Trixologiya

MAQOLALAR

ico
Soch o'stirish - sirlari va eng samarali TOP-5 usuli

Soch to‘kilishi bilan har qanday yoshda, har qanday jins egalaridan qat’iy nazar hamma insonlar uchrashadi. Oxirgi 10 yillikda soch to‘kilishi bilan yoshlar ham ko‘p to‘qnash kelmoqda, bularga sabab ekologiyaning yomonlashishi va iste’mol qilinayotgan mahsulotlarda ko‘plab kimyoviy moddalar borligidir.
Soch o'stirish usullari haqida maʼlumot berishdan avval sochning toʻkilishiga nimalar sabab boʻlishini bilib olish maqsadga muvofiqdir.

Soch to‘kilishining sabablari

Soch to‘kilishining sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin:

Soch to‘kilishi insonning o‘z-o‘zini baholashida salbiy oqibatlar keltirib chiqarib, shaxsiy hayotda ayrim koʻngilsizliklarga sabab boʻlishi mumkin. Shuning uchun kosmetik va farmasevtik firmalar kallikka qarshi preparatlar tayyorlash uchun ko‘p pul sarflashadi, shampunlar, mazlar, gellar, balzamlar kabi “mo‘jiza” narsalar sochlarni tez tiklaydi deb aytishadi.

Agar siz soch to‘kilishiga qarshi arzon, samarali va oddiy usullarni bilmoqchi bo‘lsangiz quyidagi maqola sizga yordam berishi mumkin.

Ushbu maqola orqali uy sharoitida soch oʻstirish usullari haqida batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

Piyoz bilan soch o'stirish

Nima uchun trixologlar ko‘pchilik shifobaxsh sabzavotlar ichidan piyozni foydali deyishmoqda? Nima uchun yoqimliroq hidga ega bo‘lgan sabzavotlar tavsiya etilmayapti?

Hayron qolish kerakki, piyozning shu “yoqimsiz” hidi soch follikulalari uchun eng foydali jihati ekan. Piyozning bu o‘ziga xos hidi – oltingugurt elementining ko‘p saqlanishidan dalolat beradi, oltingugurt esa sochlar ildizi uchun foydasi juda katta. Boshqa hech qaysi mahsulot piyoz kabi ko‘p oltingugurt saqlamaydi.

Foto: Google Photo

Oltingugurt sochlarimizning elastikligi, mustahkamligi va silliqligini ta’minlovchi kollagen sintezi uchun kerak bo‘lgan elementdir.

Bu element organizmda umuman hosil bo‘lmaydi, inson faqatgina ovqatlanish yo‘li bilan oltingugurtni o‘ziga qabul qiladi.

Uning yetishmovchiligida teri quruqlashadi, tirnoqlar sinuvchan bo‘lib qoladi, sochlar to‘kiladi, chanqash hissi paydo bo‘ladi, umumiy holsizlik belgilari kuzatiladi.

Bundan tashqari, piyoz o‘zida tabiiy keratin moddasini saqlaydi. Shuning uchun piyozning tabiiy suvini soch ildiziga surish to‘g‘ridan to‘g‘ri samara beradi. Ko‘pchilik shampunlar o‘zida keratin moddasini saqlaydi.

Piyoz suvi har qanday etiologiyadagi soch to‘kilishida yordam beradi: yoshga bog‘liqligi, gormonal o‘zgarish, genetik, toksik bo‘lishidan qat’iy nazar.

Regulyar va uzoq muddat (kamida 3 oy) piyoz suvidan foydalanish butunlay kal bo‘lganda ham yordam beradi.

Piyozga asoslangan davolovchi niqoblar

Piyozdan foydalanishdan avval quyidagilarni hisobga olish kerak:

Hafta yoki oyda bir marta muolaja o‘tkazish hech qanday foyda bermaydi. Bunda siz faqatgina oz muddatli ko‘z yoshi va bir necha kun ketmaydigan yoqimsiz hid kelib turishiga erishasiz, xolos. Muolajani har kuni kamida 2 oy davomida o‘tkazish kerak.

Piyoz hidi sochlarga suv tekkanda kuchayadi. Sochlaringiz quruq holda piyoz hidi kelmaganidan qat’iy nazar, terlaganingizda va yomg‘ir ostida qolganingizda ularning hidi keladi. Piyozning o‘zini boshda qoldirishdan ko‘ra uning sokidan foydalanish hidlarning kam kelishini ta’minlaydi.

Piyozdan tayyorlangan maskalar boshda 30 daqiqadan ko‘p turishi tavsiya qilinmaydi, chunki siz bosh teringizni kuydirib olishingiz mumkin.

Endi piyoz asosida tayyorlanadigan niqoblar haqida to‘xtalamiz:

Oddiy piyoz suvi

Birinchi bo‘lib, kichik sochiq oling, uni bug‘da biroz ushlab turing, u nam bo‘lsin. Piyozni oling  va blendr yoki qiymalagichdan o‘tkazing, ajralgan sokni boshingizga sekin asta surting va biroz massaj qiling. So‘ngra nam sochiqni boshingizga yoping va yarim soat kuting. Keyin esa boshingizni toza suv bilan yuvib tashlang.

Piyoz va qalampir nastoykali niqob

Niqob tayyorlash ketma-ketligi yuqoridagi kabi, faqat qalampir nastoykasidan bir pipetkani to‘laligicha qo‘shish kifoya. Qalampir nastoykasini dorixonalardan topsangiz bo‘ladi. U soch ildizlarini stimullovchi xususiyatga ega bo‘lganligi sababli butunlay kallikda ham foyda beradi.

Sarimsoq va oddiy piyozli niqob

Bir bosh piyozga 2 bo‘lak sarimsoq qo‘shib, uni blendr yoki qiymalagichdan chiqazing va boshingizga surib, 30 daqiqaga qoldiring.

Bu muolaja faqatgina soch to‘kilishiga emas, balki qazg‘oqlarni ham yo‘qotadi. Sarimsoq va piyoz tarkibidagi tabiiy antibiotik –“fitonsid” sochlarda qazg‘oq hosil qiluvchi zamburug‘larni o‘ldirish xususiyatiga ega.

Piyoz, asal va tuxumli niqob

Soch to‘kilishiga vitaminlar yetishmasligi ham sabab bo‘ladi. Shuning uchun bu aralashma foydasi katta. Bir bosh piyozni olib, uni qiymalagichdan chiqazing, 3 choy qoshiq ozgina eritilgan asal va bitta xom tuxumni qo‘shing. Hosil bo‘lgan aralashmani boshingizga suring va 30 daqiqaga qoldiring.

So‘ngra bolalar shampuni bilan boshingizni yuving, chunki asalni ketgazish uchun bolalar shampuni yaxshiroq foyda beradi. Muolajani haftada 2 -3 bor o‘tkazish tavsiya etiladi. Qolgan kunlari oddiy piyozdan foydalangan ma’qul.

Quruq sochlar uchun piyoz, kokos moyi va pivodan tayyorlangan niqob

Agar soch to‘kilishi ularning sinishi, qurishi, terida qichishishlar bilan kechayotgan bo‘lsa, haftasiga 2-3 bor ushbu muolajani o‘tkazing: ikki bosh piyozni olib, uni qiymalagichdan chiqazib unga 1 oshqoshiq kokos moyi qo‘shing va yarim stakan pivo aralashtiring. Hosil bo‘lgan maskani boshingizda 30 daqiqaga qoldiring, so‘ng boshingizni yengil shampun bilan yuvib tashlang.

Piyozning yoqimsiz hiddan qanday qutulish mumkin?

O‘zingiz hal qiling, xushbo‘y hid taratib yurish yoki sog‘lom sochlarga ega bo‘lish, sizga qaysi biri ma'qul. Albatta, ko‘pchilik xushbo‘y hid deydi. Lekin sochlar to‘kilishida piyoz eng foydali usuldir. Agar kichik bir sirni bilsangiz yoqimsiz piyoz hididan oson qutulasiz.

Qisman yoki butunlay hiddan qutilishning 3 ta yo‘li bor:

  • Xushbo‘y hidga ega moylardan bir necha tomchi qo‘shish: yong‘oq, apelsin, shalfey kabi o‘simlik moylari yoqimsiz hiddan qutilish  va sochlarga jilo berish uchun ishlatish mumkin.
  • Kosmetik loylardan foydalaning: kosmetik loylarni muolajadan so‘ng 30 daqiqaga boshingizda qoldiring. U o‘ziga hidni tortib oladi.
  • Olma sirkasidan foydalaning: 9 % li olma sirkasining 1 oshqoshg‘ini 1 litr suvga aralashtirib, sochlarni ushbu aralashmada 5 daqiqa davomida ushlab turing, lekin suv bilan yuvib tashlamang.

Dengiz tuzi bilan soch o'stirish muolajasi

Bu usul qadim zamonlardan beri ma’lum va ancha samarali hisoblanib kelingan. Oddiy tuzning soch follikulalarini stimullashi va ularning o‘sishida roli katta. Lekin shuni ham qayd etish kerakki, oddiy mayda tuzlar foyda bermasligi mumkin, tuzning hajmi uning kristallari va kimyoviy tarkibiga ham bog‘liq. Tabiiy dengiz tuzi sochlarga quyidagicha ta’sir qiladi:

  • Tuz bilan massaj qilayotganingizda tuz kristallari terining muguzlanuvchi qavatini ko‘chiradi va yangi epidermis hosil bo‘lishini tezlashtiradi;
  • Tuzli eritma boshda qolib ketgan kosmetik qoldiqlarni, chang va kirlarni tozalab ketadi;
  • Tuz bilan massaj qilish teridagi poralarni ochadi, qon aylanishini yaxshilaydi va boshqa muolajalarning teriga singishini tezlashtiradi;
  • Dengiz tuzi tarkibidagi xlor va yod antibacterial xususiyatga ega va mikroblarni yo‘q qilib, qazg‘oq hosil bo‘lishini kamaytiradi.

Dengiz tuz bilan davolashning muhim jihatlari va nojo‘ya ta’sirlari

dengiz tuzi
Foto: freephotos.cc

Agar sizning sochingiz quruq va sinuvchan bo‘lsa, tuz bilan muolaja sochlar to‘kilishini kuchaytirib yuborishi mumkin. Yog‘li sochlarda ham tuzlarning nojo‘ya effekti bo‘lishi mumkin. Masalan, sizda seboreya va qichishish bo‘lsa, siz bosh terisini ko‘p qichishingiz natijasida u yerda yaralar hosil bo‘lgan bo‘lsa, tuz bilan massaj qilganda tuz kristallari yaralar kirib, ularning bitishini qiyinlashtirishi mumkin. Bundan tashqari, og‘riq ham chaqirishi mumkin.

Sochni tuz bilan davolash bosh terisi shikastlanganda, o‘ta quruq sochlarda, qandli diabet, qalqonsimon bez kasalliklarida va dermatologik kasalliklarda qo‘llash mumkin emas!

Tuz bilan davolanish ketma-ketligi:

  • Agar siz oddiy tuzdan ko‘ra dorixonadagi kosmetik tuzdan foydalanishni afzal deb topsangiz birinchi navbatda teringizning unga sezuvchanligini bilib oling. Buning uchun tirsak bukilmangizga shu tuz eritmasidan suring va 1 sutka kuting. Agar teringizda hech qanday qizarish va qichishish belgilari paydo bo‘lmasa, demak tuz sizga to‘g‘ri keladi.
  • Yuz, bo‘yin va sochlar atrofidagi teri sohasiga yog‘li kremlardan surting. Bu bilan siz tuzli eritmalar tushgan terining qurib qolishidan himoyalanasiz.
  • Tuz bilan massaj faqatgina yuvilmagan sochlarda amalga oshiriladi. Chunki bosh terisida yog‘ bilan qoplangan qoplama bo‘ladi va u terini qurib qolishidan saqlaydi.
  • Massaj qilish vaqti 5 daqiqadan oshmasligi zarur.
  • Tuzli maskalar 20-30 daqiqaga qoldirilishi mumkin. Bunda siz qichishish va qizish hissini sezsangiz darhol boshingizni toza suvda yuvib tashlashingiz kerak bo‘ladi.
  • Tuz bilan massaj qilingandan keyin boshni shampun bilan yuvish kerak emas. Chunki shusiz ham boshingiz quruqlashib qolgan. Muolajadan so‘ng romashka eritmasi bilan yuvish ham tavsiya qilinadi.
  • Muolajadan so‘ng sochlarni fen bilan quritish mumkin emas.
  • Tuz bilan muolaja haftasiga 2-3 marta 1 oy davomida o‘tkaziladi. Keyin esa 4-6 hafat kutilib yana muolaja davom ettiriladi.

Tuzlar bilan muolaja qilish vaqti qish va bahor vaqtlaridir, chunki bu paytda sochlar bosh kiyim kiyib yurilgani uchun kir bo‘ladi. Yoz oylarida esa muolaja o‘tkazish tavsiya qilinmaydi, chunki shundoq ham boshlar terisi issiq havoda quruq bo‘ladi.

Tuzli aralashmalar tayyorlash retsepti

Oddiy tuz. Soch ildizini ozgincha namlagan holda katta o‘lchamdagi dengiz tuzini olib boshlarni 5-7 daqiqa davomida massaj qilish kerak. Bunda tuz kristallari to‘liq erib ketishi kerak. So‘ng boshni toza suvda yuvib, oddiy usulda quritish kerak.

Zaytun moyi. 50 ml zaytun moyidan olib unga 50 gr tuz soling va idishni suv solingan boshqa idishga solib, bir oz qizdiring. Tayyor bo‘lgan aralashmani yuvilmagan boshga suring va ustidan polietilen plyonka bilan yoping, uning ustidan esa sochiq o‘rab oling. 30 daqiqa o‘tgach boshingizni iliq suvda yuvib tashlang.

Asal. 50 ml suyuq asalga 50 gr tuz solib, mikserda ko‘piklar hosil bo‘lguncha aralashtiring. Hosil bo‘lgan aralashmani sochlaringiz ildiziga surib, 20-30 daqiqaga qoldiring, so‘ngra iliq suvda yuvib tashlang.

Tuxum sarig‘i. 2-3 ta tuxum sarig‘ini ajratib olib, unga 2-3 oshqoshiq tuz qo‘shing va mikserda aralashtiring, bunda tuz kristallari oxirigacha erib ketmasligi kerak. Tayyor bo‘lgan aralashma bilan soch ildizlarini 5-7 daqiqa tuz to‘liq erib ketgunga qadar massaj qiling, keyin yuvib tashlang.

Kosmetik loy. Havorang kosmetik loy va suvning aralashmasidan 100 ml tayyorlang va shuncha miqdorda tuz qo‘shing. So‘ngra 5-7 daqiqa davomida boshingizni massaj qiling va yuvib tashlang.

Soch to‘kilishini davolashda achchiq qalampir nastoykasi

Inson soch follikulalari qo‘shimcha ravishda, ichki va tashqi salbiy omillar yoki mexanik shikastlanish ta’siri ostida vaqtincha o‘sish qobiliyatidan mahrum bo‘lganlar ham bor. Barcha follikullarni uyg‘otish va faollashtirish uchun ,ba’zan, siz radikal vositalarga murojaat qilishingiz kerak, ulardan biri qizil qalampir nastoykasidir.

soch to‘kilishini davolash
Foto: www.ayzdorov.ru

Qalampir teriga tushgandan keyin mahalliy qizdirish va stimullash ta’siriga ega. Muolaja uchun dorixonalarda topiladigan qalampir nastoykasidan foydalaniladi. Dorixonadan olingan nastoyka 3-4 marta ishlatishga yetadi, xolos.

Agar siz xarajat qilishni istamasangiz o‘zingiz ham nastoyka tayyorlashingiz mumkin. Lekin dorixonadan olganingiz ishonchliligini ham inobatga olib qo‘ying.

5-7 dona qalampir oling, quritilgan yoki yangisi ham bo‘laveradi. Ularni ko‘ndalangiga 1 sm dan kesib chiqing. 1 litrli bankaga yarim litr aroq yoki tibbiy spirt soling, unga kesilgan qalampirlarni tashlab 14 kunga qorong‘u joyda og‘zi berkilgan holda qoldiring.

Vaqti-vaqti bilan chayqatib aralashtirib turing. Tayyor bo‘lgan aralashmani muzlatgichda saqlang.

Qalampir nastoykasidan niqob tayyorlash

1 oshqoshiq nastoykadan olib shuncha miqdordagi har qanday soch uchun mo‘ljallanga balzam bilan aralashtiring. Paxta bilan shimdirib sochlaringiz ildiziga surib chiqing. Ustidan polietilen sellofan qoplab, bosh kiyim kiyib oling. 30 daqiqadan so‘ng boshingizni yuvib tashlasangiz bo‘ladi.

Tavsiyalar:

  • Agar siz achishish hissini sezsangiz, darhol boshingizni yuvib tashlang. Keyingi safar nastoykadan kamroq soling yoki suv bilan aralshtirib yuboring;
  • Umuman qizish hissi sezilmasa, bu nastoykaning noto‘g‘ri tayyorlanganidan yoki yaxshi saqlanmaganidan dalolat beradi;
  • Aroq bilan tayyorlangan nastoykani 5 martagacha, spirt bilan tayyorlangan naastoykani esa 10 martagacha suyultirish mumkin, undan ko‘pi samara bermasligi mumkin, oshig‘i esa zararli ta'sir ko‘rsatishi mumkin
  • Bu aralashma yog‘li sochlar uchun mo‘ljallangan, quruq sochlar uchun esa qo‘shimcha sifatida balzam bilan birga qo‘llash tavsiya etiladi.
  • Agar boshda jarohatlar bo‘lsa, bu aralashmani umuman ishlatmang!
  • Hafta davomida 2-3 marta qo‘llash kifoya, agar butkul kallik bo‘lsa, har kuni 1 martadan 2-3 oy davomida qo‘llash mumkin.

Qora sedana moyi

Bu osimlik moyi ozuqaviy moddalar, aminokislotalar, lipidlar, vitaminlar va minerallarga boy bo‘lib, ular bilan sochlarni mustahkamlashingiz va hatto alopesiyaning so‘nggi bosqichlarida ham natijaga erishishingiz mumkin. Kosmetika va farmatsevtika sanoati sohasida qora sedana yog‘i terapevtik shampunlar, balzam va maska, shuningdek, yoshartiruvchi yuz va tana kremlarini ishlab chiqarish uchun keng qo‘llaniladi. Tayyor mahsulotlarga ko‘p pul sarflash o‘rniga, siz dorixonada qora sedana moyini sotib olishingiz va uni uy sharoitida qo‘llashingiz mumkin.

soch o‘stirish
Foto: polzavred.ru

Qora sedana moyi bosh terisi va soch quyidagicha shifobaxsh ta’sir ko‘rsatadi:

  • Soch follikulalarini mustahkamlaydi, vitaminlar, aminokislotalar va fermentlar bilan to‘yintiradi;
  • Mexanik ta’sir natijasida zararlangan sochlarni qayta tiklaydi (bosh kiyim kiyib yurganda);
  • Quyosh nurlarining zararli effektidan sochlarni himoyalaydi;
  • Hujayralarni regeneratsiyasini kuchaytiradi va “uxlab yotgan” soch follikulalarini uyg‘otadi.

Bu juda kuchli mahsulotdir, shuning uchun qora sedana moyini ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak. Uydagi tabiiy maskalari tarkibida uning ulushi terapevtik aralashmaning umumiy massasining 20 %idan oshmasligi kerak. Davo chorasini kuchaytirish uchun qora sedana moyini olib, ovqatdan 10-15 minut oldin 1 choy qoshiqdan 3 marta qabul qilish mumkin.

Sochni qora sedana moyi bilan davolash 4-6 hafta tanaffus bilan amalga oshiriladi, chunki bu preparatni doimiy ravishda qo‘llash, organizmda biologik faol moddalar to‘planib qolishiga olib keladi. Sochni mustahkamlashning bu usuliga bevosita qarshi ko‘rsatmalar mavjud emas, lekin ba’zida qora sedana moyi allergiya holatlarini chaqirishi ham mumkin.

Birinchi bor qo‘llayotganingizda, albatta, teri bilan sinama o‘tkazib ko‘ring.
Agar sizning emizikli chaqalog‘ingiz bo‘lsa yoki homilador bo‘lsangiz, sedana moyini qo‘llashingiz mumkin emas!

Soch o'stirish uchun qora zira moyidan tayyorlanadigan niqoblar

Quyida biz sizlarga 7 ta eng samarali retseptlarni keltiramiz:

Qalampir va kokos moyi bilan. Jarayon ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchidan, sochlarning ildizlariga 10 daqiqa davomida qizil qalampir nastoykasi qo‘llaniladi. U yaxshi qizdiradi va soch follikullarini tayyorlaydi. Keyinchalik, qalampir yuviladi va suv hammomida isitiladigan bir necha tomchi kokos moyi bilan qora sedana moyi aralshmasi bilan massaj qilinadi. Aralashma 30 daqiqa davomida ushlab turiladi va yaxshilab yuvib tashlanadi.

Piyoz suvi bilan aralashma. Sedana moyi va qora kunjut moyidan arlashma tayyorlang, unga piyoz suvidan siqib aralashtiring. Tayyor bo‘lgan maskani boshingizga surtib, 20-30 daqiqa saqlang, bunda boshingizga bosh kiyim kiyib olganingiz ma’qul. So‘ngra boshni iliq suvda yuvib tashlang.

Romashka va qora sedana moyidan tayyorlangan niqob. 100 ml iliq romashka nastoykasiga 1 oshqoshiq qora sedana moyidan soling. Hosil bo‘lgan aralashmani 20-30 daqiqa davomida boshingizda ushlab turing, unga limon sokidan siqib aralashtirsangiz xushbo‘y hid ham beradi.

Qatiq bilan aralashma. Agar soch to‘kilishi qazg‘oq bilan kelsa, yarim stakan ilitilgan qatiq oling, unga 1 oshqoshiq qora sedana moyidan soling. Aralashmani 15-20 daqiqa davomida bosh kiyim kiygan holda qoldiring. So‘ngra iliq suvda yuvib tashlang.

Smetana-zaytun moyi va qora sedana moyi bosh terisi qurilishiga qarshi. Agar sochingiz tushib ketgan bo‘lsa va bosh terisi juda yumshoq bo‘lsa, ushbu retseptni qo‘llab ko‘ring: 50 ml zaytun moyini 50 ml smetana va 1 osh qoshiq qora sedana moyiga aralashtiring. 5 daqiqa davomida massaj qilish yo‘li bilan boshingizga suring, so‘ngra 30 daqiqaga qoldiring va yuvib tashlang.

Natija bo‘lmasa nima qilish kerak?

Soch to‘kilishining og‘ir formalarida, masalan diffuz yoki androgen kallikda odamlar xalq tabobatiga shubha bilan qarashadi. Biroq bu muolajalar qimmatbaho preparatlar va trixologlar beradigan davo choralariga hech qanday zarar keltirmaydi. Agar siz shunday bo‘lsangiz 3 muhim narsani bilishingiz zarur:

Malakali shifokor faqatgina butunlay soch to‘kilganda, ya’ni sochlar umuman qayta tiklanmaganda, sochlarni ektirish uchun kerak. Boshqa hollarda siz o‘zingiz bemalol soch to‘kilishiga qarshi kurashishingiz mumkin;

Zamonaviy soch o‘stiruvchi vositalarning deyarli barchasi yuqorida keltirilgan moddalarni o‘zlarida saqlashadi. Siz tabiiy vositalardan foydalanib, ko‘pgina pulni tejab qolishingiz mumkin;

Muolajalarning natijasini faqatgina to‘liq bajargandagina ko‘rish mumkin, har kuni uzluksiz va bir necha oyda qilingan muolajalar effekt beradi;

Shunday qilib, “natija bo‘lmasa nima qilish kerak?” degan savolga javob beramiz. O‘zingizdan so‘rang, ushbu natijaga erishish uchun hamma narsani qildingizmi? Agar bo‘lmasa, unda irodani mustahkamlang, dangasalikdan voz keching, maqsadga intiling va taslim bo‘lmang. Ijobiy munosabat va muvaffaqqiyatga ishonish, albatta, sochlarning eski salobati va go‘zalligini qayta tiklashga imkon beradi.

Sog‘ bo‘ling!

Foydali maqolalar: 

© German Olga Leonidovna, shifokor-trixolog.
Ayzdorov.ru / Avitsenna.uz

ico
Soch nima uchun to‘kiladi?
Sochning to‘kilishi — keng tarqalgan muammo. Ayollarning uchdan bir qismi va erkaklarning aksariyati shundan aziyat chekadi. Biroq taroqlardagi sochlar har doim ham xavotirga sabab bo‘la olmaydi. Soch to‘kilishining ham nasliy, ham bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan sabablari ko‘p, buning uchun ba’zi odatlar va turmush tarziga tuzatish kiritilsa kifoya. Sochlarning to‘kilishidan nafaqat keksalar, balki yoshlar ham shikoyat qilishadi. Shunday bo‘lsa-da, sochlarning salomatligi bilan shug‘ullanuvchi trixologlar - shifokor-dermatologlar - har kuni yuztacha sochning to‘kilishi xavotir uchun asos bo‘la olmasligi, bu organizmning normal funksiyasi ekanini ta’kidlashmoqda. Bahor va kuz mavsumlarida sochlar boshqa fasllarga qaraganda ko‘proq to‘kiladi, bunday mavsumiy o‘zgarishlardan qo‘rqishga hojat yo‘q. soch Biroq vannaga tushganingizdan keyin hamma yoq soch bilan to‘lsa, mutaxassisga uchrashishni kechiktirmang. Londondagi amaliyotchi trixolog Anabel Kingslining fikricha, sochlarning to‘kilish sabablari genetik (nasliy) va reaktiv (organizmning o‘ziga xos reaksiyasi) bo‘ladi. Birinchi holatda muammo bilan kurashishning deyarli imkoni yo‘q, ikkinchisida - sababning bartaraf etilishi, qoidaga ko‘ra, salbiy jarayonni to‘xtatadi va sochlar jilosini qayta tiklaydi. Insonning genetik jihatdan soch to‘kilishga moyilligini aniqlash oson: uning ota-onasiga nazar tashlansa, bas. Reaktiv sabablar orasida esa quyidagilarni keltirish mumkin:

Gormonal nomuvofiqlik

Gormonlar muvozanatining buzilishi ko‘plab kosmetik muammolarni yuzaga keltiradi. Sochlarning to‘kilishi - ulardan biri, xolos. Ayollar gormonlari
estrogenlar soch tolalari bilan “do‘stlasha olsa”, androgenlar - erkaklar jinsiy gormonlari - davriylik davomiyligini qisqartiradi. Endokrin tizimining ishdan chiqishi natijasida namoyon bo‘lgan gormonal buzilish anrogenlarning me’yordan ko‘payib ketganida yuzaga kelib, sochlarning to‘kilish holatini keltirib chiqarishi mumkin.

Stress

Sochning asabiy zo‘riqishdan to‘kilishi afsona emas. Stressning ta’sir ko‘rsatish mexanizmi bundan oldingi holatdagidek kechadi, muammo organizmda androgenlarning oshib ketishi natijasida paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, Anabel Kingsli ta’kidlaydi:
Stress shuningdek qazg‘oq kabi bosh terisi bilan bog‘liq muammolar, ovqat hazm qilish tizimida tartibsizliklarni ham keltirib chiqaradi. Bularning bari esa sochlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi tabiiy.

Kamqonlik

Temir moddasi sochlarning mustahkamligi va normal o‘sishi uchun zarur. Biroq soch tana uchun hayotiy muhim ahamiyat kasb etmaydi. Shu tufayli temir moddasining yetishmovchiligi, eng avvalo, sochlarda aks etadi. Mineral zaxiralari kamaygan paytda, organizm “ichki zaxiralari”ni sarflaydi.

Gipotireoz va gipertireoz

Qalqonsimon bez oqsil ishlab chiqarish va to‘qimalarning kislorod bilan to‘yinishini nazorat qilib, organizmning butun metabolizmini boshqaradi. Shuning uchun uning faoliyatidagi har qanday buzilish sochga ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, gipotireoz — temir tanqisligidan yuzaga keladigan kamqonlik sabablaridan biri.

B12 vitaminining yetishmovchiligi

B12 vitaminining yetishmovchiligi surunkali charchoqni keltirib chiqaradi, shu bilan birga, sochlarning to‘kilishiga ham sabab bo‘lib, ularning jilosiga ta’sir ko‘rsatadi. To‘qimalarga kislorod yetkazib beruvchi qizil qon tanachalarining holati unga bog‘liq. B12 vitaminining tanqisligidan ayniqsa vegetarianlar aziyat chekadi, zero vitamin organizmga hayvon oqsillari bilan birga kiradi.

Vaznning keskin pasayishi

Ba’zi odamlar turli parhezlardan foydalanib, ortiqcha kilogrammlardan tezda xalos bo‘lishning uddasidan chiqishadi. Biroq tana keskin o‘zgarishlarni yoqtirmaydi va bunga qarshilik qiladi. Hayot uchun kurasha olmaydigan sochlar esa bunda birinchi bo‘lib jabrlanadi.

Ortodoks / Kun.uz

ico
Sochlar nega oqaradi?

Yosh o‘tishi bilan soch oqarishi

Sochlarning oqarishi asosan organizmning qarishining belgisi va bevosita oqibatidan dalolat beradi. Yosh ulg‘aygan sayin pigment hosil qiluvchi hujayralarning funksiyasi sustlashadi va melanin moddasini ishlab chiqarish to‘xtaydi. Ushbu tabiiy jarayon boshlanadigan vaqt har kishida genetik tarzda belgilangan. Ma’lum bo‘lishicha, yevropeoid irqiga mansub kishilarda soch oqarishi taxminan 34 yoshda (plyus-minus 10 yil), osiyoliklarda - 30-34 yoshda, qora tanli aholi o‘rtasida esa o‘rtacha 43 yoshda (plyus-minus 10 yil) paydo bo‘lar ekan.

Sochlarning erta oqarishi

Yuqorida aytib o‘tganimizday, sochlarning rangi melanin moddasiga bog‘liq bo‘lib, u soch ildizidagi hujayralar tomonidan ishlab chiqariladi. Ana shu pigment yo‘qolishi bilan sochlarning rangi o‘zgara boshlaydi va soch tolalari kumushrangga bo‘yaladi. Ko‘p hollarda soch oqarishi 35 yoshdan keyin boshlanadi, ammo undan ham ertaroq boshlanishi mumkin. Hozirgi paytda bunday holatlar tez-tez uchramoqda.

Sochlarning erta oqarish sabablari

Ba’zi kishilarda soch oqarishi juda erta boshlanganini ko‘rib qolamiz. Bu genetik moyillik oqibati bo‘lishi ham, biror bir tashqi noqulay omillarning ta’siri yoki organizmdagi kasalliklarning natijasi ham bo‘lishi mumkin. Masalan,
anemiyada (kamqonlikda), qalqonsimon bez funksiyasining buzilishida (giperfunksiya), qandli diabet bilan xastalanganda, yurak qon bilan yetarli darajada ta’minlanmaganida, jinsiy funksiyalar buzilganida, haddan tashqari ko‘p tuz iste’mol qilinganida, organizmdagi kislotalilik darajasi baland bo‘lganida sochlar erta oqarishi mumkin. Buning sababini aniqroq qilib aniqlashda sizga shifokor yordam beradi. Ammo bu masalani o‘zingiz ham hal qilishingiz mumkin, buning uchun oxirgi oylardagi voqealarni tahlil qilsangiz bo‘ldi. Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, organizmda ba’zi bir moddalarning yetishmovchiligi tufayli melanin ishlab chiqilishi to‘xtaydi yoki soch o‘zagining oqsilida ushlanib qoladi. Tarixda juda qisqa vaqt ichida odamlarning sochlari kuchli asabiy holat yoki stress tufayli oqarib ketgan holatlar ham uchrab turadi. Masalan, frantsuz qirolichasi Mariya Antuanettaning sochlari qatl jazosidan oldin bir kechada oqarib ketgan. Bu hodisani stress vaziyatlarda organizm melanin va oqsil moddasini birlashtiruvchi kimyoviy reaksiyani buzadigan moddalarni ishlab chiqara boshlashi bilan tushuntirish mumkin. Buning natijasida pigment juda tez tushib qoladi, yuvilib ketadi yoki neytrallashadi. Oq sochlar turli omillar ta’siri ostida soch tuzilmasida havoli bo‘shliqlar yuzaga kelishi natijasida ham paydo bo‘lishi mumkin. Bunda sochlarning rangi nurning sinish burchagi o‘zgargani tufayli kulrang tusga kiradi.

Sochlar erta oqarganida

  • Boshni qichitqi o‘t barglari va ildizlaridan tayyorlangan qaynatma bilan chayish lozim. Qaynatmani tayyorlash uchun 50 gramm quritilgan qichitqi o‘tga yarim litr suv solinadi va 500 ml uksus qo‘shiladi, keyin 30 daqiqa davomida qaynatiladi. Qaynatma dokada suzib olinadi va har kuni kechqurun bir necha kun davomida bosh terisiga ishqalab suriladi.
  • Fidji orollarida tub aholi yangi kavlangan zanjabil (imbir) ildizini olib, uni bo‘laklarga kesgan holda, asalning ichiga solib qo‘yishar ekan. Ularning ta’kidlashicha, tayyor bo‘lgan massani qabul qilish oq sochlar sonini kamaytiradi. Uni tayyorlash uchun yangi kavlangan zanjabil ildizi yuqilib, tozalanadi va ko‘ndalangiga dumaloq shaklda kesib chiqiladi. Zanjabil bo‘laklari ustidan durda bog‘lashga ulgurmagan yangi asal quyiladi, u zanjabilni biroz yopib turishi kerak. Ushbu massa kamida ikki hafta saqlanadi.
Mavzuga aloqador foydali maqolalar: 
ico
Bolaning sochini kal qilib olish foydalimi?
Bir yoshli bolaning sochini kal qilib olish kelajakda uning sochlarining tezroq o‘sishi, qalinroq va sog‘lomroq bo‘lishiga olib keladi degan fikrlar mavjud. Ko‘pchilik ushbu usul orqali kichkina odamchaning jingalak yoki tekis sochga ega bo‘lishi yoki sochlarining rangini o‘zgartirishga erishish mumkin deb hisoblaydi. Bolada bu jarayonni amalga oshirish qanchalik samara berishi haqida ekspertlarning fikri bilan tanishamiz.
Irina Perren, bolalar shifokori, Yevropa tibbiyot markazi Bolalar klinikasi pediatriya bo‘lim boshlig‘i Sochlarning tekis yoki jingalak bo‘lishi genetik omil hisoblanadi. Uning qalinligi esa soch ildizlarining soniga bog‘liq. Bolaning sochlari kal qilib olinsa, undagi soch ildizlari ko‘payib qolmaydi va sochlari qalinlashmaydi. Chaqaloqning mayin sochlari o‘rniga kattalarga xos qalinroq sochlarning chiqishi hisobiga ular qalinlashgandek yolg‘on tasavvur yuzaga kelishi mumkin. Sochlarning almashib turishi tabiiy jarayon, shu sababdan ularni qirib olish uning o‘sish tezligiga ham, sifatiga ham hech qanday ta’sir qilmaydi.
Katerina Zabrodina«Strij» oilaviy go‘zallik saloni sartaroshi Bir yashar bolaning sochini albatta kal qilib olish shart emas, ularni qisqartirishning o‘zi yetarli. Bolakayning birinchi mayin sochlari tez-tez chalkashib, noqulaylikni yuzaga keltirganligi uchun ularni kaltalatish yaxshi natija beradi. Ba’zan bola boshining old qismi va ensa qismidagi sochlari chakkalaridagiga qaraganda tezroq o‘sishi mumkin. Bolaning sochlarini bir yoshligida kaltalatish orqali ularning bir tekis o‘sishiga erishish mumkin. Shuningdek, bu jarayonning yana bir ijobiy tomoni kichik yoshligidan bolaning sochlarini kaltalatish uning bu jarayonga tez ko‘nikishiga sabab bo‘ladi. Asosiysi uni bunga majburlamaslik kerak. Aks holda bola bu jarayonni qo‘rqinchli va yoqimsiz hodisa sifatida qabul qilishi va keyinchalik sartaroshga borish jarayonida qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin.
Dmitriy Ellinskiy, trixolog shifokor Sog‘liq nuqtai-nazaridan bolalar sochini qirib olish uchun zarurat yo‘q. Bu jarayon sochning o‘sishi va qalinligiga hech qanday ta’sir qilmaydi. Chunki soch follikulalari va soch turi ona qornidayoq shakllanadi. Shuning uchun sochni qirib olish uning son jihatdan ko‘payishiga olib kelmaydi, aksincha ustaraning o‘tkir tig‘i bolaning ta’sirchan bosh terisiga shikast yetkazishi mumkin.

© "Farzand.uz" nashri tarjimasi.

ico
Sochlarni to‘g‘ri yuvish haqida tavsiyalar
Parijlik mashhur mutaxassis Kristof Robinning sochlar har doim chiroyli va sog‘lom bo‘lib turishi uchun nimalar qilish kerakligi haqida bir necha maslahatlari bilan tanishing. sochni yuvish

Birinchi qadam

Yuvishdan keyin tarash oson bo‘lishi uchun boshida ularni tarang. Kristof Robin avvalo sochlarning uchini, keyin esa ildizlarini tarashni tavsiya qiladi.

Ikkinchi qadam

Sochlaringizning uchlariga biror-bir tabiiy yog‘ suring va ularni yana tarang. Toza bodom yoki argan yog‘lari juda mos keladi. Aslida ularni sochlaringizda bir kecha qoldirsangiz maqsadga muvofiq bo‘lar edi, lekin buni istamasangiz 15 daqiqa ham yetadi.

Uchinchi qadam

Sochingizning turiga mos keluvchi shampundan foydalaning. Mutaxassisning fikricha, bo‘yalgan sochlarni yaxshisi sulfatsiz shampunlar bilan yuvganingiz ma’qul. Sulfatli shampunlarni esa bo‘yalmagan va ildizlari yog‘li bo‘lgan sochlar uchun ishlatish mumkin. Jingalak sochlilar esa ularning sochlari quruqlikka moyil bo‘lgani uchun tozalovchi konditsionerlardan foydalanishlari mumkin. Va eng asosiysi, shampunni (bir choy qoshig‘i yetarli bo‘ladi) sochning uchlariga emas balki ildizlariga surish kerak.

To‘rtinchi qadam

Shampunni yaxshilab yuvib tashlang. “Ko‘pchilik bu jarayonga yetarlicha vaqt sarflamaydi va yuvish vositasini to‘liq ketkazmaydi, — deydi Kristof. — Sochlar tozalikdan g‘ichirlashlari kerak”. Sochlar parvarishiga oid qiziqarli ma'lumotlarni saytimizning "Trixologiya" bo‘limi orqali o‘qishingiz mumkin.

Wday.ru / Daryo.uz

ico
Soch oqarishini to‘xtatish mumkinmi?
Organizmda sochlarning rangi uchun maxsus melanotsit hujayralarida ishlab chiqariladigan melanin pigmentlari javob beradi. soch oqarishi Pigmentlar ishlab chiqarilishi to‘xtatilgandan so‘ng oq sochlar paydo bo‘ladi. Bu jarayonga qarish, genetik omillar, kasalliklar, chekish va B12 vitaminlarining yetishmasligi kabi omillar ta’sir qilishi mumkin. Yoshga va irsiyatga bog‘liq ravishda pigmentlarning yo‘qolishiga qarshi choralar yo‘q. Shuning uchun, maslahatimiz: oq sochlardan qutulmoqchi bo‘lsangiz ularni bo‘yashingiz mumkin. Oq sochlarni sochlar uchun maxsus tush bilan bo‘yang. U alohida oq soch tutamlarini yashirish uchun juda mos keladi va suv bilan yuvib tashlash mumkin. Oqargan soch ildizlarini bo‘yash uchun maxsus vositalardan ham foydalanishingiz mumkin. Ular sprey yoki upa ko‘rinishida chiqariladi va uni to shampun bilan yuvib tashlamaguningizcha saqlanib turadi. Rangli shampunlardan foydalaning. U tez yuvilib ketmaydi va sochlaringizda bir necha kungacha turadi. Agar sochlaringiz oqarishi yoshga ham, irsiyatga ham bog‘liq bo‘lmasa, u holda bu jarayonni orqaga surish mumkin. Buning uchun:
  • Chekishni tashlang (yoki umuman boshlamang).
  • Hayvonlardan olinadigan oziq-ovqatlarni iste’mol qiling, ayniqsa jigar: uning tarkibida B12 vitamini bor.
  • Maxsus vitaminli qo‘shimchalarni yaxshisi shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng qabul qilganingiz ma’qul.
  • Stress bilan kurashishga o‘rganing.
Mavzuga aloqador foydali maqolalar: 

© Myfamilydoctor.ru / Daryo.uz