Xirurgiya

MAQOLALAR

ico
O‘tkir va surunkali xolesistit

Xolesistit – bu o‘t pufagining yallig‘lanishli jarayoni bo‘lib, ko‘pincha ichak mikroflorasining o‘t yo‘llarida o‘t dimlanib qolishidan a’zoni zararlashidan kelib chiqadigan kasallik. Odatda xolesistit o‘t-tosh kasalligi asorati sifatida yuzaga keladi. O‘t pufagi jigar bilan yonma-yon joylashgan a’zo bo‘lib, hazm qilish jarayonida katta rol o‘ynaydi. Normada o‘t suyuqligi o‘n ikki barmoqqa quyiladi, ba’zi hollarda qandaydir bir patologiya natijasida o‘t suyuqligi evakuatsiyasi buzilib, o‘t pufagida dimlanib qoladi. Bunda inson og‘riq va infeksiya natijasida yallig‘lanib qolish xavfi ortadi.

Odatda xolesistit yondosh kasallik xolangit bilan birgalikda kechadi, ya’ni o‘t chiqaruvchi yo‘llar ham yallig‘lanadi. Xolesistit ko‘p tarqalgan xirurgik kasallik bo‘lib, ko‘proq erkaklarga nisbatan ayollar kasallanadi, ayniqsa o‘rta va katta yoshdagilar.

o‘t pufagi kasalligi

Ayollarda xolesistitga olib keluvchi xavf omillari

  • Homiladorlik paytida o‘t qopining doimo bosilib turishi – xolesterin va o‘t kislotalar balansi buzilishi, o‘t suyuqligining dimlanib qolishi;
  • Ayollarda gormonal tizimning o‘ziga xosligi – homiladorlikda va klimaks davrida progesteron gormonining ko‘p ajralishi ham o‘t qopi funksiyasiga salbiy ta’sir etadi;
  • Ayollar diyetaga ko‘proq rioya etishadi va natijada o‘t qopining motorikasi (qisqarish funksiyasi) buziladi;

Barcha insonlarda xolesistit kelib chiqishi xavf omillari

  • Ichak va (yoki) jigar infeksiyalari;
  • Parazitar kasalliklar (gijjalar va sodda hayvonlar invaziyasi);
  • O‘t-tosh kasalliklarida o‘t qopi bo‘yinchasi obstruksiyasida (tiqilib qolishida), shilliq qavatlarning zararlashidan;
  • O‘t qopi devori qon bilan ta’minlanishi buzilishida;

Yuqorida keltirib o‘tilgan barcha sabablar o‘t qopida tiqilish va uning motorikasi buzilishi bilan bog‘liq.

Xolesistit tasnifi

Etiologiyasiga (kelib chiqishi) ko‘ra xolesistitlar ikki katta guruhga bo‘linadi:

  • Kalkulyoz (lotin. Calculus – tosh);
  • Nokalkulyoz (toshsiz).

Xolesistit kechishi bo‘yicha:

  • O‘tkir;
  • Surunkali.

Yallig‘lanish xarakteriga ko‘ra:

  • Kataral;
  • Yiringli;
  • Gangrenoz;
  • Flegmonoz;
  • Aralash.
  • Gangrenoz va flegmonoz xolesistitlar kasallikning destruktiv (organ tuzilishi va funksiyasi buzilishi) formasiga kiradi.

O‘t qopi va o‘t suyuqligi

O‘t qopi anatomik va fiziologik jihatdan jigarga yaqin. Jigarning funksiyalari juda ko‘p, shulardan biri o‘t suyuqligi ishlab chiqarish va uni o‘n ikki barmoq ichakka o‘tkazishdir. Ortiqcha hosil bo‘lgan o‘t suyuqligi o‘t qopida to‘planib, porsiya porsiya holatida kerakli vaqtda ingichka ichakka quyilib turadi.

Hazm qilishda o‘t suyuqliginining roli:

  • Oshqozon sokida qayta ishlangan ovqatni parchalash, hazm qilishni oshqozon turidan ichak turiga o‘tkazish;
  • Ingichka ichak peristaltikasini stimullash;
  • Ichak ichki qavatini himoya qiluvchi fiziolgik shilliqlarni aktivlash;
  • Bilirubin, xolesterin va bir qator zararli moddalarni neytrallash;
  • Ichakka quyilgan oshqozon osti fermentlarini aktivlash;

Xolesistit belgilari

[caption id="attachment_11203" align="aligncenter" width="700"]xolesistit Foto: Medicalnewstoday.com[/caption]

Xolesistitning boshlang‘ich belgilari o‘ng qovurg‘a ostida to‘satdan og‘riq paydo bo‘lishi. Bunga sabab o‘t qopidagi toshning tiqilishidir. Buning natijasida o‘t qopi qo‘zg‘aladi va yallig‘lanish jarayoni boshlanadi. Og‘riq bir oz vaqt o‘tgach o‘z-o‘zidan yoki biror-bir analgetik qabul qilganda o‘tib ketadi, ammo keyinchalik og‘riq kuchayib boradi va doimiy ravishda paydo bo‘lib turadi. Kasallik rivojlanib borishida tana harorati ko‘tarilishi, ko‘ngil aynish va qusish kuzatilib, bemor umumiy ahvoli yomonlashadi.

O‘t suyuqligining o‘n ikki barmoqqa tushmasligi natijasida teri va shilliq qavatlar rangi sarg‘aya boshlaydi. Sariqlik paydo bo‘lishiga, aynan o‘t qopidagi toshning tiqilishi sabab bo‘ladi. Kasallik patogenezining og‘irlik darajasi bemor pulslari bilan belgilanadi: odatda bu kasallikda yurak qisqarish soni (puls) bir daqiqada 80 dan 100-130 tagacha bo‘ladi, bu esa organizmda jiddiy o‘zgarishlar ketayotganidan dalolat beradi.

Xolesistitning surunkali ko‘rinishlarida kasallik belgilari yaqqol yuzaga chiqmaydi, sekin astalik bilan rivojlanib boradi, hatto o‘tkir shakliga ham o‘tishi mumkin. Bunday hollarda davolanish, maxsus tibbiy muassasalarda olib boriladi.

Xolesistit kasalligi diagnostikasi

Xolesistitni aniqlash uchun anamnez yig‘iladi, fizikal tekshiruvlar (umumiy ko‘rik va palpatsiya), laborator tekshiruvlar va instrumental tekshiruvlar o‘tkaziladi.

  • Bemorda anamneziga ko‘ra avval oshqozon ichak tizimida, jigarda va boshqa organlarda kasallik o‘tkazganligi, og‘riqning xarakteri va hazm qilish tomonidan kamchiliklar (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, ich qotishi, qorin dam bo‘lishi) kuzatilganligi aniqlanadi;
  • Fizikal ko‘ruvda tilninig oq karash bilan qoplanganligi, o‘t qopida tosh tiqilganidan dalolat beradi. Qorin sohasining turli qimlarida og‘riq bo‘ladi;
  • Instrumental tekshiruvda o‘n ikki barmoq ichakni zondlash, UTT (UZI) va rentgenologik tekshiruvla o‘tkazilib, o‘t qopining peristaltikasi, o‘t qopining o‘tkazuvchaligi va boshqa funksional-morfologik funksiyalari tekshiriladi.

Xolesistitda ko‘ngil aynishi – eng asosiy xolesistit belgilaridan biri. Ko‘ngil aynashi reflektor jarayon bo‘lib, u qusish bilan yuzaga chiqadi. Qusish esa organizmning himoya mexanizmidir, ya’ni zaharlanishlarni tashqariga chiqarib yuborish.

Xolesistitda qusishni boshqa kasalliklar natijasida kelib chiqadigan qusish bilan farqlab olish kerak, masalan:

Ushbu kasalliklardan xolesistit farqlash uchun:

  • Ko‘ngil aynish vaqti, kunning qaysi qismida qayt qilish kuzatiladi;
  • Ovqat iste’mol qilgandan keyin qancha vaqt ichida ko‘ngil ayniydi;
  • Ko‘ngil aynishning davomiyligi va uning qayt qilish bilan tugashi yoki tugamasligi;
  • Qayt qilgandan keyin yengillik sezishi yoki sezmasligi;
  • Qusuq massasining tarkibi (hazm bo‘lganmi yoki yo‘qmi);
  • Qusuq tarkibida qon bor yoki yo‘qligi aniqlanadi.

Xolesistitda ich ketishi (diareya) ko‘p kuzatiladi. Ich ketishi, ich qotishi, qorin dam bo‘lishi ovqat hazm qilish organlari kasalliklarida va shu bilan birga xolesistitda ham uchraydi.

Diareyaning kelib chiqishi quyidagi boshqa kasalliklar uchun ham xarakterli:

  • Disbakterioz – xolesistit davosida antibiotiklar qabul qilishdan;
  • Toksikoinfeksiya;
  • Ichak motorikasining turli xil o‘zgarishlari;

Ich qotishi va qorin dam bo‘lishi quyidagilarda kuzatiladi:

  • Ichaklar parezida, xolesistitning og‘ir darajasida, peritonitda;
  • Gipokinetik holat (kamharakatlilik), bemorning uzoq muddat yotoq rejimida bo‘lishi;
  • O‘t qopining uzoq muddatli yallig‘lanishi ichakalarga reflektor ta’siri natijasida.

Xolesistit sabablari

[caption id="attachment_11204" align="aligncenter" width="700"] Foto: Medicalnewstoday.com[/caption]

Xolesistit sabablari turli tuman bo‘lishiga qaramay asosiy o‘rinni o‘t-tosh kasalliklari egallaydi. Toshning o‘t qopi bo‘yinchasida, tanasida va o‘t yo‘llarida paydo bo‘lishi va o‘t suyuqligining to‘sib qo‘yishi sabab bo‘ladi. Bundan tashqari turli xil jarohatlar, og‘ir kasalliklar, masalan qandli diabet, natijasida paydo bo‘lgan xolesistit ikkilamchi ya’ni boshqa kasallik asorati sifatida kelib chiqadi.

Yuqorida keltirilgan sabablar o‘tkir xolesistit chaqiradi. Surunkali xolesistitda yallig‘lanish jarayoni cho‘zilib, o‘t qopi devori qalinlashib ketadi.

O‘tkir xolesistit

O‘tkir xolesistit belgilari ya’ni ko‘ngil aynishi va qusish yog‘li ovqatlar iste’mol qilgandan keyin boshlanadi, faqatgina og‘riqsizlantiruvchi preparatlar qabul qilganda o‘tib ketadi. O‘tkir shakli o‘t qopida toshlar paydo bo‘lib tiqilganda yuzaga chiqadi. Buning asosiy belgilaridan yana biri – kuchli og‘riq. Bulardan tashqari yana quyidagi simptomlar ham kuzatilishi mumkin:

  • Ko‘ngil aynishi, og‘izda yoqimsiz ta’m sezish bilan;
  • Febril tana harorati (38 – 39 C);
  • Neytrofiliya, qon analizida chap tomonga siljigani;

O‘tkir xolesistit asoratlari

  • Yiringli tarqoq yoki mahalliy peritonit;
  • O‘t qopining yorilishi;
  • O‘tkir pankreatit;
  • Obturatsion (mexanik) sariqlik.

Og‘riq – xolesistitda asosiy belgi va quyidagi sohalarda paydo bo‘ladi:

  • O‘ng qovurg‘a ostida;
  • Epigastral sohada, to‘sh suyagi tubi va o‘ng qovurg‘a osti sohalari orasida;
  • Kindik atrofi sohasida.
  • Og‘riq bemorda – kuchli, o‘tkir, to‘mtoq, xurujli, siquvchi, bosimli, pulsatsiyalanuvchi ko‘rinishlarda paydo bo‘ladi.

O‘tkir xolesistitni og‘riqqa asoslanib tekshirishda quydidagilar bajariladi:

  • Ortner simptomi – o‘ng qovurg‘a ostiga yengil urilganda yoki qo‘l bilan ushlanganda kuchli og‘riq;
  • Myussi-Georgiyevskiy simptomi – quloq osti bo‘yin soxasiga, to‘sh-o‘mro-so‘rg‘ichsimon mushak palpatsiyasi qilinganda, o‘ng qovurg‘a ostida og‘riq;
  • Shetkin-Blyumberg simptomi – chuqur qorin palpatsiyasida og‘riq sezish.

[caption id="attachment_11205" align="aligncenter" width="625"]xolesistit haqida Foto: Healthline.com[/caption]

Surunkali xolesistit

Surunkali xolesistit sabablari

  • Kasallika patogenezi sekin rivojlanishi;
  • O‘tkir formasining cho‘zilishi.

Surunkali xolesistit belgilari

  • Epigastral sohada og‘irlik hissini doimiy sezish;
  • Qorin dam bo‘lishi;
  • Ko‘ngil aynishi;
  • Og‘izda achchiq ta’m sezish;
  • Subfebril temperature (37-38 C);
  • Jigar kattalashuvi (qorin devoridan palpatsiyalanadi);
  • Instrumental tekshiruvda o‘t qopi devori yupqalashuvi;

Surunkali xolesistitda o‘tkir og‘riq kuzatilmaydi. Ko‘pincha bemorlar to‘mtoq va cho‘ziluvchi og‘riq sezishi mumkin. Surunkali nokalkulez (toshsiz) xolesistit, hattoki simptomlarsiz ham kechishi mumkin. Kasallik tekshiruvida simptomlar yaqqol namoyon bo‘lmaydi.

Xolesistit turlari

  • Kalkulyoz;
  • Nokalkulyoz;
  • O‘t qopi xolesistiti;
  • Destruktiv xolesistit;
  • Kataral xolesistit;
  • Yiringli xolsistit.

Surunkalida va o‘tkir xolesistitda ham kalkulyoz yoki nokalkulyoz turlari uchraydi. Kalkulyoz xolesistitda o‘t qopi devorlari qo‘zg‘alishi kuzatilsa, nokalkulyoz xolesisitida qon va nerv bilan ta’minlanishi buzilishi kuzatiladi.

Kalkulyoz xolesistit

Toshli xolesistit – organizmda uchta patologik o‘zgarish natijasida paydo bo‘ladi, moddalar almashinuvi buzilishi, tosh hosil bo‘lishi va yallig‘lanish jarayoni.

Kalkulyoz xolesistit patogenezi bir necha bosqichlarda kechadi:

  • Moddalar almashinuvi buzilishi – tosh hosil bo‘lishi (xolelitiaz);
  • O‘tkir toshlar bilan o‘t qopi shilliq qavati shikastlanishi;
  • O‘t qopi shilliq qavatining ichak infeksiyalari ta’sirida yallig‘lanishi;

Toshning tarkibiga ko‘ra xolesterinli, pigmentli (bilirubin), kalsiyli va aralash turlari farqlanadi. Normada ortiqcha xolesterin, bilirubin va kalsiy najas orqali chiqib ketadi.

Toshlar strukturasiga ko‘ra:

  • Kristallik;
  • Amorf;
  • Tolali;
  • Qavat qavat;

Kalkulyoz xolesistitda toshlar:

  • Birlamchi (faqtgina o‘t qopida paydo bo‘ladi);
  • Ikkilamchi (o‘t va jigar yo‘llarida paydo bo‘ladi);

Surunkali kalkulyoz xolesistit

Bu o‘t qopi devorining yallig‘lanishli kasalligi bo‘lib, ikki bosqichda kechadi:

  • Remissiya davri – tinchlik davri, belgilar yaqqol yuzaga chiqmaydi;
  • Xuruj davri – ikkilamchi toshning o‘t qopini berkitib qo‘yishidan kelib chiqadi, belgilari o‘tkir xolesistit kabi bo‘ladi.

Nokalkulyoz xolesistit

[caption id="attachment_11207" align="aligncenter" width="610"]xolesistit kasalligi Foto: Medicine-worlds.com[/caption]

O‘t qopining toshlarsiz yallig‘lanishidir. Bu kasallik ko‘pincha gepatitlar, pankreatit va o‘t yo‘llari kasalliklari bilan kechadi.

Nokalkulyoz xolesistit kelib chiqishiga sabablar:

  • Infeksiya natijasida o‘t qopi yallig‘lanishi;
  • O‘t qopi devorining pankreatik fermentlar ta’sirida shikastlanishi;
  • O‘t qopi devorining qon bilan ta’minlanishi buzilishi.

Nokalkulyoz xolesistit belgilari tipik va atipik bo‘ladi:

  • Tipik formasida ovqat iste’mol qilgandan keyin 45-90 daqiqa o‘tib to‘mtoq, bir xil kuchdagi o‘griq boshlanishi, o‘tirgan yoki yotgan holda og‘riqning kuchayishi, jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi kuzatiladi;
  • Kardiologik sindromda – ko‘ks oralig‘ida og‘riq, aritmiyalar, ekstrasistoliyalar ovqat qabul qilgandan keyin kuzatiladi;
  • Ezofagik sindromlar – kuchli jig‘ildon qaynashi, to‘mtoq og‘riq va ko‘ks oralig‘ida yot modda borligi hissini sezish, vaqtinchalig disfagiya (yutishning qiyinlashuvi);
  • Ichak sindromlari – qorin dam bo‘lishi va ich qotishining takroriy bo‘lishi;

Surunkali nokalkulyoz xolesistit

Surunkali nokalkulyoz xolesistit – bu o‘t qopining infeksion yallig‘lanishi natijasida, o‘t qopi ichki qavatining qalinlashishi va o‘t suyuqligining dimlanishi hisobiga kelib chiqadigan kasallik. Infeksianing o‘t qopiga kelishida 3 xil yo‘l bor:

  • Ko‘tariluvchi yo‘l – ichakdan infeksiyaning o‘t qopi bo‘yinchasiga va undan ichkariga kirishi. Bunda sfinkterlar funksiyasi buzilishi hisobiga ichakdagi suyuqliklar yuqoriga qaytadi;
  • Tushuvchi yo‘l – infeksiyaning qonda aylanib yurishidan, ya’ni gematogen yo‘l bilan o‘t qopi yallig‘lanishi;
  • Limfogen yo‘l – limfa tizimi organizmni infeksiyalardan tozalash hususiyatiga ega. Ammo kuchli yallig‘lanishlar (siydik yo‘li, nafas yo‘li, hazm qilish tizimidagi kasalliklar) natijasida limfalar infeksiyani zararsizlantira olmaydi va limfa yo‘llaridagi infeksiya o‘t qopini ham zararlashi mumkin.

Destruktiv xolesistit

Flegmonoz va gangrenoz xolesistit bir guruhga ya’ni destruktiv (o‘t qopi butunligining buzilishi) xolesistit guruhiga kiradi. Bunda ko‘pincha flegmanoz xolesistit oqibati yaxshi, gangrenoz xolesistit oqibati esa xavfliroqdir.

Asosiy belgilari og‘riq, ko‘ngil aynishi, og‘izda achchiq ta’m sezishga qorin dam bo‘lishi (ichakalar parezi va atoniyasi), taxikardiya (112 marta yurak qisqarishi 1 daqiqada), nafas olishda o‘ng tomonning ortda qolishi qo‘shiladi.

Gangrenoz xolesistit – flegmonoz xolesistitning davomidan kelib chiqadi. Bunda yuzaki nafas olish, es-hushning yo‘qolishi, kuchli og‘riq va peritonit asoratlari kuzatiladi.

Kataral xolesistit

Katar – bu eksudativ yallig‘lanish ko‘rinishidir. Kataral ekssudatning asosiy tarkibi – shilliq massa. Bunday xolesistitni differensial diagnostika qilish uchun laproskopiya o‘tkaziladi.

Kataral xolesistit belgilari:

  • O‘ng qovurg‘a ostida intensiv, xurujsimon og‘riq;
  • Kuchli qayt qilish, o‘t suyuqligi va ichak massalari bilan;
  • Qorinning barcha devori nafas olishda ishtirok etishi.

Yiringli xolesistit

O‘t qopi empiyemasi (yiringli xolesistit) – bu o‘t qopi shilliq qavatining yallig‘lanishi va yiring to‘planishi bilan kechadi. Bunga sabab yiringli mikrofloraning ta’siridir.

Yiringli xolesistit asoratlari:

  • O‘t qopi devorining yupqalashib, hilpillab qolishi, devorlari perforatsiyasi va peritonit;
  • Yiringli jarayonning destruktiv holatga o‘tishi, ya’ni butunligi buzilishi;
  • Umuniy organizm zararlanishi – sepsis.

Yiringli xolesistitning klinik belgilari flegmonoz formasi kabi ekssudatsiya bilan kechadi. Ekssudativ xolesistitning 3 formasi farqlanadi:

  • Flegmona – tarqoq yiringli yallig‘lanishli jarayon;
  • Absess – o‘choqli (chegaralangan) yiringli yallig‘lanish;
  • Empiyema – o‘t qopining butunlay yiring bilan qoplanishi.

Yiringli xolesisti diagnostikasida leykotsitoz, ECHT oshishi, yuqori tana harorati, kuchli intoksikatsiya va bosh og‘rishi muhim belgilovchi omillar hisoblanadi.

Xolesistit xuruji

O‘tkir xolesistit va surunkali xolesistit xuruji bir xil kechadi. Xurujning xarakterli belgisi yog‘li, achchiq ovqat iste’mol qilgandan keyin qorin sohasida og‘irlik, og‘izda yoqimsiz ta’m sezish kuzatiladi. O‘ng qovurg‘a osti sohasida og‘riq sezish, subfebril va febril tana harorati bemorni bezovta qiladi.

Xolesistit xurujini qanday bartaraf qilish mumkin?

  1. Tez tibbiy yordam chaqirish;
  2. Spazmolitiklar qabul qilish (papaverin, no-shpa) va analgetikalar (baralgin, analgin);
  3. Ko‘ngil aynishini kamaytirish uchun iliq gazlanmagan suv, o‘tkir ta’mli ko‘k choy ichish;
  4. Agar qusish kuzatilsa, qusuq massasini analiz uchun olib qo‘yish kerak.

Xolesistit oqibatlari

O‘tkir xolesistit vaqtida davolanmasa, surunkali formasiga o‘tadi va vaqti-vaqti bilan xuruj qilib, inson hayotiga xavf tug‘diradi. Surunkali xolesistitni davolash esa qiyinroq kechadi, chunki jarayonga boshqa organlar ham qo‘shiladi. Surunkali xolesistitlar xuruji davolanmasa, yiringli, flegmonoz, o‘t qopi oqmalariga olib kelib, ichaklar, buyraklar va qorin pardalarni zararlab qo‘yishi mumkin.

Asoratsiz kalkulyoz xolesistit oqibati ko‘pincha ijobiy. Uzoq muddatli va vaqtida davolanish yaxshi natijalar beradi. Nokalkulyoz xolesistit asorati esa xavfliroq, chunki bunda kasallik destruktiv formalariga o‘tib ketishi mumkin.

Xolesistit davosi

[caption id="attachment_11206" align="aligncenter" width="722"]xolesistit davosi Foto: Everydayhealth.com[/caption]

Konservativ davo

  • Antibiotiklar;
  • Spazmolitiklar bilan birga o‘t haydovchi preparatlar;
  • Gepatoprotektorlar (jigarni himoya qilish uchun);

Xolesistitning xirurgik davosi

Xolesistektomiya – o‘t qopini butunlay olib tashlash, tarqoq va o‘chiqli asoratlar bersa, zudlik bilan o‘tkaziladi. Qolgan hollarda rejali operatsiya o‘tkaziladi.

Xoletsistitni davolash tartibi, yallig‘lanish tabiati va ifodalanganligi,murakkab va jarrohlik aralashuvini talab etuvchi og‘irlanishlarni bor-yo‘qligiga qarab belgilanadi. Operatsiya shoshilinch yoki rejalashtirilgan tartibda, odatiy va organizmga kam kirib borish usullari (masalan,endoskopik) bilan amalga oshirilishi mumkin.

Og‘riq yengil ifodalangan, bemorning umumiy holati yaxshi bo‘lsa va yiringlash belgilari kuzatilmasa, davolash ambulator tarzda amalga oshirilishi mumkin. Tarqalgan og‘riq, ko‘payib borayotgan intoksikatsiya va bir necha soat davomida his qilinayotgan jigar sanchiqlari esa bemorni jarrohlik bo‘limiga zudlik bilan yetkazish uchun sabab bo‘la oladi.

O‘tkir xoletsistitnig odatiy davolash rejasiga quyidagilar kiradi:

  • Davolovchi parhez (stol №5a va keyin №5), ifodalangan jigar sanchiqlari bo‘lgan holatda boshidagi 1-3 kunlarda ochlik, tavsiya etilishi mumkin.
  • O‘t pufagi bo‘ynidagi sfinkterning faolligini pasaytirish va o‘t suyuqligi oqib ketishini yengillashtirish uchun, spazmolitik preparatlar.
  • Yallig‘lanishning infeksion omilini yo‘qotish uchun, bakteriyalarga qarshi vositalar.
  • Og‘riq, to‘qimalarning kerkkanligi va yallig‘lanishni kamaytirish uchun nosteroid, yallig‘lanishga qarshi preparatlar.Ular isitma tushiruvchi ta’sir ham ko‘rsatadi.
  • Oshqozon va ichak motorikasini tartiblashtirib, qayt qilishga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi preparat-prokinetiklar.
  • Ifodalangan og‘riq paytida alomatli davolash sifatida, giyohvand moddalarsiz og‘riqsizlantiruvchi vositalar.
  • Ferment yetishmovchiligida o‘rin to‘ldirish, ozuqaviy moddalarni hazm qilish va o‘zlashtirishni yaxshilash, oshqozonosti beziga bo‘lgan funksional yuklamani kamaytirish uchun fermentli preparatlar buyuriladi.
  • Fizioterapiyaning ba’zi turlari, lekin surunkali kalkulyoz xoletsistit zo‘rayganda bunday muolajalar juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi zarur.

O‘tkir xoletsistitning alomatlari to‘xtatilgandan keyin ham parhezni davom ettirish, ferment preparatlarni qabul qilishni to‘xtatmaslik, spazmolitik davolash kursini oxiriga yetkazish maslahat beriladi. Shifokorning qaroriga ko‘ra o‘t haydovchi vositalar, suyuqlik ishlab chiqarilishini kuchaytiruvchi (xoleretiklar) yoki ajralib chiqishiga yordam beruvchi vositalar tayinlanishi mumkin.

O‘tkir xoletsistitning zo‘rayishdan keyingi, davolashning asosi-parhez, ovqatlanishdagi xatoliklar va hazm qilish buzilishi belgilari paydo bo‘lganda, ferment preparatlarni qabul qilish, mineral suvlar va boshqa suvli davolash usullarini qo‘llash. O‘t pufagida toshlar bo‘lgan holatda, pufakni butunlay olib tashlash yoki faqat uning oralig‘idagi toshlarni, asbobli litotripsiya (toshlarning teginishsiz maydalanishi) yordamida olib tashlash haqida qaror qabul qilinadi. Bir xil holatlarda, litolitik davolash yordamida, o‘t-toshlarini asta-sekin yo‘qotish samarali bo‘ladi.

Xolesistitda diyeta

[caption id="attachment_11209" align="aligncenter" width="640"]Xolesistitda diyeta Foto: Nutralegacy.com[/caption]

O‘tkir xuruj paytida iliq suvni porsiya-porsiya qilib beriladi, yarim litrgacha. O‘tkir og‘riqlar o‘tib ketgandan so‘ng kasha, bug‘da pishirilgan ovqatlar, kisel, yog‘i kam bo‘lgan go‘sht mahsulotlari yeyish tavsiya etiladi.

Ovqatlanishni har 5-6 soatda amalga oshirib, kechki ovqatni uyqudan kamida 4-5 soat oldin yeyish kerak.

Xolesistitda yeyish mumkin bo‘lmagan mahsulotlar:

  • Konservalangan, dudlangan, sho‘r, yog‘li mahsulotlar yeyish;
  • Gazli ichimliklar ichish;
  • Alkogol ichish, sitrus mevalar yeyish va chekish mumkin emas!

Xolesistit profilaktikasi

Xoletsistitning profilaktikasi, qo‘zg‘atuvchi omillardan saqlanish, o‘tkir va surunkali infeksiya o‘choqlarini o‘z vaqtida davolash, pankreatitni to‘g‘ri davolashni o‘z ichiga oladi. O‘t pufagida suyuqlik turib qolishi va toshlar paydo bo‘lishi xavfi yuqori bo‘lsa, muntazam UT-nazorat va profilaktik choralarnig shaxsiy to‘plamini aniqlashtirib olish maslahat beriladi.

Ko‘p hollarda, davolash o‘z vaqtida va to‘g‘ri amalga oshirilsa, xoletsistit xurujini odatiy usullar bidan to‘xtatsa bo‘ladi. Keyinchalik, kasallik qaytalashining oldini olish va jarayon surunkali yoki og‘irlashgan shaklga o‘tib ketmasligi profilaktikasi uchun, shifokor nazoratida bo‘lib, uning maslahatlari amal qilish kerak.

Gastroenterologik kasalliklarda eng kop qo'llaniladigan dori vositalardan biri URSOSAN FORTEdir:

https://apteka.uz/uz/product/ursosan

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Bronxial astma turlari, kelib chiqish sabablari va davolash usullari

Bronxial astma nafas yo‘llarining surunkali kasalligi bo‘lib, uning asosida doimiy yallig‘lanish belgilari yotadi. Yallig‘lanish jarayonida bronxlar sezuvchanligi ortib, natijada bronx-o‘pka tizimida o‘zgarishlar yuzaga keladi. Bu o‘zgarishlar bemorlarda takror-takror nafas qisishi, hansirab qolish, ko‘krak qafasida xirillash va og‘irlik paydo bo‘lishiga hamda kechalari yo‘tal xuruji tutishiga olib keladi. Astma so‘zi “bo‘g‘ilish”, “hansirash” ma’nolarini bildirishi bejizga emas. Chunki bronxial astmaga duchor bo‘lganlar bronxlar shilliq qavatining shishishi, shilliq ishlab chiqarishning kuchayishi va bronxspazm tufayli tez-tez nafas qisishidan shikoyat qiladilar.

Xastalikning ilk xurujlari bolalikda yoki balog‘atga yetish davrida boshlanishi mumkin. Ayrim odamlarda esa bu kasallik keksalik yoshida ham rivojlanadi. Bronxial astma ko‘pincha biror kasallik (nafas yo‘llarining jiddiy yallig‘lanishi, zotiljam, qizamiq, ayollarda jinsiy a’zolar yallig‘lanishi) yoki qattiq asabiylashish va ruhiy zo‘riqishdan keyin paydo bo‘ladi. Yozning o‘zgaruvchan kunlarida, ayniqsa ob-havo sovuq va nam bo‘ladigan ko‘klam hamda kuz fasllarida bronxial astma xurujlari kuchayadi.

Kasallik tarixi

Gippokrat zamonida (miloddan avval) ham ayni bahor kezlarida o‘simliklar changining atrofga tarqalib kishilarda allergiya qo‘zg‘ashi ma’lum bo‘lgan. Lekin u vaqtlarda allergiya holatidan hech kimning xabari yo‘q edi. Gippokrat nafasi qisib qolgan bemorlarga efedra giyohini yoqib tutunidan hidlash zarurligini tavsiya etgan.

Abu Bakr ar-Roziy “Tibbiyotga doir mukammal kitob” asarida bironxial astma alomatlarini batafsil bayon etib ba’zi gullarning va ayrim ovqat mahsulotlarining bu kasallikka sabab bo‘lishini ko‘rsatib o‘tadi. Keyinchalik esa Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari” ning uchinchi kitobida astma to‘g‘risida so‘z yuritib, bu kasallik xurujlari boshlanishida tabiiy va iqlimiy omillarning ahamiyati katta ekanini qayd etadi. Nafas qisishi xurujlarining badan terisiga toshma toshishi bilan birga davom etishini ham ibn Sino birinchi bo‘lib kuzatgan.

O‘n sakkizinchi asrda bir qancha olimlar astmani “asabiy holatlar natijasida o‘pkaning tirishib qisilishidan” boshlanadigan alohida bir turdagi hansirash deya fikr bildirishgan. Rus terapevti Sokolskiy fikriga ko‘ra xurujlar asosan kechalari, ya’ni odamning his-tuyg‘ulari junbushga kelganda vegetativ asab tizimi qo‘zg‘alishi natijasida tutib qoladi, bu ko‘pincha bronxial astmaning psixonevroz holati sifatida talqin etiladi.

O‘n to‘qqizinchi asr boshlariga kelib avstriyalik pediatr shifokor Pirke “allergiya” atamasini klinik amaliyotga birinchi marta joriy etdi. Pirke ko‘pgina kishilarning organizmi befarq bo‘ladigan moddalarga nisbatan ayrim odamlarning organizmi o‘ta sezgir bo‘lishini payqadi. Uning ta’kidlashicha astma allergik kasallik hisoblanib, bu – organizmning ayrim ta’sirlarga javoban odatdan tashqari, ya’ni boshqacha tarzda javob berishidir.

Dard qo‘zg‘atuvchi “Tangacha”lar

Bronxial astma juda ko‘p sabablarga ko‘ra kelib chiqadi. Barcha allergik kasalliklardagi kabi bronxial astma ham “allergen” deb ataladigan ba’zi moddalarga organizm sezgirligining oshishi tufayli paydo bo‘ladi. Allergenlar organizmga nafas, ovqat hazm qilish yo‘llari, teri va shilliq pardalar orqali kirishi mumkin. Unutmaslik kerakki, allergenlar bronxial astmadan tashqari eshakem, kon’yunktivit, rinit, migren singari kasalliklarni ham keltirib chiqaradi.

Olimlarning kuzatish natijalariga ko‘ra, quyidagilar bronxial astma xurujlarini qo‘zg‘atadi:

  • mushuk, it junlari, uyda boqiladigan qush va parrandalarning patlari;
  • akvariumdagi baliqlar tangachalari, shuningdek ularga oziqa sifatida beriladigan dafniya tolqonlari;
  • tuxum, shokolad, asal, qulupnay, apelsin, yong‘oq singari iste’mol mahsulotlari;
  • kundalik turmushda ishlatiladigan kimyoviy moddalar (masalan kir yuvish vositalari, hasharotlarga qarshi zaharli sepmalar, ho‘l va quruq mevalarni uzoq saqlash uchun qo‘llaniladigan dorilar);
  • kutubxonalarda saqlanayotgan eski kitoblarning gardlari, devorga osilgan yoki polga to‘shalgan gilamlarning changlari.

Bulardan tashqari, xonadonlardagi uy kanalari (eskirgan jun adyol va paryostiqlarda ko‘p uchraydi), xovlilarda o‘sadigan ba’zi daraxtlar (chinor, terak), hayvonlar (xonaki issiqqonli jonivorlar) , oziq-ovqatlar (sitrus mevalar va donli mahsulotlar) dorilar (penitsillin, streptomitsin, aspirin, sulfanilamidlar uzoq vaqt qabul qilinganda) ham kishilarda bronxial astmani yuzaga keltiradi.

Shuningdek chaqaloqligida ko‘krakdan erta ajratilib sun’iy ovqatlar bilan boqilgan ba’zi bolalarga yuqorida ta’kidlangan mahsulotlar berilsa, ularning badaniga toshma toshishidan boshlab to bronxial astma xurujigacha olib boradigan allergik kasallik belgilari paydo bo‘lishi mumkin.

Ko‘krak qafasi qisiladi

Nafas qisish bronxial astmaning asosiy klinik belgisi hisoblanadi. Ba’zi bir allergenlarning ta’siri, yallig‘lanish kasalliklarining qaytalanishi, asabiy-ruhiy zo‘riqish holatlari xuruj avj olishiga turtki beradi.

Kasallikning xurujlari to‘rt bosqichda kechadi.

Birinchi bosqichda xurujdan bir necha daqiqa yoki bir necha soat oldin bemorni yo‘tal tutadi, tomog‘i, ko‘zlari, teri yoki quloq suprasi qichishadi. Bemorda peshob ajralishi kuchayadi. Bu bronxial astma xurujining ilk darakchi belgisi.

Ikkinchi bosqich bo‘g‘ilishlar bilan kechadi. Xuruj vaqtida nafas yo‘llaridagi mayda bronxlar torayadi, ularning shilliq qavati shishib bronx naychasida shilimshiq modda ajraladi. Bemorning ko‘krak qafasi siqiladi, u to‘liq nafas chiqara olmaydi. Ko‘pincha nafas chiqarish hushtaksimon xirillashlar bilan kechadi. Bemorning yuzi ko‘pchiydi, ko‘karadi, bo‘yin venalari shishadi.

Aynan shu bosqichda bemorni vaqti-vaqti bilan qiynoqli yo‘tal tutadi, u balg‘am tashlaydi. Balg‘am quyuq, yopishqoq, ba’zan ko‘pikli bo‘ladi. Xurujlar uzoq muddat davom etsa, jigar kattalashadi va oyoqlarda shish yuzaga keladi.

Uchinchi bochqichda xurujlar tez-tez qaytalanadi, ko‘p miqdorda balg‘amli yo‘tal paydo bo‘lib bu bemorga yengillik beradi. Ba’zan kutilmaganda xuruj tutib bemorning ish faoliyati susayadi, uyqusi yomonlashadi.

To‘rtinchi bosqich og‘ir kechadi, ya’ni kasallik tez-tez qo‘zib turadi. Muolajalar olinishiga qaramasdan, tungi xurujlar tez-tez ro‘y beradi, bemorning jismoniy faolligi cheklanadi. Ushbu bosqichning salbiy tomoni shundaki, bronxial astma surunkali bronxit bilan rivojlana boshlaydi. Bu esa o‘z navbatida surunkali nafas yetishmovchiligi yoki o‘pka emfizemasi (o‘pka pufakchalari – alveolalarning kengayishi)ga olib keladi.

To‘rtta bosqichda ham kasallik zo‘rayib ketaversa va uzoq muddatli og‘ir nafas qisish xurujlari ro‘y bersa bemor organizmida muhim a’zolar ishi yomonlashadi. Masalan yurakning elektr o‘qi o‘ngga qarab siljiydi, shuningdek o‘pka tizimida ham xavfli o‘zgarishlar yuzaga keladi. Hatto qovurg‘alar oralig‘i kengayadi, bora-bora o‘pka faoliyati keskin buzilishi mumkin.

Kasallikning turlari

Atopik turi

Kasallikning atopik turi ko‘proq yoshlarda uchraydi. Nafas qisish xurujlari bemorning bir necha xil omillar (masalan chang, ovqat allergenlari, dorilar)ga duch kelganidan so‘ng boshlanadi. Birdaniga ro‘y bergan xuruj to‘xtashidan oldin bemor rangsiz, yopishqoq balg‘am ajratadi. Bu vaqtda qonda gistamin (biogen aminlar qatoriga kiradigan fiziologik faol modda) miqdori ortadi.

Infeksion-qaram turi

Infeksion-qaram turdagi bronxial astma ko‘pincha 35-45 yoshlarda rivojlanadi. Kasallik asta-sekin boshlanib, qaytalanish davri uzoq muddatga cho‘ziladi va og‘ir kechadi. Ko‘p hollarda astma belgilari bronxit alomatlari bilan birgalikda rivojlanadi. Bu vaqtda bemor balg‘amida leykotsitlar (oqqon tanachalari) miqdori ortadi.

Autoimmun turi

Bronxial astmaning autoimmun turi uzluksiz qaytalanishi va og‘ir kechishi bilan namoyon bo‘ladi. Bu kasallik belgilari kishining yoshlik chog‘laridayoq shakllanib ulguradi va keyinchalik zimdan rivojlanib, birdaniga yuzaga chiqadi.

Disgormonal turi

Disgormonal turdagi bronxial astmaning ayollarda kuzatilishi og‘ir oqibatlarga olib keladi. Ya’ni tuxumdon faoliyati buzilishi, hayz ko‘rishdan oldin, hayz vaqtida yoki klimiks davrida bemorlarning ahvoli yomonlashishi mumkin. Bunday vaqtda gormonal dorilar bilan davolashni to‘xtatishga urinish ahvolni battar mushkullashtiradi.

Asabiy-ruhiy tur

Asabiy-ruhiy turdagi astmaga chalinganlar axvoli so‘rab surishtirilganda, ruhiy shikastlanishlar, ziddiyatli holatlar, jinsiy faoliyatdagi o‘zgarishlar, bosh miya jarohatlari xurujlar boshlanishiga boshlanishiga sabab bo‘lishi aniqlangan.

Disadrenergik tur

Disadrenergik turdagi astmada bemor qonida qand miqdori kamayadi.

Xolinergik turi

Xolinergik turida astma rivojlanishi adashgan nervlar faolligining oshishi bilan bog‘liq kechadi. Bunda bemor burnidan ko‘p suyuqlik ajraladi, tungi nafas qisishlari ro‘y beradi. Bemor ko‘zdan kechirilganda qizil dermografizm (terida iz qolishi) kuzatiladi.

Jismoniy-zo‘riqish astmasi

Jismoniy-zo‘riqish astmasi esa bronxlarning birlamchi reaktivligi o‘zgargan bemorlarda kelib chiqadi.

Bemorlarni tekshirish

Bronxial astma bilan og‘rigan bemorning avvalo balg‘ami tekshiriladi va unda granulotsitlar (donachali leykotsitlar) paydo bo‘lishi kasallikka qay darajada ta’sir ko‘rsatayotgani aniqlanadi.

Bundan tashqari, maxsus apparat yordamida nafas olish yo‘llari bronxoskopiya qilinadi. Bunda mutaxassis shifokor bemorning nafas olish yo‘llari shilliq qavati holatini aniqlaydi, shuningdek yallig‘lanish turi va uning qanchalik tarqalganligi, zararlanishning yuza yoki chuqurligiga e’tibor beradi.

Bronxografiya usuli yordamida bronxlarning xolati o‘rganiladi. Umuman, har bir usulning o‘ziga xos afzalligi bor, ya’ni tekshiruvlar yordamida nafas olish yo‘llarida paydo bo‘lgan o‘zgarishlar va o‘pkaning qay qismi qanday darajada zararlangani aniq – ravshan namoyon bo‘ladi. Aytish joizki, hozirgi kunda zamonaviy tibbiyotimiz bronxial astma kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni har tomonlama chuqur tekshirish uchun barcha vositalarga ega.

Xurujdan “qutqaruvchi“ dorilar

Bronxial astma xurujlarining oldini olish uchun bemor uzoq muddat qunt bilan bosqichma-bosqich davolanadi. Bunda yallig‘lanishga qarshi preparatlar va ta’siri uzoq davom etadigan bronxodilatatorlar keng qo‘llaniladi. Ayniqsa ingalyatsion glyukokortikosteroidlar ko‘proq naf beradi. Ularning barchasi bemorni muqarrar xurujlardan qutqarib qolishi bilan katta ahamiyatga ega.

Shuningdek aerozol ingalyatorlar, natriy xromoglikat, aerokom, natriy nedokromil singari yallig‘lanishga qarshi preparatlar shifokor nazoratida qabul qilinadi. Bundan tashqari, bemorni davolashda glyukokortikosteriodlar (GKS) bronxial astma davosida juda muhim o‘rin tutadi. Ya’ni ularni mahalliy tarzda (ingalyatsion yo‘l bilan) ishlatish gormonlar ichishni cheklashga imkon beradi, asoratlar ro‘y berishini kamaytiradi.

Sistem glyukokortikoidlar, bronxodilatatorlar va shunga o‘xshash preparatlar qattiq nafas qisishi xurujlarini to‘xtatishga yordam beradi. Bunday dori-darmonlar o‘pkadagi o‘tkir yoki surunkali davolash barobarida bronx devorlaridagi infeksiya o‘choqlarini tozalaydi, yo‘lini ochadi, kengaytirib bo‘shashtiradi, shuningdek tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.

Umuman bronxial astma ikki guruhdagi preparatlar bilan davolanadi. Birinchi guruhi yallig‘lanishga qarshi bo‘lib uzoq muddatli, davomli tarzda ishlatiladi. Ikkinchi guruhi esa tez yordam ko‘rsatuvchi preparatlar hisoblanadi va bemor ahvolini vaqtincha yaxshilashga xizmat qiladi.

Bronxial astmani dori-darmonlarsiz davolash usuli (naturoterapiya) ham yo‘lga qo‘yilgan. Naturoterapiya to‘rtta guruh (eliminatsion terapiya, mashq qildiruvchi terapiya, fitoterapiya, aralash usullar bilan ta’sir o‘tkazish)ni o‘z ichiga oladi. Aniqroq aytgand,a muolajalar turi bemorning ruhiy holati, kasallikning kechishi va qaysi bosqichda ekanligiga qarab tanlanadi.

Shuni bilish muhimki, bronxial astmani davolash kechiktirilganda, u zo‘rayib bir qancha og‘ir asoratlar qoldirishi mumkin. Ya’ni o‘tkir o‘pka emfizemasi, o‘pka barotravmasi, yurak-tomir faoliyatining buzilishi ro‘y beradi. Shuning uchun ham bemorga tashxisni to‘g‘ri qo‘yib, davolashni boshlash va bunda kasallikning og‘ir-yengilligini hisobga olish juda-juda zarur.

Biosfera.uz:

Xalq tabobatida bronxial astma kasalligini davolash

Qadimgi tabiblar bronxial astmani yengillashtiradigan ko‘pgina davo usullarini tavsiya etishgan. Bular quyidagicha:

Piyozli muolaja

Tuxumdan kattaroq bitta piyozni tozalab qirg‘ichni katta teshiklaridan o‘tkazib yoki pichoqda to‘g‘rab bir kosaga solinadi, so‘ng darhol kosa atrofi mato bilan o‘raladi. O‘rtasi ochiq bo‘lishi kerak, ana shu ochiq joyga burun bilan og‘izni qo‘yib 5 daqiqa burun bilan, 5 daqiqa og‘iz bilan chuqur nafas olish kerak bo‘ladi. Nafas olganda burun bilan olib, nafas bilan chiqarish kerak, og‘iz bilan olganda burun bilan chiqarish kerak. Piyoz burundagi, bronxdagi yallig‘lanishni sekin-asta yo‘qotadi, tez-tez shamollashning oldini oladi va o‘sha zahotiyoq nafas olish birmuncha yaxshilanadi. Bu muolajani kasallik og‘ir bo‘lsa, birinchi 10 kunda uch mahal ovqatdan oldin, ikkinchi 10 kunlikda kuniga ikki mahaldan erta bilan nahorda va kechqurun uyqudan oldin bajariladi. Ikkinchi oydan boshlab har kuni bir marotabadan shu usul qo‘llanib turilsa, o‘pkaning yuqori nafas qismlari. Bronxlar yallig‘lanishlari ketib, nafas olish yaxshilanadi va bemor shifo topadi.

Behili muolaja

Behi qadim zamonlardan shifobaxsh meva sifatida ma’lum bo‘lgan va uning bir qator ijobiy xususiyatlari haqida turli xil manbalarda bir qator fikrlar bayon etilgan. Abu Ali ibn Sino tomonidan ham behi astma kaksalligini davolashda muvaffaqqiyatli qo‘llangan. Behi urug‘ining bir qoshig‘idan tayyorlangan mahsus damlama balg‘am ko‘chirishga va yengil nafas olishga yaxshi yordam beradi. Behi mevasi urug‘ini olib tashlab, ichiga dumba va asal solinadi, qopqog‘i opilib qog‘oz paketga solinib gaz pechida past olovda 25-30 daqiqa pishiriladi. Tayyor behi issiqligida iste’mol qilinadi, ajralib chiqqan shirasini ham ichish zarur, iste’moldan keyin chuqur nafas olish kerak, balg‘amlar pishib ko‘chishi osonlashadi. Muolajani 10 kun takrorlash lozim.

Anjirli muolaja

Balg‘amni ko‘chirishda anjir bebaxo hisoblanadi. Abu Ali ibn Sino tavsiyasiga binoan anjir mevasini sut bilan qo‘shib qaynatib ichilsa, balg‘am ko‘chiruvchi va yo‘tal qoldiruvchi vosita sifatida yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Anjir mevasi qoqisidan tayyorlangan damlama og‘ir yo‘talni qoldiruvchi vosita sifatida tavsiya etiladi. Damlamadan ovqatdan oldin kuniga 4-5 mahal bir piyoladan kamida 3 kun ichish tavsiya etiladi.

Kunjutli muolaja

Abu Ali ibn Sino kunjut urug‘i bilan moyini teng miqdorda aralashtirib, astma kasalligida o‘n kun davomida kuniga uch mahal bir choy qoshiq miqdorida ovqatdan yarim soat oldin ichib turishni tavsiya etadi.

Uy sharoitida biror muolajani qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashishni unutmang!

Ushbu maqolani ham o‘qing: Nafas qisishiga nimalar sababchi?

 

Allergiya alomatlarini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Teriksdir.

Teriks bu – qobiq bilan qoplangan 10 mg n10 (1x10) tabletkalar (blister ko’rinishida).

1 ta qobiq bilan qoplangan tabletka tarkibi:

Faol modda: cetirizin dihidroxlorid 10 mg. Yordamchi moddalar: Makkajo'hori kraxmali, monogidrad laktoza, PVP K30, magniy stearat, Sheffcoat white 04 5X00257/5X00266 (Gidroksipropilometilsellyuloza, titan dioksid, polietilen glycol / makrogol).

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi - https://apteka.uz/product/teriks

Allergiyada keng qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Zodak, Fenistil gel, Allerkaps, Alsetro, Aldes, Zefeksal, Klaridol va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

© Tib.uz

ico
Bosh miyada kista bo‘lishi xavflimi?
  MRT tekshiruvidan so‘ng ba’zi bemorlarning boshida kista (bo‘shliq) aniqlanadi. Aksariyat bemorlar bundan xavotirga tushib qolishadi: “Boshimda kista bor ekan, u kattalashib ketmaydimi, uni operatsiya qilish kerak emasmi?”

Bosh miyada kista qanday hosil bo‘ladi?

Nima uchun u KT yoki MRT tekshiruvlarida tasodifan aniqlanib qoladi? Kista ko‘pincha bosh miyaning orqa ensa chuqurchasi sohasida aniqlanadi. Kista ko‘pincha erta bolalik davrida paydo bo‘ladi. Bora-bora aksariyat kistalar so‘rilib bitib ketadi, boshqa birlari esa odamning umrining oxirigacha saqlanib qoladi. Kista paydo bo‘lishining asosiy sabablari – bular erta bolalik davrida o‘tkazilgan bosh miya jaroxatlari (ayniqsa ensa bilan yiqilishlar) va miya pardalarida o‘tkazilgan yallig‘lanish kasalliklari. Buning oqibatida miyaning ikki pardasi orasi ochilib, u yerda miya suyuqligidan iborat bo‘shliq shakllanadi. Bu bo‘shliq, ya’ni kista turli xajmga yetib o‘sishdan to‘xtab qoladi. Bosh miyaning orqa qismida, ya’ni ensa sohasida joylashgan aksariyat kistalar umuman havfli emas. Bosh miyaning chakka sohasida shakllangan kistalar esa nevropatolog nazoratini talab qiladi. [box type="info" align="aligncenter" ]Demak, bosh miyasida kista aniqlangan bemorlar xavotirga tushmasdan, malakali nevropatolog ko‘rigidan o‘tishlari va uning maslahatiga quloq tutishlari lozim.[/box]

Prof. Ibodullayev Z.R. «Asab va ruhiyat» kitobi.

ico
Brutsellyoz
Brutsellyoz – ichki a’zolar faoliyati, tayanch-harakatlanish, nerv tizimlarining zararlanishi bilan kechadigan kasallikdir. Odamga bu kasallik zararlangan hayvon mahsulotlari, sut va go‘sht, bundan tashqari hayvonning juni, terisi orqali yuqishi ham mumkin. Brutsellyoz kasalligining yashirin davri 6-30 kunni tashkil etib, turli holatlarda kechishi mumkin. Ayrimda, tana harorati 38-40 oC gacha ko‘tariladi. Bemorning bog‘im va mushaklarida kuchli og‘riq, umumiy holsizlikdan shikoyat qiladi. Tananing limfa tugunlari va bo‘g‘imlarida turlicha shishlar paydo bo‘ladi. Kasallikning ilk belgisi tana haroratining tez ko‘tarilishi bo‘lib, bemorni kuchli isitma tufayli titroq bosadi. Bu xastalik odamning nerv tizimiga ham ta’sir etgani uchun bemorning kayfiyati o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bosh og‘rish, tajanglik, xotiraning pasayishi qo‘shimcha belgilar sifatida yuzaga keladi. Bemor terisi, asosan, sarg‘ayib yoki oqarib ketishi mumkin. Bundan tashqari, terida turli xil toshmalar kuzatiladi. Kasallik belgilari sekinlik bilan kuchayib, odamning umumiy ahvoli juda og‘irlashishi mumkin.

Brutsellyozni davolash

Endi bu kasallikning davosiga keladigan bo‘lsak, bemorlar vrachning qat’iy nazorati ostida shifoxonada davolanishi kerak. Bunda kasallik qo‘zg‘atuvchisini organizmdan chiqarib tahslash yoki uni yo‘qotish kompleks choralar ko‘riladi. Kasallikni uy sharoitida mustaqil davolash mumkin emas! Barcha holatlar singari, bu holat yuzaga kelmasligi uchun ham tegishli jorlalar ko‘rilishi lozim. Va bu ishlar amalda kasallikni oldini olishga juda katta xizmat qiladi. Kasallikni oldini olishda gigiyena qoidalariga rioya qilib, tog‘ri xovjalik yuritishning ahamiyati katta. Shu bilan birga, brutsellyoz bilan og‘rigan hayvonlarning sut va sut mahsulotlarini hamda go‘shtni  ovqatga ishlatmaslik lozim. Eng asosiysi, hayvonlarni brutsellyozga qarshi emlatish mumkin. Veterinariya tekshiruvidan o‘tmagan hayvon mahsulotlaridan ham kasallikni yuqtirib olish imkoniyati ancha oshadi. Bundan tashqari, sutni yaxshilab qaynatish, go‘shtni pishirib, so‘ngra iste’mol qilish tavsiya etiladi.
ico
O‘tkir pankreatit: sababi, belgilari, davolash, asoratlari va parhez
Pankreatit me’da osti bezi to‘qima hujayralarining  yallig‘lanishi bo‘lib, uning o‘tkir va surunkali turi farqlanadi. Surunkali pankreatit mustaqil kasallik bo‘lmay, balki o‘tkir pankreatitning davomi yoki natijasi sifatida qarash mumkin. Ushbu maqolamiz orqali surunkali va o‘tkir pankreatit haqida ma’lumot olishingiz mumkin.

Pankreatit turlari

O‘tkir pankreatit - oshqozon osti bezi to‘qimalarining  o‘z fermentlari tasiri ostida "o‘z-o‘zini yemirishi" oqibatida yuzaga keladigan o‘tkir yallig‘lanish jarayonidir. Surunkali pankreatit esa mustaqil kasallik bo‘lmay, balki o‘tkir pankreatitning davomi va natijasi bo‘lgan bosqichi hisoblanadi. O‘tkir pankreatit bilan kasallanganlarning deyarli 70 % ini ayollar tashkil qiladi. Kasallik, ayniqsa, 50-70 yosh ayollarda ko‘proq kuzatiladi. So‘nggi o‘n yilliklarda surunkali pankreatit bilan og‘rigan bemorlar soni ham ortib bormoqda.

O‘tkir pankreatit

O‘tkir pankreatit rivojlanish  sabablari turli-tuman bo‘lib, barcha etiologik omillar zamirida bezning normal faoliyatining buzilishi yotadi. Bunda oshqozon osti bezi ishlab chiqarayotgan, ovqat hazmlanishi uchun zarur bo‘lgan fermentlar o‘n ikki barmoqli ichakka tushmay qoladi va o‘z-o‘zini yemira boshlaydi. Shuningdek, ajralayotgan ferment va zaharli moddalar qonga tushib, boshqa a’zolarga ham zarar yetqazishi mumkin. Shuni ham unutmaslik kerakki, oshqozon osti bezi qondagi qand moddasi miqdori oshib ketmasligi uchun mas’ul bo‘lgan gormon - insulinni ishlab chiqaradi.

O‘tkir pankreatit sabablari:

Kasallik xuruj qilishiga esa yog‘li, qovurma ovqatlar eyish, to‘yib ovqatlanish, gripp, ruhiy siqilish va asabiylashishlar ham sabab bo‘lishi mumkin. Kuz va qish mavsumlarida inson tanasi harorat ko‘tarilib-tushishi oqibatida zaiflashadi. Shu sababli ko‘pchilik surunkali kasalliklar qatori pankreatit ham qayta xuruj qilishi mumkin.

O‘tkir pankreatit simptomlari

Kasallik aksar hollarda to‘sh osti sohasida sohasida va chap qovurg‘alar ostida og‘irlik sezgisi hamda og‘riq, kekirish, qorinning o‘rta darajada dam bo‘lishi kabi buzilishlardan keyin boshlanadi. Og‘riq o‘tkir pankreatitning asosiy va doimiy belgisidir. Og‘riq bemorda to‘satdan paydo bo‘ladi. Xarakteriga ko‘ra og‘riq juda kuchli, simmillovchi, kamroq vaqt davomida tutadi. Og‘riq shu darajada kuchli bo‘ladiki, hattoki, bemor hushidan ketib qolishi ham mumkin. Og‘riq ko‘pincha belbog‘simon ko‘rinishda bo‘lib, yelkalar ustiga, to‘sh suyagi orqasiga o‘tadi. Buni ba'zida bemor ham shifokor ham miokard infarti deb yanglishishi mumkin. Bemor qorni tobora shishib boradi, ich kelmaslgi va  yel chiqmasligi kuzatiladi. Kasallik rivojlangani sari tana harorati ham ko‘tarilishi mumkin. Aksariyat hollarda bemorda sariqlik holati kuzatilib, o‘t suyuqligining normal oqishining buzilishi va jigardagi og‘ir zaharlanish holatidan dalolat beradi.

Kasallikni davolash

O‘tkir pankreatitni davolash shifokor tomonidan kasallikning darajasiga, bu kasallik bilan birga kelgan hamroh kasallik bor yoki yo‘qligiga, bemorning umumiy ahvoliga va boshqa ko‘plab jihatlarga qarab tayinlanadi. Davolash konservativ va operativ usullar orqali amalga oshiriladi.

O‘tkir pankreatit asoratlari

  • Shok;
  • O‘tkir yurak yetishmovchiligi;
  • Peritonit;
  • Hazm tizimi a'zolaridan qon ketishi;
  • O‘tkir buyrak yetishmovchiligi.

O‘tkir pankreatit profilaktikasi

  • Spirtli ichimliklar ichmaslik;
  • To‘g‘ri ovqatlanish;
  • Ruhiy zo‘riqishlardan chetlashish zarur.
Maqolamiz so‘ngida pankreatit kasalligida bemorlarning taomnomasi qanday bo‘lishi kerakligi haqida "Shifo-info" gazetasida chop etilgan Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Rahmonqul Suvonov qimmatli maslahatlarini ulashishga qaror qildik. Oshqozon osti bezi yallig‘langanda ovqatlanish borasida nafsga berilmaslik kerak. Bir qarashda mazali, ammo oshqozon-ichak tizimini zo‘riktiradigan og‘ir taomlar o‘rnini hazmi yengil bo‘lgan mahsulotlar bilan to‘ldirishga o‘rganish zarur. Quyidagi mahsulotlarni iste’mol qilish mumkin: Oshqozon osti bezi nonushta,tushlikni yaxshi qabul qilsa-da, kechki ovqatni uncha xush ko‘rmaydi. Ayniqsa, kechki soat 19dan keyin ovqat tanovul qilish tavsiya etilmaydi. Taomlardan dimlama, yog‘siz go‘shtli qaynatma va bug‘doyli bo‘tqalar foydali. Nonni qotirib, uvog‘ini qiymali do‘lma, kotlet ichiga ko‘shib, iste'mol qilish mumkin. Sababi yangi yopilgan non tarkibidagi achitqilar oshqozon osti bezi faoliyatini og‘irlashtiradi. Sutda pishirilgan bo‘tqalar:
  • Guruchli - oshqozon devorini o‘rab, og‘riqni kamaytiradi, organizmdan zararli moddalarni tez chiqaradi.
  • Grechixali - yurak va qon tomirlariga quvvat bo‘ladi.
  • Bug‘doy (manniy) yormali - oshqozonni zo‘riqtirmagan holda to‘ydiradi.
  • Suli yormali - qonda qand miqdorini kamaytirishga yordam beradi.
  • Qatiq, tvorog, zardoblar.
  • Mevali murabbo, kompot, na’matak yoki qora zirkdan tayyorlangan damlamalar.
Quyidagi mahsulotlarni iste’mol qilish mumkin emas:
  • Yog‘li, qovurilgan taomlar (palov, qovurilgan tovuq, qazi-qarta,yog‘li go‘sht, qo‘y go‘shti)
  • Yog‘li qaynatmalar, o‘tkir va achchiq ta’mli salatlar, ketchup va mayonezlar, tuzlamalar.
  • Kolbasa, sosiska, kalla-pocha mahsulotlari.
  • Yong‘oq, pista, dukkaklilar (mosh, loviya, no‘xat).
  • Yangi pishgan non, shirinliklar.
  • Gazli ichimliklar, qahva, qora choy, spirtli ichimliklar.
  • O‘tkir hidli ziravorlar va ko‘katlar,nordon ta’mli mevalar.
  • Sabzavotlardan(turp, rediska, sholg‘om).
O‘xshash maqola: Pankreatit — oshqozon osti bezi kasalligi

© Urazbayev Mansur. Maqolani tayyorlashda tibbiy adabiyotlardan foydalanildi.  Avitsenna.uz

ico
Appenditsit – ko‘richak chuvalchangsimon o‘simtasining yallig‘lanishi
Appenditsit – ko‘richak chuvalchangsimon o‘simtasining yallig‘lanishi. O‘tkir va surunkali kechishi mumkin.

Appenditsit sabablari

Appenditsit

Appenditsit belgilari

  • Kindik, qorin yuqorisida o‘tkir og‘riq, 2- 6 soatdan so‘ng o‘ng tomonga siljiydi;
  • Ko‘ngil aynish, qayt qilish;
  • Oshqozon faoliyati buzilishi;
  • Tez-tez siydik chiqarish;
  • Til oq karash bilan qoplanishi;
  • Tana harorati 38C gacha oshishi;
  • Taxikardiya.
Appenditsit

Appenditsit diagnostikasi

  • Qon umumiy tahlili;
  • Siydik tahlili;
  • Qorin palpatsiyasi;
  • Qorin bo‘shlig‘i a’zolari UTTsi;
  • Qorin bo‘shlig‘i a’zolari, o‘pka rentgenologik tekshiruvi;
  • Diagnostik laparoskopiya. Ayollarda ginekologik kasalliklarni istisno qilish uchun ginekolog ko‘rigidan o‘tish lozim.

Appenditsitni davolash

O‘tkir turida – operativ usulda operatsiya qilinadi. Surunkali appenditsitda: Antibiotiklar, spazmolitiklar, fizioterapiyadan foydalaniladi.

Appenditsitda parhez

Quyidagilar man etiladi:
  • Yog‘li go‘sht va baliq turlari;
  • Qovurilgan ovqatlar;
  • Dudlanganlar;
  • Achchiq ovqatlar, ziravorlar;
  • Hamirli ovqatlar;
  • Tuzlanganlar;
  • Yog‘li pishloq va sut navlari;
  • Spirtli va gazlangan ichimliklar.

Appenditsit o‘z vaqtida davolanilmasa, quyidagi asoratlar berishi mumkin?

  • Qorin bo‘shlig‘i absesi;
  • O‘pka arteriyasi tromboemboliyasi;
  • Tos venalari tromboflebiti;
  • Peritonit;
  • Jigar absesi;
  • Darvoza venasi yiringli yallig‘lanishi;
  • O‘lim holatlari.

Kimlar bu kasallikka ko‘proq moyil bo‘lishadi?

  • Homiladorlar;
  • 10-12 yoshdagi bolalar;
  • Qabziyat kuzatilayotgan bemorlar;
  • Ko‘p miqdorda oqsilli ovqat qabul qiluvchilar.

Profilaktikasi

  • Qabziyat va oshqozon-ichak kasalliklarini vaqtida davolash;
  • Pista va danakli mevalar iste’molini cheklash;
  • O‘simlik kletchatkasini saqlovchi mahsulotlarni iste’mol qilish;
  • Ko‘p ovqatlanmaslik.
ico
Pankreatit - oshqozon osti bezi kasalligi
Sir emas, ko‘pchiligimiz moddiy ehtiyojlarimizni qondirish uchun ko‘p ishlaymiz. Ba’zida hatto ovqatlanishni ham unutib qo‘yamiz. Unutmasak-da, vaqtimizni, ko‘pincha cho‘ntakdagi «qadri baland» moyanamizni tejab, ishtahamizni «bo‘g‘ib», oshqozonimizni aldab qo‘yamiz. Bundan kimga foyda, kimga zarar? Bu haqda o‘ylashga ham vaqt qurg‘ur izn bermaydi-da. Ammo kun kelib organizm degani «xarxasha» qilib qolsa bormi, terlab, kechalari uxlamay, hatto ovqatlanmay yig‘ib-tergan pullarimizni bir zumda dorixonaga tashlab chiqamiz. Ana o‘shanda do‘ppini boshdan olib, hammasini bamaylixotir o‘ylashga vaqt ham topila qoladi. Pankreatit kasalligi

Mutaxassis pankreatit haqida

– Agar odam to‘liq dam olmasa, quruq ovqat bilan kifoyalanib, vaqtni tejab fastfud, ya’ni tez pishadigan taomlarni iste’mol qilsa, organizmda energetik muvozanat buziladi, – deydi oliy toifali gastroenterolog Xolida Ochilova. – Energiyaning ko‘p sarf bo‘lishi esa kasallikning rivojlanishiga turtki beradi. Og‘ir vazifani uddalash uchun organizm zaxiradagi energiyadan foydalanishga majbur. Bunda tamaki, alkogol, qahva «beminnat yordamchi». G‘ayratni oshiruvchi ushbu moddalar umuman bo‘lmaganda edi, tugab bitayotgan ichki rezervlar zudlik bilan o‘zlarining og‘ir ahvoli haqida, albatta, darak berardi: kishini esnoq tutib, ko‘zlari yumilib ketaveradi, odam o‘zini horg‘in his etadi, ertalablari yostiqdan bosh ko‘tarish og‘ir kechadi. Ammo tamaki yoki bir finjon qahvali «nonushta» bu alomatlarni bir zumda daf qiladi, oqibatda tetikkina «ishchan» yana ishga yuguradi. Kun bo‘yi tinmay ishlaydi. Uzoq mehnat kunidan so‘ng o‘zini tartibga solish uchun yana ko‘p-ko‘p qahva, tamakiga ehtiyoj sezadi. Mehnatkashning doimiy «hamrohlari» (qahva, spirtli ichimliklar, tamaki, vaqti-vaqti bilan bo‘ladigan stresslar, qattiq charchash, quruq ovqatlanish) – hammasi birgalikda to‘ppa-to‘g‘ri hech qanday to‘siqsiz bexato otiladigan «zambarak» – oshqozon osti beziga yig‘iladi. Va bunday holatlarning davomiyligi «zambarak»ni portlashga majbur qiladi. Yakun o‘zingizga ayon – pankreatit! Ya’ni o‘z fermentlari hisobiga oshqozon osti bezi to‘qimalari faoliyati buziladi va yallig‘lanadi. Pankreatit rivojlanayotganda bu fermentlar o‘n ikki barmoq ichakka ajralmasdan oshqozon osti bezi to‘qimalarining o‘zida ishlay boshlaydi va uning buzilishiga olib keladi. Bunday paytda bemor qornining yuqori qismida chapdan yoki «ko‘krak osti»dan, bel aylanasida og‘riq paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, ich buzilishi (
ich ketish), yelning ko‘payishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ishtahaning yo‘qolishi ham kuzatiladi. Agar qorinning yuqori qismidagi og‘riq haftasiga uch marotaba bo‘lsa, parhez hamda yashash tarzining tartibga tushishi ahvolning yaxshilanishiga olib kelmasa, albatta, gastroenterolog ko‘rigidan o‘tish shart.

Pankreatit kasalligining asorati

O‘tkir pankreatit asorati – pankreonekrozda oshqozon osti bezining katta qismida to‘qimalarning o‘lishi (nekroz) kuzatiladi. Bunday paytda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilmasa, o‘limga olib borishi mumkin.

Davolashda...

O‘tkir va surunkali pankreatitni davolayotganda bemor birinchi 2-3 kunda o‘zini ovqatdan tiymog‘i lozim. Bundan tashqari, shifokor maxsus ferment dorilar yozib beradi. Ochlik davridan so‘ng 5-7 kungacha jiddiy parhez tutiladi. Bir kunda kam-kamdan, 5-6 marta ovqatlanish tavsiya etiladi. Ratsiondan achchiq, yog‘li, dudlangan mahsulotlar, xom sabzavot va mevalar, dukkakli, go‘shtli, baliqli, qo‘ziqorinli qaynatmalar, qahva, kakao, mevali, sabzavotli nordon sharbatlar, gazlangan ichimliklar, kvas, sut, asal, shokolad, sirka, murabbolar olib tashlanadi. Spirtli ichimliklarning barcha turi taqiqlanadi. Bir haftadan so‘ng kuchli shamollash o‘tib ketgach ham parhez ushlab turiladi: tabiiy toza oziq-ovqat iste’mol qilinadi.

Oshqozon osti bezi xastaligining rivojlanish omillari

  • Ovqatlanish tartibining buzilishi, katta miqdordagi yog‘li taomlarni hisobsiz iste’mol qilish, ratsionda achchiq yeguliklarning ziyodligi, yog‘ va oqsilning ko‘pligi yoki yetishmasligi;
  • chekish – oshqozon osti bezi saratoni xavfini kuchaytiradi;
  • spirtli ichimliklarni haddan ortiq ko‘p iste’mol qilish. Asosan 25-40 yoshli erkaklarda shu vajdan pankreatit o‘tkir turi kuzatiladi;
  • uzoq va tez-tez kuzatiladigan stresslar;
  • parazitar infeksiyalar (lyamblioz) va invaziya (opistorxoz);
  • dori-darmon vositalarini nazoratsiz qabul qilish, o‘z-o‘zini davolash.

Foydali tavsiyalar

Ishdan tashqari vaqtda ham tinmay ishlaydigan, doimiy stressda yuradiganlar og‘ir ish kunidan so‘ng kuch to‘plashni bilishi kerak. Ruhiy-asab tangligini quyidagi usullar bilan bartaraf etish mumkin:
  • autogen mashg‘ulotlar yordamida;
  • suvli muolajalar (issiq vanna – bo‘shashtiradi, sovuq yo iliq dush tetiklashtiradi, lanjlik va horg‘inlikni oladi;
  • jismoniy mashqlar va sport bilan shug‘ullanish. Bu stresslar bilan kurashishga yordam berib, kun bo‘yi yig‘ilgan adrenalinlarni organizmdan chiqarib tashlaydi, tanani kislorod bilan to‘yintiradi, mushaklarning faol ishlashi asab tizimi faoliyatini yaxshilaydi;
  • yashash tarzini bir muddat o‘zgartirish (tabiat qo‘ynida sayr qilish, shahar chetiga, dachaga borish, turistik sayohatlar va hokazo);
  • xobbi – kolleksiyalash, to‘qish, raqs musiqa va hokazo.
Mavzuga aloqador maqola: O‘tkir pankreatit: sababi, belgilari, davolash, asoratlari va parhez

© Tib.uz