Moyaklarni mustaqil tekshirish
Erkaklarning jinsiy a’zolarida biri bo‘lmish moyaklar, juft bez bo‘lib, yorg‘oqda joylashgan hamda u sperma ishlab chiqarish vazifasini bajaradi. Vazifasidan ham ma’lum bo‘lib turibdiki, hayotiy muhim ahamiyatga ega a’zo hisoblanadi.
Agar siz moyagingizda og‘riq yoki turli xildagi shishlarni sezsangiz uni mustaqil ravishda o‘zingiz tekshirib ko‘rishingiz mumkin. Mustaqil tekshirish yordamida erkaklar moyaklaridagi o‘zgarishlarni aniqlashi mumkin. Masalan, moyakda o‘sma (rak) paydo bo‘layotgan bo‘lsa, o‘z-o‘zini tekshirish orqali xavfni aniqlash hamda shifokor bilan birga bu kasallikni bartaraf etish mumkin. Moyak o‘smasi boshqa o‘smalarga nisbatan kam uchraydi. Lekin, uni o‘tqazib yuborish, o‘z vaqtida aniqlamaslik, bilmaslik juda xavflidir!
Moyaklarni vaqti-vaqti bilan tekshirib turish nima uchun muhimligini tushundingiz degan umiddaman! Agar, hali ham muhimligini tushunmagan bo‘lsangiz, oddiygina tekshirish yoki tekshirmaslik oribatida bo‘lg‘usida ota bo‘la olishingiz yoki bo‘la olmasligingizni o‘ylang! Endi aniq tushundingiz – a! Unda moyaklarni mustaqil tekshiruvni boshlaymiz.
Taxminan bir oyda bir marta iliq vanna yoki dushdan keyin (bunda yorg‘oq terisi yumshoq bo‘ladi hamda moyakni bilishga to‘sqinlik qilmaydi), quyidagi ko‘rsatmalarga muvofiq moyakni va yorg‘oqni yaxshilab kuzating. Moyaklar kattaligi, shakli, yumshoqligi kabi barcha belgilariga ahamiyat bering. Biroz o‘tgach siz yorg‘oq va moyakni shu qadar yaxshi his qilasizki, kelgusida bo‘ladigan har qanday o‘zgarishni birdan payqaysiz.
Tekshirish uchun:
- Har bir moyakni paypaslab ko‘ring, bunda II va III barmoqlar moyak ostida, I barmoq esa moyak ustki yuzasida bo‘lishi kerak;
- Har bir moyakni ehtiyotkorlik bilan barmoqlar orasida oldinga – orqaga, so‘ngra yon tomonlarga aylantirib ko‘ring;
- Agar tekshiruv natijasida, biror bir shishni (og‘riqli yoki og‘riqsizligidan qatiiy nazar) sezsangiz, yorg‘oq sezuvchanligi oshganligini, terida o‘zgarish bo‘lganligini payqasangiz urolog yoki androlog shifokorga murojaat eting!
Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!
Salom memda 3kun ogʻdin oʻng moyakimda ogʻriq paydo boʻldi
Belim ham oʻtirib turganimda ogʻriyapti bular nmadan boʻladi iltimos yordam bering
Moyak oʻng tomoni ishgan ogʻriyapti nma qilay
Assalomu alaykum! Mani yoshim 23da oldiniga moyagni ikki yon qismi qichishish ko‘p qashish tufayli kichik yaralar hosil bo‘lgan deb o‘ylagan edim endi moyakni o‘ziga ustki ya‘ni bel qismiga o‘zidan o‘zi post tashlash masalan sal tortsa yupqalashgan teri yorilib ketyabdi iltimos shunga batafsil javob bering safardaman bu yerlarda duxtirlar juda qimmat. Agar tushinarsiz yozgan bo‘lsam qaytadan batafsil qilib ham yozaveraman
Assalom alaykum doktor men 26 yoshdaman ismim Sadriddin meni o’ng moyagimda og’riq paydo buldi qandaydir tomir chiqanmi yo ushanga tegsam yomon og’riq berayapti nimaligini bilmayapman javob uchun rahmat
Androlog shifokorga ko’rining.
Assalom alaykum doktor men 26 yoshdaman ismim Sadriddin meni o’ng moyagimda og’riq paydo buldi qandaydir tomir chiqanmi yo ushanga tegsam yomon og’riq berayapti nimaligini bilmayapman javob uchun rahmat
Varikosel oldirib tashlash kerak qutulasan.15 minutlik operatsiya.Arzimagan narsa.
Assalomu Aleykum doktir yaxshimisz? Menda 1yildan beri belim va oyoqim ogriydi, moyakdaham ong tomonda bilinar bilinmas og’riqlar paydo bo’lgan. UZI qildirdim yaxshi deyishdi, lekin hozirham ogriq bor, belimni tamografiya qilgandim ostexandrozni boshlanishi bor deyishdi, ostexandroz moyakka og’riq berishi mumkinmi?
Mumkin. Androlog bilan maslahatlashishingizni tavsiya etamiz.
Assalomualaykum doktor ismim akobir
meni ikkita moyagim uz tengdoshlarimnikidan katta men hozir 18 yoshdanan 10-12 yoshimda aperatsiya bulganman shu sababli lekin moyaklarim hali ham katta hech qanday ogriq yuq lekin. Bu narsa zararlimi bu agar kasalik bulsa nomini aytaszmi javob uchun oldindan raxmat
Androlog, urolog ko’rigidan o’tishingizni tavsiya qilamiz.
Assalomu alaykum doktor Meni ismim Nurullo O‘ng tomon moyagimda ishish bor har harda og‘rib turadi qandeydir yumshoq tuxumni yonida salkam tuxum bilan teng nima qilsam bo‘ladi javob uchun oldindan raxmat
Savolim shunday doktir menda ung moyak teparoqda chapi esa unga qaraganda pastda Nima u oldindan raxmat
Salom meni yoshim uttiz birda uylanganman bir qizim bor meni moyaklarimning ungi teparoqda bolalugimdan bor bu narsa kasallikmi xech qanday og’riq yuq oldindan raxmat
Assalomalekim duhtir! Mani yoshim 20 da 1-2 yildan beri ondaaa sondaa moyagim ogrip qoladi.urolig korigidan ottim va u aytgan dorarni icdim.va mana 20 kun diganda yana ogriyapti nmadan bolishi mumkin?!javob uchun oldindan rahmat
Salom doktir menig moyagimni tuxumi bitta yoshim 21 da hech qanday ogriq yoq bu xafli masmi