Go‘dak uchun eng muhim ozuqa bu ona sutidir. Ona suti bolaning sog‘lom, hech bir kasalliklarga chalinmay, tez va nuqsonlarsiz rivojlanishini ta’minlovchi ozuqadir. Ona suti tarkibida bolalar uchun muhim bo‘lgan oqsil(albumin, globulin), yog‘, uglevodlar, vitaminlar(A, C, D, E, B1, B12, B6) hamda bolani kasalliklardan himoyalovchi antitelolar juda ko‘p. Ayrim ayollarimiz turli bahonalarni ro‘kach qilib, bolasini emizishni istashmaydi va turli xil sigir yoki echki sutidan berishadi. Bu holatning eng afsuslanarli tomoni shundaki, ayol birgina xatosi bilan ikki kishining, bolasi va o‘zining salomatligiga ziyon yetqazadi. Ya’ni, birinchi navbatda bola ona sutini iste’mol qilmagani uchun u nozik hamda kasalliklarga, ayniqsa yuqumli kasalliklarga tez chalinuvchan bo‘ladi. Ona bolasini emizmasligi oqibatida ko‘krak bezi saratonini orttirib olishi mumkin! Shu sababdan ham bolani emizmaslik uchun asossiz bahonalarni qilib, emizmaslik yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Lekin, shu o‘rinda ona bolani emizmsaligi uchun asos bo‘ladigan holatlarni ham sanab o‘tishni lozim topdik.
- Miyada qon aylanishi buzilganda;
- Eritrotsotlar tarkibidagi antigenlar mos bo‘lmagani oqibatida yuzaga kelgan gemolitik kasallikda;
- Bola chala tug‘ilib, unda yutish va so‘rish reflekslari bo‘lmaganda;
- Respirator buzilishlarning og‘ir shakllarida bolani emizish umuman mumkin emas!
Onaning quyidagi kasalliklarida emizish tavsiya etilmaydi:
- Buyrak yetishmovchiligida;
- Tug‘ma yoki orttirilgan yurak parogida;
- Endokardit va miokarditda;
- Bazedov kasalligida;
- Xavfli o‘smalarda;
- O‘tkir ruhiy kasalliklarda.
- Gripp, o‘pka shamollaganda – ona og‘ziga niqob taqqan holatda emizish mumkin. Emizishdan so‘ng bola onadan alohida xonaga o‘tqaziladi;
- Qizamiq, qizilcha bo‘lganda – emizishni davom ettirish mumkin. Lekin, bir vaqtning o‘zida bolaga pediatr nazorati ostida gamma-globulin kiritiladi;
- Kuydirgi, qoqsholda emizish butkul to‘xtatiladi va boshqa ayol sutidan foydalaniladi;
- Toshmali va qaytalama terlamaning og‘ir holatida ko‘krak bilan emizish vaqtinchalik to‘xtatiladi. Yengil hollarda esa sog‘ibqaynatilgan sut bilan emizish davom ettiriladi.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Skolioz bo‘lgan qiz homilador bo‘la oladimi?