5
(1)

Qishda organizm bizga vitaminlar yetishmayotgani haqida tez-tez bildirib turadi. Ularni to‘g‘ri tushunishni bilamizmi?|

Quyida bizga nimadir yetishmayotganini bildiruvchi asosiy belgilarni ko‘rib chiqamiz.

A vitamini

Teri va ko‘zlar quriydi, sochlar jilosini yo‘qotadi, terida husnbuzar toshmasi paydo bo‘ladi, diareyadan aziyat chekasiz – bularning barchasi A vitamini tanqisligidan dalolat beradi. Ratsionga sabzi, qovoq, tunets balig‘ining go‘shti, shirin kartoshka qo‘shing, bu bilan bir vaqtning o‘zida immun tizimini ham mustahkamlab olasiz.

C vitamini

Bu holatda asosiy belgilar: depressiya, milklarning qonashi, burun qonashi, yuqori qon bosimi, yaralarning juda sekin bitishi. Dadillik bilan apelsinlarni iste’mol qiling, ular yurak kasalliklari va astmaning oldini olishga juda yaxshi xizmat qiladi. Shu o‘rinda C vitamini nafaqat sitrus mevalarida borligini aytish joiz. Na’matak damlamasini iching, pomidor, karam va ko‘k piyozdan salat tayyorlab iste’mol qiling.

D vitamini

Agar oxirgi paytlarda tez-tez grippga chalinayotganingizni sezsangiz va bo‘g‘imlarda bemadorlikni his qilsangiz, zudlik bilan ratsioningizga bodom, yog‘li baliq, dengiz mahsulotlarini qo‘shing. Nonushta va kechki ovqatga tvorog iste’mol qiling, salatga esa albatta ko‘katlardan soling, D vitamini ayniqsa petrushkada ko‘p.

Kalsiy

Sinuvchan tirnoqlar, toliqish, tez-tez tomir tortishishlari organizmda kalsiy yetishmovchiligi borligidan dalolat beradi. Yechim – sut iching, yogurt, pishloq, bodom va losos balig‘ining go‘shtini iste’mol qiling. Shuningdek kalsiy dukakklilarda ham ko‘p: loviyali va no‘xatli sho‘rvalar tayyorlang. Tushlikka albatta yashil sabzavotlar – piyoz, karam va selderey qo‘shilgan salatlarni iste’mol qiling.

Protein

Agar sochlaringiz noziklashib, sinuvchan bo‘lib qolgan yoki to‘kila boshlasa, mushaklaringiz muntazam ravishda og‘risa, o‘zingiz tez-tez kasallansangiz va holsizlikni his qilsangiz, demak sizda protein moddasi yetishmovchiligi bor. U nafaqat go‘shtda, balki dukkaklilar, yong‘oq, tovuq go‘shti va yormalarda ham yetarlicha ko‘p.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Tok oshi - vitaminlar manbasi

Kletchatka

Ichakning yaxshi ishlamasligi va doimiy ochlik hissi organizmda kletchatka tanqisligidan dalolat beradi. Bu holda ratsioningizga loviya, brokkoli, oq guruch va sabzi qo‘shing. Yoz mavsumida malina, qulupnay, shaftoli hamda olmani po‘sti bilan iste’mol qiling. Yilning sovuq davrida tanaffus paytida quruq mevalar – bodom, anjir, mayiz, xurmo va yeryong‘oq tanovul qiling.

Temir

Yuzning rangparligi, tez-tez bosh og‘rishi va bosh aylanishi, nafas olishning qiyinlashishi va tez-tez et uvushishi organizmda temir moddasi yetishmovchiligidan dalolat beradi. Temir moddasi qon aylanishi uchun javob beradi, shu bois u juda muhim mineral hisoblanadi. Ko‘proq ismaloq, baliq, yong‘oq va urug‘larni iste’mol qiling, shunda anemiya paydo bo‘lishi xavfi bir necha baravarga kamayadi. Sintetik vitaminlarni iste’mol qilmasdan, meva-sabzavotlar hamda boshoqlilardan foydalangan holda ham qishki avitaminozning oldini olish mumkin. Bunda sizga vitaminli smuzilarning retseptlari yordam beradi.

 

Quyidagi maqolani o‘qishingizni tavsiya etamiz: Na’matak — bebaho ne’mat