Tozalik — salomatlik garovi. Barchamizga ma’lumki, inson terisi va shilliq qavatlar organizmni
xavfli infeksiyalar hamda kasallik tug‘diruvchi bakteriyalardan himoya qiladi. Jinsiy a’zolardagi shilliq qavat ham jinsiy a’zolarni kasallanishdan asraydi. Jinsiy a’zolar gigiyenasi haqida gapirganda, aksariyat ayollar uning talablari va ko‘rsatmalaridan ko‘p ham boxabar emasliklari seziladi. Sog‘lom turmush tarzini rejalashtirgan har bir ayol jinsiy a’zolarni doimo to‘g‘ri parvarishlash va ozoda saqlashni bilishi foydadan xoli bo‘lmaydi.
Tug‘urukdan keyin qorinni yo‘qotishni istasangiz…
«Tug‘urukdan keyin qorin osilib qolmasiligi uchun nima qilishim kerak?» — Tuqqan ayol terisi maksimal darajada cho‘ziladi va ma’lum vaqtgacha o‘z holatiga qaytishi qiyin kechadi. Tug‘uruqdan keyin qorin osilib qolmasligi uchun uni katta hajmli doka yoki choyshab yordamida tortib bog‘lash tavsiya etiladi. Faqat bu muolajani tug‘urukdan so‘ng ertasiga amalga oshirish lozim.Tuqqandan 5-6 oy o‘tib qorinni bog‘lashning foydasi yo‘q.MAXSUS KO‘RSATMALAR
Ayol jinsiy a’zolari, qin ichki qavati 90 foiz foydali lakto bakteriyalardan iborat kislotali muhit bo‘lib, bu muhit har qanday bakteriyami yemirish, kuchsizlantirish xususiyatiga ega. Aksariyat ayollar bundan bexabarliklari uchunmi, jinsiy a’zolar tozaligida, asosan, oddiygina sovundan foydalanishadi. O‘z navbatida, oddiy sovundan jinsiy a’zolar parvarishida foydalanish umuman noto‘g‘ridir. Negaki uning tarkibida ishqor mavjud bo‘lib, qin devori ta’sirlanishiga olib keladi. Bu esa qin ichida kislotali muhitning kamayishi va zararli bakteriyalarning ko‘payishiga olib keladi. Xususan, qin shilliq qavatida laktobakteriyalarning kamayishi qin disbakterioziga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham jinsiy a’zolarni parvarishlashda, oddiy kundalikda ishlatiladigan sovunlardan emas, maxsus tarkibida laktobakteriya saqpovchi vositalardan foydalangan ma’qul.- Inson o‘z tanasini toza saqlashda, istasa, har kuni yoki kun ora cho‘milishi mumkin.
Feruza Qurbanova, ginekolog.
«Tibbiyot. Медицина. Medicine» guruhi.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Skolioz bo‘lgan qiz homilador bo‘la oladimi?