Maxfiylik siyosati
Amaldagi maxfiylik siyosati https://avitsenna.uz (matnda keyingi o‘rinlarda – “Sayt” yoki “Sayt ma’muriyati” deb yuritiladi) veb-sayti foydalanuvchilari tomonidan qabul qilingan ma’lumotlardan foydalanish, ularni qabul qilish, saqlash va yuzaga chiqarishni qanday yo‘llar bilan amalga oshirishini belgilaydi.
Sayt uchun kiritilgan har qanday foydalanuvchining ma’lumotlari “Fikr bildirish” tugmasi bosilgandan so‘ng, foydalanuvchining o‘zi mustaqil ravishda, o‘zining qiziqish doirasida va xohishiga ko‘ra qayta ishlanishiga rozi bo‘lgan deb hisoblanadi. Shu holatdan kelib chiqib foydalanuvchining roziligi konkret va ongli ravishda bo‘lgan deb yuritiladi.
Foydalanuvchidan qanday ma’lumotlarini va qaysi maqsadda yig‘amiz
Izohlar
Agar foydalanuvchi saytda izoh qoldirgan bo‘lsa, biz ma’lumotlarni izoh sifatida qabul qilamiz, spamni aniqlash maqsadida uning IP manzili va user-agent brauzeri ma’lumotlarini yig‘amiz.
Foydalanuvchi tomonidan yaratilgan anonim email manzili foydalanuvchi tomonidan haqiqatdan ham ishlatilishiga ishonch hosil qilish maqsadida Gravatar xizmatiga yuboriladi.
Gravatar xizmatining “Maxfiylik siyosati” qismiga quyidagi link orqali o‘tiladi:
htttps://automatic.com/privacy/
Foydalanuvchi izoh qoldirganidan so‘ng uning profilidagi rasmi ommaviy ravishda o‘z izohi kontekstida ko‘rinadi.
Foydalanuvchi izoh qoldirish uchun o‘z shaxsiy ma’lumotlarini ko‘rsatib o‘tmaslikka haqqi bor, bunday holatda ism va email maydoniga Anonim va [email protected] so‘zlari ketma-ketlikda kiritilishi kerak.
Cookie
Agar foydalanuvchi saytda izohlarni doimiy qoldirmoqchi bo‘lsa, ism, email manzili va vebsayt manzilini cookiyeda saqlab qo‘yishi mumkin. Bu foydalanuvchi uchun qulaylik yaratadi, foydalanuvchi qayta izoh qoldirmoqchi bo‘lsa, o‘z ma’lumotlarini qaytadan kiritishga hojat qolmaydi. Ushbu cookiye bir yil davomida saqlanib qoladi.
Boshqa vebsaytlar ma’lumotlari qo‘yilgan bo‘lsa
Sayt maqolalari o‘zida boshqa saytlardan olingan ma’lumotlar (masalan video, rasm, maqola va boshq.) ni saqlashi mumkin, foydalanuvchi ma’lumot olingan boshqa saytga kirganida, olingan ma’lumotlar huddi shunday ko‘rinishda yoki mazmunda bo‘ladi. Yoki foydalanuvchilarga qulayroq ko‘rinishda uzatish maqsadida biroz o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ushbu vebsaytlar ham foydalanuvchining ma’lumotlarini cookiyeda saqlashi, uchinchi tomon sifatida tekshirishi va foydalanuvchining vebsaytdan olingan ma’lumotlardan qanday foydalanayotganligini kuzatishi mumkin.
Veb-analitika
Foydalanuvchi saytda programmalashtirilgan uchinchi shaxs tomonidan o‘zining ma’lumotlarini qabul qilishi va yuborishi mumkinligini biladi va rozi bo‘ladi.
Programmalashtirilgan uchinchi tomonlarga quyidagilar kiradi:
- Saytdan foydalanganlik statistikasini yig‘uvchi tizim: Google Analytics, Yandex.Metrika, www.uz
Programmalshtirilgan uchinchi tomonning ma’lumotlarni qabul qilishi va yuborishi huquq beruvchi tomon roziligi asosida aniqlanadi va ular o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- Brauzer ma’lumotlari (tip, versiya, cookie);
- Operatsion tizim ma’lumotlari (tip, versiya, ekran o‘lchami);
- Murojaat ma’lumotlari (vaqti, o‘tish manbasi, IP-manzili).
Foydalanuvchining ma’lumotlarini qancha muddat saqlaymiz
Agar foydalanuvchi izohlar qoldirayotgan bo‘lsa, izohning o‘zi va uning metama’lumotlari belgilanmagan holda uzoq muddat saqlanadi. Bundan maqsad keyingi izohlarni avtomatik ravishda tanlab olish.
Saytda ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarning o‘z profillarida ko‘rsatilgan shaxsiy ma’lumotlari saqlanadi. Barcha foydalanuvchilar o‘zlarining shaxsiy ma’lumotlarini ko‘rishlari, ularni tahrirlashlari yoki har qanday vaqtda o‘z ma’lumotlarini o‘chirib tashlashlari mumkin (foydalanuvchi ismidan tashqari). Vebsayt ma’muriyati ham ushbu ma’lumotlarni ko‘rishi va o‘zgartirishi mumkin.
Reklama xizmati
Saytda uchinchi tomon taklif qilgan reklama namoyish etiladi. Sayt ma’muriyati reklamalarda ketgan mahsulotlarning savdosi bilan bevosita ham bilvosita ham aloqador emas. Mahsulot sifatiga va tannarxiga ishlab chiqaruvchi tomon javobgar.
Reklama beruvchi: Adnow.com
Foydalanuvchining ma’lumotlariga o‘zining qanday huquqlari bor
Ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi yoki izoh qoldirgan foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarini o‘chirib tashlashni so‘rashga ham haqqi bor. Bundan xavfsizlik uchun va saytda keltirilishi shart bo‘lgan ma’lumotlar mustasno.
Foydalanuvchi ma’lumotlarini qayerga yuboramiz.
Foydalanuvchi izohlari spamni avtomatik ravishda aniqlab beruvchi servisga yuborilishi va tekshirilishi mumkin.
Foydalanuvchining ma’lumotlarini qanday himoya qilamiz
Sayt ma’muriyati foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlab beradi. Biz foydalanuvchining ma’lumotlarini yig‘ish, saqlash va qayta ishlashda xavfsizlikni ta’minlash uchun kerakli chora tadbirlardan foydalanamiz. Shaxsiy ma’lumotlarga kirish, ularni o‘zgartirish, tarqatib yuborish yoki ularni yo‘qotib yubormaslikni ta’minlaymiz.
Ushbu shartlarga foydalanuvchining roziligi
Saytdan foydalangan holda foydalanuvchi o‘zining konkret va ongli ravishda ushbu qoidalarga roziligini bildiradi. Agar foydalanuvchi qoidalarga rozi bo‘lmasa, saytdan foydalanmasligi kerak.
Maxfiylik siyosatidagi o‘zgarishlar
Ushbu qoidalar sayt ma’muriyati tomonidan foydalanuvchini ogohlantirmagan holda, bir tomonlama o‘zgartirilishi yoki to‘xtatilishi mumkin. Yangi qoidalar http://avtisenna.uz saytiga joylashtirilganidan so‘ng kuchga kiradi.
Amaldagi qoidalar saytida, quyidagi internet manzilida joylashgan:
http://avitsenna.uz/privacy-policy
Biz bilan qanday bog‘lanish mumkin
Agar sizni qiziqtirgan sayt haqida savol, taklif yoki qoidalar haqida qo‘shimcha ma’lumot olish istagi bo‘lsa, iltimos biz bilan bog‘laning:
E-mail: [email protected]
Telegram Bot: t.me/AvitsennaSupportBot