Gepatologiya

MAQOLALAR

ico
Jigar kasalliklar o‘zini qanday ma’lum qiladi?

Jigar asosan o‘t (safro) ishlab chiqarib, ovqat hazm bo‘lishi va oziq moddalarning ichakdan qonga so‘rilishida muhim rol o‘ynaydi. Oqsil, yog‘ va uglevodlar almashinuvida ham qatnashadi. Bundan tashqari, jigar moddalar almashinuvida hosil bo‘ladigan yoki tashqaridan kirgan zaharli moddalarni zararsizlantirib, himoya vazifasini bajaradi. Qon orqali jigarga keladigan moddalardan ba’zilari organizm uchun zararli bo‘lishi mumkin. Shu moddalarni zararsizlantirish, qisman o‘t bilan chiqarib yuborish jigarning vazifasidir.

jigar

Tanadagi «benzopirin»

Jigarning surunkali kasalligiga asosan noto‘g‘ri ovqatlanish sabab bo‘ladi. Ayniqsa, dudlangan kolbasa yoki go‘sht va eritilgan yog‘ iste’molqilinganda asta-sekin tanaga zahar singari yoyiladi. Tanamiz ichra benzopiringa aylangan bunday mahsulotlar organizmda xavfli o‘smalarni keltirib chiqaradigan eng yomon kanserogenlar hisoblanadi. Qarabsizki, bunday mahsulotlarning zahari jigar hujayralarini yemiradi.

Kuchli qovurilgan yog‘li ovqatlar jigarga umuman yoqmaydi. Jigar ularni hazm qilish uchun anchagina kuchsarflaydi. Oqibatda uning quvvati pasayib, organizmda turli dardlar kelib chiqadi. Masalan, immun tizimi faoliyati susayadi, qon aylanishi yomonlashadi, hujayralarda enegiya ishlab chiqarish holati izdan chiqadi.

Achchiq va nordon (rediska, sarimsoq piyoz, piyoz singari) yeguliklar jigarga ziyon yetkazadi. Chunki ular yeyilgach, me’dada safro ikki hissa ko‘p ishlab chiqiladi. Eng yomoni, safro ko‘paygani sari jigar yo‘lida toshlar hosil bo‘lish xavfi tug‘iladi.

Tuzlangan karam, sho‘r ovqatlar, sirka, xantal, shovul, limon, kivi, ketchup va ziravorlar ham me’yordan ortiq iste’mol qilinsa, jigar faoliyatini yomonlashtiradi.

Dori gepatiti nima?

Aslida jigar o‘z-o‘zini regeniratsiya qiladigan, ya’ni tiklaydigan birdan-bir a’zo hisoblanadi. Uning o‘rtacha og‘irligi 1,5 kg bo‘lib, har soatda o‘zi orqali 100litr qonni o‘tkazadi. Gapning sirasini aytganda, jigar bizning barcha nomaqbul xatti-harakatlarimizni (masalan, uning «dushmani» sanalgan yog‘li va qovrilgan ovqatlarni tinmay iste’mol qilishimizni hamda shifokor buyurgan dorilarni uzoq muddat ichib yurishimizni) jimgina qabul qiladi. Oxir-oqibat esa ovqatlanishda va hayot tarzimizda yo‘lqo‘ygan xatolarimizning hammasi jigar uchun ziyon keltirib, uni asta-sekin zaharlaydi.

Jigarning zaharlanishi tufayli kishida bemorlik alomatlari paydo bo‘ladi – ko‘ngli aynib, boshi aylanadi, holsizlanish seziladi. Bunday vaqtda ko‘pchilik bilib-bilmay dori-darmonlar qabulqiladi. Bu esa zararlangan jigarga battar salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada dori gepatiti yuzaga keladi. Ana shu dardga uchrasangiz, dastlab teri va ko‘z osti sarg‘ayadi, tilqorayadi, kekirganda og‘izdan achimsiq ta’m keladi. Ko‘p hollarda bemor qayt qiladi. Tezlik bilan davo choralari ko‘rilmasa, bemorning ahvoli og‘irlashadi.

Tamaki chekish, goh-gohida spirtli ichimliklar ichish ham jigar faoliyatini yomonlashtiradi. Vaqti-vaqti bilan oz-ozdan ovqatlanish esa jigar ishini yengillashtirishini unutmang. Meva va sabzavotlar xomligicha iste’mol qilinishi lozim. Taomlar sho‘r bo‘lmasin, ular o‘simlik yog‘ida dimlab pishirilgani ma’qul.

Jigar to‘qimalari shikastlansa…

Gepatit (sariq kasalligi) o‘ta yuqumli bo‘lib, asosan jigar to‘qimasining shikastlanishi bilan kechadi. Agar kasallikka o‘z vaqtida qunt bilan davo qilinmasa, surunkali tusga o‘tadi va tez-tez qaytalanib turadi. Ko‘pincha gepatit bilan og‘rigan bemor dardni atrofdagilarga ham yuqtiradi. Ayrim hollarda esa infeksion kasalliklar yoki organizmning zaharlanishidan so‘ng paydo bo‘ladi. Virusli gepatitning bir nechta turlari mavjud.

A virusi qo‘zg‘atgan gepatit

A virusi qo‘zg‘atgan gepatit yoz va kuz oylarida ko‘p uchraydi. Kasallikning yashirin davri (ya’ni viruslar organizmga tushgandan to uning ilk alomatlari ko‘ringunga qadar) 2-4 hafta davom etadi. Bu vaqt ichida hech qanday belgilar sezilmaydi. Lekin xuddi shu davrda gepatit boshqalarga tez va oson yuqadi. Yashirin davr o‘tgach, bemorda silla qurishi, ishtaha yo‘qolishi, ko‘ngil aynib qusish holatlari kuzatiladi. Ba’zan qorni og‘rib ichi ketadi, peshobi to‘q sariq tusga kiradi, axlati oqaradi, teri sarg‘ayib, jigar kattalashadi. Shuni ta’kidlash lozimki, sarg‘ayishsiz kechadigan yuqumli gepatitda bunday belgilar bo‘lmasligi mumkin.

Gepatit B

B turdagi gepatit viruslari jigar hujayralarida uzoq vaqt (hatto bir necha oydan bir necha yilgacha) saqlanib turadi. Shu muddat ichida viruslar ko‘payib, oqibatda organizmda moddalar almashinuvi keskin buziladi. Gepatitning bu turiga o‘z vaqtida davo choralari ko‘rilmasa, ko‘pgina asoratlar qoldiradi, ya’ni dard surunkali tusga o‘tib jigar faoliyati izdan chiqadi, jigarning o‘tkir toksik distrofiyasi (zahar tarqalishi) sodir bo‘lib, bemorning hayoti xavf ostida qoladi. Shuning uchun ham bemor kasalxonaga qanchalik barvaqt yotqizilsa, shunchalik tez sog‘ayadi. Gepatit B dan tuzalganlar 6 oy, ba’zan bir yilgacha qat’iy parhez tutishlari va muntazam shifokor nazoratida bo‘lishlari zarur.

Gepatit B haqida batafsil  bu yerda o‘qing

Gepatit D

D virusi qo‘zg‘atgan gepatitda bemorning immuniteti juda pasayib ketadi. Xastalik tuzalishi cho‘zilgan hollarda qorin va oyoqlarga suv yig‘ila boshlaydi.

Gepatit D haqida batafsil  bu yerda o‘qing

Gepatit C

C viruslari kyeltirib chiqaradigan gepatit esa ancha og‘ir kechadi, aksariyat hollarda jigar tez kattalashadi. Bu gepatit turi vaqt o‘tishi bilan (hatto bir necha yildan keyin ham) qaytalanib turadi. Davo oxirigacha qunt bilan olib borilmasa, jigar sirrozi rivojlana boshlaydi.

Gepatit C haqida batafsil  bu yerda o‘qing

Gepatitni davolashdan avval uni keltirib chiqargan sabablar aniqlanadi va bartaraf etiladi. Jigar hujayralarida modda almashinuvini yaxshilaydigan muolajalar bemorning tuzalishida naf beradi. Gepatitni davolashda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:

  • ruhiy va jismoniy osoyishta kun tartibiga rioya etish;
  • parhez saqlash, ya’ni oson hazm bo‘ladigan vitaminli ovqatlarni iste’molqilish, taomlarni bemorga qattiqqovurib emas, asosan bug‘da pishirib berish lozim;
  • gepatitning surunkali tusga o‘tishi va kasallik qaytalanishiga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish;
  • gepatitning turiga va kechishiga qarab uni bosqichma-bosqich davolashni bemor to‘la sog‘ayib ketgunicha davom ettirish.

Ma’lumki, har qanday dard avvalo kuchsiz tanaga tez yopishadi.

Shuning uchun ham kishi o‘zini bolalikdan chiniqtirishi, turli yuqumli kasalliklardan saqlanishi kerak.

Asorati og‘ir dard

Surunkali jigar kasalliklari o‘z vaqtida davolanmasa rivojlanib ketadi va aynan shu davrda uning hujayralari – gepatotsitlarning nobud bo‘lishi kuzatiladi.

Jigar sirrozidagi aynan shu yallig‘lanish jarayonida jigardagi to‘qimalar faoliyati o‘zgarib, qon tomirlarda qon aylanishi buziladi, shuningdek, qon tomirlari siqilib, ular arterial bosim oshadi. Bu esa gepatotsitlarni battar halokatga olib keladi. Jigarda qon bosimining oshishi, bu a’zoda qon aylanish tizimi ishini izdan chiqaradi, oqibatda portal gipertoniya vujudga keladi. Shundan so‘ng qorin bo‘shlig‘ida suv yig‘ilib, qora taloq kattalashadi.

Bu kasallikning asoratlari juda og‘ir kechadi. Ya’ni sirroz o‘z vaqtida aniqlanmay qolganda yoki boshlang‘ich muolajalar kechiktirilib, dard rivojlanib ketganda oshqozon-ichak va qizilo‘ngachdan qon ketishi, jigar faoliyati asta-sekin buzilib jigar-buyrak yetishmovchiligi kelib chiqishi, bu a’zodagi yirik venaqon tomirining tiqilib qolishi, o‘t yo‘llarida tosh paydo bo‘lishi, bora-bora sirroz saratonga aylanishi va bemor koma holatiga tushishi mumkin.

Aytish joizki, rivojlanib ketgan jigar sirrozi batamom tuzalmaydi, ba’zida tezroq, ba’zida uzoqroq davom etib, jigar yetishmovchiligiga olib keladi.

Jigar yetishmovchiligi

Jigar yetishmovchiligiga duchor bo‘lgan bemorlar yog‘li ovqatlarni xush ko‘rmasligi, ko‘ngil aynishi, meteorizm, og‘irlik sezish, najaso‘zgarishi, o‘t ajralishi va ovqat hazm qilish a’zolaridagi o‘zgarishlardan shikoyat qiladilar.

Shuningdek, jigar yetishmovchiligida bemor terisi sarg‘ayadi, qonda erkin va bog‘langan bilirubinlar miqdori ko‘payadi. Jigarda albumin (oqsil) sintezining buzilishi natijasida bemor tanasida shish yuzaga keladi. Jigar yetishmovchiligining oxirgi bosqichida bemor organizmida modda almashinuvi chuqur buziladi, bemor ozib ketadi. Ensefalopatiya (bosh miya faoliyati buzilishi) belgilari paydo bo‘ladi: bemor loqayd bo‘lib qoladi, uyqusi buziladi (hadeb uxlayveradi), esi kirdi-chiqdi bo‘lib qoladi.

Eng xavflisi, jigar yetishmovchiligi natijasida jigar komasi rivojlanadi. Bunda bemorning ko‘z shilliq pardasi, terisida sarg‘ayish va qichishish belgilari, har-xil toshmalarning toshishi va qon tomirlarning yorilishi natijasida «yulduzchalar» kuzatiladi. Tili oq karash bilan qoplanadi, mushaklari titraydi, og‘zidan qo‘lansa hid keladi.

Afsuski, jigar yetishmovchiligida bemorning hayotini saqlab qolish ko‘pincha qiyin bo‘ladi. Shunday ekan, bu kasallikning oldini olish shart.

Parhez ham davo

Jigarida surunkali xastaliklari bor bemorlar davolanish barobarida parhezga qat’iy rioya etishlari shart. Masalan, ular uchun quyidagi mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi:

  • yog‘li shirin bulochka, qatlama, tuxum sarig‘i;
  • o‘tkir va yog‘li gazaklar, baliq va go‘sht konservalari, dudlangan kolbasa, go‘shtli qaynatma sho‘rvalar;
  • turp, sholg‘om, sarimsoq, ismaloq va ravoch singari efirga boy sabzavotlar, marinadlangan pomidor-bodringlar;
  • shokolad, muzqaymoq, qora qaxva, kakao;
  • gazlangan ichimliklar.

jigarni tozalash

Bemorlar parhez davomida quyidagi mahsulotlarni iste’mol qilishlari mumkin:

  • yangi sabzavotlardan salatlar, yog‘siz chuchuk pishloq;
  • yormalardan tayyorlangan go‘shtsiz sho‘rvalar, qiymali ugra, mastava;
  • turli yormalardan bo‘tqalar va qaynatib pishirilgan makaron;
  • sut, quyultirilgan sut, qatiq, tvorog, yog‘sizroq qaymoq;
  • o‘simlik yog‘lari, zaytun, kungaboqar va makkajo‘xori yog‘i;
  • yog‘siz mol go‘shti, qaynatilgan go‘shtdan palov;
  • turli oshko‘klar, xo‘l mevalar va shirinliklar.

Umuman, jigar kasalliklari bilan og‘rigan kishilar ovqatlanishda va kundalik xatti-harakatlarda o‘zlarini nihoyatda avaylashlari zarur. Agar kasallikning o‘tkir turiga chalingan yoki surunkali gepatit bilan og‘rigan bo‘lsangiz, jismoniy mashqlarni faqat yengil turlarini bajarishingiz kerak. Qaltis harakat qilish, og‘ir yuk ko‘tarish va ko‘p kuch sarflanadigan jismoniy harakatlar dard tufayli kuchsizlangan jigar ishini qiyinlashtiradi. Ayniqsa, jismoniy tarbiya mashqlarini bajarishda shifokor bilan maslahatlashib ish tuting.

Unutmangki, jigardagi surunkali kasalliklar tufayli kishining ichki a’zolari va terisi holatida turli o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin. Shu boisdan organizmda yo terida biror o‘zgarish kuzatilsa, o‘z bilganingizcha davolanmasdan shifokorga ko‘rinishingiz zarur.

Gastroenterologik kasalliklarda eng kop qo'llaniladigan dori vositalardan biri URSOSAN FORTEdir:

https://apteka.uz/uz/product/ursosan

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Jigar hajmi kattalashishi yoxud gepatomegaliya

Gepatomegaliya – jigar oʻlchamining kattalashishi bilan namoyon boʻladigan sindrom. Sabablari virusli gepatit, infeksion mononukleoz, alkogol kasalliklari, sirroz, yogʻ toʻplanishi (gemoxromotoz), Badda-Kiari sindromi (jigar venalari trombozi), yogʻ​li distrofiya, onkologik kasalliklar, yurak-qon tomir kasalliklari va boshqa patologiyalar boʻlishi mumkin.

Patologik holat oʻng qovurgʻa osti sohasida ogʻirlik hissi, ogʻriq, yondosh aʼzolarning ezilishi, dispeptik buzilishlar bilan namoyon boʻladi. Diagnostikada asosan qorin boʻshligʻi aʼzolari UTT (UZI) tekshiruvi, MSKT, jigar punksion biopsiyasi va boshqa usullar yordamida olib boriladi. Davo muolajalari sindrom sababini bartaraf etishga qaratilgan boʻladi.

jigar kattalashishi, gepatomegaliya

Gepatomegaliya – patologik jigar oʻlchamining kattalashishi sindromi boʻlib (jigar oʻng boʻlagi oʻng oʻrta oʻmrov chizigʻi boʻyicha 12 sm yoki chap boʻlagi epigastral sohada palpatsiyalanishi) turli xil kasalliklar natijasida kelib chiqadi. Normada jigar yumshoq, oʻng qovurgʻa yoyi ostida yengil seziladigan holatda boʻladi.

Turli xil kasalliklar natijasida jigar qattiqlashishi, zichlashishi va kattalashishi mumkin. Gepatomegaliya jigar hujayralari distrofiyasi (gepatoz holatlarda), limfamakrofaglar infiltratsiya (surunkali yoki oʻtkir gepatit), tugun va fibrozlanishi (sirrozda), qon dimlanishi (jigar venalari zararlanishi, perikardit, yurak yetishmovchiligida), oʻchoqli oʻzgarishlar (absess, oʻsma, kista) hisobiga yuzaga keladi. Gepatomegaliya mustaqil ravishda kasallik hisoblanmaydi, bu holat biror bir kasallikning belgisi sifatida namoyon boʻladi.

Jigar kattalashishi sabablari

Jigar oʻlchamining kattalashishi bir qator kasalliklar natijasida yuzaga chiqishi mumkin. Eng koʻp tarqalgan etiologik omillardan biri – aʼzo qon tomirlari kasalliklaridir. Koʻpincha gepatomegaliyaga darvoza venasi va jigar venasi zararlanishi (tromb hosil boʻlishi natijasida, Badda-Kiari sindromi), kam holatlarda jigar arteriyalari shikastlanishi sabab boʻladi.

Sindrom namoyon boʻlishining yana bir sababi infeksion-virusli kasalliklar hisoblanadi. Ular natijasida jigar parenximasi, darvoza venasi va oʻt yoʻllari zararlanishi mumkin (virusli gepatit, infeksion mononukleoz, amebali absess, darvoza venasi yiringli trombo flebiti, nospetsifik xolangit). Gepatomegaliya oʻsma kasalliklarining asosiy belgilaridan biridir.

Jigarning birlamchi oʻsma kasalliklari kam holatlarda kuzatiladi, koʻpincha metastazlar natijasida jigarda ham oʻsma paydo boʻlishi mumkin. Yaxshi sifatli oʻsmalarda jigarda adenoma va gemangioma koʻp uchraydi.

Bundan tashqari gepatomegaliya jigar toʻqimalarining degenerativ oʻzgarishlari (steatogepatoz, steatogepatit, yurak-qon tomir tizimi patologiyalarida ikkilamchi oʻzgarish), amiloidoz, gepatotoksik moddalar taʼsiri (alkogol, dori preparatlari, ayrim sunʼiy moddalar) taʼsirida ham yuzaga chiqadi. Kam holatlarda gepatomegaliya sababi tugʻma nuqsonlar, autoimmun jarayonlar, endokrin kasalliklar (qandli diabet, homiladorlik vaqtidagi endokrinopatiyalar) va jigarning jarohatlanishi boʻlishi mumkin.

Kasallik klassifikatsiyasi

Shifokorlar gepatomegaliya sindromini tasniflashda uning etiologiyasiga asoslanishadi. Kasallikning turiga koʻra qon aylanishi buzilishi natijasida, moddalar aylanishi buzilishi natijasida, jigarning birlamchi kasalliklari, aʼzodagi infiltrativ jarayonlar, baʼzi gemotologik kasalliklar va mahalliy oʻzgarishlar natijasida yuzaga kelgan gepatomegaliya farqlanadi.

Tashxis qoʻyishda anatomo-morfologik oʻzgarishlar ham inobatga olinadi: parenxima zararlanishi, oʻt yoʻllari zararlanishi, biriktiruvchi toʻqima yoki qon tomirlar zararlanishi. Differensial diagnostika amalga oshirish uchun splenomegaliya (taloqning kattalashishi), sariqlik yoki assit holatlariga eʼtibor qaratiladi.

Aʼzoning oʻlchamiga qarab oʻrtacha (oʻlcham va strukturadagi oʻzgarishlar kuchli emas) hamda kuchli (normadan 10 sm katta) va diffuz (normadan 10 sm.dan katta) turlarga boʻlinadi. Jigar oʻlchami kattalashishining alohida koʻrinishi sifatida parsial gepatomegaliyani keltirish mumkin, bunda jigar simmetrik ravishda kattalashmaydi, uning bir qismi ikkinchi qismiga qaraganda yirikroq oʻlchamni egallaydi.

Gepatomegaliya belgilari

Jigar oʻlchamining kattalashishi asosiy kasallik belgilari bilan aniqlanadi. Oʻrtacha gepatomegaliyada (virusli gepatit, bolalarda ovqatlanishning buzilishi bilan yuzaga keluvchi holatlarda) bemorni bezovta qiladigan belgilar yuzaga chiqmasligi mumkin. Jigar oʻlchami yaqqol kattalashadigan boʻlsa, oʻng qovurgʻa osti sohasida ogʻirlik hissi, ogʻriq (harakatlangan vaqtda kuchayuvchi) sezilishi mumkin. Bundan tashqari terida toshmalar, qichishish, dispeptik belgilar (koʻngil aynishi, ich kelishining buzilishi, qorin dam boʻlishi), ogʻizdan badboʻy hid kelishi ham jigar kattalashganligidan dalolat beradi.

Virusli gepatit fonida kelib chiqadigan gepatomegaliya holatlarida jigar parenximasi qattiqlashadi va palpatsiyada oson aniqlanadi. Jigar kattalashishi koʻz sklerasi va teri qoplamalarining sargʻayishi bilan namoyon boʻlishi intoksikatsiyadan dalolat beradi.

Jigar sirrozida gepatomegaliya holati gepatositlar zararlanishi natijasida va ular oʻrnida biriktiruvchi toʻqima hosil boʻlishi hisobiga kelib chiqadi. Bunda aʼzo qattiqlashadi, doimiy ogʻriq hissi boʻladi, terining yashil-sargʻish tusdaligi, qon ketishga moyillikning ortishi kuzatiladi.

Jigar oʻlchamining birlamchi neoplastik oʻzgarishlar (oʻsma) natijasida kattalashishi juda kam hollarda uchraydi, bunda asosiy belgi: gepatosplenomegaliya, ogʻriq, dispeptik oʻzgarishlar, sariqlik, shish va assit boʻlib hisoblanadi. Ikkilamchi yaʼni metastatik oʻsmalarda gepatomegaliya sindromi kuchli boʻlmaydi. Oʻsmaning kattalashib borishi natijasida qoʻshni aʼzolar ham eziladi va shunga xos boʻlgan belgilar yuzaga chiqadi.

Gepatomegaliyaning degenerativ oʻzgarishlar natijasida kelib chiqishining oʻziga xosligi shundaki (jigarning yogʻli kasalligi) kasallik belgilari yaqqol namoyon boʻlmasligi, ogʻir holatlarning kamdan kam kuzatilishidir. Odatda bunday kasallik bemorning boshqa bir kasallikni aniqlash maqsadida tekshiruvlardan oʻtish vaqtida aniqlanadi. Jigar amiloidozida jigar oʻlchami anchagina kattalashadi, uning strukturasi qattiq, chetlari tekis, palpatsiyada ogʻriqsiz boʻladi.

Yurak kasalliklari natijasida gepatomegaliya sindromi oʻng qorincha yetishmovchiligida kelib chiqadi. Sindrom kuchayib boruvchi xarakterga ega, aʼzo kapsulasi choʻzilishiga sabab boʻladi va kuchli ogʻriq hissi bemorni bezovta qiladi. Agar asosiy kasallik davolansa jigar oʻz oʻlchamiga qaytadi.

Gepatotsitlarning toksik zararlanishida jigar oʻlchamining kattalashishi asosiy belgi sifatida yuzaga chiqadi, koʻpincha qichishish, sklera va teri qoplamasi sargʻayishi, laborator analizlardagi oʻzgarishlar ham kuzatiladi. Jigarning jarohatlanishi natijasida kattalashishi bemorning umumiy ahvolidagi oʻzgarishlar bilan birgalikda ichki qon ketish va gemorragik shok ham rivojlanishi mumkin. Davomli arterial qon bosimining pasayib borishi va taxikardiya, gipoksiya belgilari, jigar sohasi palpatsiya qilinganda kuchli ogʻriq boʻlishi kuzatiladi.

Gepatomegaliya diagnostikasi

Jigar oʻlchamining kattalashganligini aniqlash qiyinchilik tugʻdirmaydi – shunchaki palpatsiya va perkussiya amaliyotlari yordamida ham jigarning oʻlchamlari, chegaralarini bilib olish mumkin. Eng maʼlumotli tekshiruv usuli qorin boʻshligʻi aʼzolari UTT (UZI) tekshiruvi hisoblanadi.

Gepatomegaliya differensial diagnostikasida avvalambor virusli omilni inkor etishi kerak boʻladi. Anamnez yigʻish ham yaxshi maʼlumotlar beradi (qon quyish, jarrohlik amaliyotlari oʻtkazilganligi, tish shifokori huzurida boʻlganligi). Laborator koʻrsatkichlardan gepatomegaliya holatida aminotransferazalar oshganligi, ayniqsa ALT yuqori koʻrsatkichlarda boʻladi. Jigar hujayralarning holatini aniqlash maqsadida biopsiya usuli amalga oshiriladi.

Gepatomegaliyaga olib keluvchi omil autoimmun jarayonlarni istisno qilish uchun qonda aylanib yuruvchi autoantitelolarni aniqlash kerak boʻladi. Koʻpincha bu kabi kasalliklar 25 yoshgacha boʻlgan va postklimaks yoshidagi ayollarda qayd etiladi, hamda artralgiya, glomerulonefrit va tana haroratining oshishi bilan namoyon boʻladi.

Gepatomegaliyaning sirroz natijasida kelib chiqishida anamnezda alkogol mahsulotlarini surunkali isteʼmol qilish, surunkali jigar kasalliklari, qonda gamma-globulinlar miqdorining oshishi, ishqoriy fosfataza faolligi va aminotransferaza oshishi, protrombin va albumin miqdorining kamayishi kuzatiladi. Qorin boʻshligʻi aʼzolari UTT (UZI) tekshiruvida jigar parenximasining bir xil emasligi, portal vena diametrik va taloq venasining kengayishi aniqlanadi. 

Gepatomegaliyaning qon tomir patologiyalari bilan bogʻliq sabablarini aniqlashda (jigar venalari obstruksiyasi) ultratovush doplerografiyasi aniq maʼlumotlar beradi, bundan tashqari jigar punksion biopsiyasi va radioizotop skanerlash tekshiruvlari ham bajariladi. Oʻsma kasalliklarini istisno qilish maqsadida qorin boʻshligʻi aʼzolari MSKT tekshiruvi oʻtkaziladi.

Jigar kattalashishi davosi

Gepatomegaliyaning asosiy davosi sindromga sabab boʻlayotgan kasallikni davolashdir. Davo muolajalarida diyeta qilish (stol №6), tez-tez kam kamdan ovqatlanish, yogʻli, qovurilgan ovqatlardan cheklanish, vitamin, oqsil va mikroelementlarga boy boʻlgan ozuqa mahsulotlarini isteʼmol qilish kerak boʻladi.

Jigar hujayralari funksiyasini tiklash va ularni himoya qilish maqsadida gepatoprotektorlar buyuriladi (essensial, vitaminlar). Oʻtkir gepatit holatlarida dezintoksikatsion terapiya va maxsus viruslarga qarshi preparatlar buyuriladi. Surunkali gepatitlarni bartaraf etishda interferon va immunomodulyatorlar qabul qilish kerak.

Kardiogen gepatomegaliya toʻgʻri davo muolajalari olib borilsa oʻz holatiga tez qaytadi, bunda katta qon aylanish doirasidagi kamchiliklar bartaraf etilishi kifoya. Darvoza venalari trombozida antikougulyant preparatlar buyurilsa, oʻtkir tromboz holatida esa jigar koʻchirib oʻtkazish amaliyoti bajarilishi zarur. 

Jigar absessida antibiotiklar yoki parazitlarga qarshi preparatlar qabul qilish tavsiya etiladi, hamda absess sonatsiya qilinadi va drenajlanadi. Jigar amiloidozini davolashda prednizolon va kolxitsin buyuriladi.

Jigar oʻsma kasalliklari jarrohlik yoʻli bilan olib tashlanadi va kimyo, nur terapiyalari olish uchun bemor onkologiya dispanserlariga yotqiziladi.

Kasallik oqibati va profilaktikasi

Gepatomegaliya oqibati kasallikning turiga qarab belgilanadi. Xavfli holat deb jigar sirrozi, toksik zararlanishi, birlamchi oʻsma kasalliklari hisoblanadi. Boshqa kasalliklar fonida jigar hajmi kattalashishi asosiy kasallikni davolash yoʻli orqali bartaraf etiladi. Kasallik profilaktikasida oʻtkir va surunkali kasalliklarni davolash, spirtli ichimlik ichmaslik, tamaki mahsulotlar chekmaslik, yogʻli, qovurilgan ovqatlarni meʼyorida isteʼmol qilishdan iborat.

Gastroenterologik kasalliklarda eng kop qo'llaniladigan dori vositalardan biri URSOSAN FORTEdir:

https://apteka.uz/uz/product/ursosan

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Virusli gepatit D yuqish yo‘llari, alomatlari, davolash, profilaktikasi
Asosan jigar yallig‘lanishi bilan kechadigan D gepatiti hozirgi vaqtda turli yoshdagi kishilar o‘rtasida uchraydi. Bu kasallik gepatit B ning zamirida rivojlanadi. Kuzatishlarga ko‘ra, gepatit D virusi ko‘pincha sterillanmagan tibbiy asbob-uskunalar orqali, masalan, qon quyganda, shuningdek tishlarni davolaganda, yetarlicha himoyalanmay jinsiy aloqa qilganda kishiga yuqib qoladi. gepatit d Bundan tashqari, D gepatiti virusi nuqsonli bo‘lib, uning ko‘payishida B gepatiti viruslari muhim rol o‘ynaydi. Demak, o‘tkir yo surunkali B gepatiti bilan og‘riganlarda D gepatit yuzaga kelishi tezlashadi. Kasallik viruslari tashqi muhitga juda chidamli bo‘ladi, biroq zararlangan joyni kislota va ishqorlar bilan artganda nobud bo‘ladi. Agar gepatit B bilan og‘rigan odam ayni vaqtda gepatit D ga ham chalinib qolsa, super infeksiya, ya’ni bitta infeksiyaga boshqasining qo‘shilishi ro‘y beradi. Bunday holat ayniqsa:
  • narkotik moddalarni inyeksiya yo‘li bilan qabul qilganda;
  • tez-tez qon almashtirib (ya’ni qon quydirib) turganda;
  • gemodializ (sun’iy buyrak) apparatidan foydalanganda;
  • badanga naqsh solish (tatuirovka) da;
  • stomatologiya kursisida tishlarni davolatganda;
  • tartibsiz jinsiy aloqa qilganda tez-tez ro‘y beradi.

Kasallik yuqqandan keyin...

D gepatiti virusi qonga tushgach, jigarning eng ichkari hujayralarigacha yetib boradi. Ayanchli tomoni shundaki, D gepatitini yuqtirgan bemorning jigari ilgari B gepatiti virusi bilan albatta, og‘rigan bo‘ladi. O‘z-o‘zidan ayonki, delta gepatit virusi B gepatiti virusining genetik mahsulotlariga qo‘shilib, (ochiqrog‘i jigarda o‘rnashib) hujayralarda virus zarrachalarining ko‘payishini faolllashtiradi. Bu esa jigar hujayralarining kuchli zararlanishi va yallig‘lanishiga olib keladi.

Virusli gepatit D alomatlari

Ta’kidlash joizki, D gepatiti alomatlari (simptomlari) xuddi virusli gepatit B niki singari kechadi. Masalan, bemor quvvatsiz bo‘ladi, salga charchaydi, terlaydi, kayfiyat salga buziladi, ish qobiliyati pasayib ketadi. Ayrim hollarda beholllik shunchalar kuchayadiki, hatto bemorlar ish jarayonida ham dam olishga majbur bo‘lishadi. Aksariyat bemorlar esa tezlik bilan oza boshlaydilar.
  • Ayniqsa, kasallik xuruji davrida bemorlarning qariyb hammasida dispeptik sindrom (ya’ni doimiy ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ishtaha yo‘qolishi) rivojlanadi.
  • Ba’zi hollarda esa xuruj vaqtida bemorlar jigar sohasidagi og‘riqdan shikoyat qiladi. Bunday og‘riq ko‘pincha jismoniy harakat paytida yoki parhez buzilganda paydo bo‘ladi. Bemor o‘ng biqinida xuddi “bir narsa osilib turgandek” bezovtalanadi. Bundan tashqari ozgina ovqat iste’mol qilinsa ham oshqozon sohasida og‘irlik seziladi.
  • Kasallikning og‘ir turida uyquchanlik, burun va milklarning tez-tez qonashi, badanda sariqlikning kuchayishi kuzatiladi. Ayrim bemorlarning bo‘g‘imlarida og‘riq turadi hamda tana harorati ko‘tariladi. Jigar paypaslab ko‘rilganda qo‘lga qattiq tegadi, qirrasi o‘tkir, yuzasi tekis bo‘ladi. 30-40 foiz holatlarda esa taloq kattalashishi mumkin.

Jigar serroziga bir qadam

Aytish joizki, D gepatiti (delta gepatit ham deyiladi) xurujlari yil davomida besh martagacha qaytalashi mumkin. Bu xurujlar vaqtida bemor biroz sovuqqotadi, mushaklari va suyaklarida og‘riqni sezadi, badanidagi sariqlik kuchayadi. Ayrim bemorlar burnidan hech sababsiz qon ketadi, milki qonayveradi. Delta gepatitga chalingan 10-15 foiz bemorlarda esa oyoqlar shishishi va qorinda suyuqlik to‘planishi (istisqo) kuzatiladi. Kasallik juda tez avj olib jigar sirroziga aylanib ketishi mumkin. Masalan, delta-gepatit bilan og‘rigan bemorlarning aksariyatida 6-7 oy ichida jigar sirrozi rivojlanadi.

Profilaktika, emlash, muolaja

Kasallikning oldini olish uchun avvalo B gepatitiga qarshi o‘z vaqtida emlangan ma’qul. Emlash to‘g‘ri bajarilsa kishi virusli D (delta) gepatitiga umuman chalinmaydi. Shuningdek odam juda hushyor bo‘lishi, turmushda ozodalikka amal qilishi, ayniqsa, davolanayotgan paytlarda sterillangan asbob-uskunalardan foydalanishi lozim. Muolaja jarayonida odatda virusga qarshi alfa-interferon qo‘llaniladi. Bu preparat virusning jigar hujayralarida ko‘payishiga qarshilik ko‘rsatadi. Shuningdek bemorning immunitetini ko‘tarish ham foyda beradi. Simptomatik (dori-darmonlar orqali) davo usullari yordamida qonni toksinlar (zaharlanishlar) dan tozalash buyuriladi. Bundan tashqari vitaminlar va gepatoprotektorlar (jigar hujayralarini himoyalovchi preparatlar) qo‘llaniladi.

Bilib qo‘ygan yaxshi

Man etiladi! Virusli B va D gepatitlari bilan og‘riganlar quyidagi mahsulotlardan o‘zlarini tiyishlari kerak:
  • yog‘li shirin kulchalar, qatlama, sutga qorilgan xamirdan tayyorlangan pishiriqlar;
  • nordon, shuningdek bochkada tuzlangan sabzavotlar va loviya yoki no‘xat (qorinni dam qilmasligi uchun)
  • qaynatilgan yoki qovurilgan tuxum, qaymoq va yog‘li pishloq;
  • gazlangan ichimliklar;
  • achchiq qahva, muzqaymoq va qora shokoladlar;
  • Murabbo, asal, qand va karamelli konfetlar cheklangan miqdorda iste’mol qilinadi.
Aytish joizki, bemor parhezga qat’iy rioya etsa asta-sekinlik bilan kasallikdan qutula boradi. Bordiyu parhezni buzib qo‘ysa, ya’ni kuchli ovqat iste’mol qilsa, jigar faoliyati izdan chiqadi va gepatit surunkali tus olib, tuzalishi qiyin kechadi. Umuman surunkali B gepatiti va virusli D (delta) gepatit bilan og‘rigan har bir bemor hayotiga jiddiy qarashi, o‘z ahvolini doimiy nazorat qilishi va muolajani bosqichma-bosqich takrorlab turishi shart. Ayniqsa shifokor bilan bu borada maslahatlashish va uning buyurganlariga qat’iy rioya etish darddan forig‘ bo‘lish imkonini beradi.

Muxlis maslahati

Junaydullo Bahriyev, Samarqand: — Gepatit B bilan og‘riganimdan keyin doim parhezga rioya etib yuraman. Bilganlarimni muxlislar bilan bo‘lishish istagida maktub yo‘llayapman. Parhez uchun buyurilgan taomlarni qachon va qanday iste’mol qilish, ayniqsa ularni tayyorlash qoidalariga rioya etishning ahamiyati katta. Chunki jigar kasalliklarida iste’mol qilinadigan taomlarga ziravor va tuzni kamroq solish kerak. Bunday taomlar yaxshi pishirilgan, iloji bo‘lsa bug‘da dimlangani ma’qul.
  • Sabzavot va yormalardan tayyorlangan go‘shtsiz sho‘rvalar, qiymali ugra hamda mastavalar yengil taom hisoblanadi. Ovqatlarga yog‘siz mol go‘shti va tovuqning yumshoq joylaridan ishlatish kerak.
  • Palov tayyorlashda zirvagi kamroq qovurilib, unga qaynatilgan go‘sht solishni tavsiya etaman. Shuningdek yog‘siz baliqni qaynatib yoki gaz pechida pishirib iste’mol qilish ham mumkin. Sut-qatiq mahsulotlari yangi xolda bo‘lsa yanada yaxshi. Ho‘l mevalarning shirin turlaridan xomligicha yeb turish kerak. Yoki ulardan kompot va kisellar tayyorlab ichish mumkin.

© Kamron Mahkamov

ico
GЕPATIT C: u jigar sirroziga aylanishi ham mumkin
Virusli gepatitlarning A, B, C, D va E turlari ko‘proq uchraydi. A va E turdagi gepatitlar enteral (oshqozon-ichak) yo‘l bilan, ya’ni kasallik viruslari og‘iz orqali ichak yo‘llariga tushganda yuqadi. B, C hamda D turlari esa parenteral, ya’ni qon orqali bemordan sog‘lom odamga o‘tadi. Bunda kasallik jarohatlangan teri, shilliq qavatlar orqali, tibbiy (stomatologik, ginekologik, jarrohlik) muolajalar o‘tkazilayotganda, shuningdek, jinsiy aloqa paytida yuqishi mumkin. Tajribalarga ko‘ra, gepatit C bemor qonini quyish paytida foydalanilgan shpris va boshqa tibbiy anjomlar qayta ishlatilganda boshqalarga o‘tadi. Kasallik jinsiy yo‘l bilan ham yuqadi. Sperma (urug‘) tushgach, virus xuddi shu yerda qonga o‘tadi va bemor qoni orqali boshqalarga yuqadi. C turdagi gepatit 50 foizdan ko‘p hollarda surunkali tusga kiradi. Gepatit C ning surunkali turi vaqt o‘tishi bilan (hatto, bir necha yildan keyin ham) qaytalab turadi. Agar muolajalar jiddiy tartibda oxiriga yetkazilmasa, bemorda jigar sirrozi rivojlana boshlaydi. Yashirin davri va alomatlari: C turdagi o‘tkir gepatitning yashirin davri 180 kundan to bir yilgacha davom etadi. Boshlang‘ich davri asta-sekin rivojlanib, bemorning ko‘ngli ayniydi, qayt qiladi, darmonsizlanadi, hech bir sababsiz kayfiyati buziladi, tez-tez charchab qoladi va terisi qichishadi. Shuningdek, bemor oyoq-qo‘llarining yirik bo‘g‘imlari qaqshab og‘riydi. Keyin esa sarg‘ayish davri boshlanadi. Sariqlikning kuchayishi davomida (ya’ni ikki-uch hafta ichida) yuqoridagi alomatlar ko‘payib, bemorning ahvoli og‘irlashadi. Bunday vaqtda bemor kasalxonada davolanmasa, xastalik surunkali turga o‘tib, og‘ir asoratlar kelib chiqadi. Yuqorida ko‘rsatilgan alomatlar yuz berganda, darhol shifokorga murojaat etib, kerakli analizlarni topshirish zarur.[box type="info" ]Yodda tuting: Odatda, gepatitlarning boshlang‘ich davrida go‘sht mahsulotlari qat’iy cheklanadi. Bu paytda sut, qatiq, tvorog, kefir, shirguruch, suvda qaynatilgan makaron, kartoshka bo‘tqasi va meva sharbatlari tavsiya etiladi. Ayniqsa, anor, olma va uzumni ko‘proq iste’mol qilish kerak.[/box] Gepatit C bilan og‘rigan bemorlarga quyidagi darmondorilar buyuriladi: 1. Asal, na’matak qaynatmasi, rezavor mevalar sharbatlari va sabzida bemor uchun barcha kerakli vitaminlar mavjud. 2. Virusli gepatitda mikro hamda makrounsurlar (xususan, marganes, mis, rux, magniy) g‘oyat foydali. Masalan, marganes uglevodlar va xolesterin hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Mis viruslar faolligini susaytiradi. Rux modda almashinuvini yaxshilaydi. Magniy esa o‘t (safro) ajralishiga yordam beradi. Bu unsurlar barcha meva-sabzavotlar, ayniqsa, kartoshka, tarvuz, o‘rik va turli yormalarda serob. Parhez: bemor kuniga to‘rt marta yengil ovqatlanishi kerak. Bu vaqtda chuchuk qatiq ichishi, olma yoki biror xil sabzavot yeb turishi kerak. Tvorogni har kuni iste’mol qilgan ma’qul. Shuningdek, ma’danli suv va choy ichish lozim. Ichimlik sodasi aralashtirilgan limon sharbati surunkali gepatit S ni davolashda qo‘l keladi. Masalan, bemor uch kun mobaynida nahorga bitta limon sharbatiga bir choy qoshiq ichimlik sodasi aralashtirib ichishi kerak. Lavlagi, sabzi va karam sharbati ham juda foydali. Nimalar mumkin emas? Har qanday spirtli ichimliklar, dudlama va o‘tkir ziravorlar. Yangi yopilgan non-bulka mahsulotlari hamda yog‘, tuxum qo‘shib qorilgan xamirdan tayyorlangan yeguliklar (masalan, tort, pirog). Go‘sht, baliq, tovuq, qo‘ziqorin qaynatmasidan pishirilgan sho‘rvalar. Konserva mahsulotlari va dorivorlar (xantal, qalampir, qalampirmunchoq), shuningdek, sirka, qiyin eriydigan va xolesteringa boy yog‘lar (tuxum sarig‘i, jigar, baliq moyi singarilar), juda sovuq taomlar (masalan, muzqaymoq va salqin ichimliklar). [box type="warning" ]Eslatma! Xalq orasida “gepatitning C turi bedavo, baribir tuzalmaydi” degan gap-so‘zlar yuradi. Bu mutlaqo noto‘g‘ri fikr. Agar gepatit C bilan og‘rigan bemor doimo gepatolog nazoratida bo‘lib davolansa, shifokorining maslahatlariga qat’iy amal qilsa, uzoq yillar bu kasallik uni bezovta qilmaydi. Shuningdek, tartib bilan olingan muolajalar tufayli gepatit C jigar sirroziga aylanib ketishining oldi olinadi.[/box]

Mahmarajab RAHMONOV

Tibbiyot fanlari nomzodi.

ico
Surunkali gepatit
Surunkali gepatit- jigarni yallig‘lanishi bilan belgilanib, uning ishini buzilishi bilan, to‘qima va hujayralarni baravariga shikastlanishi bilan, distrofik zararlanishi bilan, pariyetal yo‘lining gistio-limfotsitlar hujayralar bilan qoplanishi hamda bu yerda oz miqdorda qo‘shimcha hujayralar paydo bo‘lishi bilan belgilanadi. [caption id="attachment_10535" align="aligncenter" width="500"]surunkali gepatit Foto: Nebolet.com[/caption]

Surunkali gepatit kelib chiqish sabablari

Surunkali gepatit rivojlanishida asosiy sabab oldinroq sariq kasali (Botkin kasali) bilan og‘rigan bo‘lishdir, ayniqsa bu yuqumli kasallikning og‘ir formasi bo‘lsa. Bundan tashqari spirtli ichimliklarni uzoq vaqt, ko‘p miqdorda iste’mol qilish, har xil zararli moddalar ta’siri natijasida ham ushbu kasallik kelib chiqadi.
Oshqozon, ichak, o‘t pufagi va oshqozon osti bezining surunkali kasalliklari ham sabab bo‘lishi mumkin.

Surunkali gepatit patogenezi

Kasallikning rivojlanishida organizm himoya kuchini kamayishi, viruslarning qon orqali jigarga kelib, uning ishining buzilishi davom etishi, o‘tning yig‘ilib qolishi asosiy ahamiyatga egadir. Yuqoridagi sabablarga ko‘ra jigarda qon yig‘ilib, jigar hujayralarining buzilishiga olib keladi. Bulardan tashqari gumoral, immun va autoimmun hodisalarning ahamiyati ham kattadir.

Surunkali gepatit belgilari

Surunkali gepatitning uch turi mavjuddir: 1) persistik, 2) aktiv, 3) xolestatik. Kasallikning persistik turi ancha yengil hisoblanib, bemorlar o‘ng qovurg‘a ostida kuchsiz og‘riq bo‘lishidan, darmonsizlanishdan, ish qobiliyati pasayishidan shikoyat qilishadi. Tekshirilganda jigarning hamma chegaralari pastga 3-4 sm.gacha siljigani aniqlanib, paypaslanganda ozgina og‘riq bo‘ladi va qattiqlashadi. Laboratoriyada qonni tekshirilganda oqsilning umumiy miqdori ko‘payib, albuminning kamayganligi va gamma-globulinning ko‘payganligi aniqlanadi. Boshqa analizlar deyarli o‘zgarmaydi. Surunkali aktiv gepatit xastalikning og‘ir turi bo‘lib, bemorlar qorinning o‘ng tomoni og‘rishidan, harorati ko‘tarilishidan, ko‘ngil aynib, safro qusishdan, og‘iz qurishdan, quvvatsizlikdan, ishtaha yo‘qolishidan shikoyat qiladilar. Qorinni paypaslaganda jigarni og‘rig‘i kuchayib, pastga 5-6 sm.ga siljigani, kattiqlanishi, pastki qism dumaloqlashganligi aniqlanadi. Ko‘z bir oz sarg‘ayib, qorinda vena qon tomirlarini kengayishi, badanning ayrim joylaridan “yulduzchalar” paydo bo‘lishi ahamiyatga egadir. Qonda bilirubin, fermentlar miqdori ko‘payib, oqsil kamaygani bilinadi. Radiologik usullar bilan tekshirilganda, jigarni ishlash qobiliyati pasayib, tomonga kengayganligi aniqlanadi. Surunkali aktiv gepatit keyinchalik sirrozga aylanadi, vaholanki, persistik turini o‘z vaqtida, to‘g‘ri davolansa butunlay tuzalishi mumkin. Surunkali xolestatik gepatit o‘t pufagi yallig‘lanishi, jigar o‘t yo‘llarida va o‘t pufagida tosh bo‘lishi natijasida kelib chiqadi. Unda og‘riq bilan birga badan sarg‘ayishi, qichishi va haroratni ko‘tarilishi bo‘ladi. Jigar 4-5 sm.gacha pastga tushadi, qattiqlashadi. Qonda bilirubin ko‘payib, siydikda urobilin paydo bo‘ladi. Bu kasallik keyinchalik biliar sirrozga aylanadi. Surunkali gepatitni avvalo uchala turini bir-biridan ajrata bilish zarur. Undan keyin ularni jigar sirrozidan, surunkali xoletsistitdan va jigar rakidan farqlash zarur.

Surunkali gepatitni davolash

Kasallikni davolashda 1chi navbatda parhezga ahamiyat berish zarur. Bundan yog‘li, qovurilgan, achchiq, sho‘r, nordon narsalar ta’qiqlanadi. Bemorlar sut, qatiq, yog‘siz qaymoq, shirin ho‘l mevalar, suvda pishirilgan go‘sht, mastava, qaynatma sho‘rva, shovla kabilarni iste’mol qilishlari lozim. Kasallik bilan og‘rigan bemorlar ko‘proq o‘rnida yotib, kamroq harakat qilishi lozim. Dorilardan avvalo og‘riqni qoldiradigan (no-shpa, papaverin kabilar), jigar ishini yaxshilaydigan (essensial, karsil, vitagepat, glyukoza), har xil vitaminlar beriladi. Bemorlar ahvoli yengillashgach, fizioterapevtik usullar qo‘llaniladi. Kasalxonadan chiqgach ularga yengil ishlar bilan shug‘ullanish maslahat qilinadi.

© Med-info.uz

ico
Gepatit C kasalligi haqidagi afsonalar

Birinchi afsona

«Davolanishni ham davolanmaslikni ham foydasi yo‘q, gepatit C tuzalmaydi»

Hozirgi zamon tibbiyoti gepatit C ni «davolanishi mumkin bo‘lgan» kasalliklar qatoriga qo‘shgan. Gepatit C ning genotiplariga qarab to‘liq tuzalib ketish imkoniyatlari 80-95 foizni tashkil etadi. Kasallikni erta boshlangan paytida esa bu ko‘rsatkich 100 foizga yetishi mumkin. gepatit c

Ikkinchi afsona

«Davolanish – bu hayotingni bir yilini bekorga ketdi degani»

Haqiqatda ayrim xolatlarda gepatit C ni davolash bir yilgacha cho‘zilishi mumkin. Lekin bu virusga qarshi davo olayotgan paytda davrda patsiyentlar o‘zlari istaganicha yashashni davom ettirishaveradi: faol hayot tarzini davom ettiraveradi, o‘z ish joylarida ishlashi xam mumkin, hatto sayr qilib kelishi ham mumkin. Gepatit C ni davolash davomiyligi bir qator ko‘rsatkichlarga, jumladan bemor va virusning virusga qarshi davo terapiyasiga reaksiyasiga bog‘liq. Bu yerda davolovchi vrachning zamonaviy bilimlari va amaliyotda ishlayotgan gepatologning malakasi xam muxim rol o‘ynaydi. Aynan davolovchi mutaxassis tegishli davo terapiyasini to‘g‘ri tanlay bilishi va davo muddatlarini belgilashi lozim.

Uchinchi afsona

«Nojo‘ya ta’sirlari davolanishni to‘xtatishga majbur qiladi»

Barcha kasalliklarni ham davolash paytida nojo‘ya ta’sirlarni kuzatish mumkin. Oddiy bosh og‘rig‘i tabletkasi ham og‘riq sindromini yo‘qotish bilan birga bir qator salbiy effektlarni berishi ham mumkin. gepatit c Xuddi shu kabi nojo‘ya ta’sirlarni gepatit C virusini davolash mobaynida ham kuzatish mumkin. Bular grippga xos belgilar, kayfiyatni o‘zgarishi, teridagi toshmalar va hokazo bo‘lishi mumkin. Aytib qo‘yish kerakki – nojo‘ya ta’sirlar – davolanishdan bosh tortishning asosiy sababi bo‘la olmaydi.

To‘trtinchi afsona

«Gepatit C ni davolash o‘ta qimmat, men bunaqa iqtisodiy yukni ko‘tara olmayman»

Gepatit C ni hozirgi davolash usullarini arzon deb aytib bo‘lmaydi. Ammo sog‘liqdan qimmat narsa bormi? Qolaversa: birinchidan - bari sarflaydigan summani birdaniga ishlatish shart emas (masalan, xolodilnik sotib olganingiz kabi).
Gepatit C kasalligini davolash uchun ishlatiladigan preparatlar haqida ma'lumotni bu yerdan o‘qing.
Harajatlar butun davo kursi bo‘ylab taqsimlanadi. Ikkinchidan, diagnostika va davo terapiyasi o‘tkaziladigan markazni to‘g‘ri tanlash – turli xil «hisobga olinmagan» chiqimlardan xalos etadi. Uchinchidan, gepatolog tomonidan har bir bemor uchun individual davo terapiyasini tanlash davolashni ham effektiv, ham hamyonbop bo‘lishini ta’minlaydi.

Beshinchi afsona

Virusga qarshi terapiya – nojo‘ya ta’sirlar bir umrga qoladigan boshqa kasalliklarni chaqirishi mumkin

Gepatit C ni virusga qarshi davolash organizmda bir qator ko‘ngilsiz o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Ammo bu o‘zgarishlarni uchrash darajasi unchalik yuqori emas va davo terapiyasi tugagandan so‘ng tezda o‘tib ketadi.
Gepatit C haqida batafsil ma'lumotni bu yerdan o‘qing.
Gepatit C virusiga qarshi davolash muolajalarini tanlash huquqi har bir bemorning o‘ziga bog‘liq.

© Gepamed.uz

ico
Insoniyat gepatit C ga davo topdi!
Bir necha yil avval surunkali gepatit C davosi yo‘q xastalik hisoblanar edi: mavjud dori vositalari hammaga ham yordam bermas, davo kursini o‘tishga qaror qilganlarning aksariyati esa salbiy asoratlar tufayli uni oxirigacha yetkaza olmas edi. Biroq oxirgi yillarda virusdan og‘riqsiz va ehtimol uch oy ichida qutulish imkonini beruvchi yangi vositalar paydo bo‘ldi. Shunga qaramasdan, ko‘pchilik odamlar gepatit C dan aziyat chekishda davom etmoqda: kimdir bu kasallikka chalinganidan bexabar, kimdir davolash kursi taxminan kichikroq shahardagi bir xonali uyning narxi bilan teng ekanligi uchun. Meduza nega gepatit C ni har bir kishi yodda tutishi va ushbu tashxis qo‘yilganda qanday yo‘l tutishi lozimligi haqida hikoya qiladi. gepatit c Gepatit C aniq statistikasi yo‘q jiddiy xastaliklardan biri hisoblanadi. Uni stomatologda yuqtirib olish mumkin, 20 yil davomida hech qanday asoratsiz xastalikni boshdan kechirish va faqat 40 yoshlarga kelganda kutilmaganda sirroz haqida xabar topish mumkin. Avval gepatit C haqida nimadir bilganlar uning hech bir kasallik belgisisiz sirroz va o‘limga olib kelishini hisobga olib, uni “xushmuomala qotil” deb atagan. Biroq 2013-yildan farmkompaniyalar 100 kishidan 90 nafariga virusdan xalos bo‘lish imkonini beruvchi dori chiqara boshladi. Bungacha faqat interferonlar yordamida davolanish mumkin bo‘lib, u keltirib chiqaradigan asoratlar tufayli inson hayotdan yarim-bir yilga uzilib qolar, bunday muolaja 40—80 foiz holatlardagina muvaffaqiyatli yakunlanar edi. Kimlar uchundir bunday davo muolajasini qabul qilish mumkin emasligi tufayli ular faqat jigarini kuzatib yurish va sirrozga chalinmaslikka umid qilish bilan kifoyalanar edi. Yangi dori vositasi Rossiyada allaqachon ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, bir kursi 900 ming rubl atrofida turadi.

“Men sportchiman, ichmayman, chekmayman”

Amerika profilaktika bo‘yicha ishchi guruhi (U.S. Preventive Services Task Force) gepatit C ni yuqtirib olish xavfi mavjud bo‘lgan barchani unga tekshirishni tavsiya qiladi. “2013-yilda aksiya o‘tkazdik: biz barcha istovchilarga tekin tekshirish o‘tkazdik. Bir yildan so‘ng bu tajribani takrorlashga qaror qildik. Laboratoriya xodimlaridan birining hikoya qilishicha, bir homilador qiz yigiti bilan analiz topshirish uchun kelgan. Yigitga ham gepatitga tekin tekshirishdan o‘tish taklif etilganda, u ‘Men sportchiman, ichmayman, chekmayman’, deb tekshirishdan o‘tishdan bosh tortgan. Biroq uni ko‘ndirishganda, unda gepatit C aniqlangan va u virusni qayerdan yuqtirib olganligi haqida hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmagan”, — deya hikoya qiladi “Gepatitga qarshi birga” tashkiloti vakili Nikita Kovalenko. Britaniya Sog‘liqni saqlash milliy xizmati qulog‘ini teshtirgan, pirsing yoki tatuirovka qildirgan, sterillanmagan asboblar bilan akupunktura yoki elektroepilyatsiya jarayonidan o‘tgan barchaga gepatit C ga tekshirishdan o‘tishni tavsiya qiladi. Asboblarning sterillangan-sterillanmaganligini esa tekshirib ko‘rishning deyarli imkoni yo‘q. Biroq qoidalarga amal qilinganligini taxmin qilish mumkin bo‘lgan ikkilamchi belgilar mavjud. “Asboblar avtoklavdan olinishi lozim. Pergament qog‘ozchasi yoki paketchasi bir martadan ortiq qo‘llanuvchi tibbiy materialga to‘g‘ri ishlov berilgandan keyin foydalaniladigan maxsus o‘ramdir”, — deya aniqlik kiritadi gepatolog Marina Mayevskaya. O‘ram sizning ko‘z o‘ngingizda ochilishi kerak. Agar mutaxassis asboblarni shunchaki spirt bilan artayotgan bo‘lsa, buni ishlov berish deb atash mumkin emas. Agar manikyur mijozning uyida qilinayotgan bo‘lsa, mijozning shaxsiy asboblaridan foydalanilishi lozim. Kasallikni yuqtirib olish va mazkur tashxisni qo‘yish o‘rtasida uzoq vaqt o‘tib ketishi tufayli uni qayerda yuqtirib olganlikni aniqlash va virus o‘chog‘iga qarshi nimadir qilish deyarli imkonsiz. Gepatit C jinsiy aloqa davomida ham o‘tishi mumkin, biroq buning ehtimoli juda past bo‘lganligi tufayli Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ushbu infeksiyani jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarga kiritmaydi ham.

Gepatit C uchun millionga teng dori vositasi

Insoniyat vaksinatsiyasiz xalos bo‘ladigan birinchi infeksion xastalik gepatit C bo‘lishi mumkin. 1990-yillardan buyon gepatit C interferon inyeksiyalari yordamida davolab kelingan. Biroq u keltirib chiqaradigan noxush asoratlar tufayli ko‘pchilik davo muolajasini to‘xtatib qo‘yar edi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri virusga qarshi kurashuvchi dori vositalari bunday noxush holatlarni yuzaga keltirmaydi — kishi davolanish chog‘ida ham ish qobiliyatini yo‘qotmaydi. Sotuvda bor dori vositalarining qiymati tufayli ko‘pchilik bemorlar ularni xarid qila olmaydi. Misol uchun, AQShda gepatit C ga qarshi yangi dorining 12 haftalik kursi 94,5 ming dollar turadi. gepatit c Gepatit C aniqlangan bemorlarni tibbiy xodimlar ma’nosiz ravishda huquqlarini cheklaydi. Ko‘pincha tibbiy xodimlardan, ayniqsa, stomatologlardan virusni yuqtirib olmaslik uchun bunday mijozlarni qabul qilmaslikka harakat qilishi haqida eshitish mumkin. Biroq bunday bemorlarga yorliq yopishtirishga ruxsat beruvchi hech qanday normativ hujjat yo‘q. Har qanday tibbiyot xodimi bemor bilan ishlay turib, o‘zi virusni yuqtirib olmaslik va boshqalar uchun infeksiya manbasiga aylanmaslik uchun sanitariya-epidemiya rejimiga qat’iy amal qilishi lozim. Mijoz tashqi tomondan qanchalik sog‘lom ko‘rinmasin, shifokor u bilan kasallikka chalingan bemor bilan ishlagan kabi ishlashi lozim. Axir, haqiqatan ham, gepatit C ga chalinganidan bexabar millionlab kishilar mavjud.

© Daryo.uz

Сохранить
ico
Xolesterin haqida nimalar bilasiz?

Shifokorlar bizlarni hamisha sihat-salomatlikka jiddiy ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan “xolesterin” deb nomlangan mumsimon yog‘ moddasi bilan qo‘rqitib kelishadi. Odatda ortiqcha xolesterin yurak-qon tomir tizimlariga ziyon yetkazuvchi omillardan asosiysi hisoblanadi. Bunday vaziyatlarda nixoyatda yog‘li oziq-ovqatlarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.

xolesterin Qon tarkibidagi xolesterin miqdori me'yoridan oshib ketsa, turli xildagi kasalliklar, shu jumladan, yurak - qon tomir tizimi faoliyati bilan bog‘liq og‘ir xastaliklarning rivojlanishi uchun qulay sharoit paydo bo‘ladi. Biroq, hamma narsa biz o‘ylaganimizdek oddiy emas. Shuni ta’kidlab o‘tmoqchimizki, odam organizmida xolesterin meyoridan ortiq, va aksincha, past darajada bo‘lishi mumkin.

Birinchidan, ayrim toifadagi odamlar uchun organizmdagi xolesterin moddasining miqdori yuqori darajada bo‘lishi tabiiy holdir. Ba’zi holatlarda bu odamning genetik xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu o‘rinda aytib o‘tmoqchimizki, ayrim odamlar organizmida zichlik darajasi nihoyatda past bo‘lgan xolesterin (mutaxassislar odatda bunday alomatni sihat-salomatlik uchun o‘ta noxush belgi deb baholashadi)ning meyordagi holatdagidan ancha yuqori bo‘ladi. Shifokorlar bunday holatlarda oilaviy giperxolesterinemiya degan tushunchadan foydalanishadi. Bunday xastalik besh yuzta odamdan birida kuzatiladi. Organizmdagi xolesterin miqdori 300-600 mg/dl.ni tashkil qilishi mumkin.

Bunday xastalikka chalingan odamlarning gen tizimida ikkita nuqsonli genlar (ular ota va onadan o‘tadi) mavjud bo‘ladi. Bunday hollar 1 mln. ta odamlar orasida bir kishida uchraydi. Bunday xususiyatga ega bo‘lgan bemorlarda xolesterinning miqdori 1000 mg/dl.ni tashkil qiladi. Bunday klinik alomatlari bor bo‘lgan odam odatda 20 yildan ortiq umr ko‘rolmaydi.

Ikkinchidan, qon tomirlari xolesterindan iborat tiqinlarga to‘lib toshganida ular xuddi mumdek ko‘rinadi. Zichlik darajasi nihoyatda past bo‘lgan xolesterin arteriyalarning devorlarida to‘planib boraveradi. Shu zayilda mum kabi yig‘ilib borayotgan xolesterin vaqti-soati kelib qon tomirlari bo‘ylab harakatlanadigan qonni yo‘lini to‘sib qo‘yadi va tromb (ivib qolgan qon quyqasi)larni hosil qiladi. Xolesterin to‘planib borayotgan arteriyalarning devori elastiklik xususiyatini yo‘qotib boraveradi.

Uchinchidan, organizmda xolesterin miqdorining darajasi meyoridan oshib ketsa, buning alomatlarini bevosita kuzatish mumkin. Odatda bunday klinik alomatlari bor bo‘lgan odamning terisida qizg‘ish-sarg‘ish rangli qavariq (ksantom)lar paydo bo‘ladi. Bunday alomatlar butun tana bo‘ylab tarqalgan bo‘ladi. Ular odatda yoshi katta odamlarda, qandli diabetga chalingan bemorlarda tez-tez kuzatiladi. Ksantomlar oilaviy giperxolesterinemiyaga chalingan bemorlarda yoshlik davridayoq namoyon bo‘lishi mumkin.

To‘rtinchidan, organizmdagi xolesterin miqdori meyoridan kam darajada bo‘lishi mumkin. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, xolesterin miqdorining nihoyatda past darajada bo‘lishi ham sihat-salomatlik uchun xavfli. Ekspertlarning e’tirof etishicha, normal holatda organizmdagi xolesterin miqdori 200 mg/dl.ni tashkil qilishi lozim. Xolesterin miqdori bunday darajadan pasayib ketsa saraton kabi xavfli kasallikning kelib chiqish ehtimoli kuchayadi.

Olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, organizmdagi xolesterin miqdori meyoridan past bo‘lgan homilador ayollar aksariyat hollarda muddatidan ilgari tug‘ib qo‘yishar ekan. Mutaxassislarning fikriga qaraganda, organizmdagi umumiy xolesterin yoxud zichlik darajasi nihoyatda past bo‘lgan xolesterin miqdori meyoriga yetmaganida bunday odam hech bir sababsiz xavotirlanishi (vahimaga tushishi) va depressiyaga moyil bo‘lib qolishi mumkin.

Beshinchidan, hozirgi zamonda odam organizmidagi umumiy xolesterin miqdori asta-sekin pasayib bormoqda. Mutaxassislarning e’tirof etishicha, shu vaqtga qadar butun dunyo mamlakatlaridagi 20-74 yoshli odamlarning 33 foizida umumiy xolesterin miqdori 240 mg/dl.ni tashkil qilgan bo‘lsa, 1960 yillarga kelib mazkur ko‘rsatkich o‘rtacha hisobda 222 mg/dl.ni, 2003-2006 yillarda esa 200 mg/dl.ni tashkil qilgan. Muhimi xastalikka chalinish xavfiga moyil guruhga kiritiladigan odamlarning salmog‘i ham ancha pasaygan (16 foizni tashkil qiladi).

Oltinchidan, muntazam ravishda bajariladigan jismoniy mashqlar tufayli organizm uchun foydali bo‘lgan xolesterin miqdori ancha oshadi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tmoqchimizki, bunday xushxabar mijozlarning irqi va jinsiga qarab ta’sir samarasini oshirar ekan. Qisqacha qilib aytganda, jismoniy mashqlar tufayli zichlik darajasi nihoyatda past bo‘lgan xolesterin miqdori asosan ayollarda, umumiy xolesterin miqdori esa ko‘proq afro-amerikalik irqqa mansub ayollarda pasaygan.

Yettinchidan, tarkibida mutlaqo xolesterin bo‘lmagan oziq - ovqatlar pirovard natijada organizmdagi xolesterin miqdorining oshishiga sabab bo‘ladi. Gap shundaki, tabiatda xolesterin hayvonlarning jigarida ishlab chiqariladi. Shuning uchun uni hayvon mahsulotlarida uchratish mumkin.

Yog‘da qovurilgan ovqatlar, oshirma xamirdan tayyorlangan konditerlik mahsulotlarining tarkibida trans-yog‘lar mavjud bo‘lib ular odam organizmiga tushgach xolesterin miqdorini oshirib yuboradi. To‘yingan yog‘lar umumiy xolesterin miqdorining oshib ketishiga sabab bo‘luvchi asosiy omillardan biridir. Shuning uchun do‘konlarda mahsulot xarid qilish chog‘ida ularning tarkibiy elementlariga (xususan, turli yog‘lar hamda xolesterinning miqdoriga) katta e’tibor bering.

Sakkizinchidan, organizmdagi umumiy xolesterin miqdorining oshib ketishi erkaklarning potensiyasi (jinsiy mayl)ni susaytirib yuboradi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, meyoridan ortiq darajadagi xolesterin yurak-qon tomir tizimiga jiddiy ziyon yetkazadi. Ammo shu bilan birga ortiqcha xolesterin kutilmaganda boshqa muammolarni ham keltirib chiqarishi mumkin ekan.

2005 yilda shved olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning taxminiy natijalarining ko‘rsatishicha, umumiy xolesterin miqdori 270 mg/dl.ni tashkil qilgan erkak kishilarda boshqalarga nisbatan olganda 4.5 barobarga ko‘proq holatlarda moyaklar saratoni rivojlangan. Bundan tashqari, umumiy xolesterin miqdori yuqori bo‘lgan erkak kishilarda buyraklar faoliyati ishdan chiqqan, Alsgeymer xastaligi rivojlanishiga moyillik borligi aniqlangan.

2009 yilda amalga oshirilgan yana bir ilmiy tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, tarkibida xolesterin miqdori ko‘p bo‘lgan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish jigar sirrozi hamda saratonining rivojlanishida muhim omil bo‘lgan.

© "Sog‘lom avlod" gazetasi.