Homiladorlikda jinsiy aloqa qilish xavflimi? (Yangi koʻrsatmalar)

Homiladorlik ayollarda koʻplab javobsiz savollarga duch keladigan davr, desak mubolagʻa boʻlmas. Shunday savollardan biri “Homiladorlikda jinsiy aloqa qilish mumkinmi?“ degan soʻrovdir. Qisqacha qilib aytsak, homiladorlik paytida jinsiy aloqa qilish mumkin va xavfsiz1.

Foto: WebMD

Biroq bu masalada, ginekolog shifokoringiz bilan individual maslahatlashishingizni tavsiya qilamiz chunki, sizda homila tushishiga xavf yuqori boʻlsa, homiladorlikning ilk trimestrida jinsiy aloqada boʻlmaslik lozim. 

Homiladorlik paytida jinsiy aloqa homilaga zarar yetkazishi mumkinmi?

Agar sizning shifokoringiz homiladorlik paytida jinsiy aloqada boʻlish uchun ruxsat bergan boʻlsa, unda bu juda xavfsizdir. Chunki homila yoʻldosh, amniotik suyuqlik va bachadon bilan ishonchli himoyalangan, qin tomonidan esa bachadon boʻyni shilliq tiqin bilan yopilgan. Agar sizning yaqinlik harakatlaringiz goʻdakning boshiga yoki tanasiga tegishi mumkinligidan xavotirda boʻlsangiz, keling, qoʻrquvingizni aritaylik: chaqalogʻingiz asosiy voqea sodir boʻladigan joyga yaqin joylashmagan.

Homiladorlik vaqtida jinsiy aloqaning qanday afzalliklari bor?

  • Turmush oʻrtoq, sevikli yor bilan oʻzaro yaqinlik bu bir-biringizni chuqurroq his qilish va anglash uchun ajib palla ham psixologik koʻmak davri hisoblanadi.
  • Orgazm oksitotsin gormonining ishlab chiqarilishiga turtki boʻlganligi sababli, ular bel ogʻrigʻi va homiladorlik bilan bogʻliq boshqa ogʻriqlarni kamaytirishi aniqlangan.
  • Homiladorlikda jinsiy aloqa nafaqat rohatlanishga yordam beradi balki, turli hissiyot gormonlarini ham ishlab chiqarilishiga sabab boʻladi. Natijada, homiladorlikda uyqu hamda kayfiyat yaxshilanadi. 
  • Agar bachadon va homila tugʻruqqa tayyor boʻlishsa hamda tugʻilish muddati kelib boʻlgan yoki oʻtib ketgan boʻlsa, shifokorlar boʻlajak ota-onalarga bolani tugʻilishini ragʻbatlantirish uchun jinsiy aloqa qilishni maslahat berishadi. Chunki, spermada bachadon boʻyni yetilishi uchun zarur boʻlgan maxsus moddalar — prostaglandinlar mavjud. Ular taʼsirida bachadon boʻyni yumshaydi va biroz ochiladi.
  • Bu sizning tugʻruqdan keyingi tiklanishingizni yengillashtirishi mumkin. Homiladorlik jinsiy aloqasi tos aʼzolari tonusini oshirishi sababli, siz tanangizni tugʻish uchun ham, tiklanish uchun ham tayyorlaysiz. Bundan tashqari, tosh mushaklarini “Kegel mashqlari” orqali ham mustahkamlashingiz hamda tugʻruq jarayonining oson oʻtishiga oldindan tayyorlanib borishingiz mumkin. 
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Sochlarning to‘kilishi, "gullashi" va qazg‘oqqa qarshi!

Homiladorlikda jinsiy aloqa qilish homila tushishiga sabab boʻladimi?

Jinsiy aloqa homila tushishiga olib kelmaydi. Homilaning tushishi koʻpincha homila normal rivojlanmaganligidan kelib chiqadi. 
Yuqorida taʼkidlanganidek, homiladorlik vaqtida jinsiy aloqa hattoki, tugʻruq jarayonining yengil kechishiga ham yordam berishi mumkin.

Homiladorlik paytida jinsiy aloqadan keyin qon ketishi normal holatmi?

Bachadonga kelayotgan qon hajmining ortishi hisobiga homiladorlikda jinsiy aloqadan soʻng, baʼzida oz miqdorda qonli ajralmalar kelishi mumkin. Lekin ajralmalar muntazam va koʻp miqdorda kelsa, albatta shifokoringiz koʻrigiga borishingiz, ungacha esa, jinsiy yaqinlikdan asranishingiz lozim.

Jinsiy aloqada ogʻriq sezilsa yoki tezda susaymaydigan ogʻriqli xurujlar kuzatilsa, amniotik suyuqlik oqib chiqsa, darhol ginekologga murojaat qiling.

Homiladorlik paytida ayolning jinsiy maylida oʻzgarishlar boʻladimi?

Homiladorlik paytida ayolning jinsiy mayli haqida oldindan biror narsa deyish qiyin. Chunki, gormonlardagi oʻzgarishlarga bogʻliq holda u pasayishi yoki ortishi mumkin. Albatta, homilador ayolning jinsiy xatti-harakatlari asosan jinsiy hayotning avvalgi faolligi, jinsiy hayotning xususiyatlari, jinsiy hamrohning xatti-harakatlariga ham koʻp jihatdan bogʻliq.

Baʼzi homilador ayollarda ushbu davrda estrogen darajasi yuqori boʻlganligi sababli, jinsiy aloqaga boʻlgan maylning kuchayganligini kuzatish mumkin. Aynan shu gormonlar darajasining ortishi ayolni iliqlik, mehr-muhabbat, erkalashlarni izlashga undaydi, shuning uchun boʻlajak onalarning shahvoniy istagi tez-tez koʻtarilib, rang-barang erotik tushlarni koʻradi.

Ammo homiladorlikda jinsiy aloqaga boʻlgan maylning pasayishi ham odatiy holdir va bundan tashvishlanishga hojat yoʻq. Shuning uchun ham oʻz xohish-istaklaringizni juftingiz bilan muhokama qilishga tortinmang.

Jinsiy aloqa muddatidan oldin tugʻilishga olib kelishi mumkinmi?

Shifokoringiz sizda erta tugʻilish xavfi yuqori yoki yoʻldosh bilan bogʻliq muammolar mavjudligini aytib ogohlantirmasa, ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilgan aloqalar bevosita erta tugʻilishiga olib kelmaydi. Orgazm bachadonni qisqarishiga sabab boʻlsa-da, bu tugʻruqni qoʻzgʻatmaydi.

Homiladorlikda jinsiy aloqa usullari yoki qanday pozitsiyalar tavsiya etiladi?

Homiladorlik paytida oʻzingizni har qanday holatda ham qulay his qilmasligingiz mumkin, bu esa sizning yangi pozitsiyalarni sinab koʻrishingiz kerak degani. Shuningdek, ikkinchi trimestrga qadar qoringa bosim beradigan yoki sizni uzoq vaqt orqa tomon bilan yotishga undaydigan pozitsiyalar bilan shugʻullanmaslik maqsadga muvofiq. Agar ayol chalqancha yotgan boʻlsa, pastki kovak vena siqilishi hisobiga ona va bolada kislorod yetishmovchiligi yuz beradi. Tizza-tirsak holatida ham umurtqaga yuk tushishi sababli unchalik qulay emas. 

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Teridagi chandiq va dog‘larni ketqazish usullari

Homilador ayol uchun eng yaxshi pozitsiyalar bu: yon tomonga yotgan holat hamda ayolning tepada qorin va umurtqaga hech qanday bosim oʻtqazmay aloqada boʻlishi. Albatta, bunda turli xavfli holatlarning oldini olish maqsadida noziklikni unutmaslik lozim.

Qanday vaqtlarda jinsiy aloqadan cheklanish kerak?

Homilador ayolning holatiga qarab, shifokor homiladorlikda jinsiy aloqa uchun cheklovlar qoʻyishi mumkin. Bu kabi cheklovlarning qoʻyilishiga keng tarqalgan sabablar quyidagilardan iborat:

  • Agar ayolda bundan oldingi homiladorlik homila tushishi, muddatidan oldin tugʻish, yoʻldosh ajralishi bilan yakunlangan boʻlsa;
  • Agar yoʻldoshning notoʻgʻri joylashuvi aniqlansa;
  • Muddatidan oldin tugʻish xavfi mavjud boʻlsa;
  • Qindan suyuq oq rang, qon yoki boshqa ajralmalar muntazam chiqayotgan boʻlsa;
  • Bachadon boʻyni rivojlanmagan yoki muddatidan oldin qisqargan boʻlsa;
  • Agar ayol egizaklarga homilador boʻlsa;
  • Jinsiy infeksiyalar aniqlangan yoki ularga qarshi muolajalar olinayotgan boʻlsa;
  • Ayol aloqaga kirishishni istamasa, jinsiy aloqaga kirishmaslik tavsiya etiladi.

Albatta, bu masalada ginekolog shifokoringiz bilan maslahatlashishingiz va batafsil maʼlumot olishingiz maqsadga muvofiqdir.

Homiladorlikning 38 haftasi jinsiy aloqa qilish uchun xavfsizmi?

Yuqorida aytib oʻtganimizdek, agar shifokoringiz tomonidan qarshi koʻrsatmalar mavjud boʻlmasa, hamda cheklov tayinlanmagan boʻlsa, 38-hafta yoki undan soʻng ham jinsiy aloqada boʻlish mumkin va bu xavfsizdir. Bu davrdagi yaqinlik sizga oʻzingizni yanada erkin his qilishingizga, uyquni yaxshilashga va hatto homiladorlik bilan bogʻliq baʼzi noqulayliklarni vaqtincha yengillashtirishga yordam berishi mumkin.

Trimestrlarga bogʻliq oʻziga xosliklar nimalardan iborat?

Homiladorlikning ilk uchoyligida toksikoz, baʼzi hidlarni yoqtirmaslik, taʼmga boʻlgan oʻzgarishlar paydo boʻladi. Bundan tashqari, koʻpincha dastlabki haftalarda gormonal oʻzgarishlar tufayli, koʻp hollarda kundalik turmush vaziyatlariga ham noodatiy javob beradilar. Ayni vaqtda boʻlajak onaning jinsiy mayli ham koʻpincha pasayadi. Baʼzilarda esa, aksincha jinsiy xohishning ortishi ham kuzatilishi mumkin va bu ham tabiiy holat.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Homiladorlik taqvimi: 5-hafta

Ikkinchi trimestrga kelib, koʻpgina muammolardan holi, organizm ham yangi bosqichga ancha moslashgan holatga keladi. Ushbu davr jinsiy munosabatlar uchun ham eng yorqin palla hisoblanadi. Ikkinchi trimestrda biroz kattalashib qolgan qorinning hisobiga, qulay pozitsiyani topish uchun juftliklardan izlanish ham talab qilinadi.

Homiladorlikning soʻngi uchoyligida, jinsiy aloqa vaqtida biroz qonli dogʻlar kuzatilishi mumkin. Va bu, yuqorida aytib oʻtganimizdek, oddiy holdir. Bundan tashqari, aloqa vaqtida koʻkraklardan suyuqlik oqishi kuzatilishi ham mumkin. Ajralgan suyuqlik — ogʻiz suti boʻlishi mumkin. Bu organizmning boʻlajak onalik sari tayyorlanayotganligidan dalolat beradi. Albatta, yuqoridagi holatlarga aniqlik kiritish, homiladorlikda jinsiy aloqa siz uchun xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilish uchun shifokoringiz bilan ham maslahatlashishingizni tavsiya etamiz. 

Xoʻsh, bu masalaga muqaddas islom dinimiz qanday javob bor dersiz? Quyida “Zikr ahlidan soʻrang” hayʼati tomonidan foydalanuvchining ushbu mazmundagi savoliga berilgan javobni ham havola qilamiz.

— Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ayolni homiladorlik vaqtida necha oyligidan soʻng jinsiy yaqinlik qilish mumkin emas? Javobingiz uchun oldindan rahmat.

— Va alaykum assalom! Tugʻganidan keyin. Chunki u vaqtda nifos koʻrgan boʻladi. Ungacha tibbiyot nuqtayi nazaridan koʻproq yaqinlik qilish bolani shakllanishi va tugʻilishiga foydali boʻladi. Chunki Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bir hadislarida homilador ayolga yaqinlik qilishni ekinga suv quyish deb taʼbir berganlar. Jismoniy qiyinchilik boʻlsa boshqa gap. Vallohi aʼlam!

Zikr ahlidan soʻrang


Homiladorlik davridagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, foydali maslahat va tavsiyalardan koʻproq bahramand boʻlishni istasangiz, homilador ayollar uchun moʻljallangan “Lalu - Homiladorlik maktabi” mobil ilovasini telefoningizga oʻrnatib olishingizni maslahat beramiz.

Bu ilova homiladorlik uchun zarur boʻlgan, homiladorlik kalendari, ratsional ovqatlanish, homilaning oʻlchamlari va embrionning haftalik rivojlanish illyustratsiyalari, Kegel mashqi va boshqa koʻplab muhim imkoniyatlarga ega.

Hoziroq bepul yuklab oling

Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!


Yuklanmoqda...

Tegishli maqolalar

70 ta izoh

  1. Ассалому алайкум хозир тугурикдан сунг йулдош тушиши билан спирал куйилмокда бу согликка зарар эмасми жавобиз учун олдиндан рахмат.

  2. Hayz davrida aloqada bo’lganda homilador bo’lish mumkinmi uni qanday aniqlasa bo’ladi? Meni hayz davrim sikli buzilgandi bir kelib bir to’xtab shu orada erim bn aloqada bo’lgandik keyin men chet davlatga ketdim hayzmi yoki boshqa narsami tushunmay qoldim juda uzoq davom etdi bir to’xtaganday bo’ladi yana bir keladi yana juda badbo’y xidli edi. Bu narsa tugaganiga 2 hafta bo’ldi, endi esa menda ko’ngil aynishi har xil xidlarga o’zimni yomon his qiladigan bo’lebman homilador bo’lgan bo’lishim mumkinmi? Iltimos to’liqroq javob bersangiz

  3. Asalomu alekum menda bir tushunarsiz xolat bulayabdi sipiralimni oldirganimdan keyingi oy hayz kurishim ancha kechikyapti oldingi hayz davridan 35 kun utib jinsiy aloqa qildim quruq ham homilador bulishim mumkunmi bunga 3 kun buldi lekin testda chiqmadi.

  4. Salom meni
    1-Ayolim 5 oylik Homilador bu vaqtda jinsiy aloqada bo’lish qanday holatlarga olip kelishi mumkin
    2- Homiladorlik vaqtida har ikkalamizda ham har kunlik jinsiy aloqa muntazam bo’lip kelyapdi hozircha hech qanday salbiy asorat kuzatilmadi bu keyanchalik o’zgarishlarga sabab bo’lishi yoki bolaga biron noxushlik tug’dirishi mumkinmi??? Iltimos iloji bo’lsa to’liqroq javob bersanggiz javobiz uchin oldindan raxmat

  5. Salom. Bizda savol bor. Test natijasi homiladorlikni korsatdi. Taxminimcha, 3 haftalik. Jinsiy aloqaga moyilligim pasaydi va og’ riq paydo bo’lyabdi. Biz qanday yo’l tutishimiz zarur? Javob uchun raxmat!

    1. UZI orqali homila rivojlanayotganiga aniqlik kiritib, homilaning normal rivojlanishi uchun sog’lom ovqatlanib, turli infeksion kasallik o’choqlaridan, stressdan o’zingizni asrang. Va ginekolog qabulida bo’lib turing.

  6. assalimu alekum savolim; menda xayzdan keyin oradan xafta otib jinsi olaqada bolgan vaqtimda qan ketyabdi bu xolat xar jinsi olaqadan keyin emas xar ikki kun dan bolyabdi. sababini aytsanggiz javob uchun oldindan raxmat

    1. Savolingizni aniq tushinmadik, lekin taxmin qilishimizcha, jinsiy a’zoda yengil shikastlanish bo’lishi mumkin. Vrach ginekologga ko’rining! Turli ko’rinishlardagi qon ketishlarga jiddiy va e’tiborliroq bo’lishingizni hamda befarq qoldirmasligingizni so’raymiz. Salomat bo’ling.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button