Qalqonsimon bezi gormonlarining yetarlicha ishlab chiqarilmasligi (gipotireoz) tushkunlik, apatiya va depressiyaga sabab bo‘ladi. Aksincha ortig‘i bilan ishlab chiqarilishi (gipertireoz) esa odamlarni agressiv, ta’sirlanuvchan va xavotirli qilib qo‘yadi. Quyida biz gipotireozning asosiy belgilariga to‘xtalib o‘tamiz:

Ich qotishi

Hazm qilishni va ich kelishini buzilishi, kekirish va oshqozon sohasidagi og‘irlik gipotireozning keng tarqalgan simptomlari hisoblanadi.

Uyquchanlik

Gipoteriozi mavjud odamlar sutkasiga 12 soat yoki bir necha kun davomida tinimsiz uxlashi mumkin, lekin baribir o‘zini charchagan his qiladi. Uyquchanlik va lanjlik xavfli signallar hisoblanadi.

Soch to‘kilishi va teri quruqshashi

Gormonal disbalans va moddalar almashinuvini pasayishi natijasida teri vo soch tolalarini oziqlanishini buzilishi kuzatiladi. Nursiz ko‘zlar, terini oqarib, sarg‘ayishi gipotireozning yana bir belgisi hisoblanadi.

Semirish

Sababsiz tana vaznining ortishi uning xar qanday parxez va cheklovlar ta’sirida ham tushmasligi buqoq bezi faoliyati pasayganda kuzatiladi.

Muskullar og‘rig‘i va poy tortishishi

Gipotireoz natijasida nervlarni zararlanishi va muskullar spazmi, talvasasi va oyoq-qo‘llar uyushishi kuzatiladi.

Yurak ritmini buzilishi

Yurak urishlari sonini va arterial qon bosimini pasayishi, shuningdek yurak soxasidagi og‘riqlar buqoq gormonlarini pasayishida kuzatiladi.

Parishonxotirlik

Gipotireozga xotira va ish faoliyatini pasayishi, diqqat-e’tibor susayib, axborotlarni qabul qilishni qiyinlashuvi xos.

Shishlar

Tilning yo‘g‘onlashuvi, unda tish izlarini qolishi, yuz va oyoq-qo‘llarni shishi, barmoq bilan bosganda chuqurchalarni qolmasligi giprtireozga xos.

Bo‘yin sohasidagi diskomfort

Buqoq bezining kattalashuvi bemor tomog‘iga biror narsa tiqilganini his qilishi va ovozi bo‘g‘ilishiga sabab bo‘ladi.

© Gepadmed.uz