Qon va uning tarkibiy qismlari donorligiga qarshilik qiluvchi ko‘rsatmalar

Donorlikning butunlay rad etilishiga olib keluvchi holatlar

Nomi
1 Onkologik kasalliklar: xavfli o‘smalar va qon kasalliklari
2 O‘tkirosti transfuzion g‘ovakli entsefalopatiyalar (O‘TG‘E): Kuru, Kreyttsfeld-Yakob kasalligi, Gerstmann-Shtreusler sindromi, oila anamnezida (O‘TG‘E) bo‘lgan shaxslar, amiotrofik leykospongioz
3 Endokrin tizimi kasalliklarining moddalar almashuvi va vazifalarini qaytarib bo‘lmaydigan holatlari, qandli diabet (insulinga bog‘liq shakli)
4 Giyohvandlik, alkogolizm, toksikomaniya
5 Yurak-qon tomir kasalliklari: stenokardiya, o‘tkir aritmiya, II va III darajali gipertoniya, ateroskleroz, aterosklerotik kardioskleroz, obliteratsiyalovchi endoarteriit, qaytalanuvchi tromboflebit, endokarditlar, miokarditlar, yurak illati
6 Yuqumli kasalliklar: virusli gepatitlar, B va C viruslari gepatitlari, OIV-infeksiya, OITS, moxov, brutsellyoz, sil (hamma shakllari), tulyaremiya, zaxm, tepkili terlama markerlari bo‘yicha ijobiy tekshiruv natijalari
7 Nafas olish organlari kasalliklari: bronxial astma, bronxoektatik kasallik, o‘pkalar emfizemasi, nafas etishmasligi belgilari bilan obstruktiv bronxit, dekompensatsiya bosqichidagi diffuz pnevmoskleroz
8 Ovqat hazm qilish organlari kasalliklari: me’da va 12 barmoqli ichak yarasi kasalligi qo‘zg‘alish bosqichidagi, surunkali pankreatit xuruj davrida, nospetsifik yarali kolit xuruj davrida
9 Jigar va o‘t yo‘llari kasalliklari: gepatitlar, jumladan toksik va noaniq etiologiyadagi gepatitlar, tsirroz, kalkulyozli xoletsistit xolangit belgilari bilan
10 Ko‘rish organlari kasalliklari: glaukoma, yuqori darajadagi miopiya (6 va undan ortiq dioptriyalar), retinopatiyalar, to‘r pardaning ko‘chishi, uveit, irit, iridotsiklit, xorioretinit, to‘liq ko‘rlik, traxoma
11 Teri kasalliklari: tana bo‘ylab tarqalib ketgan psoriaz, qizil volchanka, piodermiya, pufakchali ekzema, dermatozlar, vitiligo, chuqur mikozlar
12 Buyraklar va peshob chiqarish yo‘llari kasalliklari: buyrakning dekompensatsiya bosqichidagi diffuz va o‘choqli shikastlanishi
13 Nur kasalligi
14 LOR-organlar kasalliklari: ozena, og‘ir kechadigan surunkali yiringli yallig‘lanuvchi kasalliklar
15 Parazitar kasalliklari: leyshmanioz, exinokokkoz, toksoplazmoz, tripanosomoz, rishta
16 Biron tana a’zosini olib tashlash bilan bog‘liq operatsiyalar, reproduktiv tizim organlari bundan mustasno
17 Markaziy asab tizimining organik kasalliklari
18 Biriktiruvchi to‘qimaning diffuz kasalliklari
19 Surunkali va o‘tkir osteomiyelit
20 Tana a’zolari transplantatsiyasi
21 Ruhiy kasalliklar
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Brutsellyoz

Donorlikdan vaqtincha chetlashtirishga olib keluvchi holatlar

Nomi Donorni chetlashtirish muddati
Endoskopiya, biopsiya, immunizatsion emlashda to‘qimalarning shikastlanishi, igna sanchish, pirsing, tatu, tish ekstraksiyasi, abortlar, ambulator jarrohlik, allogen tub hujayralarni kiritish, muguz pardani ko‘chirib o‘tkazish, qattiq miya po‘stlog‘ini ko‘chirib o‘tkazish 6 oy
Qonning tarkibiy qismlarini quyish 6 oy
Tumov holati (angina, gripp, O‘RVI) Tuzalgan paytdan boshlab 1 oy
Dori vositalari Antibiotiklar — qabul qilish to‘xtatilganidan keyin 2 hafta;
analgetiklar, salitsilatlar — qabul qilish to‘xtatilganidan keyin 72 soat
Hayz ko‘rish davri Tugagandan keyin 5 kun
Homiladorlik va laktatsiya tug‘ruqdan keyin 1 yil va laktatsiya to‘xtatilganidan keyin 3 oy
Alkogol qabul qilish 48 soat
O‘tkir revmatik bezgak Xurujdan keyin 2 yil. Kasallikning surunkali kasallik ko‘rinishidagi asoratlanishi donorlikdan muddatsiz chetlashtirish uchun asos bo‘ladi
Brutsellyoz To‘liq tuzalgandan keyin 2 yil (agar olingan qon plazmani fraksiyalash uchun ishlatiladigan bo‘lsa donorlikdan chetlashtirmaslik mumkin)
Ilgari OIV infeksiyasini yuqtirgan shaxs bilan aloqada bo‘lgan shaxslar OIV kasalligini yuqtirgan shaxs bilan oxirgi aloqada bo‘lgan kundan keyin 12 oydan so‘ng qo‘yiladi
Malyariyani boshidan kechirgan shaxslar Malyariya bo‘yicha endemik zonada bo‘lgan shaxslar To‘liq klinik va laborator tuzalgan paytdan keyin 3 yil
oxirgi marta o‘choqda bo‘lgan paytdan keyin 4 — 6 oy
B va C virusli gepatitli bemorlar bilan aloqa Oxirgi aloqada bo‘lgan kundan keyin 6 oy
A virusli gepatitli bemor bilan aloqa Oxirgi aloqada bo‘lgan kundan keyin 3 oy
Ich terlama Aniq ifodalangan funksional buzilishlar bo‘lmaganda, to‘liq klinik va laborator tuzalgan paytdan keyin 1 yil
Kuchsizlashtirilgan bakteriyalar va viruslar bilan emlash (BTSJ, sariq bezgak, qizamiqli qizilcha, qizamiq, poliomiyelit, parotit, vabo, ich terlama, brutsellyoz, o‘lat, tulyaremiya) 1 oy
O‘ldirilgan bakteriyalar bilan emlash (vabo, ich terlama, B virusli gepatiti, ko‘kyo‘tal, paratif, gripp) 1 oy
Qo‘zg‘alish fazasidagi allergik kasalliklar Xuruj bosilgandan keyin 2 oy
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Qonning muhim vazifalari
Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Back to top button