Klimaks — yangicha hayot

Klimaks o‘zi nima?

Klimakteriy (klimaks, klimakterik davr) – bu ayollar hayotida har xil tarzda kechadigan fiziologik davrdir. Bu davrda ayollar gormoni-estrogenlar miqdori pasayib, reproduktiv tizim faoliyatining susayishi sodir bo‘ladi natijada hayz ko‘rish sikli to‘xtaydi va bu davr 40-55 yoshlarga to‘g‘ri keladi.

klimaks

Klimakteriy qanday alomatlari bilan namoyon bo‘ladi?

Klimakteriyning alomatlari turli-tuman belgilar yoki belgilar yig‘indisi bo‘lishi mumkin. Bularga qon quyilishi, tungi terlash, yurakning tez-tez urishi, uyqusizlik, vahimali tush ko‘rish, oyoq qo‘llarning uvishishi, sanchib og‘rishi, tananing va muskullarning zirqirab og‘rishi, bosh og‘rig‘i va aylanishi, kayfiyatning birdaniga o‘zgarishi, asabiylashish, tushkunlik, tez charchash, etning junjikishi, nafas qisishi, havo yetishmasligi, og‘iz qurishi va lovullashi, turli xil noxush ta’m sezgisi, unutuvchanlik boshqalar kiradi. Ba’zi ayollarda bunday alomatlarning birortasi ham paydo bo‘lmaydi. Lekin 75 foiz ayollarda bu alomatlarning bittasi yoki bir nechtasi uchrashi mumkin. Bu alomatlar butunlay meyoriy holat hisoblanadi.

Klimakterik davr qancha davom etadi?

Klimakterik davrning yengil va fiziologik kechishi avvalo ayol kishining o‘ziga bog‘liq. Qolaversa, oila a’zolarining qo‘llab-quvvatlashi, oiladagi sog‘lom muhit, atrofdagilarning mehr ko‘rsatishi bu davrning yengil va qisqa muddatli davom etishiga yordam beradi. Bu davr 50 foiz ayollarda bir yilgacha, 25 foiz ayollarda 2-3 yil, 20 foiz ayollarda 5-10-20 yilgacha, 5 foiz ayollarda esa umrining oxirigacha davom etadi.

Klimakterik davrda ayollarning tashqi ko‘rinishlarida, sog‘lig‘ida, hayotga bo‘lgan qiziqishlarida sezilarli o‘zgarishlar bo‘ladi. Organizm 20-30 yil avvalgiga qaraganda boshqacha tarzda ishlaydi. Ba’zi ayollarda yuzlarida ajinlar paydo bo‘lishi, so‘niq nigohlar, atrofdagi voqea-hodisalarga qiziqishning yo‘qolishi kuzatilsa, ba’zi ayollarda esa hayotga bo‘lgan munosabatlari umuman o‘zgarmaydi, ulardagi zehn o‘tkirligi, aqlning sinchkovligi, jozibali nigohlari saqlanib qoladi. Yillar davomida yig‘ilgan o‘rnak bo‘larli hayotiy tajribalari, fikrlash doiralari ortib boraveradi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Qin disbakteriozi

Klimakterik sindrom nima?

Klimakterik sindrom – klimakterik davrni boshidan kechirayotgan ayollardagi patologik holat bo‘lib, bunda nerv-psixik, vegetativ qon tomir va modda almashinuvi buzilishlari bilan namoyon bo‘ladi.
Bu holatning boshlanishi va xarakteriga qarab 3 guruhga bo‘linadi.

Erta alomatlar

Vazomotor – qizishning ortib borishi, ter quyilishi, bosh og‘rig‘i, titrash, yurakning tez-tez urishi.
Psixoemotsional – asabiylashish, seruyqulik, holsizlik, bezovtalanish, depressiya, libidoning pasayishi, yomon uxlash, vahimali tushlar ko‘rish.

O‘rta davr alomatlari

Urogenital – qinning quruq bo‘lishi, jinsiy yaqinlikda og‘riq sezilishi, qichishish, achishish, tez-tez peshobga chiqish. Teri, soch, tirnoqlar – tirnoqlarning mo‘rt va sinuvchanligi, terida ajinlar paydo bo‘lishi va qurishi, sochlarning qurishi va to‘kilishi.

Kechki alomatlar

Yurak ishemik kasalligi, osteoporoz, osteoartrit, xotira pasayishi, ko‘rish va eshitishning pasayishi, vazn ortishi va boshqalar.

Qaysi shifokorga murojaat qilishi kerak?

Bu davrni boshdan kechirayotgan ayollar ginekolog, nevrolog va kardiolog ko‘rigidan o‘tib turishlari lozim.

Foydali maslahatlar

Avvalo hayot tarzingizni va unga bo‘lgan munosabatingizni o‘zgartiring – salbiy holatlarga e’tibor bermang va ijobiy tuyg‘ularga diqqatingizni qarating.
Barcha zararli odatlardan voz keching. Achchiq va sho‘r taomlar iste’molini cheklang, tamaki mahsulotlari, spirtli ichimliklardan voz keching. Chunki ularning barchasi qarishni tezlashtiradi.
O‘z vazningizni nazorat qiling, ko‘p ovqat yemang. Ovqat ratsionida hayvon oqsilini (go‘sht) kamaytiring, sabzavot va mevalar, baliqni ko‘proq iste’mol qiling. Kalsiyga boy mahsulotlarni (sut, qatiq, tvorog, pishloq, holva) iste’mol qiling.
Jismoniy faollikni oshiring, chunki kam harakat qilish semirishga olib keladi.
Kuniga 7-8 soat uxlang, chunki uyqu vaqtida organizm kuchlari tiklanadi va asabiylashish omillarining salbiy oqibatlari yo‘qoladi.

 © Hakimova Nigora Qo‘chqorovna , oliy toifali ginekolog.
«Salomatlik sandig‘i» gazetasi.

Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!


Tegishli maqolalar

16 ta izoh

  1. Salom Nigora Hakimova sizga savolim bor edi. Yoshim 27 da menda klimiks alomatlari bor juda asabiylashaman bazan va xayz siklim buzilgan 2 va 3 oygacha suriladii. Bitta farzandim bor endi farzand ko’rolmas ekanman shu rostmi buni normal xolatga keltirib bo’lmaydimii.Javob uchun oldindan raxmat .

    1. Dilroza, sikl buzilgani bilan uni normal holatga keltirish mumkin. Dastlab uning sabablarini aniqlash kerak. Shu sababdan Nigora Hakimova qabuliga borishingizni maslahat beramiz.

  2. Salom: Nigora Hakimova sizga savolim shunday Onamning yoshi 51 da tez tez og’riydigan bo’lib qoldi masalan yuragim bezovtalanyapti hovluqyapti va sanchyapti deydi bazida oldimizda bir ozga qatib qolyapti ko’zlari bir nuqtada turadi gapirmaydi keyin asta sekin o’ziga keladi va xolsizlanib qoladi kechasi uyqusi ham yo’qolgan ushbu kasallikni aniqlash qiyin bo’lyapti qatib qolishlikni nazarda tutyapman yuragi ushab qolyapti iltimos opa buni qanday davolasa bo’ladi bu ham Klimaks davri emasmikan ha aytgancha onamning bazida qon bosimi ham ko’tarilib turadi iltimos sizlardan ushbu murojatimni befarq qoldirmaysizlar degan umitdaman

    1. Dilshodbek, albatta sizning murojaatingiz befarq qolmaydi!
      Onangizni hududingizdagi terpiya bo’limiga tekshiruvga olib boring. Bilasiz, har qanday holatga vaqtida aniq tashxis qo’yilsa va muolaja olib borilsa, holat yaxshilanadi. Umuman yo’q bo’lib ketadi!
      Tavsiya etilgan kerakli muolajalarga o’z vaqtida rioya etishi, sizning zimmangizda!
      Salomat bo’ling

  3. Assalomu alaykum yoshm 43 da 10 kundan beri xayz koryappa ogrik bn otyapti Korflam ichyapman. Boshida yuragm yomon boldi xavo etishmadi boshm ogridi xayz tixtedigonga oxshamaypti nima kisam toxtedi

  4. Ассалому алайкум мени ёшим 25 бешда мен хайз куришдан тухтаб колдим 6 ой булди менга роса каттик тасир килябди юкорида аетиб утилган аломатлар хамаси булябди менда гинекологлар сенда климикс бошланябди деишди нима килсам булади

  5. salom yoshim 26 da 1chi farzandimi tuqqanimda matkamdan qon ketganva endometrini olib tashlashgan hozirda ummuman hayz kormiman bachadon kochirib otish operatsiyasi mavjudmi

  6. Meni yoshim 38 menda klimiks alomatlari sezildi endi nima qilishim mumkin oson engil otib oldhim uchun iltimos javob yozsangiz email ga

  7. Salom. Manda chap tarafimda 3 ta o’ng tarafimda 2 ta falekula bor edi. 18 may kuni chap tarafimdagi falekulalar yorildi. 24 may kuni ong tarafim ogridi ertalap uyg’onsam yoq bolip qoldi. Man o’yladimki ong tarafdimdayam yorildi dip. Sovolim) ikta tarafimdayam bola rivojlanishi mumkinmi? Bir kunda yorilmagan bo’sayam falekula?

  8. Assalom opa meni qaynonamni yoshi 47yoshda bir hapta dabominda qon ketishi toqtamiyapti genikolg korigiga borgandi garmonalnry dori yozib bergan shu toqtatishi mumkinmi?

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button