"K" Harf bo'yicha qidirish

MAQOLALAR

ico
Kattalarda yongʻoqlarga allergiya 1

Yer yongʻoq eng muhim 8ta oziq-ovqat allergenlaridan biri hisoblanadi: undan koʻpincha toshma, qizarish va boʻgʻilish hissi paydo boʻladi. Bundan tashqari, kattalarda boshqa yongʻoqlarga ham allergiya boʻlishi mumkin, ammo ular yer yongʻoqqa qaraganda kamroq uchraydi.

Agar odamda yongʻoqqa allergiya (ayniqsa, yeryongʻoq) aniqlansa, hatto oz miqdorda yongʻoq isteʼmol qilish (1-2 g dan koʻp boʻlmagan miqdorda) allergik reaksiyaga olib kelishi mumkin. Anafilaksiyaning qoʻzgʻatuvchi eng keng tarqalgan omillaridan biri boʻlgan yongʻoqlar — kasalxonaga yotqizilish va hatto oʻlimga olib kelishi mumkin boʻlgan ogʻir reaksiyalarga sabab boʻlishlari mumkin

Bunday reaksiya tananing immun tizimi yongʻoqdagi oqsilga haddan tashqari taʼsirchan boʻlib qolganda rivojlanadi. Kattalarda allergiya odatda bir vaqtning oʻzida bir necha yongʻoq navlariga rivojlanadi.

Yongʻoqqa allergiyasi boʻlgan har 5 bemordan 1 nafari bir zumda anafilaksiya tufayli shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj boʻladi. Juda taʼsirchan odamlar hatto yongʻoqning mayda izlarini yutib yuborsalar ham, masalan, ovqat paytida, nafas olayotganda yoki shunchaki yongʻoqqa tegsa, reaksiya boshlanishi mumkin.

12 oygacha boʻlgan har 100 chaqaloqning 3 nafarida yongʻoqqa allergiya bor. Ulardan baʼzilari bu holatdan chiqib ketadi, ammo 20tadan 1tasida allergiya kuchayadi va umr boʻyiga qoladi. Yongʻoq allergiyasi birinchi marta balogʻat yoshida ham paydo boʻlishi mumkin.

Kattalardagi yongʻoqqa allergiya boʻlishi mumkinmi

Kattalarda salbiy reaksiyalar va yongʻoqning har xil turlariga kuchli allergiya boʻlishi mumkin. Ekzema yoki tuxumga allergiyasi bor yoshlarda yer yongʻoqqa allergiya rivojlanish ehtimoli koʻproq.

Kattalarda yongʻoqqa allergiya qanday namoyon boʻladi

Yongʻoqqa allergiyada reaksiyalar turli boʻladi. Uyda mustaqil davolash mumkin boʻlgan yengil reaksiyadan, ogʻir boʻlgan kasalxonada va hatto reanimatsiyada davolanishni talab qiluvchi jiddiy oqibatlargacha boʻladi.

Yongʻoqqa yengil reaksiya quyidagi alomatlarga olib kelishi mumkin:

  • qichishish;
  • ogʻiz, milk, yonoq atrofidagi lablar yoki toʻqimalarning shishishi;
  • qusish;
  • qorin ogʻrigʻi va dam boʻlishi, spazm;
  • diareya.

Agar bemor odatda yongʻoqqa yengil allergik reaksiyaga ega boʻlsa ham, kelajakda u anafilaksiyaga duch kelishi mumkin. Anafilaksiya belgilariga quyidagilar kiradi:

  • nafas olish muammolari;
  • shishgan til;
  • tomoq shishishi;
  • xirillash yoki yoʻtal;
  • bosh aylanishi;
  • qon bosimining pasayishi;
  • rangsizlik, zaiflik va bezovtalik.

Anafilaksiya hayot uchun xavfli va shoshilinch tibbiy yordamni talab qiladi.

Yongʻoqqa allergiyani qanday davolash mumkin

Odatda, davolanish yongʻoq va allergiya keltirib chiqaradigan boshqa mahsulotlarni kundalik ratsiondan chiqarib tashlashdan iborat. Bundan tashqari, terapiya yalligʻlanish reaksiyasini bostirish va allergiya alomatlarini kamaytirish uchun antigistaminlar va gormonal dorilarni oʻz ichiga oladi. Baʼzi hollarda, ogʻir reaksiya paydo boʻlishi xavfini kamaytirish uchun desensitizatsiya yoki immunoterapiya ham amalga oshirilishi mumkin.

Diagnostika

Agar odamda yongʻoqqa kuchli reaksiya paydo boʻlsa, birinchi qadam shifokorga murojaat qilishdir. Allergiya nimadan ekanligini aniqlash uchun darhol teri yoki qon tekshiruvini oʻtkazadigan allergiya boʻyicha mutaxassisga murojaat qilish yaxshiroqdir. Odamda bir necha xil yongʻoqlarga allergiya boʻlishi mumkin.

Zamonaviy davolash usullari

Yongʻoq allergiyasiga qarshi aniq davo yoʻq. Tasdiqlangan yagona vosita yongʻoq isteʼmol qilmaslikdir. Xavf ostida boʻlishi mumkin boʻlgan odamlarda yongʻoq allergiyasini qanday oldini olish va immunoterapiya yordamida yongʻoq allergiyasini qanday yengish boʻyicha hali ham tadqiqotlar olib borilmoqda.

Agar odamda anafilaksiya xavfi mavjud boʻlsa, unga epinefrin avtoinyektori (EpiPen) buyurilishi mumkin. Shuningdek, u va uning yaqinlari anafilaksiya holatida nima qilish kerakligini bilishi zarur.

Yongʻoqqa allergiyani oldini olish

Agar yongʻoqqa allergiya aniqlansa, bemor xavfli ovqatlarni tanovul qilishdan saqlanishi kerak. Quyidagilarga amal qilish muhimdir:

  • har doim mahsulot yorliqlarini oʻqing;
  • yongʻoq izlari boʻlishi mumkin boʻlgan pichoq va vilkalar, oshxona yuzalari, barbekyu plitalari, sariyogʻ va margarindan ehtiyot boʻling;
  • yongʻoq yeyayotgan odamni oʻpish yoki quchoqlashda ehtiyot boʻling (izlar qoʻllaringizda, lablaringizda, tishlaringizda, soqolingizda va moʻylovingizda qolishi mumkin);
  • tashqarida ovqatlanayotganda ayniqsa ehtiyot boʻling. Restoranlarda yongʻoqlar koʻpincha salat souslari va boshqa koʻplab mahsulotlarda ishlatiladi;
  • sayohat paytida har doim oʻzingiz bilan xavfsiz ovqat olib yuring;
  • boshqa yongʻoq mahsulotlarini isteʼmol qilishda ehtiyot boʻling, garchi siz ularga alergiya bor deb oʻylamasangiz ham;
  • har doim epinefrin avtoinyektorini (EpiPen) olib yuring, boshqalarga allergiyangiz borligini va reaksiyalar paydo boʻlganda nima qilish kerakligini ayting.
ico
Klimaks davrida to'g'ri ovqatlanish

Ayollar organizmi 40-55 yoshlar oraligʻida klimaks deb ataluvchi jarayonga duch keladi. Klimaks muqarrar, buni shunchaki qabul qilish va hayotdan zavqlanishni davom ettirish kerak. Ammo bu davrda organizmga eʼtiborli boʻlish juda muhimdir. Sogʻliq holatini tashxislash, kosmetik protseduralar, jismoniy mashqlar va ayniqsa sogʻlom oziq-ovqat haqida unutmaslik kerak. Klimaks davrida toʻgʻri ovqatlanishning siri nimada?

Klimaksda qanday ovqatlarni isteʼmol qilish mumkin

Eʼtibor bering, yoshimiz oʻtishi bilan tanamiz hajmlarni oshirishga moyil boʻladi va ortiqcha vazndan xalos boʻlish tobora qiyinlashib boradi. Bunga gormonlarimiz aybdor.

Gormonal pasayish davrida (periklimaks jarayoni) vazn ortishining sababi estrogen darajasi va metabolizm tezligining pasayishi hisoblanadi. Harakatsiz turmush tarzi va stress vaziyatni yanada kuchaytiradi, shuning uchun sogʻlom ovqatlanishga rioya qilish kerak — bu normal vazn va gormonal fonni saqlab qoladi.

Toʻgʻri ovqatlanish birinchi navbatda muvozanatli ovqatlanishdir. Sizning parhezingizda oqsillar, yogʻlar va murakkab uglevodlar boʻlishi kerak.

Nimalarni tanovul qilamiz?

Oqsillar

Bu yangi hujayralarni qurish uchun asosdir. Oqsillarni, ayniqsa hayvon mahsulotlarini (hayvon goʻshti, parranda goʻshti, baliq, tuxum) isteʼmol qilish steroid gormonlarining koʻpayishiga yordam beradi. Va oqsillar muhim metabolik jarayonlarda faol ishtirok etadi. Protein manbalari sifatida oʻsimlik ekinlarini ham hisobga olish kerak: grechka, yovvoyi va qizil guruch, kuskus, noʻxat, oq yasmiq, qizil va oq loviya, yongʻoq.

Yogʻlar

Toʻyingan yogʻlarning foydasi katta. Bunga quyidagilar kiradi: tuxum, jigar, sariyogʻ, hayvon goʻshti, parranda goʻshti. Biroq, ortiqcha yogʻlar salbiy taʼsir koʻrsatadi. Bundan tashqari, denaturatsiya qilinmagan mahsulotlarga koʻproq eʼtibor qaratish kerak. Chunki yuqori haroratda pishirish jarayonida yogʻlarning molekulyar tuzilishi oʻzgaradi va toksik xususiyatlarga ega boʻladi.

Ratsionga avakado va avakado yogʻi, zigʻir, zaytun, kokos yogʻi shuningdek Omega 3 va Omega 6ni oʻz ichiga olgan oblepixani qoʻshish foydalidir. Bular alfa-linolenik kislota manbai boʻlib, suvda eriydigan va yogʻda eriydigan vitaminlarni oʻz ichiga oladi, qon bosimini pasaytirishga va yurak-qon tomir kasalliklarida yordam beradi.

Uglevodlar

Ratsionga koʻp miqdordagi koʻkatlarni kiritganingizga ishonch hosil qiling. Tashqi koʻrinishi va rangi boʻyicha koʻkatlar qanchalik xilma-xil boʻlsa, shuncha koʻp foyda keltiradi. Meva va quritilgan mevalarni kamaytirish kerak, rezavorlarga eʼtibor qaratish yaxshiroqdir.

Vazn oshmasligi uchun parhezni qanday qilib toʻgʻri tuzish kerak

Nafaqat nima yeyishimiz, balki qancha miqdorda va qanday ketma-ketlikda yeyishimiz ham muhimdir. Chunki toʻgʻri ovqatlanish nafaqat oqsillar, yogʻlar va uglevodlardan toʻgʻri tashkil topgan taomlarni, balki maʼlum bir vaqt va miqdorda ovqatlanishni nazarda tutadi.

Shifokor tavsiyalari:

  • Ovqatlanish kuniga uch mahal boʻlishi kerak, har biri 400-500 mg.
  • Ovqatlanish oraligʻida yegulik oʻrniga – suv, choy yoki bir piyola tabiiy qahva iching.
  • Sodda uglevodlar mumkin emas. Past glikemik indeksli mevalar va rezavorlar bundan istisno (olma, shaftoli, nok, greypfurt).
  • Suvni koʻproq iching! Bir kunda qancha suv ichishingiz kerakligi, vazningizga bogʻliq: vaznning 1 kilogrammiga 30 ml suv toʻgʻri keladi.
  • Ratsionga koʻproq tolali mahsulotlar (karam, makkajoʻxori, grechka, yashil loviya va boshqalar) va kraxmalli boʻlmagan sabzavotlar (bodring, piyoz, ismaloq, bulgʻor qalampiri) qoʻshing.

Sut va fermentlangan sut mahsulotlari cheklangan va faqat soat 17-18gacha isteʼmol qilinadi. Yoshi kattalarda ovqat hazm qilish trakti sigir va echki sut mahsulotlari uchun moʻljallanmagan. Sutga haddan tashqari koʻp isteʼmol qilish nafaqat ovqat hazm qilish muammolariga, balki ateroskleroz va yurak-qon tomir yetishmovchiligiga ham olib kelishi mumkin.

Shirinliklarni (shakar, shokolad, pechenye, kekslar, shakarli gazlangan ichimliklar va sharbatlar) iloji boʻlsa butunlay ratsiondan chiqarib tashlash kerak.

Klimaks davrida metabolizmni tezlashtirish uchun kuchingiz yetgan jismoniy mashqlarni bajarib turing. Piyoda sayr qilishga chiqing, 5000dan 10000 qadamgacha yuring.

Vaqtida uxlash ham juda muhim. Klimaks davrida gormonal sistemangizga yordam berishingiz kerak.  Uyqu kamligidan kelib chiqadigan melatonin yetishmasligi esa insulin, testosteron, adrenalin kabi kerakli gormonlarning ishlab chiqarilishiga toʻsqinlik qiladi.

ico
Ko'z atrofidagi teri parvarishida yo'l qoyishingiz mumkin bo'lgan 8ta xato
Ko'z atrofidagi ajinlar ayollar va erkaklarni teri qarishining boshqa belgilariga qaraganda ko’proq bezovta qiladi. Yuz terisining bu qismi juda ehtiyotkorlik bilan parvarish qilishni talab etadi. Ammo ko’pchilik bunda xatolarga yo'l qo’yadi. Birgalikda xatolarni tahlil qilamiz.

1. Yosh o’tganda ko'z atrofidagi terini parvarish qilishni boshlash

Bu birinchi navbatda qutulish kerak bo'lgan noto'g'ri tushuncha. Muammoni hal qilish uchun ko'p kuch va pul sarflashdan ko'ra, uni oldini olish osonroq. Ko'z atrofidagi terini kamida 18 yoshdan boshlab parvarish qilish kerak. Qizlarga kelsak, kiprik uchun tush ishlatishni boshlagan bo’lsa, ko’z atrofidagi terini parvarish qilishni ham boshlashlari zarur.  

2. Ajinlar paydo bo'lishi genda bor va ularga qarshi kurashish befoyda deb hisoblash

Ha, biz ota-onamizga o'xshaymiz va shunga o'xshash genlar to'plamiga egamiz. Ammo ota-onamiz yoshligidanoq terini parvarish qilish imkoniyatiga ega emas edi. Va ular parvarish qila olishganida, bugungi kunda biz kabi parvarish qiluvchi kosmetikaning keng tanloviga ega bo'lishganida qanday ko'rinishga ega bo’lar edi bilmaymiz. Agar siz terini ongli ravishda parvarish qilsangiz, har qanday genetik moyillikni yengishingiz mumkin — bu tajribalardan olingan xulosa.  

3. Ko'zdagi pardozni o’chirish uchun yuzni tozalash vositasidan foydalanish

Ushbu vositalar o'rtasidagi farq nima? Yuz terisini tozalash vositasi dekorativ kosmetika va terining yog'li sekretsiyasini eritadi. Ko'z atrofidagi terida deyarli teshiklar yo'q, shuning uchun unda yog' sekretsiyasi ajralib chiqmaydi. Yuz terisi mahsuloti ko'z atrofini quritadi, bu esa namlikni yo'qotishiga va ajinlar paydo bo'lishiga olib keladi. Ko'zdagi pardozni o’chirish vositasi esa, aksincha, faqat dekorativ kosmetikani eritadi. U teridagi kerakli namlik muvozanatini saqlaydi, uni yanada yumshatadi va namlaydi.

4. Ko'z atrofiga vaqti vaqti bilan krem surtib turish

Har bir odam kuniga 10 000-40 000 marta ko’zini yumib ochadi. Bundan tashqari, yuz ifodalari ko'z atrofidagi teriga qo'shimcha bosimni keltirib chiqaradi. Ayollar deyarli har kuni pardoz qilishadi. Shunday qilib, bu hudud muntazam kundalik parvarish qilishni talab qiladi. Minimal parvarish dasturi – ertalab va kechqurun namlantirish. Agar siz kompyuterda uzoq vaqt ishlasangiz, tinchlantiruvchi ko'z geli yordam beradi. Bunday gel sovitish ta'siriga ega, u ko'zlardan charchoqni oladi.  

5. Faqat bitta terini parvarish qilish vositasidan foydalanish

Masalan, ko'z ostidagi qora doiralar sizni bezovta qiladi. Siz ushbu muammoni hal qilish uchun rolikli maxsus gel sotib olasiz va boshqa hech narsa qo’llamaysiz. Ushbu turdagi vositalar ko'z ostidagi qora doiralarni kamaytirishga qaratilgan aniq vazifani bajarish uchun yaratilgan. Ular terini namlamaydi yoki to'liq parvarish qilmaydi. Kunlik parvarishga ko'z atrofidagi terini namlantiruvchi kremni ham qo'shing.  

6. Kremni ko'z atrofiga noto'g'ri surish

Ko'pchilik ko'z atrofidagi kremlardan foydalana olmasliklaridan shikoyat qiladilar, chunki ko'z qovog'i shishadi. Bunday holatlar noto'g'ri qo’llash tufayli yuzaga keladi. Gap shundaki, terida har qanday krem taxminan 1 sm radiusda tarqaladi, kremni kiprikka yaqin qo'llaganimizda, u kiprik konturiga va ko'zning o'ziga kiradi. Bu shishishni keltirib chiqaradi. Kremni ko’z atrofidagi suyaklarga suring. Harakatlanuvchi yuqori ko'z qovog'iga yoki ko'z ostidagi xaltaga, kipriklarga yaqin joyga surmang. Istisno - bu  ko'rsatmalarida shunday qo'llash tavsiya etilgan vositalar. Layfxak: uchinchi ko'z deb ataladigan sohaga ko'z kremini suring. Shunday qilib, siz ushbu sohada ajinlar paydo bo'lishini sekinlashtirasiz va mavjudlarini kamaytirasiz.  

7. Ko'z atrofidagi terini cho'zish

Ushbu harakat terining erta qarishiga olib keladi. Massaj chiziqlari bo'ylab kremni surish orqali siz barcha parvarish protseduralarining samaradorligini oshirasiz.
  • Barmoqqa kerakli miqdordagi kremni oling.
  • Olingan krem miqdorini boshqa qo'lning barmoqqa taqsimlang va kremni ko'z atrofi nuqtalariga suring.
  • Birinchi nuqtani ko'zning tashqi burchagiga, so'ngra ko'z ostidagi bir nechta nuqtalarni burun ko'prigiga, so'ngra burun ko'prigidan qosh ostiga qo'yamiz.
  • Terini cho'zmasdan yengil harakatlar bilan kremni bir yo'nalishda suring: ko'zning tashqi burchagidan burun ko'prigiga va burun ko'prigidan qosh ostiga.
  • Kremni harakatlanuvchi ko'z qovog'iga va kipriklarga yaqin qo'ymang.
 

8. Faqat sayohatlarda uyqu niqoblaridan foydalanish

Har kuni uyqu niqobi bilan uxlash odati ko'zning charchog'ini kamaytiradi. Biz uxlayotganimizda, ko'z qovog'i yopiq bo'lsa ham, ko'zning to'r pardasiga yorug'lik tushadi. Niqob ko'zga yorug'lik tushishidan saqlaydi, bu esa ko'z atrofidagi mushaklarning bo'shashishiga, chuqurroq uyquga va sifatli dam olishga yordam beradi. Sinab ko'ring, farq deyarli darhol seziladi — yaxshiroq uxlaysiz va ko’zlaringiz dam oladi.    
ico
Kattalarda ateroma
Ateroma sogʻlik uchun xavfsiz boʻlsa-da juda koʻp uchraydi va noqulaylik tugʻdiradi. Ateromani qanday hollarda olib tashlash kerakligini va nima uchun buni uy sharoitida emas, balki shifoxonada mutaxassis bajarishi kerakligini aytib beramiz.

Ateroma nima

Ateroma (yoki trixodermal kista) – bu terining epiteliy kistalari bilan bogʻliq boʻlgan va yogʻ bezini chiqaruvchi kanalining tiqilib qolishi natijasida hosil boʻlgan yaxshi sifatli oʻsma. Ateroma yoqimsiz hidli oq yoki sariq massa bilan toʻldirilgan yumaloq kapsula koʻrinishida boʻladi. Ateromaning tarkibi uning devorlari tomonidan ishlab chiqariladigan keratin oqsilidan tashkil topgan. Erkaklar ayollarga qaraganda ateromaga koʻproq moyil (yogʻli teri tufayli), shuningdek, yoshlarga qaraganda u oʻrta yoshlilarda va keksa odamlarda koʻproq uchraydi. Joylashuvga kelsak, ateroma tananing har qanday joyida paydo boʻlishi mumkin, lekin koʻpincha yogʻ bezlari koʻp boʻlgan joyda, yaʼni kuraklar orasida va yelkalarda, bosh terisining sochli qismida, boʻyin, yuz, dumba yoki jinsiy aʼzolar yuzasida.

Kattalardagi ateroma sabablari

Mutaxassislar ateromaning bir nechta sabablarini aniqlagan:
  • gormonal buzilish;
  • metabolizm kasalliklari;
  • yogʻ bezlari tuzilishidagi nuqsonlar;
  • soch follikulasining shikastlanishi (bu sekretsiyani buzilishiga olib keladi);
  • yogʻ bezining shikastlanishi (husnbuzar siqib chiqarilganda, soch taralganda, infeksiya kirib qolganda);
  • Gardner sindromi (kam uchraydigan irsiy genetik kasallik);
  • shaxsiy gigiyena qoidalariga eʼtibor bermaslik.

Kattalarda ateroma belgilari

Ateroma boʻlgan joyda terining rangi odatda oʻzgarmaydi, ammo tez oʻsishi bilan u qizarib ketishi yoki toshma bilan qoplanishi mumkin. Baʼzida ateromada yogʻ bezining kengaygan kanali sezilib turadi. Garchi u tashqi tomondan sezilarli nuqsonga oʻxshab koʻrinsa-da, u mutlaqo ogʻriqsizdir. Agar u kichik boʻlsa va kattalashmasa, hech qanday jismoniy noqulaylik tugʻdirmaydi,. Ateromaning oʻlchamlari ham har xil boʻlishi mumkin: toʻgʻnagʻich uchidan tovuq tuxumigacha va undan ham kattaroq oʻlchamlarda (bunday gigantlar rivojlanib ketgan holatlarda paydo boʻladi). Ammo agar ateroma shikastlansa, unda abssessga aylanishi mumkin boʻlgan kuchli yalligʻlanish paydo boʻlishi mumkin. Bunda terining ateroma joylashgan qismi juda qizarib ketadi, shish va ogʻriq paydo boʻladi. Darhol shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Kattalarda ateromani davolash

Ateromani davolash jarroh tomonidan amalga oshiriladi. Asosiysi, infeksiya yuqtirib olmaslik uchun hech qachon uni mustaqil davolamang va uni oʻzingiz ochmang.

Diagnostika

Ateroma odatda hech qanday qiyinchiliklarga olib kelmaydi. Shifokor terining shakllanishi va atrofidagi joylarni vizual tekshiruvdan oʻtkazadi. Ateromaning oʻziga xos xususiyati uning ogʻriqsizligi va yogʻ bezining kengaygan kanalining mavjudligidadir. Biroq, ateromani lipoma yoki gigromadan ajratish juda muhim, ular tashqaridan bir xil koʻrinsa-da turli xil davolashni talab qiladi. Agar zarurat tugʻilsa, jarrohlik yoʻli bilan olib tashlanganidan soʻng, ateroma parchalari gistologik tekshiruvga yuborilishi mumkin.

Zamonaviy davolash usullari

Ateromani davolashning zamonaviy usullari faqat uni olib tashlashdan iborat: lazer yoki radio toʻlqinli usulda olib tashlash yoki skalpel yordamida klassik jarrohlik uslubida olib tashlash. Ateromani olib tashlash mahalliy narkoz ostida amalga oshiriladi: terini skalpel yordamida ehtiyotkorlik bilan kesib olib, soʻngra ehtiyotkorlik bilan bosib, ateroma kapsulasi bilan siqib olinadi, shundan soʻng yara davolanadi va tikiladi. Agar ateroma qattiq yalligʻlangan boʻlsa, abssess paydo boʻlsa, uning qaytalanishini oldini olish uchun davolash ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Ateromaning oldini olish

Ateromaning oldini olishning oʻziga xos usullari mavjud emas, ammo u yogʻli terida tez – tez hosil boʻlganligi sababli, gigiyena masalalariga eʼtibor berishingiz kerak. Tez-tez dush qabul qiling, teri yogʻliligini kamaytirish uchun maxsus vositalarni buyurishi mumkin boʻlgan dermatolog bilan maslahatlashing. Bundan tashqari, sintetik emas, balki nafas oladigan tabiiy matolardan tikilgan kiyim kiyish va yogʻli va dudlangan ovqatlar, achchiq ziravorlar va gazlangan ichimliklarni isteʼmol qilmaslik kerak.

Koʻp beriladigan savollar va ularga javoblar

Ateromada qanday asoratlar boʻlishi mumkin?

Ateroma – bu yogʻ bezlarining tiqilib qolishi bilan bogʻliq boʻlgan yaxshi sifatli oʻsma. Ammo har qanday oʻsma saratonga aylanishi mumkin. Agar ateromaga koʻp zarar yetkazilsa, u tez – tez quyosh nuriga taʼsiri ostida boʻlsa hujayralar qayta tugʻilishi mumkin. Lekin bu juda kam uchraydigan holat.

Ateromada qachon shifokorga murojaat qilish kerak?

Uning yalligʻlanishi bilan, yaʼni qizarish, ogʻriq, shish paydo boʻlishi, tana haroratining koʻtarilishi kuzatilganda. Ateroma infeksiyani yuqtirganda yiringlashi, abssess rivojlanishi mumkin. Bunday holda, uni jarrohlik yoʻli bilan olib tashlash uchun shoshilinch ravishda jarroh bilan maslahatlashish kerak. Shuni taʼkidlash kerakki, har qanday oʻsma mutaxassisga koʻrsatilishi kerak. Birinchi navbatda, jarrohga murojaat qilish kerak, agar u yomon sifatli oʻsmadan shubhalansa, bemor onkologga yoʻnaltiriladi.

Ateroma koʻproq kimlarda paydo boʻladi?

Ateromalarning paydo boʻlishi xavfi ostida asosan erkaklar, shuningdek, yogʻ bezlari sekretsiyasi buzilgan, akne bilan ogʻrigan va shaxsiy gigiyenani eʼtiborsiz qoldiradigan odamlardir.

Ateroma va lipoma oʻrtasidagi farq nimada?

Ateroma terida joylashgan yaxshi sifatli oʻsma, lipoma esa teri osti yogʻ toʻqimasida joylashgan va yogʻ hujayralari tomonidan hosil boʻlgan massa hisoblanadi.
ico
Kattalarda anafilaktik shok
Anafilaktik shok – bu allergiyaning eng og’ir shaklda namoyon bo’lishi. Bu hayot uchun xavfli bo'lgan begona moddalarga tananing reaksiyasi. Shok tananing barcha tizimlari va organlariga ta'sir qiladi, u birdan paydo bo'ladi va shoshilinch tibbiy yordamni talab qiladi. Anafilaksiya – bu hayot uchun xavfli allergik reaksiya. U yong'oq yeyish yoki ari chaqishi kabi allergenlardan keyin bir necha soniya yoki daqiqa ichida paydo bo'lishi mumkin. Anafilaksiya o'zini turli yo'llar bilan namoyon qiladi: qichishish, bronxospazm, Kvinke shishi. Anafilaktik shok uning eng og'ir shakli hisoblanadi – qon bosimining keskin pasayishi, o'pkaning shishishi, nafas yetishmovchiligi kabi alomatlar bilan kechadi. Bunday holat o'limga olib kelishi ham mumkin. Anafilaktik shok adrenalin inyeksiyasini va shoshilinch tibbiy yordamni talab qiladi. Kelajakda bunday odam allergologning doimiy nazorati ostida bo’lishi kerak. Ko'p odamlar anafilaksiya va anafilaktik shok atamalari bir narsani anglatadi deb o’ylaydi, ammo bunday emas. Anafilaktik shok – bu anafilaksiyaning asorati bo'lib, u mushaklarning tonusini keskin yo'qotish tufayli qon bosimi sezilarli darajada pasayganda paydo bo'ladi. Uning natijasida qon tanada yaxshi aylanmay qoladi. Allergiya odamning immun tizimi  biron bir allergenga haddan tashqari ta'sirchan bo’lib qolganda paydo bo'ladi. Ushbu reaksiya tanani toshma, qichishish yoki burun oqishi kabi allergiya alomatlarini yuzaga keltiradigan kimyoviy moddalarni (gistamin, bradikinin, sitokinlar) ishlab chiqarishga olib keladi. Agar odamning immun tizimi allergenga haddan tashqari ta'sirchan bo’lib qolsa, u organizmning bir nechta tizimlariga ta'sir qiluvchi kimyoviy moddalarni chiqarishi mumkin. Bu anafilaksiya va anafilaktik shokga olib kelishi mumkin. Anafilaktik shok haqida faktlar:
  • anafilaktik shok hayot uchun o'ta xavfli holatdir;
  • anafilaktik reaksiyalarga uchragan odamlar anafilaktik shok xavfi ostida hisoblanadi;
  • anafilaktik reaksiyalarga uchragan odamlar doim o’zlari bilan adrenalin inyeksiyasini olib yurishlari kerak.

Kattalarda anafilaktik shokning sabablari

Kattalardagi anafilaktik allergik reaksiyalar sensibilizatsiyaning dastlabki bosqichidan (allergenga antitanalar ishlab chiqarish) keyin rivojlanadi. Odatda, antigenler bilan uchrashganda, organizm xavfli bosqinchilarga, shu jumladan viruslar va bakteriyalarga ham hujum qilishi mumkin bo'lgan oqsillarni ishlab chiqaradi. Bu kasallikni imkon qadar tezroq yengish uchun kerak. Allergiyada esa immunitet tizimi tanaga xavfli bo'lmagan moddalarga ham ta’sirchan bo’lib qoladi. Ba'zi allergenlar boshqalarga qaraganda ko’proq allergiyaga sabab bo’ladi. Masalan:
  • hasharotlar chaqishi natijasida tanaga kiradigan zaharlar;
  • ba’zi mahsulotlar (aniqrog'i, oziq-ovqat oqsillari): yong'oq, mollyuskalar va tuxum;
  • lateks zarralari;
  • penitsillin, anesteziya vositalari va aspirin kabi dorilar.
Biroq, insonni allergiyasi bo'lgan har qanday modda anafilaktik reaksiyaga olib kelishi mumkin. Agar allergiya xurujiga nima sabab bo'lganini bilmasangiz, maxsus testlar allergenni aniqlashga yordam beradi. Ba'zi hollarda esa anafilaksiya sababini aniqlash mumkin emas.

Xavf omillari

Anafilaksiya uchun juda ko'p xavf omillari ma'lum qilinmagan. Ularga quyidagilar kiradi :
  • oldingi anafilaksiya. Agar sizda bir marta anafilaksiya bo'lgan bo'lsa, bu jiddiy reaksiyani boshdan kechirish xavfini oshiradi, keyingi reaksiyalar birinchisiga qaraganda jiddiyroq bo'lishi mumkin;
  • allergiya, shu jumladan bronxial astma;
  • yurak-qon tomir kasalliklari;
  • ba'zi dorilarni qabul qilish — monoaminoksidaza ingibitorlari, beta-adrenoblokatorlar.

Kattalarda anafilaktik shok belgilari

Anafilaktik shokning mumkin bo'lgan alomatlariga nafas olish qiyinlashuvi yoki tomoq shishishi kiradi. Aksariyat odamlar anafilaksiya alomatlarini ovqatdan, dori-darmonlarni qabul qilishdan yoki allergen bilan boshqa shaklda aloqa qilishdan keyin bir necha daqiqada his qilishadi. Kamdan kam hollarda alomatlar bir necha soatdan keyin paydo bo'ladi. Anafilaktik reaksiyaning eng keng tarqalgan belgilariga quyidagilar kiradi:
  • toshma, diareya yoki burun bitishi;
  • nafas olish qiyinlashuvi yoki xirillash;
  • hushidan ketish, bosh aylanishiga olib kelishi mumkin bo'lgan past qon bosimi;
  • og'iz, til yoki tomoqning shishishi;
  • shishgan lablar;
  • bo'g'ilish hissi yoki yutish bilan bog'liq muammolar.
Anafilaktik shok holatida bo'lgan odam, shuningdek, isitma, quloqlarda shovqin, bosh og'rig'i va ko'krak qafasida og'riqni his qilishi mumkin.

Anafilaktik shokning dastlabki belgilari

Anafilaktik shokning dastlabki belgilari turlicha bo'lib, ular nisbatan yengil ko'rinishda bo’lishi mumkin. Bularga toshma, qichishish yoki qo'rquv hissi kiradi. Odamda anafilaktik shok bo'lishi mumkinligi haqida dastlabki belgilar:
  • yuz va tananing terisi qizarib ketadi;
  • dudoqlar yoki yuzning shishishi paydo bo'ladi;
  • xirillash, bo'g'ilish, yo'tal bo’lishi mumkin;
  • nafas qisilishi kuchayadi, nafas olish qiyinlashadi.

Kattalarda anafilaktik shokni davolash

Agar siz yoki yaqinlaringiz jiddiy allergik reaksiyaga duch kelsa, shoshilinch tibbiy yordamga murojaat qiling.

Birinchi yordam

Belgilar o'z-o'zidan yo'qolishini kutmang. Agar adrenalin avtoinyektori bo'lsa, uni darhol tanaga kiriting. Inyeksiyadan keyin vaziyat yaxshilansa ham, alomatlar qaytmasligiga ishonch hosil qilish uchun tez yordam bo'limiga murojaat qilish kerak.

Diagnostika

Agar ilgari jiddiy allergiya xuruji yoki anafilaksiya alomatlari bo’lgan bo'lsa, shifokoringizga murojaat qiling. Anafilaksiyani tashxislash va u bo'yicha uzoq muddatli davolash olib borish qiyin. Allergiya va immunologiya bo'yicha ixtisoslashgan shifokorga murojaat qilish kerak.

Zamonaviy davolash usullari

Adrenalin inyeksiyasi anafilaksiya bilan og'rigan odamlarni davolashning asosiy usuli hisoblanadi. Ushbu inyektor allergik reaksiya paytida hosil bo'lgan moddalarning ta'sirini zararsizlantiradigan adrenalin gormonining bir dozasini o'z ichiga oladi. Shuningdek, u shokni oldini oladi yoki uning zarba jarayonini qaytaradi. EpiPen odatda to'g'ridan-to'g'ri songa kiritiladi va faqat shifokorning tavsiyasi bilan beriladi. Odamlar, agar ular dastlabki alomatlarga duch kelsa yoki anafilaktik reaksiya paydo bo’ladi deb taxmin qilsalar, tez yordam chaqirishlari kerak. Uyda anafilaksiyani davolash xavfsiz emas. Agar odam davolanishni kechiktirsa, bu o'limga olib kelishi mumkin. Davolash har doim adrenalinni kiritish bilan boshlanadi. Kuchli anafilaktik shok holatida odam qo'shimcha davolanishga muhtoj bo'lishi mumkin. Bu quyidagi muolajalar va dori-darmonlarni o'z ichiga olishi mumkin:
  • kislorod terapiyasini o'tkazish;
  • kislorod moslamasidan nafas olish;
  • nafas olish yo'llarining shishishini kamaytirish uchun beta-agonist inyeksiyasi;
  • allergiya reaksiyasini kamaytirish uchun antigistaminlar;
  • qon tomirlarini toraytiradigan va qon bosimini oshiradigan dorilar;
  • allergik reaksiyalarni blokirovka qilish va shishishni kamaytirishga yordam beradigan kortikosteroidlar.
Anafilaktik reaksiyalari bo'lgan odamlar yana nimalarga alergiyasi borligini bilishlari muhimdir. Odatda, shifokorlar allergiya testini o'tkazishni maslahat berishadi, chunki bitta moddaga anafilaktik reaksiyalari bo'lgan odamlarda boshqa allergenlarga ham kuchli allergik reaksiyalar bo'lishi mumkin.

Anafilaktik shokning oldini olish

Anafilaksiyani oldini olishning eng yaxshi usuli bu reaksiyani keltirib chiqaradigan moddalardan saqlanishdir. Shuningdek:
  • ba'zi dorilar yoki boshqa moddalarga allergiyangiz borligini ko'rsatish uchun tibbiy ogohlantirish yorlig'i yoki bilaguzuk taqing;
  • buyurilgan dori-darmonlarni har doim yoningizda saqlang. Agar sizda adrenalin avtoinyektori bo'lsa, yaroqlilik muddatini tekshiring va muddati tugashidan oldin yangisini olganingizga ishonch hosil qiling;
  • dori-darmonlarga allergiyangiz bo’lsa, bu haqida barcha shifokorlaringizni ogohlantiring;
  • agar hasharotlarga chaqishiga allergiyangiz bo'lsa, ulardan ehtiyot bo'ling – uzun yengli kiyim kiying. Yalangoyoq o't ustida yurmang, yorqin ranglardan saqlaning, parfyumeriya, odekolon yoki xushbo'y losyonlardan foydalanmang, ochiq bankalardan ochiq havoda gazli ichimlik ichmang. Chaquvchi hasharotlarga duch kelsangiz keskin harakat qilmang va sekin uzoqlashing;
  • agar sizda oziq-ovqat allergiyasi bo'lsa, sotib olgan va iste'mol qilgan barcha oziq-ovqat mahsulotlarining yorliqlarini diqqat bilan o'qing. Ishlab chiqarish jarayonlari o'zgarishi mumkin, shuning uchun siz odatda iste'mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining yorliqlarini vaqti-vaqti bilan tekshirib turish muhimdir. Agar siz ko’chada tayyorlangan ovqatlarni yeyishga qaror qilsangiz, har bir taom qanday tayyorlanishini so'rang va unda qanday ingrediyentlar borligini bilib oling. Axir, sizda allergiya bo'lgan oz miqdordagi oziq-ovqat ham jiddiy reaksiyaga olib kelishi mumkin.

Ko’p beriladigan savollar va ularning javoblari

Anafilaktik shok nima uchun xavfli?

Anafilaktik shok o'limga olib keladigan nafas olish asoratlarini keltirib chiqarishi mumkin. O'z vaqtida davolanmasa, odamda nafas olish yetishmovchiligi rivojlanadi. Agar ular uzoq vaqt nafas olmay qolsa, miyaga zarar yetadi.

Anafilaktik shokda qanday asoratlar bo'lishi mumkin?

Anafilaksiya bilan og'rigan ba'zi odamlarda ikki fazali reaksiya deb ataladigan ikkinchi allergik holat paydo bo'lishi mumkin. Ushbu ikkilamchi reaksiya birinchi allergik reaksiyadan 12-72 soat o'tgach sodir bo'lishi mumkin. Ikki fazali reaksiya odatda birinchisiga qaraganda unchalik jiddiy emas, ammo ba'zida u hayot uchun xavfli bo'lishi mumkin.

Anafilaktik shokni xalq tabobati bilan davolash mumkinmi?

Hech qanday holatda. Hatto birinchi yordamni ko’rsatish va tez yordam chaqirishni kechiktirish ham ham hayot uchun xavflidir.      
ico
Kattalarda shokoladga allergiya
Ba'zida shokoladdan bosh tortish juda qiyin, ammo shokolad tufayli terining qichishi va toshmalar paydo bo’lishi kabi mutlaqo yoqimsiz holatlar ham yuzaga keladi. Shokoladga allergiya bo’lish mumkinmi, qaysi shokoladni tanlash yaxshiroq va nima uchun shirinliklarni iste'mol qilishda me’yorni bilish juda muhimligi haqida gapiramiz. Shokolad ko'pchilik uchun sevimli shirinlikdir. Ba'zilar bir nechta shokoladli konfet bilan bir finjon qahvasiz nonushtani tasavvur qila olmaydilar. Kimdir, albatta, muhim uchrashuv yoki imtihondan oldin, "miyani ishga tushirish" uchun bir necha bo'lak shokolad iste'mol qiladi, kimdir uni stress yoki xafagarchilikdan halos bo’lish uchun yeydi. Dietologlarning ta'kidlashicha, shokolad (me’yorida iste’mol qilinsa) organizmga juda foydali. Uning tarkibida resveratrol mavjud, u tabiiy antioksidant bo'lib, yurak xastaligi, Altsgeymer kasalligi va boshqa surunkali kasalliklarga chalinish xavfini kamaytiradi. Shokolad o’zining tarkibidagi kofein va teobromin tufayli mehnat va miya faoliyatini oshiradi, shuningdek kayfiyatni yaxshilaydi va stressda yordam beradi. Ammo ba'zida sevimli taomingizni iste'mol qilish (ayniqsa ko'p miqdorda) terida qizarish, qichishish va toshmalarga olib kelishi mumkin. Allergiya nima yoki shunchaki me’yorni bilish kerakmi?  

Kattalarda shokoladga allergiya bo'lishi mumkinmi

Ko’p turdagi shokoladlar nafaqat kakaodan iboratligini ta’kidlash kerak. Unda boshqa tarkibiy qismlar, shu jumladan oqsil tuzilmalari – sut, tuxum, yong'oq, soya kabilar ham bo’ladi. Shuningdek, shokolad tarkibida xitin bo'lishi mumkin (kakao loviyalarini qayta ishlash jarayonida shokoladning o'ziga tushishi mumkin bo'lgan hasharotlarning qobig'i). Shuning uchun shokolad undagi ingridiyentlar tufayli haqiqiy allergiya alomatlarini ham, psevdoallergik reaksiyalarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Shokolad ko'p komponentli mahsulot bo'lib, uning tarkibiga kakao (kukun yoki yog' shaklida), sut, tuxum, shuningdek turli xil qo'shimchalar – yong'oq, soya, sitrus mevalari va boshqalar kiradi. Shuning uchun shokolad iste'mol qilish tananing salbiy reaksiyasini keltirib chiqarishi mumkin. Kakaoning o'ziga esa allergik reaksiya juda kam uchraydi. Ammo shokolad tarkibida tez-tez uchraydigan yong'oq va sutga haqiqiy allergiya bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, mahsulot tannarxini pasaytirish uchun ba'zi ishlab chiqaruvchilar qimmat kakao moyi o’rniga arzon palma yog'i yoki gidrogenizlangan yog'lar aralashmasidan foydalanadi. Tarkibidagi ko'plab sun'iy aromatizatorlar, konservantlar, bo'yoqlar va E-komponentlar psevdoallergik reaksiyaga olib kelishi mumkin (alomatlari haqiqiy allergiyaga o'xshash, ammo tanada e – IgE sinfidagi immunoglobulinlar ishlab chiqarilmaydi). Shuni ham yodda tutish kerakki, har bir inson o'zining individual ta’sirlanuvchanligi va gistaminni parchalaydigan fermentlarning o'ziga xos darajasiga ega. Shuning uchun, kimdir bir martada bir kilogramm shokolad iste'mol qilishi mumkin va unda hech qanday reaktsiya kuzatilmaydi va kimdirda bir bo'lak shokoladdan keyinoq qizarish va qichish boshlanadi.

Kattalarda shokoladga allergiya qanday namoyon bo'ladi

Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, shokoladning o'ziga, aniqrog'i kakaoga haqiqiy allergik reaksiya juda kam uchraydi. Ammo shokoladning o'zi gistaminoliberator bo'lganligi sababli, ko'p miqdorda toshma (darhol yoki bir muncha vaqt o'tgach o'zini namoyon qiladigan), qichishish, qizarishga olib kelishi mumkin. Ba'zida shokoladga reaksiya tumov va ko’z yoshlanishi, bosh og'rig'i yoki oshqozon-ichak traktining buzilishi (og'riq, qorin shishishi) shaklida namoyon bo'ladi. Agar tilingiz va bo’g’izingiz shishib ketayotganini his qilsangiz, nafas olish qiyinlashsa, yo'tal paydo bo'lsa, sizda anafilaktik shok, ya’ni kuchli allergik reaksiya, rivojlanayotgan bo'lishi mumkin. Bu holatda, shoshilinch tez yordam chaqirish kerak.

Kattalarda shokoladga allergiyani qanday davolash mumkin

Agar siz shokoladni suiiste'mol qilmasangiz va uni me’yordan ko’p yemasangiz, unda davolanish talab qilinmaydi. Ammo toshma yoki qichishishga duch kelsangiz, dorixonada to’g’ri kelgan antigistaminlarni sotib olmang – shifokor bilan maslahatlashing.

Diagnostika

Shifokor anamnezni to'playdi, tekshiruv o'tkazish zarurati va rejasini aniqlaydi. Agar allergik reaksiya aniq taxmin qilinsa, unda prik-testlar o'tkaziladi yoki taxmin qilingan allergenlarning har biri uchun alohida IgE izlanadi. Agar alomatlar paydo bo'lishining yana bir sababi taxmin qilinsa, terapevtik yo'nalishda tekshiruv o'tkazilishi mumkin.

Zamonaviy davolash usullari

Agar shokoladni iste'mol qilgandan keyin paydo bo'ladigan alomatlar (qizarish, qichishish, toshma) o'z-o'zidan o'tib ketishi mumkin. Agar tananing reaksiyasi kuchli bo'lsa va noqulaylik tug'dirsa, shifokor vaziyatga qarab antigistaminlarni buyuradi. Asosiysi, o'zboshimchalik bilan davolanmang, aks holda nafaqat nojo’yi ta'sirga duch kelishingiz, balki kasallikni kuchaytirishingiz mumkin.

Kattalarda shokoladga allergiyani oldini olish

Asosiy profilaktika - bu  me’yorga qat'iy rioya qilish. Odatda, shokoladni iste'mol qilishda qandaydir reaksiyaga ega bo'lgan odamlar o'z dozalarini bilishadi va shokoladni ko'p miqdorda iste'mol qilmaydilar. Bundan tashqari, sotib olayotganda, arzon palma yog'idan ko'ra, tarkibida haqiqiy kakao bo'lgan yaxshi sifatli shokoladni tanlang. Tarkibida ko'p miqdorda gidrogenizlangan yog'lar, bo'yoqlar, konservantlar va aromatizatorlar bo'lgan mahsulotlardan saqlaning.

Ko’p beriladigan savollar va ularga javoblar

Shokoladga allergiyada asoratlar bo'lishi mumkinmi? Agar asoratlar haqida gapiradigan bo'lsak, yana barchasi shokolad tarkibidagi ingridiyentlarga bog'liq deymiz. Agar unda haqiqiy allergen bo'lsa, unda bo’g’iz shishishi va bo'g'ilishga qadar jiddiy allergik reaktsiya paydo bo'lishi mumkin. Shokoladning o'zi gistaminoliberator mahsulotidir, lekin bitta konfet yoki bir necha bo'lak shokoladdan hech narsa bo'lmaysiz. Ammo agar siz bir vaqtning o'zida bir kilogramm shokolad iste'mol qilsangiz, unda qizarish va qichishish ehtimoli ko'proq bo'ladi. Agar shokoladga allergiya bo'lsa, uni o’rniga nima iste’mol qilsa bo’ladi? Agar u faqat kakaodan iborat shokolad bo'lsa, uni minimal miqdorda iste'mol qilish mumkin. Shokoladdan tashqari juda ko'p turli xil shirinliklar bor, ammo ularni ham me’yorda iste’mol qiling. Doimiy shokolad iste'mol qilish istagi tanadagi ba'zi moddalarning yetishmasligidan darak beradimi? Shokolad yeyish istagi shunchaki ovqatlanish odati bo'lishi mumkin. Ammo bu tanada magniy yoki endorfin kabi moddalar yetishmasligidan ham dalolat berishi mumkin.
ico
Koronavirus infeksiyasida metabolik qo‘llab-quvvatlashning imkoniyatlari

Maqsad - koronavirus pnevmoniyasi va surunkali yurak yetishmovchiligi (SYuE) bo‘lgan patsientlarda metabolizmga tuzatish sifatida Mildronat®  preparatini qo‘llanilishini baholash.

Materiallar va uslublar. Ochiq qisqa muddatli tadqiqotga koronavirus infeksiyasi bilan chaqirilgan pnevmoniyasi va yurak nuqsoni bo‘lgan 77ta odam tanlab olingan; ulardan 59ta odam metabolik qo‘llab-quvvatlash sifatida Mildronat® qabul qilgan, shunga o‘xshash 18ta komorbid patsientlarga faqat standart terapiya qo‘llanilgan. Standart tadqiqotlardan tashqari, patsientlarga gospitalizatsiyaning birinchi kunida va undan chiqarib yuborishda S-reaktiv oqsil (SRO), D-dimera, kreatinin, laktat- degidrogenazaning darajalarini baholash bajarilgan. Gospitalizatsiya muddatlari, SYuE bo‘lgan bemorning klinik holatini baholash shkalasi (KHBSh) bo‘yicha yurak-qon tomir kasalliklari simptomlarining dinamikasi, MFI–20 shkalasi bo‘yicha asteniyaning yaqqol ko‘rinishi, EQ-5D shkalasi bo‘yicha turmush sifati baholangan.

Natijalar. Nazorat guruhi bilan taqqoslash bo‘yicha Mildronat®  preparati guruhida gospitalizatsiya muddatlarining qisqarishi aniqlangan, farq statistik haqqoniy bo‘lgan (p ≤0,01). Laborator ko‘rsatkichlar va ularning dinamikasi guruhlar o‘rtasida haqqoniy farqlarga ega bo‘lmagan, biroq, Mildronat® qabul qilgan guruhda chiqarib yuborish paytiga SRO va D-dimeraning darajasini haqqoniy (p ≤0,01) pasayishi kuzatilgan. KHBSh, MFI–20, EQ-5D shkalalari bo‘yicha baholash natijalari gospitalizatsiya vaqtida guruhlardagi patsientlar o‘rtasida statistik haqqoniy farqlarni ko‘rsatmadi, biroq, 3 oydan keyin Mildronat®  preparati guruhida turmush sifatining ahamiyatli yaxshilanishi, KHBSh shkalasi bo‘yicha SYuEning klinik belgilarini pasayishi, hamda asteniyaning belgilari (p ≤0,01) kuzatilgan.

Xulosa. Mazkur ishda birinchi marta nafaqat metabolizm parametrlarini, gemostaz tizimini, SYuEning klinik belgilarini yaxshilanish borasida Mildronat®  preparatining majmuaviy ta’siri, balki birinchi navbatda og‘ir infeksiyadan keyingi asteniya bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlarning yaqqol ko‘rinishini pasayishi ham ko‘rsatib berilgan.

Farmakoterapiya va kasalliklar profilaktikasining dolzarb masalalari

Pandemiya o‘lchamlarigacha erishgan va ko‘pchilik mamlakatlarni zararlagan koronavirus infeksiyasi dunyo tibbiyotining jiddiy muammosi bo‘lib qolmoqda. Kasallanish patogenezining xususiyatlari baholash va majburiy tuzatish kiritishni talab qiluvchi miqyosli tizimli buzilishlari bilan bog‘liqdir. Immun siljishlar, gemostaza tizimida va ko‘pchilik ichki a’zolarning ishidagi buzilishlar majmuaviy terapiyani va COVID-19 bilan kasalanib chiqqan patsientlarning yetarlicha uzoq muddatli reabilitatsiyasini talab etmoqda. Virusning o‘pka to‘qimasiga nisbatan bog‘liqligi, hamda patologik jarayonga gemostaz tizimining jalb qilinishi sababli koronavirus infeksiyasida respirator distress-sindrom va gipoksiya namoyon bo‘lishining ko‘rinishlarini turlicha darajalari juda katta ahamiyatga egadir.
Gipoksiya - to‘qimalarga kislorodning kelishi yoki to‘qimalarning kislorodni qo‘llash qobiliyati va undagi ehtiyoji orasidagi nomuvofiqlik bilan ifodalangan patologik holatdir. I.R.Petrovning tasniflanishi bo‘yicha gipoksiyaning 6ta asosiy turlari ajratib ko‘rsatiladi:
• ekzogen - qonda kislorodning parsial bosimning pasayishi natijasida;
• respirator - qonga atmosfera havosidan kislorodning yetarlicha kelmasligi natijasida;
• sirkulyator - yurak va qon tomir tonusining yetarlicha bo‘lmagan funksiyasi natijasida, bu vaqt birligida to‘qimalarga oqib kelayotgan qonning miqdorini pasayishiga olib keladi;

• gemik - kislorodni bog‘lashga qodir bo‘lgan gemoglobin darajasini pasaytirilishi natijasida;
• to‘qimali - nafas olish fermentlarini faolligi bilan bog‘liq bo‘lgan biologik oksidlanish jarayonlarini buzilishi natijasida, buning natijasida to‘qimalar qonda mavjud bo‘lgan kisloroddan foydalanish imkoniga ega emas;
• aralash.
Ma’lumki, kislorod yetishmovchiligiga markaziy nerv tizimi (MNT), miokard va buyraklar ancha sezuvchandir. O‘tkir gipoksiyada hammasidan ko‘proq MNTning yuqori bo‘limlarining funksiyasi, surunkalida esa - yurak-qon tomir tizimi, nafas olish, qon tizimi a’ziyat chekadi.
Gipoksiyani davolash ikki yo‘nalishni ko‘zlaydi:
• etiotrop – gipoksiya sababini bartaraf qilish;
patogenetik - kislorod yetishmovchiligi bilan chaqirilgan metabolizm buzilishlarini bartaraf qilish,
Ushbu masalada metabolizmga tuzatish kirituvchilarning - o‘zlari substratlar bo‘lib hisoblanmaydigan, ammo alohida metabolik jarayonlarga tuzatish kirituvchi moddalarning qo‘llanilishi ustivor bo‘lib taqdim etiladi. "A’lo darajadagi" metabolik preparat hujayralarda oxirigacha oksidlanmagan yog‘li kislotalarning (YoK) to‘planishiga to‘sqinlik qilishi va shu bilan hujayra membranalarini shikastlanishini oldini olishi, hujayralarga piruvatning kelishini yoki uning glikolizni faollashtirish yo‘li bilan laktatdan hosil bo‘lishini kuchaytirishi, hamda kislorodning faol shakllarini faolsizlantirib, oksidlovchi stressni bartaraf qilishi, ya’ni, bir vaqtda antioksidant va metabolik samarani ko‘rsatishi kerak.

Pandemiya o‘lchamlarigacha erishgan va ko‘pchilik mamlakatlarni zararlagan koronavirus infeksiyasi dunyo tibbiyotining jiddiy muammosi bo‘lib qolmoqda. Kasallanish patogenezining xususiyatlari baholash va majburiy tuzatish kiritishni talab qiluvchi miqyosli tizimli buzilishlari bilan bog‘liqdir. Immun siljishlar, gemostaza tizimida va ko‘pchilik ichki a’zolarning ishidagi buzilishlar majmuaviy terapiyani va COVID-19 bilan kasalanib chiqqan patsientlarning yetarlicha uzoq muddatli reabilitatsiyasini talab etmoqda. Virusning o‘pka to‘qimasiga nisbatan bog‘liqligi, hamda patologik jarayonga gemostaz tizimining jalb qilinishi sababli koronavirus infeksiyasida respirator distress-sindrom va gipoksiya namoyon bo‘lishining ko‘rinishlarini turlicha darajalari juda katta ahamiyatga egadir.
Gipoksiya - to‘qimalarga kislorodning kelishi yoki to‘qimalarning kislorodni qo‘llash qobiliyati va undagi ehtiyoji orasidagi nomuvofiqlik bilan ifodalangan patologik holatdir. I.R.Petrovning tasniflanishi bo‘yicha gipoksiyaning 6ta asosiy turlari ajratib ko‘rsatiladi:
• ekzogen - qonda kislorodning parsial bosimning pasayishi natijasida;
• respirator - qonga atmosfera havosidan kislorodning yetarlicha kelmasligi natijasida;
• sirkulyator - yurak va qon tomir tonusining yetarlicha bo‘lmagan funksiyasi natijasida, bu vaqt birligida to‘qimalarga oqib kelayotgan qonning miqdorini pasayishiga olib keladi;
• gemik - kislorodni bog‘lashga qodir bo‘lgan gemoglobin darajasini pasaytirilishi natijasida;
• to‘qimali - nafas olish fermentlarini faolligi bilan bog‘liq bo‘lgan biologik oksidlanish jarayonlarini buzilishi natijasida, buning natijasida to‘qimalar qonda mavjud bo‘lgan kisloroddan foydalanish imkoniga ega emas;
• aralash.
Ma’lumki, kislorod yetishmovchiligiga markaziy nerv tizimi (MNT), miokard va buyraklar ancha sezuvchandir. O‘tkir gipoksiyada hammasidan ko‘proq MNTning yuqori bo‘limlarining funksiyasi, surunkalida esa - yurak-qon tomir tizimi, nafas olish, qon tizimi a’ziyat chekadi.
Gipoksiyani davolash ikki yo‘nalishni ko‘zlaydi:
• etiotrop – gipoksiya sababini bartaraf qilish;
• patogenetik - kislorod yetishmovchiligi bilan chaqirilgan metabolizm buzilishlarini bartaraf qilish.
Ushbu masalada metabolizmga tuzatish kirituvchilarning - o‘zlari substratlar bo‘lib hisoblanmaydigan, ammo alohida metabolik jarayonlarga tuzatish kirituvchi moddalarning qo‘llanilishi ustuvor bo‘lib taqdim etiladi. "A’lo darajadagi" metabolik preparat hujayralarda oxirigacha oksidlanmagan yog‘li kislotalarning (YoK) to‘planishiga to‘sqinlik qilishi va shu bilan hujayra membranalarini shikastlanishini oldini olishi, hujayralarga piruvatning kelishini yoki uning glikolizni faollashtirish yo‘li bilan laktatdan hosil bo‘lishini kuchaytirishi, hamda kislorodning faol shakllarini faolsizlantirib, oksidlovchi stressni bartaraf qilishi, ya’ni, bir vaqtda antioksidant va metabolik samarani ko‘rsatishi kerak.
Uzoq vaqt davomida hujayralarga gipoksiyaning salbiy ta’sirini (sitoproteksiya) oldini olishi va metabolizmning buzilishlariga tuzatish kiritishi mumkin bo‘lgan dori preparatlarini izlash olib borilgan. 1961 yilda kardiologiyada birinchi antioksidant - trimetazidin patentlangan: garchi ushbu dori preparatining ta’sir mexanizmi uzoq vaqt davomida ayon bo‘lmay qolsada, uning klinik samaradorligi terapiyada yangi yo‘nalishni rivojlantirish imkonini berdi.

Shunday qilib, klinik amaliyotga kislorodning qo‘llanilish samaradorligini oshiruvchi va miokard metabolizmini glyukozani utilizatsiya qilinishi ancha tejamkor yo‘llariga o‘tkazuvchi yog‘li kislotalarning β-oksidlanishining parsial ingibitorlari (pFOX – partial fatty acid oxidation inhibitors) keldi. O‘tgan asrning 70-yillari boshidayoq yog‘li kislotalarning β-oksidlanishining parsial ingibitorlari guruhining yangi vakili - hujayralarning ishemik shikastlanishi patogenezining barcha bazaviy zanjirlariga ko‘p omilli ta’sir ko‘rsatuvchi Mildronat® (meldoniy) sintez qilingan. Bugungi kunda Mildronat® klinik amaliyotda ancha faol qo‘llaniluvchi kardiometabolik preparatlarning biri hisoblanadi.
Mildronat® preparatining ta’sir mexanizmi gamma-butirobetainning karnitinga aylanish jarayonini katalizatsiya qiluvchi gamma-butirobetaingidroksilaza fermentining raqobatli ingibitsiya qilinishi bilan bog‘liqdir.

Shunday qilib, Mildronat® karnitinning o‘tmishdoshi gamma-butirobetaindan uning biosintez tezligini cheklaydi. Garchi, karnitin yog‘li kislotalarning (YoK) β-oksidlanishi sodir bo‘ladigan hujayralarga ularning kirib brishiga yordam bersa, u holda YoKga kislorodning yetarlicha kelishi sharoitlarida adenozintrifosfat (ATF) ko‘rinishida makroergik birikmalar hosil bo‘ladi.

Mildronat® preparatining ta’siri ostida to‘qimalarda karnitin o‘tmishdoshi gamma-butirobetainning konsentratsiyasi ortadi va karnitin konsentratsiyasi pasayadi, buning natijasida mitoxondriyalarga uzun zanjirli YoKlar (UZYoK) kamroq keladi. YoK oksidlanishining boshqa parsial ingibitorlari UZYoKning faol shakllari - atsil-KoA va atsilkarnitinning mitoxondriyalarda to‘planishini oldini olish, hamda ushbu metabolitlarning ATF transportiga va hujayra membranalariga zararli ta’sirini oldini olishga qodir emas.
YoK va glyukozaning oksidlanishi jarayonlari o‘zaro bog‘liqdir va resiprok tobelikda bo‘ladi: agar YoK oksidlanishi susaytirilayotgan bo‘lsa, u holda glyukoza iste’mol qilinishi ortadi.

Hujayraga kislorod yetishmovchiligi sharoitlarida YoKga qaraganda glyukozaning oksidlanishini qo‘llash foydaliroqdir, chunki ushbu jarayon uchun kislorodning kamroq miqdori zarur bo‘ladi. Shunday qilib, Mildronat®, qisman, YoK transportini sekinlashtirib, ularning oksidlanishini kamaytiradi, buning natijasida hujayraning kislorodga ehtiyoji kamayadi. Preparat moddalar almashuvining toksik oraliq mahsulotlarini (atsilkarnitin va atsil- KoA) to‘planishini va ular tomondan chaqirilgan hujayralar shikastlanishini oldini oladi.

YoK oksidlanish tezligini kamaytirilishi glyukoza oksidlanishi energiyasining ishlab chiqarilishini muqobil tizimini ishga tushiradi,
– u ATF sintezi uchun kislorodni 12%ga samaraliroq qo‘llaydi. Va ushbu mexanizm, shuningdek, Mildronat® preparatining imemizatsiyalangan hujayralariga sitoprotektiv ta’sirini belgilab beradi. Preparat aerob glikolizni rag‘batlantiradi, bu to‘qimalarda laktatning to‘planishi bilan kuzatib borilmaydi, chunki piruvatdegidrogenaza tizimi glyukozaning keyinchalik tez oksidlanishini ta’minlaydi.
Mildronat® hujayraning organellalariga ATF transportini tiklaydi. Meldoniy va gamma-butirobetainning murakkab efirlari asetilxolinning tuzilmaviy o‘xshashlari hisoblanadi. Mildronat®, asetilxolin retseptorlarini rag‘batlantirib, endotelial NO-sintazaning induksiyasini chaqiradi. Natijada, azot oksidining (NO) sintezini oshiradi, bu mikrosirkulyatsiya va endotelial funksiyaning yaxshilanishiga olib keladi.


Shunday qilib, Mildronat® preparatining yurak-qon tomir kasalliklari (YuQTK) va serebrovaskulyar kasalliklari (SVK) terapiyasida multimodal ta’sir mexanizmi ishemik buzilishlarga nisbatan hujayra metabolizmiga moslashishga, periferik qon tomir qarshiligini pasaytirishga, "o‘g‘irlash sindromi"siz mikrosirkulyatsiyani va qonning reologik xususiyatlari yaxshilashga, uglevod va lipid almashinuvga ijobiy ta’sirga, hamda patsientlarning turmush sifatini oshirishga yordam beradi. Uning qo‘llanilishi patsientga dori yuklamasini pasaytirish imkonini beradi, chunki Mildronat® boshqa preparatlar-sitoprotektorlarga (masalan, multimodal ta’sirga ega bo‘lmagan antioksidantlar, antigipoksantlar yoki boshqa pFOX guruhlaridan) erishimli bo‘lmagan samaralarning butun spektoriga egadir va R450 3A4 sitoxrom faolligiga ta’sir qilmaydi, buning natijasi bo‘lib dorilararo o‘zaro ta’sirning mavjud emasligi hisoblanadi.
Koronavirus infeksiyasiga qaytib, shuni ta’kidlash joizki, uning og‘ir asoratlarini rivojlanishining tahlika zonasida asosan YuQTK va sVK bo‘lgan patsientlar bo‘ladi.

Bunda, COVID-19 birlashtirish sharoitlarida bunday bemorlarni kuzatib borish bo‘yicha barcha oxirgi tavsiyalar kardiovaskulyar kasalliklarni o‘tib borishini barqarorlashtiruvchi barcha preparatlarning, shu jumladan YuQTK dekompensatsiyasi rivojlanishini oldini oluvchi terapevtik strategiyaning ehtimolli elementi sifatida metabolik sitoprotektorlarni ham qo‘llash rejimiga qat’iy rioya qilishni talab etadi. Shu munosabat bilan, mazkur tadqiqotning maqsadi bo‘lib koronavirus pnevmoniyasi bilan birgalikda surunkali yurak yetishmovchiligi (SYuE) bo‘lgan patsientlarda majmuaviy terapiyasida Mildronat® preparatini qo‘llanilish samaradorligini baholash bo‘lib qoldi.

Materiallar va uslublar

Ochiq qisqa muddatli tadqiqotga 80ta odam tanlab olingan, o‘lim oqibati munosabati bilan 3ta patsient chiqarib yuborilgan. Sinovdan o‘tayotgan (asosiy) guruhga metabolik qo‘llab-quvvatlash sifatida Mildronat®ni qabul qilgan koronavirus infeksiyasi bilan chaqirilgan pnevmoniyasi bo‘lgan, va yurak nuqsoni bo‘lgan 59ta odam (35ta ayol va 24ta erkak) kirgan. Preparat quyidagi rejimda qo‘llanilgan: sutkada 1 g.dan in’eksiyalar uchun eritma butun gospitalizatsiya davomida vena ichiga tizillatib yuborish, keyinchalik 500 mg dozada sutkada 2 marta 2 haftagacha muddat bilan kapsulalarni ambulator peroral qabul qilish.
Nazorat guruhni Mildronat® qo‘llanilmagan 18ta o‘xshash komorbid patsientlar (12ta ayol va 6ta erkak) tashkil qilgan.
Tadqiqotdan chiqarib yuborishning mezonlari bo‘lib quyidagilar xizmat qilgan:
• patsientning kelajakda tadqiqotda ishtirok etishdan bosh toritishi;
• bayonnoma bilan ko‘zda tutilgan terapiyani to‘xtatilishini talab etuvchi tadqiqot qilinuvchi preparatning patsient tomonidan yomon ko‘taraolishligi;
• tadqiqot davomida patsientning prognozini yomonlashtiruvchi, hamda bemorning klinik tadqiqotda ishtirok etishini davom ettirilishini imkonsiz qiluvchi har qanday kasalliklar yoki holatlarning paydo bo‘lishi;
• tadqiqot bayonnomasini buzish holatida;
– kiritish mezonlariga muvofiq kelmaydigan va/yoki kiritmaslikning mezoniga muvofiq keluvchi patsientning xato kiritilishi;
– patsientning nokompleantligi;
– tadqiqotchi fikri bo‘yicha ahamiyatli hisoblanuvchi bayonnomani boshqa buzilishlari.
Tadqiqot 1964 yil iyun oyida qabul qilingan va 2000 yil oktabr oyida qayta ko‘rib chiqilgan Xelsenki deklaratsiyasi bilan muvofiqlikda bajarilgan (Edinburg, Shotlandiya). Har bir patsient tomonidan qabul qilingan rozilik olingan.
Tadqiqotda ishtirok etgan asosiy va nazorat guruhlarining patsientlarini klinik xarakteristikasi 1- va 2-javdallarda keltirilgan.

Natijalar

Mildronat® preparati guruhida gospitalizatsiya davomiyligini taqqoslashda patsientlarning statsionarda bo‘lish muddati 11,2±0,6 kunni, holbuki, nazorat guruhida - 16,2±2,7 kunni tashkil qilgan. Shunday qilib, Mildronat® YuQTK va COVID-19, asoratlashgan pnevmoniyasi bo‘lgan patsientlarda gospitalizatsiya davomiyligini pasaytirishga yordam bergan: asosiy guruhda ushbu ko‘rsatkich nazorat guruhiga qaraganda (p <0,01) 5 kunga kamroq bo‘lgan (1-rasm). Ehtimol, bu biz tomondan mazkur tadqiqotda olingan quyidagi klinik omillar bilan bog‘liq bo‘lgandir.


Shunday qilib, Mildronat® preparati guruhida SYuE bo‘lgan bemorning klinik holatini baholash shkalasi (KHBSh) natijalarini tahlil qilishda ballar dinamikasi kelish paytidan (5±0,15 ball) chiqarib yuborguncha (3,44±0,14 ball) va 3 oydan keyin 2 ballni tashkil qilgan. Nazorat guruhida o‘xshash ko‘rsatkich kelish paytiga 5,5±0,34 ballni, chiqarib yuborishda - 4±0,26 ballni tashkil qilgan, biroq 3 oydan keyin ko‘rsatkich 5,3±0,44 ballga teng bo‘lgan. Shunday ravishda, 3 oy o‘tib Mildronat® preparati guruhida KHBSh shkalasi bo‘yicha SYuEning klinik belgilari nazorat guruhiga qaraganda (p ≤0,01) 62,2%ga kamroq bo‘lgan.
Shuni ta’kidlash joizki, bugungi kunga kelib SYuE bo‘lgan bemorlarda o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar Mildronat® preparati bilan terapiya miokard qisqarishini ortishiga, jismoniy yuklamaga tolerantlikning oshishga, SYuEning funksional sinfini pasayishiga, yurakning ishemik kasalligi (YuIK) bilan birikishda esa - stenokardiya xurujlarining tez-tezligini pasayishiga, lipid va uglevod almashinuvning ko‘rsatkichlarini yaxshilanishiga, hamda patsientlarning turmush sifatini ahamiyatli ortishiga yordam berganligini isbotlab berdi.


SRO darajasi dinamikasi 2-rasmda taqdim etilgan. Biz tomondan YuQTK va koronavirus pnevmoniyasi bo‘lgan patsientlarda yallig‘lanish markerining darajasini pasaytirish borasida Mildronat® preparatining yaqqol ko‘rinishdagi samarasi aniqlangan (gospitalizatsiyaning birinchi kuniga nisbatan chiqarib yuborish paytiga -55,8%; p ≤0,01), u, ehtimol, preparat ta’sirining bir nechta yo‘nalishlari bilan bir vaqtda bog‘liq bo‘lgan.

Bir tarafdan, avval tadqiqotlarning seriyasida prof. Sergienko I.V. hammualliflar bilan birgalikda, qon tomir yallig‘lanish, endoteliyaal funksiya va lipid spektrning aterogenlik holatiga YuIK bo‘lgan bemorlarda sutkada 100 mg dozada Mildronat® preparatining protektiv ta’siri ko‘rsatib berib bo‘lingan edi, bu, shu jumladan, terapiya boshlanishidan 3 oy o‘tib SRO konsentratsiyasining haqqoniy pasayishi bilan tasdiqlangan.
Boshqa tarafdan, Mildronat® nafaqat metabolizm parametrlariga ijobiy ta’sir qiladi, balki immunomodulyatsiyalovchi ta’sir ham ko‘rsatishi namoyish etilgan. Shunday qilib, bir qator tadqiqotlarda preparat interferonning faol induktori xususiyatini namoyon qildi, makrofaglarni faollashtirdi, T- va B-limfotsitlarning ayri hosil qilinishi reaksiyasini rag‘batlantirdi, hamda uning profilaktik vaksina bilan birlashtirilishida gripp virusiga qarshi himoya ta’sirni ko‘rsatgan.

Ma’lumki, SRO, interleykinlar, D-dimer, hamda adgeziyaning boshqa sitokinlari va molekulalari aterosklerozning rivojlanishi bilan qanday bo‘lsa, og‘ir infeksion jarayonlarning oqib o‘tishi bilan ham xuddi shunday patogenik bog‘liq bo‘lgan yallig‘lanish va prokoagulyatsiya jarayonlarining markerlari bo‘lib xizmat qiladi. Shunday qilib, mazkur tadqiqotda Mildronat® qabul qilgan patsientlarning guruhida YuQTK va COVID-19 bo‘lgan patsientlarda trombotik asoratlarning markeri D-dimerning darajasini 15,7%ga (p ≤0,05), nazorat guruhida esa atigi 4,6%ga (p ≤0,05) haqqoniy pasayishi qayd etilgan. Bunda, guruhlarda kreatinin, laktatdegidroginaza, protrombin vaqt, zardobli ferritin darajalarini haqqoniy o‘zgarishlari aniqlanmagan. Shunday qilib, mazkur tadqiqotda aniqlangan kabi, avvalgi ishlarda ham xuddi shunday aniqlangan yallig‘lanish va prokoagulyatsiyaning ko‘rsatib o‘tilgan markerlarini darajasini pasayishi isbotlangan antiaterosklerotik va immunomodulyatsiyalovchi ta’sirga ega bo‘lgan Mildronat® preparatining majmuaviy ta’sirini ijobiy samarasi kabi baholash mumkinligini taxmin qilish mumkin.


Olingan ma’lumotlarni inobatga olgan holda, SYuE va COVID-19 bo‘lgan patsientlarda gospitalizatsiya muddatlarini kamaytirishga, ular tomonidan vizual-analog shkala (VASh) ko‘rsatkichlari, turmush sifati so‘rovnomasi va asteniya bo‘yicha o‘zlarini his qilishlarini baholashni yaxshilashga Mildronat® preparatining ehtimolli ta’siri haqida ishonch bilan so‘z yuritish mumkin.
Shunday qilib, biz tomondan o‘tkazilgan VASh bo‘yicha ballar dinamikasi tahlili Mildronat® qabul qilgan patsientlarning guruhida nazorat guruhi bilan taqqoslash bo‘yicha (0,44±0,22 mm) gospitalizatsiya paytiga patsientlarning sog‘lig‘i holatidan o‘zlarining qoniqqanlik ko‘rsatkichlari yuqoriroq bo‘lganligini (0,6±0,01 mm) ko‘rsatdi. 3 oy o‘tgandan keyin Mildronat® preparati guruhida VASh shkalasi bo‘yicha natija 0,7±0,02 mm.ni tashkil qildi, bu nazorat guruhiga qaraganda (0,5±0,03 mm;

p ≤0,01) 0,2 ballga haqqoniy yuqoriroq bo‘lgan (4-rasm). Bu preparatning yaxshi uzoq muddatli samara haqida so‘z yuritadi.
Shunga o‘xshash natija turmush sifatini ko‘rsatkichlarini baholashda olingan edi. 3 oydan keyin Mildronat® preparati guruhida EQ-5D so‘rovnoma bo‘yicha ushbu parametrning ahamiyatli haqqoniy yaxshilanishi qayd etilgan: dastlabki darajaga nisbatan -0,64 ball (p ≤0,01). Ushbu natija so‘rovnoma qiymatlari 3 oydan keyin gospitalizatsiyagacha bo‘lgan qiymatlarga qaytgan nazorat guruhiga (p ≤0,01) qaraganda 0,66 ballga haqqoniy pastroq bo‘lgan (5-rasm). Patsientlarning o‘z sog‘lig‘i va turmush sifatining holatidan qoniqqanligini sinovlari natijalari, ayniqsa, terapiya boshlanishidan 3 oy o‘tib Mildronat® preparatini qo‘llash bilan terapiyaning ustunligini yaqqol namoyish etmoqda. Ular bunday davolash strategiyasini ahvolning sub’ektiv ko‘rsatkichlariga qanday bo‘lsa (VASh, turmush sifati ko‘rsatkichlari), dinamikada yurak-qon tomir tizimining ob’ektiv baholanuvchi parametrlariga ham xuddi shunday ahamiyatli ta’siri haqida dalolat beradi.

Shunday qilib, Mildronat® preparati guruhida KHBSh shkalasi bo‘yicha SYuE belgilari kelish paytiga 5 balldan terapiyaning 3 oyidan keyin 1,73 ballgacha pasaydi. Nazorat guruhida kelish paytiga muvofiq ko‘rsatkich 5,5 ballga teng bo‘lgan, va, garchi chiqarib yuborish paytiga 4 gacha pasaygan bo‘lsada, 3 oydan keyin 5,3 ballni tashkil qilgan (6-rasm). Shunday qilib, 3 oydan keyin tadqiqotning asosiy guruhida KHBSh shkalasi bo‘yicha SYuEning klinik belgilari nazorat guruhiga qaraganda (p ≤0,01) 62,2%ga haqqoniy pastroq bo‘lgan.
Mildronat® qabul qilgan patsientlarning guruhida asteniyani baholash ularning holatini quyidagi dinamikasini aniqladi: kelishda MFI-20 shkalasi bo‘yicha natijalar 61,6±1,8 ballni, chiqarib yuborishda - 63,2±1,4 ballni, 3 oydan keyin - 47,3±2 ballni tashkil qilgan. Nazorat guruhida shunga o‘xshash ko‘rsatkichlar muvofiq tarzda 72±3,6; 63,2±2,77 va 69±3,47 ballarga teng bo‘lgan.

Shunday qilib, Mildronat® preparati guruhida terapiyaning 3 oyidan keyin asteniyaning belgilari nazorat guruhiga qaraganda (p ≤0,01) ahamiyatli (21,7 ballga) va haqqoniy pastroq bo‘lgan (7-rasm).
Biz tomondan olingan natijalarni, shuningdek, infeksiyadan keyingi asteniya sindromini etiopatogenetik davolash masalalari bilan chambarchas bog‘liqlikda ko‘rib chiqish zarurdir. Ushbu muammo avval ham o‘tkir respirator infeksiyalar bilan kasallanishning mavsumiy o‘sishi kontekstida muhokama qilingan, biroq yangi koronavirus infeksiya pandemiyasi boshlanishi munosabatida yanada dolzarb bo‘lib qoldi. COVID-19ning eng ko‘p uchraydigan asoratlari mavjud bo‘lgan surunkali YuQTK va SVKlarning zo‘riqishi va dekompensatsiyasi, pnevmoniyaning, poliorgan yetishmovchilikning rivojlanishi, sog‘ayib bo‘lgandan keyin esa - og‘ir infeksiyadan keyingi asteniyaning paydo bo‘lishi bo‘lib qolayotganligi sababli, asteniyaga qarshi faollikka ega bo‘lgan metabolik sitoproteksiya preparatini tanlash paytiga nafaqat statsionarda, balki boshdan o‘tkazilgan infeksiyadan keyin tiklanishning butun keyingi davri davomida patsientni kuzatib borilishini keyingi taktikasi uchun belgilab beruvchi bo‘ladi. Astenik buzilishlarning patogenezida yetakchi rolni ishemiya bilan bog‘liq bo‘lgan patologik jarayon, gipoksiya yoki yuqumli intoksiatsiya oqibatida rivojlanuvchi energetik muvozanatning buzilishi o‘ynashini hisobga olgan holda, samarali terapiya yuzaga kelgan buzilishlarning ko‘pchiligini qoplashga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerakligini taxmin qilish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Shunday qilib, surunkali YuQTK va birikkan koronavirus infeksiyasi bo‘lgan patsientlarda Mildronat® preparatining qo‘llanilishini nafaqat yurak-qon tomir tizimining ko‘rsatkichlarini, balki infeksiyadan keyingi asoratlar profilaktikasi bilan birgalikda ahvolning parametrlarini yaxshilashga ta’sir qiluvchi maqbul terapevtik strategiya deb hisoblash mumkin.

Xulosa

Taqdim etilgan tadqiqotning natijalari avvalambor sutkada 1000 mg dozada Mildronat®  preparatini bazaviy davolashga qo‘shish fonida pnevmoniya bilan asoratlashgan COVID-19 bilan birgalikda SYuE bo‘lgan bemorlarga terapiya samaradorligini oshirish haqida dalolat beradi. Olingan ma’lumotlar dastlab o‘tkazilgan tadqiqotlarning xulosalari bilan muvofiqlashtiriladi. Shu bilan birga, mazkur ishda nafaqat metabolizm parametrlarining, gemostaz tizimining, SYuEning klinik belgilarining yaxshilanishi, balki birinchi galda koronavirus infeksiyasining "tashrif qog‘ozi"ning bir turi kabi hisoblanuvchi og‘ir infeksiyadan keyingi asteniya bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlarning yaqqol ko‘rinishi kamaytirish borasida Mildronat®  preparatining majmuaviy ta’siri ham birinchi marta ko‘rsatib berildi.

Mualliflar haqidagi ma’lumotlar:

Arkadiy Lvovich Vertkin, tibbiyot fanlari nomzodi, professor, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi "A.I.Yevdokimov nomidagi Moskva davlat tibbiyot-stomatologik universitet" OT FDBTM terapiya, klinik farmakologiya va tez tibbiy yordam kafedrasi mudiri.

Veronika Nikolaevna Shishkova, tibbiyot fanlari nomzodi, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi "A.I.Yevdokimov nomidagi Moskva davlat tibbiyot-stomatologik universitet" OT FDBTM poliklinika terapiyasi kafedrasi assistenti, "Moskva shahri Sog‘liqni saqlash departamentining Nutq nuqsoni va neyroreabilitatsiya markazi" SSDBM neyroreabilitatsiya bo‘linmasining katta ilmiy xodimi.

Anna Vladimirovna Nosova, tibbiyot fanlari nomzodi, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi "A.I.Yevdokimov nomidagi Moskva davlat tibbiyot-stomatologik universitet" OT FDBTM terapiya, klinik farmakologiya va tez tibbiy yordam kafedrasi dotsenti.

Anastasiya Leonidovna Kebina, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi "A.I.Yevdokimov nomidagi Moskva davlat tibbiyot-stomatologik universitet" OT FDBTM terapiya, klinik farmakologiya va tez tibbiy yordam kafedrasi assistenti.

Yurak kasalliklarda eng kop qollaniladigan dori vositalari mazkur sahifada keltirilgan.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Kattalar va bolalarda ishtaha ochish usullari

Ko‘pchilik odamlarning ishtahasi yaxshi bo‘lishi semirishga olib kelishini yaxshi bilishadi, shu sababli ishtaha pasayishini ular ijobiy holat va jiddiy oqibatlarga olib kelmaydi deb o‘ylashadi. Bu bekor gap. Ishtahaning pasayishi vaqtinchalik holat bo‘lishi, psixo-emotsional holat bilan bog‘liq bo‘lishi yoki ba’zi dori preparatlariga bo‘lgan organizm reaksiyasi va jiddiy kasallik haqida darak berayotgan bo‘lishi mumkin, masalan xavfli saraton kasalliklaridan. Shu sababli ishtahaning pasayishini inkor etish kerak emas.

Ishtaha pasayishi sabablari

Ishtahaning pasayishini bartaraf etishdan oldin, ishtaha pasayishiga sabab bo‘layotgan sababdan qutulish kerak. Agar ishtaha pasayishiga sezilarli sabab aniqlanmasa va bu holat 2 haftadan uzoq davom etayotgan bo‘lsa, shifokor ko‘rigidan o‘tish va jiddiy kasalliklarni inkor etish kerak bo‘ladi.

[caption id="attachment_11293" align="aligncenter" width="600"]ishtaha ochish Foto: Pinkycloud.com[/caption]

Deyarli barcha katta yoshli insonlarda vaqtinchalik ishtahaning yo‘qolish holatlari uchrab turadi. Ko‘pincha, bunga psixologik holat, jismoniy zo‘riqish, davom etuvchi stress, shoshilinch holatlar, apatiya, depressiya va boshqa turli xil vaziyatlar sabab bo‘la oladi. Ayniqsa, yosh qizlar chiroyli qomatga ega bo‘lish uchun turli xildagi sinalmagan diyetalarga rioya etishadi, buning natijasida ovqat hazm qilish tizimida muammolar kelib chiqib, anoreksiya holatiga olib keladi, uning oqibati esa hatto o‘lim bilan tugashi ham mumkin.

Bolalarda ishtaha pasayishiga sabablar quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  • Bola rivojlanishining o‘ziga xosligi;
  • Ovqatlanishdan oldin shirinlik yeyishga odatlangan bolalar;
  • Kamharakat hayot tarzi;
  • Katta yoshlilar tomonidan bolaga o‘tkaziladigan psixologik bosim;
  • Umumiy ahvolning yomonligi yoki qandaydir kasallik.

Ishtahani qanday oshirish mumkin?

Ishtahani oshirish uchun avvalo ovqatlanish tartibi va ratsionini to‘g‘irlab olish kerak.

Ishtaha ochish usullari

Kam-kamdan tez-tez ovqat yeyish. Oshqozonda ovqat yaxshi hazm bo‘lishi uchun oz-ozdan, lekin tez-tez ovqat yeyish kerak. Bunda inson och qolib ketmasligi ham kerak. Har bir ovqatlanish oralig‘I 3 soatni tashkil etishi lozim.

Ratsionning turli xilda bo‘lishi. Ovqat ratsionida albatta inson o‘zi sevib iste’mol qiladigan ovqatlar bo‘lishi kerak. Ammo, ularni doimo iste’mol qilish badga uradi. Buning oldini olish uchun esa ovqat turini o‘zgartirib turish va dessert o‘rnida turli xildagi mevalarni iste’mol qilish kerak.

[caption id="attachment_11297" align="aligncenter" width="617"]ishtaha Foto: Kakimenno.ru[/caption]

Ovqatlanish doimo bir xil vaqtda bo‘lishi kerak. Har doim bir vaqtda ovqatlanish oshqozon sokining ishlab chiqarilishi va och qolish hissining bir vaqtda “uyg‘onishiga” o‘rgatadi. Och qolish hissi uyg‘onganda, ovqatlanishdan oldin shirinlik iste’mol qilish kerak emas, buning o‘rniga 30 daqiqa oldin mevalar yoki sabzavotlar tanovul qilish, ularning sharbatidan 1 stakan ichish yaxshiroq.

Suv balansi normada ushlab turish. Organizmning suvsizlanishi ishtahaning pasayishiga olib keladi, shuning uchun bir kunda kamida 8 stakan gazsiz suv ichish zarur. Ayniqsa jismoniy zo‘riqish vaqtida ko‘proq suv ichish talab etiladi.

Ovqatlanish madaniyati. Ovqatlanish stolining chiroyli qilib bezatilishi va ovqat tortiq qilinishida o‘ziga xos usullarni qo‘llash, ishtahani oshirishda juda yaxshi samara beradi.

Zararli odatlardan voz kechish. Tamaki mahsulotlarini chekish inson organizmi qabul qiladigan “rohatlanish” hissini chaqiradi. Shu sababli tamaki mahsulotlarini cheklash va organizmning ovqatlanishdan lazzatlanish hissini olishga o‘rgatish kerak. Bundan tashqari organizm uchun zararli bo‘lgan odat – bu haddan ortiq ko‘p ishlashdir. Zo‘riqishlardan qochish uchun o‘z vaqtida ishlab, o‘z vaqtida dam olish zarur, ayniqsa uyqu muddati bir sutkada 8 soatdan kam bo‘lmasligi lozim.

Faol hayot tarzi. Ishtaha ochilishi uchun muntazam ravishda organizmni jismoniy mashqlar bilan chiniqtirib borish kerak. Toza havoda sayr etish, tongda yengil yugurish, sport bilan shug‘ullanish, yoga mashqlariga qatnash va ish joyida lift o‘rniga zinalardan chiqib tushish tavsiya etiladi.

Vitaminlar qabul qilish. Organizmda vitaminlar yetishmovchiligi ham ishtahaga salbiy ta’sir etadi. Su sababli erta bahorda va kuzda vitamin komplekslarini qo‘shimcha ravishda qabul qilib turish kerak. Ayniqsa ishtaha ochish uchun askorbin kislota (vitamin C) va vitamin B12 katta rol o‘ynaydi.

Kattalar uchun tavsiyalar

Ishtaha ochish va tana vazniga massa qo‘shish uchun hayot tarzini va odatlarni o‘zgartirish kerak. Kamharakat hayot tarzi va zararli odatlar, hamda doimiy stress holatlari ishtahaning pasayishiga olib keladi. Shu sababli toza havoda ko‘proq sayr qilish, badantarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanish, yetarlicha uxlash inson jismoniy holatiga va ruhiyatiga ijobiy ta’sir etadi, ishtaha, ovqatlanish istagi ham ortadi.

Ovqatlanish insonda quvonch hissini uyg‘otishi shart. Buning uchun ovqatlanish stolini bezatish, ovqatlanayotganda shoshmaslik, ovqatning mazasini yaxshilab his etish lozim. Ovqatlanishdan 20-30 daqiqa oldin yashil olma, bir bo‘lak limon yoki 2-3 qoshiq karam sharbati qabul qilish qonda insulin miqdorini va oshqozon shilliq qavatlarini “qitiqlaydi”, buning natijasida ishtaha yanada oshadi. Bundan tashqari tayyor bo‘lgan ovqatga maxsus qo‘shimchalar va ziravorlar qo‘shib iste’mol qilish ham tavsiya etiladi.

Xalq tabobatidan foydalangan holda ishtahani ochish ham yaxshi natija beradi. Masalan, zangori sachratqi (отвар цикория),  shuvoq (горькой полыни), qoqio‘t (одуванчиков) nastoykalari hazm qilish tizimi a’zolariga va ishtaha ochishga yordam beradi. Bu vositalarning barchasini dorixonalardan osongina topsa bo‘ladi.

Kattalarda ishtaha ochish yo‘llari

  • Alloxol – bir kunda 2 mahal, ovqatdan keyin qabul qilish;
  • Askorbin kislota (vitamin C) – 1 kunda 2 tabletkadan, ovqatlanishdan oldin bir oy muddatda qabul qilish mumkin.

Keksa yoshli insonlarda ishtaha pasayishi tuli xil a’zolardagi kasalliklar sababli kelib chiqishi mumkin, masalan, oshqozon, ichak, jigar, buyrak, yurak-qon tomir tizimi, qandli diabet, endokrin tizimi kasalliklari. Qariyalarda ovqatlanish tartibi va tarkibi, ovqat mahsulotlari bilan kiradigan mikroelementlar va vitaminlar yetishmovchiligi umumiy quvvatsizlik, holsizlik, tana vaznining kamayishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Uy sharoitida keksa yoshli insonlar ovqatlanishdan oldin dorivor o‘simliklar damlamasidan (fitochoy) ichishlari lozim. Bundan tashqari ishtahani ochishda sarimsoq, ko‘katlar, ko‘k piyoz, turp suvi hamda sitrus mevalar iste’mol qilish yaxshi samara beradi. Keksalar ko‘proq toza havoda sayr qilishlari va kuchlari yetguncha jismoniy mashqlar bajarishlari kerak, shunda organizm energiyasi sarflanib ovqatlanishga bo‘lgan ehtiyoj ortadi.

Bola ishtahasani ochish​ usullari

Bolalarda ishtahaning yo‘qligi ota-onalarni tashvishga soluvchi eng ko‘p tarqalgan holatlardan biridir. Vahima qilishga shoshilmang, avvalo bolaning hayot tarzini yaxshi o‘rganib, uning nima sababdan ovqatlanish istagi yo‘qligi haqida bilib oling. Hech qachon bolani majburlab ovqatlantirmang, bu uning psixologiyasiga va hazm qilish jarayoniga salbiy ta’sir etishi mumkin (ovqatlanishga bo‘lgan nafrat, yegan ovqatni qayt qilib tashlash).

[caption id="attachment_11296" align="aligncenter" width="626"]bola ishtahasini ochish Foto: Shutterstock.com[/caption]

Bolaning ishtahasiga ijobiy ta’sir etish uchun, tongni gimnastika va suv o‘yinlari bilan boshlash kerak. Kun davomida ham bolaning aktiv harakatda bo‘lishi ta’minlash lozim, sayr qilish va turli xil o‘yinlar, ayniqsa tushlik va kechki ovqat oldidan bola kayfiyatini ko‘tarish, bola ishtahasining ochilishiga olib keladi.

Ko‘pchilik bolalar ovqatlanish vaqtini ularning o‘ynashi uchun xalaqit beradigan jarayon deb qabul qilishadi. Shu sababli bola likopchasiga ovqatni kamroq suzib berish kerak, shunda bola uni tezroq iste’mol qiladi va o‘zining sevimli o‘yiniga qaytadi. Ammo, ovqatlanish oralig‘idagi shirinliklar bilan ishtahani bo‘g‘ish yaxshi emas, bunda bolaning o‘z vaqtida ovqatlanish tartibi buziladi.

Psixologik usullardan: sabzavot va souslardan shaklchalar yasash, likopchalarda multfilm qahramonlari surati tushirilgan bo‘lishi (likopchada qaysi qahramon turganligini bilish uchun ovqatni oxirigacha yeyish buyuriladi) bola kayfiyatini ko‘taradi va ovqatlanishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.

Ishtaha ochish uchun tabiiy retseptlar

[caption id="attachment_11295" align="aligncenter" width="557"]ishatahani oshirish Foto: Nextews.com[/caption]

Shuvoq (горькая полина) nastoykasi

Kerakli mahsulotlar:

  • Quritilgan shuvoq o‘simligi 1 choy qoshiq;
  • 2 stakan suv.

Tayyorlash usuli:

  • 1 osh qoshiq quritilgan o‘simlikni qaynab turgan suvga soling, ya’ni choy kabi damlang;
  • 20 daqiqa kuting. Tayyor bo‘lgan nastoykani ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin ¼ stakan hajmda, bir kunda 2-3 marta qabul qiling.

Qoqio‘t (одуванчиков) nastoykasi

Kerakli mahsulotlar:

  • Qoqio‘t ildizidan 1 osh qoshiq;
  • 250 ml suv.

Tayyorlash usuli:

  • Qoqio‘t ildizining quritilgan holida 1 choy qoshiq olib qaynatilgan suvga soling va uni yana qaynating;
  • So‘ng qaynatilgan nastoykani 1 soatga tindirib qo‘yiladi.
  • Tayyor bo‘lgan nastoykani 1 choy qoshiqdan ovqatdan oldin 3 mahal qabul qilish kerak.

Zangori sachratqi (отвар цикория)

Kerakli mahsulotlar:

  • Sachratqi ildizidan 2 osh qoshiq;
  • 500 ml suv.

Tayyorlash usuli:

  • O‘simlik ildizini qaynagan suvda 10 daqiqa ushlang;
  • Tayyor bo‘lgan nastoykadan yarim stakandan ovqatdan 1 kunda 3 mahal qabul qiling.
  • Yuqoridagi nastoykalarni tayyor holda dorixonalardan ham olsangiz bo‘ladi.

Quyidagi video lavha orqali mutaxassis Mamlakat Rustamovaning to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish borasidagi foydali tavsiyalari bilan tanishishingiz mumkin. Zero, ishtaha pasayishi pasayishining asosiy omillaridan biri bu ovqatlanish tartibiga hamda to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga rioya qilmaslikdir. Salomat bo‘ling!

[su_youtube_advanced url="https://youtu.be/COTqmYYVHtU" width="560" height="320" autohide="yes" showinfo="no" rel="no" modestbranding="yes" theme="light" https="yes" playsinline="yes"]


Savol: Assalomu alaykum ishtaha ochishga nima maslahat berasiz? Ertalab umuman hech nima yegim kelmaydi, tushlik, kechki ovqat ham oz-oz yeyman, xolos. Shu bilan keyingi kun ertalabgacha bemalol yuraman. Sal narsaga to‘yib qolaman, hech nima o‘tmaydi. Ko‘pchilik, tibbiyotga yaqin do‘stlarim askarbinka olsang yaxshi bo‘ladi deyishgandi. Shu gap rostmi yoki boshqa usullari bormi? Javob uchun rahmat.

Javob: Ha, askorbinkani olsangiz ishtaha nisbatan ochiladi. Lekin baribir buni sababini topish kerak. Ko‘p hollarda ishtaha pasayishining sababi qalqonsimon bez kasalligi bo‘ladi. Shuning uchun birinchi navbatda endokrinologga ko‘rining.
Ishtahani ochish uchun qalampir yeyish ham naf berishi mumkin. Lekin shifokor qabulida bo‘lib, kasallikning sababini aniqlashni unutmang.

© Javlon Abdullayev, shifokor.
ATF.UZ - Onlayn tibbiy konsultatsiya

Gripp va yuqori nafas yo'llarining infeksiyalarini alomatlarini davolash uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri TeraFludir.

TeraFlu bu – alohida paketlarga qadoqlangan eriydigan granulalar.

Har bir paket tarkibi:

Faol moddalar: 2 mg benzoksoniy xloridi, 1,5 mg lidokain gidroxloridi,; Yordamchi moddalar: etanol, qalampiryalpiz moyi, mentol, gliserin, xlorid kislotasi, tozalangan suv.https://apteka.uz/product/teraflyu

Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo'llaniladigan boshqa preparatlar: GRIPHOT, Rinil hotmiks, Insti, Sinupret ekstrakt, Rinomaks, ASS va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Klimaks - yangicha hayot

Klimaks o‘zi nima?

Klimakteriy (klimaks, klimakterik davr) – bu ayollar hayotida har xil tarzda kechadigan fiziologik davrdir. Bu davrda ayollar gormoni-estrogenlar miqdori pasayib, reproduktiv tizim faoliyatining susayishi sodir bo‘ladi natijada hayz ko‘rish sikli to‘xtaydi va bu davr 40-55 yoshlarga to‘g‘ri keladi. klimaks

Klimakteriy qanday alomatlari bilan namoyon bo‘ladi?

Klimakteriyning alomatlari turli-tuman belgilar yoki belgilar yig‘indisi bo‘lishi mumkin. Bularga qon quyilishi, tungi terlash, yurakning tez-tez urishi, uyqusizlik, vahimali tush ko‘rish, oyoq qo‘llarning uvishishi, sanchib og‘rishi, tananing va muskullarning zirqirab og‘rishi, bosh og‘rig‘i va aylanishi, kayfiyatning birdaniga o‘zgarishi, asabiylashish, tushkunlik, tez charchash, etning junjikishi, nafas qisishi, havo yetishmasligi, og‘iz qurishi va lovullashi, turli xil noxush ta’m sezgisi, unutuvchanlik boshqalar kiradi. Ba’zi ayollarda bunday alomatlarning birortasi ham paydo bo‘lmaydi. Lekin 75 foiz ayollarda bu alomatlarning bittasi yoki bir nechtasi uchrashi mumkin. Bu alomatlar butunlay meyoriy holat hisoblanadi.

Klimakterik davr qancha davom etadi?

Klimakterik davrning yengil va fiziologik kechishi avvalo ayol kishining o‘ziga bog‘liq. Qolaversa, oila a’zolarining qo‘llab-quvvatlashi, oiladagi sog‘lom muhit, atrofdagilarning mehr ko‘rsatishi bu davrning yengil va qisqa muddatli davom etishiga yordam beradi. Bu davr 50 foiz ayollarda bir yilgacha, 25 foiz ayollarda 2-3 yil, 20 foiz ayollarda 5-10-20 yilgacha, 5 foiz ayollarda esa umrining oxirigacha davom etadi. Klimakterik davrda ayollarning tashqi ko‘rinishlarida, sog‘lig‘ida, hayotga bo‘lgan qiziqishlarida sezilarli o‘zgarishlar bo‘ladi. Organizm 20-30 yil avvalgiga qaraganda boshqacha tarzda ishlaydi. Ba’zi ayollarda yuzlarida ajinlar paydo bo‘lishi, so‘niq nigohlar, atrofdagi voqea-hodisalarga qiziqishning yo‘qolishi kuzatilsa, ba’zi ayollarda esa hayotga bo‘lgan munosabatlari umuman o‘zgarmaydi, ulardagi zehn o‘tkirligi, aqlning sinchkovligi, jozibali nigohlari saqlanib qoladi. Yillar davomida yig‘ilgan o‘rnak bo‘larli hayotiy tajribalari, fikrlash doiralari ortib boraveradi.

Klimakterik sindrom nima?

Klimakterik sindrom – klimakterik davrni boshidan kechirayotgan ayollardagi patologik holat bo‘lib, bunda nerv-psixik, vegetativ qon tomir va modda almashinuvi buzilishlari bilan namoyon bo‘ladi. Bu holatning boshlanishi va xarakteriga qarab 3 guruhga bo‘linadi.

Erta alomatlar

Vazomotor – qizishning ortib borishi, ter quyilishi, bosh og‘rig‘i, titrash, yurakning tez-tez urishi. Psixoemotsional – asabiylashish, seruyqulik, holsizlik, bezovtalanish, depressiya, libidoning pasayishi, yomon uxlash, vahimali tushlar ko‘rish.

O‘rta davr alomatlari

Urogenital – qinning quruq bo‘lishi, jinsiy yaqinlikda og‘riq sezilishi, qichishish, achishish, tez-tez peshobga chiqish. Teri, soch, tirnoqlar –
tirnoqlarning mo‘rt va sinuvchanligi, terida ajinlar paydo bo‘lishi va qurishi, sochlarning qurishi va to‘kilishi.

Kechki alomatlar

Yurak ishemik kasalligi, osteoporoz, osteoartrit, xotira pasayishi, ko‘rish va eshitishning pasayishi, vazn ortishi va boshqalar.

Qaysi shifokorga murojaat qilishi kerak?

Bu davrni boshdan kechirayotgan ayollar ginekolog, nevrolog va kardiolog ko‘rigidan o‘tib turishlari lozim.

Foydali maslahatlar

Avvalo hayot tarzingizni va unga bo‘lgan munosabatingizni o‘zgartiring – salbiy holatlarga e’tibor bermang va ijobiy tuyg‘ularga diqqatingizni qarating. Barcha zararli odatlardan voz keching. Achchiq va sho‘r taomlar iste’molini cheklang, tamaki mahsulotlari, spirtli ichimliklardan voz keching. Chunki ularning barchasi qarishni tezlashtiradi. O‘z vazningizni nazorat qiling, ko‘p ovqat yemang. Ovqat ratsionida hayvon oqsilini (go‘sht) kamaytiring, sabzavot va mevalar, baliqni ko‘proq iste’mol qiling. Kalsiyga boy mahsulotlarni (sut, qatiq, tvorog, pishloq, holva) iste’mol qiling. Jismoniy faollikni oshiring, chunki kam harakat qilish semirishga olib keladi. Kuniga 7-8 soat uxlang, chunki uyqu vaqtida organizm kuchlari tiklanadi va asabiylashish omillarining salbiy oqibatlari yo‘qoladi.

 © Hakimova Nigora Qo‘chqorovna , oliy toifali ginekolog. "Salomatlik sandig‘i" gazetasi.

ico
Kesarcha kesish o‘tqazilgach...

Vaziyat homiladorlikning kesarcha kesish bilan yakunlanishini taqozo qilgan ekan, tushkunlikka tushmang. Muhimi, farzandingiz bag‘ringizda. Endilikda ardog‘ingizdagi go‘dak tinimsiz parvarish va e’tiborga muhtoj. Buning uddasidan chiqishingiz uchun operatsiyadan keyin to‘laqonli tiklanishingiz kerak. Shifokorning barcha tavsiyalariga amalga kilgandagina tiklanish jarayoni tez va asoratsiz kechadi.

kesarcha kesish otqazilgach

Kesarcha kesishdan keyingi muolaja

Jarrohlik amaliyotidan so‘ng oyoqqa qancha tez tursangiz, tiklanish jarayoni shuncha samarali kechadi. Chunki har qanday operatsiyadan so‘ng tomirlarda tromb hosil bo‘lish xavfi tug‘iladi. Bu ayniqsa 35 yoshdan keyin tug‘adigan ayollarga tegishli. Aynan shuning oldini olish uchun shifokorlar operatsiyadan keyin uzoq yotmaslikni, o‘zini zo‘riqtirmagan holda harakatda bo‘lishni uqtirishadi. Shunday ekan, operatsiya kunining ertasigayoq o‘rningizdan turishga harakat qiling.

O‘rindan to‘g‘ri turishga o‘rganing

Buni quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiring:

  • oyoqlarni tizzada bukib, yonboshlab oling.
  • ehtiyotkorlik bilan qaddingizni ko‘taring.
  • yarim o‘tirgan holda bir oz dam oling.
  • yordamchining ko‘magi bilan oyoqqa turing. Birinchi marta yurish uchun 2-3 qadamning o‘zi kifoya.

Bolangizni emizing

Operatsiyadan keyin ba’zi onalarda sut kelishi ancha kechikadi. Lekin go‘dagingiz ona sutiga juda muhtoj. Bu yana o‘z salomatligingiz uchun ham muhim. Emizish bachadonning tez qisqarishiga yordam beradi.

Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.

Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.

Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60

Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Ko‘krak bezi saratoni - sabablari, belgilari, turlari va davolash usullari

Ko‘krak bezi saratoni - o‘sma kasalliklari orasida eng ko‘p tarqalgan kasallik. Tibbiy statistik ko‘rsatkichlarlarga ko‘ra bu kasallik bilan dunyo bo‘ylab 10 % ayollar, ayniqsa yevropa mamlakatlarida istiqomat qiluvchi ayollar kasallangan. Ko‘p hollarda saraton 45 yoshdan oshganlarda kuzatiladi. Rivojlangan davlatlarda ushbu kasallik biroz kamaygan, bunga sabab kasallikni aniqlashda zamonaviy tekshiruvlar o‘ylab topilgani va davo choralarining samaradorligidir. Shunday bo‘sa ham o‘sma turli xildagi hujayralar va ularning o‘sish darajalari farq qilgani uchun kasallikni davolash qiyinchiliklar tug‘diradi. Kasallik rivojlanishi sekin, uzoq vaqt davomida belgilarsiz kechadi, ba’zi hollarda kasallik shiddat bilan rivojlanishi ham mumkin. Ko‘krak bezi saratonining samarali davosi uning erta aniqlanishlaridagina amalga oshadi.

Ko‘krak bezi saratonining kelib chiqish sabablari

Saraton kelib chiqishiga turli xil sabablar bo‘lishiga qaramay, asosiy o‘rinni irsiy moyillik va gormonal o‘zgarishlar egallaydi, ayniqsa esterogen gormonlarning ta’siri natijasida o‘sma kelib chiqish xavfi yuqori. O‘sma paydo bo‘lishiga olib keluvchi xavf omillari:

[box type="info" align="alignleft" class="" width=""]Diqqat! Ilmiy izlanishlar ko‘rsatishicha, uzun bo‘yli ayollar va tana vazni ortiqcha ayollar menopauza vaqtida ko‘krak bezi saratoni bilan kasallanishi ko‘proq uchraydi. [/box]

Yuqorida sanab o‘tilgan xavf omillari to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘sma paydo qilmaydi, shunchaki saraton kelib chiqishiga moyillikni oshiradi. Shu qatorda uzun bo‘yli va semiz ayollarning barchasi ham saraton bilan kasallanavermaydi. Albatta ko‘krak bezi saratoni kelib chiqishi uchun bir emas, bir necha faktorlar rol o‘ynaydi.

Ko‘krak bezi saratoni turlari va belgilari

Ko‘krak bezi saratonini davolash

Tibbiy amaliyotda ko‘krak bezi saratonining bir necha turlari farqlanadi:

Tugunli ko‘rinishi – ko‘krak bezida yumaloq yoki noto‘g‘ri shakldagi, ushlab ko‘rilganda og‘riqsiz bo‘lgan hosila paydo bo‘ladi. Qo‘llar bilan shu hosila ushlanganda teri ostidan bo‘rtib turganligi va terining o‘zgarganligi bilinadi. Kasallikning so‘ngi bosqichlarida terida yaralar, ko‘krak bezining deformatsiyasi, qo‘ltiq osti va o‘mrov osti limfa bezlari kattalashadi.

Shishli-infiltrat turi – bunday turdagi ko‘krak bezi o‘smasi ko‘proq yosh ayollarda uchraydi. O‘sma butun ko‘krak bezini egallab olib, palpatsiya qilinganda og‘riq chaqiruvchi bo‘ladi. Ushbu sohadagi teri apelsin po‘sti kabi bo‘lib qoladi, so‘rg‘ichlar atrofida shish paydo bo‘ladi. Qo‘ltiq osti limfa bezlari kattalashadi.

Mastitsimon saraton – har qanday yoshdagi ayollarda uchraydi, ko‘proq yosh ayollarda kuzatiladi. Kasallik natijasida ko‘krak bezi shishadi va hajmi kattalashadi, tana harorati va mahalliy harorat ko‘tariladi. Ko‘krak bezida zich qattiq hosila paydo bo‘ladi.

Saramassimon (roja) formasi – bunday o‘sma kasalligi saramas (roja) yallig‘lanishi kabi kechadi. Ko‘krak bezida qizarish va notekisliklar, bezning qattiqlashishi kuzatiladi. Palpatsiyada hech qanday tugunlar aniqlanmaydi.

Pansirnaya forma – o‘sma hujayralarining o‘sishi butun ko‘krak bezi terisi va teri osti yog‘ qavati bo‘ylab tarqalagan bo‘ladi. Kasallik ikkinchi ko‘krak bezini ham qamrab olishi mumkin. Saratonning bu turida o‘ziga xos jihat shuki, bunda ko‘krak bezi hajmi kichrayadi, uning terisi zichlashadi va bez harakatchanligi cheklanadi.

Pedjet saratoni – o‘sma kasalligining eng kam uchraydigan turi, umumiy o‘sma kasalliklarning 5 %ini tashkil qiladi. Ko‘krak bezida yaralar, teri deformatsiyalari, so‘rg‘ichlar atrofida tugun paydo bo‘lishi, qichishish bilan kechadi. Kechki bosqichlarda metastazlar beradi.

Boshqa o‘sma kasalliklari kabi ko‘krak bezi saratonini ham erta muddatlarda aniqlash qiyin, chunki kasallik belgilarsiz boshlanadi. Har qanday belgi, masalan, ko‘krak bezida og‘riqlar, shish, diskomfort, so‘rg‘ichlar kattalashishi, so‘rg‘ichlardan oqgan patologik suyuqliklar va shu kabi holatlar kuzatilsa, darhol shifokor ko‘rigidan o‘tish kerak.

[box type="info" align="aligncenter" class="" width=""]Diqqat! Agar sizda ko‘krak bezi so‘rg‘ichlarida har qanday qattiqlashgan hosila paydo bo‘lsa, yuqoridagi belgilar kuzatilmasa ham zudlik bilan shifokor ko‘rigidan o‘ting.[/box]

Kasallik darajasini belgilash uchun maxsus jadavaladan foydalaniladi: T – harfi bilan birlamchi o‘sma soni, M – harfi bilan boshqa organlarga tarqalgan metastazlar soni, N – harfi bilan mahalliy zararlangan limfa tugunlari soni belgilanadi.

Yomon sifatli o‘smalar ko‘krak bezining turli sohalarida joylashishi mumkin: teri qoplamalarida, areola va so‘rg‘ichlar atrofida, yuqori va pastki ichki kvadrat, yoki yuqori va pastki ichki kvadrat, orqa qo‘ltiq osti sohasida bo‘lishi mumkin.

ko'krak saratoni

Ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash usullari

Ko‘krak bezi saratonining erta diagnostikasiga o‘z-o‘zini tekshirish va shifokor-mammolog ko‘rigidan o‘tish kiradi. 40 yoshdan oshganda yilda bir marotaba mammografiya tekshiruvidan o‘tib turish kerak.

Ko‘krak bezini mustaqil ravishda tekshirish har oyda, hayz siklining 5-7 kunlarida o‘tkazgan yaxshiroq. Ko‘ruvda ko‘krak bezlarining simmetrikligiga, teri qoplamali va so‘rg‘ichlar holatiga, ko‘krak bezining hajmiga e’tibor qaratish lozim. Palpatsiyani yotgan yoki o‘tirgan holda o‘tkazish mumkin. Har bir ko‘krak bezini galma-galdan, so‘rg‘ichlardan boshlab tanasining oxirigacha palpatsiya qilish kerak. Ko‘krak bezidagi har qanday qattiqlik va zichlashgan hosila kasallikka shubha qilish asos bo‘ladi. Bundan tashqari qo‘ltiq osti sohasidagi limfa bezlariga ham e’tibor qaratish lozim. Har qanday gumon qilinayotgan hosila aniqlansa, darhol mutaxassis shifokorga murojaat qilish zarur.

Aniq diagnoz esa quyidagi tekshiruvlar o‘tkazilgach aniqlanadi:

  • Mammolog ko‘rigi;
  • Mammografiya;
  • Duktografiya;
  • UTT (UZI);
  • Paydo bo‘lgan hosila biopsiyasi;
  • So‘rg‘ichdan kelgan har qanday patologik suyuqlik laborator analizi;
  • Qonni gormon va onkomarkerlarga tekshirish;
[box type="info" align="alignleft" class="" width=""]Muhim! Ko‘krak bezi saratoni erta diagnostikasi uchun 40 yoshdan oshgan ayollar bir yilda 1 marotaba 3 xil tekshiruvdan o‘tib turishlari shart: mammografiya, gormonal va onkomarkerlarga qon analizi.[/box]

Qo‘shimcha tekshiruv usullari:

  • Ko‘krak qafasi rentgenografiyasi;
  • Kompyuter tomografiyasi;
  • Suyaklar tekshiruvi;
  • Qorin bo‘shlig‘I UTT (UZI) tekshiruvi.

Ko‘krak bezi saratonini davolash

Ko‘krak bezi saratonini zamonaviy tibbiyotda davolash operatsiya, kimyo va nur terapiyasi, gormonal va immunoterapiyani o‘z ichiga oladi. Bu kasallikda davo choralari har bir ayol uchun individual va bir necha usullar kompleksidan iborat bo‘ladi.

Ko‘krak bezi saratoning xirurgik davosi

Kasallikning asosiy davosi bo‘lib operatsiya hisoblanadi. Zamonaviy jarrohlik amaliyotlari maksimal darajada sog‘lom ko‘krak bezini va uning qismlarini saqlab qolishga qaratilgan. Operatsiyadan keyin odatda kimyo va nur terapiyasi buyuriladi.

Jarroh-onkolog tomonidan o‘tkaziladigan operatsiyalarning bir necha turi bor:

  • Radikal kesish – ko‘krak bezini teri osti yog‘ qavati va limfa tugunlari bilan “nursimon” kesish;
  • Radikal mastektomiya – ko‘krak bezini limfa tugunlari bilan birgalikda butunlay olib tashlash. Hozirgi tibbiyotda bu amaliyot kam hollarda qo‘llaniladi;
  • Kvadranektomiya – hosil bo‘lgan o‘smani atrof to‘qimalari bilan 5 sm gacha radiusda olib tashlash. Bu usul kasallikning erta bosqichlarida samarali;
  • Lampektomiya – kichik operativ aralashuv, o‘smaning o‘zini va limfa tuguninigina olib tashlash.

Ko‘krak bezi saratonida nur terapiyasi

O‘sma kasalligida nur terapiyasi operatsiyadan oldin, operatsiya vaqtida, operatsiyadan keyin va mustaqil ravishda nur terapiyasi o‘tkazish mumkin.

Operatsiyadan oldingi nur terapiyasi o‘sma hujayralarining maksimal darajada yo‘qotilishiga mo‘ljallangan bo‘ladi, shunda operatsiya o‘tkazish osonlashadi.

Operatsiydan keyingi nur terapiyasi qayta o‘sma kelib chiqmasligini oldini olish maqsadida o‘tkaziladi.

Operatsiya davomida nur terapiyasi o‘tkazishdan maqsad maksimal darajada sog‘lom ko‘krak bezini saqlab qolishga qaratiladi.

Operatsiyaga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lsa, mustaqil ravishda nur terapiyasi o‘tkaziladi. Nur terapiyasini masofadan turib o‘tkazishdan tashqari ichki ya’ni o‘smaning o‘zida ham o‘tkazsa bo‘ladi. Bundan tashqari, nur terapiyasi limfa tugunlarida ham o‘tkaziladi.

Kasallikni medikomentoz davosida sitostatik preparatlar - o‘sma hujayralarini o‘sishdan to‘xtatish va yo‘qotish maqsadida o‘tkaziladi. Bu preparatlarning nojo‘ya ta’sirlari ko‘pligi sababli medikomentoz davo qat’iy ko‘rsatmalardagina buyuriladi.

ko'krak bezi saratoni belgilari

Ko‘krak bezi saratonida gormonal terapiya

Ko‘krak bezi saratoni esterogen gormonlari ta’sirida rivojlanishini hisobga olib, uning davosida gormonal preparatlar ham tavsiya etiladi. Bu usulning samaradorligi o‘sma hujayralarining gormonlarga sezgirligi bo‘lsagina bilinadi. Gormonal davoga tuxumdonlarni olib tashlash hamda gormonal preparatlar buyurish kiradi. Ular shifokor tomonidan qat’iy individual ravishda buyuriladi. Davo rejasini tuzishda shifokor o‘smaning hajmi, mahalliy va uzoq metastazlarni, laborator va instrumental tekshiruvlar natijalarini, bemorning umumiy ahvolini inobatga oladi.

Ko‘krak bezi saratonining davosida muhim jihatlari bemorning psixologik va sotsiologik holatini tiklashdir. Ko‘krak bezlari olib tashlanganda kosmetik jihatdan qayta tiklash maqsadida plastik operatsiyalar o‘tkaziladi.

Kasallik prognozi

Bugungi kunga kelib ko‘krak bezi saratoni barcha o‘sma kasalliklari orasida eng yaxshi o‘rganilgan kasallikdir. Uni erta muddatlarda aniqlab samarali davolasa bo‘ladi. Individual prognoz o‘smaning hajmi, joylashgan joyi, rivojlanish darajasi va boshqa kriteriyalarga qarab belgilanadi. Ijobiy natijaga ko‘proq gormonlarga sezgir bo‘lgan o‘sma kasalligida erishsa bo‘ladi, chunki bunday holatda o‘sma rak oldi holatida uzoq muddat saqlanadi.

O‘sma kasalligining prognozi uning metastazlar berishi bilan ham belgilanadi. Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘krak bezi saratoni metastazlar soni 4 ta limfa tugunidan ko‘p bo‘lsa, davolanish samarasi kam bo‘ladi. Gematogen metastazlardan ko‘ra mahalliy metastazlarda davolanish samarasi ijobiyroq bo‘ladi. Eng xavflisi bo‘lib, metastazlar uzoq organlarga tarqalib ketishi hisoblanadi. Bundan tashqari onkomarkerlar ko‘rsatkichi ham muhim rol o‘ynaydi, uning miqdori oshishi metastazlar va qayta rivojlanishlar xavfini oshirib yuboradi.

Hayotchanlik haqida ma’lumotlar

Ko‘krak bezi saratonida yashovchanlik 55 % ni tashkil etadi. Adekvat davo choralari ko‘rilmasa, bu ko‘rsatkich 10 %ni tashkil qiladi. Yashovchanlik darajasiga ko‘plab faktorlar ta’sir qiladi. Agar o‘sma darajalariga qarab yashovchanlik aniqlansa, o‘smaning boshlang‘ich darajalarida 95 %ni tashkil qiladi. Ikkinchi bosqichda, o‘smaning 5 sm gacha paydo bo‘lishida, o‘sma hujayralarining bir ikki limfa tugunlariga metastazlarida yashovchanlik 55-80 %ni tashkil qiladi.

Uchinchi va to‘rtinchi bosqichdagi saratonda yashovchanlik 50-10 %ni tashkil etadi. Ammo shunga qaramay, o‘z vaqtida kasallikni aniqlash, uni davolash, operativ va kimyo-nur terapiyalarni bir vaqtda olib borish, shifokor tavsiyalariga qat’iy rioya qilish va sog‘lom turmush tarzini olib borish ushbu kasallikni ma'lum darajada yengishga imkon beradi.

Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.

Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.

Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60

Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Ko‘krak sutidagi gormonlar
Sut – sut emizuvchi hayvonlar va odam sut bezining sekreti. U qimmatli ozuqa hisoblanib, tarkibida organizm o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan hamma moddalar – oqsillar va aminokislotalar, moy va lipidlar, karbonsuvlar, vitaminlar, tuzlar va boshqalar bor.

XX asrning 30-yillaridayoq sutda gormonlar va boshqa biologik faol moddalar mavjudligi ma’lum edi. Bu sohadagi tadqiqotlar keyingi o‘n yillarda ayniqsa keng rivoj topgan bo‘lsa ham, sutdagi gormonlar va boshqa biologik faol moddalarning rivojlanayotgan organizm uchun fiziologik va patofiziologik mohiyati to‘la-to‘kis oydinlashtirilmadi.

Sutda qanday gormonlar topilgan?

Topilgan gormonlarning miqdori qancha va bu miqdor qanday omillarga bog‘liq? Bu gormonlar yangi tug‘ilgan bola oshqozon-ichak yo‘llaridan qancha so‘riladi yoki o‘zgarishlarga uchraydimi, degan savollar tug‘iladi.

Hayvonlar sutida topilgan gormonlarning soni juda ham ko‘p.

Oqsil – peptid gormonlar. Sut ajralish, ya’ni laktatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy gormonlar – bu prolaktin. Prolaktinning sutdagi konsentratsiyasi taxminan qondagiga to‘g‘ri keladi. Lekin laktatsiya boshlanishida bu gormon qonga nisbatan ko‘p miqdorda to‘planadi. Sutdagi prolaktinni oshqozon ichak yo‘llariga ta’sir qilmaydi deb bo‘lmaydi. Laktatsiya somatotropin gormoniga ham bog‘liq. Emizuvchi onalarning sutida bu gormon ancha sezilarli miqdorda bo‘ladi. Sutda gipofiz gormonlaridan tireotropin, gonadotropin va kortikotropin borligi aniqlangan. Kortikotropin va tireotropin chaqaloq ichagida biologik faol shaklda so‘riladi va tegishli endokrin bezlariga ta’sir ko‘rsatadi. Sutda gipotalamusning rilizing gormonlari ham topilgan. Ayol sutida lyuliberin konsentratsiyasi qondagiga nisbatan 5 marta ortiq. Sutdagi lyuliberin gipotalamusda ishlanadigan lyuliberindan farq qilmaydi va ikkala gonadotrop gormonlar – lyutropin va follitropin ishlanishini chaqirishga qodir. Sutda tiroliberin va bombezin gormonlari ham topilgan.

Ular oshqozon-ichak yo‘llarida gastrin va xolesistokinin ovqat hazm qilishda qatnashadigan moddalar ajralishiga yordam beradi, hatto ularning o‘rinlarini qoplashlari ham mumkin. Sutda insulin ham bor. Ayol sutida insulinning miqdori qonga nisbatan 4-8 marta ortiq. Ma’lumki, insulin nuklein kislotalar, oqsil, glikogen, lipidlar, ko‘p energiya beradigan makroergik birikmalar sintezini jadallashtiradi. Ayol sutida kalsitonin ham topilgan. Uning miqdori qondagiga nisbatan 10-40 barobar ko‘p. Sut bilan kiradigan kalsiyni chaqaloq organizmida kalsiy o‘zlashtirishda qatnashsa kerak degan ehtimollar bor. Sutda sezilarli miqdorda tireoid gormonlar – tiroksin va uning biologik faol shakli bo‘lmish trotodtironin mavjud. Sutdagi tireoid gormonlar chaqaloq ichagiga tushgandan so‘ng har xil organlar, ayniqsa, jigar va buyrakdagi modda almashinuv jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi. Bu gormonlarning muhim nishonlaridan biri miya.

Hamma sut emizuvchilar turida markaziy asab sistemasining yetilishida tireoid gormonlar katta o‘rin tutadi. Tireoid gormonlar bilan bir qatorda sutda bu gormonlarni bog‘laydigan oqsillar ham topilgan. Tiroksin bog‘laydigan oqsillar gormonni bir yerdan ikkinchi yerga tashishda va uning almashinuvida katta rol o‘ynaydi.

Sutdagi tireoid gormonlar, ularning mohiyati ustida O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Bioximiya institutida akademik Yo. X. To‘raqulov rahbarligida samarali tadqiqotlar olib borilgan. Bunda ayollar va har xil hayvonlar sutida tireoid gormonlar miqdori taqqoslab o‘rganildi, bola tug‘ilgandan keyin uning organizmiga boshlang‘ich davrda sut bilan kiradigan gormonlar miqdori o‘lchandi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ayol suti o‘z tarkibida ko‘p miqdorda tireoid gormonlar tutar ekan va ularning katta ulushi triyodtironindan iborat ekan. Bu esa chaqaloqni tireoid gormonning biologik faol shakli bilan ta’min etishda katta o‘rin tutadi. Shu bilan birga sutdagi tireoid gormonlarning yangi tug‘ilgan bolada karbonsuvlar almashinuviga, endokrin sistemasining taraqqiyotiga ta’sir etishi ko‘rsatildi.

Shunisi qiziqki, sigir sutida va bolalarning sun’iy ovqatlarida tireoid gormonlar yo‘q ekan. Bu hol amaliy mohiyatga ega bo‘lib, bunday bolalar sun’iy ovqatining tarkibini tireoid gormonlar bilan to‘ldirish zarur bo‘ladi. Yana shunday xulosa chiqib keladi: yangi tug‘ilgan bolani dastlabki olti oy ichida ayol suti bilan boqish maqsadga muvofiqdir.

Steroid gormonlar. Laktatsiya boshlanishi uchun prolaktin, somatotropin va tireoid gormonlar kabi kortikosteroidlar ham zarur. Kortikosteroidlar prolaktinning sut ishlanishiga ta’sirini kuchaytiradi.

Sutda glyukokortikoidlarga kiradigan kortizol va kortikosteron topilgan. Bu ikki gormon sutda bir xil miqdorda bo‘lib, qondagi miqdordan farq qilmaydi. Sutda qondagi transkortinga o‘xshash kortikoid bog‘laydigan oqsil topilgan.

Ayol sutida oz miqdorda glyukokortikoidlar ham bor, lekin ular bola organizmidagi gormon miqdoriga ta’sir ko‘rsatmaydilar. Biroq sintetik kortikosteroidlar bilan davolangan onalar sutida bu gormonlar ko‘p miqdorda bo‘lishi mumkin va u ehtiyotlikni talab qiladi. Estrogenlar ham prolaktinning laktatsiya chaqirish xususiyatini kuchaytiradi. Lekin estrogenlarning sut ishlanishiga bevosita ta’sir etishi to‘g‘risida dalillar yo‘q. Taxminlarga qaraganda, tug‘ish oldidan estrogenlar miqdorining o‘zgarishi, prolaktin, somatotropin va kortikotropin ishlanishini jadallashtiradi, bular esa o‘z navbatida sut bezlarida sut ishlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Progesteron. Progesteron va estrogenlar lipidlarga moyil bo‘lgani uchun, glyukokortikoid gormonlardan farqli o‘laroq, sutning yog‘ fraksiyasida uchraydi. Sutda progesteron bog‘lovchi oqsil ham topilgan. Fiziologik sharoitlarda estradiolning qondan sutga o‘tish nisbati 10:1 ga teng.

Shunday qilib, tabiat ona va bola salomatligining “g‘amini yeb” qo‘ygan va qaysi vaqtda qanday gormonlar qaysi miqdorda bo‘lishini belgilagan. Lekin tabiatan belgilangan gormonlar nisbati sintetik gormonlar, ayniqsa kontratseptivlar (bo‘yida bo‘lib qolishning oldini oladigan dorilar) qo‘llash oqibatida buzilishi mumkin. Estrogenlar va progestinlar tuzilishiga yaqin bo‘lgan kontratseptivlar qondan sutga o‘tadi. Kontratseptivlar ishlatgan onalarning emizikli bolalarida ko‘krak bezlarining kattalashishi – ginekomastiya kuzatilgan.

Sutda melatonin gormoni ham bor. Sut melatonini bola epifizida ishlanishiga qadar tashqaridan keladigan manba hisoblanadi. Sut melatonini yangi tug‘ilgan chaqaloqning pigment almashinuviga ta’sir ko‘rsatadi. Sutda prostaglandinlar ham topilgan. Ular chaqaloqning ichagida ovqat hazm qilish jarayonlariga, shu jumladan ozuqa moddalarning ichak devorida shimilishiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shunday qilib, yangi tug‘ilgan bolalar ona suti bilan hammasi bo‘lmasa ham, gormonlarning juda ko‘pini iste’mol qilar ekan. Tug‘ilgandan keyingi dastlabki (neonatal) davrida ichak devoridagi to‘siqdan faqat peptid gormonlar emas, hatto oqsil tabiatli gormonlar ham bemalol o‘tib, o‘ziga xos ishlarni bajaradilar. Bu ishning bajarilishida albatta, ichak devorlarining gistologik tuzilishi, u yerdagi proteolitik fermentlarning ingibitorlari mavjudligi qo‘l keladi.

Ayol sutidagi proteolitik fermentlar ingibitori sut tarkibidagi oqsil va peptid tabiatli gormonlarning parchalanib ketmasligini ta’minlaydi va shu yo‘sinda bola rivoji uchun zarur bo‘lgan biologik faol moddalarni yetkazib beradi.

O‘sish jarayonida gormonlar o‘rni

Tirik materiyaning asosiy xususiyatlaridan biri o‘sish, ya’ni tashkil topgan hujayralar sonining ko‘payishidir.

O‘sish bilan birgalikda u bilan uzviy bog‘langan rivojlanish jarayoni o‘tadi. Bu jarayonda sifat o‘zgarishlarning katta bir yig‘indisi yuz beradi, ya’ni to‘qima va a’zolarda farqlanish (differensirovka) va shakllanish ro‘y beradi, organizmning ayrim qismlari orasida yaqindan aloqa barpo etiladi, neyro-gormonal idora va tashqi muhit bilan munosabatlar takomillashadi. Organizmning o‘sishi tuxum hujayraning urchigan paytidan to voyaga yetguncha faol davom etadi. Odamda o‘sish 22-25 yoshda to‘xtaydi.

Odam bo‘yining o‘sishi hamma davrda bir tekis o‘tmaydi. Tug‘ilgandan so‘ng birinchi yili bola tez o‘sadi, bo‘yi 50 foizga uzayadi, og‘irligi esa uch barobar ortadi. Bu o‘sishdagi birinchi keskin o‘zgarish. So‘nggi yillarda to balog‘atga yetguncha o‘sish sekinroq va nisbatan bir xil tarzda boradi.

O‘sishda ikkinchi keskin o‘zgarish balog‘atga yetish davrida yuz beradi. O‘sish tana qismlari nisbatining o‘zgarishi bilan davom etadi. Yangi tug‘ilgan bolaning boshi va tanasi nisbatan katta, oyoq-qo‘llari kalta bo‘ladi. Yosh kattalashishi bilan boshning o‘sishi sekinlashadi, oyoq-qo‘llarniki esa, aksincha, tezlashadi, balog‘atga yetish davrida tana shaklida va ayrim qismlarning nisbatlarida jinsiy farqlar paydo bo‘ladi.

Yuqorida aytilganidek, o‘sishning asosini, hujayralar sonining ko‘payishi va hajmning kattalashishi tashkil qiladi, hujayra sonining ko‘payishi giperplaziya, hajmi kattalashishi gipertrofiya nomi bilan yuritiladi. Lekin tananing umumiy o‘sishida yetakchi rolni skeletning kattalashishi o‘ynaydi. Shuni aytish kerakki, sog‘lom kishida tananing katta bo‘lishi ma’lum darajagacha bo‘lib, u kishining irsiyatiga bog‘liq.

Hujayraning o‘sish va ko‘payishiga bo‘lgan qobiliyat DNK ning replikatsiyasiga – qayta ko‘payishiga bog‘liq. Xususan DNK replikatsiyasi va hujayra bo‘linishi hisobiga giperplaziya kelib chiqadi. Hujayra gipertrofiyasi oqsillar ko‘payib ketishi hisobiga bo‘ladi, lekin mutanosib ravishda hujayrada DNK ko‘paymaydi. Shunday qilib, o‘sish o‘zagini irsiy belgilangan nuklein kislotalar va oqsillar sintezi tashkil qiladi. Bu asosiy biologik jarayonlarning qudrati katta, ya’ni bu jarayon cheksiz. Lekin ular ma’lum idora etuvchi ta’sirlarga bo‘ysundirilgan.

Hujayralar bo‘linishini idora qilish filogenezning dastlabki bosqichlaridayoq paydo bo‘lgan. Bunday idora hujayradagi mitotik faollikni oshiruvchi yoki cheklovchi kimyoviy moddalar hosil qilish orqali olib boriladi. Lekin yuqori darajada rivojlangan organizmlarda, ayniqsa odamda, o‘sishni va taraqqiyotni idora qilishda neyroendokrin sistemasi katta o‘rin tutadi va u tashqi muhitning ko‘p qirrali ta’siri o‘tishida vositachilik qiladi.

O‘sishga ta’sir qiladigan asosiy gormon somatotropin hisoblanadi. Lekin o‘sish jarayonining plastik va energetik jabhalarini ta’min qilishda bu gormonning bir o‘zi yetarli emas. Buning uchun somatotropindan tashqari insulin, tireoid va jinsiy gormonlar ham kerak. Skelet shakllanishi uchun kalsitonin va paratgormon kerak. Yana somatotropinga qarshi ishlaydigan gormonlar, xususan glyukokortikoidlar ta’sirini ham nazarda tutish kerak. Hayotning har xil bosqichida bu gormonlarning miqdoriy munosabatlari bir xil emas. Chaqaloqlik vaqtida 1-3 yoshlik davrlarida o‘sishni jadallashtiradigan asosiy endokrin omillar safiga somatotropin, tireoid gormonlar va insulin kiradi. Ikkinchi yoshlik davrning oxirlaridan boshlab va o‘spirinlik yillari bu gormonlar qatori yuzaga jinsiy gormonlar ta’siri ham chiqadi. Kichik bolalarda o‘sishning gormonlarga bog‘liq bo‘lgan buzilishlari ko‘pincha adenogipofizda somatotropin ishlanishi buzilishi va tireoid gormonlarning yetishmovchilik oqibatida kelib chiqadi. O‘spirinlarda o‘sishning kechikishi ko‘pincha balog‘atga yetishning kechikishi bilan bog‘liq.

Ma’lumki, bolalar va o‘spirinlar skeletining tarkibida tog‘ay to‘qimalar kattalarga nisbatan ko‘p. O‘sish bilan, ayniqsa balog‘atga yetgandan so‘ng suyakda kalsiy tuzlari to‘planadi. Naysimon suyaklarning epifizar qismida joylashgan tog‘ay somatotropin ta’siriga juda sezgir. Bu gormon ta’sirida epifizar qismida yangi to‘qimalar hosil bo‘ladi va shuning hisobiga naysimon suyaklar uzayadi. Ayni vaqtda somatotropin ta’sirida yumshoq biriktiruvchi to‘qima hosil bo‘lishi faollashadi. Bu albatta, tez o‘sayotgan skelet qismlarini bir-biri bilan mustahkam bog‘lash va ko‘payayotgan mushak to‘qimasiga moslashtirish uchun juda muhimdir.

Somatotropin mushaklar va parenimatoz a’zolar (jigar, buyrak) rivojlanishiga ham jadallashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Somatotropinning oqsil sinteziga bo‘lgan ta’siri qanchalik qudratliligini gipofiz kasalligi tufayli yuzaga chiqqan gigantizmda yaqqol ko‘rish mumkin. Bu kasallik somatotropin ishlaydigan gipofiz oldi qismida shish paydo bo‘lishining oqibatidir. Endokrinologiya tarixida ma’lum bo‘lgan beqiyos misol bu “alton gigati”, tug‘ilishida uning katta-kichikligi odatdagidan farq qilmagan. Lekin 6 oylikdan boshlab bola juda tez o‘sa boshlagan, 1 yoshga borib 24 kg og‘irlikka ega bo‘lgan, 22 yoshida esa bo‘yi 248 sm bo‘lib, og‘irligi 180 kg ga yetgan.

"O‘zbekistonda sog‘likni saqlash" gazetasi.

Avitsenna.uz sayti orqali mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:

 
ico
Kichkintoy parvarishi (1-qism)

Hayotingizda yangi oila a’zosi paydo bo‘lganligi bilan tabriklaymiz! Bu kichik, beozor bola uzoq yillar davomida umringiz mazmuniga aylanib, sizga baxt va quvonch keltirsin. Albatta, siz bu kichkintoyni uzoq va mazmunli hayoti davomida sog‘lom, baxtli, quvnoq o‘sishini xohlaysiz. Lekin siz hamma vaqt bola bilan qanday muloqotda bo‘lishni bilmasligingiz mumkin. O‘ylaymizki, e’tiboringizga havola qilinayotgan mazkur qo‘llanma farzandingiz sog‘lom o‘sib-ulg‘ayishida sizga yordam beradi.

Kindik parvarishi

Ko‘pincha chaqaloqning kindik qoldig‘i tug‘ruqdan so‘ng 4-6-kuni tushadi va tuzala boshlaydi. Ba’zan bu jarayon cho‘zilishi mumkin. Uyga javob bo‘lgandan so‘ng bolaning kindik qoldig‘iga alohida e’tibor talab qilinmaydi, faqatgina har kungi choyshablarni dazmollab toza saqlab turish lozim. Agar kindik qoldig‘ida qizarish, ajralma, hid paydo bo‘lsa, tezlik bilan bolalar xirurgiga yoki oilaviy shifokorga murojaat qiling.

Teri holati

Ko‘pincha yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning yuz terisi va badanida qizil dog‘lar paydo bo‘ladi. Bu dog‘lar tez o‘tib ketadi. Ayrim vaqtda belning pastki qismida dog‘lar kam bo‘lib, dumbasida ko‘kimtir dog‘lar uchraydi, bu holatlar o‘tib ketadi.

bola terisi

Shuningdek, go‘daklarning burun va ko‘z atrofida mayda oq donachalar bo‘lishi mumkin. Bu esa davo talab etmaydi va tezda yo‘qoladi.

Sochlar

Ko‘pgina bolalar qalin sochlari bilan, ba’zilari esa kam sochlar bilan tug‘iladi. Deyarli hamma sochlar to‘kiladi va o‘rniga yangi sochlar chiqadi. Ko‘pgina chaqaloqlarning badanida, peshona va yonoqlarida momiq sochlar bo‘ladi. Ular asta-sekin to‘kilib ketadi.

Chaqalo liqildog‘i

Bolangizning boshida yumshoq joy borligini sezishingiz mumkin (katta liqildoq). Ensa sohasida yana bir kichik liqildoq mavjud. Bir necha oy mobaynida suyaklar o‘sib, shu joyni yopib qo‘yadi. Bu qismdagi teri qavatining qalinligi sababli boshni yuvish xavfsizdir.

Aloqador maqola: Bola liqildog‘i haqida

Ko‘z

Bola tug‘ilgandan so‘ng ko‘p holatlarda qovoqlari shishgan, ko‘zida qizil nuqtalar bo‘ladi. Bu shish va qizil nuqtalar sekin-asta yo‘qoladi.

Og‘iz

Tilning oqarishi bolaning sut emishi bilan bog‘liqdir. Og‘iz bo‘shlig‘ining oqarishi artganda qiyin ketishi infektsiya borligini ko‘rsatadi va bu holat davo talab etadi.

Lablar

Bolaning yuqoridagi labida emishdan keyin pufakcha paydo bo‘lishi mumkin. Bu holat davo talab qilmaydi.

Ko‘krak

Chaqaloqlarda ko‘krak bezlari ba’zida shishgan bo‘ladi va undan sut chiqishi mumkin. Bu shishlar bola hayotining birinchi haftasida yo‘qoladi. Shishlarni hech qachon siqmaslik lozim, aks holda ko‘krak bezlariga shikast etkazish mumkin.

Chaqaloq najasi

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning najasi dastlab to‘q yashil rangli shilimshiq modda chiqaradi. Sut bilan emizish davomida bu modda sekin-asta sarg‘ayib suyuqlashadi.

Siydik

Bola juda tez siyib turadi, bu holatga tayyor bo‘ling, vaqtida choyshablarini almashtiring. Ba’zida qiz bolalarda kam miqdorda qonsimon ajralma kelishi mumkin. Bu holat tibbiy davoga muhtoj emas va tezda o‘tib ketadi.

 Chaqaloq parvarishi

Bola hayotining birinchi daqiqasidan boshlab unga eng keraklisi bu – issiqlik, to‘g‘ri ovqatlanish, tozalik, xotirjam uxlashi uchun joy, kasallik va jarohatlardan asrash hamda eng asosiysi oila mehridir.
Xona harorati etarli darajada issiq (+20-22 C) bo‘lishi lozim. Bola yotog‘ini derazaga, sovuq devorga yaqin qo‘ymaslik va eng muhimi elvizakdan saqlash lozim. Bolani cho‘miltirish va kiyintirish vaqtida sovuqqotishdan saqlash kerak. Bola issiqlikni ham og‘ir kechiradi, shu sababli bola yotog‘ini pechka yoki elektr isitgichlar yaqiniga qo‘ymaslik hamda tik quyosh nurlaridan saqlash lozim.

Chaqaloq xonasi

Go‘dak yashaydigan xona haroratini kerakli holatga keltirish uchun xonani muntazam ravishda shamollatib turish lozim. Bu nafaqat xona haroratini o‘zgartirish uchun, balki havoni ham tozalashga yordam beradi, chunki bolalarda kislorodga bo‘lgan ehtiyoj kattalarga nisbatan ko‘pdir. Shu bilan birga bola yotgan xonaning namligini ham e’tiborga olish lozim, shuning uchun ochiq idishda (masalan, oddiy bankada) suv saqlash kerak. Go‘dakni tamaki tutunidan saqlang, uyda chekishga yo‘l qo‘ymang.
Go‘dagingizga kiyim, choyshab tanlashda har doim tabiiy matolardan yaratilgan narsalarni tanlang. Sun’iy tolalar bolangizning terisiga havo o‘tkazishni cheklaydi va allergik toshmalarni yuzaga keltirishi mumkin.

Go‘dakni qalin o‘ramang, bu badan qizishiga, emishdan voz kechishga hamda kuchli terlashga olib keladi.
Bolaga engil va issiq yoping‘ich tanlash lozim. Go‘dakka yostiq kerak emas. Go‘dakning badani toza saqlanishini ta’minlang. Bolani iliq suv bilan yuvintiring, ko‘zlar qaynatilgan iliq suvda ho‘llangan paxta bilan alohida-alohida artiladi. Burunlari yumshoq paxta bilan tozalanadi.
Bolaning kiyimi yoki choyshabini almashtirganda uni yuvintiring yoki nam sochiq bilan arting va har gal ichi kelishidan so‘ng albatta yuvintiring. Qiz bola oldindan orqaga qaratib yuvintiriladi, o‘g‘il bolani esa qo‘lingizga qorin bilan yotqizib, yuvintirish mumkin.

Chaqaloqni cho‘miltirish

Bolangizni cho‘miltirishdan oldin kerakli buyumlarni: tog‘ora yoki vannachani (bola uchun alohida bo‘lishi maqsadga muvofiqdir), bolalar sovuni, bolalar shampuni, cho‘miltirgandan so‘ng bolani o‘rash uchun sochiq yoki choyshabni tayyorlab qo‘yish lozim. Xona cho‘miltirish uchun kerakli darajada issiq bo‘lishiga e’tiborni qarating. Har doim tog‘ora yoki vannaga oldin sovuq suv quyish, keyin esa issiq suvni qo‘shish lozim. Agar qo‘l ostingizda termometr bo‘lmasa va siz suvning haroratini aniqlay olmasangiz, eng oddiy usul – tirsagingizni suvga tekkizing. Agar siz iliq, yoqimli haroratni sezsangiz, demak suv harorati bolani cho‘miltirish uchun to‘g‘ri keladi. Bolani cho‘miltirishda oila a’zolaringiz yordam berishi mumkin.

Aloqador maqola: Bolani suv bilan chiniqtirish qoidalari 

Bolalarda uyqu qancha bo‘lishi kerak?

Bola birinchi oylarda sutkasiga o‘rtacha 16-18 soat uxlaydi. Ko‘pgina oilalarda bolani uyqu vaqtida beshikka solishadi. Bubolaning harakatiga xalaqit beradi. Harakat suyak-mushak tizimni rivojlantiribgina qolmay, butun organizmni ham tetiklashtiradi.

bola uyqusi

Bola harakatlanganda nafas olishi yaxshilanadi va organizmdagi to‘qimalarga kislorod etkazib berish yaxshi ta’minlanadi. Bola ko‘p vaqtni beshikda o‘tkazsa, uning ota-onasi, atrofdagilar bilan muloqoti kamayadi. Bu esa bola ruhiyatiga salbiy ta’sir qilib, aqliy rivojlanishdan orqada qoladi. Bola qancha ko‘p harakatlansa, miya shunchalik tez rivojlanadi. Shuning uchun erkin yo‘rgaklash bola uchun muhimdir.

Sayr qildirish

Bu go‘dakning asosiy parvarishlaridan biridir. Ko‘pincha onalar urf-odatlarimizga bo‘lgan e’tibori yoki vaqt topa olmasligi sababli bolani sayr qildira olmaydilar. Yoz vaqtlarida bolani o‘rtacha 1,5-2 soat sayr qildirish lozim. Bizning iqlim sharoitimizda bola uchun sayr qilish ertalab va kechqurungi vaqtlarga to‘g‘ri keladi.

Ko‘krak suti bilan oziqlantirish

6 oylikkacha ovqatlantirishning eng qulay usuli – bu ko‘krak suti bilan ovqatlantirishdir. Tug‘ilgandan so‘ng bola birinchi 15-30 daqiqadan so‘ng ko‘krak ustiga qo‘yiladi. Onada tug‘ruqdan keyin birinchi kunlarda ko‘krak bezlaridan og‘iz suti keladi. Og‘iz suti chaqaloq uchun juda foydalidir. U engil hazm bo‘luvchi oqsil, uglevod, kerakli mikroelementlar va suvdan iborat. Ko‘krak sutining afzalligi shundaki, bolani vitaminlar va oziqlantiruvchi moddalar bilan qoniqtiradi. Bolani o‘zi qoniqqancha ko‘krak bilan emizish kerak. Tungi emizish oralig‘i 4-6 soatdan oshmasligi lozim.
Go‘dak ona suti bilan oziqlantirilgan vaqtda, hatto issiq kunlarda ham, boshqa qo‘shimcha suyuqliklarni berish shart emas. Ona suti go‘dakni har xil kasalliklardan xalos etadi.

Aloqador maqola: Bolani ona suti bilan oziqlantirish

Yangi tug‘ilgan go‘dakning ovqatlanishi uchun tabiat yaratgan yagona maxsus mahsulot – bu ona sutidir.

  • Ona sutining tarkibi bolaning ehtiyoji uchun kerak bo‘lgan oqsil, yog‘, uglevod, vitaminlar, minerallardan iborat.
  • Ona suti tarkibi asosiy fermentlardan iborat. Bu fermentlar oqsil, yog‘, uglevodlarni hazm qilishga yordam beradi.
  • Ona suti tarkibida yuqumli kasalliklar (yuqumli ichak xastaliklari, gepatit, bo‘g‘ma, qoqshol va boshqa kasalliklar)dan saqlovchi hujayralar mavjud.
  • Ona sutida o‘sishni, jismoniy va aqliy rivojlanishni ta’minlovchi moddalar mavjud.
  • Emizish vaqtida ona va bola o‘rtasidagi yaqinlik, mehr bola hayotida saqlanib boradi.

Ona sutining bolaga yetarli bo‘lishi uchun nima qilish kerak?

Buning uchun ona kunduz kuni dam olishi va uxlashi lozim. Unga og‘ir uy yumushlarini bajarish man etiladi. Ona sarflangan quvvatni va sutni to‘ldirish uchun to‘yimli ovqatlanishi kerak. Emizadigan ona uchun bir kunda 5 mahal, emizishdan 30-40 daqiqa oldin ovqatlanish tavsiya etiladi.
Suyuqlik miqdori kuniga (sho‘rva, sabzavot va boshqalar) o‘rtacha 2 litrni tashkil qilishi lozim. Ona suti bilan emizish vaqtida shokolad, kakao, tabiiy kofe, tsitrus mevalar (apelьsin, mandarin), asal, yong‘oq kabi mahsulotlarni chegaralash lozim. Piyoz, sarimsoq piyoz hamda dorivorlar ona sutiga ta’m va hid beradi. Shuning uchun ularni kamroq iste’mol qilish lozim. Emizikli ayollarga spirtli ichimliklar iste’mol qilish qat’iyan man etiladi.

Aloqador maqola: Ona suti kamayishi - gipogalaktiya

Ko‘krak suti bilan emizganda kelib chiqadigan xatolar

  • Onalar bolani soat bo‘yicha emizishga harakat qiladilar.
  • Ko‘krakda mastit kasalligi bo‘lsa emizmaydilar (faqat kasal ko‘krak emas, balki sog‘ ko‘krakni ham bermaydilar).
  • Dori ichib yurgan vaqtda emizishni to‘xtatadilar (shifokor bilan maslahatlashing).
  • Ko‘krak suti etmaydi deb sun’iy oziqlantirishga o‘tadilar.
  • Ko‘krakni to‘g‘ri bermaslik: emizganda ko‘krakning faqat uchini emas, balki ko‘krak uchi atrofini ham go‘dakning og‘ziga berish kerak.

Bolani qo‘shimcha ovqatlantirish

Agar bolangiz ko‘krak sutini emsa, unga birinchi qo‘shimcha ovqatni 6 oylikdan boshlab berish kerak. To 6 oylikkacha boshqa ovqat va suyuqliklar: suv, choy, har xil aralashmalar berish mumkin emas. Agar bola 4 oylik va undan katta bo‘lganda unga yaxshi vazn qo‘shilmasa, qo‘shimcha ravishda qo‘shimcha ovqatlantirishni boshlash kerak.

Bola ovqatlanishi

Qo‘shimcha ovqatlantirishning asosiy tartib-qoidalari

  • Qo‘shimcha ovqatlar qoshiqcha bilan beriladi.
  • Qo‘shimcha ovqat bergan vaqtda kichik miqdordan (1-2 qoshiq) boshlab, 2 hafta davomida kerakli miqdorga etkazish lozim.
  • Birinchi qo‘shimcha ovqatni sabzavotli bo‘tqadan boshlash kerak.
  • Agar bolaning vazni oyiga mos kelmasa, uni 4 oylikdan boshlab qo‘shimcha ovqatlarga o‘tkazish kerak. Buning uchun 5 % manniy bo‘tqasi va sabzavotli bo‘tqadan 1-2 mahal emgandan so‘ng berish kerak.
  • Qo‘shimcha ovqat tarkibiga go‘sht, sabzavot, meva, don, tuxum, sut mahsulotlari (suzma, qatiq) kirishi kerak.
  • Suyultirilmagan sigir suti va sut mahsulotlarini 9 oygacha berish mumkin emas, sutdan faqat 6 oylikdan bo‘tqa tayyorlash uchun foydalanish lozim.
  • Bolaga qora va ko‘k choy berish qat’iyan man etiladi.

Har bir qo‘shimcha ovqatda bola

  • 6-7 oyda: 10 osh qoshiq (150 ml) ovqat;
  • 8-10 oyda: 12 osh qoshiq (180 ml) ovqat;
  • 11-12 oyda: 15 osh qoshiq (225 ml) ovqat bilan ta’minlanishi kerak.
  • Agar 6-12 oylik bolaga ko‘krak suti berilmasa, 15 osh qoshiqda qo‘shimcha ovqat (225 ml) berilishi lozim.

Yetarli miqdorda quyuq ovqatlar bering!

6-12 oylikda berilishi kerak bo‘lgan mahsulotlar:

  • sabzavotli bo‘tqa (kartoshkali yoki sabzili, 1 choy qoshiq sariyog‘);
  • go‘shtli, guruchli yoki xamirli sho‘rva;
  • maydalangan yoki pishirilib qirg‘ichdan o‘tkazilgan go‘sht (jigar, tovuq, mol, yog‘siz barra qo‘y go‘shti, baliq), tuxum sarig‘i;
  • quyuq guruchli, manniy bo‘tqasi yoki grechkali bo‘tqa 1 qoshiqcha sariyog‘ bilan;
  • donli mahsulot bo‘tqasi.
    Agar bola ichishni xohlasa unga quyidagilarni bering:
  • qaynatilgan suv, uyda tayyorlangan mevali va sabzavotli sharbat, qatiq, shirin bo‘lmagan kompotlar.
    Qo‘shimcha ovqatlar bilan birgalikda, ko‘krak suti 2 yoshgacha bolalar uchun bebaho ozuqa hisoblanadi.

Ushbu maqolaning davomini o‘qish→

"O‘zbekistonda sog‘likni saqlash" gazetasi.

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Kichkintoy parvarishi (2-qism)

Emlashdan keyin kelib chiqadigan holatlar

Emlashdan keyingi holatlar organizmning javobli reaktsiyasi hisoblanadi. Ko‘pincha bolada injiqlik, haroratning ko‘tarilishi, emlangan joyda qizarish, og‘riq kuzatiladi. Ko‘pincha AKDS reaktsiyasi vaktsinani olganda kuzatiladi. bolani emlash

Bu holat 2-5 kunda o‘tib ketadi. Agar muolaja qilingan joyda tugun hosil bo‘lsa, 20-30 kundan keyin o‘tib ketadi. Harorat ko‘tarilganda paratsetamol tabletkasi beriladi. Dori miqdorini shifokor belgilaydi.

Aloqador maqola: Emlash - farzandingiz sog‘ligining garovi

Bir yoshgacha bo‘lgan bolaning o‘sishi va rivojlanishi

Odatda bolalar har xil rivojlanadi. Vaqti kelib ular kulish, o‘tirish, yurishni o‘rganadilar. Har oy shifokor huzuriga borib, bolaning bo‘yi, og‘irligi, jismonan o‘sishini kuzatib boring.
Bola o‘sishining eng tez muddati
1 yilning birinchi choragiga to‘g‘ri keladi. Bo‘yining umumiy o‘sishi 12 oyligida 25 sm. atrofida. Bola tana vaznining ko‘payishi notekis bo‘lib, 5 oyligida 2 marta ko‘paysa, yil oxiriga borib 3 baravar ko‘payadi.
1 oylik bola turli xil ishoralarga kuladi. 2 oyligida qornida yotib boshini tuta biladi, qo‘l-oyoqlarini o‘ynatadi. 3-4 oyligida o‘yinchoqlarni o‘zi olib, qo‘lida ushlab turadi. 3-5 oylikda bola orqasidan qorin sohasiga aylanadi. 5-7 oyligida mustaqil o‘tira oladi. 6-8 oyligida birovning yordami bilan tik tura oladi. 6-9 oyligida emaklaydi, suyuqlikni piyoladan icha oladi. 8-10 oyligida birovning yordami bilan yura oladi. 9-11 oyligida mustaqil tik tura oladi, qiyin bo‘lmagan so‘zlar "av-av", "ada" deya oladi. 10-12 oyligida mustaqil yura boshlaydi. Oddiy so‘zlar zaxirasi 10 taga yaqin bo‘ladi.

Sizning bolangiz duch keladigan ba’zi muammolar

Nima uchun bolalar ko‘p yig‘laydi?

Yig‘i – bu bola kattalarni o‘ziga qaratish holatidir. Qachonki bola och qolsa, tagi ho‘l bo‘lsa, bir joyi og‘risa yoki kim bilandir gaplashishni istasa yig‘lashi mumkin. Ko‘pincha yig‘lashning asosiy sababi ichaklarda gaz almashinuvining buzilishidir. Buning uchun bola qornini soat yo‘nalishi bo‘yicha bolalar malhami bilan uqalash tavsiya qilinadi.

yig'lash

Gazni haydash uchun bolani qorni bilan yotqizish kerak. Agar bola hech qanday sababsiz yig‘lasa, uni chalg‘itish uchun ashula aytishga, she’r o‘qishga, har xil qiliqlar qilishga kirishing. Bolaga qarashga opa-akalarini jalb qiling. Bu sizga nafaqat osoyishtalik yaratadi, balki kelajakda ularning bir-biriga mehribonchiligiga asos bo‘ladi.

Qusish

Erta davrda bolada qusishga moyillik bo‘ladi. Qusish vaqtida sut burun xalqumidan o‘rta quloqqa o‘tib, yallig‘lanishni keltirib chiqarishi mumkin. Bu esa quloq og‘rishiga sabab bo‘ladi. Buning oldini olish uchun bolani beshikda emas, balki qo‘lga olib emizish, emizganda ham bolaning boshini bir oz ko‘tarish kerak.
Bola emayotgan paytda yutgan havoni kekirib chiqarib yuborishi uchun, uni qisqa muddat tikroq qilib ko‘tarib yurish tavsiya qilinadi; bunda uning elkasidan pastrog‘iga astagina urib qo‘yish ham mumkin.

Issiqlik va bichilish

Issiqlik toshishi – ko‘pincha gigiena qoidalariga rioya qilmaslik va haddan tashqari isib ketish natijasida kelib chiqadi. Issiqlikning badandagi ko‘rinishi mayda qizil nuqtachalardan iborat. Bolani iliq suvda cho‘miltirish issiqlikni davolashda yordam beradi. Qizarish ko‘pincha dumba, chov va tabiiy teri bo‘g‘malarida paydo bo‘ladi. Bu holat – terining ifloslanishi, siyish, ich ketishi, terini yaxshi parvarish qilmaslik natijasida yuzaga keladi. Dastlabki bichilish va teridagi qizarish, keyinchalik yiringchali teri kasalliklariga aylanishi mumkin. Buning oldini olish uchun bolani vaqti-vaqti bilan cho‘miltirib turish va artish kerak.

Boshning sochli qismida qazg‘oq

Qazg‘oq – ter va yog‘ bezlaridan chiquvchi qalin sarg‘imtir po‘stloqdan iborat. Ko‘pincha bu holat ko‘p terlash, noto‘g‘ri ovqatlanishdan kelib chiqadi. Qazg‘oq hosil bo‘lishining oldini olish uchun cho‘milishdan 30 daqiqa oldin boshning sochli qismiga tozalangan o‘simlik yog‘i surtiladi. Cho‘miltirish vaqtida bu po‘stloqchalar tez ko‘chadi. Agar soch ko‘p bo‘lsa, ajralgan po‘stloqchalarni yuvishdan oldin sekinlik bilan artish kerak. Bu muolajani har safar ehtiyotkorlik bilan bajarish lozim.

Tishlarning yorib chiqishi

Bolaning birinchi sut tishlari 6-8 oylikda yorib chiqadi. Tishlarning yorib chiqish belgilari – yorib chiqayotgan tishlarning milkida shish va qizarishlar ko‘rinishidir. Bolada so‘lak ajralishi kuchayadi. U bezovta, injiq, qo‘liga tushgan buyumlarni og‘ziga solib, milklarini qichiydi. Ko‘pincha tana harorati ko‘tarilishi kuzatiladi, lekin harorat 37,7o C dan oshmaydi.

tish yorib chiqishi

Odatda, bu yoshdagi bolalarda haroratning ko‘tarilishi va axlatning suyuqlanishi tish chiqishi bilan bog‘liq bo‘ladi, deb noto‘g‘ri fikrga boriladi. Bunday holatda albatta shifokor bilan maslahatlashish shart!
Bu parvarish turlariga qaramasdan, bola kasal bo‘lishi mumkin. Shifokor qachon chaqirishi va qaysi vaqtda bu holatdan chiqa olishingizni bilishingiz kerak.

Agar farzandingizda quyida ko‘rsatilgan belgilarning birortasi yoki ulardan bir nechtasi kuzatilganda, tezda shifokorga murojaat qilish kerak!

  • Bolaning bezovtaligi yoki to‘xtovsiz yig‘lashi;
  • Bola xirillashli, tezlashgan, qi¬yinlashgan, shovqinli nafas olishi;
  • Tutqanoq xurujlari bo‘lishi;
  • Haroratning ko‘tarilishi (38,5 C dan baland);
  • Haroratning pasayishi (35,5 C dan past);
  • Emishdan bosh tortishi;
  • Qusish holatining paydo bo‘lishi;
  • Ich ketishi (diareya);
  • Go‘dak terisining rangi o‘zgarishi va toshma paydo bo‘lishi;
  • Ko‘zdan suyuq yoki yiringli ajralma kelishi;
  • Kindik atrofining qizarishi, undan suyuq yoki yiringli ajralma chiqishi;
  • Axlatda qon va shilimshiqning paydo bo‘lishi;
  • Bolaning tashqi ta’sirlarga befarq¬ligi.
    Har qanday kasalliklar va ularning asoratlarini vaqtida oldini olsangiz, farzandlaringizning sog‘lom o‘sishiga ko‘maklashgan bo‘lasiz!

Raxit nima?

Raxit – vitamin Dning etishmasligi natijasida kelib chiqadigan kasallikdir. Raxit bilan kasallangan bolalarda qo‘rqoqlik, ta’sirlanuvchanlik, injiqlik, holsizlik kuzatiladi. Ko‘p terlash, ayniqsa, emizgan vaqtda ter tomchilarining yuzda paydo bo‘lishi yoki uyqu paytida ensa sohasining terlashi kuzatiladi. Bolani bosh qichishi bezovta qiladi, u boshini yostiqqa ishqalaydi, buning natijasida ensa sohasidagi sochlar to‘kiladi.
Bu holatning oldini olish uchun toza havoda sayr, ona suti bilan boqish, parvarishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish lozim. Shifokor maslahati bilan vitamin Dni qish va kuz oylarida berish kerak.

Aloqador maqola: Bolangizni raxitdan asrang!

Diatez nima?

Diatez – bola organizmining muhim holati bo‘lib, moddalar almashinuvining buzilishi natijasida kelib chiqadi. Ayrim oziq-ovqat mahsulotlarini (ko‘pincha sut, tuxum, asal, tsitrus mevalar, shokolad, qulupnay) ko‘tara olmaslik holatlari kuzatiladi.

diatez

Teridagi o‘zgarishlar bola hayotining birinchi haftalarida, ayniqsa, ikkinchi yarim yillikda, ovqatning har xil bo‘lishida kuchli namoyon bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar 3-5 yildan so‘ng yo‘qoladi. Belgilari yonoqda, qosh tagida sariq rangli dog‘lar yuzaga keladi, teri qizarib ko‘chishi, boshning sochli qismida po‘stloqchalarning yuzaga kelishi kuzatiladi.

Aloqador maqola: Diatez kasallikmi?

Diareya nima?

Diareya (ich ketish) – bu ko‘pgina holatlarda ovqat mahsulotlarining tarkibi va ovqatlanish tartibi o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan hazm faoliyatining buzilishidir. Diareya asosan kasalliklarga qarshi kurash faoliyati susaygan bolalarda kelib chiqadi. Belgilari: sutkasiga 5-6 mahal suyuq ich o‘tishi, ich o‘tishining tez-tez bo‘lishi, bolaning bezovtaligi, qo‘zg‘aluvchan yoki uyquchan bo‘lishi, ko‘zlarining ichga botishi, chanqash. Agar bola suyuqlikni tutoqib ichsa yoki yaxshi ichmasa, axlatida qon bo‘lsa tezda yordam ko‘rsatish va ovqatlanishni tartibga solish maqsadida vrachga murojaat qilish zarur.

Aloqador maqola: Bolalarda diareya kasalligi

Gipotrofiya nima?

Gipotrofiya surunkali oziqlanishning buzilishi, tana og‘irligining yo‘qolishi bilan kechadi. Asosiy sabablari: onada sut miqdorining etishmovchiligi, noto‘g‘ri emizish, sun’iy sutli bo‘tqalarni uzoq vaqt davomida berish, chala tug‘ilish, to‘yimsiz va bir xil ovqat, yomon parvarish, tartibning buzilishi, toza havoda kam yurish, oshqozon-ichak kasalliklaridir. Belgilari: bolada vaznning yo‘qolishi, bo‘y va rivojlanish keskin orqada qolishi kuzatiladi. Teri oqimtir, osiluvchan, quruq, burmali bo‘lib qoladi.

Displaziya nima?

Displaziya – bola ona qornidaligida chanoq son suyagi to‘qimalarining to‘liq rivojlanmaganidan kelib chiqadigan holatdir.
Siz bunday bolalarni qanday qilib aniqlashingiz mumkin?displaziya

  • Oyoq uzunligining har xilligi;
  • Orqa tomondan qaraganda bolaning dumba va son sohasidagi teri burmalari assimetrik yoki bir tomonda burmalarning yo‘qligi;
  • Oyoqlarini qimirlatganda bolaning injiqlik qilishi;
  • Tovonning tashqi tomonga qarashi.

Fimoz nima?

Ba’zan o‘g‘il bola tug‘ilganda oxirgi teri olat boshchasini yopib qo‘yadi. Fimoz – bu teri olatni siqib qo‘yishi natijasida olat boshchasining chiqishi qiyinlashuvidir. Siydik chiqishi buzilmagan, shikastlar bo‘lmagan bo‘lsa – fiziologik fimoz deyiladi. Bu holat o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi.
Tavsiyalar – bolani chiniqtiring!

  • Bolaning jinsiy a’zosi doimo toza bo‘lishi lozim;
  • Fimoz bo‘lsa bolalar jarrohidan maslahat olish kerak;
  • Ko‘p hollarda tashqi terining yallig‘lanishi, olatning qizarishi, tashqi terining ichki qismida yiring ajralishi, siygan vaqtda og‘riq kuzatiladi. Bunday hollarda ham shifokorga murojaat qilish kerak.

Bolangizning xavfsizligi haqida o‘ylang

Bolangiz o‘sishi bilan, atrof-muhitdagi har bir narsa unga qiziq tuyuladi, chunki u o‘zini o‘rab turgan muhit haqida hech narsa bilmaydi. Siz bolangizga biror narsani man qilishingiz, lekin bola man qilingan narsani kechroq anglab etishi mumkin. O‘z oldingizga savol qo‘ying: "Uyda bolangizni qanday qilib xavfdan asrashingiz mumkin?" Birinchi navbatda uyingizdagi xavf¬li joylarni qidirib toping.
Bolalik yoshidagi shikastlanishlarning asosiy sabablari:

  • tepalikdan sakrash;
  • buyumlarning bola ustiga tushishi;
  • kuyishlar;
  • har xil turdagi zaharlanishlar;
  • nafas yo‘liga yot jismning tushishi.

Doimo esda tuting!

Bolangizning qo‘lidan hamma narsa keladi. Bola emaklashni boshladimi, uni yolg‘izlatib qo‘ymang. Katta bolalar zimmasiga ham yuklamang. Ko‘pincha bolaning barmoqlari eshik tirqishiga kirib qolishi mumkin, elektr rozetkalarni maxsus yopqich bilan yopish kerak. Bolalar o‘tkir buyumlarni ushlab olishi mumkin. Og‘ir jismni ustiga tushirib yuborishi, issiq choy yoki qaynoq suvni ustiga to‘kishi mumkin.
Bolaning yutish refleksi tug‘ilgandan boshlab yuzaga kelib, bola hamma narsani og‘ziga olishi mumkin. Og‘ziga jismlarni solishi 5 oylikdan boshlanadi, nimani topsa ta’mini bilgisi keladi. Bu bola hayotiga yoki sog‘ligiga xavf solishi mumkin. Bolangizni bu xavflardan asrang!
Bola hayotining birinchi yili ajoyib yildir. Ko‘zimizning oldida, qisqa muddat ichida sizning kichik, yordamga muhtoj bolangiz yangi qiliqlarni chiqaradi – yurishni, gapirishni, o‘z-o‘zini boshqarishni o‘rganadi. O‘z bolangizdan quvoning, u bilan ko‘proq muloqotda bo‘ling, o‘ynang, iloji boricha u bilan suhbatlashing.
Biz sizga va bolangizga baxt hamda sog‘lik tilaymiz! Salomat bo‘ling!

Ushbu maqolaning boshini o‘qish→

«O‘zbekistonda sog‘likni saqlash» gazetasi.

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Kichkintoy do‘mboq bo‘lsa...

Yosh bola vaznining me’yordan ortishi ular sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi. Buning oqibatida hatto yurak qon-tomir kasalliklari paydo bo‘lishi, moddalar almashinuvi buzilishi va qonda qand miqdorining ortishi ro‘y beradi. Ilk yoshdagi bolalarda semizlik rivojlanishining bir qancha sabablari bor.

bolalarda semizlik

Birinchidan, oilada ota yoki ona to‘ladan kelgan bo‘lsa farzandlarda ham semizlikka moyillik kuzatiladi.

Ikkinchidan, bolani go‘daklikdan tartibsiz va ko‘pincha majburlab ovqatlantirish keyinchalik semizlikka olib keladi.

Uchinchidan, bola oshqozonining fiziologik hajmi 200-250 ml. bo‘lib, u shuncha miqdordagi ovqatni yegandan so‘ng unda to‘yish hissi paydo bo‘ladi. Agar kichiklikdan u pala-partish ovqatlantirib kelingan bo‘lsa, bola me’dasi talab qilganidan ko‘proq ovqat yeyishga o‘rganadi va vazni to‘lisha boshlaydi.

To‘rtinchidan, hozirgi vaqtda bolalar tug‘ilganidan to mustaqil yurib ketgunga qadar kamharakat bo‘lishadi, ya’ni ularni kattalar doim bolalar aravachasida olib yurishadi, buning evaziga ularda semirishga imkoniyat yaratiladi.

Xullas, kichkintoyning semirib ketishi salomatlik uchun xavfli hisoblanadi. Chunki semirayotgan kichkintoyning tanasida yog‘ yig‘ila boradi. Shundan so‘ng unda immunitet pasayishi, tashqi ta’sirlarga chidamsizlik, gavda holatida nuqsonlar paydo bo‘lishi kuzatiladi. Bundan tashqari, semiz bolakaylar o‘ta dangasa bo‘ladilar, kam harakat qilishi sababli tanasida qon aylanishi yomonlashadi, kundalik hayot tarzi bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi.

Onalar shuni unutmasliklari kerakki, farzandining vazni me’yoridan orta borsa, albatta zarur chora-tadbirlarni ko‘rishlari shart.

"Do‘mboqlar" parvarishi uchun tavsiyalar

  • kichkintoyga sabzavotlardan salatlar tayyorlab yediring;
  • shirinliklarni kamroq berganingiz ma’qul;
  • ziravorli taomlar bola ishtahasini ochadi, shuning uchun kichkintoy ovqatiga ziravorlar qo‘shmagan ma’qul;
  • taomlar yog‘siz qatiq, shakari kamroq kompot va meva pyurelari bilan birgalikda yedirilsa, natija ijobiy bo‘ladi;
  • har kuni ertalab bolani badantarbiya qilishga odatlantiring;
  • milliy harakatli o‘yinlar bilan shug‘ullanib tursa, yanada yaxshi.

Umuman, bolalar semirib ketmasligi uchun onalar ularning kundalik ovqatlanishlarini nazorat qilishlari kerak. Nordon, achchiq taom va shirinliklarni dasturxonga qo‘ymagan ma’qul. Bolaning ovqatlari yog‘da ko‘p qovurilmasligi, bug‘da dimlab yoki suvda qaynatib pishirilishi lozim.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar naf bermasdan, bolaning vazni osha borsa, albatta, endokrinolog shifokor bilan maslahatlashish kerak.

© Abduvahob Tohiriy,
Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti katta o‘qituvchisi.
“O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash” gazetasi

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Kamqonlikni davolaymiz
Bir qator xastaliklarning kelib chiqishiga kamqonlik sabab bo‘ladi. Kamqonlik ayniqsa, xotin-qizlar va bolalarda ko‘p uchraydi Bizning mahalliy sharoitda bu kasallikning oldini olishga ko‘maklashadigan yana bir vosita bor, lekin unga ko‘pchilik yetarli e’tibor qaratmasdan, salomatligini tiklash uchun pullarini har xil dori-darmonlar sotib olishga sarflashadi. Inson tanasi uchun zarur bo‘lgan temir, oqsil, uglerod kabi moddalarning yetarli ta’minlanishi va uzoq vaqt meyorida ushlab turilishi uchun toshtegirmonda tortilgan bug‘doy uni samarali yordam beradi. Fermentlar asosan, bug‘doyning po‘stida ko‘p bo‘ladi. Zamonaviy tegirmonlarda bug‘doyni yanchish uchun oldin u ivitilib, qobig‘i, ya’ni po‘sti olib tashlanadi. Oqibatda tortilgan un, garchi juda oq bo‘lsada, sifatini tez yo‘qotadigan mahsulotga aylanadi. Bunday bo‘lmasligi uchun bug‘doyni yaxshilab tozalab, ajdodlarimiz ming yillardan buyon ishlatib kelayotgan toshtegirmonda tortish salomatlik uchun ko‘proq foydalidir. Bunday tegirmonda tortilgan undan yopilgan non garchi ozgina qoramtir bo‘lsada, ammo to‘yimli va mazalidir. Yana bir afzalligi, toshtegirmonning noni bir hafta tursa ham qotib qolmaydi. Toshtegirmonda don qirqilmaydi, balki ezib maydalanadi. Bug‘doyning qobig‘i ham aralashib ketadi. Hozirgi ko‘p zamonaviy tegirmonlar donni qirqib maydalaydi va kepakni alohida ajratib chiqaradi. Natijada, bug‘doy tarkibidagi eng foydali minerallar kepakka qo‘shilib chiqitga chiqib ketadi. Bu usulni ovqatlanish tartibiga kiritish bilan kamqonlik xastaligidan xalos bo‘lishda ijobiy natijalarga erishish mumkin. [highlight]Avitsenna.uz sayti orqali mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin: [/highlight]
ico
Kasalliklarga tilga qarab tashxis qo‘yishni bilasizmi?

Sharqda keng qo‘llaniladigan tilga qarab kasallikka tashxis qo‘yish – kasalni ko‘rish va umumiy tashxis qo‘yishdan asosiy bosqichlaridan biridir. Tashxis qo‘yishni bu turi organizmda kechayotgan jarayonlarni turli kasalliklarni yuzaga kelayotgani va rivojlanish bosqichlarini bilib olish imkoniyatini beradi.

Til – bizning sihat – salomatlingizni ko‘rsatgichi. Bu haqda Sharqda doimo juda yaxshi bilishgan va o‘sha zaminda tashxisni o‘zgacha va ancha samarali turi - kasallikni tilga qarab tashxis qo‘yish paydo bo‘lgan. Sharq tabobatida til yurak bilan bog‘langan deb sanaladi. Bu yerda nafaqat tilni yurak bilan jismonan bog‘liqligi nazarda tutiladi, balki bizni so‘zlarimiz, nutqimiz ham yurakdagi muammolardan darak beradi. Ammo bizni organizm bu yagona – yahlit bo‘lib, yurakni holati boshqa organlarga ham ta’sirini o‘tkazadi. Vaholanki tanamizning turli organlarini holati tilimizni tegishli qismlarida o‘z aksini namoyon etadi. Shunga muvofiq, tilimizni o‘sha uchastkalaridagi o‘zgarishlar, jumladan rang o‘zgarishi yoki ortiqcha sezgirlik paydo bo‘lishi bizga tegishli organlarda energiyani disbalansi va buzilishdan xabar beradi.

Qadimiy Xitoy tabobatiga asosan, til – tanamizni yuqori qismiga tegishli bo‘lib o‘pka va yurakni holatlarini aks ettiradi, tilni yon tomonlari jigarimiz va o‘t pufagi sog‘lig‘i haqida “gapiradi”, tilni beli esa oshqozon va taloqni holatini bildirsa, tilni tomiri buyraklarimizni ahvolidan darak beradi.

Ko‘p hollarda kasallikni birlamchi alomatlari aynan til holatida ko‘rinadi (rang o‘zgargani, qarash, qizarishlar va hokazo) shuning uchun kasallikka tilga qarab tashxis qo‘yish paytida birinchi navbatda tilni kattaligi, formasi va rangiga e’tibor beriladi. Sharq tabobatiga ko‘ra shamol energiyasi disbalansida til qizil rangda, quruq va dag‘al, chekkalarida mayda chuqurliklar mavjud bo‘ladi. Shillik (beken) energiyasi buzulishida, til usti tekis va nursiz, bir oz shishgan, nam va yopishqoq, oq – kulrang qarashga ega.

Safro (tripa) energiyasi disbalansida ham til ko‘rinishi o‘zgaradi, ya’ni unda oq – sariq qarash paydo bo‘ladi, og‘iz bo‘shlig‘ida achiqqimtir ta’m paydo bo‘ladi.

Kasallikga tilga qarab tashxis qo‘yish

Kasallikka tilga qarab tashxis quyish uchun eng yaxshi vaqt bu ertalab och qoringa maqul sanaladi. Dastlab tildagi barcha organlar aks etgan uchastkalar aniqlanadi va ulardagi har qanday o‘zgarishlar qayd etiladi. Bu o‘zgarishlar tegishli organlar yoki organizm tizimilarini eng avvalo qonni holati haqida xabar beradi.

Shifokor o‘z e’tiborini til rangiga, uni turli qismlaridagi qarash turiga, yuzaki qismi, formasiga (tekis, g‘ovakli zichligi va hokazo) unda paydo bo‘lgan pufaklar, papilloma, yaralarga va ularni joylashishiga tilni harakat etish darajasiga qaratadi.

Sog‘lom odamni tili qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

Uni tili binafsha rang va silliq yuzli, oq tusli katta bo‘lmagan qarashli, til ustidagi bo‘rtmalar yaxshi ko‘rinadi va oqibatda til duhobasimon tus berib turadi.

Tilni ichki organlar bilan bog‘liqligi

  • Til ildizi – bu ichaklar;
  • Til uchidan chap tomon – chap o‘pka, o‘ng tomon – o‘ng o‘pka;
  • Til markazi - yurak;
  • Til ildizidan chap tomon – chap buyrak, o‘ng tomon – o‘ng buyrak;
  • O‘ng tomondan, o‘pka va buyrak proyeksiyalari o‘rtasida jigar proyeksiyasi.

Til rangi

  • Bo‘zargan rang til – qonda energiya kamligi alomati bo‘lib, anemiya va organizm holdan toyganidan darak beradi;
  • Tilni past qismi bo‘zargan rangda – jigar va o‘t pufagi kasalligi alomati;
  • Qizil (malina) rangli til – og‘ir infeksiyali kasallik, yuqori temperatura, zaharlanish, pnevmoniya;
  • To‘q qizil rangli til – og‘ir buyrak buzulishida zaharlanish, semirib yog‘ bosish, surunkali alkogolizm;
  • Ko‘k tusli til – yurak qon tomir kasalliklari qon aylanish buzilishi, yurak – o‘pka yetishmovchiligi bilan birga;
  • Tilni pastki qisimda sarg‘ish rang – sariq kasallik rivojlanishi.

Til ustidagi qarashlar

Til ustidagi qarash oshqozonda, yupqa va yug‘on ichakda to‘plangan toksinlardan dalolat beradi. Agar tilni faqat orqa qismi qarash bo‘lsa – toksinlar yo‘g‘on ichakda, agar qarash faqat tilni o‘rtasida ko‘rinsa – toksinlar oshqozonda, ingichka va o‘n ikki barmokli ichakda mavjudligi alomatidir.

  • Kirindi yo‘q, til yaltiraydi – oshqozon energiyasi kuchsiz, ichki sekretsiya faoliyatida muammo bor.
  • Qarash ko‘pligidan sal shishgan va namli til. Bu quydagilar alomati bo‘lishi mumkin: oshqozon yoki o‘n barmoq ichak yarasi, gastrit, xoletsistit, appenditsit, yahshi ishlamayotgan buyrak, ozuqadan yoki dori vositasidan zaharlanish, infeksion kasalliklar (qizamiq).
  • Yupqa qarash – kasallikni boshlanishi yoki yuzaki lokalizatsiya. Qalin qarash – surunkali kasallik.
  • Oq, nam, yupqa qarash – oshqozon energiyasi joyida.
  • Oq rang – oshqozon kislotasi pastligi, disbakterioz.
  • Sarg‘igi qarash – o‘t pufagida safro ko‘pligi, jigar kasalligi.
  • Yog‘li, loyqa qarash – hazm bo‘lmagan ozuqa.
  • Siyoh rang, dog‘li qarash – qon harakati susayishi.
  • Qora qarash – ovqat hazm tizimidagi, ayniqsa oshqozon osti bezi va o‘t pufagidagi jiddiy buzulishi. Bundan tashqari, organizmni ko‘p suv yo‘qotish oqibatida qonni kislota – ishqor balansi (kislotalikni ko‘payishi) buzilganda ham qora qarash paydo bo‘ladi.
  • Butun til bo‘yicha iflos oq – qul rang qarash – surunkali ich kotish, organizmni mikrob va parazitlar bilan zaharlanishi.
  • Och kul rangli qarash – difteriya.
  • Agar vaqt o‘tish davomida qarash qalinlashib, sarg‘ish rangga, undan so‘ng kul rang va qoramtir tus olsa – demak kasallik kuchaymoqda. Agar qarash rangi yorqinlashib yupqalashsa kasallik qaytayotgan bo‘ladi.

Tildagi dog‘lar

  • Oq va qizil ranglar almashlanib turishi – qizilcha kasalligidan dalolat;
  • Ko‘kimtir dog‘lar – yurak qon – tomir tizimidagi harakatsizlik holatlari;
  • Qoramtir dog‘lar – buyrakni og‘ir hastaligi.

Shuningdek tilga qarab kasalga tashxis qo‘yishida quydagilarga ham e’tibor berish kerak.

Til chekkalarida tishlar izi

Tilni oldi va yon qismlarida tishlarni chuqur izlari stresslar, nevrozlar va toliqishlardan darak beradi. Ayniqsa, markaziy asab tizmini jiddiy kasalliklarida tish izlari yanada aniq qo‘rinadi. Bundan tashqari til chekkasidagi tish izlari disbakterioz, organizmda shlaklarni ko‘pligidan va ozuqani qoniqarli hazm bo‘lmayotganidan darak beradi;

Quruq til

“Tilni quruqligi” va shilliq pardani quruqlashishi so‘lakni yetarli miqdorda chiqmayotgani (chanqoq) tufayli vujudga keladi va ancha kasalliklarni, jumladan ich qotishi, peritonit, tana haroratini ko‘tarilishi, diabetlarni alomati hisoblanadi. Ko‘p hollarda til quruqligi jigar rang qarash paydo bo‘lishi bilan kechadi. Agar shilliq parda ko‘p nam yo‘qotsa unda yoriqlar paydo bo‘lishi mumkin. Shuningdek quruq til ta’m bilishni yo‘qotishini chaqiradi;

Laklangan va shahmatli til

Laklangan til usti silliq, yaltiraydi, och – qizil rangli (ta’m biluvchi so‘rg‘ichlarlar atrofiyasi tufayli) bu quydagi kasalliklar alomati: surunkali kolit, pellagra, oshqozon saratoni. “Shaxmatli” tillaklangan tilni bir turi “B” vitamini va nikotin kislotasi kamchiligi oqibatida paydo bo‘ladi;

Tilni sosochkalarini qizarishi va kattalashishi

So‘rg‘ichlarlarni tilini uchiga yaqin bo‘lgan o‘ng yarmida qizarishi va kattalashishi jigar kasalligi alomati, chap yarmidagisi esa taloqni kasalligi til uchida esa – tos organlari kasalliklari, tilni o‘rtasi va qirg‘oqlardagisi esa o‘pka kasalliklari alomatidir;

Til liniyasini qiyshashi

Til liniyasini qiyshashi – umurtqani qiyshashishidan darak beradi.  Til ildiziga yaqin qatlamni qiyshayishi – umurtqani bel qismida qiyshayishidan, til markazida qiyshayish – ko‘krak qafasida qiyshayishdan, til uchidagi liniya qiyshayish – buyin qismdagi qiyshayishdan (buyin osteoxondrozi) dalolat beradi;

Til og‘rishi

Tilni bir tomonga qiyshayishi va og‘ishi – bosh miya tomirlari buzilishi (insult), va ruhiy kasalliklardan dalolat beradi;

Tilni titrashi

Tilni titrashi – bosh miya kasalligi, chukur nevrotik buzilishlar alomatidir;

Tildagi yaralar

Tildagi yaralar. Til ustidagi yaralar ovqat hazm qilish tizimidagi kasalliklardan dalolat beradi (Kron kasalligi).

Biz kasalliklarga tilga qarab tashhis qo‘yishda qo‘llash mumkin bo‘lgan asosiy alomatlarni sanab o‘tdik. Ushbu tashxis qo‘yish usullari vrachdan mohirlik talab qiladi. Vrach tildagi o‘zgarishlarni nafaqat seza olishi, balki to‘g‘ri tashxis qo‘yish uchun olingan ma’lumotlarni birlashtirib, keyingi tashxis usullari bilan tasdiqlay olishi kerak.

Ushbu maqolani ham o‘qing: O‘z-o‘zini davolashning yetti xavfi

© Javlon Abdullayev, jarroh.
Med-info.uz

Gripp va yuqori nafas yo'llarining infeksiyalarini alomatlarini davolash uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Griphotdir.

Griphot bu – alohida paketlarga qadoqlangan eriydigan granulalar.

Har bir paket tarkibi:

Faol moddalar: parasetamol - 500 mg, fenilefrin gidroxlorid - 10 mg, oksalamin sitrat - 100 mg, xlorfeniramin maleat - 2 mg; Yordamchi moddalar: tartarik kislota, limon kislotasi, natriy gidrokarbonat, natriy karbonat, xinolin sarig'i, limon lazzati, Kollidon K-30, saxarin, saxaroza.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi - https://apteka.uz/product/gripkhot

Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Teraflyu, Rinil hotmiks, Insti, Sinupret ekstrakt, Rinomaks, ASS va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Kriptorxizm bepushtlikka sabab bo‘lishi mumkinmi?!
Yaqinda farzandli bo‘ldim. O‘g‘limda tug‘ma kriptorxizm aniqlandi. Shifokorlar buning sababini homiladorlikda chala rivojlanish tufayli, deya izohlashdi. Shunday bo‘lishi mumkinmi? – Kriptorxizm – tug‘ma kasallik bo‘lib, bo‘lg‘usi otalarning reproduktiv salomatligiga, ya’ni farzand ko‘rish qobiliyatiga katta xavf soladi. Bolalarda moyakning yorg‘oqqa tushmasligiga ko‘pincha yaqin qarindoshlarning qiz olib, qiz berish, ya’ni quda-anda bo‘lishi, chov churrasi, yaqin qarindoshlarda kriptorxizm bo‘lishi, kasbga oid zarar (jismoniy, kimyoviy), ekologiyaning yomonligi, bo‘yida bo‘lganda yoki homiladorlik davrida zararli ta’sir qilganda homila ona qornida chala rivojlanadi. Soxta va chin kriptorxizm, joyiga qarab chov (moyaklar chov sohasida bo‘ladi) va abdominal (moyaklar qorin sohasida bo‘ladi) kriptorxizm farqlanadi. Chin kriptorxizmda moyak qorin sohasida yoki qorin devorida bo‘ladi. Shunisi ham borki, yorg‘oq moyak tushib qolgan tomonda chala rivojlanadi. Moyak yorg‘oqqa odatda bola hayotining birinchi yilida o‘zi tushadi, buning uchun hech qanday maxsus davo talab qilinmaydi. Soxta kriptorxizm chin kriptorxizmga qaraganda ikki marta ko‘p uchraydi. Bunda moyakni vaqti-vaqti bilan mushaklar tepaga tortadi va u yorg‘oqdan tepaga chiqib ketadi. Qo‘rqish, sovqotish, og‘riq oqibatida moyakni ko‘targan mushaklar reflektor qisqaradi, shunda moyak chov kanali tepasiga o‘tib ketishi mumkin. Qo‘lni isitib moyakni ohista paypaslab, ushlab yorg‘oq tubiga tushirib qo‘yish mumkin, ana shunga soxta kriptorxizm deyiladi va hech qanday davo qilishga hojat qolmaydi. Odatda, birinchi yillari yoki balog‘atga yetish davrida moyak yorg‘oqqa tushib, butunlay joylashishi kerak. Yorg‘oqqa tushmagan moyak ko‘pincha chala rivojlanadi, unda distrofik o‘zgarishlar ro‘y beradi, ayniqsa ikki tomonlama kriptorxizm keyinchalik bepushtlikka olib kelishi mumkin. Chov kanalida turib qolgan moyak buralib qolish va nobud bo‘lish xavfida bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘smalar rivojlanishi xavfi ko‘p marta oshadi. Agar bolada moyakning yorg‘oqqa tushganiga shubha qilsangiz, iloji boricha tezroq uni bolalar shifokori yoki endokrinologga olib boring, zarur bo‘lsa vrach davo buyuradi, maslahatlar beradi. Zarur bo‘lsa jarrohlik usuli qo‘llaniladi.

© Akmal ABDURAIMOV, urolog. "Salomatlik sandig‘i" gazetasi.

ico
Ko‘z grippi qanday kasallik?
Keyingi yillarda ko‘z grippi degan so‘z ham tez-tez qulog‘imizga chalinadigan bo‘ldi. Bu qanday xastalik ekanligi va govmijja xususida ham sahifamizda tibbiyot fanlari nomzodi, bolalar oftolmojarrohi Shohida Dadamuhamedova quyidagilarni bayon etdi: – Bu ko‘zning adenovirusli, yuqumli kasalligidir. Xastalik o‘tkir boshlanib, organizm intoksikatsiya jarayoni sababli viruslardan zaharlanadi. Shuningdek, kasallik tufayli ko‘zning shilliq qavati – ko‘z olmasining kon’yunktivasi yallig‘lanadi. Adenovirusli kon’yunktivit sovuq kunlarda ko‘p uchraydi. Ushbu kasallik xuddi gripp yoki O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiya)larning belgilari kabi boshlanadi. Yuqumli, adenovirusli kon’yunktivitlarni 3, 7a, 11, shuningdek, 4, 6, 7, 10 tur adenovirus serotiplari qo‘zg‘atadi. Xastalik havo-tomchi va maishiy muloqot yo‘li bilan yuqadi. Bemor odam aksirganda va yo‘talganda sog‘lom odamga kasallik yuqadi. Yoki u iflos qo‘li bilan ko‘zini ishqaganida ham ko‘z shilliq qavati yallig‘lanadi. [box type="info" align="aligncenter" ]Kataral, follikulyar va pardali adenovirusli kon’yunktivit farqlanadi. Kasallikning kataral, follikulyar turi turli yoshda yuzaga keladi. Pardali kon’yunktivit asosan go‘daklarda uchraydi.[/box] Chaqaloqning immuniteti susayib ketsa, xastalik o‘tkir (birdan) boshlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bu kasallik bilan bir necha marta og‘rishi mumkin. Shundan so‘ng ushbu dardga nisbatan ularda tabiiy immunitet shakllanadi. Bu esa go‘daklarda adenovirusli pardali kon’yunktivitni yuqtirish ehtimolini kamaytiradi. Agar kasallik sog‘lom odamga yuqsa inkubatsion (yashirin) davr ikki hafta davom etadi. Adenovirusli kon’yunktivitning quyidagi klinik belgilari kuzatiladi: Qovoqlarning shishishi, ko‘z shilliq qavatining yallig‘lanishi, ko‘zdan shaffof shilimshiq va yiringli ajralma kelishi, shox pardaning sezuvchanligining kamayishi. Dastlab bemor a’zoi badani qaqshab, boshi og‘rishidan shikoyat qiladi. Keyin uning tana harorati oshadi. Xasta odam yoki bemor bolaning bo‘yin va jag‘ osti limfa tugunlari kattalashadi. Ko‘z shox pardasi va uning shilliq qavatida og‘riq va sanchib og‘riganday sezgi kuchayadi. Ko‘zning qizarishi va shishib ketishi ham ushbu xastalikka xos belgilar hisoblanadi. Organizmdagi eng nozik a’zo bo‘lgan ko‘zda pardasimon yallig‘lanish jarayonining paydo bo‘lishiga inson immun tizimining susayib ketishi sabab bo‘ladi. Shifokor bemorga klinik va biokimyoviy qon tahlilini topshirishni buyuradi. Ko‘krak qafasi va burunning yondosh (Gaymor) bo‘shlig‘i rentgen qilinadi. Agar bemor o‘zboshimchalik bilan noto‘g‘ri davolansa xastalik asorat qoldiradi. Ko‘z shox pardasining yallig‘lanishi-keratakon’yunktivit kasalligi ko‘z yoriqlarining butunlay bekilib qolishini keltirib chiqaradi. Bunday holatda bemor yorug‘likka qaray olmaydi. Shuningdek, ko‘z shox pardasida oq dog‘ paydo bo‘ladi. Bemorda 30-40 foiz holatlarda xastalikning yana bir asoratlaridan iridatsiklit – ko‘zning rangdor pardasi va siliar tanasining yallig‘lanishi kuzatiladi. Unutmang! Toza qo‘llar – salomatlik garovi. Bolalikdan farzandlaringizga qo‘llarini doimo sovunlab yuvib yurishni o‘rgatish ularni nafaqat ko‘z xastaligi, balki turli gijjalar va sariq (A gepatiti), diareya (ichketar)dan ham asraydi. Davosi: Xastalik boshlangandan bemor darhol oftolmologga murojaat qilishi zarur. Shundagina yuqorida bayon qilib o‘tganimiz kabi kasallikning og‘ir asoratlarining oldi olinadi. Dono xalqimizda “Ko‘zing og‘risa, qo‘lingni tiy” degan maqol mavjud. Kir qo‘llar bilan umuman ko‘zni ishqalamaslik kerak.

© Shohida Dadamuhamedova, bolalar oftolmojarrohi.

"Sog‘lom avlod" gazetasi.

ico
Kamqonlik profilaktikasi uchun...
Kamqonlikka uchragan bemorlar maxsus parhez ovqatlarni iste’mol qilib turishlari kerak. Ularning ayrimlari haqida bilib olganingiz ma’qul.

Tovuq go‘shti va sabzavotli salat

Qaynatib pishirilgan tovuq go‘shtining yumshoq, terisiz joylari olinadi. Bodring somoncha qilib to‘g‘raladi, pomidor halqa shaklda, ko‘kpiyoz va oshko‘klar mayda qirqiladi. Tayyor mahsulotlar yaxshilab aralashtirilgach, ustidan biroz qaymoq quyiladi. Bu salat oqsil, yog‘, uglevodlarga boy hisoblanadi.

Suzmali salat

Tozalab yuvilgan oshko‘k, shivit, kinza, rayhon, ko‘kpiyoz va rediskani mayda to‘g‘rang, bodringni parraklang. Hamma masalliqni suzmaga aralashtiring. Ustidan tuz, murch sepib, dasturxonga torting.

Qand lavlagi salati

Qand lavlagini suvda qaynatib tozalagach, kub shaklida to‘g‘rang va idishga soling. Biroz miqdorda qaymoq aralashtirib iste’mol qiling. [caption id="attachment_5838" align="aligncenter" width="438"]kamqonlik profilaktikasi Kamqonlik profilaktikasi uchun[/caption]

Qaynatilgan oshqovoq

To‘q sariq rangli, ta’mi shirin bo‘lgan oshqovoq suvda qaynatiladi. Pishgach, olib sovitiladi. So‘ng mayda kub shakoila to‘g‘raladi. Ustidan shakar sepib, biroz qaymoq quyiladi va taomdan oldin iste’mol qilinadi. Abu Ali ibn Sino kamqonlikni davolashda ismaloqdan qaynatma tayyorlagan va uni qoni kamayib ketgan bemorga ichirgan. Bir oshqoshiq miqdoridagi ismaloq o‘ti bir stakan suvda o‘n daqiqa qaynatiladi. Bir soatcha damlanadi. Keyin dokadan suzib, kuniga yarim piyola miqdorida 3 mahal ichiladi.

Olmada temir moddasi serob

Shuning uchun tabiblar kamqon bemorga olma yeyishni va uning sharbatini ichishni maslahat berganlar.

Behi mevasi ham temirga boy

Uning bargi va po‘stlog‘idan teng miqdorda olib, biroz suvda qaynating, so‘ng tindirib suzgichdan o‘tkazing.Damlamadan ichib turish kamqonlikka davo bo‘ladi.

O‘rik mevasi yoki quritilgani (turshagi)

Kamqonlikni davolashda bu mahsulot muhim o‘rin tutadi. Qadimgi tabiblar anemiyasi bor bemorlarga ko‘proq o‘rik yeb turishni va turshakni suvda ivitib ichishni maslahat berganlar.

Qizil sabzi

Qizil sabzini xomligicha qirg‘ichdan o‘tkazib, so‘ng biroz qaymoq qo‘shib iste’mol qilish kamqon bemorlar uchun juda foydali.

Na’matak damlamasi

Na’matak mevasidan tayyorlangan damlama xalq tabobatida kamqonlikni davolashda keng qo‘llanilgan. Ushbu damlama tarkibida vitamin C miqdori juda ko‘p bo‘lib, oziq-ovqatlardagi temirning o‘zlashtirilishiga ko‘maklashadi. Na’matakdan damlama tayyorlash uchun uning quritilgan mevalari ishlatiladi. Bir osh qoshiq meva bir stakan suvga solinadi va past olovda 10 daqiqa qaynatiladi. So‘ng yarim soat damlab qo‘yiladi, ovqatdan oldin ichiladi.

Turp

Turpni yaxshilab artganingizdan so‘ng qirg‘ichdan o‘tkazing va dokada siqib sharbatini oling. Shu sharbatdan kuniga 3-4 marta ovqatlanishdan avval ikki-uch osh oqshiqdan ichib turasiz. Kamqon bemorlar dori-darmonlar bilan davolanish va parhez ovqatlar iste’mol qilish borasida shifokor bilan tez-tez maslahatlashib turishlari zarur.

© Nigora TURSUNOVA, umumamaliyot shifokori.

"Sihat-salomatlik" jurnali.

ico
Kamqonlik - oqibati og‘ir dard
Kamqonlik xastaligi asosan tug‘ish yoshidagi ayollar, o‘smirlar va bolalarda uchraydi. Jahonda bu kasallikka duchor bo‘lgan ayollar va bolalar o‘rtasida xastalik va o‘lim ko‘rsatkichlari 8-10 barobar yuqoridir. Uning asoratlariga ayollarda tug‘ish jarayonida qon ketishi, bolaning chala yoki vazni kam bo‘lib tug‘ilishi, tug‘ma nuqsonlar va shu kabilar kiradi. Xastalik sababli inson immuniteti pasayadi. Ayniqsa, kamqonlik surunkali gastrit(me’da yallig‘lanishi), kolit(yo‘g‘on ichak yallig‘lanishi), duodenit (o‘n ikki barmoqli ichak yallig‘lanishi) kabi me’da-ichak tizimi xastaliklari, gemorroy(bavosil) va boshqalar sabablar tufayli tez rivojlanishi kuzatilgan. Bu kasallik bolalar va o‘smirlarni jismoniy va intellektual rivojlanishi, ish va o‘qish qobiliyatini keskin pasaytirib yuboradi. Ayollar va bolalar organizmida temir moddasining yetishmasligi sababli ham kamqonlik rivojlanadi. Chunki, ularda bu moddaga bo‘lgan ehtiyoj erkaklarga nisbatan 3-5 barobar ko‘proqdir. Temir moddasi qon ishlab chiqarish, homilaning rivojlanishi, ko‘krak suti hosil bo‘lishi, bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishida juda ko‘p sarflanadi. Xotin-qizlarning hayz ko‘rish jarayonida ham ko‘p qon yo‘qotiladi.

Nima uchun ayollar va bolalar organizmida temir moddasi yetishmaydi?

Bolalarda temir yetishmovchiligining asosiy sababi onasi homiladorlik va emizish davrida kamqon bo‘lishi, bola chala yoki kam vazn bilan tug‘ilishi, uning ko‘krak suti bilan boqilmaganligi, tez-tez kasallanishi, surunkali infeksiyalar, gijja va noto‘g‘ri ovqatlanish tufaylidir. Xotin-qizlarda temir yetishmovchiligiga olib keladigan sabablardan biri hayz tufayli ko‘p qon yo‘qotishdir. Agarda hayz 4-5 kundan ortiq cho‘zilib, homiladorlik va tug‘ish oralig‘i 3 yildan kam bo‘lsa, bemorda surunkali infeksiyalar va gijjalar aniqlansa, shuningdek, to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qilinmasa, bu xastalik tez rivojlanadi.

To‘g‘ri ovqatlanish qanday bo‘lishi kerak?

Ushbu omil temir yetishmovchiligining oldini olishda juda muhimdir. Inson hayoti davomida temir moddasi va vitaminlarga boy oziq-ovqatlar iste’mol qilishi lozim. Ingibitor (choy, qahva, sun’iy bo‘yoqli, gazli ichimliklar)larni kamroq ichish zarur. Chunki, ular ovqatdagi temir moddasining so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi. Promotor (meva-sabzavot)larni esa ko‘proq istyemol qilish kerak. Ular aksincha, temir moddasining yaxshiroq so‘rilishini ta’minlaydi. Ovqatlanish vaqtida ingibitorlar iste’mol qilinsa, ular oziq-ovqat tarkibidagi temir moddasini 40-100 foiz so‘rilishiga xalaqit beradi. Ho‘l mevalar, sabzavotlar, ko‘katlar esa (S vitamini orqali) temir moddasi so‘rilishini 4 barobarga oshiradi. Shu bois ovqatlanish vaqtida choy ichish tavsiya etilmaydi. Uni ovqatlanib bo‘lgach, 2 soatdan keyin ichish zarur. Choy o‘rniga qaynatilgan suv, gazsiz mineral suv, meva sharbatlari, na’matak yoki quruq mevalardan damlamalar iste’mol qilish maqsadga muvofiq. Dukkaklilar, yormalar temir moddasiga juda boy ozuqalardir. Shuning uchun ham ular go‘sht o‘rnini bemalol bosa oladi. Lekin bu mahsulotlarni ham ingibitorlar bilan birga iste’mol qilish kerak emas. Shakar, novvot va shirinliklar organizmda gemoglabinni ko‘paytirmaydi. Chunki, ularda temir moddasi va vitaminlar yo‘q. Aksincha, ular ishtahani pasaytiradi, gijjani ko‘paytiradi. Shuningdek, tishlar kariyesga chalinadi. Emizikli bolalarda esa allergiya va diatez (chilla yara)larning paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Kamqonlikni aniqlash uchun qondagi gemoglabin ko‘rsatkichini tekshirish zarur. Gemoglabin meyori 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda 110 g/l, undan kattalar va ayollarda 120 g/l, erkaklarda 130 g/l bo‘ladi. Agarda kamqonlik rivojlansa, gemoglabin ko‘rsatkichlari pasayib ketadi: 70 g/l dan past bo‘lsa, bu og‘ir darajali kamqonlik, 90 g/l dan past bo‘lsa, o‘rta og‘ir darajali va 90 g/l dan yuqorisi yengil darajali kamqonlik hisoblanadi. Temir yetishmovchiligi paytida bemorlar gilvata, (kesak) choy shamasi, xamir, xom makaron va guruch, qog‘oz kabi mahsulotlarni iste’mol qilgisi keladi. Yana xasta kishilarga bo‘yoq, atseton, benzin, kerosin, tutun, zax hidlari yoqadi. Bu holat markaziy asab tizimining temir tanqisligi bilan kechuvchi kislorod yetishmovchiligi va sensor funksiyalar buzilishi bilan namoyon bo‘ladi. Bemor tarkibida temir moddasi mavjud dori vositalarini iste’mol qilgandan so‘ng 2-3 haftada kasallik belgilari qayd etilmaydi. Dardmand odamning tirnoqlari mo‘rt, g‘adir-budir bo‘ladi. Ular qiyshayib, parchalanib va yupqalashib qoladi. Xasta insonning xotirasi pasayadi, boshi og‘riydi, aylanadi, quvvati kamayadi hamda tez charchaydi. Uning ish qobiliyati va ishtahasi keskin pasayib ketadi. Kamqonlikning og‘ir darajasida bemorning yuz rangi oqaradi, tez-tez kasallanadi. Ushbu xastalikni davolash ko‘p vaqt talab etadi. Dard asoratlarini bartaraf etish ham ancha mushkul. Ba’zida esa buning iloji ham bo‘lmaydi (masalan, homilaning aqliy va jismoniy rivojlanishi onasining kamqonligi sababli pasayadi. Surunkali me’da-ichak kasalliklari va hakozo). Kamqonlikning og‘ir darajasida bemor ko‘pincha statsionar sharoitda davolanishi, turli tibbiy tekshiruvlardan o‘tishi va unga qon quyish zarur bo‘ladi. Davolash kamida 3-6 oy davom etadi. Ko‘pincha ayollar davolashni oxiriga yetkazmaydilar. Buning oqibatida kamqonlik qaytalanib, surunkali tusga aylanadi.

Kamqonlikning oldini olish mumkinmi?

Kasallikning oldini olish, uni davolashdan ko‘ra ancha afzalroqdir. Buning uchun inson to‘g‘ri ovqatlanishi kerak. Yuqorida ko‘rsatilgan temir yetishmovchiligi sabablarini bartaraf etish lozim. Agarda bularning hammasini amalga oshirishning imkoni bo‘lmasa, unda bemor haftada bir marotaba 60 mg ( 1-2 hapdori) tarkibida temir moddasi mavjud dori vositalarini iste’mol qilishi zarur. Shunda organizmdagi temir yetishmovchiligi asta-sekin bartaraf etiladi. Bemorga tarkibida temir moddasi mavjud dori vositalarining zarari yo‘q. Ular meyordan ortiq organizmga so‘rilmaydi. Kamqonlikning oldini olishning yana bir samarali usuli – bu oziq-ovqatlarni temir va boshqa mikroelement va vitaminlar bilan boyitish, ya’ni fortifikatsiya etishdir. Bu usul ham butun dunyoda, jumladan, AQSH, Yaponiya, Avstraliya va Yevropaning ko‘plab rivojlangan davlatlarida 70 yildan beri amalga oshirilmokda. Bu usulning samarasini 10-15 yilda ko‘rish mumkin. Respublikamizda ham ana shunday ezgu chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2010 yilda “Aholi o‘rtasida mikronutriyentlar yetishmovchiligining oldini olish” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. Bu huquqiy hujjat yurtimizda ushbu xastalikning oldini olishda muhim asos bo‘lib xizmat qilayotir. Kamqonlikni bartaraf etishda to‘g‘ri va sifatli ovqatlanish, shuningdek, bemor to‘yib uxlashi hamda uni stress (ruhiy zo‘riqish), depressiya (tushkunlik)dan asrash alohida ahamiyatga ega. Xasta inson tarkibida temir moddasi mo‘l bo‘lgan mahsulotlar – mol, qo‘y, tovuq jigari, buyragi, yuragi, til, grechka, qora mayiz, qora olxo‘ri, olma, nok, turshak, anjir qoqi, qora olxo‘ri, shaftoli qoqi, ismaloq, petrushka, qizil loviya, chala pishirilgan uy tovug‘i tuxumi, qizil lavlagi, loviya, baliq, no‘xat, mosh, jo‘xori, yalpiz, yeryong‘oq, yong‘oq, bodom, kungaboqar (pista) kabi mahsulotlarni tarkibida S darmondorisi mo‘l sitrus mevalar, qizil bulg‘or qalampiri, karam, ko‘k piyoz, sarimsoqpiyoz, oshqovoq, pomidor, sabzi, qulupnay, malina, tarvuz, qovun kabi meva-sabzavotlar bilan qo‘shib iste’mol qilishlari zarur.

D. SULЕYMANOVA, tibbiyot fanlari doktori.

D. MAMATQULOVA, tibbiyot fanlari nomzodi.

M. NARMЕTOVA, gematolog.

"Sog‘lom avlod" gazetasi.

Soglom.uz nashri.