"M" Harf bo'yicha qidirish

MAQOLALAR

ico
Miokard infarkti kasalligi

Miokard infarkti - butun dunyoda yurak qon-tomir kasalliklaridan, o‘limga olib keluvchi eng asosiy kasalliklardan biri sanaladi. Bu dardlardan har yili minglab insonlar olamdan ko‘z yumayapti.

Yurak odam vujudining nihoyatda murakkab a’zosi sanaladi. Yurak-qon kasalliklari keyingi 20-25 yil ichida ancha ko‘paydi va shifokorlarni tashvishga solmoqda. Kasallik inson o‘z salomatligiga e’tiborsiz bo‘lsa, dard avj olib bezovtalik kuchayib ketsa-da, shifokor huzuriga bormasa, o‘z salomatligiga xavf solib qo‘yishi aniq. Yurak-qon kasalliklari orasida miokard infarkti to‘satdan ro‘y beradigan eng og‘ir va xavfli kasallik hisoblanadi. Qon aylanishi buzilishi natijasida yurak mushagining bir yoki bir qancha qismi nobud bo‘lib, yurak faoliyati izdan chiqadi.

Miokard infarktning asosiy belgilari

Miokard infarktining asosiy belgilari - ko‘krak qafasining markazi (to‘sh orqasi) g‘ijimlab, achishib og‘riydi. Yurak bezovta bo‘lganida, ikkala qo‘lga, yuqoriga, orqaga, oyoqlarga, pastki jag‘ sohasiga tarqalib havo yetishmay qoladi. Og‘riq bir necha soat, ba’zan bir necha sutka davom etadi va bemor bo‘shashadi, muzdek ter bosadi, hatto o‘lim vahimasi boshlanadi, ozgina yursa, zinadan ko‘tarilsa hansirab qoladi. Miokard infarkti ko‘pincha yurak ishemik kasalligining zo‘rayishi davrida yuz beradi, bunda stenokardiya xurujlari kuchayib, tez-tez takrorlanib turishi kuzatiladi.

Miokard infarkti nihoyatda ehtiyotkorlik va qunt bilan davolanishi zarur bo‘lgan og‘ir kasallik turi hisoblanadi. Bemorni, albatta, kasalxonaga yotqizish kerak. Agar bemor uyda davolanayotgan bo‘lsa, doimiy shifokor nazorati ostida davolash tavsiya etiladi. Bemorning yaqinlari bu paytda bemorni toliqtirib qo‘ymasliklari zarur bo‘ladi. Bemor kasalxonadan chiqqandan keyin shifokor nazorati ostida davolanishni davom ettirib, kundalik tartibi qat’iy belgilanadi. Uyqu 7 soatdan kam bo‘lmasligi zarur. Yarim soatdan boshlangan toza havoda sayr qilish muddati asta-sekin ikki soatgacha uzaytirilib, keskin harakat qilish, sovuq havoda tez yurish xurujning qaytalanishiga olib kelishi mumkin.

Stenokardiya nima?

Stenokardiya ishemik kasalliklarning yengil xili bo‘lib, «ko‘krak qisilishi» ma’nosini bildiradi. Chap tomon ko‘krak ustida og‘riq, achishish alomatlari paydo bo‘ladi. Siz aytgandek, agarda xuruj inson asabiylashmagan, tinch holda ham uchrab tursa, bu stenokardiyaning og‘ir turi hisoblanadi. Agarda bemor qunt bilan davolansa, kasallik asoratsiz o‘tib ketadi.

Miokard infarktining kelib chiqish sabablari

Miokard infarktining rivojlanishiga 

Ushbu omillar qatoriga yana bir muhim bandni — kishi atrofida yuz berayotgan voqealarni yuragiga yaqin olaverishi holatini qo‘shish mumkin. Afsuski, turmushning har turli qiyinchiliklarini jiddiy va fojiaviy qabul qilish; hammasini ichga yutib yuraverish; yolg‘iz qolishga intilib, hech kimning maslahatiga quloq solmaslik; yaqinlar, do‘stlar yordamini olmaslik; tajribali ruhshunos yoki shifokorlarga murojaat etmasdan, ilojsiz (tuyilgan) vaziyatlardan chiqishga urinish ko‘proq erkaklar tabiatiga xos. Shu «chora»lardan birini tanlaganlar  vaqtinchalik stress, tushkunlik holatida kishini kuchdan qoldirib, xastaliklarga sabab bo‘luvchi uzoq muddatli ruhiy zarbalarga aylantirib yuborishadi.

Yurak ishemik kasalligining kelib chiqishini  tezlashtiruvchi faktorlar

Yurak ishemik kasalliklari (stenokardiya, miokard infarkti, kardioskleroz) hozirgi vaqtda keng tarqalgan dardga aylangan. Buning asosiy kelib chiquvchi sabablari quyidagilar:

  • Tarkibida ko‘p miqdorda yog‘, xolesterin, uglevodlar, tuz bo‘lgan yuqori kaloriyali ovqat iste’mol qilishdadir.
  • Chekishda. Yurak ishemik kasalligidan to‘satdan o‘lish hodisasi chekmovchilarga nisbatan kashandalar orasida besh marta ko‘p sodir bo‘lishi kuzatilgan.
  • Kam harakatlilik. Kam harakatli hayot tarzi, ma’lumki, kishi organizmidagi kaloriya balansi buzilishi natijasida semirishga sabab bo‘ladi.
  • Alkogol. Spirtli ichimliklar ko‘pincha miokard infarktining ro‘y berishiga sabab bo‘lib, to‘satdan yuz beruvchi o‘lim hodisalarining qariyb 39 foizi ichkilik ichish bilan bog‘liqdir.

Bundan tashqari, inson hayotida ro‘y berib turadigan hayajonlanish, oilalardagi yoki ishxonalardagi har xil ikir-chikirlar, janjallar singari turli omillar ham yurak xastaliklarining rivojlanishiga turtki berib, yana ham zo‘raytiradi.

Miokard infarkti takrorlanishi mumkinmi?

Afsuski, takrorlanishi mumkin. Insultni boshidan kechirgan bemorlarning taxminan 14 foizi yana shu dardga chalingan. Shuni aytishim lozimki, kasallik qaytalanmasligi uchun hadeb bilib-bilmasdan qimmatbaho dorilarni sotib olmang, birinchi navbatda yuqorida nomi tilga olingan omillarni bartaraf eting. Ayrim bemorlarimiz yurak qon-tomirlari kasalliklarining og‘ir turlarini boshlaridan kechirgan bo‘lsalar-da, spirtli ichimlik iste’mol qilaveradilar, chekishni tashlamaydilar, yog‘li, qovurilgan, dudlangan taomlarni iste’mol qilishdan o‘zlarini tiymaydilar.

Yurak qon-tomir kasalliklariga chalinganlar o‘zlarini qanday nazorat qilishlari kerak? Bu paytda qanday dorilar yonlarida bo‘lgani ma’qul?

Infarkt va insult tomirlarga tromb tiqilib qolishidan kelib chiqadi. Miokard infarktida tromblar toj (koronar) arteriyada, ishemik insultda esa miya tomiriga tiqilgan bo‘ladi. Tromb qon laxtasi bo‘lib, tomir devoriga yopishib oladi. U miya yoki yurak tomirlarini tiqiltirib, ma’lum bir qismini qondan mahrum qiladi. Shuning uchun yoningizda tromblarga qarshi eng ko‘p qo‘llaniladigan dorilardan biri-bu aspirin bo‘lishi lozim. Mutaxassislarning aytishicha, aspirin qabul qilish ayollarda infarkt qaytalashi xavfini 25 foizga, insul’t xavfini 22 foizga kamaytiradi. Erkaklarda esa 19 va 17 foizga kamaytiradi. Statinlar guruhidagi dorilar ham yurak qon-tomir kasalliklariga qarshi keng ishlatiladi. Ular organizmda xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam beradi. Bu kasallikka chalingan bemorlar jismoniy mashqlar bajarishimiz mumkinmi, deb so‘rashadi. Jismoniy mashg‘ulotlarni boshlashdan oldin o‘zingizning tayyorligingizni, imkoniyatlaringizni hisobga oling. Mutaxassis shifokorning tavsiyasisiz o‘z bilganingizcha ish qilmang, degan bo‘lardim.

 

© Mehriniso Qurbonova, kardiolog.
"Bekajon" gazetasi.

ico
Mikroinsult: simptomlari, sabablari, davosi va reabilitatsion davr

“Mikroinsult” atamasi tibbiyot sohasida mavjud emas, ammo bunday patologik holatda koʻpgina shifokorlar amaliyotda “mikroinsult” atamasidan foydalanishadi. Mikroinsult atamasi deganda odatda oʻtib ketuvchi (tranzitor) bosh miya qon aylanishi buzilish holati tushuniladi. Insultda kuzatiladigan simptomlar 1 sutka davomida oʻz-oʻzidan oʻtib ketadi. Baʼzida mikroinsult belgilari qisqa muddatlar ichida, bir necha daqiqalar davom etadi, bunda bemor hatto bosh miyada qon aylanish buzilishini oʻzida sezmasligi ham mumkin. 

Mikroinsult

Agar belgilar 24 soatdan uzoq davom etsa va nevrologik simptomlar bilan yuzaga chiqsa, bemorga “insult” tashxisi qoʻyiladi. Bosh miyada qon aylanishi buzilishi natijasida miyada oʻchoqli oʻzgarishlar kelib chiqadi. Patologik jarayon bosh miyaning kichik hajmdagi maʼlum bir sohasidagina kechadi va klassik insultdagi kabi belgilar namoyon boʻlmaydi. Oʻtkazib yuborilgan mikroinsult faqatgina bosh miya toʻqimalari tekshiruvlaridagina aniqlanadi.

Mikroinsult kelib chiqish sabablari

Koʻp holatlarda mikroinsult kelib chiqishiga sabab bosh miya qon tomirlarida aterosklerotik blyashkalar toʻplanishidir. Ular miya toʻqimalarini oziqlantiruvchi arteriyalarda qon oqimini toʻxtatib qoʻyadi. Bosh miyaning alohida qismlari gipoksiyadan zararlanadi va kichik koʻrinishdagi patologik oʻzgarishlar shakllanadi. 

Koʻp hollarda mikroinsult boshqa bir somatik kasalliklar bilan birga keladi. Masalan, gipertoniyadan aziyat chekuvchi insonlarda, ayniqsa gipertonik krizlarda bosh miyada kichik sohalarda qon quyilishlar sodir boʻlishi mumkin (gemorragiya). 

Insult belgilari miokard infarkti belgilari bilan birga kelib tashxis qoʻyishda qiyinchilik tugʻdiradi. Tibbiyotda bosh miya infarkti degan tushuncha ham bor. Bunda nevrologik belgilar kuchli yuzaga chiqadi, aniq tashxis elektrokardiogramma yordamida qoʻyiladi. Yurak ritmi oʻzgarishi fonida ishemik koʻrinishdagi mikroinsult rivojlanadi.Chap boʻlmacha aritmiyasi natijasida mayda tromblar hosil boʻladi va kichik qon tomirlarda qon oqinimi toʻxtatib qoʻyadi. Bundan tashqari yurak ritmi oʻzgarishi natijasida qon bosimi pasayishi mumkin. Bu ham bosh miyada qon aylanishiga salbiy taʼsir etadi. 

Mikroinsult quyidagi insonlarda rivojlanish ehtimoli yuqori boʻladi:

Sanab oʻtilgan holatlarning barchasida qon tomirlarda patologik oʻzgarishlar kuzatiladi.

Diqqat! Xavf guruhiga tana vazni ortiqcha boʻlgan insonlar, chekuvchilar, spirtli ichimliklar isteʼmol qiluvchilar ham kiradi. Mikroinsult rivojlanishi gipodinamiya holatida ham yuqori boʻladi (kamharakat hayot tarzi).

Mikroinsult belgilari

Mikroinsultda rivojlanadigan belgilar har doim ham spetsifik koʻrinishda namoyon boʻlmaydi. Koʻpchilik bemorlar belgilarni atmosfera bosimining oʻzgarishi, ob-havoning oʻzgarishi, jismoniy yoki psrixoemotsional holati va surunkali charchash hissi bilan adashtiradilar. 
Mikroinsultning ilk belgilariga quyidagilar kiradi:

Mikroinsult nevrologik belgilariga quyidagilar kiradi:

  • Yorugʻlik va baland tovushlarga sezuvchanlikning ortib ketishi;
  • Uyquchanlik;
  • Koʻruv oʻtkirligining vaqtinchalik pasayishi;
  • Yuz yoki oyoq, qoʻllarning uvishishi;
  • Nutqdagi kichik muammolar;
  • Harakat koordinatsiyasidagi kamchiliklar (qadam tashlashda muvozanatning biroz buzilishi);
  • Qon bosimining birdan koʻtarilib ketishi yoki tushib ketishi.

Mikroinsult belgilari koʻpincha erkaklarda yaqqol va aniq namoyon boʻladi. Yuqorida sanab oʻtilgan belgilarning barchasi yuzaga chiqmasligi mumkin, ammo ulardan 4-5 tasi yuzaga chiqadigan boʻlsa, “mikroinsult” tashxisini qoʻyish uchun yetarli boʻladi. Bunday belgilar oʻz-oʻzidan bir necha soatlar davomida oʻtib ketadi.

Diqqat! Nevrologik belgilarning yuzaga chiqishi – bu jiddiy signal boʻlib hisoblanadi. 50 % dan ortiq mikroinsult oʻtkazgan bemorlarda keyinchalik bosh miyada katta hajmli zararlanishlar shakllanadi, yaʼni insult diagnozi qoʻyiladi.

Ayollarda mikroinsult ilk belgilari atipik namoyon boʻlishi mumkin. 18-40 yoshdagi ayollarda bosh miyada qon aylanishi buzilish ehtimoli aynan shu yoshdagi erkaklarga nisbatan yuqori boʻladi.

Ayollarda mikroinsult soʻzlayotgan vaqtida toʻsatdan toʻxtab qolish yoki mavzuga aloqador boʻlmagan soʻzlarni ishlatish, buyumlarni oʻz-oʻzidan qimirlatish yoki kuchli hiqichoq tutishi bilan namoyon boʻlishi mumkin. Bunday vaqtda bemor xuddi spirtli ichimlik qabul qilgan odam kabi koʻrinishda boʻladi.

Mikroinsult davosi

Agar mikroinsult ilk belgilari namoyon boʻlayotganini sezsangiz zudlik bilan tez tibbiy yordamga murojaat qiling. Nevrologik belgilar insult rivojlanish ehtimolini oshiradi yoki infarkt kasalligidan dalolat beradi.

Tez tibbiy yordam kelgunga qadar bemor tinch joyda boʻlishi, boshining ostiga yostiq qoʻyish kerak boʻladi. Xonaga toza havo kirishini taʼminlash zarur. Tor kiyimlar yechiladi yoki yoqalari ochiladi.

Uy sharoitida oyoqlar issiq vanna qilinadi, bemorga tabiiy vositalardan tayyorlangan tinchlantiruvchi preparatlar beriladi (valeriana yoki boyarshnik ekstrakti). Bosh va boʻyin sohasini yengil massaj qilish ham yaxshi samara beradi.

Mikroinsult aniqlanganda – unga sabab boʻlayotgan asosiy kasallik davolanadi, yaʼni kasallik bartaraf etilsa, bosh miyada qon aylanishni tiklasa boʻladi. Bemorlar toʻliq tibbiy tekshiruvdan oʻtadi. Koʻrsatma boʻyicha shifokorlar bemorga antiagregantlar (tromb hosil boʻlishining oldini olish uchun), nootrop vositalar (bosh miyada moddalar almashinuvini yaxshilash uchun), vazodilatatorlar (qon tomirlarni kengaytirish uchun) va arterial qon bosimini pasaytiruvchi preparatlar buyurishi mumkin.

Mikroinsultdan soʻng nima qilish kerak?

Mikroinsultdan soʻng tamaki mahsulotlari chekish va spirtli ichimliklar ichishdan butkul voz kechish kerak. Ovqatlanish ratsioni, normal uyqu va ish tartibiga jiddiy eʼtibor qaratish lozim. Agar mehnat faoliyatingiz doimiy jismoniy yoki ruhiy zoʻriqish bilan kechsa, ularni vaqti vaqti bilan almashtirib turing.

Yil davomida kamida 2 marotaba nevropatolog koʻrigidan oʻtish kerak boʻladi. Oʻz vaqtida aniqlangan bosh miya qon aylanishining oʻtib ketuvchi shakli va uni toʻgʻri bartaraf etish ogʻir asoratlar shakllanmasligining oldini oladi. Shifokor bemorlarga moddalar almashinuvini yaxshilaydigan, organizmni tozalaydigan vositalar buyuradi.

Bir necha marotaba mikroinsult xurujlari qaytmas jarayonlarga olib kelishi mumkin, masalan aqliy zaiflik (demensiya). Shu sababli yuqorida sanab oʻtilgan belgilarni oʻzingizda yoki boshqa bir insonda kuzatsangiz, zudlik bilan shifokorlarga murojaat qiling. Zero, salomatlik - tuman boylik. :)

Yurak kasalliklarda eng kop qollaniladigan dori vositalari mazkur sahifada keltirilgan.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Mavsumiy allergik rinit - alomatlar, kelib chiqish sabablari va tashxislash ( 1-qism )

Allergik rinitning asosiy belgilari – burun bo‘shlig‘ining qichishish va ta’sirlanishi, aksirish va burundan nazla kelishi, ko‘pincha burun bitishi bilan birga, shuningdek, tomoq qitiqlanishi, ko‘zlar va ko‘z shilliq pardasining qichishishi, yosh oqishi va ko‘z sohasining shishishi bilan ham kuzatilishi mumkin.

Ayrim hollarda allergik rinit bir oz noqulayliklar tug‘dirishi mumkin. Og‘ir hollarda esa u mehnat qobiliyatini yo‘qotishga olib keladi. U bosh og‘rig‘i, holsizlik (tez charchash) va diqqatni jamlashning buzilishi bilan asoratlanishi mumkin. Mavsumiy allergik rinitning sababi – o‘simlik changchisidir. Kishilarda allergik rinit rivojlanishi uchun changchi shamolda changlanadigan o‘simlikka tegishli bo‘lishi va u ko‘p miqdorda hosil bo‘lishi, yengil, uchuvchan va o‘lchami 35 mmk dan katta bo‘lmasligi hamda allergenlik xususiyatiga ega bo‘lishi kerak. Allergik rinitning paydo bo‘lish sabablari va tezligi shu joyning geografik hamda iqlim sharoitiga bog‘liq.

Qozog‘istonda allergik rinitni ko‘proq shuvoq (ermon) changchisi keltirib chiqaradi. Bizning iqlim sharoitimizda esa ko‘proq ermon, burgon, sho‘ra, o‘tlar changlari allergik rinitning asosiy sababchisi bo‘lib hisoblanadi. Krasnodar o‘lkasida ambroziya, Turkmanistonda sho‘ra, Kiyevda boshoqli o‘tlar, timofeyevkalar sabab bo‘lishi mumkin. Allergik rinitning tarqalishini o‘rganishda aeropollinologik tekshirish o‘tkazish muhim ahamiyatga ega.

Yilning turli davrlarida har qaysi hudud uchun changning sifati va miqdoriy tarkibini mutaxassis botaniklar aniqlab beradilar. Qator mamlakatlarda har kuni havodagi changning miqdori va tarkibiko‘rsatilgan qisqacha rasmiy ma’lumotlar varaqasi chiqariladi. Shifokor-allergologlar allergen o‘simliklarning gullash oylik kalendariga ega bo‘lishlari kerak. Shu maqsadda turli geografik iqlim doiralarida turli xil o‘simliklarning gullash muddatlarini ko‘rsatadigan chang to‘lqinlari aniqlanadi. Bu shifokorlarga o‘z vaqtida kasallikning oldini olish chora-tadbirlarini o‘tkazishga, bemorlarni esa bu davrda mamlakatning boshqa hududlarigi ko‘chib o‘tishiga imkon beradi. O‘rab turuvchi havo tarkibidagi zamburug‘lar sporalarining miqdori yil fasllariga bog‘liq. Ular ko‘pincha qish oylarida kamayib, yoz va kuz oylarida ko‘payadi.

Zamburug‘larda allergiyaning bo‘lishi ko‘pincha bronxial astmaning rivojlanishiga olib keladi. Zamburug‘lar sporalarining soni bilan begona o‘tlarga allergiyasi bo‘lgan bemorlardagi klinik belgilarning ko‘rinishi orasida bog‘liqlik borligi aniqlangan. Bu dalilni qisman zamburug‘ sporalarining o‘lchamlari kichikligi bilan tushuntirish mumkin. Garchi uy changidagi kanalar yil davomidagi allergen deb hisoblansada, ularning soni nam havoli kuz oylarida ko‘payishi mumkin. Har bir hududning o‘ziga xos xususiyatlari sezuvchanlikning oshishiga va allergik kasalliklarning mavsumiy avj olishiga sharoit yaratishi mumkin.

Sudanning shimoliy qismlarida astma va rinitning avj olishi quruq qish oylarida kuzatiladi. Bunga turib qolgan anhor suvida ko‘paygan mayda chivinlar sabab bo‘ladi. Ko‘rsatib o‘tilgan omillarni bilish, mavsumiy allergik rinitning tashxisida muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘simlik changiga nisbatan kesishuvchi allergik reaksiyalar. O‘simliklarning turli oila va avlod vakillari tekshirib ko‘rilganda chang o‘z tarkibida umumiy va umumiy bo‘lgan allergenlarni saqlashi ma’lum bo‘ladi. Shunga bog‘liq holda bemorlarda IgE antitelo bilan kimyoviy tuzilishi jihatidan yaqin bo‘lgan allergenning o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keluvchi o‘zaro kesishuvchi allergik reaksiyalar holati kuzatilishi mumkin. Kesishuvchi reaksiyalarni chang va oziq-ovqat allergenlari keltirib chiqarishi mumkin. Qayin changchisiga allergiya holati ko‘pincha oziq-ovqat allergiyasi bilan bog‘lanib keladi. Yangi mevalar (olma, shaftoli, gilos) yoki sabzi, yong‘oq iste’mol qilinganda Kvinke shishi va badan qichishishi kuzatiladi. Kesishuv reaksiyalarini o‘tloq o‘tlari bilan qovun va banan ham berishi mumkin.

Yil davomida kuzatiladigan allergik rinit. Uy-ro‘zg‘or allergenlari bilan kishi, odatda, yil bo‘yi yaqinlikda bo‘ladi. Ularga uy changi kanalari va uy hayvonlari qazg‘og‘i kiradi. Ba’zi hududlarda suvaraklar va zamburug‘larning ayrim turlari bevosita ahamiyatga ega.

Rinitning boshqa turlari. Noallergik, noinfeksion rinit – bu boshqa guruh kasalliklardir. Bu turdagi rinit bilan kasallangan bemorda turli qitiqlovchi triggerlarga – o‘tkir hidlarga (odekolon, oqartiruvchi moddalar, erituvchilarga), tamaki tutuniga, changlarga, avtomobil gazlariga, atrof-muhit harorati va namligi o‘garishlariga sezuvchanlik ortadi, shuning uchun ko‘proq “vazomotor” emas “idiopatik” rinit terminini ishlatish o‘rinlidir. Kasallikning rivojlanish mexanizmi noma’lum. Noallergik rinit eozinofillar ko‘payishi belgisi bilan  o‘rta yoshdagi kishilar orasida uchraydi. Rinit belgilari (aksirish, burun bo‘shlig‘ida qichishish, burun oqishi) ba’zan hid bilishning pasayishi bilan va burun shilliq qavatida eozinofillarning ko‘payib ketishi bilan birgalikda keladi. Allergiya belgilari (musbat teri sinamalari, IgE ning qonda oshib ketishi) bo‘ladi. Ba’zi hollarda aspirinni ko‘tara olmaslikning boshlang‘ich davrini aniqlash mumkin. Bu bemorlarni glyukokortikoid gormonlar bilan mahalliy davolash ko‘p hollarda yaxshi natijalarni beradi. Burun polipozi 25 foiz bolalarda va 45 foiz katta yoshdagilarda shilliq ajralishi bilan, 30 foiz bemorlarda bronxial astma bilan kechadi. Bu xastaliklarda infeksiya, yallig‘lanishlar va araxidon yoki boshqa moddalar almashinuvi jarayonining buzilishi sababchi omillar deb hisoblanadi. Allergiya polipozga sabab bo‘lsa kerak, ammo to‘yingan hujayralar va eozinofillar faollashuvining yallig‘lanish bilan davom etishi muayyan ahamiyat kasb etadi va bu yerda glyukokortikoidlarning samaraliligini tushuntirishga imkon beradi.

Kasbga oid rinit.  Ish joyida allergen bilan yaqin kontaktda bo‘lish oqibatida rivojlanadi. Uning sabablari tajriba hayvonlari (kalamushlar, sichqonlar, dengiz cho‘chqalari va boshqalar), don mahsulotlari (novvoylar, qishloq xo‘jalik xodimlari) va yog‘och changlari, ayniqsa qattiq daraxt navlari (qizil daraxt, kedr va boshqalar), lateks va kimyo-viy moddalar, shu jumladan kislota angidridlari, platina tuzlari, yelim va erituvchilar bo‘lishi mumkin.

Gormonga bog‘liq rinit. Homiladorlik paytida va jinsiy yetilish davrida hamda gipotireozda va akromegaliyada rivojlanishi mumkin. Ayollarda menopauza davrida gormon balansining buzilishi burunda atrofik o‘zgarishlar paydo bo‘lishiga ham olib kelishi mumkin. Dori moddalardan paydo bo‘ladigan rinit turli dori moddalar, jumladan rezerpin, guanitidin, fentolamin, metil-dopa, angiotenzinga aylanuvchi fermentlar, alfa-adenoblokatorlardan (prozazin tipidagi), betta-adrenoblokatorlardan ko‘zga tomiziladigan tomchilar ko‘rinishidagi, xlorpromazindan, aspirindan va boshqa steroid bo‘lmagan yallig‘lanishga qarshi moddalardan va homiladorlikdan saqlanish uchun ichiladigan dorilardan bo‘lishi mumkin.

TASHXISLASH USULLARI

Quyida rinitni tashhislashda foydalanish mumkin bo‘lgan barcha tekshirish usullari sanab o‘tilgan, amaliyotda ularning bir qismi qo‘llanilishi mumkin. Birinchi navbatda bemorda anamnez yig‘ilib, lor organlar ko‘rigidan so‘ng quyidagi tashxislash usullari qo‘llaniladi:

Allergologik sinamalar:

  • teri sinamalari;
  • zardobdagi umumiy IgE ni aniqlash;
  • zardobdagi maxsus IgE ni aniqlash;
  • dag‘al va egiluvchan endoskop yordamida ko‘rish.

Burun-halqum bo‘shlig‘idan surtmalar va yuvilgan suvlarni tayyorlash:

  • sitologik tekshirishlar uchun;
  • bakteriologik tekshirishlar uchun.

Rentgenologik usullar:

  • burun yon bo‘shliqlarini rentgen nurlari yordamida tasvirga tushirish;
  • kompyuterli tomografiya (tekshiruvchi a’zo qavatlariga rentgen nuri bog‘lamlarini yuborib, skanirlash yo‘li bilan tekshirish va uni EHM orqali sog‘-lom to‘qimadan farqini aniqlash);
  • magnitli-rezonans tomografiya.

Qonni tekshirish:

  • qondagi shaklli elementlar sonini sanash;
  • qalqonsimon bez funksiyasini tekshirish;
  • antineytrofil sitoplazmatik antitelo;
  • immunoglobulinlar va IgG quyi sinflarini aniqlash.

Anamnez va ko‘rik. Sinchiklab yig‘ilgan anamnez allergik rinitni gumon qilishga imkon beradi. So‘rab chiqish paytida bemorning yashash sharoiti, shu jumladan, bajaradigan ishining alohida xususiyatlari va nasl-nasabi haqida ma’lumotlar olish kerak. Allergik rinit har qanday yoshdagi kishilarda, jumladan, chaqaloqlarda ham uchrashi mumkin. Shuning uchun shifokor belgilar paydo bo‘lish vaqtini aniqlashi zarur. Ko‘p hollarda allergik rinit 20 yoshgacha rivojlanadi, yoshlik paytida uning uchrash tezligi 15 foizni tashkil qiladi. Belgilar paydo bo‘lish tezligini (har kuni, epizodik, yilning aniq bir vaqtida yoki doimiy) hamda ularning cho‘zilishini, qanday ko‘rinishda ifodalanishini va kasallik kechishi jarayonining harakatdagi holatini baholash zarur. Rinit bilan kasallangan bemorlarni ikki guruhga – burundan nazla kelishi va aksirish ustunroq bo‘lgan bemorlarga va burun bitishi ustunroq turadigan bemorlarga bo‘lish mumkin. Allergik rinit bilan kasallangan bemorlar ko‘proq birinchi guruhga kiradi.

Birinchi guruh uchun xarakterli xususiyatlar:

  • aksirish (odatda xuruj bilan);
  • burun-halqum bo‘shlig‘iga oqishdan ko‘ra, burundan oqish ko‘proq xarakterli;
  • burun bo‘shlig‘ida qichishish;
  • burun bitishi (har xil ko‘rinishda);
  • kecha-kunduzlik maqomi (belgilari kechasi kamayib, kunduz paytlari kuchayadi);
  • ko‘pincha kon’yunktivit bilan birgalikda yondosh keladi.

Ikkinchi guruh uchun xarakterli xususiyatlar:

  • aksirish onda-sonda yoki umuman yo‘q;
  • quyuq shilliq modda burun bo‘shlig‘idan ko‘proq burun-halqumga oqadi;
  • qichishish yo‘q;
  • burun bitishi (ko‘pincha ancha yaqqolroq ko‘rinishda);
  • kechasi va kunduzgi paytlarda belgilarning doimiyligi (kechasi og‘irlashish kuzatilishi mumkin).

Burunning bir tomonlama bitishi polip borligiga, tuzilish anomaliyalari o‘sma borligiga shubha qilishga majbur qiladi. Hid sezishning pasayishi va yo‘q bo‘lishi polipoz rinosinusitda yoki rinitning og‘ir kechadigan hollarida uchraydi. Burun bitishi bilan bog‘liq belgilar, og‘iz va tomoq qurishi, ovoz ming‘illab qolishi bilan birga kechadigan allergiyada bemor burun uchini kafti bilan tez-tez artib turadi, buning oqibatida burun uchining sal yuqori qismida ko‘ndalang burmalar hosil bo‘ladi.

Aksirish ko‘proq xuruj ko‘rinishida paydo bo‘ladi. So‘rov paytida kasallik belgilarining paydo bo‘lishiga yoki kuchayishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan irritantlarni va ob-havo sharoitlarini aniqlash zarur. Agar allergen sut emizuvchilarning qazg‘og‘i, uy changi kanalari va mog‘or zamburug‘lari ko‘rinishida bo‘lsa, kasallik belgilari, odatda har doim saqlanib qoladi. Namlikning ortishi kanalar va mog‘or zamburug‘larining ko‘payishiga imkon beradi. Kanalarning yashab, oziqlanadigan joylari ko‘proq to‘shaklar, yostiqlar, pardalar va gilamlar bo‘ladi. Mog‘or zamburug‘lari uy o‘simliklarida va kitoblarda o‘sadi. Havodagi chang qismlari soni bilan klinik belgilarning ko‘rinishi orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik bor. O‘simliklar gullash mavsumining kirib kela boshlashi bilan organizm-ning allergen changiga sezuvchanligi kuchayib borishi natijasida kasallik belgilarining ko‘rinishi ko‘payib boradi. Ayrim oziq-ovqat mahsulotlari ham rinit belgilarini keltirib chiqarishi mumkin. Bu provokatsion sinamalar yordamida tasdiqlangan. Yuqori ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar va ruhiyatga ta’sir qiluvchi omillar ham rinitni kuchayishiga olib keladi. Allergiyaga moyilligi bor bemorlarda yuqori nafas yo‘llari infeksiyasining klinik manzarasi allergik reaksiyaga o‘xshash bo‘lishi yoki turli allergenlarga sezuvchanlikning ortishiga olib kelishi mumkin. Meros qilib olish poligen tipida, ya’ni genlar orqali yuzaga kelishiga qaramay, anamnezdagi irsiy anomaliya allergik kasallikning rivojlanish ehtimolini ko‘p-roq qilib qo‘yadi. Bemorning qarindosh-urug‘ida allergik kasalliklarning yo‘qligi zinhor allergik rinit tashhisini yo‘qqa chiqarishga imkon bermaydi. Burun bo‘shlig‘ini surunkali rinit yoki tipik bo‘lmagan bir tomonlama rinitlarning hamma holatlarida endoskopiya qilish zarur. Buning uchun burun ko‘zgularidan, peshona reflektoridan, otoskop (quloq oynasi), burun adapteri bilan Xopkinsning dag‘al endoskopidan yoki egiluvchan nazofaringoskopdan foydalanish lozim.

Teridagi sinamalar. O‘ta sezuvchanlikning tez sodir bo‘ladigan teri reaksiyalaridan allergiyaning IgE ga bog‘liq turini aniqlashda foydalaniladi. Bu sinamalar allergologiyada asosiy tashhis usullaridan biri hisoblanadi.

Usullar. Allergiyaning tez sodir bo‘ladigan turini aniqlash uchun skarifikatsiya sinamalaridan foydalanish afzalroq. Garchi, teri ichiga qilinadigan sinamalar sezgirroq bo‘lsada, ular yolg‘on musbat natijalar berishi va ba’zan umumiy reaksiyalar keltirib chiqarishi mumkin. Shu munosabat bilan ulardan faqat skarifikatsiya sinamalari manfiy bo‘lgan holatlarda foydalanish mumkin. Hozirgi paytda bunday sinamalar soni juda ko‘p. Ularni tekshiruvchining tajribasiga ko‘ra va sinamalarning qaysi biri afzalroq, deb bilishiga qarab tanlanadi.

© Ozod NAZAROV, allergolog, professor.

© "O‘zbekistonda sog‘likni saqlash" gazetasi.

Davomi: Mavsumiy allergik rinit - alomatlar, kelib chiqish sabablari va tashxislash ( 2-qism )

 [divider]
[highlight]Avitsenna.uz sayti orqali mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:[/highlight]

 

ico
Mavsumiy allergik rinit - tashxislash va davolash choralari ( 2-qism )

Teri sinamalari. Oddiy, og‘riqsiz va arzon tekshirish usuli hisoblanadi. Agar ular o‘z ishini yaxshi biladigan xodim tomonidan yuqori sifatli allergenlar eritmalaridan foydalanilgan holda qilinsa, sinamalar natijasi mutanosib ravishda bo‘ladi. Teridagi sinamalarni ko‘p miqdorda o‘tkazish mablag‘ va vaqt talab qiladi. Bu, ayniqsa, poliklinika amaliyotida zarur emas. O‘tkaziladigan tekshirishlar havodagi eng ko‘p tarqalgan allergenlarga sezuvchanlikni tekshirish bilan chegaralanishi kerak (junga, uy changi kanasiga, mog‘orga, uy hayvonlariga va bosh-qalar).

E immunoglobulini. Umumiy zardobdagi IgE miqdori har xil radioimmun va immunoferment usullar yordamida aniqlanadi. Meyorda IgE tug‘ilgan vaqtda 0-1 kЕd/l ni tashkil etadi va o‘smirlik yoshiga yetguncha asta-sekin ko‘payadi, keyin pasayadi hamda 20-30 yoshlarda aniq bir miqdorda qaror topadi. Umumiy IgE miqdorining 100-150 kЕd/l dan ko‘p bo‘lishi ko‘tarilgan hisoblanadi. Maxsus IgE ni aniqlash, ayniqsa teridagi sinamalar uchun allergenlar ekstraktlarini olishning iloji bo‘lmagan hollarda qo‘l keladi. Bu maqsadda dastlab radioallergosorbent test (PAST) hamda radioimmun va immunoferment usullar qo‘llaniladi.

Sitologik tekshirishlar uchun burun bo‘shlig‘idan surtmalar olish. Burun bo‘shlig‘idan olingan surtmalar va yuvilgan suvlarni tekshirish allergik hamda infeksion rinit orasida differensial tashhis o‘tkazishga imkon beradi. Allergik rinit va eozinofillar ko‘payishi bilan kuzatiladigan noallergik rinit uchun eozinofillar infiltratsiyasi xarakterli, bakterial infeksiyada esa neytrofillar sonining ko‘payishi xos xususiyat hisoblanadi.

Periferik qon hujayralaridan mediatorlarning ajralib chiqishi. Maxsus allergenlar ta’siri ostida qondagi bazofillarning buzilishi yallig‘lanish mediatorlari ajralib chiqishi bilan (gistamin, leykotriyenlar) yuz beradi. Mikroskop yordamida bu mediatorlarning bazofillardan ajralib chiqishini baholash mumkin, ammo bu usuldan faqat ilmiy maqsadlarda foydalaniladi.

Allergik reaksiyalar vaqtida mediatorlarning ajralib chiqishi. Qon, burun oqmalari yoki siydikdagi mediatorlar va fermentlar miqdorini o‘ta maxsus hamda sezgir usullar – gistamin, prostaglandin, leykotriyenlar C4, I4, E4, triptazalar, kininlar, eozinofil kation oqsillarini titrlash yo‘li bilan tekshirish mumkin. Bu moddalarning dastlabki asos qilib olingan miqdorlari hamda allergen ta’sir qilgandan keyingi miqdorlari aniqlanishi mumkin. Hozirgi vaqtda bu usul faqat tadqiqot maqsadlarida qo‘llaniladi.

Prvokatsion usullar. Burun ichiga qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsatuvchi usul muayyan ahamiyatga ega bo‘lib, faqat klinik allergologiyadan maxsus ixtisos olgan mutaxassis tomonidan o‘tkazilishi mumkin.

Otorinolaringologik tekshirishlar endoskopiya, shilliq ajratib chiqarish ishini, hid sezishni tekshirish, burun yo‘llarining o‘tkazuvchanligini baholash tashhis qo‘yish imkoniyatlarini ancha kengaytiradi.

Burun oldi bo‘shliqlarini rentgen nurlari yordamida tasvirga tushirish. Burun oldi bo‘shliqlarining g‘ovaklanish bo‘shliqlari bo‘lishini ancha pasayganini, shilliq qavatning qalinlashganini va hatto yuqori jag‘, peshona va ponasimon bo‘shliqlar devoridagi buzilishlarni aniqlash mumkin. Oddiy rentgenografiyada burun bo‘shlig‘ining yon devorlari va g‘alvirsimon chig‘anoq tuzilishining yaxshi ko‘rinmasligi yolg‘on manfiy va musbat natijalarga olib kelishi mumkin.

Kompyuterli tomografiya (KT). KT hozirgi vaqtda turli burun va burun oldi bo‘shliqlari kasalliklarini tashhislashda asosiy rentgenologik usul bo‘lib qoldi. Garchi boshqa kasalliklarning yo‘qligini aniqlashga imkon bersa ham, allergiya tashhisida esa u hal qiluvchi ahamiyatga ega emas. KT yordamida yumshoq to‘qima va suyak tuzilishi holatlarini birma-bir sinchiklab o‘rganish mumkin. Patologik jarayonning qanchalik tarqalganligini aniqlash hamda aniq belgilari bo‘lgan taqdirdagina tashhis qo‘yish mumkin. Suyak tuzilishi yoki yumshoq to‘qima holati haqida ko‘proq ma’lumotlar olishga imkon beruvchi turli tekshirish usullari mavjud.

Allergik rinitni davolash usullari

Allergenlarni yo‘q qilish va atrof-muhit nazorati bo‘yicha chora-tadbirlar. Rivojlangan mamlakatlarda kishilar ko‘p vaqtlarini xonalarda, ish joylarida o‘tkazadilar. Atrofni o‘rab turgan muhit esa doim turli allergenlarni o‘z ichida saqlaydi, ular o‘z navbatida rinit rivojlanishiga turtki bo‘lishi mumkin. So‘nggi o‘ttiz yil ichida ko‘pchilik mamlakatlarda tashqi muhitdagi, binolardagi allergen va noallergen komponentlar tarkibi ancha o‘zgardi, allergik kasalliklar bilan kasallanish xavfi ortdi. O‘rta iqlimli mamlakatlarda elektr kuchini tejashga intilish, havoni yangilash uchun xonani shamollatish noqulay bo‘lgan uylarning qurilishi natijasida xonalarda uy kanalari soni ko‘pa-yib ketadi. Har qanday holatda (garchi allergenlarni butunlay yo‘q qilishning imkoni bo‘lmagan taqdirda ham) iloji boricha xonalarda o‘rab turuvchi muhit nazorati bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish zarur. Ushbu chora-tadbirlar bemor ahvolini ancha yaxshilash va dori moddalar qo‘llash zaruriyatini kamaytirishi mumkin. Shuni inobatga olish lozimki, allergen manbai yo‘qotilgach (masalan, uy hayvonlari), bir necha hafta yoki oy o‘tgandan keyingina buning samarasini ko‘rish mumkin. Uy changidagi kanalarni yo‘q qilish uchun xona havosining namligini kamaytirish, akaritsidlar hamda himoya qoplamidan foydalanish mumkin. O‘simlik changi va xonada uchramaydigan boshqa allergenlar ta’sirini kamaytirish ancha qi-yinchilik tug‘diradi.

O‘simlik changi allergenlari bilan kontaktni yo‘q qilish choralari

  • O‘simlikning gullash mavsumi haqidagi ma’lumotni oldindan bilish;
  • havosida katta miqdorda allergen bo‘lgan hududlardan uzoqlashish;
  • deraza va eshiklarni zich yopish
  • avtomobillarda himoya filtridan foydalanish
  • tashqarida ko‘zoynak taqib yurish kerak.

Uy kanalari miqdorini kamaytirish chora-tadbirlari

Yotoqxona:

  • to‘shak, ko‘rpa va yostiqlarning ustini qoplash uchun allergen kira olmaydigan matolardan foydalanish kerak;
  • to‘shak, yostiq, bosh taraf oralig‘i atroflari va yotoqxona pollarini har hafta changyutgich yordamida (sinchiklab) tozalash;
  • par yostiq va jun ko‘rpalar (yopinchiqlar)ni sintetik matolardan tayyorlanganlariga almashtirish, ularni har hafta +60oS haroratli suv bilan yuvib turish, iloji boricha gilamlarni olib tashlash;
  • har hafta namlangan latta bilan xona jihozlarining yuza qismlarini artib chiqish, shu jumladan deraza ostlari va shkaflarning yuqori qismlarini ham;
  • paxta tolasidan tayyorlangan pardalar osish va ularni tez-tez yuvib turish;
  • bir martalik (foydalaniladigan) qog‘oz xaltali va filtrli yoki suv manbai bilan bo‘lgan changyutgichlardan foydalanish. Ish vaqtida niqob tutish;
  • tozalash ishlarini boshqa kishi qilgani ma’qulroq;
  • kanalarni yo‘qotish uchun kimyo-viy moddalar (akaritsidlar)ni qo‘llash;
  • mato qoplangan yumshoq mebellarni tozalashga alohida e’tibor kerak. Mebelni kamida 1 haftada 2 marta changyutgich bilan tozalash kerak, shu jumladan stullarning ulanish joyi, suyanadigan va bosh tegib turadigan qismlarini ham.

Bolalar. Tozalash paytida bemor bolalar xonadan tashqarida bo‘lishlari va u yerga 2 soatdan keyingina kirishlari mumkin. Bolalar yumshoq o‘yinchoqlari bilan karavotda uxlashlari mumkin emas. Kanalar miqdorini kamaytirish uchun o‘yinchoqlarni ham changyutgich yordamida tozalash, kimyoviy tozalashga berish yoki kechasiga muzxonaga qo‘yish kerak.

Uy hayvonlari. Iloji boricha uy hayvonlarini saqlamaslik, yangilarini olib kelmaslik, ularni yotoqxonaga kiritmaslik zarur. Oilada allergik kasallikning paydo bo‘lishi bilan hayvonlarni ko‘paytirish tavsiya etilmaydi, chunki bulardan sezuvchanlikning ortib ketishi va rivojlanishi mumkin. Uy hayvonlarini har doim yuvintirib turish lozim.

Maqolaning ilk qismi: Mavsumiy allergik rinit - alomatlar, kelib chiqish sabablari va tashxislash ( 1-qism )

© Ozod NAZAROV, allergologprofessor.
"O‘zbekistonda sog‘likni saqlash" gazetasi.

 

ico
Mildronat preparati bilan pog‘onali va peroral terapiyaning yurak-qon tomir komorbidligi bo‘lgan patsiyentlardagi nevrologik status, kognitiv funksiyalar va astenik sindromga bo‘lgan ta’sirini baholash

Yurak va miya surunkali progressiv qon tomir kasalliklarini patogenetik davolashni ishlab chiqish va optimallashtirish - zamonaviy tibbiyotning dolzarb yo'nalishlaridan biridir. Kardiovaskulyar kasalliklarda surunkali serebrovaskulyar kasallik fonida kognitiv buzilishlar muammosi alohida tibbiy va ijtimoiy ahamiyatga ega. Bunday hollarda polipragmaziyaning yuqori xavfini hisobga olgan holda, komorbidlik holatlarida, ularni buyurilishiga ko‘pgina ko'rsatkichlar mavjud bo'lgan dori-darmonlarni birgalikda qo'llash afzaldir. Maqolada yog ' kislotasi oksidlanish ingibitorlarining parsial sinfiga tegishli bunday preparatlarning misoli berilgan. Ushbu farmakologik guruhga tegishli meldoniyning terapevtik mexanizmi batafsil tahlil qilinib, miya ishemik shikastlanishini meldoniy bilan davolashning samarasi va natijalariga qaratilgan. Mualliflar jamoasi tomonidan meldoniy (Mildronat) preparati bilan pog‘onali va peroral terapiyaning miya qon aylanishi surunkali yetishmovchiligi va yondosh yurak ishemik kasalligi bo‘lgan patsiyentlardagi nevrologik statusga, kognitiv funksiyalarga va astenik sindromga ambulator sharoitlarda bo‘lgan ta’sirini baholash maqsadida o‘tkazilgan kuzatuvchi nointervension ko‘p markazli STEM tadqiqotining dizayni va natijalari yoritilgan. Mazkur tadqiqot doirasida shu narsa aniqlandiki, Mildronat preparatini terapiyaning umumiy sxemasiga qo‘shilishi yurak-qon tomir komorbidligi bo‘lgan patsiyentlarda bosh og‘rig‘i, bosh aylanishlari, asteniya va emotsional buzilishlarning jadalligini ishonchli tarzda pasaytirgan, statika ishonchli tarzda yaxshilangan va koordinator buzilishlar tekislangan, shu o‘rinda Mildronatning pog‘onali terapiyasi peroral sxemaga qaraganda ko‘proq darajada simptomlarning to‘liq regressiga olib kelgan. To‘plangan klinik ma’lumotlar ushbu preparatni qon-tomir komorbidligi bo‘lgan patsiyentlarning majmuaviy terapiyasida qo‘llash maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi.

Rossiya Federatsiyasi aholisining o‘limini umumiy tarkibida yurak-qon tomir kasalliklari 56%ni tashkil qiladi, ular orasida qariyb 85% yurak ishemik kasalligi (YuIK) va serebrovaskulyar kasalliklar bilan bog‘liq. Oxirgi o‘n yilliklarda YuQTKdan o‘lish holatlari Rossiya Federatsiyasida 23%ga pasaygan, hayotning kutilayotgan davomiyligi esa erkaklarda 64 yoshni, ayollarda 75,6 yoshni tashkil etib, oshgan.  Bu aholini keksayishiga va tabiiy ravishda, bitta odamda bir nechta kasalliklar uchrashi tez-tezligining oshishiga olib keladi. O‘tkir qon-tomir holatlarini davolash samaradorligini yaxshilanishi real tibbiy amaliyotda bitta yoki undan ortiq  kasalliklar va holatlardan, ya’ni yurak-qon tomir komorbidlikdan aziyat chekuvchi surunkali bemorlar sonini oshishi bilan kuzatiladi, shuning uchun yurak va bosh miyaning surunkali kuchayib boruvchi qon-tomir kasalliklarini patogenetik davolashni ishlab chiqish va optimallashtirish avvalgidek zamonaviy tibbiyotning dolzarb yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Oxirgi yillarda yurak va miya ishemiyasining surunkali shakli bo‘lgan patsiyentlar tobora ortib bormoqda. Surunkali serebrovaskulyar kasallikni (SVK) shakllanishiga va kuchayishiga yurak ritmini buzilishi va qon aylanishining surunkali yetishmovchiligi belgilari bilan yurak kasalliklari kabi omillar ahamiyatli hissa qo‘shmoqda. Surunkali gipoksiya sharoitlarida bosh miya ishlashining natijasi bo‘lib klinik suratni shakllantiruvchi nevrologik va neyropsixologik simptomlar majmuasining sekin-asta rivojlanishi hisoblanadi.  Bundan tashqari, ma’lumki, serebrovaskulyar kasalliklar va YuQTK umumiy xavf omiliga ega. Hozirgi paytda YuQTK surunkali sVKning xavf omili sifatida xizmat qilmoqda deb taxmin qilinmoqda, u esa, o‘z navbatida, astenik va kognitiv buzilishlarni rivojlantirib, bosh miya qobig‘i neyronlarining diffuz shikastlanishiga olib keladi. Ayon bo‘lib turibdiki, kardiovaskulyar kasalliklarda kognitiv buzilishlarning muammosi yuqori tibbiy-ijtimoiy ahamiyatga ega. Bu narsa ham salbiy uzoq prognoz bilan (demensiya, o‘lim), ham patsiyentlarning o‘zini va ularning oila a’zolarini turmush sifatini yomonlashishidan kelib chiqqanligi bilan bog‘liq.  Shu bilan birga qaytuvchi aloqa ham mavjud: YuIK bo‘lgan patsiyentlar orasida hayot davomiyligining sifati va prognozi doimiy terapiyaga moyil bo‘lgan shaxslarda ahamiyatli tarzda yuqoriroq, bu esa, o‘z navbatida, kognitiv funksiyalarning saqlanib qolinishi bilan ta’minlanadigan ijtimoiy moslashishga bog‘liq.   YuIK bo‘lgan patsiyentlarda ham skriningli neyropsixologik shkalalarning, ham o‘ziga xos kognitiv testlarning pasaytirilgan ko‘rsatkichlari mavjudligi avvalroq ko‘rsatilgan. Shuningdek, YuIK bo‘lgan patsiyentlarda kognitiv buzilishlarning rivojlanishiga yurak yetishmovchiligining va og‘ir aritmiyaning salbiy ta’siri namoyish etilgan.

Yurak va miya patologiyasida astenik holat ham fanlararo tadqiqotlarning predmeti bo‘lib hisoblanadi, chunki nerv va ichki kasalliklar klinikasida eng tez uchraydigan buzilishlar sarasiga kiradi.

Astenik kasalliklarning asosiy umumiy belgilarini ajratish mumkin. Asteniyaning yetakchi simptomlaridan biri jismoniy faollikning pasayishi hisoblanadi (kun davomida maqsadli zo‘riqishga bo‘lgan qobiliyatni yo‘qotish bilan birga sezilarli va noodatiy charchoqlik, dam olishga yuqori ehtiyoj, dam olishdan keyin to‘liq tiklanish hissini yo‘qligi).  Ikkinchi tarkibiy qismi - aqliy faollikni tushib ketishi (e’tiborlik konsentratsiyasini pasayishi, ijro funksiyalarining yomonlashishi - parishonxotirlik, uzoq jamlanishdagi qiyinchiliklar, faoliyat hajmi va samaradorligini kamayishi). Asteniyaning uchinchi komponenti - emotsional simptomlar (emotsional yuklamalarga bo‘lgan bag‘rikenglikni o‘zgarishi, emotsional labillik, xafagarchilik reaksiyalari, asabiylashish va norozilik to‘lqinlari, emotsional to‘lqinlari va aybdorlik hissidan keyin jo‘shqin aybdorlik hissi).  Aslida, shu namoyishlar tufayli yuqori asabiylashish va uning almashib boruvchi yo‘qotilishini namoyishi sifatida "asabiy zaiflik" iborasi paydo bo‘lgan.

Asteniyaning aniq namoyishlari bosh miyaning organik shikastlanishida ham, miyada qon aylanishi buzilgandan keyin qon-tomir jarayonlarining boshlang‘ich bosqichlarida ham kuzatiladi. Asteniyaning klinik namoyishlarida emotsional komponent bilan bir qatorda aniq somatovegetativ buzilishlar, affektiv va kognitiv kasalliklar aniqlanadi. Oxirgi yillarda olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ishemik buzilishlarda gippokampda, bodomsimon tanada, qamrovchi miya burmalarining old qismida, prefrontal qobiqda - bosh miyaning, jumladan, eng yuqori miya funksiyalari uchun javobgar bo‘lgan sohalarida tuzilmaviy-funksional o‘zgarishlar aniqlanadi.  Kognitiv buzilishlar rivojlanishining xavfini ahamiyatli tarzda oshiruvchi patologik jarayonlarning sinergizmi mavjud. Ajratish hodisasi natijasida ushbu aloqalarning buzilishi, shuningdek, hayot sifatini ahamiyatli tarzda yomonlashtiradigan astenik sindrom va depressiya paydo bo‘lishiga olib keladi.

Serebral funksiyalar buzilishining oshib borishiga olib keluvchi shikastlanish tabiati hisobga olinganda, bosh miya ishemiyasini davolash muammosi juda keskin ekanligi bilinadi. Umuman olganda to‘qimalar ishemiyasini davolash o‘z ichiga xavf omillarining modifikatsiyalangan korreksiyasini (etiotrop/bazis terapiya), bosh miya qon oqimi va metabolizmini optimal darajada qo‘llab turishni (patogenetik terapiya) va alohida simptomlar va sindromlarni to‘g‘rilashni (simptomatik terapiya) kiritadi.

Komorbid patsiyent davolovchi shifokor tomonidan polipragmaziyaning yuqori xavfiga duchor bo‘lganligidan hamda surunkali qon-tomir patologiyasi bo‘lgan bemorlarni yuritishda asosiy yuklama sog‘liqni saqlashning ambulator zvenosida yotganligidan kelib chiqsak, mazkur toifadagi bemorlarni davolash uchun optimal terapevtik strategiyalarni ishlab chiqish zarur bo‘ladi.

YuQTK va ularning asoratlarini dori-darmon bilan davolashdagi ko‘p sonli ko‘rsatmalarning ichidan  shartli ko‘rsatmalarni (aniq guruhdagi dori vositasini boshqa guruhdagi dori preparatiga almashtirish imkonisiz kasallik prognoziga isbotlangan ijobiy ta’siri asosida) va ehtimolli qo‘llash ko‘rsatmalarini (kasallikning prognoziga, klinik kechishiga, patsiyent hayotining sifatiga isbotlangan ijobiy ta’siri, boshqa guruhdagi dori preparatiga to‘g‘ri almashtirish imkonining mavjudligi) ajratish muhim. Ushbu guruhdagi preparat bir vaqtning o‘zida muayyan patsiyentda boshqa yurak-qon tomir patologiyasini davolash uchun ko‘rsatilgan bo‘lgan holatda ehtimolli tavsiyasi afzal bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, komorbidlikda shartli tayinlanishlarga qo‘shimcha sifatida ko‘pgina ko‘rsatmalari bo‘lgan (ikkita va undan ortiq) dori preparatlarini birgalikda qo‘llash afzal hisoblanadi.

Amaliyotda ishemiyani patogenetik davolashga bunday yondashish vazoaktiv va neyrometabolik preparatlarni qo‘llashni nazarda tutadi. Ma’lumki, miya qon oqimi buzilishining eng ko‘p tarqalgan shakllarining patogenezi asosida to‘qimalarning kislorodga bo‘lgan ehtiyojlari va uning haqiqatan kelib tushishi o‘rtasidagi nomuvofiqlik, aniq ifodalangan to‘qima ishemiyasi natijasida energetik hujayra ichi almashuvining buzilishi yotadi. Ishemiyada bosh miyaning shikastlanishi bitta o‘choq bilan cheklanmaydi, u ko‘p o‘choqli yoki diffuz tabiatga ega. Bunday holatlarda bir nechta yoki barcha kognitiv funksiyalarning buzilishi rivojlanadi, va buzilishlar shakllanishining bir nechta patogenetik mexanizmlarini kuzatish mumkin. "Metabolik terapiya" tushunchasi turli ta’sir etish mexanizmiga ega bo‘lgan preparatlarni birlashtiradi, ularni qo‘llash metabolik hujayrada adenozintrifosfat hosil bo‘lishi jarayonlarini farmakologik boshqarish orqali uning energetik metabolizmini ta’minlaydi. Hujayra gipoksiyasi sharoitlarida to‘liq oksidlanmagan yog‘li kislotalar (YoK) to‘planishining yuqori xavfini hisobga olgan holda, ishemiyani davolashda yetarlicha qon ta’minlanmasligi sharoitlarida energiyani yog‘larni b-oksidlashdan kislorod iste’moli ancha pasayadigan glikolizga o‘tkazishga qodir bo‘lgan preparatlar keng qo‘llaniladi. Bunday preparatlarni izlash natijasida dori vositalarining sinfi yaratildi - YoKlarni oksidlashning parsial ingibitorlari. AQShning Oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu so‘nggi 30 yil ichida yaratilgan antianginal dori vositalarining yagona yangi sifni, uning eng mashhur vakillari - ranolazin, trimetazidin, meldoniy. Ushbu preparatlar rasman bitta sinfga mansub bo‘lib, ta’sir ko‘rsatish mexanizmlarida farq qiladi. Shunday qilib, ranolazin terapevtik samarasining asosiy mexanizmi natriy ionlarining kechki oqimini ingibirlanishi hisoblanadi. Trimetazidin, bevosita b-oksidlashda ishtirok etuvchi oxirgi fermentni ingibirlab, mitoxondriyalarga kelib tushgan YoKlarning ortiqcha kelib tushishiga va ularning faollashgan shakllarini hujayralarda to‘planishiga to‘sqinlik qilmasdan, oksidlanish tezligini to‘xtatadi. Meldoniy esa (Mildronat savdo nomi), erkin karnitin tarkibini kamaytirib ( g-butirobetaingidroksilazani ingibirlanishi endogen karnitinni g-butirobetaindan sintezlanishini pasayishiga olib keladi, OCTN2 o‘ziga xos transporter-oqsilga ta’siri esa ingichka ichakda oziq-ovqat mahsulotlaridan karnitin so‘rilishini pasaytiradi) va mitoxondrial karnitinli shuntning o‘ziga xos fermentlarini ingibirlab, YoKning karnitinga bog‘liq b-oksilanishining pasayishini ta’minlaydi. Shunday qilib, meldoniy ta’sirida mitoxondriyalar membranalari orqali YoK faol shakllari tashilishining va ularning b-oksidlanish jadalligini pasayishi fonida to‘planishining kamayishi sodir bo‘ladi. Ushbu mexanizmlar birligi metabolizm jarayonlarini yanada tejamliroq yo‘llarga o‘tkazish hisobiga kisloroddan foydalanish samaradorligini yaxshilashni ta’minlaydi hamda to‘qimalarni oksidativ stress asoratlaridan himoya qiladi. Bundan tashqari, meldoniyni qo‘llash fonida qon plazmasida g-butirobetain konsentratsiyasini oshishi qon tomirlar endoteliyalariga nisbatan asetilxolin retseptorlarning faollashishiga olib keladi, bu ham qon tomir devori tomonidan azot oksidi (NO) sintezini rag‘batlantirishga ko‘maklashadi, shu tufayli endotelial disfunksiya namoyishini kamaytiradi. Bu adrenalinning qon tomir spazmlari, trombotsitlarni agregatsiyalashning inhibatsiyasi va eritrotsitlar membranalarining elastikligi oshishi natijasida yuzaga kelgan umumiy periferik qon tomir qarshiligining pasayishi bilan birga keladi.

Bir qator tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, meldoniyning markaziy nerv tizimiga ijobiy ta’siri birinchi navbatda aynan NO-mexanizm tomonidan kelib chiqqan. Shu bilan birga Mildronatning klinik samaradorligi, shuningdek, lipidlarning peroksidli oksidlanish jadalligining kamayishi, endogen antioksidantlar faolligining oshishi va siliar faktor kabi neyrotrofik faktorlar ishlab chiqarilishining rag‘batlantirilishi bilan bog‘liq.

Meldoniy digidrati ishemiya teginmagan sohalarga deyarli ta’sir ko‘rsatmasdan, yurak va miya to‘qimalarining aynan ishemiyalangan sohalariga selektiv ta’sir ko‘rsatishi va bu holat "o‘g‘irlash" effektini oldini olish imkonini berishi muhim hisoblanadi. Shuningdek, turli komorbid patologik holatlarda Mildronat sitoprotektorli samaralarining obzor ma’lumotlari mavjud - gipertonik kasallik bilan majmuadagi osteoartrozda, YuIKda, miyaning o‘tkir va surunkali, jumladan, qandli diabet bilan og‘irlashgan ishemiyalarida, bosh-miya jarohatlarida, tarqoq sklerozda va h.z. Tadqiqot va nashrlarning aksariyat soni  miyaning ishemik shikastlanishiga Mildronatning ta’siri va ishemiyada miya hujayralari o‘limini belgilab beruvchi bir qator patogenetik omillarga Mildronatning majmuaviy ta’siri bilan bog‘liq davolash natijalariga bag‘ishlangan. Mildronat nerv tizimiga ko‘rsatayotgan ta’sirining ikkita asosiy yo‘llari ajratiladi, ular bir nechta parallel mexanizmlar bilan amalga oshiriladi: 1) miya qon aylanishini yaxshilash va xavf omillari ta’sirini bartaraf etish; 2) neyronlarni himoyalash va neyromodulyatsiyani rag‘batlantirish.

Yuqorida aytib o‘tilganidek, sVK va YuIK bo‘lgan patsiyentlarning majmuaviy terapiyasida Mildronat preparatini nevrologik statusga, kognitiv funksiyalarga va astenik namoyishlarning aniqligiga ta’sir ko‘rsatish maqsadida qo‘llanilishi patogenetik jihatdan o‘zini oqlagan hisoblanadi.

Miya qon aylanishining surunkali yetishmovchiligi va YuIK bo‘lgan patsiyentlardagi nevrologik statusga, kognitiv funksiyalarga va astenik sindromga Mildronat preparati bilan pog‘onali va peroral terapiyaning bo‘lgan ta’sirini baholash uchun ambulator sharoitlarda biz tomonimizdan "STEM" ishchi nomi bilan kuzatuv nointervension ko‘p markazli tadqiqot o‘tkazildi, unga verifikatsiyalangan tashxis bilan komorbid patsiyentlar kiritilgan: "Miyaning surunkali ishemiyasi" (167.9 Miya qon tomirlarining boshqa aniqlashtirilgan shikastlanishlari - miya ishemiyasi (surunkali) va 167.9 serebrovaskulyar kasallik (aniqlashtirilmagan) hamda "Yurak ishemik kasalligi" (120 Stenokardiya; 125 Yurakning surunkali ishemik kasalligi). Bemorlarning o‘rtacha yoshi – 59,54 ± 9,65 yosh. shulardan, 62,67% ayollar, 37,33% erkaklar.

Jami kuzatuv tadqiqotiga surunkali miya ishemiyasi va YuIK tashxisi bo‘lgan, tadqiqotga kiritilishidan oldin Mildronat preparati bilan ikkita sxema terapiyasidan bittasi buyurilgan 4952 nafar ambulator patsiyent kiritilgan: pog‘onali (1000 mg kuniga (inyeksiyalar, 10 ml) 10 kun davomida, keyin 30 kun 500 mg kapsulalar (sutkalik dozasi 1000 mg, kuniga 2 kapsula, kunning birinchi yarmida)) yoki peroral (sutkalik dozasi 1000 mg, kuniga 500 mg dan 2 kapsula, kunning birinchi yarmida) 40 kun davomida. Preparatni tadqiqotga kiritilishdan oldin  buyurilishi terapiya tayinlanishining patsiyent ishtirokidan mustaqil ekanligini va dasturning nointervension ekanligini ko‘rsatadi. Statistik tahlil uchun patsiyentlarni guruhlarga taqsimlash shifokor tomonidan buyurilgan terapiya sxemasini hisobga olgan holda, tibbiy karta ma’lumotlari asosida o‘tkazilgan. Tibbiy kartalarning ma’lumotlariga ko‘ra, terapiyaning pog‘onali sxemasi preparatni peroral qabul qilish kursiga qaraganda shifokorlar tomonidan 9,69 barobar ko‘proq buyurilgan. Klinik diagnozni hisobga olgan holda barcha patsiyentlar o‘z ichiga gipotenziv, antiagregant, gipolipidemik, antiaritmik vositalarni kiritgan asosiy terapiyani olgan.

Kiritmaslik mezonlari 18 yoshdan kichik va 70 yoshdan katta yosh, homiladorlik, laktatsiya, miya ichi qon bosimini oshishi, kuzatuv tadqiqotida ishtirok etish uchun qabul qilingan rozilikning imzolangan shaklini yo‘qligi, sitoprotektorlar va metabolizm korrektorlari guruhidagi boshqa preparatlarni qabul qilish bo‘lgan. Rossiyaning 48 ta shahridan ishtirokchi-shifokorlarning soni 538 tani tashkil etdi. Tadqiqot dasturi / protokolida bemorni boshqarish bo'yicha kuzatuvchi shifokorga hech qanday ko'rsatma berilmagan. Shifokorlar muntazam amaliyot sharoitida harakat qilishgan.

Surunkali miya ishemiyasi va YuIK bo‘lgan patsiyentlarda Mildronat preparati bilan turli terapiya rejimlari ta’sirini baholash patsiyentning anketasida patsiyentlar va shifokorlar tomonidan to‘ldirilgan shkala va so‘rovnomalarning dinamikasida o‘zgaruvchan ma’lumotlarni tahlil qilish yordamida tashriflarning natijalari bo‘yicha o‘tkazilgan. Nevrologik statusni, asteniyaning subyektiv shkalasini baholash natijalari (MFI-20 so‘rovnomasi), Kognitiv funksiyalarni baholashning Monreal shkalasi (MoSA) qo‘llanilgan.  Natijalarga statistik ishlov berish Statistica amaliy dasturlar to‘plamidan foydalanib o‘tkazilgan, versiya 6.0 (StatSoft, SShA).  O‘rganiladigan sifat ko‘rsatkichlari ham mutlaq (n), ham nisbiy (%) qiymatlarda keltirilgan. Binar alomati chastotalarini taqqoslash bog‘langan guruhlarda MakNemar c2 mezonidan foydalanib o‘tkazilgan. r < 0,05 qiymatlari ishonchli deb qabul qilingan.

Tadqiqotning yakuniy nuqtalari quyidagilar bo‘lgan: 1) tadqiqotga qo‘shish tashrifi – bahosi: MFI-20, nevrologik ko‘rik (subyektiv + obyektiv), MoCA-test natijalari; 2) yakunlovchi tashrif (terapiyadagi 40-chi kun) – bahosi: MFI-20, nevrologik ko‘rik (subyektiv ++ obyektiv), MoCA-test natijalari.

Anketa ma’lumotlarining tahlili Mildronat bilan pog‘onali terapiya 4489 nafar patsiyentlarga (natijalarga statistik ishlov berish uchun 1-chi guruh), peroral terapiya esa - 463 nafar patsiyentlarga (2-chi guruh) buyurilganligini ko‘rsatdi. Guruhlar jinsi bo‘yicha taqqoslanuvchan bo‘lgan.

Terapiya tayinlanishidan oldin turli davolash sxemalarini olgan bemorlarning nevrologik funksiyalarini tahlil qilish 1-chi va 2-chi guruhdagi patsiyentlarning statusida subyektiv simptomlar ustuvor bo‘lganligini aniqlagan. Bemorlarning deyarli yarmida kuchsiz ifodalangan kam davriylikdagi bosh og‘rig‘i qayd etilgan - 1-chi guruhda 52,1% holat va 2-chi guruhda 48,4% holat.  Ikkala guruhdagi bemorlarning boshqa qismi bir oyda 2 martadan ortiq paydo bo‘ladigan, jadalligi bo‘yicha o‘rtacha va davriy kuchli bo‘lgan, ko‘proq psixoemotsional yuklamaga bog‘liq bo‘lgan bosh og‘rig‘iga shikoyat qilgan - birinchi guruhda 47,9% va 2-chi guruhda 51,6%.

Aniq bosh aylanishiga shikoyatlarning uchrash tezligi 1-chi guruhda 31,5% va 2-chi guruhda 36,7% bo‘lgan. Quloqlardagi aniq shovqindan pog‘onali terapiya guruhidan 39,7% patsiyentlar va preparatni peroral qabul qilgan 39,3% patsiyentlar shikoyat qilgan.

Shifokor tomonidan aniqlanadigan aniq ifodalangan emotsional labillik simptomlari, shuningdek, patsiyentlarning ortiqcha asabiylashish, yig‘loqilik, asoslanmagan g‘azab qo‘zg‘alishlariga bo‘lgan shikoyatlari 1-chi guruhda 28,7% holatlarda va 2-chi guruhda 39,3% holatlarda uchragan.

Obyektiv mo‘tadil va yaqqol nevrologik simptomlar ichida statika buzilishi va koordinator buzilishlar ustunlik qilgan. Romberg pozasida nobarqarorlik, yurish paytida tez-tez silkinish, koordinator probalarni bajarishda tremor 1-chi guruhdagi 25,5% patsiyentlarda va 2-chi guruhda 21,2% patsiyentlarda tashxis qo‘yilgan. Sezgirlikni mo‘tadil va aniq buzilishlarining, akinetik-rigid sindromning, nutq buzilishining uchrashish tez-tezligi Mildronat bilan davolangan bemorlarning ikkala guruhida 8% holatdan oshmagan. Davolashdan oldin o'rganilayotgan guruhlarda baholangan nevrologik alomatlarning paydo bo'lish chastotasini o'rganish ularning taqqoslanishini ko'rsatdi.

Mildronat bilan pog‘onali terapiya olgan patsiyentlar guruhida mo‘tadil va aniq nevrologik simptomlarning uchrashish tez-tezligi (2-rasmga qarang) quyidagi tarzda pasaygan: bosh og‘rig‘i – 45,6% ga (c2 = 761,9; r < 0,01); bosh aylanishi – 30,3% ga (c2 = 2913,8; r < 0,01); quloqlardagi shovqin – 33,8% ga (c2 = 2008,5; r < 0,01); emotsional labillik – 27,7% ga (c2 = 3067,4; r < 0,01); statika va yurishni buzilishi – 23,5% ga (c2 = 3089,5; r < 0,01); harakat buzilishlari – 3% ga (c2 = 3876,8; r < 0,01); sezgirlik buzilishlari – 3,5% ga (c2 = 4181,7; r < 0,01); nutq buzilishlari – 1,8% ga (c2 = 4346,2; r < 0,01).

Mildronat bilan peroral terapiya olgan patsiyentlar guruhida ham mo‘tadil va aniq nevrologik simptomlarning uchrashish tezligi pasaygan: bosh og‘rig‘i – 49% ga (c2 = 188,7; r < 0,01); bosh aylanishi – 33,4% ga (c2 = 259,7; r < 0,01); quloqlardagi shovqin – 32,8% ga (c2 = 200,9; r < 0,01); emotsional labillik – 37,6% ga (c2 = 256,0; r < 0,01); statika va yurishni buzilishi – 18,8% ga (c2 = 270,2; r < 0,01); harakat buzilishlari – 4,7% ga (c2 = 392,4; r < 0,01); sezgirlik buzilishlari – 5,6% ga (c2 = 411,4; r < 0,01); nutq buzilishlari – 3,7% ga (c2 = 420,3; r < 0,01).

Davolash fonida bosh og‘rig‘i simptomlarisiz (23,4% ga 1-chi guruhda, 13,8% ga 2-chi guruhda), bosh aylanishisiz (31% ga 1-chi guruhda va 23,1% 2-chi guruhda), quloqdagi shovqinsiz (25,9%  ga 1-chi guruhda va 19,3% 2-chi guruhda), statika va yurish buzilishlarisiz (22,3% ga 1-chi guruhda va 17,3% 2-chi guruhda), harakat buzilishlarisiz (10,9% ga 1-chi guruhda va 12,3% 2-chi guruhda), sezuvchanlik buzilishlarisiz (13,1% ga 1-chi guruhda va 10,2% 2-chi guruhda), nutq buzilishlarisiz (10,4% ga 1-chi guruhda va 12,9% 2-chi guruhda), emotsional buzilishlarsiz (19,4% ga 1-chi guruhda va 19,1% 2-chi guruhda) bemorlarning soni oshgan.

Shu bilan birga, Mildronat bilan pog‘onali terapiyani olgan bemorlar guruhida nevrologik simptomlar to‘liq regress holatlarining o‘sishi (%da ) yanada yuqori bo‘lgan.

Davolash oldidan taqdim etilgan 1 guruhidagi anketalarda astenik sindrom 90% dan ortiq hollarda aniqlangan. 90,6% hollarda umumiy asteniya, 80,6% – faollikning pasayishi, 57,1% – motivatsiyaning pasayishi, 81,1% – jismoniy asteniya, 77,3% – ruhiy asteniya tashxis qilingan. Solishtirma natijalar 2-chi guruhda olingan: 89% hollarda umumiy asteniya, 79% da- faollikning pasayishi, 63,5% da - motivasiyaning pasayishi, 80,1% da - jismoniy asteniya, 77,5% da - ruhiy asteniya tashxisi qo‘yilgan.

Turli davolash sxemalarini qo‘llash natijalari dinamikasining tahlili 6-rasmda keltirilgan. Umumiy asteniya namoyishining tez-tezligi 1-chi guruhda 78,3% ga (c2 = 16,5; r < 0,01), 2-chi guruhda – 77,5% ga (c2 = 70,3; r < 0,01) kamaygan; faollikni pasayishi 1-chi guruhda 78,3% ga (c2 = 70,8; r < 0,01), 2-chi guruhda – 47,8% ga (c2 = 8,8; r < 0,01) kamaygan; motivasiyani pasayishi 1-chi guruhda 52,1% ga (c2 = 1339,5; r < 0,01), 2-chi guruhda – 56,6% ga (c2 = 92,0; r < 0,01) kamaygan; jismoniy asteniya 1-chi guruhda 67,4% ga (c2 = 35,8; r < 0,01), 2-chi guruhda – 65,6% ga (c2 = 3,6; r < 0,01) pasaygan; ruhiy asteniya 1-chi guruhda 66,9% ga (c2 = 204,3; r < 0,01), 2-chi guruhda – 69,3% ga pasaygan (c2 = 29,8; r < 0,01). Mildronat bilan turli davolash sxemalari fonida umumiy, jismoniy va ruhiy asteniya namoyishlari dinamikasining qiyosiyligida past faollikni va jismoniy asteniyani tiklashga bo‘lgan ta’siri pog‘onali terapiya olayotgan patsiyentlar guruhida yanada aniqroq bo‘lgan.

Kognitiv buzilishlarni tez skrining qilish uchun tadqiqotda dodementli kognitiv buzilishlarga nisbatan validasiyalangan Monreal kognitiv shkalasidan (Montreal Cognitive Assessment – MoCA) foydalanilgan.   Shkala turlicha kognitiv funksiyalarni baholash imkonini beradi - e’tibor va konsentrasiya, ijro funksiyalari, xotira, nutq, optik-atrofli faoliyat, konseptual fikrlash, hisob va yo‘nalish. Kognitiv disfunksiyaning dodementli shakllariga nisbatan MoCA sezgirligi 90%ni, usulning o‘ziga xosligi -87%ni tashkil qiladi.  Bundan tashqari har qanday mutaxassislikdagi shifokorlar uchun test foydalanishda juda qulay va tushunarli, MoCA o‘tkazishga sarflanadigan vaqt esa taxminan 10 daqiqani tashkil etadi.  Maksimal ballar soni 30. MoCA shkalasi uchun muhokama qilinadigan kesish chegarasi variabelli, biroq, ko‘pchilik mualliflar 26 ball qiymatni  ko‘rsatib, shu o‘rinda subyektiv omilni va neyropsixologik testlarni o‘tkazishda ham yolg‘onmusbat, ham yolg‘onmanfiy natijalarni olish mumkinligini istisno qilib bo‘lmaydi deb hisoblaydi.

MoSA ma’lumotlari bo‘yicha Mildronat bilan terapiyadan oldin o‘rtacha ko‘rsatkich 1-chi guruh kogortasida 23 ± 3,72 ballni, 2-chi guruhda – 22 ± 3,9 ballni tashkil etgan, ya’ni yosh me’yoriga kiritilgan va mo‘tadil kognitiv buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda nisbatan past bo‘lgan. Eng ko‘proq farqlar e’tibor va reaksiya tezligiga taalluqli bo‘lgan. Dement buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar ushbu kognitiv shkala bo‘yicha aniqlanmagan. Jami davolashdan oldin kognitiv buzilish (MoSA shkalasi bo‘yicha umumiy baho 26 balldan kam) 1-chi guruhda 57,2% patsiyentlarda va 2-chi guruhda 58,4% patsiyentlarda aniqlangan.

Mildronat terapiyasining turli sxemalaridan foydalanish fonida kognitiv funksiyalar sinov natijalarining ahamiyatli ijobiy o‘zgarishlari qayd etilgan - MoSA shkalasi bo‘yicha o‘rtacha ballning ahamiyatli oshishi: 40 kun davolangandan keyin u 1-chi guruhda 27,0 ± 3,72 ballga (o‘sish 4 ball; r < 0,005), 2-chi guruhda 27,0 ± 4,02 ballga (o‘sish 5 ball; r < 0,005) etgan.

Shuningdek, bog‘langan guruhda terapevtik samarani yanada to‘g‘riroq tahlil qilish uchun kognitiv funksiyalar dinamikasiga statistik ishlov berish miqdoriy binar alomatni taqqoslash imkonini beruvchi  c2 mezondan foydalanib o‘tkazilgan. Shunday qilib, davolashdan keyin MoSA shkalasi bahosi 26 balldan ortiq bo‘lgan bemorlar soni 1-chi guruhda (7-rasm) 81,4% da (c2 =1037,4; r < 0,01), 2-chi guruhda (8-rasm) 74,5% da (c2 = 1203,4; r < 0,01) aniqlangan. Shu o‘rinda, kognitiv buzilishi bo‘lmagan patsiyentlar sonining o‘sishi peroral terapiya guruhiga (32,9%) qaraganda pog‘onali terapiya guruhida (38,6%) yuqoriroq bo‘lgan.

Preparat psixik reaksiyalar tezligiga va diqqat jarayonlariga ko‘proq samara ko‘rsatgan, shu o‘rinda MoSA shkalasi bo‘yicha dinamika yakuniy ball qiymati yanada pastroq bo‘lgan patsiyentlarda kuzatilgan. Shunday qilib, mazkur tadqiqot doirasida shu narsa aniqlandiki, Mildronat preparatini umumiy terapiya sxemasiga qo‘shish yurak-qon tomir komorbidligi bo‘lgan patsiyentlarda bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, emotsional buzilishlar jadalligining ishonchli pasayishiga olib kelar ekan.  sVK subyektiv namoyishlari dinamikasi bilan birga obyektiv nevrologik simptomlarning ham ishonchli pasayishi qayd etiladi - statika va koordinasion kasalliklarning buzilishlari. Shu o‘rinda, Mildronat terapiyasining pog‘onali sxemasi peroral sxemaga qaraganda ushbu simptomlarning to‘liq regressiga ko‘proq ta’sir qiladi.

Har qanday foydalanish sxemasida Mildronat astenik buzilishlarning asosiy umumiy belgilariga va kognitiv funksiyalarga statistik ishonchli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mildronat bilan turli davolash sxemalari fonida umumiy, jismoniy va ruhiy asteniya namoyishlari dinamikasining qiyosiyligida past faollikni tiklashga va jismoniy asteniyaga bo‘lgan ta’siri pog‘onali terapiya olayotgan patsiyentlar guruhida ko‘proq ifodalangan. Xuddi shu guruhda davolash fonida MoSA shkalasi bo‘yicha test natijasi yaxshilangan patsiyentlarning ko‘proq o‘sishi qayd etilgan.

Tadqiqot ma’lumotlari bo‘yicha barcha patsiyentlar Mildronat terapiyasini yaxshi ko‘targan; preparat parenteral va peroral yuborilishida dorilarning o‘zaro ta’siri, nojo‘ya samaralar va davolashning asoratlari aniqlanmagan. Mildronat terapiyasi 40-kunlik kursining klinik samaradorligi 29,2% holatlarda shifokorlar tomonidan ahamiyatli yaxshilanish kabi, 59,2% da - yaxshilanish kabi baholangan.

Shunday qilib, Mildronatni yurak-qon tomir komorbidligi bo‘lgan patsiyentlarda kognitiv funksiyaga, astenik, umumiy miya va o‘choqli nevrologik simptomlarga ta’sir qilish natijalari ushbu guruh bemorlariga preparatni kursli qo‘llashni tavsiya qilish imkonini beradi.   Mildronatning 40-kunlik kursini buyurishdan asosiy maqsad: vertebral-bazilyar basseynda qon aylanishi etishmasligidan kelib chiqqan namoyishlarning kamayishi (yurishda chayqalish, bosh aylanishi, quloqlardagi shovqin), ma’lum darajada surunkali gipoksiya bilan bog‘liq bosh og‘rig‘ini pasayishi, emotsional statusni me’yorlashishi (asabiylashishni kamayishi, kayfiyatni yaxshilanishi), ruhiy faoliyatni tiklanishi (e’tibor, anglash, psixik reaksiyalar tezligi), ijtimoiy-maishiy motivasiya darajasini oshishi, jismoniy faollikni kuchayishi, jumladan, reabilitasiya va davolovchi jismoniy tarbiya dasturlarida ishtirok etish uchun.

Mildronat kognitiv funksiyalarga ta’sir qilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar alohida muhokamaga loyiq. 40 kun davomida Mildronat terapiyasining turli sxemalaridan foydalanish natijalari bo‘yicha yurak-qon tomir komorbidligi bo‘lgan patsiyentlarda kognitiv funksiyalarning ahamiyatli yaxshilanishi aniqlangan. Mazkur tadqiqotning dizayni va vazifalariga terapevtik samara aniqligining bog‘liqligini baholash kirmagan. Komorbid bemorlarda dorini tayinlash muddatlari terapevtik samaraning aniqligi va saqlanib qolinishini belgilab beradimi? Mildronat preparatini qo'llash bo'yicha boshqa tadqiqotchilarning ma'lumotlariga murojaat qilamiz.

I.V.Damulin va hammualliflar ishida (2006)  umumtan olingan neyropsixologik testlar batareyasini va tadqiqotlarning elektrfiziologik usullarini (kognitiv chaqirilgan potensiallar (KChP) R300) qo‘llab, surunkali serebrovaskulyar etishmovchiligi bo‘lgan keksa patsiyentlarning kognitiv funksiyalariga Mildronatning ta’siri baholangan.  Davolash sxemasi quyidagicha bo‘lgan: 1-ya gruppa – Mildronat 500 mg/sut dan ichga 3 oy davomida; 2-chi guruh – Mildronat 500 mg/sut dan ichga 1,5 oy davomida, keyin 1,5 oy 1000 mg/sut ichga. Ta’kidlash muhimki, gipotenziv preparatlar va antiagregantlar bilan avval tanlangan davolashdan tashqari patsiyentlar boshqa metabolik, nootrop va qon-tomir terapiyasini olmagan. Ish natijasida harakat (barqarorlik va yurish) va kognitiv (xotira va e’tibor) funksiyalarning hamda KChP R300 (r < 0,05) parametrlarining ishonchli yaxshilanishi aniqlanmagan. Mildronat dozasini 1000 mg/sut gacha oshirishdan yanada ijobiy samara anamnezda ishemik insulti bo‘lgan patsiyentlarda olingan.

M.E.Stasenko va hammualliflar tadqiqotida (2011) Mildronatning sutkalik 500 mg dozada uzluksiz va kursli terapiyasi fonida preparatning kognitiv funksiyalarga nisbatan samaradorligi va uzoq qo‘llashda xavfsizligi arterial gipertoniyasi va kognitiv tanqisligi bo‘lgan 180 nafar patsiyentlarda qayd etilgan. Preparatni uzluksiz qabul qilish 52 hafta davom etgan, kursli terapiyasi - yil davomida ikkita 3-oylik kurs ko‘rinishi bo‘lgan.  Ikkala davolash sxemasi fonida ham astenik va xavotirli buzilishlarning kamayishi aniqlangan. Mildronat bilan uzluksiz terapiya davolash rejimi bo‘lib chiqdi, u dastlabki darajaga va nazorat guruhiga qaraganda kognitiv funksiyalarning barcha ko‘rsatkichlarini ishonchli tarzda yaxshilagan. Shunday qilib, yuqorida zikr qilingan tadqiqotlarning natijalari kognitiv disfunksiyani to‘g‘rilash maqsadida Mildronat preparatini yanada ko‘proq qo‘llash maqsadga muvofiq ekanligidan dalolat beradi.

Mildronat bilan 40-kunlik terapiya kursi, ko‘rinib turganidek, birinchi navbatda, g-butirobetain efirlarini hosil qilish va azot oksidi endotelial sintazasini faollashtirish orqali xolinomimetik samaralarni va tizimli qon-tomirli reaksiyalarni rag‘batlantirib, miokardning funksional qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, glyukoza almashuvida, lipid almashuvida va aterosklerozni to‘xtatish jarayonida ishtirok etib, shaklli elementlarning agregasiyasiga va qonning reologik xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatib, miyadagi qon aylanishi yaxshilash va xavf omillari ta’sirini bartaraf etish hisobiga nevrologik va umumiy astenik namoyishlarning dinamikasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ehtimol, Mildronatning sitoprotektiv va antigipoksantli samaralarini realizasiya qilish uchun 30-40 kunlik kursning o‘zi etarli bo‘ladi, lekin shu o‘rinda, kognitiv disfunksiyaga uzoq ijobiy ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan yanada aniqroq neyromoddulovchi ta’sir uchun (ehtimol, asetilxolin reseptorlarni faollashtiruvchi g-butirobetain efirlarini shakllantirish bilan neyrotransmissiv xolinergik samara orqali) yanada uzoqroq vaqt talab etiladi.  Ehtimol, Mildronatni qo‘llashda kognitiv funksiyalarning yaxshilanishi neyrodegenerasiya, yallig‘lanish va apoptoz jarayonlariga jalb qilingan oqsillar ekspressiyasini me’yorlashtirish orqali  ikkilamchi tabiatga ega. Bunday holatda miyaning neyroplastik effektini rag‘batlantirish uchun yanada uzoqroq davolash sxemalari yoki terapiyaning bir martadan ortiq kurslari talab etiladi. Har qanday holatda Mildronat preparati bo‘yicha bugungi kungacha to‘plangan ma’lumotlar o‘zi bilan shubhasiz klinik qiziqishni ifoda etadi va qon tomir komorbidligi bo‘lgan patsiyentlarning majmuaviy terapiyasida uni tayinlash maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi.

Sog‘liqni saqlash mutaxassislari uchun ma’lumot

Mildronat dori preparatini tibbiyotda qo‘llanilishiga doir qisqacha yo‘riqnomaQayd etish guvohnomasi: LS-001115 12.05.2011; P N016028/02 23.10.2014 Savdo nomi: MILDRONAT XPN: meldoniy. Dori shakli/tarkibi: kapsulalar, 1 kapsuladagi faol modda: meldoniy digidrati – 250/500 mg; mushak ichi, vena ichi va parabulbar yuborish uchun eritma, 100 mg/ml; Qo‘llanilishi: yurak ishemik kasalligining (stenokardiya, miokard infarkti), surunkali yurak yetishmovchiligining va disgormonal kardiomiopatiyaning majmuaviy terapiyasida, shuningdek miya qon aylanishi o‘tkir va surunkali buzilishlarining (insultdan keyin, serebrovaskulyar yetishmovchilik) majmuaviy terapiyasida. Susaygan ishlash qobiliyati; aqliy va jismoniy ortiqcha yuklamalar (jumladan, sportchilarda). Surunkali alkogolizmda abstinensiya sindromi (o‘ziga xos terapiya bilan kombinatsiyada). Qo‘shimcha(eritma uchun): Gemoftalm va pardaga turli etiologiyadagi qon quyilishlar, parda va uning shoxlari markaziy venasining trombozi, turli etiologiyadagi retinopatiyalar (diabetik, gipertonik). Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar: Preparatning ta’sir etuvchi moddasiga va boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik, bosh miya ichi bosimini oshishi (venoz oqim buzilishida, miya ichi o‘simtalarida), 18 yoshgacha bolalar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan), homiladorlik, emizish davri.

Mualliflar haqida

A.I. Fedin, E.Yu. Solovyova, O.A. Baranova

Yurak kasalliklarda eng kop qollaniladigan dori vositalari mazkur sahifada keltirilgan.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Maymoqlikning sababi nima?

Shifokor olimlar kuzatishlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda bolalarda oyoq kaftidagi tug‘ma nuqsonlar (ayniqsa maymoqlik) ko‘p uchramoqda. Aslida bunday holat ro‘y berishining sabablari nimada? Davolash choralari bormi?

Travmatologiya va ortopediya ilmiy-tekshirish institutining “Bolalar ortopediyasi” bo‘limi rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Ahror JO‘RAYEV shu savollarga javob beradi:

– Bolalar oyoq kaftidagi nuqson irsiy yoki genetik muammolar bois yuzaga kelishi mumkin. Homiladorlikda suvsizlanish sababli bolaning ona qornida noto‘g‘ri joylashib, siqilib qolishi ko‘pincha tug‘ma maymoqlikka sabab bo‘ladi. Shuningdek, homiladorlik vaqtida onaning turli infeksion kasalliklarga chalinishi, kuchli depressiya holatida bo‘lishi, noto‘g‘ri ovqatlanishi oqibatida ham ushbu xastalik kelib chiqadi. Ya’ni, noto‘g‘ri turmush tarzi ona qornidagi homilaning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Homiladorlikning 16 haftasida boladagi oyoq maymoqligini UTT apparati tekshiruvi orqali aniqlash mumkin. Bola tug‘ilgach, unda oyoq barmoqlarining turli anatomik kasalliklari (masalan barmoqlarning kalta bo‘lishi, bir-biriga yopishib qolishi – sindaktriya, kaft suyaklarining yaxshi rivojlanmay qolishi) ko‘zga tashlanadi. Bunday holatda shifokor neonatolog chaqaloqqa tug‘ma maymoqlik tashxisini qo‘yishi va davolash choralari haqida maslahat berishi mumkin. O‘z vaqtida olib borilgan davolash muolajalari xastalik uzoq cho‘zilishining oldini oladi.

Oyoq panjasi qiyshiqligi (maymoqlik) tez-tez kuzatiladigan holat hisoblanib, bunda ikkala oyoq (to‘piqdan pastki qismi) panjalari bir-biriga qaragan, tovon esa yumaloq bo‘ladi. Juda kuchli rivojlangan maymoqlikda bola oyoq panjasining tashqi chekkasiga, hatto ichki yuzasiga tayanib yuradi. Bolada tug‘ma maymoqlik aniqlansa, bolani tezroq davolash lozim. Bunda oyoq qiyshiqligini to‘g‘rilaydigan bog‘lovlar, maxsus gipslar qo‘yiladi. Oyoq mushaklarini mustahkamlash uchun fizioterapevtik muolajalar buyuriladi. Bu usullar yordam bermasa, bola 1,5-2 yoshga to‘lgach operatsiya yo‘li bilan davolanadi.

Aslida bolalarda tug‘ma kasalliklar paydo bo‘lishining ekzogen va endogen sabablari mavjud. Ekzogen (tashqi) sabablar qatoriga ekologik ahvolning yomonlashuvi, oziq-ovqatlarga kimyoviy ishlov berilishi, shuningdek, homiladorlik paytida onaning turli antibiotiklarni qabul qilishi va kuchli stresslarni kiritish mumkin. Kamqonlik, yurak-qon tomir kasalliklari, oshqozon-ichak tizimidagi va endokrin kasalliklar, moddalar almashinuvining buzilishi kabilar esa endogen (ichki) sabablardir.

Dunyoga kelajak bolada tug‘ma nuqsonlarning oldini olish uchun ona homiladorlik vaqtida o‘zini ehtiyotlashi, kun tartibiga rioya qilishi, toza havoda ko‘proq bo‘lishi, bo‘lar-bo‘lmas narsalarga asabiylashavermasligi, to‘g‘ri ovqatlanishi va dorilarni shifokor nazorati ostida qabul qilishi lozim. Agar tug‘ma maymoqlik o‘z vaqtida davolanmasa oyoq kafti suyagini xirurgik yo‘l bilan kesib to‘g‘rilash usulidan foydalaniladi. Davolashdan keyin maxsus ortopedik oyoq kiyimlarni kiyish tavsiya etiladi, bolalar doimiy dispanser kuzatuvida bo‘lishlari lozim.

Ko‘pchilik ota-onalarni maymoqlikni uy sharoitida qanday davolash qiziqtiradi. Maslahat shuki, bunday holatda albatta shifokor ortopedga murojaat etganingiz ma’qul. Farzandingiz oyoq kaftidagi nuqsonlarning qay darajada murakkab yoki yengilligini shifokor aniqlab, davo muolajalarini belgilaydi. Keyin qo‘shimcha uqalash mashqlari kompleksini tavsiya etishi mumkin. Eng avvalo, bola ortopedik oyoq kiyimi kiyishi lozim. Shu bilan birga oyoqyalang qum ustida, o‘tloqda yurishi yoki uydagi divan yostiqchalari ustida yurishga harakat qilishi kerak. Bunda oyoq tovoniga, mushaklariga og‘irlik tushadi va tabiiy usulda uqalanish ro‘y beradi.

3-4 yoshli bolalar velosiped haydash, suvda suzish kabi sport turlari bilan shug‘ullanishlari ham nuqsondan forig‘ bo‘lishda yordam beradi. Shifokor buyurgan muolajalarni o‘z vaqtida bajarib, qo‘shimcha mashg‘ulotlarga doimiy e’tiborda bo‘lsangiz, farzandingiz oyoq kaftidagi muammolarni bartaraf etish imkoni yaratiladi.

 

© Ahror JO‘RAYEV, professor, shifokor.
Dono ZOKIROVA, jurnalist.

"Sihat-salomatlik" jurnali.

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Musiqaterapiya - musiqa bilan davolash

Musiqa – bu nafaqat biz miriqib eshitadigan narsa bo‘libgina qolmay, og‘riqni yengillashtiradigan, stressni oladigan, o‘zingizni tushunishga yordam beradigan va muloqotdagi to‘siqlarni bartaraf etadigan narsa hamdir.

Musiqa psixoterapiya kabi

Tibbiyotda musiqaterapiya degan alohida yo‘nalish bor. Uni psixoterapiya sifatida, shuningdek og‘ir betob bo‘lgan bemorlarga yordam uchun qo‘llaniladi. Masalan, bir tadqiqotda xospisdagi saraton bilan kasallangan bemorllarga musiqaviy terapiya ta’siri o‘rganilgan. Ular improvizatsiyalashgan musiqali postanovkalarda qatnashishgan – guruh bo‘lib to‘planishib turli musiqaviy instrumentlarda o‘ynashgan. Eksperiment natijalarga ko‘ra, uni qatnashchilari terapiya ularga ko‘plab psixologik bonuslar berganini tan olishgan: ular o‘rtoqlarini qo‘llashganini his etishgan, xursandchilik va o‘ziga ishonch, shuningdek yozilishgan va stressni chiqarishgan.

musiqaterapiya

Musiqaterapiyani yana bir qiziqarli metodi – bu ashulalar yozish. Bu metodni ayrim psixoterapevtlar ishtirokchilar bilan ishlashda qo‘llashadi. Agar inson o‘z hissiyotlarni so‘z bilan izohlay olmasa unga musiqa yordamga keladi: u o‘z tarixini aytib berishga, chuqur hissiyotlarni boshdan kechirishga, o‘zini yaxshiroq tushunishiga muhim qaror qabul qilishga va o‘z qadriga yetishga yordam beradi.

Musiqa langar kabi

Olimlarni fikricha, smartfondagi musiqani eshitish – o‘ziga yordam berish va kayfiyatni ko‘tarishni yaxshi yo‘lidir. Siz musiqa turini tanlayotganingizda, siz ( ko‘p hollarda o‘zingiz bilmagan holda ) o‘zingizga kuydagi savollarni berasiz: “Men o‘zimni qanday his qilyapman?”, ”Men o‘zimni besh minutdan so‘ng qanday his qilishni istayman?”, “O‘zimni holatimni yaxshilashimga qanday musiqa yordam berarkin?” qizig‘i shundaki, musiqani tanlashda siz qo‘shiq mazmuniga emas, balki shu kompozitsiyadan olishingiz mumkin bo‘lgan o‘z assotsiyalaringizga e’tibor qaratasiz.

Agar siz sevib qolgan paytingizdagi yoki dengizda dam olayotganingizdagi qo‘shiqni eshitib qolsangiz, aynan shu sizga yoqimli emotsiyalar keltiradi va kayfiyatingizni ko‘taradi.

Shuningdek olimlar tanish musiqa chalg‘ishga yordam berishni, notanish, qo‘rqinchli va havotir situatsiyalarda o‘zingizni nazorat qilishga yordam berishini ham aniqlashdi.

Shuning uchun agar siz suhbatdan o‘tishga ketayotib ancha havotirlanayotgan bo‘lsangiz yo‘l – yo‘lakay bir nechta tanlangan kompozitsiyalardan eshiting – bu o‘zingizni qo‘lga olishga yordam beradi.

Musiqa bu og‘riqsizlantiruvchi

Sevimli musiqa hatto og‘riqni pasaytirishi ham mumkin. Bir eksperimentda olimlar qo‘shiq eshitishni, noxush hislar va og‘riqqa chidash qobiliyatiga ta’sirini tekshirib ko‘rishdi. Ular o‘z eksperimentiga 54 kishini taklif etishdi. Qatnashchilar sovuq suv bilan test o‘tishlari kerak edi. Xususan, ular o‘z qo‘llarini kuchli og‘riq hislari paydo bo‘lguncha qadar sovuq suv ichida ushlab turishlari zarur edi. Har bir qatnashchi 3 martadan sinovdan o‘tishi kerak: birinchisida jarayon davomida o‘zi suygan qo‘shiqlarni eshitib, ikkinchisida olimlar tanlangan relaksatsiya qiladigan maxsus musiqani eshitib, uchinchisida esa g‘irt shovqinni eshitib. Ma’lum bo‘ldiki, suygan qo‘shig‘ini eshitib odamlar og‘riqqa hammasidan ham ko‘p chiday olar ekan. Shu bois ko‘pchilik yugurayotganda yoki sport zalda shug‘ullanayotganda o‘zi yoqtirgan treklarni qo‘yib eshitadi – huzurbaxsh saundtrek haqiqatdan ham chidam – bardoshlikni ko‘taradi va subyektiv ravishda og‘riqni pasaytiradi.

To‘siqlarni buzuvchi musiqa

Musiqa bilan shug‘ullanish turliintellektual va ruhiy buzulishlari mavjud odamlarga jamiyatga yaxshi moslashish va kirishib ketishga yordam beradi.

Glazgoli olimlar o‘z eksperimentlariga, rivojlanishida o‘ziga xos xususiyati bo‘lgan 60 kishini taklif etishdi. Ularni bir qismi musiqaga o‘rgatishni 10 haftalik programmasida qatnashdi – ular bir haftada bir marta bir soatlik mashg‘ulotga kelishdi. Natijada sinovdagilar nafaqat musiqali instrumentlarni o‘rganib olishdi – ular boshqa odamlar bilan muloqot qilish yengil bo‘lib qolganini sezishdi. Bunday yahshi holat kamida yarim yildan so‘ng ham saqlanib qolganini olimlar qayta so‘rov o‘tkazganlaridan so‘ng aniqlashdi.

Musiqani kasalxonalarda ham bemorlarga og‘riq hisini kamaytirish va jiddiy amaliyotlardan so‘nggi stresslarni tushurishi uchun qo‘llaniladi.

Tadqiqotchilar operatsiya xonasidagi bemorlar bilan ham ishlashdi. Xususan, operatsiya oldidan bemorlar ko‘pincha xavotirda bo‘ladi, qo‘rqadi. Og‘riq zo‘ridan ular vrachlarga qarishlik (ayrim hollarda agressiv tarzda) ko‘rsatishadi. Vrachlar operatsiya xonasida musiqa o‘ynashi bemorlarni tinchlantiradi deb taxmin qilishadi va haq bo‘lib chiqishdi.

Musiqani ijobiy samarasini turli usullar bilan qayd etishga erishildi: “stress gormonlarini” qon tahlil yordamida aniqlash- elektroensefalogrammalar, miyani PET – skanirovani qilish, bemorlarni kuzatish va so‘rov o‘tkazish. Endilikda tinchlantiruvchi musiqaviy hamrohlikni xirurgiya va anesteziologiyada, stomatologiyada, palliativ tibbiyotda, reanimatsiyada pediatriyada, nevrologiya va boshqa tibbiy yo‘nalishilarda qo‘llanilmoqda. Aytganday, ayniqsa plastik xirurglarga sevimli qo‘shiqlarni ishlashga yordam berar ekan.

Musiqa afrodiziak kabi

Musiqani miya tomonidan qabul qilish miyani qo‘llab quvvatlovchi dofamin tizimi bilan bog‘liq. Kanadalik olimlarni aniqlashicha, sevimli musiqaviy kompozitsiyani tinglash, huddi mazzali taom yoki jinsiy aloqadan olinadigan huzur – halovatni baxsh etadi (chunki musiqani tinglash jarayonida ham ayni o‘sha miya strukturalari faollashadi) mantiqan musiqa jinsiy hayotni yaxshilashga, o‘yinqaroq kayfiyatni yaratishga yordam beradi. Astriyalik tadqiqotchilarni eksperimenti sevimli musiqaviy kompozitsiyalarni tinglash ayollarni ko‘zida erkaklarni jozibadorligini, yoqimliligini ko‘tarishini ko‘rsatadi. Tadqiqotlarda hayz (menstrual) sikli turli fazalarda bo‘lgan 64ta ayol va 32ta erkak qatnashdi. Eksperimentdan oldin psixologlar qatnashchilarni qanday musiqalarni afzal ko‘rishlarini o‘rganishdi. Shundan so‘ng har bir qatnashchiga 25 sekund davomida u yoki bu musiqaviy kompozitsiyani fragmentlarini tinglash imkoni berildi. Keyin qatnashchiga 2 sekund davomida yuzi neytral kurinshidagi qarama – qarshi jins vakilini surati ko‘rsatildi. Katnashchilar ko‘rsatilgan odamni seksual jozibadorlik darajasiga baho berishi va o‘zini shu ayol yoki erkak bilan uchrashuvga borish yoki bermaslikka qarorini aytishi kerak edi. Erkaklarga musiqa ta’sir etmadi, ammo ayollarga, musiqaviy fragmentini tinglaganlaridan so‘ng, erkaklar yanada yoqimli va jozibali bo‘lib ko‘rindi va ular uchrashuvga chiqishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Musiqa janri uni terapevtik samarasi uchun muhimmi?

Yo‘q. Asosiysi musiqani sizga yoqishidir. Olimlar musiqani turli janrlarini tadqiqot qilishdi: ular orasida pop, rok, metal, xip – xop (ayrim mutaxassislar buni ruhiy kasalliklar terapiyasida foydali deb hisoblashadi) raqs tushish yo‘nalishidagi va opera asarlari. Eksperimnt qatnashchilari faqat o‘zlari sevgan qo‘shiqlarni tinglashdi. Hamma qo‘shiqlar o‘zini tempi, toni, ularni hammasi qatnashchilaridagi og‘riqni va xavotirni pasaytirishda taxminan kamaytirish bir xil ta’sir qildi.

Aytish kerakki, barcha tinglantiruvchi melodiyalarda, uni qanday janrga mos bo‘lishidan qat’iy nazar qandaydir umumiylik mavjud. Agar siz stressdan qutilmoqchi bo‘lsangiz yaxshisi oz akkordli, tonlarda ortiqcha farq bo‘lmagan va oz miqdorda baslari mavjud qo‘shiqlarni tanlashingiz kerak.

Kompozitsiya xit bo‘lishi uchun esa aksincha parametrlar talab etiladi:AQSH djordjtaun Universiteti olimlari xitni formulasini topishdi:haqiqiy xit o‘zida tinglovchi uchun kutilmaganda bir – birini almashtiradigan turli temporitmdagi garmonik bo‘laklardan iborat bo‘ladi.

Agar konkret masala bo‘lsa musiqa janrni ahamiyati muhim bo‘lishi mumkin:masalan kreativlikni uyg‘otish uchun. Avstraliyalik va Niderlandiyalik olimlar guruhi eksperiment o‘tkazishdi.

Eksperiment qatnashchilari turli kayfiyatdagi musiqaviy kompozitsiyalar ostida – “xavotirlidan” tortib “baxtli”gacha – ijodiy vazifalarni bajarishdi. Hammadan ham o‘z qobiliyatini Vivaldini “Yil fasllari”ni tinglaganlari yorqin namoyon etishdi. Stenford Universtiteti tadqiqotchilari fikricha esa, eng yaxshisi musiqani tinglashdan ham uni ijro etish foydaliroq.

© Javlon Abdullayev, shifokor.
Med-info.uz

ico
Mastoidit
Mastoidit – chakka suyagi so‘rg‘ichsimon o‘simtasining yallig‘lanishi. So‘rg‘ichsimon o‘simta  quloq suprasi pastki qismining orqasida joylashgan suyak hisoblanadi. Bu yallig‘lanishning xavflilik jihati shundaki, miya bilan bu o‘simtani yupqa suyak plastinkagina ajratib turadi. Ya’ni yallig‘lanish bevosita bosh miyaga ta’sir etishi mumkin. Mastoidit yuzaga kelishiga ko‘ra ikki turi turi tafovut etiladi.
  • Birlamchi mastoidit – yallig‘lanish aynan so‘rg‘ichsimon o‘simtada paydo bo‘ladi;
  • Ikkilamchi mastoidit – organizmdagi boshqa yallig‘lanish kasalliklarining asoratlari sifatida yuzaga keladi. [caption id="attachment_2732" align="aligncenter" width="450"]Mastoidit Mastoidit[/caption]
Mastoidit kelib chiqishiga sabab sifatida quyidagi holatlarni keltirishimiz mumkin:
  • Immunitet sustligi;
  • o‘rta quloq yallig‘lanishi va uni davolamatlik;
  • chakka suyagidagi travmalar;
  • zotiljam va uni o‘z vaqtida davolatmaslik;
  • o‘pka sili;
  • surunkali tonzillit;
  • quloqda yiringli ajralmalarning chiqishiga imkon bo‘lmasdan ularning ko‘plab to‘planib qolishi;
  • hamda deyarli barcha yallig‘lanish kasalliklariga befarq bo‘lib, o‘z vaqtida chora ko‘rmaslik kasallikning avj olib rivojlanishiga imkon tug‘diradi.
Kasallikning ilk davrda o‘simtaning bo‘shliqlari shilliq qavat va suyak ostidan ajralgan ajralma bilan to‘la boshlaydi. Hamda bo‘shliq to‘lgach, uning devorlarida buzilishlar ro‘y beradi, bu kasallikning ikkinchi bosqichga o‘tganligidan dalolat beradi. So‘ngra miya va o‘simtani ajratib turuvchi plastinka devorlarida ham yemirilish yuzaga keladi, yallig‘lanishdan hosil bo‘lgan ajralma esa bevosita miyaga ta’sir eta boshlaydi. Buning oqibatida xavfi hisoblangan ensafalit, meningit, sepsis, falajlik kabi holatlar paydo bo‘lish ehtimolligi juda yuqorilaydi. Hattoki, kasallikka umuman e’tibor qaratilasa va davolash o‘tqazib yuborilsa bemorda o‘lim holati ham yuzaga kelishi mumkin. So‘g‘ichsimon o‘simtada yallig‘lanish kuzatilsa, bemorda turli belgilar bilan namoyon bo‘ladi. Masalan,
  • eshitish qobilyatining sustlashuvi;
  • quloq hamda uning ort tarafida yoqimsiz og‘riq, ayniqsa soha bosib ko‘rilganda yaqqol seziladi;
  • so‘rg‘ichsimon o‘simtaning ust qismi qizarib, ma’lum darajada shish ham yuzaga keladi;
  • quloq suprasining shish hisobiga oldinga bukilishi yuzaga keladi. Ya’ni supra shalpanglashadi;
  • tashqi eshituv yo‘lidan yiringli ajralmalar keladi;
  • umumiy holsizlik, tana haroratining ko‘tarilishi kuzatiladi.
Mastoiditni davolash jarrohlik usulida amalga oshiriladi. Uning hayot uchun xavfliligini hisobga olgan holda yuqoridagi belgilarni o‘zingiz yoki yaqinlaringizda sezsangiz zudlik bilan otorinolaringolog (LOR) qabuliga boring! [box type="info" ]Maqola Avitsenna.uz saytining «Ensiklopediya» rukni orqali e’lon qilinmoqda. Bu rukn orqali siz tibbiy atamalar, kasalliklar haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Rukn har doim to‘ldirilib boriladi![/box]
ico
Meningit nima?

Meningit – miya pardalarining o‘tkir yallig‘lanishi bilan kechadigan yuqumli kasallik. Meningitning og‘ir turlari bolalik davrida ko‘p kuzatiladi. Katta yoshdagilarda meningit kam uchraydi va biroz yengil kechadi.

Meningit sabablari

Meningit yuqumli kasallik bo‘lib, u turli viruslar va bakteriyalar sababli rivojlanadi.

Kasallik belgilari

To‘satdan bolaning tana harorati 40°S gacha oshadi, kuchli bosh og‘rig‘i paydo bo‘ladi, ketma-ket qusadi, boshi orqaga qayrilib yotib qoladi. Biroz vaqt o‘tmay bola xushini yo‘qotib komaga tushishi yoki tutqanoq xurujlari kuzatilishi mumkin. Meningitning ba’zi turlarida tanaga toshmalar toshib ketadi.

Yordam qanday ko‘rsatiladi?

Zudlik bilan “Tez yordam” chaqiriladi va bola shifoxonaga olib boriladi. Bemorni uyda qoldirish mutloqo mumkin emas. Bemor yotgan uy dezinfeksiya qilinishi va oila a’zolari vrach tekshiruvidan o‘tib nazoratga olinishi lozim.

Davolash qanday olib boriladi?

Meningit tashxisi bilan davolash yuqumli kasalliklar shifoxonasida olib boriladi. Agar bemor o‘z vaqtida shifoxonaga olib borilsa, u 10 kun ichida tuzalib ketadi. Bemor komaga tushgan holatlarda davolash muddati cho‘zilib ketishi va asoratlar qolishi mumkin. Shu yerda men bitta muammoni aytib o‘tmoqchi edim.

Ba’zi ota-onalar boladan orqa miyani punksiya qilib miya suyuqligini tekshirishga to‘sqinlik qilishadi. Ushbu muhim tekshiruvga to‘sqinlik qilish aslo mumkin emas. Bu tekshiruvni bolaning ota-onasi ruxsatisiz tibbiy ko‘rsatmalarga binoan vrach bemalol o‘tkazishi lozim. Chunki miya suyuqligini olib tekshirib turish, miyaning ichki bosimi oshib ketishining oldini oladi va bemor komaga tushmaydi.

Xatto komada yotgan bemor xushiga keladi, miya ortiqcha yiringli suyuqlikdan ozod bo‘ladi va uning o‘rniga toza miya suyuqligi ishlab chiqariladi.

Asoratlari qanday?

Aksariyat hollarda hech qanday asorat qolmaydi. Biroq davolash kech boshlangan holatlar yoki meningitning og‘ir turlarida turli asoratlar qolishi mumkin. Bunday bolalarda surunkali bosh og‘riqlar, o‘ta injiqlik va jizzakilik, miya ichki bosimining surunkali tarzda oshib borishi, xotira buzilishlari, parishonxotirlik kabi asoratlar vujudga kelish havfi bor.

Juda kam holatlarda eshitish pasayishi, tutqanoq xurujlari va aqliy rivojlanishdan orqada qolish rivojlanadi. Bunday bolalar nevropatolog nazoratida davolanib yurishlari lozim.

© Professor Professor Z. Ibodulaev.
© «Asab va ruhiyat» kitobi.

[divider]

[highlight]Avitsenna.uz sayti orqali mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:[/highlight]

ico
Moychechak (romashka) - dorivorligi, ishlatilishi va qarshi koʻrsatmalar

Shifobaxsh xususiyatga ega boʻlgan moychechak (romashka) oʻsimligi teri va uyqu holatini meʼyorlashtirish xususiyatiga egaligi hamda boshqa noyob dorivorlik xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Tomoq yalligʻlanishi va shamollashda ham moychechak damlamasi yaxshi yordam berishi hech kimga sir emas. Quyida moychechakning shifobaxsh xususiyatlari haqida batafsil toʻxtalib oʻtamiz. Siz endi moychechakning qanday shifobaxsh xususiyatlarga egaligi va undan qanday qilib foydalanish usullarini ham bilib olishingiz mumkin.

Foto: Google Photo

Asablarni tinchlantiramiz!

Moychechak damlamasi asablarni tinchlantirishda koni foyda. Ishdan soʻng, albatta bir finjon ushbu damlamadan ichish, maroqli dam olishda juda samara beradi. Bu damlamani kattalar va bolalar ham isteʼmol qilishlari mumkin. Uyquning meʼyoriy boʻlishi uchun moychechak (romashka), lavanda (havorang yoki binafsha rangli xushboʻy yashil oʻsimlik), melissaning gullari foydalidir. Bu oʻsimliklardan 10 gr.dan olib aralashtiring va (200 ml) qaynoq suv soling hamda 15 daqiqadan soʻng isteʼmol qiling. Shunda asablaringiz dam olgani va tinchlanganini his qilasiz.

Bundan tashqari, bosh ogʻrigʻini bartaraf qilish hamda asablarni tinchlantirish maqsadida, moychechak efir moylaridan aromaterapiya uchun foydalanish mumkin.

Tomoq ogʻrishini unuting!

Tomoq ogʻrishi yoki shamollashning oldini olish hamda ularni bartaraf etishda moychechak damlamasi bilan tomoqni chayish samarali hisoblanadi. Buning uchun quritilgan romashka gullaridan 4 osh qoshigʻini olib, yarim litr suvga solib, 45 daqiqa davomida dam beriladi. Va suzib olinadi-da, ogʻiz sohasi shu damlama bilan kuniga 4-5 mahal gʻar-gʻara qilinadi.

Romashka — meʼda uchun quvvat!

Moychechak meʼdaga kuch beradi, uning ogʻrigʻini qoldiradi. Moychechakdan yana surunkali gastritlarda, xoletsistitda, oʻt yoʻllari diskineziyasida, surunkali gepatitlarda foydalaniladi.

Gulida yiringlashning oldini oluvchi quvvat bor. Masalan, oshqozon yarasida, shivit (ukrop) urugʻi, boʻyimodaron (tisyachelistnik), dalachoy (zveroboy) oʻtlari, moychechak (romashka) gullaridan teng miqdorda olinadi. Yigʻma aralashtirilib, 1 oshqoshigʻi 200 ml qaynoq suvga solinib, 20 daqiqa damlanadi. Suziladi va 2 oshqoshiqdan kuniga 3 mahal taomdan oldin ichilsa, yalligʻlanish jarayonining bartaraf boʻlishida yaxshi samara beradi.

Hamda qorin dam boʻlishini yengillatishda ham moychechak, limon oʻti, oʻlmas oʻti kabi nodir tabobat namunalaridan tayyorlangan choy juda yaxshi samara beradi. Buning uchun dorivor limon oʻti 100 gr. oʻlmas oʻt 100 gr., moychechak oʻti yoki yalpiz 100 gr. olinib, hammasi yaxshilab aralashtiriladi. 2 osh qoshiq yigʻma choyni 300 gr. qaynoq suvda 4 soat damlab qoʻyiladi. Dokadan suzilib, ovqatgacha 100 gr.dan 3 mahal ichiladi.

Moychechak damlamasi bilan tetiklikni his qiling!

Eʼtibor qilgan boʻlsangiz kofe ichganda tish sargʻayib qoladi, baʼzilarda esa yuz terisi yoqimsiz rangga oʻzgaradi. Lekin uyquni tarqatish uchun kofe ichishga majbur boʻlasiz. Buning oʻrniga moychechak damlab, unga asal qoʻshib ichish sizni bir muncha tetiklashtiradi.

Buyraklar moychechakka muhtojmi?!

Moychechak buyraklar salomatligini taʼminlashda, uni turli zaharli moddalardan tozalashda ham foydalaniladi. Buning uchun oshqovoq va zigʻir urugʻlari, dalachoy oʻti, moychechak gullaridan 1 osh qoshiqdan olib aralashtiring va 0,5 l. qaynoq suvda 30-40 daqiqa davomida damlang. Soʻng tindiring va tayyor damlamani 4 qismga boʻling. 5 kun davomida ovqatlanishdan oldin 1 soat oldin iching. 

Tovon yorilishi endi muammo emas!

Tovondagi yoriqlarni ketkazishda ham moychechak foydasi juda katta. Koʻpchilik ayollarning tovoni quruq boʻlib, muntazam yoriqlar hosil qiladi. Moychechak eritmasi va dengiz tuzidan solib vanna qilinsa, tovoningiz ancha yumshoq hamda nafis boʻladi. Buning uchun moychechakli suvga 15-20 daqiqa atrofida vanna qiling, (tovoningiz shunda ham juda quruq boʻlsa) oyoq kafti va tovonlariga yumshatuvchi yogʻli krem surting.

Moychechak Romashka
Foto: Google Photo

Moychechak va momoqaymoq bilan organizmni tozalang!

Buning uchun 5 oshqoshiq momoqaymoq (oduvanchik) gullari olinadi. Unga 1 oshqoshiq tirnoqgul (kalendula), 1 oshqoshiq moychechak (romashka), 1 oshqoshiq qonchoʻp (chistotel), 1 oshqoshiq yalpiz (myata) gullaridan qoʻshiladi. Hammasi aralashtiriladi va sirli idishga solinadi. Ustidan bir barmoq ustunligida shakar solinadi (eng maʼquli, gullar va shakar galma-galdan solishdir). Aralashtiriladi va ogʻzi yopiladi. Bir hafta tindiriladi.

Keyin aralashma ustiga 1 litr suv solinadi va qiyom holiga kelgunga qadar qaynatiladi. Sovigach, gullar suzib olinadi. Gullardan tayyorlangan asal shisha idishga solinadi 
Isteʼmol qilish tartibi: xar kuni 3 mahal ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin 1 oshqoshiq qiyom 2 oshqoshiq issiq suvga solib ichiladi. 
Bu eliksir jigarni, taloqni, qonni, qon tomirlarni, meʼdani, limfa bezlarini tozalab, immunitetni koʻtaradi.

Bundan tashqari tibetliklar ham uzoq davrlardan beri foydalanib kelinayotgan maxsus eliksir ham bor. Tibetcha eliksirni tayyorlash uchun boʻznoch (bessmertnik), qizilpoycha (zveroboy), moychechak (romashka) va qayin kurtagidan har biridan 100 gr. olinadi (quritilgani) va maydalanadi. Keyin hammasi aralashtiriladi. 

Ichimlik tayyorlashda termosdagi yigʻmaning bir oshqoshigʻi solinib, 0,5 litr qaynoq suvda damlanadi. 40 daqiqa turgach dokadan oʻtkaziladi va iliqdan issiqroq holda ichiladi. Bu yoshlik eliksiri ertalab ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin va kechqurun taomlanishdan 1,5-2 soat keyin taʼbga koʻra asal qoʻshib ichiladi.

Lat yeyishlardan forigʻ boʻling!

Moychechak gullaridan tayyorlangan qaynatmaga tuz qoʻshib revmatizm, podagra kabi kasalliklarida ham ishlatiladi. Shuningdek, hayotimizda koʻp uchraydigan holatlar — yengil lat yeyishlarda ham romashkaning dorivorlik xususiyati juda foydalidir. Masalan, paylar choʻzilganda moychechak (romashka)ning barglaridan ham shifo sifatida foydalanishimiz mumkin. Buning uchun 100 gr. moychechak barglarini 2 litr qaynoq suvga solib, 1 soat davomida damlanadi. Keyin ushbu damlamadan vanna qilinadi. 

Osuda uyqu sirini bilasizmi?!

Tungi uyqu yaxshi emasligidan baʼzi kishilar nolib qolishadi. Bunda uyqu kelmayotgan boʻlsa, dori-darmonlar bilan birga xalq tabobati usuli ijobiy samara beradi. Buning uchun 1 choy qoshiq qoraqiz (chereda) oʻti, 0,5 choy qoshiq moychechak (romashka) gullari, 1 osh qoshiq suli poyasi olinib, obdan qorishtiriladi. Va ustiga 200 ml. qaynoq suv qoʻshiladi, yarim soat dam beriladi. Suzilgach, taomdan soʻng 100 ml.dan 2 mahal – ertalab va kechqurun qabul qilinadi. 
Uxlashdan oldin dengiz tuzi va moychechak aralashmasi (tayyor holda dorixonada mavjud) qoʻshilgan vanna qabul qilinsa, uyqu osuda kechadi.

Bunday dorivor oʻsimliklarni qogʻoz yoki mustahkam quruq qutida saqlagan yaxshiroq. Damlama tayyorlash jarayonida esa uning toʻpgullaridan foydalangan maʼqul.

Moychechak (romashka) shuningdek, xalq tabobatimizda bavosir (gemorroy), oʻt pufagida tosh paydo boʻlishi, ayollar jinsiy aʼzolari kasalliklari, homiladorlikdagi toksikoz, oshqozon va oʻn ikki barmoqli ichak yarasi, yarali kolit va boshqa dardlarni davolashda ham qoʻllaniladi.

Moychechak uchun ham qarshi koʻrsatmalar mavjud!

Tibbiy preparatlarda boʻlgani kabi dorivor oʻsimliklarda ham isteʼmol qilish mumkin boʻlmagan holatlar borligini ham unutmaslik lozim. Har qanday dorivor oʻsimlikda boʻlgani kabi moychechak (romashka) ham baʼzi insonlarda allergiya chaqirish xususiyatiga ega. Agar oshqozon buzilishi, yuz va tanaga toshma toshishi kabi holatlar kuzatilayotgan boʻlsa, demak, moychechak damlamasini ichishni toʻxtatish hamda shifokor bilan maslahatlashish lozim.

Bundan tashqari, moychechakli choyni tinchlantiruvchi va siydik haydovchi preparatlar bilan birga qabul qilish tavsiya etilmaydi. Sababi moychechak damlamasi ham xuddi shu dori vositalari singari tinchlantiruvchi hamda buyrak ishini faollashtiruvchi xususiyatlarga ega.  Agar siz antidepressantlar qabul qilayotgan boʻlsangiz, moychechakdan tayyorlangan choy ichishingiz mumkin emas. Sababi moychechakli choy uning miqdorini (dozasi) oshirib yuborishi mumkin.

Moychechakli choyni uzoq vaqt ichish ham bosh ogʻrigʻi va holsizlikni paydo qilishi mumkin. Shuning uchun ham oʻz taningizga quloq soling va tanaffuslarga amal qiling.
Kimning qon bosimi past boʻlsa, moychechakli choy ichishi mumkin, ammo koʻp miqdorda emas. Chunki u qon bosimini tushirish xususiyatiga ham ega. Shunday ekan, har qanday tibbiy muolaja oldidan, albatta, shifokor koʻrigidan oʻtish hamda maslahatlashish lozim.

Avitsenna.uz saytida quyidagi o‘simliklarning ham shifobaxshlik xususiyatlari bilan tanishishingiz mumkin:

ico
Miasteniya qanday kasallik?
Yarim yopilgan qovoqlar, tasvirning ikkilanishi, qo‘llarni ko‘tara olmaslik yoki qadam tashlay olmaslik, gapirishning buzilishi, tovushlarni chalkashtirib yuborish – bular miasteniya kasalligi belgilarimi? Agar shunday bo‘lsa, xo‘sh, miasteniya o‘zi qanday kasallik? Uning yana qanday belgilari va o‘ziga xos jihatlari mavjud? Quyidagi maqola shu haqida.

Miasteniya nima?

Miasteniya kasalligida nerv impulslari, nerv oxirlaridan mushaklarga o‘tishi buziladi. Tibbiyot ensiklopediyasida miasteniyani quyidagicha ta’riflangan: miasteniya – bu ko‘ndalang-targ‘il mushaklarning zaiflashuvi bilan namoyon bo‘ladigan kasallikdir. Bunda mushaklarning zaiflashuvi biror bir jismoniy harakat bajarganda kuchaysa, inson dam olgandan keyin yana o‘z holatiga qaytadi. Miasteniya kelib chiqishiga asosiy sabab – nerv oxirlaridan mushak hujayralariga nerv impulslarining o‘tishining buzilishi bo‘lib, bunda atsetilxolin ishlab chiqarilishi va retseptorlarga birikishi kamayadi. Ushbu kasallik autoimmun kasallik hisoblangani uchun, gormonal preparatlar yordamida davolanadi. Miasteniya nima

Miasteniya belgilari

Afsuski, miasteniya kasalligi bir necha yillar o‘tib ancha kech aniqlanadi. Shu sababli har qanday mushaklar kuchsizlanishi, charchash alomatlari, harakatlarni bajarganda muskullarning tez charchab qolishi, umumiy holsizlik belgilari sezilsa – miasteniyaga shubha qilsa bo‘ladi. Miasteniyaning erta simptomlariga quyidagilar kiradi:
  • So‘zlashganda – ovozning susayishi;
  • Qattiq ovqat mahsulotlarini yutishning qiyinlashuvi, hatto ovqatlanishni xohlamaslik;
  • Chaynashning qiyinlashuvi;
  • Qadam tashlaganda -“ichib olganlar”ga o‘xshab yurish.
  • Oddiy yurganda, zinaga ko‘tarilganda charchab qolish;
  • Qovoqlarning pastga osilib qolishi;
  • Ko‘zni harakatlantiruvchi mushaklar, mimik mushaklar, chaynov mushaklari hamda yutinish mushaklarining zaiflashuvi.
Quyidagi sinamalar yordamida yashirin miasteniyani aniqlab olsa bo‘ladi:
  • Agar sog‘lom odamga og‘zini 30 sekund davomida tez-tez ochib yopish buyurilsa, u 100 marotabagacha bajara oladi, miasteniya holatlarida esa bu ko‘rsatkichdan kam bajaradi.
  • Kaftlarni tez ochib tez yopishni takrorlash mashqini bajarganda – miasteniya kasalligidan aziyat chekadiganlarda qiyin bajariladi va ushbu holatlarda ularning qovoqlari pastga osilib qoladi.

Bolalarda miasteniya belgilari

Miasteniyaning bolalarda kechishi o‘ziga xos ko‘rinishda bo‘ladi. Bolalarda ushbu kasallikda quyidagi simptomlar kuzatilishi mumkin. Bolalarda miasteniya

Tug‘ma miasteniya

Homilaning mushak tizimi zaiflashganligini ona qornidayoq UTT (UZI) tekshiruvi yordamida aniqlab olsa bo‘ladi. Miasteniya kasalligida homilaning harakati sustlashgan yoki umuman bo‘lmaydi. Bola dunyoga kelgaj undagi belgilar yangi tug‘ilgan chaqaloqlardagi kabi ko‘rinishda bo‘ladi. Bunda o‘lim holati mustaqil nafas ololmaslik natijasida kuzatilishi mumkin.

Yangi tug‘ilganlarda miasteniya

Miasteniya bilan kasallangan onalarning farzandlarida uchraydi. Kasallik belgilari bola hayotining birinchi kunlaridayoq namoyon bo‘lib, 2 oygacha ham cho‘zilishi mumkin. Yangi tug‘ilganlarda miasteniyaning belgilari quyidagilar:
  • Bola o‘z yoshiga nisbatan ancha zaif;
  • Nafas olishi yuzaki bo‘ladi;
  • Bunday bolalarning yig‘isi kuchsiz, xirillash bilan chiqadi;
  • Bolaning so‘rish qobiliyati sust va tez charchab qoladi;
  • Og‘zi ochiq holda bo‘ladi;
  • Ko‘z harakatlari deyarli bilinmaydi;
  • Ba’zi hollarda yutinish ham qiyin bo‘ladi;
  • Ko‘pincha bolalar nafas yetishmovchiligidan vafot etishadi.

Erta bolalikdagi miasteniya

Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchraydi. Ko‘pincha kasallik ko‘z bilan bog‘liq muammolar bilan namoyon bo‘ladi: qovoqlarning osilib qolishi, ko‘z harakati paralichi, g‘ilaylik. Bolakaylar yurishdan bosh tortishadi, yugurish, zinalardan chiqib tushishga qiynalishadi. Ovqat yeyishni xohlamaslik chaynov mushaklarining zaiflashuvi kelib chiqqanda kuzatiladi.

Bolalikning keyingi davrlaridagi miasteniya

2 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan davrda kuzatiladi. Balog‘at yoshida ham kelib chiqishi mumkin. Bolalarda to‘satdan tez charchab qolish,
ko‘ruv o‘tkirligining pasayishi, yugurish mashqini bajarishda qiyinchiliklar, uzoq masofaga yura olmaslik, o‘tirib turish, sakrash mashqlarini qiyinchilik bilan bajarish holatlari namoyon bo‘ladi. miasteniya kasalligi

Miasteniya: mahalliy belgilar

  • Ko‘z miasteniyasi. Bunda qovoqlarning tushishi – ptoz, tasvirning ikkilanishi – diplopiya, ko‘zni harakatlantirishning qiyinlashuvi.
  • Bulbar miasteniya. Yutinish mushaklarining zaiflashuvi, halqum va yumshoq tanglay mushaklarining kuchsizlashuvi natijasida quyidagi belgilar namoyon bo‘ladi:
  • Disfoniya – ovozning sustlashuvi, uzoq muddat davom etuvchi suhbatda ovozning zaiflashib qolishi, shivirlashga o‘tish yoki tovushni bo‘g‘iqlashuvi kuzatiladi;
  • Disfagiya – yutinishning buzilishi, birinchi bo‘lib qattiq mahsulotlarni yutish qiyinlashadi, keyinchalik yumshoq va suyuqliklarni ham yuta olmay qoladi, hatto bemorni zond orqali ovqatlantirishga ham majbur bo‘lib qoladi.
  • Dizartriya – talaffuzning buzilishi, tovushlarning bir biriga qo‘shilib ketish holatlari.
  • Kranial shakli. Bulbar shakl bilan birgalikda chaynov va mimik mushaklar ham zararlanadi. Bunda bemor mimikasi g‘amgin tusni oladi, og‘iz ochiq holda, kulganda faqatgina yuqori lab mushaklari harakatlanadi, inson yuz ko‘rinishi “qariyalar” kabi bo‘ladi, chunki ajinlar ham yaqqol namoyon bo‘lib qoladi. Bemor ovqat massasini chaynashda qiynaladi, pastki jag‘i ko‘pincha osilgan holda bo‘ladi. Og‘izning aylana mushaklari zararlanganligi sababli lab bilan hosil bo‘ladigan tovushlarni talaffuz etishda kamchiliklar namoyon bo‘ladi.
Yuqoridagi holatlarga tovush boylamlarining zararlanishi ham qo‘shilsa, insonda asfiksiya (nafas yetishmovchiligi) ham kelib chiqishi mumkin.

Miastenik kriz belgilari

Miastenik kriz – bu inson umumiy ahvolining to‘satdan og‘irlashuvi bo‘lib, bunda mushaklarning kuchli zaiflashuvi, hatto falajlik holatlari ham kuzatiladi. Miastenik krizda quyidagi belgilar namoyon bo‘ladi: Nafas olish: avval nafas olish soni ortadi, yuzaki nafas olish kuzatiladi. Qovurg‘alar aro mushaklar zaiflashuvi natijasida nafas olish sekinlashadi va qiyinlashadi. Bunda bemorning yuzi ko‘kargan, sianozlar bilinib turgan holatda bo‘ladi. Bemor xavotirlanadi, vahima qiladi. Nafas olishning butunlay to‘xtashi natijasida bemor hushini yo‘qotadi va tez tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, bemorda klinik o‘lim holati kuzatiladi. Yurak-qon tomir tizmi: puls soni oshadi, 180 marta 1 daqiqada yurak qisqaradi. Arterial qon bosim oshib, 200 mm.Hg.ust. ko‘rsatkichiga kelib qoladi. Keyinchalik pulslar soni kamayib, kuchsiz, ipsimon puls ko‘rinishda bo‘ladi. Vegitativ nerv tizmi: so‘lak ajralishining juda kuchayishi, ter ajralishining ortishi kelib chiqadi. Agar o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilmasa miyaning kislorod yetib bormasligi natijasida zararlanishi kuzatiladi.

Miasteniya davosi

Miasteniyani tashxislash uchun kompleks ravishda elektroneyromiografiya usulidan foydalaniladi. Miasteniya kasalligini davolash uchun gormonal vositalar, hamda antixolinesteraza preparatlaridan foydalaniladi. Og‘ir ko‘rinishlarida sitostatik moddalar buyuriladi. Xolinergik kriz vaqtida bemorni SO‘V (Sun’iy O‘pka ventilyatsiyasi, ya’ni sun’iy nafas oldirish) ga o‘tkaziladi.

Qaysi shifokorga murojaat etish kerak?

Mushaklar tizimi tomonidan sababsiz kuchsizliklarni, zaiflashuvliklarni sezsangiz darhol nevropatolog huzuriga boring. Bolalarni esa pediatr ko‘rigidan o‘tkazish va bolalar nevrologi tavsiyalarini olish kerak bo‘ladi. Qo‘shimcha ravishda LOR, okulist tekshiruvi, hamda biriktiruvchi to‘qimalarning sistemali kasalliklarini inkor etish uchun revmatolog tekshiruvlaridan ham o‘tish zarur. Miasteniya - bu jiddiy kasallik hisoblanadi. Uning belgilarini sezishingiz bilan inkor etmay, buni erinchoqlik yoki biror bir yumushni bajarishni istamaslik deb o‘ylamay, shifokor ko‘rigidan o‘tishingiz kerak. Aks holda yuqorida aytib o‘tganimizdek miasteniyaning og‘ir ko‘rinishlarida, nafas yetishmovchiligidan o‘lim holati ham sodir bo‘lishi mumkin.
ico
Miopiya — uzoqdan yaxshi ko‘ra olmaslik
Kasallikning rivojlanishi davri 9 yoshga to‘g‘ri keladi. Agar miopiyani vaqtida aniqlab kerakli davo choralari ko‘rilsa, nafaqat ko‘rish qobiliyati pasayishining oldi olinadi, balki ushbu jarayonni orqaga qaytarish ham mumkin. miopiya kasalligi- Miopiya shunday xastalikka, bunda ko‘zlar faoliyati buziladi, ya’ni uzoqda turgan obyekning tasviri to‘r pardada emas, balki uning oldida paydo bo‘ladi. Natijada, bola uzoqdagi narsalarni (masalan sinf dokasidagi yozuvlarni) noaniq ko‘radi. Yosh ulg‘ayishi bilan miopiya darajasi oshib boradi va bola 20 yoshga to‘lganda, ya’ni organizm shakllanib bo‘lgach barqarorlashadi.

Miopiya kasalligining asl sababi nima?

Miopiyada ko‘z o‘qining uzunligi meyordan yuqori, ya’ni ko‘zning nur sindirish kuchi yorug‘lik nurlari to‘g‘ri to‘r pardada fokuslanishi uchun juda katta bo‘lib, fokus to‘r parda oldida joylashadi. Shuning uchun to‘r pardadagi tasvir noaniq bo‘ladi va uzoqdagi obyekt xira ko‘rinadi. Bolalarda miopiyaning paydo bo‘lishi asosan
genetik moyillik bilan bog‘langan. Miopiya rivojlanishiga moyillik bolalarga  ko‘pincha ota-onasidan o‘tadi. Genetik olimlardan tashqari, miopiya rivojlanishiga bolaning yaqin masofalarda (o‘qish yoki kompyuterda ishlashda) ko‘rish zo‘riqishiga bog‘liqdir. Agar yaqin masofalarda ko‘rish qobiliyatini fokuslash uchun mas’ul bo‘lgan ko‘z mushaklari uzoq muddat zo‘riqish bilan ishlasa, yaqin masofadagi ishni bajarish vaqtida ular uzoq masofaga nazar tashlanganda bo‘shasha olmaydi. Buning natijasida ko‘z doimo zo‘riqish holatida bo‘lib, miopiya rivojlanishiga olib keladi. Ko‘pgina olimlar bolalarda miopiya rivojlanishini organizmning umumiy kasalliklari bilan bog‘liqligini ta’kidlashadi. Shuning uchun miopiyaning oldini olish uchun bolalardagi skolioz, tonzillit, bolalar infeksiyalari, kariyes va boshqa surunkali kasalliklarni o‘z vaqtida davolash o‘ta muhimdir. Bolaning to‘g‘ri ovqatlanishi ham uning ko‘rish qobiliyatida katta rol o‘ynaydi. Chunki bir xil turdagi ovqatlar, vitamin yetishmasligi ba’zan bolalarda miopiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Asosiy vaqtini tabiat qo‘ynida o‘tkazib, meva-sabzavot va boshqa turli taomlarni iste’mol qiladigan qishloq bolalaridan farqi o‘laroq, odatda vaqtini xonada o‘tkazadigan, yaxshilab ovqatlanish o‘rniga har xil joyda u bu narsani yeb ketaveradigan maktab o‘quvchilari orasida miopiya ko‘proq uchraydi. Uyda va sinfxonada o‘quv joyining kam yoritilishi, dars stolining bola bo‘yiga to‘g‘ri kelmasligi ham gohida bola ko‘zlariga katta zarar keltiradi. Shuningdek, dars tayyorlash vaqtida noto‘g‘ri o‘tirish, kompyuterda haddan tashqari ko‘p ishlash miopiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Boshni juda egib yozish yoki o‘qish kabi zararli odatlar ko‘z zo‘riqishga sabab bo‘ladi. Bola uzoq vaqt yaqinda joylashgan kitob, daftar, planshet kabi predmetlarga diqqat qilsa, ko‘rish o‘tkirligi pasayadi. Agar shifokor maktab yoshidagi bolaga miopiya degan tashxis qo‘ysa, bunga juda jiddiy e’tibor berish kerak, chunki ko‘rish o‘tkirligining pasayishi juda tez rivojlanishi mumkin.

Tug‘ma miopiya

Miopiyaga uchragan ota-onalar kasallik nasldan naslga o‘tishini ko‘zda tutgan holda, ko‘rish qobiliyati yaxshi bo‘lgan bolasini ham yilida bir marta oftalmologga ko‘rsatib turishlari lozim. Bu ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar albatta paydo bo‘ladi degani emas. Lekin kasallik xavfi 60-80 foizni tashkil qiladi. Tug‘ma miopiya juda xavfli bo‘lib bundan miyaga buzilgan, xira  tasvirlar yetib boradi. Ya’ni, ko‘rish qobiliyati miya po‘stloq xujayralari – miyaning ko‘rish qobiliyatini barqarorlashtirib turadigan qismlari rivojlanmaydi. Agar boladagi bu muammolar vaqtida aniqlanmasa, keyinchalik u yaxshi ko‘rolmaydi, chunki miyaning tegishli qismi noto‘g‘ri rivojlangan bo‘ladi. Davolash o‘z vaqtida boshlansa genetik omil ta’sirini kamaytirib, bolaning hayotini ancha yengillashtirish mumkin. Ko‘p hollarda  davo choralari ko‘rilsa, bola 6 yoshga qadar miopiya kasalligini yengib, ko‘rish qobiliyatini butunlay tiklab oladi. Kasallikni vaqtida aniqlash uchun bolaning ko‘rish qobiliyatini doimiy ravishda (ayniqsa bir yoshda, 3 yoshga to‘lganda, keyin esa har ikki yilda) tekshirib borish kerak. Ota-onaning yoshligida miopiya rivojlanishi kuzatilgan bo‘lsa yoki ularning ko‘rish qobiliyatida boshqa muammolar bo‘lganda bunday tekshiruvlar juda katta ahamiyatga ega. Miopiyada ham boshqa kasalliklardagi kabi iloji boricha avvalroq tashxis qo‘yish muhim. Lekin kichik yoshdagi bolalarga tashxis qo‘yish qiyin kechadi, chunki ular nima bezovta qilayotganini aniq tushuntirib bera olmaydilar. Unutmangki, agar kichkintoyning nigohi yaqinlari yuzida, o‘yinchoqlarida to‘xtamay, o‘ynab tursa, u yorug‘likdan qo‘rqsa, narsalarni ko‘ziga  juda yaqin olib kelsa, doimo uydagi jihozlarga to‘qnashib yursa, albatta uni oftalmolog ko‘rigiga olib borish zarur. Bolaning injiqligi va xonada bir o‘zi qolishdan qo‘rqishi hollariga ham e’tibor berish kerak. Chunki bola  yon-atrofdagi narsalarni yaxshi ko‘rmagani uchun qo‘rquv hissiga berilishi ham mumkin.

Ko‘zoynak taqish ham muolaja

Miopiyaning tuzatishining asosiy usullaridan biri ko‘zoynakdir. Agar bola ko‘zoynak taqsa, keyin hech qachon yechmasligi kerak degan fikr noto‘g‘ridir. Miopiyaning yengil darajasida (3 diopriyaga qadar) ko‘zoynak faqat uzoqdagi predmetlarni ko‘rish uchun belgilanadi. Agar bola kundalik hayotida ko‘zoynaksiz ham qanoatlansa, uni doimiy ravishda ko‘zoynak taqishga majbur qilmaslik lozim. Faqat miopiyaning yuqori darajasida yoki ko‘rish o‘tkirligining o‘ta tez pasayishida ko‘zoynak doimiy ravishda taqish uchun belgilanadi. Bolalar miopiyasini davolash maxsus apparatlarda mashqlarni bajarish, dori-darmon muolajasi va jarrohlik usullaridan iborat. Maqsad – ko‘z olmasining uzayishi jarayonini barqarorlashtirish, kasallikning kuchayishini to‘xtatishdir. Zamonaviy tibbiyot usullari kasallik o‘z vaqtida aniqlanganda va to‘g‘ri davolanganda har qanday murakkab muammolarni yechishga va 80 foiz hollarda ko‘rish qobiliyatini saqlab qolishga qodir. Miopiyani davolashning eng samarali usullaridan biri eksimer – lazer korreksiyasidir. Individual dastur bo‘yicha lazerning sovuq nuri shox pardani “dazmollab”, uning ichidagi barcha buzilishlarni yo‘qotadi. Bunda ko‘rish qobiliyati yaxshi bo‘lgan odamlarniki kabi, nurning optimal sinishi uchun meyoriy muhit va sharoit yaratiladi. Lekin bu jarrohlik usuli miopiya 3 yil mobaynida kuchaymagan hollarda tavsiya etiladi va eng yaxshisi 18-21 yoshgacha bu muolajani qo‘llamagan ma’qul. Biroq ayrim hollarda tavsiya qilingan yoshni kutmay jarrohlikni qo‘llash mumkin. Faqat bolalarga ushbu usul juda aniq ko‘rsatmalar, masalan yuqori darajali bir tomonlama miopiyada belgilanadi.

Maslahatimiz shuki ...

Bolalarni okulist ko‘rigidan o‘tkazish (3 va 6 oyligida) kerak. Agar muammo aniqlanmasa, keyingi tekshiruv bir yoshda o‘tkaziladi. 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar har yarim yilda, 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar oftalmolog shifokor ko‘rigidan yilida bir marta o‘tishi darkor. Zamonaviy texnik asboblardan foydalanishda bolalar maxsus tartib-qoidalarga rioya etishsa ko‘zlarini miopiyadan saqlashlari mumkin. Masalan:
  • Monitor yetarli darajada yorug‘ bo‘lishi kerak.
  • Kompyutergacha masofa 45 santimetrdan kam bo‘lmasligi lozim.
  • Shrift qancha yirik bo‘lsa, miopiya paydo bo‘lish xavfi shunchalik kamayadi.
  • Bolaning boshi bir tomonga haddan tashqari og‘ib ketmasligi kerak.
Agar miopiya paydo bo‘lsa, kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Asoratli miopiya kuchayayotgan miopiyaning natijasi bo‘lib, u nogironlikka olib kelishi mumkin. Kuchayayotgan miopiyada ko‘z to‘qimalarini yaxshilanishiga qaratilgan muolajalar bilan birga  akkomodatsiyani yaxshilaydigan maxsus mashqlar va ko‘z yuklamalarining to‘g‘ri rejimiga rioya qilish katta foyda keltiradi.

© Yulduz SHOAKROMOVA, oftalmolog-shifokor. "Sihat salomatlik" jurnali.

ico
Mashhurlar bilan bog‘liq omadli va omadsiz plastik operastiyalar
Bugungi kunda plastik jarrohlik amaliyoti kun sayin rivojlanib borayotgani hech birimizga sir emas. Oxirgi 10 yil ichida dunyo miqiyosida plastik operastiyalar soni keskin oshib ketdi. Bu borada aniq raqamlarga ega bo‘lgan statistik ma’lumotlarni keltirish juda qiyin. Chunki, bugungi kunda oilali ayollar ham turmush o‘rtog‘idan tanasida plastik jarrohlik stoliga yotganini sir tutadi. Buning asosiy sababi, biz bilgan va tanigan mashhur insonlarning ularga o‘rnak bo‘layotganidadir. Axir «Glyanst» jurnallarida, turli reklama roliklarida paydo bo‘ladigan chehraning ko‘rinishi,uyda yoki ishda,oila tashvishlari bilan yuradigan ayollarnikidan mutlaqo farq qiladi, shunday emasmi? Bizku ayni vaqtda oilali ayollar haqida gapirayapmiz, ammo bugun nafaqat oila qurgan, balki hali hayot ostonasiga qadam qo‘ymagan, turmush ko‘rmagan qizlar ham o‘z qomati yoki ko‘rinishidan qoniqmagani uchun tig‘ tagiga yotayotganini nima deb izohlash mumkin? Rivojlanish, taraqqiyot mamlakatdagi ko‘plab sohalardagi yutuqlarga sabab bo‘ladi. Biroq, yuqorida aytib o‘tganimizdek, oddiy odamlar va mashhurlar orasida plastik jarrohlikka bo‘lgan talab ham tobora kuchayib bormoqda. E’tibor qiling, oddiy odamlar orasida bunga talab kuchli, etiyoj emas. Talab esa qiziqish va muxlislikning ortidan kelib chiqyapti. Odatda qaysidir sabab bilan jarohat olgan, kuygan, kasallikdan so‘ng tanasi yoki yuzida dog‘ qolgan, ko‘krak saratoniga chalinib, bir ko‘kragidan ayrilgan ayollar plastik jarrohlarga murojaat qilishardi. Hozirgi kunda esa ko‘rinishi, qomatidan qoniqmagan har qanday inson, garchi bunga ehtiyoj bo‘lmasada, plastik operastiya qildirishi mumkin bo‘lib qoldi. Tashqaridan bu xuddi kitobiy gapdek tuyulishi mumkin, ammo biz aytayotgan plastik jarrohlik olamining ichiga kirsangiz, u erda qanday dahshatli hodisalar ro‘y berayotganini ko‘rasiz. Plastik jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazishga qaror qilar ekan u xoh oddiy odam bo‘lsin, xoh mashhur inson bo‘lsin operastiya yuqori saviyada, professional jarroh tomonidan amalga oshirilishini istaydi. Chunki bunga kishida avvalo katta mablag‘, istak, kuch va sabr bo‘lishi kerak. Agar operastiya uchun katta miqdordagi to‘lovni to‘lasangizu, «O‘z ko‘rinishim hozirgidan yaxshi ancha edi», degan fikrga kelsangiz, bundan yomoni bo‘lmasa kerak. Biroq mashurlar orasida professional shifokorlar tomonidan bir necha marta muvaffaqiyatli plastik operastiyalar amalga oshirilganidan keyin ham, o‘z ko‘rinishidan qoniqmay, takror va takror tig‘ tagiga yotadiganlari juda ko‘p uchraydi. Ularning operastiyadan oldingi ko‘rinishi bilan hozirgisini solishtirish juda qiyin. Hozir ularning ko‘rinishini shunchaki yoqimsiz deyishning o‘zi etmaydi, ular dahshatli ko‘rinishga kelib qolishgan. E’tiboringizga siz bilgan mashhur insonlar bilan bog‘lig‘ plastik jarrohlik amaliyotlari haqida ma’lumotlarni ta’dim etamiz. Bu taniqli kishilarning aksariyati hozirgi vaqtda o‘z ko‘rinishidan norozi. Ular orasida tashqi ko‘rinishidan qoniqmay, qayta va qayta operastiya stoliga yotganlar, noprofessional plastik jarrohlarning xatolari, noto‘g‘ri muolajalaridan jabr ko‘rganlar talaygina.

Mikki Rurk

mikki ruk Mashhur aktyorlar orasida omadsiz plastik jarrohlik tufayli ko‘rinishi butkul o‘zgarib ketgan Mikki Rurk bugun o‘z ko‘rinishidan norozi bo‘lsa ajab emas. Bir vaqtlar u ayollarning oxirigi yo‘q muhabbat izhorlariga ko‘milib ketgan ko‘rkam yigit edi. Aktyor boks bilan shug‘ullangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, boks tushish va’tida olgan jarohatlarini biroz bo‘lsada yashirish maqsadida u jarrohlik stoliga yotgan. 2012 yili Mikki Rurkning yuz qismi ustida plastik jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Shundan keyin u juda-juda ozib ketdi.

Donatella Versache

versache O‘z davrining yosh, go‘zal va badavlat ayollaridan bo‘lgan Donatella Versache sanoqsiz plastik operastiyalarini boshdan kechirgan. Ko‘krakni kattalashtirish borasidagi plastik jarrohlik amaliyotlari omadli bo‘lmagan bo‘lsa, burni va lablari ustida o‘tkazilgan operastiyalarning sonini sanab adog‘iga etib bo‘lmaydi. Uning avvalgi ko‘rinishi, bugungidan mutlaqo farq qiladi. Xorijiy OAVlar o‘rtasida «Donatella Versache dizayn sohasida juda katta bilimga ega ekanu, plastik jarrohlik borasida hech narsaga aqli etmas ekan» qabilidagi gaplar ham tarqalgan. Yuzini silliqlashtirgani esa, uni ko‘proq inson emas, qo‘rqinchli qo‘g‘irchoqqa o‘xshab qolishiga olib kelgan.

Meg Rayan

Meg rayan Mashhurlar orasida kimningdir e’tiborini tortish uchun bunday jiddiy qadamni qo‘yadiganlar ko‘p. Ammo aynan Meg Rayan bunga ehtiyojmand emasdi. Ko‘plab muxlislari, sevimli insoni yonida bo‘lgan aktrisaning o‘ziga yoqmay qolgani tushunarsiz. Garchi plastik jarrohlikdan so‘ng muxlislarning aksariyati uning ko‘rinishi mutlaqo o‘zgarganini ta’kidalayotgan bo‘lsada, Megning o‘ziga amaliyotdan keyingi ko‘rinishi ma’qul kelgan.

Joselin Vildenshteyn

version large Joselin Vildenshteyn turmush o‘rtog‘i bilan kelib chiqqan muammolardan keyin, uni qaytarish uchun ko‘plab plastik jarrohlik amaliyotlarini boshdan o‘tkazdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u o‘zi ham sonidan adashib ketgan operastiyalari uchun 4 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ni sarf etgan. Joselin Vildenshteynga OAV vakillari «Mushuk ayol» deya nom berishi ham bejiz emas.

Maykl Jekson

maykl djekson Afsonaviy Maykl Jekson onadan qora tanli bo‘lib tug‘ilganini hammamiz bilamiz. U vafot etganida Mayklning tanasini yorib ko‘rgan eng professional patologoanatomlar ham hayratda qolishdi. Xonanda eng kamida 13ta turli plastik jarrohlik amaliyotlarini boshdan o‘tkazgan. Uning badanida ushbu operastiyalarning chandiqlari bor edi. Bir necha yil davomida har kuni 3 marta Mayklga maxsus inyekstiya qilingan. U kam ovqat iste’mol qilardi. Shu sababli sochlari to‘kilib ketgandi. Siz va biz ko‘rgan silliq va mayin soch parik edi. O‘limidan bir necha yil oldin burnining bir qismi to‘kilib tushdi. Shifokorlarning ta’kidlashlariga Maykl o‘zidan qoniqmaslik bilan bog‘liq bo‘lgan ruhiy xastalikka chalingan edi.

Rene Zelveger

Rene Zelveger Rene boshdan o‘tkazgan plastik jarrohliklardan so‘ng, 2014 yil qizil gilamga chiqqan aktrisani muxlislari tanimadi. Rene plastik jarrohlik amaliyotidan foydalanganini tan olmadi. U o‘z ko‘rinishini ozishi va yoshining kichik emasligi bilan izohlaydi.

Madonna

Madonna Madonna millionlab muxlislar e’tiborida bo‘lib kelgan. Ochiq-sochiq liboslarni kiyishda ham unga teng keladigani topilmasa kerak. Uning yillar davomida tushgan suratlari orqali xonandaning tashqi ko‘rinishi o‘zgarmayotganini ko‘rish mumkin. O‘zingiz sezib turganingizdek, bu plastik jarrohlikning «karomat»i. U ham ko‘plab Gollivud yulduzlari qatorida plastik jarrohlikka murojaat qilganini tan olmaydi.

Melani Griffit

Melani Griffit

2014 yil Melani Griffit turmush o‘rtog‘i, mahoratli aktyor Antonio Banderas bilan ajrashdi. Aytishlariga qaraganda, Melani Antonioni qiziqtirmay qo‘ygani uchun ham ular o‘rtasidagi rishtalar uzilgan. Shu bilan birga, aktyor Melaniga plastik jarrohlardan nariroqda yurishni talab qilgan. Biroq turmush o‘rtog‘ining so‘zlariga quloq solmay, bir necha bor plastik operastiyalarni boshdan kechirgan Melanining ko‘rinishi butunlay o‘zgarib ketdi va uning avvalgi chiroyidan asar ham qolmadi. Boshqacha qilib aytganda, uning lablari, hatto, gapirganida ham bazo‘r qimirlaydigan holatga kelib qoldi.

Joan Riverz

Joan Riverz Bugun bu ayolni ko‘rgan kishi, uning qachonlardir go‘zal, maftunkor ayol bo‘lganiga ishongisi kelmaydi. Uning yuz va tana qismida amalga oshirilgan ko‘plab plastik operastiyalar nafaqat uni yosh ko‘rsata olmadi, balki bor go‘zalligini ham yo‘qqa chiqardi. Albatta, bu borada Joandan ham ko‘ra omadsiz insonlar juda ko‘p. Ammo Joanning hozirgi ko‘rinishini ham ijobiy deb bo‘lmaydi.

Uma Turman

Uma Turman Mutaxassislarning fikricha, Uma Turman ko‘zlari ostidagi xaltachalarni yo‘q qilish, yuz terisini torttirish kabi qator plastik operastiyalarni boshdan o‘tkazgan. Shu yo‘l bilan u yoshiga nisbatan yoshroq ko‘rinishga erishgan. Biroq oradan ko‘p o‘tmay, yillar baribir o‘z ishini ko‘rsatadi.

Silvestr Stallone

Silvestr Stalone Taniqli aktyor Silvestr Stallone doimiy ravishda plastik jarrohlarga murojaat qilar ekan. Aytishlaricha, aktyor «shalvirab» qolgan terini oldirib tashlash jarayonini yaxshi ko‘rar ekan. Shunday muolajalar bir necha marta amalga oshirilgach, botoks qilindi. Keyin esa Stallonening yuzi shisha boshladi va shakli o‘zgardi. Biroq aktyor bundan aslo xavotirlanmayapti. U hamon botoks qilishda davom etmoqda.

Jaklin Stallone

Jaklin Stalone Silvestr Stallonening onasi Jaklin Stallonening holatiga ham havas qilib bo‘lmaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Jaklin yosh ko‘rinish istagida go‘zalligini qurbon qilgan va o‘nlab plastik jarrohlik amaliyotlarini boshdan o‘tkazgan. Buning natijasida uning ko‘rinishi multfilmlardagi qo‘rqinchli yalmog‘iz kampirlarning ko‘rinishidan farq qilmay qoldi. Qoshlari ikki tarafda, ko‘zlari olaygan, lablari esa baliqnikidek, tashqariga chiqib qolgan va hokazo.

Kenni Rojers

Kenni Rojers Xonanda Kenni Rojers plastik jarrohlik bilan uzoq vaqt o‘yin qildi, oxir-oqibat mag‘lub bo‘ldi. «Men xursand emasman. Ko‘rinishim haqidagi o‘ylar menni jinni qilayozdi», degan edi u 2006 yili «People» jurnaliga bergan intervyusida. O‘shanda u omadsiz kechgan lifting plastik jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgandi.

Barri Manilou

Barri Manlou Xonanda Barri Manilou ilk bor 2003 yili plastik jarrohlik operastiyasini qildirgan. Ikkinchi bor esa 2005, uchinchi bor 2006 yil botoks inyekstiyasi bilan birga tig‘ tagiga yotgan. Shuningdek , yanoqlariga implantant qo‘ydirgan, bundan tashqari terisi ustida lazerli va kimyoviy pilingni amalga oshirgan. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, agar plastik jarrohlik amaliyotiga murojaat qilayotgan kishilar 10-15 yoshga yoshroq ko‘rinishni istasalar, muvaffaqiyatli operastiyani amalga oshirish mumkin. Biroq bemor 25-30-40 yoshga yosharishni istasa, yuz terisi o‘zining tabiiy ko‘rinishini, shaklini yo‘qotadi.

Prisstilla Presli

Pristella Presli Mashhur pop yulduzi Elvis Preslining sobiq va yagona rafiqasi Prisstilla Presli ham plastik jarrohlarga bir necha bor murojaat qilgan yulduzlar sirasiga kiradi. qiziq, agar uning otasi Elvis, qizini shu holatda ko‘rganida, nima degan bo‘lardi? Ma’lumotlarga ko‘ra, bir necha yil avval Prisstilla yanoqlariga selikon inyekstiyalarini qildirgan. Bundan ko‘zlangan maqsad yanoqlarning shishib, biroz bo‘rtib turishiga erishishdir. Tabiiyki, Prisstilla bu bilan chegaralanmagan holda botoksdan ham «samarali» foydalangan. Natijada uning yuzi ari chaqib, shishib ketgan insonni eslatadigan ko‘rinishga kelib qolgan.

Nikol Kidman

Nikol Kidman Nikol Kidman qarishni istamaydigan Gollivud yulduzlaridan. Buning uchun u yuz plastikasi va botoksdan foydalanadi. Bir necha bor o‘tkazilgan shunday operastiyalardan keyin mimika mushaklari deyarli qimirlamay qoldi. Boshqacha qilib aytganda, uning yuz tuzilishi o‘zgarib, asta-sekin shisha boshladi. Yoshartiruvchi muolajalardan ko‘p foydalanishi sababli Nikolning yuzi tortilib, yaltirab ketgan. U bu kamchilikni qalin tonal kremi bilan berkitishga urinadi.

Bred Pitt

Bred Pitt Mutaxassislarning fikrlaricha, Bred Pitt ham plastik jarrohlar xizmatidan bir necha bor foydalangan, yuz qismida yoshartiruvchi muolajalarni amalga oshirgan. Biroq aktyorning o‘zi buni rad etadi. Masalan, Pitt kino ekranlarida ilk bor ko‘ringan vaqtlarda quloqlarining shakli boshqacha edi. Bundan tashqari, plastik jarrohlar aktyorning burni ustida ham anchagina «ter to‘kishgan». Bredning yoshlikdagi va bugungi kundagi suratlarini solishtirsangiz, gap nima haqida borayotganini darrov anglaysiz. Olimlar burun hech qachon o‘sishdan to‘xtamasligi haqida gapirayotgan bir vaqtda, Pittning burni kichiklashib ketyapti.

Alsu

Alsu Rossiyalik yulduzlar orasida Alsu ham Gollivud yulduzlaridan qolishmagan holda plastik jarrohlar xizmatidan foydalangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Alsu 21 yoshida ko‘kraklarini kattalashtirish (mammoplastika) bo‘yicha plastik operastiyani boshdan o‘tkazgan. Bundan keyin esa jag‘ining etishmayotgan qismlarini to‘ldirish bo‘yicha operastiya qildirgan. Bunda xonandaning og‘iz qismiga sun’iy implantantlar o‘rnatilgan va shu yo‘l bilan bir necha kichik operastiyalar o‘tkazilgan. Alsu bunga «chiroyli kulgu» sohibasi bo‘lish uchun rozilik bildirgan. Burnidagi bukrichani ham oldirgan.

Dima Bilan

Dimma Bilan Dima Bilan intervyularining birida nafas etishmasligi bilan bog‘lig‘ muammo sababli operastiya stoliga yotishiga to‘g‘ri kelganini aytgandi. Xonanda ushbu operastiya nafas yo‘llari bilan birga uning ovoziga h’am ta’sir etayotgan mumammoni bartaraf etish itaganini ta’kidlagandi. Bu plastik jarrohlik haqidagi qiziqarli maqolalarimizdan biri xolos. Uning davomi sifatida, keyingi maqolalarimizda biz plastik jarrohlik
turlari, narxlari va o‘zbekistonlik mashhurlar orasida kimlar plastik jarroh xizmatidan foydalangani haqida ma’lumot beramiz. Bizni kuzatishda davom eting!

© Qalampir.uz Medical News

Сохранить
ico
Mangu yoshlik yoxud X sindromi
Mangu yosh bo‘lib qolish chiroyli eshitiladi va ko‘pchilikning orzusi hisoblanadi. Lekin buning zaminida ham o‘z tosh-tarozisi yotadi. [caption id="attachment_7026" align="aligncenter" width="594"] Photo: Getty Images[/caption] Amerikalik olimlar tomonidan aniqlangan bu kasallikka «X sindromi» nomi qo‘yilgan bo‘lib, unda odamning ulg‘ayishini barcha belgilari tomozlanadi. Misol uchun, Bruk Megan Grinberg fiziologik jihatidan 20 yoshgacha yetib borgan bo‘lsada, unda ham tana tuzilishi, ham aqliy rivojlanishi darajasini bor yo‘g‘i ikki yoshli bolaniki singari qolib ketgan.
Bruk 2013 yilning oktyabrida o‘lgan bo‘lib, u hayoti davomida
tibbiyotga no’malum bo‘lgan juda kam uchraydigan kasallik bilan og‘rigan, ya’ni tanasi, ichki tizim va a’zolarining o‘sishi to‘xtab qolgan. Uning o‘limi sabablari esa haligacha aniqlamagan. Bruk yangi tug‘ilgan chaqaloq paytida 1,8 kilogrammni tashkil etib, bir yildan keyin bor yo‘g‘i - 3,4 kilogrammni, 14 yoshida esa – 7,2 kilogramni tashkil etib, bo‘yi 76 sm da to‘xtab qolgan. Bu qiz bir necha marta hayot va o‘lim chegarasida qolib ketgan. Jumladan 4 yoshida u 14 sutkalik uyquga ketgan. Vrachlar unda bosh miya o‘smasi tashxisini ko‘yib, 48 soatdan ortiq yashay olmasligi haqida gapirishgan. Ammo ikki haftadan so‘ng qayta tekshirilganda o‘smaning so‘rilib ketganligi aniqlangan. Brukni Amerikaning eng nufuzli klinikalari tekshirganiga qaramasdan aniq tashxisi qo‘yilmagan.

© Gepamed.uz

ico
Mizoj, parhez, salomatlik
Kishi mizojiga qarab ovqatlansa salomatligi soz bo‘ladi. Mizoji mo‘’tadil, sog‘lom kishilar qo‘zichoq, buzoq, echki go‘shtlaridan taom tayyorlab yeyishlari, xushbo‘y va toza ichimliklar ichishlari kerakligi qadimgi tibbiy manbalarda yozilgan. Mizoji issiq kishilar yengil, sovuq ovqat va ichimliklar iste’mol qilishlari lozim. Ertalablari nordon anor, nordon uzum, yoki limon sharbatiga ivitilgan bir yoki ikki bo‘lak non yesalar yaxshi. Yoki nordon sharbatlardan ichishsa ham bo‘ladi. Nordon sharbat, nordon uzum bilan qaynatma sho‘rva, olxo‘rili qaynatma sho‘rva va uksus solingan yasmiqli qaynatma sho‘rvalar mizoji issiq kishilar uchun zarur ozuqalardir. Baliq issiq xiltlarlarni kamaytiradi. Shuning uchun u issiq mizojli kishilar uchun juda foydali. Bunday kishilar baliq yeganlaridan keyin sikanjubin(asal va sirka aralashmasi) yoki biroz sirka iste’mol qilishlari lozim. Oshqozoni issiq mizojli kishilar ovqatni kechiktirib yesalar, boshlari og‘riydi. Issiq mizojli ovqat iste’mol qiluvchi kishi ovqatni tez tanovul qilmasligi va ovqatni ikkiga bo‘lib, oradan biroz o‘tib yemog‘i lozim.

Balg‘am me’yordan ortsa miya uchun zarar qilar

Sovuq mizojli kishilarga yumshoq va issiq tarkibli ovqatlar, masalan qo‘y go‘shti, no‘xat sho‘rva, yosh kaptar va chumchuq go‘shtlari, dolchin va sedana mos keladi. Mizoji sovuq, semiz odamlar grek yong‘og‘i yoki zaytun yog‘iga qovurilgan go‘shtga sedana, dolchin va sarimsoq aralashtirib yeyishlari foydalidir. Baliq sovuq va ho‘l tarkibli bo‘lib, balg‘amni oshiradi. Shuning uchun ham sovuq mizojli va oshqozonida balg‘am ko‘p bo‘lganlarga baliq zararli. Balg‘amning me’yoridan ko‘p bo‘lishi nerv va miyaga zarar qilib, lyumbago, apopleksiya va falaj kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Balg‘amni tanadan chiqazish uchun surgi dorilar, issiq suv yoki sikanjubin qabul qilinishi zarur. Sovuq va quruq, melanxolik mizojli kishilar ho‘l ovqatlarni iste’mol qilib, tariq, yasmiq, quritilgan go‘sht va sho‘r mahsulotlardan saqlanishlari kerak. Masalan uksus qo‘shilgan sho‘r baliq, quruq va sovuq mahsulotlar oshqozonda safro paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu esa ovqat hazm bo‘lmasligiga va savdo oshishiga olib keladi. Shuningdek chipqon va qichimalar paydo bo‘lishiga imkon yaratadi. Quruq mizojli xolerik odamlarga sovuq va ho‘l mahsulotlar – lapsha(ugra), guruch va go‘shtga aralashtirilgan ismaloq foyda qiladi. Ular issiq va quruq bo‘lgan oziq-ovqatlar (masalan, tuzlangan baliq)dan saqlanishi kerak, chunki bunday mahsulotlar safro oshib ketishiga olib keladi.

Safro oshishi sabablari

Ovqatlanish yil fasllari bilan chambarchas bog‘liq. Chunki fasllar xiltlarning zichligiga ta’sir qiladi. Demak parhez ham faslga qarab belgilanishi kerak. Bahorning tabiati quruq va ho‘l. Shuning uchun sovuq va quruq oziq-ovqatlarni ko‘p miqdorda ertalab va kechqurunlari yemoqlik kerak. Bular qon buzilishining oldini oladi. Qonga salbiy ta’sir qiluvchi juda shirin oziq-ovqatlardan saqlanish lozim. Bahor paytida go‘sht va sharbat iste’mol qilinishi kerak. Yozning tabiati issiq va quruq. Chunki safro bu faslda ko‘payadi. Safroni oshiruvchi yoki ko‘p ishlab chiqaruvchi mahsulotlardan saqlanish lozim. Mizojni sovuq va ho‘l qiluvchi mahsulotlar ko‘p miqdorda iste’mol qilinishi kerak. Nordon ovqatlar va ichimliklar yoz uchun juda mos. Anor suvi, xom uzum, limon, atirgul va olma safroni kamaytiradi. Bodring, qovoq, semizo‘t, shuningdek sirka va boshqa nordon narsalar aralashtirilgan ovqat va sho‘rvalar foydalidir. Namakobda saqlangan sho‘r yoki o‘tkir hidli mahsulotlarni yeyishdan saqlanish lozim. Kuzda qon kamayib, savdo ko‘payadi. Bu faslning mizoji sovuq va quruq. Shuning uchun bu faslda quruq va sho‘r ovqatlardan saqlanib, issiq va ho‘llarini yeyish kerak. Qishda balg‘am ko‘payadi, xiltni oshiruvchi ovqat va ichimliklardan saqlanish kerak. Bu faslning tabiati sovuq va ho‘l, demak issiq va quruq mahsulotlarni yeyish maqsadga muvofiq. Masalan, sarimsoq, piyoz yoki qalampir va zanjabil kabi ziravorlar bilan tayyorlangan taomlar, o‘t ustida pishirilgan go‘shtlar(kabob) va shirinliklar qish fasli uchun xos. Sovuqlikni oshiruvchi mahsulotlardan saqlanish lozim. Qishda mizoji issiq, yozda sovuq va iliq ovqatlarni iste’mol qilish kerak. Oziq ovqat mahsulotlarining mizoji o‘ta sovuq va o‘ta issiq bo‘lmasligi lozim. Qadimgi tabiblarimiz usuliga muvofiq go‘shtli palov va tovuqli kabob mizojni “me’yorlashtiruvchi” bo‘lib yilning to‘rt faslida iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Nomuvofiq yeguliklar

Ayrim mahsulotlar aralashtirilib yeyilmaydi. Qadimgi tabiblarimiz bu mavzuda quyidagicha maslahat berishadi:
  • Yogurt(qatiq) va pishmagan uzumdan tayyorlangan taomlar birgalikda iste’mol qilinmasligi kerak.
  • Olxo‘ri, yovvoyi o‘rik, shaftoli va nordon anorlarni ketma-ket yeyish mumkin emas.
  • Sirka qo‘shilgan ovqatlar: pishmagan uzum, sho‘r baliq yoki quritilgan go‘sht bilan yeyilmaydi.
  • Guruch sirka bilan iste’mol qilinmaydi.
  • Yosh kabutar go‘shti, sarimsoq, piyoz va xantal bilan yeyilmaydi. Agar bu uch mahsulot yosh kabutar go‘shti bilan birga iste’mol qilinsa ular qonni qaynatadi va teri kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.
  • Tovuq qatiq bilan pishirilmasligi kerak.
  • Tovuq go‘shti baliq bilan birga yeyilmaydi.
  • Tovuq go‘shti nordon ovqatlar bilan me’yorida iste’mol qilinishi kerak. Agar me’yordan ortsa qorin og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkin.
  • Meva iste’molidan keyin muzdek suv ichilmaydi.
  • Piyoz sarimsoq bilan birga yeyilmaydi.
  • Bir kunning o‘zida sut va vino ichish podagra kasalligiga olib keladi.
  • Toza baliq, sut, sut mahsulotlari, toza pishloq va tuxum birga iste’mol qilinmaydi. Baliq bilan birga iste’mol qilinmaydigan mahsulotlar ichida tuxum birinchi o‘rinda keladi. Hattoki shu oddiy qoidaga rioya qilmaslik o‘limga sabab bo‘lishi mumkin deyiladi.
  • Baliq iste’molidan keyin suv ichmaslik kerak. Ammo chanqoqlikka sabr qilish kerak.
  • Qatiq bilan baliq iste’mol qilinmaydi.
  • Go‘sht iste’mol qilish ayniqsa yerda yuruvchi hayvonlar go‘shti bilan baliqni birgalikda yeyish juda zararlidir. Surunkali kasalliklarga olib kelishi mumkin.

© Abdukarim USMONXO‘JAYEV, tibbiyot fanlari nomzodi. Anvar QOSIMXO‘JAYEV, tibbiyot fanlari nomzodi. Fahriddin IBRAGIMOV, tadqiqotchi.

"Sihat-salomatlik" jurnali.

ico
Milk yallig‘lanishi - gingivit
Milk kasalliklari tishlarning husnini buzibgina qolmay, og‘iz bo‘shlig‘i meyoriy holatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, milk kasalliklarini o‘z vaqtida aniqlab davolash juda muhim. Keng tarqalgan milk kasalliklaridan biri gingivitdir. gingivit Milk yallig‘lanishi (gingivit) da milkning tishga tutashib turgan chetki qismi va tishlar orasini to‘ldirib turadigan milk so‘rg‘ichlari zararlanadi. Kasallikning bir qancha turlari farqlanadi. Kataral gingivitda milklar qizaradi, shishadi, qonaydi, biroz qichishadi, ovqatlanish paytida og‘riq paydo bo‘ladi. Ko‘pincha tishlarda yumshoq va qattiq qatlam to‘planadi. Surunkali gingivitda bemor deyarli hech qanday og‘riq va bezovtalik hissini sezmaydi, milklardagi yallig‘lanish jarayoni esa uzoq va sust kechadi. Shu sababli, surunkali gingivit ko‘pincha stomatolog ko‘rigi vaqtida aniqlanadi. Bemor tishlarini tozalayotganda milklar qonashi kuzatiladi. Og‘izdan yoqimsiz hid kelib turadi. Milklar biroz qizarib, milk so‘rg‘ichlari bo‘rtadi. Kasallik zo‘rayganda milklar qizg‘ish tus olib, shishadi va qonaydi. Tishning qattiq to‘qimalari zararlanishi mumkin. Yarali-nekrotik gingivitda milklarda yaralar paydo bo‘ladi. Bu esa og‘riq keltirib chiqaradi, og‘izdan yoqimsiz hid kelib turadi. Bemorning umumiy ahvoli yomonlashadi, holsizlanib tana harorati ko‘tarilishi mumkin. Gipertrofik gingivit kasallikning kamroq kuzatiladigan turi bo‘lib, ko‘pincha organizmdagi endokrin o‘zgarishlar natijasida rivojlanadi. Shu sababli, gipertrofik gingivit asosan o‘smirlar, homilador ayollar va qandli diabet bilan og‘riydigan kishilarda uchraydi. Kasallikning so‘nggi bosqichlarida milklar og‘rib, qonaydi. Atrofik gingivitda milk to‘qimalarining hajmi kichrayib tish ildizi ko‘rinib qoladi. Sovuq yoki issiq taom iste’mol qilinganda og‘riq paydo bo‘ladi. Tish va og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga yetarlicha amal qilmaslik natijasida tishlar sirtida to‘planadigan yumshoq karash ko‘pincha gingivitga sabab bo‘ladi. Yumshoq karash patogen (kasallik qo‘zg‘atuvchi) mikroblar ko‘payishi uchun qulay ozuqaviy muhit hisoblanadi. Mikroblar ajratgan toksin (zahar) lar milklarda yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqaradi. Noto‘g‘ri o‘rnatilgan plomba, koronka va sifatsiz tish protezlarining milk to‘qimasini zararlashi tufayli ham milkning zararlangan joyi yallig‘lanib gingivit rivojlanishi mumkin. Gingivit tamaki chekuvchilar orasida ko‘p kuzatiladi. Tamaki tutunidagi toksik (zaharli) komponentlar og‘iz bo‘shlig‘i disbakterioziga olib keladi, oqibatda so‘lakning vodorod ko‘rsatkichi (pH) nordonlashadi, nikotin og‘iz bo‘shlig‘ini qon bilan taminlaydigan tomirlarni toraytiradi, yallig‘lanish mediatorlarini faollashtiradi. Bu esa kashanda milklarini gingivit kasalligiga moyil qilib qo‘yadi. Ko‘pincha immunitet susayishi, yetarlicha to‘yib ovqatlanmaslik, qandli diabet, homiladorlik, vitamin C yetishmasligi, depressiyalar, gripp, angina, OITS, sil va boshqa kasalliklar, shuningdek organizmning og‘ir metallar bilan zaharlanishi, burundan nafas olishning buzilishi ham milk yallig‘lanishini keltirib chiqaradi. Shu o‘rinda aytish joizki, gingivit erkaklarda ayollarga qaraganda ko‘proq kuzatiladi. Kasallikni mutaxassis shifokor davolaydi. Kasallikning turi va bosqichiga qarab turli davo choralari qo‘llaniladi. Shifokor tish sirtida to‘plangan yumshoq va qattiq karashni olib tashlaydi. Milk yaralardan tozalangach, to‘qimalari davolanadi. Antiseptik, antibakterial va yallig‘lanishga qarshi gel va mazlar ishlatiladi. Kasallik uzoq vaqt davom etganda antibiotiklar va og‘riq qoldiruvchi dorilar qo‘llaniladi. Milk yallig‘lanishini darhol davolab tuzatish muhim. Aks holda u asorat berib, bemorda parodontit, gematogen infeksiyalar (infeksion endokardit, glomerulonefrit) rivojlanishi mumkin. Gingivitning oldini olish uchun og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga qat’iy amal qilish lozim. Tishlarni har kuni ikki mahal (ertalab va kechqurun) ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng tozalash kerak. Kashandalar tamaki chekishdan voz kechishsa, bu nafaqat gingivitning, balki boshqa bir qator kasalliklar paydo bo‘lishining ham oldini oladi.

Zaynab VALIYEVA, stomatolog. "Sihat-salomatlik" jurnali.

ico
Miya exinokokkozlari nima?
Exinokokkoz – parazitar kasallik bo‘lib, ko‘pincha jigar, o‘pka, taloq singari a’zolarni, kamdan-kam hollarda esa bosh va orqa miyani zararlaydi. Kasallik asosan uy hayvonlarini parvarishlash davomida ulardan (yoki ularning exinokokkoz lichinkalari bilan zararlangan axlati tekkan mahsulotlar orqali) odamlarga o‘tib qolishi mumkin. Exinokokkoz kistalarining ikkita asosiy ko‘rinishi (solitar va ratsemoz) farqlanadi. Solitar ko‘rinishida yakka-yakka kistalar kuzatilib, ularning hajmi ba’zan katta o‘lchamlarda bo‘lib, diametri esa 8-10 sm gacha yetadi. Ratsemoz exinokokkda bosh va orqa miya to‘qimalarida pufak shingillari joylashib, ularning atrofida kuchli reaktiv o‘zgarishlar kuzatiladi. Exinokokk atrofida yallig‘lanib o‘zgargan miya to‘qimasi bilan o‘ralgan biriktiruvchi to‘qimali kapsula hosil bo‘ladi, uning kundan–kunga oshib boruvchi ta’siri tufayli miyada qon quyilishi va ezilish o‘choqlari kuzatiladi. Pufaklar pardasida yallig‘lanish belgilari ham aniqlanadi. Bosh miya exinokokkozlarining klinik manzarasi gipertenzion sindrom va o‘choqli simptomlar ko‘rinishida bo‘lib, bosh miya o‘smalarining klinik kechishini eslatadi. Kalla suyagi ichida bosimning oshib ketishi – gipertenzion sindrom bosh og‘rishi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ko‘ruv nervi dimlanishi, umumiy holsizlik va epileptik xurujlar bilan namoyon bo‘ladi. O‘choqli o‘zgarishlar esa parazit kistasi miyaning qaysi sohasida joylashganligiga qarab aniqlanadi.

Epileptik xurujlar

Ko‘p hollarda qo‘l va oyoqlarda epileptik xurujlar kuzatilib, keyinchalik o‘sha xuruj kuzatilgan qo‘l yoki oyoqlarda falajliklar kelib chiqadi. Bosh miya nervlari falajliklari yuzaga chiqishi ham uchraydi. Depressiya, aqli zaiflik ko‘rinishidagi psixik buzilishlar paydo bo‘lishi mumkin. Rivojlanib boruvchi exinokokkozlarda o‘choqli o‘zgarishlar va kalla ichi bosimi oshib boradi. Yakka va ko‘p kamerali exinokokkozlarda ko‘pincha 1-2 yil davomida exinokokk kistasi miyaga kuchli bosim o‘tkazmaydi, ya’ni konsistensiyasi yumshoqligi tufayli bemorning ahvoli nisbatan qoniqarli darajada bo‘lib turadi. Bosh miya exinokokkoz kasalligining kechishida bir qancha bosqichlar tafovut etiladi: birinchi bosqich – latent, ya’ni organizmga parazit kirgandan boshlab subyektiv belgilar paydo bo‘lgunga qadar davom etsa, ikkinchi bosqich – kam sezilarli subyektiv belgilar, bosh og‘rig‘i shikoyatlari bilan kechadi. Uchinchi bosqichda – kuchli namoyon bo‘luvchi nevrologik simptomlar ro‘y bersa, to‘rtinchi bosqich esa bosh miya faoliyatiga doir har xil asoratlar bilan kechadi. Ta’kidlash joizki, ushbu kasallikka to‘g‘ri tashhis qo‘yishda quyidagilar muhim ahamiyatga ega: – ichki a’zolar exinokokkozi (ko‘pincha jigar, o‘pka); – ayrim anamnestik ma’lumotlar; – kasbi (hayvonlar bilan doimiy aloqada bo‘luvchi cho‘pon, sog‘uvchi, qishloq xo‘jalik xodimlari, uy bekalari, bolalar); – qonda qayd etiladigan eozinofiliya; – teridagi Katsoni va RSK Gedin-Veynberg sinamalari. Orqa miya suyuqligida eozinofilli pleotsitoz va oqsil miqdori oshishi kuzatiladi, ayrim hollarda pufakning alohida qismlari, yantar kislotasi aniqlanishi mumkin.

To‘g‘ri tashxis — samarali davo

Bugungi kunda bosh miya exinokokkozlariga o‘z vaqtida to‘g‘ri tashhis qo‘yish imkoniyatlari katta bo‘lib bosh miya kompyuter va magnit-rezonans tomografiya tekshiruvlari nafaqat ushbu kasallikni aniqlash, ayni holda uning hajmi, bosh miyaning qaysi sohasida joylashganligi, miya tarkibiy qismlariga munosabatini, mo‘ljallanayotgan operatsiyaning texnik tomonlarini aniqlash, asoratlarini kamaytirish, oqibatlarini bashorat etish imkoniyatini yaratadi. Bosh miya exinokokkozlarini operatsiya qilish malakali neyroxirurglardan ham yuqori darajadagi professional hatti-harakatlarni talab etadiki, o‘tkazilayotgan operatsiya jarayonida mabodo yupqa, o‘ta nozik exinokokkoz pardasi yorilib ketsa yagona kista o‘rnida son-sanoqsiz exinokokkoz kistalari paydo bo‘ladi va aksariyat hollarda uning oqibati fojiali yakunlanishi mumkin. Bosh miya exinokokkozlaridan farqli o‘laroq, orqa miya exinokokkozi yashirin davrning qisqa bo‘lishi bilan xarakterlanadi, hatto uncha katta bo‘lmagan kista ham orqa miya bosilishini, harakat va sezgi buzilishlari (qo‘l va oyoqlar parez va paralichlari, chanoq a’zolari faoliyati o‘zgarishlarini keltirib chiqarishi mumkin. Orqa miya exinokokkozlari birlamchi (orqa miya va umurtqa pog‘onasining tishsimon moddasi kichik tomirlariga gematogen yo‘l bilan tushishi) va ikkilamchi (atrofdagi jarayondan kontakt yo‘li bilan o‘tishi yoki epidural klechatkada kista yorilishi natijasida umurtqa kanali strukturalariga qayta tushishi) bo‘ladi. Parazit faqat umurtqa tanasida joylashgan davrda kasallik uzoq vaqt simptomsiz kechadi. Parazit umurtqa tanasi va yoyining qanchalik darajada katta maydonini zararlashiga, orqa miya va uni qoplab turuvchi pardalar bosilish darajasiga qarab klinik simptomlar kuchayib boraveradi. Orqa miyaning exinokokkoz kistasi orqa miyaning bo‘yin sohasida joylashgan hollarda dastlab bemorning qo‘l va oyoqlarida va ko‘krak qafasida o‘rab oluvchi og‘riq paydo bo‘ladi. Keskin harakat, yo‘tal, aksa urish, ya’ni miya pardalari taranglashgan vaqtlarda og‘riq kuchayadi. Jarayon rivojlanishi natijasida umurtqa harakati chegaralanadi, kifoz, kifoskolioz kelib chiqadi. Exinokokk bilan zararlangan sohada umurtqa o‘tkir o‘simtalari og‘riqli bo‘ladi. Shu sohada bel to‘g‘ri mushaklari taranglashib qalinlashadi.

Davolash va profilaktika

Exinokokkoz kistasi ko‘krak va bel sohalarida joylashganda orqa miyaning bosilishi kuchayavergan sari oyoqlarda nimjonlik (paraparez) ham avj olaverishi mumkin. Ushbu kasallik orqa miya o‘smalari va sil kasalligi bilan differinsial diagnoz o‘tkazilishini taqozo etadi. Orqa miya exinokokkozlariga bosh miya exinokokkozlari singari anamnez, allergologik (Katsoni reaksiyasi), immunobiologik tekshirishlar natijalari, orqa miyaning kompyuter va magnit–rezonans tomografik tekshiruvlari natijalari inobatga olinib, so‘ng tashxis qo‘yiladi. Bosh va orqa miya exinokokkozlari xirurgik usulda davolanadi. Bosh miya exinokokkozlarining profilaktikasida ushbu kasallikka chalingan yovvoyi va daydi hayvonlar (bo‘ri, tulki, it, mushuk) bilan munosabatda bo‘ladigan uy hayvonlarini (it, mushuk) muntazam ravishda veterinariya tekshiruvlaridan o‘tkazib turish – ularning veterinar vrach nazoratida bo‘lishini ta’minlash, yosh bolalarning duch kelgan it va mushuklar bilan o‘ynashlarini taqiqlash, tegishli tekshirishlardan o‘tkazilmagan qoramol, qo‘y va echkilarning go‘shtlarini meyoriga yetkazib pishirib (uzoq muddat davomida qaynatib) iste’mol etish, har xil noxush asoratlarning oldini olish uchun esa kasallikning ilk alomatlari paydo bo‘lgandanoq, exinokokkoz kistasi kattalashib ketmasdan turib malakali neyroxirurgga murojaat qilishlari hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Amirqul SHODIYEV, Samarqand davlat tibbiyot instituti “Nevrologiya, neyroxirurgiya, travmatologiya va ortopediya” kafedrasining dotsenti, tibbiyot fanlari doktori. "Sihat-salomatlik" jurnali.

ico
Mastopatiya - sut bezlari kasalligi

- Mastopatiya qanday paydo bo‘ladi va u bora-bora sut bezlari saratoniga aylanishi mumkinmi?

- Mastopatiya
sut bezlari kasalliklaridan biri sanaladi. Bunda sut bezlarida har xil kattalikda “tuguncha” va fibroz to‘qimalar paydo bo‘ladi. Shu tugunchalar ushlaganda qo‘lga qattiq unnaydi, ba’zan og‘riqli, ba’zan og‘riqsiz kechadi. Hayz ko‘rishdan oldin yoki hayz ko‘rish davrida ko‘krak bezlari og‘risa va shishib, bezillab tursa, demak, bu ham mastopatiya alomatidir. Mastopatiya ko‘proq yosh ayollarda uchrab, odatda ichki sekresiya bezlari faoliyatining buzilishi oqibatida vujudga keladi. Bu o‘zgarishlarga jinsiy a’zolarning turli yallig‘lanish kasalliklari, jinsiy hayot tartibining buzilishi sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, qalqonsimon bezlari va jigar kasallanishi mastopatiyani keltirib chiqarishi mumkin. Ruhiy iztiroblar, tushkunlik, biror narsadan qattiq tashvishga tushish ham bundan mustasno emas. Ma’lumki, sut bezlari to‘qimasining tuzilishi va faoliyati ayol kishining yoshiga, bo‘yida bo‘lishiga, bolani emizishiga qarab o‘zgaradi. Bu o‘zgarishlar avvalo tuxumdonlar ishlab chiqaradigan gormonlar ta’sirida ro‘y beradi. Ayol bo‘yida bo‘lganida shu gormonlar ta’sirida bezsimon to‘qima shishadi, sut bezlari kattalashadi. Bola tug‘iladigan vaqtga kelib sut bezlarida uvuz suti, keyinchalik haqiqiy sut ishlab chiqariladi. Ayol ko‘zi yoriganidan so‘ng 10-12 oygacha va bundan ham ko‘p vaqt davomida ko‘kragiga sut kelib turadi. Ana shu muddat oxiriga kelib sut bezlari kichrayadi va sut ishlab chiqarilishi kamayadi. Shuni unutmaslik kerakki, ayol bolasini shu muddatda emizmasa, sut to‘planib qolib ko‘krak bezlarida og‘riq paydo bo‘ladi. Bu holat mastit yuzaga kelishi uchun asos sanaladi. Qattiq “tugunchalar” vaqt o‘tishi bilan kattalashadi. Ayniqsa, bola oldirgandan keyin bu jarayon tobora og‘irlashadi. Tuxumdonlar faoliyatining buzilishi ham mastopatiyani keltirib chiqaradi. Natijada hayz ko‘rish tartibi o‘zgaradi. Shunisi muhimki, ginekologik kasalliklarni o‘z vaqtida davolatmagan ayollarning sut bezlarida mastopatiya uzoq vaqt davom etadi. Ba’zan to‘qimalarning kattalashishi xavfi bo‘lmaydi. Ayrim hollarda mastopatiya davolanmasa va uni keltirib chiqargan omillar kuchaysa u xavfli o‘smaga aylanib ketishi mumkin. Dardning qandayligini faqat oila shifokori bilan birga onkolog vrach aniqlaydi.

- Gohida ayollar sut bezlari taranglashib og‘rishidan noliydilar. Nima sababdan shunday bo‘ladi?

- Sut bezlarining taranglashib shishishi kasallik alomatidir. Ba’zan bunday o‘zgarishlar hayz ko‘rishdan oldin seziladi. Keyinchalik bunga aloqasi yo‘q vaqtda ham paydo bo‘laveradi. Ko‘krak uchidan rangsiz (ba’zan qo‘ng‘ir, kulrang, ko‘kimtir) ajralma chiqishiga hech bir ayol beparvo qaramasligi kerak. Ba’zi ayollar mastopatiya bilan og‘rib qolsalar “menda o‘sma borga o‘xshaydi” deb vahimaga tushishadi. Aslida mastopatiyaning hamma turi ham saraton oldi kasalligi bo‘lavermaydi, ammo uni o‘tkazib ham yuborish kerak emas. Masalan, ayol ginekologik kasalliklardan davolanish chog‘ida asabi buzilmasa, dardni tabiiy deb qarab vahimaga tushmasa, tushkunlikka tushmasa va vaqtida davolansa mastopatiya tez tuzaladi. Bordiyu ayol kasallikni ancha o‘tkazib yuborib, so‘ng shifokorga murojaat etsa, unga dori-darmonlar buyuriladi, gormonlar bilan muolaja qilinadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mastopatiyasi bor ayollar onkologik dispanser nazoratida bo‘lib, uch oyda bir marta sut bezlarini tekshirtirib turishlari shart. Sut bezlarining kattalashib, qonli ajralma chiqishi, shish ustidagi teri rangining limon po‘chog‘iga o‘xshashi va tugun paydo bo‘lishi, ko‘krak uchining ichkariga kirishi sut bezlari xavfli o‘smasining ilk alomatlari hisoblanadi. Shunday holatlarni sezgudek bo‘lsangiz, darhol onkolog (mammolog) qabuliga boring, xastalik qancha tez aniqlansa shuncha tez tuzaladi.

- Mastopatiyaning oldini olish uchun ayollar nimalarga ahamiyat berganlari ma’qul?

- Maslahatlarimiz shunday: avvalo jinsiy a’zolardagi yallig‘lanish jarayonlarini o‘tkazib yubormasdan davolatish shart. Ko‘zi yorigan ayollar bolani kamida bir yarim yo ikki yoshgacha emizib boqqanlari ma’qul. Bolani sutdan chiqarishni esa shifokor bilan maslahatlashgan holda amalga oshirish kerak. Har bir ayol hayz tamom bo‘lgandan keyingi beshinchi kundan boshlab ikkala ko‘kragini qo‘llari bilan paypaslab, qattiq tugunlar bor-yo‘qligini aniqlashi zarur. Agar qo‘lga unnaydigan qattiq tugunlar uchrasa, mammolog shifokorni bundan xabardor qilgani ma’qul. Cho‘milayotganda ham ko‘kraklarga sovun surib so‘ng qo‘l yurgizilsa, sut bezlaridagi tugunlar bor-yo‘qligi seziladi. Yana yechingan holda qo‘llarini boshi orqasida ushlagan holda bezlarini so‘rg‘ich qismi bir tekisdami yoki yo‘qmi qarab qo‘yishi va qo‘ltiq osti bezlarining paypaslab ko‘rishi shart. Har bir ayol turli shamollash kasalliklaridan saqlanishi kerak. Mastopatiyaga sabab bo‘luvchi kolpit (jinsiy a’zo shilliq pardasining yallig‘lanishi), bachadon bo‘yni eroziyasi, tuxumdonlar yallig‘lanishini o‘z vaqtida davolab tuzatish lozim. Sut bezlarida sal og‘riq bo‘lsa ham darhol vrach maslahatini olishi kerak. Ayniqsa, ayollarimiz klimaks davrida ko‘krak bezlarini tez-tez tekshirtirib turishlari shart.

© Lola Alimxo‘jayeva, Respublika Onkologiya ilmiy markazining “Onkomammologiya” bo‘limi ilmiy rahbari, tibbiyot fanlari doktori. “Sihat-salomatlik” jurnali

 
ico
Matonatli Dildora. U qanday qilib noto‘g‘ri tashxisni yengdi?
Quyidagi voqea ruhiy siqilishdan so‘ng naqadar og‘ir asoratlar kelib chiqishi mumkinligi va uni yengish uchun yuqori darajada matonat kerakligi haqida. Men har gal o‘z kasalligi sababli tushkunlikka tushgan bemorlarga dalda bermoqchi bo‘lsam Dildora ismli matonatli qizni eslayman. Agar unda bu hislatlar bo‘lmaganida edi ikkala oyog‘i umrbod shol bo‘lib qolardi. Bu voqea bundan 20 yil ilgari, ya’ni 1995 yil fevral oylarida ro‘y bergan. 18 yashar Dildora ismli kelin oilada yuz bergan falokatdan so‘ng o‘ziga-o‘zi pichoq uradi. Qorinning ikkita joyiga urilgan zarbadan bemor ko‘p qon yo‘qotib jarrohlik bo‘limiga tushadi. Zudlik bilan ko‘rsatilgan yordamdan so‘ng yosh kelinning hayoti saqlab qolinadi. Bemor tuzalib chiqadi, biroq uning ikkala oyog‘ida og‘riq paydo bo‘lib, bu og‘riq borgan sayin kuchayib boradi va ikkala oyoq falaj bo‘lib qoladi. Bemorni nevropatologga ko‘rsatishadi. U «Pichoq orqa miyadagi nerv tolalarini ham shikastlagan» deb xulosa chiqaradi va davolash choralarini tavsiya etadi. Bemor bu tashxisni qo‘yarda-qo‘ymay ota-onasidan bilib oladi va bemorning tanasidagi og‘riqlar belda va oyoqlarda to‘planadi. Bemorning tanasida og‘riq paydo qilish uchun uning tanasiga qo‘l tekkizish shart emas edi, chunki og‘riqlar usiz ham, ayniqsa, tunda o‘z-o‘zidan paydo bo‘lar va bemor og‘riq kuchidan chinqirib yig‘lardi. Bemor badanini hatto choyshab bilan ham yopishga qo‘ymasdi. Chunki choyshab biror joyiga tegib tursa, og‘riq kuchayardi. U qo‘rqqanidan o‘zining tanasiga o‘zi ham qo‘l tekkizmas edi. Bemor tanasida tez-tez va to‘satdan paydo bo‘ladigan og‘riqlarni kutib, ikkala qo‘li bilan to‘shakning chekkasidan mahkam ushlab yotardi. Ikkala oyog‘i shol bo‘lib qolgan qizining dod-voy solib qichqirishidan butun oila a’zolari qattiq ezilar va ollohdan iltijo qilib unga shifo tilashardi. Bemorni tekshirayotib shunga e’tibor qaratdimki, agar unga biror yordam kerak bo‘lsa, faqat katta akasiga murojaat qilardi, boshqalarni (ota-onasini, ukalarini) yoniga yo‘latmasdi. Bu holatni psixogen og‘riqlarga qiyosiy tashxis qo‘yganda e’tiborga olish zarur. Bemorni sinash uchun «Nega bunday qilasiz?» deb savol bersam u: «Akam hech joyimni og‘ritmasdan yordam beradi», deb javob bergan edi. U uyga kelgan vrachlarni ham yoniga yo‘latmasdi. Bemor bilan ikki kun mobaynida suhbat uyushtirilib, uning nevrologik va psixologik holatini chuqur o‘rganib chiqdim. Bemor suhbat chog‘ida har gal: «Meni davolasangiz hech joyimga tegmasdan davolaysizmi?», «Orqa miyam haqiqatan ham jarohatlanmaganmi?» deb so‘rayverardi. Bemor bilan umumiy til topganimdan so‘ng, uni davolashga kirishdim. Oradan bir necha oy o‘tganiga qaramasdan, bemorning oyog‘i ozmagan va sezgi buzilishlari yo‘q, pay reflekslari ham saqlangan edi. Demak, avvalgi tashxis noto‘g‘ri qo‘yilgan. Chunki pichoq orqa miyani zararlaganda edi, bemorning oyog‘i qurib bo‘lgan bo‘lur edi. Endi eng asosiy vazifa bemorda yatropatiya belgilarini, ya’ni avvalgi tashxis asoratlarini yo‘qotish va orqa miyada hech qanday jarohatlanish yo‘qligiga ishontirish. Bu vazifaning uddasidan chiqqanimdan so‘ng bemor davolanishga katta ishonch bilan qarab, tavsiya qilingan barcha muolajalarni ola boshladi. Bemor, asosan, psixoterapevtik muolajalar bilan davolandi va sog‘ayib ketdi. U balandi qavatlarga bemalol chiqadigan va xatto avtobuslar izidan bemalol yuguradigan bo‘lib ketdi. Chunki orqa miya jaroxatlanmagan edi. Shunga o‘xshash yana bir voqea haqida so‘zlab bersam. Bu voqea ham yatropatiyaga yaqqol misol bo‘la oladi. Yana bir bor eslatib o‘taman “yatropatiya” – bu tibbiyot xodimining noto‘g‘ri xulosasi oqibatida aslida yo‘q bo‘lgan kasallik alomatlarining paydo bo‘lishi degani. Bu voqea viloyat shifoxonalarining birida sodir bo‘lgan. Uzoq yillardan buyon asab kasalliklari vrachi bo‘lib ishlab kelayotgan doktor o‘zining umr yo‘ldoshiga «Disk churrasi» deb tashxis qo‘yadi. To‘yda tinmay yumush qilgan 40 yoshdan oshib qolgan bu ayolning belida kuchli og‘riq paydo bo‘lib, ikki kundan so‘ng ikkala oyog‘i ishlamay qoladi. Shu bois unga disk churrasi deb tashxis qo‘yiladi. Disk churrasi, asosan, operatsiya yo‘li bilan davolaniladi deb o‘ylagan bemorda ruhiy ezilish yanada rivoj oladi. Oddiy ukollarni ham dod-voylab oladigan bemor 5 oy mobaynida ukol-dorilar bilan davolanadi. Nihoyat, bemorning turmush o‘rtog‘i uni operatsiya qilishga roziligini olib Toshkentga olib keladi. Bemor neyroxirurgiya klinikasiga yotqiziladi va o‘sha kechasi bemorga orqa miya atrofiga og‘riqsizlantirish uchun kuchli dorilar bilan blokada qilinadi (chunki oddiy novokainli blokadalar yordam bermasdi). Ertasi kuni bemorning orqa miya va umurtqa pog‘onasi KT yordamida tekshirilib disk churrasi yo‘qligi aniqlanadi va unga nevropatologga murojaat qilish tavsiya etiladi. Men bemorda har tomonlama nevrologik va psixologik tekshiruvlar o‘tkazdim va unda disk churrasi yo‘qligiga amin bo‘ldim. Buni KT tekshiruvlari ham tasdiqlab turardi. Bemor maxsus davolash muolajalaridan so‘ng tuzalib ketdi. Bu yerda vrachlarning xatosi – bemorga nevrologik yordam bilan chegaralanib qolganida. Unga albatta psixologik yordam ham  ko‘rsatilishi kerak edi. Savol tug‘iladi: yatropatiyalar uzoq muddat, ya’ni oylab, yillab davom etishi mumkinmi? Ha, albatta, davom etishi mumkin. Davolash usullari muvaffaqiyatsiz tugayversa, psixogen buzilishlar nafaqat uzoq vaqt davom etadi, balki zo‘rayib ham boradi. Psixogen sindromlar qancha uzoq davom etsa, davolash ham shuncha cho‘ziladi degani emas. Tashxis to‘g‘ri aniqlangandan so‘ng bemorning psixologiyasiga moslab tuzilgan davo choralari, shu zahoti yoki bir-ikki kun ichida foyda beradi.
© Prof. Ibodullayev Z.R.
© "Asab va ruhiyat" kitobi.
ico
Migrenning davosi bormi?
Migren – eng kuchli xurujsimon bosh og‘riqlar bilan namoyon bo‘luvchi kasallik. Bu kasallik ayollarda ko‘p uchraydi va nasldan-naslga o‘tish xususiyatiga ega. Og‘riq xurujlari, asosan, ko‘z–peshona–chakka sohalarida kuzatiladi va ko‘ngil aynishi, qusish, yorug‘lik va tovushlarga o‘ta sezgirlik bilan namoyon bo‘ladi. Og‘riq xurujidan so‘ng bemorda uyquchanlik va holsizlik kuzatiladi. Og‘riq xurujlari shu qadar kuchli bo‘ladi-ki, bemor unga chiday olmay ingrab boshlaydi, qorong‘i va shovqinsiz uyga kirib yotib oladi. migren

Migren xuruji qanday to‘xtatiladi?

Migren xuruji davrida bemorni davolashda asosan og‘riq qoldiruvchi dorilar qo‘llaniladi. Yengilroq holatlarda xuruj boshlangan zahoti aspirin yoki paratsetamol ichishga buyuriladi. Shuningdek, indometatsin, ksefokam, sedalgin, pentalgin, baralgin kabi kuchliroq dorilar ichishga tavsiya etiladi. Bemor analgetiklarni qancha erta qabul qila boshlasa, samarasi shuncha yuqori bo‘ladi. Xuruj boshlanganidan 2 soat o‘tgandan so‘ng qabul qilingan dorilar ta’siri o‘ta past yoki befoyda. Migren xuruji boshlagan zahoti kofetamin, kofergot, sumatriptan, zomig, ankofen kabi dorilar ichishga buyuriladi. Ushbu dorilardan biri xuruj boshlangan zahoti ichiladi.

Bemorni xurujlararo davrda qanday davolash kerak?

Agarda xurujlar soni oyiga 3–5 martadan oshsa, bemorning hayot tarziga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday paytlarda bemor shifoxonaga yotqiziladi va rejali davolash muolajalari olib boriladi. Rejali davolash muolajalarini o‘tkazishdan maqsad – xurujlar sonini kamaytirish va kuchini pasaytirishga erishish, bemorning umumiy quvvatini oshirish, xurujlarning oldini olish va xuruj paytida nimalarga e’tibor qaratishga o‘rgatishdir. Chunki bugungi kunda bemorni migren kasalligidan butunlay xolos qilishning iloji yo‘q.

Migren xurujlarini kamaytirishning iloji bormi?

Ha, bor. Buning uchun dam olishni to‘g‘ri tashkil qilish, tungi ishlardan voz kechish va o‘z vaqtida uxlash qonun-qoidalariga amal qilish, ortiqcha hissiy zo‘riqishlardan saqlanish migren xurujlari soni va kuchini kamaytirishga juda katta yordam beradi. Aytib o‘tganimizdek, migren xuruji, ko‘pincha, tashqi salbiy ta’sirlardan so‘ng boshlanadi. Ovqatlanish ratsioniga amal qilish ham o‘ta muhim. Tarkibida tiramin saqlovchi oziq-ovqatlarni (pomidor, selder, kakao, shokolad, pishloq, sut, yong‘oq, tuxum) iste’mol qilishni cheklash lozim. Shuningdek, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish qat’iyan man qilinadi. Ular bosh og‘riq xurujini kuchaytirib yuboradi. Spirtli ichimliklar nafaqat migrenda, balki bosh og‘riqqa moyil kishilarda ham og‘riqni qo‘zg‘ab yuboradi. Bosh og‘riqqa moyil odamlarda hatto pivo ham bosh og‘rig‘ini qo‘zg‘aydi yoki kuchaytiradi. Stress holatlarini yuzaga keltiruvchi har qanday vaziyat, ya’ni oila va ishdagi kelishmovchiliklar ham migren xurujini nafaqat qo‘zg‘aydi, balki kasallikning og‘ir kechishiga sababchi bo‘ladi. Shuning uchun ratsional psixoterapiya, autotrening, jismoniy mashqlar va sportning yengil turlari bilan shug‘ullanish  stress holatlarining oldini oladi yoki ularni bartaraf etadi. Erta saharda turib piyoda yurish va tushlikdan so‘ng ko‘chada sayr qilish migren profilaktikasi uchun o‘ta muhim. Shuningdek, igna bilan davolash, massaj, suvosti uqalashlari kabi muolajalar ham migren xurujlari oldini olish uchun juda zarur. Mehnat ta’tillariga o‘z vaqtida chiqish, rejali tarzda sihatgohlarda dam olib turish ham o‘ta muhimdir.

Bemorlar uchun foydali tavsiyalar

Bemor doimo umumiy amaliyot shifokori nazoratida turishi kerak. Uning vazifasi bemorni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatishi va bemorni hurujlararo davrda davolashdan iborat bo‘liog‘i kerak. Har bir bemor migren xurujini qo‘zg‘ovchi va kamaytiruvchi omillardan voqif bo‘lishlari lozim.

Migren xurujini qo‘zg‘ovchi omillar

  • Stress va hissiy charchashlar;
  • uyqusizlik, och qolish yoki to‘yib ovqat yeyish;
  • ortiqcha jismoniy zo‘riqishlar;
  • iqlim buzilishlari;
  • kuchli shovqin va yorug‘liq;
  • spirtli ichimliklar iste’mol qilish va sigaret chekish;
  • shokolad, qahva, yong‘oq, sho‘r va achchiq narsalarni iste’mol qilish;
  • ayollarda – hayz ko‘rish davri, kontratseptivlarni betartib iste’mol qilish;
  • issiq  va kislorod kam joylarda uzoq qolib ketish;
  • atir-upa va shu kabi kuchli hidga ega kimyoviy vositalar;
  • ovqatga qo‘shiladigan turli konservantlar (nitratlar, natriy glutamat, aspartam).

Migren xurujini kamaytiruvchi omillar

  • o‘z vaqtida va yetarli miqdorda uxlash;
  • tinch va sokin joylarda ishlash va dam olish;
  • qorong‘i va hidsiz joylarda bo‘lish;
  • yashash joyini o‘zgartirib turish (ba’zan foyda beradi);
  • og‘riq paytida boshga sovuq yoki issiq narsa qo‘yish;
  • ish va dam olishni to‘g‘ri tashkil etish;
  • og‘riq qoldiruvchi dorilarni zudlik bilan qabul qilish (dorini tanlab o‘tirmasdan qo‘l ostida bor bo‘lgan har qanday analgetik qabul qilinadi).

Esda tuting!

Migren inson hayotiga xavf solmaydi. Ammo, yoshlik davrida boshlangan bu kasallik uzoq yillar davom etadi. Davolashni to‘g‘ri tashkil etish va sog‘lom turmush tarziga rioya qilish o‘ta muhimdir. Bunday bemorlarda migren xurujlari yengil kechadi, ularning soni va kuchi kamayadi. “Migren 40 yoshdan keyin to‘xtaydi” degan gap ham o‘rinlidir. Chunki yosh o‘tgan sayin migren xurujlari soni kamaya boradi va butunlay yo‘qoladi. Ushbu maqolani ham o‘qishingizni tavsiya etamiz: Migren kasalligi (So‘ragan edingiz)
Kitobning boshqa qismlari bilan saytimizning «Asab va ruhiyat» bo‘limida tanishishingiz mumkin.

© Zarifboy Ibodullayev, nevropatolog. Professor. "Asab va ruhiyat" kitobi. Asab.uz

ico
Meningit o‘tqazganlar taqdiri
Meningit – miya pardalarining o‘tkir yallig‘lanishi bilan kechadigan yuqumli kasallik. Meningitning og‘ir turlari bolalik davrida ko‘p kuzatiladi. Katta yoshdagilarda meningit kam uchraydi va biroz yengil kechadi. Sabablari. Meningit yuqumli kasallik bo‘lib, u turli viruslar va bakteriyalar sababli rivojlanadi. Belgilari. Bolaning tana harorati to‘satdan 40°S gacha oshadi, kuchli boshi og‘riydi, ketma-ket qusadi va boshi orqaga qayrilib yotib qoladi. Biroz vaqt o‘tmay bola xushini yo‘qota boshlaydi, ba’zida tanaga toshmalar toshadi, tutqanoq xurujlari kuzatiladi. Yordam qanday ko‘rsatiladi? Zudlik bilan “Tez yordam” chaqiriladi va bola shifoxonaga olib boriladi. Bemorni uyda qoldirish mutlaqo mumkin emas. Bemor yotgan uy dezinfeksiya qilinishi va oila a’zolari vrach nazoratiga olinishi kerak. Davolash qanday olib boriladi?  Meningit tashxisi bilan davolash yuqumli kasalliklar shifoxonasida olib boriladi. Agar bemor o‘z vaqtida shifoxonaga olib borilsa, u 10 kun ichida tuzalib ketadi. Bemor komaga tushgan holatlarda davolash muddati cho‘zilib ketishi va asoratlar qolishi  mumkin. Shu yerda men bitta muammoni aytib o‘tmoqchi edim. Ba’zi ota-onalar boladan orqa miyani punksiya qilib miya suyuqligini tekshirishga to‘sqinlik qilishadi. Ushbu muhim tekshiruvga to‘sqinlik qilish aslo mumkin emas. Bu tekshiruvni bolaning ota-onasi ruxsatisiz tibbiy ko‘rsatmalarga binoan vrach bemalol o‘tkazishi lozim. Chunki miya suyuqligini olib tekshirib turish, miyaning ichki bosimi oshib ketishining oldini oladi va bemor komaga tushmaydi. Xatto komada yotgan bemor xushiga keladi, miya ortiqcha yiringli suyuqlikdan ozod bo‘ladi va uning o‘rniga toza suyuqlik ishlab chiqariladi.  Asoratlari qanday? Aksariyat hollarda hech qanday asorat qolmaydi. Biroq davolash kech boshlangan holatlar yoki meningitning og‘ir turlarida turli asoratlar qolishi mumkin. Bunday bolalarda surunkali bosh og‘riqlar, o‘ta injiqlik va jizzakilik, miya ichki bosimining surunkali tarzda oshib borishi, xotira buzilishlari, parishonxotirlik kabi asoratlar vujudga kelish havfi bor. Juda kam holatlarda eshitish pasayishi, tutqanoq xurujlari va aqliy rivojlanishdan orqada qolish rivojlanadi. Bunday bolalar  nevropatolog nazoratida davolanib yurishlari lozim. Davolash qay tartibda olib borilishini nevropatolog individual tarzda har qiladi.
ico
Meningoensefalit haqida nimalar bilasiz
Meningoensefalit – bosh miya pardalari va miya to‘qimasining yallig‘lanish kasalligi. Kasallik belgilarining qay tarzda namoyon bo‘lishi bosh miyaning qay darajada yallig‘langaniga bog‘liq. Sabablari. Meningoensefalit virusli infeksiyalardan so‘ng rivojlanadi. Bu kasallik turli yoshda uchraydi, biroq eng ko‘p kasallanish bolalik davri uchun xos. Belgilari va kechishi. Kasallik aksar hollarda o‘tkir boshlanadi. Biror-bir virusli infeksiyadan so‘ng bemorning tana harorati ko‘tarilib, xushi yo‘qolib boshlaydi. Oyoq-qo‘llardagi falajliklar, nutq va eshitishning buzilishi, tutqanoq xurujlari, ko‘z harakatlari chegaralanishi ushbu kasallikning asosiy belgilari hisoblanadi. Davosi. Meningoensefalit bilan bemorlar reanimatsiya va nevrologiya bo‘limlarida davolanishadi. Davolash intensiv tarzda olib boriladi. Asorati. Meningoensefalit o‘tkazgan bolalarda aqliy va jismoniy rivojlanishdan orqada qolish, turli xil falajliklar, tutqanoq xurujlari va eshitish buzilishlari kabi asoratlar qoladi. Bunday bolalar  nevropatolog nazoratida davolanib yurishlari lozim. Prognoz. Tez va malakali ko‘rsatilgan tibbiy yordam asoratsiz tuzalish garovidir. Har bir ota-ona tana harorati ko‘tarilgan bolaga zudlik bilan shifokor chaqirishi lozim. Ba’zi ota-onalar issig‘i oshgan bolaga shifokor chaqirmasdan ertangi kunni kutishadi, bolaga faqat suyuqlik ichirib o‘tirishadi yoki tana haroratini tushiruvchi ukol bilan chegaralanib qolishadi. Bunday befarqlik bir necha soat ichida meningit va meningoensefalit rivojlanishi bilan tugallanadi. Bir kunlik befarqlik sababli bolangiz bir umrga nogiron bo‘lib qolishi mumkin. Nima qilish kerak? Har kimning uyida termometr bo‘lishi lozim. Holsiz yotgan, ko‘p uxlayotgan va ishtahasi yo‘qolgan bolada tana harorati oshgan bo‘lishi mumkin. Bunday paytlarda termometr qo‘yishga erinmang. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda ba’zan buni aniqlash qiyin bo‘ladi. Tana harorati oshdimi, darrov uyga vrach chaqiring!

[button color="blue" size="medium" link="https://back.avitsenna.uz/tibbiy-kutubxona/#gsc.tab=0" target="_blank" ]Kitob muallifi Zarifboy Ibodullayevga o‘z minnadorchiligimizni bildiramiz.[/button]

ico
Miopatiyalar yoki muskullar nega ozadi?

Miopatiyalar – muskullarning zo‘rayib boruvchi ozishi bilan kechuvchi kasalliklar bo‘lib, asosan bolalik davrida boshlanadi. Miopatiya degani muskullar funksiyasining buzilishi degan ma’noni anglatadi. Miopatiyaning ikkinchi nomi miodistrofiyadir. Mio – muskul degani, distrofiya esa ozish, buzilish, kichrayish degan ma’noni anglatadi. Demak, miodistrofiya degani muskul tolalarining buzilishi, ozishi va kichrayishi degani. Miopatiya yoki miodistrofiya – bu ikki xil nom bilan ataluvchi bitta kasallikdir. Biroq bu kasalliklarning turlari juda ko‘p.

miopatiya

Miopatiyalarning aksariyati 18 va 19-asrlarda bir qator nevrolog olimlar, ya’ni Sharko, Erb, Rot va Dyushenn tomonlaridan yozib qoldirilgan. Ushbu olimlar vafotidan keyin ular yozib qoldirgan miopatiyalar ularning nomi bilan atala boshlangan. Yaxshiyam shunday qilishgan. Bo‘lmasa, nevropatologlar tashxis qo‘yishda adashib ketishardi.

Nima uchun? Chunki ularning belgilari bir-biriga juda o‘xshash.

Masalan, Erb miopatiyasi bilan Dyushenn miopatiyasi bir-biri bilan faqat 3 ta belgi bilan farq qiladi: Dyushenn faqat o‘g‘il bolalarda uchraydi (qizlar kasallanishmaydi), ancha erta, ya’ni 3-5 yoshlarda boshlanadi va yurak muskullari ko‘proq zararlanadi. Erb miopatiyasining Dyushenn miopatiyasidan farqi, bu kasallik bilan o‘g‘il bolalar ham, qiz bolalar ham kasallanishadi, biroz kechroq, ya’ni 8-15 yoshlarda, yurak muskullari unchalik zararlanmaydi.

Miopatiyalarni o‘zaro solishtirib chiqib, men ularning 20 dan oshiq o‘xshash belgilarini  ajratib chiqdim. Bu belgilarni keltirib o‘taman. Agar tekshirilayotgan bolada ushbu belgilar bo‘lsa, demak unda miopatiya rivojlangan yoki rivojlanayotgan bo‘lishi mumkin.

Miopatiyalar uchun xos bo‘lgan umumiy belgilar

  • Deyarli barcha miopatiyalar bolalik va o‘smirlik davrida boshlanadi.
  • Bu kasalliklarning aksariyati nasliy xususiyatga ega va ko‘p hollarda oilaviy bo‘lib uchraydi.
  • Kasallik sekin-asta boshlanadi va zo‘rayib boradi.
  • Dastlabki simptom – muskullar holsizligi bo‘lib, ular dastlab son va tos muskullarida simmetrik  tarzda rivojlanadi. Biroq ba’zi miopatiyalar yuz va yelka muskullari ozishidan boshlanishi mumkin.
  • Son muskullari ozishi va uzoq vaqtgacha boldir muskullarining saqlanib qolishi miopatiyalar uchun juda xos.
  • Agar ozish qo‘l muskullariga o‘tsa, yelka va bilak muskullari ozishi mumkin, biroq qo‘l panjasini bukib-yozuvchi muskullar ozmaydi va ularning kuchi ham saqlanib qoladi. Yelkasini ham ko‘tara olmayotgan bolaga “Qo‘limni bir siqib ko‘rchi” desangiz, u Sizning qo‘lingizni og‘riydigan darajada siqishi mumkin.
  • Oyoq qo‘llarda muskullar tonusi va pay reflekslari ham pasayadi.
  • Agar bolaning oyoqlariga zimdan qaralsa, uning sonidan boldiri yo‘g‘on bo‘lib ko‘rinadi.
  • Sezgi buzilishlari bo‘lmaydi, og‘riqlar kuzatilmaydi, bolaning aqliy faoliyati saqlanib qoladi. Ba’zi bolalar xatto o‘z tengdoshlaridan aqqli ham bo‘lishadi.
  • Bemorning yuzi ham, peshonasi ham silliq bo‘ladi, kulganda ajinlar paydo bo‘lmaydi.
  • Agar bolani ikkala qo‘ltig‘idan ushlab tepaga ko‘tarsa, bolaning o‘zi qolib yelkalari ko‘tariladi.
  • Kuraklar atrofidagi muskullar ozganligi sababli bolaning kuraklari xuddi qushlarning qanotiga o‘xshab qoladi.
  • Tos muskullari ozganligi sababli bola qadam tashlaganda xuddi o‘rdakka o‘xshab gavdasini goh bir tomonga, goh ikkinchi tomonga og‘dirib yuradi. Bunda bolaning gavdasi qadam tashlagan tomonga og‘adi.
  • Bolaning o‘rnidan turishiga qarab ham tashxisni to‘g‘ri aniqlash mumkin. Agar chalqanchasiga yotgan bemordan o‘rnidan turish so‘ralsa, avval u yon tomonga ag‘darilib qorni bilan yotib oladi. Keyin ikkala qo‘li va tizzalari bilan polga suyanib “to‘rt oyoq” bo‘lib oladi. Keyin bir qo‘li bilan soniga suyanib engashib o‘rnidan turadi.

Ushbu ko‘rsatib o‘tilgan belgilar miopatiyalarning deyarli barcha turi uchun xos. Bu kasallikni batamom davolash usullari xanuzgacha ishlab chiqilmagan. Bugungi kunda uning zo‘rayib borishini to‘xtatish mumkin xolos.
Bu kasallikning oldini olish haqida o‘z fikr-mulohazalarimni keltirib o‘tmoqchi edim. Chunki bu kasallik Yevropa davlatlarida kam, Sharq davlatlarida esa ko‘p uchraydi. Buning asosiy sabablaridan biri – sharq davlatlari aholisi uchun qarindosh-tuqqanlar orasida turmush qurishning ko‘pligidir.

Muskullar nima uchun ozib boradi?

Miopatiyalar nasliy kasallik bo‘lib, ular odatda bolalik davrida va qarindosh-tuqqanlar orasida turmush qurganlarda ko‘p kuzatiladi.  Ushbu kasallik rivojlangan bolalarning ota-onasi bir-bir bilan qarindosh bo‘lishadi. Bechora kasal bolaning aybi – uning ota-onasi o‘zaro qarindosh bo‘lganligida. Afsuski ba’zi viloyatlarda qarindoshga qiz berish va qiz olish juda udum bo‘lib ketgan. Ko‘z oldingizga bir keltirib ko‘ring-ga 60 ga kirgan buvasi va buvisi ikkala nevarasini to‘y qilayapdi: bitta nevarasi – kelin, ikkinchisi – kuyov?! Bu nafaqat tibbiy qonunlarga zid, qaysidir ma’noda uyat hamdir. Bolaligida birga o‘sib katta bo‘lgan nevara aka-singillar yillar o‘tib er-xotin bo‘lishini ko‘z oldingizga keltirib ko‘ring.

O‘sha nevaralarini bir-biriga er-xotin qilgan buvasi yoki buvisidan  “Nima uchun bunday qildingiz, axir bu mumkin emasku” deb so‘rasangiz, “Axir qarindosh-urug‘chilik uzilmasin deb” shunday qiluvdim deydi ko‘z yoshi qilib. Qarindosh-urug‘chilikni Sizlar uzmasangiz, uni genlar albatta uzadi!  Bunga bor yo‘g‘i 3-5 yilning o‘zi yetarli. Shuning uchun ham miopatiyalarning aksariyati bola 3-5 yoshga yetganda rivojlana boshlaydi. Agar halq tili bilan aytganda ikkala qarindosh genning bir-birini ko‘rgani ko‘zi yo‘q. Agar qarindosh genlar bitta organizmda uchrashib qolishsa, ular o‘sha organizmni yemirmasdan qo‘ymaydi. Buning oqibatida bora-bora qarindosh-urug‘chilik ham uziladi, bola esa nogiron bo‘lib qoladi!

Farzandlarida nasliy kasalliklar aniqlangan qarindosh er-xotinlar ba’zan mendan so‘rashadi: Bir nechta farzandim bor, agar sabab qarindoshchilikda bo‘lsa, unda nima uchun bittasi kasal-u, qolganlari sog‘?  Bu savolga quyidagicha javob berish mumkin. Hammamiz maktabda biologiya fanini o‘tganmiz. Mendelning no‘xatlar bilan o‘tkazgan tajribalarini bir eslang. Nasldan-naslga hamma belgilar o‘tavermaydi. Ota-onadagi alomatlar uning farzandlariga genlar orqali uzatiladi. Qarindoshlar orasidagi jinsiy yaqinliklar natijasida organizmda patologik genlar paydo bo‘ladi. Ushbu patologik genlar kasallik tashuvchisi bo‘lishadi. Bu patologik genlar yo qiz bolaga yoki o‘g‘il bolaga kasallikni olib o‘tadi. Agar birinchi avlodda kasallik paydo bo‘lmasa, keyingi avlodlarda albatta rivojlanadi. Shuning uchun ham ba’zan bemorning ota-onasidan “Bizlar emas, bolamizning buvasi va buvisi qarindosh bo‘lgan” degan gapni eshitamiz.

Agar oilada 4 nafar farzand bo‘lib, ularning uchtasi qiz va bittasi o‘g‘il bola bo‘lsa-yu, kasallik o‘g‘il bolada rivojlansa, demak patologik gen o‘g‘il bolaga o‘tgan bo‘ladi. Uchchala qizga esa sog‘lom genlar o‘tgan hisoblanadi. Sog‘lom tug‘ilgan farzandlar qarindoshlar orasida o‘zaro turmush qurishsa, ularning farzandlarida nasliy kasalliklar rivojlanish havfi yanada oshadi. Agar qarindosh er-xotinlardan dunyoga kelgan sog‘lom farzandlar keyinchalik begonalar bilan turmush qurishsa, ulardan sog‘lom bolalar dunyoga kelishi mumkin. Baribir shunday bo‘lsa-da, havf saqlanib qoladi.

Kitobning boshqa qismlari bilan saytimizning «Asab va ruhiyat» bo‘limida tanishishingiz mumkin.

© Zarifboy Ibodullayev, nevropatolog. Professor.
"Asab va ruhiyat" kitobi.
Asab.uz

 

ico
Miya ichki bosimi nega oshadi?
Sog‘lom odamning bosh miyasida bir kunda 350-450 ml suyuqlik (likvor) ishlab chiqariladi va miya to‘qimalarida qayta so‘rilib turadi. Miya suyuqligi ishlab chiqarilishi va qayta so‘rilish jarayoni buzilishi natijasida miyaning ichki bosimi oshib yoki tushib ketadi. Miya suyuqligi, ya’ni likvor miya qorinchalarida to‘planadi va miya pardalari orasida oqib yuradi. Shuning uchun ham likvor miya uchun juda katta himoya vazifasini o‘taydi.

Qanday kasalliklarda miyaning ichki bosimi oshadi?

Buning asosiy sabablari – miya pardalarining yallig‘lanish kasalliklari (
meningit, leptomeningit) va bosh miya jaroxatlari.

Belgilari qanday?

Lo‘qillovchi va zo‘rayib turuvchi doimiy bosh og‘riq asosiy belgidir. Bunday bemorlar ertalab ham bosh og‘rig‘i bilan uyg‘onishadi, biroz yurgandan so‘ng bosh og‘rig‘i kamayadi, biroq tushlikdan so‘ng yana kuchayadi. Boshni engashtirganda, spirtli ichimliklar istyemol qilganda, zinapoyadan ko‘tarilganda yoki og‘irroq yuk ko‘tarib uzoqroq joyga yurganda bosh og‘rig‘i kuchayadi. Ularning boshi juda sezgir bo‘ladi, issiqqa ham, sovuqqa ham chidashmaydi. Ko‘z olmalarida ham og‘riqlar kuzatiladi. Bosh og‘rig‘i bilan birgalikda bosh aylanishi, ko‘z oldi qorong‘ilashuvi, ko‘ngil aynishi, xotira pasayishi, bosh og‘riqdan tungi uyg‘onishlar va ba’zida gandiraklab yurishlar ham miyaning ichki bosimi oshganligidan dalolat beradi.

Qanday kasalliklardan farqlash kerak?

Bosh miyaning ichki bosimi oshgan degan tashxisni qo‘yishdan oldin bemorda migren, zo‘riqish bosh og‘rig‘i, depressiya, nevroz, isteriya, glaukoma, gaymorit, frontit, arterial qon bosimning oshishi, ensefalopatiyalar kabi kasalliklarning bor-yo‘qligini inkor qilish lozim. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan belgilar ushbu kasalliklarda ham har xil ko‘rinishda uchraydi. Demak, darrov bir xulosaga kelishdan oldin, ushbu kasalliklar bor-yo‘qligini obdon aniqlash lozim.

To‘g‘ri tashxis qanday qo‘yiladi?

Bemorning kasallik tarixi va sabablari, bosh og‘riq hususiyatlari, nevrologik tekshiruvlar va bosh miya MRT xulosasi o‘rganib chiqib to‘g‘ri tashxis qo‘yiladi.

Miya ichki bosimi oshishini davolash

Nevropatolog tomonidan poliklinika sharoitida olib boriladi. Agar miyaning ichki bosimi oshishi  sabablari jiddiy bo‘lsa, bemor shifoxonaga yotqiziladi.

Asoratlari qanday?

Bosh og‘rig‘i surunkali tus oladi, ko‘rish qobiliyati va xotira pasayib boradi, bemorning ish faoliyati sustlashadi.

Profilaktikasi qanday?

Bosh miyaning har qanday kasalliklarini o‘z vaqtida bartaraf etishdan iborat. Davolashda qanday xatolarga yo‘l qo‘yiladi? Ba’zi holatlarda biz boshqa tusdagi bosh og‘riqlarni aynan “miyaning ichki bosimi oshganidan” deb davolanib yurgan bemorlarni uchratamiz. Negadir bunday bemorlar kavinton, piratsetam, aktovegin, mildronat, sinnarizin kabi dorilar bilan davolanib yurishadi. Bu dorilarning birortasi miyaning ichki bosimini tushirmaydi. Bu kasallikni davolashdan oldin bemorni obdon tekshirish va bosh og‘riqning asosiy sababini topib, keyin davolash muolajalarini o‘tkazish zarur. MRT dagi miya qorinchalari kengayishi ham hozirgi paytda bemorda “bosh miya bosimi oshgan” degan ma’noni anglatmaydi. Bu holat avval o‘tkazgan bosh miya jarohati asorati bo‘lishi mumkin. Har vaziyatda ham nevropatolog ko‘rigi zarur bo‘ladi.
Kitobning boshqa qismlari bilan saytimizning «Asab va ruhiyat» bo‘limida tanishishingiz mumkin.

© Zarifboy Ibodullayev, nevropatolog. Professor. "Asab va ruhiyat" kitobi. Asab.uz