Ginekologiya

MAQOLALAR

ico
Ginekolog maslahati

To‘rt yarim oylik homilam bor. Yaqinda tibbiy tekshiruvdan o‘tganimda homila yo‘ldoshi (platsenta) qalinlashgani aniqlandi. Bu xavflimi?

– Agar homilador ayol o‘tkir yoki surunkali respirator (shamollash) kasalliklari bilan og‘rib o‘tsa, homila yo‘ldoshi shishib qalinlashishi mumkin. Bu esa qorindagi bola rivojlanishi uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Hatto homila tushishi ham kuzatiladi.Shunday hollarda homilador ayol zudlik bilan shifokor maslahatiga ko‘ra davo choralarini ko‘rishi lozim. Oradan o‘n kun- ikki xafta o‘tib albatta UTT (ultratovush) tekshiruvi orqali yo‘ldosh holatini aniqlash kerak bo‘ladi.

 

Qandli diabetga chalinganman. Lekin farzand ko‘rish yoshida bo‘lganligim sababli homiladorlikni rejalashtiryapman. Bu kasallik men va tug‘ilajak farzandim uchun xavfli emasmi?

– Siz avval o‘zingizni yaxshilab tekshirtiring, endokrinolog maslahatini oling, homiladorlikka qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmagan holdagina farzand ko‘rishni rejalashtirishingiz mumkin. Homiladorlik davrida endokrinolog va ginekolog nazoratida bo‘lishingiz shart. Homilador ayol qonida qand miqdori yuqori bo‘lsa, u maxsus parhezga rioya qilishi zarur. Ko‘rsatma bo‘lganda endokrinolog nazoratida qand miqdorini tushiruvchi dorilar qabul qilinadi. Aks holda qonda qand miqdori ortishi oqibatida homila nobud bo‘lishi mumkin. Qandli diabeti bor homilador ayollarda bir qancha asoratlar kuzatiladi, masalan kechki toksikozlar, ko‘psuvlilik, badanda shishlar, homilaning yirik bo‘lishi, peshobda oqsil ko‘payishi, qon bosimi oshishi, muddatidan oldin tug‘ruq ro‘y beradi. Bunday hollarda homilador ayolni shifoxonaga yotqizish shart. Agar homiladorlik va qandli diabet asoratsiz kechayotgan bo‘lsa ayolning eson-omon ko‘zi yoriydi.

Homilam 7 oylikdan oshdi. Ko‘pincha qornim atrofidagi og‘riq bezovta qiladi. Bu qorindagi bolaga zarar keltirmaydimi?

– Agar qorin sohasida og‘riq bo‘lsa birinchi navbatda shifokorga murojat qilish shart. Og‘riqning sabablari ko‘p. Eng ko‘p uchraydigani homila tushishi xavfidir. Shifokor maslahatisiz hech qanday dorilar iste’mol qilish mumkin emas. Bo‘lajak onada ba’zan qabziyat sababli og‘riq kuzatiladi. Bu vaqtda ovqatlanish tartibiga rioya qilish kerak. Ko‘proq sabzavot va mevalar yeb, shakar iste’molini kamaytirish o‘rinli.

– Miomasi bor ayol homilador bo‘lib qolsa, bu unga ziyon qilmaydimi?

Miomasi bor ayollarda ko‘pincha bepushtlik kuzatiladi yoki homila tushishi ro‘y beradi. Aslida mioma belgilari, ya’ni qorinning pasti va bel sohasining og‘rishi ayollarni ancha-muncha bezovta qiladi. Agar mioma tugunchalari bitta va kichik hajmda bo‘lsa ayol eson-omon muddatiga yetib tug‘ishi mumkin. Lekin bachadon miomasining hajmi katta yoki ko‘p miomatoz tugunlar joylashgan bo‘lsa homila yaxshi o‘smaydi, bunday vaqtda homila tushadi yoki muddatiga yetmasdan tug‘ruq sodir bo‘ladi. Bu ayollarda tug‘ruqdan so‘ng qon ketish xavfi yuqori, bola kesar kesish yo‘li bilan olinadi va kesar kesish paytida bachadonni ham olib tashlashga ko‘rsatma berilishi mumkin.

– Har gal homiladorligimning uchinchi oyiga yetib-yetmay, bolam tushaveradi. Hozirgi kunlarda ham shu sababli xavotirdaman…

– Homiladorlikning erta tushishining sabablari anchagina. Masalan, er-xotin yaqin qarindosh bo‘lishsa, turli infeksiyalar (virusli, xlamidiyalar,mikoplazma va boshqalar) aniqlansa, jinsiy a’zolar nuqsonlari yoki yaxshi rivojlanmaganligi (infantil) kuzatilsa va endokrin bezlar (yoki tuxumdonlar) faoliyati buzilgan hollarda bola tushishi mumkin. Bunda birinchi navbatda sababini aniqlash kerak va ayolni davolab, keyin homiladorlik bo‘lishiga ruxsat berish lozim, u homiladorlik davomida ginekolog nazoratida bo‘lishi kerak.

– Homilador bo‘lganimdan buyon tez-tez qornim ochadi. Nega shunday?

– Bo‘lajak ona organizmida moddalar almashinuvi jarayoni odatdagidan tezlashadi, qonda qand miqdori tartibi o‘zgaradi. Homiladorlik davrida organizm insulin gormonini ko‘proq ishlab chiqara boshlaydi. O‘z-o‘zidan ayolning qorni darrov ochiqadigan bo‘ladi. Bunday vaqtda taomlarni oz-ozdan, tez-tez istemol qilib turish tavsiya etiladi.

– Hademay ko‘zim yoriydi, qanday matolardan kiyim kiyishim kerak?

– Homilador ayol toza-orasta kiyinishi, sochlarini tez-tez yuvib, tirnoqlarini olib turishi kerak. Uning kiyimlari kengroq qilib tikilgani ma’qul va tabiiy matolardan bo‘lishi lozim. Sintetik, tor kiyim nafas olishni va ovqat hazmini qiyinlashtiradi, tomirlarda qon aylanishini susaytiradi. Belbog‘ni siqib bog‘lash, ko‘krak qafasini siqadigan siynaband taqish va rezinali paypoqlar kiyish ham sog‘lik uchun zararli. Ayniqsa sintetik ich kiyimlarni umuman kiymang.Yilning sovuq faslida jun gazlamadan tikilgan kiyimlar yaxshi. Ip, zig‘ir tolasi va ipak gazlamalardan tayyorlangan liboslar sog‘lig‘ingiz uchun juda qulay. Sun’iy tolali matolar esa aksincha, o‘ziga nam singdiradi, elektrostatik zaryadlari ham nihoyatda ko‘p. Bu zaryadlar esa terida yoqimsiz hid paydo qiladi.

– Homilam 33 haftalik, ultratovushli tekshiruvdan o‘tdim. Ammo bolaning tug‘ruq yo‘liga teskari turganligini aytishdi. Shifokorlar «homilaning aylanib olishiga hali vaqt bor» deyishyapti. Maxsus mashqlar bolaning o‘nglanib olishiga yordam beradimi?

– Bunday holat homiladorlik davrida uchrab turadi. Tavsiya etiladigan mashqlar hamma vaqt ham kutilgan natijani bermasligi mumkin. Ammo shu davrda homilaning qorindagi holatini faqat nazorat qilib turish muhim.

– Homilador bo‘lishdan oldin qanday tekshiruvlardan o‘tish kerak bo‘ladi? Shu haqda bilmoqchi edim.

– Farzand ko‘rishni rejalashtirgan kelin-kuyov quyidagi tibbiy tekshiruvlardan o‘tishi zarur:

  • o‘pkani rentgen qildirish orqali sil va shunga o‘xshash kasalliklar bor-yo‘qligini aniqlash;
  • EKG tekshiruvidan o‘tib yurak meyoriy faoliyatiga ishonch hosil qilish;
  • jigar, buyrak va jinsiy a’zolarni UTT tekshiruvidan o‘tkazish;
  • qon, peshob va jinsiy a’zo ajralmalarining laborator tahlili;
  • ko‘p uchraydigan TORCH infeksiyalari(gerpes, sitomegalovirus, xlamidiya, mikoplazma va boshqalar)ni aniqlash maqsadida qon tahlilini topshirish.

Agar ushbu tekshiruvlar natijasi meyorida bo‘lsa, ayol sog‘lom farzand ko‘rishga tayyor hisoblanadi.

– Homilador ayol uchun qanday favqulodda holatlar xavfli?

– Bir necha holatlar kutilmaganda ro‘y bersa, homilador ayol shifokorga murojaat etishi shart. Bosh og‘riganda, qon bosim ko‘tarilganda, isitma chiqqanda, jinsiy a’zodan qon ketsa yoki suv kelsa, homila qimirlamay qolsa, bel va qovuq sohasida qattiq og‘riq turgan hollarda ayol zudlik bilan «Tez yordam» chaqirishi yoki shifokorga murojaat etishi zarur.

– Yaqinda turmushga chiqqanman. Homiladorlikni qay tarzda aniqlash mumkin?

– Homiladornikning birinchi belgisi hayz vaqtida kelmasligidir. Hozirgi vaqtda homiladorlikni aniqlashning zamonaviy usullari qo‘llaniladi. Shulardan ayrimlari haqida bilib qo‘ysangiz zarar qilmaydi.Test homiladorlikni aniqlashning oddiy va oson usuli bo‘lib, bunda ayol peshobidagi maxsus gormonlar miqdori oshishiga qarab homiladorlik aniqlanadi. Buning uchun dorixonalarda sotiladigan Test tayoqchalari ertalabki peshobiga botiriladi. Tayoqchalarda ikkita chiziqcha paydo bo‘lsa ayol homilador hisoblanadi. Bazal haroratini termometr yordamida tekshiruv ham homiladorlikni aniqlashga ko‘maklashadi. Bunda termometr to‘g‘ri ichakka qo‘yiladi ertalab, o‘rindan turmasdan o‘lchanadi, agar u 37 darajadan oshib tursa bu homiladorlik alomatidir. Shuningdek ultratovush tekshiruvi yordamida homiladorlikni 3-4chi haftadayoq aniqlash mumkin.

 
Savollarga akusher-ginekolog, tibbiyot fanlari doktori,
professor Nargiza Magzumova javob berdi.
"Sugdiyona.uz" nashri.

Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.

Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.

Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60

Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Homiladorlik belgilari va ilk alomatlari. Homiladorlikni aniqlash usullari

Homiladorlik belgilari, uning dastlabki alomatlari har bir ayolda turlicha bo‘ladi. Homiladorlik bo‘lishni orzu qilib yashayotgan har bir ayol bu alomatlarni bilib, o‘zida tezroq his etishni istaydi. Axir, homiladorlik davri bu juda ajoyib hamda o'zgacha bir payt hisoblanadi.
Homiladorlik belgilari o‘ziga xos xarakterli simptomlar bilan o‘zini namoyon qiladi, bular homiladorlikning har qanday bosqichlarida turlichadir. Organizmning individual xususiyatidan kelib chiqqan holda turlicha kechadi. Ushbu maqola orqali homiladorlik belgilari va alomatlari, homiladorlikni aniqlash usullari kabi mavzularga batafsil to‘xtalib o‘tamiz.

homiladorlik belgilari
Odatda homiladorlik bilan bogʻliq qusish va koʻngil aynishi homiladorlikning 5-6 haftalarida boshlanadi.

Homiladorlik alomatlari va birlamchi belgilari

Ayol homiladorligini qancha erta aniqlasa, shuncha ko‘proq vaqt malakali maxsuslashgan tibbiy tekshiruvlardan o‘tishga imkoni bo‘ladi. Tuxum hujayra urug‘langandan keyin ayol organizmida qator gormonal o‘zgarishlar kuzatiladi, bularni organizmga quloq solib aniqlasa bo‘ladi.

Quyidagi belgilarni oʻzingizda sezsangiz, homiladorlikka shubha qilishingiz va homiladorlikni tasdiqlash uchun uy sharoitida homiladorlik testini oʻtkazishingiz mumkin.

  • Hayz kelmasligi. Ushbu simptom haqida barcha ayollar bilishadi. Tuxum hujayra urug‘lanishidan so‘ng hayz siklining (menstrual sikl) cho‘zilishi kuzatiladi, chunki bachadon endometriysi endi homilaning platsentasi hosil bo‘lishi uchun sarflanadi. Ammo ayrim kasalliklarda ham hayz siklining uzayib ketishi mumkinligini unutmaslik lozim.
  • Sut bezlarining kattalashishi va og‘riqli bo‘lishi. Sut bezlari gormonal o‘zgarishlarga juda sezuvchan bo‘ladi. Homiladorlikning ilk kunlarida bezlar kattalashgan so‘rg‘ichlar og‘riqli bo‘ladi.
  • Ko‘p siyish. Homiladorlik boshlanganda ayolda ko‘p siydik ajralishi kuzatiladi. Ushbu holat XGT (xorionik gonadotropin gormoni) ko‘p ishlab chiqarila boshlangandan dalolatdir. Siydik qopi to‘lmasa ham kechqurunlari ko‘p marta hojatxonaga chiqish kuzatiladi. Bundan tashqari, homiladorlikda siydik rangi oʻzgarishi ham mumkin.
  • Tam bilishning o‘zgarishi. Gormonlar ayol organizmining ta’m bilish xususiyatlarini o‘zgartirib yuborishi natijasida, oldin yoqtirmagan ta’mlarni yoqtirib qolishi mumkin. Bundan tashqari, og‘izda metal mazasini sezish ham homiladorlikning ilk belgilari hisoblanadi.
  • Holsizlik va uyquchanlik. Bu simptom organizmda moddalar almashinuvi tezlashganligi sababli organizm charchab qolishi va progesteron gormonining uyquchanlik chaqirishi sababli kuzatiladi.
  • Ko‘ngil aynashi. Ushbu simptomlarning paydo bo‘lishi ko‘pincha homilaning 1,5 oylik davrlaridan boshlanadi, ba’zi ayollarda urug‘langan so‘ng ham kuzatilishi mumkin. Shuni yodda saqlash zarurki, ko‘ngil aynishiga oshqozon ichak trakti kasalliklari ham sabab bo‘lashi mumkin.

Nima uchun homiladorlikni erta aniqlash ahamiyatli?

Homiladorlikni boshida kechirayotgan har bir ayol homiladorlikni ilk belgilari qanday ekanligini bilishi muhimdir. Chunki:

  • Ayol organizmi reproduktiv jihatdan homilaning yetilishiga tayyor boʻlmasa;
  • Patologik rivojlanish (bachadondan tashqari homiladorlik) xavfi katta boʻlsa;
  • Homilada genetik va tugʻma nuqsonlar aniqlansa;
  • Tibbiy koʻrsatma boʻyicha homiladan qutulish zarurati boʻlsa, ayolning hayotini saqlab qolish uchun unga xavf solishi mumkin boʻlgan holatlarni erta aniqlash va oldini olish uchun kerak boʻladi.

Homila necha kunda bilinadi yoki homiladorlik ilk belgilari qachon seziladi?

Bu ayolning individual xususiyatiga bog‘liq. Odatda, erta belgilar urug‘langandan so‘ng 8-9 kun ichida seziladi.

Homiladorlikning ikkilamchi belgilari

  • Homiladorlik belgilari sifatida bazal temperaturaning oshishi;
  • Progesteron gormoning ko‘plab ishlab chiqarilishi natijasida tana harorati 37 gradusgacha ko‘tarilishi mumkin;
  • Chanoq sohasida og‘irlik hissini sezish - ushbu sohada qon aylanishi ko‘payadi, ayol bosim va og‘irlikni seza boshlaydi.
  • Uyqusizlik - charchash hissi ko‘pincha asab qo‘zg‘aluvchanligiga olib kelishi natijasida uyqusizlik kuzatilishi mumkin.
  • Belda og‘riq sezish - bel sohasida simmilovchi og‘riqlarni sezish mumkin. Ammo buyrak kasalliklarida ham og‘riq kuzatilishi mumkin.
  • Bosh og‘rig‘i - gormonal o‘zgarishlar asab tizimiga ta’sir qilganligi sababli bosh og‘rish kuzatilishi mumkin.
  • Ishtahaning ochilishi - moddalar almashinuvi tezlashuvi fonida ishtaha ochiladi.
  • Hid bilish va ta’m bilishning kuchayishi - agar oldinlari ayol ba’zi hidlarga e’tibor bermagan bo‘lsa, homiladorlikda hidlarga sezuvchanligi ortadi.
  • Qo‘zg‘aluvchanlik va kayfiyatning o‘zgarishi - ko‘pchilik ayollar jaxldor va kayfiyati tez-tez o‘zgarib turuvchi bo‘lib qolishadi.
  • Implantatsion qon kelish - urug‘langan tuxum hujayraning bachadon shilliq qavatiga birikish paytida ayol qinidan qon aralash suyuqlik kelishi homiladorlikning ikkilamchi alomatlaridan biri hisoblanadi;
  • Tana vaznining o‘zgarishi - ayol organizmi homilani ozuqa bilan ta’minlab berishi uchun tana vazni ortishi kuzatiladi.
  • O‘tirgan vaqtda noqulaylik - chanoq bo‘shlig‘iga qon kelishi ko‘payganligi sababli bo‘ladi.
  • Yuz, qo‘l va oyoqlarning shishi - homiladorlikda organizm ko‘proq suyuqlik ushlab qolishga harakat qiladi. Su sababdan ham yuz, qo‘l, oyoqlarda turli darajadagi shishlar kuzatiladi.
  • Yuzdagi har xil toshmalar - ayol oldinlari terisi bilan hech qanday muammolar bo‘lmagan bo‘lsada, homiladorlikda yuzda husnbuzarlar (ugri) toshadi. Bu gormonal disbalans bilan tushuntiriladi.
  • Qorin dam bo‘lishi - gormonlarning ichakka yumshatuvchi ta’siri natijasida ichaklarda meteorizm kuzatiladi.
  • Ko‘krak sohasida venoz qon tomirlar surati kuchayishi - homiladorlik boshlangandan so‘ng organizm uni oziqlantirish uchun ham tayyorlanib boradi, vezon qon tomirlar surati laktatsiya jarayoni boshlanayotganligidan dalolatdir. Ko‘krak so‘rg‘ichi rangi ham to‘qlashadi.
  • Yuz terisining rangi qizarishi - gormonlarning kapillyarlarga ta’siri natijasida qon tomirlar kengayadigan bo‘lib qoladi.
  • Qorinning oq chizig‘ida pigmentatsiyaning buzilishi - homilador ayollar uchun xarakterli bo‘lgan simptom kindikdan qov simfizigacha hosil bo‘lgan “yo‘lakcha” paydo bo‘ladi.
  • Immunitetning susayishi - homiladorlik paytida immun sistema sustlashganligi sababli ayol organizmi oddiy O‘RVI va shamollashlarga duchor bo‘lishi oson bo‘lib qoladi.

Ovulyatsiyadan keyin homiladorlik yuz berishi mumkinmi?

Ovulyatsiyadan keyin homilador boʻlish ehtimoli juda ham kam. Ovulyatsiya yuz bergandan keyin tuxum hujayra 12-24 soat ichida urugʻlanishi mumkin. Lekin undan soʻng tuxum hujayra urugʻlanish uchun yaroqsiz hisoblanadi. Shuning uchun, homiladorboʻlishni istagan ayollar, albatta, ovulyatsiya kunini bilishi, hayz siklini nazorat qilib borishi lozim. Homiladorlikni rejalashtirayotgan juftliklarga ovulyatsiyadan oldingi fertil kunlarda hamda ovulyatsiya kunida jinsiy aloqada boʻlish tavsiya etiladi.

Hayz siklingizni nazorat qilmasangiz, shuningdek ovulyatsiya kuningizni aniq bilmasangiz homiladorlikni rejalashtirish qiyin boʻlishi mumkin.

Emizikli ayolda homiladorlik alomatlari va belgilari

Yosh ayol yangi tug‘ilgan chaqaloqni emizikli davrida bo‘lsa, u quyidagi homiladorlik belgilari yoki o‘zgarishlarni sezsa, homiladorlik boshlangan bo‘lishi mumkin:

  • Sut tarkibining o‘zgarishi. Gormonlar ta’siri ostida ona suti tarkibi o‘zgarib bola sutni emmay qo‘yadi;
  • Sut bezlarida sut kelishining kamayishi;
  • Emizayotgan paytdagi noqulayliklar. Gormonlar ta’siri ostida sut bezlari qattiqlashadi, so‘rg‘ichlar qo‘pollashadi va kattalashadi.

Yuqoridagi belgilardan tashqari, umumiy holsizlik, uyquchanlik va hissiy tanglik kabi alomatlar ham kuzatilishi mumkin.

Qanday holatlarda homiladorlik patologiya bilan kechayotgan bo‘lishi mumkin?

  • Kuchli og‘riq hissini sezish. O‘ng yoki chap qovurg‘a osti sohalarida vaqti-vaqti bilan kuchli takrorlanib turuvchi og‘riq sezilsa;
  • Qindan takrorlanib turuvchi og‘riq bilan keluvchi qonli suyuqliklar ajralsa;
  • Homiladorlik belgilarining o‘z vaqtida paydo bo‘lmasligi kuzatilsa, homiladorlik patologiya bilan kechayotgan bo‘lishi mumkin.

Ushbu alomatlar quyidagi asoratlarning rivojlanishini ko‘rsatishi mumkin:

  • Ektopik homiladorlik ya'ni bachadondan tashqari homiladorlik;
  • Spontan abort (homila tushishi);
  • Homila rivojlanishining kechikishi.

Homila qachon bachadonga tushadi?

Homiladorlikning ilk kunlarida ayol tuxum hujayralarining urug‘lantirilishi, uning bo‘linishi va embrionga aylanishi amalga oshiriladi. Ushbu davrda homiladorlik alomatlari sezilmasligi mumkin.

Agar sperma tuxum hujayra ichiga kirsa, urugʻlanish yuzaga keladi. Soʻngra bachadon naychasi orqali urugʻlangan tuxum hujayra (zigota) naycha orqali bachadon tomon yoʻnaltiriladi. Zigota bachadon naychasi boʻylab harakatlanarkan, zigota hujayralari qayta va qayta boʻlinadi. Zigota bachadonga 3 kundan 5 kungacha muddatda yetib boradi.

Bachadonda ham hujayralar boʻlinishni davom ettiradi va blastotsista deb ataladigan hujayralar toʻplamiga aylanadi. Urugʻlangandan taxminan 6 kun oʻtgach, blastotsista bachadon shilliq qavatiga yaqinlashadi va implantatsiya yuz beradi hamda uning oʻsishi boshlanadi. Implantatsiya deb ataladigan bu jarayon 9 yoki 10-kunga qadar yakunlanadi. Implantatsiyadan keyingi 8 hafta davomida u embrion deb ataladi. Toʻqqizinchi haftadan boshlab, to tugʻilishgacha u homila deb nomlanadi.

Homiladorlikni aniqlash usullari

Zamonaviy, ixtisoslashtirilgan diagnostika usullari homiladorlikning beshinchi kunidan boshlab, homiladorlikni aniqlash imkonini beradi. Homiladorlikning uch kunlik belgilarini deyarli aniqlash imkonsizdir.

homiladorlikni aniqlash yo'llari
Testni shoshib, jinsiy aloqadan soʻng yoki hayz koʻrish tugagandan keyin darhol oʻtkazish hech qanday natija bermasligi mumkin. 

Homiladorlik testi va belgilari

Farzandli boʻlishni rejalashtirayotgan koʻpgina ayollar, oʻzlarida homiladorlikning ilk belgilarini sezishlari bilan uy sharoitida homiladorlikni aniqlash uchun, odatda, homiladorlik testlaridan foydalanishadi. Chunki, bu testlar ham foydalanishga qulay ham ishonchliligi bilan ajralib turadi. Testni oʻtkazish qoidalariga rioya qilinsa, albatta, toʻgʻri va aniq natijaga erishish mumkin.

Xoʻsh, homiladorlik testi necha kunlik homilani aniqlaydi? Maʼlumotlarga koʻra, hayz sikli muntazam boʻlgan ayollar homiladorlik testini navbatdagi hayz kelish muddatining ilk kunlaridan oʻtkazishlari mumkin. Va homiladorlik muddati oʻrtacha hisobda, taxminan, toʻrt haftalik hisoblanadi.

Agar navbatdagi hayz kelishi muddatini aniq bilmasangiz yoki nomuntazam hayz davriga ega boʻlsangiz, oxirgi himoyasiz jinsiy aloqaga kirishgan kuningizdan kamida uch hafta oʻtib, test oʻtkazish maqsadga muvofiqdir.

Homiladorlik testi turlari, toʻgʻri foydalanish qoidalari haqida batafsil maʼlumot olishni istasangiz mana bu maqolani ham oʻqing: Homiladorlik testi →

Ginekologik tekshiruvda homiladorlik alomatlari

Ginekologik tekshiruvlar natijasida, ginekolog homiladorlik davri davomida yuzaga keladigan belgilarni aniqlashi mumkin.

  • Bachadon hajmining kattalashishi va konsistensiyasi o‘zgarishi;
  • Tashqi jinsiy a’zolarning rangi o‘zgarishi;
  • Bachadon harakatchanligi oshishi;
  • Bachadonning siljishi.

Qachondan homiladorlik belgilari UTT (UZI) - ultratovush tekshiruvi orqali aniqlanadi?

homiladorlikni aniqlash
Ultratovush tekshiruvlar ona va homila uchun xavfsiz hisoblanadi.

Homiladorlik belgilarini aniq ko‘rsatib beruvchi tekshiruv usulidir. Ultratovush tekshiruv (UTT) homiladorlikning 3-haftasidan boshlab aniqlab beradi. Tekshiruv abdominal yoki transvaginal datchiklar yordamida o‘tkaziladi. UTT dan tashqari, hayz davrining 20-kunida homiladorlikning belgilari ekspress usullar yordamida aniqlash ham mumkin.

Uy sharoitida homiladorlikni aniqlash usullari

Baʼzida ayollar uy sharoitida homiladorlikni aniqlash uchun eng qulay usul — homiladorlik testi boʻlgan taqdirda ham ilmiy jihatdan isbotlanmagan ayrim bir usullardan foydalanishadi. Masalan, yod, tuz, soda kabi moddalar orqali. Bu kabi usullar ham koʻp soʻralayotganligi tufayli ushbu savolga ham qisqacha toʻxtalib oʻtishga qaror qildik.

Homiladorlikni soda bilan aniqlash

Isteʼmol sodasi bilan homiladorlikni aniqlashda gʻoya shundan iboratki, siydikdagi XG soda bilan reaksiyaga kirishib, qotib qoladi yoki pufakchalar hosil qiladi.

Buni sinab koʻrish uchun taxminan teng miqdordagi isteʼmol sodasiga ertalabki yigʻilgan peshob qoʻshiladi. Va bir necha daqiqa kutiladi. Agar sodaga hech narsa qilmasa, oʻzgarish sezilmasa, ayol homilador emas. Agar u qotib choʻksa yoki pufakchalar paydo boʻlsa, ayol homilador hisoblanadi. Boshqa koʻplab uy sharoitida homiladorlikni aniqlash usullarida boʻlgani kabi, ushbu test samaradorligining ham ilmiy dalillari mavjud emas.

Homiladorlikni yod bilan aniqlash

Toza idishga siydigingizni solasiz. Soʻng unga 2 tomchi yod quyasiz. Agar yod shu zahoti erib ketsa, homiladorlik mavjud emas, yod bir necha soniya erimay tura olsa, hamda tarqalmasa, homiladorlik yuz bergan  hisoblanadi.

Tuz bilan homiladorlikni aniqlash

Osh tuzi orqali homiladorlikni uy sharoitida aniqlash uchun tuz va siydik teng miqdorda olib, aralashtiriladi. Masalan, 1 osh qoshiq tuzga 1 osh qoshiq siydik qoʻshiladi. Aralashmani bir necha daqiqaga qoʻygandan soʻng, agar tuz erisa, natija manfiy. Agarda u toʻplanib qolsa, ayol homilador hisoblanadi. Ushbu usuli ham hech qanday ilmiy dalillarga asoslanmagan.

Uyda sharoitida bajariladigan ushbu usullar tasodifan homiladorlik testi bilan bir xil natijani berishi mumkin. Ikkala usuldan ham bir xil natija olish, uy sharoitidagi soda, tuz, yod bilan oʻtkaziladigan usullarning toʻgʻri va ishonchli ekanligini unutmasligingiz lozim. Shuning uchun ham homiladorlik alomatlari sezila boshlasa, tavsiya etilgan muddatda ishonchli boʻlgan homiladorlik testini oʻtkazishingiz maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Homiladorlikda hayz kelishi mumkinmi?

Homiladorlik ilk davrlarida qonli ajralmalar kelishi hayz koʻrishiga oʻxshaydi. Ayol miyasiga birinchi navbatda “homiladorlik vaqtida hayz koʻryapman” degan fikr keladi. Ammo bu holat hayz koʻrish emas, qon ketish deb ataladi.

Bu holatga tabiiy jarayonlar hamda baʼzi jiddiy patologik omillar sabab boʻlishi mumkin. Masalan, erta qon ketishlarga yuqorida taʼkidlaganimiz, urugʻlangan tuxum hujayraning bachadonga yopishishi - implantatsiya jarayoni sabab boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, baʼzida progesteron yetishmovchiligi yoki erkaklar gormonlari — androgenlarning koʻpligi ham erta muddatlarda qon ketishiga olib keladi.

Qonli ajralmalar kelishining patologik sabablari quyidagilar boʻlishi mumkin:

  • Homiladorlik toʻxtashi xavfi;
  • Oʻsishdan toʻxtagan homila;
  • Bachadondan tashqari homiladorlik.

Sanab oʻtilgan patologik holatlar ayol organizmi uchun xavfli hisoblanadi. Homiladorlik vaqtida ayolning umumiy ahvoli yomonlashsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak.

Homiladorlik belgilari paydo bo‘lsa, ayol nima qilishi kerak?

Agar jinsiy munosabatdan keyin homiladorlik belgilarini o‘zingizda sezsangiz, birlamchi tasdiq uchun homiladorlik testini o‘tkazib, ginekolog huzuriga borishingiz lozim. Homiladorlik tasdiqlansa va bo‘lajak ona sifatida homilani saqlab qolmoqchi bo‘lsangiz, mahalliy shifoxonadan ro‘yxatga yoziling. Bolani dunyoga keltirish juda katta ma’suliyatdir, shuning uchun har qanday zararli odatlardan vos keching, ovqat ratsionini esa, foydali mahsulotlar bilan to‘ldiring.

Bundan tashqari, homiladorlikka oid foydali kitob, jurnal, sayt va mobil ilovalardan foydalanishingiz lozim. Homiladorlik uchun zarur bo‘lgan maslahatlarni bizning Avitsenna.uz saytidan topishingiz mumkin.

Chunki homiladorlik alohida masʼuliyatli davr bo‘lganligi, sizdagi o‘zgarishlar bevosita bo‘lajak farzandingizga ham taʼsir qilganligi sababli, homiladorlikka oid bilim va ko‘nikmalaringizni oshirib borishingizga to‘g‘ri keladi.

Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.

Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.

Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60

Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Qizlik (bokiralik) pardasi

Bokiralik pardasi qizlar qinini tashqi tomondan “yopib” turadi. Pardaning bir yoki bir necha kichik teshiklari borki, ular orqali hayz suyuqligi tashqariga sizib chiqadi. Pardaning sezuvchan asab tolalari mo‘l bo‘lgani bois, nikoh kechasidagi ilk jinsiy yaqinlashuv paytida parda yirtiladi va undan qon kelishi kuzatiladi. Qonning miqdori parda shakliga bog‘liq. Ushbu tabiiy jarayon tibbiyotda defloratsiya hodisasi, deb yuritiladi.

qizlik pardasi

Qizlik pardasi qanday joylashgan?

Tajribalarga asoslanib, shuni aytish mumkinki, qizlik pardasi, asosan, 6 xil ko‘rinishda bo‘ladi. Eng ko‘p uchraydigani qin devoridan 4-5 mm. qalinlikda bo‘lib, ko‘pchilik qizlarda uzuksimon ko‘rinishda bo‘ladi. Shuningdek, qin devoridan 2-3 mm. qalinlikda to‘lqinsimon o‘smamonand, to tug‘ruq davriga qadar davomli jinsiy yaqinliklardan qat’i nazar, saqlanib turuvchi turi (aynan shu turida birinchi aloqadan so‘ng qon sezilar-sezilmas kelishi mumkin) va o‘rtasida bir-ikki teshiklari, kesimlari bo‘lgan parda ham uchraydi. Juda kam uchraydigani pardaning to‘liq yopiq turi bo‘lib, u 12-13 yoshdan boshlab hayz ko‘ra boshlaydigan qizlar uchun muammo tug‘diradi. Chunki oylik hayz o‘z vaqtida tashqariga chiqa olmagani tufayli, bachadonda to‘planib, kuchli og‘riq beradi. Bunday holatlarda ginekolog-shifokorlar pardaning o‘rtasidan “+” shaklida kesimlar ochib qo‘yishadi.

Ilk jinsiy aloqada qizlik parda yirtilmasligi mumkinmi?

Ba’zan, dastlabki jinsiy aloqa vaqtida, hatto undan keyingi aloqalarda ham bu parda tugal yirtilib ketmaganligi kuzatilgan. Va parda qoldiqlari tug‘ish vaqtidagina tugal tushib ketgan. Shu bilan birgalikda parda butunligi saqlangan holda homilador bo‘lib qolish holatlari ham yo‘q emas. Bunda ham parda tug‘ruq vaqti to‘liq bartaraf etiladi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, qizlik pardasi ...

Davomi>>>

Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.

Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.

Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60

Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Hayz sikli buzilishi - sabablari, shakllari, asorati va davosi

Hayz funksiyasi, yaʼni muntazam va siklik hayz koʻrish ayollar salomatligining muhim mezonlaridan biri hisoblanadi. Menstrual sikl bilan bogʻliq, noodatiy biror oʻzgarish ayol reproduktiv tizimi kasalligining ilk alomatlaridan biri boʻlishi mumkin. Hayz sikli buzilishi esa, hayz funksiyasi muammolari ichida eng koʻp uchraydigan holat hisoblanadi. Aynan hayz sikli buzilishining koʻplab shakllari, masalan, hayz kechikishi, hayz paytida ogʻriq boʻlishi, koʻp miqdorda qonli ajralma kelishi (laxta qon kelishi), hayzdan tashqari qon ketishi, hayz kam kelishi, hayzning tez vaqt ichida takrorlanishi va boshqa shu kabi muammolar bilan ham ginekologlarga murojaat qilishadi.

Bundan tashqari, hayz va hayz koʻrishning buzilishi mavzusi atrofida ayollarimizda koʻplab, “sir” saqlaydigan yoki “eʼtiborsiz” qoldiradigan jihatlari borki, uni hattoki, ginekolog  koʻrigiga borganida ham aytmaydi va savollari javobsiz qolib ketadi.  Shuning uchun bugun, biz Avitsenna.uz jamoasi ushbu mavzuga taluqli barcha savollarga imkon qadar javob berish maqsadida, maqolamizni yangi maʼlumotlar bilan toʻldirib, qayt chop etyapmiz. Agar, maqolamizni oʻqib boʻlgach, mavzu yuzasidan biz qamrab ololmagan, javob topilmagan savollaringiz boʻlsa, maqola soʻngida yozib qoldirishingiz mumkin. 

Hayz sikli normasi. Sikl aslida qancha davom etishi kerak?

Hayz sikli normasi va hayz sikli buzilishi
Infografika: Avitsenna.uz

Hayz sikli deb, hayzning ilk kunidan boshlab, keyingi hayzning boshlanish kuniga qadar boʻlgan davrga aytiladi. Har bir ayolning individual fiziologik xususiyatlariga koʻra, hayz sikli normada 21 kundan 35 kungacha boʻlgan muddatni tashkil qiladi, odatda sikl 28 kun davom etadi. Hayz koʻrish esa, ikki kundan yetti kungacha davom etishi mumkin. Qiz bolalarda ilk hayz koʻrish boshlangandan keyingi dastlabki, bir necha yil uzoq muddatli sikllar tez-tez kuzatiladi. Biroq, hayz davrlari yoshga qarab, muvozanatlashib, siklik ravishda kuzatila boshlaydi. 

Organizmning barqaror hamda sogʻlom ekanligini baholash uchun har bir ayol oʻz hayz davrini “Ayollar kundaligi” orqali kuzatib borishlari muhim ahamiyatga ega. Chunki hayz siklining kichik oʻzgarishini, oddiy kuzatish orqali payqamaslik, kelgusida esa, eʼtibor berilmagan kichik oʻzgarishlar jiddiy muammolarni ham keltirib chiqarishi mumkin.

Hayz sikli buzilishi sabablari

Hayz siklining izdan chiqishiga organizmdagi turli ginekologik, endokrinologik kasalliklar, turli infeksion hamda yalligʻlanish kasalliklari, jigar va buyrak yetishmovchiligi, semizlik, vitamin yetishmovchiligi, psixologik zoʻriqish, asabiylashish kabi omillar sabab boʻlishi mumkin.

Sanab oʻtganimiz, umumiy sababchi omillar hisoblanadi. Maqola davomida hayz sikli buzilishining har bir shakli kelib chiqishiga sabab boʻladigan kasallik va holatlar haqida ham toʻxtalib oʻtamiz.

Hayz sikli buzilishi belgilari va turlari

Hayz sikli buzilishi
Illustratsiya: Guardian

Amenoreya - uzoq vaqt hayz ko'rmaslik

Amenoreya bu bir nechta hayz sikllari davomida, umuman hayz koʻrmaslikdir. Amenoreyaning birlamchi va ikkilamchi turlari mavjud. Balogʻat yoshiga yetgan boʻlsada, qiz bolada 15-16 yoshigacha umuman hayz koʻrmaslik, birlamchi amenoreya hisoblanadi. Agar ayol hayz koʻrishni boshlagan, biroq soʻngi bir nechta davrlarda hayz koʻrmagan boʻlsa, Ikkilamchi amenoreya deb ataladi. Doimiy, siklik hayz davriga ega boʻlgan ayollar oxirgi uch siklda ham hayz koʻrmagan boʻlsa, nomuntazam siklga ega boʻlgan ayollar esa, olti oy yoki undan oshiq vaqt davomida hayz koʻrmagan boʻlishsa, shifokorga murojaat qilishlari shart. Bundan tashqari, 15-16 yoshdan katta qizlarda ham umuman hayz koʻrish kuzatilmagan boʻlsa, albatta, ginekologga murojaat qilishlari zarur.

Amenoreya tabiiy omillar sababli kelib chiqishi mumkin. Masalan, homiladorlik, emizish, menopauza. Hamda bir qator kasalliklar va omillar ham hayz koʻrishning toʻxtashiga sabab boʻlishi mumkin.

Bular quyidagilar:

Amenoreyaning asosiy belgisi hayz davrining yoʻqligi hisoblanadi. Bundan tashqari, amenoreyaning asosiy sababiga koʻra, bemorlarda, hayz koʻrmaslik bilan birga baʼzi alomatlarga ham duch kelishimiz mumkin, masalan:

Oligoamenoreya - hayz kam kelishi yoki kechikishi

Hayz kam kelishi, yaʼni odatdagi hayz sikli 35 kundan koʻproq davom etishi hamda yil davomida, atigi 4 tadan 9 martagacha hayz koʻrish oligomenoreya, deb ataladi. Oligomenoreyaning bir nechta sabablari bor, ularning baʼzilari tabiiydir. Biroq, hayz kam kelishi yoki hayz kechikishi bu jiddiyroq holatning ham belgisi boʻlishi mumkin.

Masalan, baʼzi oʻsmir qizlarda hayz koʻrish boshlanganda, dastavval hayz sikli 21-35 kun yoki undan ham koʻp vaqt ichida takrorlanib turadi. Bu holat vaqt oʻtgan sari muntazam davrga aylanadi. Bundan tashqari, 45-50 yoshli ayollarda ham organizm menopauza sari yuzlanayotgan vaqtlarda ham hayz siklining muddati uzayishi kuzatiladi. Agar bu holatlar noodatiy belgilar bilan birga kelmasa, normal holat hisoblanadi.

Menopauza (klimaks) haqida toʻliq maʼlumot olishni istasangiz mana bu maqolani oʻqishingiz mumkin: Klimaks — yangicha hayot

Hamda homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarda, hayz kechikishi homiladorlik davri boshlanishi bilan ham bogʻliq boʻlishi mumkin.

Oligomenoreyaga kontraseptik preparatlarni tartibisiz qabul qilish, ozgʻinlik hamda semizlik, ogʻir jismoniy mehnat va professional sport bilan shugʻullanish kabi holatlar va qandli diabet, qalqonsimon bez, tuxumdon kasalliklari, giperprolaktinemiya, prolaktinomalar kabi kasalliklar sabab boʻlishi mumkin.

Agar siz yuqorida sanab oʻtilgan, oligoamenoreyaga sababchi tabiiy omillarsiz, 35 kundan ortiq vaqt ichida ham hayz koʻrmasangiz, albatta, ginekolog qabuliga boring.

Hayz sikli buzilishi - polimenoreya (tez-tez hayz kelishi)

Polimenoreya bu anormal bachadon qon ketishining bir shakli hisoblanib, menstrual siklning 21 kundan kam davom etishiga aytiladi. Baʼzi bir ayollar uchun siklning qisqarishi normal boʻlishi mumkin, ammo boshqalarda esa, bu holat muayyan tibbiy sabablar tufayli yuzaga keladi.Bundan tashqari, hayz siklining qisqa boʻlishi, ovulyatsiya jarayoniga ham bilvosita taʼsir etib, homilador boʻlishni qiyinlashtirishi mumkin.  

Baʼzida polimenoreyani keltirib chiqaradigan normal boʻlmagan holatlar aniqlanmasligi mumkin, bu ayrim ayollar uchun odatiy hol hisobladi. Ammo, baʼzilarda turli omil va kasalliklar tufayli ham polimenoreya yuzaga kelishi mumkin. Hamda uning homilador boʻlishga taʼsirini hisobga olib, uni davolashga kirishish maqsadga muvofiqdir.

Endomertioz, jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklar (xlamidiya va gonoreya), menopauza, stress, psixologik buzilishlar, toʻyib ovqatlanmaslik, tos aʼzolarining surunkali yalligʻlanish kasalliklari sabab boʻlishi mumkin.

Baʼzida reproduktiv aʼzolarning boshqa kasalliklari tufayli qon ketishini polimenoreya, deb oʻylash holatlari ham kuzatilishi mumkin. Shuning uchun har qanday noodatiy qon ketishi yoki qonli ajralma ajralishi, laxta qon kelishi kuzatilsa, ginekolog koʻrigiga borishni unutmang. 

Dismenoreya (algodismenoreya, algomenoreya)  - hayz paytida og'riq kuzatilishi

Dismenoreya – oʻsmirlik davrida eng koʻp uchraydigan patologik holatlardan biri boʻlib, hayz koʻrish bilan bogʻliq boʻlgan kichik chanoq sohasida kuzatiladigan ogʻriqlar va kompleks oʻzgarishlardir.

Koʻpincha, hayz kelganda og'riq kuzatilishi, shu bilan birgalikda baʼzi ayollarda kuchli ogʻriqlar 1-3 kun oldin boshlanishi ham mumkin. Bu holat hayz boshlanganda kuchayadi hamda 2-3 kundan soʻng ogʻriqlar pasayishi bilan xarakterlanadi.

Hayz vaqtida ogʻriq kelib chiqishida bachadon mushaklarining tartibsiz qisqarishi asosiy sababchi hisoblanadi. Va bunga sabab boʻluvchi bir qancha omillar mavjud, ular quyidagilar boʻlishi mumkin:

  • Lyutein fazasining qisqaligi;
  • Biriktiruvchi toʻqima tugʻma displaziyasi;
  • Bachadon adenomiozi va endometriozi;
  • Nasliy omil.

Agar hayz paytida ogʻriqlar boʻlishi doimiy bezovta qilsa, u yuqoridagi hayz sikli buzilishi shakllari bilan birgalikda kelsa, albatta, ginekologga murojaat qilish lozim.

Hayz vaqtida og'riq bo'lishi haqida batafsil maʼlumot olishni istasangiz, Hayz vaqtida ogʻriq boʻlishi – dismenoreya maqolasini oʻqib chiqishingizni tavsiya etamiz.

Ushbu videoda koʻrsatilgan yoga usullari hayz vaqtidagi ogʻriqlardan, xalos boʻlishga yordam berishi mumkin.

[su_youtube_advanced url="https://www.youtube.com/watch?v=KKw_edCHmnk" width="560" height="320" responsive="no" controls="no" rel="no" fs="no" modestbranding="yes" theme="light" playsinline="yes" title="Hayz funksiyasi buzilishi"]

Menoragiya - hayz vaqtida ko'p qon ketishi

Menorragiya ginekologik shikoyatlarning eng koʻp tarqalgani hisoblanadi. Tashxis qoʻyilgan ayollarning ayrimlarida, buning asosiy sababini aniqlash qiyinchilik tugʻdiradi.  Menorragiya organizmdagi jiddiy muammolarning ilk belgisi ham boʻlishi mumkin.

Menorragiya bu  bitta sikl davomida normal miqdordan ikki baravar koʻp, yaʼni 80 ml.dan ortiq qon yoʻqotish holatidir. Normada bir hayz sikli davomida 30-40 ml.gacha qon yoʻqotilishi mumkin.

Ushbu turdagi hayz sikli buzilishi 7 kundan koʻproq davom etib, ayoldan har 2 soatda yoki undan koʻproq muddatda prokladka yoki tamponni almashtirishni talab qiladi.

laxta qon kelishi
Illustratsiya: Marta Pucci. HelloClue

Hayz qoni koʻp kelishiga, quyidagi omillar sabab boʻlishi mumkin:

  • Tuxumdonlar disfunksiyasi;
  • Gormonal buzilishlar;
  • Bachadon miomasi;
  • Bachadon va bachadon boʻyni saratoni
  • Adenomioz;
  • Spiral ishlatish;
  • Homiladorlikning asoratlari;
  • Qon kasalliklari.

Hayz sikli buzilishini davolash

Menstrual sikl buzilishini davolash kasallikning asosiy sababchisini bartaraf etishga yoʻnaltirilgan boʻladi. Davolash usullari muammo sababchisiga, tashxisga, bemorning holati qanchalik ogʻir yoki yengilligiga, shu vaqtga qadar qanday kasalliklarni boshidan oʻtkazganiga va boshqa shu kabi bir qancha omillarga bogʻliq.  

Amaliyotda koʻp qon ketishini nazorat qilish uchun gormonlar buyurilishi  mumkin. Ogʻriqlarni bartaraf qilish uchun esa, ibuprofen kabi ogʻriq qoldiruvchi preparatlar ishlatiladi. Muammolarga kuchli zoʻriqishlar va ogʻir mehnat sabab boʻlganligi aniqlansa, uzoq muddat dam olish hamda maxsus terapiya oʻtkazish maqsadga muvofiq.

Hayz sikli buzilishi shakllarining kelib chiqish sabablari sifatida tizimli kasalliklar, masalan qalqonsimon bez, reproduktiv tizim kasalliklari, turli yaxshi va yomon sifatli oʻsmalar aniqlansa, tegishli mutaxassislarga murojaat qilgan holatda asosiy kasalliklarni davolash talab etiladi. Koʻpincha, asosiy kasallik bartaraf etilgandan soʻng hayz sikli normallashadi.

Kasallikning asoratlari va oldini olish usullari

Hayz sikli buzilishi turli kasalliklar oqibatida yuzaga kelganligini inobatga olsak, asosiy kasallik yoki omil bartaraf etilmas ekan, ushbu patologik holat organizmda chuqur asoratlar keltirib chiqarishi mumkin.

Masalan, amenoreya, oligoamenoreya tufayli osteoparoz va bepushtlik, polimenoreya, menoragiya tufayli kamqonlikning ogʻir darajasi, charchoq, ogʻriqlar,  umumiy moddalar almashinuvining buzilishi kabi asoratlar rivojlanishi mumkin. Shunga alohida ahamiyat berish kerakki, bu holatlar boshqa kasalliklar tufayli yuz berayotganligi uchun asoratlar asosiy kasallikning turiga qarab, turlicha boʻlishi mumkin. Shuning uchun hayz fuksiyasi bilan bogʻliq oʻzingizdagi noodatiy oʻzgarishni sezishingiz bilanoq shifokor bilan maslahatlashishni odat qiling.

Hayz sikli buzilishining oldini olish uchun quyidagi baʼzi tavsiyalarni amalga tatbiq etish foyda beradi:

  • Oʻrta intensivlikdagi jismoniy mashqlar bajarish va foydali oziq-ovqatlarni isteʼmol qilish orqali sogʻlom turmush tarzini saqlashga harakat qiling. Agar siz ozishni niyat qilgan boʻlsangiz, kaloriya va oziq-ovqat isteʼmolini keskin cheklaydigan parhezga murojaat qilish oʻrniga, uni asta-sekin tartib bilan bajaring.
  • Yetarli darajada dam olganingizga ishonch hosil qiling.
  • Stressni kamaytirish uchun turli usullarni qoʻllab koʻring.
  • Agar siz professional sportchi boʻlsangiz, uzoq muddatli yoki kuchli intensiv mashqlarni toʻxtating. Professional sport bilan shugʻullanish, avval aytganimizdek, hayz siklining izdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
  • Homiladorlikni nazorat qilish tabletkalarini yoki boshqa kontratseptsiya usullarini koʻrsatmalarga muvofiq, ginekolog tavsiyasiga koʻra foydalaning.
  • Hayz davringizni doimo kuzatib boring.
  • Har olti oyda profilaktika maqsadida, shifokor koʻrigidan oʻtib turing.
laxta qon kelishi
Foto: Google Photo

Hayz sikli buzilishi bilan ginekologga qachon murojaat qilish zarur?

Agar sizda quyidagi alomatlar mavjud boʻlsa, shifokor bilan bogʻlaning:

  • Noodatiy qon ketish kuzatilsa yoki katta qon laxtalari ajralsa;
  • Anormal yoki badboʻy hidli vaginal ajralma ajralsa;
  • Hayz sikli buzilishi muntazam boʻlsa, yaʼni har safar odatdagidan 5-7 kunga hayz kechikishi yoki erta kelishi kuzatilsa;
  • Hayz koʻrish yetti kundan koʻproq davom etsa;
  • Menopauzani boshdan kechirganingizdan soʻng qon ketishi davom etsa;
  • Qizlarda 15 yoshida ham hayz koʻrishi boshlanmasa yoki hayz boshlangandan soʻng 1-2 yil ichida ham siklik hayz davri oʻrnatilmasa;
  • Hayz boshlanishi oldidan yoki hayz davrida kuchli ogʻriqlar sizni tez-tez bezovta qilsa;
  • Qon ketishi tana haroratining koʻtarilishi bilan namoyon boʻlsa. 

Va, umuman, hayz koʻrish bilan bogʻliq noodatiy holatni boshingizdan oʻtkazsangiz, albatta, bu haqida shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Hayz vaqtida laxta qon kelishi normal holatmi?

Aksariyat ayollar hayotlarining bir qismida hayz koʻrishining noodatiy turli ajralma hamda laxta qon kelishi kabi holatlarni boshlaridan oʻtkazishlari mumkin. Menstrual laxtalar, hayz vaqtida bachadondan chiqariladigan laxta qon, toʻqima va qonning quyuq massali qon tomirlardan tashkil topib, rangi toʻq qizil rangdan, toʻq jigarrang holatgacha boʻladi.

Agar qonli laxtalar kichkina boʻlsa va vaqti-vaqti bilan kam-kamdan ajralib, yorqin yoki toʻq qizil rangda boʻlsa, tashvishlanishga asos boʻlmasligi mumkin. Lekin hayz qoni jigarrang, koʻp miqdorda laxta qon kelishi kuzatilsa hamda bu tez-tez takrorlanib tursa, sogʻlikdagi jiddiy muammolarning alomatlari boʻlishi mumkin.

Odatda, hayz vaqtida laxta qon kelishi menoragiya va boshqa hayz sikli buzilishi shakllari bilan birgalikda keladi hamda ayolning turmush tarziga salbiy taʼsir etadi. Yuqorida sanab oʻtgan, menoragiyaga sabab boʻluvchi omillar koʻp qon ajralishiga olib keladi, natijada laxta qon kelishi ham kuzatilishi mumkin.

Hayz vaqtida laxta qon kelishi quyidagi omillar sabab yuzaga kelishi mumkin:

  • mioma;
  • endometrioz;
  • adenomioz;
  • o'smalar;
  • gormonal muvozanat buzilishi;
  • homila tushishi.

Agar ayolda davriy laxta qon kelishi kuzatilmasdan, ba’zi-ba’zida turli darajada qon ketib tursa, bu hayz sikli buzilishiga aloqador boʻlmay, balki bachadonda yuzaga kelgan boshqa jiddiy o‘zgarish tufayli qon ajrayotgan bo‘lishi ham mumkin.

Shuning uchun muntazam ravishda, hayz koʻrganingizda qon quyqalari yoki laxta qon kelishi roʻy bersa, ginekologga murojaat qiling. Zero, oʻz vaqtida aniqlanib, davo chorasi koʻrilgan har qanday kasallikni bartaraf qilish mumkin.

Normada hayz necha kun kechikishi mumkin?

Maqola boshida aytib oʻtganimizdek, hayz sikli normada 21 kundan 35 kungacha boʻlgan muddatni tashkil qiladi, odatda sikl 28 kun davom etadi. Hayz koʻrish esa, ikki kundan yetti kungacha davom etishi mumkin. Agar hayz koʻrish kutilgan kundan 5 yoki undan koʻp kun oʻtgach ham boshlanmasa, hayz kechikishi hisoblanadi. Agar oxirgi hayz boshlanganidan keyin 6 hafta yoki undan koʻp hafta davomida hayz koʻrmagan boʻlsa, hayz muddati oʻtkazib yuborilgan hisoblanadi.

Hayz siklining qisqa muddatlarga kechikishiga hayot tarzining oʻzgarishidan tortib, turli xastaliklar ham sababchi boʻlishi mumkin.  

Masalan:

  • Stressni boshdan kechirish;
  • Keskin ozib ketish yoki semirib ketish;
  • Jismoniy mashq yoki ogʻir mehnat hajmini odatdagidan keskin oshirish;
  • Kontraseptik preparatlarni qabul qilish;
  • Perimenopauza yoki erta menopauzada;
  • Tuxumdon polikistotik sindromi;
  • Qalqonsimon bez kasalliklari.

Yuqorida sanab oʻtgan holatlardan tashqari, homiladorlikni rejalashtirayotgan oilalarda hayz kelishining kechikishiga sabab homiladorlik yuz berganligi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Agar homiladorlikni rejalashtirayotgan boʻlsangiz, oʻzingizda hayz kechikishi bilan birgalikda, homiladorlikning ilk belgilari: koʻngil aynishi, tez charchash, kichik hojatning koʻpayganligi, taʼm va hid bilishning oʻzgarishi kabi belgilarni sezsangiz, albatta, homiladorlik testini oʻtkazib koʻrishingiz kerak.

Demak, meʼyorda hayz sikli davriy ravishda takrorlansa, biror-bir sababsiz kechikish mumkin emas. Agar muntazam davrga ega boʻlsangiz-u, lekin oxirgi vaqtlarda hayz kechikishi kuzatilayotgan boʻlsa, shifokor qabuliga borishni unutmang.

Spiraldan keyin qon kelishi kuzatilsa, nima qilish kerak?

Bachadon ichi spirali ishonchli kontrasepsiya usullaridan biri hisoblanadi va ginekologiya amaliyotida keng qoʻllaniladi. Biroq, barcha tibbiy vositalarda boʻlgani kabi, spiralni ham notoʻgʻri qoʻllash yoki foydalanish oqibatida turli asoratlar kelib chiqishi mumkin. Bulardan eng keng tarqalgani spiraldan keyin qon kelishi holatidir.

Spiraldan keyin hayz kelishi vaqtida hayz suyuqligi hajmining koʻpayishi, kam holatlarda hayz koʻrmayotgan vaqtda ham qon ketish kabi asoratlar kuzatilishi mumkin. Qon ketish temir tanqisligi anemiyasi, holsizlik, teri rangining oqarishi, hansirash, sochlar va tirnoqlarning sinuvchanligi va ichki aʼzolarda distrofik oʻzgarishlar bilan kechadi. Qon ketishlarning oldini olish maqsadida spiral oʻrnatilishidan 2 oy oldin oral kontraseptiv vositalardan foydalanib turish zarur. Agar menorragiya anemiyalarga sabab boʻlsa, bachadon ichi spirali olib tashlash talab etiladi.

Tug'ruqdan keyin hayz ko'rmaslik yoki kechikishi qancha davom etadi?

Odatda, tugʻruqdan keyin hayz koʻrish avvalgi davriy hayz siklidan biroz farqlanishi mumkin. Emizikli ayollar toki, bolasini tartib bilan (kechasi ham) emizarkan ularda emizishni toʻxtatmagunlaricha yoki kechasi emizishni toʻxtatmagunlaricha  hayz kelishi kuzatilmaydi. Agarda, ona bolani tartibsiz yoki umuman emizmasa, unda birinchi hayz koʻrish tugʻilgandan keyin 5-6 hafta oʻtgach boshlanishi mumkin. Jahon sogʻlikni saqlash tashkiloti tavsiyasiga koʻra, bolaning sogʻlom va baquvvat rivojlanishi uchun, kamida olti oy koʻkrak suti bilan tartibli boqish lozim. 

Ayniqsa, tugʻruqdan keyingi bir necha oy ichida, muntazam boʻlmagan hayz koʻrish odatiy hol hisoblanadi. Bolasini koʻkrak suti bilan boqadigan ayollarda tartibsiz davrlar koʻproq kuzatiladi, chunki emizishni qoʻllab-quvvatlovchi gormonlar organizmda ovulyatsiyaning kechikishiga olib kelishi mumkin. Emizikli boʻlmagan ayollarda ham hayzlar tartibsiz boʻlishi mumkin, chunki tana homiladorlik va tugʻruqdan keyin tiklanish uchun vaqt talab etiladi. Natijada, tartibsiz hayz koʻrish holati kuzatiladi. Biroq bu holat vaqt oʻtishi bilan odatiy tartibiga qaytadi. 

Shuningdek, tugʻruqdan soʻng qindan qonli ajralmalar ajralishi kuzatilishi mumkin. Bu holatni hayz koʻrish, deb talqin qilish kerak emas, chunki ajralmalar kelishiga sabab bachadonning tugʻruqdan keyin tiklanishidir. Maʼlumotlarga koʻra,  tugʻruqdan keyin qon ketishi 3-5 hafta yoki undan ham koʻproq davom etishi mumkin.

Ammo juda ogʻir qon ketishi yoki qon ketishi kuchli ogʻriq hamda tana haroratining koʻtarilishi bilan sodir boʻlsa va ajralmalar hajmi katta boʻlsa, darhol ginekologga murojaat qilish shart.

Hayz keltiruvchi dorilar
Foto: Google Photo

Hayz keltiruvchi dorilar xavfsizmi?

Hayz keltiruvchi dorilar, yaʼni hayz siklini meʼyorlashtiruvchi kimyoviy preparatlar hayz sikli buzilishi bilan shikoyat qilgan ayollarga ginekologlar tomonidan tavsiya qilinishi mumkin. Masalan, rejalashtirilmagan homiladorlikni nazorat qilishning gormonal usullari uchun ishlatiladigan preparatlar anormal bachadon qon ketishlarida hamda amenoreya holatlarida hayz siklining normallashishiga yordam beradi va xavfsiz hisoblanadi. Lekin, ularni ginekolog koʻrsatmalarisiz hamda tartibsiz qabul qilish, holatni yana ham ogʻirlashtirib, hayz sikli buzilishining bir nechta turlarining oʻzaro qoʻshilib kelishiga olib kelishi mumkin.

Bundan tashqari, hayz funksiyasi buzilishi shakliga, kelib chiqish sababiga koʻra boshqa guruh preparatlari ham davolash maqsadida ishlatiladi. Masalan, nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparatlar, antibiotiklar, qon kasalliklariga qarshi preparatlar hamda vitaminlar.

Uy sharoitida hayz keltirish usullari mavjudmi?

Uy sharoitida hayz keltirish yoki hayz siklini normallashtirish hayot  tarzini toʻgʻri tashkil etishga asoslanadi. Hayot tarzining baʼzi omillari — masalan, juda koʻp jismoniy mashqlar bajarish, ogʻir jismoniy mehnat bilan shugʻullanish yoki kam ovqatlanib, ozib ketish hayz sikli buzilishiga turtki boʻlishi mumkin. Shuning uchun ish va dam olishda muvozanat saqlashga intiling. Turmushdagi stress va asabiylashishlardan yiroqroq boʻling. Stressga tushgudek boʻlsangiz ham chiqib ketishning usullarini izlang. Agar oʻz kuchingiz bilan stressni yenga olmasangiz, oilangiz, doʻstlaringiz yoki shifokoringizdan yordam soʻrashdan tortinmang.

Bundan tashqari, uy sharoitida hayz sikli davriyligini yaxshilash, hayz sikli buzilishlarini yengillashtirish uchun mutaxassislar tomonidan quyidagi maslahatlar beriladi:

  • Yoga bilan shugʻullanish — haftasiga 5 marta, kuniga 35 dan 40 minutgacha yoga bilan shugʻullanish gormonlar va hayz davrlarini boshqarishda yordam berishi mumkin. Yoga, shuningdek, hayz oldi sindromi holatini bartaraf qilishda ham qoʻl keladi.
  • Meʼyoriy vaznni saqlashga intiling — kam yoki ortiqcha vazn tartibsizliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun muvozanatga amal qiling.
  • Vitaminlarni meʼyorda qabul qiling — D vitaminining past darajasi hayz sikli buzilishi xavfini oshirishi mumkin. Kundalik D vitamini qoʻshimchasini qabul qilish hayz davrini tartibga solishga yordam beradi. Shuningdek, B guruh vitaminlari hayz oldi ogʻriqlarini kamaytirib, davrlarni tartibga solishga yordam beradi.
  • Meva, sabzavotlar hamda tabiiy ichimliklar ichishni kanda qilmang.

Bir oyda ikki marta hayz kelishi xavflimi?

Polimenoreya yaʼni qisqa muddat oraligʻida hayz koʻrish sababli, baʼzida bir oyda ikki marta hayz kelishi kuzatiladi. Endomertioz, bachadon miomasi, jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklar (xlamidiya va gonoreya), menopauza, qalqonsimon bez kasalliklari, stress, psixologik buzilishlar, toʻyib ovqatlanmaslik, tos aʼzolarining surunkali yalligʻlanish kasalliklari bir oyda ikki marta hayz koʻrishga sabab boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, jinsiy balogʻatga yetishish davrida qizlarning hayz koʻrish davrlari qisqaroq yoki baʼzan uzoqroq boʻlishi mumkin, qisqaroq sikl kuzatilishi natijasida 1 oyda 2 marta hayz koʻrishga olib kelishi mumkin. 

Agar soʻnggi 2-3 oy davomida oyiga ikki martadan hayz koʻrgan boʻlsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Shuningdek, qisqa muddat oraligʻida koʻp miqdorda qon ketsa ham shifokor maslahati zarur boʻladi. Chunki koʻp miqdorda va tez-tez hayz koʻrish, organizmda qon yoʻqotilishiga olib kelishi mumkin, bu esa anemiya rivojlanishiga turtki boʻladi.

Hayz vaqtida jinsiy aloqa qilish mumkinmi?

Ayol hayz koʻrish davrida jinsiy aloqaga kirishishi tavsiya etilmaydi. Chunki turli infeksion kasalliklarning rivojlanish xavfining keskin oshishi kuzatiladi. Qin normal mikroflorasining oʻzgarishi natijasida ayolda, bakterial vaginoz, zamburugʻ kasalliklarining erkak jinsiy aʼzosi boshchasining zararlashi tufayli balanit kasalligi shakillanishi mumkin. Bundan tashqari, hayz vaqtida jinsiy aloqa qilish jinsiy yoʻl bilan yuqadigan xlamidiya, gonoreya, gepatit B, gerpes, OITS, inson papillomavirusi, sifilis kabi infeksiyalarning bemor sherikdan, sogʻlom sherikka yuqishiga sabab boʻlishi mumkin.

Quyidagi audio orqali “Nega hayz koʻrish vaqtida jinsiy aloqa qilish mumkin emas?“, degan savolga Doktor-D tomonidan berilgan batafsil javobni tinglashingiz mumkin.   

https://soundcloud.com/med-media-uzbekistan/hayz-paytida-jinsiy-aloqa-qilish-mumkinmi-doktor-d

Qiz bolada hayz kechikishi normal holatmi?

Yuqorida taʼkidlaganimizdek, endi hayz koʻrishni boshlagan qiz bolalarda hayz sikli barqarorlashguncha, turli xil oraliqlarda takrorlanib turishi (hayz kechikishi yoki erta kelishi), shu bilan birgalikda har xil kechishi mumkin. Ba’zida bu holat 19-20 yoshgacha saqlanib qoladi. Muntazam sikl o‘rnatilgandan so‘ng hayz sikli 21 kundan 35 kungacha davom etadi. Agar hayz koʻrishni boshlaganiga ikki yildan oshiq vaqt boʻlmagan boʻlib, hayz sikli davriy takrorlanmay, kechikayotgan boʻlsa, bundan qattiq xavotirlanish kerak emas. Lekin tartibsiz, kechishdan tashqari, ogʻriqlar, kuchli qon ketishi, jigarrang ajralmalar bilan kelishi hamda boshqa noodatiy holatlar ham kuzatilsa, qiz bola, albatta, oʻsmir qizlar ginekologiga murojaat qilishi shart.


Har bir ayol reproduktiv tizimi bilan bogʻliq biror muammoga duch kelar ekan, uning zamirida uzoq vaqtlardan beri eʼtibor bermagan yoki ahamiyat qaratmagan muammolar yotishi mumkin. Shuning uchun ushbu aʼzolar salomatligiga jiddiy ahamiyat berish, gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilish lozim. 

Hayz sikli bilan bogʻliq maʼlumotlaringiz yoki oʻziga xos hikoyangiz boʻlsa, boshqa ayollar bilan ushbu maqola ostida boʻlishishingiz, ular bilan fikr almashishingiz mumkin.

Salomat boʻling!

Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.

Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.

Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60

Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.