4.3
(62)

Quyidagi turlari ishlatiladi:

  1. Begger na’matagi
  2. Itburun na’matak
  3. Fedchenko na’matak
  4. Qo‘qon namatak.

O‘simlik tasviri.

Ra’nodoshlarga mansub, bo‘yi 1.5-3 metr, ba’zan 6 metrgacha yetadi. Tikanli buta. Poyasi egiluvchan, tikanli va yaltiroq, qo‘ng‘ir yashil rangli. Barglari toq patsimon murakkab, ketma-ket o‘rnashgan. Gultojisi oq, qizil, pushti, to‘q-qizil va sariq bo‘lishi mumkin. Mevasi qizil va soxta mevadir. Mevasi kuz oxirida pishadi.

Qo‘llaniladigan qismi.

Mevasi va ildizi. Mevasi kech kuzgacha yeg‘iladi. Sovuq urgan meva tarkibida C vitamin kamayib ketadi. Mevalar quyoshda yoki pechlarda quritiladi.

Namatak

Na’matak — bebaho ne’mat

Kimyoviy tarkibi va ishlatilishi.

Na’matak mevasi tarkibida juda ko‘p miqdorda C vitamin mavjud (18% gacha boradi). P, K, B guruhi vitaminlari va flavanoidlar, organik kislotalar, qand, pektin, oshlovchi moddalar, likopin, tuzlardan kaliy, temir, marganes, fosfor, kalsiy, magniy tuzlari bor.

Meva urug‘ida E vitamini va moylar bor.

Na’matak mevalari ko‘pincha avitaminoz kasalliklarida qo‘llaniladi. Urug‘dan olingan moyi va mevasining yumshoq qismidan tayyorlangan moyli ekstrakti «karatolin» kuyganni, tropik yaralarni ekzema, teri kasalliklarini, rentgendan kuygan joylar, yarali kolit va boshqa kasalliklarda ishlatiladi.

Na’matak turlarining ba’zi turlaridan vitaminli kosentlar, sharbat tayyorlanadi, C vitamini olinadi, quruq mevasidan tabletka va habdori tayyorlanadi. Askorbin kilota ko‘p kompleks dorilar tarkibiga kiradi.

Mevasidan tayyorlanadigan xolosas preparati jigar kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Xalq tabobatida damlama va qaynatmalaridan me’da-ichak kasalliklari, bachadondan qon oqishini to‘xtatuvchi, isitma tushiruvchi, o‘t va siydik haydovchi sifatida ishlatiladi. Bu damlama bilan milk shamollashi va qon oqishida chayiladi.

Ma’matak mevasi odamni quvvatlantirish, modda almashinuvini yaxshilash, urug‘lari esa buyrak va siydik yo‘llari kasalliklarida haydovchi sifatida ishlatiladi. A. D Turovaning ma’lumoticha na’matak preparatlari inson organizmida xavfli bo‘lgan yurak toj tomirlari arterosklerozida xolesterin miqdorini kamaytirishi haqida ma’lumot bergan.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Prostata bezi adenomasi

Dori tayyorlash va ishlatish.

  • Og‘zi yopiladigan idishdga 2 stakan suv quyiladi va ustiga 1 osh qoshiq maydalangan (danagidan xolos etilgan) mevadan solib, 10 minut davomida qaynatiladi. So‘ngra 1 sutka davomida qo‘yiladi. Qaynatma dokada suzib, unga shakar qoshib shira beriladi. Qaynatmadan kuniga 3 mahal ovqatdan oldin yarim stakandan ichiladi.
  • Pishib yetilgan mevadan 2 osh qoshiq olib, 2 stakan qaynagan suvga 10 minut past olovda qaynatiladi. Keyin olib 1 soat sovutiladi. Dokadan suzib olib kuniga 3-4 mahal yarim stakandan ichiladi.
  • Na’matak suvli ekstrakti. Xolosas”ni dorixonadan olib, bolalarga choy qoshiqda, kattalarga osh qoshiqda kuniga 3 mahal beriladi.

© Hadya.uz