3.4
(9)

Nefritmi yoki glomerulonefrit?

Buyrakning yallig‘lanishidan kelib chiqadigan nefrit (yoki glomerulonefrit) da asosan buyrak koptokchalarining tomirlari ham zararlanadi. Kasallik ko‘pincha angina yoki streptokokklar qo‘zg‘atuvchi yuqori nafas yo‘llari xastaligidan keyin yuzaga keladi. Ba’zida o‘pka yallig‘lanishi, difteriya, toshmali terlama yoki ich terlama, qattiq sovqotish ham nefritga sabab bo‘lishi mumkin.

Glomerulonefrit xastaligi haqida ushbu maqola orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin: Glomerulonefrit — sabablar, davolash va oldini olish

Nefroptoz yoxud buyrak tushishi

Nefroptoz – buyrakning tushishi (ya’ni, o‘z o‘rnidan pastga siljishi) demakdir. Tug‘ma nefroptoz buyrakni ushlab turuvchi boylamlarning nimjonligi oqibatida kelib chiqsa, orttirilgan nefroptoz esa shikastlanish, ba’zan qisqa fursatda juda oriqlab ketish natijasida yoki homiladorlikdan so‘ng qorin devori mushaklarining kuchsizlanishi oqibatida kelib chiqadi. Dastlabki bosqichda buyrakning pastki qismi qo‘lga ilinsa (sog‘ odamda buyrak qo‘lga unnamaydi), ikkinchi bosqichda buyrak to‘liq suriladi, uchinchi bosqichda har tomonga suriladigan bo‘lib qoladi. Nefroptozning boshlang‘ich davrida bemor deyarli hech narsa sezmasligi mumkin. Faqat vaqti-vaqti bilan (ayniqsa ko‘p yurib yoki chopib kelgandan so‘ng) buyrak, qorin, kindik sohasida belga yo qovuqqa beriladigan og‘riq paydo bo‘ladi.

Foto: etopochki.ru

Keyinchalik buyrak tomirlari ko‘proq cho‘zilib, torayib boradi. Oqibatda buyrakning qon bilan ta’minlanishi yomonlashadi. Endi bemor nafaqat og‘riqning zo‘rayganidan, balki uning qayta-qayta (hatto buyrak sanchig‘i darajasida) bezovta qilishidan va peshob rangining o‘zgarganidan shikoyat qila boshlaydi. Peshob tahlil qilinganda esa oqsil va eritrotsitlarning ko‘paygani aniqlanadi. Xastalikning uchinchi bosqichi nefrogen gipertoniya (buyrak xastaligi oqibatida qon bosimining ko‘tarilishi) va qonli peshob kabi asoratlar bilan kechadi.

Nefroptozni davolash konservativ (operatsiyasiz) va operativ usulda olib boriladi. Konservativ usul deganda asosan bandaj taqish, qorin devorini mustahkamlash va qorin bo‘shlig‘i bosimini oshirish yo‘li buyrakni o‘z holiga keltirish ko‘zda tutiladi. Bandaj qorin pastidan tepaga qarab o‘ralishi, qorin devorini bir tekis siqib turishi, uni ertalab yotgan holda qo‘yilishi, kechqurun uyqudan oldin yechilishi kerak. Bandajdan uzoq muddat foydalanish qorin devori mushaklarining kuchsizlanishiga olib keladi. Davolash maqsadidagi jismoniy mashqlar, ertalabki badantarbiya, suzish juda foydali.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Uretrit - siydik yo'llari shamollashi sabablari, turlari va davolash

Operatsiya usuli (nefropeksiya)da esa tushgan buyrak o‘z o‘rniga qo‘yiladi va yana tushmaydigan qilib mustahkamlanadi. Bu usul nefroptozning asoratlari yuzaga kelmasdan ilgari amalga oshirilsa, ko‘proq samara beradi.

Piyelonefrit kasalligi

Piyelonefrit (buyrak jomining yallig‘lanishi) kasalligidir. Et uvishishi, tirab-qaqshash, tana haroratining keskin ko‘tarilishi, qattiq terlash, belning bir tomonida yoki umurtqa pog‘onasining ikki yonida og‘riq turishi, ko‘ngil aynashi, qayt qilish, og‘iz qurishi, mushaklarning bezillab og‘rishi singari nohush holatlar piyelonefritga xos belgilar sanaladi. Bunda bemorning buyragidan siydik ajralishi qiyinlashadi. Peshob tekshirilganda unda leykotsitlar va mikroblar ko‘pligi aniqlanadi.

Shuni aytish kerakki, surunkali piyelonefrit yillar davomida hech qanday belgisiz kechishi ham mumkin, u faqat siydikni tekshirish yo‘li bilangina aniqlanadi. Belning bir oz og‘rib turishi, sal isitma chiqishi va bosh og‘rig‘i unchalik kuchli bo‘lmagani uchun bemor do‘xtirga ko‘rinmasdan yuraveradi. Lekin surunkali piyelonefrit vaqti-vaqti bilan kuchayib boradi, bunda albatta tegishli muolaja olish zarur. Aks holda buyrakning siydik ajratish fuyeksiyasi o‘zgaradi, buyrak to‘qimasi ishi ham asta-sekin izdan chiqadi. Natijada tana azotli chiqindilar bilan zaharlanadi.

Piyelonefrit haqida ushbu maqola orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin: Piyelonefrit kasalligi klinik belgilari, tashxislash va davolash usullari

Buyrak-tosh kasalliklari

Buyrak toshlari joylashishiga va hajmiga qarab turlicha bo‘ladi. Masalan, urat, oksalat, fosfat toshlari siydikda shovul kislotaning ko‘payib ketishi natijasida cho‘kmalar paydo bo‘lishidank so‘ng kelib chiqadi. Kalsiy tuzining siydikdan ko‘p ajralib chiqishi oqibatida ham tosh hosil bo‘ladi. Xastalikning bu turini davolash uchun parhezga qat’iy rioya qilish kerak. Tarkibida shovul kislota hamda tarkibida tuzlar mavjud bo‘lgan mahsulotlar (masalan, shovul, ismaloq, lavlagi, kartoshka, anjtr, olxo‘ri, qulupnay, kakao, shokolad, qora choy)ni iste’mol qilmagan ma’qul. Aksincha, magniyga boy mahsulotlar(masalan, na’matak, yong‘oq, sabzi, o‘rik, grechixa, arpa, kashnich)ni ko‘proq iste’mol qilish lozim. Bular organizmda oksalat toshlari hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Umumiy siydik tahlili me'yoriy ko'rsatkichlari va o'zgarish sabablari

Buyrak toshi kasalligi bor bemor semirib ketishdan saqlanishi, jismoniy harakatda bo‘lishi, hamir ovqatlar, non, shakarni iloji boricha kam yeyishi kerak. Qon-tomir, yurak hastaligi bo‘lmasa, bir kunda ikki litrgacha suyuqlik ichishi mumkin. Chunki suyuqlik toshlarni yuvadi. Spirtli ichimliklar ichish aslo mumkin emas. Ichkilik organizmdagi tuzlarning erishiga to‘sqinlik qiladi. Bemor shifokor belgilab bergan parhezga qattiq rioya qilishi zarur.

Buyrak-tosh kasalligi haqida ushbu maqola orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin:  Buyrak-tosh kasalligi: sabablari, belgilar, davolash usuli

© Nozima Bobojonova, nefrolog shifokor.
Darakchi.uz

Prostata uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Vitaprostdir.

Vitaprost® prostata beziga organotrop ta’sirga ega. Prostata bezini shishi, leykositar infil’tratsiyani kamaytiradi, epitelial xujayralarining sekretor faolligini normallashtiradi, asinuslar shirasidagi lesitin zarrachalari sonini oshiradi, qovuqning mushak tonusini rag‘batlantiradi. Tromblar hosil bo‘lishini kamaytirishi, antiagregant faolligi hisobiga prostata bezida mikrosirkulyasiyani yaxshilaydi, prostata bezida venulalar trombozini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.

Rektal suppozitoriylar 10 mg. 5 suppozitoriy polivinilxlorid plyonka yoki polietilen bilan laminirlangan polivinilxlorid plyonka kontur uyali o‘ramda. Bir yoki ikki kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/uz/product/vitaprost