Insoniyat gepatit C ga davo topdi!

Bir necha yil avval surunkali gepatit C davosi yo‘q xastalik hisoblanar edi: mavjud dori vositalari hammaga ham yordam bermas, davo kursini o‘tishga qaror qilganlarning aksariyati esa salbiy asoratlar tufayli uni oxirigacha yetkaza olmas edi.

Biroq oxirgi yillarda virusdan og‘riqsiz va ehtimol uch oy ichida qutulish imkonini beruvchi yangi vositala

r paydo bo‘ldi. Shunga qaramasdan, ko‘pchilik odamlar gepatit C dan aziyat chekishda davom etmoqda: kimdir bu kasallikka chalinganidan bexabar, kimdir davolash kursi taxminan kichikroq shahardagi bir xonali uyning narxi bilan teng ekanligi uchun. Meduza nega gepatit C ni har bir kishi yodda tutishi va ushbu tashxis qo‘yilganda qanday yo‘l tutishi lozimligi haqida hikoya qiladi.

gepatit c

Gepatit C aniq statistikasi yo‘q jiddiy xastaliklardan biri hisoblanadi. Uni stomatologda yuqtirib olish mumkin, 20 yil davomida hech qanday asoratsiz xastalikni boshdan kechirish va faqat 40 yoshlarga kelganda kutilmaganda sirroz haqida xabar topish mumkin.

Avval gepatit C haqida nimadir bilganlar uning hech bir kasallik belgisisiz sirroz va o‘limga olib kelishini hisobga olib, uni “xushmuomala qotil” deb atagan. Biroq 2013-yildan farmkompaniyalar 100 kishidan 90 nafariga virusdan xalos bo‘lish imkonini beruvchi dori chiqara boshladi. Bungacha faqat interferonlar yordamida davolanish mumkin bo‘lib, u keltirib chiqaradigan asoratlar tufayli inson hayotdan yarim-bir yilga uzilib qolar, bunday muolaja 40—80 foiz holatlardagina muvaffaqiyatli yakunlanar edi. Kimlar uchundir bunday davo muolajasini qabul qilish mumkin emasligi tufayli ular faqat jigarini kuzatib yurish va sirrozga chalinmaslikka umid qilish bilan kifoyalanar edi. Yangi dori vositasi Rossiyada allaqachon ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, bir kursi 900 ming rubl atrofida turadi.

“Men sportchiman, ichmayman, chekmayman”

Amerika profilaktika bo‘yicha ishchi guruhi (U.S. Preventive Services Task Force) gepatit C ni yuqtirib olish xavfi mavjud bo‘lgan barchani unga tekshirishni tavsiya qiladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Jigarni tozalash usullari (So‘ralgan maqola)

“2013-yilda aksiya o‘tkazdik: biz barcha istovchilarga tekin tekshirish o‘tkazdik. Bir yildan so‘ng bu tajribani takrorlashga qaror qildik. Laboratoriya xodimlaridan birining hikoya qilishicha, bir homilador qiz yigiti bilan analiz topshirish uchun kelgan. Yigitga ham gepatitga tekin tekshirishdan o‘tish taklif etilganda, u ‘Men sportchiman, ichmayman, chekmayman’, deb tekshirishdan o‘tishdan bosh tortgan. Biroq uni ko‘ndirishganda, unda gepatit C aniqlangan va u virusni qayerdan yuqtirib olganligi haqida hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmagan”, — deya hikoya qiladi “Gepatitga qarshi birga” tashkiloti vakili Nikita Kovalenko.

Britaniya Sog‘liqni saqlash milliy xizmati qulog‘ini teshtirgan, pirsing yoki tatuirovka qildirgan, sterillanmagan asboblar bilan akupunktura yoki elektroepilyatsiya jarayonidan o‘tgan barchaga gepatit C ga tekshirishdan o‘tishni tavsiya qiladi. Asboblarning sterillangan-sterillanmaganligini esa tekshirib ko‘rishning deyarli imkoni yo‘q. Biroq qoidalarga amal qilinganligini taxmin qilish mumkin bo‘lgan ikkilamchi belgilar mavjud.

“Asboblar avtoklavdan olinishi lozim. Pergament qog‘ozchasi yoki paketchasi bir martadan ortiq qo‘llanuvchi tibbiy materialga to‘g‘ri ishlov berilgandan keyin foydalaniladigan maxsus o‘ramdir”, — deya aniqlik kiritadi gepatolog Marina Mayevskaya. O‘ram sizning ko‘z o‘ngingizda ochilishi kerak. Agar mutaxassis asboblarni shunchaki spirt bilan artayotgan bo‘lsa, buni ishlov berish deb atash mumkin emas. Agar manikyur mijozning uyida qilinayotgan bo‘lsa, mijozning shaxsiy asboblaridan foydalanilishi lozim.

Kasallikni yuqtirib olish va mazkur tashxisni qo‘yish o‘rtasida uzoq vaqt o‘tib ketishi tufayli uni qayerda yuqtirib olganlikni aniqlash va virus o‘chog‘iga qarshi nimadir qilish deyarli imkonsiz.

Gepatit C jinsiy aloqa davomida ham o‘tishi mumkin, biroq buning ehtimoli juda past bo‘lganligi tufayli Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ushbu infeksiyani jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarga kiritmaydi ham.

Gepatit C uchun millionga teng dori vositasi

Insoniyat vaksinatsiyasiz xalos bo‘ladigan birinchi infeksion xastalik gepatit C bo‘lishi mumkin. 1990-yillardan buyon gepatit C interferon inyeksiyalari yordamida davolab kelingan. Biroq u keltirib chiqaradigan noxush asoratlar tufayli ko‘pchilik davo muolajasini to‘xtatib qo‘yar edi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Grippni davolash uchun qo‘shimcha tabiiy muolajalar

To‘g‘ridan-to‘g‘ri virusga qarshi kurashuvchi dori vositalari bunday noxush holatlarni yuzaga keltirmaydi — kishi davolanish chog‘ida ham ish qobiliyatini yo‘qotmaydi.

Sotuvda bor dori vositalarining qiymati tufayli ko‘pchilik bemorlar ularni xarid qila olmaydi. Misol uchun, AQShda gepatit C ga qarshi yangi dorining 12 haftalik kursi 94,5 ming dollar turadi.

 

gepatit c

Gepatit C aniqlangan bemorlarni tibbiy xodimlar ma’nosiz ravishda huquqlarini cheklaydi. Ko‘pincha tibbiy xodimlardan, ayniqsa, stomatologlardan virusni yuqtirib olmaslik uchun bunday mijozlarni qabul qilmaslikka harakat qilishi haqida eshitish mumkin. Biroq bunday bemorlarga yorliq yopishtirishga ruxsat beruvchi hech qanday normativ hujjat yo‘q.

Har qanday tibbiyot xodimi bemor bilan ishlay turib, o‘zi virusni yuqtirib olmaslik va boshqalar uchun infeksiya manbasiga aylanmaslik uchun sanitariya-epidemiya rejimiga qat’iy amal qilishi lozim. Mijoz tashqi tomondan qanchalik sog‘lom ko‘rinmasin, shifokor u bilan kasallikka chalingan bemor bilan ishlagan kabi ishlashi lozim. Axir, haqiqatan ham, gepatit C ga chalinganidan bexabar millionlab kishilar mavjud.

© Daryo.uz

Сохранить

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

Bitta izoh

  1. Salom. Agar qiz bola gep C bolsa 1 chi jinsiy aloqada kasallik yuqishi mumkinmi?

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Back to top button