Seksologiya

MAQOLALAR

ico
Jinsiy aloqa qilish usullari

Jinsiy aloqa qilish usullari bu vaqtlar davomida er-xotin juftliklar oʻzlari uchun jinsiy hayotlari davrida kashf etib, foydalanib kelayotgan usuldir. Jinsiy hayot har bir juftlik uchun alohida bir dunyodir. Shunday ekan eng qulay jinsiy yaqinlik usullari kashf etilishi jarayonida juftliklar oʻzaro izlanishlari muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Jinsiy aloqa qilish usullari har bir juftlik kashf etgani singari turlicha boʻlishi mumkin. Shunga qaramay, seksolog mutaxassislar jinsiy aloqa sifatini yaxshilash maqsadida, er-xotinlar uchun maxsus jinsiy aloqa usullarini ham tavsiya etishadi.

Quyidagi maqolada jinsiy aloqa usullari surati bilan keltiriladi. Yuqorida taʼkidlaganimizdek, aloqa usullari har bir juftlikning xohish-istaklariga, fantaziyasiga koʻra turlicha boʻlishi mumkin.

Jinsiy aloqa qilish usullari yoxud yaqinlik paytida qanday yotish kerak?

Missionercha

Jinsiy aloqa usullari

Bu jinsiy yaqinlik usuli sodda, samarali va hayratlanarli darajada koʻp qirrali hisoblanadi. Homiladorlikda va ogʻirlikni ayolga tashlagan holda qoʻllash taʼqiqlanadi.

Yonbosh tomondan jinsiy aloqa qilish usuli

Jinsiy aloqa qilish usullari

Bu jinsiy pozitsiya sizning teringizni juftingiz terisi bilan koʻproq aloqa qilishingizga imkon beradi, bu sizning stimulyatsiyangizni yana ham oshiradi.

Doggy usuli

Homilador bo'lish uchun jinsiy aloqa usullari

Doggy pozitsiyasi — jinsiy aloqa qilish usullari ichida chuqur penetratsiya va G-nuqta stimulyatsiyasini oshirish uchun eng qulay usul hisoblanadi.

 

Balet raqqosasi

Balet raqqosasi

Ushbu jinsiy aloqa usuli er-xotinning yuz bilan hissiyotlarni boʻlishishga va oʻzaro hissiy bogʻlash imkoniyatini taqdim etadi.

Stol ustida jinsiy yaqinlik qilish usuli

Jinsiy aloqa qilish usullari

Bu pozitsiya yuzma-yuz harakat qilish uchun juda yaxshi hisoblanadi. Bundan tashqari, agar siz ikkalangiz balandlik jihatdan bir-biringizdan keskin farq qilsangiz, bu juda yaxshi imkoniyatdir, chunki stol ikkalangizni bir xil balandlikda boʻlishga imkon yaratadi.

Leap Frog - jinsiy aloqa usuli

Jinsiy yaqinlik usullari

Doggy jinsiy aloqa usulining oʻzgargan holati boʻlib, bu jinsiy pozitsiya chuqurroq kirib borish uchun imkoniyat beradi.

Oyoq-yelka usuli

Ayoq-yelka usuli

Ayol oyoqlarini koʻtarganida, u qinni toraytiradi va G nuqta stimulyatsiyasi uchun bu juda qoʻl kelishi mumkin. Va shunisi bilan bu usul jinsiy yaqinlik qilish usullari ichida ajralib turadi.

Homiladorlikda jinsiy aloqada qanday yotish kerak?

Homiladorlik jinsiy aloqa usullari haqida gap ketganda, qorin boʻshligʻidagi bosim va ogʻirlikga keskin ta'sir oʻtkazmaydigan pozitsiyalarga amal qilish kerak. 

Bunda homilador ayol orqa umurtqasiga tayanilgan holatdagi pozitsiyalarni qoʻllash mumkin. Toʻgʻri tanlangan usul qon oqimining yuzaga kelishi mumkin boʻlgan siqilishini oldini olishga yordam beradi.

Homiladorlik vaqtida qon ketishlar, ogʻriqlar va noodatiy oʻzgarishlar yuzaga kelsa, jinsiy aloqa qilish mumkin emas. Bunday hollarda, albatta, davolovchi ginekolog shifokor koʻrigiga borish lozim. 

Shuningdek, homiladorlik paytida juftliklar missionercha usuldan hamda qoringa bosim berishi mumkin boʻlgan har qanday jinsiy usullardan qochishi lozim. 

Bu davrda ham homilador ayol oʻzi uchun qulay boʻlgan usulni aniqlash uchun izlanish olib borishi lozim.

Homiladorlikda jinsiy aloqa usullari

Seksolog mutaxasislar tomonidan bu davrda yonbosh tomondan jinsiy yaqinlik qilish usuli, tik turgan holatdagi aloqa, ayol yuqorida boʻlishi kabi jinsiy aloqa usullari tavsiya etiladi.

Homiladorlik davrida jinsiy aloqa qilish qoidalari, mumkin va mumkin boʻlmagan holatlar, xavfli jihatlari haqida mana bu maqolamiz orqali toʻliq maʼlumot oling: Homiladorlikda jinsiy aloqa qilish xavflimi? (Yangi koʻrsatmalar) →

Homilador bo'lish uchun jinsiy aloqa usullari muhimmi?

Spermatozoidlar juda tez harakatlanish imkoniyatiga ega. U harakati davomida bir qator toʻsiqlarni bartaraf qilib oʻtadi. Shu sababli urugʻlantirish har qanday pozada ham amalga oshadi. Ya'ni homilador bo'lish uchun qanday yotish ahamiyatli emas.

Jinsiy yaqinlik qanday holatda amalga oshirilganligi urugʻlantirish ehtimoliga juda minimal darajada taʼsir oʻtkazadi.

Shunga qaramay, baʼzi mutaxassislar ayol gorizontal joylashadigan, missionercha, doggy, oyoq-yelka kabi jinsiy aloqa usullari homilador boʻlish ehtimolini oshirishi mumkin, deya taʼkidlashadi.

Yosh oilalar, baʼzida jinsiy aloqaning sifati, undan ayol va erkakning zavqlanishi hamda qoniqishi, hattoki homilador boʻlish faqatgina jinsiy aloqa usuliga bogʻliq, degan notoʻgʻri fikrga borishadi. Yuqorida taʼkidlagan holatlar nafaqat tanlangan usulga, balki ikkala organizmning umumiy salomatligiga, toʻgʻri ovqatlanishga, jismoniy va ruhiy jihatdan chiniqqanligiga hamda boshqa koʻplab omillarga bogʻliq.

Shunday ekan, jinsiy aloqaning sifat jihatdan yaxshi boʻlishiga intilgan har bir juftlik barcha omillarga diqqat qaratishi maqsadga muvofiqdir. Saytimizdagi “Jinsiy quvvatni oshirish” maqolasi orqali jinsiy hayot sifatli boʻlishi uchun toʻgʻri ovqatlanish, jismoniy va jinsiy chiniqish uchun mashqlar hamda seksopatolog maslahatlari berib oʻtilgan. Ushbu maqolani oʻqish orqali oilangizda sifatli jinsiy hayotga erishish sari dadil qadam tashlashingiz mumkin.

Jinsiy aloqa mavzusi haqida koʻproq ishonchli maʼlumot olishni istasangiz saytimizning “Jinsiy hayot” ruknini kuzatib boring. 

Maqolamizni qoralab, uni suratlari bilan berganimizdan maqsad suratlar orqali shahvatni qoʻzgʻatib, jinsiy aloqa mavzusini targʻib qilish emas, balki yosh oilalarning internet orqali koʻp soʻralgan asosiy savollariga, asosli va ishonchli javob topishlariga imkon yaratishdan iborat.  

Mavzuga aloqador maqolalar:

Jinsiy aloqa haqida toʻliq qoʻllanma

Jinsiy aloqadan erta boʻshalish kasallikmi?

Jinsiy aloqaning miyaga taʼsiri

Kegel mashqlari foydalimi?

Jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklar

ico
Jinsiy aloqa haqida (2023-yil qo'llanma)

Jinsiy aloqa juftliklar uchun avlodni davom ettirish bilan birgalikda, hayotda er-xotinning ruhiy va maʼnaviy yaqinligini ham aks ettiradi. Jinsiy aloqa haqida soʻz ketar ekan, bu insonga ato etilgan muhim fiziologik hodisa ekanligi inobatga olish lozim.

Har bir insonning jinsiy xususiyatlari koʻpgina omillarga — irsiyatiga, gormonlariga, ruhiyatiga, shuningdek, shaxsning individual xususiyatlariga bogʻliq holda turlichadir.

Ushbu qoʻllanmamiz orqali jinsiy aloqa haqida koʻpgina muhim maʼlumotlarni oʻqishingiz mumkin.

Jinsiy aloqa haqida

Jinsiy aloqa normasi bormi?

Koʻplab juftliklarda, ilk jinsiy hayot boshlashganlaridan soʻng ayrim savollar yuzaga keladi. Bu savollar taxminan, “Bir kunda necha marta jinsiy aloqada boʻlish kerak?“, “Jinsiy aloqa qancha davom etishi kerak?“ kabi mazmunda. Aslida esa, er-xotin oʻzaro sogʻlom jinsiy aloqaga kirishishar ekan, ularning bu qovushishdan qoniqishi aloqaning meʼyorini belgilaydi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. 

Masalan, tadqiqotlarga koʻra, 18 yoshdan 29 yoshgacha boʻlgan odamlar yiliga taxminan 84 marta jinsiy aloqada boʻlishadi. 40 yoshda katta odamlar yiliga taxminan 63 marta aloqa qilishadi. 70 yoshgacha esa, bu taxminan 10 martani tashkil etadi. 

Bundan tashqari, jinsiy aloqaning oʻrtacha davomiyligi 3-7 daqiqa ekanligi taʼkidlanadi*. Yuqorida taʼkidlaganimizdek, jinsiy aloqa meʼyori juftliklarning individual xususiyatlaridan kelib chiqib, turlicha boʻladi va bu er-xotinning oʻzaro qovushishdan olgan qoniqishi bilan ifodalanadi.

Nima uchun jinsiy aloqa yoqimli?

Jinsiy aʼzolar jinsiy aloqaning asosiy qismi boʻlsa-da, uning yoqimli hissiyotlari tananing koʻp qismlarini oʻz ichiga oladi. Yoqimli jinsiy aloqa asosan miyaga bogʻliq boʻlib, u jinsiy zavqni qoʻllab-quvvatlovchi va stimulyatsiyalovchi yoqimli deb talqin qiluvchi gormonlarni ishlab chiqaradi.

Jinsiy aloqa vaqtida dofamin, oksitotsin, serotonin, prolaktin kabi muhim gormonlar ishlab chiqarilib, jinsiy yaqinlikning yoqimli va rohatbaxsh boʻlishini taʼminlaydi.

Sogʻlom qovushishning miyaga taʼsiri haqida saytimizdagi “Jinsiy aloqaning miyaga taʼsiri” maqolasi orqali koʻproq maʼlumot oling va jinsiy yaqinlikni koʻproq tadqiq qiling. Bu esa, sizga jinsiy hayot sifatining oshishiga xizmat qilishi mumkin.

Jinsiy aloqa qanday qilinadi?

Tibbiyotda sogʻlom jinsiy aloqa sifatida ayol qini (vaginal) orqali bajariladigan aloqa nazarda tutiladi. Va boshqa usullar keskin qoralandi. Vaginal jinsiy aloqa paytida erkak jinsiy olati  ayol qini ichiga kiritiladi.

Jinsiy munosabat sikli hayajon, plato, orgazm va rezolyutsiya kabi bosqichlarga boʻlinadi. Har bir bosqichning aniq chegarasi yoʻq — ular aslida jinsiy munosabatlarning doimiy jarayonining bir qismi hisoblanadi.

Juftliklar oʻzaro jismoniy va ruhiy jihatdan qovushishar ekan ushbu bosqichlarni bosib oʻtishadi.

Jinsiy aloqa qilish usullari haqida illyustatsion suratlar bilan boyitilgan mana bu maqolamiz orqali koʻproq maʼlumot olishingiz mumkin: Jinsiy aloqa qilish usullari (+suratlar)→

Oʻlcham muhimmi?

Bu mavzu atrofida koʻplab ilmiy ishlar olib borilganiga qaramay, yakdil qarorga kelinmagan. Ammo mutaxassislarning fikriga koʻra, baʼzi hollarda jinsiy olatning kattaligi jinsiy yaqinlikda hal qiluvchi rol oʻynashi mumkin.

Maʼlumotlarga koʻra, erkaklar jinsiy olatining tinch holatidagi oʻrtacha normal uzunligi 8,8 va 9,7 sm orasida boʻlsa, tortilgan holatda esa, 12,4 sm.

Jinsiy qoʻzgʻatish uchun zarur boʻlgan stimulga erishish uchun vulvasi kattaroq boʻlgan ayollarga erkak olati uzunroq boʻlishi kerak. Shuningdek, vaginasi qisqaroq boʻlgan ayol katta olatni qabul qilishda qiynalishi yoki aloqa ogʻriq sezishi mumkin.

jinsiy aloqa

Ayol uchun jinsiy aloqa davomida nima muhim?

Ayol uchun jinsiy aloqa bu jismoniy ehtiyojni qondirish emas. Erkaklar jinsiy aloqaga boʻlgan ehtiyoji kuchli boʻlib, ular uni qondirish istagida boʻladilar. Ayolda esa unday emas. U aloqaga organizmda talab borligi uchun emas, balki oʻz xohishi bilan kirishadi.

Shuning uchun u aloqani erkak bilan bir munosabatdek qabul qiladi. Bu munosabat davomida erkak faqat oʻz ehtirosini qondirishni koʻzlab ayoli haqida oʻylamasa, ayolni bunday aloqa ranjitadi. Jinsiy aloqa davomida ayol oʻzini naqadar suyukli va erkak uchun kerakli ekanligini his eta olishi lozim.

Jinsiy munosabatlarda erkakka nima muhim? 

Ayol undan qoyil qolganligi kerak! Qanday qoyil qoladi? Oʻzi jinsiy aloqadan boshini yoʻqotib qoʻyib qoyil qoladi. Yaʼni ayol qanchalik uyatchan boʻlmasin, eridan lazzatlanishni va buni koʻrsatishni oʻrgana olishi juda muhim.

Ochilishi kerak. Faqat birinchi qadam erkakdan. Ayol oʻzidan oʻzi ochila olmaydi. Ochilishdan qoʻrqadi ham. Erkak bu borada nima deb oʻylashi mumkinligi unga faollik koʻrsatishga yoʻl qoʻymaydi. Er unga yordam bersa, uni ochilishiga oʻz hissasini qoʻshsa, keyin ochilgan guldan bahramand boʻlgandek, yonidagi jinsiy uygʻongan ayoldan butun umr bahramand boʻla oladi.

Faqatgina shariat qonunlaridan chetlashish mumkin emasligini tushunishimiz lozim. Hech bir jinsiy munosabatda gunoh deb hisoblanmish amallarni qoʻllash mumkin emas.

Jinsiy aloqa haqida Geysha sirlari nima?

Qadimdan Yaponiyada geysha sirlari barchani qiziqtirib kelgan. Nega geyshalar erkakni shunchalik baxtli qila oladilar? Nega erkak o‘zini Geysha oldida haqiqiy va kuchli his eta oladi? Bu savollarga javob hozir oldingi kabi sir emas.

Demak, Geysha sirlari

1. Geysha erkakni nafaqat jinsiy aloqa davomida, balki oddiy suhbat davomida ham baxtiyor eta olishi kerak.

Buning uchun ayol kishi o‘qimishli, erkak psixologiyasidan va o‘z erining fe’li va qiziqishlaridan xabardor bo‘lishi, hayotga qiziquvchanligi bilan ajralib turishi kerak. U bilan qaysiki mavzuda suhbat qurmang, qiziqarli ma’lumot olib, suhbatdan mamnun bo‘lishingiz aniq bo‘ladi.

2. Geysha hayot go‘zalligini ko‘ra biladi.

Geyshalarni kichikligidan tarbiya qilish chog‘ida ularni hayot go‘zalligini ko‘ra bilishga o‘rgatadilar. Har bir ayol kundalik hayotdagi go‘zalliklarni ko‘ra bilib, uni eriga ko‘rsata bilishi kerak.

Mayin tabbassum ila quyosh botishini kuzatish, yomg‘ir tomchilarini musiqa eshitgandek lazzatlanib tinglash, erining aytib berayotgan qiziqarli voqealarga haqiqiy qiziqish bilan, hazil va g‘aroyibotlarga tabassum qila munosabat qilishi, hayratlana olishi ayolning dunyoni go‘zalligini ko‘ra olish qobiliyatini ko‘rsatadi.

3. Nihoyat jinsiy aloqada yoqimli sherik bo‘lish.

Albatta har bir ayol avallambor o‘z eri uchungina yoqimli bo‘ladi. Demak, eridan unga nima yoqishi va yoqmasligi haqida so‘rab, birga bo‘lganda uning didi va xohishiga yarasha o‘zini tutmog‘i lozim.

Geyshalarning ajratuvchi bir tomoni — bu jinsiy a’zolariga kirish yo‘li mushaklarining yaxshi rivojlanganidadir. Bu mushaklar odatda ayol tuqqanidan so‘ng ancha bo‘shashib qoladi. Shuning uchun ular bilan muntazam ravishda ishlash kerak.

Buning uchun Kegel mashg‘ulotlari mavjud. Bu mushaklar qanchalik yaxshi rivojlangan bo‘lsa, jinsiy aloqadan ham erkak, ham ayol shunchalik ko‘p lazzatlana oladi. Undan tashqari ayol organizmi sog‘lig‘i uchun, keyingi tug‘ruqlar oson kechishi uchun, jinsiy a’zolarning salomatligi uchun ham foydali.

Kegel mashg‘ulotlari

Kirish yo‘li mushaklarini siqib-bo‘shatish (siydik chiqish payti siydikni ushlab qolsangiz o‘sha mushaklarni his etasiz). Bu mashg‘ulotni har kuni 10 tadan boshlab 30-50 tagacha yetqazib amalga oshirishingiz mumkin.
Ikkinchi yo‘li — bu sekin 5 soniya davomida siqib borib, keyin sekin 5 soniya davomida o‘sha mushaklarni bo‘shatish.

Bu mashg‘ulotlar nafaqat jinsiy aloqa sifatini yaxshilaydi, balki ayol organizmi uchun ham tibbiy jihatdan juda katta foyda keltirishini yana bir bora ta’kidlab o‘tamiz.

Qin mushaklari qanchalik kuchli bo‘lsa, tug‘ish jarayonida yirtilish ro‘y bermaydi, undan tashqari tuqqan ayollarga bachadonni tezroq o‘z holatiga qaytishi uchun ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Mavzuga aloqador maqolalar:

ico
Jinsiy rivojlanishning buzilishi - sabablari, belgilari, tashxislash va davolash usullari
Jinsiy rivojlanishning buzilishi – turli xil sabablar tufayli kelib chiquvchi jinsiy aʼzolarning kech rivojlanishi yoki notoʻgʻri shakllanishidir. Bu patologiya asosida markaziy yoki periferik gormonal boshqaruvning buzilishi yotadi. Kasallik jinsiy yetilish kechikishi yoki tezlashib ketishi, jinsiy belgilarning notoʻgʻri shakllanishi, teskari jinsdagi belgilar rivojlanishi, disproporsional jismoniy yetilish kabi holatlar kelib chiqadi. Jinsiy rivojlanish buzilishi klinik belgilar va anamnez asosida tashxislanadi. Davolashda gormonal preparatlar buyurish yoki jinsiy aʼzolarni jarrohlik yoʻli bilan toʻgʻirlash muolajalari olib boriladi. Jinsiy rivojlanishning buzilishi pediatriya va endokrinologiya sohasida eng dolzarb muammolardan biridir. Oxirgi oʻn yillikda bolalar jinsiy yetilishi biroz oldinga siljidi, yaʼni jinsiy belgilar erta muddatlarda namoyon boʻla boshladi. Shu sababli jinsiy rivojlanish buzilishlariga aniq tashxis qoʻyish qiyinchilik tugʻdirmoqda. Bundan tashqari patologiya belgilari pubertat davrigacha namoyon boʻlmasligi shifokorlar tomonidan kasallik oʻz vaqtida aniqlanmasligiga sabab boʻlmoqda. Eng salbiy oqibati jinsiy rivojlanishing u yoki bu koʻrinishidagi buzilishlarida inson bepushtligiga olib kelishi va hayot sifatining pasayishidir. [caption id="attachment_11546" align="aligncenter" width="630"]jinsiy rivojlanishning buzilishi Pinterest / Lael Conklin[/caption] Jinsiy rivojlanishning buzilishi – jinsiy aʼzolar funksiyasining yetarlicha ishlamasligi bilan bogʻliq holatlar “gipogonadizm” deb yuritiladi. Gipogonadizm jinsiy ortda qolishning asosiy sababchisi hisoblanadi. Statistika boʻyicha ushbu kasallik koʻproq qiz bolalarda uchraydi. Bunga sabab ayol jinsida koʻp kuzatiladigan gormon talab qiluvchi oʻsma kasalliklaridir. Bundan tashqari ayrim xromosom kasalliklar har ikkala jins vakillarida ham uchraydi. Kasallikning hozirgi kunda koʻpayishi homiladorlik va tugʻruq vaqtidagi patologik holatlar koʻpayganligi va diagnostikaning rivojlanganligi bilan bogʻliq.

Jinsiy rivojlanishning buzilishiga sabab boʻluvchi omillar

Jinsiy farqlanish embrionlik davridanoq boshlanadi, jinsiy yetilish esa pubertat davri tugaganidan keyin sodir boʻladi. Bu jarayonlar gipotalamo-gipofizar tizim, jinsiy aʼzolar va boshqa koʻpgina tashqi omillar tomonidan boshqariladi. Har qanday tizimdagi muammolar jinsiy rivojlanish buzilishining turli xil koʻrinishlariga sabab boʻladi. Patologiya qancha erta muddatlarda boshlansa shuncha koʻp normadan chetlashish kelib chiqadi. Eng avvalo, jinsiy rivojlanishga taʼsir etuvchi omillardan – homila ichi infeksiyasi, homila gipoksiyasi va homiladorlik vaqtidagi jarohatlarni keltirsa boʻladi. Bu kabi salbiy omillar markaziy (gipotalamo-gipofizar) va periferik (tuxumdonlar, urugʻdon va boshqa jinsiy aʼzolar) boshqaruv tizimlariga taʼsir etadi. Homiladorlik vaqtida jinsiy rivojlanishning buzilishiga sabablardan biri – xromosoma anomaliyalaridir. Masalan, Shershevskiy-Terner, Klaynfenter sindromi. Bundan tashqari homiladorlik vaqtida radioaktiv nurlanish va infeksiyalarning salbiy taʼsiri ham jinsiy rivojlanishni buzib yuborishi mumkin. Kam hollarda gipotalamo-gipofizar tizimda hosil boʻluvchi gormonga talabchan oʻsmalar ham kasallik sababchisi boʻlishi mumkin. Jinsiy farqlanish va jinsiy yetilishda gormonlar muhim rol oʻynaydi. Shuni inobatga olib moddalar almashinuvidagi har qanday oʻzgarishlar ham jinsiy rivojlanish buzilishiga olib kelish ehtimoli bor. Jinsiy rivojlanishning buzilishi periferik boshqaruv tizimidagi patologiyalar natijasida ham kelib chiqadi. Bunday patologiyalar tuxumdon va urugʻdonlarda kuzatiladi. Aynan jinsiy aʼzolar erkak va ayollarda jinsiy rivojlanish uchun muhim boʻlgan gormonlarni sintezlaydi. Bu gormonlar sintezlanishi embrional davridanoq boshlanadi. Har qanday patologiik holat u yoki bu gormonning koʻp miqdorda yoki kam miqdorda sintezlanishiga olib kelishi mumkin. Natijada jinsiy rivojlanish buziladi. Organizmda esterogen va androgen gormonlari nafaqat jinsiy rivojlanish, yetilishiga taʼsir etadi, balki bola jismoniy rivojlanishiga, yaʼni suyak-mushak tizimi normal rivojlanishiga ham oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Gipotalamo-gipofizar tizim faqatgina jinsiy aʼzolarga bevosita taʼsirini koʻrsatmay, balki bilvosita ham taʼsir etishi mumkin. Masalan jinsiy gormonlar buyrak usti bezida ham sintezlanadi. Markaziy tizimda kelib chiqadigan patologiya taʼsirida ichki sekretsiya bezlarida ham muammolar kelib chiqishi mumkin. Natijada jinsiy rivojlanish ham turli xil darajada buziladi. Bunda jinsiy farqlanish va rivojlanishning har xil bosqichlarida guruhli buzilish holati kuzatiladi.

Jinsiy rivojlanish buzilishi turlari

Ushbu patologiyaning koʻpgina turlari mavjud. Ammo,
jinsiy buzilish holatlarining turli xil koʻrinishda kechishi, u yoki bu belgilarga asoslanib aniq bir klassifikatsiya tuzishga imkon bermaydi. Markaziy va periferik buzilishlar farqlanadi. Birinchi koʻrinishida bosh miyadagi oʻzgarishlar kuzatilsa, ikkinchi koʻrinishida esa – jinsiy aʼzolarda patologiyalar kelib chiqishi roʻy beradi. Bundan tashqari jinsiy rivojlanish muddati boʻyicha – erta va kech rivojlanish kabi turlari ham bor. Bunda muhim jihat shundaki bolaning jinsiy farqlanishi normal holatda boʻladi, ammo jinsiy rivojlanish muddati buziladi, koʻpincha pubertat yoshda namoyon boʻladi. Jinsiy rivojlanish buzilishining yana bir koʻrinishi qarama-qarshi jins vakillarida gormonlarning notoʻgʻri sintezlanishidir, yaʼni ayollarda erkaklik gormoni, erkaklarda esa aksincha ayollar gormoni sinezlanishi ortib ketadi. Koʻpincha, bu patologiya sababi oʻsma kasalliklari boʻladi. Homiladorlik vaqtida jinsiy farqlanishning oʻzgarib ketishi eng ogʻir kechuvchi patologik holatlardan biridir. Masalan Shershevskiy-Terner sindromi, urugʻdonlar disgenezi, testikulyar feminizatsiya va boshqalar. Baʼzi hollarda jinsiy rivojlanish buzilishi bola organizmining oʻziga xos tuzilganligi bilan adashtirib qoʻyiladi. Bunda bola mutlaqo sogʻlom boʻladi.

Jinsiy rivojlanish buzilishida namoyon boʻluvchi belgilar

Bola dunyoga kelishi bilanoq tashqi jinsiy aʼzolardagi kamchiliklar pediatr tomonidan oson aniqlanadi. Bun kabi holatlar koʻpincha chala tugʻilgan, homiladorlik gipokisyasi va infeksiyasi kuzatilgan bolalarda uchraydi. Boshqa holatlarda jinsiy rivojlanishdagi kamchiliklar asosan bolalarning pubertat davrida aniqlanadi. Chunki pubertat davrida jinsiy belgilar shakllanadi va bola oʻz jinsiga monan oʻzgarishlarga uchraydi. Patologiya belgilariga aynan mana shu yoshda shikoyat qilinadi. Bolalar jismoniy rivojlanishdan ortda qolishi yoki aksincha oʻz tengdoshlaridan oʻzib ketishi mumkin. Bundan tashqari bunday bolalar tana tuzilishi nomutanosib koʻrinishda boʻladi. Ayniqsa baʼzi xromosoma kasalliklarining oʻziga xos tashqi koʻrinish shakllanadi. Muddatidan erta jinsiy yetilish belgilariga oʻgʻil bolalarda jinsiy olat va moyaklarning erta yoshda kattalashishi, qiz bolalarda esa tashqi jinsiy lablar kattalashishi xos. Bunday bolalarda qoʻltiq osti va jinsiy aʼzolar sohasida tuklar yoshga xos boʻlmagan koʻrinishda paydo boʻladi. Bolalarning jinsiy yetilishida normal koʻrsatkichlar koʻpgina mualliflarda turlicha keltirilgan. Koʻpgina mutaxassislar pubertat davr oʻgʻil bolalarda 10 yoshda va qiz bolalarda 12 yoshda boshlanishi normal deb hisoblaydilar. Bu yoshdan kech jinsiy yetilishning boshlanishi kechikkan deb qayd etiladi. Jinsiy rivojlanish buzilishi ichki va tashqi jinsiy aʼzolarning notoʻgʻri shakllanishi bilan ham kechadi. Yangi tugʻilgan qiz bolalarda klitor oʻlchamining kattalashishi, kam hollarda – jinsiy olat shakllanishi, oʻgʻil bolalarda esa germofroditizm, yaʼni ayollik jinsiy aʼzolari va erkaklik jinsiy aʼzolari bir vaqtning oʻzida shakllanishi kuzatiladi. Organizmda qarama-qarshi jins gormonlari taʼsiri boshlanganda qiz bolalarda hayz koʻrish kuzatilmasligi yoki hayz koʻrishning toʻxtashi, girsutizm (erkaklarga xos tuklar chiqishi) holatlari yuzaga chiqadi. Oʻgʻil bolalarda ikkilamchi jinsiy belgilar paydo boʻlmasligi, tuklar chiqmasligi, ovoz tembrining oʻzgarmasligi, yaʼni bolalarnikiga xos boʻlib bolishi kuzatiladi. Bu kabi belgilarning barchasi bolalarda ruhiy-emotsional holatnwing buzilishi bilan namoyon boʻladi. Normal holatda ham pubertat yoshda bolalar emotsional labil boʻlishadi, jinsiy rivojlanishdagi patologiyalar esa jarayonni yanada ogʻirlashtiradi. Jinsiy farqlanish buzilishlarida esa psixoseksual muammolar kelib chiqishi mumkin.

Jinsiy rivojlanish buzilishini tashxislash

Aniq diagnoz qoʻyish mutaxassislar uchun katta qiyinchilik tugʻdiradi. Chunki belgilar tugʻilgan vaqtda yashirin boʻlishi mumkin. Pubertat davrda esa jinsiy aʼzolar oʻlchami, bolalarning oʻsishi va yetilishi turlicha kechadi. Ota-onalar ham bolalarda tuklar chiqishi, boʻy oʻsishi tezlashishi yoki sekinligiga aytarli eʼtibor qaratishmaydi, odatda bu kabi holatlar normal boʻladi. Jinsiy rivojlanishning buzilishi erta yoshlarda aniqlanishi mumkin, agarda jinsiy aʼzolar shakllanishida kamchiliklar boʻlsa (germofroditizm, toʻliq shakllanmasligi va boshqalar) va boshqa tizimlarda ham kamchiliklar kelib chiqsa. Jinsiy rivojlanishning buzilishi pubertat yoshda – jinsiy aʼzolar oʻlchami, tuklar chiqishi kechikishi yoki atipik hosil boʻlishi, umumiy jismoniy rivojlanishdan ortda qolish va turli xil gormonalr disbalansalar koʻrinishida aniqlanadi. Tashxis qoʻyishda albatta laborator analizlar natijasi ham kerak boʻladi, bunda gormonlar miqdori aniq koʻrsatib beriladi. Laborator analizlarda qondagi jinsiy gormonlar miqdori, siydik tarkibidagi gormonlar, hamda gonadoliberin sinamasi (jinsiy rivojlanish buzilish darajasini koʻrsatib beradi) oʻtkaziladi. Patologiya sabablaridan biri oʻsma kasalliklari boʻlganligi sababli bosh miya turk egarchasi sohasi va bosh miyaning turli qismlari rentgenologik tekshiruvi ham oʻtkazilishi mumkin. UTT (UZI) tekshiruvi asosan qiz bolalarda oʻtkaziladi. Bachadon, bachadon nayining yoshga xos joylashuvi va oʻlchamlari aniqlanadi. Jinsiy aʼzolar vizual koʻruvi va palpatsiyasi ham bajarilishi mumkin. Shu yoʻl bilan oʻgʻil bolalarda kriptorxizm aniqlanadi. Nasliy kasalliklarni istisno qilish uchun oilaviy anamnez yigʻiladi, biror bir xromosoma kasalligiga shubha qilinsa kariotip aniqlanadi. Bundan tashqari boshqa ichki sekretsiya bezlari, masalan qalqonsimon bez va buyrak usti bezi ham tekshiriladi. Chunki bu bezlar ham jinsiy gormonlar sinteziga oʻz taʼsirini koʻrsatadi.

Jinsiy rivojlanish buzilishini davolash va kasallik oqibati

Asosiy davo – gormonal terapiya hisoblanadi, bunda jinsiy gormonlar oʻrnini bosuvchi gormonal preparatlar buyuriladi. Keyingi davo choralari turli xil patologiyalarni bartaraf etish bilan olib boriladi, oʻsma kasalliklarida oʻsmalar jarrohlik yoʻli bilan olib tashlanadi, qiz bolalarda testosteron konsentratsiyasi yuqori boʻlsa antiandrogen preparatlar buyuriladi, jinsiy aʼzolar shakllanishida kamchiliklar boʻlsa jinsiy aʼzolar jarrohlik usuli bilan toʻgʻirlanadi. Gormonal muolajaning muhim jihati shundaki – ushbu preparatlar uzoq muddatga, hatto umrbod qabul qilishga buyuriladi. Pediatriya va bolalar endokrionologiyasi sohasi rivojlanishi hisobiga oxirgi oʻn yillikda jinsiy rivojlanishning buzilishi oqibati gormonal terapiya taʼsirida ijobiylashmoqda. Ikkilamchi jinsiy bezlar shakllanishi yoki rivojlanishini sekinlashtirish uchun preparatlar samarasi sezilarli darajada bilinmoqda. Patologiyaning eng xavfi koʻrinishi gipotalamo-gipofizar tizimida paydo boʻlgan oʻsma kasalliklari hisoblanadi. Bu kabi muammo bola hayotiga xavf tugʻdirishi mumkin. Jinsiy rivojlanish buzilishi profilaktikasida – ota-onalar homiladorlikning rejalashtirayotganda turli xil somatik kasalliklarni bartaraf etish, homiladorlik vaqtda infeksiyalardan saqlanish, hamda kasallikni erta muddatlarda aniqlash va kerakli gormonal balansni tiklash kabi chora tadbirlar oʻtkaziladi. Albatt, zamonaviy tibbiyot bu kabi patologik holatga sabab boʻluvchi koʻpgina omillarga qarshi kurash oladi, shunday boʻlsada jinsiy rivojlanishdagi buzilishlar bilan dunyoga keladigan bolalar jinsiy faollik va farzand koʻrish qobiliyati buzilishi, hatto bepushtlik ham kelib chiqish ehtimoli yuqoriligicha qolmoqda. Foydali maqolalar: 
ico
Tuqqandan so‘ng erkak va ayol jinsiy munosabatlari

Ko‘pchilik erkaklarga ayollarda homiladorlik va emizish bilan bog‘liq badanidagi o‘zgarishlar yoqadi. Ayollarda esa tuqqandan keyin eriga nisbatan talpinish (jinsiy aloqaga ehtiyoj) pasayib ketadi. Buning sababi nima ekan?

Tuqqandan so‘ng erkak va ayol jinsiy munosabatlari

Bu munosabat, aslida kuni bilan bola bilan ovora bo‘lgan onaning charchaganidan kelib chiqadi. Jinsiy aloqa haqida o‘ylash u yoqda tursin, «tezroq bolam uxlasayu, men ham to‘yib uxlab olsam» degan fikr ustun bo‘lib qoladi. Agar er uy yumushlarining bir qismini o‘ziga olib, bolani parvarish etishda xotinidan yordamini ayamasa, bundan o‘zi ham yutgan bo‘ladi. Ayollar esa biroz bo‘lsada eriga ahamiyat berishga, o‘zida, uyda romantik holatni yaratishga harakat qilmog‘i lozim. Albatta yotog‘ingizni hamma burchagida kir pelyonkalar va pamperslar yoyilib yotsa, jinsiy aloqa uchun yetarlicha sharoit bo‘lmaydi. Yana bir narsani unutmaslik kerakki, ayollarda emizish davrida jinsiy organlaridan jinsiy aloqani yumshatuvchi maxsus suyuqlik chiqishi sustlashadi. Bu esa erkaklardan yanada katta sabr va mehrni talab etadi. Agar erkakning barcha harakatlari ham ayolda lazzatlanish imkoniyatini yaratuvchi suyuqlik ajralishiga olib kelmasa, u holda sotuvda mavjud bo‘lgan maxsus lyubrikantlardan foydalanish mumkin.

Tug‘ishdan keyin ko‘krak holati

Tuqqandan keyin ko‘krak gormonal o‘zgarishlar tufayli ancha o‘zgarishlarga duch keladi. Uning jismoniy holati ham o‘zgarib kattaroq bo‘lib qoladi. Emizish davrida bemalol jinsiy aloqaga kirishish mumkin. Iloji boricha, jinsiy aloqani emizishdan keyin yoki sutni soqqandan keyin amalga oshirmoq lozim. Shunda ko‘krakda sut miqdori kam bo‘lib, aloqa jarayonida to‘kilishi kuzatilmaydi. Shuni unutmang, sizning ayollik go‘zalligingiz ayni ona bo‘lganingizda ochiladi.

Tug‘ishdan keyin homiladorlikdan saqlanish

Eringizni sevib, sevilayotgan paytingizda unutmang: emizikli ayol bo‘lishingizga qaramay, homilador bo‘lib qolish xavfi doim mavjud. Agar barvaqt homilador bo‘lishni istamasangiz, u holda quyidagi qoidalarga amal qiling:

  • Emizishni kuniga kamida 7-8 marta amalga oshiring. Ayniqsa kechasi, uxlash paytidagi emizishlarni yo‘q qilmang;
  • Agar tuqqandan keyin oy ko‘rgan bo‘lsangiz, u holda homilador bo‘lish xavfi ortadi;

Bu ikki qoida tuqqandan keyin 6 oy ichida o‘z saqlash qobiliyatini namoyon qilishi mumkin. Olti oydan so‘ng bu xususiyat yo‘qolib, emizishga va oy ko‘rmasligingizga qaramay homilador bo‘lib qolishingiz oson bo‘ladi.

Statistik ma’lumotlarga qaraganda, emizikli ayollarda homilador bo‘lish xavfi past bo‘ladi, lekin amalda baribir homilador bo‘lib qolganlar kam emas. Shuning uchun, agar barvaqt homilador bo‘lishni istamasangiz, qo‘shimcha saqlanish usullaridan foydalaning.

Emizuvchi ayollar uchun saqlanish usullari

Agar oldin saqlanishning kalendar usulidan (ovulyatsiya kunlarini aniqlab u kunlardan boshqa payt jinsiy aloqaga kirishish) foydalangan bo‘lsangiz, bu usul tuqqandan keyin mutlaqo mos kelmaydi. Chunki tuqqandan so‘ng oy kuni qachon kelishini, uning uzunligini va davomiyligini aniqlash uchun bir necha oy talab etiladi.
Birinchi o‘rinda saqlanish usuliga prezervativlar kiradi. Bu eng oddiy va eng xavfsiz saqlanish usuli hisoblanadi.
Shifokor bilan maslahatlashgan holda saqlanish dorilarini ham iste’mol qilish mumkin. Lekin ko‘p hollarda, bu dorilar ta’sirida sut kamayib ketishi kuzatiladi. Saqlanish usullaridan yana biri - bu spiral. Uni tuqqandan so‘ng 8 haftada bachadonga o‘rnatiladi. Yangi bir saqlanish usuli bu implantlar. Implantni teri ostiga joylab (ukol yordamida) 3 oyga homiladorlikdan saqlanish ta’minlanadi. Svecha, plastir, maxsus qopqoqlar ham mavjud bo‘lib, ular bir oz qimmatligi bilan noqulaylik tug‘diradi.

Eng asosiysi, siz o‘z oilangizga mos usulini tanlab, er va xotin orasidagi munosabatingiz tuqqandan keyin yanada go‘zallashishini va takomillashib borishini, baxtli hayot uchun ta’minlang.

© Uzbaby.uz

Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.

Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.

Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60

Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Jinsiy faollikni rag‘batlantiruvchi Kegel mashqlari haqiqatdan foydalimi?
Kegel mashqlari jinsiy a’zo mushaklarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashqlar yig‘indisi hisoblanadi. Mashqlar XX asrning o‘rtalarida ginekolog Arnold Kegel tomonidan ayollar uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, keyinchalik nafaqat ayollar, balki erkaklar salomatligi uchun ham muhim mashqlar ekanligi o‘z tasdig‘ini topdi va ommalashib bordi. Hozirgi vaqtda qadar ko‘pgina ginekolog, androlog, seksopatologlar o‘z bemorlariga ushbu mashqlarni tavsiya qilib kelishmoqda hamda kerakli va ko‘zlangan natijalarga erishilmoqda. Kegel mashqlari jinsiy yo‘llardagi ba’zi kasalliklarni davolash va oldini olish uchun qo‘llaniladi, masalan, enurez (siydik tutolmaslik), prostatit, to‘g‘ri ichak kasalliklaridan bavosir (gemorroy), enkoprez (axlatni muntazam tutolmaslik) kasalliklari profilaktikasida va davolashda tavsiya etiladi. Bundan tashqari, jinsiy faoliyatni tartibga solishda (erta bo‘shalish, anorgazmiya va boshqalar) qo‘llaniladi. Mashqlarni bajarishning eng muhim jihati shundaki, mashqlarni muntazam bajarib borish chanoq bo'shlig'ida qon aylanishini yaxshilaydi, natijada ushbu sohadagi eng muhim a'zolarning normal ish faoliyati rag'batlantiriladi. Quyida qanday holatlarni bartaraf qilish yoki oldini olish uchun Kegel mashqlari qo'llanilishi haqida qisqacha to'xtalib o'tsak.

Kegel mashqlari qanday holatlarda ayollarga tavsiya etiladi?

  1. Siydik tuta olmaslik (enurez) ni davolash va oldini olish uchun;
  2. Gemorroy kasalligini oldini olish va bartaraf qilish;
  3. Kichik chanoq a’zolarida kuzatiladigan yallig‘lanish jarayonlarini davolash va oldini olish uchun;
  4. Organizmni bo‘lajak homiladorlikga va tug‘ruq jarayoniga tayyorlash, ularning ortiqcha bezovtaliklarsiz va oson o‘tishi uchun;
  5. Tug‘ruqdan so‘ng tug‘ruq yo‘llaridagi to‘qimalarning tiklanishi, asoratlarning tezda yo'qolishi uchun;
  6. Mijoz sustligi yoki sog‘lom jinsiy maylning yo‘qolishini holatini bartaraf qilish uchun;
  7. Anorgazmiya holati yuzaga kelmasligining profilaktikasi uchun tavsiya etiladi.
kegel ayollar uchun Bu mashqlarni bajarish faqatgina yuqorida sanab o‘tilgan holatlarni bartaraf qilish yoki oldini olish uchun qo‘llanilibgina qolmay, balki organizmning umumiy holatini yaxshilash uchun ham muhim ahamiyatga egaligi Arnold Kegel tomonidan ham ta’kidlab o‘tilgan. Umuman olganda Kegel mashqlarini bajarish ayol hayoti davomida uchrashi mumkin bo‘lgan homiladorlik, tug‘ruq kabi tabiiy jarayonlarni oson kechishiga, jinsiy muammolarning umuman kuzatilmasligiga yoki juda kam kuzatilishiga  yordam beradi. Va bu mashq erkaklarda ham ayollarda ham jinsiy hayot sifatini yaxshilashda qo‘llaniladiga eng zararsiz va foydali usullardan biridir.

Kegel mashqlari qanday holatlarda erkaklarga tavsiya etiladi?

  • Prostatit kasalligini davolash va oldini olish uchun
  • Bavosil (gemorroy) kasalligini oldini olish va bartaraf qilish uchun;
  • Qovuq nazoratini yaxshilash uchun;
  • Tomchilab peshob ajratishni bartaraf qilish uchun;
  • Enurez va enkoprez holatini oldini olish va bartaraf qilish uchun;
  • Jinsiy zaiflikni oldini olish va bartaraf qilish uchun va juda ko‘plab muammoli holatlarda tavsiya etiladi.
O‘qishingizga tavsiya etamiz: Jinsiy aloqaning foydalari («Tib qonunlari»dan)

© Dnk.uz nashri.

ico
Ayol orgazmi
Ayollar orgazmining fiziologik jihatlari haqida emas, balki psixologik tomoni haqida gaplashmoqchimiz. Demak,

Ayol bilan erkak orgazmida farq bormi?

Ayol orgazmi erkak orgazmidan tubdan farq qiladi. Agar erkak uchun orgazm bo‘lishi
jinsiy aloqaning tugashini ko‘rsatsa, ayollar bir aloqa davomida bir necha marta orgazm his qilish imkoniyatiga ega. Lazzatlanish

Ayol jinsiy aloqadan qachon qoniqadi?

Ayollar orgazmining fiziologik va psixologik tomonlari bor. Fiziologik orgazmda ayol jismonan lazzatlanadi. Lekin aloqadan qoniqishi uchun bu yetarli emas. Ayollarga jinsiy aloqada psixologik lazzatlanish ham bo‘lishi kerak. Bunda ayol erkak bilan birga ekanligidan, uni sevib sevilganidan va aloqa davomidagi mehrdan qoniqadi. Agar jinsiy aloqa natijasida ayolga faqat jismoniy lazzatlanish berib, psixologik tomondan qoniqtirmasa, u holda jinsiy aloqa qoniqtirmagan bo‘lishi mumkin. Yoki aloqa davomida ayolga jismoniy orgazm keltirilmay uni faqat psixologik tomondan qondirsa, u holda ayol jinsiy aloqadan qoniqqan bo‘lishi ham mumkin. Ya’ni ba’zida ayolga ham jismoniy, ham psixologik qoniqish kerak bo‘lsa, ba’zida faqatgina jismoniy yoki faqatgina psixologik qoniqish kifoya bo‘ladi. Shuning uchun aloqa davomida ayol uchun erkalash va erkalanish juda muhim. Chunki jismoniy orgazmga erishish uchun ko‘plab usullar mavjud, lekin psixologik lazzatlanishni faqat erkakning aloqa davomidagi ayoliga bo‘lgan munosabati bera oladi. Erkaklarda unday emas. Ularda aloqa natijasi orgazm bo‘lsa, ham jismoniy ham psixologik qoniqish vujudga keladi.

Psixologik lazzatlanish uchun ayolga nima kerak?

ayol orgazmi Agar jinsiy aloqa suyukli erkak bilan, ayolning o‘z xohishiga ko‘ra amalga oshirilsa, aloqa davomida erkak ayoli uchun nima yoqish yoqmasligini bilgan holda harakatlansa, ayol psixologik lazzatlana oladi. Lekin psixologik lazzatlanishning o‘zi ham yetarli bo‘lmaganda ayolga albatta jismoniy lazzatlanish, ya’ni orgazm his qildirish kerak.

Ayol uchun jinsiy aloqa davomida nima muhim?

Ayol uchun jinsiy aloqa bu jismoniy ehtiyojni qondirish emas. Erkaklar jinsiy aloqaga bo‘lgan ehtiyoji kuchli bo‘lib, ular uni qondirish istagida bo‘ladilar. Ayolda esa unday emas. U aloqaga organizmda talab borligi uchun emas, balki o‘z xohishi bilan kirishadi. Shuning uchun u aloqani erkak bilan bir munosabatdek qabul qiladi. Bu munosabat davomida erkak faqat o‘z ehtirosini qondirishni ko‘zlab ayoli haqida o‘ylamasa, ayolni bunday aloqa ranjitadi. Jinsiy aloqa davomida ayol o‘zini naqadar suyukli va erkak uchun kerakli ekanligini his eta olishi lozim.

Maqolaning davomi quyidagi qismlardan iborat:

  1. Agar ayol jinsiy aloqaga sovuqqon bo‘lsa?
  2. Ayol jismoniy qoniqishni his qilishi kimga bog‘liq?
  3. Ayol orgazmi haqida alday oladimi?
  4. Ayol uchun orgazm muhimmi?
ico
Jinsiy munosabat va hayot
Saytimiz foydalanuvchilarning ko‘plab so‘rovlari, aynan jinsiy hayot va jinsiy aloqa haqida bo‘lmoqda. Shuni inobatga olgan holatda bugun imkon qadar ba’zi savollarga quyidagi maqolamiz orqali oydinlik kiritib o‘tamiz. Jinsiy munosabat va hayot Ko‘pchilik erkaklar seksual faolligining eng yuqori darjasiga 20 yoshda erishadilar. Bu davrda eng asosiy xususiyatlardan biri erkakning jinsiy aloqa vaqtida tez bo‘shalishidir. Keyingi ereksiya birinchisidan bir oz vaqt o‘tgach boshlanadi. Erkakning yosh o‘tgan sari ereksiyaga erishish uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘la boshlaydi. Va bo‘shalish vaqti ham shunga mos ravishda oshib boradi. Ko‘pchilik erkaklar o‘ziga bo‘lgan ishonch va tajriba oqibatida o‘zi uchun ham jinsiy sherigi uchun ham birdek jinsiy lazzat baxsh eta olishadi. Biroq ba’zi erkaklar Yoshi oshgan sari o‘zlarining jinsiy imkoniyatlaridan xavotirlanishadi. Bu xavotirga esa 20-30 yil oldingi jinsiy faollik bilan hozirgi holatini solishtirish sabab bo‘ladi. Avvallari jinsiy muammolardan aziyat chekkan erkaklar yetuklik vaqtlarini jinsiy hayotdan uzoqroqda o‘tqazishadi. Agarda erkak ham ayol ham jinsiy aloqasiz o‘zlarini baxtli his qilishsa, bu holat seksologlar fikricha xavotirli emas. Agar faollikning pasayishi juftlardan birida qoniqmaslikni yuzaga keltirsa, seksologga murojaat qilish lozim. Seksual muammolarning asosiy sabablaridan biri bu yuqorida ham ta'kidlab o‘tganimizdek, jinsiy juftlikning yoki ulardan birining turli holat va muammolardan xavotirlanishidir. Masalan, jinsiy a’zolarning holatidan (uzun-kaltaligidan, ingichka-yo‘g‘onligidan va hokazolar), tez bo‘shalishdan, holsizlanib qolishdan, jinsiy tajribasizlikdan, bu borada bilimi yo‘qligidan xavotirlanish ko‘p uchraydi.  Bu muammolar ko‘pgina erkaklarni, ayniqsa ilk jinsiy aloqaga kirishayotgan vaqtlarida juda bezovta qiladi. Tajribali erkaklarni ham o‘ziga xos seksologik muammolar ba’zi-ba’zida bezovta qilib turadi. Bunday muammolarning asosiysi jinsiy aloqa uchun qulay sharoitning bo‘lmasligidir (ayniqsa, ko‘p farzandli oilalarda!). Va o‘z-o‘zidan uchrab turuvchi jinsiy sovuqqonlik ham asosiy muammolardandir. Jinsiy sovuqqonlikka uzoq vaqtli charchoq, uyqusizlik, surunkali ochlik, turli shamollashlar, gormonal o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Bunday vaqtda jinsiy sherikning sovuqqonligi yo‘qolguncha kutgan ma’qul. Agar jinsiy sovuqqonlik juda uzoq vaqt davom etsa, shifokor seksopatolog ko‘rigiga borishni tavsiya etamiz. Ilk jinsiy aloqaga kirishayotgan erkaklarda uchraydigan tabiiy savollarni yuqorida yodga olib o‘tgan edik. Endi esa ularga tibbiy jihatdan yondashib javob beramiz. Birinchi so‘rovlardan biri  - “Jinsiy olatim aloqa uchun kichiklik qilmaydimi?!”. Xo‘sh, haqiqatan ham jinsiy aloqaning qoniqarli darajada bo‘lishi uchun jinsiy olat uzunligi qancha bo‘lishi kerak?! Bu savolga ko‘gina androlog, seksolog shifokorlar, jinsiy aloqaning ikkala jins uchun ham qoniqarli bo‘lishi uchun ereksiyalangan 8 sm li jinsiy olatning yetarliligini ta’kidlashadi. Lekin jinsiy aloqa qoniqarli bo‘lishi uchun eng muhimi olatning uzun yoki yo‘g‘onligi emas. Balki jinsiy aloqadan oldin jinsiy sheriklarning uyushtiradigan o‘zaro tadbirlaridir. Masalan, erkalashlar, massaj, yoqimli hislar, yoqimli xotiralar, takrorlanmas harakatlar va hokazolar.