4.2
(76)

Gerpes (uchuq) infeksiyasi – bu Herpesviridae viruslar oilasi tomonidan chaqiriladagan keng tarqalgan infeksiyon kasalliklar guruhidir. U surunkali retsidiv kechishi bilan xarakterlanadi va qo‘zg‘atuvchisi inson organizmida umrbod joylashgan bo‘ladi. Gerpes infeksiyasi o‘zini yuqori darajada yuqumliligi, jumladan, qorin ichida homilani zararlashi xususiyati borligi bilan ham ajralib turadi.

gerpes

Yer sharining taxminan 90% aholisi virus tashuvchi sanaladi, ularni ko‘p qismi o‘zlarida gerpes virusi borligini umuman bilmasliklari mumkin. Agar immunitet mustahkam bo‘lsa virus o‘zini mavjudligini umuman namoyon qilmasligi yoki sust kechish formasida namoyon qilishi, bemor esa bunga e’tibor ham qilmasligi mumkin.

Organizmga virus kirish yo‘llari

  • Shikastlangan teri va shilliq parda orqali bemor bilan bevosita kontakt orqali yoki virus tashuvchi bilan jinsiy yo‘l bilan;
  • infeksion material bilan bilvosita kontakt qilganida havo tomchi yo‘li bilan;
  • qorin ichida homilani zararlanishi;

Kasallikni boshlang‘ich davri 2 -14 kun davom etadi.

Inson organizmiga gerpes virusi kirib olgandan so‘ng unda butun hayot davomida berkilgan infeksiya ko‘rinishida saqlanadi va organizmni kuchsizlantiruvchi faktorlar (gripp va boshqa kasallar, immunodepressantlar) OITS va hokazo ta’sirida klinik ko‘rinishdagi formalarga o‘tishi mumkin.

Gerpesning klinik ko‘rinishlari

Birlamchi infeksiya odatda sezilmaydigan holatda o‘tadi, faqat ko‘p bo‘lmagan bemorlarda turli yaqqol ko‘rinishlar paydo bo‘ladi.

Terini gerpesdan shikastlanishi

gerpes haqida

Terini gerpesdan shikastlanishi (lokal va tarqalgan) terini gerpesdan lokal shikastlanishi ko‘proq uchraydigan formasi sanaladi.

Ular odatda qandaydir boshqa kasalliklar bilan birga kechadi (O‘RVI, malyariya, meningokokkli infeksiya va hokazo). Umumiy alomatlar bo‘lmaydi yoki asosiy kasallikni ko‘rinishini bilan niqoblanadi. Pufakchalar og‘iz atrofida, lablarda, burun chekkalarida joylashadi. Ayrim hollarda tarqalgan gerpes toshmalari, og‘iz bo‘shlig‘ini gerpes shikastlanishi, genitaliyalar gerpesi paydo bo‘ladi.

 Genital gerpes

Jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan genital gerpes ko‘proq nekrotik, servitsit, qinni va tashqi jinsiy a’zolarni gerpesdan shikastlanishi ko‘rinishida kechadi.

Bu forma bachadon bo‘yini saratoni paydo bo‘lishiga imkoniyatini tug‘diradi, homiladorlarda homila uchun xavf tug‘diradi (chaqaloq og‘ir generallashgan gerpesi paydo bo‘lishi mumkin).

Genetal gerpes haqida ushbu maqola orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin:  Uchuq faqat labda toshmaydi

Ko‘zni gerpesdan shikastlanishi

Ko‘zni gerpesdan shikastlanishi ko‘proq muguz pardani yuzaki va chuqur shikastlanishi ko‘rinishlarida kechadi. Kasallik uzoq retsidivli kechishiga moyil bo‘ladi va muguz pardani muqim xiralashishiga olib kelishi mumkin.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Bitliqilik yoxud pedikulyoz balosidan qanday qutilish mumkin?

Gerpesli ensefalit

Shuningdek, gerpesli ensefalitlar og‘ir kechadi, ko‘pinchaular letal yakunlanadi, ensefalitlar va meningiyensefalitlar, visseral formalarga (gepatit, pnevmoniya). Gerpesdan ichki organlarni shikastlanishi odatda turli immunodepressantlar bilan ommaviy davolanishi fonida vujudga keladi. Shuningdek OITSli bemorlarda gepatit, pnevmoniya, ensefalitlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.

Generalizatsiyalashgan gerpes

Chaqaloqlarda generalizatsiyalashgan gerpes, chaqaloqlarda generalizatsiyalashgan gerpes ensefalit, teri va ichki organlar shikastlanishi bilan kechadi. Davolanmasa odatda letal yakun bilan tugaydi.

Generalizatsiyalashgan gerpesda, gerpesli ensefalitlarda prognoz shubhali. Ko‘zlar shikastlanishi uzoq retsividli davom etishi mumkin va bu mehnatga layoqatni yo‘qotishiga olib keladi.

Gerpes qanday tashxislanadi?

Gerpesli infeksiyalar diagnostikasi mavjud o‘ziga xos teri yoki shilliq pardalarni shikastlanishi bilan yengil kechadi. Diagnozni tasdiqlashi uchun turli materiallardan virusni chiqindilari ishlatiladi (pufakchalar tarkibi, muguz parda qirindilari, orqa miya suyuqligi, bachadon bo‘yni biopsiyasi materiali va hokazo)

Gerpesni davolash va profilaktika

Davolashda virusga qarshi ta’sir qiluvchi spetsifik preparatlar yuqori samara beradi, ayniqsa jarayonni boshlanishi davrida. Unutmaslik kerakki, kasallikni og‘ir kechishida ularni ichish yoki venadan kiritish tayinlanadi. Odatiy kechishida esa faqat joyiga: atsiklovir (zoviraks, viroleks) xolepin, izoprinozin (modimunal) banafton, alpizarin, metisazon, shunigdek dezoksiribonukleaz va odam leykotsitar interferoni inyeksiyasi.
Infeksiyani butun organizmga tarqalishini oldini olish uchun mushaklar orqali 6 ml normal odam immunoglobulini kiritiladi. Toshmalar yiringlaganda antibiotik tayinalanadi. Tez – tez retsidiv beruvchi gerpesda infeksiya manbalariga ishlov berish, ovqat hazm trakti va asab tizimi funksiyalarini buzulushini korreksiya qilish, umumiy mustahkamlash vositalarni tayinlash zarur bo‘ladi. Retsidivga qarshi samara beruvchi vositalar ichida eng yaxshisi spetsifik gerpes polivaksinasidir. Vaksina bilan davolashni retsidivlar o‘rtasida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Vaksina bilan davolash davrida gerpes toshmalari paydo bo‘lsa davolash to‘xtatilmaydi, keyingi inyeksiyada preparat dozasi ikki barobar kamaytiriladi.

Belbog‘simon gerpes (gerpes zoster)

Etiologiyasi oddiy gerpesga o‘xshash. Belbog‘simon gerpes uzoq davom etadi, navbatma – navbat holati yaxshilanadi va yomonlashadi. Quloqda, quloq chig‘anog‘ida kuchli og‘riq paydo bo‘ladi, quloq atrofida diametri 3 -5 bo‘lgan ichi tiniq suyuqlik bilan to‘lgan pufakchalardan iborat o‘ziga xos toshmalar paydo bo‘ladi. Pufakchalar bir yo‘nalishda joylashgan, qichishadi. Vaqt o‘tgan sari pufakchalardagi suyuqlik loyqalanib, jigarrang tusga kiradi va pufakchalar yorila boshlaydi. Bir vaqtni o‘zida yangi pufakchalar ham paydo bo‘ladi. Asorati eshitish pasayadi, kar bo‘lib qolish mumkin, muvozanat saqlash va makonda oriyentatsiya buziladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Nur terapiya nima?

Davolash uchun shikastlangan joylarga ultrabinafsha nurlanish, glyukokortikoid maz surtish, interferon va levamizol aerozollari sepish tayinlanadi. Analgetiklar ichiladi, “B” gruppa vitaminlari ineksiyalari qilinadi. Agar gerpes yil davomida 5 martadan ortiq paydo bo‘lsa, kompleksli immunoterapiya o‘tkazish zarur bo‘ladi.

Yuqoridagi maqoladagi barcha ko‘rsatma va ma’lumotlar faqat tanishib chiqish maqsadida qo‘yilgan. Sizda ushbu holatlar kuzatilsa, shifokorga murojaat qiling.

© Med-info.uz