"G" Harf bo'yicha qidirish

MAQOLALAR

ico
Ginekolog maslahati

To‘rt yarim oylik homilam bor. Yaqinda tibbiy tekshiruvdan o‘tganimda homila yo‘ldoshi (platsenta) qalinlashgani aniqlandi. Bu xavflimi?

– Agar homilador ayol o‘tkir yoki surunkali respirator (shamollash) kasalliklari bilan og‘rib o‘tsa, homila yo‘ldoshi shishib qalinlashishi mumkin. Bu esa qorindagi bola rivojlanishi uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Hatto homila tushishi ham kuzatiladi.Shunday hollarda homilador ayol zudlik bilan shifokor maslahatiga ko‘ra davo choralarini ko‘rishi lozim. Oradan o‘n kun- ikki xafta o‘tib albatta UTT (ultratovush) tekshiruvi orqali yo‘ldosh holatini aniqlash kerak bo‘ladi.

 

Qandli diabetga chalinganman. Lekin farzand ko‘rish yoshida bo‘lganligim sababli homiladorlikni rejalashtiryapman. Bu kasallik men va tug‘ilajak farzandim uchun xavfli emasmi?

– Siz avval o‘zingizni yaxshilab tekshirtiring, endokrinolog maslahatini oling, homiladorlikka qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmagan holdagina farzand ko‘rishni rejalashtirishingiz mumkin. Homiladorlik davrida endokrinolog va ginekolog nazoratida bo‘lishingiz shart. Homilador ayol qonida qand miqdori yuqori bo‘lsa, u maxsus parhezga rioya qilishi zarur. Ko‘rsatma bo‘lganda endokrinolog nazoratida qand miqdorini tushiruvchi dorilar qabul qilinadi. Aks holda qonda qand miqdori ortishi oqibatida homila nobud bo‘lishi mumkin. Qandli diabeti bor homilador ayollarda bir qancha asoratlar kuzatiladi, masalan kechki toksikozlar, ko‘psuvlilik, badanda shishlar, homilaning yirik bo‘lishi, peshobda oqsil ko‘payishi, qon bosimi oshishi, muddatidan oldin tug‘ruq ro‘y beradi. Bunday hollarda homilador ayolni shifoxonaga yotqizish shart. Agar homiladorlik va qandli diabet asoratsiz kechayotgan bo‘lsa ayolning eson-omon ko‘zi yoriydi.

Homilam 7 oylikdan oshdi. Ko‘pincha qornim atrofidagi og‘riq bezovta qiladi. Bu qorindagi bolaga zarar keltirmaydimi?

– Agar qorin sohasida og‘riq bo‘lsa birinchi navbatda shifokorga murojat qilish shart. Og‘riqning sabablari ko‘p. Eng ko‘p uchraydigani homila tushishi xavfidir. Shifokor maslahatisiz hech qanday dorilar iste’mol qilish mumkin emas. Bo‘lajak onada ba’zan qabziyat sababli og‘riq kuzatiladi. Bu vaqtda ovqatlanish tartibiga rioya qilish kerak. Ko‘proq sabzavot va mevalar yeb, shakar iste’molini kamaytirish o‘rinli.

– Miomasi bor ayol homilador bo‘lib qolsa, bu unga ziyon qilmaydimi?

Miomasi bor ayollarda ko‘pincha bepushtlik kuzatiladi yoki homila tushishi ro‘y beradi. Aslida mioma belgilari, ya’ni qorinning pasti va bel sohasining og‘rishi ayollarni ancha-muncha bezovta qiladi. Agar mioma tugunchalari bitta va kichik hajmda bo‘lsa ayol eson-omon muddatiga yetib tug‘ishi mumkin. Lekin bachadon miomasining hajmi katta yoki ko‘p miomatoz tugunlar joylashgan bo‘lsa homila yaxshi o‘smaydi, bunday vaqtda homila tushadi yoki muddatiga yetmasdan tug‘ruq sodir bo‘ladi. Bu ayollarda tug‘ruqdan so‘ng qon ketish xavfi yuqori, bola kesar kesish yo‘li bilan olinadi va kesar kesish paytida bachadonni ham olib tashlashga ko‘rsatma berilishi mumkin.

– Har gal homiladorligimning uchinchi oyiga yetib-yetmay, bolam tushaveradi. Hozirgi kunlarda ham shu sababli xavotirdaman…

– Homiladorlikning erta tushishining sabablari anchagina. Masalan, er-xotin yaqin qarindosh bo‘lishsa, turli infeksiyalar (virusli, xlamidiyalar,mikoplazma va boshqalar) aniqlansa, jinsiy a’zolar nuqsonlari yoki yaxshi rivojlanmaganligi (infantil) kuzatilsa va endokrin bezlar (yoki tuxumdonlar) faoliyati buzilgan hollarda bola tushishi mumkin. Bunda birinchi navbatda sababini aniqlash kerak va ayolni davolab, keyin homiladorlik bo‘lishiga ruxsat berish lozim, u homiladorlik davomida ginekolog nazoratida bo‘lishi kerak.

– Homilador bo‘lganimdan buyon tez-tez qornim ochadi. Nega shunday?

– Bo‘lajak ona organizmida moddalar almashinuvi jarayoni odatdagidan tezlashadi, qonda qand miqdori tartibi o‘zgaradi. Homiladorlik davrida organizm insulin gormonini ko‘proq ishlab chiqara boshlaydi. O‘z-o‘zidan ayolning qorni darrov ochiqadigan bo‘ladi. Bunday vaqtda taomlarni oz-ozdan, tez-tez istemol qilib turish tavsiya etiladi.

– Hademay ko‘zim yoriydi, qanday matolardan kiyim kiyishim kerak?

– Homilador ayol toza-orasta kiyinishi, sochlarini tez-tez yuvib, tirnoqlarini olib turishi kerak. Uning kiyimlari kengroq qilib tikilgani ma’qul va tabiiy matolardan bo‘lishi lozim. Sintetik, tor kiyim nafas olishni va ovqat hazmini qiyinlashtiradi, tomirlarda qon aylanishini susaytiradi. Belbog‘ni siqib bog‘lash, ko‘krak qafasini siqadigan siynaband taqish va rezinali paypoqlar kiyish ham sog‘lik uchun zararli. Ayniqsa sintetik ich kiyimlarni umuman kiymang.Yilning sovuq faslida jun gazlamadan tikilgan kiyimlar yaxshi. Ip, zig‘ir tolasi va ipak gazlamalardan tayyorlangan liboslar sog‘lig‘ingiz uchun juda qulay. Sun’iy tolali matolar esa aksincha, o‘ziga nam singdiradi, elektrostatik zaryadlari ham nihoyatda ko‘p. Bu zaryadlar esa terida yoqimsiz hid paydo qiladi.

– Homilam 33 haftalik, ultratovushli tekshiruvdan o‘tdim. Ammo bolaning tug‘ruq yo‘liga teskari turganligini aytishdi. Shifokorlar «homilaning aylanib olishiga hali vaqt bor» deyishyapti. Maxsus mashqlar bolaning o‘nglanib olishiga yordam beradimi?

– Bunday holat homiladorlik davrida uchrab turadi. Tavsiya etiladigan mashqlar hamma vaqt ham kutilgan natijani bermasligi mumkin. Ammo shu davrda homilaning qorindagi holatini faqat nazorat qilib turish muhim.

– Homilador bo‘lishdan oldin qanday tekshiruvlardan o‘tish kerak bo‘ladi? Shu haqda bilmoqchi edim.

– Farzand ko‘rishni rejalashtirgan kelin-kuyov quyidagi tibbiy tekshiruvlardan o‘tishi zarur:

  • o‘pkani rentgen qildirish orqali sil va shunga o‘xshash kasalliklar bor-yo‘qligini aniqlash;
  • EKG tekshiruvidan o‘tib yurak meyoriy faoliyatiga ishonch hosil qilish;
  • jigar, buyrak va jinsiy a’zolarni UTT tekshiruvidan o‘tkazish;
  • qon, peshob va jinsiy a’zo ajralmalarining laborator tahlili;
  • ko‘p uchraydigan TORCH infeksiyalari(gerpes, sitomegalovirus, xlamidiya, mikoplazma va boshqalar)ni aniqlash maqsadida qon tahlilini topshirish.

Agar ushbu tekshiruvlar natijasi meyorida bo‘lsa, ayol sog‘lom farzand ko‘rishga tayyor hisoblanadi.

– Homilador ayol uchun qanday favqulodda holatlar xavfli?

– Bir necha holatlar kutilmaganda ro‘y bersa, homilador ayol shifokorga murojaat etishi shart. Bosh og‘riganda, qon bosim ko‘tarilganda, isitma chiqqanda, jinsiy a’zodan qon ketsa yoki suv kelsa, homila qimirlamay qolsa, bel va qovuq sohasida qattiq og‘riq turgan hollarda ayol zudlik bilan «Tez yordam» chaqirishi yoki shifokorga murojaat etishi zarur.

– Yaqinda turmushga chiqqanman. Homiladorlikni qay tarzda aniqlash mumkin?

– Homiladornikning birinchi belgisi hayz vaqtida kelmasligidir. Hozirgi vaqtda homiladorlikni aniqlashning zamonaviy usullari qo‘llaniladi. Shulardan ayrimlari haqida bilib qo‘ysangiz zarar qilmaydi.Test homiladorlikni aniqlashning oddiy va oson usuli bo‘lib, bunda ayol peshobidagi maxsus gormonlar miqdori oshishiga qarab homiladorlik aniqlanadi. Buning uchun dorixonalarda sotiladigan Test tayoqchalari ertalabki peshobiga botiriladi. Tayoqchalarda ikkita chiziqcha paydo bo‘lsa ayol homilador hisoblanadi. Bazal haroratini termometr yordamida tekshiruv ham homiladorlikni aniqlashga ko‘maklashadi. Bunda termometr to‘g‘ri ichakka qo‘yiladi ertalab, o‘rindan turmasdan o‘lchanadi, agar u 37 darajadan oshib tursa bu homiladorlik alomatidir. Shuningdek ultratovush tekshiruvi yordamida homiladorlikni 3-4chi haftadayoq aniqlash mumkin.

 
Savollarga akusher-ginekolog, tibbiyot fanlari doktori,
professor Nargiza Magzumova javob berdi.
"Sugdiyona.uz" nashri.

Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.

Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.

Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60

Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Gripp va shamollash (OʻRVI) profilaktikasi

Hozirgi kunda gripp virusining kun sayin yangi turdagi shtammlari paydo boʻlayotganligi hech kimga sir emas. Ommaviy axborot vositalaridan gripp emidemiyalari haqida koʻp maʼlumotlar berib turiladi. Ular borgan sari hayot uchun xavfli boʻlib bormoqda. Xoʻsh, bu kabi holatga tushmaslik uchun nimalar qilish kerak? Oʻzimizni va yaqin insonlarimizni gripp virusidan qanday himoya qilish mumkin?

[caption id="attachment_11567" align="aligncenter" width="750"]gripp va shamollashni oldini olish Foto: Shutterstock.com[/caption]

Gripp va OʻRVI dan qanday himoyalanish mumkin?

Gripp va OʻRVI (Oʻtkir Respirator Virusli Infeksiya) dan himoyalanishning bir necha usullari mavjud. Albatta, koʻpchilik bu ikki kasallikni bir-biridan farqlay olmaydilar, bundan tashqari OʻRK (Oʻtkir Respirator Kasallik) ni ham adashtirib yuboradilar. OʻRVI – bu nafas yoʻllarining faqatgina viruslar keltirib chiqaradigan kasalliklaridir. Agar nafas yoʻllarida viruslardan boshqa patogenlar kasallik keltirib chiqarsa bu OʻRVI ga kirmaydi. Statistika boʻyicha, nafas yoʻllari (respirator kasalliklar) kelib chiqishida koʻpincha viruslar sabab boʻladi. Albatta, bakteriyalar sababli ham nafas yoʻllari yalligʻlanishi mumkin, ammo organizmda mahalliy va umumiy immunitet pasayishiga asosan viruslar sabab boʻladi.

OʻRVI ni chaqiruvchi asosiy viruslarga – paragripp, adenovirus, rinovirus, enteroviruslar kiradi. Grippga keladigan boʻlsak, bu kasallikni ham OʻRVI ga kirgizsak boʻladi, chunki grippni ham viruslar chaqiradi. Ammo, gripp kasalligi xavfli boʻlganligi sababli, patologiya alohida koʻrib chiqiladi, hamda gripp profilaktikasiga jiddiy yondashishni talab etadi.

Profilaktik chora tadbirlar ikki guruhga boʻlinadi – spetsifik va nospetsifik. Gripp va OʻRVI ning spetsifik profilaktikasi gripp va OʻRVI viruslarini bloklashdan iborat. Kasallikning nospetsifik profilaktikasida esa respirator kasalliklarning oldini olishda umumiy qoʻllaniladigan chora tadbirlardan iborat, bunda aynan virusga qarshi kurashilmaydi.

Profilaktik chora tadbirlarining asosiy usullari quyidagilar:

  • Virusga qarshi preparatlar qabul qilish;
  • Immunitetni oshiruvchi preparatlar qabul qilish;
  • Vaksinatsiya;
  • Niqob taqib yurish;
  • Parhez;
  • Gigiyenaga rioya qilish;
  • Epidemiya vaqtida odamlar koʻp toʻplanadigan joylardan holi boʻlish.

Bu usullarni batafsil koʻrib chiqamiz, ularning ayrimlari faqatgina gripp virusiga qarshi qoʻllaniladi.

Dori preparatlari

Gripp va OʻRVI profilaktikasida dori preparatlaridan foydalanish kam samarali, nisbatan xavfsiz va yetarlicha kamchilikalarga ega. Shu sababli bu usulni gripp profilaktikasida asosiy deb boʻlmaydi. Bunga sabab quyidagilardir.

Gripp va OʻRVI profilaktikasida qoʻllaniladigan preparatlarni bir necha guruhlarga boʻlish mumkin:

  • Etiotrop preparatlar (toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir etuvchi);
  • Immunomodulyatorlar;
  • Simptomatik preparatlar;
  • Etiotrop preparatlar.

Etiotrop preparatlar toʻgʻridan-toʻgʻri viruslarga taʼsir koʻrsatadi, ular viruslarni oʻldiradi yoki koʻpayishini toʻxtatadi. Qayd etib oʻtish kerakki, hozirgi kunda OʻRVI ga etiotrop taʼsir koʻrsatuvchi preparat ishlab chiqilmagan (gripp bundan mustasno). Bu guruhga shartli ravishda arbidol preparatini kirgizish mumkin, ammo, qolgan preparatlar (Tamiflyu, Relenza, seremivir, remantadin) barchasi faqatgina gripp virusiga taʼsir etadi. Bu kabi preparatlar yordamida grippdan himoyalanish samarasi kam, chunki bu vositalar toksik xususiyati yuqori, boshqacha qilib aytganda bu preparatlarning effektidan koʻra zararli xavfi yuqori.

Etiotrop preparatlar gripp kasalligining boshlangʻich bosqichlarida qoʻllaniladi, ular organizmni virus bilan kurashishida yordam beradi. Shu sababli gripp profilaktikasida etiotrop preparatlar kasallik yuqish ehtimoli yuqori boʻlgandagina (masalan, oila aʼzolaridan biri gripp bilan kasallangan boʻlsa) profilaktika uchun qoʻllaniladi.

Immunomodulyatorlar

Soʻngi kunlarda yurtimizda immunomodulyatorlardan foydalanish “moda” tusiga kirib bormoqda, masalan Grippferon, Viferon, Kagosel va boshqa koʻpgina preparatlar immunitetni oshiradi va oʻziga xos boʻlgan modda – interferon sintezini koʻpaytiradi (virusga qarshi taʼsir koʻrsatadi). Bu kabi preparatlar etiotrop vositalarga nisbatan ancha arzon.

Koʻpchilik immunolog-mutaxassislar interferon preparatlarini tartibsiz qabul qilmaslikni tavsiya etadilar, ayniqsa gripp profilaktikasida. Bunga sabab, bu preparatlar yordamida koʻtarilgan immuniteti uzoq muddatli boʻlmaydi, aksincha tez parchalanadi, yaʼni organizmga infeksion agent kirganida mustaqil ravishda immun tizimi ishga tushmaydi. Shu tufayli gripp va OʻRVI profilaktikasida immunomodulyatorlarni qoʻllash qatʼiy koʻrsatma boʻyicha amalga oshirilgani maqsadga muvofiqdir – agar inson organizmi immun tizimi haqiqatda sust boʻlgan holatlarda. Bunda immun tizimi maxsus tekshiruvlardan oʻtishi zarur, shunchaki “men va mening farzandim gripp bilan tez-tez kasallanib turamiz, demak bizda immun tizimi sust va biz reklama qilinayotgan birorta bir grippga qarshi taʼsir koʻrsatuvchi preparatni qabul qilishimiz kerak” degan fikrga tayanish kerak emas.

Simptomatik preparatlar

Gripp va OʻRVI profilaktikasida qoʻllaniladigan uchinchi guruh preparatlari – isitma va ogʻriqqa qarshi preparatlar, ular tarkibida parasetamol, ibuprofen va aspirin saqlanadi. Koʻplab rekalamalar sababli bu vositalar ham gripp va OʻRVI profilaktikasida eng samarali vosita sifatida qabul qilinadi. Ammo, bunday preparatlar gripp va OʻRVI profilaktikasida qoʻllanilishi maʼnosiz, chunki ular viruslarga ham inson immun tizimiga ham hech qanday taʼsir koʻrsatmaydi. Parasetamol va Aspirin (asetilsalitsil kislota) uzoq vaqt qabul qilinganda jigarga salbiy taʼsir koʻrsatadi, aspirin ichki qon ketishlar va oshqozon surunkali yara kasalliklari xurujini chaqirishi ham mumkin. 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga aspirin preparatlarini qoʻllash qatʼiyan man etiladi, aks holda qaytmas asoratlarga olib kelishi mumkin boʻlgan holatlarni yuzaga chiqarish ehtimoli yuqori boʻladi.

Vaksinatsiya

Gripp va OʻRVI profilaktikasida “moʻjizaviy” tabletkalarga tayanish kerak emas. Xoʻsh, unda qanday qilib kasallikdan himoyalanish mumkin? Baxtimizga boshqa usullar ham bor. Epidemik holatlarda eng samarali usullardan biri emlash hisoblanadi. Emlash orqali organizmda kasallikni chaqiruvchi virusga qarshi turgʻun immunitet paydo boʻladi. Bu usulning yagona kamchiligi shundaki, hozirgi kunga qadar faqatgina gripp viruslaridan himoya qiluvchi vaksinalar oʻylab topilgan, ular OʻRVI dan organizmni himoya qila olmaydi. Shunday boʻlsa ham, emlash usulining samaradorligi juda yuqori va bu koʻrsatkich 80-90 % ni tashkil qiladi.

Vaksinatsiyaning boshqa kamchiliklari ham bor:

  • Qarshi koʻrsatmalar – oʻpka, yurak, buyrak ogʻir kasalliklari, allergiyaga moyillik;
  • 6 oygacha boʻlgan bolalarda qoʻllash mumkin emas (ayrim turdagi vaksinalar – 3 yoshgacha qoʻllanilishi mumkin emas);
  • Emlash orqali paydo boʻlgan immunitet muddati, nisbiy olib qaralganda uzoq emas – yarim yildan bir yilgacha saqlanib qolishi mumkin.

Nospetsifik profilaktik chora tadbirlar

Gripp va OʻRVI profilaktikasida boshqa usullar ham bor. Hozirgi kunda eng koʻp tarqalgan usullardan biri dokali niqoblar taqib yurish, yaʼni epidemiya oʻchoqlarida yuqori nafas yoʻllari orqali viruslar kirmasligi uchun burun va ogʻiz niqob bilan berkitiladi. Niqoblar qanchalik darajada samarali ? Bu vaziyatda turli xil fikrlar mavjud. Ayrim mutahassislar dokali niqoblar samaradorligini kam, hatto nolga teng deb taʼkidlashadi. Gap shundaki viruslar juda kichik organism boʻlganligi sababli niqoblar orasidan osonlik bilan oʻtib ketadi va nafas yoʻllariga tushadi.

Yana bir koʻp tarqalgan holat – niqoblarni gripp yoki OʻRVI bilan kasallangan inson taqib yurishi, ular aksa urganda va yoʻtalganda soʻlak va boshqa suyuqliklar tashqi muhitga chiqmaydi, natijada yon atrofdagi insonlar zararlanmaydi. Afsuski, koʻpchilik bilmaydigan bir muhim omil bor – niqoblar bir marotaba foydalaniladigan buyum hisoblanadi, 3-4 soat taqib yurilgandan soʻng ularni almashtirish kerak boʻladi, aks holda niqoblarning oʻzi virus va mikroblarni tarqatuvchi manbaga aylanib qoladi.

Gripp epidemiyasida eng samarali usullardan biri insonlar bilan muloqotni cheklashdir. Masalan, odam koʻp toʻlanadagina joylar doʻkonlar, bozorlar, sport muassasalari, jamoat joylari vas hu kabilar. Jamoat transportlarida aksa urgan yoki yoʻtalgan insonlardan uzoqroqda turish tavsiya etiladi. Ota-onalar ham oʻz farzandlarini qarindoshlar bilan kontakda boʻlishini vaqtinchalik chegaralab turganlari maʼqul. Agar taʼlim muassasalarida grippga qarshi karantin eʼlon qilinmasa, ular oʻz maktab yoki bogʻchalariga borishlari mumkin.

Gripp virusi va OʻRVI asosan havo-tomchi yoʻli bilan yuqadi. Ammo, bu kabi infeksiyalar tashiq muhitda va xoʻjalik buyumlarida ham bir necha soatgacha saqlanib qolishi mumkin. Shu sababli uyda va ish joyida tozalik va shaxsiy gigiyenaga jiddiy eʼtibor qaratish lozim. Uyga kelganda har doim qoʻllarni sovun bilan yuvish kerak. Ogʻiz boʻshligʻi va tomoqni ichimlik sodasi bilan chayib turish ham foydali. Viruslar nafas yoʻllariga toʻgʻridan toʻgʻri tushmasdan, burun va ogʻiz shilliq qavatlarida joylashib olishlari ham mumkin, shu sababli burun va tomoqni tez tez chayib turish maqsadga muvofiq.

Organizmni chiniqtirish yaʼni sport bilan shugʻullanishning ham immun tizimini ragʻbatlashda roli katta. Shu bilan bir qatorda unutmang, turli xil viruslar nikotin, alkogol va boshqa zararli moddalar bilan zaharlangan organizmga yuqishi va koʻpayishi oson kechadi. Ovqatlanish tartibi ham viruslar profilaktikasida muhim ahamiyat kasb etadi, ozuqa tarkibida yetarlicha minerallar, vitaminlar ayniqsa, C vitaminiga boy boʻlishi zarur. Shifokor bilan maslahatlashgan holda kompleks vitamin preparatlarini qabul qilsa ham boʻladi. Bundan tashqari, kun tartibiga ham eʼtibor qaratish immun tizimini ragʻbatlaydi, yaʼni yetarlicha uyqu va oʻz vaqtida dam olish kuchli immunitetni kafolatlaydi.

Meva va sabzavotlar turli xil kasalliklardan himoyalanishda “moʻjizaviy” kuchga ega emasligini ham unutmang, masalan barchaga maʼlum boʻlgan sarimsoq piyoz, uni hidlash, boʻyin, tomoq va burun atrofi terisiga surishning viruslarga qarshi kurashishda hech qanday samarasi yoʻq.

Yuqoridagilardan kelib chiqib shunday xulosa qilsa boʻladi: gripp virusi va OʻRVI profilaktikasida mutlaqo samara beradigan preparatning oʻzi yoʻq. Har qanday inson hayoti davomida hech boʻlmasa bir marta boʻlsa ham nafas yoʻllari kasalliklari bilan kasallanadi. Ammo, virus va boshqa infeksiyalarning yuqish ehtimolini kamaytirishga barcha insonning kuchi yetadi.

Mavzuga aloqador foydali maqolalar: 

Gripp va yuqori nafas yo'llarining infeksiyalarini alomatlarini davolash uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Griphotdir.

Griphot bu – alohida paketlarga qadoqlangan eriydigan granulalar.

Har bir paket tarkibi:

Faol moddalar: parasetamol - 500 mg, fenilefrin gidroxlorid - 10 mg, oksalamin sitrat - 100 mg, xlorfeniramin maleat - 2 mg; Yordamchi moddalar: tartarik kislota, limon kislotasi, natriy gidrokarbonat, natriy karbonat, xinolin sarig'i, limon lazzati, Kollidon K-30, saxarin, saxaroza.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi - https://apteka.uz/product/gripkhot

Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Teraflyu, Rinil hotmiks, Insti, Sinupret ekstrakt, Rinomaks, ASS va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Gipotoniya kasalligini davolash choralari

Har birimiz qon bosimi ko‘tarilishi (xafaqon) xastaligining qanday oqibatlarga olib kelishini bilamiz. Ammo shunday insonlar borki, ularda bu holatning butunlay aksi, ya’ni qon bosimini pasayishi kuzatiladi. Bunday bemorlar holsizlanib, tez toliqadilar atrofdagilarga loqayd parishonxotir bo‘ladilar.

Ularning ertalab uyg‘onishlari qiyin, ish qobiliyati 2-3 soatdan keyingina ortadi, kunduzi yana xolsizlanish, charchash seziladi. Umuman faollikning cho‘qqisi kechga tamon ortadi. Gipatoniklarning yana bir o‘ziga xos belgisi esnashdir. Bu ularning uyqusi kelganidan emas, balki havo yetishmganidan ro‘y beradi. Shunga ko‘ra, ular odamlar gavjum joylardan, tiqilinch avtobuslarda o‘zlarini noxush sezishlari mumkin. Aksincha piyoda yurganlarida ahvollari yaxshilanadilar. Negaki kasallikning asl sababi tadanada qon aylanishining buzilishi hisoblanadi. Kasallikni davolash choralari haqida maqolamizning bugungi sonida ma’lumot beramiz.

Gipotoniya so‘zi yunoncha “hypo”-pasayish, lotincha “tensio”-bosim so‘zlaridan olingan.
Q

on bosimi tonometr yordamida o‘lchanganida yuqori (sistolik) raqam 100 mm. Simob ustuni, pastki (ya’ni diastolik) raqam esa 60 mm. (simob ustuni) dan past bo‘lgan taqdirda insonga gipotoniya tashxisi qo‘yiladi.

Kichik va o‘smir yoshdagi bolalarda bu ko‘rsatkich 85-60 simob ustuni, 30 yoshdan katta kishilarda esa 105-65 sumob ustuni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkichlar muxlislarimiz uchun yanada tushunarli bo‘lishi uchun avvalo, qon bosimi o‘zi nima?, degan savolga javob izlashga qaror qildik inson organizmini ulka bir zavodga qiyoslasak, yurak uning nasozi, qon tomirlar esa quvurlar ro‘lini bajaradi.

Har daqiqada yurak 5 litrgacha bo‘lgan qonni tomirlar orqali azolarga haydaydi. Yurak ichida 4 bo‘shliq (kamera) mavjud. Sodda til bilan aytganda, yurakning ishi qisqarish va bo‘shashishdan iborat. Anashu qisqarish holati ilmiy tilda sistola, keyingisi esa diastola deb nomlanadi. Yurak qisqargan paytda undagi bo‘shliqlar xajmi kamayib, qon tomirlar tomon harakatlanadi. Bo‘shashgan paytda esa yurak kameralari kengayib, qonga to‘ladi va yurakni qon tomirlardan ajratib turuvchi aorta klapani yoyilib, qonning yurakka qaytmasdan tomirlar bo‘ylab harakatlanishiga yordam beradi. Qon tomirlarning ham ahamiyati katta.

Tanamizda 1) arteriya, 2) vena, 3) kapiliyar deb nomlanuvchi tomirlar mavjud. Arteriyalar eng yirik qon tomirlar hisoblanib, ulardan oqayotgan qon kislarodga boy bo‘ladi. Bu tomirlar orqali qon 1 soniyada 10 lab metr masoqani bosib o‘tishi mumkin! Venalar ham yirik tomirlar bo‘lib, qonni azolardan yurakka eltadi. Kapiliyarlar eng kichik tomirlar sanaladi. Ular devori orqali qon tanadagi to‘qimalarni oziqlantiradi. Qon yurakdan otilib aorta (eng yirik arteriya)ga urilganda boshqa arteriyalar devoriga ham bosimini o‘tkazadi. Buni sezish uchun barmog‘imizni kaftning pastki qismiga tekkizsak bo‘lgani. Bu borada sizda qon bomining pasayishi nimaga bog‘liq, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Qon bosimining ko‘tarilishi yoki pasayishi 3 omilga bog‘liq bo‘ladi.

1. Katta yoshli odam organizmida 5 litrgacha qon aylanadi. Qon hajmining u yoki bu sabablarga ko‘ra kamayishi qon bosimini pasaytiradi.
2. Tomirlarning katta-kichikligi, tomir diametri qanchalik tor bo‘lsa, qonning bemalol o‘tishi uchun to‘siq yuzaga keladi. Bu masalani tezroq “yechish” uchun organizm bosimni kuchaytiradi. Natijada qon bosimi ko‘tariladi.
3. Qon bosimining ko‘tarilishi yoki pasayishi yurakning qay tarzida ishlashiga ham bog‘liq. Agar yurak tez ishlasa (odatda bu holat jismoniy mehnat paytida sodir bo‘ladi), qon bosimi ham yuqori bo‘ladi. Gipotoniyaning eng ko‘p tarqalgan sababi esa (irsiy moyillik va yuqumli kasalliklar asoratidan tashqari) kam harakatlilik yoki kun davomida o‘tirib ishlash oqibatida yuz beradi.

Qon bosimi qanday nazorat qilinadi?

Qon bosimini darajasi butun organizmning ozuqa moddalari va kislarod bilan to‘yinishiga, uning biroz pasayishi yoki ko‘tarilishi har bir a’zo (ayniqsa, yurak, ko‘zlar, buyrak) ishiga ta’sir qiladi. Aynan shuning uchun organizmda qon bosimini nazorat etuvchi asab va gumoral tizimlar mavjud. Asab tizimi bosh miya po‘stlog‘i, orva miya markazlari orqali nazorat qilinadi. Ular tinimsiz ravishda arteriyalarga impuls jo‘natib, tomirlar mushaklarining qisqarishi bo‘shashini ta’minlaydi. Gumoral tizim esa gormonlar orqali yurak ishi, qon xajmi, tomirlarning bosimiga ta’sir qiladi.

Organizmda ro‘y beradigan xar qanday o‘zgarish (yuqumli kasalliklar, imunitetni pasayishi, gormonal xastaliklar, stress, obi-xavo radiatsiya ta’siri va x.k) mazkur tizimlar ishiga to‘sqinlik qilib, qon tomirlarning kengayib, bosimning pasayishiga olib keladi. Natijada qon kislarodni barcha a’zolar (eng avvalo bosh miya)ga sekinlik bilan olib boradi. Bu esa insonda behollik, uyquchanllik, tez toliqish, behuzurlik, ba’zan xushdan ketish kabi holatlar bilan namoyon bo‘ladi. Bunday paytda, albatta shifokor-kardiolog ko‘rigidan o‘tish lozim.

Tabobat usulida davolash usullari

O‘lmaso‘t (bo‘znoch)dan 10 gr olib, ustiga 1 stakan qaynoq suv quyiladi va 30-40 daqiqa o‘rab damlab qo‘yiladi. Suzib olgach, kuniga 2-3 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin yarim stakandan sovuq holda ichiladi.
Jenshennning spirtli damlamasidan kuniga 2 mahal-ertalab va tushlikda 5 tadan 20 tomchigacha ovqatdan oldin 2-3 hafta ichiladi (dori xonalarda sotiladi)

Rodiolaning maydalangan ildizidan 1 choy qoshig‘i ustiga 1 litr suv quyib, 10 daqiqa qaynatiladi, va yana 10 daqiqa damlab qo‘yiladi. Kuniga 2-3 stakandan ichiladi. Agar gipotoniya toliqish oqibatida paydo bo‘lsa, qaynatma yaxshi foyda qiladi.

Levziya damlamasidan kuniga 2 mahal ertalab va tushlikda 30-40 tomchidan ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi.
Ajriq o‘tining quritilganini tolqon qilib kuninga 3 mahal 1 choy qoshiqdan 5 kun davomida kapotsa va orqasidan issiqroq suv ichilsa qon bosimini oshiradi.

Shirin bodomdan 2 kg olib, teng miqdorda shakar qo‘shiladi va tuyib qorong‘u joydan saqlanadi. Kuniga 3 mahal 2 osh qoshiqdan 15 kun davomida yegan bemor bugumon tuzaladi.

Yomg‘ir suvidan 3 litr olib, unga 1 kg novvot qo‘shib qaynatiladi kechasi ochiq joyda kunduzi qorong‘uda saqlanadi. Kuniga 3 mahal 15 kun davomida 100 gr dan ichiladi.

O‘lmaso‘t (bo‘znoch) dan 10 gr olib, ustiga 1 stakan qaynoq suv quyiladi va damlab qo‘yiladi. Ovqatlanishdan yarim soat oldin ertalab va tushlikda 2 mahal 20-30 tomchidan och xolda ichiladi.

Semizo‘tning ho‘l o‘tidan 25 gr olib, ustiga 200 ml suv quyiladi va 10 daqiqa qaynatib, 2 soat damlab qo‘yiladi. Suzib olgach kuniga 3-4 mahal ichilsa arterial qon bosiminin ko‘taradi.

Shizandra (xitoy limonnigi)ning urug‘i va mevasidan spirtli damlama tayyorlab iste’mol qilinadi. Uning uchun 100 gr urug‘ va meva ustiga yarim letr aroq quyiladi 10 kun qorong‘u va iliq joyda saqlanadi. Vaqti-vaqti bilan aralashtirib turiladi. Suzib olgach kuniga 3 mahal 10 tomchidan ichiladi.

Foydali maqola: Qon bosimi oshganda birinchi yordam ko‘rsatish

 © Bilal Arroziy.

ico
Gaymorit - sabablari, belgilari, kasallik asoratlari va davolash usullari

Gaymorit – yuqori jagʻning gaymor boʻshligʻi yalligʻlanishi kasalligidir. Bu kasallik birlamchi kasallik sifatida emas, balki ikkilamchi kasallik sifatida, koʻpincha shamollashni toʻliq davolamaslik natijasida kelib chiqadi. Gaymorit kelib chiqishiga olib keluvchi bir qator sabablar bor, ularning qanday ekanligidan qatʼiy nazar kasallik toʻliq davolanishi kerak. Aks holda jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin.

gaymorit kasalligini davolash

Gaymorit sabablari

Burunning gaymor boʻshligʻI yalligʻlanishiga infeksiya olib keladi – ushbu boʻshliqdagi yiring tekshirib koʻrilganda stafilokokk bakteriyalari topiladi. Ammo gaymorit uzoq muddat davom etgan shamollash (choʻzilgan rinit), immun tizimi patologiyalarida ham kelib chiqadi. Tibbiyotda gaymorit kelib chiqishiga olib keluvchi bir necha faktorlar farqlanadi:

[box type="info" align="" class="" width=""]Diqqat qiling: gaymorit oʻz vaqtida, toʻgʻri davolanmagan shamollash (rinit) asorati sifatida ham kelib chiqadi. Masalan, burunga tomizish uchun bir preparatdan uzoq vaqt foydalanganda, unga organizm oʻrganib qolishi hisobiga shilliqlar ajrala boshlaydi va gaymor boʻshligʻida toʻplanadi.[/box]

Kamdan-kam uchraydigan gaymoritning sababi burun yoʻllari va gaymor boʻshligʻi shilliq ajratish funksiyasining buzilishidir.

Gaymorit kasalligi belgilari

Gaymorit oʻziga xos simptomlar beradi:

  • Burunning uzoq vaqt bitishi hisobiga burun sohasi va gaymor boʻshligʻida ogʻriq paydo boʻladi;
  • Burundan ajralayotgan shilliq rangi “sargʻimtir-jigarrang” boʻladi, bu yiring borligidan dalolat;
  • Pastga egilganda peshona va yuzda ogʻriq boʻlishi;
  • Bosh ogʻriqlari kasallik boshlanishida faqatgina harakat qilganda boʻlsa, keyinchalik tinch holatda ham kuzatiladi;
  • Gipertermiya – tana harorati oshishi;
  • Nafas olish qiyinlashadi, baʼzida quruq yoʻtal ham boʻladi.

Bundan tashqari, inson umumiy intoksikatsiya belgilarini ham sezadi – holsizlik, uyquchanlik, charchash, koʻngil aynashi, ish qobiliyati pasayishi.

Tana harorati kasallikning kechishiga qarab oʻzgarib turishi mumkin:

  • Kasallikning oʻtkir kechishida tana harorati yuqori kritik koʻrsatkichlarda boʻladi;
  • Gaymoritning surunkali formalarida tana harorati deyarli koʻtarilmaydi, xuruj davridagina subfebril koʻrsatkichlarda boʻlishi mumkin.

Yuqorida sanab oʻtilgan belgilar yalligʻlanish jarayonida asosiy boʻlsa, ayrim bemorlarda quyidagi simptomlar ham kuzatilishi mumkin:

  • Manqalanib gapirish – “burun”da gapirish;
  • Burun oqishi;
  • Ovqat yegandan keyin ogʻizda yoqimsiz taʼm qolishi;
  • Ogʻiz va burundan badboʻy hid kelishi.

Tibbiyot xodimlari gaymoritda burundan keladigan suyuqliklarni ham tasnifga solishgan:

  • Kasallikning erta davrlarida ajralayotgan shilliq rangsiz, yengil ajraladi va burun bitib qolishiga olib kelmaydi;
  • Kasallikning keyingi davrlarida shilliq sariq-yashil rangda, qiyin ajraladi, burun bitib qolishiga olib keladi;
  • Gaymoritning ogʻir shaklida shilliq quyuq, yashil rangli, qon tomchilari va yiring boʻlishi mumkin.

Gaymorit klassifikatsiyasi

Gaymorit simptomlariga qarab diagnostika qilinsa ham, gaymor boʻshligʻida kechayotgan yalligʻlanish jarayonining turiga qarab quyidagicha klassifikatsiyalanadi:

  • Kataral gaymorit. Koʻproq yosh bolalar va oʻsmirlarda uchraydi. Shilliq qavatlarning biroz shishi va qizarishi bilan kechadigan jarayon;
  • Ikki tomonlama gaymorit. Yalligʻlanish jarayoni har ikki gaymor boʻshligʻini qamrab oladi. Bunda tana harorati yuqori va belgilarning odatiy kechishi kuzatiladi;
  • Polipoz gaymorit. Bunday turdagi gaymorit burun yoʻllarida yoki gaymor boʻshligʻidagi poliplar natijasida kelib chiqadi;
  • Surunkali gaymorit. Oʻtkir gaymoritning asorati sifatida kelib chiqib, xuruj va remissiya davrlariga boʻlinadi;
  • Allergik gaymorit. Tashqi qoʻzgʻatuvchi taʼsirida kelib chiqadigan gaymorit turi. Mavsumiy boʻlib, allergiya chaqiruvchi manba yoʻqotilsa, kasallik ham oʻtib ketadi.
  • Yiringli gaymorit. Gaymor boʻshligʻida kechadigan yalligʻlanish jarayonining eng ogʻir koʻrinishi. Bunga sabab burun boʻshligʻi yoki gaymor boʻshligʻiga infeksion mikroorganizmlar tushishidir.

gaymorit kasalligi diagnostikasi

Gaymorit diagnostikasi

Gaymorit diagnostikasi otorinolaringolog kuzatuvi ostida olib boriladi. Diagnostika usullari quyidagilar:

  • Anamnez – bemor oʻtkazgan shamollash muddati, ogʻriq, burun bitishi haqida maʼlumot yigʻish;
  • Burun boʻshligʻi koʻrigi, burun toʻsiqlaridagi kamchiliklar bor yoʻqligini aniqlash;
  • Umumiy qon analizi – leykotsitlar soni oshgan boʻladi, chunki yalligʻlanish jarayoni ketayotganidan dalolat beradi;
  • Gaymor boʻshligʻini rentgenografiyasi – gaymor boʻshligʻida yigʻilgan yiring koʻrinadi.

Gaymoritning asoratlari

Koʻpgina bemorlar kasallikning jiddiy ekanligini inkor etishadi, shunchaki shamollash oʻtib ketadi deb oʻylashadi. Aslida, gaymorit belgilarini inkor etish ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ular quyidagilar:

  • Halqum bodomchasimon bezlar yalligʻlanishi;
  • Oʻtkir gaymoritning surunkali shakliga oʻtishi;
  • Oʻrta quloq yalligʻlanishi;
  • Yurak ishi buzilishi;
  • Buyrak va boʻgʻimlarda kamchiliklar kelib chiqishi;
  • Sepsis;
  • Bosh miyaning yalligʻlanishi.

Gaymoritning davosi

Gaymoritni davolashda bir qator davo usullari boʻlishiga qaramay, aniq bir chora koʻrish uchun shilliq tekshiruvi va kasallik keltirib chiqargan aniq sababni aniqlash kerak boʻladi.

Gaymoritda antibiotiklar.

Shifokorlar gaymorit davosida antibiotiklarsiz kutilgan natijaga erishib boʻlmaydi deyishadi, va ular haq. Ayniqsa, kasallik kelib chiqishiga patogen mikroorganizmlar sabab boʻlsa. Antibiotik preparatlar ichidan eng samaralisi quyidagilar:

Seftriaksion. Oxirgi avlod antibiotiki. Koʻpgina aerob va anaerob mikroorganizmlarga taʼsir etadi. Qabul qilishning birinchi kunidanoq taʼsir koʻrsatadi, kutilgan natija ikki kun ichida seziladi.

Augmentin. Uchinchi avlod antibiotiki, bakteritsid taʼsir koʻrsatadi, dozalariga qatʼiy eʼtibor berilsa yosh bolalar va kattalarda ham qoʻllasa boʻladi.

Sumamed. Juda kuchli antibiotik, gaymorit belgilaridan 5 kun ichida xalos etishi mumkin.

Makropen. Preparat qonga tez soʻriladi va 20 daqiqadan keyin taʼsir etishni boshlaydi. Bu vosita gipoallergik hisoblanadi, shuning uchun allergiyasi borlarga ham buyuriladi.

Sinupret. Tabiiy oʻsimliklardan olingan vosita boʻlib, qoʻshimcha yordam sifatida buyuriladi.

[box type="error" align="" class="" width=""]Diqqat! Gaymoritni davolashda antibiotiklardan foydalanish faqatgina, shilliqning maxsus tekshiruvi oʻtkazilgandan soʻng, shifokor tomonidan qatʼiy ravishda buyuriladi. Mustaqil ravishda oʻzingiz antibiotik turini tanlab, uni qabul qilishingiz mumkin emas. Antibiotiklar bilan uzoq muddat davolanganda ichaklar ishini normallashtirish uchun, shifokor koʻrsatmasiga binoan probiotiklar va zamburugʻga qarshi vositalardan foydalanishni ham unutmaslik zarur.[/box]

Gaymoritni xalq tabobati bilan davolash

Gaymoritni xalq tabobati bilan davolash samaradorligini tibbiyot ham tasdiqlagan. Masalan, oddiy piyoz suvini burunga tomizish:

  • Piyoz suvini va spirt eritmasini teng hajmda aralashtirish, burunga 1-2 tomchidan kuniga 1 maxal, kechqurun tomizish kerak;
  • Gaymorit davosida tuzli suv bilan burunni chayish ham ancha yaxshi natija beradi. Tuzli suvni biroz ilitib burun chayilsa, gaymor boʻshligʻidagi yiring koʻchishi ham osonlashadi.
  • Burun boʻshligʻi atrofiga va gaymor boʻshligʻi sohasiga qizdirilgan tuz yoki qum solingan xaltachalarni 15 daqiqa qoʻyish ham yiring ajralib chiqishiga yordam beradi.
  • Agar gaymorit vaqtida asal bilan ingalyatsiya qilinsa ham nafas olish yengillashadi, shishlar kamayadi. Asal eritilgan suv bilan buruni chayish ham shilliq qavat shishini kamaytiradi.

Gaymoritning xirurgik davosi

Agar konservativ davo va xalq tabobati kutilgan natijani bermasa, shifokor bilan maslahatlashib xirurgik muolaja oʻtkazish rejalari tuziladi. Operativ davo gaymor boʻshligʻini teshib yirngni chiqarishga va u joyni antibiotiklar bilan yuvishga qaratilgan. Muolaja ogʻriqli boʻlganligi sababli mahalliy ogʻriqsizlantiruvchi vositalar yordamida bajariladi. Gaymor boʻshligʻini teshish surunkali shaklga oʻtishni oldini oladi, yiring chiqgandan keyin tana harorati normaga keladi, bemor ahvoli yaxshilanadi.

Gaymorit jiddiy kasallik hisoblanadi, shuning uchun shifokorlar kasallikni toʻliq davolashga harakat qilishadi. Ayniqsa, choʻzilib ketgan shamollashni bartaraf etish kerak boʻladi. Statistikaga binoan, gaymorit qaytalanishi 40 % hollarda kuzatilgan. Agar profilaktik chora tadbirlar koʻrilsa kasallikdan butunlay xalos boʻlish mumkin.

Gaymoritni oldini olish

Gaymorit profilaktikasiga quyidagilar kiradi:

  • Sovuq qotmaslik;
  • Immun tizimni oshiruvchi mashqlarni muntazam bajarish;
  • Shamollashni erta bosqichlaridayoq davolash;
  • Ogʻiz boʻshligʻi gigiyenasiga rioya qilish.

Sanitar-kurort sharoitda davolanish va togʻ yonbagʻirlarida dam olish gaymorit boʻlishdan saqlaydi. Oʻzingiz va yaqinlaringiz sogʻligiga bee'tibor boʻlmang! Salomat boʻling!

Mavzuga aloqador foydali maqolalar: 

Burundagi yallig’lanish alomatlarini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Otrivindir.

Otrivin bu – burun bo'shlig'iga purkaydigan tomirlar toraytiruvchi dori vositasi (sprey va tomchi shaklida mavjud)

1 ml Eritma tarkibida: faol modda: ksilometazolin gidroxloridi 1 mg. Yordamchi moddalar: natriy fosfat monobazik dihidrat, natriy fosfat ikki asosli o'n ikki suvli, natriy xlorid, dinatriy edetat, benzalkonium xlorid, metilgidroksipropil tsellyuloza 4000 mPa.S, sorbitol 70%.tozalangan suv

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi -https://apteka.uz/uz/product/otrivin

Nafas yo'li yallig’lanishida keng qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Ksilometazolin,Rinostop,Galazolin,Nosilin,Rinokta,Ksilofakt va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Girshprung kasalligi

Ichaklarning me'yordagidan kengayib yoki uzayishi girshprung kasalligi hisoblanadi va asosan yosh bolalarda tug‘ma holda uchraydi. Girshprung ko‘proq o‘g‘il bolalarni bezovta qiladi.

Ichaklar faoliyati Meysner va Auerbax nerv chigallari tomonidan boshqariladi. Ana shu nerv chigallari hujayralari meyorda o‘sib yetilmasligi (yoki mutlaqo mavjud bo‘lmasligi) ona qornidagi bolaning girshprung bilan xastalanib tug‘ilishiga sharoit yaratadi.

Chaqaloqning girshprung bilan dunyoga kelishiga bir nechta omillar sabab bo‘ladi:

  • ayolning homiladorlik davrini yomon o‘tkazishi;
  • bo‘yida bo‘lgan dastlabki oylarda avitaminozga chalinishi;
  • homiladorlikning boshlang‘ich oylarida o‘tkir yuqumli kasalliklar bilan og‘rishi;
  • bo‘lajak onaga va homilaga V guruhidagi vitaminlar yetishmasligi.

Girshprungga uchragan go‘dakning ichaklarida peristaltika (to‘lqinsimon harakat) jarayoni ro‘y bermaydi, qabziyat (ich qotish) rivojlanadi, bolani qorin dam bo‘lishi bezovta qiladi.

Bemorning ichi ikki-uch kunda bir marta kelishi mumkin. Natijada yo‘g‘on ichakda najas (axlat) yig‘ilib qoladi va ichaklar kattalasha boradi.

Kengaygan va uzaygan ichaklar qo‘shni a’zolar (qon-tomirlar, yurak, o‘pka)ni qisib qo‘yishi natijasida bolaning nafas olishi qiyinlashadi, yuragi tez-tez uradi.

[caption id="attachment_3641" align="aligncenter" width="460"]Girshprung kasalligi Girshprung kasalligi[/caption]

Ba’zan yig‘ilib qolgan axlat o‘z vaqtida tashqariga chiqarilmagani tufayli ichaklarga qayta so‘riladi va organizm zaharlana boshlaydi. Bunday zaharlanish davomida bolaning ishtahasi yo‘qoladi, behollanib, boshi og‘riydi.

Girshprung bilan og‘rigan bola ozib ketadi, terisi quruqlashib, ko‘z kosasi chuqurlashadi, hatto, oyoqlari ham noziklashib qoladi.

Kasallikni davolash ikki xil (konservativ va jarrohlik) usulda olib boriladi.

Yengilroq turida konservativ usul qo‘llanilib, bolaga dori-darmon buyuriladi, ichaklari huqna yordamida tozalanadi, ich yurishi ta’minlanadi. Shundan so‘ng uning umumiy ahvoli yaxshilanadi.

Girshprung tashhisi qo‘yilgan va bu kasallik rivojlangan bolalarda jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi. Kengaygan yoki uzaygan ichaklarning zararlangan qismi olib tashlanadi, izdan chiqqan nerv chigallari, shuningdek, faoliyati susaygan nerv tizimining simpatik va parasimpatik bo‘limlari yaxshi ishlashiga imkon yaratiladi.

Unutmaslik kerakki, operatsiyadan keyin bemor bolalar kolit (yo‘g‘on ichak kasalligi)ga moyil bo‘lib qolishadi. Shuning uchun ular jarrohlikdan so‘ng parhezga amal qilishlari lozim, qattiq qovurilgan yog‘li ovqatlar zarar, bug‘da pishirilgan taomlar va yumshoq bo‘tqalar hamda suyuq sho‘rvalar ichishlari foydalidir.

Shifokor nazoratida bo‘lib, ovqatlanish va dam olish to‘g‘ri tashkil etilsa, bemor bola sog‘ayib ketadi.

© Fotima NORBOYEVA, shifokor.
"Sihat-salomatlik" jurnali.

 

Gastroenterologik kasalliklarda eng kop qo'llaniladigan dori vositalardan biri URSOSAN FORTEdir:

https://apteka.uz/uz/product/ursosan

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Gastrit kasalligi

O‘smirlar orasida gastrit xastaligining ko‘p uchrayotganligiga asosiy sabab ularning ovqatlanish tartibiga rioya etmasligidir. Kasallik kelib chiqishini oddiygina tushuntirish mumkin. Masalan qorin ochganda me’da shirasi ajraladi, xuddi shu vaqtda oshqozonga ovqat tushmasa, bu shira me’daning shilliq qavatini (devorini) yallig‘lantiradi. Demak, doimiy ravishda o‘z vaqtida ovqatlanmaslik yoki quruq taomlar yeyish va ko‘pincha och yurish natijasida o‘smir gastritga chalinadi.

gastrit

Xastalikning birinchi (ekzogen) sababi ovqatlanish tartibiga, me’yoriga amal qilmaslik, taomni yaxshi chaynamasdan yutish, achchiq va o‘ta issiq ovqatlarni iste’mol qilish, turli dori-darmonlarni nazoratsiz qabul qilish, shuningdek tamaki chekish va spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish, asabiy zo‘riqish singari holatlar bilan bog‘liq.

Gastritni yuzaga keltiruvchi endogen sabab esa quyidagi omillar bilan ifodalanadi:

  • surunkali yallig‘lanishlar (og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, nafas olish tizimidagi yallig‘lanishlar);
  • o‘pka sili, surunkali xoletsistit va pankreatit, enterokolit, bavosil kasalligi, paraproktit;
  • endokrin bezlar xastaliklari (gipotireoz, qandli diabet);
  • moddalar almashinuvining buzilishi (o‘ta semizlik, organizmda temir yetishmasligi, podagra);
  • to‘qima gipoksiyasiga olib keluvchi dardlar (yurak-tomir, jigar va buyrak yetishmovchiligi);
  • ko‘p asabiylashish, ruhiy tushkunlik holatlari;
  • ba’zi dori moddalarini pala-partish iste’mol qilish.

Demak, aytish joiz, gastritni keltirib chiqaruvchi ekzogen sabablar ovqatlanish tartibining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lsa, endogen sabablar orasida qorin bo‘shlig‘i a’zolari yallig‘lanishi asosiy o‘rinni egallaydi.

Xastalikning turlari ko‘p

Gastritning kechishi xilma-xil bo‘lib, har biri alohida xususiyatga ega. Masalan, gipertrofik gastritda yallig‘lanish tufayli oshqozon pardasi qatlamlari qalinlashadi. Erroziv gastritda o‘yuvchi moddalar (natriy, sirka kislota, sulema, qo‘rg‘oshin singarilar) ta’sirida oshqozon shilliq qavati shikastlanadi. Polipoz gastrit me’da ichaklar devorida poliplar paydo bo‘lishi bilan kechadi. Flegmonoz gastritda esa me’da shilliq qavatida yiringli yallig‘lanish ro‘y beradi. Gormonal gastrit ichki gormonal a’zolar faoliyati buzilishi natijasida oshqozon shirasining asosini tashkil qilgan xlorid kislota ishlab chiqaruvchi hujayralar faoliyatini oshishi natijasida shilliq qavati jarohatlanadi. Dorili gastrit turli dorilarni, ayniqsa tarkibida steroid, aspirin, og‘riq qoldiruvchi va boshqa moddasi ko‘p bo‘lgan dorilarini o‘zbilarmonlik bilan iste’mol qilish natijasida kelib chiqadi.

Bemor gastroskopiya qilingach, ya’ni gastroskop apparati qizilo‘ngach orqali oshqozonga kiritilib, uning shilliq qavatlari holati sinchiklab ko‘rilganda gastritning ushbu hamda boshqa bir qancha turlarini aniqlash mumkin.

Eroziv gastrit: shifokor nazorati juda muhim

Gastrit yoshlarning deyarli 40 foizida uchraydi, shular orasida eroziv gastrit bilan og‘rigan o‘g‘il bolalar ko‘pchilikni tashkil etadi. Kasallikning bu turi oshqozonda kislotali muhitning ortib ketishi tufayli paydo bo‘ladi.

Eroziv gastritning kelib chiqishiga quyidagi omillar ham sababchidir. Masalan:

  • doimiy ravishda yo‘l-yo‘lakay quruq holda ovqatlanish;
  • qattiq ruhiy iztirob chekish (asabiylashishi);
  • o‘ta achchiq, nordon va juda sho‘r narsalarni ko‘p iste’mol qilish;
  • infeksion kasalliklar bilan tez-tez og‘rib turish;
  • organizmda intoksikatsiya (zaharlanish) tez-tez ro‘y berishi;
  • turli xil dori-darmonlarni o‘zbilarmonlik bilan ichib yurish;
  • gepatit, zotiljam, buyrak va yurak kasalligi revmatizmning surunkali turlariga va boshqa kasalliklarga chalinish singarilar eroziv gastritni yuzaga keltiruvchi omillardan hisoblanadi.

Eroziv gastrit paydo bo‘lishida nos, tamaki chekish va spirtli ichimliklar ichish asosiy rol o‘ynaydigan omillardan hisoblanadi. Aslida bu kasallik o‘g‘il bolalar o‘rtasida ko‘p uchrayotganining sababi ham shunda. Chunki tamaki tutuni ta’siri natijasida me’da shilliq qavati avvaliga birmuncha qalin tortadi, ya’ni ko‘p miqdorda shira ishlab chiqaradi, so‘ng esa atrofiyaga uchrab zaiflashadi. Bu holat eroziv gastrit uchun qulaylik tug‘diradi.

O‘z nomiga ko‘ra eroziv gastrit me’da shilliq qavati yuza qavatida eroziyalar (shilinish, yorilishlar) paydo bo‘lishi bilan kechadi. Agar davo kechiktirilsa kasallik asorat beradi, ya’ni eroziyalar yaraga aylanadi va ular qon tomirlari teshilib ichaklardan qon oqishi mumkin va bu bemorlarning axlati qora bo‘lib kelishi bilan namoyon bo‘ladi.

Bemorlarni dastlab doimiy og‘riqlar bezovta qiladi. Agar eroziya me’da shilliq qavatida bo‘lsa og‘riq ovqatlangandan keyin 20-25 daqiqa o‘tgach boshlanadi. O‘n ikki barmoqli ichak sohasidagi eroziyada esa bemor ovqatlangandan 1,5-2 soat o‘tib og‘riq turadi.

Eroziyalar yaraga aylanib ketmasligi uchun bemor muolajani tezroq boshlashi lozim. Aks holda shilliq qavatda yaralar ko‘paya boradi, ular teshilib qonagan joylardan keyinchalik o‘smalar paydo bo‘lishi mumkin. Kasallik shifokor nazorati ostida dori-darmonlar bilan davolanishi kerak. Bemorlar parhezga qat’iy amal qilishlari zarur. Kundalik ovqatlar yumshoq, mayin, asosan bo‘tqa va suyuq sho‘rvalardan iborat bo‘lgani ma’qul. Muolajalar qunt bilan oxiriga yetkazilsa bemor qisqa vaqt mobaynida batamom sog‘ayib ketadi.

To‘sh sohasidagi og‘riqlar

Bemorlar qorin yoki to‘sh osti sohasida doimiy vaqti-vaqti bilan og‘riqlardan shikoyat qiladilar. So‘rab-surishtirilganda ular ishtaha pasaygani, og‘izda yoqimsiz ta’m bo‘lishi, kekirganda achchiq-nordon suyuqlik chiqishi, ba’zan qusish bezovta qilayotganini aytishadi. Ta’kidlash joizki, gastritning hamma turlari ovqatlangandan keyin jig‘ildon qaynashi bilan boshlanadi. Buning sababi shundaki, gastritga chalingan bemorning me’da mushaklari tez-tez qisqaradigan bo‘ladi, ular qisqarganda oshqozon shirasi, xususan xlorid kislota qizilo‘ngachning pastki qismiga otilib chiqadi va qizilo‘ngachning shilliq pardasini ta’sirlantiradi. Bunday vaqtda jig‘ildon qaynashidan tashqari achchiq kekirish va shundan so‘ng qayt qilish kuzatiladi. Ko‘pincha to‘sh osti sohasida og‘irlik sezgisi bo‘ladi, bemor kekirganda og‘zida palag‘da tuxum ta’mi seziladi. Bemorning umumiy ahvoli unchalik yaxshi bo‘lmaydi, ishtahasi yomonlashadi, ish qobiliyati pasayadi.

Gastritda bemor qusishga moyil bo‘lib qoladi. Ya’ni, yeyilgan ovqat yo ichilgan suyuqlik me’daning harakat vazifasi susaygani sababli oshqozonda turib qoladi. Ayniqsa ko‘p ovqat yeyilib oshqozon to‘lib ketganda uning mushaklari siqilishga uchraydi va antiperistaltika (teskari harakat) paydo bo‘ladi. Shunda ovqat qizilo‘ngachning pastki qismiga o‘tib tashqariga otilishga shay turadi.

Kasallik surunkali kechganda to‘sh osti sohasida og‘riq bo‘lishi bilan til usti qavati oqimtir karash bilan qoplanadi. Bemorni davolashda shifokor mehnat va turmush tarzini me’yorga keltirishdan boshlaydi. Har bir bemor uchun shaxsiy davo choralarini shifokor belgilaydi. Bemor kuniga 6-5 marta oz-ozdan ovqatlanishi kerak. Jismoniy va ruhiy zo‘riqishlardan saqlangani ma’qul. Og‘riq bezovta qilganda qorniga iliq suvli grelka qo‘yib yotishi va dam olishi lozim. Kasallikning remissiya (tinch) davrida bemor ambulatoriyada oilaviy shifokor nazoratida davo olishi kerak.

Ayrim hollarda shifokor me’dani uy sharoitida, zondsiz yuvishni tavsiya qiladi. Ya’ni to‘sh ostida og‘irlik sezilsa, ko‘ngil aynab so‘lak oqsa me’dada ko‘p miqdorda to‘plangan shilimshiqni qayt qilib chiqarib yuborishi ham mumkin. Ba’zi hollarda me’dani xona haroratidagi gazsiz ma’danli suv bilan ertalab va kechqurun uyqudan oldin yuvish ham mumkin.

Parhez yordam beradi

Gastritni davolab tuzatishda parhezning o‘rni alohida. Chunki gastrit tufayli me’da zaiflashadi, dag‘al ovqatlar unga qattiq botadi, demak iste’mol qilinadigan taomlar yengil bo‘lsa hazm osonlashadi. Bemor oz-ozdan tez-tez ovqatlanib, ko‘proq guruchli yoki manniy bo‘tqalar, kartoshka yoki sabzi pyuresi, bug‘langan sabzavotli taomlar iste’mol qilib, o‘ta shirin yoki nordon bo‘lmagan meva sharbatlari ichib yurgani ma’qul.

Gastritga chalingan bemorlar har galgi ovqatlanishda taom miqdorining ko‘p bo‘lmasligiga alohida ahamiyat qaratishlari kerak. Ba’zida bemor yarim tunda ichi achishib ketayotganidan uyg‘onsa ilgaridan tayyorlab qo‘yilgan bir stakan sut yoki meva sharbatini ichib yotishi kerak yoki shirin suyuq choyga oq nondan tayyorlangan pechenye yoki suxarili nonni ivitib yegan ma’qul.

Asosiy maslahatlarimiz quyidagicha:

Kuniga 6-8 mahal oz-ozdan yangi pishirilgan ovqat yeb turilsa hazm a’zolari bir maromda ishlaydi, me’da shirasi faol ravishda ajraladi.

Yangi uzilgan shirin ho‘l meva va sabzavotlar, shuningdek yong‘oq, turshak va mayiz dasturxonda bo‘lishi lozim. Qisqa fursatda tayyorlanadigan yeguliklar (gamburger, chizburger, xotdog, pissa, lavash) ni biroz cheklagan ma’qul. Tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan, ko‘cha-kuyda qo‘lda tayyorlab sotilayotgan ovqatlarni yemagan yaxshi.

Kamqonlikning oldini oling, vitaminga boy ovqatlar, xususan ko‘katlar, qatiq, suzmalar temir moddasining organizmga so‘rilishini tezlashtiradi. Ovqatlanish vaqtida choy ichmang. (Choyni ovqatlangandan ikki soat keyin ichganingiz ma’qul) Qaynagan suv yoki ma’danli gazsiz ichimliklar ovqatlanish paytida choy o‘rnini bosadi.

Yangi uzilgan oshko‘katlar va sabzavotlardan tayyorlangan salatlar, meva sharbatlari organizm quvvatini oshiradi. O‘ta issiq yoki o‘ta sovuq ovqatlarni yeyish oshqozon-ichak tizimlariga zarar keltiradi. Har kuni bir xil vaqtda ovqatlanishga odatlangan yaxshi.

O‘xshash maqola: Tashxis: Eroziv gastrit. Bu qanday kasallik?

© Akmal YULDASHЕV,
7-shahar klinik shifoxona bosh shifokori.
Dilbar G‘ULOMMAHMUDOVA,
diagnostika-tashxis bo‘limining mudiri.
"Sihat-salomatlik" jurnali.

Gastroenterologik kasalliklarda eng kop qo'llaniladigan dori vositalardan biri REBAGITdir:

https://apteka.uz/uz/product/rebagit

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Gonoreya kasalligidan saqlaning!

So‘zak – o‘tkir yoki surunkali tarzda kechadigan tanosil kasalligi bo‘lib, siydik chiqaruv va jinsiy a’zo yo‘llaridan yiringli ajralma oqishi bilan namoyon bo‘ladi. Kasallik yuqqanidan o‘rtacha 3-5 kundan keyin belgilari ko‘rinadi: siydik chiqishdan oldin va chiqayotgan paytda achishish, qichishish va og‘riq belgilari boshlanadi. Kun sayin ajralmalarning miqdori orta borib, og‘riq kuchli bo‘lganidan bemor siyishdan o‘zini tiyib yurish darajasigacha boradi. Bunday holatda bemorlarda kuchli qo‘rquv paydo bo‘ladi va buni hammadan yashirib, bilib-bilmay har xil dori-darmonlar qabul qilishadi. Antibiotiklar yiringli ajralmalarning to‘xtashiga olib keladi, lekin kasallik chaqiruvchisi hisoblangan gonokokk infeksiyasi saqlanib qoladi va boshqa kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

So‘zak (gonoreya) yuqish yo‘llari

So‘zak jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasalliklarning ko‘p uchraydigan turi hisoblanadi. Kamdan-kam hollarda maishiy yo‘llar, ya’ni mochalka, sochiq, ichki kiyim orqali yuqadi. Kasallikni qo‘zg‘atuvchi gonokokklar nam muhitda yashovchanligini yo‘qotmaydi, shuning uchun yaxshi qurimagan gigiyena buyumlaridan foydalangan begona kishilar infeksiyani yuqtirib olishlari mumkin. Shuningdek, so‘zak bilan og‘rigan onadan tug‘ruq paytida chaqaloqqa ham kasallik o‘tadi.

So‘zak (gonoreya) asoratlari

So‘zak asorati sifatida ayrim kasalliklar kelib chiqishi va birga kechishi mumkin.

Ikki stakanli sinama (Tompson sinamasi) o‘tkazilganda, siydikning birinchi porsiyasi loyqa, ikkinchi porsiyasi esa tiniq bo‘ladi. Bu belgilar o‘tkir oldi uretrit (siydik chiqarish yo‘lining yallig‘lanishi) ko‘rinishidir.

Agar Tompson sinamasi o‘tkazilganda, har ikki siydik porsiyasida ham loyqalanish kuzatilsa, o‘tkir uretrit hisoblanadi. Uretrit asosan so‘zak yuqqandan ikki-uch hafta o‘tgach kuzatiladi. Siydik chiqarish kanali tashqi teshigi yaqinida to‘q-qizil nuqtalar, shishgan halqalar bilan o‘ralgan bo‘lib, barmoq bilan siqqanda yiringli tomchi ajraladi.

Gonoreya davolanmasa qizarish, shish, yallig‘lanish, ajralmalar vaqt o‘tgan sayin kamayadi va ajralma quyuqlashadi. Bu o‘tkir osti uretritdir. Taxminan ikki oy o‘tgach, yallig‘lanish surunkali turga o‘tadi. Bunda bemorning shikoyatlari kamayadi, faqat siygandan keyin uzoq tanaffus vaqtida siydik chiqarish kanali teshiklari bir-biriga yopishgan, ayrim hollarda qaloq bilan qoplangan bo‘lib, loyqa, suyuq tomchi kuzatilishi mumkin.

Siydik chiqarish kanali paypaslanganda notekis zichlashgani va tugunsimon qalinlashgani sezilsa, bu xil o‘zgarishlar littreit(siydik chiqarish kanalidagi shilliq bezlarining yallig‘lanishi)dan dalolat beradi.

Kasallik ko‘pincha prostata bezi yallig‘lanishiga ham sabab bo‘ladi. Bemorlar siydik ajralishi va jinsiy hayotning o‘zgarishi, og‘riqli bo‘lishida shikoyat qilishadi.

Yorg‘oq ortig‘ining yallig‘lanishi ham kasallikning yana bir asorati bo‘lib, bemorning urug‘ qopchasi terisi qizargan, shishgan, ushlab ko‘rilganda issiq, kattalashgan, zichlashgan va og‘riqli bo‘ladi.

Turli xil omillar – immun tizimining zaifligi, nazoratsiz antibakterial vositalar qabul qilish, alkogolizm, narkomaniya va boshqalar ta’sirida bemor so‘zakning boshlanishini sezmasligi mumkin. Bunday hollarda kasallikning erta tashxisi qiyinlashadi va turli og‘ir asoratlar, ya’ni jinsiy maylning buzilishi, bepushtlikka sabab bo‘ladi.

Agar siydik chiqaruv va jinsiy a’zo yo‘llaridan suyuqlik ajralsa, siydik tushayotganda qichishsa, achishsa yoki og‘risa, toshmalar toshsa va boshqa shunga o‘xshash belgilar sezilsa, albatta shifokorga murojaat qilish lozim.

So‘zakdan saqlanishning eng ma’qul yo‘li tartibsiz jinsiy aloqaga yo‘l qo‘ymaslikdir!

[su_quote]Yodda tuting! Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarni yuqqan yoki yuqmaganini bilish qiyin, chunki ko‘pincha bemorlarda kasallik alomatlari namoyon bulmaydi. Agar qindan yoki olatdan suyuqlik ajralsa, siydik tushayotganda jinsiy a’zolar qichishsa, og‘risa yoki achishsa, jinsiy a’zolar atrofida og‘riq, pufakchalar, yara, so‘gal paydo bo‘lsa, toshmalar toshsa, jinsiy yaqinlik paytida qorinning pastida og‘riq sezilsa, albatta shifokor tekshiruvidan o‘tish shart![/su_quote]

Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.

Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.

Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60

Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Gemangioma - xavfsiz o‘sma

Gemangioma qon tomirlarining xavfsiz o‘smalaridan biri. Bolalarning badanida bu kabi o‘smaning aniqlanishi vahimaga asos bo‘lmaydi. Ammo uning rivojlanishi oqibatida organizmga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin.

Aksariyat hollarda tananing ma’lum bir qismida paydo bo‘lgan patologik jarayonga mushak, asab to‘qimalari, teri ostining yog‘ qatlami, jigarning hujayralari ham jalb etiladi. Bunday o‘smalar odatda yosh bolalarda, ayniqsa, go‘daklik chog‘ida tez-tez uchraydi. Ba’zi bir holatlarda gemangioma tug‘ma bo‘ladi. Yirik gemangiomalar paydo bo‘lsa, ular sababli organizmda tromblar hosil bo‘lishi mumkin.

gemangioma

Statistik ma’lumotlarga qaraganda, 2-12 foiz yangi tug‘ilgan go‘daklarda gemangioma aniqlanadi. Bu turdagi o‘smalar 7:1 nisbatda qiz bolalarda ko‘proq uchraydi. 80 foiz holatlarda gemangioma tananing bir sohasida paydo bo‘ladi. 20 foiz holatlarda xavfsiz o‘sma tananing bir qancha joyida uchrashishi mumkin.

Gemangioma bor-yo‘qligini qanday bilish mumkin?

Aksariyat hollarda gemangioma teri qatlamini qamrab oladi va asosan, yuz yoki bo‘yin sohalarida uchraydi. Bunday holatlarda kapillyarlar o‘smasi haqida so‘z yuritiladi. Xol, nor, dog‘, och pushti yoki qizil rangli bu xil o‘smalar yaxshi ko‘rinadigan, ya’ni yuzada joylashgan bo‘ladi. Odatda bu o‘smalar og‘riq bermaydi. Ba’zi bir holatlarda gemangioma teri sathining ichki qismida, chuqur joylashadi. Bunday vaziyatlarda xavfsiz o‘smaning borligini xuddi shikastlanishdan so‘ng hosil bo‘ladigan ko‘kimtir rangli dog‘dan aniqlash mumkin. Mutaxassislarning e’tirof etishicha, ba’zida gemangiomalarni xol va kandillomalar(so‘gal)dan farqlash qiyin kechadi. Xavfsiz o‘smalar uchun xarakterli bo‘lgan xususiyat shuki, ular faollik fazasida juda tez kattalashib boradi. Boshqa xildagi o‘smalardan farqli o‘laroq, gemangiomalar xavfli o‘simtalarga aylanmaydi. Xavfsiz o‘smalar 2-4 haftada bir marotaba o‘sadi, 2-6 oyda o‘sishdan to‘xtaydi, 6-12 oyda qaytadan kichiklashib boradi.

Gemangioma tananing ichki a’zolarida uchrasa bu klinik jihatdan og‘ir holat hisoblanadi. Bunday turdagi xavfsiz o‘smalar jumlasiga jigar, mushak, suyak qon to‘qimalarining kengayib ketishini kiritish mumkin. Bu xildagi gemangiomalar yillar davomida rivojlanib boradi va tasodifan tibbiy ko‘rikdan o‘tish chog‘ida aniqlanadi.

O‘sma qayerdan paydo bo‘ladi?

Bu masalada aniq bir fikr yo‘q. Mutaxassislar turlicha fikr bildirishadi. Ba’zilar gemangiomaning paydo bo‘lishi ko‘p jihatdan nasliy xususiyat kasb etadi deyishsa, boshqalar o‘sma turli xil kasalliklar bilan birga uchraydi, yana tashqi omillar ta’siriga bog‘liq, masalan, uzoq vaqt davomida quyosh nuri ostida toblanish sabab bo‘ladi degan taxminlar ham mavjud. Gemangioma tug‘ma bo‘lishi, shuningdek, keyinchalik katta yoshli odamlarda ham paydo bo‘lishi mumkin.

Yosh bolalarda paydo bo‘ladigan o‘sma rivojlanish jarayonida ikkita xavfli davr bor: 2-4 va 6-8 oyligida gemangioma tez o‘sishga moyil bo‘ladi. Bola bir yoshga to‘lgach, o‘simta rivojlanishdan to‘xtaydi.

Chaqaloq va kichik yoshli bolalarda xavf­siz o‘smani o‘z vaqtida aniqlash uchun ota-onalarga quyidagi to‘rt alomatga jiddiy e’tibor qaratish tavsiya etiladi: jarayonning ilk bosqichida yangi tug‘ilgan chaqaloqning tanasi, aksariyat hollarda bolaning yuzida, tirnalish iziga o‘xshash och qizg‘ish rangli dog‘ paydo bo‘ladi. Ko‘pincha ota-onalar bunga ahamiyat bermaydilar.

Qizg‘ish rangli dog‘ paydo bo‘lgan vaqtdan boshlab ikkinchi kundan dog‘ning rangi o‘zgaradi (u yanada qizilroq bo‘la boshlaydi). Odatda ota-onalar bu alomatga jiddiy e’tibor berishmaydi va o‘z bilganicha davolashga harakat qiladi.

Kun sayin qizg‘ish rangli dog‘ kattalashib boradi.

Tanadagi dog‘ atrofida pushti rangli halqa paydo bo‘lsa, bu xavfli alomat hisoblanadi. Bu degan so‘z gemangioma ichkariga tomon o‘sishni boshlagan. Garchi shunday hol yuz bersa, o‘simta teri osti qatlamlarini, shu yerda joylashgan a’zolarni shikastlashi mumkin.

Gemangioma qanday davolanadi?

Gemangioma haqida

Xavfsiz o‘smaning bu turi rivojlanishning to‘liq siklini bosib o‘tadi, ya’ni o‘smaning paydo bo‘lish, rivojlanish va nihoyat, o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketish davri farqlanadi. Gap shundaki, gemangiomaning yo‘q bo‘lib ketish davri juda uzoq vaqtgacha cho‘zilishi mumkin. Bordiyu, odam tanasida paydo bo‘lgan xavfsiz o‘sma o‘sishi davomida og‘riq berib normal hayot kechirishga xalaqit bersa, yoxud kosmetik jihatdan juda noqulay nuqson sifatida namoyon bo‘lsa, u holda uni davolash (jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash) haqida o‘ylab ko‘rish lozim.

Bugungi kunda gemangioma kabi o‘smalarni yo‘qotishning juda samarali va og‘riqsiz usullari topilgan. Jumladan, gemangiomani sklerozirlash mumkin. Bu usuldan foydalanilganda gemangiomaning to‘qimasiga prednizolon deb nomlanadigan maxsus dori vositasi yuboriladi. Bu dorining ta’siri ostida zararlangan qon tomirlari yo‘li bekiladi va shu tariqa xavfsiz o‘smaning rivojlanishiga to‘siq qo‘yiladi. Ushbu tibbiy muolajadan keyin uncha katta bo‘lmagan shish paydo bo‘ladi. Bir necha hafta davomida shish yo‘qolib ketadi.

Sklerozirlash usuli gemangioma to‘qimalarga ancha chuqur kirib borgan vaqtida qo‘llaniladi. Ko‘p hollarda ushbu usul lazer terapiyasi bilan birgalikda ishlatiladi. Gemangiomani davolashning yana bir uslubi muz yordamida mahalliy ta’sir ko‘rsatish (kriodestruksiya) hisoblanadi. Buning uchun tananing shikastlangan sohasiga azot bilan mahalliy ta’sir ko‘rsatiladi. Shunday qilinsa, gemangioma nobud bo‘ladi. Davolanish muolajasidan keyin ta’sir ko‘rsatilgan joyda qavariq (pufak) paydo bo‘ladi. Unga aslo tegib bo‘lmaydi. Ma’lum vaqt o‘tganidan so‘ng qavariq o‘z-o‘zidan yoriladi. Jarohat o‘rni bitishga boshlaydi. Zaruriyat bo‘lsa davolovchi shifokor surtmalar buyuradi. Kriodestruksiya usuli hamma vaqt ham qo‘llanilmaydi.

O‘sma hayot uchun muhim bo‘lgan a’zolar (jinsiy a’zo, boshdagi liqildoq, ko‘z, burun, og‘iz) yaqinida joylashgan bo‘lsagina muz yordamida mahalliy ta’sir ko‘rsatish tavsiya etiladi. Xavfsiz o‘smani jarrohlik yo‘li bilan yo‘qotishning eng samarali usullaridan biri bu shikastlangan qon tomirlarini lazer nuri yordamida olib tashlash (koagulyatsiya) hisoblanadi. Ushbu uslub yordamida jarrohlik opreatsiyasi bajarilganida kasallikning qaytalanish ehtimoli minimal darajagacha kamayadi, tanada hech qanday chandiqlar qolmaydi. Bunday davo uslubidan foydalanish haqida dermatolog xulosa chiqaradi. Uslubdan foydalanilganidan keyin ikki-uch haftagacha shish saqlanib qolishi mumkin. Koagulyatsiya gemangioma teri ostiga 2 millimetrgacha o‘sib ulgurgan bo‘lsagina tavsiya etiladi.

O‘sma nimasi bilan xavfli?

Aksariyat hollarda gemangiomalar odam hayoti uchun jiddiy xavf tug‘dirmaydi. Bunday o‘smalar xavfli o‘smalardan farqli o‘laroq metastaz bermaydi(boshqa a’zolarga o‘sib kirmaydi) va hujayralar darajasidagi xotiraga shikast yetkazmaydi. Sihat-salomatlik uchun gemangiomalarning oqibatlari yomon ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Xavfsiz o‘smalarning salbiy ta’sirini quyidagicha ta’riflasa bo‘ladi:

  • Nozik yerda joylashgan o‘smalar juda kattalashib ketsa turli a’zolarning funk­sional faoliyatini izdan chiqarishi mumkin. Bunday noxush oqibatlar, ayniqsa, yangi tug‘ilgan go‘daklarda uchraydi. Ularda gemangioma ta’siri ostida nafas olish qiyinlashib qoladi, ko‘rish, eshitish, hid bilish layoqati shikastlanishi ehtimoli paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, xavfsiz o‘smalar yirik qon tomirlari yoki arteriyalar oldida ustida joylashgan bo‘lsa, qon aylanish tizimini izdan chiqaradi, shuningdek, qon tomirlarining elastikligiga salbiy ta’sir qiladi.
  • Teri ustida joylashgan gemangiomalarni bexosdan tirnab yuborish mumkin. Bunday hol yuz bersa yaraga infeksiyalar tushadi. Qandli diabet kasalligi bor bemorlarda xavfsiz o‘smalar infeksiyalanish sababli yara hosil qilgach uzoq vaqtgacha bitmasligi mumkin.
  • Gemangiomalar qonning ivishiga yomon ta’sir qiladi. Katta hajmdagi gemangiomalar mavjudligida organizm ularni anomaliya sifatida qabul qilib o‘zini himoyalash maqsadida “jarohatlangan hudud”ga ko‘p miqdorda trombotsitlarni jo‘natadi. Trombotsitlarning ko‘p miqdorda uzluksiz ravishda sarflanishi oqibatida qon tarkibida trombotsitlar yetishmay qoladi (trombotsitopeniya). Buning xavfli tomoni shundaki, chindan ham qonning ivishi zarur bo‘lsa, organizm bunday xususiyatini to‘liq namoyon etolmay qoladi.
  • Organizm uchun o‘ta xavfli holat bu ichki a’zolardagi, masalan, jigardagi gemangiomaning yorilib ketishi hisoblanadi. Bunda ichki qon quyilishi yuz beradi. Vaziyatni o‘nglash uchun zudlik bilan jarrohlik yordami ko‘rsatilishi kerak. Ba’zi holatlarda ichki o‘smalar turli omillar ta’sirida o‘z-o‘zidan yorilishi va ichki qon ketishiga olib kelishi ham mumkin.

Xavfsiz o‘smani davolash xususida shifokorga murojaat qilgan chog‘ingizda organizmdagi barcha o‘zgarishlar, his etilayotgan holatlar, klinik alomatlar haqida batafsil so‘zlab bering. O‘sma qachon paydo bo‘ldi, qanday shart-sharoitlarda uni aniqlashga muvaffaq bo‘ldingiz, u qancha vaqt davomida rivojlanmoqda, tanada yana boshqa shu kabi o‘smalar bormi yoki yo‘qmi, bu kabi savollarga beriladigan mufassal javob tashxis qo‘yishga va to‘g‘ri muolajalar belgilashga yordam qiladi.

ico
G‘ilaylik (strabizm) kasalligi haqida
G‘ilaylik (strabizm)ko‘zlar shunday holatiki, bunda ko‘ruv o‘qlarining qaralayotgan jismda o‘zaro kesishmasligi natijasida yuzaga keladi. Ko‘rinishi jihatidan ko‘zlar o‘ngga, chapga, tepaga yoki pastga, ba’zan aralash holatda namoyon bo‘lishi mumkin. gilaylik Agar ko‘z burun tomonga qaragan bo‘lsa yaqinlashuvchi g‘ilaylik deyiladi, agar aksincha chakka tomonga qaragan bo‘lsa uzoqlashuvchi g‘ilaylik deyiladi. G‘ilaylik bir ko‘zda yoki ikkala ko‘zda ham bo‘lishi mumkin. G‘ilaylikbu faqat tashqi ko‘rinish muammosigina emas, balki bolaning ko‘rish qobilyatini buzilishidir. G‘ilaylikda ko‘rish o‘tkirligi pasayadi, ikkala ko‘z orasida aloqa buziladi, ko‘zni harakatlantiruvchi mushaklar orasida muvozanat buziladi. Bundan tashqari, hajmli ko‘rish qobilyati buziladi. G‘ilaylik odatda 2 5 yoshlikdan ko‘zlarning hamkor harakati buzilishi natijasida yuzaga keladi. Tug‘ilganda bolalar ikkala ko‘z bilan bir vaqtda ko‘raolmaydilar, «binokulyar» ko‘rish sekin asta 4 yoshgacha shakllanadi.G‘ilaylik boshqa ko‘z kasalliklarining oqibatida ham yuzaga kelishi mumkin: miopiya, gipermetropiya, astigmatizm. G‘ilaylik o‘z vaqtida davolanmasa ma’lum muddatdan so‘ng «ambliopiya» deb ataluvchi ko‘zning «dangasalik» holati yuzaga keladi. Bu holat bosh miyaning himoya mexanizmi sifatida ikkala ko‘zdan kelayotgan turli (bir biriga mos bo‘lmagan) ma’lumotni qabul qilmaydi va g‘ilay ko‘zdan kelayotgan axborot bloklanadi. Natijada g‘ilay ko‘z bilan aloqa borgan sari yomonlashib, g‘ilaylik yanada kuchayadi va ko‘zning ko‘rish qobilyati ham pasayadi.

G‘ilaylik sabablari

Bundan tashqari, yuqori isitma, ruhiy yoki jismoniy jarohatlar ham g‘ilaylikni yuzaga kelishiga turtki bo‘lishi mumkin. G‘ilaylikka har qanday shubha bo‘lganida tezkor shifokor ko‘rigiga murojaat etish zarur. Mutaxassislar barcha zarur tekshirishlarni o‘tkazib, ko‘rsatmaga ko‘ra boshqa mutaxassislar (nevrapatolog va boshqalar) maslahatiga yo‘llanma berib, farzandingiz sog‘lig‘iga kompleks va individual yondashgan holda eng samarali davolash usullari yordamida davolashadi. G‘ilaylikning davolash samaradorligi faqat shifokor va uning tavsiyalarigagina bog‘liq bo‘lib qolmay, balki bemorning ham davolash jarayonida faol ishtirok etishini taqozo etadi. Bunda bemor va uning ota-onasi shifokorning barcha tavsiyalarini o‘z vaqtida, to‘liq hajmda bajarilishini ta’minlashlari, belgilangan mashq va muolajalarni barchasini sabr bilan bajarishlari zarur.

© Respublik ixtisoslashtirilgan ko'z mikroxirurgiya markazi. eyecenter.uz

ico
Gingivit - asorati jiddiy dard
Inson organizmidagi eng qattiq suyak to‘qima tish hisoblanadi. Uning atrofini tutib turuvchi to‘qima milk deb ataladi. Inson og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari orasida milk yallig‘lanishi gingivit deyiladi.

Gingivit tavsifi

Bu kasallik milk qonashi bilan tavsiflanadi. Sog‘lom og‘iz bo‘shlig‘ida tishlar yuvilganda milk qonashi kuzatilmaydi. Gingivitda esa milkning tishga tutashib turgan chetki qismi va ularning orasini to‘ldirib turgan milk so‘rg‘ichlari zararlanadi. Kasallikning bir necha xil turlari farqlanadi. Xastalikning kataral turida milk qizaradi, shishadi, qonaydi va bemor ovqat yeganda og‘riydi. Tishlarda yumshoq va qattiq karashlar to‘plana boshlaydi. Ushbu dardning surunkali turida bemor hech qanday bezovtalik hissini sezmaydi. Uning milkidagi yallig‘lanish jarayoni uzoq va sust kechadi. Ko‘pchilik holatda kasallik stomatolog ko‘rigi paytida aniqlanadi. Gingivitning bu turi davolanmasa bemor tish yuvganda milk qonashi, uning so‘rg‘ichlarining bo‘rtib ketishi kuzatiladi. Kasallik zo‘rayganda, milklar shishib ovqat iste’mol qilish paytida ham qonaydi. Uning yarali nekrotik turida bemorning tana harorati ko‘tarilib, unda holsizlik kuzatiladi. Milkda yaralar paydo bo‘ladi. Bemor ovqatlanganda va gapirganda ham qiynaladi. Kasallikning gipertrofik turi kam uchraydi. Bu jarayon ko‘pincha organizmdagi endokrin o‘zgarishlar natijasida rivojlanadi. Shu sababli gipertrofik gingivit asosan o‘smirlar, homilador ayollar va qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda uchraydi. Atrofik gingivitda milk hajmi kichrayib, tishlarning ildizlari ko‘rinib qoladi. Bemor sovuq yoki issiq taom, shirinliklar iste’mol qilganda og‘riq seza boshlaydi. [su_quote]Bu kasallikning kelib chiqish sabablaridan biri inson og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga rioya qilmasligi natijasida tish sirtlarida paydo bo‘ladigan yumshoq karashdir.[/su_quote] Yumshoq karash patogen, ya’ni kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblar ko‘payishi uchun qulay ozuqaviy muhit bo‘lib xizmat qiladi. Mikroblar ajratib chiqaradigan toksin (zaharli modda)lar milklarda yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqaradi. Xastalikning ikkinchi sabablaridan biri noto‘g‘ri qo‘yilgan plomba qirralari, tish qoplamalari, sifatsiz tayyorlangan tish protezlarining milkka zarar yetkazishidir. Yana organizm immunitetining susayishi, yetarlicha ratsional ovqatlanmaslik, qandli diabet, homiladorlik, C vitamini yetishmovchiligi, gripp, angina, sil kasalligi va organizmning og‘ir metallardan zaharlanishi, burundan nafas olishning buzilishi ham milk yallig‘lanishini keltirib chiqaradi. Shuni aytib o‘tish joizki, bu kasallik ayollarga nisbatan erkaklarda ko‘proq kuzatiladi. Sababi erkaklarning tamaki mahsulotlarini chekishi og‘iz bo‘shlig‘idagi o‘ziga xos RN muhitini nordonlashishiga olib keladi. Buning oqibatida nikotin og‘iz bo‘shlig‘ini ta’minlaydigan qon tomirlarini toraytiradi. Natijada yallig‘lanish jarayonini faollashtiradi. Bu esa kashandaning milklarini kasallikka moyil qilib qo‘yadi.

Gingivit kasalligini davolash

Bu dardni stomatolog davolaydi. Tishdagi to‘plangan yumshoq karashlar tozalanib, davolash har bir bemor uchun individual olib boriladi. Milk yallig‘lanishini bemor o‘z vaqtida davolamasa xastalik jiddiy asoratlar berib, parodontit, gematogen (qon orqali organizmga tarqaluvchi) infeksiyalar, infeksion endokardit (yurak xastaligi), glomerulonefrit (buyrak kasalligi) rivojlanishi mumkin. Gingivitning oldini olish uchun og‘iz gigiyenasi qoidalariga qat’iy amal qilish talab etiladi. Har kuni ertalab va kechqurun ovqatlangandan so‘ng ikki mahal 2-3 daqiqa davomida tish tozalanishi zarur. Bemorga bunday holatda qanday tish chyotkasi va pastasidan foydalanish zarurligini shifokor tushintiradi.

© Matluba NARZULLAYEVA, oliy toifali shifokor. "Sog‘lom avlod"  gazetasi.

ico
Gidrotsefaliya qanday kasallik?

Dilbandiga «gidrotsefaliya» tashxisi qo‘yilgan ota-onalar bu dardning azobini yaxshi bilishadi.

Bugungi kelib, bosh miya suyuqligining ortishi, ya’ni gidrotsefaliya xastaligi yangi tug‘ilgan chaqaloqlardan tortib bir yoshdan oshgan bolakaylarda ham kuzatilmoqda. Xo‘sh, buning sababi nimada? Umuman, gidrotsefaliya haqida nimalarni bilamizu qanday ma’lumotlardan xabardor bo‘lishimiz shart? Bu haqda oliy toifali shifokor-nevrolog Muhabbat NASULLAYEVA "Sug‘diyona" gazetasiga ma’lumot berdi. Quyida ushbu ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Gidrotsefaliya - bu qanday kasallik?

Har bir odamning bosh miyasida suyuqlik (likvor) ishlab chiqarilib, miya to‘qimalariga qayta so‘riladi. Mazkur jarayonning buzilishi natijasida esa kalla ichi bosimining ortishi yoki miya suyuqligining to‘planib qolishi kabi holatlar yuzaga keladi. Miya suyuqligi miya qorinchalarida to‘planadi va miya pardalari orasida oqib turadi. Agar ushbu jarayon odatiy tartibdan chetlashsa, miya suyuqligi miya qorinchalarida to‘planadi-yu, ammo harakatlanmaydi. Bu esa gidrotsefaliya degani.

Gidrotsefaliya sabablari

Gidrotsefaliyaning bir necha turlari va ko‘rinishlari farqlanadi. Go‘dak yoshidagi bolalarda xastalikning 80 foizi homila rivojlanishi vaqtida onaning infeksion xastaliklar bilan og‘rishi, nosog‘lom turmush tarzi va homila rivojlanishi davridagi tashqi omillar ta’siridan bo‘lsa, 20 foizi tug‘ruq jarayoni asoratlaridan bo‘lishi mumkin.

Bir-ikki yosh va undan yuqori yoshdagi bolalarda esa bosh miya qon tomirlaridagi rivojlanish nuqsonlari, infeksion turdagi kasalliklar, meningit, yopiq bosh miya jarohatlari, shuningdek, genetik moyillik kabilar tasnif etiladi. Yana yoshidan oshgan bolalarda gidrotsefaliya hamroh kasalliklar, masalan, surunkali shamollash yoki virusli kasalliklar asoratida ham yuzaga chiqishi mumkin. Shu bilan birga, miyada hosil bo‘lgan shishlar, kalla suyak ichidagi bosimning oshishiga sabab bo‘lib, gipertenzion-gidrotsefaliya sindromini yuzaga keltiradi.

Belgilari

Odatda, kasallikka baho berishda ikki yoshgacha va undan keyin yuzaga keladigan alomatlar tavofut qilinadi. Go‘daklarda bosh tuzilishi asosiy belgilardan biri. Agar gidrotsefaliya alomatlari mavjud bo‘lsa, bosh aylanasi o‘lchamining kattalashishi hisobiga bosh suyagi joyidan qo‘zg‘aladi. Natijada bosh tuzilishida o‘zgarish bo‘lib, peshana oldinga bo‘rtib chiqadi. Boshdagi liqildoqning shishib qolishi va bir yarim yoshga qadar ham bitmasligi, bola boshini tez-tez orqaga tashlashi, sababsiz bezovta bo‘lishi ham kasallik belgisidir. Bir-ikki yoshdan oshgan bolalarda esa bosh og‘riqlari, ko‘rish qobiliyatining sustlashishi, uyqu tartibining buzilishi, lanjlik, holsizlik, ba’zida siydik tutolmaslik, xotira pasayishi, diqqatni jamlay olmaslik kabi alomatlar tilga olinadi.

Tashxis

Kichkintoyga xastalik tashxisini qo‘yishdan avval bir qancha tekshiruvlar o‘tkaziladi. Dastlab, bola bosh aylanasining o‘lchami tekshiriladi. Bosh aylanasi me’yordan katta, bosh qismining yuz qismiga nisbatan yirikroq, peshona qismida qon tomirlarining yaqqol ko‘rinib turishi, ko‘z olmasining tepa qismida oqlik ko‘rnib qolshi (botayotgan quyosh simptomi) hastalikning tashqi belgilaridir. Agar bola boshidagi liqildog‘i hali qotmagan bo‘lsa, bosh miya UTTsi — neyrosonografiya qilinadi. Yoshidan oshgan bolalarga esa ultratovushli tekshiruvi hamda rentgenografiya usullari qo‘llaniladi. Shuningdek, zarur hollarda kompyuter tomografiya hamda magnit-rezonans tomografiya tekshiruvi ham o‘tkazilishi mumkin. Natijalarga ko‘ra, shifokor bolangiz uchun kerakli bo‘lgan muolaja turini tavsiya etadi.

Gidrotsefaliyani davolash

Agar bolada gidrotsefaliya tashxisi tasdiqlansa, albatta, neyroxirurg-mutaxassisga uchrashish kerak. Bunda kasallik turi va darajasiga ko‘ra muolaja usuli tanlanadi. Dori preparatlari yordamida davolash usuli buyurilganda miyada to‘planib qolgan suyuqlik siydik haydovchi preparatlar yordamida tashqariga chiqariladi. Keyinchalik xastalik alomatlari takrorlanmasligi uchun bola immunitetini yaxshilovchi hamda ma’lum vaqtgacha siydik haydovchi damlamalar bilan profilaktika choralarini qo‘llash tavsiya etiladi.

Asosiysi muolajalardan so‘ng bola yiqilib, tan jarohat olmasligiga e’tibor qaratish shart. Ayrim hollarda sog‘lom bolalarning ham bosh aylanasi kattaroq bo‘ladi. Bu holat ota-onaning birida bosh tuzilishi katta bo‘lishi bilan izoxlanadi. Lekin kasallik hisoblanmaydi.

Jarrohlik amaliyoti nega kerak?

Tug‘ma gidrotsefaliya hamda kasallikning og‘ir turlarida xastalikning rivojlanishini to‘xtatish uchun jarrohlik amaliyotiga murojaat qilinadi. Albatta, bunday amaliyot uchun chuqur tibbiy tekshiruvlar o‘tkazilishi va kichkintoyning umumiy ahvoli qoniqarli bo‘lishi lozim. Ushbu amaliyot hozirda keng qo‘llanilib, miyada to‘planib qolgan ortiqcha suyuqlik maxsus qurilma naychasi (shunt) yordamida qorin bo‘shlig‘iga tushiriladi. Shu o‘rinda jarrohlik amaliyotidan so‘ng bolaning bosh tuzilishi asl holiga qaytadimi yoki yo‘q degan savol tug‘iladi. Agar kasallik o‘z vaqtida aniqlansa va kerakli muolajalar qo‘llanilsa, bosh aylanasi me’yoriy holatga qaytishi mumkin.

Hastalik o‘tkazilib yuborilib, kalla suyaklari kattalashib bo‘lgan bo‘lsa, amaliyot orqali kasallik rivojlanishi to‘xtatiladi, xolos, ammo bosh tuzilishi o‘zgarmaydi. Eng muhimi, mazkur usul bolakayga sog‘lom turmush tarzini tuhfa etib, jismoniy va aqliy rivojlanishda tengqurlariga yetib olish imkonini beradi.

ico
Glaukomani davolasa bo‘ladimi?

Glaukoma kasalligi insonni butkul ko‘r bo‘lib qolishiga sabab bo‘lishi bilan xavflidir. Glaukoma (ko‘k suv) – bu ko‘z ichki bosimini doim yoki vaqti-vaqti bilan oshib turishi, ko‘ruv nervining atrofiyasi, ko‘rishning pasayishi va ko‘rlikka olib keluvchi jiddiy surunkali ko‘z kasalligi. Glaukomaning murakkabligi shundaki, u ba’zida og‘riqsiz, sekin, hech qanday belgilarsiz kechadi va shuning uchun kech aniqlanadi.

Ko‘z ichki bosimi normada 16 dan 26 mm simob ustuniga teng. Agar bosim me’yoridan oshib ketsa ko‘ruv nervi atrofiyasiga olib keladi va ko‘rlikka sabab bo‘ladi. Afsuski, atrofiyaga uchragan ko‘ruv nervini davolash usuli hozirgacha topilmagan.

Yopiq burchakli glaukoma esa birdan xuruj bilan boshlanishi mumkin. Bunda ko‘zda va boshda kuchli og‘riq, qon bosimi oshishi, ko‘ngil aynishi, qayd qilish, tish, quloq og‘rishi mumkin. Bu alomatlar bemorni chalg‘itadi va ular adashib boshqa mutaxassislarga murojaat qilishadi. Bunday alomatlarni o‘zingizda his qilsangiz, albatta ko‘z kasalliklari shifokori ko‘rigidan o‘tib qo‘ysangiz salomatligingiz uchun foydali bo‘ladi.

Glaukomani davolashda bu kasallikni qanchalik erta aniqlanishi muhimdir. Shundagina kasallikni davolash ancha oson kechadi. Davolash usullari esa 3 xil:

Medikamentoz davolash – dorilar yordamida

Glaukomani davolash odatda medikamentoz usuldan boshlanadi. Dorilarni vrach tavsiyasiga ko‘ra, vaqtida ishlatilsa ko‘zlangan natijaga erishiladi, lekin dori vositalari har doim ham ta’sirchan bo‘lmaydi. Sabablari turlicha: ba’zida bemorlarda dorilarni o‘z vaqtida tomizish imkoniyati bo‘lmasligi mumkin yoki dori vositalarini uzoq vaqt ishlatilishi ba’zi nojo‘ya ta’sirlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham har bir dori vositasini faqat vrach tavsiyasiga ko‘ra tomizish lozim.

Lazer nuri yordamida davolash

Lazer nuri ko‘z suyuqligi oqib ketish sistemasiga ta’sir qilib, uning oqib ketishini yaxshilaydi. Lazer operatsiyalari ambulator sharoitda o‘tkaziladi va nisbatan yengil amaliyot hisoblanadi. Biroq, glaukomaning hamma turlarida ham LAZЕR yordam bermaydi.

Jarrohlik usulida davolash

Bu usul ko‘pchilik bemorlar uchun yagona davolash usuli hisoblanadi. Boshqa usullar foyda bermagan holatlarda jarrohlik amaliyotini erta davrda bajarish maqsadga muvofiq. Jarrohlik amaliyoti qancha erta bajarilsa, ko‘rish qobiliyatini saqlab qolish ehtimoli shuncha oshadi. Hozirgi kunda xavfsiz zamonaviy operativ davolash usullari ishlab chiqilgan. Ba’zan, lozim bo‘lsa, bemorga 2-3 marta qayta operatsiya tavsiya qilinishi mumkin.

Glaukoma kasalligining ilk alomatlariga to‘xtalishdan oldin, kimlarda va qaysi omillar ta’sirida glaukoma uchrashi xavfi yuqori bo‘ladi, degan savolga javob bersak maqsadga muvofiq bo‘ladi:

Bu sabablar shu narsani yana bir bor isbotlaydiki, ko‘z kasalliklarining rivojlanishiga aksariyat hollarda nosog‘lom turmush tarzi ham asosiy aybdor bo‘lar ekan. Salomatligimizning izdan chiqishi, turli kasalliklarga duchor bo‘lishimizning tub mohiyatida ham nosog‘lom turmush tarzi yotadi.

Boshlanishida glaukoma hech qanday belgilarsiz, bemorni hech narsa bezovta qilmasdan boshlanadi va ko‘ruv xiralashishi kasallikning kechki davrlarida bo‘ladi. Kasallik alomatlari:

  • bosh og‘rishi, og‘riq bir tomonlama yoki ikki tomonlama;
  • ko‘z oldida elak tutgandek yoki tuman tushgandek ko‘rinishi;
  • yonib turgan lampochka oldida kamalaksimon xalqa ko‘rinishi;
  • ko‘z ko‘rishi xiralashishi;
  • ko‘z to‘lalik hissi va ko‘z qizarishi, ko‘z yoshlanishi bilan kechadi.

Bunday alomatlarga beparvo bo‘lmaslik, qon bosimiga, yurak, qon-tomir kasalliklariga xos bo‘lgan alomatlar, ko‘ngil aynishi kabi, bosh og‘riq kabi holatlarda ham albatta ko‘z kasalliklari shifokoriga ham murojaat qilish lozim.

Bu yorug‘ dunyoni ko‘rish – katta baxt. Buning uchun ko‘zlarimiz sog‘-lom bo‘lishi, tan-jonimiz sihatda bo‘lishi muhim. Salomatligimizga qanchalik e’tiborli bo‘lsak, ko‘zimiz shunchalik ravshan, dunyo keng va yorug‘ ko‘rinadi.

Glaukoma kasalligi aniqlangan bemorlar uchun maxsus tartib

  • Sog‘ligingiz to‘g‘ri kelguncha mehnat qilishingiz mumkin, faqat asabiy va jismoniy zo‘riqish tavsiya qilinmaydi. 10 kg.dan ortiq yuk ko‘tarish tavsiya qilinmaydi.
  • Ishlayotganda yoki o‘qiyotganda yorug‘lik chap tomondan tushishi lozim va yetarli yorug‘lik bo‘lishi lozim. Har 15 minutda tanaffus qiling.
  • Engashib ishlash tavsiya qilinmaydi. Masalan: agar siz hovlida jo‘yaklarni tozalamoqchi bo‘lsangiz, chizmoqchi, tikmoqchi bo‘lsangiz uzoq vaqt engashmasdan stulchada o‘tirib ishlash tavsiya qilinadi.
  • Ko‘z uchun mashqlar qilib turish foydali.
  • Umumiy holatingizga e’tibor bering. Yurak, qon-tomir tizimi, o‘pka kasalliklari, qandli diabet, buyrak va jigar kasalliklari ko‘zingiz holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
  • Televizor ko‘rish taqiqlanmaydi, faqat boshingizni to‘g‘ri tutib, yaxshi yoritilgan xonada ko‘ring. Chiroqni o‘chirib, uzoq vaqt televizor ko‘rish tavsiya qilinmaydi.
  • Bo‘yinni qisib turuvchi, tor yelkali sviterlar, kiyimlar va galstuklar taqmang.
  • Chekish mutlaqo mumkin emas! Alkogol iste’mol qilish qon-tomir sistemasiga va ko‘zga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
  • Issiq hammom tavsiya qilinmaydi.
  • Uzoq vaqt quyoshda qolish tavsiya qilinmaydi. Quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynaklardan foydalaning (glaukoma uchun maxsus yashil filtrli ko‘zoynaklar mavjud). Qorong‘i xonada ham uzoq vaqt qolmang.
  • Tungi uyqu va kechki sayrlar foydali. Uyqusizlik salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yotishdan oldin oyog‘ingizga issiq vanna qilish, bir qoshiq asal iste’mol qilish foydali.
  • Maxsus parhez talab qilinmaydi. Qo‘y go‘shti, yog‘li, achchiq ovqatlarni chegaralang. Vitaminlarga boy oziqlarni (sabzavotlar, mevalar, baliq) ko‘proq iste’mol qiling.
  • Birdaniga ko‘p suyuqlik iste’mol qilmang. Choy va boshqa kofeinli ichimliklar ko‘zda qon aylanishini yaxshilaydi. Agar siz kofe ichishni odat qilgan bo‘lsangiz «Kofe sinamasi»dan o‘ting, buning uchun sizning ko‘z ichki bosimingiz kofe ichishdan oldin va 1 soat keyin o‘lchab ko‘riladi. Agar ko‘z bosimi sezilarli darajada kuzatilmasa, sizga kofe ichishda chegaralanish yo‘q.
  • Shifokor tavsiya qilgan dorilarni o‘z vaqtida tomizing. Uyingizdan biror joyga ketmoqchi bo‘lsangiz o‘zingiz bilan ko‘z tomizg‘ilarini olish yoddan chiqmasin.
  • Shifokor ko‘rigiga har oyda borib turing.

© Ulug‘bek KARIMOV, oftalmolog.
"Salomatlik sandig‘i" gazetasi.

ico
Glomerulonefrit - sabablar, davolash va oldini olish
Buyrak koptokchalarining o‘tkir va surunkali yallig‘lanishlari glomerulonefrit deyilib, bunda asosan buyrakdagi koptokchalar, mayda qil tomirlar zararlanadi, oqibatda buyrak faoliyati buziladi. Gelomerulonefritning piyelonefritdan farqli jihatlari bor. Ya’ni piyelonefritda ko‘pincha bitta buyrakning kosacha va jomchalari zararlansa, glomerulonefritda esa har ikki buyrak ham baravariga yallig‘lanadi. Asosan angina, faringit, skarlatina va boshqa infeksion-yallig‘lanish kasalliklar bilan og‘rib o‘tgandan so‘ng (ba’zan esa difteriya, o‘pka yallig‘lanishi, toshmali terlama, ich terlama va shunga o‘xshash asosan streptokokklar qo‘zg‘atadigan kasalliklarga chalingandan keyin)shuningdek o‘ta sovuq ob-havo ta’sir qilganda, havoda namgarchilik ortib ketganda, zararli moddalar (alkogol, simob, qo‘rg‘oshin, atseton, benzin singarilar) organizmga ta’sir ko‘rsatganda hamda tizimli kasalliklar (qizil volchanka, gemorragik vaskulit, infeksion endokardit) bilan og‘riganda buyrak to‘qimalari zararlanishi mumkin.

Qovoqlar atrofidagi shishlar

Glomerulonefritning uchta (o‘tkir, o‘tkir osti, surunkali) turlari farqlanadi. Kasallikning o‘tkir turiga chalingan bemorlarda uch xil holat (tanaga shish kelishi, arterial qon bosimi ortishi, peshobda o‘zgarishlar bo‘lishi) kuzatiladi. Ayrim bemorlarda kasallik to‘satdan boshlanadi, ayrimlarda esa asta-sekin, bilinar-bilinmas namoyon bo‘ladi. Aksariyatida oyoqlar shish kuzatilib, kamquvvatlik va bosh og‘rishi ro‘y beradi, peshob kam ajralishi mumkin. Davo o‘z vaqtida boshlanmasa bemorlarning 80-90 foizida qovoqlar atrofi va yuz sohasi shishadi, terisi rangpar, ko‘zlari qisilgan, yuzi yapasqi bo‘lib qoladi. Bunday vaqtda teri ostida, o‘pka va yurak pardasi orasida hamda qorinda suyuqlik to‘planishi kuchayib, tana og‘irligi 15-20 kilogrammgacha oshadi. Davo o‘z vaqtida boshlanganda esa ikki-uch hafta davomida shish asta-sekin qayta boshlaydi. Bemorlarda shish yuzaga kelishining ayrim sabablari bor. Masalan kapillyarlar devori o‘tkazuvchanligi o‘zgaradi, buyrak koptokchalarining shikastlanishi natijasida filtrlash faoliyati susayadi, tanada suyuqlik tutilib qoladi, antidiuretik (ADG) gormoni ko‘payadi, buyrak to‘qimalari aldosteronga sezuvchan bo‘lib qoladi, qonning suyuq qismi qon tomirlardan chiqib, g‘ovak hujayrali joylarda to‘planadi. Bularning hammasi glomerulonefrit rivojlanishini tezlashtiradi. O‘tkir glomerulonefritning aralash turi ham borki, unda buyrak koptokchalari kattalashadi, qizaradi, qizil va oq qon tanachalari shu yerda to‘planib qoladi. Keyinchalik koptokchalar rangi oqarib, tomirlari yorilib ketishi ham mumkin. Kasallikning eng asosiy belgisi buyrakda qon aylanishining buzilishi natijasida arterial qon bosimining ortishidir. Bemorlarda oliguriya (bir kecha-kunduz davomida siydikning 1 1,5 litrdan kam kam miqdorda ajralishi) va gematuriya (peshobda qon bo‘lishi) holatlari ro‘y beradi. Peshobning rangi xuddi go‘sht seliga o‘xshash bo‘ladi. Arterial qon bosimining ortishi tufayli gipertoniya zamirida o‘pka shishishi va o‘tkir yurak yetishmovchiligi ham rivojlanishi mumkin. Kasallik kuchaygani sayin belning ikki tomonida og‘riqlar kuzatilishi mumkin. Kasallikning o‘tkir osti turi ko‘pincha yoshlarda uchraydi. Bu vaqtda bemorning peshobi o‘zgaradi, unda oqsillar, eritrotsitlar silindrlar paydo bo‘ladi. Arterial qon bosimi ortib, tanada shish kuzatiladi.Davo vaktida boshlanmasa kiska vakt ichida buyraklar faoliyati keskin buzilib, surunkali buyrak yetishmovchiligining terminal boskichi yuzaga keladi. Aksariyat bemorlar dializ terapiyasiga muhtoj bo‘ladilar.

Surunkali turining ko‘rinishlari

Glomerulonefritning surunkali turida buyrak koptokchalari asta-sekin shikastlanishi tufayli buyrak faoliyati susayadi, arterial qon bosimi oshadi va buyrak faoliyati buzilishi natijasida buyrak yetishmovchiligi rivojlanib boradi. Kasallikning bu turi kechishiga ko‘ra bir necha ko‘rinishda ifodalanadi. Yashirin kechuvchi (latent) glomerulonefritga bemorlarning taxminan 44 foizi duchor bo‘ladilar. Bu turdagi glomerulonefritda qon bosimi doimiy oshmaydi, shish ham deyarli sezilmaydi. Bemorlar uzoq yillar davomida ish qobiliyatini yo‘qotmaydilar, hatto xastalikni sezmay yashaydilar. Faqatgina ayrim xastaliklar bo‘yicha shifokorga murojaat qilinganda yoki tibbiy tekshiruvdan o‘tganda yashirin glomerulonefrit borligi aniqlanadi. Nefrotik ko‘rinishdagi glomerulonefrit bilan og‘rigan bemorlarning peshobi orqali ko‘p miqdorda (bir kecha-kunduzda 3,5g.dan ortiq) oqsil ajraladi. Xolesterin moddasi ko‘payadi. Qonda esa oqsil moddasi kamayadi. Oqsil kamayishi natijasida bemorlarning badanida shishlar paydo bo‘ladi. Avvaliga oyoklardan boshlangan shish asta-sekin butun badanga tarqaladi. Hatto ichki a’zolar, masalan yurak, o‘pka va qorin bo‘shliqlarga yoyiladi. Teri shilliq pardalari quriydi, natijada teri bujmayib qoladi. Kasallikning nefrotik ko‘rinishi buyrak yallig‘lanishi belgilari (peshobda qon-eritrotsitlar bo‘lishi, buyrak faoliyatining buzilishi) bilan kechadi. Xastalikning boshlang‘ich davrida arterial qon bosimi meyorda turadi. Kasallik rivojlana borgani sari qon bosimi ko‘tariladi. Gipertonik kechuvchi glomerulonefritda qon bosimini yukori darajada ko‘tarilib, ayrim simptomlar (masalan bemorlarda yurakning ishemik kasalligi, stenokardiyaning rivojlanashi, ko‘z tubidagi tomirlar o‘zgarishlari) kuzatiladi. Ko‘z tubiga qon quyilishi xavfi va hatto ko‘z to‘r pardasida davolab bo‘lmaydigan jiddiy o‘zgarishlar yuzaga kelishi mumkin.  Aralash ko‘rinishdagi glomerulonefritda shishlar, kon bosimi ko‘tarilishi va peshobdagi o‘zgarishlar (proteinuriya, gematuriya, silinduriya) ro‘y beradi. Vaqt o‘tavergach, (davo vaqtida amalga oshirilmasa) buyrak faoliyatida yetishmovchilik rivojlanib boradi.

Tashxis, davolash va oldini olish

Aniq tashhis qo‘yish uchun bemordan zarur tahlillar (ya’ni, peshob va qonning umumiy tahlili, qon va peshobdagi oqsilning umumiy tahlili, qondagi oqsilning fraksiyalari, qonning biokimyoviy tahlili -mochevina, kreatinin, qonda xolesterin va lipidlar miqdori, UTT tekshiruvi (buyraklar), buyrak to‘qimasini tekshirish, ya’ni punksion biopsiya) albatta olinishi shart. Kasallik barvaqt aniqlansa va o‘z vaqtida muolaja qilinsa, bemorlarning 14-18 foizga yaqini butunlay sog‘ayib ketishi mumkin. Vaqt o‘tishi bilan glomerulonefrit oqibatida buyrak tobora bujmayadi va o‘z faoliyatini yo‘qota boradi, shundan so‘ng buyrak yetishmovchiligi – uremiya intoksikatsiyasi rivojlanadi. Uremiya intoksikatsiyasida umumiy holsizlik, ko‘ngil aynashi, qayt qilish, ishtaha yo‘qligi, peshobning ko‘p yoki kam ajralishi,badanda qichishishlar kuzatilishi mumkin. Glomerulonefrit rivojlanishining oldini olish uchun bemorlar doimo vrach nazorati ostida bo‘lib, organizmdagi infeksiya o‘choqlarini o‘z vaqtida bartaraf etishlari, muntazam parhez tutib, sovuq va nam havo ta’siridan o‘zlarini ehtiyot qilishlari zarur. Bemorlar muolaja paytida parhezga qat’iy rioya etishlari kerak. Organizmga tushayotgan tuz va suv miqdorini, shuningdek oqsil miqdorini ham kamaytirish lozim. Ovqat tarkibidagi osh tuzining miqdori sutkasiga 1,5- 2,0 grammdan oshmasligi, o‘simlik oqsilli mahsulotlar – soya, tvorog va tuxum oqsilini iste’mol qilinishi, yog‘larning bir kecha-kunduzlik miqdorini 50 gramm mikdorida,suyuqlikning sutkalik miqdori ajratilgan peshobning mikdoriga qarab + 200 mlni tashkil etishi kerak. Davo jarayonida patogenetik: yani kortekosteroidlar, antiagregantlar, immunosupressiv vositalar, antibiotiklar, peshob haydovchi, gipotenziv dorilar va simtomatik terapiya qo‘llanadi. Davolash uzoq yillar davomida statsionar va ambulator sharoitda olib boriladi.

© Anvar ZUFAROV, Nefrolog, professor. "Sihat-salomatlik" jurnali.

Avitsenna.uz saytida mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:
ico
Giperkenez yoxud titroqlar
Inson hoxish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda ro‘y beradigan ixtiyorsiz harakatlarga giperkinezlar deb aytiladi. Giperkinezlar bosh miyaning bir qator kasalliklarida uchraydi. Bosh miyaning og‘ir jaroxatlari, yallig‘lanish kasalliklari (ayniqsa ensefalit) va markaziy nerv sistemasining nasliy kasalliklar (Turett sindromi, Xantington kasalligi, Vilson kasalligi, nasliy xoreya) giperkinezlarning asosiy sababchilaridir. Biroq giperkinezlar bilan namoyon bo‘ladigan nevrologik kasalliklar soni 100 ga yaqinligini esda tutish lozim. Giperkinezlar bolalik va o‘smirlik davrida ko‘p kuzatiladi. Giperkinezlar ichida eng ko‘p uchraydigani – bu xoreyadir. Tez-tez va betartib ravishda kuzatiladigan giperkinezlarga xoreya deb aytiladi. Ular bir xil stereotipga ega emas va har doim betartib ravishda tez-tez namoyon bo‘ladi. Xoreya yuz, qo‘l va oyoqlarda ko‘p, tanada esa kam kuzatiladi. Bunday giperkinezlar tinchlanganda kamayadi, uxlaganda yo‘qoladi. Xoreik giperkinezlar, ko‘pincha ko‘zlarni yumib-ochish, burunni tortish, lab burchagini qimirlatib yuborish, yuz mushaklarining bir tomonda qisqarishi, boshning silkinib ketishi kabi belgilar bilan namoyon bo‘ladi. Mimik muskullarda kuzatiladigan xoreyalar nutq buzilishini  ham yuzaga keltiradi. Chunki mimik muskullar, ayniqsa og‘iz atrofidagi muskullar nutq talaffuzida katta ahamiyatga ega. Giperkinezlarni, ya’ni xoreyani o‘z vaqtida bartaraf etmasa, keyinchalik bemor yelkasini ko‘tarib tashlaydigan, boshini orqaga yoki yon tomonlarga silkitib yuboradigan bo‘lib qoladi. Ba’zida giperkinezlar yuz muskullarida emas, balki yelkani ko‘tarib tashlash bilan namoyon bo‘ladi yoki birato‘la qo‘l barmoqlaridan boshlanadi. Qo‘l barmoqlaridan boshlangan xoreik giperkinezlarni darrov ilg‘ab olish qiyin. Chunki bunday holatlarda “Bola qo‘lini o‘zi qimirlatib yuribdi” deb o‘ylashadi. Yuz, tana va oyoq-qo‘llarda kuzatiladigan giperkinezlar ularning shaklini ham o‘zgartirib yuboradi. Bunday bemorlar oddiy harakatlarni ham bajarishda qiynalib qolishadi. Tashxis qo‘yish va davolash. Tashxis qo‘yish uchun chuqur genetik va nevrologik tekshiruvlar talab etiladi. Qonda ba’zi elektrolitlar va metall birikmalarini tekshirish ham zarur bo‘ladi. Giperkinezlarni bartaraf etish avvalombor uning etiologiyasini aniqlashdan boshlanadi. Og‘ir holatlarda dorilar bilan davolash talab etiladi va bu jarayon oylab, yillab davom etishi mumkin. Nasliy kasalliklar bilan bog‘liq giperkinezlarda davolash ancha mushkul hisoblanadi. Biroq giperkinezlarning nasl bilan bog‘liqligini aniqlash uchun chuqur genetik va nevrologik tekshiruvlar o‘tkazish lozim. Bunday bemorlarni nevropatologlar davolashadi. Prognoz. Tashxis to‘g‘ri qo‘yilsa davolash doimo samarali tugaydi
ico
GЕPATIT C: u jigar sirroziga aylanishi ham mumkin
Virusli gepatitlarning A, B, C, D va E turlari ko‘proq uchraydi. A va E turdagi gepatitlar enteral (oshqozon-ichak) yo‘l bilan, ya’ni kasallik viruslari og‘iz orqali ichak yo‘llariga tushganda yuqadi. B, C hamda D turlari esa parenteral, ya’ni qon orqali bemordan sog‘lom odamga o‘tadi. Bunda kasallik jarohatlangan teri, shilliq qavatlar orqali, tibbiy (stomatologik, ginekologik, jarrohlik) muolajalar o‘tkazilayotganda, shuningdek, jinsiy aloqa paytida yuqishi mumkin. Tajribalarga ko‘ra, gepatit C bemor qonini quyish paytida foydalanilgan shpris va boshqa tibbiy anjomlar qayta ishlatilganda boshqalarga o‘tadi. Kasallik jinsiy yo‘l bilan ham yuqadi. Sperma (urug‘) tushgach, virus xuddi shu yerda qonga o‘tadi va bemor qoni orqali boshqalarga yuqadi. C turdagi gepatit 50 foizdan ko‘p hollarda surunkali tusga kiradi. Gepatit C ning surunkali turi vaqt o‘tishi bilan (hatto, bir necha yildan keyin ham) qaytalab turadi. Agar muolajalar jiddiy tartibda oxiriga yetkazilmasa, bemorda jigar sirrozi rivojlana boshlaydi. Yashirin davri va alomatlari: C turdagi o‘tkir gepatitning yashirin davri 180 kundan to bir yilgacha davom etadi. Boshlang‘ich davri asta-sekin rivojlanib, bemorning ko‘ngli ayniydi, qayt qiladi, darmonsizlanadi, hech bir sababsiz kayfiyati buziladi, tez-tez charchab qoladi va terisi qichishadi. Shuningdek, bemor oyoq-qo‘llarining yirik bo‘g‘imlari qaqshab og‘riydi. Keyin esa sarg‘ayish davri boshlanadi. Sariqlikning kuchayishi davomida (ya’ni ikki-uch hafta ichida) yuqoridagi alomatlar ko‘payib, bemorning ahvoli og‘irlashadi. Bunday vaqtda bemor kasalxonada davolanmasa, xastalik surunkali turga o‘tib, og‘ir asoratlar kelib chiqadi. Yuqorida ko‘rsatilgan alomatlar yuz berganda, darhol shifokorga murojaat etib, kerakli analizlarni topshirish zarur.[box type="info" ]Yodda tuting: Odatda, gepatitlarning boshlang‘ich davrida go‘sht mahsulotlari qat’iy cheklanadi. Bu paytda sut, qatiq, tvorog, kefir, shirguruch, suvda qaynatilgan makaron, kartoshka bo‘tqasi va meva sharbatlari tavsiya etiladi. Ayniqsa, anor, olma va uzumni ko‘proq iste’mol qilish kerak.[/box] Gepatit C bilan og‘rigan bemorlarga quyidagi darmondorilar buyuriladi: 1. Asal, na’matak qaynatmasi, rezavor mevalar sharbatlari va sabzida bemor uchun barcha kerakli vitaminlar mavjud. 2. Virusli gepatitda mikro hamda makrounsurlar (xususan, marganes, mis, rux, magniy) g‘oyat foydali. Masalan, marganes uglevodlar va xolesterin hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Mis viruslar faolligini susaytiradi. Rux modda almashinuvini yaxshilaydi. Magniy esa o‘t (safro) ajralishiga yordam beradi. Bu unsurlar barcha meva-sabzavotlar, ayniqsa, kartoshka, tarvuz, o‘rik va turli yormalarda serob. Parhez: bemor kuniga to‘rt marta yengil ovqatlanishi kerak. Bu vaqtda chuchuk qatiq ichishi, olma yoki biror xil sabzavot yeb turishi kerak. Tvorogni har kuni iste’mol qilgan ma’qul. Shuningdek, ma’danli suv va choy ichish lozim. Ichimlik sodasi aralashtirilgan limon sharbati surunkali gepatit S ni davolashda qo‘l keladi. Masalan, bemor uch kun mobaynida nahorga bitta limon sharbatiga bir choy qoshiq ichimlik sodasi aralashtirib ichishi kerak. Lavlagi, sabzi va karam sharbati ham juda foydali. Nimalar mumkin emas? Har qanday spirtli ichimliklar, dudlama va o‘tkir ziravorlar. Yangi yopilgan non-bulka mahsulotlari hamda yog‘, tuxum qo‘shib qorilgan xamirdan tayyorlangan yeguliklar (masalan, tort, pirog). Go‘sht, baliq, tovuq, qo‘ziqorin qaynatmasidan pishirilgan sho‘rvalar. Konserva mahsulotlari va dorivorlar (xantal, qalampir, qalampirmunchoq), shuningdek, sirka, qiyin eriydigan va xolesteringa boy yog‘lar (tuxum sarig‘i, jigar, baliq moyi singarilar), juda sovuq taomlar (masalan, muzqaymoq va salqin ichimliklar). [box type="warning" ]Eslatma! Xalq orasida “gepatitning C turi bedavo, baribir tuzalmaydi” degan gap-so‘zlar yuradi. Bu mutlaqo noto‘g‘ri fikr. Agar gepatit C bilan og‘rigan bemor doimo gepatolog nazoratida bo‘lib davolansa, shifokorining maslahatlariga qat’iy amal qilsa, uzoq yillar bu kasallik uni bezovta qilmaydi. Shuningdek, tartib bilan olingan muolajalar tufayli gepatit C jigar sirroziga aylanib ketishining oldi olinadi.[/box]

Mahmarajab RAHMONOV

Tibbiyot fanlari nomzodi.

ico
Girsutizm – ayollarda ortiqcha tuklarning paydo bo‘lishi

Ba’zi ayollarning mo‘ylov va soqollari o‘sganini ko‘ramiz. Odatda keksa onaxonlarda bu holat ko‘proq kuzatiladi. Tibbiyotda bu qanday izohlanadi? Shu haqda Niso.uz sayti  ginekolog Qodirova ma‘lumotlariga asoslanib maqola chop etishgan. Shu maqolani siz uchun ham saytimizda qayta chop etishga qaror qildik, marhamat!

Girsutizm

Odam tanasida o‘suvchi tuklarni momiq va terminal tuklarga bo‘lish mumkin. Momiq tuklar (taxminan 1,5 mm uzunlikda) bolalar va kattalar tanasining deyarli barcha qismini qoplagan bo‘ladi. Terminal yoki doimiy sochlar momiq tuklardan rangining to‘qligi, qattiqligi, uzunligi va erkak jinsiy gormonlari ta’sirida o‘sishi bilan farqlanadi. Erkak organizmining asosiy gormoni testosteron moyaklarda ishlab chiqariladi. Ayollarda erkak jinsiy gormonlari ikki yo‘l bilan: buyrak usti bezlari va tuxumdonlarda ishlab chiqariladi.

Barcha sochlarga ham androgen bir xilda ta’sir ko‘rsatmaydi. Momiq tuklar, qosh, kipriklar o‘sishida uning ahamiyati kamroq. Qov va qo‘ltiqda o‘suvchi dag‘al tuklar esa androgenning oz miqdoriga ham ta’sirchan. Shuning uchun o‘g‘il bola va qizlarda o‘smirlik davrida buyrak usti bezlari ishlab chiqaruvchi androgen tufayli dag‘al tuklar chiqa boshlaydi. Erkaklarda androgen ko‘p bo‘lganligi bois, yuz, ko‘krak, qorin, quloqlarida ham dag‘al tuklar o‘sadi. Boshning soch o‘suvchi sohasida androgenning kuchli ta’siri natijasida esa erkaklarda soch to‘kilishi ko‘proq kuzatiladi.
Girsutizm – ayollarda ortiqcha tuk o‘sishi; soqol va mo‘ylov paydo bo‘lishi, tanada va qo‘l-oyoqlarda qalin tuklar o‘sishidir. Sertuklilik darajasi organizmdagi androgenning miqdoriga bog‘liq. Bu gormon qanchalik ko‘p bo‘lsa, tanadagi ortiqcha tuklar ham shunchalik jadal o‘sadi.

Girsutizm sababini qidiramiz!

Girsutizm ayollarda ikki xil holatda paydo bo‘lishi mumkin. Birinchisi, nasliy; ikkinchisi, biror kasallik natijasida. Nasliy omillarga ortiqcha ta’rif berish shart emasdir. Ikkinchi omilga, ya’ni girsutizmga yetaklovchi kasalliklarga quyidagilar kiradi:
hayzning to‘xtashi;
– buyrak usti bezi o‘smalari;
– erta balog‘atga yetish;
– qalqonsimon bez gormonlari balansining buzilishi;
– moddalar almashinuvining buzilishi va ortiqcha vazn;
– tuxumdonlar va miya o‘smasi, epilepsiya, ensefalit;
– buyrak va jigar patologiyalari;
– ba’zi dori vositalari.
Ayollarda lab tepasi, iyak, son, ko‘krak yoki qorinda qalin tuklarning o‘sishi girsutizm kasalligi belgisidir. Girsutizm balog‘atga yetish davrida yoki turli yoshlarda paydo bo‘lishi mumkin. Agar naslda ortiqcha tukli ayol bo‘lmasa, shifokorga murojaat etgan ma’qul.

[box type="info" ]Tuklarning ko‘p o‘sishi salomatlik uchun hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Lekin u xavfli kasalliklar belgisi bo‘lishi mumkin.[/box]

Birinchi o‘rinda, girsutizmga sabab bo‘lgan kasallik davolaniladi. Agar holat biror dori qabul qilish tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, dori ichish to‘xtatiladi. Buyrak usti bezi yoki tuxumdonlar o‘smasi tufayli girsutizm rivojlanganda, o‘smani olib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi kerak.
Ko‘pincha girsutizm paydo bo‘lishiga homiladorlik ham sabab qilib ko‘rsatiladi. Homiladorlik davrida testosteron miqdori oldingidan bir necha baravar oshib boradi. Ammo bu organizm talabi bilan yuzaga keladi. Shu sababli homiladorlik davrida testosteron miqdorining oshishi ortiqcha tuklar o‘sishiga sabab bo‘lmaydi. Demak, bu yerda boshqa muammo bo‘lishi mumkin.

Girsutizmga o‘xshash gipertrixoz kasalligi ham mavjud. Bunda ichki bezlar funksiyasining buzilishi natijasida tuklarning haddan tashqari ko‘p o‘sishi kuzatiladi. Bu erkak va ayollarda uchraydi. Masalan, ayollar boldirida tuk o‘sishi normal holat. Lekin uning haddan ortiq ko‘p o‘sishi gipertrixoz deyiladi. Erkaklarda ham ko‘krak sohasida tuk o‘sishi normal bo‘lib, uning ko‘pligi esa gipertrixozdan darak.
Ba’zi ayollar bu holatga jiddiy e’tibor qaratmaydi. Lekin shuni unutmangki, hech narsa o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi. E’tiborsizlik xavfli kasalliklarning avj olishiga sabab bo‘lishi mumkin.

ico
Gemofiliya kasalligi - sabablari, belgilari, turlari, tashxislash va davolash asoslari
Gemofiliya – qon ivish xususiyati buzilishining nasliy kasalligi boʻlib, buning asosida qon ivish xossasining VIII, IX yoki XI omillari sintezi buzilishi yotadi. Kasallikning asosiy belgilari turli xil qon ketishlar bilan namoyon boʻladi: gemartroz, mushak orasi va qorin orqa boʻshligʻi sohasiga qon quyilishi, gematuriya, oshqozon-ichak tizimidan qon ketishlar, jarrohlik amaliyotida va turli xil jarohatlar natijasida qonning uzoq vaqt toʻxtamasligi va boshqa belgilar bilan namoyon boʻladi. Gemofiliya diagnostikasida birinchi oʻrinda genetik tekshiruvlar, qon ivish omillarining faollik darajasi, koagulogramma analizi tekshiruvlari oʻtkaziladi. Kasallik davosida qon ivish omillarini oʻrnini bosuvchi eritmalar quyish yoʻli bilan olib boriladi. Gemofiliya kasalligi – qon ivish xossasining nasliy buzilishi boʻlib, qon plazmasidagi qon ivish omillarining yetarlicha boʻlmasligi va uning natijasida qon ketishlar bilan namoyon boʻladigan kasallik. Kasallik koʻpincha erta yoshlarda yuzaga chiqadi va shu sababli pediatriya hamda bolalar gematologiya sohasida dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Bolalarda gemofiliyadan tashqari, boshqa nasliy gemorragik diatezlar ham uchraydi: gemorragik teleangiyektaziya, trombositopeniya, Glantsman kasalligi va boshqalar.

Gemofiliya sabablari

Gemofiliya kelib chiqishiga sabab boʻluvchi genlar jinsiy X-xromosomada joylashadi va kasallik ayollar orqali retsessiv holda nasldan naslga beriladi. Nasliy gemofiliya bilan koʻpincha oʻgʻil bolalar kasallanadi. Ayollar kasallik genini tashuvchisi hisoblanadi. gemofiliya irsiylanishi Sogʻlom erkak va tashuvchi ayoldan tugʻiladigan farzandlar bir xil nisbatda – sogʻlom ham gemofil ham boʻlishi mumkin. Kasal erkak va sogʻlom ayoldan – sogʻlom oʻgʻil bolalar yoki tashuvchi qiz bolalar tugʻilishi mumkin. Tashuvchi ayol va kasal erkakdan tugʻiladigan qiz farzandlar uchrashi kamdan kam holatlarda qayd etilgan. Qon ivish xossasi yoki gemostaz organizmning muhim himoya funksiyasi hisoblanadi. Ushbu tizim ishga tushishi uchun qon tomirlar shikastlanishi va qon ketishi kerak boʻladi. Qon ivish xossasi trombotsitlar va boshqa maxsus moddalar – plazma omillari tomonidan amalga oshiriladi. U yoki bu omilning yetishmasligi qon ivish xossasini buzilishiga sabab boʻladi. VIII, IX, yoki boshqa omillar yetishmovchiligi bilan bogʻliq gemofiliya holatlarida – qon ivish xossasining birinchi bosqichi, yaʼni tromboplastin hosil boʻlish xususiyati buziladi. Bunda qon ivish vaqti uzayadi, hatto qon bir necha soatlar davomida ham toʻxtamasligi mumkin.

Gemofiliya turlari

U yoki bu omilning yetishmovchiligiga koʻra gemofiliyaning A (klassik), B (Kristmas kasalligi), C va boshqalar farqlanadi. Klassik gemofiliya – umumiy kasallikning 85 % holatlarida uchraydi va qon ivish xossasining VIII omili yetishmovchiligi bilan bogʻliq (antigemofil globulin), bunda faol trombokinaza hosil boʻlmaydi. Gemofiliya B turi – 13 % holatlarda qayd etiladi, bunda IX omil yetishmovchiligi kuzatiladi (plazma tromboplastin komponenti, Kristmas omili), hamda qon ivish xossasining I bosqichida faol trombokinaza hosil boʻlishi buziladi. Gemofiliya C turi – juda kam, yaʼni 1-2 % holatlarda qayd etiladi va qon ivish xossasining XI omili yetishmovchiligi bilan tushuntiriladi. Gemofiliyaning qolgan turlari 0,5 % holatlardagina kuzatiladi va bunda turli plazma omillari yetishmovchiligi kelib chiqadi: V omil (paragemofiliya), VII omil (gipoprokonvertinemiya), X omil (Styuart-Prauer kasalligi) va boshqalar.

Gemofiliya klinik kechish

Gemofiliya klinik kechishi plazma tarkibidagi qon ivish xossasi omillarining yetishmovchilik darajasiga bogʻliq boʻladi. Ogʻir darajadagi gemofiliya – omil yetishmovchiligi 1 % ni tashkil etadi, bunda bolaning erta yoshlarida ogʻir gemorragik sindromlar kelib chiqadi. Ogʻir darajadagi gemofil bolalarda tez-tez mushaklarda, boʻgʻimlarda va ichki aʼzolardan oʻz-oʻzidan yoki jarohatdan keyin davomli qon ketishlar kuzatiladi. Bola dunyoga kelishi bilanoq unda kindikdan uzoq muddat qon ketishi, melena kabi belgilar, keyinchalik tishlar chiqqan vaqtda va kichik jarohatlar natijasida ham uzoq muddat davom etuvchi qon ketishlar namoyon boʻladi. Oʻrta ogʻir darajadagi gemofiliya – plazma omili miqdori 1-5 % ni tashkil etadi. Kasallik koʻpincha maktab yoshigacha boʻlgan davrda rivojlanadi, gemorragik belgilar kuchsiz namoyon boʻladi, mushaklar orasiga va boʻgʻimga qon quyilishlar, gematuriya kuzatiladi. Kasallik huruj qilishi har 2-3 yilda takrorlanishi mumkin. Yengil darajadagi gemofiliya – plazma omilining miqdori 5 % dan yuqori. Kasallik maktab yoshida rivojlanadi, koʻpincha jarohatlar yoki jarrohlik amaliyoti oʻtkazilgan vaqtda belgilar namoyon boʻladi. Qon ketishi kamroq va qisqa muddat davom etishi mumkin.

Gemofiliya belgilari

Yangi tugʻilgan bolalarda gemofiliya belgilari sifatida kindik yarasidan uzoq muddat qon ketishi, teri osti gematomalari va kefalogematomani keltirish mumkin. 1 yoshgacha boʻlgan bolalarda gemofiliya belgilari – bola tishi chiqqanda, jarrohlik amaliyoti oʻtkazilganda namoyon boʻladi. Sut tishlarining oʻtkir uchlari til, lab, lunj va ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatini jarohatlashi mumkin. Ammo koʻkrak yoshidagi bolalarda gemofiliya belgilari kuchsiz namoyon boʻlishi ham mumkin, chunki ona suti bilan birgalikda yetarlicha faol trombokinaza bola organizmiga tushib turadi. Bola yura boshlashi bilan postravmatik (jarohatdan keyingi) qon ketishlar xavfi oshadi. 1 yoshdan oshgan bolalar uchun burundan qon ketish, teri osti va mushaklar orasi gematomasi, yirik boʻgʻimlarga qon quyilishi kabi belgilar xos. Gemorragik diatez xuruji turli xil infeksion kasalliklar oʻtkazilganidan keyin yuzaga chiqishi mumkin (OʻRVI, suvchechak, qizilcha, qizamiq, gripp va boshqalar). Bunday holatga sabab infeksion kasalliklar natijasida qon tomirlar oʻtkazuvchanligi oshib ketadi. Doimiy qon ketishlar natijasida bolalarda turli darajadagi anemiyalar kelib chiqadi. Gemofiliya qon quyilishlar boʻyicha quyidagilarga boʻlinadi: gemartroz (70-80 %), gematomalar (10-20 %), gematuriya (14-20 %), oshqozon ichak tizimida qon ketishlar (8 %), markaziy nerv tizimida qon quyilishlar (5 %). Gemartrozlar – gemofiliyaning eng koʻp uchraydigan bir koʻrinishi. Bolalarda boʻgʻimlarga qon quyilishlar koʻpincha 1-8 yoshlar oraligʻida turli xil jarohatlar va lat yeyishlar oqibatida kelib chiqadi. Gemartrozda ogʻriq, boʻgʻimlar shishi, boʻgʻim atrofidagi teri giperemiyasi va gipertermiyasi yuzaga chiqadi. Qaytalanuvchi gemartroz surunkali sinovit, deformatsiyalangan
osteoartroz va mushaklar kontrakturasiga sabab boʻladi. Deformatsiyali gemartroz tayanch-harakatlanish tizimida turli xil buzilishlar (umurtqa pogʻonasining qiyshayishi, chanoq deformatsiyasi, mushaklar gipotrofiyasi, osteoporoz va boshqalar) va kichik yoshlardayoq nogironlik rivojlanishiga sabab boʻladi. Gemofiliyada yumshoq toʻqimalarga qon quyilishlar ham koʻp uchraydi. Teri osti yogʻ kletchatkasi va mushaklarda gematomalar kuzatiladi. Bolalar tanasida yoʻqolmaydigan koʻkarishlar, mushaklar aro chuqur qon toʻplanishlar yuzaga chiqadi. Yirik va koʻp toʻplangan gematomalar arteriya va periferik nerv tolalarini ezib qoʻyishi mumkin, natijada ogʻriq, paralich holati (shollik), mushak atrofiyasi yoki gangrenasiga sabab boʻladi. Gemofiliyada eng koʻp uchraydigan holatlardan – milk, burun, buyrak, oshqozon ichak tizimidan qon ketishlar kuzatiladi. Qon ketishlar har qanday tibbiy muolajalardan keyin yuzaga chiqishi mumkin (mushak osti inyeksiyasi, tish oldirish, tonzillektomiya va boshqalar). Bolalar uchun eng xavfli jihati burun va yutqindan qon ketishdir, uning oqibatida nafas yoʻllariga qon quyilib obstruksiya holati kelib chiqish ehtimoli bor. Bunday vaziyatda shoshilinch traxeostomiya amaliyoti bajariladi. Bosh miya va miya pardasiga qon quyilishi MNT da jiddiy oʻzgarishlar va oʻlim holatiga sabab boʻlishi mumkin. Gemofiliyada gematuriya holati oʻz-oʻzidan yoki kichik chanoq sohasi jarohatlari natijasida kelib chiqishi mumkin. Bunda dizurik sindromlar ham rivojlanishi mumkin – siydik yoʻllarida qon toʻplanib qolishi hisobiga peshobning oʻta olmasligi va buyrak xurujlari yuzaga chiqishi mumkin. Gemofil bolalarda piyeloektaziya, gidronefroz, piyelonefrit kabi kasalliklar koʻp uchraydi. Gemofiliyada oshqozon-ichak tizimida qon ketishlarga sabablar quyidagicha boʻlishi mumkin: oshqozon va oʻn ikki barmoq ichak yara kasalliklari, eroziyali gastrit, gemorroy holatlarida nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar qabul qilish natijasida qon ketishlar kelib chiqadi. Katta charvi va qorin pardaga qon quyilishi oʻtkir qorin belgilarini beradi, bu holat oʻtkir appenditsit, ichak tutilishi kabi kasalliklar bilan differensial tashxis oʻtkazishda qiyinchiliklar tugʻdiradi. [box type="info" align="" class="" width=""]Gemofiliyaning oʻziga xos belgisi – qon ketishlarning jarohatdan keyin darhol yuzaga chiqishi emas, balki maʼlum vaqt oʻtgandan keyin namoyon boʻlishidir, baʼzida 6-12 soat oʻtgandan keyin.[/box]

Gemofiliya diagnostikasi

Bolalarda gemofiliyani aniqlash bir necha mutaxassislar ishtirokida olib boriladi: neonatolog, pediatr, genetik, gematolog. Kasallikning asoratlanishi va yondosh kasalliklar bilan birga kechishida bolalar gastroenterolog, travmatolog-ortoped, otolaringolog, nevropatolog xulosalari kerak boʻladi. gemofiliya kasalligi Gemofil bola tugʻilish ehtimoli yuqori boʻlgan ota-onalar farzand koʻrishni rejalashtirishdan avval genetik mutaxassislar tavsiyalarini olishlari talab etiladi. Oʻzgarishga uchragan genni aniqlash maxsus molekulyar-genetik tekshiruvlar yordamida aniqlanadi. Homilada gemofiliyani aniqlash uchun xorion yoki amniosentez biposiyasi olinadi va hujayra DNK materiali tekshiriladi. Bola dunyoga kelganidan keyin gemofiliya kasalligi qonning ivish xossasini laborator tekshiruvlardan oʻtkazish yoʻli bilan aniqlandi. Koagulogrammada qonning ivish vaqti uzayganligi qayd etiladi. Gemofiliya tashxisini qoʻyishda hal qiluvchi tekshiruv prokoagulyantlar faoliyatining 50 % dan pasayganligi boʻla oladi. Gemoartroz holatlarida bolalarda boʻgʻimlar rentgenologik tekshiruvi, ichki qon ketishlarda – qorin boʻshligʻi UZI (UTT) tekshiruvi, gematuriyada – umumiy siydik analizi va buyraklar UTT (UZI) tekshiruvi oʻtkaziladi.

Gemofiliya davosi

Gemofiliya kasalligidan butunlay qutulishning imkoni yoʻq. Shu sababli kasallikda oʻrin bosuvchi gemostatik muolajalar oʻtkaziladi, yaʼni qon ivish xossasining VIII va IX omillaridan foydalaniladi. Gemofiliya davosida ikki yoʻnalish farqlanadi – profilaktik va talabga koʻra. Profilaktik davo qon ivish omillarini ogʻir darajadagi gemofil bolalarda har haftada 2-3 marta oʻtkaziladi, bundan asosiy maqsad boʻgʻimlarda patologiyalar shakllanmasligi va boshqa qon ketishlar kuzatilmasligini oldini olishdir. Qoʻshimcha sifatida yangi muzalatilagan qon plazmasi, eritromassa, gemostatiklar ham buyuriladi. Barcha “qonli” muolajalar gemostatik vositalardan foydalangan holda amalga oshiriladi (chok qoʻyish, tishlarni olish, har qanday jarrohlik amaliyotlari). Kichik tashqi jarohatlarda (kesilishlar, burundan qon ketish) gemostatik paxtalardan foydalanish va jarohatni trombin bilan qayta ishlash kerak boʻladi. Asoratsiz boʻgʻimlarga qon quyilganda bolaga tinch holatda boʻlishi, boʻgʻimlarga muz qoʻyish, boʻgʻimga gipsli bogʻlam qoʻyish, keyinchalik – UVCH, elektroforez, yengil massaj muolajalari buyuriladi. Gemofil bolalar diyetaga rioya etishlari kerak, bunda mahsulotlar A, B, C, D vitaminlari va kalsiy-fosfor tuzlariga boy boʻlishi zarur.

Gemofiliya oqibati va profilaktikasi

Uzoq muddat davom etuvchi oʻrin bosuvchi davo muolajalari – organizmga kiritilayotgan prokoagulyant omillar samarasi pasayishiga olib keladi. Bunday holatlarda gemofil bolalarda plazmaferez oʻtkaziladi, hamda immunodepressant preparatlar buyuriladi. Gemofil bemorlarga tez-tez qon va qon mahsulotlarini quyish OIV-infeksiyasi, B, C va D gepatit viruslari, gerpes, sitomegalovirus yuqish xavfini oshiradi. Gemofiliyaning yengil darajasi bola hayoti uchun xavf tugʻdirmasada, kasallikning ogʻir koʻrinishlarida koʻp qon yoʻqotish natijasida bola umumiy ahvoli ogʻirlashishi mumkin. Kasallik profilaktikasida gemofiliya bilan tugʻilishi mumkin boʻlgan oilalar genetik tekshiruvlardan oʻtishi, gemofil bolalar esa oʻzlari bilan maxsus hujjatlarini doimo yonlarida olib yurishlari (unda qon guruhi, kasallik turi, Rh turi koʻrsatilgan boʻladi) zarur. Bunday bolalar jarohatlardan saqlanishlari talab etiladi. Ular pediatr, bolalar gematologi, stomatologi, ortoped va boshqa mutahassislar nazorati ostida boʻladilar. Hamda maxsus gemofil markazlarida roʻyxatdan oʻtishlari kerak boʻladi.
ico
Gijja tushirish uchun qo‘llaniladigan tabiiy retseptlar
Bo‘yimodaron guli, yong‘oqning bargi, zanjabil, sumbul, balila, sariq halila – hammasidan teng miqdorda olib maydalanadi va har kuni uch mahal ovqatdan oldin yarim choy qoshiqdan och qoringa kapalansa yoki qaynoq suvga aralashtirib ichilsa, gijjalar oson tushadi. [caption id="attachment_10426" align="aligncenter" width="500"]gijja tushirish Foto: Peptic.ru[/caption] Bir bosh sarimsoqni tozalab, ustiga bir stakan suv quyib, past olovda o‘n daqiqa qaynatiladi. Suzib olib, ustiga ermonning 2,5 stakan suvda qaynatilgan damlamasidan bir choy qoshiq quyiladi. Ikkala damlama aralashmasi bir soat tindirib qo‘yiladi va bola hojatga borgandan keyin huqna qilinadi. Bir bosh sarimsoqni tozalab, ustiga bir stakan suv quyib, past olovda o‘n daqiqa qaynatiladi. Suzib olib, ustiga ermonning 2,5 stakan suvda qaynatilgan damlamasidan bir choy qoshiq quyiladi. Ikkala damlama aralashmasi bir soat tindirib qo‘yiladi va bola hojatga borgandan keyin huqna qilinadi. O‘n bo‘lakcha sarimsoqni qaynatilgan sut bilan nahorda ichilsa, yoki sutsiz o‘zi ko‘proq iste’mol qilinsa, gijjalar va solityor tushadi. Bir osh qoshiq dastarbosh guli ustiga ikki stakan qaynatib sovitilgan suv quyib, to‘rt soat og‘zi yopiq idishda tindirib qo‘yiladi. Kuniga 2-3 mahal ovqatdan yarim soat oldin ichiladi. O‘rtacha kattalikdagi bir dona piyoz ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, bir kecha qo‘yiladi. Suzib olib, kuniga yarim stakandan 3-4 kun ichiladi. Ikki osh qoshiq ermon o‘ti ustiga bir litr suv quyib, besh daqiqa qaynatib, suzib olinadi. Kechqurun yotishdan bir soat oldin gijjalarga qarshi huqna qilinadi. Sabzi urug‘i tolqonidan yarim choy qoshiqdan iste’mol qilinsa, gijja haydashda yaxshi shifo bo‘ladi. Ibn Sino bo‘yimodaron gulidan gijjalarga qarshi keng foydalangan. U o‘simlik guli tolqonini quyuq damlab, dokadan suzib, bir yarim qoshiqdan ichishni tavsiya qilgan. Agar uni och holda uch mahal choy qilib yoki olti kun ikki osh qoshiqdan ichilsa ham gijjalar daf bo‘ladi. Bu giyoh gijjalarga qarshi o‘ta oson tayyorlanadigan va yaxshi shifo beradigan tabiat ne’mati hisoblanadi. Ermon urug‘ini asal bilan aralashtirib, ikki kun davomida kuniga uch mahal ovqatdan 1,5-2 soat oldin iste’mol qilinadi. Bundan bir kun oldin parhez qilib, surgi dori ichiladi. Ikki kundan so‘ng kechqurun yana surgi dori ichiladi. Kattalar urug‘dan 4 g yeydilar, bolalarga 1-3 yoshgacha – 0,25-0,75 g, 4-6 yoshgacha – 1-1,5 g, 7-9 yoshgacha – 1,75-2,25 g, 10-14 yoshgacha – 2,5-3,6 g, 15-16 yoshgacha – 4 grammdan beriladi.
Diqqat, ushbu tabiiy retseptlarni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashishingiz zarur!

 Rahbarxon Ernazarova “Sano shifo” salomatlik markazi mutaxassisi. Rahbarxon.uz

ico
Gerpesning turlari, tashxislash va davolash usullari
Gerpes (uchuq) infeksiyasi – bu Herpesviridae viruslar oilasi tomonidan chaqiriladagan keng tarqalgan infeksiyon kasalliklar guruhidir. U surunkali retsidiv kechishi bilan xarakterlanadi va qo‘zg‘atuvchisi inson organizmida umrbod joylashgan bo‘ladi. Gerpes infeksiyasi o‘zini yuqori darajada yuqumliligi, jumladan, qorin ichida homilani zararlashi xususiyati borligi bilan ham ajralib turadi. gerpes Yer sharining taxminan 90% aholisi virus tashuvchi sanaladi, ularni ko‘p qismi o‘zlarida gerpes virusi borligini umuman bilmasliklari mumkin. Agar immunitet mustahkam bo‘lsa virus o‘zini mavjudligini umuman namoyon qilmasligi yoki sust kechish formasida namoyon qilishi, bemor esa bunga e’tibor ham qilmasligi mumkin.

Organizmga virus kirish yo‘llari

Kasallikni boshlang‘ich davri 2 -14 kun davom etadi. Inson organizmiga gerpes virusi kirib olgandan so‘ng unda butun hayot davomida berkilgan infeksiya ko‘rinishida saqlanadi va organizmni kuchsizlantiruvchi faktorlar (gripp va boshqa kasallar, immunodepressantlar) OITS va hokazo ta’sirida klinik ko‘rinishdagi formalarga o‘tishi mumkin.

Gerpesning klinik ko‘rinishlari

Birlamchi infeksiya odatda sezilmaydigan holatda o‘tadi, faqat ko‘p bo‘lmagan bemorlarda turli yaqqol ko‘rinishlar paydo bo‘ladi.

Terini gerpesdan shikastlanishi

gerpes haqida Terini gerpesdan shikastlanishi (lokal va tarqalgan) terini gerpesdan lokal shikastlanishi ko‘proq uchraydigan formasi sanaladi. Ular odatda qandaydir boshqa kasalliklar bilan birga kechadi (O‘RVI, malyariya, meningokokkli infeksiya va hokazo). Umumiy alomatlar bo‘lmaydi yoki asosiy kasallikni ko‘rinishini bilan niqoblanadi. Pufakchalar og‘iz atrofida, lablarda, burun chekkalarida joylashadi. Ayrim hollarda tarqalgan gerpes toshmalari, og‘iz bo‘shlig‘ini gerpes shikastlanishi, genitaliyalar gerpesi paydo bo‘ladi.

 Genital gerpes

Jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan genital gerpes ko‘proq nekrotik, servitsit, qinni va tashqi jinsiy a’zolarni gerpesdan shikastlanishi ko‘rinishida kechadi. Bu forma bachadon bo‘yini saratoni paydo bo‘lishiga imkoniyatini tug‘diradi, homiladorlarda homila uchun xavf tug‘diradi (chaqaloq og‘ir generallashgan gerpesi paydo bo‘lishi mumkin).
Genetal gerpes haqida ushbu maqola orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin:  Uchuq faqat labda toshmaydi

Ko‘zni gerpesdan shikastlanishi

Ko‘zni gerpesdan shikastlanishi ko‘proq muguz pardani yuzaki va chuqur shikastlanishi ko‘rinishlarida kechadi. Kasallik uzoq retsidivli kechishiga moyil bo‘ladi va muguz pardani muqim xiralashishiga olib kelishi mumkin.

Gerpesli ensefalit

Shuningdek, gerpesli ensefalitlar og‘ir kechadi, ko‘pinchaular letal yakunlanadi, ensefalitlar va meningiyensefalitlar, visseral formalarga (gepatit, pnevmoniya). Gerpesdan ichki organlarni shikastlanishi odatda turli immunodepressantlar bilan ommaviy davolanishi fonida vujudga keladi. Shuningdek OITSli bemorlarda gepatit, pnevmoniya, ensefalitlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.

Generalizatsiyalashgan gerpes

Chaqaloqlarda generalizatsiyalashgan gerpes, chaqaloqlarda generalizatsiyalashgan gerpes ensefalit, teri va ichki organlar shikastlanishi bilan kechadi. Davolanmasa odatda letal yakun bilan tugaydi. Generalizatsiyalashgan gerpesda, gerpesli ensefalitlarda prognoz shubhali. Ko‘zlar shikastlanishi uzoq retsividli davom etishi mumkin va bu mehnatga layoqatni yo‘qotishiga olib keladi.

Gerpes qanday tashxislanadi?

Gerpesli infeksiyalar diagnostikasi mavjud o‘ziga xos teri yoki shilliq pardalarni shikastlanishi bilan yengil kechadi. Diagnozni tasdiqlashi uchun turli materiallardan virusni chiqindilari ishlatiladi (pufakchalar tarkibi, muguz parda qirindilari, orqa miya suyuqligi, bachadon bo‘yni biopsiyasi materiali va hokazo)

Gerpesni davolash va profilaktika

Davolashda virusga qarshi ta’sir qiluvchi spetsifik preparatlar yuqori samara beradi, ayniqsa jarayonni boshlanishi davrida. Unutmaslik kerakki, kasallikni og‘ir kechishida ularni ichish yoki venadan kiritish tayinlanadi. Odatiy kechishida esa faqat joyiga: atsiklovir (zoviraks, viroleks) xolepin, izoprinozin (modimunal) banafton, alpizarin, metisazon, shunigdek dezoksiribonukleaz va odam leykotsitar interferoni inyeksiyasi. Infeksiyani butun organizmga tarqalishini oldini olish uchun mushaklar orqali 6 ml normal odam immunoglobulini kiritiladi. Toshmalar yiringlaganda antibiotik tayinalanadi. Tez – tez retsidiv beruvchi gerpesda infeksiya manbalariga ishlov berish, ovqat hazm trakti va asab tizimi funksiyalarini buzulushini korreksiya qilish, umumiy mustahkamlash vositalarni tayinlash zarur bo‘ladi. Retsidivga qarshi samara beruvchi vositalar ichida eng yaxshisi spetsifik gerpes polivaksinasidir. Vaksina bilan davolashni retsidivlar o‘rtasida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Vaksina bilan davolash davrida gerpes toshmalari paydo bo‘lsa davolash to‘xtatilmaydi, keyingi inyeksiyada preparat dozasi ikki barobar kamaytiriladi.

Belbog‘simon gerpes (gerpes zoster)

Etiologiyasi oddiy gerpesga o‘xshash. Belbog‘simon gerpes uzoq davom etadi, navbatma – navbat holati yaxshilanadi va yomonlashadi. Quloqda, quloq chig‘anog‘ida kuchli og‘riq paydo bo‘ladi, quloq atrofida diametri 3 -5 bo‘lgan ichi tiniq suyuqlik bilan to‘lgan pufakchalardan iborat o‘ziga xos toshmalar paydo bo‘ladi. Pufakchalar bir yo‘nalishda joylashgan, qichishadi. Vaqt o‘tgan sari pufakchalardagi suyuqlik loyqalanib, jigarrang tusga kiradi va pufakchalar yorila boshlaydi. Bir vaqtni o‘zida yangi pufakchalar ham paydo bo‘ladi. Asorati eshitish pasayadi, kar bo‘lib qolish mumkin, muvozanat saqlash va makonda oriyentatsiya buziladi. Davolash uchun shikastlangan joylarga ultrabinafsha nurlanish, glyukokortikoid maz surtish, interferon va levamizol aerozollari sepish tayinlanadi. Analgetiklar ichiladi, “B” gruppa vitaminlari ineksiyalari qilinadi. Agar gerpes yil davomida 5 martadan ortiq paydo bo‘lsa, kompleksli immunoterapiya o‘tkazish zarur bo‘ladi. Yuqoridagi maqoladagi barcha ko‘rsatma va ma’lumotlar faqat tanishib chiqish maqsadida qo‘yilgan. Sizda ushbu holatlar kuzatilsa, shifokorga murojaat qiling.

© Med-info.uz

ico
Gemorroy (bavosil) kasalligi: sabablari, belgilari, davolash usullari va profilaktikasi
Qadimgi Misr va Vavilonda gemorroyni jarrohlik yo‘li bilan davolashgan. Bu xastalik haqida Gippokrat, Galen, Ibn Sino asarlarida ham yetarlicha to‘xtalingan. Ma’lumki, Napoleon Bonapart ham shu xastalikdan aziyat chekkan. Hozirgi kunda gemorroyga aholining 10% chalingan bo‘lib ularning aksariyati 30-50 yoshdagi erkaklardir. Bu kasallikka ayollar ayniqsa homiladorlik davrida chalinadilar. Ko‘pchilik bemorlarga an’anaviy tibbiyot jarrohlik operatsiyalarni tavsiya etsa-da, bunga faqat 20 % ehtiyoj sezadi.

Gemorroy nima?

Insonning orqa teshigi mushak va birlashtiruvchi to‘qimalardan tashkil topgan. Ichidan shilliq qavatli bo‘g‘imchalar – ya’ni gemorroidal tugunlar bilan qoplangan. Gemorroidal tugunlar inson qattiq kuchanganida shilliq qavat bilan birga pastga surilishi mumkin. Buning natijasida qon aylanish buzilib gemorroidal tugunlar o‘lchovi kengayadi va tashqariga chiqib qoladi. [caption id="attachment_10326" align="aligncenter" width="767"]gemmoroy Foto: Stopgemor.ru[/caption]

Bavosil qanday bosqichlarda kechadi?

  1. Gemorroidal tugunlar kengayib qonaydi;
  2. Najas chiqayotgan paytda tugunlar tashqariga chiqib ketsa-da, yana joyiga qaytadi;
  3. Tugunlar chiqib ketib, joyiga qaytarish uchun qo‘llardan foydalaniladi;
  4. Tugunlar chiqib ketib joylashtirib bo‘lmaydi;
  5. Tugunlarning chiqib ketishi keskin og‘riq bilan birga kuzatiladi.
Qon oqishi har qanday bosqichda ham yuzaga kelishi mumkin.

Gemorroyning belgilari

Agar hojatga kirganda (bo‘shanish paytida) ichki kiyim, tualet qog‘oz yoki unitazda qon ko‘rsangiz, orqa teshik qismida qichish, gemorroidal tugunlarning tashqariga chiqishini kuzatsangiz darhol shifokor-proktologga murojat qiling. Gemorroy belgilarining ostida jiddiy ichak kasalliklari ham yashirinishi mumkin.

Gemorroy sabablari

Ofisda, kompyuter oldida, kutubxonada qiziqarli kitob bilan tikuv mashinasi oldida soatlab o‘tirish zararlidir. Bunday paytda soatiga bir mahal har qanday zarur ishlarni qo‘yib 5-10 daqiqali tanaffus qilish kerak. Yumshoq kursi o‘rniga qattiq o‘rindiqdan foydalaning (bu bel va umurtqa uchun ham foydali). O‘rindiqqa maxsus yog‘och taxtachani (bu maslahat haydovchilarga hamtegishli) qo‘yib o‘tiring. Boshlanayotgan gemorooyda og‘ir jismoniy ishlar bajarish mumkin emas. Haydovchilar esa rul oldida 3 soatdan ko‘p vaqt o‘tkazishlari zararlidir. Yo‘lda tanaffus qilib, faollik bilan harakatlanish kerak.

Homiladorlikda gemorroy

Gemorroyga homilador ayollar ko‘p chalinadilar. Hisobotlarga ko‘ra gemorroyga 41-42% homilador va tuqqan ayollar chalinsa, boshqa yoshdagi ayollar ichida bu ko‘rsatkich atigi 8% ni tashkil etadi. Ko‘pincha gemorroy birinchi va ikkinchi homiladorlik davrida paydo bo‘ladi. [caption id="attachment_10325" align="aligncenter" width="719"]homiladorlikda gemorroy Foto: Lediveka.ru[/caption] Homiladorlik nafaqat katta ichak tomirlarini, balki oyoq va ba’zida, jinsiy a’zolar tomirlarining ham shishiga olib keladi. Bunga asosiy sabab, homilador ayolning o‘sayotgan bachadoni tos tomirlarini va o‘ng tomonda joylashgan katta tomirni siqib qo‘yishidadir. Natijada qorindan pastda joylashgan qon tomirlaridan qon qaytishi qiyinlashadi va shuning ta’sirida ular shishadi. Undan tashqari homiladorlik payti progesteron gormonining oshishi tomir devorlarining mayinlashishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida ularning oson shishiga sababchi bo‘ladi. Aynan shu progesteron gormoni homilador ayolda ich qotishini ham keltiradi. Ich qotishi esa, o‘z navbatida, bavosilga sababchi bo‘ladi. Tug‘ish jarayonida bolani itarish payti ayolning kuchanishi ham bavosil (gemorroy) paydo bo‘lishini keltiradi.

Gemorroy profilaktikasi uchun mashqlar

[caption id="attachment_10327" align="aligncenter" width="711"]Gemorroy profilaktikasi uchun mashqlar Gemorroy profilaktikasi uchun mashqlar / Foto: iberia-2000.ru[/caption] Gemorroyni oldini olish uchun kichik tosdagi qon aylanishni yaxshilash maqsadida muntazam ravishda qorin mushaklarini kuchaytirish zarur. Mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan ba’zi mashqlar bu noxush xastalikdan xalos bo‘lishga yordam beradi:
  1. Tik turib oyoqlarni juftlashtiriladi, dumba va orqa teshik mushaklarini taranglashtiriladi.
  2. Qattiq o‘rindiqqa o‘tirib belni tik tutiladi, bir oz oldinga burilib orqa teshik mushaklarini muntazam taranglashtiriladi.
  3. Chalqancha yotib yelka kengligida oyoqlarni bukib tovonlarni polga tirab turiladi. Bel va tovonlarga tayanib tos poldan ko‘tariladi.
  4. Chalqancha yotib oyoqlarni navbatma-navbat ko‘tariladi.
  5. Chalqancha yotib oyoqlarni ikki tarafga yoyiladi va qaychi shaklida birlashtiriladi.
  6. Chalqancha yotib tizzalarda bukilgan oyoqlar ko‘tariladi va xuddi velosipedda ketayotgandek harakatlarni bajariladi.
  7. Chalqancha yotib tizzalar bukiladi va qattiq holda qoringa birlashtiriladi.
  8. Mashqlarni kuniga 2-3 marta bajarish kerak.

Gemorroy kasalligida qanday ovqatlanish kerak?

Gemorroy kasalligida bir vaqtda ovqatlanish kerak. Ovqatlanish tartibi organizmni ich ketishi va qabziyatdan muhofaza qilish zarur. Buning uchun xamirli va o‘ta yog‘li ovqatlar keskin kamaytiriladi. Taomnomangizda muntazam ravishda qatiq, kepak mahsulotlari, sabzavotlar, tarkibida magniy va sulfatlar bo‘lgan mineral suvlar bo‘lishi shart. Xona haroratidagi iliq mineral suvni kuniga uch mahal bir piyoladan ichishni o‘zingizga odat qilib oling. Achchiq, tuzlangan taomlar, ichimliklar qat’iy mumkin emas.

Gemorroy va qabziyat

Agar gemorroyga qabziyat sabab bo‘lgan bo‘lsa, taomnomangizni ozuqa kletchatkasi bilan boyiting. U ozuqa kepagi, karam, loviya, lavlagi, oshqovoq, sabzi, tarvuz, qovun, qora undan tayyorlangan, javdari nonda ko‘pdir. Oxirgi paytlarda bargizub urug‘i asosida tayyorlangan (mukofalk) va sellyulozadan tayyorlangan (MKS-28) dori vositalari keng tarqaldi. Shu bilan bir qatorda ko‘p miqdorda suyuqlik ichish (sutkasiga 2-3 litrgacha) zarur. Aks holda bunday parhez organizmning suvsizlanishiga olib keladi. Og‘riqni qoldirish va kasallikning zo‘rayishini oldini olish maqsadida muntazam ravishda mustahab qilinadi. Sharq mamlakatlarida gemorroyga chalinish xavfi xalqning kichikligidan mustahab qilishga o‘rganganligi sababli kamdir. Zo‘rayishlar paytida och-pushti rangli margansovka eritmasida mustahab qilish yoki hojatdan chiqkandan keyin 1,5-2 daqiqa margansovkali vannalar qabul qilinadi.

Gemorroediktomiya - gemorroy operatsiyasi

Agar kasallik zo‘rayib, konservativ davolash muolajalari yaxshi yordam bermasa, har hojatga kirganda tugunlar tashqariga chiqsa, operatsiya (gemorroediktomiya) tavsiya etiladi. O‘rta yoshgacha bo‘lgan insonlar keksalarga qaraganda operatsiyani oson kechirib yaxshi natijalarga erishadilar. Ammo keksa yoshdagi kishilarda yaralar bitish qiyin bo‘lib, yiringlashi ham mumkin.

Gemorroyni xalq tabobati usuli orqali davolash usullari

Sarimsoqpiyozli sut

Sarimsoqpiyoz qon tarkibini yaxshilaydi, ateroskleroz va yurak qon-tomir kasalliklariga qarshi profilaktika vazifasini o‘taydi. Shu va yana bir qancha shifobaxsh xususiyatlari tufayli sarimsoqpiyozdan sharq tabobatida bir necha asrlardan buyon keng foydalaniladi. Jumladan bavosil kasalligini davolashda sarimsoqpiyozli sut qo‘l keladi. Bir bosh sarimsoqpiyozning boshi olinib, so‘ng po‘sti bilan 200 ml sutga solib 30 daqiqa qaynatiladi. Bu vaqt oralig‘ida sarimsoqpiyoz sanchqi tiqqanda kiradigan darajada yumshoq holga kelishi kerak. Damlama xona haroratida sovitilib, ovqatdan so‘ng 1 osh qoshiqdan iste’mol qilinadi. Davolash kursi 10 kunni tashkil etib, 2 haftadan so‘ng yana takrorlanadi. Yana bir retsept: 1 bosh sarimsoqpiyozni tozalab 4-5 donasini qirg‘ichdan o‘tkazib 200 ml sutga solib 2 soatga sovitgichga qo‘yamiz. Bunday shifobaxsh ichimlik kuniga 3 mahal yarim choy qoshiqdan 1 hafta davomida ichiladi. 3 kun dam olib, davolash kursi yana takrorlanadi. Agar bunday retseptlar asosida dori tayyorlashga erinsangiz, kuniga 3 dona sarimsoqpiyozni ovqatdan so‘ng 1 donadan iste’mol qiling. So‘ng ketidan 1 piyola sut ichib yuboring. Sarimsoqpiyozni oshqozon yarasi va gastrit, oshqozon osti bezi kasalliklari avj olgan paytlarda, epilepsiyada qo‘llash tavsiya etilmaydi. Homiladorlik davrida esa shifokor bilan maslahatlashgan ma’qul.

Bavosilni davolashda kartoshkali kompresslar

Chiqish teshigidagi achishishni bartaraf etishda qirg‘ichdan o‘tkazilgan xom kartoshka yordamga keladi. Bu vosita birinchi marta qo‘llanilgandayoq kasallikning noqulay belgilarini yo‘qotadi, shu bilan birga davolaydi. Yuvinib chiqib maydalangan kartoshka kerakli joyga 10 daqiqaga qo‘yiladi.

Gemorroyni davolashda “Гепариновая мазь”

Unchalik qimmat bo‘lmagan ushbu dori vositasi bir necha kasalliklarda qo‘llaniladi. Shu jumladan bavosilda ham. Maz tarkibida geparin, benzokain, benzilnikotinat bo‘lib, u surunkali va o‘tkir bavosilda ham samara beradi. Uning ta’siri surtilgach bir necha daqiqadan so‘ng seziladi. Geparinning trombolitik hususiyatlari qon tarkibidagi fibrin miqdorini kamaytiradi. Natijada qon quyilmaydi va tromblar hosil bo‘lmaydi. Ammo u hosil bo‘lishga ulgurgan qon quyqalarini yo‘qotish xususiyatiga ega emas. U faqat yangi tromblar hosil bo‘lishining oldini oladi. Maz tarkibidagi benzokain esa og‘riq va noqulayliklarni yo‘qotadi. Geparin mazi tashqi bavosilda samarali bo‘lib, ichki bavosilda tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari geparin dori vositasini homilador ayollar qo‘llashi mumkin emas, uning tarkibidagi moddalar ona qornidagi bolaga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin.

Bavosilni davolashda itshumurt (облепиха) yog‘i

Itshumurt yog‘i — xalq tabobatida bavosilni davolashda keng tarqalgan vositadir. Uni hatto homiladorlikda ham qo‘llash mumkin. Itshumurt yog‘i(облепиховое масло) — organik kislotalar hamda vitaminlarga boy bo‘lib, zarar yetgan terini yangilash xususiyatiga ega. U og‘riqni oladi, qon ketishi va boshqa noqulayliklarni yo‘qotadi. Itshumurt yog‘i(облепиховое масло) tarkibidagi vitamin C — qon tomirlarni mustahkamlovchi kollagen ishlab chiqarilishida ishtirok etadi. Qo‘lanilishi. Ushbu vositadan kompleks foydalanish yaxshi natija beradi. Bunda itshumurt yog‘i iste’mol qilinadi, ham malham sifatida qo‘yiladi. Davolash davomida ichni yurg‘izish uchun klechatkaga boy mahsulotlar, sabzavotlar, quruq mevalar iste’mol qilish tavsiya etiladi. Itshumurt yog‘i ertalab och qoringa 1 osh qoshiqdan ichiladi, yarim soat o‘tgach nonushta qilish mumkin. Itshumurt yog‘idan kompresslar chiqish teshigiga qo‘yilib, kuniga 3 marta yangilanadi. Kechasiga esa paxtali tamponlar yog‘ga botirilib qo‘yiladi. Davolash kasallik belgilari — og‘riq va qon ketishi yo‘qolguncha davom ettiriladi. Bavosil kasalligida ich qotishining oldini olish uchun jo‘xori yog‘i, zaytun yog‘i va uzum yog‘larini salatlar tarkibida iste’mol qilish tavsiya etiladi.

© Abduqodir Sattorov. "Malham" tabobat markazi rahbari. "Tib.uz" nashri.

ico
Gepatit C kasalligi haqidagi afsonalar

Birinchi afsona

«Davolanishni ham davolanmaslikni ham foydasi yo‘q, gepatit C tuzalmaydi»

Hozirgi zamon tibbiyoti gepatit C ni «davolanishi mumkin bo‘lgan» kasalliklar qatoriga qo‘shgan. Gepatit C ning genotiplariga qarab to‘liq tuzalib ketish imkoniyatlari 80-95 foizni tashkil etadi. Kasallikni erta boshlangan paytida esa bu ko‘rsatkich 100 foizga yetishi mumkin. gepatit c

Ikkinchi afsona

«Davolanish – bu hayotingni bir yilini bekorga ketdi degani»

Haqiqatda ayrim xolatlarda gepatit C ni davolash bir yilgacha cho‘zilishi mumkin. Lekin bu virusga qarshi davo olayotgan paytda davrda patsiyentlar o‘zlari istaganicha yashashni davom ettirishaveradi: faol hayot tarzini davom ettiraveradi, o‘z ish joylarida ishlashi xam mumkin, hatto sayr qilib kelishi ham mumkin. Gepatit C ni davolash davomiyligi bir qator ko‘rsatkichlarga, jumladan bemor va virusning virusga qarshi davo terapiyasiga reaksiyasiga bog‘liq. Bu yerda davolovchi vrachning zamonaviy bilimlari va amaliyotda ishlayotgan gepatologning malakasi xam muxim rol o‘ynaydi. Aynan davolovchi mutaxassis tegishli davo terapiyasini to‘g‘ri tanlay bilishi va davo muddatlarini belgilashi lozim.

Uchinchi afsona

«Nojo‘ya ta’sirlari davolanishni to‘xtatishga majbur qiladi»

Barcha kasalliklarni ham davolash paytida nojo‘ya ta’sirlarni kuzatish mumkin. Oddiy bosh og‘rig‘i tabletkasi ham og‘riq sindromini yo‘qotish bilan birga bir qator salbiy effektlarni berishi ham mumkin. gepatit c Xuddi shu kabi nojo‘ya ta’sirlarni gepatit C virusini davolash mobaynida ham kuzatish mumkin. Bular grippga xos belgilar, kayfiyatni o‘zgarishi, teridagi toshmalar va hokazo bo‘lishi mumkin. Aytib qo‘yish kerakki – nojo‘ya ta’sirlar – davolanishdan bosh tortishning asosiy sababi bo‘la olmaydi.

To‘trtinchi afsona

«Gepatit C ni davolash o‘ta qimmat, men bunaqa iqtisodiy yukni ko‘tara olmayman»

Gepatit C ni hozirgi davolash usullarini arzon deb aytib bo‘lmaydi. Ammo sog‘liqdan qimmat narsa bormi? Qolaversa: birinchidan - bari sarflaydigan summani birdaniga ishlatish shart emas (masalan, xolodilnik sotib olganingiz kabi).
Gepatit C kasalligini davolash uchun ishlatiladigan preparatlar haqida ma'lumotni bu yerdan o‘qing.
Harajatlar butun davo kursi bo‘ylab taqsimlanadi. Ikkinchidan, diagnostika va davo terapiyasi o‘tkaziladigan markazni to‘g‘ri tanlash – turli xil «hisobga olinmagan» chiqimlardan xalos etadi. Uchinchidan, gepatolog tomonidan har bir bemor uchun individual davo terapiyasini tanlash davolashni ham effektiv, ham hamyonbop bo‘lishini ta’minlaydi.

Beshinchi afsona

Virusga qarshi terapiya – nojo‘ya ta’sirlar bir umrga qoladigan boshqa kasalliklarni chaqirishi mumkin

Gepatit C ni virusga qarshi davolash organizmda bir qator ko‘ngilsiz o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Ammo bu o‘zgarishlarni uchrash darajasi unchalik yuqori emas va davo terapiyasi tugagandan so‘ng tezda o‘tib ketadi.
Gepatit C haqida batafsil ma'lumotni bu yerdan o‘qing.
Gepatit C virusiga qarshi davolash muolajalarini tanlash huquqi har bir bemorning o‘ziga bog‘liq.

© Gepamed.uz