Bolalar salomatligi

MAQOLALAR

ico
Bolalarda gipertermik sindrom - sabablari, belgilari, tashxislash va davolash asoslari

Bolalarda gipertermik sindrom – termoregulyatsiyaning buzilishi boʻlib, bunda tana harorati yuqori koʻrsatkichlarda boʻladi va ichki aʼzolar tomonidan turli xil oʻzgarishlar kelib chiqadi, koʻpincha yurak-qon tomir va nerv tizmi zararlanadi. Gipertermiya tana haroratning 39,5 °C dan yuqori boʻlishi, gemodinamikaning buzilishi, miya shishi va oʻtkir poliorgan yetishmovchiligi bilan kechadi. Ushbu sindrom klinik belgilar, termometriya va laboratoriya tekshiruvlari asosida tashxislanadi. Diagnostikada maxsus usul mavjud emas, davo muolajalari ham kompleks ravishda olib boriladi – tana haroratini tushiruvchi preparatlar, regidratatsion davo, hamda asosiy kasallikni davolash muolajalari oʻtkaziladi.

bolalarda gipertermik sindrom

Bolalarda gipertermik sindrom – bola hayotiga xavf soluvchi jiddiy holat. Koʻpincha 6 yoshgacha boʻlgan bolalarda kuzatiladi, kam hollarda oʻsmirlik yoshidagilarda ham uchraydi. Oʻz vaqtida tashxis qoʻyilmasligi va davo muolajalari olib borilmasligi oqibatida oʻlim holati qayd etilishi mumkin. Ushbu holatning xavfliligi uning tez rivojlanishidir. Bundan tashqari tibbiyot soрasida har doim ham gipertermik sindromga shubha qilinavermaydi va shuning uchun ham sindrom oʻz vaqtida aniqlanmaydi va davo choralari koʻrish kechikadi. Gipertermik sindromning bolalarda koʻp kuzatiladigan turi – yomon sifatli gipertermiya holatidir, ushbu holat jarrohlik amaliyotidan soʻng rivojlanadi. Pediatriya sohasida 3 yoshgacha boʻlgan bolalarda bu holat alohida atama – Ombredan sindromi deb yuritiladi.

Bolalarda gipertermik sindrom sabablari

Bolalarda gipertermik sindrom boshqa har qanday tana harorati koʻtariluvchi holatlar singari organizmning himoya mexanizmi hisoblanadi, koʻpincha infeksion omilga qarshi yuzaga chiqadi (bakteriya, virus va boshqalar). Faqatgina, bu holatda jarayon hayot uchun muhim boʻlgan aʼzolar va aʼzolar tizimini qamrab oladi. Gipertermik sindrom kelib chiqishiga koʻplab sabablar mavjud va koʻpgina kasalliklar bilan birga namoyon boʻladi: gripp, OʻRVI, qizilcha, suvchechak, septik holat va shu kabilar. Boladagi nerv tizimi tomonidan kuzatiladigan kamchiliklar, bosh miya jarohatlari va oʻsmalari ham patologik holat rivojlanishida katta rol oʻynaydi. Nasliy moyillik ham isbotlangan.

Tana harorati koʻtarilishi nafas olish sonining ortishi, natijada qonda atsidoz kelib chiqishiga sabab boʻladi. Bir vaqtning oʻzida ter ajralishi koʻpayadi va gipovalemik holat yuzaga chiqadi, yaʼni natriy va kaliy ionlari konsentratsiyasi kamayadi.

Shu kabi mexanizmlar bosh miyadagi termoregulyatsiya markazlariga taʼsir oʻtakazadi va gipotalamus orqali tana harorati yanada koʻtariladi. Issiqlik ajratish periferik qon-tomirlar spazmi hisobiga kamayadi, shu sababli gipertermik holat saqlanib qoladi. Uzoq muddat tana harorati yuqori boʻlib turishi hujayra membranalaridagi lipid barerning jiddiy buzilishiga sabab boʻladi, bu esa qon tomirlar oʻtkazuvchanligi ortishi, bosh miya shishi, siydikda oqsil paydo boʻlishi va boshqa holatlarga olib keladi.

Bolalarda gipertermik sindrom belgilari

Bolalarda gipertermik sindrom yaqqol namoyon boʻladigan belgilar bilan kechadi. tana harorati kritik koʻrsatkichlarga qadar koʻtariladi – 39,5 °C va undan yuqori. Bola umumiy ahvoli ogʻirlashadi, holsizlik yoki kuchli qoʻzgʻaluvchanlik kelib chiqadi, bola ishtahasi yoʻqoladi, koʻpincha qayt qiladi. Teri rangi kulrang tusga kiradi, “marmar tosh” kabi koʻrinishga kelib qoladi. Avvaliga, teri qoplami issiq boʻladi, tana harorati uzoq muddat yuqori boʻlib turishi natijasida sovib ketadi, ayniqsa qoʻl va oyoqlarda bu aniq bilinadi. Bola nafas olishi tezlashadi va yuzaki boʻladi.

Gemodinamika buzilishi taxikardiya, arterial bosim pasayishi, mikrosirkulyatsiyaning buzilishi koʻrinishida namoyon boʻladi. Mikrosirkulyatsiyaning buzilishi miya shishiga sabab boʻladi va bu bolada sudorgi (talvasa), hush yoʻqolishi va gallyutsinatsiyalarga sabab boʻladi. Ogʻir koʻrinishlarida bola xohlamagan holda peshob va najas ajralishi kuzatiladi. Qorin sohasida qon tomirlar spazmi hisobiga ogʻriqlar paydo boʻlishi ham mumkin. 1 yoshgacha boʻlgan bolalarda gipertermik sindrom koʻpincha oʻpka shishi bilan asoratlanadi.

Bolalarda gipertermik sindrom diagnostikasi

Tana harorati oshishi termometr yordamida aniqlanadi. Haroratni oʻlchash qoʻltiq osti sohasida yoki qoʻl va oyoq barmoqlarida oʻtkaziladi. Toʻgʻri ichak sohasida ham haroratni oʻlchash muhim hisoblanadi. Bunda tana va toʻgʻri ichak sohasida oʻlchangan harorat farqi doimo 1 °C dan koʻp boʻladi. Oddiy isitmadan farqli ravishda, giyertermik sindrom bolalarda nevrologik simptomlar qoʻshilishi bilan xarakterlanadi. Teri qoplamining sovuq boʻlishi, qon aylanishing markazlashuvi ham gipertermiyaning asosiy belgilaridan hisoblanadi. Fizikal koʻruvda pediatr taxikardiya, nafas olish soni ortishi, arterial bosim pasayishini aniqlashi mumkin. Umumiy qon analizida – leykotsitoz va ECHT oshishi, disproteinemiya, atsidoz kuzatiladi. Siydikda oqsillar topiladi. Asosiy kasallikni aniqlash maqsadida – koʻkrak qafasi rentgenografiyasi, qonning laborator analizi va siydikda infeksiyalarni aniqlash kabi tekshiruvlar oʻtkaziladi.

Bolalarda gipertermik sindrom davosi

Davo muolajalari statsionar sharoitda olib boriladi yoki ogʻir holatlarda reanimatsiya boʻlimlarida. Tana haroratini normal koʻrsatkichga keltirish va boshqa simptomlarni bartaraf etish kerak boʻladi. Eng muhim tana harorati sekin astalik bilan tushirib borilishi zarur, shunda yurakka tushadigan zoʻriqish oldi olinadi. Agar teri qoplamasi issiq boʻlsa – fizik usullar qoʻllaniladi, teriga muz solingan xaltacha, sochiq qoʻyish. Bolalarga tana harorati pasaytiruvchi nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparatlar buyuriladi, ammo bu usullar bolalarda gipertermik sindromni bartaraf etish uchun yetarli boʻlmasligi mumkin.

Sirkulyatsiya buzilishida steroid preparatlar va askorbin kislotadan foydalaniladi, bu vositalar kapillyarlar oʻtkazuvchanligini normallashtiradi. Regidratatsion terapiya oʻtkaziladi: qayt qilish kuzatilamasa, koʻproq suv ichish, tuzli eritmalar peroral qabul qilish buyuriladi, boshqa holatlarda vena ichiga tuzli eritmalar yuboriladi.

Periferik spazmolitik preparatlar qon aylanishi markazlashishini bartaraf etish uchun qoʻllaniladi. Gipertermik sindromga sabab boʻlgan asosiy kasallikni davolash maqsadida – antibiotik va viruslarga qarshi vositalar buyuriladi.

Bolalarda gipertermik sindrom oqibati va profilaktikasi

Oʻz vaqtida oʻtkazilgan davo muolajalari natijasida gipertermik sindrom oqibati koʻp hollarda ijobiydir. Tashxisning kech qoʻyilishi va kasallikning ogʻir kechishida qaytmas nevrologik asoratlar kelib chiqishi mumkin, bosh miyada epileptik oʻchoq paydo boʻlishi va tana haroratining kichik koʻrsatkichlarda koʻtarilishi ham talvasalarga sabab boʻladi. Gipertermik sindromning uzoq muddat davom etishi oqibatida surunkali buyrak yetishmovchiligi, miokardit, buyrak usti bezidagi oʻzgarishlar va boshqa patologiyalar kelib chiqadi.

Bolalarda gipertermik sindrom oldini olish uchun tana haroratining koʻtarilishiga sabab boʻluvchi patologiyalar (bosh miya jarohati va bosh miya shishi, nevrologik kasalliklar va boshqalar) dan qochish talab etiladi. Virusli va bacterial kasalliklarni oʻz vaqtida davolash ham gipertermik sindrom rivojlanishi xavfini kamaytiradi.

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Enurez - peshob tuta olmaslik

Afsuski, ba’zi ota-onalar farzandining kechasi tagini ho‘llab qo‘yish odatiga bee’tibor qarashadi. «Bola shunday katta bo‘ladi-da!» deydiganlar ham yo‘q emas. Lekin o‘sha bola katta bo‘lgandan keyin ham bu hol davom etsa-chi? Endi bu nafaqat ona, balki bolaning o‘zi uchun ham rosmana muammoga aylanadi. Ayniqsa, kelajakda o‘zga oilaga boradigan, kelin, ona bo‘ladigan qizaloqlar orasida o‘smir yoshga yetganda ham bunday hol uchrashi jiddiy muammo. Tibbiyotda bu «muammo» enurez deb nom olgan. Bu mavzuni yoritishimizga bir muxlisamizning qo‘ng‘irog‘i turtki bo‘ldi. Xo‘sh, farzand o‘smirlik davriga yetganda ham enurezdan aziyat chekishiga sabab nima?
Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutish kerak?
Mavzu doirasida Toshkent shahar bolalar ruhiy-asab kasalliklari markazi dispanser bo‘linmasi boshlig‘i Adiba HOSHIMOVA "
Sug‘diyona" gazetasiga ma’lumot berdi. Quyida ushbu ma’lumot bilan batafsil tanishishingiz mumkin.

Enurez — uyqu vaqtida ixtiyorsiz peshob ajratish kasalligi. Enurezning klinik o‘rni bolalar va o‘smirlar o‘rtasida katta. Bu kasallik 5 yoshli bolalarning 10, 10 yoshlilarning 5, 14 yoshlilarning 2 foizida uchraydi. 18 yoshlilarning esa har yuztadan bittasida kuzatilishi mumkin.

Enurezning tarqalishida jinsning ham ahamiyati bor: u maktab yoshigacha bo‘lgan o‘g‘il bolalarning 12, qiz bolalarning esa 7 foizida uchraydi. Kasallik qizlarga nisbatan o‘g‘il bolalarda 1,5-2 baravar ko‘p kuzatiladi. 5 yoshgacha bo‘lgan davrda bu kasallik emas, fiziologik holat hisoblanadi. 5 yoshdan keyin esa peshobini tuta olmaydigan bolalarni albatta davolash kerak.

Enurez sabablari

  1. Markaziy asab tizimining peshob ajratish jarayoni ustidan nazorati shakllanishining ortda qolishi.
  2. Infeksiyalar.
  3. Qabziyat va axlat tuta olmaslik har doim ham jiddiy e’tibor qaratilavermaydigan jiddiy omillar.
  4. Oshqozon-ichak trakti faoliyati o‘zgarishi, surunkali tonzillit ham peshob pufagi faoliyatining buzilishini yuzaga keltirishi mumkin.
  5. Asab tizimi kasalliklari
  6. Ruhiy omillar (oiladagi ziddiyatlar, maktabda vazifalarning og‘irlik qilishi, turar-joy o‘zgarishi va hokazo).
  7. Peshob pufagi faoliyatining buzilishi…

Kasallik nasl suradimi?

Ota ham, ona ham enurezdan aziyat chekkan bo‘lsa, bolada bu kasallik kuzatilishi xavfi 77 foizni tashkil etadi. Agar ota-onadan bittasi tungi peshob tutolmaslikni boshdan kechirgan bo‘lsa, 44%, ota-onaning hech birida bu holat kuzatilmagan bo‘lsa, 15 foiz hollarda bola enurezdan aziyat chekadi.

Qaysi shifokorga murojaat qilish kerak?

Davolash faqat psixiatr yoki nevropatolog tomonidan amalga oshiriladi. Mutaxassis avvalo, kasallik sabablarini aniqlaydi. Buning uchun suhbat va muayyan tekshiruvlar amalga oshiriladi. Mutaxassis albatta enurezga chalingan bolaning ota-onasidan oilaviy muhit qandayligini, bola haqidagi qo‘shimcha shikoyatlar bor-yo‘qligini surishtiradi. Ona homiladorlik davrini qanday o‘tkazgan, boshqorong‘ilik bo‘lganmi, birorta kasallikka chalinganmi yoki siqilishlar bo‘lganmi, bola tug‘ilayotganda tug‘ma patologiyalar kuzatilmaganmi, o‘z vaqtida tug‘ilganmi kabi savollarni ham albatta hisobga olish kerak. Bolaning 3 yoshgacha bo‘lgan rivojlanish davri ham hisobga olinadi. Xullas, barcha ma’lumotlar jamlanib, xulosa chiqariladi. Muolajalar esa so‘rov va tekshiruv natijalariga qarab belgilanadi.

Qanday tekshiruvlardan o‘tish kerak?

Tekshiruv peshob tuta olmaslikning davomiyligi va tezligi, bu muammoga ota-ona va bolaning munosabatini o‘rganishni o‘z ichiga oladi.

Qon va axlatning umumiy tahlili o‘tkaziladi. Bolaning umurtqa pog‘onasi rentgen qilinadi. Chunki shunday vaziyatlar bo‘ladiki, bola umurtqa pog‘onasining eng pastki sohasi qiyshiq tug‘iladi. Agar shu holat aniqlansa, umurtqa pog‘onasining o‘sha qismi bola peshob pufagiga turtki berib turadi va bolada peshob pufagi tez to‘lib qolish reaksiyasi paydo bo‘ladi. Bunday vaziyatda ortoped bilan birga davo muolajalari qilinadi.

Albatta peshob tahlilini o‘tkazish kerak. Bunda buyraklarda, peshob yo‘llarida shamollash alomatlari, tuz yig‘ilish holatlari bor-yo‘qligi aniqlanadi. Agar tahlil natijasi buyraklar va peshob chiqarish yo‘llari ishida buzilishlarni ko‘rsatsa, sinchiklab tekshirish talab etiladi: ultratovush tekshiruvi, peshob pufagining rentgen tekshiruvi, urologik va nevrologik tekshiruv.

Oilaviy totuvlik — muvaffaqiyat garovi!

Asabi buzilib turganda alamini bolasidan oladigan, tergayveradigan ota – onalar bor … Aslida 5 yoshgacha bo‘lgan bolani tergash mumkin emas. Chunki ularda hali fikrlash qobiliyati to‘liq rivojlanmagan bo‘ladi. Bolani tergayversangiz, kunduzi shuning ta’sirida asabi tarang bo‘lib yuradi. Natijada kechasi unda enurez holati kuzatilishi mumkin. Oilada er-xotin yoki qaynona-kelin o‘rtasidagi janjallar ham bolaga ta’sir ko‘rsatadi. Kattalar «bola o‘ynab yuribdi, e’tibor bermaydi» deb o‘ylashadi. Aslida esa har bir gapimiz, o‘zaro munosabatlarimiz ham bolaga ta’sir qilishini hisobga olishimiz kerak.

Xastalik ijtimoiy muammoga aylanib ketmasin!

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, enurezdan aziyat chekuvchilarning 40 foizida ruhiy buzilishlar kuzatiladi. Bola enurezdan aziyat cheksa, asabiy, do‘stlariga qo‘shilolmaydigan bo‘lib qolishi, fanlardan o‘zlashtirishi susayishi mumkin. Chunki u doim shuni o‘ylab siqilib yuradi. Agar davolanmasa, ulg‘aygan sari bolada bu kasallik qolmasa, u ko‘pchilikka qo‘shilolmaydi, mehmonga, lagerga borishdan bosh tortadi, chunki qo‘rqadi. O‘g‘il bolalar, hatto harbiy xizmatga olinmaydi. Bu bola uchun juda katta ruhiy jarohat. Enurez asab tizimini shunday holatga olib keladiki, ayrimlar hatto uylanmaslikka qaror qilishi mumkin. Qizlarda esa turmushga chiqqach, oilasi buzilishi hollari kuzatiladi. Qiz bolada hayz davri boshlansa, kasallik o‘tib ketadi» deb hisoblaydiganlar ham bor. Aslida esa hammada ham bunday bo‘lavermaydi.

Enurezni davolash

Kattalar va o‘smirlardagi enurez markaziy asab tizimining organik patologiya asorati hisoblanadi va uni davolash nevrologik buzilishlarni to‘g‘irlash bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Peshob yo‘llarini mustahkamlaydigan, asablarini tinchlantiradigan preparatlar, vitaminlar, shamollashni singdirib yuboradigan terapiya va qo‘shimcha fizioterapiya, nuqtali massaj, parafin kabi muolajalarni kompleks tarzda olib borish kerak. Biroq unutmaslik kerakki, kasallik bir davolagandayoq o‘tib ketmaydi, buni 5-6 oyda takroriy kurs qilib davolab turish kerak. Chunki bu surunkali xastalik. Shuning uchun «bir marta davolandim, bo‘lmadi» deb qo‘l siltab qo‘yish noto‘g‘ri.

Enurezdan aziyat chekadigan bolalarni sportning suzish to‘garagiga berish foydali. Suzish bola asabini tinchlantiradi, butun organizmini chiniqtiradi. Bu sport turi bilan yilning issiq oylaridagina emas, balki yil davomida shug‘ullanish kerak. Shunda natijasi bilinadi.

8 muhim qoida

  1. O‘zingiz va farzandingizni aybdorlik hissidan xalos eting! Farzandingiz kechasi o‘rnini ho‘llab qo‘ygani uchun, siz yomon ona hisoblanmaysiz. Shuningdek, banday bo‘lgani uchun dilbandingiz yomon bola emasligini aniq-ravshan tushunishiga erishishga harakat qiling.
  2. Bolani jazolamang! U enurezga chalingani uchun aybdor emas va buning uchun sizdan kam qayg‘urayotgani yo‘q. Unga tagini ho‘llab qo‘ygani uchun na so‘z, na nigoh bilan gina qilmang. Tushuning, bu bolaga yordam bermaydi. Tagini ho‘llab qo‘yishni xohlaydigan bola bo‘lmaydi. Farzandingiz to‘shagini ho‘llab qo‘ysa, «obbo, o‘rning yana ho‘l-ku!» kabi gaplarni aytmang. Yaxshisi, hech nima demang. E’tiboringizni faqat muvaffaqiyatlarga qaratishingiz kerak.
  3. Bola har kuni bir xil vaqtda uyquga ketishga odatlansin. Kechqurun birgalikda kitob o‘qing, rasm chizing. Kechasi televizor tomosha qilmagani, kompyuter o‘yinlari o‘ynamagani ma’qul.
  4. 4 yoshdan bolaga onalar psixoterapiyani qo‘llashlari mumkin. Bu uxlashdan oldin amalga oshiriladi. Bola uyquga ketishidan oldin kaftingizni peshanasiga qo‘yib, unga «hojatga chiqqim kelsa, albatta uyg‘onib, hojatxonaga boraman. To‘shagim quruq bo‘ladi» kabi gaplarni jiddiy va щoshmasdan ayting. Agar bola bu gaplarni takrorlasa, yana-da yaxshi. «O‘z-o‘zini ishontirish» mashqini kuniga 5-7 martadan 1-2 oy davom ettiring.
  5. Bolani kechasi uyg‘otish mumkin emas. Bu tarzda bolada hech qachon peshobi qistaganda o‘zi uyg‘onish refleksi shakllanmaydi. U o‘z peshob pufagini o‘zi sezishga o‘rganishi kerak. Majburan uyg‘otish orqali esa bu refleks paydo bo‘lishiga faqatgina xalaqit berasiz.
  6. «Quruq tunlar» uchun farzandingizni rag‘batlantiring.
  7. Bola bilan birga taqvim tuting. Odatiy mitti taqvimchaga «ho‘l» va «quruq» tunlarni birgalikda belgilab boring. Qurug‘ini qizil, ho‘lini ko‘k qalam bilan belgilang. Ham qiziqarli, ham foydali.
  8. Unutmang: Bu maslahatlar faqatgina ularni muntazam ravishda, hech qanday dam olish kuni yoki bayramlarsiz, 1,5-2 oy davomida bajargandagina yordam beradi.
ico
Girshprung kasalligi

Ichaklarning me'yordagidan kengayib yoki uzayishi girshprung kasalligi hisoblanadi va asosan yosh bolalarda tug‘ma holda uchraydi. Girshprung ko‘proq o‘g‘il bolalarni bezovta qiladi.

Ichaklar faoliyati Meysner va Auerbax nerv chigallari tomonidan boshqariladi. Ana shu nerv chigallari hujayralari meyorda o‘sib yetilmasligi (yoki mutlaqo mavjud bo‘lmasligi) ona qornidagi bolaning girshprung bilan xastalanib tug‘ilishiga sharoit yaratadi.

Chaqaloqning girshprung bilan dunyoga kelishiga bir nechta omillar sabab bo‘ladi:

  • ayolning homiladorlik davrini yomon o‘tkazishi;
  • bo‘yida bo‘lgan dastlabki oylarda avitaminozga chalinishi;
  • homiladorlikning boshlang‘ich oylarida o‘tkir yuqumli kasalliklar bilan og‘rishi;
  • bo‘lajak onaga va homilaga V guruhidagi vitaminlar yetishmasligi.

Girshprungga uchragan go‘dakning ichaklarida peristaltika (to‘lqinsimon harakat) jarayoni ro‘y bermaydi, qabziyat (ich qotish) rivojlanadi, bolani qorin dam bo‘lishi bezovta qiladi.

Bemorning ichi ikki-uch kunda bir marta kelishi mumkin. Natijada yo‘g‘on ichakda najas (axlat) yig‘ilib qoladi va ichaklar kattalasha boradi.

Kengaygan va uzaygan ichaklar qo‘shni a’zolar (qon-tomirlar, yurak, o‘pka)ni qisib qo‘yishi natijasida bolaning nafas olishi qiyinlashadi, yuragi tez-tez uradi.

[caption id="attachment_3641" align="aligncenter" width="460"]Girshprung kasalligi Girshprung kasalligi[/caption]

Ba’zan yig‘ilib qolgan axlat o‘z vaqtida tashqariga chiqarilmagani tufayli ichaklarga qayta so‘riladi va organizm zaharlana boshlaydi. Bunday zaharlanish davomida bolaning ishtahasi yo‘qoladi, behollanib, boshi og‘riydi.

Girshprung bilan og‘rigan bola ozib ketadi, terisi quruqlashib, ko‘z kosasi chuqurlashadi, hatto, oyoqlari ham noziklashib qoladi.

Kasallikni davolash ikki xil (konservativ va jarrohlik) usulda olib boriladi.

Yengilroq turida konservativ usul qo‘llanilib, bolaga dori-darmon buyuriladi, ichaklari huqna yordamida tozalanadi, ich yurishi ta’minlanadi. Shundan so‘ng uning umumiy ahvoli yaxshilanadi.

Girshprung tashhisi qo‘yilgan va bu kasallik rivojlangan bolalarda jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi. Kengaygan yoki uzaygan ichaklarning zararlangan qismi olib tashlanadi, izdan chiqqan nerv chigallari, shuningdek, faoliyati susaygan nerv tizimining simpatik va parasimpatik bo‘limlari yaxshi ishlashiga imkon yaratiladi.

Unutmaslik kerakki, operatsiyadan keyin bemor bolalar kolit (yo‘g‘on ichak kasalligi)ga moyil bo‘lib qolishadi. Shuning uchun ular jarrohlikdan so‘ng parhezga amal qilishlari lozim, qattiq qovurilgan yog‘li ovqatlar zarar, bug‘da pishirilgan taomlar va yumshoq bo‘tqalar hamda suyuq sho‘rvalar ichishlari foydalidir.

Shifokor nazoratida bo‘lib, ovqatlanish va dam olish to‘g‘ri tashkil etilsa, bemor bola sog‘ayib ketadi.

© Fotima NORBOYEVA, shifokor.
"Sihat-salomatlik" jurnali.

 

Gastroenterologik kasalliklarda eng kop qo'llaniladigan dori vositalardan biri URSOSAN FORTEdir:

https://apteka.uz/uz/product/ursosan

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Bolalarda mushak gipertonusi va gipotonusi

Mushak gipertoniyasi

Mushak gipertonusi (mushak gipertoniyasi) – mushak tonusining buzilishidir, bunda mushak tonusi oshgan bo‘ladi va bola tug‘ilishi bilan yuzaga keladi. Sababi, uning mushaklari haddan ortiq tarang va siqilgan bo‘ladi. Go‘dakda ko‘pincha sababsiz bezovtalik va yig‘i, uyqu buzilishi, iyak qaltirashi kuzatiladi.

Bola uyqu paytida ham bo‘shashmaydi, qo‘llarini bukib, ko‘kragiga mahkam bosib, oyoqlarini qorniga olib borib, mushtini mahkam siqib uxlaydi. Go‘dakning mushtini ehtiyotkorlik bilan ochish mumkin. Go‘dakning qo‘l va oyoqlarini bukib-yozganda yaqqol ifodalangan qarshilik seziladi. Tayanch refleksi tekshirilganda bola butun oyoq kaftiga tayanib turmasdan, oyoq barmoqlari uchida turadi, refleks 1,5 oydan ortiq vaqt davomida saqlanib turadi. Me’yorda ushbu refleks 1,5 oylarga borib yo‘qolishi kerak.

Orqasi bilan yotqizilgan go‘dakni qo‘llaridan ushlab o‘zingizga qarata tortganingizda u qo‘llarini umuman yozmasdan, butun tanasi bilan ergashib tortiladi. Qornini kaftingiza qo‘yib yuzini pastga qilib ko‘targaningizda go‘dak boshini tanasi bilan bir chiziqda ushlab turadi. Bunday bolalar tug‘ilishlari bilanoq boshini vertikal holatda ushlab tura oladilar. Mushak tonusining oshishi tananing ikki tomonida ham, shuningdek ayrim holatlarda esa, faqat bir tomonning o‘zida ham kuzatilishi mumkin.

Gipertonus go‘dakning harakatlari rivojlanishi sur’atini sekinlashtirishi bilan xavf soladi. Agar o‘z vaqtida davo choralari ko‘rilmasa, bunday bola muddatidan kechroq o‘tirishi, emaklashi va yurishi mumkin. Harakat paytida tez charchaydi. Yurayotganda esa og‘irlik markazini yaxshi boshqara olmaydi. Gipertonus bolaning umumiy ahvoliga ham aks ta’sir etmasdan qolmaydi: uyqu buziladi, tez-tez yegan ovqatini qayt qiladi.

Mushak gipotoniyasi

Mushak tonusining me’yordan past bo‘lishi mushak gipotonusi (mushak gipotoniyasi) deb nomlanadi. Bunda bolaning qo‘l va oyoqlari yozilgan, qo‘llari tanasi bo‘ylab uzatilgan holda bo‘ladi. Chala tug‘ilgan bolalar uchun bu odatiy hol. Chunki bunday bolalarda asab tizimi to‘la yetilmagan bo‘ladi.

Mushak gipotoniyasining yaqqol ifodalangan ko‘rinishida bola “qurbaqa holati” da yotadi. Bunda go‘dakni orqasi bilan yotqizib qo‘yilganda qo‘llari bo‘shashgan holda tana bo‘ylab yotadi, qo‘l barmoqlari musht tugilmagan, ikkala oyog‘i yon taraflarga yozilib, tizza bo‘g‘imi biroz bukilgan, qorin tekis bo‘ladi. Tonusi past bolalarda ko‘pincha nevrologik reflekslar pasaygan, bo‘g‘imlari bukilganda qarshilik kuchi sezilmaydi, bolaning qo‘lini tepaga ko‘tarib qo‘yib yuborilsa u shilq etib pastga tushadi. Go‘dakning oyoqlari tos-son bo‘g‘imida deyarli 180 gradusga kuch ishlatmasdan yoziladi.

Orqasi bilan yotqizilgan bolaning qo‘llaridan ushlab o‘zingizga tortganingizda, uning qo‘llari butunlay yoziladi, boshi esa ortga engashadi. Bolani qorni bilan kaftingizga yotqizganingizda uning bosh, qo‘l va oyoqlari pastga osilib turadi. Go‘dakni o‘ringa qorni bilan yotqizilganda u qo‘llarini bukmaydi, yuztuban yotaveradi, ya’ni yuzini yon tomonga burib olmaydi. Odatda bunday go‘daklar juda tinch-xotirjam, kam yig‘laydi, ko‘krakni yaxshi so‘rmaydi, tana vazni ham me’yordagi tezlikda oshmaydi, kam harakatlanadi.

Mushaklar kuchi yetishmasligi tufayli gipotonusli bolalar boshini ushlab turishni, qo‘liga buyumlarni olishni, o‘tirishni, yurishni kech boshlaydi. Tik holatda bunday bolalar tana holatini saqlab turolmasligi tufayli ularning ichki a’zolari zo‘riqib ishlaydi. Harakat yetishmasligi natijasida bolaning suyak va mushaklari o‘sishi sekinlashadi. Bola sog‘lom tengdoshlaridan kichikroq ko‘rinadi. Kelgusida gipotonusli bolada skolioz, kifoz va boshqa skelet deformatsiyalari yuzaga kelishi, qad-qomat buzilishi mumkin.

Boladagi tonus buzilishi qancha erta aniqlanib, davolash boshlansa shuncha yaxshi natija bo‘ladi. Chunki go‘daklarda asab tizimi hujayralarining tiklanish xususiyati yuqori bo‘ladi. Davolash (massaj, gimnastika, suzish, fizioterapevtik muolajalar, masalan, ultratovush, elektroforez, magnitoterapiya) bilan birgalikda ba’zan dori-darmonlar ham buyuriladi.

Rayhon MUDARISOVA, pediatr.
"Sihat-salomatlik" jurnali.

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Bola yaxshi ovqatlanmasa yoki chimxo‘r bo‘lsa, uni qanday bartaraf qilish mumkin?

“Bolam kam ovqat yeydi”, “Farzandimga ovqatni majburlab yediraman”, — kabi onalar shikoyatini ko‘p eshitganmiz. Haqiqatdan ham, bolalar ovqatni yaxshi yemasligi sababi nimada?

Ota-onalar xavotiri boisini tushunish mumkin. Chunki bola to‘laqonli ovqatlanmasa, sog‘lom o‘smasligi va yaxshi rivojlanmasligi mumkin. Bolalarning ovqatdan bosh tortish sabablari juda ko‘p. Ularning oldini olish uchun ota-onaga sabr, kichkintoyga nisbatan diqqat-e’tibor kerak bo‘ladi.

bola yaxshi ovqatlanmasa

Bolaning umumiy ahvoli

Bola betob bo‘lganda uning hatti-harakatlari birdan o‘zgarib qoladi. U injiq, qaysar, yig‘loqi bo‘ladi. Ishtahasi bo‘g‘iladi. Bunday paytda darhol bola haroratini o‘lchab, yotqiziladi va shifokor chaqiriladi. Shifokor kelib, bola kasalligini aniqlagunga qadar unga qaynagan suv yoki shirin choy beriladi.

Ishtahaning tug‘ma buzilishi

Mutaxassislarning fikrlaricha, muddatdan avval tug‘ilgan ayrim qizaloqlarda bosh miyaning oziqlanish markazi shikastlanishi natijasida ko‘rish qobiliyati susayishi va ishtahasizlik kelib chiqishi mumkin.

Ishtaha buzilishi

Masalan, anoreksiyada umuman ovqatdan voz kechish yuzaga keladi. Bunday bolalarni ovqatga chaqirsangiz unamaydilar, yesa hatto qusishi ham mumkin. Bola bo‘shashib, ozib ketadi. Ko‘pincha, anoreksiya o‘spirin qizlarda turli xil parhezlar ta’sirida, yosh bolalarda esa keskin qo‘rqish oqibatida kelib chiqadi. Bunday vaziyatda bola nafaqat davolovchi shifokor, balki ruhshunos yordamiga ham muhtoj bo‘ladi.

Anoreksiyada organizm trofikasi va ichak faoliyatini yaxshilash uchun apilak, sut va nordon sut mahsulotlari (qatiq, tvorog, zardob), bifidum va kolibakterin, bifikol, sut laktobakterini kabilarni shifokor maslahatiga ko‘ra qo‘llash tavsiya etiladi. Bolalarning sof havoda yetarlicha bo‘lishi, to‘g‘ri rejim, ijobiy ruhiy muvozanat, massaj, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, chiniqtirish, shifobaxsh vannalar qabul qilish kabi tadbirlar yordamida ishtaha buzilishining oldi olinadi.

So‘lak kam miqdorda ajralishi

Asabiy bolalarda ovqat paytida so‘lak kam ajraladi. Ular hatto kichkina kotlet yoki quyuq ovqatlarni yeyolmaydilar. Bunday paytda ovqatdan oldin chuchuk mevalar (olma, nok), mevali va sabzavotli sharbatlar beriladi.

Bolangiz sog‘lom bo‘lsa, ammo ovqatlanishda uni yeyman, buni yeyman deb xarxasha qilsa, chimxo‘r bo‘lsa, hamma ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng non kovshasa aslo diqqat bo‘lmang. Bu ishda sizning ittifoqdoshingiz – bola ishtahasidir. Ishtahaning tabiiy yo‘l bilan ochilishiga imkon bering.

Bolangiz och qolishidan qo‘rqasiz

Ko‘pchilik onalar nonushta va tushlik orasida, sayr vaqtida bolalariga non, pechenye berib ishtahasini bo‘g‘ib qo‘yadilar. Bunday qilishni to‘xtatish kerak. Bola yaxshigina och qolsa, maza qilib ovqatlanadi. Ovqatdan bosh tortmay, aksincha qo‘shimcha ovqat suzib berishni so‘raydi.

Hamma ovqatlarni ( salat, sharbatlar, shirinliklar, mevalar)ni dasturxonga birdaniga qo‘ymang

Faqat ko‘krak suti bilan boqilgan chaqaloqlar bir yoshgacha bo‘lgan paytlarida o‘zlariga zarur bo‘lgan ovqatni tanlay oladilar. Chunki ularning ta’m bilish qobiliyati hali buzilmagan bo‘ladi.

2-5 yoshlardagi bolalarga oldin birinchi taomni to‘la yedirish, so‘ngra qolganlarini berish lozim. Aks holda bola ovqat tanlaydigan, injiq bo‘lib qoladi.

Erkalashdan voz keching

Turli shirinliklar va’da qilib bolani ovqatga undash, bittagina konfet berish, bolangizni ovqatdan tamoman voz kechib, sizni xohlagan ko‘yga solishi uchun yetarli bo‘ladi. Bunday paytda, ona mehrining eng ma’qul ko‘rinishi bola sog‘lig‘i uchun kerakli bo‘lgan ovqatlanish rejimiga qat’iy rioya qilishdir.

Tushlik yoki kechki ovqatni tomoshaga aylantirish

Bola bir oz qaysarlik qilsa, butun oila uning oldida parvona bo‘ladi. Darhol unga qiziqtirish uchun ertaklar aytiladi, chapak chalinadi, stol ustiga yaxshi ko‘rgan o‘yinchoqlari qo‘yiladi. Ovqat yesa “rag‘batlantiruvchi konfet yoki boshqa bir shirinlik”lar va’da qilinadi. Buning o‘rniga ovqatni stoldan olib qo‘yib bolaning yaxshilab ochiqishini kutish kerak.

Majburlab ovqat yedirish

Har qaysi ona “bitta qoshiq oyi uchun, bittaginasi dada uchun”, deb bolasini zo‘rlab ovqat yedirganining ko‘p guvohi bo‘lganmiz. Majburlab yedirilgan ovqat kichkintoy uchun faqat zarar olib keladi. Aksincha, biron bir bo‘tqa, kisel yoki sabzavotli pyurega nisbatan nafratini oshiradi. Har bir katta yoshli odamning umuman yoqtirmaydigan taomi bo‘ladi. Odatda, bu uning bolaligida majburlab yedirilgan taomi bo‘lib chiqadi. Shuning uchun bola qornini deyarli to‘ydirgandan keyin, qolganini yemayman deb tixirlik qilsa, uni aslo majburlamang.

Ovqatlanish paytida ortiqcha nasihat qilmang

Bolalarga u yoki bu mahsulotning foydasi unchalik tushunarli bo‘lmaydi. Shuning uchun turli sharbat, bo‘tqalar foydasi yoki uni yemasa tishi og‘rishi haqida haddan ziyod nasihat qilmang. Bolangizning ta’bi buzilgan bo‘lsa, (ko‘p narsa tatib ulgurgan) u atayin ko‘p shokolad yeyishi mumkin. Undan ko‘ra bolani oddiy, foydali uy taomlari bilan ovqatlantiring.

Sut – beqiyos jannatiy ne’mat

Bolalarni to‘g‘ri ovqatlantirishda asosiy va almashtirib bo‘lmaydigan mahsulot sut va sutli mahsulotlar hisoblanadi. Sut me’da shirasi kislotaligini pasaytiradi, bu uni gastrit, yara kasalligi, o‘t pufagi va jigar kasalliklarida qo‘llashga yo‘l ochadi. Sigir sutida 2,8% to‘la qimmatli oqsil mavjud. Sut oqsilida almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar – lizin, metionin, triptofan, leysin, valin, argininlar bo‘lib, ular mikroblarga qarshi ta’sirga ega. Sigir sutida yog‘ miqdori 3,5-6% gacha bo‘lib, yengil hazm bo‘ladi. Sutda qand miqdori laktoza – 4,5% bo‘ladi. Sut turli mineral tuzlarga, ayniqsa, fosfor- 0,9 g/l va kalsiy- 0,5 g/l ga boy. Sutda temir moddasi kam, biroq u yaxshi so‘riladi. Bundan tashqari sut C, B, A, D, E vitaminlariga boy. Sigir suti oqsilini ko‘tara olmaydigan bolalarga davo sifatida echki suti tavsiya etiladi.

Bolalar ovqatlanish tartibida nordon sut mahsulotlari: jumladan qatiq keng qo‘llaniladi. Qatiq ichish parhezda, bolalarda ichak infeksiyasi, disbakterioz, raxit, gipotrofiya, kamqonlik, zotiljam, ovqat allergiyasi va anoreksiya kabi kasalliklarda hamda antibiotiklar keng qo‘llanilganda tavsiya etiladi. Qatiq organizmda kalsiy, temir va D vitamini ko‘payishiga imkon beradi. Ichaklarda ovqat hazm bo‘lishi va singishini yaxshilaydi, me’da shirasini kuchaytiradi. Qatiq chirindi va patogen mikroblarning ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi, ichak mikroflorasini me’yorga soladi. Nordon sut mahsulotlarida B2 va B12 vitaminlari miqdori yuqori bo‘ladi. Yangi ivitilgan qatiq ichni yaxshilaydi, ikki — uch kunlik qatiq esa aksincha, ichni qotiradi.

Tvorog bola ovqatida qimmatli mahsulot hisoblanadi. U oqsilga (14-18%) boy bo‘lib, tarkibida turli aminokislotalar ko‘p. Tvorogda ayniqsa metionin mo‘l, u o‘sayotgan organizm va jigar kasalliklari bilan og‘rigan bolalar uchun nihoyatda foydali. Tvorog oqsili sut oqsiliga nisbatan oson hazm bo‘ladi. Tvorogda kalsiy, kaliy va fosfor ko‘p miqdorda bo‘ladi. Shu bois u raxit, osteomiyelit kasalligiga chalingan bolalar uchun juda zarur mahsulot hisoblanadi.

Sut mahsulotlaridan pishloqda ham oqsil, yog‘lar, kalsiy va fosfor tuzlari ko‘pdir. Yosh bolalarga oz-ozdan pishloqning o‘tkir bo‘lmagan, yumshoq navlaridan beriladi. Pishloqni yuqumli kasalliklar bilan og‘rib, zaiflashgan, kasalmand va operatsiyadan chiqqan bolalarga tavsiya etish maqsadga muvofiq.

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Farzandingizni maktab kasalliklaridan asrang!

Oʻquvchi qizim maktabdan keliboq qorin ogʻrigʻidan shikoyat qiladi. Qaynonam “hamma narsani aralashtirib yeyavergan boʻlsang kerak-da”, deganicha uni koyiydi. Bola emasmi, maktabda faqatgina chips yeganini va oʻsha chips qurgʻur ham “uyniki” ekanini aytib “maqtanadi”. Haqiqatan ham maktab boshlandi deguncha bolalarda oʻquvchilarga xos kasalliklar ham sekin-asta oʻz rivojlanishini boshlab yuboradi. “Bolani bu kasalliklardan omon saqlash uchun ularning oldini olish tadbirlarini kanda qilmaslik lozim”, deydi oliy toifali bolalar shifokori Muhabbat Nasivaliyeva "Sugʻdiyona" gazetasi muxbiri bilan boʻlgan suhbatda.

Asosiy muammolar

  • Uzoqni koʻra olmaslik;
  • Skolioz (umurtqa pogʻonasining qiyshayishi);
  • Gastrit;
  • Ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga koʻra, har besh bolaning biri umurtqa pogʻonasi muammolaridan qiynalsa, har uchtadan bittasini oshqozoni bezovta qiladi.

Ilk xavf

Oʻquv yili ayniqsa birinchi sinf oʻquvchilar uchun qiyin kechadi. Yangi kun tartibi, darslar, tanish boʻlmagan sharoit tufayli bolaning ruhiy holatida oʻzgarishlar kuzatiladi. Bu esa oʻz navbatida asab tizimiga ham taʼsir qilib, oshqozon‑ichak, ogʻiz‑quloq‑burun tizimi surunkali kasalliklarining paydo boʻlishiga olib keladi. Shuningdek, gavda holati va koʻrish qobiliyatida ham oʻzgarishlar roʻy beradi.

Oʻquvchilar gastriti

Surunkali gastrit kasalligiga koʻpgina oʻquvchilar chalinishi mumkin. Bola oʻqituvchi bilan til topisha olmasligi, sinfdoshlari bilan tortishib qolishi, yomon baho olishi kabi holatlarda asabiylashadi. Bu esa oshqozon-ichak tizimida turli buzilishlarga olib keladi. Turli “fast-fud” yoki qovurilgan taomlar bilan ovqatlanish, irsiy moyillik natijasida kasallik yanada zoʻrayadi.

Ota‑onada surunkali gastrit boʻlsa, bolada ham bu kasallikka chalinish xavfi ortadi. Bolaning surunkali infeksiyalar — tish kariyesi, bodomsimon bezlar yalligʻlanishi, gaymorit kabi xastaliklarga chalinishi esa kasallikning yanada jiddiy tus olishiga sabab boʻladi.

Gastrit alomatlari

Gastrit alomatlari har doim ham koʻzga tashlanavermaydi. Gastritga chalinganda bolada quyidagi alomatlar kuzatiladi:

  • rangi oʻzgaradi;
  • ishtahasi yoʻqoladi;
  • tez toliqadi;
  • jigʻildoni qaynab, koʻp kekiradi;
  • koʻkrak chuqurchasida noxushlik sezib, qorni dam boʻladi;
  • koʻngli ayniydi;
  • qabziyat (ich qotishi)dan qiynaladi.

Kasallik qoʻzgʻalganda esa bu alomatlar kuchayadi.

Tavsiya: bolani ertalab nonushta qilishga oʻrgating. Unga foydali (grechka, guruchli) boʻtqa tayyorlab berishdan erinmang. Bolaning portfelida doim qaynatib sovutilgan suv boʻlsin. Tanaffus paytida yeyishi uchun ham biror yegulik bering. Yegulik quruq pechenye yoki shokoladdan iborat boʻlmasin. Oʻquvchi farzandingizga olma yoki yogurt, pishloqli non, hech boʻlmaganda quritilgan meva berib yuboring.

Umurtqa pogʻonasi qiyshayishi (skolioz)

1-sinf oʻquvchilarining har uchtadan birida skolioz alomatlarini (yelka va qomati bukchaygan, boshi egilgan boʻladi, oyogʻini sudrab yuradi) koʻrish mumkin. Vaqt oʻtishi bilan bu muammo chuqurlashib boraveradi. Eng avvalo bolaga qomatini toʻgʻri tutishni oʻrgating: devorga suyanganda uning gardani, yelkalari, kurak suyagi, dumbasi va tovoni devorga tegib turishi kerak. Buning uchun koʻkrak kerish, boshni baland tutish talab etiladi. Bunday holatda turish albatta chiroyli, ammo bola shu tarzda yurishga ham oʻrganishi lozim. Mushaklar oʻrganmagani uchun bu avvaliga biroz qiyin kechishi mumkin, ammo farzandingizning umurtqa pogʻonasi haqida qaygʻursangiz, bolaga shunday yurishni oʻrgating. Aks holda, umurtqa pogʻonasida qiyshayish yuzaga keladi, ichki aʼzolarida oʻzgarish sodir boʻlib, eziladi. Bu esa koʻpgina kasalliklarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun koʻkrak qafasining orqa mushaklarini mustahkamlash lozim. Bu ayniqsa umurtqa pogʻonasi oʻsib borayotgan bolalar uchun muhim. Skolioz kasalligiga chalingan yoki moyilligi bor bolalarga suzish mashqlari tavsiya etiladi. Shuningdek, oʻquvchi bolaning suyaklari salomatligi uchun turli jismoniy mashqlar (ertalabki gimnastika) bilan shugʻullanish foydali.

Tavsiya: farzandingizning portfeliga ahamiyat bering. Uni iloji boricha yengillating. Bolaning maktab sumkasi ryukzak shaklida boʻlgani yaxshi. Dars tayyorlayotganida stuldan oyoqlari osilib turmasligi, suyanchigʻiga suyanib, tirsaklarini erkin ravishda stolga qoʻya olishi lozim. Shuningdek, bolaning taomnomasida kalsiyga boy (tvorog, pishloq) mahsulotlar boʻlishi zarur.

Kichkintoyning koʻzlarini asrang!

Maktab davri boshlangan ilk kezlarda oʻquvchi bolaning koʻzlari ancha toliqadi. Oʻqish, yozish kabi mashqlarning barchasi yaqin masofadan amalga oshiriladi. Shu sababdan miya koʻzlarga tushayotgan ogʻirlikni yengillatish uchun yaqindan koʻrishni osonlashtirib qoʻyadi. Natijada bola uzoqni yaxshi koʻra olmaydi. Bola maktabdan uyga qaytishi bilan televizor yoki kompyuter ekraniga tikilishi ham koʻzlar salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Tez-tez kasallanadigan bolalar uzoqni koʻra olmaslik dardiga koʻproq uchraydi.

Tavsiya: har kuni bolaga koʻz oʻtkirligi uchun mashq qilishni odat qildiring. Buning uchun oʻng va chap koʻz yordamida navbatma-navbat kitob oʻqish lozim. Kitobni jajji oʻquvchining qarshisiga tik holatda qoʻying. Bola harflarni bemalol koʻra oladigan 35 sm. uzoqlikda oʻtirsin. Oʻng koʻzini yopib, ikkinchi koʻzi bilan 10-15 daqiqa kitob oʻqiting. Soʻng chap koʻzi bilan ham xuddi shunday oʻqisin. Bunda koʻz mushaklari mustahkamlanadi, koʻrish oʻtkirlashadi. Shuningdek, bola tanaffus paytida, uyqu oldidan koʻzlarini yumib, koʻz soqqasini aylantirishi, harf yoki sonlarni “yozishi” mumkin. Bu ham koʻz mushaklarini baquvvatlashtiradi, qon aylanishini yaxshilaydi.

Bola kuniga 15 daqiqadan ortiq televizor koʻrmasligi, monitorga tikilib oʻtirmasligi kerak. Taomnomasida vitamin va antioksidantlarga boy mahsulotlar: yongʻoqlar, oʻsimlik yogʻlari, askorbin kislotali mevalar boʻlishi lozim.

Asabiylik

Bola injiq va asabiy boʻlib qolishining sababi tarbiyada yoʻl qoʻyilgan xatolar yoki kichkintoy tabiatidagi nuqsonlarga bogʻliq, deb hisoblanadi. Ammo bu har doim ham toʻgʻri boʻlib chiqavermaydi. Baʼzi hollarda bu bolaning ortiqcha charchayotgani, maktabdagi ruhiy siqilish daragi boʻlishi ham mumkin. Shuning uchun ota-ona oʻz farzandiga eʼtiborli boʻlishi, bola oʻzini qiynayotgan muammolar haqida ularga ayta bilishi lozim. Bolaning dars tayyorlashi va baholari bilangina emas, maktab hayoti haqida ham qiziqib koʻring.

Maktab nevrozlarining asosiy sabablari: ortiqcha toliqish, uyquga toʻymaslik, juda koʻp shugʻullanish, qoʻshimcha toʻgarak yoki darslarga qatnashi… Albatta, bolaning maktabda oʻqishi muhim, ammo bu salomatligiga zarar qilmaydigan tarzda amalga oshirilishi lozim.

Garri Potter sindromi

  • 1-sinfga borgan bolada oʻquv yili soʻngiga kelib, uzoqni koʻra olmaslik — miopiya kasalligi vujudga kelishi mumkin. Shuningdek, uzzukun kompyuterga tikilish, televizor koʻrish ham bu kasallikni keltirib chiqaradi.
  • Bu koʻz kasalligiga chalinishning yana bir xavfli davri — 11 yosh. Bolada oʻsmirlik davri boshlanadi, organizm faol ravishda oʻsa boshlaydi, tez charchaydi, darslar ogʻirlashib boradi. Natijada butun organizm, jumladan, koʻzlar ham stress holatiga tushadi.
  • Afsuski, miopiya kasalligidan butunlay qutulib boʻlmaydi. Tish va bodomsimon bez kasalliklari, immunitet pasayib ketishi miopiyaning rivojlanishiga olib keladi.
  • Bu kasallikka chalingan bolalarning koʻrish qobiliyatini 18 yoshdan soʻng jarrohlik yoʻli bilan toʻgʻirlash mumkin.
  • Bolalardagi koʻrish qobiliyatini koʻzoynak yoki linzalar yordamida saqlab turish kerak. Albatta maktab yoshidagi bolalar uchun linzaga nisbatan koʻzoynak taqish xavfsiz. Soʻnggi paytlarda bolalarning sevimli qahramoniga aylangan Garri Potter ham koʻzoynak taqqani sabab bolalar avvalgiday koʻzoynak taqishdan uyalmaydigan boʻlgan.
  • Tadqiqotlar natijasida kechki linzalar kashf qilingan. Bu linzalar miopiya rivojini sekinlashtiradi. Shuningdek, bola kompyuterda oʻtirganda maxsus nurfiltrli (antiblik) koʻzoynak taqishi, doimiy sport bilan (ogʻir atletika, boksdan tashqari) shugʻullanishi zarur. Bolani yilda bir marta mutaxassis shifokorga koʻrsating. Koʻzlarga dam berib, yuqorida koʻrsatilgan mashqlarni bajarishni kanda qilmang.

© Muhabbat Nasivaliyeva, pediatr.
"Sugʻdiyona" gazetasi.

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Bola necha yoshda gapiradi? "Tili chiqishi" kechikishiga sabablar nima?

Agar bola gapirishga shoshilmayotgan boʻlsa, uning otasi yoki onasi bolaligida necha yoshdan soʻzlay boshlaganiga qiziqish kerak. U jihat unga oʻz ota-onasidan meros boʻlgandir.

Ayrim onalar bolam 3-4 yosh boʻldi, hamon gapirmayapti, deb xavotirlanadi. Lekin mutaxassislarning aytishicha, hamma bolalar ham erta gapirmas ekan. Baʼzi bolalar (koʻpincha qizchalar) 1-2 yoshdan oʻnlab soʻzlarni burro aytadi. Ayrimlari esa ota-onalarni kuttirib, ancha vaqtgacha tilini qisib yuradi.

Kichkintoyning gapirishiga, xuddiki “katta boʻlishi”ga, ota-onalar shoshishadi va bola necha yoshda gapiradi, degan savollar ota-onalarning koʻpchiligini bezovta qila boshlaydi. Hattoki, bolaning gapirish vaqtiga yetmasdanoq, gapirmayotganini kasallikka mengzash holati ham uchrab turadi.

Bola tili chiqishi kechikishiga sabab boʻluvchi omillar turli-tuman. Muammoning yechimi har xil boʻlishi mumkin. Shu bois ota-onalarga bolalar shifokori Salomat Xoʻjaboyeva bilan suhbatlashib, ota-onalarga qiziq boʻlgan bir qator savollarga javob oldik.

bola tili chiqishi

Bolalarning tili chiqishi kechikishiga nimalar sababchi?

Bolalarda nutq rivojlanishdan ortda qolishiga bir qator jismoniy va ruhiy omillar sabab boʻladi. Ulardan baʼzilarini mustaqil ravishda bartaraf etsa boʻladi. Ayrim hollarda esa mutaxassisdan yordam soʻrashga toʻgʻri keladi. Bunda avvalo bolaning gapirishiga nima xalaqit berayotganini bilish juda muhim. Albatta, bunday muammoga duch kelinganda asosan malakali logoped-defektologlar yordam koʻrsatadi. Ota-ona bolani shifokorga olib kelganda koʻrik jarayonida nutq oʻsishiga toʻsiq boʻlayotgan sabab aniqlanadi va uni bartaraf qilish usullarini taklif etiladi. Bu muammoga quyidagilar sabab boʻlishi mumkin.

Individuallik

Shubhasiz har bir bola oʻziga xos tarzda rivojlanadi. Agar sizning farzandingiz qoʻshningizning bolasidan bir oy oldin yura boshlagan boʻlsa u qoʻshnining bolasidan ancha keyin gapirishni oʻrganishi mumkin. Bu xavotirga sabab boʻlmaydi. Bu uning rivojlanishidagi oʻziga xoslik bilan bogʻliq. Vaqti kelganda u ham boshqa bolalar kabi bemalol gapira boshlaydi.

Ehtiyoj yoʻqligi

Inglizlarda bir latifa bor: Bolakay bir necha yil davomida gapirmabdi. Ammo unga bemaza boʻtqani berishganda bundan norozi boʻlib gapirib yuboribdi. Bu voqelik haqiqatdan uzoq emas. Farzandiga keragidan ortiq gʻamxoʻrlik qiladigan ota-onalarning bolalari oʻz istaklarini soʻz bilan aytishga ehtiyoj sezmaydi. Eʼtibor bermaslik ham nutq rivojlanishiga turtki berishi mumkin.

Pedagogik eʼtiborsizlik

Bu bola bilan umuman shugʻullanmaslikni anglatadi. Chaqaloq tugʻilganidan eʼtiboran onasi va otasining, boshqa yaqinlarining muloyim soʻzlari qurshovida boʻlishi kerak. Agar ona goʻdakni toʻydirish va parvarishlash bilan cheklanib, u bilan muloqotni kam qilsa, gaplashilmasa qanday qilib nutq rivojlanishi mumkin? Bola bilan iloji boricha koʻproq gaplashish talab etiladi.

Oilada ikki tilda gaplashish

Bunday oiladagi bolalar ham koʻpincha tengdoshlaridan kech gapira boshlaydi. Buning oldini olish uchun bola tili chiqquncha u bilan bitta tilda, oson soʻzlar bilan gaplashish lozim.

Stresslar

Noqulay ruhiy muhit. Afsuski stress nafaqat kattalar, balki bolalar ruhiyatiga ham salbiy taʼsir koʻrsatadi. Qattiq qoʻrqish, oiladagi janjallar ham bola nutqining rivojlanishini kechiktirishi mumkin. Qattiq qoʻrqish, ruhiy shikastlanish duduqlanishga va ruhiy rivojlanishdan kechikishga olib keladi. Bunday kechikish bolalar psixologi yordamida bartaraf etiladi.

Boladagi negatizm (qaysarlik)

Baʼzi ota-onalar tezroq gapirtirish uchun jiddiy kirishadi va farzandining “jahlini” chiqarishadi. Ayniqsa kichikligidan qaysar bolalar ularning bu qiligʻi uchun ataylab gaplashmay qoʻyadi. Shuning uchun zoʻr berib bolani gapga solishga urinish ham yaxshi emas.

Genetik moyillik

Agar bola gapirishga shoshilmayotgan boʻlsa uning otasi yoki onasi bolaligida necha yoshdan soʻzlay boshlaganiga qiziqish kerak. U jihat unga oʻz ota-onasidan meros boʻlgandir. Bunday holatda vaqti kelganda bolaning oʻzi tengdoshlariga yetib oladi.

Tugʻruqning qiyinchilik bilan oʻtishi

Bolaning asab tizimi toʻgʻri shakllanishiga tugʻruq asoratlari ham sabab boʻladi. Bu holat chaqaloqligida nevropatolog koʻrigida aniqlanib, bolada nutq rivojlanadigan davrda yuzaga chiqadi. Bu nuqsonni tuzatish borasida logoped va defektologlar ishlaydi.

Eshitishdagi nuqsonlar

Soʻz boyligi koʻpayishi uchun bola atrofdagilarning soʻzlaganini eshitishi va qabul qilishi kerak. Agar umuman eshitmasa, albatta gapirishni ham oʻrganolmaydi. Bu tashxisni lor shifokor aniqlaydi va davo choralarini belgilaydi.

Artikulyatsiya nuqsonlari

Nutq apparati meʼyorida ishlasagina bola turli tovushlarni chiqaradi. Agar unda muammo mavjud boʻlsa bu albatta nutq rivojlanishida aks etadi. Mushaklar tonusi sustligi, til osti tugunchasi qisqaligi va boshqalar artikulyatsiyada qiyinchilik tugʻdiradi. Bunda bola qattiq ovqatlarni chaynay olmaydi, ogʻzini ochib yuradi, soʻlak koʻp oqadi. Bunday holatda nevrolog, nevropatolog, logoped-defektologlar yordam beradi.

Alaliya

Bu nutqning toʻla rivojlanmaganligi yoki umuman boʻlmasligi, fikrini bayon qilishdagi muammolar. Mazkur tashxis nutq markazlarining yetarli rivojlanmaganligini bildiradi. Homila ona qornida boʻlganda ayol yiqilishi yoki goʻdakligida jarohat olishi oqibatida bosh miyaga shikast yetib shunday asorat qolgan boʻlishi mumkin. Bu nuqson bir nechta shaklga ega: yengil va ogʻir (12 yoshda ham nutqning boʻlmasligi). Bu bilan bir vaqtda mayda va yirik motorikaning buzilishi kuzatilishi mumkin, masalan, bola bir oyogʻida uzoq turolmaydi. Bu nuqsonni mustaqil bartaraf qilib boʻlmaydi, bolani professional mutaxassis yordamida davolash, uning maslahatlariga amal qilish zarur.

Intellektual rivojlanishdagi muammolar

Nutq toʻgʻridan-toʻgʻri aqliy va ruhiy rivojlanish bilan bogʻliq. Turli genetik kasalliklar, autizm, daun sindromi, aqliy zaiflik, shubhasiz nutq rivojlanishiga taʼsir qiladi. Malakali mutaxassisning bola bilan tizimli ishlashi nutqni korreksiyalashga yordam beradi. Gaplashishni oʻrganishda bolaga yordam berish uchun kechikishning sababini bilish zarur. Bolaning tili chiqishi kechikkanda ota-ona farzandi mustaqil gapirib ketishini kutib yurmasdan u bilan faol shugʻullanishi kerak boʻladi. Logoped maslahatlari muammoni tezroq hal qilish imkonini beradi.

Normada bola necha yoshda gapiradi?

Chaqaloqlar ikki oyda tovush chiqaradi, 4-6 oylikda ilk boʻgʻinlarni aytsa bola nutqi rivojlanishi meʼyorida ekanini bildiradi. 10-11 oylikda odatda ilk soʻzlarni talaffuz qiladi, bir yoshda esa uning soʻz boyligi 5-10 soʻzdan, ikki yoshda esa 200-300 soʻzdan iborat boʻlishi kerak. Uch yoshda bola qoʻshma gaplarni tuza oladi va sheʼrlarni aytadi. Koʻpincha ota-onalar bolani birinchi marta logopedga uch yoshida olib kelishadi. Besh yoshda nutqni toʻgʻrilash qiyinroq kechadi. Yaxshi mutaxassis sizni nevrologga yuborishi mumkin.

Ota-onalar uchun foydali maslahatlar

Baʼzi bolalar juda imillagan, odamovi va ogʻir-bosiq boʻladi. Ular juda kichkinaligidanoq bolalarni uzoqdan kuzatishni yaxshi koʻradi. Bolalar bilan birga oʻynamaydi, toʻrt yoshga toʻlganda zoʻrgʻa gapirishni boshlaydi. Bunday tabiatli bolalarda kech gapirish atrofdagi muhit toʻgʻrisidagi tasavvurning kamligi va haddan tashqari tortinchoqlik shu tufayli paydo boʻladi. Bunday bola bilan koʻproq muloqotda boʻlish, birga qoʻshilib oʻynash, mehmonga, doʻkonlarga, jamoat joylariga birga olib yurish kerak.

Bolalar bogʻchasi uchun eng muvofiq yosh – 3 yosh.

Bolani koʻproq rivojlantiruvchi oʻyinlar bilan shugʻullantirish kerak. Buning uchun uyda har kuni 15-30 daqiqa shugʻullanish yetarli boʻladi. Va albatta ragʻbatlantiring. Baqirish bilan hech narsaga erisha olmaysiz.

Oʻz hissiyotlarini ifodalash juda muhim. Buning uchun timsoh tipidagi oʻyinlar mos keladi: qayerda qiliq qilish, qayerda mimika bilan ishlab oʻz ichki dunyosini tushuntirish. Oʻz hissiyotlaringizni koʻrsatishdan tortinmang.

Hech kimning gapiga quloq solmang, taqqoslamang va “mening bolam rivojlanmayapti yoki ruhiy noqismi” degan fikrni xayolingizga keltirmang. Mana koʻrasiz, u hammadan yaxshi bola boʻladi, bu sizning qoʻlingizdan keladi! Unga iloji boricha mehringizni bering, seving!

Gulshan suhbatlashdi.
Manzur.uz

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.