«Qizimga skolioz tashxisini qo‘yishdi… Kelajakda homilador bo‘la oladimi?»
— 17 yoshli qizimga shifokorlar skolioz tashxisini qo‘yishgan. Oxirgi 5-6 yil ichida tinmay davolatdik: massaj, gimnastika, parafin muolajalari… Suzish va raqs mashg‘ulotlariga ham qatnadi. Raqs maktabidagi mashg‘ulotlardan so‘ng ahvoli ancha yaxshilangandi. Biroq hozir yana avvalgi holatga qaytganday. Eshitishimcha, skoliozni uzoq muddat davolash kerak ekan. Qizimning yoshi esa katta bo‘layapti, xavotirdaman...
Umurtqa pog‘onasining qiyshayishi
Bunga normal umurtqa pog‘onasi shaklining o‘zgarishi sabab bo‘ladi. Bunda 3 xil ko‘rinishi mavjud bo‘lib, skolioz (yonga), lordoz (oldiga) va kifoz (orqaga) qiyshayishi bilan farqlanadi. Skoliozda umurtqa pog‘onasining chap yoki o‘ngga qiyshayishi kuzatiladi.
Skolioz turlari
- Idiopatik skolioz (kasallikning noaniq ko‘rinishi);
- tug‘ma skolioz (rivojlanish jarayonida yuzaga keladigan holatlar asosida);
- bolalikdagi raxit kasalligining asorati natijasida.
- Mushaklar va asab tizimi kasalliklari;
- bolaning kichikligida suyaklardagi raxit xastaligi;
- umurtqa pog‘onasining rivojlanish jarayonidagi tug‘ma nuqsonlar;
- mushaklarning bo‘shligi, gavdani noto‘g‘ri tutish;
- jismoniy rivojlanishning sustligi va organizmga kerakli moddalar yetishmasligi;
- orttirilgan turli jarohatlar.
- Dori preparatlari (organizm uchun kerakli bo‘lgan kalsiy, suyak mustahkamligini ta’minlovchi moddalar);
- fizioterapiya (massaj, davolash gimnastikasi, suzish, raqs...);
- umurtqa pog‘onasini tortish (qo‘ltiq tagiga maxsus tasma o‘tkazilib, umurtqa pog‘onasi tortiladi);
- jarrohlik muolajalari (odatda operatsiya 3-4-darajada o‘tkazilib, umurtqa suyaklari orasiga maxsus disk qo‘yiladi);
- Bolaning bir yelkasi ikkinchisidan balandroq bo‘lsa;
- yelka kuragining ko‘rinishi turlicha bo‘lsa;
- oldinga engashganda umurtqa suyaklarining qiyshiqligi ko‘rinsa;
- bir oyog‘ining uzunligi ikkinchisidan farqlansa;
- harakatlanishda oqsash, bir yonga engashish kabi holatlar kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat eting.
- Oyoq uchida turib, ikkala qo‘l yuqori ko‘tariladi. Barmoqlarni bir-biriga tekkizib, tana bilan birga aylanish lozim.
- Oyoqni yelka kengligiga moslab, qo‘llar ikki yonga tushiriladi. So‘ng bir qo‘lni gavda bo‘ylab yelka tomon ko‘taring-da, tanani qarama-qarshi tomonga engashtiring. Ikkinchi qo‘lni oyoq bo‘ylab pastga tushirib, shu zaylda ikkinchi tomonga engashing.
- Yuztuban yotib, ikki qo‘lni qanot qilib yozing-da, orqaga engashing.
- Cho‘kka tushib, qo‘lga tiraling, bir qo‘lni ko‘tarib, unga qarama-qarshi tomondagi oyoqni orqaga cho‘zing. Keyin asta dastlabki holatga qayting. Oyoq-qo‘l holatini galma-gal o‘zgartirib, mashqni bir necha marta takrorlang.
- Dam o‘ng, dam chap qo‘lni cho‘zib, oyoqni galma-gal uzaytirib emaklang.
- Yuzni umurtqa pog‘onasining qiyshaygan tarafiga qaratib, qiya o‘rindiqqa o‘tirib, bir qo‘lni belga, ikkinchisi ensaga qo‘ying. Mazkur mashqni 2-3 marta takrorlang. Mashqlarning davomiyligi muolaja uchun juda muhimdir.
Pirimqul NAZIROV, tibbiyot fanlari nomzodi, professor Dildora YUSUFBЕKOVA, nashrga tayyorlovchi. "Sug‘diyona" gazetasi.
Mavzuga aloqador maqola: Skolioz (Mutaxassis bilan suhabat)
Ushbu maqolani ham o'qing:
Ortiqcha vaznni yashirishning 5 usuli