Gepatit B. Sabablar, davolash va oldini olish.

Gepatit B virusi gepadnaviruslar oilasiga mansub bo‘lib, uni 1970-yilda D.Deyn bemorning najasidan electron mikroskop yordamida topgan. Shuning uchun virus “Deyn zarrachasi” deb ham ataladi.

gepatit b

HBV infeksiyasi – odamning keng tarqalgan virusli kasalliklaridan biridir JSST ma’lumotlari bo‘yicha yer sharining 1/3 dan ko‘proq qismi HBV bilan zararlangan va ulardan 5% infeksiya tashuvchilar hisoblanadi. HBV tashqi muhitga yuqori chidamli. O‘zining yuqumliligini 30 daqiqa avtoklavlanganda, 1600 C da 60 daqiqa davomida quruq bug‘da sterillanganda yo‘qotadi.

Virusli gepatit B yuqish yo‘llari

Kasallanishning asosiy qismi zararlangan asboblar bilan (shpritslar, ninalar, stomatologik asboblar va boshqalar), kam qismi HBV ga tekshirilmagan qon preparatlarini quyish bilan bog‘liq. Bundan tashqari yaqin muloqotda (ona-bola), jinsiy aloqada, shuningdek teri va shilliq qavatlarning shikastlanishi bilan bog‘liq boshqa maishiy zararlanishlar orqali virusni “tabiiy” yuqish yo‘llari haqida ham ma’lumotlar to‘plangan. Xususan zararlanish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlar bo‘lib, gemodializda qatnaydiganlar, shuningdek ijtimoiy guruhdagi shaxslar – erkak gomoseksualistlar, giyohvandlar, fohishalar hisoblanadi. HBV bilan yuqori zararlanish xavf guruhiga qon va qon preparatlari bilan muloqotda bo‘ladigan tibbiyot xodimlari ham kiradi. Virus odam organizmidagi barcha biologik suyuqliklarda bo‘ladi. Shuning uchun onadan bolaga yo‘ldosh orqali, ko‘krak sutidan ham o‘tishi mumkin.

Virusli gepatit B ning yashirin davri 4 haftadan 6 oygacha bo‘lib, o‘rtacha 50 kunni tashkil qiladi. Virusning kirishi qon tomirlar bo‘lganligi uchun u qon orqali butun organizm bo‘ylab tarqalib, jigar hujayralariga (gepatotsitlarga) yopishadi. Gepatotsitlarga virus yopishganidan boshlab, unga patalogik ta‘sir ko‘rsatmaydi. Zararli ta’sir immun hujayralar gepatit B antigenlarini gepatotsitlar yuzasida aniqlashdan boshlanadi. Sodda qilib tushuntiradigan bo‘lsak, jigar hujayralarining zararlanishi immunopatalogik sabablarga bog‘liq.

Kasallikning kechishi

Gepatit B o‘zining patalogik shaklining xilma-xilligi (o‘tkir, o‘rtacha o‘tkir, surunkali, persistensiyalovchi) bilan ajralib turadi. Bu xilma-xillik virus antigenlarining gepatotsit hujayralariga qanday ta’sir etishiga bog’liq. Masalan, kasallikning o‘tkir shaklida T-helperlar (immun hujayralar) faoliyati bostiriladi, surunkali ko‘rinishida esa T-supressorlar (immun hujayralar) jarayonga jalb qilinadi. T-supressorlar faolligining doimiy ravishda bostirilib turilishi autoimmun reaksiya yuzaga kelishiga zamin yaratadi. T-helperlarning ingibatsiyasi (to‘xtatilishi) tufayli virus antigenlarini aniqlab olish qiyinlashadi hamda ularni to‘xtatuvchi antitelolar kam hosil bo‘ladi. Bundan tashqari virus maxsus makrofaglarga ham ta‘sir etish xossasiga ega

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Gepatit C - yuqish yo‘llari, belgilari, tashxislash va davolash asoslari

VGB klinik kechishi virusli gepatit A ga nisbatan keng va uzoq davomli bo‘ladi, jigarning o‘tkir distrofiyasi 5-10 % hollarda surunkali ko‘rinishga o‘tadi. Ammo, ko‘pgina hollarda kasallik hech bir simptomsiz infeksiya ko‘rinishida ham kechadi. Ba’zi holatlarda jigardan tashqari belgilar kuzatiladi: eshakemi va boshqa terida toshmalar, artrit, kam hollarda glomerulonefrit va vaskulit. Bu holat asosan o‘tkir gepatit B bilan og‘riganda kuzatiladi.

Gepatit B kasalligini davolash

Kasallikni davolash bemorlarga vitaminlar, glukosteroidlar, interferonlar (virus faoliyatini to‘xtatuvchi) preparatlar qo‘llash bilan yonma-yon holda oqsil va uglevodga boy, lekin yog‘siz mahsulotlardan iborat bo‘lgan yeguliklar tanovul qilish bilan birga olib boriladi. Bunda shifokor virusolog yoki gepatolog bemorning umumiy holatidan, undagi yondosh kasalliklar turidan kelib chiqib turli davo choralarini qo‘llashi mumkin. Har qanday gepatit turi bilan kasallanganda ham jigar uchun zararli hisoblangan qovurilgan, tuzlangan, konserogen mahsulotlardan, spirtli ichimliklardan, chekishdan voz kechish lozim!

Shu o‘rinda ya’na bir masalaga oydinlik kiritib o‘tsak, agar yosh oila a’zolaridan birida gepatit B virusi aniqlansa, uning jinsiy aloqa bilan yuqish ehtimolligi juda yuqoriligini e’tiborga olib, o‘z turmush o‘rtog‘ini virusga qarshi emlash tavsiya etiladi. Bu emlash hech bir havotirsiz jinsiy a’loqaga kirishish uchun zamin yaratdi. Vaksina 5 yilgacha saqlanadi.

Ya’na shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, agar ona virus bilan zararlangan bo‘lsa, tug‘riq jarayonida bolaga yuqtirib olmasligi uchun juda zarur choralar mamlakatimiz tug‘riqxonalarida joriy etilgan. Va bola tug‘ilgan vaqtdan boshlab, ilk 24 soat ichida gepatit B ga qarshi emlashdan o‘tqaziladi. Emlash chaqaloqlarda emlash kalendariga asosan uch marta olib boriladi. Ikki hamda to‘qqizinchi oyida chaqaloqda navbatdagi emlash amalga oshiriladi. Emlash kasallikni oldini olishning eng ishonchli usullaridandir!

Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!


Yuklanmoqda...

Tegishli maqolalar

38 ta izoh

  1. Ассалому алайкум мени саволимга куйидагича :хотиним анализ топширганда гепатит б аникланди.Фарзандимиз бор 1 ярим яшар хозир 2чисига хомиладор. Бу кассалликни уй шароитида даволаш мумкинми кандай зарарлари бор.Бу кассаллик даволанмаса улимга олиб келиши мумкинми илтимос жавоб берсангиз

    1. Hurmali Ilhom, gepatit B kasalligi haqida yuqorida ma’lumot berib o’tilgan, iltimos, shunga ahamiyat bering. Albatta, har qanday kasallikni davolash choralarini ko’rish kerak. Ayolingiz virusologga ko’rinishlari va davolanishlari kerak.

  2. Salom hurmatli doktor ismim Jumaboy yoshim 21da manda gepatit b kasaligi aniqlandi 1.2.shifokorga uchradim anigini aytishmada.Sogligingdan shikoyating bormi diyshdi.yuq hammasi joyida hech qayrm ogrimidi…manga aytishdik.5-6 oyda.bir analiz topshirasan diyshdi… sizdan iltimos shu kasallikni butkul yuq qilishni iloji bormi… javobini kutaman iltimos.

    1. Surunkali shakldagi gepatit B bo’lsa, afsuski standart to’la yo’q qilish uchun davo usuli mavjud emas. Lekin bemorga virus faoliyatini to’xtatuvchi, jigar faoliyatini yaxshilovchi preparatlar buyiriladi. Bundan tashqari, bemor alkologol, yog’li, achchiq va sho’r taomlarda o’zini tiyishi kerak.

  3. Salom men yaqinda uylanaman lekin kelinchak Shu kasallik bilan kasallanibdi Nima maslaxat berasila Nima qilishga bosh qotgan Javob uchun raxmat

    1. Uylanishdan oldin siz avval kasallanmagan bo’lsangiz, virusli gepatit B ga qarshi emlatishingiz mumkin. Bu sizda kasallik rivojlanmasligiga zamin yaratadi. Homiladorlik davrida ham ginekolog, gepatolog, virusolog nazorati ostida o’tqazsa maqsadga muvofiq bo’ladi.

  4. salom qonim tarkibida gepatit b aniqlandi kasallik qachon va qanday yo’l bilan yuqqanligini aniqlashni imkoni bormi javobini kutaman iltimos!

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button