach-kosmetolog tavsiyasiga ko‘ra amalga oshiriladi.

PRP – terapiya

Bo‘g‘imlar, suyak va pay­larni davolashning eng zamonaviy usullaridan biri hisoblanadi. Bunda bemorga trombositlarga boy plazma quyiladi. Plazma – vitaminlar, oqsillar, fermentlar, gormonlar va boshqa bir qator oziq moddalarni o‘z ichiga olgan qonning suyuq bir qismi. Bu muolaja natijasida artrit, osteortit, osteortroz, periartrit kabi xastaliklar davolanadi.

Mezoterapiya

Yuz va tanani parvarishlash va kamchiliklarni tuzatishdagi foydali usullardan biri. Davolash yuzaga juda ingichka va qisqa igna (1,5 mm 6 chuqurlikda) yor­damida amalga oshiriladi. Mezoterapiya teri qarishining oldini olish va davolashda, atrofik, gipertrofik izlarni yo‘­qotishda, yog‘li g‘o­vakli terini, husnbuzarlarning o‘g‘ir ko‘rini­shini davolashda yaxshi natija beradi.

Botoks

Og‘riqsiz va operasiyasiz bajariladigan amaliyot hisoblanib, yuzdagi mimik ajinlarni yo‘qotish uchun qo‘llanadi. Peshona, ko‘z va burun atrofidagi mayda mimik ajinlarni tekislashda mavjud sohaga maxsus ingichka igna yordamida botulotoksin yuboriladi. Preparat teridagi zo‘riqishni bartaraf etib, mimik ajinlarning yozilishini ta’minlaydi.

Biorevitalizatsiya

Organizmning o‘zida gialuron kislota yetishmasligi muammosini hal qilish uchun ishlatiladi. Ushbu muolajadan so‘ng qarish jarayoni sekinlashadi va teri yosharadi. Biorevitalizatsiya ham mezoterapiyaning bir turi bo‘lib, farqli tomoni u terining chuqurroq qatlamlarigacha kirib boradi.

Liposaksiya

Tana va yuz qismidagi ortiqcha yog‘ qatlamlarini liposaksiya usulida tuzatish mumkin. Mazkur amaliyot tananing bir qancha sohalarida mavjud tashqi o‘zgarishlarni me’yoriga keltirish uchun bajariladi. Liposaksiya usulida muammoli sohadagi terining osti yog‘ qavati olib tashlanib, teridagi “qavat” va burishishlar yo‘q qilinadi.

Estetik stomatalogiya

Yosh bilan bog‘­liq holatlar va noto‘g‘ri parvarish tishlarning emal qatlamida yoriqlar paydo bo‘lishiga, uning shikastlanishiga sabab bo‘ladi. Tishlarni oqartirish, ular shaklini chiroyli ko‘rinishga keltirish bugungi kun estetik stomatalogiyasi uchun muammo emas. Qovoqlarning shaklini to‘g‘rilash, ko‘z atrofidagi mimik ajinlarni yo‘qotish va ko‘z osti qopchalarini blefaroplastika amaliyoti usulida tuzatish mumkin. Odatda bu amaliyot ko‘z atrofidagi teri shaklining o‘zgari­shi, qovoqlardagi shishlarning yaqqol ko‘z­ga tashlanishi kabi holatlarda amalga oshiriladi. Bugungi kun tibbiyoti nafaqat ma’lum bir xastaliklarni davolash, balki inson tashqi qiyofasini ham yaxshilash imkonini bermoqda. Go‘zal ko‘rinishga ega bo‘lishda esa estetik tibbiyot va zamonaviy kosmetologiya yutuqlarining o‘rni beqiyos.

Nigina NURIDDINOVA.

"Sog‘lom avlod uchun" jurnali.

Mavzuga aloqador maqola: Tredlifting - 3D mezoiplari yuzingizni go’zallashtiradi

ico
Ko‘krak plastikasi – kichiklashtiruvchi mammoplastika
Katta hajmga ega bo‘lgan ko‘krak ba’zan bemorlarga ham estetik, ham tibbiy noqulayliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu holatga duch kelgan ayollar plastik jarroh ko‘rigi davomida ko‘krakni kichikroq qilish haqida ma’lumot olish istagini bildirishadi.

Mazkur plastik amaliyot kim uchun tavsiya etiladi?

Haddan tashqari katta o‘lchovga ega bo‘lgan ko‘krak nafaqat estetik va psixologik noqulaylikga, balki turli sog‘liq muammolariga, yani ko‘krak osti burma sohasida teri shikastlanishi va yalig‘lanishi, bo‘yin va elkada noxushlik va og‘riq, umurtqa pog‘onasi holatining o‘zgarishi kabi buzulishlarga olib kelishi mumkin.

Kichiklashtiruvchi (reduktsion) mammoplastika turlari

Mazkur amaliyotni bajarish mutahassis tomonidan yetakchi malakali bo‘lishini talab etadi. Ko‘krakni kichiklashtirish usullar qatorida plastik jarroh amaliyotida «teskari» T-shakldagi uslub va vertikal texnika keng qo‘llaniladi.

Amaliyot o‘tkazilishidan oldin bemor uchun qanday ma’lumot foydali bo‘lishi mumkin?

Mazkur operatsiya hajmiga ko‘ra o‘rtacha 2 3 soat davom etadi va umumiy og‘riqsizlantirish yordamida o‘tkaziladi. Odatda operatsiyadan keyin 12 kun ichida choklar olinadi.

Foydali tavsiya...

Bir qator klinik taxlillar va ba’zan instrumental tekshiruvlardan so‘ng amaliyot o‘tkazish masalasida bir qarorga kelish mumkin. Amaliyotdan kamida 2 xafta oldin chekish va spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan voz kechish lozim. Korreksiyadan oldin bemor uchun ko‘krakni siqib to‘rish maqsadida kattaligi bo‘yicha mos keladigan kompressiyon libos tayorlangan bo‘lishi zarur.

Kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlar:

  • Keloid chandiqlar;
  • Gematoma paydo bo‘lishi;
  • Areola sezuvchanligining kamayishi;
  • Infeksiya.

Amaliyotdan so‘nggi davr

Mammoplastika operatsiyadan keyin odatda bemorning tiklanishi silliq kechadi. Bir necha oy davomida maxsus kompression libos kiyish tavsiya qilinadi. 12 xafta ichida bemorlarga og‘irlik ko‘tarish va sport bilan shug‘ullanish mumkin emas. Shuningdek, bemorlar mazkur amaliyotdan so‘ng kelajakda laktatsiya faoliyati, yani sut emizish qobiliyati keskin buzulishi mumkinligini unutmaslikrari lozim. Korreksiya yakuniy natijasini faqat bir necha oydan keyin baxolash mumkin bo‘ladi.

Qanday hollarda amaliyot tavsiya etilmaydi?

[su_note note_color="#e7e7e7"] [su_frame][/su_frame]Maqola muallifi plastik jarroh Alohanov Laziz Bahodirovich. Maqola muallifiga savollaringiz bo‘lsa, saytimizning "Savol-javob" bo‘limida yoki ushbu maqola ostiga izoh shaklida yozib qoldiring. Plastik jarroh bilan bevosita dr.alohanov@esthetic.uz e-maili orqali bog‘lanishingiz mumkin.[/su_note]