3.6
(27)

Dunyoning barcha mamlakatlarida uchrovchi va homila rivojlanishiga salbiy ta’sir etishi bilan xavfli bo‘lgan TORCH bir qancha infeksiyalar guruhidir.

torch

 

TORCH qisqartma so‘z bo‘lib, quyidagi kasalliklarning bosh harflaridan olingan:

T – Toxoplasma (toksoplazmalar – bir hujayrali tekinxo‘r organizm. Ular odam va turli sut emizuvchi hayvolarda parazitlik qilib, juda og‘ir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bu parazit bemorning boshi va orqa mushaklarida, shuningdek, qonida ham uchraydi);
O – Others (boshqalar: enterovirus, parvovirus B19, gepatit B, C, OIV, zaxm)
R – Rubella (qizilcha )
C – Cytomegalovirus (sitomegaliya)
H – Herpes simplex virus (gerpes I/II)

Toksoplazmoz

Toksoplazmoz — asosan belgilarsiz kechuvchi, biroq past immunitetli odamlarda va onadan homilaga yuqqanda asab tizimi, yurak mushaklari va boshqa a’zolarni zararlovchi xastalik. Uning manbai Toxoplasma gondii deb nomlanuvchi jonivor. Mahalliy tarqatuvchisi esa mushuklar bo‘lib, toksoplazma qo‘zg‘atuvchisi bilan zararlangan go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida sut emizuvchi jonivorlar va odamlarga yuqadi. Onadan homilaga o‘tishi esa homila rivojlanishiga jiddiy xavf soladi. Biroq homiladorlikkacha bo‘lgan davrdagi zararlanish homila uchun xavfli emas, chunki to‘qimaga o‘rnashgan infeksiya homila uchun aytarli xavf tug‘dirmasligi kuzatuvlarda o‘z isbotini topgan. Agar ona homiladorlik vaqtida Toksoplazmoz bilan xastalansa, u qon orqali homilaga o‘tishi va asosan 12 haftalikkacha bo‘lgan homiladorlik mobaynida katta xavf tug‘dirishi mumkin. Toksoplazmozdan saqlanish uchun tozalikka rioya qilish, go‘shtni yaxshi pishirish, xom go‘sht bilan ishlagandan so‘ng qo‘llarni va ishlatilgan buyumlarni yaxshilab yuvish lozim. Kasallik virusi ta’sirida turg‘un immunitet hosil bo‘ladi.

Qizilcha

Qizilcha — asosan 2–10 yoshli bolalarni zararlovchi, yengil isitma va mayda qizil toshma bilan namoyon bo‘ladigan, katta yoshlilarda va homiladorlikda og‘ir kechuvchi virusli kasallik. Uning manbai kasallikning turli shakillari bilan og‘rigan bemor. Sog‘lom odamga havo-tomchi yo‘li orqali, bolaga onasidan o‘tadi. Qizilcha viruslarining homilaga tasiri homiladorlik bosqichlariga qarab, turli darajada bo‘ladi: ayol homiladorlikning birinchi uch oyligida qizilcha bilan og‘risa, homilaning zararlanish ehtimoli 60–85 foizni, ikkinchi davrida 15–20 foizni, uchinchi davrida esa 5 foizni tashkil etadi. Homilador ayol qizilcha bilan og‘rigan bemor bilan muloqotda bo‘lsa, albatta, zaruriy tahlillar topshirishi, ya’ni qonda qizilchaga qarshi antitanachalarning paydo bo‘lgan-bo‘lmaganligini aniqlash lozim. Homiladorlikning ilk uch oyida zararlanish alomatlari aniqlansa, bolani oldirish tavsiya qilinadi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Koronavirus kasalligi belgilari va davolash

Tug‘ma qizilcha bilan dunyoga kelgan bolalarda katarakta, yurak nuqsonlari va neyrosensor karlik kuzatilishi mumkin. Bu kasallikdan keyin turg‘un immunitet hosil bo‘ladi.

Sitomegalovirusli infeksiya

Sitomegalovirusli infeksiya (SMVI) — asosan klinik belgilarsiz o‘tuvchi, ba’zan markaziy nerv tizimi va ichki a’zolarni og‘ir zararlaydigan, homiladorlik kechishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan virusli kasallik. Sitomegalovirus butun umri davomida bemor vujudida saqlanib turishi bilan xavfli. Virus jinsiy yo‘l bilan, homilaga esa qon orqali yuqadi. Sitomegalovirus organizmga kirib, immun tizimini kuchsizlantirib bo‘lgach, asoratlarini ko‘rsata boshlaydi.

Homilaning dastlabki oylardanoq SMVI bilan zararlanish homilaning nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Homiladorlikning so‘nggi davrlarida zararlanish a’zolar tuzilishida jiddiy o‘zgarishlarga olib kelmasa-da, bola tug‘ilgach, sariqlik, qon ketishi, o‘pka yallig‘lanishi va markaziy asab tizimining zararlanishi kabi asoratlar kuzatiladi. SMVI bilan kasallangandan so‘ng turg‘un immunitet hosil bo‘lmagani bois, qayta kasallanish ehtimoli bor.

Oddiy gerpes

Oddiy gerpes (OGV) — dunyoda eng ko‘p tarqalgan virusli infeksiyalardan biri. Uning 2 turi mavjud. OGV-1 bilan zararlanish dunyoda 90-95 foiz, OGV-2 bilan zararlanish esa 20-30 foizgacha yetadi. Oddiy gerpes homiladorlikning og‘ir kechishi, bolaning muddatidan ilgari tug‘ilishi, ona qornida rivojlanmay qolishi yoki homila tushishiga olib keladi.

Virus manbai bemorlardir, ya’ni havo-tomchi, jinsiy yo‘l orqali yoki onadan homilaga yuqadi. Aniqlanishicha, homiladorlikning birinchi choragida OGV yuqishi bolaning gidrotsefaliya (miya qorinchalarida orqa miya suyuqligining ko‘payishi bilan kechuvchi kasallik), yurak nuqsonlari, katarakta, karlik, siydik-tanosil a’zolari, oshqozon-ichak tizimi nuqsonlari bilan dunyoga kelishiga sabab bo‘ladi. Virus homiladorlikning ikkinchi va uchinchi davrida yuqsa, jigar va taloqning kattalashishi (gepatosplenomegaliya), anemiya, sariqlik, gipotrofiya (organizmning darmonsizlanib, ozib ketishi), pnevmoniya kabi asoratlarni yuzaga keltiradi.

Ushbu kasallikdan so‘ng ham turg‘un immunitet hosil bo‘lmaydi va takroran kasallanish holatlari kuzatiladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Uy sharoitida tirnoqlarni parvarishlash

TORCH-infeksiyasi so‘zi tarkibidagi (Others) boshqa virusli xastaliklar ham shu kabi jiddiy oqibatlarni yuzaga keltiradi.

Ota-onaning immuniteti baland bo‘lishi, gigiyena qoidalariga amal qilishi, o‘z organizmiga hurmat bilan qarashi va, albatta, palapartish jinsiy hayotdan tiyilib, xiyonat ko‘chasiga kirmasligi farzandning sog‘lom tug‘ilishini kafolatlaydi.

Niso.uz nashri.

 

Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.

Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.

Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60

Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.

*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.