Nafas qisishi — sabablari, koronavirus taʼsiri, xavfli jihatlari va davolash usullari

Nafas qisishi bu tibbiy atama boʻlib, nafas yetishmovchiligi yoki havoga toʻymaslik bilan namoyon boʻladi. Shu bilan birgalikda nafas qisilishi, juda ham noqulay hisdir ham.

Nafas qisishini keltirib chiqaruvchi bir qancha omillar mavjud. Masalan, fiziologik (tabiiy) nafas qisishi zinapoyadan tez tushib-chiqqanda yoki avtobusning orqasidan yugurganda yuzaga keladi. Mushaklarning tezda qisqarib bo‘shashi qondagi kislorod miqdoriga bo‘lgan talabini bir necha marotabagacha oshirib yuboradi. Bosh miya esa kislorod yetishmovchiligini reflektor yo‘l bilan tez nafas olish orqali qoplashga harakat qiladi.

Nafas qisishi
Foto: Google Photo

Fiziologik nafas qisishi yigirma daqiqadan so‘ng o‘tib ketsa, organizm uchun hech bir xavf tug‘dirmaydi. Ammo ikkinchi qavatga yurib chiqqaningizdan so‘ng ham uzoq vaqt nafasingiz qisa boshlasa, demak tanangizning jismoniy holati havas qilgudek emas. Tana holati jismonan meyorda bo‘lganida nafas qisishi kam vaqtdaligida kuzatiladi va yaqqol namoyon bo‘lmaydi.

Muntazam ravishda ochiq havoda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanilsa, kishi o‘zini ancha yengil tortadi. Bunday mashqlar nafas ritmi va yurak urishi tezlashishiga olib kelib, nafas olish hamda yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi. Har kuni kamida yarim soatdan muntazam ravishda tez-tez qadam tashlab piyoda sayr qilish ham yaxshi natija beradi. Shuningdek, zinapoyadan 3-4 qavatlarga meyorida piyoda tushib-chiqish ham foyda beradi.

Biroq nafas yetishmovchiligi jismoniy zoʻriqishga bogʻliq holatda boʻlmasa, albatta uning sababini aniqlash va tegishli choralarini vaqtida koʻrib qoʻyish lozim.

Koʻpincha nafas qisilishi yurak yoki oʻpka kasalliklari bilan bogʻliq. Yurak va oʻpka kislorodni toʻqimalarga tashish va karbonat angidridni ajratib chiqarish bilan shugʻullanadi. Bu jarayonlarning har ikkalasi bilan bogʻliq muammolar bevosita hamda bilvosita nafas olishga taʼsir qiladi.

Nafas qisishi sabablari

Toʻsatdan paydo boʻladigan nafas qisishi quyidagi omillar sabab yuzaga kelishi mumkin:

Bir necha hafta yoki undan uzoq davom etgan nafas yetishmovchiligi koʻpincha quyidagilarga bogʻliq:

  • Astma;
  • Oʻpka surunkali obstruktiv kasalligi;
  • Yurak disfunksiyasi;
  • Interstitsial oʻpka kasalligi;
  • Semirib ketish.
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Nafas qisishini davolashda ibn Sino tavsiyalari

Bir qator boshqa sogʻliq bilan bogʻliq muammolar ham nafas olishni qiyinlashtirishi mumkin. Bunga quyidagilar kiradi:

Oʻpka bilan bogʻliq muammolar

  • Krup (ayniqsa yosh bolalarda);
  • Oʻpka saratoni;
  • Plevrit (oʻpkani oʻrab turgan membrananing yalligʻlanishi);
  • Oʻpka fibrozi (oʻpka chandigʻi va shikastlanishi);
  • Oʻpka gipertenziyasi;
  • Sarkoidoz;
  • Sil kasalligi.

Yurak muammolari

  • Kardiomiopatiya (yurak mushagi bilan bogʻliq muammo);
  • Yurak yetishmovchiligi;
  • Perikardit.

Boshqa muammolar

  • Anemiya;
  • Qovurgʻalar sinishi;
  • Yot jism;
  • Epiglottit;
  • Kifoskolioz (koʻkrak qafasi devorining deformatsiyasi);
  • Miasteniya (mushaklarning kuchsizlanishiga olib keladigan holat).

Quyida nafas qisishi sabablari bilan bogʻliq ayrim bir holatlarga qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.

Hissiy zo‘riqish ham nafas yetishmovchiligiga sabab boʻlishi mumkinmi?

O‘ta hayajonlanish, vahima bosishi, qattiq jahl va qo‘rquv adrenalin gormoni ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Adrenalin qonga tushgach, o‘pkada meyordagidan ko‘p havo aylanadi, oqibatda nafas siqilishi ro‘y beradi.

Hissiy zo‘riqish tufayli yuzaga kelgan nafas qisishining salomatlik uchun deyarli zarari yo‘q. Lekin vahima xurujlari (vegetativ kriz) lari kuzatilganda bemor mutaxassis shifokorga uchrashishi zarur. Vegetativ kriz paytida kishi o‘z-o‘zidan vahima va qo‘rquvga beriladi, bu holat esa biror kasallik, masalan vegetativ-qon tomir distoniyasining belgisi bo‘lishi ham mumkin.

Nafas qisishining yana bir sababi kamqonlik (anemiya) kasallik bo‘lishi ham mumkin, temir ionlari qonning kislorod bilan to‘yinishi, to‘qimalar orqali nafas olishini ta’minlab, qon yaratilishida muhim rol o‘ynaydi. Temir ionlari yetishmaganda organizmda gipoksiya (to‘qimalarda kislorod yetishmasligi) rivojlanadi. Bunga javoban o‘pkamiz bilan zo‘riqib nafas olish yuzaga keladi. Anemiyada ovqatlanishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish kerak. Shifokor buyurgan dori vositalar va ovqatlar tarkibida temir organizmga yaxshi so‘rilishi uchun bemorga temir saqlovchi dorilar bilan birga vitamin C ham buyuriladi.

Nafas qisishi va ortiqcha vazn

Foto: iStock

Kishida ortiqcha vazn to‘plansa, qalin yog‘ qavati o‘pka va yurakni hamma tomondan o‘rab olib, meyoriy nafas olishga xalaqit beradi. Bundan tashqari ortiqcha vaznga ega odamlarning yuragi ham zo‘riqish bilan ishlaydi. Natijada kerak bo‘lgan muhim a’zolarga meyordagidan kamroq bo‘lgan kislorod yetib boradi.

Ortiqcha yog‘ to‘qimasidan xalos bo‘lishda parhez va jismoniy harakatlar yordam beradi. Jismoniy mashqlarni oddiydan murakkabga qarab sekin-asta ko‘paytirib borish lozim. Aks holda mashq paytida odam hushini yo‘qotishi ham hech gap emas.

O‘pka va yurak-qon-tomir yetishmovchiligida nega nafas qisiladi?

Nafas a’zolari kasalliklari tufayli kelib chiqadigan nafas qisishi inspirator va ekspirator turlarga bo‘linadi. Inspirator nafas qisishida bronxlardagi shilliq va balg‘am yoki o‘pkadagi o‘sma sababli nafas olish qiyinlashadi. Ekspirator turdagi nafas qisishida bronxial astmada bronxlar muskulaturasi spazmi tufayli nafas chiqarish qiyinlashadi. Umumiy amaliyot shifokori va pulmonolog ko‘rigidan o‘tish va nafas yo‘llari kasalligini davolash orqali nafas qisishidan xalos bo‘lish mumkin.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Shamollashni davolash uchun tabiiy retseptlar

Ko‘pincha toj arteriyalari spazmi yoki obstruksiyasida ham nafas qisishi mumkin. Yurakning ishemik kasalligi tufayli nafas qisishi kutilmaganda paydo bo‘ladi, bemorga havo yetishmayotgandek tuyuladi, ko‘krak qafasining chap qismida og‘riq turib, pastki jag‘ va qo‘lga ham o‘tishi mumkin.

Yurak yetishmovchiligi tufayli nafas qisishi odam past yostiqda yotganida boshlanib, bosh va tanani biroz ko‘targanda o‘tib ketadi. Keskin paydo bo‘lib, bo‘g‘ilishga aylanib ketadigan nafas qisishi yurak astmasi uchun xos belgi. Odatda bunday xuruj kechasi bezovta qiladi, bemorning rangi oqaradi, badanini muzdek ter bosadi, qon bosimi tushib ketadi, bezovtalanadi, nam xirillashlar paydo bo‘ladi.

Kutilmaganda kuchayib boruvchi nafas qisishi ro‘y bersa darhol tez tibbiy yordamni chaqirish zarur. Chunki bu xol organizmdagi a’zolar ishining jiddiy buzilishidan darak berishi mumkin. Elektrokardiografiya o‘tkazilib, tashhis qo‘yilgach, kardiolog shifokor davolash tartibini belgilaydi.

Nafas qisishi va koronavirus (COVID-19)

Koʻp bora takrorlanganidek, COVID-19 ning alomatlaridan biri bu nafas qisilishidir. Boshqa umumiy simptomlari esa, isitma, yoʻtal, hid va taʼm bilishning buzilishi hamda umumiy holsizlikdir.

COVID-19 bilan kasallangan odamlarning aksariyati uyda davolanishi mumkin boʻlgan yengil va oʻrtacha darajadagi alomatlarga duch kelishmoqda, lekin shu bilan bir qatorda nafas qisishi holatlari ham kuzatilyapti. Bunda bemor nafas olishga qiynaladi hamda nafas chiqarish jarayonida ham xudiki, ogʻir kuch talab qilayotgandek boʻladi. Yengil nafas olish va chiqarish harakatlari ham bemorga mushkullik tugʻdiradi.

COVID-19 kuzatilgan bemorlarda, nafas olishning ogʻirlashgandek, his qilinishiga xavotir va stress ham sabab boʻlmoqda. Shuning uchun ham kasallikdan xavotirlanmaslik va imkon qadar ruhiy muvozanatni saqlash maqsadga muvofiq. Tinch va boʻshashgan vaqtda nafas olishda, asosan diafragma ishtirok etadi. Diafragma bilan nafas olinganda esa, chuqur va imkon qadar toʻliq nafas olishga erishish mumkin.

CDC tashkiloti tadqiqotlariga koʻra, AQSHda tasdiqlangan COVID-19 holatlarida katta yoshli bemorlarning 43 foizida, bolalarning esa, 13 foizida COVID-19 bilan bogʻliq nafas qisishi belgilari kuzatilgan.

Homiladorlikda nafas qisishi

Homiladorlik davrida nafas yetishmovchiligi odatiy holdir. Va sizning yoʻldosh orqali doimiy ravishda yaxshi kislorod bilan taʼminlanadigan homila uchun bu butunlay xavfsizdir. Nafas qisilishi koʻpincha homiladorlikning ikkinchi trimestrida boshlanadi. Uchinchi trimestrda esa, bola oʻsishda davom etar ekan, nafas qisilishi kuchayishi mumkin.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Surunkali nafas yetishmovchiligi

Homiladorlikda nafas yetishmovchiligiga asosiy sabab sifatida, gormonal fonning oʻzgarishi, shuningdek rivojlanib, kattalashib borayotgan homila diafragmaga taʼsiri natijasida, oʻpkaning toʻliq kengayish imkoniyatini pasaytiradi. Shu sababdan homilador ayolda yengil nafas siqilishi kuzatilishi mumkin.

Nafas mashqlari holatni yengillashtiradimi?

Illyustratsiya: Healthline.com

Nafas mashqlari, albatta nafas qisilishi bezovta qilganda, holatni yengillashtirish hamda uning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda, tavsiya etilgan asosiy mashq — diafragmali nafas — qorin boʻshligʻidan nafas olishdir. Shu bilan birga, nafas olish paytida, qorinni iloji boricha toʻldirishga, nafas chiqarganda esa uni tortishga harakat qilish kerak. Bu mashqni oson bajarish uchun nafas chiqarishdan boshlagan maʼqul.  

Bundan tashqari, lablarni choʻzgan holda sekin nafas chiqarish sizning nafasingizni sekinlashtirishi va havoning nafas olish yoʻllarida uzoqroq ushlab turilishi bilan nafas olish ishini kamaytirishi mumkin. Bu oʻpkaning ishlashini osonlashtiradi va kislorod va karbonat angidrid almashinuvini yaxshilaydi.

Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?

Nafas qisishi eʼtiborsiz qoldirish mumkin boʻlmagan belgilardan biri hisoblanadi. Shunda ekan, har qaday nafas qisish holati kuzatilganda ham shifokor koʻrigidan oʻtish kerak. Ayniqsa, 

  • Oyoqlarda shishlar kuzatilsa;
  • Yotgan holatda nafas olish qiyinlashsa;
  • Tana haroratingiz koʻtarilsa, yoʻtal kuzatilsa;
  • Nafas olish yoki chiqarish vaqtida gʻayrioddiy ovoz eshitilsa, shifokor koʻrigini kechiktirmaslik zarur.

Agar sizni toʻsatdan paydo boʻladigan va ish qobiliyatingizga salbiy qiladigan kuchli nafas qisishi yuzaga kelsa, darhol 103 tez tibbiy yordamga qoʻngʻiroq qiling yoki kimdandir sizni zudlik bilan shifoxonaga olib borishlarini soʻrang. Agar sizning nafas qisishingiz koʻkrak qafasida ogʻriq, xushdan ketish, koʻngil aynishi, lablar yoki tirnoqlar rangining oʻzgarishi, aqliy hushyorlikning buzilishi bilan kechadigan boʻlsa, shoshilinch tibbiy yordamga murojaat qiling — chunki bu yurak xuruji yoki oʻpka emboliyasining belgilari boʻlishi mumkin.

Nafas qisishini davolash

Davolash uchun barcha kasalliklarda talab qilinganidek, shifokor terapevt yoki pulmonolog qabuliga borib, zarur deb topilgan tekshiruvlardan oʻtganingizdan soʻng davo muolajasini boshlashi mumkin.

Holatning asosiy sababchisiga koʻra, shifokorlar nafas olishni osonlashtirish uchun bronxodilatatorlar kabi dorilarni buyurishlari, agar sizda kamqonlik aniqlansa, temir miqdorini oshirish uchun retsept boʻyicha qoʻshimchalar ichishingizni tavsiya qilishlari mumkin.

Albatta, davo muolajalarining barchasi nafas qisishiga sabab boʻlayotgan asosiy va yondosh kasalliklarni bartaraf qilishga yoki taʼsirini kamaytirishga qaratilgan boʻladi.

Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!


Yuklanmoqda...

Tegishli maqolalar

14 ta izoh

  1. Salom doktor menda nafas qisishi kuzatilyapti chuqur nafas (toyib) ololmayapman va bel kokrak boyin qismida ogriglar bolyapti kokrak qismida achishish bolyapti tomogimga huddi bir narsa turgandek bolyapti. Opkani rengen qilodim toza chiqdi. Shunga nima qilsam boladi. Qaysi shifokorga murojat qilay maslahat bering

      1. Ассалому алайкум мени чукур нафас олсам болмайапти бир неча йил дан сог нос чекаман нос чексам башим айланапти нима килай

  2. Menham 5xil qon topshirdim hechqanaqa alergiya asorati ko‘rinmadi. Zobimni komyuter renginda ko‘rdim yaxshi dedi. Umuman men bilaman aniq sabab shu deydigan bironta doktor topilmadi. Men harkuni boshim yostiqqa tegdi deguncha yotsam nafasim siqilib uyqudaligimda nafas to‘xtab qoladi. to‘g‘risi dam ololmay qiynalib ketdim. Davolab biladigan bironta doktormi prafessirmi aniq diagnos qo‘yib kasaling wunaqa diydigan odam bo‘lsa nomerini beriyla ilimos! Oldindan raxmat!

  3. Assalom alekum. Menda migren kasalligi bor. 3kundan buyon boshimda tinimsiz og’riq bor. Ochig’i qiynalib ketdim. Boshimni divandan pastro qilsam og’riq kamaygandek sezyapman. Bunga sabab nima. Menga migrenmi yo kislorod yetishmovchiligimi?

  4. Salomalekum biz singlimni tishini ogizgandi ertasiga birdan nafas qisilishi boshlandi nafas qisishi uzogi 10 daqiqaga chozilvoti nafasi kutilmaganda qisvoti nima qilsa boladi kimga korsatishim mumkin qanday dori vositalari yordam beradi

  5. Assalomalekum. Men 25 yowdaman ilgari menda hech bunday holat yuz bermagan edi. Sport imtihonida 1 kilometrga yuguriw vaqtida finiwga kirganimdan soʻng menda nafas tezlawiwi yarim soatcha davom etib turdi soʻng bir joyga oʻtirganimda sal havo yetmaganday boʻldi soʻng aptekadan spirt olib burnimga hidlaganimdan keyin oʻtib ketdi. Uwbu menda yuz bergan holat kasallikdan darak bermaydimi? Iltimos maslahat bersangiz.

    1. Pnevmoniyadan keyingi reabilitatsiya uchun diafragma orqali nafas olish, nafas chiqarishda havoni uzoq vaqtda cho’zib chiqarish kabi mashqlar tavsiya etilmoqda. Pnevmoniya bilan kasallanish jog’ida esa, mashqlar kasallik etiologiyasi, zararlangan o’pka zonasi, zarazlanish darajasi va boshqa omillarga bog’liq holatda davolovchi vrach tomonidan tavsiya qilinadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button