"I" Harf bo'yicha qidirish

MAQOLALAR

ico
Inseminatsiya - sun'iy urug‘lantirish

"Farzandsizlik - og‘tirmas dard" - deya xalqimiz bejizga aytishmaydi. Albatta, bu dardni boshidan o‘tqazgan yoki o‘tqazayotganlar barcha shifokor-u, tabiblarga ko‘rinadilar. Albatta, bunda muammo aniqlanadi, agar iloji bo‘lsa oilaga shifokorlar "quvonch" ulashadi. Agar, muammo yirik bo‘lsa natijani aytishga ham iymanadi, odam!

Aynan, ana shunday hollarda "oilaning" istaklariga binoan zamonaviy tibbiyot na‘munalaridan bo‘lgan, sun‘iy urug‘lantirish - inseminatsiya qo‘llaniladi. Bu usul barcha holatlar uchun qo‘llanilmaydi. U faqat

  • Ayol  to‘liq sog‘lom bo‘lib , biroq er spermalarining urug‘lantirish qobiliyati o‘rtacha pasaygan hollarda;
  • Sperma ko‘rsatkichlari normal bo‘lib, ovulyatsiya payti bachadon bo‘yni ishlab chiqargan shilliq spermatazoidlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi natijasida er-xotin juftligining bir-biriga mos kelmasligi (qarama-qarshi bepushtlik) tashxisi qo‘yilsa qo‘llaniladi.

Uning qo‘llanilishi ham ancha qiyinchilik tug‘diradi. Usul bachadon ichida bajariladi. Chunki, inseminatsiya uchun tavsiya etiladigan yuqoridagi har ikkala omil ham spermatozoidlarning bachadon ichiga zarur miqdorda yoki umuman tushmasligi bilan bog‘liq.
Inseminatsiyada dastlab spermaga ishlov beriladi. Ishlov berish esa bir necha qismdan iborat.
Spermatozoidlar inseminatsiya o‘tkazish uchun tayyorlanadi: bu laborotoriya sharoitida  zichlik gradiyenti usullari yordamida amalga oshiriladi. Bu usullar spermatozoidlarni tozalash va taqsimlashga qaratilgan. Natijada inseminatsiya uchun eng harakatchan spermatozoidlar ajraladi. Ular o‘z morfologiyasiga ko‘ra ishlov berilmagan spermaga nisbatan yaxshiroq bo‘ladi.
So‘ng ovulyatsiya bo‘lganini ultratovush tekshiruvida aniqlab, o‘sha kuni yoki ertasiga oldindan tozalab tayyorlangan shahvat kateter yordamida to‘g‘ri bachadon ichiga quyiladi. Albatta, barcha jarayonlar qoidalarga amalqilib o‘tqazilsa, yaqin bir yil ichida o‘sha oilalarning 10 - 20 foizida (Statistika)  "Beshik to‘y" bo‘lishi aniq. Afsuski, ayrim hollarda e‘tiborsizlik yoki shifokorlarning masuliyatsizligi tufayli ayrim xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi. Masalan, ba’zi klinikalarda erkak spermasini, to‘g‘ridan-to‘g‘ri (tozalamasdan, tekshirmasdan) shpris orqali ayol qiniga yuborish muolajalari olib boriladi. Bu homiladorlikka erishishning tabiiy usulidan deyarli farq qilmaydi va farzandsizlik holati yana qayta kuzatilishi mumkin. Bu holat yana ruhiy tushkunlikka olib keladi.Bundan tashqari, tozalanmagan shahvat bachadon ichiga o‘tkir shamollash, turli xavfli kasallik viruslarini olib kirishi ham mumkin.

Mamlakatimizda qonunan inseminatsiya qilish va ovulyatsiya induksiyasi usllariga ruxsat etilgan!

ico
Infaltil — to‘liq rivojlanmagan bachadon

To‘y oldi yugur-yugurlarining o‘zgacha gashti bor. Ammo ba’zan ko‘ngilni xira torttiradigan holatlar ham uchrab turadi. Masalan, tibbiy ko‘rik vaqti bo‘lajak kelinda aniqlangan «yetilmagan bachadon» tashxisini olsak. Bu ma’lumot yoshlarni qo‘rqitishi tabiiy. Negaki ko‘pchilikni bunday tashxis bilan farzandli bo‘lish mumkinmi, degan savol o‘ylantiradi. Xo‘sh, aslida ham havotirga asos bormi? Davolanish-chi, natija beradimi?

Bu kasallikmi?

To‘liq rivojlanmagan bachadon infaltil deb nomlanib, a’zoning rivojlanishdan ortda qolganligi deya tushuniladi. Gap shundaki, qiz bola ulg‘aygani sari ichki a’zolari, shu jumladan bachadoni ham «ulg‘ayadi». Agar bachadon yetilmagan bo‘lsa, tabiiyki, u vazifasini ham yaxshi uddalay olmaydi.

Alomatlari

  • hayz ko‘rmaslik yoki kech hayz ko‘rish;
  • hayz ko‘rganda qon ajralmasining juda kam bo‘lishi;
  • gormonal tizimda o‘zgarishlar yuz berib, qalqonsimon bez kasalliklari rivojlanadi.
  • aqlan va jismonan yetilmaslik;
  • ayollik jozibasining yetishmasligi, ya’ni o‘zini o‘g‘il bolalarcha tutishi va fikrlashi;
  • ko‘kraklarning yetilmasligi;
  • ayrim hollarda soch tuklari ko‘pligi (baroqlik);
  • oyda bir-ikki marta kuzatiladigan tos sohasidagi og‘riqlar (hayz ko‘rmagani sababli);
  • tez-tez bosh og‘rishi.

Agar qizalog‘ingizda shunday alomatlar kuzatilayotgan bo‘lsa, darhol ginekolog ko‘riga oshiqing.

Nega bunday bo‘ladi?

  • Bolalikdagi turli yuqumli kasalliklar;
  • qalqonsimon bez xastaliklari;
  • shuningdek, bosh miya jarohati tufayli bachadon rivojlanishdan orta qolishi mumkin.

Davosi qanday?

Har bir bemorning organizmining individualligini hisobga olib, davo choralari belgilanadi. Bunda bachadon rivojlanganlik darajasi, gormonlar ishining izdan chiqqanligi va sabablari inobatga olinadi. So‘ng bosqichma-bosqich vitaminli muolajalalar va fizioterapiya, gimnastika, keyin esa gormonal terapiya o‘tkaziladi.

«Farzandli bo‘lamanmi?»

Homiladorlik yetilmagan bachadonning turlariga ham bog‘liq. To‘g‘ri muolaja qilinsa va muammo o‘z vaqtida aniqlansa, farzandli bo‘lish ehtimoli ortadi.

Farzandsizlikka faqatgina yetilmagan bachadonning o‘zi emas, endokrin tizimi va tuxumdonlar faoliyatidagi muammolar, ruhiy holat ham sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, ba’zan qizlar bo‘y-bastining kichkinaligi, ozg‘inligi bachadonning hajmiga mos bo‘ladi. Siz xavotirga tushmang, yetilmagan bachadon tashxisi bilan farzand ko‘ra olmaslik fikri hozirda eskirgan. Bugungi tibbiyotda yetilmagan bachadonga yordam berish usullari ko‘p.

Aziz onalar!

Qizalog‘ingiz kelajakda shunday muammolarga duch kelmasligi uchun bolaligidanoq uning jismoniy rivojlanishiga e’tibor bering. Albatta, o‘smirligida ham ruhiy, ham jismoniy salomatligiga befarq bo‘lmang. Farzandingizdagi shamollash kasalliklarini o‘z vaqtida davolang, uni chiniqtiring, jismoniy va aqliy jihatdan charchashiga yo‘l qo‘ymang.

Mutaxassislar bilan maslahatlashish, ayniqsa, ginekolog ko‘rigidan o‘tkazishga uyalmang. Kasallik qanchalik erta (11-13 yoshgacha) aniqlansa, davolash shunchalik oson kechadi.

Ginekolog Hulkar RAVSHANOVA.
Sugdiyona.uz

ico
Infeksion endokardit: sabablari, belgilari, kechishi va davolash

Infeksion endokardit – asosan yurak klapanlarining zararlanishi va yurak endokard qavatining og‘ir yallig‘lanishi bilan kechadigan kasallikdir. Endokard – yurak devorining tashqi tomondagi uchinchi – ichki qavati bo‘lib, yurak bo‘shlig‘ini o‘rab turadi. Infeksion endokardit og‘ir kechuvchi va aniqlanishi ancha qiyin bo‘lgan kasalliklardan biridir. Agar u o‘z vaqtida to‘g‘ri davolanmasa jiddiy asoratlar qoldirib, bemorni ancha qiynab qo‘yadi, hatto nogironlikka olib kelishi ham mumkin.

Kuzatishlar natijasiga ko‘ra, infeksion endokarditning birlamchi turi yurak qopqoqlari zararlanmagan bemorlarda uchrasa, ikkilamchi turi esa ko‘pincha orttirilgan va tug‘ma yurak nuqsonlari bor kishilarda rivojlanadi. Ilgari yurak kasalliklari tufayli jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan, sepsis, urologik, invaziv diagnostik muolajalarni qabul qilgan yoki qon tomirlariga tez-tez dori yuborish muolajasini olib turadigan kishilarda va giyohvandlarda va infeksion endokardit xastaligi ro‘y berishi mumkin.

Bundan tashqari, o‘tkir respirator kasalliklar, og‘iz bo‘shlig‘ida yiringli o‘choqlarning bo‘lishi va shu sohada qilingan operatsiyalar, tanosil a’zolari jarrohligi yoki bu a’zolarda asboblar yordamida uzoq vaqt tekshirilishi tekshiruv davomida zond (kateter)larning uzoq turib qolishi singari holatlarda organizmda infeksiya o‘chog‘i paydo bo‘ladi va kasallik kelib chiqishi mumkin.

Klinik kechishi bo‘yicha kasallikning o‘tkir, yarim o‘tkir va surunkali (qaytalanib turuvchi) turlari mavjudligi aniqlanilgan.

Kasallikning rivojlanishi

Infeksiya-bakteriyalar qon orqali yurak qopqoqchalari (klapanlari)ga o‘tib boradi va shu yerda to‘xtab, ikkilamchi infeksiya o‘chog‘ini hosil qiladi. Qopqoqchalarda va uning yaqinida-arterial tomirlarga o‘rnashib olgan mikroblar yig‘ilib to‘plamlar hosil qiladi, kasallik rivojlanishi jarayonida shu o‘choqli to‘plamlar uzilib bo‘lakcha (embol)lar ajralib chiqadi va qon tomir orqali tarqalishi natijasida septik holat yuzaga keladi. Embollar qon oqimi bilan tanadagi turli a’zolarga tushib to‘xtashi oqibatida tromboemboliya yoki absess – yiringli o‘choq asoratlari sodir bo‘ladi. Yurak qopqoqlarida joylashib olgan infeksiyalar a’zo va to‘qimalarda haddan tashqari kuchli reaksiya paydo bo‘lishiga olib keladi. Umuman bu kasallikning rivojlanishi va zo‘rayishi kasallangan a’zolarda distrofik o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Rivojlanish jarayonida infeksion endokardit oxirgi bosqichga o‘tib tana a’zolari faoliyatining buzilishi (masalan yurak-tomir, jigar, taloq hamda buyrak yetishmovchiligi) kuzatilishi mumkin.

Infeksion endokarditning rivojlanish bosqichlari tanadagi a’zolar tizimining qay darajada shikastlanishi bilan bog‘liq. Agar xastalik sababi virulent – patogen infeksiya bo‘lsa, endokarditning o‘tkir kechishi kuzatiladi. Bunda bemorlar qaltiraydi, kuchli terlash holati ro‘y beradi, tana harorati juda ham baland bo‘ladi. Bunda yurak va ichki a’zolar shikastlanib, 1-2 oy davomida zo‘rayib boruvchi yurak-tomir hamda nafas yetishmovchiligi, jigar, taloq va buyrak faoliyati izdan chiqishi yoki bosh miya tomirlarida trombo emboliya holati ro‘y beradi. Bunday holatlarda bemorning hayoti xavf ostida qoladi.

Kasallikning o‘rtacha o‘tkir kechishida esa umumiy holsizlik, charchoq, ishtaha pasayishi, ozish, bosh og‘rig‘i, terlash va ish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi. Bemorlarning taxminan uchdan bir qismida infeksion endokardit ko‘pincha angina, zotiljam, yiringli otit, siydik yo‘llari infeksiyasi, bola oldirish (abort qildirish) yoki tug‘ruqdan keyin rivojlanishi mumkin. Ayrimlarda bu xastalik gemorragik belgilar (masalan oshqozon-ichak yoki burundan qon ketishi) bilan boshlansa, boshqa bir xil kishilarda esa septik gepatit, o‘pka abssessi, tromboembolik bo‘yin venalarining shishishi bilan kuzatiladi. Kasallikning boshlang‘ich davrlarida bemor terisi rangpar, kulrang, kechki davrlarda esa “sutli qahva” rangida bo‘lishi mumkin.

Infeksion endokarditda mayda tomirlar devori shikastlanishi sababli ko‘z qovoqlarida, qattiq va yumshoq tanglayda, bo‘yinda, ko‘krak, bilak va qo‘l-oyoq kaftlarida ko‘kimtir dog‘lar paydo bo‘ladi va ularda qontalashlar kuzatiladi. Ba’zi bemorlarning bo‘g‘imlarida og‘riq turadi, ya’ni mayda yoki yirik bo‘g‘imlarida artrit rivojlanadi. Umuman olganda infeksion endokarditning asosiy belgisi yurak shikastlanishi bo‘lib, bu xol ko‘krak sohasida stenokardiya yoki miokard infarktiga o‘xshash og‘riq bilan ifodalanadi.

[box type="info" align="aligncenter" ]Kasallikning erta davrida o‘choqli nefrit, kechki davrlarida glomerulonefrit belgilari rivojlanadi. Shuningdek jigar, taloq kattalashishi mumkin. Hatto bemorda asab tizimi shikastlanib, meningoensefalit va ruhiy o‘zgarishlar bilan ifodalanadi.[/box]

Infeksion endokarditning dastlabki bosqichlari turli bemorlarda turlicha boshlanadi. Masalan:

  1. Kasallikning asta-sekin boshlanishida bo‘shashish, o‘zini yomon his etish, bosh va bo‘g‘imlarda og‘riq turishi holatlari ro‘y beradi. Bu vaqtda infeksion endokarditni ayrim kasalliklar (ya’ni revmatizm, aorta qopqoqlari yetishmovchiligi, perikardit, poliserozit, bo‘g‘im kasalligi singarilar) dan farqlash lozim.
  2. Endokardit o‘tkir yuqumli kasallikka o‘xshash holatda boshlanganda bemor kuchli terlaydi, titraydi va tana harorati baland ko‘tariladi. Shunday paytda infeksion endokarditni gripp, terlama, bezgak kabi yuqumli xastaliklardan ajrata bilish muhim.
  3. Xastalik tromboembolik asorat bilan (ko‘pincha miya, taloq, buyrakda) boshlanganda uni buyrak tosh kasalligi bilan adashtirmaslik kerak.
  4. Infeksion endokardit o‘tkir glomerulonefrit, tizimli qizil yugurik, bezgak, brutsellyoz, zahmli aortit belgilari bilan yuzaga kelishi yoki kamqonlik va taloq kattalashishi bilan kechadigan “gematologik niqobli” bo‘lishi ham mumkin. Shunday holatlarda bu kasallikni qon tizimining boshqa ko‘plab xastaliklaridan farqlab olish zarur.

Tashxislash

Infeksion endokarditni tashxislash uchun bemorda EKG, ExoKG (iloji bo‘lganda transtorakal ExoKG), ko‘krak qafasining rentgenografiyasi, periferik qon tomirlar dopplerografiyasi, 3 soatlik termometriya, umumiy qon tahlili, umumiy peshob tahlili, qonning bakterial ekmasi va boshqa biokimyoviy tekshirishlar o‘tkaziladi.

Davolash

Davolash kasallikni yuzaga keltirgan sabablarga qarab amalga oshiriladi. Infeksion endokarditning boshlang‘ich davrida uzoq vaqt katta miqdorda kasallikka sezgir bo‘lgan antibiotiklar qo‘llanilsa xastalik tezroq tuzaladi. Bemorning immun tizimi ishini yaxshilovchi gormonal, nosteroid, peshob haydovchi, umumquvvatni oshiruvchi dori-darmonlar ham berish mumkin. Bordiyu antibiotiklar bilan davolash yaxshi natija bermasa, yurak qopqoqlarini jarrohlik yo‘li bilan sun’iy qopqoqlarga almashtirish mumkin.

Har bir kishi bilishi zarurki, kasallikning oldini olish uchun yurak xastaligi bilan og‘rigan bemor doimiy dispanser nazoratida turishi, og‘iz, burun va boshqa sohalardagi yiringli infeksiyalar o‘chog‘ini o‘z vaqtida aniqlab, muolajalarni barvaqt boshlashi dard tuzalishida muhim ahamiyatga ega.

© Gulchehra JABBOROVA, oliy toifali kardiolog.

 «Sihat-salomatlik» jurnali

ico
Isitma chiqishi: uni tushirish usullari, turlari, tana harorati normasi

Tana harorati oshishi yoki isitma chiqishi, ko‘pincha insonlarni sarosimaga tushib qolishiga sabab bo‘ladi. Haqiqatdan ham tana harorati ko‘tarilishi xavflimi?

Odatda, qaysi kasalliklarda tana harorati ko‘tariladi? Qanday holatlarda tana haroratini tushiruvchi preparatlar qabul qilish kerak?

Bolalarda va keksalarda tana harorati normada qanday ko‘rsatkichlarda bo‘lishi kerak?

Shu kabi savollarga ushbu maqolamiz orqali batafsil javob topishingiz mumkin.

 Termoregulyatsiya

Inson tana harorati termoregulyatsiya jarayoni bilan boshqariladi, ya’ni bu funksiya doimiy haroratni ushlab turish vazifasini bajaradi. 

Normal holatda, sog‘lom insonda tana harorati gipotalamus ta’siri ostida boshqariladi.

Lekin hozirgi kunda olimlar tomonidan qayd etishicha, tana haroratini boshqaruvchi markazni yagona deb bo‘lmaydi, chunki inson tana haroratiga ta’sir etuvchi bir necha faktorlar bor.

Tana harorati normasi

Barcha "bilgan", tana haroratining normal ko‘rsatkichi – 36,6 °C atrofida​. Aslida, tana harorati normada shunday ko‘rsatkichda bo‘lishi kerakmi?!

Umuman olib qaraganda, 36,6 °C​ ko‘rsatkich faqatgina o‘rtacha hisoblangan sondir.

Aslida, tana haroratining normal ko‘rsatkichi aniq bir ko‘rsatkichda emas, balki ma’lum diapazon oralig‘ida bo‘ladi – 36,0 °C​ dan 37,2 °C​ gacha.

Organizm 37,0 °C haroratda mukammal ishlaydi. Normal tana harorati esa, har insonning yoshiga, jinsiga, vaqtga, jismoniy faolligiga va boshqa bir qancha omillarga bogʻliq holda maʼlum diapazonda oʻzgarib turadi.

Inson o‘z tana haroratini tez-tez o‘lchab turib, o‘zi uchun normal bo‘lgan ko‘rsatkichni bilib olishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. 

Inson yoshi kattalashgan sari temperaturasi pasayib boradi, bolalik davrida esa tana harorati yuqori ko‘rsatkichlarda bo‘ladi. Shuning uchun ba’zi hollarda 36,0 °C​ kattalar uchun normal hisoblanadi.

Bolalar uchun esa, bu ko‘rsatkich gipotermiya bo‘lib hisoblanadi.

Kattalarda tana harorati

Yosh bolalarda tana harorati tez-tez o‘zgarib turadi, kattalarda esa (16-18 yoshdan boshlab) deyarli stabil bo‘ladi. Lekin sutka davomida kattalarda tana haroratining ko‘rsatkichi bir xil bo‘lmaydi.

Chunki sutka davomida ro‘y beradigan fiziologik o‘zgarishlar ham bor. Masalan, sog‘lom odamning tongi va kechki tana harorati ko‘rsatkichlari 0,5-1,0 °C ga farq qiladi.

Quyidagi jadvalda tana haroratining o‘lchash turiga ko‘ra, 11-65 yosh va 65 yoshdan katta insonlar uchun normal ko‘rsatkichlar keltirilgan.

O'lchash usuli11-65 yosh65 yoshdan katta
Og'iz orqali36,4-37,6 °C35.8-36.9 °C
Rektal37,0-38,1 °C36,2–37,3 °C
Qo'ltiq osti35.2-36.9 °C35.6-36.3 °C
Quloq nayi35,9-37,6 °C35,8-37,5 °C

Oʻsmirlik davrida – tana haroratining sezilarli oʻzgarib turishi kuzatiladi. Chunki bu davrda insonda gormonal yetilish holatlari kechayotgan boʻladi. Qizlarda tana harorati 13-14 yoshlarida stabil holatga keladi, oʻgʻil bolalarda esa 18 yoshdan keyin stabillashadi.

Odatda, erkaklar tana harorati ayollarnikidan 0,5 °C​ ga pastroq bo‘ladi.

Tana harorati tashqi muhit ta’sirlarida ham o‘zgarib turadi, masalan jismoniy zo‘riqish vaqtida, ma’lum bir mahsulotlarni iste’mol qilganda (achchiq va o‘tkir mahsulotlar), stress vaqtida, qo‘rqqanda, hatto aqliy mehnat bilan ko‘p shug‘ullanganda harorat ko‘tariladi.

Homiladorlikda tana harorati
Foto: www.momjunction.com

Homiladorlikda tana harorati

Tana harorati boshqarilishi gormonlar nisbati o‘zgarishiga juda sezuvchan, shuning uchun homiladorlik vaqtida ayol kishi temperaturasi oshganligini his etib turadi. 

Gormonal o‘zgarishlar deganda, klimaks davri yoki hayz ko‘rish vaqti tushiniladi.

Ayollar o‘z organizmining holati haqida bilishlari, homiladorlik vaqtida tana haroratining kichik ko‘rsatkichlarga o‘zgarib turishini va bu normal holat ekanligini ham unutmasligi kerak.

Masalan, tana harorati 37°C ​ko‘rsatkichlarda homiladorlikning birinchi haftalarida kuzatilsa, yondosh simptomlar bo‘lmasa, buni ayollarda kechayotgan gormonal o‘zgarishlar bilan tushuntirsa bo‘ladi, odatda progesteron gormoni hisobiga.

Shunday bo‘lsada, homiladorlik vaqtida tana harorati subfebril ko‘rsatkichlarda (37-38 °C​) doimiy tursa, bu shifokor huzuriga borishga sabab hisoblanadi.

Bunday holatda maxsus analiz va tekshiruvlardan o‘tish kerak va sitomegalovirus, silpiyelonefrit, gerpes, gepatit va boshqalarni istisno qilish lozim.

Homiladorlik vaqtida tana harorati ko‘tarilishi mavsumiy O‘​RVI kasalliklarida ko‘tarilishi ham mumkin. Bunda mustaqil ravishda o‘z boshimchalik bilan davo choralarini qo‘llamay, shifokor bilan maslahatlashish shart.

Oddiy shamollash holatlari homilaga jiddiy ta’sir qilmasada, gripp bilan kasallanish homila hayoti uchun jiddiy xavf solishi mumkin.

Homiladorlikda gripp holatlarida tana harorati 39 °C​ gacha ko‘tarilishi mumkin.

Bolalar tana harorati

1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda termoregulyatsiya funksiyasi hali to‘liq shakllanmagan bo‘lganligi sababli, kichik ta’sir natijasida ham tana harorati o‘zgarib qolishi mumkin.

Ayniqsa, 3 oylikkacha bo‘lgan bolakaylarda bu holat tez-tez kuzatiladi.
Ota-onalar tana harorati ko‘tarilganda vahimaga tushib qolishadi. Biroq bolalarda tana haroratining 37-38 °C​ ko‘rsatkichlarda bo‘lishiga quyidagi omillar ham sabab bo‘lishi mumkin:

  • Bolani juda qalin kiyintirish;
  • Ko‘p yig‘lashi;
  • Kulish;
  • Ovqatlanish, sut bilan oziqlanish;
  • Bolani 34-36 °C​ dan yuqori haroratli suvda cho‘miltirish.

Odatda chaqaloqlarda uyqudan keyin harorat biroz pastroq, lekin o‘yin, aktiv harakatlardan keyin tana harorati yana ko‘tariladi.

Shuning uchun tana haroratini o‘lchaganda tashqi muhit omillarini ham inobatga olish zarur. Shunday bo‘lsa ham baland ko‘rsatkichdagi (38 °C​) tana harorati, bola uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

Quyidagi jadvalda tana haroratining o‘lchash usuliga ko‘ra, 2 yoshgacha va 3-10 yosh bolalar uchun normal ko‘rsatkichlar keltirilgan.

O'lchash usuli0-2 yosh3-10 yosh
Og'iz35.5-37.5  °C35.5-37.5 °C
Rektal36,6-38 °C36,6-38 °C
Qo'ltiq34,7–37,3 °C35,9-36,7 °C
Quloq36,4-38 °C36.1-37.8 °C

Organizm tanani sovitish uchun ko‘p suyuqlik sarflaydi, natijada bolalarda suvsizlanish holatlari kelib chiqishi mumkin. Suvsizlanish esa, bola hayoti uchun xavfli bo‘lishi, oddiy O‘​RVI kasalliklarining pnevmoniyaga o‘tib ketishi, bola hushini yo‘qotishi mumkin.

Bundan tashqari, 5 yoshgacha bo‘lgan ayrim bolalarda, tana haroratining febril (38-39 °C​) darajada ko‘tarilishi hisobiga sudorgilar (talvasalar) kuzatiladi.

Agar shu kabi holat bir marta bo‘lsa ham yuzaga kelsa, kelajakda tana haroratining kichik ko‘rsatkichlarda o‘zgarishi ham xavfli bo‘lishi mumkin.

Tana harorati o‘zgarishining xavflari

Inson – issiq qonli jonzot. Bu degani, organizm tana haroratini tashqi muhit faktorlari ta’siridan qat’iy nazar stabil ushlab turadi. Lekin, juda ham past haroratda organizm harorati ham pasayadi, yoki juda issiq ob-havo sharoitida organizm qizib ketishi ham mumkin.

Bunga sabab, organizmning tashqi muhit haroratiga sezuvchanligidir, haroratning 2-3 gradusga o‘zgarishi ham organizmda moddalar almashinuvi, gemodinamika va nerv hujayralarida impulslarining o‘tishiga ta’sir etadi.

Natijada qon bosimi oshadi, es-hushning yo‘qolishi va sudorgi (talvasa) holatlari kelib chiqishi mumkin.

Tana haroratining oshish turlari

Tana haroratining ko‘tarilishi bilan namoyon bo‘luvchi kasalliklarda, o‘ziga xos bo‘lgan ko‘rsatkichlar bor. Ya’ni ular ma’lum bir diapozon oralig‘ida bo‘ladi. Shuning uchun shifokorlar kasallikka diagnoz qo‘yishda tana haroratining ko‘rsatkichi emas, balki tana haroratining ko‘tarilish turini bilishlari muhimdir.

Tibbiyot sohasida tana haroratining oshishining bir necha xil ko‘rinishlari bor:

  • Subfebril – 37 °C​ dan 38 °C​ gacha;
  • Febril – 38 °C​ dan 39 °C​ gacha;
  • Baland ko‘rsatkich – 39 °C​ dan yuqori;
  • Kriz holati – hayot uchun xavfli bo‘lgan 40,5-41 °C​.

Tana haroratining koʻtarilishi har doim ham kasallikning ogʻirlik darajasini belgilab beravermaydi, bunda qoʻshimcha simptomlarni ham inobatga olish kerak.

Masalan, subfebril koʻrsatkichdagi tana harorati oshishi sil, virusli gepatit, piyelonefrit va boshqa jiddiy kasalliklarda kuzatilishi mumkin.

Baʼzi holatlarda kasallikning xavfli jihati, tana haroratining 37-37,5 °C​ koʻrsatkichlarida doimiy turishidir. Bu esa, endokrin tizimi tomonidan patologiyalar va yomon sifatli oʻsma kasalliklaridan dalolat beradi.

bola isitmalasa, isitma chiqishi
Foto: www.babycenter.com

Tana harorati qanday o‘lchanadi?

Norma yoki oʻzgarish bor ekanligiga birlamchi ishonch xosil qilish uchun tana haroratini o‘lchash usullarini bilish ham muhim ahamiyatga ega. Chunki qo‘ltiq osti, to‘g‘ri ichak yoki til ostidagi ko‘rsatkichlar bir-biridan 1-1,5 °C​ ga farq qiladi.

Tana haroratini o‘lchashning bir necha usuli bor va har biri uchun o‘zining normal ko‘rsatkichlari belgilangan.

Eng ko‘p tarqalgan usullarga quyidagilar kiradi:

  • Aksilyar (qo‘ltiq ostida);
  • Rektal (to‘g‘ri ichakda);
  • Oral, sublingual (og‘izda, til ostida);
  • Quloq kanalida;
  • Qin orqali.

Tana haroratini toʻgʻri oʻlchash boʻyicha yoʻriqnomani ushbu maqolamiz orqali oʻqishingiz mumkin:  Tana harorati qanday qilib o‘lchanadi? →

Termometr turlari

Hozirgi kunda dorixonalarda, tana haroratini o‘lchash uchun har xil turdagi termometrlarni topsa bo‘ladi. Ularning har birida o‘ziga xos yutuq va kamchiliklari bor:

Simobli (maksimal) termometr

Eng aniq ko‘rsatib beruvchi termometr va narxi ham hamyonbop.

Bundan tashqari, shifoxona, poliklinikalarda ham keng ko‘lamda foydalaniladi. Chunki uni dezinfeksiya qilish oson va ko‘pchilikka qo‘llasa bo‘ladi.

Kamchiligi shundaki, bunday termometrlar yordamida tana haroratini o‘lchash uchun ko‘proq vaqt sarflanadi va ular sinuvchan bo‘lishadi.

Singan termometr esa, zaharli simob bilan xavf tug‘diradi. Shuning uchun bolalar tana haroratini o‘lchash uchun kam qo‘llaniladi, ayniqsa og‘iz orqali o‘lchashda juda xavfli.

Elektron (raqamli) termometr

Uy sharoitida foydalanish uchun juda qulay termometr. Tana haroratini o‘lchash uchun qisqa muddatlar sarflanadi (30 sekunddan 1,5 daqiqagacha), o‘lchash tugagandan keyin “signal” chalib, xabar beradi. 

Elektron termometrlarda yumshoq uchlari bo‘ladi, ular yordamida bolalarda rektal qo‘llash uchun qulaydir.

Agar termometr og‘iz orqali yoki to‘g‘ri ichak orqali foydalanilsa, individual qo‘llanilishi kerak – faqatgina shu bola uchun ishlatilishi kerak.

Bunday termometrning kamchiligi tana haroratini biroz xato ko‘rsatishidir. Shuning uchun termometrni sotib olganda normal ko‘rsatkichni aniqlab olish kerak va shu ko‘rsatkich bo‘yicha qo‘llash lozim.

Termapoloska

Yaqin yillar ichida yangi moslama – termapoloska (ya’ni maxsus chiziqlar). Egiluvchan kristalli plenkalar bo‘lib, tana haroratining turli xil ko‘rsatkichlarida rangi o‘zgaradi.

Tana haroratini o‘lchash uchun peshona sohasiga 1 daqiqa davomida plenkani ushlab turish kifoya. Bunda tana haroratining aniq ko‘rsatkichi qayd etilmaydi, balki ranglarga qarab “past”, “o‘rta” va “yuqori” ko‘rsatkichlarinigina ko‘rsatib beradi.

isitmani tushirish, isitma chiqishi
Illustratsiya: Pinterest

Tana harorati ko‘tarilishi belgilari

Tana haroratining ko‘tarilishi insonga aniq seziladi. Bunday holat quyidagi simptomlar bilan namoyon bo‘ladi:

  • Charchash, umumiy holsizlik;
  • Qaltirash, varaja qilish (tana harorati qanchalik darajada yuqori bo‘lsa, inson shunchalik sovuq qotadi);
  • Bosh og‘rig‘i;
  • Tana zirqirab og‘rishi, bo‘g‘imlar, mushaklar va barmoqlarda;
  • Ko‘z sohasida issiq harorat sezish;
  • Og‘iz qurishi;
  • Ishtahaning pasayishi yoki umuman yo‘qolishi;
  • Yurak urish soni ortishi, aritmiyalar;
  • Ko‘p terlash, terining qurishi;
  • Pushti va oq isitma.

Isitma turlari

Tana haroratining oshishi kattalar va bolalarda turli xil ko‘rinishda kechadi.

Isitma xurujini ikki xil ko‘rinishi bor:

Pushti (qizil) isitma

Nomiga mos holda belgilar namoyon bo‘ladi – teri qoplami qizg‘ish tusda, ayniqsa bo‘yin va yuz terisi qizarib ketganligi ko‘rinadi.

Bunday turdagi isitma qilish ko‘p uchraydi. Organizm issiqlikni ajratib chiqarib tashlaydi, ya’ni tashqi qon tomirlar kengayadi (qon shu yo‘l bilan soviydi), ter ajralishi ko‘payadi (teri haroratini pasaytiradi).

Bemor ahvoli stabil bo‘lib, umumiy ahvolida o‘zgarish kuzatilmaydi.

Oq isitma

Isitma xurujining xavfli koʻrinishi. Organizmda termoregulyatsiya jarayonlarining jiddiy buzilishlari kuzatiladi.

Bunda teri qoplamalari oqish rangda, sovigan bo‘lsada (ayniqsa kaft va tovon sohasi sovuq), rektal yoki oral tana haroratini o‘lchaganda ko‘rsatkichlar baland bo‘ladi.

Bemor varaja qiladi, umumiy ahvoli og‘irlashadi, hushdan ketish holatlari kelib chiqadi.

Oq isitma qon tomirlarning kengayish xususiyati buzilgan holatlarda kuzatiladi, teridagi qon tomirlar kengaya olmasligi natijasida organizm o‘zini sovita olmaydi.

Eng xavfli jihati shundaki, hayot uchun muhim bo‘lgan a’zolar - yurak, miya, jigar, buyraklarda ham harorat ko‘tarilib ketadi va ularning funksiyasiga salbiy ta’sir etadi.

Isitma chiqishi sabablari

Organizm termoregulyatsiya jarayoni endokrin tizimi tomonidan boshqariladi, bu tizim kerakli vaqtda sovitish yoki isitish mexanizmlarini ishga tushirib turadi.

Albatta, gormonal buzilishlar yoki endokrin bezlarining normal ishlamasligi termoregulyatsiyaning buzilishiga olib keladi.

Tana haroratining oshishi sabab bo‘ladigan asosiy modda – pirogenlardir. Bu moddalar immun tizimi tomonidan ajralib chiqadi. Pirogen moddalar organizm sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diruvchi patogenlar bilan kurashda yordan berish uchun ishlab chiqariladi.

Tana harorati quyidagi hollarda ko‘tarilishi mumkin:

  • Infeksiya – viruslar, bakteriyalar, soda hayvonlar va boshqalar ta’​sirida;
  • Kuyish, travmalar;
  • Allergik reaksiyalar. Bunday holatda immun tizimi zararsiz moddalarga qarshi kurashish uchun pirogen moddalarni ishlab chiqaradi;
  • Shok holatlari;
  • O‘RK (o‘tkir respirator kasalliklar).

Mavsumiy respirator kasalliklar – tana harorati oshishiga sabab bo‘luvchi eng ko‘p tarqalgan patologiyalardir.

Bunda kasallik chaqirgan patogen turiga qarab tana harorati ko‘tarilishi turlicha ko‘rsatkichlarda bo‘ladi. Oddiy shamollash yoki O‘RK yengil ko‘rinishida tana harorati subfebril ko‘rsatkichlarda bo‘ladi va u sekin-asta ko‘tarilib boradi. To‘g‘ri davo muolajalari olib borilsa, isitma 4 kundan ortiq ushlanib turmaydi, tana harorati normal holatga keladi.

Agar tana harorati qisqa muddat ichida, 38 °C​ gacha ko‘tarilib ketsa, bu grippdan dalolat beradi. Boshqa nafas yo‘llari infeksiyalariga nisbatan gripp xavfliroq hisoblanadi va mahalliy shifokor yoki pediatr ko‘rigidan o‘tib turish kerak bo‘ladi.

Agar tana harorati ko‘tarilishi muolajadan keyin ham ko‘tarilsa yoki 5 sutka davomida normal ko‘rsatkichlarga qaytmasa, bu kasallikning asoratidan dalolat beradi.

Virusli kasallikka bakterial infeksiyasi aralashganida tana harorati 38 °C​ da bo‘ladi. Bunday holatda tez tibbiy yordamga yoki shifokorga murojaat etish kerak, chunki bemorga majmuaviy davolash talab etiladi.

37-38 °C​ tana harorati kuzatiladigan kasalliklar

  • O‘RK;
  • Nafas yo‘llari surunkali kasalliklarining xuruj qilishi, masalan bronxit yoki bronxial astma, tonzillit;
  • Sil (tuberkulyoz);
  • Ichki a’zolar surunkali kasalliklari xuruji, miokardit, endokardit (yurak pardasining yallig‘lanishi), piyelonefrit, glomerulonefrit (buyrak yallig‘lanishi);
  • Kolit, yara kasalliklari;
  • Virusli gepatitlar (B va C virusli gepatit);
  • Gerpesning o‘tkir davrida;
  • Psoriaz xuruj davrida;
  • Toksoplazmoz bilan kasallanganda;
  • Qalqonsimon bez funksiyasi buzilishining erta davrlarida, gormonlar ishlab chiqarilishi ortganda (tireotoksikoz);
  • Klimaks davridagi gormonlar miqdori o‘zgarishida;
  • Gijjalar (gelmentlar) invaziyasida ham subfebril tana harorati kuzatilishi mumkin.

39 °C​ va undan yuqori ko‘rsatkichdagi tana harorati oshishi bilan namoyon bo‘luvchi kasalliklar

Tana haroratining yuqori darajada boʻlishi, organizmning kuchli intoksikatsiyasidan darak beradi.

Koʻp hollarda haroratning 39 °C​ da boʻlishi bakterial infeksiyalar natijasida kelib chiqadi, masalan:

Tana haroratining yuqori ko‘rsatkichlarda bo‘lishining boshqa sabablari

Termoregulyatsiya jarayonining buzilishi, boshqa ko‘zga tashlanmaydigan kasalliklarda ham kuzatiladi.

Yana bir xavfli sabab, organizm haroratni tashqi muhitga ajrata olmay qolishidir. Juda issiq va dim ob-havoda yoki dim xonada uzoq muddat bo‘lganda organizm haroratni tashqi muhitga ajrata olmay qoladi.

Bunday holat yurak va nafas olish tizimi bilan bog‘liq kasalliklari bor insonlar hayoti uchun katta xavf tug‘diradi, hatto o‘lim bilan tugash ehtimoli ham mavjud.

Bolalarda tana harorati ularni juda qalin kiyimlar bilan kiyintirganda ham oshadi.

Juda issiq sharoitda sog‘lom odam a’zolari, birinchi navbatda uning miyasi "qiynaladi". Bundan tashqari, tana harorati juda emotsional insonlarda stress va depressiya vaqtlarida ham ko‘tariladi.

Tana harorati va boshqa simptomlar

Tana harorati oʻzgarishi organizmdagi patologiyalar natijasida kelib chiqishini inobatga olib, kasallikning boshqa simptomlari bilan birgalikda kompleks ravishda oʻrganish kerak.

Aynan umumiy belgilar bilan kasallikning qanday ekanligi va uning darajasi haqida bilib olish mumkin.

Tana harorati oshishi va og‘riq

Qorin sohasidagi og‘riq va tana haroratining 37,5 °C​ dan oshishi, oshqozon ichak tizimidagi jiddiy muammolardan darak beradi. Ko‘pincha bunday holat ichak tutilishlarida kuzatiladi.

Bundan tashqari, o‘tkir appenditsitda ham yuqoridagi kabi holat kelib chiqadi. Shuning uchun bemorda ishtahaning yo‘qolishi va sovuq ter ajralishi kuzatilsa, zudlik bilan tez tibbiy yordamga murojaat etish kerak. 

Appenditsit asorati – peritonitda ham yuqori tana harorati kuzatiladi.

Og‘riq va tana haroratining oshishiga boshqa sabablar:

  • Piyelonefrit;
  • O‘tkir pankreatit;
  • Ichakning bakterial kasalliklari.

Agar tana harorati boshdagi og‘riqlar bilan birgalikda oshsa, quyidagi kasalliklardan dalolat beradi:

  • Gripp va O‘RK;
  • Angina;
  • Skarlatina;
  • Ensefalit;
  • Meningit;

Bo‘g‘​imlar va mushaklarda og‘riq hamda tana haroratining 39 °C dan oshishida, darhol isitma tushiruvchi preparatlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Tana harorati oshishi va ich ketishi (diareya)

Tana harorati oshishi va ich ketishi holatlari oshqozon ichak tizimining bakerial infeksiyalanganidan darak beradi.

Masalan:

  • Salmonellez;
  • Xolera;
  • Botulizm;
  • Dizenteriya (ichburug‘);
  • Ovqatdan zaharlanish;

Bunday holatlar inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi, mustaqil ravishda o‘z boshimchalik bilan davo choralarini ko‘rmaslik kerak.

Ayniqsa, bolalarda shunday holat kuzatilsa, shifoxonaga yoki tez tibbiy yordamga murojaat etish shart.

Tana harorati oshishi va ich ketishining birgalikda namoyon bo‘lishi, qisqa muddat ichida ko‘p suyuqlik yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi.

Buni bartaraf etish uchun organizm ko‘proq suyuqlik qabul qilishi kerak, agar suv ichishga qarshiliklar bo‘lsa (qayt qilish yoki ich ketish kuchli bo‘lsa) vena ichiga eritmalar quyiladi.

Aks hollarda organizm suvsizlanishi hisobiga o‘lim holati ham qayd etilishi mumkin.

Tana harorati va ko‘ngil aynishi

Ba’zi hollarda tana harorati oshishi natijasida ko‘ngil aynishi kelib chiqadi.

Issitmalash oqibatida umumiy holsizlik kelib chiqadi, qon bosimi tushadi, bosh aylanadi va aynan shu holatlar sabab yengil ko‘ngil aynishi ham kuzatiladi. Agar tana harorati 39 °C​ dan yuqori ko‘rsatkichda bo‘lsa, uni darhol tushirish kerak.

Bunday holat, odatda grippning birinchi kunlarida kuzatilishi mumkin va bu kuchli intoksikatsiya bilan tushuntiriladi.

Homiladorlik vaqtida tana harorati oshishi va ko‘ngil aynishiga sabab – toksikozdir. Ammo, bunda tana harorati subfebril ko‘rsatkichdan oshmaydi (38 °C​ dan past).

Agar tana harorati oshishi va ko‘ngil aynishiga boshqa simptomlar qo‘shilsa (og‘riq, diareya, ich qotishi), faqatgina haroratni normallashtirish kifoya qilmaydi. Bunday holat oshqozon ichak tizimidagi jiddiy muammolardan darak beradi. Ularga quyidagilar kiradi:

  • Virusli gepatit va jigarning boshqa kasalliklari;
  • O‘tkir appenditsit;
  • Peritonit;
  • Buyraklar yallig‘lanishi;
  • O‘tkir pankreatit;
  • Ichak tutilishi;

Bundan tashqari, tana harorati oshishi va ko‘ngil aynishi organizmning zaharlanishi, masalan alkogol qabul qilganda, sifatsiz mahsulotlar yeganda va dori preparatlari bilan zaharlanganda ham kuzatiladi.

Bunday ko‘rinishdagi simptomatikaning eng og‘ir shakli – meningitda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun yuqoridagi barcha holatlarda shifokor maslahatlarini olish tavsiya etiladi.

Agar bolalarda tana harorati oshishi va qayt qilish ham kuzatilsa, statsionar sharoitda yo‘qotilgan suyuqlik o‘rnini to‘ldirish talab etiladi.

Qon bosimi va tana harorati

Arterial bosimning oshishi – isitma xurujining bir belgisi hisoblanadi.

Issiq harorat gemodinamikaga ta’sir ko‘rsatadi – bemorlarda yurak urishi, qon tomirlarda qon oqimi tezlashadi, ular to‘ladi va arterial bosim ortadi.

Ammo, bunday holatda qon bosimi juda ham oshib ketmaydi, 140/90 mm.Hg.ust. dan yuqori bo‘lmaydi, bunda bemor harorati 38,5 °C​ bo‘lsa, isitmani tushiruvchi preparatlar qabul qilgandan keyin qon bosimi ham me’yorga qaytadi.

Ayrim hollarda tana haroratining oshishi qon bosimi tushishiga sabab bo‘ladi. Bunday simptomni davolash talab etilmaydi, chunki istima xuruji o‘tib ketsa, qon bosimi normallashadi.

Ammo, gipertoniya bilan kasallanganlarda tana haroratining ko‘tarilishi jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bunday insonlar o‘z shifokorlari bilan maslahatlashishlari zarur, ularda 37,5 °C​ ko‘rsatkichda ham tana haroratini me’yorga tushirish lozim bo‘ladi, ayniqsa keksa yoshdagi insonlar.

Qon bosimi va tana harorati quyidagi kasalliklar bilan duchor bo‘lgan insonlar uchun xavfli:

  • Yurakning ishemik kasalligi. Bunday holatda bemorda miokard infarkti ham rivojlanishi mumkin;
  • Yurak yetishmovchiligi;
  • Aritmiyalar;
  • Ateroskleroz;
  • Qandli diabet.

Har qanday sharoitda ham qon bosimi va tana harorati birgalikda o‘zgarsa, shifokorga murojaat etish zarur.

Qo‘shimcha simptomlarsiz tana harorati o‘zgarishi

Hech qanday simptomlarsiz tana haroratining oshishi yoki pasayishi o‘tkir infeksion kasalliklarga xos. Ular quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  • Surunkali piyelonefrit;
  • Sil;
  • Yaxshi va yomon sifatli o‘smalar;
  • A’zolar infarkti (to‘qimalar nekrozi);
  • Qon kasalliklari;
  • Tireotoksikoz, gipotireoz;
  • Allergik kasalliklar;
  • Revmatoid artritning erta davrlarida;
  • Bosh miyadagi o‘zgarishlarda, ayniqsa gipotalamusda;
  • Psixik o‘zgarishlar;

Bundan tashqari, aktiv jismoniy harakat, sovuq qotish yoki issiq havoda, stress va zo‘riqishlarda ham tana harorati o‘zgarishlari mumkin.
Ammo, bunday holda tana harorati tezda normal holatga qaytadi.

tana harorati oshishi
Foto: Google Photo

Tana haroratini qanday tushirish mumkin?

Tana haroratining oshishi insonga diskomfort tug‘diradi, ba’zi hollarda og‘ir ko‘rinishlarga kelib o‘lim holati ham kuzatilishi mumkin. Shuning uchun har qanday inoson tana harorati ko‘tarilganda tushirish usullarini bilib olishi kerak.

Tana haroratini qachon tushirish kerak?

Tana harorati ko‘tarilganda har doim ham uni normal holatga qaytarish talab etilmaydi.

Infeksion kasalliklarda organizm immun tizimi pirogen moddalarni ishlab chiqarib, tana haroratining ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi va bu holat mikroorganizmlarga qarshi kurashishga yordam beradi.

Masalan, interferon oqsilini sintezlanishini oshiradi, antitelolar ishlab chiqarilishini kuchaytiradi, fagositoz jarayonini rag‘batlantiradi, ishtahani pasaytiradi va umumiy harakatni kamaytiradi, demak organizm infeksiya bilan kurashish uchun ko‘proq energiyaga ega bo‘ladi.

Ko‘pchilik bakteriya va viruslar normal haroratda faol hayot kechiradi, tana harorati ko‘tarilganda esa, ularning ba’zilari o‘ladi. Shuning uchun tana harorati oshgan vaqtda, uni tushirish uchun shoshilmaslik kerak.

Ammo, ayrim holatlarda tana haroratini tushirish talab etiladi. Bunday holatlarga quyidagilar kiradi:

  • 39 °C dan yuqori tana harorati;
  • Tana harorati oshishi bilan birga – ko‘ngil aynishi, qayt qilish, bosh aylanishi va boshqa holatlar birga kelishi;
  • Bolalarda talvasalar (sudorgi) bo‘lsa – 37 °C ga ko‘tarilganda ham haroratni tushirish zarur;
  • Nevrologik kasalliklari bor insonlarda;
  • Qon-tomir tizimi tomonidan kasalliklar mavjud bo‘lsa;
  • Qandli diabet bo‘lsa.

Tez tibbiy yordam qachon talab etiladi?

Quyidagi holatlarda tez tibbiy yordamga murojaat qilish shart:

  • 39,5 °C​ dan yuqori tana harorati bo‘lsa;
  • Tana haroratining birdan oshishi va dori preparatlarining natijasi bilinmasa;
  • Isitma bilan birga nafas olish qiyinlashuvi kuzatilsa;
  • Harorat ko‘tarilganda tananing turli qismlarida kuchli og‘riqlar bo‘lsa;
  • Tana harorati ko‘tarilishi bilan birga – ich ketishi, ich qotishi va qayt qilish holatlari kuzatilsa;
  • Organizmning suvsizlanganligi belgilari sezilsa – shilliq qavatlar qurishi, rangparlik, holsizlik, siydik rangi to‘qlashuvi yoki peshob ajratmaslik holatlari;
  • Isitmaning toshmalar bilan namoyon bo‘lishi. Ayniqsa qo‘l bilan bosib ko‘rilganda yo‘qolmaydigan qizil toshmalar meningokokk infeksiyasidan darak beradi.

Isitma tushirish usullari

Isitma chiqqanda uni tushirishning ko‘p usullari bor. Avvalo, bemor joylashgan xonaning haroratini normallashtirish kerak, ayniqsa 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bu juda muhim.

Gap shundaki, bolalarda ter ajratish funksiyasi yaxshi shakllanmagan bo‘ladi, ular haroratni asosan nafas chiqarish orqali tarqatadi.

Bolakay salqin havo bilan nafas oladi, o‘pka va qonni sovitadi, issiq haroratni chiqarib yuboradi. Agar xona harorati juda issiq bo‘lsa, bu jarayon buziladi.

Bundan tashqari, havoning namligi ham muhim, juda quruq havo ham nafas yo‘llari orqali issiq kirishiga sabab bo‘ladi. Shuni inobatga olib tana harorati yuqori bo‘lgan bemor uchun xonaning optimal harorati va namligi 19-22 °C​, namlik esa 40-60 % bo‘lishi kerak.

Isitmani tushiruvchi preparatlar

Tana haroratini tez tushirish uchun, isitmani tushiruvchi preparatlardan foydalaniladi. Bunday vositalar faqatgina simptomatik ta’sir etadi, ya’ni tana haroratini tushiradi.

Haroratni tushiruvchi preparatlar quyidagilar:

Parasetamol

Bolalar va kattalar uchun buyuriladigan preparat. Parasetamol 38 °C​gacha bo‘lgan tana harorati oshganda yaxshi yordam beradi, lekin bu ko‘rsatkichdan yuqori holatlarda preparatning ta’siri bilinmasligi mumkin.

Ibuprofen

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi qo‘llaniladigan va tana haroratini tushirishda yaxshi samara beradigan preparat. Bolalar va kattalar uchun buyuriladi.

Nimesulid (nimesil, nayz)

Oxirgi avlod yallig‘lanishga qarshi preparat. Bolalar uchun qarshi ko‘rsatma bor.

Analgin

Hozirgi kunda tana haroratini tushirish uchun deyarli qo‘llanilmaydi. Ammo isitmani bartaraf etishda yordam beradi.

Xalq tabobati yordamida isitmani tushirish

Tana haroratini xalq tabobati yordamida ham tushirsa bo‘ladi. Bunda turli xildagi dorivor o‘simliklar damlamasi va qaynatmalaridan foydalaniladi. Tana harorati oshganda ko‘p suyuqlik ichish yaxshi natija beradi, chunki organizm ko‘proq ter ajratib, haroratni pasayishiga olib keladi. Dorivor o‘simliklar orasidan eng foydalilari quyidagilar:

  • Malina;
  • Qora smorodina;
  • Oblepixa o‘simligi;
  • Lipa;
  • Moychechak (Romashka​);

Bolalarda tana haroratini tushirishda romashka eritmasi bilan klizma qilish ham yaxshi natija beradi. Bunda suvning harorati 20 °C​ da bo‘lishi kerak. Yoshga qarab dozalar quyidagicha bo‘ladi:

  • Chaqaloqlar uchun – 30 ml dan oshmasligi kerak;
  • 6 oydan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar – 100 ml;
  • 3 yoshgacha – 200 ml;
  • 5 yoshgacha – 300 ml;
  • 6 yoshdan oshganlarga – 0,5 l.

Tana harorati ko‘tarilganda sochiq, doka va xaltaga solingan muz yordamida ham haroratni tushirish mumkin. Bunda ehtiyotkorlik talab etiladi, muzni teri juda zich va uzoq muddatga qo‘yilsa, qon tomirlar spazmi kelib chiqishi va oq isitma holati kelib chiqishi mumkin.

Tana haroratining oshishi yoki pasayishi ko‘pgina kasalliklarning “ko‘zgusi” bo‘lib, bunday holatni e’tibordan chetda qoldirmaslik zarur. Faqatgina tana harorati oshishining o‘zini bartaraf etmay, kasallikning asl sababiga qarshi kurashish lozim.

Diqqat! Maqola davomida keltirib o‘tilgan kimyoviy preparatlar, faqatgina ma’lumot uchun berilgan. O‘zingizda biror o‘zgarish sezsangiz, albatta, shifokorga murojaat qiling!

Gripp va yuqori nafas yo'llarining infeksiyalarini alomatlarini davolash uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri TeraFludir.

TeraFlu bu – alohida paketlarga qadoqlangan eriydigan granulalar.

Har bir paket tarkibi:

Faol moddalar: 2 mg benzoksoniy xloridi, 1,5 mg lidokain gidroxloridi,; Yordamchi moddalar: etanol, qalampiryalpiz moyi, mentol, gliserin, xlorid kislotasi, tozalangan suv.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi - https://apteka.uz/product/teraflyu

Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo'llaniladigan boshqa preparatlar: GRIPHOT, Rinil hotmiks, Insti, Sinupret ekstrakt, Rinomaks, ASS va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Issiqda toshmalar toshsa, qanday chora ko‘rish kerak?

Yoz jaziramasida bolalar va ayrim yoshi kattalar issiqlik toshishidan aziyat chekadi. Bundan kuchli va yoqimsiz qichishish, achishish paydo bo‘ladi. Uni keltirib chiqaruvchi sabablar va davolash usullari haqida quyida to‘xtalib o‘tamiz.

toshma toshishi

Issiqlik toshishi kuchli terlash va terning sekin bug‘lanishi natijasida paydo bo‘ladi. Issiq kunlarda go‘daklar va yosh bolalarda ko‘proq kuzatiladi. Bola badaniga issiqlik toshishining birinchi sababi uning haddan ortiq isib ketishidir. Ularda tana haroratini muvozanatlashtirib turuvchi markaz yaxshi rivojlanmagani bois, ter teri hujayralarida uzoq vaqt ushlanib qoladi. Oqibatda teri hujayralari ta’sirlanib, toshmalar toshadi.

Kattalarda esa o‘tkir yuqumli kasalliklarda isitmalash va qattiq terlash natijasida, semiz kishilarga isituvchi kom­press qo‘yilganda ham issiqlik toshishi mumkin.

Issiqlik badanning yopiq joylariga — bolalarda ko‘pincha orqa, bo‘yin terisiga, qo‘ltiq ostidagi teri burmalariga, bosh, yelka, qo‘l-oyoqlarning ichki sohasiga, kattalarda ko‘pincha ko‘krak bezlari tagidagi teri burmalari, chov-yorg‘oq burmalari va qo‘ltiq ostiga yoyilib yoki to‘p-to‘p bo‘lib toshadi. Toshmalar ichida tiniq suyuqligi bo‘lgan pufakchalardan iborat bo‘lib, kattaligi to‘g‘nag‘ich boshchasidek keladi. Ba’zida bir-biriga qo‘shilib ketadi. Davolamay o‘tkazib yuborilganda esa yiringlab turuvchi joylar (ayniqsa, teri burmalarida) hosil bo‘ladi.

Badanga issiqlik toshishi kasallik emas. Shu bois bolaning umumiy ahvoli o‘zgarmaydi, isitma, bezovtalik kuzatilmaydi. Toshmalar kun davomida tashqi muhit haroratiga bog‘liq holda ko‘payishi yoki kamayishi mumkin.

Davolash

Issiqlik toshishiga shifokor tavsiyasiga ko‘ra davo qilinadi. Qizib ketishga olib keladigan omillarni bartaraf etish muhim ahamiyatga ega. Ko‘proq ochiq havoda bo‘lish, xonani tez-tez shamollatib turish foydalidir. Bunday vaziyatda sintetik matodan tikilgan kiyim kiyish tavsiya etilmaydi.

Oldini olish

Issiqlik toshishi oldini olish uchun terlashga qarshi kurashish maqsadida bemor terisini toza saqlab, ichki kiyimlarini tez-tez almashtirib turishi, issiq kunda tabiiy matolardan tikilgan kiyimlar kiyishi maqsadga muvofiq. Bolalarni haddan tashqari issiq kiyintirish, ortiqcha o‘rab-chirmash yaramaydi. Ularga muntazam ravishda havo va suv vannalari qabul qildirib turish foydali.

Foydali tavsiyalar:

  • bolaga paxta matodan kiyim kiydiring;
  • yoz oylarida bolalar tagliklaridan kamroq foydalaning;
  • toshma toshgan sohalarni nam latta bilan artib oling;
  • yozda iloji boricha farzandingizni har kuni cho‘miltiring;
  • bolani imkon qadar ertalab va kechqurun tashqarida ko‘proq sayr qildiring;
  • toshma toshgan sohalarga malhamlar va losonlar surmang;
  • bolaning shaxsiy gigiyenasiga e’tibor qiling;
  • bola yotadigan xonani har kuni shamollatib turing, xona harorati +25 darajadan oshmasligi kerak;
  • bolaning teri burmalariga tez-tez e’tibor bering.

© O‘ktabar AKBAROVA, shifokor.
"Oila davrasida" gazetasi.
Od-press.uz

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Isitmani uy sharoitida tushirish usullari

Bolaning yuqori haroratini dori-darmonlarsiz tushirish mumkinmi? Sizga haroratni maxsus vositalarsiz pasaytirishning bir necha usullari to‘g‘risida aytmoqchimiz.

isitmani tushirish

Ho‘llab artish

Tana haroratini bir necha darajaga pasaytirishning eng oddiy usuli ho‘llab artishdir. Bolani yechintiring va badanini xona harorati (23–25 °C) dagi suvga botirilgan sochiqcha yordamida arting. Salfetka unchalik ho‘l ham, haddan tashqari quruq ham bo‘lmasligi: ho‘llab artilgandan keyin teri ustida nam tomchilar qolishi kerak.

Nam paypoqchalar

Paypoqchalarni sovuq suvda ho‘llang, ularni yaxshilab siqing va bolaning oyoqlariga kiydiring. Uning ustidan esa yana bir juft quruq paypoq kiydiring. 15-20 daqiqa o‘tib paypoqlar isigandan keyin buni yana takrorlashingiz mumkin.

Muz

Muz – baland harorat bilan kurashishda ajoyib yordamchi hisoblanadi, asosiysi – undan aql bilan foydalanish.

Buning uchun mayda bo‘lakchalarga ajratilgan muzni polietilen paketlarga joylashtiring, sochiqqa o‘rang va yirik tomirlar o‘tgan joylarga: qo‘ltiq ostiga, tizza tagiga, chov sohasi burmalariga 5 daqiqa qo‘yib turing.

Agar zarur bo‘lsa buni 15 daqiqadan keyin yana takrorlasangiz bo‘ladi.

Isitmani pasaytiruvchi tabiiy vositalar

Ko‘pchilik meva va o‘simliklar tarkibida haroratni pasaytirish xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar mavjud. Bu moddalardan biri – ko‘plab isitmani tushiruvchi dorilarning tarkibiy qismi bo‘lgan salitsil kislota.

Olxo‘ri va sitruslilar, shuningdek smorodina, gilos va qulupnay tarkibi unga boy bo‘lib, bu mevalarni harorat ko‘tarilganda iste’mol qilish juda foydali.

Bundan tashqari, jo‘ka (lipa) guli, malina, qayin o‘simtasi, jambillar ter haydash xususiyatiga egadirlar. O‘simliklar odatdagi choyga qo‘shib damlanadi.

Yana bir foydali tabiiy vosita hisoblanuvchi asal bir vaqtning o‘zida ham isitmani tushirish va ham ter haydash xossalariga ega.

Shuningdek u bakteriyalar va viruslar bilan samarali ravishda kurashadi va immunitetni mustahkamlaydi.

Mail.ru / Daryo

Gripp va yuqori nafas yo'llarining infeksiyalarini alomatlarini davolash uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Griphotdir.

Griphot bu – alohida paketlarga qadoqlangan eriydigan granulalar.

Har bir paket tarkibi:

Faol moddalar: parasetamol - 500 mg, fenilefrin gidroxlorid - 10 mg, oksalamin sitrat - 100 mg, xlorfeniramin maleat - 2 mg; Yordamchi moddalar: tartarik kislota, limon kislotasi, natriy gidrokarbonat, natriy karbonat, xinolin sarig'i, limon lazzati, Kollidon K-30, saxarin, saxaroza.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi - https://apteka.uz/product/gripkhot

Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Teraflyu, Rinil hotmiks, Insti, Sinupret ekstrakt, Rinomaks, ASS va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Immunitetni susaytiruvchi odatlar

Immun tizimingizni yaxshilamoqchi bo‘lsangiz, o‘z odatlaringizni qayta ko‘rib chiqishingizga to‘g‘ri keladi.

Uyquga to‘ymaslik

Uyqu vaqtida immun tizimining bakteriya va viruslarga qarshi kurashishni shakllantirishga javobgar qismi faollashadi. Agar uyquga to‘ymasangiz, immun tizimingiz samarali ishlamaydi. Immunitetingiz yaxshi bo‘lishini istasangiz, sutkasiga 7-8 soatdan kam uxlamasligingiz kerak.

O‘troq hayot tarzi

O‘troq hayot tarzi

Jismoniy faollikning kamligi immunitetni yomonlashtiradi. Kamharakat insonlar jismoniy faol kishilarga qaraganda o‘rtacha 42 foizga ko‘proq nafas yo‘llari kasalliklariga uchraydi. Kun davomida jismoniy mashqlarga oz bo‘lsa-da vaqt ajrating.

Yolg‘izlik

Yolg‘izlikda ko‘p vaqt o‘tkazganingizda noradrenalin darajasi oshadi. Favqulodda holatlarda bu gormon yaralarning bitib ketishiga yordam beruvchi oq qon tanachalarining generatsiyasi uchun javob beradi. Biroq noradrenalin darajasi uzoq vaqt davomida me’yordan ko‘p bo‘lsa, u immun tizimining bir qismini bloklay boshlaydi va sizni infeksion kasalliklarga moyilligingizni oshiradi.

Doimiy stress

Doimiy stress

Uzoq vaqt biror nimadan tashvishlanib yursangiz, immun tizimingiz yomonlasha boshlaydi. Masalan, stress holatidagi odamlarning shamollashni yuqtirish ehtimoli yuqori bo‘ladi.

Spirtli ichimliklar

Muntazam ravishda spirtli ichimliklarni iste’mol qilish oq qon tanachalarining virus va infeksiyalar bilan kurashish samaradorligini kamaytiradi.

To‘yingan yog‘lar

To‘yingan yog‘lar

Muntazam ravishda to‘yingan yog‘larni iste’mol qilish immun tizimiga og‘irlik qiladi va yallig‘lanish xavfini oshiradi. Zararli yog‘larni foydalilariga almashtiring. Masalan, mol go‘shti o‘rniga baliq iste’mol qiling.

Yaqinlarning immuniteti pastligi

Odamlar uzoq vaqt birga yashaganlarida ularning immun tizimi ham bir-biriga o‘xshab ketadi. Bu qisman bir xil odatlar bilan izohlanadi. Agar yaqinlaringizning immuniteti past bo‘lsa, o‘zingiznikiga ham e’tibor qiling. Ehtimol, odatiy turmush tarzingizni o‘zgartirishingiz kerakdir.

Antibiotiklar

Antibiotiklar iste’moliga juda ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak. Ular immun tizimingiz va bakteriyalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni buzadi. Shuning uchun antibiotiklar kasallikni tezroq yengishga yordam beradi, biroq tuzalganingizdan keyin sizning immun tizimingiz avvalgiga nisbatan ko‘proq kasalliklarga moyil bo‘ladi.

Layfxaker.ru / Kun.uz

Gripp va yuqori nafas yo'llarining infeksiyalarini alomatlarini davolash uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Griphotdir.

Griphot bu – alohida paketlarga qadoqlangan eriydigan granulalar.

Har bir paket tarkibi:

Faol moddalar: parasetamol - 500 mg, fenilefrin gidroxlorid - 10 mg, oksalamin sitrat - 100 mg, xlorfeniramin maleat - 2 mg; Yordamchi moddalar: tartarik kislota, limon kislotasi, natriy gidrokarbonat, natriy karbonat, xinolin sarig'i, limon lazzati, Kollidon K-30, saxarin, saxaroza.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi - https://apteka.uz/product/gripkhot

Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Teraflyu, Rinil hotmiks, Insti, Sinupret ekstrakt, Rinomaks, ASS va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Ich qotishi yoxud qabziyat - sabablari, belgilari va uy sharoitida davolash
Ich qotishi – bu patologik holat bo‘lib, najasning 48 soatdan ko‘proq vaqtga ushlanib qolishidir. Ich qotishi bilan ichaklar motorikasining buzilishi hisobiga ko‘proq bolalar va qariyalar duch kelishadi. Ayrim mamlakatlarda masalan “fast food” ko‘p iste’mol qiladigan aholi orasida har 10 ta odamdan 1 tasida ushbu muammo bor. Ayollar erkakalarga nisbatan 3 marotaba ko‘proq bu muammoga duch kelishadi.

Ich qotish sabablari

Juda ko‘p omillar ich qotishiga olib keladi. Shulardan eng ko‘p uchraydigan sabablar kuchli stress, uzoq muddatli safar va jarrohlik amaliyotidan keyingi holatlar. Sabablar quyidagilar bo‘lishi mumkin:
Ich qotishi homilador ayollarning 2/3 qismida ham kuzatilib turadi. Emizikli bolalarda ich qotishiga asosiy sabab disbakteriozdir.

Ich qotishi belgilari

Ich qotish iste’mol qilingan ozuqa moddalarining ichak bo‘shlig‘ida yurmay qolishi bilan tushintiriladi. Bunda ichaklar devori motorikasi buzilganligi sababli 2 sutka yoki undan ko‘proq vaqt davomida ichi kelmaydi. Najas massasining ichakda to‘planib turishi qorin sohasida og‘riq va diskomfort chaqiradi. Ko‘pchilik bemorlarda ichaklar g‘uldirashi kuzatiladi. [caption id="attachment_10982" align="aligncenter" width="1000"]ich qotishi davosi Illyustratsiya: www.checkpregnancy.com[/caption] Boshqa belgilar quyidagilar:
  • Ishtahaning pasayishi;
  • Og‘izda yoqimsiz ta’m bo‘lishi;
  • Bosh og‘riqlari;
  • Ko‘krak sohasidagi og‘riqlar: taxikardiya;
  • Mushaklar og‘rishi;
  • Uyqusizlik;
  • Hayotiy qobiliyatning sustlashishi;
  • Nevroz holatlar paydo bo‘lishi;
Surunkali ich qotishlarida teri rangi sarg‘ayishi, teri elastikligi kamayishi va rangpar bo‘lishi kuzatiladi.

Qabziyat asoratlari

Qorinda og‘irlik hissi, og‘riq va meteorizmdan tashqari quyidagi asoratlar ham paydo bo‘lishi mumkin:
  • Yo‘g‘on ichak divertikuli;
  • Ichak tutilishi;
  • Gemorroy tugunlaridan qon ketishi;
Sanab o‘tilgan simptomlar shifokorga murojaat qilish uchun signal bo‘ladi. Ich qotishi hazm qilish a’zolarida va endokrin sistemasida yuzga keladigan jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Eng yomon asoratlardan biri, yo‘g‘on ichakda o‘sma hosil bo‘lishidir, chunki bir teoriya bor ichaklarda turib qolgan qoldiq toksini hujayralar o‘sishini o‘zgartirib yuboradi.

Ich qotishini tashxislash

Ich qotishining asl sababini aniqlash uchun bir qator mutaxassislar konsultatsiyalari kerak bo‘ladi. Birinchi navbatda shifokor proktolog yoki gastroenterolog tavsiyasi kerak bo‘ladi. Diagnostikani aniqlashtirish uchun qo‘shimcha tekshiruv kolonoskopiya yoki irrigoskopiya o‘tkaziladi. E’tibor qarating: kolonoskopiya yo‘g‘on ichakni maxsus trubka kirgizilib, yoritilgan holda ko‘rishdir. Irrigoskopiya – noinvaziv usul bo‘lib, rentgenokontrast modda yuborilib rentgenogramma qilishdir. Bulardan tashqari UTT (UZI) qilib qorin bo‘shlig‘ini ko‘rish ham mumkin.

Ich qotishini uy sharoitida davolash

Ich qotishida qo‘llaniladigan preparatlar faqatgina asl sababini aniqlagandagina tavsiya etiladi. Ich qotishida birinchi navbatda diyeta qilish kerak. Ovqat ratsionida o‘simlik kletchatkalariga boy bo‘lgan mahsulotlar bo‘lishi lozim. Meva va sabzavotlar ko‘proq iste’mol qilish zarur. Ovqatni kam-kamdan tez-tez yeyish kerak, kunda 5-6 marta. E’tibor qarating: agar siz ich qotishidan qutulmoqchi bo‘lsangiz, ovqatlanish rejimiga rioya qiling, bir kunda kamida 2 litr suyuqlik iste’mol qilish yaxshi samara beradi. Yumshatuvchi huqna (klizma) qilish ham ich qotishida katta yordam beradi. Uning tarkibiga o‘simlik moyi yoki baliq moyi qo‘shish kerak. Muhim: ich yumshatuvchi shamchalar ich qotishining davosi emas, balki u birinchi tez tibbiy yordamdir. Ich qotmasligi uchun aktiv turmush tarzini tanlash tavsiya qilinadi. Agar sizda tongi va kechki yugurish bilan shug‘ullanishga vaqt bo‘lmasa, ish joyingizning o‘zida mashqlar qiling. Ichak motorikasini yomonlashtiruvchi preparatlar (antidepressantlar, antiatsidlar yoki atropin) iste’mol qilayotgan bo‘lsangiz, shifokoringiz bilan maslahatlashgan holda ularni ma’lum bir vaqtga to‘xtatib turing.

Bolalarda ich qotish kuzatilsa...

Bolalarda ich qotishining sababi quyidagilar bo‘lishi mumkin:
  • Hazm tizimi a’zolarining kasalliklari (rivojlanishdagi anomaliyalar);
  • Nerv tizimi va endokrin tizimi kasalliklari;
  • D vitamin yetishmasligi (raxit);
  • Emizayotgan ona ovqat ratsionining buzilishlari;
[caption id="attachment_10983" align="aligncenter" width="2500"]bolalarda ich qotishi Foto: Sittercity.com[/caption] Ajralayotgan najasning hajmi bolaning individual holatidan kelib chiqib baholanadi. Bolaning najas hajmi va soniga qarab emas, balki tana vazniga qo‘shilishiga qarab aniqlanadi. Sun’iy ovqatlantirishdagi bolalarda ichi kuniga 1 marta kelishi shart. Bolalarda ich qotishini quyidagilar bilan bilib olish mumkin:
  • Bolaning injiqlashishi;
  • Ishtahaning yo‘qolishi;
  • Najas kelayotganda qiynalish;
  • Orqa chiqaruv teshigidan chiqayotgan gazning o‘tkir hidliligi;
  • Tana vazniga massa qo‘shilmasligi.
Agar bolada yuqorida sanab o‘tilgan holatlar aniqlansa, zudlik bilan mahalliy pediatrga murojaat qilish zarur.

Xalq tabobati bilan ich qotishini davolash

Qora olxo‘ri.(quritilgani). Yarim kilogramm quritilgan qora olxo‘ri olib 1,5 litr suvda uncha baland bo‘lmagan olovda 25 daqiqa davomida qaynating. So‘ngra uning tinishini kuting. Krushina ildizidan olib kukun holatiga keltiring va 50 gr qaynatmaga qo‘shing. 25 daqiqa past olovda qaynating. Tinishini kuting so‘ngra 200 gr na’matak solib yotishdan oldin yarim stakandan iching. Aralashmaning ta’mi ancha yoqimli. Nonushtada lavlagi, karam va sabzini qirg‘ichdan chiqazib aralashtiring, unga zaytun moyi qo‘shib iste’mol qiling. Kepak iste’mol qilish. Qaynatilgan kepakni 1 choy qoshiqdan birinchi o‘n kunlikda qabul qilib turing. Uni ovqatdan oldin kuniga 3 mahal iste’mol qiling. Keyingi bosqich 2 hafta davomida 2 choy qoshiqdan, kuniga 3 mahal qabul qilinadi. Kepak iste’mol qilish ichaklarni ishlashini yaxshilaydi va organizmning zaharlanishini oldini oladi.

Ichaklar harakatini yaxshilovchi mashqlar bajarish

Xalq tabobati ichak tizimini yaxshilashda juda katta foyda beradi, masalan ertalab uyqudan uyg‘onganda yotoqdan turmasdan qorin sohasini soat strelkasi bo‘ylab massaj qilish. Orqa taraf bilan yotib oling kindikdan 2 sm pastroqqa ikki qo‘lingiz barmoqlarini qo‘ying va chuqur nafas olib barmoqlaringiz bilan qattiq narsani sezmaguningizcha bosing, buni 2 daqiqa davomida bosib turing. Mashqni har kuni 3-5 marotaba bajarib turing.

Bolalarda ich qotishning davosi

Har kuni tongda bolani ovqatlantirishdan avval sterillangan (toza) o‘simlik moyidan 1 tomchidan berishni boshlang. Ikkinchi kuni 2 tomchi va shunday usul bilan yarim choy qoshiq hajmgacha olib boring. Moyni sterillash uchun moyni bankga solib uni sovuq suvga soling. Suv bilan to‘lgan idish va uning ichidagi bankani past olovda suv qaynagungacha kuting va yarim soat davomida suv qaynasin.

Jarrohlik aralashuvi

Agar ich qotishi ichak devorlaridagi yaxshi sifatli yoki yomon sifatli hosilalar bilan birga kuzatilsa, kechiktirmasdan jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi kerak. Mavzuga aloqador foydali maqolalar:
ico
Immunitet pasayishi belgilari va vitamin tanqisligi holati hamda uni bartaraf etish usullari

Immunitet – inson organizmining tashqi omillarga, eng avvalo virus va bakteriyalarga qarshi kurashuvchi tizimdir. Immunitetsiz inson hayot kechira olmaydi desa ham mubolagʻa boʻlmaydi. Immunitetni turli xil komponentlar taʼminlab turadi. Bular limfotsit va leykotsitlar, hamda yot mikroblarni qamrab (fagositoz) oluvchi fagosit hujayralaridir. Bundan tashqari, inson organizmida immunitet vazifasini shilliq qavatlar va teri ham bajaradi, ular turli xil moddalar ishlab chiqaradi va mikroblarni oʻldiradi.

immunitet pasayishi

Immunitet doimo bir xil ishlamaydi – baʼzida immun tizimi biroz susayadi va bu vaqtda organizm patogen mikroorganizmlar uchun “oʻlja”ga aylanadi.

Immunitet pasayishi belgilari

  • Inson tez-tez kasallanadi va sogʻayish uchun uzoq vaqt ketadi;
  • Tez charchab qolish, doimiy holsizlik;
  • Jarohatlarning uzoq muddatda bitishi;
  • Teri qoplamalari va shilliq qavatlari holatining yomonlashuvi, terida turli xil toshmalar;
  • Sababsiz paydo boʻluvchi ogʻriq;

Zaiflashgan immunitet organizmdagi har qanday organlar tizimiga salbiy taʼsir etadi, ogʻir holatlarda hatto oʻlimga ham sabab boʻlishi mumkin. Shu sababli immunitet zaiflashganida uni kuchaytirish uchun maksimal darajada harakat qilish kerak boʻladi.

Surunkali immunitet pasayishiga olib keluvchi sabablar quyidagilar:

Turli xil ogʻir kechuvchi kasalliklar

Ayrim holatlarda organizm oʻzining gomeostazini saqlab qolish uchun barcha kuchini sarflaydi, bunday vaziyatda immun tizimi ham odatiy holatdan koʻra kuchliroq ishlashi kerak boʻladi, yaʼni organizm shuni talab qiladi.

Immun tizimini kuchaytirishi zarur boʻlgan insonlar va holatlar

  • Homilador va emizuvchi ayollar;
  • Turli xil infeksion kasalliklar bilan kasallanuvchi insonlar;
  • Sportchilar;
  • Salbiy sharoitda mehnat faoliyatini olib boruvchilar;

Immunitet zaiflashuvi kasallik natijasida kelib chiqqan boʻlsa – bunday holatni bartaraf etish uchun malakali shifokor tavsiyalari kerak boʻladi. Agar immun tizimi vitamin yetishmovchiligi sabab  rivojlangan boʻlsa, uni bartaraf qilish barchaning qoʻlidan keladi.

Immunitet susaygan holatni bartaraf etishda vitaminlar bilan davolash har doim ham samarali natija bermasligi mumkin, ayniqsa immun tanqisligi kelib chiqish sababi boshqa boʻlsa. Organizmda vitamin tanqisligi toʻgʻridan-toʻgʻri immun tizimiga taʼsir qilmaydi. Ammo, vitaminlar organizmda kechadigan jarayonlar va moddalar almashinuvini ragʻbatlashda roli katta, vitaminlarni qabul qilish organizm uchun juda foydali.

vitamin komplekslar

Vitamin va mikroelementlar yetishmovchiligini qanday aniqlash mumkin?

Organizmda vitamin yetishmovchiligi – charchash, uyquga toʻymaslik, melanxoliya, holsizlik kabi belgilar bilan namoyon boʻladi. Bu kabi belgilar barchasi organizmga sekin-astalik bilan salbiy taʼsir etib boradi. Bundan tashqari, vitamin tanqisligi kayfiyatning yomonligi, doimiy asabiylik, diqqatni jamlay olmaslik, apatiya kabi holatlarga ham sabab boʻladi.

Vitamin tanqisligi sabablari

  • Oʻtkazilgan kasalliklar;
  • Notoʻgʻri va tartibsiz ovqatlanish;
  • Quyosh nurining yetarlicha tushmasligi;
  • Homiladorlik va laktatsiya davri;
  • Oshqozon-ichak tizimidagi turli xil muammolar, yaʼni vitaminlar soʻrilishining buzilishi.

Vitamin yetishmovchiligini aniqlash oson emas. Organizmda turli xil oʻzgarishlar, masalan oshqozon-ichak tizimi, nerv tizimi, yurak qon-tomir tizimida oʻzgarishlar, sochlar toʻkilishi, tirnoqlar sinuvchanligi va teri qurishi kuzatilishi mumkin.  Agar siz oʻzingizda kuzatilayotgan patologik holatlarni aynan vitamin tanqisligi bilan bogʻlasangiz, buni shifokor bilan maslahatlashgan holda aniqlashtirish zarur. Avitaminoz ostida jiddiy kasallik kechayotgan boʻlishi ham mumkin.

Vitamin tanqisligida kuzatiladigan belgilar

  • Sochlar toʻkilishi: vitamin PP, B2, B6;
  • Terining juda quruqlashuvi yoki turli xil toshmalar. Bunday holatda vitamin A, P, C qabul qilish zarur;
  • Milklar qonashi: vitamin P va C yordam beradi;
  • Vitamin tanqisligi holatlarida ovqatlanish ratsioniga jiddiy eʼtibor berish kerak.

Vitaminlar qaysi mahsulotlarda koʻp?

Organizm uchun zarur boʻlgan moddalar va albatta immun tizimini ragʻbatlantiruvchi vitaminlar birinchi navbatda oziqa mahsuotlarida saqlanadi. Bunday moddalar faqatgina meva va sabzavotlarda emas, balki goʻsht, baliq va sut mahsulotlarida ham koʻp saqlanadi. Ammo, meva va sabzavotlarda ularning miqdori koʻproq. Shu sababli avitaminoz holatlari koʻproq kuz-qish mavsumida yuzaga chiqadi, yaʼni bu vaqtda meva sabzavotlar kam isteʼmol qilinadi. Bu vegetarianlik hayot tarziga oʻtish kerak degani emas, shunchaki ovqat ratsionida oʻsimlik mahsulotlariga ham jiddiy eʼtibor qaratish lozim.

Immun tizimi faoliyati susaygan vaqtda ovqatlanish yoʻli bilan yetishmayotgan vitaminlar va mikroelementlar oʻrni toʻldirishning imkoni yoʻq. Bunday holatlarda vitamin preparatlari qabul qilishga toʻgʻri keladi. Vitamin preparatlarini qabul qilish uchun avvalo shifokor bilan maslahatlashish zarur, aynan mutaxassis insonga mos keladigan vitamin komplekslarni buyurishi mumkin.

Vitaminlar haqida qisqacha...

Quyida vitaminlar haqida qisqacha maʼlumot berilgan, ular orasida immun tizimiga samarali taʼsir koʻrsatuvchi guruhlar ham bor:

A vitamin

Ushbu vitaminning ikkinchi nomi – retinol. Bu vitamin sochlar mustahkamligi, terining normal holati, jarohatlarning bitishi, tirnoqlar oʻsishida katta ahamiyatga ega. A vitamini ayniqsa, koʻz va koʻruv oʻtkirligi uchun juda foydalidir. Bundan tashqari, retinol qarish jarayonini sekinlashtiradi, jinsiy yetilish davrida ham A vitaminining oʻrni katta. Vitamin A sabzi, brokkoli, garmdori, qovoq, qovun, shaftoli, oʻrik va avakado mevasida koʻp saqlanadi, hamda goʻsht, mol jigari, baliq, oʻsimlik moyi va tuxum sarigʻida eng koʻp miqdorda boʻladi. Inson organizmida A vitamini yogʻlar taʼsirida eriydi va soʻriladi.

B guruh vitaminlari

B guruh vitaminlari tarkibiga bir qator vitamin komplekslari kiradi. Yetarlicha qabul qilingan B guruh vitaminlari nerv tizimi funksiyasini ragʻbatlaydi va stress holatlaridan chiqishda ishtirok etadi. B guruh vitaminlari kartoshka, gul karam, yongʻoq, pomidor, qora non, grechka, tvorog, sut tarkibida koʻp saqlanadi. Agar insonda stress holatlari, melanxoliya, uyqu buzilishi, bosh aylanishi kabi holatlar kuzatilayotgan boʻlsa, B guruh vitaminlarini qabul qilsa boʻladi.

C vitamin

Vitamin C ning inson organizmida asosiy vazifasi immun tizimi ishini boshqarishdir. Shu sababli bu vitamin shamollash, gripp kasalliklarida qoʻllaniladi. Bundan tashqari, C vitamini qon tomirlar oʻtkazuvchanligini kamaytiradi va ishtahani ochishda ham ishtirok etadi. C vitamini kivi, petrushka, smorodina va qulupnayda koʻp saqlanadi.

D vitamin

D vitamini suyaklar oʻsishi va mustahkamligini taʼminlashda ishtirok etadi. D vitamini mol jigari, baliq, goʻsht, tuxum, tvorog, pishloq va sut mahsulotlarida koʻp saqlanadi. D vitamini quyosh nurlari taʼsirida inson terisida ham sintezlanadi. Sovuq, qish uzoq muddat davom etadigan mamlakatlarda qoʻshimcha D vitamin preparatlaridan qabul qilish tavsiya etiladi.

E vitamin

Qarilikni sekinlashtiradi, jinsiy reproduktiv jarayonida ishtirok etadi, ayniqsa ayollarda jinsiy faoliyatni ragʻbatlaydi.

Vitamin komplekslari

Surunkali vitaminlar tanqisligi holati tushmaslik uchun vitamin komplekslaridan qabul qilish kerak. Albatta, vitamin preparatlari tabiiy holda qabul qilinadigan vitaminlar oʻrnini bosa olmaydi. Ammo, organizmga ayrim holatlarda qoʻshimcha vitaminlar kerak boʻladi, masalan kasallik vaqtida. Vitamin komplekslari tarkibida barcha vitaminlar maʼlum bir dozada saqlanadi. Bu kabi preparatlar tayyorlanayotganda organizm tomonidan soʻrilishga tayyor holda boʻladi. Vitamin preparatlari qabul qilishda ularning koʻp miqdorda organizmda toʻplanishi jiddiy asoratlarga sabab boʻlishini ham unutmaslik kerak. Shu sababli vitamin komplekslari mustaqil ravishda emas, balki shifokor mutaxassis tomonidan buyurilgan holatda qabul qilinishi lozim.

Vitamin komplekslari bir necha guruhga boʻlinadi, ular quyidagilar:

  • Universal;
  • Bolalar uchun vitaminlar;
  • Homilador va emizikli ayollar uchun vitaminlar;
  • Sportchilar uchun maxsus vitaminlar;

Vitamin komplekslari biologik aktiv birikmalar toifasiga kiradi, shu sababli ular dorixonalarda shifokor retseptsiz beriladi. Bu vitaminlar bir biridan dozasi bilan farqlanadi. Vitamin komplekslarini tanlashda faqatgina qimmatbaho, mashhur firmalar ishlab chiqargan preparatlarga eʼtibor qaratish kerak emas, baʼzida arzon narxli vitamin komplekslari ham organizm uchun ancha foydali boʻladi. Immun tizimini ragʻbatlashda barcha guruh vitaminlarining oʻrni katta.

Inson organizmida immun tizimini ragʻbatlovchi vitamin komplekslari quyidagilar boʻlishi mumkin:

  • Multi-tabs;
  • Immuno Plyus;
  • Vitrum;

Ular tarkibida A, B, C, D guruh vitaminlarini saqlaydi.

Ayniqsa Vitrum preparati tarkibida 20 dan ortiq vitamin va mikroelementlarni tutadi. Sentrum – 25 dan ortiq vitamin va mikroelemetlar saqlaydi va antioksidant taʼsir koʻrsatadi. Revit, Komplivit, Alfavit – kattalar uchun, ayniqsa immun tizimi funksiyasini yaxshilashda katta yordam beradi. Ular organizmda soʻrilishga tayyor holda boʻladi.

Aynan immun tizimini ragʻbatlash uchun maxsus vitamin kompleksi – immunaldir. U tabiiy oʻsimliklardan olinadi.

Gripp va yuqori nafas yo'llarining infeksiyalarini alomatlarini davolash uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Griphotdir.

Griphot bu – alohida paketlarga qadoqlangan eriydigan granulalar.

Har bir paket tarkibi:

Faol moddalar: parasetamol - 500 mg, fenilefrin gidroxlorid - 10 mg, oksalamin sitrat - 100 mg, xlorfeniramin maleat - 2 mg; Yordamchi moddalar: tartarik kislota, limon kislotasi, natriy gidrokarbonat, natriy karbonat, xinolin sarig'i, limon lazzati, Kollidon K-30, saxarin, saxaroza.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi - https://apteka.uz/product/gripkhot

Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Teraflyu, Rinil hotmiks, Insti, Sinupret ekstrakt, Rinomaks, ASS va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Insult nima?!
Insult – miyadagi qon aylanishining to‘satdan buzilishidir. Oqibatda miya to‘qimalarida o‘zgarishlar yuzaga keladi va uning shikastlanishi tufayli turg‘un belgilar paydo bo‘ladi. Insultning ikki ko‘rinishi gemorragik (miyaga qon quyilishi) va ishemik holatda (miya infarkti) farqlanadi. Insult – miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi bo‘lib, bu miya funksiyasining bir necha kun davom etuvchi xastaligiga olib keladi. Insult insonning mehnatga layoqatini pasaytiruvchi, uzoq muddat davolanishga, uning oiladagi hayot sifatining pasayishi va iqtisodiy xarajatlarga sabab bo‘luvchi kasallikdir. Insult o‘lim sababchisi sifatida yurak qon-tomir va onkologik kasalliklardan so‘ng 3 o‘rinda turadi. Ishemik insult gemorragik insultga nisbatan 5 marta ko‘p uchraydi. O‘zbekistonda miya insulti bilan xastalanish ming nafar aholiga nisbatan 9 foizdan 14 foizgacha to‘g‘ri keladi. Ishemik insult miyaning to‘liq yoki qisman qon bilan ta’minlanishining to‘xtashi oqibatida yuzaga keladi. Ishemik insultning asosiy sababi – miya tomirlarining aterosklerozidir. Xastalik keksa yoshlilar, ko‘pincha yurak kasalliklari va qon ivishi ortgan kishilarda uchraydi. Insult ba’zida uyqu vaqtida o‘tkaziladi. Bemorlar uyg‘ongach, holsizlik, qo‘l-oyoqda quvvatsizlanish, bosh aylanishini sezadi. Bunda es-hushi joyida, teri odatdagi rangda bo‘ladi. Nevrologik belgilar shikastlangan tomir joylashuviga qarab, bir necha daqiqa yoki soat ichida o‘sib boradi. Umumiy yoki ichki uyqu arteriyasi tiqilib qolganda, tromboz bo‘lgan tarafda ko‘rish buziladi, teskari tarafda qo‘l va oyoqlar harakati buziladi. Ishemik insultda o‘lim ko‘rsatkichi miyaga qon quyilishiga nisbatan kam bo‘lishiga qaramay, kasallik ko‘pincha og‘ir kechadi. O‘choqli belgilar maromiga tushgach, tiklanish davriga o‘tadi va bu oylab, yillab davom etadi. O‘tkir ishemik insult bemorning yoshiga, patologik o‘choqning ko‘lamiga takroriy insultning qo‘shilishi va kardial asoratlar bilan kechadi. Insult belgilari shikastlangan tomir havzasiga bog‘liq bo‘ladi. Kasallik belgilari umumiy miya va o‘choqli klinik belgilar, xarakter, yaqqol va nisbiy ko‘rsatkichlar, tomir havzasini zararlovchi omillarga bog‘liq. Bemorlar insultga bir necha kun qolganda bosh og‘rig‘i, holsizlik, bosh aylanishi, ko‘z oldi qorong‘ilashish, qo‘l-oyoqda uvishish holatlarini his etadi. Belgilar kuchayib boradi va bir kunda qo‘l-oyoqlarning tortishishi paydo bo‘ladi. Bemor hushini yo‘qotmaydi, boshida tumanni his etadi. Ba’zida xastalikning kechishi bexosdan yuz beradi. O‘rta og‘irlikdagi ishemik insultda miya shishi, hush yo‘qotish belgilarisiz kechadigan o‘choqli belgilar kuzatiladi. Og‘ir insultda esa, es-hush yo‘qotilishi, miya shishi, trofik o‘zgarishlar, qo‘pol o‘choq nuqsonlar bilan birga, kechuvchi umumiy miya belgilari bilan farqlanadi. Bosh miyaga qon quyilishi asosan miyaning o‘rta arteriyasi havzasida, ichki kapsula va bazal yadrolar sohasida kechadi. Miyaga qon quyilishining asosiy sababi xafaqon (qon bosimi) kasalligidir. Qon quyilishi diapedez yoki qon tomir yorilishi sababli yuzaga kelishi mumkin. Quyilgan qon miya to‘qimasini parchalaydi, miya pardalarini ta’sirlantiradi, bu miya va o‘choqli belgilarni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Miyadagi patologik o‘choq paydo bo‘lishi miya ichki bosimini oshishi, es-hushning yo‘qolishi va hayotiy muhim funksiyalar – nafas olish, qon tomir tizimi, termoregulyatsiyaning buzilishiga sabab bo‘ladi. Bemor kuchli bosh og‘rig‘ini sezadi, hushidan ketib yiqiladi, kollapsga tushadi. Bunda puls zo‘riqishi shovqinli nafas, qorachiqlarning yorug‘likka reaksiyasining yo‘qolishi, qayt qilish kuzatiladi. Yuz to‘q qizil rangli, bemorning bosh va ko‘zi falaj bo‘lgan sohadan qarama-qarshi tomonga qaragan, falaj tomonda burun lab– burmasi silliqlashgan, og‘iz burchagi tushgan, yonog‘i tuslangan, oyog‘i tashqi tarafga burilgan bo‘ladi. 10 14 kundan so‘ng tiklanish davri boshlanadi. Dastlab oyoq so‘ng qo‘l harakatlari tiklanadi, sezuvchanlik, nutq, ko‘rish, eshitish, psixik faoliyat yaxshilanadi. Gemorragik insult – miya to‘qimasiga to‘r osti bo‘shliqqa yoki miya qorinchalariga qon quyilishi bilan xarakterlanuvchi miyadagi qon aylanishining o‘tkir buzilishidir. Kasallikning kechishida uch davr farqlanadi: o‘tkir, tiklanuvchi va rezidual. Davolash: Insultlarni davolash tezda boshlanishi kerak. Birinchi bosqichda hali insult xarakteri aniqlanmagan paytda bemor hayotini saqlab qolishga qaratilgan davo muolajalari o‘tkaziladi. Bemor chalqancha, boshi sal ko‘tarilgan holatda yotqiziladi. Agoniya holatida ko‘chirish mumkin bo‘lmagan bemorlardan boshqa hamma insult bo‘lgan bemorlar maxsuslashtirilgan nevrologik bo‘limga yotqizilishi kerak. Bemorni ko‘chirish vaqtida ehtiyot bo‘lish, silkitmaslik lozim. Agar yurak faoliyati buzilishi o‘pka shishi bilan birga uchrasa, spirt bug‘i qo‘shilgan kislorod bilan nafas oldiriladi. Bemor boshi baland qilib yotqiziladi. Nafas olishi meyorlashishi uchun elektr so‘rg‘ich bilan og‘iz bo‘shlig‘i, burun va xalqum shilliqlardan tozalanadi. Til orqaga ketishini oldini olish va nafas olishni yengillashtirish uchun og‘izga havo naychasini qo‘yish mumkin. Insult bilan kasallangan bemorlar darhol yotqizilib, boshi baland ko‘tariladi va muzli xalta, oyoqlariga issiq grelka qo‘yiladi. Parvarish: gemorragik insultda yotoq rejimi 21 kun davom etadi. Ishemik insultda bu bemor ahvoliga bog‘liq. Birinchi kundan bemorda dimlanishli pnevmaniya va yotoq yaralarining oldini olish kerak. Bemorni kun davomida har 2 3 soatda yon tomonga burish, palatani shamollatib turish lozim. Yotoq yarani oldini olish uchun dumg‘aza, dumba, bel sohasiga kamfora spirti suriladi. Falajlangan qo‘l-oyoqlarda mushak tortishishi oldini olish uchun fiziologik holat beriladi. Hush va yutish saqlangan bo‘lsa, shirin choy, meva sharbatlari beriladi. Birinchi kundan parhez kengaytiriladi, ovqat yumshoq, tez hazm bo‘ladigan bo‘lishi lozim. Yutish buzilgan bo‘lsa, bemor 2 3 kun parentral yo‘l bilan tomir orqali oziqlantiriladi.
ico
Ich ketishi (diareya) - belgilari, sabablari, oldini olish va davolash usullari
Barcha insonlarda hayoti davomida, ba’zida ich ketishi (diareya) suv yoki ichakdagi mahsulotlar bilan aralashgan holatda kuzatilib turadi. Ko‘p hollarda diareya kunlab davom etadi. Ammo diareyaning haftalab davom etishiga jiddiy omillar sababchi bo‘lishi mumkin, masalan ichak infeksiyalari, ichakning o‘zida bo‘layotgan patologiyalar yoki ichakning ta’sirlanishi natijasida kelib chiqadigan sindromlar. Ushbu maqolamiz davomida diareya haqida batafsil ma’lumot berib o‘tamiz. [caption id="attachment_10839" align="aligncenter" width="528"]ich ketishi Illyustratsiya: www.healthmagaz.com[/caption]

Diareyaning belgilari

Diareyada kuzatiladigan simptom va belgilar quyidagilar:

Shifokor huzuriga qachon borish kerak?

Agar siz o‘n sakkiz yoshdan oshgan bo‘lsangiz va sizda quyidagilar kuzatilsa:
  • Ich ketishi 2 kundan ortiq davom etsa;
  • Siz suvzilanayotganingizni sezsangiz;
  • Sizda qorin va rektal og‘riqlar bo‘lsa;
  • Najasingizda qon yoki najasingiz qora rangda bo‘lsa;
  • Tana haroratingiz 38-39 C va bundan yuqori bo‘lsa;
Yosh bolalarda diareya organizmning tez suvsizlanishiga olib keladi. Bolangizni suvsizlanayotganini sezsangiz, tana haroratining ko‘tarilishi kuzatilsa, qonli yoki qora rangdagi najas kelsa, zudlik bilan shifokorga murojaat etishingiz kerak.

Ich ketishi sabablari

Diareyaga sabab bo‘luvchi ko‘plab omillar bor. Quyida ushbu sababchilardan eng asosiylarini sanab chiqamiz:

Viruslar

Diareya chaqiruvchi viruslardan Norwalk virusi (ichakning nobakterial kasalliklari keltirib chiqaruvchi), sitomegaloviruslar va gepatit viruslari. Rotoviruslar bolalarda o‘tkir diareyaga sabab bo‘ladi.

Bakteriya va parazitlar

Zararlangan ovqat yoki suv bakteriya va parazitlarning odam organizmiga kirishiga yo‘l bo‘ladi. Lyambliya va kriptosporida kabi parazitlar ham diareyaga sabab bo‘ladi. Bakteriyalardan kampilobakteria, salmonella, shigella va Esherixiya coli diareyaning asosiy sababchilaridir. Chegaradan tashqari yurtlarga sayohat qilganda o‘sha yerning bakteriya va parazitlari tomonidan keltirib chiqarilgan bakteriya “sayohatchilar diareyasi” termini bilan ataladi.

Dori preparatlari

Ko‘pchilik dori vositalari ham diareyaga sabab bo‘ladi, ayniqsa antibiotiklar. Antibiotiklar hamma bakteriyalarni o‘ldiradi, shuningdek organizm uchun foydali bakterialarni ham nobud qiladi. Buning natijasida ichakdagi mikroflora balansi buziladi. Bundan tashqari o‘smalarga qarshi kimyoviy dorilar va magneziya ham diareyaga sabab bo‘lishi mumkin.

Laktozani ko‘tara olmaslik

Laktoza sut va sut mahsulotlarida uchraydigan uglevod. Laktozani parchalovchi fermenti yo‘q insonlarda sut mahsulotlarini iste’mol qilgandan so‘ng diareya kuzatiladi. Inson organizmi laktozani parchalovchi fermentlarni ishlab chiqaradi. Ba’zi insonlarda fermentning birdaniga pasayib ketishi uchrab turadi. Bu esa yosh o‘tgan sari laktozani hazm qila olmaslikka olib keladi.

Fruktoza

Fruktoza tabiiy meva mahsulotlari, asal va ayrim ichimliklarga qo‘shiladi. Fruktozani hazm qila olmaydiganlarda ham diareya uchrab turadi. Sun’iy shakar o‘rnini bosuvchi mahsulotlar. Sorbitol va mannitol saqichlar va boshqa shirin mahsulotlar tarkibida bo‘ladi. Ular ayrim sog‘ odamlarda ham diareya keltirib chiqarishi mumkin.

Oshqozon-ichak tizimi kasalliklari

Kron kasalligi, yarali kolit, chuvalchangsimon o‘simta kasalligi va ta’sirchan ichak sindromi kabi ichak kasalliklari ham ichish ketishiga asosiy sabablardandir.

Diareya asoratlari

Diareya suvsizlanishga (degidratatsiya) olib keladi, bu hayot uchun xavfli. Suvsizlanish, ayniqsa, bolalar, qariyalar va immun tizimi past bo‘lganlar uchun juda xavfli hisoblanadi. Agar sizda degidratatsiya belgilari kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat eting.

Kattalarda suvsizlanish belgilari

  • Juda chanqash;
  • Og‘iz yoki ter qurishi;
  • Kam yoki siydik ajralishining umuman bo‘lmasligi;
  • Holsizlik, charchoq va bosh aylanishi;
  • Siydik rangining to‘qlashishi.

Yosh bolalarda suvsizlanish belgilari

  • Pampers(taglik)larning 2-3 soat yoki undan ko‘p vaqtda ho‘l bo‘lmasligi;
  • Og‘iz va tilning qurishi;
  • Tana haroratining 39 C da ekanligi;
  • Yosh chiqmasdan yig‘lashi;
  • Uyquchanlik, reaksiya pasayishi va qo‘zg‘aluvchanlik;
  • Qorin, yuz, qovoqlar atrofi terisining quruqlashishi.

Ich ketishini oldini olish uchun nima qilish kerak?

[caption id="attachment_10841" align="aligncenter" width="555"]diareya, ich ketishi Foto: Nebolet.com[/caption] Qo‘llarni tez-tez yuvib turish mikroblarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ovqat tayyorlash va ovqatlangandan keyin qo‘llarni yuvish, pishirilmagan go‘sht bilan kontakda bo‘lganda, hojatxonadan foydalanganda, tagliklarni (pampers) almashtirganda, aksirganda, yo‘talganda qo‘llarni yuvish kerak. Qo‘llarni sovun bilan kamida 20 soniya yuvish tavsiya etiladi. Qo‘llarni yuvishning iloji bo‘lmasa, sanitar gigiyenik vositalardan foydalaning. O‘zida spirtli va ruh saqlovchi gigiyenik vositalardan foydalaning. Losyonlardan foydalanganingizda qo‘lingizning barcha qismini tozalaganingizga ishonch hosil qiling.

Diareyaga qarshi emlash

Bolalarni diareya chaqiruvchi omil rotaviruslarga qarshi emlatish kerak. Buni shifokor maslahati bilan amalga oshirish tavsiya etiladi.

“Sayohatchilar diareyasi” ning profilaktikasi

Diareya boshqa mamlakatlarga sayohat qiluvchilarda ham uchraydi. U yerning ifloslanganlik darajasi va ovqat tarkibining o‘zgarganligi sabab bo‘ladi. Xavfni kamaytirish uchun: Nima yeyayotganingizga e’tiborli bo‘ling. Issiq, yaxshi pishirilgan ovqatlar tanovul qiling. Yuvilmagan mevalarni po‘stlog‘ini tozalamay iste’mol qilmang. Nima ichayotganingizga e’tibor bering. Maxsus idishdagi qadoqlangan ichimliklar iching. Vodoprovod suvi va muz kvadratlarini iste’mol qilmang. Tishlaringizni yuvish uchun ham qadoqlangan suvdan foydalaning. Cho‘milayotganingizda og‘zingizga suv kirmasligiga harakat qiling. Qaynatilgan suvdan tayyorlangan ichimliklar choy, kofelar ancha xavfsiz. Esdan chiqarmangki, alkogol va koffein diareyani va suvsizlanishni kuchaytirib yuboradi. Shifokoringizdan tegishli antibiotiklar qabul qilish haqida maslahatlashing. Sayohatga chiqishingizdan oldin shifokoringizdan antibiotiklar qabul qilish haqida maslahatlar oling. Agar immun tizimingiz sust bo‘lsa, antibiotiklar diareya kelib chiqmaslik uchun ancha yordam beradi. Sayohat oldidan infeksiya tarqalgan zonalar haqida ma’lumot oling. SSV va SES ning rasmiy web sahifalari yordamida yurtingizdan tashqari mamlakatlarning qaysi birida infeksiya o‘choqlari kuzatilayotganligini bilib oling. Bu xavfsiz sayohatning muhim omillaridan biridir.

Diareya diagnozi

Diagnozni aniq qo‘yishda shifokor quyidagi testlar asosida yordam beradi: Qon analizi - qon bakteriya tekshiruvi diareyaning sababini aytib beradi. Najas tekshiruvi - najas tekshiruvida diareyaning bakterial yoki parazitar sababini aniqlasa bo‘ladi. Kolonoskopiya - agar yuqoridag tekshiruvlar natija bermasa, ichakni kolonoskop yordamida tekshirish diareyaning boshqa sabablarini aniqlab beradi.

Diareyani davolash

[caption id="attachment_10842" align="aligncenter" width="722"]ich ketishini davolash Foto: www.everydayhealth.com[/caption] Ko‘p hollarda diareya o‘z-o‘zidan 1-2 kunda yo‘qolib ketadi. Agar siz ovqatlanish tartibingizni o‘zgartirsangiz va diareyaga qarshi choralar qo‘llashingizga qaramay diareya davom etsa, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, shifokor huzuriga borishingiz hamda holatingizga ko‘ra u sizga to‘g‘ri muolaja olib borishda yordam beradi.

Antibiotiklar

Bakteriya va ayrim parazitlar sabab kelib chiqqan diareyada yordam beradi. Agar ich ketishiga viruslar sabab bo‘lsa antibiotiklar hech qanday naf bermaydi.

Yo‘qotilgan suvni qayta tiklash

Shifokor yo‘qotilgan suv va tuz o‘rnini to‘ldirish uchun muolaja qiladi. Kattalar uchun bu suv, sharbat yoki boshqa suyuqliklar ichishdir. Agar ichilgan suyuqlik diareyaga sabab bo‘lsa, shifokor parenteral (vena ichiga) suyuqliklar yuborish yo‘lini qo‘llaydi. Oddiy suv suyuqlik o‘rnini to‘ldiruvchi yaxshi vosita, ammo u o‘zida tuz va elektrolitlar tutmaydi. Ichimlik sodasi va kaliyli eritmalar esa kerakli minerallarga boy, bu minerallar yurakning ishlash faoliyatiga ta’sir ko‘ rsatadi. Bundan tashqari meva sharbatlari ham o‘zida ko‘plab minerallarni saqlaydi, ammo olma sharbati diareyani kuchaytirib yuborishi mumkinligini inobatga olish kerak. Bolalar uchun yo‘qotilgan suv o‘rnini to‘ldirish uchun pediatrning qat’iy maslahati zarur, faqat shifokorgina oral yoki parenteral yo‘lni tanlab beradi.

Qabul qilayotgan dori preparatni kamaytirish

Shifokor diareya sababini antibiotiklar bilan bog‘lasa, undan voz kechadi yoki boshqasiga almashtirib beradi.

Diareya asosida yotgan kasallikni davolash

Agar diareya ichak kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lsa, mutaxassis gastroenterolog sizga yordam beradi.

Ich ketishini uy sharoitida davolash

Diareya paytida quyidagilarni bajarish foyda berishi mumkin:
  • Iliq va toza suyuqlik iching. Sovuq suv, bulyon, sharbatlar ichish, alkogol va koffeinni iste’mol qilmang;
  • Yarim qattiq mahsulotlar. Suxariklar, tostrdan chiqqan non, qotirilgan tuxum, guruch va tovuq go‘shti iste’mol qiling.
  • Ayrim ovqat mahsulotlarini, sut mahsulotlari, yog‘li ovqatlar, kletchatkaga boy mahsulotlar, konservalangan mahsulotlarni vaqtinchalik taomnomangizdan cheklashingiz lozim.
  • Probiotiklar qabul qilish. Retseptsiz beriladigan ichak mikroflorasini tiklovchi probiotiklar qabul qilish ham ich ketishidan qutilishingiz uchun foyda berishi mumkin. Ba’zi oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida probiotiklar saqlaydi, masalan yogurt.
Mavzuga aloqador foydali maqola: Bolalarda diareya kasalligi

© www.mayoclinic.org

ico
Ismaloqning foydali xususiyatlari va undan salat tayyorlash retsepti
Abu Ali ibn Sino o‘zining “Tib qonunlari” asarida ismaloqning foydali xususiyatlari haqida to‘xtalib shunday yozadi: “Bunda yuvuvchi, tozalovchi quvvat bor. Safroni qattiq haydaydi. Ko‘pincha me’da uning qaynatmasini tusamaydi”. Shuningdek, uning ichni yumshatish, ko‘krak va o‘pkalarga surgandagi foydasi haqida alohida to‘xtalib o‘tgan. [caption id="attachment_10528" align="aligncenter" width="717"]ismaloq Foto: pinterest.com[/caption] Ismaloqning kamqonlikni davolash va immunitetni yaxshilash xususiyati bor. Qolaversa, tomirlarni mustahkamlaydi, oshqozonosti bezi faoliyatiga yordam beradi. Hujayralarning qarishini sekinlashtiradi.

Tinchlantiruvchi vosita

Ich yaxshi yurishmagan va qorin dam bo‘lganda, 10 gramm ismaloq bargini 200 gramm suvda qaynatib ichilsa, ichaklar ishi ancha ravonlashib, qorin damligi kamayadi. Milklar yallig‘langanda og‘izni, bodomsimon bez og‘riganda tomoqni ismaloqning yangi olingan suvi bilan chayqash yaxshi foyda beradi. Ismaloq bargining qaynatmasi asab tizimi faoliyati buzilganda tinchlantiruvchi vosita sifatida ichib turiladi. Qaynatma tayyorlash uchun bir oshqoshiq to‘g‘ralgan ismaloq 200 gramm suvda o‘n daqiqa qaynatiladi va bir soat tindirib qo‘yiladi. Suzib olib, kuniga uch mahal yarim piyoladan ichib turish tavsiya etiladi.

Kislotaning zararli ta’siri

Ismaloqning qari barglarida shovul kislotasi ko‘p bo‘lgani uchun yangi barra barglarini ishlatgan ma’qul. Shu bois uni bolalarga ko‘p berish tavsiya qilinmaydi. Shuningdek, kislota buyrak, jigar, o‘n ikki barmoq ichak va o‘t qopi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mazkur a’zolarida xastaligi bor bemorlar ham uni iste’mol qilishda ehtiyot bo‘lishi zarur. Ismaloqni ko‘p saqlab bo‘lmaydi, aks holda tarkibida organizm uchun zararli tuzlar ko‘payib ketadi.

Ismaloqli salat tayyorlash

[caption id="attachment_10529" align="aligncenter" width="668"]ismaloq salat tayyorlash Foto: pinterest.com[/caption] Masalliqlar
  • sarimsoqpiyoz donasi - 1 dona;
  • kunjut - yog‘i 1 osh qoshiq;
  • ismaloq - 1 bog‘;
  • soya sousi - 1 osh qoshiq;
Tayyorlash usuli
  • Ismaloqni tozalab yuvamiz.
  • Qaynab turgan suvga soib 1 daqiqa qaynatamiz.
  • Qozondan olib oqib turgan sovuq suvga tutamiz.
  • So‘ng yaxshilab kaft bilan siqib idishga solamiz.
  • Soya sousi, kunjut yog‘i, chesnok solib aralashtiramiz.
  • Yuziga kunjut sepamiz. Ushbu salatni guruch bilan dasturxonga tortish mumkin. Yoki boshqa salatlarga qo‘shish, pitsa yuziga ishlatish mumkin.

© Od-press.uz Chak-chak.uz

ico
Insonga gormonlar ta’siri qanday yoxud bizni boshqaruvchi gormonlar
Hayotda turli vaziyatlarga tushib turamiz. Gohida kayfiyatimiz yaxshi bo‘lsa, ba’zan tushkunlik girdobida qolamiz, kimnidir yaxshi ko‘ramiz, kimlargadir mehr-muhabbat ulashamiz. Tong otsa uyqudan uyg‘onib, o‘zimizni tetik yoki holsiz his etamiz, ochlik, charchoq, uyqu, xullas, kunimiz ming turfa his-tuyg‘ular ichida o‘taveradi. Bizni qamrab olgan turli-tuman tuyg‘ularning sabablarini ba’zida bilsak, gohida ular boisini anglab yetmaymiz. garmonlar ahamiyati To‘g‘ri, jismoniy va psixologik holatimizga hayotdagi turli voqea-hodisalar bevosita ta’sir ko‘rsatib turadi. Ammo bu vaqtda paydo bo‘lgan tuyg‘ularni organizmimizda gormonlar boshqarishini bilasizmi? Quyida sizning har kunlik kayfiyatingiz, ichki holatingizni belgilab beruvchi asosiy gormonlar haqida ayrim ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Estrogen

Estrogen — asosan ayollar gormoni bo‘lib, tuxumdonlarda ishlab chiqariladi. Ular tomirlar elastikligini, terining tarangligini ta’minlaydi. Ayollar nazokati bevosita ushbu garmon miqdoriga bog‘liq. Shuningdek, asab tizimiga stress asoratlariga qarshi kurashishga ko‘maklashadi. Organizmda mazkur gormonning yetarlicha miqdorda ishlab chiqarilishi E (o‘simlik yog‘i, loviya), K (ismaloq, oshqovoq, yashil no‘xat, jigar, tuxum sarig‘i) vitaminlari hamda foliy kislotasi (petrushka, karam) me’yoriga chambarchas bog‘liq.

Testosteron

Testosteron (androgen) erkaklarning birinchi raqamli gormoni bo‘lib, kuch-g‘ayrat manbai hisoblanadi. Ushbu gormonning yetishmasligi erkaklarda nafaqat asabiylik va
jinsiy zaiflikni, balki boshqa bir qator muammolarni ham keltirib chiqaradi. Jumladan, organizmning umumiy tonusi tushib ketadi, xotira zaiflashadi, ishchanlik kayfiyati yo‘qoladi. Buning oldini olish uchun rux(sigir va qo‘y go‘shtlari, dengiz mahsulotlari, oshqovoq urug‘i) moddasi mvjud bo‘lgan mahsulotlarni tez-tez iste’mol qilib turish kerak. Shuningdek, erkaklar kuniga yarim litrdan ziyod pivo iste’mol qilish muntazam ravishda erkaklik gormonlarining kamayishiga olib kelishini unutmaslik, alkogol va tamaki mahsulotlaridan imkon qadar chetlanishlari lozim.

Oksitotsin

Oksitotsin — mehr va muhabbat gormoni. Buyrak usti bezlarida ishlab chiqariladi. Homilador ayollarda ushbu gormon farzandini dunyoga keltirayotgan vaqtda juda zarur. U bachadon qisqarishiga xizmat qiladi. Bola tug‘ilganidan keyin ham oksitotsin muhim rol o‘ynaydi. Shu bois u onalarning go‘dagiga berayotgan ona mehri, deb atash mumkin. Mazkur gormonning yetishmasligi g‘am-qayg‘uni (ba’zan mutlaqo besabab kayfiyat tushib ketadi) keltirib chiqaradi, xavotir darajasini oshirib yuboradi. Ushbu gormon shokolad, banan, avakado va selen moddasiga boy bo‘lgan kabachki (qovoqcha), selderey, patisson (kulchaqovoq) kabi mahsulotlarda ko‘p miqdorda uchraydi. Shuningdek, farzandi kulgan vaqtda ota‑ona qonida ko‘p miqdorda mazkur gormon ishlab chiqarila boshlar ekan.

Tiroksin

Yana bir muhim gormon hisoblangan tiroksin qad‑qomat go‘zalligi va aql‑idrokning shakllanishiga javobgar sanaladi. Qalqonsimon bezlarda ishlab chiqariluvchi ushbu gormon organizmda moddalar almashinuvi, harakatlar koordinatsiyasi va tana tuzilishini boshqarishda ishtirok etadi. Uning ortiqchasi mushaklar vaznining kamayishiga olib kelsa, yetishmovchiligi tana vaznining ortishi (semirish) hamda aqliy zaiflikka sabab bo‘lishi mumkin. Uning me’yori buzilganini uyqusizlik, yurak o‘ynog‘i yoki bezovtalikdan bilish mumkin. Aytish joizki, mazkur gormon organizmda yod moddasi me’yoriga chambarchas bog‘liq. Shu bois yodga boy bo‘lgan dengiz karami, dengiz mahsulotlari yoki yodlangan tuz, non va sut mahsulotlari iste’molini kanda qilmaslik tavsiya qilinadi.

Noradrenalin

Noradrenalin o‘z‑o‘zini himoya qilish gormoni bo‘lib, buyrak usti bezlarida ishlab chiqariladi. Stress holatida ushbu gormon butun organizmni “urush holati”ga tayyorlaydi. Bu vaqtda kuchsizlangan organizmni infeksiyalardan himoyalaydi, immunitet ishini muvofiqlashtiradi. Ushbu gormonning me’yorida ekanini yuzimizdagi sog‘lom qizillikdan bilish mumkin. Kunni yogurt iste’mol qilish bilan boshlagan kishilarda mazkur gormon me’yorida bo‘lishi kafolatlangan. Sababi, yogurt tarkibidagi tirozin aminokislotasi noradrenalin sintezi uchun xizmat qiladi. Shuningdek, ushbu gormonning ishlab chiqarilishida beta‑karotin (yangi sabzi) muhim rol o‘ynaydi.

Insulin

Insulin – shirinlik gormoni. Oshqozon osti bezida ishlab chiqariladi. Ayni shu gormon biz iste’mol qilgan shirinliklarni parchalab, organizmimiz uchun zarur bo‘lgan energiya, quvvatga aylantirib beradi. Insulinning noto‘g‘ri ishlab chiqarilishi qandli diabet hamda yurak qon‑tomir tizimi xastaliklarining rivojlanishiga olib keladi. Yomon uglevodlar (bulochka, pirojniylar) insulin almashinuvini yomonlashtirsa, yaxshi uglevodlar (yirik maydalangan undan tayyorlangan non, jigarrang shakar va sabzavotlar) me’yorini ta’minlaydi. Insulin – harakat gormoni hamdir. Bir soatlik fitnes mashg‘ulotlaridan so‘ng uning miqdori 6‑7 foizga ortishi isbotlangan.

Somatotropin

Somatotropin – jismoniy faollik gormoni. Bosh miyadagi gipofiz markazida ishlab chiqariladi. Mushaklar tonusi, ortiqcha yog‘larni yo‘qotish, tomirlar mustahkamligiga xizmat qiladi. Uning yetishmovchiligi natijasida mushaklar holsizlanadi, qo‘l terisi so‘lg‘inlashadi. Uning ishlab chiqarilishtda S vitamini, to‘yinmagan yog‘ kislotalari(seld, tunes, skumbriya, baliq yog‘i), proteinlar(mol, induk, tovuq go‘shtlari) va o‘simlik oqsillari(guruch, soya, qizil loviya) katta rol o‘ynagani bois, ularni muntazam ravishda iste’mol qilib yurish lozim.

Kortizol

Kortizol – stress gormoni. Ushbu gormon kishi xavfli vaziyatga tushganda yoki och qolganda ko‘p miqdorda ishlab chiqarila boshlaydi. Qonda kortizol miqdori baland bo‘lsa doimiy stress va xavotir kuzatilib, moddalar almashinuvi buziladi. Qizil ikra (uning tarkibidagi triptofan “baxt gormoni” – serotanin ishlab chiqarilishiga xizmat qiladi va stressni yo‘qotadi, xolesterol esa asab tizimini mustahkamlaydi), bodom (uning tarkibidagi Ye vitamini odamni tinchlantirib, stress gormoni darajasini tushiradi, ko‘p miqdordagi to‘yinmagan yog‘lar esa xolesterinni kamaytiradi), pista(qon bosimini tushiradi, ortiqcha adrenalinni me’yorlashtiradi, stressni yumshatadi, tetiklik va yaxshi kayfiyat baxsh etadi), loviya (undagi magniy moddasi mushaklarni bo‘shashtiradi, asablarni tinchlantiradi, kortizol miqdorini kamaytiradi), shuningdek, asal, romashka, yalpiz damlamalari, sut, shokolad va pishloq ham kortizol miqdori oshganda, ya’ni tushkunlik, stress, qo‘rquv va xavotir vaqtida koni foyda.

Dofamin

Dofamin — qoniqish (maqtanchoqlik) gormoni. Adrenalinga o‘xshash ushbu gormon insondagi qoniqish hissini boshqaradi. Masalan, mazali taom yegandi, biror o‘ziga xos holatga duch kelganda ushbu gormon natijasida kimgadir maqtangimiz keladi. Bugun ijtimoiy tarmoqlarda mazali taomlar, yangi buyum yoki joylar haqidagi xabar va fotosuratlarni joylashtirish domafin miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshmoqda. Musiqa eshitganda miyada mazkur gormon ko‘p miqdorda ishlab chiqarila boshlar ekan.

Vazopressin

Vazopressin – ishonch gormoni. Gipofizda ishlab chiqariladi. Molekulyar tuzilishi oksitotsinni eslatadi. Mazkur gormon yaqinlik (do‘stlik, mehribonlik), g‘amxo‘rlik va er‑xotin o‘rtasidagi o‘zaro ishonchning paydo bo‘lishiga ko‘maklashadi.

Melatonin

Melatonin – uyqu gormoni. “Yoshlik gormoni” deb ham nomlanadi. Inson miyasining markaziy qismidagi epifiz markazida (g‘uddasimon bez) ishlab chiqariladi. Yorug‘likka o‘ta ta’sirchan gormon. Uning sutkalik miqdorini inson biologik soati belgilaydi. Ya’ni, kunduz kuni melotonin miqdori kamayib, kech tushishi bilan orta boshlaydi. Uning ishlab chiqarilishi yarim tunda cho‘qqisiga yetadi. Bir oz eng ko‘p miqdori ushlab turiladi so‘ngra asta sekinlik bilan pasaya boradi. Melotonin ishlab chiqarilishi yorug‘lik darajasiga bevosita bog‘liq. Ya’ni, kech tushsa ham yorug‘lik kamaymasa, yetarli darajada ishlab chiqarilmasligi, natijada uyqusizlik kuzatilishi mumkin. Yetti yoshda melotonin eng ko‘p miqdorda ishlab chiqarilar ekan. So‘ngra asta‑sekinlik bilan kamayib boradi. 45 yoshda epifiz hajmi kichrayishni boshlaydi va uning hujayralari melotonin ishlab chiqarishni kamaytiradi. Shuning uchun ham 60 yoshga yetganda melotonin ishlab chiqarilishi 20 yoshdagiga qaraganda 50 foizga ham yetmaydi va shu sababli keksalar uyqusizlik bilan bog‘liq muammolarga duch kelishadi. Melotonin o‘ziga xos antioksidant hisoblanib, ba’zi kasalliklar, masalan, saratonning ayrim turlari(ko‘krak bezi saratoni)ga qarshi kurashda uning o‘rni beqiyos. Melotonin yetishmovchiligi ham ayrim xastaliklarning kuchayishiga olib kelishi mumkin. Zero, muxtaram o‘quvchilarimizga uyqusizlik qanchalik og‘ir asoratlarga olib kelishi yaxshigina ma’lum bo‘lsa kerak. Mazkur gormonning yana bir qiziqarli tomoni shundaki, u ovqat hazm qilish jarayonida ham ishtirok etadi. Shu sababdan me’yoridan ortiqcha ovqat iste’mol qilganimizda, ortiqcha taomni hazm qilish uchun ko‘proq melatonin ishlab chiqariladi va bizni uyqu bosadi.

Serotonin

Serotonin – «Baxt gormoni». Serosotin bosh miya neyromediatori bo‘lib, ko‘proq gormon deb ataladi. Bosh miya markazidagi g‘uddasimon bezda ishlab chiqariladi. Insonning psixologik va jismoniy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, ishtaha, kayfiyat, libido, ijtimoiy xulq-atvor, kognitiv fikrlashga ta’sir ko‘rsatadi. Serotonin miqdori aqliy salohiyat, organizmga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Uning miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi, deyiladi tibbiy maqolalarda. Serotonin miqdorini tabiiy usulda oshirgan ma’qul. Jumladan, oson hazm bo‘luvchi uglevodlarga boy maydalanmagan donlar, yasmiq, suli yormasi va loviya iste’molini kanda qilmaslik zarur. Ko‘p bosqichli tozalashdan o‘tkazilgan, nosog‘lom va ko‘p bor qayta ishlangan mahsulotlar (oq non, bulochki, konfet)dan tiyilishni ham unutmaslik lozim. Shuningdek, meva va sabzavotlardagi qimmatli uglevodlar, B2, B6 vitaminlari, Omega-3 yog‘ kislotalari (baliq), Quyosh nurlari ostida sayr qilish, mustahkam uyqu, jismoniy mashqlar ham uning miqdorini oshirish xususiyatiga ega. Har qanday sevimli mashg‘ulot (xobbi), yoqimli musiqa tinglash, suzish yoki velosiped haydash, yaqin inson va qadrdon do‘stlar suhbati ham nafaqat serotonin, balki dopamin va boshqa ko‘plab foydali gormonlarning ishlab chiqarilishiga olib keladi. Inson Yaratganning buyuk mo‘’jizasi. Tabiatda esa biz hali anglab yetmagan sir-sinoatlar serob. Biz yuqorida ayrim gormonlarning asosiy xususiyatlarini tilga olgan bo‘lsak ham, ularning vazifalari shular bilangina cheklanib qolmaydi.

© Tib.uz nashri

ico
Illyuziya – sezgilarning aldanishimi?
Illyuziya – bu sezgilarni aldanishi, ya’ni real mavjud bo‘lgan obyekt yoki hodisani yanglish his qilish va noto‘g‘ri talqin qilish hisoblanadi. Lotincha illusio – aldanish, adashish, xato so‘zidan olingan.

Illyuziyani ikki xil holatda hosil bo‘ladi:

  1. Sezgi a’zolarini faoliyati buzilmaydi – masalan optik illyuziyalar.
  2. Patologik, affektiv, va narkotik holatlar – masalan og‘riq, qo‘rquv yoki mast holatlarda.

Shunga ko‘ra illyuziyaning uchta turi farqlanadi:

  • Affektiv illyuziyalar – insonning emotsional holatlari, ko‘pincha qo‘rquv natijasida hosil bo‘ladi. Masalan, qorong‘u ko‘chadan yolg‘iz shoshilib ketayotib, burchakda turgan axlat idishini manyakka o‘xshatib yuborish.
  • Diqqat-e’tibor illyuziyalari – u diqqat e’tiborni ortishi yoki kamayishi bilan kechishi mumkin. Masalan, birovni kelishini kutayotganingizda diqqatingiz kuchayib har qanday shovqin qadam iziga o‘xshatilaveradi. Yoki diqqatni pasayib ketishiga misol: imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rayotgan charchagan student kitobning bir qatorini bir necha marotaba qaytarib o‘qiyverishi.
  • Pareydolik illyuziyalar – u tasavvuri (fantaziyasi) kuchli odamlarda kuzatiladi. Masalan, gilamdagi har xil naqshlar turli xil hayvonlarga yoki mahluqlarning yuzlariga o‘xshab ketishi.

Illyuziya va optik gallyutsinatsiyaning farqi nimada?

  1. Gallyutsinatsiyada odam aslida mavjud bo‘lmagan obektlarni bor qilib ko‘radi.
  2. Illyuziyada odam bor narsalarni adashtirib ko‘radi.
Sezgilaringiz aldanmasligiga ishonasizmi? Unda quyidagi suratlarga bir qarang, sezgilaringiz aldanmas ekanmi?!  :-) Chizilgan rasm harakatlanishini tassavur qilish mumkinmi? Rasm tebranishini sezdingizmi? Optik illyuziyalarni tasviriy san’at asarlarida ham ko‘rish mumkin: Xo‘sh, bu suratda ko‘zlaringiz nimalarni payqadi?! :-) Ajoyib-a!

Gepamed.uz / Illuzi.ru

ico
Insoniyat gepatit C ga davo topdi!
Bir necha yil avval surunkali gepatit C davosi yo‘q xastalik hisoblanar edi: mavjud dori vositalari hammaga ham yordam bermas, davo kursini o‘tishga qaror qilganlarning aksariyati esa salbiy asoratlar tufayli uni oxirigacha yetkaza olmas edi. Biroq oxirgi yillarda virusdan og‘riqsiz va ehtimol uch oy ichida qutulish imkonini beruvchi yangi vositalar paydo bo‘ldi. Shunga qaramasdan, ko‘pchilik odamlar gepatit C dan aziyat chekishda davom etmoqda: kimdir bu kasallikka chalinganidan bexabar, kimdir davolash kursi taxminan kichikroq shahardagi bir xonali uyning narxi bilan teng ekanligi uchun. Meduza nega gepatit C ni har bir kishi yodda tutishi va ushbu tashxis qo‘yilganda qanday yo‘l tutishi lozimligi haqida hikoya qiladi. gepatit c Gepatit C aniq statistikasi yo‘q jiddiy xastaliklardan biri hisoblanadi. Uni stomatologda yuqtirib olish mumkin, 20 yil davomida hech qanday asoratsiz xastalikni boshdan kechirish va faqat 40 yoshlarga kelganda kutilmaganda sirroz haqida xabar topish mumkin. Avval gepatit C haqida nimadir bilganlar uning hech bir kasallik belgisisiz sirroz va o‘limga olib kelishini hisobga olib, uni “xushmuomala qotil” deb atagan. Biroq 2013-yildan farmkompaniyalar 100 kishidan 90 nafariga virusdan xalos bo‘lish imkonini beruvchi dori chiqara boshladi. Bungacha faqat interferonlar yordamida davolanish mumkin bo‘lib, u keltirib chiqaradigan asoratlar tufayli inson hayotdan yarim-bir yilga uzilib qolar, bunday muolaja 40—80 foiz holatlardagina muvaffaqiyatli yakunlanar edi. Kimlar uchundir bunday davo muolajasini qabul qilish mumkin emasligi tufayli ular faqat jigarini kuzatib yurish va sirrozga chalinmaslikka umid qilish bilan kifoyalanar edi. Yangi dori vositasi Rossiyada allaqachon ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, bir kursi 900 ming rubl atrofida turadi.

“Men sportchiman, ichmayman, chekmayman”

Amerika profilaktika bo‘yicha ishchi guruhi (U.S. Preventive Services Task Force) gepatit C ni yuqtirib olish xavfi mavjud bo‘lgan barchani unga tekshirishni tavsiya qiladi. “2013-yilda aksiya o‘tkazdik: biz barcha istovchilarga tekin tekshirish o‘tkazdik. Bir yildan so‘ng bu tajribani takrorlashga qaror qildik. Laboratoriya xodimlaridan birining hikoya qilishicha, bir homilador qiz yigiti bilan analiz topshirish uchun kelgan. Yigitga ham gepatitga tekin tekshirishdan o‘tish taklif etilganda, u ‘Men sportchiman, ichmayman, chekmayman’, deb tekshirishdan o‘tishdan bosh tortgan. Biroq uni ko‘ndirishganda, unda gepatit C aniqlangan va u virusni qayerdan yuqtirib olganligi haqida hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmagan”, — deya hikoya qiladi “Gepatitga qarshi birga” tashkiloti vakili Nikita Kovalenko. Britaniya Sog‘liqni saqlash milliy xizmati qulog‘ini teshtirgan, pirsing yoki tatuirovka qildirgan, sterillanmagan asboblar bilan akupunktura yoki elektroepilyatsiya jarayonidan o‘tgan barchaga gepatit C ga tekshirishdan o‘tishni tavsiya qiladi. Asboblarning sterillangan-sterillanmaganligini esa tekshirib ko‘rishning deyarli imkoni yo‘q. Biroq qoidalarga amal qilinganligini taxmin qilish mumkin bo‘lgan ikkilamchi belgilar mavjud. “Asboblar avtoklavdan olinishi lozim. Pergament qog‘ozchasi yoki paketchasi bir martadan ortiq qo‘llanuvchi tibbiy materialga to‘g‘ri ishlov berilgandan keyin foydalaniladigan maxsus o‘ramdir”, — deya aniqlik kiritadi gepatolog Marina Mayevskaya. O‘ram sizning ko‘z o‘ngingizda ochilishi kerak. Agar mutaxassis asboblarni shunchaki spirt bilan artayotgan bo‘lsa, buni ishlov berish deb atash mumkin emas. Agar manikyur mijozning uyida qilinayotgan bo‘lsa, mijozning shaxsiy asboblaridan foydalanilishi lozim. Kasallikni yuqtirib olish va mazkur tashxisni qo‘yish o‘rtasida uzoq vaqt o‘tib ketishi tufayli uni qayerda yuqtirib olganlikni aniqlash va virus o‘chog‘iga qarshi nimadir qilish deyarli imkonsiz. Gepatit C jinsiy aloqa davomida ham o‘tishi mumkin, biroq buning ehtimoli juda past bo‘lganligi tufayli Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ushbu infeksiyani jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarga kiritmaydi ham.

Gepatit C uchun millionga teng dori vositasi

Insoniyat vaksinatsiyasiz xalos bo‘ladigan birinchi infeksion xastalik gepatit C bo‘lishi mumkin. 1990-yillardan buyon gepatit C interferon inyeksiyalari yordamida davolab kelingan. Biroq u keltirib chiqaradigan noxush asoratlar tufayli ko‘pchilik davo muolajasini to‘xtatib qo‘yar edi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri virusga qarshi kurashuvchi dori vositalari bunday noxush holatlarni yuzaga keltirmaydi — kishi davolanish chog‘ida ham ish qobiliyatini yo‘qotmaydi. Sotuvda bor dori vositalarining qiymati tufayli ko‘pchilik bemorlar ularni xarid qila olmaydi. Misol uchun, AQShda gepatit C ga qarshi yangi dorining 12 haftalik kursi 94,5 ming dollar turadi. gepatit c Gepatit C aniqlangan bemorlarni tibbiy xodimlar ma’nosiz ravishda huquqlarini cheklaydi. Ko‘pincha tibbiy xodimlardan, ayniqsa, stomatologlardan virusni yuqtirib olmaslik uchun bunday mijozlarni qabul qilmaslikka harakat qilishi haqida eshitish mumkin. Biroq bunday bemorlarga yorliq yopishtirishga ruxsat beruvchi hech qanday normativ hujjat yo‘q. Har qanday tibbiyot xodimi bemor bilan ishlay turib, o‘zi virusni yuqtirib olmaslik va boshqalar uchun infeksiya manbasiga aylanmaslik uchun sanitariya-epidemiya rejimiga qat’iy amal qilishi lozim. Mijoz tashqi tomondan qanchalik sog‘lom ko‘rinmasin, shifokor u bilan kasallikka chalingan bemor bilan ishlagan kabi ishlashi lozim. Axir, haqiqatan ham, gepatit C ga chalinganidan bexabar millionlab kishilar mavjud.

© Daryo.uz

Сохранить
ico
Immunitet pasayishi belgilari va bartaraf qilish chorasi
Immunitet kuchli bo‘lsa, u bizni turli xastaliklardan himoyalaydi. Lekin ba’zan atrof-muhit ifloslanishi, doimiy stress holatida yurish, yetarli darajada meva-sabzavot, sut-qatiq, go‘sht kabi mahsulotlarni iste’mol qilmaslik, uyimizdagi elektr jihozlar (televizor, kompyuter, mikroto‘lqinli pech) taratayotgan zararli to‘lqinlar va shu kabi yuzlab omillar immun tizimi ishining kuchsizlanishiga olib keladi.

Immunitet pasayishi alomatlari

Quyidagi holatlar immunitet pasayganidan darak beradi:
Immunitetingiz qay darajada ekanini sizdagi shamollash kasalligining davom etish muddati yoxud biror joyingiz shilingandan keyingi jarohatning bitishiga qarab aniqlash mumkin. Jarohat tez bitsa, tumov tez chekinsa, demak, organizmingizda immunitet darajasi yuqori. Xastalik asoratli kechib, jarohat sekin bitsa-chi? Unda immunitetingizni ko‘tarish uchun darhol harakat qilishingiz darkor. Chunki immun tizimi ishidagi nosozlik organizmning kasalliklarga bo‘lgan moyilligini oshiradi.

Immunitetni oshirish choralarini ko‘ring

Shunday vaqtda immunitetni ko‘tarish choralarini ko‘ring. Har kuni nahorga 1-2 dona qizil sabzi, 2 dona apelsin yoki olma, tushlik paytida yarim bog‘ selderey yoki kashnich, salat bargi, yotishdan oldin 1 piyola qatiq iste’mol qiling. Petrushka, selderey, shivit, salat bargi tanaga quvvat beruvchi, yuqumli kasalliklardan saqlovchi ta’sirga ega. Oshqozon-ichak, jigar, o‘t pufagi sohasidagi muammolarda oddiygina na’matak, do‘lana, shotut mevalari yordamga keladi. Ular vitaminlarga nihoyatda boy. Odamgiyoh (jenshen), zubturum, gazanda o‘t, dala qirqbo‘g‘ini, arslonquyruq, dastorbosh, behi bargi, tog‘jambil, shivit va zig‘ir urug‘i, bo‘yimodaron kabi o‘simliklar immunitetni oshiruvchi ta’sirga ega. Ular damlanib, kuniga ikki mahal nahorga va yotishdan oldin ichiladi. Damlama quyidagi usulda tayyorlanadi: 1 oshqoshiq o‘tni choynakka solib, ustidan qaynoq suv quyasiz. 5-10 daqiqadan keyin uni ichish mumkin. Immunitetni ko‘tarishda hamda asab tizimini mustahkamlashda asalga teng keladigani yo‘q. Yotishdan oldin 1 oshqoshiq asal yeb, orqasidan, albatta, qaynatilgan iliq suv ichiladi. Yoki sedanani yanchib, asalga aralashtiriladi va har kuni nahorga no‘xatday miqdordagisi iste’mol qilinadi. Tarkibida A va C vitamini bo‘lgan mahsulotlar immunitetni ko‘tarish xususiyatiga ega, uni bolalar va kattalar ko‘p iste’mol qilishlari lozim. A vitaminining organizmdagi asosiy vazifasi immun tizimini boshqarish va ko‘rish qobiliyatini me’yorlashtirishdan iborat. Asosan baliq mahsulotlari A vitamini bilan to‘yingan bo‘lib, uning bolalar organizmi uchun o‘rni beqiyosdir. Tuxum, jigar va sut mahsulotlarida ham A vitamini mavjud. C vitamini organizmdagi mikroblarga qiron keltiradi hamda immunitetni nazorat qiladi. Gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiyalar yuqqanida C vitaminiga boy mahsulotlardan iste’mol qilish, ularning tezda bartaraf etilishiga olib keladi. Na’matak tarkibida C vitamini bor mahsulotlar ichida tengsizi hisoblanadi. Na’matak damlamasini tayyorlash uchun uni yuvib, 10-15 donasini 500 ml suvda o‘n daqiqa qaynatiladi va yopiq idishda 5 daqiqa damlanadi. Xohishga qarab 1 oshqoshiq asal qo‘shib ichsangiz ham bo‘ladi. Unutmang, har qanday vitaminli mahsulotlar alohida iste’mol qilinsagina tanaga to‘liq singadi. Shu sababli damlamani ovqatlanishdan 2 soat vaqt o‘tgach boshqa mahsulotlarni aralashtirmasdan ichish tavsiya etiladi.

© Zaynab VALIYEVA, shifokor. "Sihat-salomatlik" jurnali.

ico
Ipoxondriya – qanday kasallik?
Ipoxondriya – bu nevrozning eng injiq turi bo‘lib, bunday shaxslar juda ezma, tez va doimo hafa bo‘lib yuradigan, o‘ziga ham, doktorlarga ham, yaqinlariga ham ishonmaydigan va miyasini be’mani fikrlar chulg‘ab olgan odamlardir. Ular men hech qachon tuzalmayman deb o‘ylashadi, olgan davolash muolajalaridan norozi bo‘lib yurishadi, qandaydir antiqa davolash usullarini izlashadi va ularni o‘zida sinab ham ko‘rishadi. Doimiy qo‘rquv (xuddi yurak to‘xtab qoladigandek), og‘ir kasallikni o‘zida izlash, o‘lib qolish kabi xayollar ularning doimiy hamroxidir. Ipoxondriyaga chalingan bemorning xayol surmagan kuni yo‘q:  u kechasi xayol bilan uxlaydi, ertalab ham xayollar bilan uyg‘onadi. Hamma gap shundaki, bu xayollar faqat o‘zining dardi yoki kimdandir hafa bo‘lgani bilan bog‘liq. Agar uning qaysidir a’zosida kasallik belgilari aniqlansa, uni hadeb o‘ylayveradi, davolash natijasida bu kasallik o‘tib ketgan bo‘lsa ham qayta-qayta tekshiruvlardan o‘taveradi. Bunday shaxslar vrach qo‘ygan tashxisga va tekshiruv natijalariga gumon bilan qarashadi. Ular tuzalguncha, o‘zlarining yaqinlarini kasal qilib qo‘yishadi. Ayniqsa, bunday shaxslarning yaqinlari, farzandlari undan ko‘p aziyat chekishadi. Ular yaqinlariga “Meni yaxshi doktorlarga ko‘rsatmayapsizlar, dardimni hech kim topa olmayapti, meni Toshkentga olib borib davolatinglar” kabi shikoyatlar bilan arz qilib yurishadi. Ipoxondriyaga, ko‘pincha, ayollar moyil bo‘lishadi.  Agarda erkaklar ipoxondriyaga chalinsa, ularning xarakteri ayolsifat bo‘lib qoladi. Bu dunyoda ipoxondriyaga qarshi dori ham ishlab chiqilmagan. Chunki ipoxondriya kasallik emas, balki hulq-atvorning yomon bir ko‘rinishidir. Agar bu satrlarni o‘qiyotgan odamda haqiqatan ham ipoxondriya bo‘lsa, ushbu satrlarning o‘ziyoq uni bu qiynoqdan xolos etishi tabiiy. Chunki ipoxondriyaga chalingan odam o‘zida bo‘layotgan holatning sir-asroridan voqif bo‘lsa, u albatta tuzalib ketadi.
Kitobning boshqa qismlari bilan saytimizning «Asab va ruhiyat» bo‘limida tanishishingiz mumkin.

© Zarifboy Ibodullayev, nevropatolog. Professor. "Asab va ruhiyat" kitobi. Asab.uz

 

Ushbu maqolalarni ham o‘qing:
ico
Isteriya – nevrozning bir turimi?
«Isteriya» so‘zi – yunoncha «histeria» so‘zidan olingan bo‘lib, bachadon degan ma’noni anglatadi. Bu kasallik belgilari haqida qadimgi risolalarda ko‘p yozilgan va isteriyani avvallari bachadon funksiyasi bilan bog‘lashgan. Chunki uni, asosan, ayollarda kuzatishgan. Keyinchalik isterik buzilishlar erkaklarda ham aniqlangan bo‘lsa-da, uning avvalgi nomi saqlanib qolgan. Isteriya nevrozning boshqa turlari kabi keng tarqalgan kasallikdir. Isterik nevroz, asosan, yoshlik davrida, ko‘proq ayollarda kuzatiladi. Ayni paytda uning kelib chiqishida xulq-atvorning bolalikdan isterik tarzda shakllanishi katta ahamiyat kasb etadi.

Isteriya qanday namoyon bo‘ladi?

Ortiqcha ta’sirlanish, har narsaga haddan tashqari e’tibor berish, mustaqil fikrlay olmaslik, ortiqcha ishonuvchanlik, rang-barang his-tuyg‘ularga berilish isteriya uchun juda xos belgilardir. Ular ruhan va jismonan zaif kishilar hisoblanadi. Ko‘pchilik isterik bemorlar fe’l-atvori xuddi bolalar fe’l-atvoriga o‘xshab ketadi. Bunday bemorlar uchun atrofdagilar diqqatini o‘ziga jalb etish xosdir. Isterik buzilishlar faqat nevrozlarda emas, balki psixopatiyalarda ham kuzatiladi. Isterik nevroz simptomlari aksariyat hollarda xilma-xil kasalliklar alomatlarini eslatadi. Shu bois ham isteriyani «katta mug‘ombir» deb atashadi. Isteriyada barcha ichki a’zolar kasalliklarini eslatuvchi belgilarini kuzatish mumkin. Aslida ularda ichki a’zolar kasalliklari aniqlanmaydi.

Puerilizm

Puerilizm – bolalar xatti-harakatini eslatuvchi holat bo‘lib, katta yoshdagilarda kuzatiladi. Bolalarga xos bo‘lgan qiliqlar, boladek ingichka tovush chiqarib gapirish, ko‘zlarni katta-katta qilib ochish, kipriklarni pirpiratish, birov gapirganda, og‘zini ochib turish puerilizm uchun juda xosdir. Bemor shu qilig‘i bilan boshqalarning diqqatini o‘ziga jalb qiladi.

Isteriklarda ham tutqanoq xuruji kuzatiladimi?

Isterik tutqanoq xuruji ham keng tarqalgan belgilardan biridir. Isteriyada kuzatiluvchi tutqanoqlar har xil bo‘ladi va ularning epilepsiyada kuzatiladigan haqiqiy tutqanoqlardan farq qiladigan tomoni ko‘p. Isterik tutqanoq hech qachon bemor yolg‘iz qolganda ro‘y bermaydi, chunki unga doim tomoshabinlar kerak bo‘ladi. Talvasa tutganda, bemor birdan yerga yiqilib, mushaklari tortishadi va talpina boshlaydi, lekin boshi bilan qattiq narsalarga urilmaydi. Bemor “tutqanoq xuruji” paytida o‘ziga qulay joy topib, biror joyiga qattiq shikast yetkazmasdan yiqiladi. Xuruj paytida yoy singari egiladi – bunga isterik yoy deb ataladi. Bunday fe’l-atvor ko‘pgina injiq va erka bolalarga xosdir. Masalan, onasi yangi o‘yinchoq olib bermaganda, bola do‘konda yerga yiqilib, qo‘l va oyoqlarini yerga uradi, goho boshini ham yerga urib qattiq chinqirab yig‘laydi. Qo‘rqib ketgan ona bolasi so‘ragan o‘yinchoqni olib bersa, bola shu zahoti tinchlanadi. Bu odat keyinchalik voyaga yetgan yoshda ham namoyon bo‘lishi mumkin. Isteriyada shuningdek soxta falajliklar, sezgi buzilishlari, giperkinezlar, tananing qaqshab og‘rishlari kabi belgilar ham kuzatiladi.

Davolash qanday olib borilishi kerak?

Isterik bemorlarni davolashni o‘ta qisqa muddat ichida olib borish lozim. Davolash muolajalari qancha ko‘p cho‘zilsa, ijobiy natijaga erishish shuncha qiyin bo‘ladi. Bemor to‘la tuzalgandan so‘ng ham oilaviy va boshqa mojarolar oqibatida kasallik belgilari yana namoyon bo‘lib doktor qabuliga kelib qolishi mumkin. Isterik bemorlar vrach va tabiblarga eng ko‘p qatnaydigan bemorlar sirasiga kiradi. Tuzalib ketgandan so‘ng ham biroz vaqt o‘tgach ularda «
Vrach yo‘qligi sindromi» rivojlanib yana o‘zi davolagan vrach qabuliga kelib qolishi mumkin. Bunday hollarda bemorga qo‘llangan avvalgi davolash usulini o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Agar Sizda muvaffaqiyatli davolanib, rahmatlar aytib ketgan bemorni bir-necha oydan so‘ng boshqa bir vrachning qabulida ko‘rib qolsangiz, aslo hafa bo‘lmaslik kerak. Chunki isterik bemorlar vrachlarni o‘zgartirib turishni xush ko‘rishadi.
Kitobning boshqa qismlari bilan saytimizning «Asab va ruhiyat» bo‘limida tanishishingiz mumkin.

© Zarifboy Ibodullayev, nevropatolog. Professor. "Asab va ruhiyat" kitobi. Asab.uz

ico
Immunitetingizni ko‘taring!
Sog‘-salomat hayot kechirib, uzoq umr ko‘rish uchun to‘g‘ri ovqatlanishning ahamiyati beqiyos. Negaki ovqat oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, vitamin hamda mineral moddalarning tabiiy manbai hisoblanadi, oqsillar organizm hujayralari va to‘qimalari yangilanishida zarur bo‘lsa, yog‘ va uglevodlar organizmni quvvat bilan ta’minlaydi. Vitamin va mineral moddalar tananing himoya kuchini oshiradi. Shunday ekan, ovqatlanishda vitaminga boy hamda mineral moddalarga serob mahsulotlarni yetarlicha iste’mol qilish lozim. Bunday mahsulotlar kishi immunitetini ko‘taradi. Ma’lumki, shamollash, o‘tkir respirator virusli infeksiyalar va grippdan saqlanishda immunitet muhim rol o‘ynaydi. Immunitetni mavsumga shay holda tutib turish uchun organizmni chiniqtirish, jismoniy faol bo‘lish, toza havoda sayr qilish va to‘g‘ri ovqatlanish talab etiladi. Ayrim oziq-ovqat mahsulotlari ham immunitetni kuchaytirish xususiyatiga ega. Sarimsoq viruslar va zararli bakteriyalar ko‘payishining oldini oladi. Shifokorlar har kuni hech bo‘lmaganda bir bo‘lak yangi sarimsoqni iste’mol qilishni maslahat beradilar. Uni mayda to‘g‘rab tayyor ovqatga yoki salatlarga qo‘shish ham mumkin. Xonadonda likopchalarga kesilgan sarimsoqdan qo‘yib chiqilsa, xuddi ingalyatsiya kabi ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa bog‘cha yoki boshlang‘ich sinflarga boradigan bolalar ko‘p shamollashadi. Bunday hollarda yangi sarimsoq bo‘lagini ipdan o‘tkazib bolaning bo‘yniga osib qo‘yilsa u kamroq kasal bo‘ladi. Go‘sht immunitetni kuchaytirishda meva-sabzavotlardan aslo qolishmaydi. Chunki organizm meyorda ishlashi uchun unga oqsil kerak. Go‘sht tarkibidagi temir mikrounsuri esa nafaqat anemiya rivojlanishining, balki turli kasalliklarning oldini oladi. Go‘sht tarkibida temir olma va anordagidan ham ko‘p. Shu sababli, kuniga 100 gramm mol go‘shti iste’mol qilish immunitetingizni temirdek mustahkam qiladi. Baliqning forel, losos, tunes turlari immun tizimini mustahkamlash xususiyatiga ega omega-3 yog‘ kislotalari va rux mikrounsuriga juda boy. Bu foydali moddalar boshqa baliq turlarida ham bor. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, rux shamollash rinoviruslar ko‘payishining oldini oladi va davolanish jarayonini tezlashtiradi. Kalmar va dengiz karami ham ruxga boy mahsulotlardir. Limon, apelsin, mandarin singari sitrus mevalar bakteritsid va viruslarga qarshi ta’sirga ega bo‘lib, ularning tarkibida ko‘p miqdorda C vitamini, beta-karotin va efir moylari bor. Rezavor mevalar, masalan qizil va qora smorodina organizmning barcha himoya kuchlarini faollashtiradi. Maymunjon immun va asab tizimini mustahkamlaydi. Malina yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, reza mevalardan tayyorlangan murabbo va qiyomlar ularning foydali xususiyatlarini saqlab qoladi. Shu sababli, kuz va qish fasllarida ham bu reza mevalardan shu yo‘l bilan bahramand bo‘lish mumkin. Reza mevalarga shakar o‘rniga asal qo‘shib iste’mol qilish yanada foydali. Na’matak immunitetni ko‘taruvchi mahsulotlar orasida yuqori o‘rinni egallaydi. Na’matak damlamasini tayyorlash juda oson: mevalarni termosga solib, ustidan qaynoq suv quyib, bir kechaga damlab qo‘ying. Ertalabga damlama tayyor bo‘ladi. Na’matak mevasi C vitaminining koni bo‘lganligi sababli, uning damlamasi ham shamollashning oldini olishda ham O‘RVI va grippni davolashda asqotadi. Kasallikdan keyingi holsizlik va parishonxotirlikdan ham xalos qiladi. Brokkoli karamini hozirgi kunda bozor rastalaridan qiyinchiliksiz topish mumkin. U immun tizimi ishini kuchli rag‘batlantirish xususiyatiga egaligi bilan ajralib turadi. Bu o‘simlik tarkibida ko‘p miqdorda rux, selen, A, C, D vitaminlari borligi tufayli, u nafaqat shamollash kasalliklari, balki jiddiyroq dardlarga qarshi kurashishda ham yordam beradi. Onkologik kasalliklarning oldini olish uchun brokkoli karamidan iste’mol qilish tavsiya etiladi. Bryussel karami va gulkaram ham xuddi brokkoli karam singari shifobaxsh xususiyatlarni o‘zida jam qilgan. Yong‘oqlar aminokislotalar, yog‘ kislotalari va B guruhi vitaminlariga boy. Qovurilmagan bodom ayniqsa foydali. Bodom tarkibidagi E vitamini, selen va magniy mikrounsurlari respirator kasalliklarining oldini oladi. Rangli sabzavotlar hisoblangan sabzi, bulg‘or qalampiri, oshqovoq, pomidor, lavlagi immunitet ishini rag‘batlantiradi va ichak mikroflorasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘p miqdorda oziq tolalar saqlashi tufayli sabzavotlar organizmning umumiy ahvolini yaxshilaydi.

© Nigora TURSUNOVA, umumiy amaliyot shifokori, "Sihat-salomatlik" gazetasidan.