Oftalmologiya

MAQOLALAR

ico
G‘ilaylik (strabizm) kasalligi haqida
G‘ilaylik (strabizm)ko‘zlar shunday holatiki, bunda ko‘ruv o‘qlarining qaralayotgan jismda o‘zaro kesishmasligi natijasida yuzaga keladi. Ko‘rinishi jihatidan ko‘zlar o‘ngga, chapga, tepaga yoki pastga, ba’zan aralash holatda namoyon bo‘lishi mumkin. gilaylik Agar ko‘z burun tomonga qaragan bo‘lsa yaqinlashuvchi g‘ilaylik deyiladi, agar aksincha chakka tomonga qaragan bo‘lsa uzoqlashuvchi g‘ilaylik deyiladi. G‘ilaylik bir ko‘zda yoki ikkala ko‘zda ham bo‘lishi mumkin. G‘ilaylikbu faqat tashqi ko‘rinish muammosigina emas, balki bolaning ko‘rish qobilyatini buzilishidir. G‘ilaylikda ko‘rish o‘tkirligi pasayadi, ikkala ko‘z orasida aloqa buziladi, ko‘zni harakatlantiruvchi mushaklar orasida muvozanat buziladi. Bundan tashqari, hajmli ko‘rish qobilyati buziladi. G‘ilaylik odatda 2 5 yoshlikdan ko‘zlarning hamkor harakati buzilishi natijasida yuzaga keladi. Tug‘ilganda bolalar ikkala ko‘z bilan bir vaqtda ko‘raolmaydilar, «binokulyar» ko‘rish sekin asta 4 yoshgacha shakllanadi.G‘ilaylik boshqa ko‘z kasalliklarining oqibatida ham yuzaga kelishi mumkin: miopiya, gipermetropiya, astigmatizm. G‘ilaylik o‘z vaqtida davolanmasa ma’lum muddatdan so‘ng «ambliopiya» deb ataluvchi ko‘zning «dangasalik» holati yuzaga keladi. Bu holat bosh miyaning himoya mexanizmi sifatida ikkala ko‘zdan kelayotgan turli (bir biriga mos bo‘lmagan) ma’lumotni qabul qilmaydi va g‘ilay ko‘zdan kelayotgan axborot bloklanadi. Natijada g‘ilay ko‘z bilan aloqa borgan sari yomonlashib, g‘ilaylik yanada kuchayadi va ko‘zning ko‘rish qobilyati ham pasayadi.

G‘ilaylik sabablari

Bundan tashqari, yuqori isitma, ruhiy yoki jismoniy jarohatlar ham g‘ilaylikni yuzaga kelishiga turtki bo‘lishi mumkin. G‘ilaylikka har qanday shubha bo‘lganida tezkor shifokor ko‘rigiga murojaat etish zarur. Mutaxassislar barcha zarur tekshirishlarni o‘tkazib, ko‘rsatmaga ko‘ra boshqa mutaxassislar (nevrapatolog va boshqalar) maslahatiga yo‘llanma berib, farzandingiz sog‘lig‘iga kompleks va individual yondashgan holda eng samarali davolash usullari yordamida davolashadi. G‘ilaylikning davolash samaradorligi faqat shifokor va uning tavsiyalarigagina bog‘liq bo‘lib qolmay, balki bemorning ham davolash jarayonida faol ishtirok etishini taqozo etadi. Bunda bemor va uning ota-onasi shifokorning barcha tavsiyalarini o‘z vaqtida, to‘liq hajmda bajarilishini ta’minlashlari, belgilangan mashq va muolajalarni barchasini sabr bilan bajarishlari zarur.

© Respublik ixtisoslashtirilgan ko'z mikroxirurgiya markazi. eyecenter.uz

ico
Glaukomani davolasa bo‘ladimi?

Glaukoma kasalligi insonni butkul ko‘r bo‘lib qolishiga sabab bo‘lishi bilan xavflidir. Glaukoma (ko‘k suv) – bu ko‘z ichki bosimini doim yoki vaqti-vaqti bilan oshib turishi, ko‘ruv nervining atrofiyasi, ko‘rishning pasayishi va ko‘rlikka olib keluvchi jiddiy surunkali ko‘z kasalligi. Glaukomaning murakkabligi shundaki, u ba’zida og‘riqsiz, sekin, hech qanday belgilarsiz kechadi va shuning uchun kech aniqlanadi.

Ko‘z ichki bosimi normada 16 dan 26 mm simob ustuniga teng. Agar bosim me’yoridan oshib ketsa ko‘ruv nervi atrofiyasiga olib keladi va ko‘rlikka sabab bo‘ladi. Afsuski, atrofiyaga uchragan ko‘ruv nervini davolash usuli hozirgacha topilmagan.

Yopiq burchakli glaukoma esa birdan xuruj bilan boshlanishi mumkin. Bunda ko‘zda va boshda kuchli og‘riq, qon bosimi oshishi, ko‘ngil aynishi, qayd qilish, tish, quloq og‘rishi mumkin. Bu alomatlar bemorni chalg‘itadi va ular adashib boshqa mutaxassislarga murojaat qilishadi. Bunday alomatlarni o‘zingizda his qilsangiz, albatta ko‘z kasalliklari shifokori ko‘rigidan o‘tib qo‘ysangiz salomatligingiz uchun foydali bo‘ladi.

Glaukomani davolashda bu kasallikni qanchalik erta aniqlanishi muhimdir. Shundagina kasallikni davolash ancha oson kechadi. Davolash usullari esa 3 xil:

Medikamentoz davolash – dorilar yordamida

Glaukomani davolash odatda medikamentoz usuldan boshlanadi. Dorilarni vrach tavsiyasiga ko‘ra, vaqtida ishlatilsa ko‘zlangan natijaga erishiladi, lekin dori vositalari har doim ham ta’sirchan bo‘lmaydi. Sabablari turlicha: ba’zida bemorlarda dorilarni o‘z vaqtida tomizish imkoniyati bo‘lmasligi mumkin yoki dori vositalarini uzoq vaqt ishlatilishi ba’zi nojo‘ya ta’sirlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham har bir dori vositasini faqat vrach tavsiyasiga ko‘ra tomizish lozim.

Lazer nuri yordamida davolash

Lazer nuri ko‘z suyuqligi oqib ketish sistemasiga ta’sir qilib, uning oqib ketishini yaxshilaydi. Lazer operatsiyalari ambulator sharoitda o‘tkaziladi va nisbatan yengil amaliyot hisoblanadi. Biroq, glaukomaning hamma turlarida ham LAZЕR yordam bermaydi.

Jarrohlik usulida davolash

Bu usul ko‘pchilik bemorlar uchun yagona davolash usuli hisoblanadi. Boshqa usullar foyda bermagan holatlarda jarrohlik amaliyotini erta davrda bajarish maqsadga muvofiq. Jarrohlik amaliyoti qancha erta bajarilsa, ko‘rish qobiliyatini saqlab qolish ehtimoli shuncha oshadi. Hozirgi kunda xavfsiz zamonaviy operativ davolash usullari ishlab chiqilgan. Ba’zan, lozim bo‘lsa, bemorga 2-3 marta qayta operatsiya tavsiya qilinishi mumkin.

Glaukoma kasalligining ilk alomatlariga to‘xtalishdan oldin, kimlarda va qaysi omillar ta’sirida glaukoma uchrashi xavfi yuqori bo‘ladi, degan savolga javob bersak maqsadga muvofiq bo‘ladi:

Bu sabablar shu narsani yana bir bor isbotlaydiki, ko‘z kasalliklarining rivojlanishiga aksariyat hollarda nosog‘lom turmush tarzi ham asosiy aybdor bo‘lar ekan. Salomatligimizning izdan chiqishi, turli kasalliklarga duchor bo‘lishimizning tub mohiyatida ham nosog‘lom turmush tarzi yotadi.

Boshlanishida glaukoma hech qanday belgilarsiz, bemorni hech narsa bezovta qilmasdan boshlanadi va ko‘ruv xiralashishi kasallikning kechki davrlarida bo‘ladi. Kasallik alomatlari:

  • bosh og‘rishi, og‘riq bir tomonlama yoki ikki tomonlama;
  • ko‘z oldida elak tutgandek yoki tuman tushgandek ko‘rinishi;
  • yonib turgan lampochka oldida kamalaksimon xalqa ko‘rinishi;
  • ko‘z ko‘rishi xiralashishi;
  • ko‘z to‘lalik hissi va ko‘z qizarishi, ko‘z yoshlanishi bilan kechadi.

Bunday alomatlarga beparvo bo‘lmaslik, qon bosimiga, yurak, qon-tomir kasalliklariga xos bo‘lgan alomatlar, ko‘ngil aynishi kabi, bosh og‘riq kabi holatlarda ham albatta ko‘z kasalliklari shifokoriga ham murojaat qilish lozim.

Bu yorug‘ dunyoni ko‘rish – katta baxt. Buning uchun ko‘zlarimiz sog‘-lom bo‘lishi, tan-jonimiz sihatda bo‘lishi muhim. Salomatligimizga qanchalik e’tiborli bo‘lsak, ko‘zimiz shunchalik ravshan, dunyo keng va yorug‘ ko‘rinadi.

Glaukoma kasalligi aniqlangan bemorlar uchun maxsus tartib

  • Sog‘ligingiz to‘g‘ri kelguncha mehnat qilishingiz mumkin, faqat asabiy va jismoniy zo‘riqish tavsiya qilinmaydi. 10 kg.dan ortiq yuk ko‘tarish tavsiya qilinmaydi.
  • Ishlayotganda yoki o‘qiyotganda yorug‘lik chap tomondan tushishi lozim va yetarli yorug‘lik bo‘lishi lozim. Har 15 minutda tanaffus qiling.
  • Engashib ishlash tavsiya qilinmaydi. Masalan: agar siz hovlida jo‘yaklarni tozalamoqchi bo‘lsangiz, chizmoqchi, tikmoqchi bo‘lsangiz uzoq vaqt engashmasdan stulchada o‘tirib ishlash tavsiya qilinadi.
  • Ko‘z uchun mashqlar qilib turish foydali.
  • Umumiy holatingizga e’tibor bering. Yurak, qon-tomir tizimi, o‘pka kasalliklari, qandli diabet, buyrak va jigar kasalliklari ko‘zingiz holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
  • Televizor ko‘rish taqiqlanmaydi, faqat boshingizni to‘g‘ri tutib, yaxshi yoritilgan xonada ko‘ring. Chiroqni o‘chirib, uzoq vaqt televizor ko‘rish tavsiya qilinmaydi.
  • Bo‘yinni qisib turuvchi, tor yelkali sviterlar, kiyimlar va galstuklar taqmang.
  • Chekish mutlaqo mumkin emas! Alkogol iste’mol qilish qon-tomir sistemasiga va ko‘zga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
  • Issiq hammom tavsiya qilinmaydi.
  • Uzoq vaqt quyoshda qolish tavsiya qilinmaydi. Quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynaklardan foydalaning (glaukoma uchun maxsus yashil filtrli ko‘zoynaklar mavjud). Qorong‘i xonada ham uzoq vaqt qolmang.
  • Tungi uyqu va kechki sayrlar foydali. Uyqusizlik salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yotishdan oldin oyog‘ingizga issiq vanna qilish, bir qoshiq asal iste’mol qilish foydali.
  • Maxsus parhez talab qilinmaydi. Qo‘y go‘shti, yog‘li, achchiq ovqatlarni chegaralang. Vitaminlarga boy oziqlarni (sabzavotlar, mevalar, baliq) ko‘proq iste’mol qiling.
  • Birdaniga ko‘p suyuqlik iste’mol qilmang. Choy va boshqa kofeinli ichimliklar ko‘zda qon aylanishini yaxshilaydi. Agar siz kofe ichishni odat qilgan bo‘lsangiz «Kofe sinamasi»dan o‘ting, buning uchun sizning ko‘z ichki bosimingiz kofe ichishdan oldin va 1 soat keyin o‘lchab ko‘riladi. Agar ko‘z bosimi sezilarli darajada kuzatilmasa, sizga kofe ichishda chegaralanish yo‘q.
  • Shifokor tavsiya qilgan dorilarni o‘z vaqtida tomizing. Uyingizdan biror joyga ketmoqchi bo‘lsangiz o‘zingiz bilan ko‘z tomizg‘ilarini olish yoddan chiqmasin.
  • Shifokor ko‘rigiga har oyda borib turing.

© Ulug‘bek KARIMOV, oftalmolog.
"Salomatlik sandig‘i" gazetasi.

ico
Angina: kasallik belgilari, sababi va davolash usullari
Ko‘pchilik angina kasalligi bilan tez-tez og‘rib turadi. Ayniqsa, bu holat bolalarda ko‘p kuzatiladi. Biroq ayrim hollarda bu kasallik bilan kattalar ham og‘riydi. Shunday vaziyatda ota-onalar «Shu anginasini oldirib tashlasak-chi?» — deb o‘ylanib qolishadi. Ayrim ota-onalar esa «Or­ganizmda keraksiz narsaning o‘zi yo‘q», degan fikr bilan farzandidagi angina kasalligini davolatishga urinishadi. angina Bugungi suhbatimiz barchaga yaxshi tanish angina kasalligi to‘g‘risida. Angina qanday kasallik? Bu kasallik nimasi bilan xavfli? Anginani olib tashlash kerakmi yoki yo‘qmi? Shular haqida suhbatlashamiz.

Ma’lumot o‘rnida…

Angina yuqumli kasallik bo‘lib, bunda tomoq bezlari yallig‘lanadi. Kasallik turli-tuman mikroblar tomonidan chaqiriladi. Kasallikning kelib chiqishiga sovqotish turt­ki bo‘ladi. Ayrim hollarda muzqaymoq yeyish, chang havoda, tamaki tutunidan nafas olish, spirtli ichimliklarni qabul qilish ham angina kasalligining qo‘zg‘alishiga olib keladi. Ba’zi odamlar yiliga bir necha marta angina kasalligi bilan xastalanishadi. Ular bu kasallikka juda moyil bo‘lishadi. Shu bois ularda angina kasalligi surunkali turga o‘tadi. Bu holat juda xavfli hisoblanadi. Chunki angina asoratlari bilan inson sog‘ligiga katta muammo tug‘diradi. Aynan angina revmatizm, yurak nuqsoni, asab tizimi kasalliklari, buyraklar kasalliklarini keltirib chiqaradi. Ayrim shifokorlar anginani davolashning eng optimal usuli operativ davo, deb hisoblashadi. Qolgan shifokorlar esa tomoq bezlari immunitet shakl­lanishida muhim rol o‘ynaydi, shu bois uni olib tashlash kerak emas, degan g‘oyani ilgari surishadi.

Tomoq bezlari nima uchun kerak?

Tomoq bezlari — bu tomoqdagi limfa bezlaridan iborat halqa bo‘lib, organizmni himoya qilishda muhim rol o‘ynaydi. Havo orqali tushadigan katta miqdordagi mikrob­lar birinchi navbatda tomoq bezlariga o‘tiradi. Shu bois bezlar tez yallig‘lanadi.

Angina kasalligi qaysi belgilar bilan namoyon bo‘ladi?

  • Tomoqda og‘riq;
  • Tomoqning qurishi va qichishi;
  • Isitma;
  • Nafas olishning qiyinlashishi;
  • Injiqlik;
  • Bezovtalik;
  • Yutinishning qiyinlashishi.

Tomoq bezlari qachon olib tashlanadi?

Tomoq bezlari yallig‘lanishi bilan bu holat operatsiyaga ko‘rsatma hisoblanmaydi. Quyidagi hollarda tomoq bezlari operativ usulda olib tashlanadi:
  • Bolaning yiliga to‘rt martadan ziyod angina kasalligi bilan kasallanishi;
  • Angina bilan tez-tez kasallanish natijasida surunkali tonzillit kelib chiqishi;
  • Angina kasalligi natijasida or­ganizmda yiringli jarayonlar rivojlanishi;
  • Tomoq bezlari haddan ziyod kattalashib, nafas olishiga to‘s­qinlik qilsa;
  • Konservativ davo samarasiz bo‘lsa;
  • Ichki a’zolar tomonidan asoratlar kuzatilishi: buyraklar, bo‘g‘imlar, yurak, o‘pka va b;
  • Immunitetning keskin tushib ketishi.

Operatsiya qaysi hollarda o‘tkazilmaydi?

Angina kelib chiqmasligi uchun nimalar qilish lozim?

Tomoq bezlari organizm uchun kerakli a’zo hisoblanib, ularni iloji boricha olib tashlamaslik kerak. Aynan tomoq bezlari immunitet shakl­lanishida muhim rol o‘ynaydi. Agar organizm immuniteti past bo‘l­sa, tomoq bezlari yallig‘lanishining qo‘zg‘alishiga sabab bo‘ladi. Shu bois, tomoq bezlari va immunitet bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Angina kelib chiqmasligi uchun quyidagilar tavsiya etiladi: Chiniqtiruvchi muolajalar; Jismoniy faollikni oshirish; Chekishdan voz kechish; Spirtli ichimliklarga ruju qo‘ymaslik; Vitaminlar va mikroelementlarni yetarlicha qabul qilish; Organizmning sovqotishiga yo‘l qo‘ymaslik; Muzqaymoqni yosh bolalarga iloji boricha bermaslik.

Bu kasallikka kimlar mo­yil hisoblanadi?

  • Sun’iy ovqatlantirishda bo‘l­gan bolalar;
  • Raxit, qizamiq, skarlatina bilan kasallangan bolalar;
  • Ekssudativ diatez bilan og‘rib yuruvchi bolalar;
  • Og‘iz bo‘shlig‘ida karioz tishlari mavjud bolalar;
  • O‘RVI bilan tez-tez og‘rib yuruvchi bolalar;
  • Burun to‘sig‘i qiyshaygan odamlar;
  • Tomoq bezlari kattalashgan bolalar va b.

Xalqona usullarda uy sharoitida bolalarga yordam berish mumkinmi?

Albatta. Quyidagi usullar yordamida kuchsiz namoyon bo‘lgan angina belgilarini bartaraf etish mumkin:
  • Moychechak damlamasi bilan tomoqni chayish;
  • Na’matak damlamasini ichirish;
  • Issiq limonli choy ichirish;
  • Limon choyga asal solib ichirish;
  • Tomoqni 2 % yod eritmasi bilan chayish.

Fizioterapiya muolajalari bemorlarga yordam beradimi?

Fizioterapiya muolajalari ham bemorlarga yordam beradi. Buning uchun boladagi o‘tkir jarayon pasaygach, bolada isitma va boshqa belgilar bo‘lmasa, ya’ni bemor tuzalish jarayonida fizioterapiya muolajalari buyuriladi:
  • Ultrabinafsha nurlar bilan davolash;
  • Ultra yuqori chastotali nurlar bilan davolash;
  • Mikroto‘lqinli terapiya.

Zudlik bilan operatsiyani talab qiluvchi holatlar

Quyidagi hollarda bolada kechiktirmasdan operativ davo buyuriladi:
  • Teri oqarib ketishi;
  • Og‘izdan badbo‘y hid kelishi;
  • Muntazam kuzatiluvchi bosh og‘riqlar;
  • Limfa tugunlarining doimiy ravishda kattalashib turishi;
  • Bo‘g‘imlarda og‘riq kuzatilishi;
  • Holsizlik kuzatilishi;
  • Tez charchash.
Tomoq bezlarini olib tashlash bo‘yicha o‘tkaziladigan operatsiyalar ikki turga bo‘linadi 1. Tonzillotomiya. Tomoq bezlarini qisman olib tashlash. Bu operatsiya tomoq bezlari haddan ziyod kattalashib ketganda o‘tkaziladi. 2. Tonzillektomiya. Tomoq bezlari atrofidagi yondosh to‘qimalar bilan birga to‘liq olib tashlanadi. Bu operatsiya turi surunkali tonzillit va uning asoratlari kelib chiqqanda qo‘llaniladi.

Operatsiya qanday o‘tkaziladi?

Operatsiya mahalliy anesteziya ostida o‘tkaziladi. Operatsiyadan so‘ng qat’iy yotoq rejimi buyuriladi. Shundan so‘ng 3-6 kun davomida bir xil re­jim tavsiya etiladi. Operatsiyadan so‘ng 14-15 kun davomida jismoniy zo‘riqishlar man etiladi.

Operatsiyadan so‘ng bemorlarni parvarish qilish

Ikki hafta davomida issiq taomlar qabul qilinmaydi; Ikki hafta davomida qovurilgan, achchiq, ziravorli, dudlangan taomlar berilmaydi; Issiq vannalar buyurilmaydi; Faqat iliq dush buyuriladi; Kunduz kuni 2 soatlik uyqu tavsiya etiladi; Bemorni stresslardan cheklash lozim.

"Bekajon" gazetasi.

ico
Mastoidit
Mastoidit – chakka suyagi so‘rg‘ichsimon o‘simtasining yallig‘lanishi. So‘rg‘ichsimon o‘simta  quloq suprasi pastki qismining orqasida joylashgan suyak hisoblanadi. Bu yallig‘lanishning xavflilik jihati shundaki, miya bilan bu o‘simtani yupqa suyak plastinkagina ajratib turadi. Ya’ni yallig‘lanish bevosita bosh miyaga ta’sir etishi mumkin. Mastoidit yuzaga kelishiga ko‘ra ikki turi turi tafovut etiladi.
  • Birlamchi mastoidit – yallig‘lanish aynan so‘rg‘ichsimon o‘simtada paydo bo‘ladi;
  • Ikkilamchi mastoidit – organizmdagi boshqa yallig‘lanish kasalliklarining asoratlari sifatida yuzaga keladi. [caption id="attachment_2732" align="aligncenter" width="450"]Mastoidit Mastoidit[/caption]
Mastoidit kelib chiqishiga sabab sifatida quyidagi holatlarni keltirishimiz mumkin:
  • Immunitet sustligi;
  • o‘rta quloq yallig‘lanishi va uni davolamatlik;
  • chakka suyagidagi travmalar;
  • zotiljam va uni o‘z vaqtida davolatmaslik;
  • o‘pka sili;
  • surunkali tonzillit;
  • quloqda yiringli ajralmalarning chiqishiga imkon bo‘lmasdan ularning ko‘plab to‘planib qolishi;
  • hamda deyarli barcha yallig‘lanish kasalliklariga befarq bo‘lib, o‘z vaqtida chora ko‘rmaslik kasallikning avj olib rivojlanishiga imkon tug‘diradi.
Kasallikning ilk davrda o‘simtaning bo‘shliqlari shilliq qavat va suyak ostidan ajralgan ajralma bilan to‘la boshlaydi. Hamda bo‘shliq to‘lgach, uning devorlarida buzilishlar ro‘y beradi, bu kasallikning ikkinchi bosqichga o‘tganligidan dalolat beradi. So‘ngra miya va o‘simtani ajratib turuvchi plastinka devorlarida ham yemirilish yuzaga keladi, yallig‘lanishdan hosil bo‘lgan ajralma esa bevosita miyaga ta’sir eta boshlaydi. Buning oqibatida xavfi hisoblangan ensafalit, meningit, sepsis, falajlik kabi holatlar paydo bo‘lish ehtimolligi juda yuqorilaydi. Hattoki, kasallikka umuman e’tibor qaratilasa va davolash o‘tqazib yuborilsa bemorda o‘lim holati ham yuzaga kelishi mumkin. So‘g‘ichsimon o‘simtada yallig‘lanish kuzatilsa, bemorda turli belgilar bilan namoyon bo‘ladi. Masalan,
  • eshitish qobilyatining sustlashuvi;
  • quloq hamda uning ort tarafida yoqimsiz og‘riq, ayniqsa soha bosib ko‘rilganda yaqqol seziladi;
  • so‘rg‘ichsimon o‘simtaning ust qismi qizarib, ma’lum darajada shish ham yuzaga keladi;
  • quloq suprasining shish hisobiga oldinga bukilishi yuzaga keladi. Ya’ni supra shalpanglashadi;
  • tashqi eshituv yo‘lidan yiringli ajralmalar keladi;
  • umumiy holsizlik, tana haroratining ko‘tarilishi kuzatiladi.
Mastoiditni davolash jarrohlik usulida amalga oshiriladi. Uning hayot uchun xavfliligini hisobga olgan holda yuqoridagi belgilarni o‘zingiz yoki yaqinlaringizda sezsangiz zudlik bilan otorinolaringolog (LOR) qabuliga boring! [box type="info" ]Maqola Avitsenna.uz saytining «Ensiklopediya» rukni orqali e’lon qilinmoqda. Bu rukn orqali siz tibbiy atamalar, kasalliklar haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Rukn har doim to‘ldirilib boriladi![/box]
ico
Botulizm – ovqatdan zaxarlanish
Botulizm – ovqatdan zaxarlanishlar ichida og‘ir kechadigan kasallikdir. Bu kasallik botulizm tayoqchalari bilan zararlangan ovqat iste'mol qilinganda vujudga keladi va markaziy asab tizimini shikastlanishi bilan kechadi. Botulizm tayoqchalari tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, tuproq, suv, hayvon, baliqlar ichagida uchraydi va qobiq ichida yillar davomida saqlanadi. Kislorodsiz va qulay sharoitda ko‘payadi, hamda inson uchun xavfli bo‘lgan zahar ishlab chiqaradi. Botulizmning asosiy sabablari: Kasallik odamda uy sharoitida termik ishlov berish qoidalariga amal qilinmay tayyorlangan konserva (sabzavot,meva, qo‘ziqorin,go‘sht,baliq), dudlangan tovuq go‘shti, kolbasa mahsulotlarini iste'mol qilinganda kelib chiqadi. Konservalash jarayonida gigiуenik va texnik qoidalarga rioya qilinmaslik natijasida, mikrop konserva bankasida yopiq muhitda tez rivojlanadi. Sifati buzilgan konserva mahsulotlari ichida gaz yig‘ilishi natijasida qopqog‘i ko‘tarilib qoladi (bombaj). Bemor odamda quyidagi belgilar kuzatiladi:
  • odamning boshi og‘riydi
  • ko‘ngli aynib, qusadiog‘zi quriydi
  • ko‘z oldi qorong‘ilashib, narsalar qo‘shaloq bo‘lib ko‘rinadi
  • ko‘z qorachig‘i kengayadi
  • nutqi buziladi (afoziya)
  • nafas olishi qiyinlashadi
  • yutinishi qiyinlashadi
  • yuragi to‘xtab qolayotgandek tuyuladi
Kasallik qanday kechadi: Kasallik zararlangan ovqatni iste'mol qilinganidan 12-24 soat o‘tgach, yoki 1-5 kundan keyin boshlanadi. Zahar (toksin) ichakda tez so‘rilib, qonga o‘tadi va butun organizmga tarqalib, asab tizimini,shu bilan birga mushaklarni shikastlaydi. Kasallikni oldini olish uchun:
  • uy sharoitida konserva tayyorlash jarayonida har bir inson sanitariya     va gigiуena qoidalariga rioya qilishi kerak;
  • konserva mahsulotlarini tayyorlashda (sabzavot-meva, qo‘ziqorin va ko‘katlarni) sifatiga ahamiyat berish kerak;
  • sabzavot-mevalar tuproq bilan ifloslanishi mumkin, shu bois ularni oqar suvda, so‘ng qaynatilgan suvda yaxshilab yuvish kerak;
  • mahsulotlarni yuqori  harorat ostida 20 daqiqadan kam bo‘lmagan vaqt davomida qaynatish kerak;
  • nordon bo‘lmagan (bodring, yashil no‘xot) mahsulotlaridan konserva tayyorlashda ularga uksus kislotasi qo‘shishni unutmang;
  • uy-sharoitida konserva tayyorlamaslik kerak;
  • konserva mahsulotlarini qorong‘i va salqin joyda saqlang.
 
ico
Quruq ko‘z sindromi nima? Uning oldini olish uchun qanday choralar ko‘rish kerak?
Quruq keratokonyuktivit – “quruq ko‘z sindromi” yoki quruq keratit deb ham nomlanuvchi ko‘z kasalligi bo‘lib, bunda yosh bezlarining funksiyasi pasayishi yoki yoshning tez bug‘lanib ketishi hisobiga ko‘zning qurib qolishidir. Quruq ko‘z sindromi (QKS) aholining 5-6 % qismida uchraydi, ayniqsa menopauzadan keyingi yoshdagi ayollar ko‘proq kasallanadilar.

Quruq ko‘z sindromi belgilari

Quruq ko‘z sindromining tipik simptomiga ko‘zlarning qurib qolishi, achishishi va ko‘zlarda “qum zarralari turgani” kabi noqulaylik sezish kiradi. Belgilarni yana ko‘z qichishishi, tirnalgandagi his va charchaganda kelib chiqadigan ko‘z bilan bog‘liq holatlar kabi deb ta’riflasa ham bo‘ladi. Qo‘shimcha belgilar sifatida og‘riq, qizarish, ko‘zda bosim oshishini ham kiritish mumkin. Odatda ikkala ko‘z ham zararlanadi. Ko‘zda quyuq ajralmalar ajralib to‘planib qolish ham kuzatiladi. Bunga sabab ko‘zning o‘ta qo‘zg‘aluvchanligidir. Noodatiy ko‘rinsada quruq ko‘z sindromida hatto yosh ajralib chiqishi ortib ketishi ham mumkin. Ba’zida ko‘zga yot jismlar tushib qolsa, yosh bezlari kuchli ishlab yosh ajralib chiqishi ko‘payadi, lekin bunday yoshning tarkibida oddiy suv ko‘proq bo‘ladi. Quruq ko‘z sindromida ajralayotgan yoshning tarkibi emotsional holatlarda ajraladigan yoshdan farq qiladi. Quruq ko‘z sindromi Ko‘zni yumib ochganda ko‘z olmasi yosh bilan ho‘llanib turiladi, ko‘zni ochib yumishlar soni kamayganda ko‘zning ho‘llanishi buziladi. Bunday holatlar ko‘p kitob o‘qiganda, kompyuter qarshisida uzoq muddat o‘tirganda, uzoq muddat avtomobil boshqarganda yoki televizor qarshisida ko‘p vaqt o‘tirganda kuzatiladi. Belgilar changli, shamolli va tutunli (tamaki mahsulotlari tutunlari ko‘p xonada, baland joylarda, samolyotda), konditsioner ostida ko‘p vaqt o‘tirganda kuchayib ketadi. Belgilar sovuq havoda, yomg‘irli va tumanli vaqtda kamayadi. Ko‘pchilik quruq ko‘z sindromiga duchor bo‘lgan insonlar ko‘zlarida qo‘zg‘aluvchanlik hissini sezishadi, lekin bunday holat tez o‘tib ketadi. Biroq, kasallik davolanmasa og‘ir ko‘rinishlariga o‘tib ketadi va jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin, masalan ko‘ruv o‘tkirligining buzilishi yoki ba’zida umuman yo‘qolishi. Ko‘pchilik quruq ko‘z sindromini simptomatik kasallik deb bilishadi. Tibbiyot sohasida esa quruq ko‘z sindromidan MakMonni va Xoning quruq ko‘z sindromini aniqlash maqsadida foydalaniladilar.

Patofiziologiya

Quruq ko‘z sindromi davom etaversa ko‘z olmasida mayda yoriqchalar paydo bo‘lishiga olib keladi. Ba’zi og‘ir holatlarda shox pardaning qalinlashganligi, uning eroziyasi, keratopatiya, shox pardaning qon bilan ta’minlanishi buziladi, uning biriktiruvchi to‘qima bilan zararlanishi va hatto uning perforatsiyasigacha olib kelishi mumkin.

Quruq ko‘z sindromi​ sabablari

Quruq ko‘z sindromiga olib keluvchi sabablar quyidagilar bo‘lishi mumkin: Odatda quruq keratokonyuktivitga olib keluvchi omil yosh ishlab chiqarilishining buzilishi yoki yoshning bug‘lanib ketishidir. Yosh ishlab chiqarilishining kamayishi ko‘pincha keksa odamlarda (60 yoshdan oshganlarda) uchraydi, ayniqsa menopauza, klimaks yoshidan keyin ayollarda gormonlar nisbati o‘zgarishi hisobiga yosh bezlar ishida ham kamchiliklar kelib chiqadi. Ko‘​z yoshning bug‘lanib ketishiga sabab ko‘zni yumib ochish funksiyasi pasayishidir, bunda ko‘z yosh bilan ho‘llanishga ulgura olmay qoladi. Quruq ko‘z sindromi davosi Bundan tashqari idiopatik va tug‘ma alakrimiya (ko‘z yoshining bo‘lmasligi), 
kseroftalmiya, yosh bezi innervatsiyasi buzilishi kabi holatlar ham quruq ko‘z sindromiga olib keladi. Kam hollarda revmatoid artrit, Vegener granulematozi, sistemali qizil yugurik, Shegren sindromi va autoimmun kasalliklar asoratida ham yosh ishlab chiqarilishi kamayishi mumkin. Ayrim turdagi dori preparatlari, jumladan sedative vositalar, izotretionin, diuretiklar, antidepressantlar, qon bosimini tushiruvchi vositalar, burunga tomiziladigan tomchilar va spreylar, beta-adrenoblokatorlar, fenotiazin, atropin va og‘riqsizlantiruvchi narkotik preparatlar (morfin, opiylar) ham ko‘z qurib qolishiga olib kelishi mumkin. Ko‘zning o‘sma kasalligi yoki yosh bezlari sarkoidozi, postradiatsion fibroz kasalliklarida yosh bezi ishlab chiqarish funksiyasi pasayganligini sezish mumkin. Oxirgi yillarda shifokorlar sog‘lom odam ko‘z yoshi va quruq ko‘z sindromiga duchor bo‘lgan insonlarning ko‘z yoshlari tarkibini o‘rganishmoqda. Qayd etilishicha quruq ko‘z sindromida ko‘z yoshi suyuqligining 1000 dan ortiq turdagi oqsillari ichidan lakritin oqsili yetishmaydi yoki ko‘p miqdorda bo‘ladi. Lakritin oqsili quyonlarda o‘tkazilgan tajribada ko‘z yoshi ajralishiga javobgar bo‘lgan oqsil ekanligi aniqlangan.

Qo‘shimcha sabablar

  • Kontakt linzalaridan foydalanadigan insonlarning yarmidan ko‘pi quruq ko‘z sindromiga shikoyat qilishadi;
  • Keksalik davri ham yosh bezlari ishi pasayishiga olib keladi;
  • Termik va kimyoviy kuyishlar yoki epidemik adenovirus holatlari;
  • Izlanishlar ta’kidlashicha, xavf guruhiga qandli diabet bilan kasallanganlar kiradi.
Kontakt linzadan foydalanuvchilarda quruq ko‘z sindromi kelib chiqishini ikki xil holat bilan bog‘lasa bo‘ladi: ko‘z shox pardasi ustida “suzib” yuruvchi yumshoq linzalar ishlab chiqarilgan ko‘z yoshlarini o‘ziga absorbsiya (so‘rib olish) qilib olishi. Oxirgi ilmiy izlanishlar ko‘rsatishicha linzalar shox pardaning nerv sezgirligini pasayishiga olib keladi va buning natijasida yosh ishlab chiqarilishi buziladi. Har qanday turdagi linzalar, ayniqsa qattiq kontakt linzalar nerv oxirlarida sezgi pasayishiga sabab bo‘ladi. Quruq ko‘z sindromi lazerli keratomilez va boshqa refraktor jarrohlik amaliyotlaridan keyin ham bir necha oy, ba’zida bir umrga qolib ketadigan ko‘zning qurib qolishiga sabab bo‘ladi. bunda shox pardadagi nerv oxirlari zararlanadi va yosh ajralish funksiyasi pasayadi. Ko‘z jarohatlari yoki ko‘z va qovoqlar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa muammolar, jumladan ekzoftalm, yuqori qovoq ptozi kabilar ham quruq keratokonyuktivitga olib kelishi mumkin. bunda qovoqlar kasalliklarida, qovoqlarning ochilib yopilishi buziladi va ko‘z ho‘llanishi kamayadi. Blefarit va rozatseya natijasida kelib chiqqan ko‘z yoshining lipid qavati anomaliyalari va ko‘z yoshining mutsin qavati anomaliyalari (A vitamin yetishmasligi, traxoma, difteriyali keratokonyuktivit), teri, shilliq qavatning boshqa kasalliklari ham quruq ko‘z sindromi rivojlanishida rol o‘ynaydi.

Quruq ko‘z sindromi​ diagnostikasi

Ko‘zni maxsus lampa yordamida ko‘zdan kechirish. Quruq ko‘z sindromini odatda simptomlar orqali aniqlab olsa bo‘ladi. Tekshiruvlar ko‘z yoshi miqdorini va tarkibini aniqlashda yordam beradi. Ko‘zning qurib qolishi va har qanday jarohatlarini aniqlashda maxsus lampadan foydalaniladi. Shirmer sinamasi yordamida ko‘zni yuvib turuvchi suyuqlik hajmini aniqlab olish mumkin. Bu sinama kasallikning og‘irlik darajasini aniqlashda qo‘l keladi. Bunda 5 daqiqalik tekshiruv o‘tkaziladi (anesteziya bilan yoki anesteziyasiz), filtrlovchi qog‘ozdan foydalaniladi. Ushbu qog‘ozning qalinligi (Vatman № 41) 5 mm va uzunligi 35 mm bo‘ladi. 5 mm dan kam ko‘rsatkichdagi namlanish quruq ko‘z sindromidan dalolat beradi. Shrimer sinamasi yordamida namlik hajmi aтiqlashning imkoni bo‘lmasa, Shrimer II sinamasi o‘tkaziladi. Bunda burun teshiklari orqali ko‘z yoshi bezi qo‘zg‘atilib, filtrli qog‘oz (Vatman № 41) yordamida yosh ajralib chiqish darajasi o‘rganiladi. Bu sinama uchun 15 mm dan kam namlik quruq ko‘z sindromidan darak beradi. Ko‘z yoshi tarkibidagi lizotsim oqsili o‘rganiladi. Ushbu oqsil ko‘z yoshi tarkibida, umumiy oqsillarning 20-40 % ini tashkil etishi kerak. Ko‘z yoshi tarkibida Ap4A molekulasining bo‘lmasligi, ko‘z qurib qolishining turli darajalarida aniqlanadi. Ushbu molekulani bioximik tekshiruvlar natijasida aniqlab olsa bo‘ladi, buning uchun Shrimer usuli bilan ko‘z yoshidan 1-2 tomchi olish kifoya. Ap4A molekulasining ko‘z yoshidagi konsentratsiyasi tekshiriladi va quruq ko‘z sindromi darajasi belgilanadi.

Quruq ko‘z sindromi​ davosi

Quruq ko‘z sindromini davolashda bir qator usullardan foydalansa bo‘ladi. Ularni quyidagicha ta’riflasa bo‘ladi: qo‘zg‘atuvchi faktorni cheklash, ko‘z yoshi ajralib chiqishini stimullash, ko‘zda yosh ushlanib turishini yaxshilash, ya’ni namlikni saqlab turish, qovoqlarni tozalash, ko‘z yallig‘lanish kasalliklarini bartaraf etish. Ko‘zning qurishi changda, dim havoda va konditsioner havosi ta’sirida kuchayishi mumkin. Bundan tashqari kompyuter qarshisida uzoq muddat o‘tirganda, kitob o‘qiganda, ko‘zlar charchaganda ham ko‘z qurib qoladi. Ushbu holatlarda ko‘zlarni yumib ochishni ko‘paytirish, ko‘zning namlanishini ta’minlab berish zarur. Noqulay sharoitdan qochish. Changli, quruq va tutunli havoda uzoq vaqt turmaslik, masalan fendan foydalanganda, turli xil isituvchi pechlar qarshisida bo‘lganda, ventilyatorlar shamoli ta’sirida, ayniqsa ular ko‘z tomonga qaratilgan bo‘lsa, ulardan qochish zarur. Issiq va quruq ob havo sharoitida ko‘z oynaklar taqish, kompyuterdan foydalanganda monitorni pastroqqa qaratib qo‘yish, qish mavsumida isitgich pechlardan foydalanganda xona namligi kamaymasligi uchun biror bir idishga suv solib qo‘yish kerak bo‘ladi. Suv balansini tiklash. Yengil va og‘ir ko‘z qurishlarida qo‘shimcha ko‘zni namlash muolajalari katta ahamiyat kasb etadi. ko‘z qurub qolishi Sun’iy ko‘z yoshidan foydalanish. Autologik zardobdan ko‘zga tomizish maqsadida foydalanish. Autologik zardob tarkibida A vitamin, epidermal o‘sish omili, fibronektin, gepatotsitlarni o‘stiruvchi omillarni saqlaydi, ularning barchasi ko‘zning normal holatini saqlab turish uchun muhim ahamiyat kasb etadi;

Qo‘shimcha muolajalar

Namlovchi mazlardan kun davomida foydalansa ham bo‘ladi, lekin ularning ko‘ruv o‘tkirligiga salbiy ta’siri tufayli uyqudan oldni qo‘llagan yaxshiroq. Bunday mazlar tarkibida oq vazelin, mineral moylar bo‘ladi. uni qo‘llash uchun qovoqlarni pastga tushirgan holda, oz miqdorda (0,25 dyum) ko‘z ichiga surtish kerak, mazlardan foydalanishdan oldin kontakt linzalari olib tashlanishi lozim.

Baliq go‘shti va omega-3-yog‘ kislotalarini iste’mol qilish

Baliq go‘shtini muntazam ravishda iste’mol qilish, organizmga kerakli bo‘lgan modda omega-3-yog‘ kislotalari bilan ta’minlashga olib keladi. Bu modda ko‘zni qurib qolishidan asraydi.

Skleral linzalar

Skleral linzalar katta kontakt linzalari bo‘lib, sklera qavatida joylashtirilib, shox parda uchun yosh zaxirasi vazifasini bajaradi. Quruq ko‘z sindromida, ushbu zaxira yordamida ko‘z shox pardasi namlanib turadi, shox pardadagi nerv oxirlari ta’sirlanishi hisobiga kelib chiqqan og‘riqni bartaraf etadi. Linzalar ko‘zning qurib qolishi natijasida kelib chiqadigan keyingi patologiyalarni oldini oladi, ko‘z mikrojarohatlarini bitishini tezlashtiradi. Skleral linzalar kislorod o‘tkazish xususiyatiga ega bo‘lsa ham ularni, tunda yechib qo‘yish kerak bo‘ladi, linzalarni ko‘zga joylashtirishdan avval dezinfeksiyalash zarur.

Protezlar

PROSE (ko‘z tashqi qavati protezli ekosistemasi) – zamonaviy davo muolajasi, maxsus ishlab chiqarilgan protez yordamida quruq ko‘z sindromini yengillashtirib, shox pardani namlab turadi.

Namlab turuvchi kamera

Namlab turuvchi kamera – bu ko‘zoynak bo‘lib, unda maxsus kamera ko‘z atrofini berkitib turadi va namlik saqlanib qoladi. Namlab turuvchi kameralar oddiy ko‘z bog‘ichi, ko‘zoynak, tungi ko‘z bog‘ichi ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin. ba’zi turdagi namlab turuvchi kameralar tunda ko‘zni namlashdan tashqari, iliq haroratni ham ta’minlab beradi. Bunday kameralarning ichki tomoni doimo namlanib turadi, xuddi “tuman” qoplangandek ko‘rinadi. Shuning uchun ko‘z o‘tkirligi talab etiladigan holatlarda ulardan foydalanmagan ma’qul, masalan avtomobil boshqarayotganda.

Ko‘z yoshi oqib ketishini bloklash

Har bir ko‘zda ikkita yosh ajratib chiqaruvchi teshiklar bo‘ladi. Ularning biri burun bo‘shlig‘iga, ikkinchisi ko‘z olmasiga ochilgan bo‘ladi. Shu chiqaruv yo‘llarining burunga ochilgan uchini maxsus usullar yordamida berkitib qo‘yilsa, ajralib chiqayotgan ko‘z yoshi burun bo‘shlig‘iga emas, balki ko‘z tomonga oqadi. Shu yo‘l bilan ko‘z namlanib turishi ortadi. Bunda ko‘z yoshi bezining chiqaruv yo‘liga punktual probka qo‘yilishi mumkin, yoki issiqlik va elektr toki yordamida kuydirilishi mumkin. Ko‘z yoshi yo‘llarida chandiq hosil bo‘ladi va u yerdan ko‘z yoshi burun bo‘shlig‘iga oqib chiqmaydi.

Xirurgik aralashuv

Keratokonyuktivitning og‘ir ko‘rinishlarida jarrohlik amaliyoti o‘tkazishga to‘g‘ri keladi – tarzarafiya amaliyoti bajariladi. Bunda qovoqlarning ma’lum bir qismi tortib tikib qo‘yiladi va toraytiriladi. Natijada ko‘z tirqishi kichrayadi va ko‘z yoshining bug‘lanib ketishi kamayishiga erishiladi.

Kasallik prognozi

Quruq keratokonyuktivit odatda surunkali muammo. Kasallik prognozi uning og‘irlik darajasidan kelib chiqib baholanadi. Quruq ko‘z sindromi belgilari jiddiy bo‘lib, inson normal hayot faoliyatiga salbiy ta’sir etadi. Ba’zida ko‘zlar shunchalik darajada achishadiki, inson hatto ko‘zini ocha olmaydi, uzoq muddat bir joyga tikila olmaydi. Belgilarni kamaytirish uchun namlovchi vositalardan simptomatik davo maqsadida foydalanish talab etiladi.

Profilaktikasi

Quruq ko‘z sindromidan himoya qiluvchi maxsus profilaktika yo‘q. kasallik asoratlari ko‘zni namlovchi vositalardan foydalangan holda bartaraf etiladi. Ovqatlanish tartibida ko‘z salomatligini tiklovchi mahsulotlardan ko‘proq bo‘lishi ham foyda beradi (A vitaminga boy mahsulotlar).