Umurtqalararo disk churrasi yoxud grija haqida (+Video)

Shifokorlarning og‘ir ko‘tarmaslik, organizmni haddan ziyod zo‘riqtirmaslik yoki keskin va qaltis jismoniy harakatlar qilmaslik kabi maslahatlariga hammamiz ham amal qilavermaymiz. Sog‘lig‘imizga bee’tiborligimiz oqibatida esa jiddiy muammolarga duch kelishimiz ehtimoli oshadi. Umurtqa pog‘onasi churrasining vujudga kelishi ham ana shunday muammolardan biri.

Disk churralari yoki disk siqilishlari deb ham ataladi, og‘riqli va insonni zaiflashtiruvchi kasalliklardandir. Uning kelib chiqishi a’zolarning kam harakatligiga va noziklashuviga sabab bo‘ladi, ba’zi hollarda u og‘riqsiz kechadi, chunki disk hech qanday nerv tolasini siqib qo‘ymasligi ham mumkin

Simptomlar asta sekinlik bilan vaqtlar o‘tib kamayishi mumkin, ammo belgilar kuchayishi davom etsa operativ aralashuv zarur bo‘lishi mumkin.

Ushbu maqolamizda biz sizga disk churralarining nima ekanligi, diagnozi, davosi va profilaktikasi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Qisqacha faktlar

  • Disk churrasi umurtqa pog‘onasiga ta’sir etadi;
  • Har qanday og‘riq 4-6 hafta ichida o‘tib ketishi mumkin;
  • Disk churralari asorat berishi yoki bermasligi mumkin;
  • Davo choralari konservativ, jismoniy mashqlar, ultratovush terapiyasi va operativ davo.

Disk churrasi sabablari

Inson umurtqa pog‘onasi 26 ta suyaklardan tashkil topgan (bo‘yin umurtqalari hisoblanmaganda). Har bir umurtqa suyaklari orasida elastik “yostiqlar” bo‘ladi, ular disk deb ataladi. Bu disklar umurtqa pog‘onasini biriktirib turadi va amartizator vazifasini bajaradi.

Disklar yumshoq boylamlar bilan o‘ralgan. Disk churralarida yumshoq qoplama disk orasida yoriq ichiga kirib qoladi yoki undan tashqariga chiqib qoladi. Ko‘p hollarda bu jarayon bel umurtqalarida kuzatiladi.

Nerv tolalarining o‘sha joyda siqilib qolishi hisobiga tananing ma’lum bir sohalarida va umurtqaning o‘zida og‘riq seziladi. Yosh o‘tgan sari disklar o‘zining elastiklik xususiyatini yo‘qota boshlaydi (disk tolalari saqlaydigan suyuqlik kamayadi), bu esa umurtqalarning egiluvchanligi kamayishiga va disklarda yorilishlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu har doim ham diskda churralar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lavermaydi, inson og‘ir yukni tizzalarini bukmay birdan ko‘targanda ham yuzaga kelishi mumkin.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Bosh miya ichki bosimi oshishi - sabablari, belgilari va davolash usullari

Disk churralari har qanday yoshda uchraydi. Ammo 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar orasida boshqa yoshlilarga nisbatan ko‘proq kuzatiladi.

Ehtimoliy sabab faktorlari:

  • Og‘irlik: tana vaznining ortiqchaligi disklarga og‘irlik beradi.
  • Genetik: disk churralariga moyillik genetik bo‘lishi mumkin.
  • Kasbga bog‘likligi: og‘ir yuk ko‘tarish, itarish va tortish talab qilinadigan kasblarda ishlovchi shaxslarda kasallik ko‘proq kuzatiladi.

Umurtqalararo disk churrasiga quyidagilar  sabab bo‘lishi ham mumkin:

  • qorin ichki bosimining oshishi;
  • og‘ir jismoniy mehnat;
  • tana vazniga nisbatan og‘ir yuk ko‘tarish;
  • peshob ajralishining qiyinlashuvi;
  • qabziyat;
  • ayollarda tug‘ruq vaqtidagi zo‘riqishlar.

Disk churrasi alomatlari

Ba’zi hollarda kasallik simptomlarsiz kechadi. Kasallikning belgilarga quyidagilar kiradi:

  • Sezuvchanlik kamayishi. Nerv tolalarining siqilishi natijasida, tananing tegishli qismlarida sezuvchalikning pasayishi kuzatiladi.
  • Muskullardagi zaiflik. Nerv tolalarining siqilishi hisobiga ko‘p vaqt yurilganda muskullarda zaiflik sezilishi mumkin.
  • Og‘riq. Belda, yelkalarda va qo‘llarda. Bel disk churralarida dumba sohasida, sonning orqasida va oyoqlarda og‘riq seziladi. Agar muammo bo‘yin umurtqalarida bo‘lsa og‘riq yelka va qo‘llarda bo‘ladi. Tez harakat qilinganda, aksirganda og‘riq o‘tkir sanchuvchi bo‘ladi.

Umurtqalararo disk churrasi (grija) xavflimi?

Nerv tolalari siqilishi va mushaklarning zaiflashuvi hisobiga ba’zi hollarda “ot beli” (horses tail) simptomi ham kuzatiladi, bunda bel sohasi oldinga egilib qoladi. Bundan tashqari nerv tolalarining siqilishi kuchsizlik, shollik, ichaklarning hazm qilishi sustayishi va peristaltikasi buzilishiga va jinsiy zaiflikka olib kelishi mumkin. Bunday hollarda faqatgina operativ davo yordam beradi.

Umurtqa grijasini tekshirish

Faqat shifokorgina tegishli maxsus tekhiruv usullari yordamida disk churralarini aniqlay oladi. Ular bu jarayonda quyidagi omillarni tekshirishadi:

  • Reflekslarni tekshirish;
  • Orqa sohadagi sezuvchanlikni aniqlash;
  • Muskullarning kuchini tekshirish;
  • Harakatlanish chegarasini ko‘rib;
  • Qo‘llarning ushlab ko‘rish kuchini tekshirib;
  • Rentgenografiya boshqa simptomlar bilan kelsa, ularni istisno qilishda yordam beradi;
  • MRT yoki KT disk churrasining joyini va ezilgan nerv tolasini aniq ko‘rsatadi;
  • Diskogramma (diskografiya) disk orasiga kontrast modda yuborib, disk yoriqlarini ko‘rish mumkin.
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Parkinsonizm qanday kasallik?

Umurtqa grijasini davolash

Churraning paydo bo‘lgan muddati juda katta ahamiyat kasb etadi. Uch oygacha bo‘lgani yengil, uch oydan olti oygacha bo‘lgan churra esa surunkali hisoblanadi. Bundan tashqari, churraning hajmiga ham e’tibor qaratiladi. Agar u 9 millimetrdan kichik bo‘lsa, jarrohlik aralashuvisiz davolash mumkin.

Bu xastalik aslo qo‘rqinchli va bedavo emas, umurtqalararo diks churrasi hali «yangi» bo‘lsa, osongina davolanadi. Agar jarrohlik aralashuvi tayinlansa ham qo‘rqmaslik kerak.  Vaqtida o‘tkazilmagan 15 daqiqalik jarrohlik amaliyoti keyinchalik, kasallikning zo‘rayib borishi natijasida 2 soatlik og‘ir amaliyotga aylanishi mumkin.

Chunki churra teshigida qisilib qolgan a’zolarning qon bilan ta’minlanishi buzilib, asab tolalari ezilishi tufayli a’zolar hayotiyligi so‘nib, yiringlay boshlaydi, bemor bunda kuchli og‘riq his etadi. Churra xurujida og‘riq davomiy bo‘lib, bemor shok holatiga tushib qoladi. Shoshilinch jarrohlik amaliyotigina bemor hayotini saqlab qoladi.

Disk churralari og‘riqli bo‘lishiga qaramay, to‘g‘ri davo undan butunlay qutulishga imkon beradi. Churradan 4 hafta ichida qutulsa bo‘ladi. Belgilar churra paydo bo‘lishiga sabab bo‘luvchi jismoniy mehnatni to‘xtatganda, og‘riqqa qarshi to‘g‘ri davo qo‘llanganda yo‘qoladi. Davo tadbirlari dori preparatlari, mashqlar va operativ yo‘l bilan olib boriladi.

Dori preparatlari bilan davolash

  • Dori preparatlari: retseptsiz beriladigan nosteroid yallig‘lanishga qarshi dorilar;
  • Epidural infeksiya: epidural bo‘shliqqa steroid, og‘riqqa qarshi, yallig‘lanishga qarshi preparatlar yuborish og‘riq hissini kamaytiradi, buni faqatgina shifokor mutaxassis bajarishi shart.
  • Muskullar relaksatsiyasi: muskullarni bo‘shashtiruvchi dori preparatlarini qabul qilish spazmlarni yo‘qotadi va og‘riqni kamaytiradi;

Disk churrasini mashqlar bilan davolash

Jismoniy maxsus mashqlar disk churralari keltirib chiqargan og‘riqni kamaytirishga yordam berishning eng qulay va samarali usulidir.

  • Ultrato‘lqinli terapiya (UVCH) ultra chastotali to‘lqinlar qon aylanishini yaxshilaydi va yallig‘lanish jarayonini to‘xtatadi;
  • Belga tushadigan og‘irlikni kamaytirish maqsadida maxsus belbog‘lar taqib yurishingiz ham mumkin;
  • Suzish bilan shug‘ullanish disk churralaridan dorilarsiz va operatsiyasiz qutulish mumkin bo‘lgan samarali yo‘llardan birdir;
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Disk churrasi shu qadar xavflimi?

Operatsiya yo‘li bilan davolash

Agar simptomlar davo choralari ko‘rilganda ham yo‘qolmasa, sezgining susayishi davom etaversa, jinsiy zaiflik kuchaysa, ichaklarda hazm susayishi davom etsa, son orqasida og‘riqlar kuchaysa, operativ usul qo‘llaniladi.

Oprativ usul jarohatlangan diskning qismini almashtirishga asoslangan. Operatsiya laproskopik usulda olib boriladi, qorin oldi devoridan kichik teshik ochilib laproskop kiritilib, orqa bo‘shliqqa kiriladi, orqa umurtqa nervlarini surib turib disk olib tashlanib o‘rniga sun’iy elastik disk joylashtiriladi. U amortizatorlik vazifasini bajaradi. Disk metal, biopolymer yoki boshqa moddadan tuzilgan. (Zamonaviy usul. BJSST bo‘yicha)

Foydali maslahatlar

  • Zax va yelvizakli joylarda turmaslikka harakat qiling;
  • Tana vazningizni nazorat qiling, semirmang;
  • Bel va qorin mushaklarini mustahkamlaydigan gimnastika (masalan, suzish) bilan shug‘ullaning;
  • O‘tirgan holda ishlasangiz, har soatda 10 daqiqa turib yuring;
  • Yurganda, o‘tirganda ham qaddingizni to‘g‘ri tuting;
  • Qattiq matras ustida uxlashga odatlaning;
  • Yotgan holda kitob o‘qimaslik va televizor ko‘rmaslikka harakat qiling;
  • Og‘ir ko‘tarmang, keskin harakatlardan tiyiling.
  • Vibromassaj mumkin emas, chunki uning kuchi juda yuqori.
  • Churra bor joyni qattiq ishqalamaslik lozim. Asab tolalarini siqib qo‘yish xavfi bor.
  • Vertikal holatda turib, turli mashqlar bajarish ham zararli. Mushaklarni zo‘riqtirish mumkin.
  • O‘z bilganingizcha massaj qilmang!
  • Har doim og‘riq qoldiruvchi maz surtib ishqalash ham mumkin emas!

Kasallik uch bosqichda kechadi, maslahatimiz kasallik belgilari kuzatilishi bilan shifokorga murojaat eting :

    • Xastalikning birinchi bosqichida churra o‘lchami 2-3 mm. bo‘ladi. Umurtqa bo‘ylab qattiq og‘riq beradi.
    • Ikkinchi bosqichida bu xastalik doimiy og‘riq bilan xarakterlanadi. O‘lchami 8-15 mm. bo‘ladi.
    • Uchinchi bosqichda og‘riq o‘ta kuchli bo‘lib, asab tizimiga ham ta’sir etadi. Bemorni yura olmaslik darajasiga keltiradi.

Maqola 06.04.2018 sanasida yangilandi.

Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!


Tegishli maqolalar

223 ta izoh

  1. Assalomaleykum Manda 1 yarim yil oldin Shu kasalik alomatlari bo’lgan edi boshida bilmadim Doktirga borib MRT qildim shunda L4 L5 paznavoshniy Diskda 6 mm Nerv tomir siqani bilindi va chap oyog’im belimda og’riq paydo bo’ldi
    bormagan doktirim Tabibim qolmadi
    Keyin Hindistonga bordim u yerda Apiratsiya didi ammo qildirmadim
    Toshkentda Zdaroviy Sentr Oybek metroda medisenski centerga bordim 10 kun Ukol Sport mashqlari Fizoterapiya Azonaterapiya va masaj qildi Azginq og’riq kamaydi! oradan hozirgi kungacha 1 yil o’tdi Hozir Og’riq yoq oyda bir marta bir og’rib qoladi va oson o’tib ketadi
    Bunga sabab nima? bu narsa o’zi davolanib yaxwshi bo’lish munkinmi?
    Yoshim 22 da bo’yim 1.89 ves 78 Kg oldingi vesim 85 kg edi
    javobizni Email Pochtamda ko’tib qolaman oldindan rahmat

    1. Bu muddat oraligʻida bel sohasida ogʻriqning yuzaga kelishiga umurtqa pogʻonasiga tushadigan yukning notekis taqsimlanishi, natijada ichak va siydik-tanosil tizimga koʻrsatiladigan bosimning oshishi kabi fiziologik oʻzgarishlar natijasida yuzaga kelishi mumkin. Sizda avvaldan aniqlangan disk churrasi tufayli ogʻriqlar keskin oshgan boʻlishi mumkin. Bundan tashqari homila oʻlchamlarining kattalashishi ichki aʼzolarning biroz siljishiga va umurtqa pogʻonasining bukilishiga ham olib keladi.

      Bu holatda shifokor bilan maslahatlashgan holatda maxsus bandajlardan foydalanishingiz, doimiy ravishda yengil jismoniy mashqlarni bajarish, piyoda ochiq havoda sayr qilish homiladorlikning yengil oʻtishiga yordam beradi.

      Hamda, doimiy ravishda vrach nazoratidan oʻtib turishingizni tavsiya etamiz.

      Qoʻshimcha maʼlumot uchun: https://avitsenna.uz/homilador-ayollar-uchun-gimnastika/

      https://dnk.uz/k/homiladorlikda-qanday-yotish-kerak/

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Back to top button