Tishlar haqida bahsli fikrlar

Tishlarimiz bilan bog‘liq muammolarni kamaytirish uchun biz ularning gigiyenasiga alohida ahamiyat berishimiz va bir qancha tavsiyalarni bajarishimiz kerak bo‘ladi. Afsuski bunday tavsiyalarning barchasi ham tish­larning mustahkamligini ta’minlab bermaydi. Aksincha, biz oldini olmoqchi bo‘lgan muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Biz sizlarga to‘rtta omma­bop tishlar haqidagi bahsli fikrlarni havola etmoqchimiz:

Asal aralashtirilgan sutni yotishdan avval ichish foydali

Bu fikrni butunlay to‘g‘ri deb ham bo‘lmaydi. Chunki, bunday kokteyl asab tizimi uchun chindan ham foydali. Lekin tishlar uchunchi? Sut bilan aralashtirilgan asalni yotishdan oldin ichish – tishlarimizga qattiq ta’sir etuvchi zahar berish bilan barobardir. Sut tarkibidagi laktoza tish emalining tez yemirilishini ta’minlab beruvchi vositadir. Shuning uchun sut ichgandan so‘ng tishlaringizni iliq suv bilan albatta yuvishni maslahat beramiz.

Ovqatdan so‘ng tishlarni yuvish lozim

Bu noto‘g‘ri. Tishlarni ovqatlanishdan keyin emas, aksincha, undan oldin yuvish kerak. Bu tish emalini mustahkamlaydi. Agar siz tishlaringizni ovqat iste’mol qilib bo‘lib yuvishni ma’qul ko‘rsangiz, unda bu ishni ovqatdan so‘ng 1 soat o‘tgach amalga oshiring. Chunki, shu vaqt o‘tgach og‘iz bo‘shlig‘ida nordon ta’m paydo bo‘la boshlaydi. Agarda bu jarayonni 1 soat o‘tmay amalga oshirsangiz foydasi bo‘lmaydi, negaki nordon ta’m 1 soat o‘tgach baribir seziladi.

Tishlar faqat oppoq bo‘lishi kerakmi?

Bu fikrni ham unchalik to‘g‘ri deya olmaymiz. Albatta tishlarning patologik sarg‘ayishi yaxshi emas. Ammo haddan ziyod oq tishlar ham to‘liq sog‘lom bo‘lmaydi. Gap shundaki, mustahkam va sog‘lom emal o‘z tarkibida barcha zarur minerallarni jo qiladi. Bu esa uning sarg‘ish tusga kirishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun sarg‘ish rangli tishlar oq tishlarga nisbatan mustahkamroq bo‘ladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Ochlik arteriyani yosh saqlaydi ( 20-qism )

Og‘izni chayuvchi suyuqliklar qanday bo‘lishi zarur

Bunday suyuqlik tarkibida spirt bo‘lsa bu tavsiya ham noto‘g‘ri. Afsuski, hozirgi kunda 90 foiz og‘iz chayish uchun mo‘ljallangan suyuqliklar spirtdan iborat. Bu og‘izning shilliq qavatini quritib yuboradi. Tishlarga zarar keltiradi. Ularning o‘rniga qaynatilgan iliq suv bilan og‘zingizni chayishni maslahat beramiz.

© Salohiddin ABDURAHMONOV,
Toshkent Davlat stomatologiya instituti talabasi.
«Sog‘lom avlod» gazetasi.

Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!


Tegishli maqolalar

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button