"T" Harf bo'yicha qidirish

MAQOLALAR

ico
Tredlifting - 3D mezoiplari yuzingizni go‘zallashtiradi
Turli sabablarga ko‘ra ayollar terisining tabiiy tarang holati yo‘qoladi. Albatta, bunday muammoga duchor bo‘lgan ayollar tezda choralar izlab qolishadi. Mana shunday, muammoga chora sifatida biz bugun ayollarimizga 3D mezoiplari orqali yuz terisini torttirish to‘g‘risida ma’lumot beramiz. 3D mezoiplari – bu tibbiyotda ko‘p ishlatiladigan diaksondir. Bu amaliyot kosmetalogiyaga yaqinda kirib kelgani bois ko‘pchilik bundan xabardor emas. Bu muolaja, asoan, ayollarda uchraydigan quyidagi holatlarda :
  • Burun va lab o‘rtasidagi teri burmanlari;
  • Qosh atrofi terisining osilib qolishi;
  • Qorin, bo‘ksa, dumba sohasidagi teri cho‘zilishi;
  • Quloq suprasi atrofidagi teri burmalari;
  • Peshonadagi vertikal teri burmalari;
  • Ko‘krak va bo‘yin sohasidagi teri cho‘zilishlarida tavsiya etiladi.
Tredlifting bir soat davom etib, amaliyot uchun maxsus igna, mezoip va anastetik kerak bo‘ladi. Ignadagi kosmetalogik juda yupqa ip yuz terisining taranglashtirilishi kerak bo‘lgan sohasiga yuboriladi. Yuz terisi qanday tuzilish yoki ko‘rinishda bo‘lmasin uni ip orqali tartiblash mumkin. Teriga yuborilib joylashtirilgan iplant ip 6-7 ( 180-200 kun) oydan so‘ng suv yoki havo ta’sirida parchalanib ketadi.

Va sizning yuzingizda quyidagi ijobiy o‘zgarishlar yuzaga keladi:

  • Yuzdagi ajinlar tekislanib, avalgiga nisbatan bilinmaydi;
  • Yuz shakli tekislanib, qirralar bilinarli ravishda tartibga keladi;
  • Mezoip orqali ta’minlangan terining taranglashuvi 2 yilgacha o‘zgarishsiz, sizning go‘zalligingizga go‘zallik qo‘shib turadi.
Shu o‘rinda, bir holatdan sizni xabardor qilishimiz kerak. Ya’nikim, tredlifting amaliyoti hamma ayollarga ham tavsiya etilmaydi. Masalan,
  • Infektsiyon va onkologik kasalliklarda;
  • Qon quyilishi bilan bog‘liq muammolar bo‘lganda;
  • Tredlifting qilish rejalashtirilayotgan sohalarda yallig‘lanish jarayoni kuzatilganda;
  • Homilador va emizikli ayollarga bu muolajani qo‘llash mumkin emas.
Salomatligingiz va g‘o‘zalligingiz o‘z qo‘lingizda, uni doimo asrang!

«Darakchi» gazetasi.

ico
Tirnoqlardagi va teridagi zamburug‘larni davolash

Mikozlar – bu yuqumli kasalliklar bo‘lib, xastalik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar (zamburug‘lar) yuqishi natijasida rivojlanadi. Ushbu xastalikka Yer shari aholisining salkam 20 foizi chalingan; yoshi, jinsi, yashash joyi yoki ijtimoiy maqomidan qat’i nazar, u istalgan kishiga yuqishi mumkin1. Zamonaviy tibbiyot yetarlicha rivojlangan va, hatto o‘tkazib yuborilgan shakllarda ham, teri va tirnoq mikozi (zamburug‘i)ga qarshi kurashish imkonini beradi.3

Qanday yuqadi?

Teridan va tirnoqlardan ko‘chib tushgan mayda parchalar bilan birga zamburug‘ qo‘zg‘atuvchilari odamdan odamga yuqadi – bu asosan namligi yuqori bo‘lgan jamoat joylarida yuz beradi. Umumiy hammomlar, saunalar, basseynlar va trenajyor zallaridagi dush xonalarida kishilar teri va tirnoq zamburug‘ini yuqtirib olishlari xavfi yuqori. Shuning uchun bunday borganda barcha ehtiyot choralarini ko‘rish va almashtirib kiyiluvchi o‘z oyoq kiyimiga ega bo‘lish shart.1, 2

Zamburug‘ infeksiyasining tarqalishi Zamburug‘ infeksiyalari – mikozlar qo‘l va oyoq tirnoqlarini, shuningdek terini, hatto boshning sochli qismini ham zararlashi mumkin4.

Dermatomikozlar – terining zamburug‘ kasalliklari bo‘lib, ularda oyoq va qo‘llardagi barmoqlar oralari, kaftlar, burmalar, tana shikastlanadi4. Onixomikozlar – bu bir qator kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘lar keltirib chiqaruvchi tirnoqlar kasalligidir4. Tirnoq qattiq yuzaga ega bo‘lgani va sekin o‘sishi sababli onixomikozni davolash qiyinroq5. Bu infeksiyaga qarshi kurash bir necha oy vaqt talab etishi mumkin.

!!!Har o‘nta holatdan sakkiztasida zamburug‘ teri yuzasidan tirnoqqa tarqaladi6

Tirnoqlardagi zamburug‘ kasalliklarining bosqichlari

Boshlang‘ich bosqich Oyoqlardagi zamburug‘ qanday ko‘rinishga ega ekanini hamma ham bilavermaydi. Xastalikning boshida terining quruqligi, oyoq kaftining yoki barmoqlar orasi burmalarining biroz qichishi bezovta qilishi mumkin7. Odam bu belgilarni oddiy teri quruqlashuvi yoki po‘st tushishi deb o‘ylashi tabiiy. Shu sababli ayrim bemorlar namlantiruvchi va yumshatuvchi vositalarni qo‘llashadi; ammo bular naf bermaydi – kasallik belgilarini bartaraf etmaydi va kishining ahvolini yengillashtirmaydi8. Chunki oyoq kaftlari va tirnoqlardagi zamburug‘lardan faqat zamburug‘larga qarshi maxsus dorilar yordamida davolanish mumkin.3, 7 O‘tkazib yuborilgan bosqich Nisbatan keyingi bosqichlarda tirnoq qalinlashishi, rangi o‘zgarishi, sinishi mumkin3. Teridagi zamburug‘ kasalliklarida esa barmoq orasi burmalarida yoki oyoq ostida mayda yuza yoriqlari kabi belgilar kuzatiladi.7

!!!Zamburug‘ infeksiyasini davolash qancha erta boshlansa, shuncha arzonga tushadi. O‘tkazib yuborilgan shakllarida faqatgina mahalliy emas, balki tizimli tabletka vositalarini qo‘llagan holda murakkab muolaja talab etilishi mumkin.

Davolanishi

Zamburug‘ kasalliklari belgilari kuzatilganida zudlik bilan mutaxassisga murojaat etish lozim. U majmuamiy tekshiruv o‘tkazadi va davolash choralarini belgilaydi.

Zamburug‘ kasalligi alomatlari yaqqol namoyon bo‘lsa, mahalliy davolash kamlik qilishi mumkin. Masalan, tirnoq qalinlashib ketsa, dori undan o‘tib kasallik qo‘zg‘atuvchisigacha yetib borishi qiyin10, 11. Shuning uchun majmuaviy davolashda zamburug‘larga qarshi tabletka shaklidagi dorilarni qabul qilish ko‘zda tutiladi. Mahalliy ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar har xil shakllarda chiqariladi (kremlar, mazlar, spreylar, laklar, eritmalar) va bevosita zamburug‘dan zararlangan joylarda qo‘llanadi. Ularni mahalliy qo‘llash zamburug‘dan zararlanish o‘choqlarida preparatning yuqori konsentratsiyasiga erishishni ta’minlaydi. Tizimli preparatlarni qo‘llashda kuzatiladigan toksik ta’sirlarning rivojlanishi mahalliy qo‘llashda uchramaydi10
  !!!Tirnoqdagi zamburug‘ kasalligi hech qachon o‘z-o‘zidan o‘tib ketmaydi – bu kasallikning har qanday bosqichida ham mutaxassis tomonidan belgilangan muolajani olish darkor. Laboratoriya tahlili nafaqat zamburug‘ mavjudligini, balki uning tirnoq ostiga qay darajada chuqur kirib borganini, shuningdek, kasallik qo‘zg‘atuvchining turini ham aniqlash, shunga muvofiq davo preparatini tanlash imkonini beradi.
Zamonaviy farmatsevtika sanoati bir qator vositalarni taklif etadi, ularning muayyan tartibda va to‘g‘ri qo‘llanishi qo‘l hamda oyoq tirnoqlaridagi zamburug‘lardan xalos bo‘lishga yordam beradi. Oyoq kafti zamburug‘ xastaligini qo‘zg‘atuvchilarga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi har xil antimikotik vositalar ko‘p. Shunday vositalardan biri 
Ekzoderil® kremidir. Ekzoderil® preparati tarkibidagi ta’sir etuvchi modda naftifin hisoblanadi. Naftifin oyoq kafti va tirnoqlaridagi mikozlar qo‘zatuvchilarining aksariyatiga qarshi yuksak faollikni namoyon qiladi12. Tirnoqlardagi zamburug‘ infeksiyalari holatida eritma shaklidagi Ekzoderil® qo‘llash mumkin. Ekzoderil® eritmasi zamburug‘ o‘chog‘ida faol moddaning yuqori konsentratsiyasini yaratadi13. 1.Хи Чон Юн и др. Эпидемиология и здоровье: журнал. 2014; 36: e2014017. / Hee Jung Yoon, et al. Epidemiol Health. 2014; 36: e2014017. 2.Сергеев Ю. В., Шпигель Б. И., Сергеев А. Ю. "Фармакотерапия микозов" — "Медицина для всех" — Национальная академия микологии — 2003г. 3.Сергеев А.Ю. "Грибковые заболевания ногтей" — "Медицина для всех" — Национальная академия микологии — 2001 г. 4.Грибковые инфекции. Руководство для врачей. 2 изд.-М.: Издательство БИНОМ,2008.-480 с.: ил. 5.Элевски Б. Обзоры клинической микробиологии: журнал. 1998; 11(3): 415–429. / Elewski B. Clin Microbiol Rev. 1998;11(3): 415–429. 6.Горская Е.И. Скрытые формы микозов стоп: диагностика и лечение. Экспериментальная и клиническая дерматокосметология 2003. 7.Федеральные клинические рекомендации по ведению больных микозами кистей, стоп и туловища. М., 2015. 8.Малишевская Н.П.. Общеклиническое значение проблемы заболеваемости микозами стоп и их эффективного лечения (обзор) / Лечащий врач, № 8. С. 78. 9.Устинов МВ. Фармакоэкономические аспекты терапии онихомикозов. Лечащий врач. 2016(5):56-60. 10.Грибковое поражение ногтевого комплекса: принципы терапии: учебно-методическое пособие для постдипломного образования. — Под редакцией профессора, д.м.н. зав. кафедрой дерматовенерологии ФГБОУ ВО «КубГМУ» Минздрава России Тлиш М. М. 11.Местная и комбинированная терапия онихомикозов: Пособие для врачей. / Под ред. Ю.В. Сергеева. — М.: Национальная академия микологии, 2013. 40 с. 12.Tashqi qo‘llashga mo‘ljallangan Ekzoderil® krem preparatini tibbiy qo‘llash yo‘riqnomasi. Ro‘yxatga olish raqami DV/X 05913/03/19, sanasi 12.03.2019, amal qilish muddati 12.03.2024 gacha. 13.Сергеев Ю. В. "Экзодерил: новые подходы к терапии микозов и инфекционно-воспалительных дерматозов". Пособие для врачей — Национальная академия микологии — 2004 г. “Sandoz Pharmaceuticals d.d.” kompaniyasining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi, Toshkent sh., Oybek k., 24, tel. +998781470335. Agar sizda Novartis (Novartis Farma, Sandoz) kompaniyalar guruhi preparatlarini qabul qilish bilan bog‘liq yoqimsiz reaksiyalar yoki alohida vaziyatlar haqida ma’lumot mavjud bo‘lsa, iltimos, bu ma’lumotlarni drugsafety.cis@novartis.com elektron pochta manzili yoki +998 (78) 1470335 telefon raqami orqali jo‘nating. Qo’llashga qarshi holatlar mavjud. Qo’llashdan avval, iltimos, yo`riqnoma  bilan tanishib chiqing yoki mutaxassis bilan maslahatlashing. UZ2305255111
ico
Tug‘ma yurak nuqsonlari

Tug‘ma yurak nuqsonlari –bu guruhli kasallik bo‘lib, yurakning anatomik yetishmovchiligi (klapan, tomir), onaning qornida kechadigan, yurak ichi va gemodinamikaning buzilishi bilan xarakterlanadigan kasallik. Asosiy belgilari terining oqarishi, ko‘karish belgilari, yurak shovqinlari, rivojlanishdan ortda qolish, nafas va yurak yetishmovchiligi belgilaridir. Agar tug‘ma yurak nuqsoniga shubha bo‘lsa, EKG, FKG, rentgen, ExoKG, yurak kateterizatsiyasi, aortagrafiya, kardiografiya, yurak MRT si o‘tkaziladi. Ko‘p xollarda kardioxirurgik davolash usuli qo‘llaniladi.

Tug‘ma yurak nuqsonlari bu – yurak va yirik qon tomirlar kasalligi bo‘lib, qon oqimi o‘zgarishlari, yurak yetishmovchiligiga olib keladi. Tug‘ma yurak nuqsonlarining uchrash ehtimoli tug‘iladigan barcha chaqaloqlarning 0,8 dan 1,2 % ini tashkil qiladi. Tug‘ma yurak nuqsonlari barcha tug‘ma nuqsonlarning 10-30 % ini tashkil etadi. Kardiologiyada ko‘plab uchrovchi yurak nuqsonlariga qorinchalararo to‘siq yetishmovchiligi, (20%), bo‘lmachalararo to‘siq yetishmovchiligi, aorta stenozi, aorta koarktatsiyasi, Batalov yo‘li yetishmovchiligi, yirik qon tomirlar tranpozitsiyasi, o‘pka arteriyasining stenozi (10-15 %) kabilar kiradi.

[caption id="attachment_10938" align="aligncenter" width="660"]yurak porogi Foto: lecheniedetej.ru[/caption]

Tug‘ma yurak nuqsonlari sabablari

Yurak nuqsonlaririning kelib chiqish sabablari xromosoma buzilishlari (5 %), gen mutatsiyasi (2-3%), tashqi muhit ta’siri (1-2 %), poligen faktorlarga moyillik (90%) bo‘lishi mumkin.

Tug‘ma yurak nuqsonalari bir dona genning o‘zgarishi bilan ham yuzaga kelishi mumkin. Bu holatlarda tug‘ma yurak nuqsonlari autosoma dominant holatda yuzaga keladi (Marfan sindromi, Xolta-Orama, Kruzona, Nunana va boshqa sindromlar). Autosoma retsessiv holatda esa Karatagenera, Karpenter, Robert, Gurler va sindromlar bilan xarakterlanadi.

Bundan tashqari, tashqi muhit ta’sirlariga homiladorlik paytdagi virus kasalliklari, radiatsiya, dori vositalari, zararli odatlar ham sabab bo‘lishi mumkin. Homila rivojlanishining birinchi uch oyligida yurak tug‘ma nuqsonlarining hosil bo‘lishi ehtimoli yuqoridir.

Ona qornida qizilcha virusi bilan zararlanish, uchta kasallik glaukoma yoki katarakta, karlik, tug‘ma yurak nuqsonlari (Fallo tetradasi, magistral tomirlar transpozitsiyasi, klapan yetishmovchiligi, o‘pka arteriyasi stenozi va b.) olib kelishi mumkin. Yana bosh mikrotsefaliyasini, o‘sish va rivojlanishdan ortda qolish belgilari ham rivojlanishi mumkin. Qizilchadan tashqari tug‘ma yurak nuqsonlarini oddiy gerpes, adenovirus, gepatit, sitomegaliya, mikoplazmoz, toksoplazmoz, listerioz, sifilis, tuberkulyoz kabi infeksiyalar keltirib chiqarishi mumkin.

Homila alkogol sindromida qorinchalar va bo‘lmachalar yetishmovchiligi, Battalov yo‘li yetishmovchiligi kelib chiqishi mumkin.

Diabetga chalingan homilador ayollarda yurak tug‘ma nuqsonli farzandlar tug‘ilish xavfi ko‘proq bo‘ladi. Bunda homilada qorinchalararo to‘siq yetishmovchiligi va yirik tomirlar transpozitsiyasi kuzatiladi. Revmatizm bilan kasallangan ayollarda yurak nuqsonli chaqaloqlar tug‘ilishi 25 % ni tashkil etadi. Homilador ayolning yoshi 15-17 yoshdan kichik, 40 yoshdan katta, birinchi uch oylikdagi toksikozlar, endokrin buzilishlar ham yurak tug‘ma nuqsonlariga olib kelishi mumkin.

Yurak tug‘ma nuqsonlari (Yurak poroklari) klassifikatsiyasi

Yurak tug‘ma nuqsonlarining bir necha xil klassifikatsiyalari mavjud. O‘pka qon aylanish doirasiga ta’siri ko‘ra:

  • Kichik qon aylanish doirasidagi o‘zgarish: aorta klapani yetishmovchilishi, aorta stenozi, o‘pka arteriyasi klapan yetishmovchiligi, mitral yetishmovchilik, aorta koarktatsiyasi;
  • Yurak tug‘ma nuqsoni o‘pkadagi qon aylanishining kuchayishi: Ochiq Batalov yo‘li, QATЕ, BATЕ, aorta koarktatsiyasi;
  • Tug‘ma yurak nuqsoni o‘pka qon aylanish tizimi bilan aralashish: Fallo kasalliklari, o‘ng qorincha gipoplaziyasi, Ebshteyn anomaliyasi;
  • Guruhli tug‘ma yurak nuqsonlari: yirik qon tomirlar transpozitsiyasi, Taussig-Binga anomaliyasi.

Yurak poroklarida qon aylanish

Oq yurak tug‘ma nuqsonlarida kichik qon aylanish doirasida gipervolemiya hisobiga gipertenziya, ko‘k yetishmovchilikda esa kasallarda gipoksemiya kuzatiladi. 50 % bemorlar kardioxirurgik davolash amliyoti o‘tkazilmasa, hayotining birinchi yilidayoq nobud bo‘ladi.

Sianozlik yurak tug‘ma nuqsonida arterial qonning venoz qon bilan aralashishi tufayli katta qon aylanish doirasida zo‘riqish va kichik qon aylanish doirasida gipovolemiya kuzatiladi. Bunda teri va shilliq qavatlar ko‘karishi mumkin. Bunday paytda organizmning kollateral qon tomirlar kompensator tarzda ishga tushadi va bemor hayotini uzoqroq davom etishini ta’minlaydi. Uzoq vaqt zo‘riqish bilan ishlash yurak miokardining o‘zgarib bo‘lmas o‘zgarishlarga olib keladi.

Yurak tug‘ma nuqsonlari belgilari

Tug‘ma yurak nuqsonlari bilan dunyoga kelgan bolalarda o‘ziga xos belgilar kuzatiladi. Ya’ni ularning yuragida shovqinlar paydo bo‘lishi mumkin, terida ko‘karishlar, rangparlik, kamqonlik, harakatdagi sustkashliklar bezovta qiladi. Bemor bolalar tengdoshlariga nisbatan jisman rivojlanishdan orqada qolishi, shuningdek organizm himoya kuchlari susayib, yuqumli va boshqa kasalliklarga ko‘proq chalinishlari mumkin.

Sianozli yurak tug‘ma nuqsonlarida teri va shilliq qavatlarning ko‘karishi kuzatiladi. Ko‘karish kichik zo‘riqishdan so‘ng: sut emganda, yig‘laganda kuchayadi. Oq yurak tug‘ma nuqsonlarida terida oqarishlar, qo‘l va oyoqlarda haroratning pasayishi kuzatiladi. Yurak tug‘ma nuqsonli bolalar ko‘krakni inkor qilishadi, sut emish davomida charchab qoladi. Ularda terlash, taxikardiya, aritmiya, nafas qisishi, bo‘yin qon tomirlari pulsatsiyasi kuzatiladi. Surunkali qon aylanish buzilishida bola vazn qo‘shish, bo‘y o‘sishi va rivojlanish belgilaridan ortda qoladi. Tug‘ma yurak nuqsonlarida tug‘ilgandan keyin yurak shovqinlari eshitiladi. Keyinchalik esa yurak yetishmovchiligi kuzatiladi. Yurak tug‘ma nuqsonlari bakterial endokardit, politsitemiya, periferik tomirlar trombozi, bosh miya tomirlari tromboemboliyasi, pnevmoniya, stenokardiya sindromi, miokard infarkti kabi asoratlarga olib kelishi mumkin.

Yurak tug‘ma nuqsonlarini tashxislash

[caption id="attachment_10939" align="aligncenter" width="700"]yurak nuqsonlari Foto: arabamericannews.com[/caption]

Bolada vizual ko‘rikda teri qoplamilarida sianoz o‘choqlari taxlil qilinadi. Auskultatsiyada yurak tonlarining o‘zgarishlari o‘rganiladi. Odatda yurak tonlari bilan yurak shovqinlari ham eshitiladi. Instrumental tekshiruv usullaridan – elektrokardiografiya, FKG, ExoKG lar o‘tkaziladi.

EKG da yurakning turli qismlari gipertrofiyasi, yurak joylashuvi, aritmiya kabilarga tashxis qo‘yish mumkin. FKG yordamida yurak tonlari va shovqinlarining xarakterli belgilar o‘rganiladi. Rentgeografiyada kichik qon aylanish doirasi, yurak joylashuvi, o‘lchami, shakli, o‘pka, plevra, umurtqalar o‘zgarishlari tashxislanadi. ExoKG tekshiruv usulida yurak devorlari va klapanlar yetishmovchiligi, yirik qon tomirlar joylashuvchi, yurak miokardining qisqaruvchanlik xususiyatlari baholanadi.

Yurak tug‘ma nuqsonlarini davolash

Hozirgi kunda bolalar kardiologiyasining asosiy muammolaridan bir bu tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan bolalarni hayotining birinchi yilida operativ davolash usuli hisoblanadi. Ko‘plab operatsiyalar sianozli yurak tug‘ma nuqsonlari uchun olib boriladi. Har bir yurak tug‘ma nuqsoni holatiga ko‘ra davolanadi. QATЕ, BATЕ kabilar plastika yo‘li bilan operativ muolaja o‘tkaziladi. Aortal yetishmovchiliklarda esa, masalan, aorta kaorktatsiyasida ballonli kengaytirish, aorta stenozida plastika muolajalari o‘tkaziladi. Ochiq Batalov yo‘lida bu yo‘lni bog‘lash operatsiyasi o‘tkaziladi. Agar radikal operatsiya o‘tkazish imkoni bo‘lmasa Fonten, Senning, Mastarad operatsiyalari qo‘llaniladi.

© Krasotaimedicina.ruAvitsenna.uz


Foydali maslahatlar

Bugungi kunda tug‘ma yurak nuqsonlarini davolash, oldini olishga qaratilgan tadbirlar mavjud bo‘lib, bu sog‘lom turmush tarziga rioya qilish va kasallikni belgilariga qarab davolashdan iborat. Jarrohlik yo‘li bilan davolash zaruriyati tug‘ilganda, ko‘pincha tug‘ma yurak nuqsonlari bilan kasallangan bolalar 3-10 yoshligida operatsiya qilinadilar.

To‘laqonli parvarish qilish orqali kasallik asoratsiz kechishiga erishish mumkin. Ularni tez-tez shamollaydigan kishilardan uzoqda tutish, har qanday nafas yo‘llari infeksiyalariga chalinsa, zudlik bilan davolash kerak.

Bola ovqatlanishiga alohida e’tibor berish va jismoniy faoliyatini boshqarish muhim o‘rin tutadi. Bemor bolaning tana harorati ko‘tarilganda to‘shakka yotqizish bilan birga vrach tavsiyasiga binoan antibiotikli muolaja qilish, shuningdek issiq oylarda va tana harorati ko‘tarilganda bola organizmi suvsizlanmasligi uchun ko‘krak yoshidagilar 800-1000 ml, undan kattalar 1500-2000 ml suyuqlik ichishlarini nazorat qilish lozim.

Tug‘ma yurak nuqsonlari bilan dunyoga kelgan bolalarga jismoniy faollikni birmuncha kamaytirgan ma’qul. Shuningdek, har bir bemorni qon aylanishini buzilishiga olib keladigan jismoniy va aqliy toliqishdan asrash, qon tomirlarini chiniqtirishga ko‘maklashadigan yengil jismoniy ishlar bajarishga imkon yaratish kerak.

[caption id="attachment_10940" align="aligncenter" width="730"] Foto: Depositphotos.com[/caption]

Yurak nuqsonlari bilan kasallangan ayollarga farzand ko‘rish hamma vaqt ham tavsiya etilavermaydi, chunki homiladorlik davrida qorinda rivojlanayotgan bolaning kislorodga bo‘lgan talabchanligi oshadi, bu esa yurak faoliyatini yanada qiyinlashtiradi. Har qanday yurak qopqoqlari nuqsonlarida homiladorlikni sakkizinchi haftagacha albatta to‘xtatish talab etiladi.

Sog‘lom farzand ko‘rish uchun avvalo ayollarning o‘zlari sog‘lom bo‘lishlari, spirtli ichimlik ichish va tamaki chekishdan voz kechib, qandli diabet kabi og‘ir xastaliklardan saqlanishlari, yaqin qarindoshlik nikohlariga yo‘l qo‘ymaslik, xomiladorlikning dastlabki uch oyida esa virusli infeksiyalarga chalinmasliklari lozim.

Yurak nuqsonlari rivojlanishining oldini olishda revmatizm, ateroskleroz, zahm kabi kasalliklarga qarshi kurashish, shuningdek burun-og‘iz bo‘shliqlarini sog‘lomlashtirish, surunkali tonzillit va kasallangan tishlarni davolash ham muhim ahamiyatga ega.

Yurak qopqoqlari (klapanlari) va ularning yo‘llaridagi to‘qimalarda salbiy o‘zgarishlar paydo bo‘lganda, yurakda qon aylanishi buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik muhim. Bemorni infeksiyalardan, ayniqsa revmatizm qaytalanishidan asrash, burun-tomoq yo‘llaridagi, og‘iz bo‘shlig‘idagi infeksiya o‘choqlarini aniqlab, o‘z vaqtida davolash tadbirlarini o‘tkazish muhim hisoblanadi.

 Sag‘dulla IBODOV, tibbiyot fanlari nomzodi.
 "Sihat-salomatlik" jurnali.

ico
Tumov (rinit)

Tumov (rinit) — sovqotish, infeksiya, allergiya natijasida burun shilliq pardasining yalligʻlanishi. Mustaqil kasallik yoki infeksion kasalliklar (mas., gripp, difteriya, qizamiq va boshqalar) belgisi boʻlishi mumkin. T.da burun yoki tomoq shilliq pardasi shishib, achishadi va quruqshaydi; 3—4 kundan keyin burundan koʻp miqdorda suyuq tiniq shilimshiq keladi. Bemorning umumiy ahvoli aytarli oʻzgarmaydi, harorati, odatda, normal yoki bir oz koʻtariladi (37—37,5°), boshi ogʻirlashib, ish qobiliyati pasayadi; burundan nafas olish qiyinlashadi, baʼzan, koʻz shilliq pardasi yalligʻlanganligi tufayli yosh oqadi, hid bilish pasayadi. T. xususan emadigan bolalarda ogʻir kechadi. Ularning burun yoʻllari juda tor boʻlib, burun shilliq qavatining ozgina boʻlsada shishishi burundan nafas olishni qiyinlashtiradi. Natijada jiddiy oʻzgarishlar: tajanglik, uyqu buzilishi, emmay qoʻyish, juda ozib ketish va boshqa kuzatiladi. Baʼzan yalligʻlanish burunhalqum va eshituv nayi shilliq pardasiga, hatto hiqildoq, bronx va oʻpkaga ham oʻtib ketadi. Shuning uchun T.ni zoʻraytirib yubormaslik kerak.

Kasallik alomatlari paydo boʻlishi bilan vrachga murojaat etish lozim. Asal yoki malina murabbosi solingan issiq choy ichish, vrach tavsiya etgan tomir toraytiruvchi tomchilarni burunga tomizish kerak, bu — shilliq parda shishini pasaytiradi, natijada burun oqishi kamayadi, burun ochilib, nafas olish yaxshilanadi. Vrach buyurgan davo choralarini qatʼiy bajarish lozim, aks holda yalligʻlanish jarayoni surunkali shaklga oʻtib ketishi mumkin. T. hamma vaqt ham sovqotish yoki infeksion kasalliklardan kelib chiqavermaydi. Koʻpincha (asosan, asabi tez qoʻzgʻaluvchan kishilarda) allergik yoki vazomotor T. ham uchrab turadi; kasallik xuruj qilganda bemor tinmay aksa uradi, burnidan suyuq shilimshiq, koʻzidan yosh oqadi, burun va qovoklari qichishadi; T.ning bu shakli baʼzan bir kunda bir necha marta xuruj qiladi. Allergik T.ning alohida bir turi — pichan tumovi, asosan, boshoqli oʻsimliklar gullagan davrda uchraydi.

Oʻtkir T. tez-tez kdytalab tursa, surunkali T.ga aylanib ketishi mumkin. Surunkali T. burun boʻshligʻi shilliq pardasining oʻsib, qalin tortishi (gipertrofiya) yoki uning yupqalashib ketishi (atrofiya)ga olib kelishi mumkin, natijada nafas olish qiyinlashadi. Shuning uchun T.ning surunkali shaklga oʻtib ketishiga yoʻl qoʻymaslik zarur. T.ning oldini olishda organizmni chiniqtirish juda muxim.

ico
Tumov va shamollash bilan kurashish ( 18-qism )

Tumov ba’zan jondan to‘ydirib yuboradi. Agarda tumov bo‘lgan bo‘lsangiz tabiatni ayblamang, sabab yelvizak, oyoqning xo‘l bo‘lib qolishi yoki xavoning keskin sovib ketishida emas, tumovning asl kelib chiqish sababi - tanadagi sog‘aytiruvchi tanazzul (krizis)dir.
Shamollash sababi ichki tozalikning yo‘qolganidadir. Agarda chiqindi va toksinlar juda ko‘payib ketsa, organizm ularni tuzatuvchi tanazzul, ya’ni tumov yordamida xaydab chiqarishga xarakat qiladi. Uni virusli ta’sir yoki kasallik deb xisoblamang. Shu vaqtda xayotiy quvvat sizning foydangizga ishlayotganini tushunishingiz lozim.
Agarda siz tabiat bilan xamkor bo‘lsangiz, uning tozalash ishlariga yordam berasiz. Tozalash jarayoniga xalaqit beradigan hech narsa qilmasligingiz lozim. Sizdan talab qilinadigani, bu - ochlanish!

Tabiat nima qilishini sizdan yaxshi biladi. Shunday vaqtda sizdan talab qilinadigani bu - issiq to‘shakka kirib yotish. Har qanday ovqatni, shu jumladan, meva va meva sharbatlarini iste’mol qilishni to‘xtating. Vaqti-vaqti bilan issiq distillangan suvga ozgina asal va limon sharbati solib iching, imkoni bo‘lsa ko‘p miqdorda iching. Boshqa hech narsa yemang.

Yotoqxonangizni shamollatib turilishi va toza havo bo‘lishiga e’tibor qiling va o‘qimang, radio eshitmang, televizor ko‘rmang, qarindosh va do‘stlaringiz bilan suhbatlashish uchun quvvatingizni sarf qilmang. O‘zingizni boshqalarlan to‘liq ajrating.
Bunday tozalanish uchun ochligingiz qancha davom etishi kerak! Bunday tanglik yilning har qanday vaqtida bo‘lishi mumkin, lekin sovuq mavsumlarda ko‘proq bo‘ladi. Oyoqqa turish uchun ko‘pincha uch kunlik ochlik yetarli bo‘ladi. Lekin ayrim vaqtlarda yetti yoki o‘n kunga cho‘zilishi mumkin. Kunlar haqida bezovta bo‘lmang, ko‘rasiz, tozalanish tangligidan so‘ng sog‘lig‘ingiz ancha  yaxshi bo‘ladi.

Men beshta farzandni voyaga yetkazdim, ular tumov bo‘lishganda, davolanishlari va ochlanishlari uchun to‘shakka yotqizib qo‘yardim. Bir haftadan keyin ular yaxshi bo‘lar va sog‘liklari ham tiklanib ketardi. Mening 12 nevaram, 8 chevaram ham shu dasturga amal qilishadi.
Bu usul ko‘pchilikka o‘ta oddiy ko‘rinishi mumkin. Ularning fikricha, nimadir qilish kerak, davolanmoq lozimdek, ularni qo‘rquv bosadi. Sizning tozalanishingiz va sog‘lig‘ingiz uchun tabiat haddan tashqari uzoq ishlayotganday bo‘lib ko‘rinsa-da, vahimaga tushmang.

Har bir kishi tanasini qanchalar ko‘p o‘rgangani sayin o‘z salomatligiga shunchalar ko‘prok e’tibor bilan qaramog‘i lozim. Inson o‘z tanasini sog‘lom holda ushlamoq lozim va bu boshqa fanlarni o‘rganishdan ancha muximroqdir.
Har bir inson o‘z tabiati (xarakteri) ning bunyodkoridir, lekin shu bilan birgalikda u o‘z sog‘ligi va yaxshi kayfiyatining soqchisi xamdir.

Tabiat insonni yaratib, tabiiy kuchlardan o‘z salomatligi yo‘lida mohirona foydalanishi uchun unga ajoyib aql va ijodiy imkoniyatlar bergan. Ochlik bu tabiiy sog‘ayishga olib boradigan yo‘llardan biridir. Tabiat bizga oddiy tozalanish vositalarini beradi. Faqat biz tabiat bilan hamohang va uning qat’iy qonunlari bilan yashashimiz lozim. Biz tabiiy hayot tarzi tufayli o‘zimizning jismoniy, aqliy va ruhiy imkoniyatlarimizni oliy takomillashgan darajagacha yetkazishimiz mumkin. Salomatlik uchun qisqa yo‘l yo‘q. Tabiat bizni o‘z zimmamizdagi vazifani bajarayotgan deb, hisob-kitob qiladi. Ochlanayotganda biz bu vazifani bajarayotgan bo‘lamiz. Agarda biz o‘z odat va xayotimizni tabiat qonunlariga moslamaydigan bo‘lsak, u hech qachon o‘z mo‘jizalarini namoyon qilmaydi.

[su_quote cite="Gippokrat"]Har qanday ortiqchalik tabiatga ziddir. [/su_quote]

Tabiatga ishoning

Mening qatiy ishonishimcha, hech kim hech qachon kimnidir sog‘aytirish majburiyatini olmasligi kerak, chunki bu tabiatning ishi.
Ochlikning ko‘magi va tabiiy ovqatlarni iste’mol qilish natijasida, shuningdek tabiiy odatlar tufayli har qanday kishi o‘z xayotini sog‘lom qilishi mumkin. Tozalanish ichki biologik faoliyat bo‘lib, bu tananing o‘zi bajarishi mumkin bo‘lgan vazifa, lekin ochlik bilan, siz, bu ishning yanada samaraliroq bo‘lishiga erishasiz. Tabiat sizning doimo sog‘lom va yashovchan bo‘lishingizga harakat qiladi va qachonki, u tozalash tangliklarini o‘tkazayotgan ekan, nima qilayotganini juda yaxshi biladi.
Tabiatga ergashing, u hech qachon sizga pand bermaydi. Ochlik - bu buyuk yordamchi.

© Pol Bregg
«Ochlik mo‘jizasi» kitobi.
Ziyouz.uz

ico
Taqinchoq tanlash borasida tibbiy tavsiyalar

Siz biror xil taqinchoq (zirak, uzuk, zanjir) sotib olmoqchisiz. Uning sifati qay darajada ekanligi, taqib yurilganda teriga salbiy ta’siri bor-yo‘qligini avvaldan bilishingiz qiyin, albatta. Chunki ayrim taqinchoqlarni taqqanda teri ta’sirlanib, unda qizarishlar paydo bo‘ladi. Buning bir nechta sabablari bor.

taqinchoq

Zirak quloqni og‘ritsa

Taqinchoq teriga zarar yetkazishining sababaliri quyidagicha:

  • Taqinchoqni ulash va qayta ishlash jarayonida uning kuyundisi qolsa, asorat berib, taqqan kishi terisida dermatitni yuzaga keltiradi. Taqinchoqlarni yasashda ishlatiladigan kanifol teriga juda yomon ta’sir qilishi mumkin.
  • Taqinchoqlar sotiladigan do‘konlarda mahsulotlar xaridorlarga taqib ko‘rish uchun beriladi. Birgina zirak yoki zanjir sotib olmoqchi bo‘lgan xaridor bir nechta taqinchoqni taqib ko‘radi. Qarabsizki, taqinchoqlarning ko‘pchiligi xaridorlardagi teri xastaliklari infeksiyalari bilan “boyiydi”. Shu jarayon orqali ham taqinchoqlar allergiyasi vujudga keladi.
  • Taqinchoq taqish uchun noqulay yasalgan bo‘lishi mumkin Aksariyat hollarda ayollar quloqqa yopishib turadigan yoxud quloqni og‘ritadigan ziraklarni taqib olishadi. Bunda quloq terisi ta’sirlanib, shu sohada og‘riq turadi.
  • Bir qator metallar teriga tekkanda xususiyatini o‘zgartiradi. Shu sababli teri yallig‘lanadi, toshma toshib, yaraga aylanadi, hatto teri qizarib, pufakchalar hosil bo‘ladi.

Taqinchoq arzon bo‘lsa, ziyoni ko‘p

Metalldan yasalgan arzonbaho taqinchoqlar nechog‘li chiroyli ko‘rinmasin, ularning zarari ham borligini unutmang. Tanaga tegib turadigan ayrim metallarning nojo‘ya ta’siri tufayli allergiya kelib chiqishi mumkin. Arzon taqinchoqlarning ko‘plab turlarida toksinlar(zaharlar) borligi aniqlangan.

Kiyimga mos qilib taqiladigan turli rangdagi ziraklar qanchalik yirik va og‘ir bo‘lsa, quloq solinchaklariga shunchalik ko‘p zarar yetkazadi. Og‘ir ziraklar terini tortadi, quloqdagi teshikni yanada kattalashtiradi.

Ko‘pincha og‘ir ziraklarni muntazam taqib yurish tufayli quloq terisi yirtilib, oqibatda jarroh aralashuvi zarur bo‘ladi.

Ayrim taqinchoqlar ikki-uch haftadan keyin allergik reaksiya beradi, oqibatda teri qichishadi va boshqa yoqimsiz holatlar kuzatiladi. Bunday paytda asosiy davo zirakni quloqdan yechib, asorat tezroq bitishi uchun shifokor tavsiya etgan maxsus mazlardan foydalangan ma’qul.

Urfga ergashib, sog‘liqni yomonlashtirmang

So‘nggi urfga ko‘ra kiyinib yasanadigan qiz-juvonlar ba’zan o‘z sog‘liqlariga ziyon yetkazayotganini bilishmaydi. Taqinchoqlardan tashqari ochiq-sochiq tikilgan liboslar, hatto ba’zi poyabzal turlari va badanni siqib turuvchi maxsus ich kiyimlarning zarari ham yo‘q emas.

“Slansi” poyafzalini endilikda faqat qizlargina emas, balki katta yoshdagi ayollar ham kiyib yurishadigan bo‘ldi. Ammo uning zararini hamma ham bilavermaydi. Bunday poyafzal kiyilgach oyoq kafti erkin harakatlana olmaydi, shuningdek, poyabzal yechilib ketmasligi uchun barmoqlar o‘rtadagi birgina ipni doimo siqib turishga majbur bo‘ladi va oqibatda zo‘riqadi.

Zo‘riqishdan so‘ng tizza, boldir va belda og‘riqlar paydo bo‘ladi. Demak, bu poyabzal turini xush ko‘ruvchilar undan voz kechishsa yoki ayrim paytlardagina kiyishsa yaxshi bo‘lardi.

Korreksiyalovchi (qattiq siqib turuvchi) ichki kiyimlar badanning yog‘ to‘planib, “bo‘rtgan” nuqsonlarini ko‘zdan nari qilishi mumkin. Lekin ular muntazam kiyilsa nerv tolalari siqiladi, terida taram-taram chiziqlar xosil bo‘ladi. Nafas olish qiyinlashishi, qorin sohasi ezilishi tufayli ichaklar ishi yomonlashishi, hatto terida zamburug‘li infeksiyalar rivojlanishi ham mumkin.

Demak so‘nggi urfdagi liboslarni kiyib, turli zeb-ziynatlardan foydalanadigan qiz-juvonlar avvalo ularning zarari kamrog‘ini tanlaganlari ma’qul.

 

Allergiya alomatlarini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Teriksdir.

Teriks bu – qobiq bilan qoplangan 10 mg n10 (1x10) tabletkalar (blister ko’rinishida).

1 ta qobiq bilan qoplangan tabletka tarkibi:

Faol modda: cetirizin dihidroxlorid 10 mg. Yordamchi moddalar: Makkajo'hori kraxmali, monogidrad laktoza, PVP K30, magniy stearat, Sheffcoat white 04 5X00257/5X00266 (Gidroksipropilometilsellyuloza, titan dioksid, polietilen glycol / makrogol).

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi - https://apteka.uz/product/teriks

Allergiyada keng qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Zodak, Fenistil gel, Allerkaps, Alsetro, Aldes, Zefeksal, Klaridol va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

© Mehribon QURBONOVA,
dermatolog-venerolog shifokor.
"Sihat-salomatlik" jurnali.

ico
TORCH – homila zavoli

Dunyoning barcha mamlakatlarida uchrovchi va homila rivojlanishiga salbiy ta’sir etishi bilan xavfli bo‘lgan TORCH bir qancha infeksiyalar guruhidir.

torch

 

TORCH qisqartma so‘z bo‘lib, quyidagi kasalliklarning bosh harflaridan olingan:

T – Toxoplasma (toksoplazmalar – bir hujayrali tekinxo‘r organizm. Ular odam va turli sut emizuvchi hayvolarda parazitlik qilib, juda og‘ir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bu parazit bemorning boshi va orqa mushaklarida, shuningdek, qonida ham uchraydi);
O – Others (boshqalar: enterovirus, parvovirus B19,
gepatit B, C, OIV, zaxm)
R – Rubella (qizilcha )
C – Cytomegalovirus (sitomegaliya)
H – Herpes simplex virus (gerpes I/II)

Toksoplazmoz

Toksoplazmoz — asosan belgilarsiz kechuvchi, biroq past immunitetli odamlarda va onadan homilaga yuqqanda asab tizimi, yurak mushaklari va boshqa a’zolarni zararlovchi xastalik. Uning manbai Toxoplasma gondii deb nomlanuvchi jonivor. Mahalliy tarqatuvchisi esa mushuklar bo‘lib, toksoplazma qo‘zg‘atuvchisi bilan zararlangan go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida sut emizuvchi jonivorlar va odamlarga yuqadi. Onadan homilaga o‘tishi esa homila rivojlanishiga jiddiy xavf soladi. Biroq homiladorlikkacha bo‘lgan davrdagi zararlanish homila uchun xavfli emas, chunki to‘qimaga o‘rnashgan infeksiya homila uchun aytarli xavf tug‘dirmasligi kuzatuvlarda o‘z isbotini topgan. Agar ona homiladorlik vaqtida Toksoplazmoz bilan xastalansa, u qon orqali homilaga o‘tishi va asosan 12 haftalikkacha bo‘lgan homiladorlik mobaynida katta xavf tug‘dirishi mumkin. Toksoplazmozdan saqlanish uchun tozalikka rioya qilish, go‘shtni yaxshi pishirish, xom go‘sht bilan ishlagandan so‘ng qo‘llarni va ishlatilgan buyumlarni yaxshilab yuvish lozim. Kasallik virusi ta’sirida turg‘un immunitet hosil bo‘ladi.

Qizilcha

Qizilcha — asosan 2–10 yoshli bolalarni zararlovchi, yengil isitma va mayda qizil toshma bilan namoyon bo‘ladigan, katta yoshlilarda va homiladorlikda og‘ir kechuvchi virusli kasallik. Uning manbai kasallikning turli shakillari bilan og‘rigan bemor. Sog‘lom odamga havo-tomchi yo‘li orqali, bolaga onasidan o‘tadi. Qizilcha viruslarining homilaga tasiri homiladorlik bosqichlariga qarab, turli darajada bo‘ladi: ayol homiladorlikning birinchi uch oyligida qizilcha bilan og‘risa, homilaning zararlanish ehtimoli 60–85 foizni, ikkinchi davrida 15–20 foizni, uchinchi davrida esa 5 foizni tashkil etadi. Homilador ayol qizilcha bilan og‘rigan bemor bilan muloqotda bo‘lsa, albatta, zaruriy tahlillar topshirishi, ya’ni qonda qizilchaga qarshi antitanachalarning paydo bo‘lgan-bo‘lmaganligini aniqlash lozim. Homiladorlikning ilk uch oyida zararlanish alomatlari aniqlansa, bolani oldirish tavsiya qilinadi.

Tug‘ma qizilcha bilan dunyoga kelgan bolalarda katarakta, yurak nuqsonlari va neyrosensor karlik kuzatilishi mumkin. Bu kasallikdan keyin turg‘un immunitet hosil bo‘ladi.

Sitomegalovirusli infeksiya

Sitomegalovirusli infeksiya (SMVI) — asosan klinik belgilarsiz o‘tuvchi, ba’zan markaziy nerv tizimi va ichki a’zolarni og‘ir zararlaydigan, homiladorlik kechishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan virusli kasallik. Sitomegalovirus butun umri davomida bemor vujudida saqlanib turishi bilan xavfli. Virus jinsiy yo‘l bilan, homilaga esa qon orqali yuqadi. Sitomegalovirus organizmga kirib, immun tizimini kuchsizlantirib bo‘lgach, asoratlarini ko‘rsata boshlaydi.

Homilaning dastlabki oylardanoq SMVI bilan zararlanish homilaning nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Homiladorlikning so‘nggi davrlarida zararlanish a’zolar tuzilishida jiddiy o‘zgarishlarga olib kelmasa-da, bola tug‘ilgach, sariqlik, qon ketishi, o‘pka yallig‘lanishi va markaziy asab tizimining zararlanishi kabi asoratlar kuzatiladi. SMVI bilan kasallangandan so‘ng turg‘un immunitet hosil bo‘lmagani bois, qayta kasallanish ehtimoli bor.

Oddiy gerpes

Oddiy gerpes (OGV) — dunyoda eng ko‘p tarqalgan virusli infeksiyalardan biri. Uning 2 turi mavjud. OGV-1 bilan zararlanish dunyoda 90-95 foiz, OGV-2 bilan zararlanish esa 20-30 foizgacha yetadi. Oddiy gerpes homiladorlikning og‘ir kechishi, bolaning muddatidan ilgari tug‘ilishi, ona qornida rivojlanmay qolishi yoki homila tushishiga olib keladi.

Virus manbai bemorlardir, ya’ni havo-tomchi, jinsiy yo‘l orqali yoki onadan homilaga yuqadi. Aniqlanishicha, homiladorlikning birinchi choragida OGV yuqishi bolaning gidrotsefaliya (miya qorinchalarida orqa miya suyuqligining ko‘payishi bilan kechuvchi kasallik), yurak nuqsonlari, katarakta, karlik, siydik-tanosil a’zolari, oshqozon-ichak tizimi nuqsonlari bilan dunyoga kelishiga sabab bo‘ladi. Virus homiladorlikning ikkinchi va uchinchi davrida yuqsa, jigar va taloqning kattalashishi (gepatosplenomegaliya), anemiya, sariqlik, gipotrofiya (organizmning darmonsizlanib, ozib ketishi), pnevmoniya kabi asoratlarni yuzaga keltiradi.

Ushbu kasallikdan so‘ng ham turg‘un immunitet hosil bo‘lmaydi va takroran kasallanish holatlari kuzatiladi.

TORCH-infeksiyasi so‘zi tarkibidagi (Others) boshqa virusli xastaliklar ham shu kabi jiddiy oqibatlarni yuzaga keltiradi.

Ota-onaning immuniteti baland bo‘lishi, gigiyena qoidalariga amal qilishi, o‘z organizmiga hurmat bilan qarashi va, albatta, palapartish jinsiy hayotdan tiyilib, xiyonat ko‘chasiga kirmasligi farzandning sog‘lom tug‘ilishini kafolatlaydi.

Niso.uz nashri.

 

Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.

Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.

Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60

Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Tuqqandan so‘ng erkak va ayol jinsiy munosabatlari

Ko‘pchilik erkaklarga ayollarda homiladorlik va emizish bilan bog‘liq badanidagi o‘zgarishlar yoqadi. Ayollarda esa tuqqandan keyin eriga nisbatan talpinish (jinsiy aloqaga ehtiyoj) pasayib ketadi. Buning sababi nima ekan?

Tuqqandan so‘ng erkak va ayol jinsiy munosabatlari

Bu munosabat, aslida kuni bilan bola bilan ovora bo‘lgan onaning charchaganidan kelib chiqadi. Jinsiy aloqa haqida o‘ylash u yoqda tursin, «tezroq bolam uxlasayu, men ham to‘yib uxlab olsam» degan fikr ustun bo‘lib qoladi. Agar er uy yumushlarining bir qismini o‘ziga olib, bolani parvarish etishda xotinidan yordamini ayamasa, bundan o‘zi ham yutgan bo‘ladi. Ayollar esa biroz bo‘lsada eriga ahamiyat berishga, o‘zida, uyda romantik holatni yaratishga harakat qilmog‘i lozim. Albatta yotog‘ingizni hamma burchagida kir pelyonkalar va pamperslar yoyilib yotsa, jinsiy aloqa uchun yetarlicha sharoit bo‘lmaydi. Yana bir narsani unutmaslik kerakki, ayollarda emizish davrida jinsiy organlaridan jinsiy aloqani yumshatuvchi maxsus suyuqlik chiqishi sustlashadi. Bu esa erkaklardan yanada katta sabr va mehrni talab etadi. Agar erkakning barcha harakatlari ham ayolda lazzatlanish imkoniyatini yaratuvchi suyuqlik ajralishiga olib kelmasa, u holda sotuvda mavjud bo‘lgan maxsus lyubrikantlardan foydalanish mumkin.

Tug‘ishdan keyin ko‘krak holati

Tuqqandan keyin ko‘krak gormonal o‘zgarishlar tufayli ancha o‘zgarishlarga duch keladi. Uning jismoniy holati ham o‘zgarib kattaroq bo‘lib qoladi. Emizish davrida bemalol jinsiy aloqaga kirishish mumkin. Iloji boricha, jinsiy aloqani emizishdan keyin yoki sutni soqqandan keyin amalga oshirmoq lozim. Shunda ko‘krakda sut miqdori kam bo‘lib, aloqa jarayonida to‘kilishi kuzatilmaydi. Shuni unutmang, sizning ayollik go‘zalligingiz ayni ona bo‘lganingizda ochiladi.

Tug‘ishdan keyin homiladorlikdan saqlanish

Eringizni sevib, sevilayotgan paytingizda unutmang: emizikli ayol bo‘lishingizga qaramay, homilador bo‘lib qolish xavfi doim mavjud. Agar barvaqt homilador bo‘lishni istamasangiz, u holda quyidagi qoidalarga amal qiling:

  • Emizishni kuniga kamida 7-8 marta amalga oshiring. Ayniqsa kechasi, uxlash paytidagi emizishlarni yo‘q qilmang;
  • Agar tuqqandan keyin oy ko‘rgan bo‘lsangiz, u holda homilador bo‘lish xavfi ortadi;

Bu ikki qoida tuqqandan keyin 6 oy ichida o‘z saqlash qobiliyatini namoyon qilishi mumkin. Olti oydan so‘ng bu xususiyat yo‘qolib, emizishga va oy ko‘rmasligingizga qaramay homilador bo‘lib qolishingiz oson bo‘ladi.

Statistik ma’lumotlarga qaraganda, emizikli ayollarda homilador bo‘lish xavfi past bo‘ladi, lekin amalda baribir homilador bo‘lib qolganlar kam emas. Shuning uchun, agar barvaqt homilador bo‘lishni istamasangiz, qo‘shimcha saqlanish usullaridan foydalaning.

Emizuvchi ayollar uchun saqlanish usullari

Agar oldin saqlanishning kalendar usulidan (ovulyatsiya kunlarini aniqlab u kunlardan boshqa payt jinsiy aloqaga kirishish) foydalangan bo‘lsangiz, bu usul tuqqandan keyin mutlaqo mos kelmaydi. Chunki tuqqandan so‘ng oy kuni qachon kelishini, uning uzunligini va davomiyligini aniqlash uchun bir necha oy talab etiladi.
Birinchi o‘rinda saqlanish usuliga prezervativlar kiradi. Bu eng oddiy va eng xavfsiz saqlanish usuli hisoblanadi.
Shifokor bilan maslahatlashgan holda saqlanish dorilarini ham iste’mol qilish mumkin. Lekin ko‘p hollarda, bu dorilar ta’sirida sut kamayib ketishi kuzatiladi. Saqlanish usullaridan yana biri - bu spiral. Uni tuqqandan so‘ng 8 haftada bachadonga o‘rnatiladi. Yangi bir saqlanish usuli bu implantlar. Implantni teri ostiga joylab (ukol yordamida) 3 oyga homiladorlikdan saqlanish ta’minlanadi. Svecha, plastir, maxsus qopqoqlar ham mavjud bo‘lib, ular bir oz qimmatligi bilan noqulaylik tug‘diradi.

Eng asosiysi, siz o‘z oilangizga mos usulini tanlab, er va xotin orasidagi munosabatingiz tuqqandan keyin yanada go‘zallashishini va takomillashib borishini, baxtli hayot uchun ta’minlang.

© Uzbaby.uz

Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.

Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.

Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60

Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
TORCH haqida nimalar bilishimiz kerak?

Ko‘pincha ayrim homilador ayollarning homilasi infeksiya sababli chala tushibdi yoki uning ichida rivojlanmay nobud bo‘libdi, deb eshitib qolamiz. Bunga TORCH infeksiyasi sabab bo‘ladi, deyishadi. Ular qanday viruslar bo‘ldi?

Toksoplazmoz

Toksoplazmoz – asab tizimini zararlaydigan, jigar va taloqning kattalashishi va limfa bezlarining o‘zgarishlari bilan kechadigan parazitli kasallikdir. Ayrim kishilarda bu kasallik belgilarsiz o‘tadi.

Organizmda immun javobning rivojlanishi natijasida qonda parazitlar kamayadi. Ammo parazit sistalari to‘qimalarda saqlanib qoladi. Bu sistalar organizmning immun tizimi sustlashganda qayta faollashishi mumkin (masalan, OIVni yuqtirgan homilador ayollarda). Kasallik qo‘zg‘atuvchisi tashqi muhitda 200 S haroratda 3 kungacha saqlanadi. Quritish, tik tushadigan quyosh nuri va yuqori haroratga ular chidamsiz bo‘ladi.

Birlamchi kasallik manbai mushuklar hisoblanadi. Odam, mushuk va itlardan tashqari barcha sut emizuvchi hayvonlar va qushlar toksoplazmoz bilan kasallanishi mumkin. Mushuklar ichagidan ajralib chiqadigan toksoplazma sistalari tuproqqa tushadi va suv, shamol, transport g‘ildiraklari orqali atrofga tarqaladi. Tuproq bilan ifloslangan yemish bilan bu sistalar boshqa qishloq xo‘jalik hayvonlari organizmiga va ularning go‘shtlari orqali odam organizmiga tushadi.

Insonning toksoplazmoz bilan zararlanishi odatda alimentar yo‘l bilan yuzaga keladi: xom yoki yetarli termik ishlov berilmagan go‘sht, ayniqsa, quyon va qo‘y go‘shtlarini iste’mol qilganda (masalan, go‘sht qiymasini ta’mini tatib ko‘rganda), odam qo‘li qum, tuproq bilan ifloslanganda va mushuklarni parvarish qilganda yuqadi.

Toksoplazmalar bilan homiladorlik vaqtida yo‘ldosh orqali homila ham zararlanishi mumkin. Infeksiyaning onadan bolaga o‘tish xavfi homiladorlikning oxirgi bosqichlarida yuqori bo‘ladi. Hazm qilish a’zolari parazitning kirish darvozasi hisoblanadi. Qo‘zg‘atuvchi qonga ingichka ichakdan so‘riladi va butun organizm bo‘ylab tarqaladi. Parazitlar asosan jigar, taloq, limfatik tugunlar, asab tizimi, yurak, skelet mushaklarini zararlantiradi. So‘ngra immunitet shakllana borishi bilan sista hosil bo‘ladi va ular organizmda o‘nlab yillar hatto, umr bo‘yi saqlanib qolishi mumkin.

Tug‘ma va orttirilgan toksoplazmoz farq qilinadi. Tug‘ma toksoplazmozning o‘tkir shakli og‘ir o‘tadi: jigar va taloqning kattalashishi, toshmalar paydo bo‘lishi bilan kechadi. Ko‘pchilik bolalarda ensefalit va ko‘zning zararlanishi kuzatiladi. Bunday toksoplazmoz surunkali shaklga o‘tganda ensefalit asoratlaridan gidrotsefaliya (bosh hajmining kattalashishi) ko‘proq kuzatiladi. Kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, toksoplazma yuqtirgan kishilarning yurish-turishi birmuncha o‘zgaradi. Ko‘proq ularda reaksiyalarning sustligi va o‘ziga ishonchsizlik hissining namoyon bo‘lishi xarakterlidir. Orttirilgan toksoplazmozda isitma, bosh og‘rig‘i, mushaklarda og‘riq va limfatik tugunlarning kattalashishi kuzatiladi.

Kasallikka tashxis qo‘yishda xastalik belgilari va laboratoriya usullari qo‘llaniladi. Toksoplazmoz bilan kasallangan bemorlarni davolash kompleks tarzda amalga oshirilishi lozim.

Uy hayvonlaridan ayniqsa, mushuklar bilan muloqotda bo‘lmaslik, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, xom va yetarli darajada termik ishlov berilmagan go‘shtni iste’mol qilmaslik ushbu dardning yuqishining oldini oladi. Bu qoidalarga ayniqsa homiladorlik vaqtida qa’tiy rioya qilish muhim.

Toksoplazmoz haqida ushbu maqola orqali ham o‘qishingiz mumkin: Toksoplazma – xavfli yo‘lovchi

Qizilcha

O‘tkir virusli infeksiya bo‘lib, mayda dog‘li toshma, isitma va homilador ayollarda homilaning zararlanishi bilan kechadi. Kasallik manbai odam hisoblanadi. Qizilchaning klinik ko‘rinishlari namoyon bo‘lgan bemor yoki kasallik toshmalarsiz kechayotgan kishilar hamda tug‘ma qizilcha bilan xastalangan bolalar organizmida virus ko‘p (1,5 yil va undan ham ziyod) vaqt davomida saqlanishi mumkin.

Bu kasallik aslida kichik yoshdagi bolalarga xos. Biroq, hozirda bemorlarning yarmidan ko‘pini 9 yoshdan yuqori bo‘lgan xastalar tashkil qiladi. Tug‘ruq yoshigacha 75-85 foiz ayollar qizilcha bilan og‘riydi va odatda bu dardga qarshi bir umrlik immunitet hosil bo‘ladi. Qizilchaga qarshi vaksinatsiya 1969 yildan emlash kalendariga kiritildi. Shundan keyin uning uchrash ko‘rsatkichi aholining jon boshiga 1: 100 000 gacha kamaydi. Virus organizmga nafas yo‘llari orqali tushadi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi toshma toshishidan 7-10 kun oldin burun-halqumdan ajralib chiqa boshlaydi. Unga qarshi immunitet paydo bo‘lishi bilan (toshmaning 1-2 kunlari) infeksiyaning organizmdan ajralib chiqishi to‘xtaydi.

Kasallikning yashirin davri 15-24 kun. Boshlang‘ich davri esa bir necha soatdan bir kecha-kunduzgacha davom etadi.

Tana haroratining ko‘tarilishi, quruq yo‘tal va ko‘zning qizarishi xastalikning o‘ziga xos belgilaridandir. Bu dard avj olgan davrda bo‘yinning orqa, ensa, quloq orti limfa bezlarining kattalashishi kuzatiladi. Kattalashgan bezlar esa qattiqlashadi va ular paypaslab ko‘rilganda og‘riq seziladi. Kasallikka xos bo‘lgan belgilardan yana biri yasmiq (chechevitsa doni) kattaligida hosil bo‘ladigan och qizil rangdagi toshmalardir. Toshmalar qichishish bilan kechadi. Ko‘pincha ular oyoq va qo‘llarning yoziluvchi yuzalari hamda qorin va ko‘krakda paydo bo‘ladi. Ayrim hollarda taloq kattalashadi, og‘iz bo‘shlig‘ida qizil dog‘lar shaklida toshmalar paydo bo‘ladi. Ayrim hollarda qizilcha hech qanday belgilarsiz ham kechishi mumkin.

Qizilchaga tashxis qo‘yishda ma’lum qiyinchiliklar mavjud. Bu qiyinchiliklar ushbu dardning klinik ko‘rinishlarining ko‘pligi va ularning ko‘p kasalliklarga o‘xshashligidir. Xastalikka tashxis qo‘yishda laboratoriya usullari muhim ahamiyatga ega. Agar inson o‘z vaqtida emlansa, bu kasallik bilan umuman og‘rimasligi mumkin.

Virus ona organizmida homilaning benuqson o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Uning markaziy asab tizimining zararlanishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, homilaning katarakta, glaukoma, karlik, yurak yetishmovchiligi va boshqa tug‘ma nuqsonlar bilan rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Bugungi kunda kattalarda uchraydigan Alsgeymer (aqli zaiflik) kasalligiga bolalikda boshdan o‘tkazilgan qizilcha sabab, degan faraz mavjud

Sitomegalovirus infeksiyasi (SMVI)

Hozirgi vaqtda dunyoning barcha mamlakatlarida keng tarqalgandir. Ayniqsa, oxirgi o‘n yillikda sitomegalovirus qo‘zg‘atadigan kasalliklar ko‘p uchray boshladi.

Zararlangan organizmdan virus peshob, so‘lak va ko‘z yoshi orqali ajraladi. Onadan bolaga virus so‘lak orqali ham yuqishi mumkin. Kattalar uchun ham, bolalar uchun ham kasallik manbai bemor yoki virus tashuvchi bo‘lishi mumkin.

Mazkur infeksiyada homila rivojlanish bosqichining dastlabki davrida uning zararlanishi uchun katta xavf tug‘iladi. Ushbu virusni yuqtirgan bemorda o‘tkinchi sariqlik, jigar va taloqning kattalashishi kuzatiladi. 10-30 foiz holatda virus yuqtirgan bolalarda eshitish asab tolasining atrofiyasi va aqliy zaiflik kuzatiladi.

Jinsiy yo‘l orqali kasallik ko‘p tarqaladi. Shuningdek, uning havo-tomchi yo‘li orqali yuqish xavfi ham ma’lum. Qon yoki qon mahsulotlarini quyish, to‘qima va a’zolarni ko‘chirib o‘tqazish ham bu dardning yuqishida asosiy omildir.

Tug‘ma tarqalgan SMVI teri va shilliq qavatlarda turli toshmalar, ichki a’zolar va bosh miyaga qon quyilishi, kamqonlik, jigar, taloq va buyraklarda kasallik o‘choqlarining hosil bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Shu bilan birga ko‘zning zararlanishi ham kuzatiladi.

Kasallikka tashxis qo‘yish jarayoni ancha qiyin kechishi mumkin. Homilador ayollarda qayta homila tushishi hollari kuzatilganda va chaqaloq o‘lik tug‘ilganda organizmda virusning yashirin holatda mavjudligi haqida gumon qilish mumkin. Tashxis qo‘yish laboratoriya tekshiruvlari asosida amalga oshiriladi.

Yuqorida keltirilgan jarayonlarning yig‘indisi jigar ichida rivojlanadigan xolestazga ham sabab bo‘lishi mumkin. Shuni ta’kidlash zarurki, surunkali kechadigan SMVli gepatitda o‘t suyuqligining dimlanishi (xolestaz) belgilari (sariqlik, qichishish) asosiy rol o‘ynaydi.

Xastalikni davolashda hozircha virusga qarshi yuqori samarali dori yo‘q. Bugungi kunda unga qarshi istiqbolli kimyoviy dori vositalarni ishlab chiqarish va klinik sinovdan o‘tkazish bo‘yicha ilmiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Gerpetik infeksiya

Bu qator kasalliklar guruhini o‘z ichiga oladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra oddiy gerpes virusi qo‘zg‘atadigan kasallik virusli infeksiyalar sabab bo‘ladigan o‘lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallaydi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi yoki uning antigenlari 80-90 foiz antitelolar esa deyarli 100 foiz katta yoshdagi kishilarda aniqlanadi. Ulardan 10-20 foizigina kasallikning klinik belgilari bilan kechadi.

Hozirgi vaqtda fanda 90 ga yaqin gerpes viruslariga ta’rif berilgan: ulardan beshtasi odamdan ajratib olingan. Oddiy gerpes virusi 1 (HSV-1), oddiy gerpes virusi 2 (HSV-2), sitomegalovirus (CMV), suvchechak virusi / suvli temiratki virusi (VZV) va Epshteyn-Barr virusi (EBV)dir.

Kasallikning yashirin davri 2 kundan 12 kungacha (ko‘pincha 4 kun) davom etadi. Gerpetik toshma odatda og‘iz bo‘shlig‘i atrofida, lablarda, burun qanotlarida uchraydi. Bemorlar zararlangan teri sohasining achishishi va terining qichishishidan shikoyat qiladi. Gerpes virusining herpes gladiatorum shakli terining katta sohasini zararlaydi. Toshma joyida qichishish, achishish va og‘riq paydo bo‘ladi. Keng tarqalgan toshmalar kuzatilganda tana haroratining ko‘tarilishi (38-39°S gacha) hamda holsizlik va mushaklarda og‘riq kuzatiladi. Toshmalar asosan yuz terisida, qo‘llarda va tanada uchraydi. Limfa tugunlari kattalashadi va ular paypaslaganda og‘riq seziladi.

Genital (jinsiy a’zolar atrofidagi) gerpes homilador ayollar uchun katta xavf tug‘diradi. Ko‘zning gerpetik infeksiya ta’sirida zararlanishi ko‘pincha 20-40 yoshlardagi bemorlarda ko‘proq uchraydi. Bu holat insonning ko‘r bo‘lib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Gerpetik infeksiya AQSHda virusli ensefalitlarning eng ko‘p uchraydigan sabablaridan biridir (20 foiz ensefalitlarning sababi gerpetik infeksiyadir).

Gerpetik infeksiyaning visseral (ichki a’zolarga tegishli) shakllari ko‘pincha o‘tkir pnevmoniya va gepatit ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga qizilo‘ngachning shilliq qavatlari zararlanadi. Gerpetik pnevmoniya (zotiljam) virusning traxeya va bronxlardan o‘pka to‘qimasiga tarqalishi tufayli vujudga keladi. Gerpetik gepatit immun tizimining faoliyati pasaygan kishilarda ko‘p uchraydi. Bunda tana harorati ko‘tariladi, teri va shilliq qavatlarda sariqlik paydo bo‘ladi. Tarqalgan gerpetik infeksiya teri va shilliq qavatlarning zararlanishi, gerpetik ensefalit yoki meningoensefalit, gepatit, ayrim hollarda esa pnevmoniya rivojlanishi bilan kechadi. Bugungi kunda gerpesga qarshi maxsus dorilar qo‘llanilmoqda.

Boshqa infeksiyalar

TORCH tushunchasiga kiradigan infeksiyalarga har xil kasalliklar kiradi. Ular asosan homilaga juda jiddiy zarar yetkazish xususiyatlarini e’tiborga olgan holda mazkur guruhga kiritilgan. Hozirgi paytda other tushunchasiga quyidagi infeksiyalar kiritilgan: xlamidioz, mikoplazmoz va boshqalar.

Xlamidiozlar xlamidiy guruhiga mansub mikroblar qo‘zg‘atadigan yuqumli kasalliklardir. Inson uchun uch turdagi xlamidiylar xavfli hisoblanadi: Chlamydia trachomatis, Chlamydia pneumoniae va Chlamydia psittaci. Xlamidiozlar jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar, pnevmoniya, faringit va boshqa kasalliklar rivojlanishiga sabab bo‘ladi.

Xlamidiya traxomatis jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklardan biridir. Peshob yo‘llari a’zolarining xlamidiyali infeksiyalari urogenital xlamidioz deb nomlanadi. Erkaklarda Chlamydia trachomatis prostatit, uretrit, ayollarda esa kichik tos a’zolarining yallig‘lanish kasalliklarini chaqiradi. Bundan tashqari ikki jins vakillarida ham bu turdagi xlamidiyalar artritlar (bo‘g‘imlar yallig‘lanishi)ni keltirib chiqarishi mumkin.

Mikoplazmoz – bu mikoplazmalar – bakteriyalar, zamburug‘lar yoki viruslar oralig‘ida joylashgan mikroblar qo‘zg‘atadigan o‘tkir yoki surunkali yuqumli kasallikdir. Inson organizmida 14 turdagi mikoplazmalar bo‘lishi mumkin. Jami uch turdagi – Mycoplasma hominis va Mycoplasma genitalium (jinsiy va peshob yo‘llari kasalliklari qo‘zg‘atuvchilari) va mycoplasma pneumoniae – nafas yo‘llari infeksiyalari qo‘zg‘atuvchilari inson organizmida kasallikni keltirib chiqarishi mumkin. Homiladorlarda uchraydigan mikoplazmoz – og‘ir kasallik bo‘lib, homilaning chala tushishi yoki homiladorlikning cho‘zilishi, hamda tug‘ruqdan keyin bachadon yallig‘lanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ta’kidlash joizki, TORCH guruhiga kiritilgan kasalliklarni erta aniqlash, davolash va profilaktika o‘tkazish – xastaliklarning turli asoratlarini oldini olishda samarali va muhim tadbirlardandir.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Skrining markazlar vazifalari nimalardan iborat?

© Allabergan BAYJANOV,
Samarqand viloyati klinik yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori.

Nargiza YARMUXAMЕDOVA,
tibbiyot fanlari nomzodi.

"Sog‘lom avlod" gazetasi.
Soglom.uz

Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.

Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.

Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60

Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Tuxumdon kistasi - sabablari, belgilari, tashxislash va davolash usullari

Tuxumdon kistasi ayollardagi jinsiy xastaliklar orasida koʻp uchrashi jihatidan bachadon miomasidan keyingi oʻrinni egallaydi.

Tuxumdon kistasi qanday kasallik?

Tuxumdon kistasi tuxumdon yuzasida hosil boʻ­luvchi hosila boʻlib, ichi suyuqlikka toʻla boʻladi. Odatda tuxumdon kis­talari rivojlanayotgan follikuladan paydo boʻ­ladi. Ushbu kista ayol sogʻligʻi uchun aytarli xavf tugʻdirmaydi. Shu bois davolanilmasa, bir nechta hayz siklidan soʻng oʻzi soʻrilib ketadi.

Kamdan kam hollarda tuxumdon kistasi kistaning yorilishi yoki qon ke­tish bilan asoratlanadi. Ayrim hollarda kista oʻz “oyogʻi”da oʻralib qolishi, yondosh aʼzolarni bosishi mumkin. Bu hollarda shoshilinch jarrohlik yor­dami koʻrsatish kerak boʻ­ladi. Tuxumdon kistasi oʻl­chovlari bir necha smdan 15-20 sm.gacha boʻlishi mumkin.

tuxumdon kistasi

Ovulyatsiya nima? Follikula qanday paydo boʻ­ladi?

Sogʻlom ayollarda bachadonning ikki tarafida tuxumdonlar joylashgan. Tuxumdonlarda tuxum hujayralar yetiladi. Tuxumdonlar bachadon bilan bachadon naylari orqali birlashgan. Har bir tuxumdonning oʻlchami yongʻoq kattaligida boʻladi. Har hayz sikli davomida tuxumdonlardan tuxum hujayralar yetilib bachadon boʻshligʻiga tushadi. Tuxum hu­jayra yetilgunga qadar follikula ichida boʻladi.

Hayz sikli oʻrtasida fol­likula yoriladi va ichidan tuxum hujayra ba­chadon boʻshligʻiga tushadi. Follikulaning yori­­lishi ovulyatsiya deb nomlanadi. Bachadon boʻsh­ligʻiga tushgan tuxum hu­jayra spermatozoidlar bilan birlashib ayolning homilador boʻlishiga olib keladi. UTT tadqiqot vaqtida har bir tuxumdonda ovulyatsiyaga qadar bir nechta kistalarni aniqlash mumkin. Bular yetilgan follikulalardir.

Ovulyatsiya vaqtida esa bitta yoki ikkita follikula yoriladi. Ayrim hollarda esa yetilgan follikulalarda koʻp miqdorda suyuqlik toʻplanadi. Natijada follikulaning razmeri kattalashadi. Bu kasallik follikulyar kista deb nomlanadi. Agar follikula yorilmasa bir necha oy davomida saqlanib qoladi. Asta-sekin bu kistaning oʻlchami ki­chiklashadi va yoʻqolib ketadi.

Follikula yorilgandan soʻng follikula oʻrnida qolgan sariq tanada ham kista rivojlanishi mumkin. Bu sariq tana kistasi deb ataladi. Baʼzida kista ichida qon toʻplanadi. Bu hol­da kista gemorragik kis­ta deb nomlanadi.

Follikula haqida ushbu maqola orqali toʻliq maʼlumot olishingiz mumkin: Follikula nima? Follikulaning normal yetilishi va patologik holatlari

Tuxumdon kistasi rivojlanishiga moyillik tugʻdiruvchi xavfli omillar nimalardan iborat?

  • Hayz siklining muntazam boʻlmasligi;
  • Tanada ortiqcha yogʻ toʻplanishi;
  • Semizlik;
  • Hayz siklining erta boshlanishi (11 yosh va undan barvaqt);
  • Bepushtlik;
  • Gipotireoz va boshqa gormonal buzilishlar;
  • Koʻkrak bezi saratoni.

Tuxumdon kistasida qanday belgilar kuzatiladi?

Odatda tuxumdon kistasida hech qanday belgilar kuzatilmaydi. Kasallikka UTT tekshiruv vaqtida tashxis qoʻyiladi. Ayrim hollarda tuxumdon kistasi kasalligida quyidagi belgilar kuzatiladi:

  • Qorin pastki qismida kuchli ogʻriqlar kuzatilishi;
  • Hayz siklining buzilishi;
  • Qorin pastki qismida ogʻirlik hissi borligi;
  • Hayz sikli davrida qorin pastki qismida kuchli ogʻriqlarning boʻlishi;
  • Qorin pastki qismlari jismoniy mehnat vaqtida yoki jinsiy munosabatlar chogʻida toʻsatdan ogʻriq paydo boʻlishi;
  • Ichaklar va siydik pufagi boʻshalishi vaqtida qorin pastki qismida ogʻriq va ogʻirlik hissi borligi;
  • Davriy ravishda koʻn­gil aynishi va qusish;
  • Qin sohasida ogʻ­riqlar aniqlanishi va qindan qonli ajralma ajralishi;
  • Bepushtlik.

Ushbu kasallikda hech qanday belgilar kuzatilmasa, qaysi hollarda shifokorga murojaat etish lozim?

Agar sizda tuxumdon kistasi kasalligi tashxisi qoʻyilgan boʻlsa, quyidagi belgilar kuzatilganda darhol shifokorga murojaat etish lozim:

  • Tana haroratning 38,5 C dan baland boʻlishi;
  • Qorin sohasida va chanoq sohasida ogʻriq boʻlishi;
  • Koʻngil aynishi va qusish;
  • Holsizlik, bosh aylanishi va hushning yoʻqolishi;
  • Teri rangi oqarishi;
  • Hayz vaqtida koʻp miqdorda qon kelishi va uzoq davom etishi;
  • Qorin sohasining sababsiz kattalashishi;
  • Yuzda tuklarning koʻpayishi;
  • Qon bosimining oʻynab turishi (oshishi yoki tushishi)
  • Tashnalik kuzatilishi;
  • Siydik ajralishining tezlashuvi;
  • Vaznning kamayishi;
  • Qorin sohasida qoʻl bilan paypaslanadigan hosila aniqlanishi.

Kasallikka qanday tashxis qoʻyiladi?

Tuxumdon kistasi tashxisini tasdiqlash uchun quyidagi tekshiruvlar oʻtkaziladi:

  • Qin orqali UTT tekshirish;
  • Kompyuter tomografiya. Agar UTT tekshiruv kerakli maʼlumotni bera olmasa, kompyuter tomografiya tekshiruvi oʻt­kaziladi;
  • Laparoskopik operatsiya: Bu operatsiya yordamida tuxumdon kistasini aniqlash va uni olib tashlash mumkin;
  • Qondagi gormonlar miqdorini tekshirish;

Homiladorlikni aniqlash lozim. Chunki tuxumdonning kistasini davolashda homilador ayollarda va homilador boʻlmagan ayollarda farqli tomonlari bor.

Tuxumdon kistasi va oral kontratseptiv vositalar

Ayrim mutaxassislarning fikricha, homiladorlikdan saqlanish maqsadida qoʻllaniladigan oral kontratseptiv vositalar yordamida tuxumdon kistalarini davolash mumkin. Agar sizda tuxumdon kistasi rivojlanishiga moyillik mavjud boʻlsa, shifokor tavsiyasi bilan oral kontarseptiv vositalardan birontasini qabul qilishingiz mumkin.

Chunki bu gormonal vositalar ovulyatsiyani sekinlashtirib, tuxumdon kistasi kasalligining rivojlanish xavfini pasaytiradi. Shuningdek, ushbu vositalar mavjud kistaning oʻlchamini kichraytirishga ham yordam beradi.

Tuxumdon kistasi va jismoniy faollik

Ushbu turdagi kistasi mavjud ayollarga jismoniy faollik qisman cheklanadi. Ularga keskin harakatlarni bajarish, sakrash, energik mashqlar ham man etiladi.

Kista kuchli ogʻriq ber­ganda bu ogʻriqni qanday bartaraf etish mumkin?

Ayrim hollarda tuxumdon kistasi kuchli va keskin ogʻriqlar berishi mumkin. Bu holda ogʻriqni qoldiruvchi dori vositalari buyuriladi. Masalan: paratsetamolprolidnodametibuprofen. Baʼzi ayollarga iliq vanna yoki grelka ham yaxshi yordam beradi. Bu vositalar mushaklarni boʻshashtirib, zoʻ­ri­qish­ni bartaraf etadi. Bu usulni qoʻllagan vaqtingizda juda ehtiyot boʻling. Chunki grelka terini kuydirishi mumkin.

Tuxumdon kistasi va homiladorlik

Tuxumdondagi kista ho­miladorlikka salbiy taʼsir qilmaydi. Ayollarning bola koʻrish faoliyatiga ham toʻsqinlik qilmaydi. Tuxumdon kistasi mavjud ayollarda homiladorlik kuzatilishi bilan kista oʻlchamlarining kichrayishi va yoʻ­qolishi kuzatiladi. Ho­miladorlik paytida tuxumdon kistasi kamdan kam hollarda rivojlanadi.

Tuxumdon kistasi kasalligi qanday davolanadi?

Tuxumdon kistasi gormonal oʻzgarishlar natijasida kelib chiqqanligi bois odatda davolanilmaydi. Faqatgina tuxumdon kistasi 10 sm.dan katta boʻlgan holda va 3 oy davomida oʻz-oʻzidan soʻrilmagan kistalar xirurgik davolaniladi.

Tuxumdon kistasi asorat bergan taqdirda (kistaning yorilishi, kistaning oyogʻida oʻralashib qolishi, kistaning yon­dosh aʼzolarni bosishi) zudlik bilan operativ davo oʻtkaziladi.

Kista oʻlchamlarini kuzatib borish

Kista aniqlanishi bilan uning oʻsib borishi nazorat ostiga olinadi. Odatda kistaning oʻsib borishini UTT yordamida kuzatish mumkin. UTT tekshirish hayzdan soʻng oʻtkaziladi. Agar kista 3 oydan ziyod vaqt davomida saqlanib qolsa shifokor tav­siyasi bilan operativ davolaniladi.

Kasallik oqibati

Tuxumdon kistasi oqi­bati kista oʻlchamiga va ayol yoshiga bogʻliq. Koʻpchilik tuxumdon kistalari xavfsiz boʻlib, davolanishsiz oʻzi oʻtib ketadi. Ushbu kista koʻpincha tugʻish yoshidagi ayollarda kelib chiqadi. Hayz sikli kuzatilmaydigan menopauza yoshidagi ayollarda tuxumdon kistasi kamdan kam uchraydi. Ularda aksariyat hollarda xavfli oʻsmalar uchraydi. Shu bois, menopauza paytida 2-5 sm. oʻlchamga ega kistalarni jarrohlik yoʻli bilan olib tashlash tavsiya qi­linadi.

Tavsiyalarni qoʻllashdan avval shifokor bilan maslahatlashing.

Mavzuga aloqador maqolalar:

© Shahlo Rustamova.
"Bekajon" gazetasi.

Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.

Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.

Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60

Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Tug‘ma maymoqlik sabablari va davolash usullari
Tug‘ma maymoqlik eng ko‘p uchraydigan tug‘ma ortopedik kasalliklardan biri bo‘lib, o‘rta hisobda har 1000 nafar tug‘ilgan boladan 4 nafarida uchraydi. Maymoqlik og‘ir deformatsiya komponentlari bilan xarakterlanadi: ekvinus – oyoq panjasi oldi sohasi pastga burilishi, adduksiya – shu sohaning ichki tomonga burilishi, supinatsiya – panja tashqi qirrasining o‘z o‘qi atrofida pastga burilishi.

Tug‘ma maymoqlikning paydo bo‘lish sabablari haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, aniq biror xulosaga kelinmagan, lekin ba’zi vaqtlarda qarindoshlarida kuzatilganligi, ona homiladorlik davrida kasallanganligi, jarohat olganligi kabi sabablar ko‘rsatiladi.

Bolaga tashxis qo‘yilishi bilan davolashni boshlash kerak. Yuqoridagi belgilar bilan kasallik aniqlanishi qiyin emas. Bir haftalik bolaga bosqichma-bosqich gips bog‘lamlari qo‘yib boriladi, birinchi uch oyda bog‘lam har haftada almashtiriladi, asta-sekin maymoqlikning hamma komponentlari yo‘qotiladi. Etapli gips bog‘lami bilan davolash to‘liq korreksiyaga erishguncha davom ettiriladi – bu davr 3 oydan 1,5 yoshgacha davom etishi mumkin. 1,5 yoshda to‘liq korreksiyaga erishilmagan yoki davolanmagan bo‘lsa, xirurgik usullaridan biri bajariladi.

Bolalarda maymoqlikni davolashda bir necha xirurgik usullar qo‘llanishi mumkin: Zatsepin usulida tenoplastika va kapsulotomiya, axilloplastika, Ilizarov usulida korreksiya, og‘ir holatlarda va katta yoshdagi bolalarda suyak rezeksiyasi va oshiq suyagi ostidan artrodez.

Tug‘ma maymoqlikni davolashning barcha bosqichlarida ota-onalardan ortoped ko‘rsatmalarini to‘liq bajarish talab etiladi. Etapli gips bog‘lamlari qo‘yilish davrida bog‘lamni toza saqlagan holda keyingi bosqichga murojaat etish zarur. Xirurgik usul qo‘llanilganda gips bog‘lami, operatsiyadan keyingi yara sohasi toza saqlanishi kerak. Davolash muolajalari o‘tkazilib, to‘liq korreksiyaga erishilgach, bola kompleks fizioterapevtik muolajalar olishi lozim: massaj, davolash fizkulturasi, parafin yoki ozokerit, oyoq panjasi sohasiga kalsiy xlor eritmasi bilan elektroforez. Uy sharoitida ota-onalarni o‘zlari ham massaj va davolash fizkulturasi mashqlarini o‘tkazishlari mumkin.

Reabilitatsiya davrida korreksiya holatini davom ettirish maqsadida ortezlash moslamalaridan foydalaniladi. Tik turish va yurish vaqtida pronatorlik, qo‘njlik ortopedik poyabzal kiyiladi, yotgan paytda korreksiya holatidagi plastik shinadan foydalaniladi, ular individual tayyorlanadi.

Tug‘ma maymoqlikni davolashda davolovchi vrach va ota-onalar hamjihatligi natija samaradorligining asosiy omillaridan biri hisoblanadi.

© Abduhalil XUDJANOV, travmatolog-ortoped.
"O‘zbekistonda sog‘likni saqlash" gazetasi.

Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

 

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Tana harorati qanday qilib o‘lchanadi?

Haroratning oshishi — bu kasallikning muhim belgisi bo‘lib, organizmning qayeridadir yallig‘lanish boshlanganidan darak beradi. Shuning uchun, haroratingiz qancha ekanligini bilish juda muhim.

Haroratni qayerda va qanday o‘lchash mumkin?

Tana harorati har xil usullar bilan tekshiriladi:

  1. Rektal — yo‘g‘on ichakda.
  2. Oral — og‘iz ichida.
  3. Qo‘ltiq ostida.
  4. Peshonada — buning uchun arteriyani tekshiruvchi infraqizil skanerlar ishlatiladi.
  5. Quloq ichida — bu ham skanerlar yordamida amalga oshiriladi.

Har bir usul uchun har bir joyga maxsus moslashtirilgan elektron termometrlar mavjud.

Qanday termometrdan foydalansangiz ham, avval uning ishlatish yo‘riqnomasini o‘qib chiqing.

Har bir ishlatishdan keyin termometrni tozalaganingiz yaxshi: agar imkoni bo‘lsa yuvish, yoki antiseptik vosita bilan artish lozim. Agar termometr namlikka sezuvchan bo‘lsa, ehtiyot bo‘ling, buzilib qolishi mumkin.

Haroratni qo‘ltiq ostida o‘lchash

Ko‘pincha biz haroratni qo‘ltiq ostida o‘lchashda odatdagi simobli yoki elektron termometrdan foydalanamiz. Buni to‘g‘ri amalga oshirish uchun nimalarga e’tibor berish kerak:

  1. Haroratni ovqat yeyish va jismoniy og‘irliklardan keyin darrov o‘lchash mumkin emas. Yarim soat kuting.
  2. O‘lchashdan oldin shisha termometrni silkitish kerak: simob ustuni 35 °C dan pastroqda turishi kerak. Agar termometr elektron bo‘lsa, uni yoqing.
  3. Qo‘ltiq osti quruq bo‘lishi kerak. Terni artish lozim.
  4. Qo‘lingizni mahkam siqib turing. Yaxshisi bolani qo‘lga oling va yelkasini o‘zingiz siqib turing.
  5. Agar yuqoridagi qoidaga amal qilgan bo‘lsangiz, simobli termometrda haroratni o‘lchash uchun 5 daqiqa kerak bo‘ladi.

Haroratni og‘izda o‘lchash

Bunday usul to‘rt yoshdan kichik bolalar uchun to‘g‘ri kelmaydi, chunki bunday yoshdagi bolalar hali termometrni muvofiq holda tutib tura olmaydi.

  1. Termometrni yuving.
  2. Datchik yoki simobli moslamani tilning tagiga qo‘yish va gradusnikni lablar bilan tutib turish kerak.

Haroratni quloqda o‘lchash

Buning uchun maxsus infraqizil termometrlar mavjud: boshqa termometrlarni quloqqa tiqish foydasiz. 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarning harorati quloqda o‘lchanmaydi, chunki rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlari tufayli natija noaniq bo‘lishi mumkin.

Quloqni bir tomonga biroz torting va termometr datchigini quloq ichiga qo‘ying. O‘lchash uchun bir necha soniya kerak bo‘ladi.

O‘xshash maqola: Bola isitmalaganda birinchi yordam ko‘rsatish

© Detstrana.ru / Daryo.uz

Gripp va yuqori nafas yo'llarining infeksiyalarini alomatlarini davolash uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Griphotdir.

Griphot bu – alohida paketlarga qadoqlangan eriydigan granulalar.

Har bir paket tarkibi:

Faol moddalar: parasetamol - 500 mg, fenilefrin gidroxlorid - 10 mg, oksalamin sitrat - 100 mg, xlorfeniramin maleat - 2 mg; Yordamchi moddalar: tartarik kislota, limon kislotasi, natriy gidrokarbonat, natriy karbonat, xinolin sarig'i, limon lazzati, Kollidon K-30, saxarin, saxaroza.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi - https://apteka.uz/product/gripkhot

Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Teraflyu, Rinil hotmiks, Insti, Sinupret ekstrakt, Rinomaks, ASS va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Tug‘ma ichak tutilishi (Mutaxassis bilan suhbat)

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti “Gospital bolalar xirurgiyasi va bolalar onkologiyasi” kafedrasi assistenti, Toshkent shahar 2-son bolalar jarrohlik klinik shifoxonasi shifokori, tibbiyot fanlari doktori Jamoliddin SATTAROV bilan suhbat.

– Bolalarda jarrohlik talab etadigan tug‘ma nuqsonlar, jumladan oshqozon-ichak traktining tug‘ma ichak tutilishi kasalliklari va kelib chiqish sabablari haqida to‘xtalib o‘tsangiz.

– Tug‘ma nuqson deganda, anatomik tuzilishning buzilishi va buning natijasida a’zo va tizimlar faoliyatining izdan chiqishi tushuniladi. Tug‘ma nuqsonlar xilining ko‘pligi va klinik manzarasining har xil yoshda turlicha kechishi, ularga aniq tashxis qo‘yishni qiyinlashtiradi va bu jarrohlarni tug‘ma nuqsonlarni mukammalroq o‘rganishga undaydi.

Bolalarda oshqozon ichak tizimi rivojlanishi nuqsonlaridan tug‘ma ichak tutilishi ko‘proq uchraydi. Aslida homilaning 4-12 haftasida oshqozon ichak tizimi shakllanib bo‘lishi kerak. Lekin bu davrda homilaga turli xil (tashqi va ichki) omillar ta’siri sababli oshqozon-ichak traktida nuqsonlar paydo bo‘lishi mumkin.

Masalan:

  • oshqozon-ichak traktining shakllanish nuqsonlari: atreziya, stenoz (ichak torayishi), membrana (to‘liq yoki qisman to‘siq bo‘lishi);
  • ichaklarning tashqi tomondan bosilishi natijasida kelib chiqadigan nuqsonlar (taqasimon va halqasimon oshqozon osti bezi, oshqozon-ichak traktining ikkilanishlari, qorin bo‘shlig‘ining kistoz xosilalari);
  • ichaklar rotatsiyasi (joylashuvi) va fiksatsiyasi nuqsonlari (Ledd sindromi, aynan ingichka ichak buralishi, ichaklarning patologik fiksatsiyasi, o‘rta ichak buralishlari, mezokolikopariyetal churralar, noto‘liq rotatsiya, amalga oshmagan rotatsiya, teskari rotatsiya);
  • mekoniyali ileus va boshqalar tug‘ma ichak tutilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Tug‘ma ichak tutilishining turli shakllari aksariyat holatlarda neonatal (chaqaloqlik davri) va 3 oylikkacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi. Bunda ko‘plab tug‘ma rivojlanish nuqsonlari va buning ustiga qo‘shimcha somatik kasalliklar tufayli yuzaga keladigan moslashuvning buzilish holati davolash natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Tug‘ma ichak tutilishi katta yoshdagi bolalar va o‘smirlar orasida kuzatilganda kasallikka tashxis qo‘yish murakkabligi tufayli bemor hayotiga xavf soluvchi asoratlarning rivojlanishi operatsiya muolajasini o‘tkazishni va operatsiyadan keyingi davrning kechishini yanada chigallashtiradi.

Yaxshiyamki, zamonaviy tibbiyot sohasida bizning mamlakatimizda ham jahon standartlariga mos keladigan yuqori sifatli tashxislash va davolash ishlari yo‘lga qo‘yilgan va yuqorida aytilgan muammolar muvaffaqiyatli hal etilmoqda. Misol uchun, Respublika perinatal markazida aynan tug‘ma nuqsonlarni tashxislash va davolashda erishilayotgan yutuqlarni e’tirof etish kerak. Shuningdek, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikalarida ham, xususan “Gospital bolalar xirurgiyasi” kafedrasida tug‘ma va orttirilgan kasalliklar bo‘yicha ilmiy-amaliy tadqiqot ishlari muvaffaqiyatli olib borilmoqda. Respublikamiz viloyatlarida tug‘ma ichak tutilishini erta tashxislash, ya’ni go‘dak ona qornidaligidayoq aniqlash va kompleks tashxislash usullari va davolash yo‘lga qo‘yilgan. Aynan tug‘ma ichak tutilishi xastaligini davolash yo‘nalishida neonatal xirurgiya, bolalar jarrohligi va gastroenterologiya bo‘limlari reja asosida, tadqiqotlar natijalaridan foydalanib, bolalar jarrohligi mutaxassisligi bo‘yicha talabalar, magistrlar va klinik ordinatorlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayonini olib bormoqda.

– Ba’zida yuzaga kelgan tug‘ma yoki orttirilgan nuqsonlarni bartaraf etish uchun jarrohlik amaliyoti zarur bo‘ladi. Jarrohlikni o‘tkazish muddati ham muhim ahamiyatga ega ekan, shundaymi?

– Ha, bu kasallikda jarrohlik muolajasi davolashning asosiy bosqichi hisoblanadi. Ayniqsa, bolalarda ushbu muolajani o‘tkazish uchun muddatni aniq belgilash muhim ahamiyatga ega.

Jarrohlikni amalga oshirishda zaruriy (absolyut) va nisbiy ko‘rsatmalar bo‘ladi. Zaruriy ko‘rsatma bemorning hayoti xavf ostida qolishi mumkin bo‘lgan holatlarda, masalan, orttirilgan yoki tug‘ma ichak tutilishi, destruktiv appenditsit, ichakning churrada qisilib qolishi kabilarda, qorin bo‘shlig‘ida o‘tkir kechayotgan kasalliklarda beriladi.

Nisbiy ko‘rsatma rejali jarrohlik muolajasiga ko‘rsatma bo‘lgan holatlarda, masalan, siqilmagan chov churralari, gipospadiya, polidaktiliya, kindikning tug‘ma oqmalari, kistalari va hokazolarda beriladi. Bu holatda shoshilinch jarrohlik muolajasi o‘tkazishga ehtiyoj bo‘lmaydi.

Jarrohlik o‘tkazish vaqtini aniqlashda bola yoshi katta ahamiyatga ega. Lekin, zaruriy ko‘rsatma bo‘yicha jarrohlik muolajasi hamma yoshdagi bolalarda, chaqaloqlarda va xatto chala tug‘ilgan chaqaloqlarda ham o‘tkazilishi mumkin.

Nisbiy ko‘rsatma bo‘lgan hollarda esa kasallikning xususiyati, bolaning yoshi hisobga olinib, reja asosida jarrohlik muolajasini o‘tkazish muddati belgilanadi. Masalan:

Faqat ayrim hollardagina (misol uchun, kindik churrasida) jarrohlik muolajasini o‘tkazish muddati kechiktiriladi. Chunki kechiktirilgan muddat ichida kasallik yo‘q bo‘lib ketishi yoki muolaja o‘tkazish uchun qulayroq shart-sharoit tug‘ilishi mumkin.

– Bolalarni jarrohlik amaliyotiga tayyorlash jarayonida ota-onalarga ham qo‘shimcha vazifalar yuklanadimi?

– Ota-onalarga nafaqat operatsiya oldidan, balki keyingi davri uchun ham qo‘shimcha vazifalar yuklanadi. Vazifalar bemorning yoshi, kasallik turi, davri va kechishiga qarab belgilanadi. Muhimi, ota-onalar farzandlarini o‘z vaqtida kerakli mutaxassisga olib borib, tibbiy ko‘rikdan o‘tsalar, biz shifokorlar ham kasallikni aniq tashxislab, tez va samarali davolashga erishishimiz mumkin.

Respublikamizning barcha viloyatlarida homiladorlarni tekshiruvdan o‘tkazish uchun skrining va perinatal markazlari mavjud, bugungi kunda ularga murojaat etib, tug‘ma nuqsonlarni aniqlash va tegishli ko‘rsatmalarni vaqtida olish muhim. Shunda homila taqdirini belgilash (homiladorlikni to‘xtatish yoki bola tug‘ilishiga ruxsat berish) hisobiga og‘ir anomaliyalar sonini kamaytirish imkoniyati mavjud bo‘ladi.

Yaxshisi, ota-onalar tug‘ma nuqsonlarning oldini olish uchun o‘z vaqtida harakat qilganlari ma’qul. Buning uchun yoshlikdan sog‘lom turmush tarziga, ratsional ovqatlanish tamoyillariga amal qilishi, dori-darmonlardan bilib-bilmay foydalanishga chek qo‘yishi, bo‘lajak ona o‘ziga va kelgusidagi bolasi sog‘ligiga befarq bo‘lmaslikni o‘rganishi zarur. Bu boradagi ishlarni homilaning ona vujudida paydo bo‘lishidan avvalroq boshlab, homiladorlik davrida davom ettirib, bola tug‘ilgandan keyin ham og‘ishmay amal qilish zarur bo‘ladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Appenditsit – ko‘richak chuvalchangsimon o‘simtasining yallig‘lanishi

© Jamoliddin SATTAROV, tibbiyot fanlari doktori.
Muhabbat XO‘JAMURODOVA, jurnalist.
"Sihat-salomatlik" jurnali.

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Tromboz nima va uni qanday bartaraf etish mumkin?

Tromboz – organizmning turli sohalaridagi vena qon tomirlarida qonning qotib qolishi yaʼni lahta hosil boʻlishidir. Koʻpincha tromb son, boldir yoki chanoq sohalarida paydo boʻladi. Tromb natijasida qon oqimi qisman yoki toʻliq buzilishi mumkin. Agar tromb joyidan koʻchsa, qon oqimi bilan birgalikda boshqa aʼzolarga borib tiqilib qolishi mumkin, bunday holat inson hayotiga xavf tugʻdiradi. Shu sababli tromboz holatini zudlik bilan bartaraf etish lozim.

Tromboz

Oyoqlarda paydo boʻlgan tromboz natijasida posttromboflebitik sindrom kelib chiqishi mumkin, bunda bemorda oyoqlarda kuchli shish, qattiqlashish va teri yalligʻlanishi kuzatiladi. Sekin astalik bilan oyoqlarda yaralar paydo boʻla boshlaydi.

Tromboz kimlarda koʻproq kuzatilishi ehtimoli yuqori?

Deyarli barcha insonlarda tromboz kelib chiqishi mumkin. Tromb hosil boʻlishi ehtimoli quyidagi holatlarda yuqori boʻladi:

Avval trombozdan aziyat chekkan insonlarda qayta tromb hosil boʻlishi ehtimoli yuqori boʻladi.

Trombozni qanday aniqlab olsa boʻladi?

Koʻpincha insonlar qon tomirlar ichida tromb hosil boʻlganligini sezishmaydi, toki teri ostidan qon tomirlarning tashqi belgilari paydo boʻlmagunga qadar. Tromboz holatining simptomlari quyidagilar:

  • Zararlangan sohada kuchli ogʻriq boʻlishi;
  • Tromb hosil boʻlgan sohada qizarish va mahalliy haroratning koʻtarilishi;
  • Venalar teri ostidan kuchli namoyon boʻlishi.
  • Agar tromb oyoqda paydo boʻlsa oyoqlarni bukib yozganda ham kuchli ogʻriq kelib chiqadi.

Shifokorga qachon murojaat etish kerak?

Yuqorida sanab oʻtilgan belgilar paydo boʻlishi bilan davolovchi shifokorga murojaat eting. Mutahassis sizni flebolog yoki qon tomir jarrohiga yuborishi mumkini. Agar yuqoridagi belgilarga hansirash, koʻkrak sohasida ogʻriq va diskomfort hissi, yoʻtal, koʻp ter ajralishi, bosh aylanishi yoki hushdan ketish holatlari, lablarning koʻkarishi kabi holatlar ham qoʻshilsa, darhol tez tibbiy yordamga qoʻngʻiroq qiling. Bunday belgilar oʻpka qon tomirlari emboliyasidan dalolat beradi.

Tromboz davosi

Tashxis qoʻyish uchun bir necha tekshiruvlardan oʻtish talab etiladi. Qon analizlari, MRT, KT, flebografiya, qon tomirlar UTT (UZI) tekshiruvi kabilar. Tekshiruvlar yordamida tromb aniqlanishi va uning harakatchan yoki harakatchan emasligi haqida maʼlumotga ega boʻlishi mumkin.

Shifokor qonni suyultiruvchi preparatlar buyurishi mumkin, bundan tashqari oyoqlarda bosimni kamaytirish uchun maxsus kompression bogʻlamalardan foydalanish ham tavsiya etiladi. Ogʻri holatlarda jarrohlik yoʻli bilan tromb olib tashlanadi – trombektomiya.

Uy sharoitida trombozni davolash

Shifokor buyurgan preparatlardan tashqari quyidagi tavsiyalar ham tromboz davosida muhim ahamiyat kasb etadi:

  • Hayot tarzini oʻzgartirish, koʻproq yurish – oyoqlarda qon aylanishini yaxshilaydi, yangi tromblar hosil boʻlish ehtimolini kamaytiradi;
  • Zararlangan oyogʻingizni balandroq holatda koʻtarib uxlang. Bunday holat oyoqlarda bosimni kamaytiradi;

Toʻgʻri ovqatlanish ratsioniga amal qiling – koʻproq mevalar, koʻkatlar va sabzavotlar isteʼmol qiling. Ular tarkibida mineral va vitaminlar koʻp saqlanadi.

Tarkibida K vitamin koʻp boʻlgan mahsulotlarni isteʼmol qilishda ehtiyot boʻling, masalan mol jigari, brokkoli, karam, koʻk piyoz, shpinat va boshqalar. Albatta diyeta tuzishda shifokor yordamidan foydalaning. Har qanday vitamin preparatlarini qabul qilishda shifokor koʻrsatmasi kerak boʻladi.

Tromb hosil boʻlishi profilaktikasi

Profilaktik chora tadbirlar juda oson. Shunchaki bir joyda uzoq muddat oʻtirmang, koʻproq jismoniy mashqlar bajaring, koʻproq piyoda sayr eting.

Agar uzoq muddat oʻtirishga majbur boʻlsangiz (masalan avtomobilda uzoq yoʻl yurish) oyoqlarni yengil harakatlar yordamida mashq qildiring. Bundan tashqari ortiqcha vaznga ega boʻlgan insonlar vazn tashlash hamda zararli odatlardan voz kechish tavsiya etiladi.

ico
Tish ogʻrishi - sabablari va ogʻriq qoldirish usullari

Tish ogʻrigʻi insonni juda kuchli azoblovchi ogʻriqlardan biri hisoblanadi. Tish ogʻrishi sababli bemorda koʻpgina noqulayliklar kelib chiqishi mumkin. Ogʻriq har qanday yuz harakatlari vaqtida, gapirganda, ovqat isteʼmol qilganda yuzaga chiqishi mumkin, ogʻriqning xarakteri doimiy, vaqti-vaqti bilan boshlanuvchi, oʻz-oʻzidan boshlanuvchi yoki biror bir taʼsirot natijasida paydo boʻluvchi boʻlishi mumkin.

Tish ogʻrishi,  tish ogʻrigʻi

Ozuqa mahsulotlar isteʼmol qilgan vaqtda surunkali tish ogʻrigʻi kuzatilishi tish kariyesidan darak beradi. Xurujsimon ogʻriq hech qanday omillarsiz yuzaga chiqsa, ayniqsa tungi vaqtda paydo boʻlishi pulpitdan dalolat. Doimiy va oʻtkir ogʻriq (pulsatsiyalanuvchi), bir dona tishda paydo boʻlishi parodontitdan darak beradi. Aniq tashxis faqatgina shifokor tomonidan qoʻyiladi.

Tish ogʻrigʻi kasallikning ancha oʻtib ketganligidan xabar beradi, yaʼni asoratlar boshlanishi kuzatiladigan vaqt. Ogʻriqning oʻz-oʻzidan oʻtib ketishi yoki ogʻriqning kamayishi kasallikning tuzalganligi tufayli roʻy bermaydi, aksincha kasallik keyingi bosqichiga oʻtganlik belgisi hisoblanadi.

Tish ogʻrigʻi tishni oʻrab turuvchi nerv tolasi zararlanganligi belgisidir. Koʻpincha tish ogʻrigʻi toʻsatdan boshlanadi, quloq yoki chakkaga ham ogʻriq tarqaladi, issiq yoki sovuq harorat taʼsirida kuchayadi.

Tish ogʻrigʻi turlari

Tish ogʻrigʻi turli xil sabablar tufayli kelib chiqishi mumkin – oddiy sezuvchanlikning ortib ketishidan tortib pulpitgacha va har bir patologik holat uchun spetsifik ogʻriqning xarakteri mavjud.

Tishlar sezuvchanligining ortib ketishi

Har qanday tashqi qoʻzgaʻ​tuvchi omil ogʻiz boʻshligʻida yoqimsiz sezgini chaqirishi mumkin, oʻtkir ogʻriq, toʻsatdan paydo boʻlishi tishlar sezuvchanligi ortganligidan dalolat beradi. Bunday holat sababi quyidagilar boʻlishi mumkin:

  • Tish tashqi qavati – emal qavatda yoriq, teshiklar paydo boʻlishi;
  • Tish emalining fiziologik yupqalashuvi, tishdagi toshlar;
  • Milklarning infeksion-yalligʻlanish kasalliklari.

Tish ogʻrishi sababi: Kariyes

Tish emal qavatidan boshlanib tishning ildizigacha zararlanadigan kasallik sababli insonda bir qator noqulayliklar kelib chiqishi mumkin:

  • Avvaliga tish yemirilishining ilk davrlarida bemorlar issiq yoki sovuq mahsulot isteʼmol qilgan vaqtlarida ogʻriqqa shikoyat qiladilar;
  • Kariyesning ikkinchi bosqichida ogʻriq sindromi ovqatlangandan soʻng, ovqat qoldiqlari kariyes boʻshliqlariga (chuqurcha, yoriqcha) kirib qolishi natijasida kelib chiqadi;
  • Kariyesning ogʻir darajasida tishda ogʻriq doimiy boʻladi, koʻpincha tunda bezovta qiladi, ogʻiz boʻshligʻining barcha qismiga tarqaladi.

Eʼtibor bering! Kariyesning soʻngi bosqichida kasallik pulpit yoki peridontit bilan birgalikda kechadi, aynan mana shu sababli ogʻriq kuchli va doimiy xarakterga ega boʻladi.

Tish ogʻrishi sababi: Pulpit

Tishning oʻrta qavati pulpa deb nomlanadi – bu qavat qon tomirlarga va nerv oxirlariga boy boʻladi. Aynan mana shu qavatda nerv oxirlari koʻp boʻlganligi sababli pulpa zararlanganda ogʻriq kuchli boʻladi, koʻpincha ogʻriq oʻz oʻzidan oʻtib ketadi.

Ogʻriq tunda bezovta qiladi, kuchli boʻladi, surunkali uyqu buzilishiga sabab boʻladi, ovqat isteʼmol qilayotganda noqulaylik seziladi, pulpaning zararlangan qismiga kichik oʻlchamdagi ozuqa boʻlakchasi tushsa ham ogʻriq juda kuchli boʻladi.

Tish ogʻrishi sababi: Peridontit

Peridontit har doim kuchli ogʻriq sindromi bilan kechadi. Bunda tish ildizining yuqori qismlari yalligʻlanadi. Peridontit kasalligida tishlarni mahkamlab turuvchi tish boylamalari boʻshashadi, shish va giperemiya (qizarish) jarayonlari milklarni qamrab oladi.

Diqqat! Tishlarda boʻladigan ogʻriq har doim ham tishlardagi infeksion yoki yalligʻlanish jarayonidan dalolat bermaydi. Masalan, gaymorit kasalligida ogʻriq sindromi nafaqat yuzda, balki tishlarda ham boʻladi. Bunday holatda bemorda tana harorati koʻtariladi, umumiy intoksikatsion belgilar namoyon boʻladi.

Tish ogʻrishi xavfliligi

Agar ogʻriq sindromi oʻz-oʻzidan kamaygan boʻlsa ham yoki oʻtib ketsada kasallik butunlay tuzaldi degani emas. Kasallik oʻtkir shaklidan surunkali koʻrinishiga oʻtadi. Nerv oxirlari oʻladi, ammo kasallik davom etaveradi, buning natijasida absess, flegmona va osteomiyelit​ kabi jiddiy asoratlar kelib chiqishi mumkin.

Diagnostikasi

Oʻtkir ogʻriq boshlanadigan boʻlsa, darhol shifokorga murojaat qiling. Faqatgina shifokor ogʻriq sababi va uni bartaraf etishning eng samarali yoʻllarini tavsiya qila oladi. Tishdagi muammolarni bilish uchun shifokor koʻ​ruvi va zarurat boʻ​lsa, rentgenografiya tekshiruvi oʻtkaziladi. Tish ogʻrigʻida jiddiy kasalliklarni istisno qilish zarur, masalan jagʻ saratoni, gaymor boʻshligʻi yalligʻlanishi (gaymorit), markaziy nerv tizimi kasalliklari.

Tish ogʻrigʻini qoldirish

Ogʻriqni bartaraf etish ogʻriqning sababiga asoslangan holda olib boriladi. Agar ogʻriq sababi pulpit boʻlsa, tish pulpasi olib tashlanadi va uning oʻrni plombalanadi.

Agar ogʻriq tunda yuzaga kelsa va tish shifokoriga murojaat etishning imkoni boʻlmasa, uy sharoitida amalga oshiriladigan chora tadbirlardan foydalanish zarur. Tishdagi kariyes boʻshliqlariga kirib qolgan ovqat qoldiqlarini ehtiyotkorlik bilan tozalang. Ovqat isteʼmol qilishni cheklang.

Ogʻiz boshligʻini ichimlik sodasi, ibuprofen, metamizol natriy, asetil salitsil kislotasi yoki har qanday ogʻriq qoldiruvchi preparat eritmasi bilan chayqang, yoki analgetiklarni tabletka koʻrinishida qabul qiling. Ammo, tabletkalarni ogʻriq boʻlib turgan tish sohasida ushlab turmang, preparatlar shilliq qavatlarni kuydirishi mumkin.

Xalq tabobatida tish ogʻrigʻini bartaraf etish

Xalq tabobatida tish ogʻrigʻini bartaraf etishda quyidagilardan foydalanish mumkin: sarimsoq piyozni maydalab dokaga joylang va tashqi tomondan teri ustidan ogʻriyotgan tish sohasida ushlab turing. Spirt eritmasi analgetik hisoblanmaydi, aksincha uning konsentratsiyasi yuqori boʻlishi yoki boshqa preparatlar bilan taʼsiri kuydiruvchi taʼsirga ega. 

Nuqtali massaj yoki akupunktura muolajalari tish ogʻrigʻidan tez ozod etadi. Yuqori lab va burun orasidagi chuqurchani barmoq bilan bosing, bunda ogʻriq sindromi oʻtib ketadi, ammo asosiy kasallik davolanib qolmaydi. 

Agar tish ogʻrishi sababi kariyes boʻlsa, albatta vaqti vaqti bilan qayta yuzaga chiqadi. Kariyes kasalligi kuchayib borsa, ogʻriq ham shunchalik kuchli namoyon boʻladi. Peridontit kasalligi sababli yuzaga keladigan ogʻriq sindromi analgetik preparatlar taʼsiri tugagandan soʻng qayta yuzaga chiqadi.

Uy sharoitida tish ogʻrishini toʻxtatish uchun

Tish ogʻrishi tungi vaqtda bezovta qiladigan boʻlsa va bunday vaziyatda tish shifokoriga murojaat etishning imkoni boʻlmasa, holatni yengillashtiruvchi bir necha chora tadbirlar bor, ular quyidagilar:

  • Tishlar orasida qolib ketgan ovqat qoldiqlarini ehtiyotkorlik bilan tozalash, ogʻiz boʻshligʻini tozalash va keyinchalik ham ogʻiz boʻshligʻini toza holda saqlash;
  • Ogʻizni iliq ichimlik sodasi bilan chayish (1 choy qoshiq suvda eriting);
  • Ogʻriyotgan tish ustida oz miqdorda aroq ushlab turish;
  • Ogʻriyotgan tish sohasini yengil massaj qilish;
  • Ogʻ​riyotgan tish tarafda ovqat chaynamaslik;
  • Agar havo kirishi tufayli tish ogʻrigʻi kuchaysa, ogʻizni yopiq holda tuting;
  • Ogʻriq qoldiruvchi preparatlar qabul qilish (analgin, baralgin, sedalgin va boshqalar).

Tish ogʻrishi holatini bartaraf qilish uchun aspirin tabletkalarini qabul qilish tavsiya etilmaydi, chunki bu preparatning ogʻriq qoldirishda samarasi kam va nojoʻya taʼsirlari koʻproq.
Tish ogʻrigan vaqtda issiq kompress va primochkalar qilish kerak emas, issiq harorat jarayonni yanada murakkablashtiradi.​​

Yuqoridagi chora tadbirlar faqatgina tez yordam sifatida qoʻllaniladi. Tish ogʻrigʻ​iga sabab boʻlayotgan asosiy kasallikni davolash esa tish shifokori tomonidan bemor anamnezi, shikoyatlari, tekshiruvlarga asoslangan holda olib boriladi.

Ushbu maqolalarni ham oʻqing:

ico
Trombotsitopeniya qanday kasallik?
Turli adabiyotlarda trombotsitopeniyalar ko‘proq 20 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan ayollarda uchrashi qayd qilingan bo‘lsada, har ikkala jins vakillarida turli yoshda kuzatilishi aniqlangan. Har 100 ming aholi soniga nisbatan ushbu dard 1,5 dan 4 gacha uchrashi mumkin. trombotsitopeniya

Trombotsitopeniya turlari

Ular quyidagi turlarga bo‘linadi:
  1. Xastalikning nasliy turi trombotsitlarning hujayra qobig‘ida nuqson bo‘lishi tufayli kelib chiqadi. Trombopoetiklar ishlab chiqarishda va fermentlarda nuqsonlar tufayli yuzaga keladigan trombotsitlarning kamligi natijasida ham kuzatiladi.
  2. Orttirilgan trombotsitopeniyalar esa har xil kasalliklar asorati natijasida paydo bo‘ladi:
a) immun bo‘lmagan shakllari trombotsitlarning mexanik shikastlanishi tufayli hosil bo‘lishi bilan aplastik kamqonlik (anemiya)lar, surunkali radiatsion ta’sirlar, metaplastik jarayonlar, DVS-sindrom,
foliy kislota, B12 tanqisligida va boshqa shu kabi salbiy omillar asorati sababli ham paydo bo‘ladi. b) Ushbu xastalikning immun shakllari ular ichida ko‘p uchraydigan kasallikdir. Bu autoimmun trombotsitopeniya yoki trombotsitopenik purpura deb ataladi. Idiopatik trombotsitopenik purpura (ITP) – qon tizimi kasalliklaridan biri bo‘lib, trombotsitopeniya (qondagi trombotsitlar miqdorining 100 x 10*9/l dan kamligi) va suyak ko‘migidagi megakariotsitlar miqdorining me’yoridaligi yoki oshganligi bilan ifodalanuvchi qon oqishiga moyillik bilan tavsiflanadi. ITP ning yengil shaklida trombotsitlar miqdori 100-150x10*9/l, bu kasallikning o‘rtacha og‘ir shaklida trombotsitlar miqdori 40,0-100x10*9/l, og‘ir shaklida trombotsitlar miqdori – 20,0x10*9/l dan kam bo‘ladi.

Xavf omillari

Kasallikni keltirib chiqaruvchi xavf omillarga quyidagilar kiradi: zaharlanish, radiatsiya, dori-darmonlarni pala-partish qo‘llash, vaksinatsiyalar va boshqalar.

Trombotsitopeniyani tashxislash

Bemorlarning kasallik tarixida bakterial yoki virusli infeksiyalar, vaksinatsiya, stress (ruhiy zo‘riqish)lar, turli dori vositalarini ayniqsa, antiagregant va antikoagulyant dori vositalarini qabul qilishi, hayoti davomida jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazganligi yoki uning aksi, unda qon ketishining davomiyligi, vena qon tomirlarining varikoz kasalligi bor – yo‘qligi va shu kabilar so‘rab – surishtiriladi. Laboratoriya tekshiruvlari: Bemorning umumiy qon tahlili + trombotsitlar+ retikulotsitlar, peshob hamda najasning umumiy tahlili, qon guruhi xamda rezus omilni aniqlash zarur. Miyelogramma, qon zardobini gepatit hamda OIV (odam immuntanqisligi virusi) markerlariga tekshirish, koagulogramma, qonning biokimyoviy tahlili zarur bo‘lgan hollarda boshqa tekshirishlar ham o‘tkaziladi.

Trombotsitopeniya belgilari

Bemorlarning asosiy shikoyatlari: tez charchash, umumiy holsizlik, yurakning tez – tez urib ketishi, rangparlik, terisi va shilliq qavatlaridagi notekis joylashgan katta va kichik hajmdagi qon quyilishi – qontalashlar, petexiyalar, ekximozlar, ko‘karishlar, gematomalar, shilliq qavatlardan, milkdan, burundan qon ketishi, me’da-ichak yo‘llari, buyraklardan qon ketishi, inyeksiya urilgan sohaga qon quyilishi, tish olingandan so‘ng uzoq vaqt qon ketishi, ayollarda hayz siklining uzayishi, postgemorragik anemiya, suyaklardagi og‘riq va h. k.

Trombotsitopeniya kasalligini davolash

To‘g‘ri ovqatlanish, ushbu kasallikni keltirib chiqaruvchi xavf omillarining oldini olish, jismoniy faollikni kamaytirish zararli odatlardan o‘zini tiyish (ichish, kashandalik, giyohvandlik, toksikomaniya), fitoterapiyani qo‘llash. Autoimmun va idiopatik trombotsitopenik purpurani glyukokortikoidlar bilan davolash, splenektomiya amaliyoti va immunodepressantlar qo‘llashni o‘z ichiga oladi. O‘ta kuchli gemorragik sindromlarda, bosh miyaga qon quyilish xavfi tug‘ilganda maxsus “puls-terapiya” o‘tkaziladi. Ko‘p hollarda bunday davolashning samarasi yuqori. Splenektomiya yoki taloq qon tomirlarining tromboembolizatsiyasi konservativ davo samara bermaganda yoki samaradorlik turg‘un bo‘lmasdan kuchli ifodalangan postgemorragik anemiyaga olib keluvchi uzoq muddatli inson xayotiga xavf soluvchi ko‘p qon ketishlar kuzatilgan hollarda amalga oshiriladi. Odatda operatsiya glyukokortikodlarni qo‘llash jarayonida o‘tkaziladi. 70-80 foiz bemorlarda operatsiyadan keyin to‘liq tuzalish kuzatiladi. Trombotsitopenik purpurada immunodepressantlar (sitostatiklar)ni davo muolajalarining boshqa ko‘rinishlari samara bermagan hollarda qo‘llaniladi. Lekin ularning samarasi splenektomiyaga qaraganda kam. Gemostatik preparatlar va zarur bo‘lganda qon komponentlari gemotransfuziyasi (eritrotsitar massa, trombokonsentrat, yangi muzlatilgan plazma) va simptomatik (kasallikning belgisiga qarab) terapiya o‘tkazish lozim.

© Aziza MAHMUDOVA, Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti direktor o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori. "Sog‘lom avlod" gazetasi. Soglom.uz

ico
Teri uchun foydali mahsulotlar
Maqolada teri uchun eng foydali bo‘lgan oziq-ovqatlar va ularning xususiyatlari bilan tanishasiz. teri uchun foydali mahsulotlar-min

O‘simlik va yong‘oq yog‘lari

Tozalanmagan yog‘larning hammasi foyda keltiradi: ularning tarkibi organizmga ichkaridan ham, tashqaridan ham ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi to‘yinmagan yog‘lardan iborat.
Zaytun yog‘i va uning muhim xususiyatlari haqida hamma biladi. Lekin boshqa yog‘larning borligini ko‘pchilik bilmaydi: zaytun yog‘idan qolishmaydigan va ancha arzonroq turadigan xantal yog‘i; uzum danaklari va oshqovoq urug‘laridan olingan yog‘lar; zig‘ir, kunjut, bodom yog‘lari va boshqalar. Bu yog‘larning hammasi — vitaminlar, mikroelementlar va minerallar koni hisoblanadi. Masalan, uzum danaklaridan olingan yog‘ tarkibidagi xlorofill moddasi terini ajoyib tarzda taranglashtiradi va yaralarning bitish jarayonini faollashtiradi, zig‘ir yog‘ining tarkibidagi fitoestrogenlar esa ayollar sog‘lig‘ini saqlashda asosiy rollardan birini bajaradi.

Dengiz mahsulotlari

Agar siz teringizdagi muammolar bilan kurashayotgan bo‘lsangiz, unda taomnomangizda dengiz balig‘i, mayda qisqichbaqalar, sakkizoyoqlar va boshqa dengiz mahsulotlari bo‘lishi kerak. Chunki, dengiz mahsulotlari teri sog‘lom bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan yog‘ kislotasi omega-3 dan tashqari uning chiroyli rangi uchun javob beruvchi yodga ham boydir.

Ko‘katlar

Petrushka, shivit, kinza, rayhon va boshqa ko‘katlar organizmni deyarli hamma elementlar bilan ta’minlaydi. Salatlarga, birinchi va ikkinchi ovqatlarga ham petrushka yoki shivitlardan biroz qo‘shing. Lekin shuni esingizda tuting: C vitamini kislorod bilan aloqa qilishda tez buziladi, shuning uchun yangi tayyorlangan salatni sovitgichda saqlamang — birdan iste’mol qiling. C vitamini metall bilan aloqa qilganda ham xuddi shunday hodisa yuz beradi, shuning uchun ko‘katlarni sopoldan yasalgan pichoq bilan to‘g‘rang.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Terining turiga qarab yuzni parvarishlashda nimalarga ahamiyat berish kerak?

© Wmj.ru / Daryo.uz

ico
Toksoplazma – xavfli yo‘lovchi
Mushuk ichagi Toxoplasma gondii ning yashash makonidir. Ushbu o‘ta kichik organizm birhujayrali hisoblanadi, biroq hayvonlar olamiga mansub. Bakteriyaga nisbatan genetik material unda ancha murakkabroq joylashtirilgan. Bundan tashqari, toksoplazma ancha “mazmunga boy” va qiziqarli hayot kechiradi. Toksoplazma mushuklarning ichagida ko‘payadi. Mushuk toksoplazmaning xo‘jayini hisoblanadi, qolgan barcha hayvonlar esa unga tomon harakatlanishda taksi rolini o‘ynaydigan oraliq ega hisoblanadi. [caption id="attachment_6838" align="aligncenter" width="1200"]toksoplazma Toxoplasma gondii[/caption] Mushuk toksoplazmozni hayotida bir marotaba yuqtirishi mumkin. Va shu davrda u biz uchun ayniqsa xavfli hisoblanadi. Katta mushuk, odatda, toksoplazmozni boshdan kechirib bo‘lgan bo‘ladi hamda u uchun kasallikni qayta boshdan kechirish xavfi yo‘q.

[su_note note_color="#99f2b9" text_color="#000000" radius="5"]Yuqqandan keyin toksoplazma mushuk organizmidan axlat bilan ajraladi va ikki kundan so‘ng yana yangi xo‘jayinning organizmiga joylashishga tayyor bo‘ladi.[/su_note]

Agar so‘nggi xo‘jayinni uchratish imkoniyati bo‘lmasa-yu, mushuk axlatini sutemizuvchi hisoblanmish uning xo‘jayini tozalasa, toksoplazma bunday variantga ham rozi bo‘ladi. Toksoplazmalar yangi xo‘jayinni kutib mushuk axlatida o‘z faolligini besh yilgacha saqlashi mumkin. Bu, albatta, mushukning egasi yoki bir tasodifiy mushuk bo‘lishi shart emas, bog‘, egat oralab izg‘ib yurgan boshqa hayvonlar ham to‘g‘ri kelaveradi. Toksoplazmani orttirib olishning asosiy “imkoniyati” – xom mahsulotlarni iste’mol qilish.

Toksoplazma yuqtirib olishning uch usuli mavjud:

  1. Yuvilmagan meva va sabzavotlarni, shuningdek yetarli darajada termik ishlov berilmagan go‘shtni iste’mol qilish.
  2. Go‘sht kombinati xodimlarining qoni, qon quyish yoki organlarni ko‘chirib o‘tkazish orqali yuqtirish. Ayniqsa, bu yuqori virulent shtammlarga (odam uchun eng xavfli bo‘lgan qo‘zg‘atuvchi turlari) taalluqlidir.
  3. Homiladorlik davrida toksoplazmaning yo‘ldosh orqali kirishi hisobiga homilaning birlamchi infeksiyalanishi.
Toksoplazmoz bilan zararlanish ehtimoli xuddi keksayish kabi yuqori. Aholining taxminan uchdan biri toksoplazma tashuvchisi hisoblanadi. Toxoplasma gondii parazit hisoblanadi, sababi u kichik yer bo‘lagida yashamaydi hamda o‘simliklar va suvga zarar keltirmaydi, balki yashash uchun boshqa tirik mavjudotlardan foydalanadi. Biz, insonlar, ko‘rsatilgan xizmatlar evaziga hech narsa berishni istamaydiganlarni, bundan tashqari, ziyon keltirish qobiliyatiga ega bo‘lganlarni parazit deb ataymiz. (Masalan, atrof-muhit va ekologiya resurslaridan foydalanish jarayonida unga talafot yetkazuvchi zamonaviy inson.)

[su_note note_color="#f86085" text_color="#fbfbfb" radius="5"]Yuqqandan keyin toksoplazma mushuk organizmidan axlat bilan ajraladi va ikki kundan so‘ng yana yangi xo‘jayinning organizmiga joylashishga tayyor bo‘ladi.[/su_note]

Katta sog‘lom insonlarga toksoplazma kuchli zarar yetkazishga qodir emas. Kimdir gripp yoki O‘RVI alomatlarini sezadi, kimdirda hech qanday belgilar kuzatilmaydi. O‘tkir faza tugaganidan keyin toksoplazmalar to‘qimalarimizga joylashib olib uyquga ketadilar. Endi ular biz bilan bir umrga qolishadi, lekin, odatda, ular tinch xonadon ijarachilaridir. Bu holat toki ularni qayta yuqtirib olmagunimizgacha davom etadi, allaqachon yuqtirganligimizga qaramay. Toksoplazmoz bilan homilador ayol kasallansa, vaziyat jiddiylashadi. Qo‘zg‘atuvchi qon oqimi bo‘ylab homilaga yetib borishi mumkin. Immun tizimi u bilan hali tanish emas va shu bois tezkor ta’sir choralarini ko‘ra olmaydi. Bu kamdan-kam sodir bo‘ladi, ammo sodir bo‘lsa, homiladorlik asoratlar bilan kechishi va hatto homila tushib qolishi bilan tugashi mumkin. Agar infeksiya uning erta bosqichlarida aniqlansa, ehtimol, dori-darmonlar yordam beradi. Odatda, toksoplazmozga antitana uchun tekshiruv (TORCH-infeksiyalarga tahlil) homiladorlikning 1–10 haftalarida topshiriladi. Agar akusher-ginekolog: “Sizda mushuk bormi?”, degan g‘alati savol bersa, – buni ma’nosiz suhbat sifatida qabul qilmang. Shifokoringiz haqiqatan juda muhim narsalarni aniqlashtirayotir. Toksoplazmaning mavjudligi – har kuni mushuklar hojatxonasi gigiyenasi bilan shug‘ullanishga qo‘shimcha sababdir.

[su_note note_color="#f86085" text_color="#fbfbfb" radius="5"]Homilador ayollarga mushuklarining tualet buyumlarini tozalash qat’iyan man etiladi![/su_note]

Xom go‘shtni kesib ajratish ham homiladorlik davrida tavsiya etilmaydi, sabzavot va mevalarni esa yaxshilab yuvish kerak. Toksoplazmani tashib yuruvchi boshqa odamlar inson uchun zararli hisoblanmaydi. Faqat yangi infeksiyalangan mushuk ichagidagi namunalar xavf tug‘diradi. Toksoplazmalar atrofimizdagi buyumlarda va hatto hayvon egasining qo‘llarida ham bo‘lishi mumkin.

[su_note note_color="#99f2b9" text_color="#000000" radius="5"]Toksoplazma bilan kasallanishning oldini olaman desangiz, oltin qoidaga rioya qiling – qo‘llaringizni tez-tez sovun bilan yuving.[/su_note]

Shunisi quvonarliki, biz kasallik yuqtirishning ayrim xatarlarini nazorat ostida ushlashimiz mumkin. Ba’zan buning uchun juda kam kuch talab qilinadi: mushuk axlatining o‘z vaqtida tozalanishi, yaxshilab qovurilgan go‘sht hamda tozalab yuvilgan sabzavot va mevalarni iste’mol qilish.

© Homiladorlik.uz nashri.

ico
Tug‘ma gipoterioz sabablari va davolash usullari
Tug‘ma gipoterioz bola tug‘ilgan vaqtda aniqlanadi. Tug‘ma gipoteriozning sabablari tireoid gormonlar yetishmovchiligi yoki qalqonsimon bez disgeneziyasi, tiroksin sintezining tug‘ma defektlari, yod tanqisligi sabablidir. Qalqonsimon bez ishlamas yoki butunlay bo‘lmasa ham u ona tomonidan platsenta orqali tireoid gormonlar bilan ta’minlanadi. Bola tug‘ilgach undagi ona tereoid gormonlari tez kamaya boshlaydi. Tireoid gormonlar ayniqsa, erta neonatal davrda markaziy nerv sistemasining rivojlanishi, po‘sloq neyronlari miyelinizatsiyasi uchun juda zarur. Ular yetishmaganda bola bosh miya po‘slog‘ida qaydmas yetshmovchiliklar buzilishlar yuzaga keladi. Klinik turli darajadagi aqliy zaiflik to kretinizmgacha kuzatiladi. Tug‘ma gipoteriozning erta belgilari uzoq davom etadigan giperblirubinemiya-7 kundan ko‘proq , ovoz pastligi, qorin shishganligi, kindik churrasi, gipotoniya, orqa liqildoq kattalashishi, makroglasiya, qalqonsimon bez kattalashishi kabi belgilar kiradi. Agar davo boshlanmasa keyinchalik 3-4 oylarda ishtaha pastligi, yutish qiyinligi, vaznning sekin oshishi, meteorizm, qabziyat, terining kuruq va rangparligi, gipotermiya mushaklar gipotoniyasi simtomlari qo‘shiladi. 5-6 oylardan keyin pixomotor va jismoniy rivojlanishdan orqada qolish, keng botiq peshona, liqildoqlar kech yopilishi kuzatiladi. Tug‘ma gipoteriozni ona va bola skrining markazlarida sog‘lom vaqtida tug‘ilgan bolalarda tug‘ilgandan so‘ng 5-6 kunlarda, chala tug‘ilgan bolalarda esa 12-13 kunlarida barmog‘idan olingan qon tomchisidan TTG miqdori aniqlaniladi. TTGning baland bo‘lishi gipoterioz darajasini ko‘rsatadi. Gipoterioz aniqlangandan so‘ng o‘z vaqtida o‘rinbosar terapiya boshlash maqsadga muvofiqdir. Davolashdan maqsad qondagi tireoid gormonlarni normallashtirish keyinchalik TTG va tereoid gormonlarni konsentratsiyasini barqaror saqlab turish. Bu maqsadda sintetik tiroksinlar Levotiroksin  bilan davo qilinadi. Uning boshlang‘ich dozasi 10-15 mkg/kg/sutka. Keyinchalik doimiy kuzatuvda o‘zgarishlarga qarab doza tanlanadi.

Prognozi:

O‘rinbosar terapiya boshlash vaqtiga bog‘liq. Agar davo 1-2 haftalarda boshlansa  psixik  va fizik buzilishlar to‘liq tiklanadi. Davogacha qanchalik uzoq vaqt o‘tsa oligofreniya rivojlanish xavfli va uning og‘irlik darajalari ortib boradi. Gipoterioz sintetik tireoid gormon bilan juda oson davolanadi. Faqat uning dozasini to‘g‘ri tanlash va doimiy nazorat qilib turish kerak. Davoning 1-haftasidayoq gipoterioz regressi kuzatiladi. Bir necha oyda simptomlar to‘liq yo‘qoladi. Levotiroksin natriy, sintroid, levoksil, levotroidlar amaliyotda ko‘p qo‘llaniladi.

Ushlab turuvchi davosi:

Ko‘pchilik bemorlar tireoid preparatlarni butun umr ichishlari kerak. Shuning uchun ularga dozasini aniq qo‘llash kerak. Ba’zi bemorlarda gipoterioz progressirlantiruvchi xarakterda bo‘ladi. Shuning uchun ularda dozasini doimo oshirib borish kerak. Buning sababi asta-sekin qalqonsimon bez funksiyasining so‘nib borishi. Ko‘p bemorlarda yangidan dorini qabul qilish boshlanadi Ba’zan gipoterioz simptomlari davoga qaramasdan saqlanib qoladi. Buning sabablari dozaning noto‘g‘ri tanlanishi, dorining me’da-ichak traktida so‘rilishining buzilishi, ichak kasalliklari, mediokomentlar-kalsiy karbonat, xoletiramin, sukralfat, alyuminiy gidroksid temir preparatlari qabul qilish. Bunda tireoid gormon dozasini oshirish boshqa preparatlar bilan 4-soat oraliq bilan qabul qilish kerak. Oshiqcha dozasi taxikardiya, mersal aritmiya, stenokardiya, osteoparozga olib keladi. Shuning uchun har 6-8 haftada qonda TTG va tireoid gormonlarini tekshirib turish kerak.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Qalqonsimon bez kasalliklari

Zamira ABDUMATOVA, endokrinolog. "Salomatlik sandig‘i" gazetasi.