"D" Harf bo'yicha qidirish

MAQOLALAR

ico
D vitamini haqida

D vitamini yogʻda eriydi. Uning tanadagi asosiy vazifasi kalsiy va fosfor miqdorini saqlashdir. Ular suyak oʻsishiga va ularning mustahkamligiga taʼsir qiladi.

“Quyosh” vitamini haqida birinchi marta XVII asrning oʻrtalarida, shifokorlar bolalik raxitiga davo izlayotganlarida gapirishgan. Baliqning jigar yogʻi va oddiy quyosh qutqaruvchi vosita boʻldi. 1924 yilda olimlar ultrabinafsha nurlar bu kasallikning oldini olishini isbotladilar. Shunday qilib, D vitamini rasman tibbiyotga kiritildi.

D vitamini qanday ovqatlarda mavjud

Siz D vitaminini nafaqat quyoshdan, balki tabiiy mahsulotlardan ham olishingiz mumkin. Uning manbalariga baliq yogʻi, seld goʻshti, losos, sardinalar kiradi. Tuxum sarigʻini, sutni har qanday shaklda (tvorogdan kefirgacha) va jigarni muntazam ravishda isteʼmol qilish ham foydalidir.

Nima uchun D vitamini kerak

Bolalar raxiti tanadagi minerallar va tuzlarning yetishmasligi bilan bevosita bogʻliq.

Vitamin tanadagi kalsiy va fosfor almashinuvida ishtirok etadi, ayniqsa bola tanasi uchun muhimdir. Bolalikda suyak toʻqimasini “qattiqlashishiga” yordam beradi, skelet va tishlarni hosil qiladi. Hujayralarning oʻsishi va rivojlanishi uchun javobgardir.

D vitamini oshqozon osti bezi uchun foydalidir, chunki u insulin sekretsiyasiga taʼsir qiladi. Qandli diabetning rivojlanishiga toʻsqinlik qilib, qondagi glyukoza miqdorini normallashtiradi.

Magniy va kaliyning soʻrilishiga yordam beradi, asab tolalari atrofida himoya qobigʻini “qurish” bilan shugʻullanadi. Shuning uchun shifokorlar uni leykemiya, koʻkrak, tuxumdon, prostata, miya va sklerozni davolashda tavsiya qiladilar.

D vitaminining kunlik normasi

D vitaminining dozasi odamning yoshiga bogʻliq. Shunday qilib, 50 yoshgacha boʻlgan bolalar va kattalar uchun kunlik doza 5 mikrogramni tashkil qiladi. 50 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan odamlarga ikki baravar koʻp isteʼmol qilish tavsiya etiladi – 10 mikrogram. Ammo keksalarga bundan ham koʻproq kerak – kuniga 15 mikrogram. Vitamin oshqozon devorlari orqali yogʻlar bilan soʻriladi. Quyosh taʼsirida u teri orqali ishlab chiqariladi. D vitamini yaxshi singishi uchun shifokorlar qoʻshimcha ravishda B, E va C guruhlari vitaminlari bilan boyitilgan ovqatlarni isteʼmol qilishni tavsiya etadilar.

D vitamini yetishmasligi

Siz D vitaminini eʼtiborsiz qoldirmaganingiz yaxshi. Uning yetishmasligi raxit, boʻy oʻsishining sekinlashishi, tishlarning toʻkilishi va mushaklarning zaiflashishiga olib keladi. Uning yetishmasligi, ayniqsa, qishda, quyosh yoʻqligida aniq namoyon boʻladi. Bemor tez gʻazablanadi, uning kayfiyati va hayotga qiziqishi yoʻqoladi.

Murakkab holatlarda — uning suyaklari zaiflashadi va kichik jarohatlarda ham suyaklarga jiddiy zarar yetadi. Kron kasalligi ham rivojlanishi mumkin, bu esa ichakning yarali shikastlanishiga olib keladi.

Ortiqcha D vitamini

D vitamini sintetik isteʼmol qilish bilan dozani oshirib yuborish mumkin. Uning belgilari tananing zaharlanishi, qusish, diareya, ishtahaning pasayishi. Qon bosimi ham koʻtarilishi mumkin, boʻgʻimlarda va mushaklarda ogʻriq paydo boʻladi.

Ilgari D vitamini faqat normal skeletni shakllantirish uchun zarur deb hisoblangan. Uni olmagan bolalar baliq yogʻini isteʼmol qilishgan. D vitamini quyoshdan ham olinishi mumkin. Ammo shimoliy hududlar aholisi ushbu vitaminga muhtoj. D vitamini yetishmovchiligi bilan osteoporoz rivojlanadi, barcha turdagi virusli kasalliklar, ayniqsa mavsumiy kasalliklar oson yuqadi. Bundan tashqari, har qanday depressiya koʻpincha uning yetishmovchiligi bilan bevosita bogʻliq. Ushbu vitaminni tuxum sarigʻi, sariyogʻ, selddan olish mumkin. Dozani oshirib yuborishda esa zaiflik, qorin ogʻrigʻi, boʻgʻimlarda ogʻriq paydo boʻladi.

ico
Diatez kasallikmi?

Chet elda diatez - kasallik deb qabul qilinmaydi. Bizda esa deyarli har uchinchi bolaga shunday tashxis qo‘yiladi. Nega unday?

Aslida diatez (grekcha «moyillik» so‘zidan olingan) bu kasallik emas, balki bolaning ayrim kasalliklarga bo‘lgan moyilligini ko‘rsatuvchi belgidir.

Diatezning bir necha shakllari mavjud:

Ya’ni, diatez holati bola organizmi faoliyati normal emasligini ko‘rsatib berib, bu bolada ayrim kasalliklarga moyillik bor ekanligini belgilaydi.

Masalan, emizuvchi ona apelsin yeganidan so‘ng bola yuzi qizarib ketdi. Bolaga diatez tashxisi qo‘yiladi. Aslida esa diatez holati bolada allergik dermatit kasalligi mavjud ekanligini ko‘rsatadi. Uni davolash usullari mavjud. Diatez tashxisi qo‘yilganda esa, vrachlar davolash usulini topa olmay turli xil yondashuvlar izlaydilar, chunki bu kasallik emas, bu boshqa bir kasallikka moyillikni ko‘rsatuvchi belgi.

Bolada diatez holatini keltirib chiqaruvchi sabablar:

  • Bolani chaqaloqligidanoq chiniqtirmaslik (judayam issiq kiyintirib, terlatib olib yurish);
  • Bola 6 oylik bo‘lmasidan oldin banan, sok va boshqa qo‘shimcha ovqatdan yalatib yedirish;
  • Bola kiyimlarini kuchli kimyoviy vositalar bilan yuvish;
  • Zararli plastmassadan qilingan o‘yinchoqlarni bolaga berish;
  • Bola oddiy virusli shamollaganda ham antibiotik berish;
  • Bolani terini parvarish etishda, kimyoviy yog‘, pudra va boshqa shu kabi vositalardan ko‘p foydalanish.

Agar farzandingizda diatez mavjudligini vrach ta’kidlasa, vrachdan aynan qaysi kasallikka moyillik boladagi diatez holati ko‘rsatayotganini va aynan o‘sha kasallikka doir davoni belgilashini so‘rang.

Uzbaby.uz nashri.

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Daun sindromi
Daun sindromi bilan xastalangan bolalarning ota-onalari ushbu genetik anomaliyaning sababi farzandlarining har bir hujayrasida bor-yo‘g‘i bitta ortiqcha xromosomaning mavjudligi bilan izohlanishini yaxshi bilishadi. So‘z hujayralarning bo‘linish jarayonidagi tasodifiy buzilish haqida ketmoqda. Demak xulosa shuki, tabiatning ushbu «o‘yinida» hech kimning aybi yo‘q. Ammo baribir bunday oilada ko‘plab kunlar va oylar o‘zini-o‘zi ayblashga, hech qanday chora ko‘rmaslikka va «tangrining jazosi» haqidagi qayg‘uli xayollarga ketadi.
Axir shu ketgan vaqt tug‘ilgan chaqaloq uchun judayam zarur! Agar bolaning rivojlanishi bilan o‘z vaqtida shug‘ullanilsa, u oddiy bolalar qiladigan ishlarning ko‘pchiligini o‘zlashtirishga qodir. Va aynan ota-onalar bu borada unga yordam bera oladigan birinchi kishilardir. Bu haqda Rossiya tibbiyot fanlari akademiyasi NSZD pediatriya ilmiy-tadqiqot institutining bolalar ruhshunoslari Svetlana Borisovna Lazurenko va Olga Borisovna Polovinkina yana bir bor eslatib o‘tishmoqda. Balki ularning maslahati kimnidir garangsish va sarosimalikdan chiqarib, amaliy ishga kirishishga yordam berar.

Tashxis bilan kurashish kerakmas

Bu tashxisni ota-onalar birinchi kundayoq bilib olishadi. Tug‘ruqxona shifokori chaqaloqdagi bir qator klinik alomatlarga ko‘ra genetik tahlilga yo‘llanma beradi. Agar sindrom mavjud bo‘lsa, bu ilk tadqiqot chog‘idayoq ma’lum bo‘ladi. Takroriy tahlillar faqat ushbu qayg‘uli faktni tasdiqlaydi xolos. Ammo ota-onalar baribir yuz bergan voqeaga ishongilari kelmaydi. Ular ruxan ushbu tashxisni qabul qila olmaydilar va bolani xudda unda hech qanday muammo yo‘qday tarbiyalashda davom ettirishadi. Ammo bu bilan ular bolaga yordam berish o‘rniga, hammasini yanada yomonroq qilishadi. Chunki Daun sindromi – bu shunchaki aqliy rivojlanishdan orqada qolish emas. Xromosoma to‘plamining o‘zgarishi tufayli hujayralar darajasidagi moddalar almashinuvi buziladi va buning natijasida organizmdagi aksariyat organlar va to‘qimalarga zarar yetkaziladi. Shu tarzda bolada tug‘ma yurak illati, ko‘rish yoki eshitish qobiliyatining buzilishi kuzatiladi. Ushbu xastaliklarning barchasi mutaxassislar tomonidan o‘z vaqtida aniqlanishi lozim, ularning ko‘pchiligi dorilar bilan davolashni talab etadi. Ota-onalar tashxisni qabul qilishdan bosh tortib, o‘z farzandlariga zarur tibbiy yordamning o‘z vaqtida berilishiga to‘sqinlik qilishadi.

Nimadan boshlash kerak?

Avalambor shifokorlarning maslahatlariga quloq solish, ularning tavsiyalarini so‘zsiz bajarish, ya’ni dorilarni qabul qilish, kerak bo‘lganida statsionarda davolanish, tibbiy ko‘rik va tekshiruvlardan o‘tish juda muhim. Chunki hozir eng asosiysi – bolaning umumiy salomatligini mustahkamlashdir. Birinchi oylardanoq chaqaloqning rivojlanishi o‘z tengdoshlarinikidan sezilarli darajada ortda qolayotgani seziladi. Turli sabablar ko‘ra, shu jumladan past tonus tufayli u tez charchab qoladi, kam uyg‘oq bo‘ladi, nigohini yaxshi fiksatsiya qilolmaydi. O‘yinchoqlarga bo‘lgan qiziqishi tez yo‘qoladi, hatto o‘z ota-onasiga ham unchalik e’tibor qilmaydi.
Bola buni ota-onasini yaxshi ko‘rmasligi uchun emas, balki o‘z his-tuyg‘ularini ifodalash imkoniyati hozircha unda juda cheklanganligi uchun qiladi. Harakatlar rivoji borasida ham ortda qoladi – bunday bolalar boshlarini o‘rtacha uchinchi oyga yaqin ushlay boshlashadi, 9-12 oylarda o‘tirishni, 1,5-2 yoshlarga yaqin esa yurishni o‘rgana boshlashadi. Organizm xuddi mudrayotganday va rivojlanishga unchalik intilmayotganday tuyuladi. Ammo aslida u o‘sishni xohlaydi va tashqaridan beriladigan ko‘makni kutadi. Albatta, rivojlanish borasida ortda qolishni butkul bartaraf etib bo‘lmasligini, chunki asosiy sabab, ya’ni sindrom organizmda qolishini oldindan aytib qo‘yish kerak. Biroq bola bilan muntazam va maqsadli ravishda shug‘ullanilsa, u tezroq rivojlanib, unga tabiat tomonidan berilgan salohiyatni tezroq ro‘yobga chiqara boshlaydi. Aksincha, agar bola faollikdan cheklab qo‘yilsa, ota-ona undan ham kechroq rivojlanishga duch kelishi mumkin.
Xo‘sh, bola uchun qanday sa’y-harakatlar foydali bo‘lishi mumkin? Bu savolga eng yaxshisi farzandingizni tug‘ilganidanoq kuzatib borishi mumkin bo‘lgan shaxsiy defektolog javob bera oladi. Shuning uchun iloji boricha ertaroq shunday mutaxassisni izlang: mahalliy reabilitatsiya markazlari, tibbiy-ruhiy maslahatxonalarga murojaat qiling. Agar yaqin orada bunday muassasa bo‘lmasa, unda pediatr eng birinchi va asosiy maslahatchi vazifasini bajarishi kerak. U bolaning xastaligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida farzandingizga qanday uqalash to‘g‘ri kelishini, qanday jismoniy yuklama unga mosligini aniqlab beradi. Maxsus hamda oddiy sog‘lom bolalar uchun umumiy rivojlantiruvchi adabiyotlarni sotib olish bu boradagi ikkinchi qadamingiz bo‘ladi.

Muloqot qilish falsafasi

Bola bilan kichkinalarga mo‘ljallangan oddiy dastur bo‘yicha shug‘ullanganda, tabiiyki uning ahvolini ham inobatga olish kerak. Defektologlar quyidagi tamoyilga asoslanishadi: bolaning funksiyalari uyg‘unlikda, ammo aniq muddatga bog‘lanmagan holda rivojlanishi kerak. Shuning uchun yutuqlar ortidan quvmang, bolaga keragidan ortiq aqliy va jismoniy mehnatni yuklasangiz, qadam-baqadam uni oldinga harakat qildirish o‘rniga, uning noroziligini keltirib chiqarishingiz mumkin. Buning natijasida biroz vaqtdan so‘ng shunchaki yaqinlashishga harakat ham unda affektiv javobni uyg‘otadigan bo‘ladi. Aksar hollarda bunday vaziyat shaharlik bolalarda yuz beradi, chunki katta shaharning tezkor maromida yashovchi ota-onalar sabrsiz bo‘lib, o‘z istak-xohishlari bilan bolaning imkoniyatlarini taqqoslashmaydi. Ko‘p hollarda esa, oddiy qishloq ayolining farzandi nazariy tomondan bilimdonroq bo‘lgan shaharlik ayolning bolasiga qaraganda yaxshiroq rivojlanadi. Bamaylixotir hayot tarzi, bola bilan sabr-toqatli muomala qilish, ma’naviy oqillik kitoblardan olingan sxolastik bilimlarga qaraganda ko‘proq foyda keltiradi shekilli. Agar yaxshi natijaga erishishni istasangiz, o‘z farzandingizga nisbatan juda e’tiborli bo‘lishingiz, u siz bilan muloqotga kirishishga tayyor bo‘lgan paytni, sizdan yordam kutayotgan vaqtni anglab yeta olishingiz kerak. Farzandingiz bilan doim birga, ammo biroz oldinroqda borish zarur. Uning qurbi yetadigan darajada va biroz ko‘proq harakat qilishga undashingiz lozim. Ammo ko‘proq ikki pog‘onaga emas, balki yarim pog‘onagacha ko‘tariling.

Harakat dasturi

Zarur adabiyotlar va sizga yordami tegadigan mutaxassislar doirasini belgilab olganingizdan keyin mashg‘ulotlarni boshlab yuboring. Buning uchun har kuni muayyan bir vaqtni tanlang. Bu soatlarda telefonni o‘chirib qo‘yish, eshiklarni yopib qo‘yish zarur. Har bir daqiqani xoh u uqalash bo‘lsin, xoh gimnastika yoki rivojlantiruvchi mashqlar bo‘lsin farzandingizga to‘liq bag‘ishlash juda muhim. Mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi kichkina insonga atrof-muhitga asta-sekinlik bilan moslashishiga yordam berishdan iborat. Buning uchun sensor qabul qilish (ko‘rish va eshitish qobiliyatlari), motor ko‘nikmalari (harakat) va nutqni (bunga emotsiyalar va muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantirish kiradi) rivojlantirish zarur.
Shu tarzda siz asta-sekinlik bilan bolani passiv holatdan olib chiqib, o‘yinchoqlarni kuzatishga, diqqat-e’tiborni atrofdagi predmetlarga qaratishga undaysiz. Boshini ushlab turishi qiyin bo‘lsa ham, har kuni uni qorniga yotqizib qo‘yib, uqalash ishlarini va mashqlarni bajaring, ammo bunda u charchab qolmasligi kerak. Ta’kidlash joizki, bunday bolalarga istalgan yoshda suvda suzish juda foydali. Asta-sekinlik bilan siz bolaning faolligi oshayotganini sezasiz. Endi u o‘yinchoqlarni shunchaki kuzatib qolmasdan, ularga qo‘llarini cho‘zadi, ushlab ko‘radi. Daun sindromi bilan xastalangan bolalardagi umumiy faollikning susayishi nutqning rivojlanmasligida ham aks etadi. U birinchi so‘zlarni 1,5-2 yoshlarga yaqin ayta boshlashi mumkin. Ammo agar siz farzandingiz bilan faol muloqotda bo‘lsangiz, bu sal oldinroq ham yuz beradi. Afsuski ayollar tuqqanlaridan keyin ko‘p hollarda depressiyaga uchraydilar. Bunga umumiy xorg‘inlik sababchi bo‘ladi. Buning ustiga yana qayg‘uli tashhis... O‘zining og‘ir o‘ylariga botib qolgan ona farzandi bilan muloqotni keyinga, u biroz ulg‘aygunga qadar qoldiradi. Bu bilan eng qimmatli vaqt, ya’ni ona farzandida ijtimoiy va nutq reaksiyalarini rivojlantirishi mumkin bo‘lgan davr boy beriladi. Bola bilan qanchalik ko‘proq va hissiyotliroq muloqotda bo‘lsangiz, u shunchalik tez sizga taqlid qila boshlaydi, tezroq jilmayadi va, nihoyat, birinchi tovushlarni chiqaradi. Shu paytning o‘zidayoq siz bolaga ijtimoiy ko‘nikmalarni singdira boshlaysiz – tuvakka o‘tirish, shishachani ushlash, qo‘lda olma yoki nonni ushlab yeyish, ovqatni qoshiqdan yeyish. Bir yoshdan so‘ng bola o‘zi mustaqil ravishda qoshiqni ushlashga o‘rganishi kerak. Agar siz har kuni sabr-toqat bilan e’tiborni mashg‘ulotlarga qaratgan bo‘lsangiz, unda bir yoshgacha farzandingiz yetarli darajada faol, emotsional va ijtimoiy rivojlangan bolaga aylanadi. Bu davrga kelib u predmetlar bilan ishlashni o‘rganadi, ya’ni o‘yinchoqlarni otib, u yoqdan bu yoqqa qo‘yadi, sizga emotsiyalar bilan javob beradi – xo‘mrayadi, jilmayadi va hatto kulib, nimalarnidir gapiradi. U o‘tiradi va emaklashga harakat qiladi. Ha, uning sog‘lom tengdoshlari ko‘proq ishlarni qila oladi, ammo shubhasiz sizning farzandingiz ham olg‘a qadam tashladi desak bo‘ladi. Endi u biroz ulg‘ayib, umuman boshqacha insonga aylandi. Hayotining ikkinchi yilida siz unga predmetlar bilan jiddiyroq o‘yinlarni taklif qiling. Uni faol emaklashga, tizzalab turishga va nihoyat yurishga o‘rgata boshlang. Uni atrofni o‘zlashtirishga o‘rgating, ya’ni o‘yinchoqlargacha mustaqil ravishda yetib borish va ularni olib kelish. Bola chiqarayotgan tovushlarni harakatlar, predmetlar, tushunchalar bilan qiyoslay boshlaysiz. Bunda nima haqda gapirayotgan bo‘lsangiz, o‘sha narsani ko‘rsatasiz: «Olov qani?», «Kim u?», «Mana bu mashina», «Qo‘lingni ber». Shu tarzda bola ikki yoshga to‘lgunicha mustaqil harakatlanadigan va atrof-muhit hamda odamlar bilan faol qiziqadigan bolani olasiz. Hatto u biror buyumni ko‘rsatgan holda g‘uldirab chiqargan tovush ham uning ilk ongli nutqi bo‘ladi.

O‘zgalar bilan muloqot

Eng muhimi bolada ijtimoiy xulq ko‘nikmalarini rivojlantirishdir. Aslini olganda har bir bolani o‘zini to‘g‘ri tutishga, ya’ni toza yurishga, injiqlik qilmaslikka, o‘yinchoqlarni sindirmaslikka, boshqa bolalarni xafa qilmaslikka o‘rgatish kerak. Ammo hozir so‘z ketayotgan bolalar uchun bu ikki karra muhimroq. Jamiyatimizda bolalarga bo‘lgan munosabat ancha qattiqqo‘l, shuning uchun ijtimoiy xulq nuqtai nazaridan to‘g‘ri hisoblangan ko‘nikmalarga ega bola atrof-muhitga osonroq moslashishi mumkin. Bir yoshdan so‘ng bola sizning yordamingizda o‘z tengdoshlari bilan ongli ravishda muloqotda bo‘la boshlashi mumkin. Qumloq bolalarning o‘zaro muloqoti va tanishuvi uchun ilk maydonchaga aylanadi. Bolaning «odamlarga qo‘shilishi» beziyon kechishi uchun bir nechta jihatlarni e’tiborga olish zarur. Birinchidan, farzandingizning faol o‘yinlarga qo‘shilish imkoniyati cheklanganligini inobatga olish lozim. Demak, siz farzandingiz charchagan paytni o‘z vaqtida sezishingiz va kerak bo‘lganida uni o‘yindan chalg‘itib, bir o‘zi o‘tirishiga imkon yaratishingiz kerak. Bundan tashqari u tengdoshlari qila oladigan ishlarning hammasiniyam bajara olmaydi, bu holatni ham xotirjamlik bilan qabul qilishingiz lozim. Ikkinchidan, boshqa bolalarning ota-onalari bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish kerak. Ular farzandingizning xastaligi haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lmasliklari mumkin. Mana, farzandingizga har doim hamma ishda ustoz bo‘lishga ko‘nikdingiz. Har bir ko‘nikmani u sizdan o‘rganadi, bu boshqa bolalar bilan muloqot qilish qobiliyatiga ham tegishli. Dastlabki paytlarda muloqotni o‘zingiz sahnalashtirishingiz kerak bo‘ladi. Bunda farzandingizga shunchaki «bolaga qo‘lingni ber» demasdan, farzandingizning qo‘lini olib boshqa bolaning qo‘liga qo‘ying. Boshqa bolaga bir nechta savollar bering, birgalikda o‘ynash qanaqaligini ko‘rsating, ya’ni xatti-harakatlar modelini ko‘rsating. Asta-sekin farzandingiz hammasini o‘zi qila boshlaydi, ammo bularni unga o‘zingiz o‘rgatasiz. Bolangiz uch yoshga to‘lganida sizning ijtimoiy aloqalaringiz ancha kengayishi mumkin. Birinchidan, bu ixtisoslashgan bolalar bog‘chasi bo‘lishi mumkin. U yerda bola tarbiyachilar va maxsus pedagoglar kuzatuvi ostida kichikroq guruhda bo‘ladi. Ammo bu zamonaviy ta’lim tizimlari bo‘yicha shug‘ullanadigan oddiy mini-guruh bo‘lishi ham mumkin. Farzandingiz logoped guruhiga qatnashi mumkin, u yerda mutaxassislar farzandingizning nutqini yaxshilashadi. Axir bu paytga kelib, farzandingizda ancha-muncha so‘z boyligi paydo bo‘ladi, so‘zlarning soni esa oshib boraveradi. Bolaning muloqotini aynan shunday mini-guruhlardan boshlang. Sirk, teatr kabi odamlar ko‘p to‘planadigan joylarda bo‘lish vaqtini kamaytiring yoki keyinga qoldiring.

Insoniylikni yo‘qotmagan holda insonni tarbiyalash

Daun sindromiga ega bolani tarbiyalayotgan ota-onalarga og‘ir qismat nasib etgan. Shu bilan birga ularda kichkina bir insonning ulg‘ayishida bevosita ishtirok etish, uning yutuqlari va muvaffaqiyatlaridan quvonish kabi qiziqarli yo‘lni bosib o‘tish imkoniyati ham bor. Ularning farzandi esa bunga javoban albatta o‘zining mehr-muhabbati bilan javob qaytarishi shubhasiz. Bunday farzand hech qachon o‘z ota-onasidan yuz o‘girmaydi. Albatta, bu vazifani bir kishi hal etishi qiyin! O‘qishni maslahat beramiz: • А. А. Катаева, Е. А. Стребелева. «Дидактические игры и упражнения для дошкольников». • Кэрол Тингей-Михаэлис. «Дети с недостатками развития», ota-onalarga yordam beruvchi kitob. • Э. Г. Пилюгина. «Сенсорные способности малыша», kichik yoshdagi bolalarda rang, shakl va kattaliklarni qabul qilishni rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlar. • Л. Н. Павлова, Э. Г. Пилюгина, Е. Б. Волосова. «Истоки» dasturi, kichik va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun metodik qo‘llanma. • Л. Н. Павлова. «Знакомим малыша с окружающим миром». • Ю. А. Разенкова. «Игры с детьми младенческого возраста». • Джеки Силберг. «Занимательные игры с малышами». • Daun sindromiga ega bolalarga dastlabki yordam ko‘rsatish Markazining «Даунсайд Ап» turkumidagi kitoblari. • П. Л. Жиянова. «Социальная адаптация детей раннего возраста с синдромом Дауна». • «Маленькие ступеньки», rivojlanishi orqada qolgan bolalarga dastlabki pedagogik yordam dasturi - Makkueri universiteti, Sidney.

© Pravmir.ru © Gen.uz

ico
Displaziya qanday kasallik?

 Qizimga shifokorlar displaziya tashxisini qo‘yishdi. Iltimos, shu kasallikning kelib chiqish sabablari va davo yo‘llari haqida ma’lumot bersangiz?

— Displaziya (lotincha «noto‘g‘ri rivojlanish») chanoq-son bo‘g‘imining tug‘ma kasalligidir. Aslida bu holat bola bo‘g‘imidagi boylam va mushaklar tonusining bo‘shligi sabab yuzaga keladi va bir oyligida o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi. Lekin har ming chaqaloqning to‘rt-besh nafari son suyagining chiqishi kuchli bo‘lishi sabab shifokorga murojaat qiladi. Chanoq-son bo‘g‘imi tug‘ma dis­plaziyasi uch xil ko‘rinishda bo‘ladi: displaziya, chala chiqish, son suyagining to‘liq chiqishi.

Displaziya qizlarda ko‘p uchraydi

Chanoq-son bo‘g‘imi tug‘ma displaziyasi o‘g‘il bolalarga nisbatan qizlarda 5-7 marta ko‘proq uchraydi. Dumbasi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarning 50 foizida displaziya kuzatiladi. Homiladorlikning birinchi yarmidagi turli xastaliklar, jumladan, toksikoz kasallikni keltirib chiqaruvchi asosiy omildir. Bo‘lajak onaning yashash va ish joyidagi ekologik holat ham katta ahamiyatga ega. Bular displaziya rivojlanishiga va hatto, son suyaklarining tug‘ma chiqishiga olib keladi. Ayrim oilalarda son suyagi tug‘ma chiqishiga moyillik nasldan naslga o‘tadi.

Son suyagining tug‘ma chiqishi

Son suyagining tug‘ma chiqishi — tayanch-harakat tizimi tug‘ma nuqsonlarining eng ko‘p uchraydigan turi. Unda chanoq-son bo‘g‘imi barcha elementlarining noto‘g‘ri rivojlanishi oqibatida bo‘g‘im kosachasi va son suyagi boshchasining bir-biriga nisbatan to‘liq siljishi kuzatiladi. Son suyagi boshchasi bo‘g‘im kosachasidan tashqariga va yuqoriga siljiydi.

Qanday aniqlash mumkin?

Bolaning tayanch-harakat va asab tizimi to‘liq rivojlanmagani sabab son suyagi tug‘ma chiqishida og‘riqlar kuzatilmaydi. Bolalar shifokori klinik, ultratovush apparati va rentgenografiya usuli yordamida tashxis qo‘yishi mumkin.

Agar bolada quyidagi belgilar kuzatilsa, ortopedga murojaat qilish zarur:

Bir yoki ikkala son ochilishining chegaralanishi. Bolaning oyoqlari chanoq-son va tizza bo‘g‘imlaridan to‘g‘ri burchak ostida bukib, yon tomonga ochiladi. Me’yorda uning ochilish burchagi 160 — 180 daraja. Displaziyada bu burchak kamayadi.

«Qirsillash» belgisi chaqaloqlarda uch oylikkacha kuzatiladi. Buni aniqlash uchun chaqaloqning oyoqlari chanoq-son va tizza bo‘g‘imlaridan to‘g‘ri burchak ostida bukib turib, o‘rta chiziqqa keltirilib, so‘ngra sekin ochiladi, shunda chiqish tomonda qirsillash eshitiladi.

Oyoqlarning kaltaligi. Chaqaloqning oyoqlari chanoq-son va tizza bo‘g‘imlaridan bukilib, qoringa simmetrik yaqinlashtiriladi va tizzalar sathida kaltalik aniqlanadi.

Teri burmalari asimmetriyasi. Me’yorda bolaning oyoqlari yozilgan va birlashtirilganda old va orqa sonda teri burmalari simmetrik bo‘ladi. Ularning asimmetriyasi o‘sha tomonda chanoq-son bo‘g‘imi displaziyasi borligini ko‘rsatadi.

To‘liq forig‘ bo‘lish mumkin

Aniq tashxis qo‘yilgandan so‘ng bemorning yoshi va kasallik darajasiga qarab, ambulator sharoitda yoki statsionarda davolash ishlari olib boriladi. Davolash davomiyligi o‘rtacha to‘qqiz-o‘n bir oyni tashkil etadi. Kasallik o‘z vaqtida aniqlanib (3-12 oylikkacha), shifokor ko‘rsatmasiga rioya qilinsa, undan to‘liq forig‘ bo‘lish mumkin.

Quyidagi maqolani ham o‘qishingizni tavsiya etamiz: Son suyagining tug‘ma chiqishi

© Rustam SHAROPOV, 
Travmatologiya va ortopediya ilmiy tekshirish instituti
bolalar ortopediyasi bo‘limi ilmiy xodimi.
"Oila davrasida" gazetasi.

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Disbakterioz kasalligini davolashda bioqatiqning foydasi bormi?
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, inson tanasida taxminan yuz trilliondan ortiq hujayralar mavjud. Butun tanada, asosan ichaklarda yashaydigan bakteriyalar esa inson hujayralaridan bir qancha marotaba kichik bo‘lsa-da, hayotiy faoliyatga kuchli ta’sir etadi. Ammo ularning ko‘pchiligi zararsiz, hatto foydali ekanligi aniqlangan. Foydali mikroblar kishi salomatligini ta’minlaydi, immunitetni ko‘taradi, ovqat hazm bo‘lishiga ko‘maklashadi. disbakterioz Me’yoriy mikroflora kishi tana og‘irligining 5 foizini tashkil etadi, ular hazm qilishda qatnashib, ichaklarda suv, oqsil, yog‘, uglevod, xolesterin, temir, kalsiyning so‘rilishini ta’minlaydi. Shuningdek, vitamin va gormonlarni sintezlaydi, organizm uchun zaharli moddalarni zararsizlantiradi. Turli xastaliklarda, ekologik buzilishlar kuzatilganda, sifatsiz suv yoki oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilinganda, shuningdek, antibiotiklardan noto‘g‘ri foydalanilganda mikroflorada mikrob turlarining nisbati keskin o‘zgarib, ularning ko‘pchiligi qirilib ketadi, natijada disbakterioz paydo bo‘lishi mumkin. Kuzatishlarga ko‘ra, katta yoshdagi kishilarning 90 foizi, bolalarning esa 95 foizi disbakterioz bilan og‘riydilar. Disbakteriozda organizmning oziq moddalarni o‘zlashtirish jarayoni buziladi, fermentlar va vitaminlar sintezi keskin pasayadi. Davolashdan avval ichaklarda kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblar qanchalik ko‘paygani, ularning sonini aniqlash uchun bak-posev tekshiruvini o‘tkazish kerak bo‘ladi. Ya’ni, laboratoriya mutaxassislari bemor najasini idishlarga ekib, uni o‘stiradilar. Besh kunda o‘sib chiqqach, foydali mikroblar soni, zararli mikroblarning qaysi turi ko‘paygani, hamda ularga ta’sir qiladigan antibiotiklar aniqlanadi. Antibiotiklarning ta’sirchanligi ijobiy bo‘lsa, kasallik yaxshi davolanadi.

Disbakterioz belgilari

Ota-onalar bolalarda qorin og‘rig‘i bilan boshlanadigan ilk holatlarni kuzatishi mumkin. Bolaning qornida g‘urillash, qattiq og‘riq bo‘lib, tez-tez ichi ketadi. Bunga ovqat iste’mol qilishda shaxsiy gigiyenaga rioya qilinmaganligi ham sabab bo‘lishi mumkin.

Didisbakteriozni davolashda qo‘shimcha muolaja

Ichak disbakteriozi kerakli dori-darmonlardan tashqari qatiq bilan ham davolanadi. Mutaxasssilarning fikriga ko‘ra, har kuni 200 gramm qatiq iste’mol qilish kishi salomatligini asraydi va ichning ravon kelishini ta’minlaydi. Disbakteriozda bioqatiqlar foydasi haqida ko‘p gapirilishi bejiz emas. Negaki oddiy qatiq achitqi zamburug‘laridan tayyorlansa, bioqatiq achitqi zamburug‘laridan tashqari bifido va laktobakteriyalar kabi qo‘shimchalar bilan boyitiladi. Bugungi kunda shifobaxsh bioqatiqlar savdo do‘konlarida ko‘p. Bioqatiqning oddiy qatiqqa nisbatan davolovchi xususiyati ko‘proq. Ular ichak mikroflorasini yaxshilaydi, organizmdagi zararli xiltlarni tashqariga chiqaradi, o‘z o‘rnida disbakterioz holatini bartaraf etadi. Bioqatiq kechasi uyqu oldidan ichak faoliyati faollashgan vaqtda ichilsa, yaxshi natijaga erishish mumkin. Uni muntazam ravishda iste’mol qilish inson salomatligini mustahkamlashda ahamiyati beqiyos. U organizmda moddalar almashinuvini faollashtiradi, soch to‘kilishidan xalos qiladi, tirnoqlarni mustahkamlaydi, yuz va teri rangini yaxshilaydi, eng asosiysi asab tizimi ishi tiklanishiga yordam beradi. Bioqatiqni xarid qilishdan oldin uning yaroqlilik muddatiga e’tibor qarating. Ishlab chiqarilgan kundan uch kun o‘tsa, unda bifidobakteriyalar miqdori nihoyatda ozayib ketgan bo‘ladi.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Qorin dam bo‘lishi (meteorizm) kasallikmi?

© Nigora TURSUNOVA, umumamaliyot shifokori. "Sihat-salomatlik" jurnali.

ico
DVS sindromi - sabablari, belgilari, tashxislash va davolash usullari

DVS sindromi – gemostaz jarayonining buzilishi, bunda qonning ivish xossalari giperstimulatsiyasi va yetishmovchiligi kuzatiladi, trombotik, mikrosirkulyator va gemorragik oʻzgarishlar kelib chiqadi.

DVS sindromida petixiya-gematoma koʻrinishidagi toshmalar toshadi, qon ketishi kuchli namoyon boʻladi, aʼzolar disfunksiyasi, ogʻir koʻrinishlarida shok, gipotoniya, oʻtkir nafas yetishmovchiligi va oʻtkir buyrak yetishmovchiligi kuzatiladi. 

Tashxis klinik belgilarga va laborator xulosalarga asoslanib qoʻyiladi. DVS sindromi davosida gemodinamika va qon ivish xossasini tiklash (antiagregantlar, antikoagulyantlar, angioprotektorlar, gemotransfuziya, plazmaferez va boshqalar) chora tadbirlari oʻtkaziladi.

DVS sindromi
Foto: www.healthline.com

DVS sindromi (trombogemorragik sindrom) – gemorragik diatez, qon-tomir ichida qonning juda qisqa muddatlar ichida ivib qolishi, laxta hosil boʻlishi, mikrosirkulyatsiya buzilishi va aʼzolarda gipoksik-nekrotik oʻzgarishlar kuzatilishi bilan kechadigan patologik holat.

Sindrom bemor hayotiga toʻgʻridan-toʻgʻri xavf soluvchi holatdir, bunda kuchli qon ketishi va aʼzolarning disfunksiyasi (oʻpka, buyrak, buyrak usti bezi, jigar, taloq) rivojlanishi katta ahamiyatga ega.

DVS sindromini organizmning noadekvat himoya reaksiyasi sifatida qarash mumkin, yaʼni zararlangan aʼzodan qon ketishini toʻxtatish maqsadida organizm tabiiy ravishda qon tomirlarni izolyatsiya qiladi. DVS sindromi tibbiyot amaliyotida koʻp uchraydi (gematologiya, reanimotologiya, jarrohlik, akusherlik, travmatologiya va boshqa sohalarda).

DVS sindromi sabablari

DVS sindromi toʻqimalar butunligi buzilishi, qon tomirlar endoteliysi va qon hujayralari zararlanishi, mikrogemodinamik oʻzgarishlar va gemostazning giperkoagulyatsiya tomoniga siljishi holatlarida kuzatiladi. DVSning asosiy sabablaridan biri bakteriya va virusli infeksiyalarning qonga tarqalishi (sepsis), shokning har qanday koʻrinishi hisoblanadi. 

Bu sindrom koʻpincha akusherlik patologiyalarida ham kuzatiladi.

Ogʻir gestozlar, yoʻldoshning muddatidan oldin koʻchishi, homilaning ona qornida nobud boʻlishi, amniotik suyuqlik emboliyasi, atonik bachadondan qon ketishi, hamda kesarcha kesish jarrohlik amaliyoti DVS sindromi rivojlanishiga olib keluvchi omil sifatida roʻl oʻynashi mumkin.

Trombogemorragik sindrom rivojlanishi yomon sifatli oʻsmalarning metastazi natijasida, ogʻir jarohatlar, kuyish, katta jarrohlik amaliyotlari natijasida ham kuzatiladi. Baʼzida DVS sindromi qon quyish, aʼzolarni koʻchirib oʻtkazish, yurak klapanlarini almashtirish, sunʼiy qon aylanish amaliyotini bajarish oqibatida ham rivojlanadi.

DVS sindromi yuzaga chiqish xavfi yuqori boʻlgan kasalliklarga qon-tomir kasalliklari, giperfibrinogenemiya holati, oqayotgan qon quyuqlashuvi, qon oqimiga qarshilik qiluvchi aterosklerotik blyashkalar boʻlishi kabi holatlar kiradi. 

Trombogemorragik sindrom rivojlanishi yomon sifatli oʻsmalarning metastazi natijasida, ogʻir jarohatlar, kuyish, katta jarrohlik amaliyotlari natijasida ham kuzatiladi. Baʼzida DVS sindromi qon quyish, aʼzolarni koʻchirib oʻtkazish, yurak klapanlarini almashtirish, sunʼiy qon aylanish amaliyotini bajarish oqibatida ham rivojlanadi.

DVS sindromi yuzaga chiqish xavfi yuqori boʻlgan kasalliklarga qon-tomir kasalliklari, giperfibrinogenemiya holati, oqayotgan qon quyuqlashuvi, qon oqimiga qarshilik qiluvchi aterosklerotik blyashkalar boʻlishi kabi holatlar kiradi. 

Patogenezi

DVS sindromida gemostaz jarayonining buzilishi qon ivish xossalarining koʻp miqdorda sintezlanishi va qonning antikoagulyant xususiyatining kamayishi sababli kelib chiqadi. DVS sindromi kelib chiqishida bir necha omillar roʻy oʻynaydi, ular qon ivish omillarini toʻgʻridan toʻgʻri stimullaydi, yoki ularga taʼsir etadigan mediatorlar sintezini koʻpaytiradi. 

Bunday moddalarga toksinlar, bakteriya fermentlari, homila ichi suyuqligi, immun komplekslar, stress holatidagi katexolaminlar, fosfolipidalar, yurak haydovchi qon hajmi kamayishi, asidoz, gipovolemiya va boshqa holatlar kiradi. 

DVS sindromi 4 bosqichda amalga oshadi:

I bosqich. Giperkoagulyatsiya va hujayralar qon tomir ichi agregatsiyasi. Qonga tromboplastin yoki trombolastinsimon moddaning ajralishi, tashqi va ichki qon ivish boshlanishi. Bir necha daqiqa yoki oʻtkir kechuvida bir necha soatlar davomida, surunkali koʻrinishida bir necha kun yoki oy davom etishi mumkin.

II bosqich. Kuchayib boruvchi koagulopatiya yetishmovchiligi. Fibrinogen defitsiti, qon plastinkalar va plazma omillarining yetishmovchiligi, buning sababi tromb hosil qiluvchi omillarning koʻplab sarflanishidir.

III bosqich. Ikkilamchi fibrinoliz va gipokoagulyatsiyaning yaqqol namoyon boʻlishi. Gemostatik jarayonida balans buzilishi (afibrinogenemiya, patologik mahsulotlar toʻplanishi, eritrotsitlar parchalanishi), qon ivish jarayonining sekinlashuvi (butunlay ivish xossasining yoʻqolishi).

IV bosqich. Tiklanish bosqichi. Distrofik va nekrotik oʻzgarishlar toʻqimalarda qolib ketadi va aʼzo yetishmovchiligi kelib ciqadi yoki aksincha patologik oʻchoqlar hosil boʻlmaydi va toʻliq aʼzo funksiyasi tiklanadi.

DVS sindromi klassifikatsiyasi

Kasallik kechishi va namoyon boʻlish darajasiga qarab oʻtkir (chaqmoq tezligida), oʻtkir osti, surunkali va qaytalanuvchi turlariga boʻlinadi. 

Oʻtkir trombogemorragik sindrom qonga katta miqdorda tromboplastinlar ajralishi va shu kabi moddalarning qondagi miqdori oshishi (akusherlik patologiyalarida, katta hajmdagi jarrohlik amaliyotlarida, travmalar, kuyish, toʻqimalar uzoq muddat ezilish sindromida) kuzatiladi. 

DVS bosqichlarining qisqa muddatlar ichida ketma ket yuzaga chiqishi, normal antikoagulyatsion mexanizmning yoʻqligi. Oʻtkir osti va surunkali DVS sindromi qon tomirlar endoteliysining oʻzgarishi (masalan aterosklerotik blyashkalar natijasida) kuzatiladi.

DVS sindromi mahalliy namoyon boʻlishi (bir aʼzodagina namoyon boʻladi) yoki tarqalgan (bir necha aʼzo yoki butun organizmni qamrab oladi) boʻlishi mumkin. 

Organizm kompensator mexanizmi boʻyicha kompensatsiyalanuvchi, subkompensatsiyalanuvchi va 
dekompensatsiyalanuvchi DVS sindromlari farqlanadi. 

Kompensatsiyalanuvchi turi simptomlarsiz kechadi, kichik laxtalar fibrinoliz taʼsirida erib, qon ivish omillari zahira hisobiga yoki biosintez hisobiga tezda tiklanadi. 

Subkompensatsiyalanuvchi shaklida gemosindromlar oʻrta ogʻirlikda 
namoyon boʻladi. Dekompensatsiyalanuvchi shakli fibrinoliz reaktiv reaksiyalarining kaskad koʻrinishida namoyon boʻlishi bilan kechadi, yaʼni koagulyatsion jarayonning umuman boʻlmasligi, qonning ivimasligi roʻy beradi.

Kasallik belgilari

DVS sindromining klinik koʻrinishi sindromning ogʻirlik darajasi, uning kechish tezligi, patologiyaning tarqalganlik darajasiga qarab oʻziga xos namoyon boʻladi. DVS sindrom asosida trombogemorragik reaksiyalar va aʼzolar yetishmovchiligi yotadi.

Oʻtkir manifest shaklida DVS sindromi belgilari juda tez (bir necha soatlar ichida) rivojlanadi, gipotoniya, hushdan ketish, oʻpka shishi va oʻtkir nafas yetishmovchiligi. Sindrom qon ketish, katta hajmda qon yoʻqotish (oʻpka, bachadon, burun, oshqozon-ichak tizimidan) koʻrinishida yuzaga chiqadi.

Miokard ishemik distrofiyasi, pankreonekroz, eroziv-yarali gastroenterit oʻchoqlari hosil boʻladi. DVS sindromining chaqmoq kabi kechishi homila ichi suyuqligi emboliyasida kuzatilishi mumkin, bunda bunda koagulopatiya juda qisqa muddat ichida roʻy beradi (bir necha daqiqalar davomida), bemor ahvoli ogʻirlashadi, gemorragik va kardiopulmonar shok holati kelib chiqadi. Bunday holatda ayol va homila oʻlimi ehtimoli 80 % ga yaqin boʻladi.

DVS sindromining oʻtkir osti shakli mahalliy belgilar bilan yuzaga chiqadi, bunda patologik holat oqibati ijobiy boʻladi. 

Gemosindrom petixial yoki gemorragik toshmalar, koʻkarish va gematomalar, jarohat joyidan koʻp qon ketish, shilliq qavatlardan qon ketish (baʼzida qonli ter ajralishi, qonli koʻz yoshi kelishi ham kuzatiladi) koʻrinishida roʻy beradi. 

Teri rangi och tusga kiradi, marmarsimon teri simptomi va terining sovuqligi seziladi. Buyraklar, oʻpkalar, jigar, buyrak usti bezi, qon bilan toʻlishish, qon tomir ichi koagulyatsiyasi, nekroz oʻchoqlari va koʻplab qon quyilishlar roʻy beradi.

DVS sindromining surunkali kechuvi koʻpincha belgilarsiz kechadi. ammo, patologik holatning uzoq muddat davom etishi natijasida belgilar rivojlanib boradi, gemorragik diatez va aʼzolar funksiyasi buzilishi kuzatiladi.

DVS sindromi astenik sindrom, jarohatlar bitishining qiyinlashuvi, yiringli infeksiyalar qoʻshilishi bilan kechadi. DVS sindrom asoratlariga gemokoagulyatsion shok, oʻtkir nafas yetishmovchiligi, oʻtkir buyrak yetishmovchiligi, jigar nekrozi, oshqozon yara kasalligi, ichak infarkti, pankreonekroz, ishemik insult, oʻtkir postgemorragik anemiya kabi patologiyalar kiradi.

DVS sindromi diagnostikasi

DVS sindromi diagnostikasida etiologik omil haqida anamnez yigʻish, klinik belgilar va laborator tekshiruvlar natijasi (umumiy qon tahlili, siydik tahlili, koagulogramma, IFA) ga asoslanadi. Qon ketish xarakteri va koagulopatiya darajasini aniqlash ham juda muhim.

DVS sindromi uchun petixial-gematom qon ketish, bir vaqtning oʻzida bir necha sohada gemorragiya holati xosdir. Sindrom belgilarining yaqqol namoyon boʻlmasligida giperkoagulyatsiya laborator tekshiruvlar natijasida aniqlanadi. Trombotsitlar, fibrinogen, protrombin va trombin vaqti, Li-Uayt boʻyicha qon ivish vaqtini tekshirish eng asosiy tekshiruvlari boʻlib hisoblanadi.

DVS sindrom kriteriyalariga qon surtmasida eritrotsit fragmentlari toʻplanishi, trombotsitlar va fibrinogen defitsiti, antitrombin III aktivligining qon plazmasida pasayishi, trombin vaqti uzayishi, qon laxtasining hosil boʻlmasligi (in vitro sharoitida ham) kabi holatlar kiradi.

Shok holatidagi aʼzolar holati ham baholanadi: oʻpka, buyrak, jigar, yurak-qon tomir tizimi, bosh miya. DVS sindromi birlamchi fibrinoliz va boshqa koagulopatiyalar bilan diferensatsiya qilinadi.

DVS sindromi davosi

Davo natijasi aptologik holatning erta aniqlanishida roʻy beradi. Muolajalarda bemorni sunʼiy oʻpka ventilyatsiyasiga oʻtkazish, shokka qarshi chora tadbirlar olib borish kerak boʻladi. DVS sindromining kam simptomli kechuvida asosiy patologiyani bartaraf etish, gemodinamik koʻrsatkichlar va aʼzolar funksiyasini tiklash zarur boʻladi.

Oʻtkir kechuvchi DVS sindromida avvalo DVSga olib keluvchi asosiy patologiya bartaraf etiladi. Masalan, shoshilinch tugʻruqqa ruxsat berish, gisteroektomiya yoki infeksion omilni bartaraf etish uchun kuchli dozalarda antibiotiklar buyurish kerak. 

Giperkoagulyatsiyani kamaytirish uchun antikoagulyantlar (geparin), anatiagregantlar (dipiridamol, pentoksifillin), fibrinolitiklar buyuriladi. Bemorlarda doimo gemostaz koʻrsatkichlari nazorat qilib turish zarur.

DVS sindromida yangi plazma quyish, trombositar yoki eritrositar massa quyish, yurak yetishmovchiligida kriopresipitat qoʻllaniladi. Hayot uchun xavfli boʻlgan qon ketishlarni toʻxtatish uchun antifibrinolitik vositalar (aminokampron kislotasi, proteaz ingibitorlari) dan foydalaniladi. Jarohat va teridagi qon ketishlarda etamzilatli bogʻlam yoki gemostatik vosita qoʻyiladi.

Vaziyatga qarab kortikosteroidlar buyuriladi, oksigenoterapiya, plazmaforez oʻtkaziladi. Mikrosirkulyatsiya va aʼzolar funksiyasini tiklash uchun angiprotektorlar, nootrop moddalar buyuriladi, simptomatik davo olib boriladi. Oʻtkir buyrak yetishmovchiligida gemodializ, gemodiafiltratsiya oʻtkaziladi. Jarrohlik amaliyotidan keyin geparin buyuriladi.

DVS sindromi oqibati va profilaktikasi

DVS sindrom oqibati – asosiy kasallik, sindromning kechuvi, gemostaz holatining buzilish darajasi va oʻz vaqtida koʻrsatilgan tibbiy yordamga bogʻliq boʻladi. 

Oʻtkir DVS sindromi oqibati oʻlim bilan tugashi ham mumkin, bunga sabab toʻxtatib boʻlmas kuchli qon ketishi, shok holatining rivojlanishi, oʻtkir buyrak yetishmovchiligi, venalar ichida qonning ivib qolishidir. 

DVS sindromi profilaktikasida xavf guruhida turuvchi insonlarda asosiy kasalliklarni davolashdan iborat (homiladorlar, qari yoshdagi odamlar).

ico
Demensiya – tafakkur buzilishimi?
Tafakkur buzilishiga demensiya deb aytiladi. Bu kasallik, odatda, 60 yoshdan so‘ng rivojlana boshlaydi. Yosh oshgan sayin demensiya bilan kasallanganlar soni ortib boradi. Agar 60 yoshdan oshganlarda bu kasallik  2-3 % odamda uchrasa, 80 yoshdan keyin ularning soni 40 % ga yetib qoladi. Demak, demensiya ko‘proq keksa yoshdagilar uchun xos.

Demensiya sabablari nima?

Demensiya asosan
Alsgeymer kasalligi uchun xos. Shuningdek, miya qon tomirlari aterosklerozi, tez-tez kuzatiladigan insultlar, bosh miyaning ketma-ket jarohatlari, spirtli ichimliklarni muttasil iste'mol qilish, giyohvandlik, doimiy qon yo‘qotishlar demensiya kasalligi rivojlanishiga sababchi bo‘ladi.

Demensiya belgilari qanday?

Demensiyada inson aql-zakovati uchun xos bo‘lgan barcha oliy ruhiy funksiyalar kamayib boradi. Demensiyada xotiraning barcha turlari, ya’ni eshitish, ko‘rish va harakat xotiralari buziladi. Bemor hozir va avval eshitgan gaplarni eslab qola olmaydi. U hatto o‘zi gapirayotgan gaplarni ham unutib qo‘yadi. Masalan, bemor so‘zlayotganda uning fikri chalg‘isa (telefon jiringlab qoldi, uni eshitayotganlar luqma tashladi va h.k.), nima haqida gapirayotganligini unutadi qo‘yadi. Unga kimdir biror voqeani ertalab so‘zlab bersa, biroz vaqt o‘tgach ushbu voqea tafsilotlarini unutib yuboradi yoki gap nima haqida ketganligini butunlay esidan chiqadi. Bunday bemor bilan xotirani kuchaytiruvchi aqliy mashqlar o‘tkazish deyarli samara bermaydi. Og‘ir holatlarda hozir eshitgan gapini tezda esidan chiqaradi, to‘g‘rirog‘i eslab qola olmaydi. Demensiyada xotiraning barcha bosqichlari, ya’ni eslab qolish, esda saqlash va qayta esga tushirish keskin buziladi. Demensiyada uzoq muddatli xotira ham buziladi. Bemor avvalgi hayotida bo‘lib o‘tgan voqealarni esiga tushura olmaydi.  Kasallik zo‘raygan sayin bemor o‘tmishini umuman unutadi. Obrazli qilib aytganda, ularni “o‘tmishi yo‘q odamlar” deb atash mumkin. Har doim ko‘rib yuradigan tanishlarini yuziga qarab eslay olmaslik – demensiyaning dastlabki va eng ko‘p uchraydigan belgilaridan biridir. Demensiya bilan kasallangan bemor ko‘chaga chiqsa, uyini topib qaytib kela olmaydi. U xatto uyining oldiga qaytib kelib ham “shu uy maniki-mi yoki boshqa birovniki?” deb uylab qoladi. Boradigan joyini ham topa olmay yuradi yoki nima uchun uydan chiqqanligini unutib qo‘yadi. Agar bemorning ro‘parasida o‘tirib: “Mening o‘ng qo‘limni ko‘rsating desangiz, u Sizning chap qo‘lingizni ko‘rsatadi”. Ba’zi bemorlar soatga qarba, vaqt necha bo‘lganligini ham aytib bera olmaydi. Shu bois demensiyani aniqlashda soat bilan bog‘liq sinamalardan ko‘p foydalaniladi. U ma’noli so‘zlarning mag‘zini ham chaqa olmaydi. Masalan undan: “Lola Karimdan oqroq, kim qora” yoki “Olim Hakimdan uzunroq, kim kalta” deb so‘ralsa, so‘zlarning ma’nosiga uzoq vaqt tushunmay turadi. Bu gaplarni bir necha bor qaytarsa ham, bemor to‘g‘ri javob bera olmaydi. Demensiyada bemor fikrini bir joyga jamlab iboralar tuza olmaydi, qaysidir voqea haqida so‘zlab bermoqchi bo‘lsa, uning uddasidan chiqa olmaydi, so‘zlardan gap tuza olmaydi. Bemor atrofdagi narsalar nomini to‘g‘ri aytib bera olmaydi, qo‘l bilan bajariladigan avvalgi uquvlari ham izdan chiqadi. Har doim bajariladigan oddiy amallar, ya’ni kiyinish, soqol olish, tish yuvish, chiroqni o‘chirib-yoqish, tirnoq olish, choy damlash, dush qabul qilish, eshikni ochish kabi amallarni endi eplay olmay qoladi yoki butunlay bajara olmaydi. Bemor oddiy arifmetik operatsiyalarni ham to‘g‘ri bajara olmaydi. Demensiyada nutq funksiyasi uzoq vaqt saqlanib turadi. Keyinchalik nutq buzila boshlaydi. Albatta, insult sababli rivojlangan demensiya bundan istisno. Demensiyada bemorning shaxsi ham o‘zgarib boradi. U o‘ziga e’tibor qilmay qo‘yadi, kir va iflos yuradigan bo‘ladi, tozalikka rioya qilmaydi, bundan uyalmaydi ham. Demensiyaning ba’zi turlarida bemor passiv bo‘lib qolsa, boshqa holatlarda, aksincha, urishqoq janjalkash bo‘lib qoladi. Biroq uning janjalkashligi uzoqqa bormaydi, u yana passiv holatga tushib qoladi. Demensiyaning so‘ngi bosqichlarida bemor qayerda yashayotgani va o‘zini  anglay olmay qoladi, u o‘z bolalarini ham  tanimaydi: uning yoniga kirgan qizi yoki o‘g‘liga  «Siz kimsiz», deb savol beradi. Bemor ovqat yeyman deb aytmaydi, tualetga o‘zi bormaydi, siydik ushlay olmaydi. Uni qay holatda yotqizsa, shu holatda yotaveradi. Yuzdagi hissiy ifoda butunlay so‘nadi. Bunday bemorlar ham ruhan, ham jismonan nogiron bo‘lib qolishadi. Yuqorida zikr etilgan barcha belgilar Alsxaymer kasalligi uchun ham xos. Shu bois yaqqol ifodalangan demensiya haqida so‘z ketsa, ko‘pchilikning xayoliga Alsxaymer kasalligi keladi.

Tashxis qo‘yishda qanday xatoga yo‘l qo‘yiladi?

Ma’lumki, xotira buzilishi aholi orasida ko‘p uchraydigan holat, fikrlash buzilishi esa kam uchraydi. Xotirasi pasaygan ba’zi odamlar qo‘rqib “Menda demensiya yoki Alsxaymer kasalligi rivojlangan shekilli” deb qo‘rqib yurishadi. Demensiyada xotira bilan bir qatorda fikrlash jarayoni ham buzilishi kerak. Xotirasi buzilib, fikrlash qobiliyati saqlanib qolgan bemorlarga hech qachon demensiya tashxisini qo‘yish mumkin emas. Demensiya yoki Alsxaymer kasalligi tashxisini bir necha oylik kuzatuvlarga asoslanib neyropsixolog qo‘yadi. Agar bu tashxisni nevropatolog qo‘ymoqchi bo‘lsa, albatta bemorga maxsus neyropsixologik tekshiruvlar o‘tkazishi lozim.
© Ibodullayev Z. Professor.
© "Asab va ruhiyat" kitobi.
[highlight]Avitsenna.uz saytida mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:[/highlight]
ico
Duduqlanish - asab kasalligimi?!
Duduqlanish bu nutqning tempi, ravonligi, harakatining buzulishi bo‘lib, nutq apparatining turli hil joyidagi tutqanoq natijasida kelib chiqadigan buzulishdir. Duduqlanayotgan bolada biz nutqning to‘xtab qolishi yoki nutq davomida ayrim tovushlarni bir necha bor qaytarib borishini kuzatishimiz mumkin. Duduqlanish ko‘pincha ikki yoshdan besh yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchraydi. Bolaga o‘z vaqtida yordam berish uchun duduqlanishning eng asosiy alomatlarini ota-onalar vaqtida ko‘ra bilishlari lozim. Ular:
  • Bola birdan gapirmay jim bo‘lib qoladi. Bu sukunat ikki soatdan bir kungacha cho‘zilib ketishi mumkin bo‘lib, undan keyin bola duduqlanib gapirishni boshlaydi. Agar ayni shu paytda mutaxassisga uchrashsangiz bolaga tez yordam berish mumkin bo‘ladi;
  • Ayrim so‘zlar oldida kerakmas tovushlarni ishlatadi («a» va «i» tovushlari);
  • Birinchi bo‘g‘inlarni yoki butun so‘zlarni gap oldidan qaytaradi;
  • So‘z yoki gapni o‘rtasida majburan to‘xtab qoladi;
  • Gap boshlashdan oldin qiyinchilik sezadi.
Duduqlanish paydo bo‘lishiga turli sabablar turtki bo‘lishi mumkin. Kuchli infeksion kasalligi, qattiq cho‘chib ketishi yoki doimiy ravishdagi bolaga yomon va qo‘pol muomaladan kelib chiqadi. Yashash sharoitidagi yomon tomonga o‘zgarishlar ham duduqlanishga olib kelishi mukin. Ayrim bolalarda esa duduqlanish ota-ona tomonidan doimiy ravishda bolaga qo‘yilgan o‘qish, yodlash, qaytarish, o‘rganish kabi talablarning ko‘pligidan ham kelib chiqadi. Kech gapirgan bolalarda ham uch yoshda birdan ko‘p gapirishni boshlab yuborsalar duduqlanish holatlari uchrab turadi. Bu sabalarni bilish ota-onaga o‘z bolalariga duduqlanish alomatlarini vaqtida bartaraf etishga yordam beradi. Bolani o‘z vaqtida mutaxassislarga ko‘rsata olishda qo‘l keladi. Duduqlanish asab tizimiga bog‘liq bo‘lgan muammo bo‘lgani uchun :
  • Duduqlanaydigan bolaga alohida e’tibor, tinch oilaviy sharoit va oilada to‘g‘ri qo‘yilgan nutqni ta’minlash lozim.
  • Bolalarga juda ko‘p kitob o‘qish yaxshi emas. Ayniqsa o‘z yoshiga mos bo‘lmagan kitoblarni o‘qish mumkin emas.
  • Televizorni ko‘p ko‘rishni ruxsat bermang, ayniqsa yoshiga mos kelmagan dasturlarni umuman ko‘rsatmaslikka harakat qiling.
  • Bolani haddan tashqari erkalab yuborish kerak emas, aks holda bolaga arzimagan «YO‘Q» so‘zingniz ham asab tizimiga qattiq zarar yetkazishi mumkin.
  • Bolaga qo‘yilgan talablar uning yoshiga mos bo‘lishi lozim.
  • Bolani qo‘rqitish mumkin emas, ayniqsa bir o‘zini qorong‘i xonaga qoldirib jazolash bola asab tizimiga yomon ta’sir qiladi.
  • Duduqlanayotgan bolalarni yaxshi ravon gapiradigan bolalar bilan muloqotga kiritish lozim.
  • Ashula etish o‘yinlarini o‘ynash lozim.
  • Duduqlanayotgan bolalarni hamma oldida javobga chaqirish noto‘g‘ri.
  • Bunday bolalarda o‘ziga ishonch hisini tug‘dirish lozim.
  • Duduqlanadigan bolalarni musiqa, qo‘shiq kuylash va raqsga tushish to‘garaklariga olib borish lozim.
  • Duduqlanadigan bola doim sizning ya’ni ota-onaning mehrini his etib yurishi lozim.
ico
Dengiz tuzining foydali jihatlari
Bugun yurtimizdagi barcha savdo shoxobchalari va bozorlarda sotilayotgan bu mahsulotning foydasinibilasizmi? Dengiz tuzi insonda modda almashinuvini faollashtiradi, yurak-qon tomir faoliyatiniyaxshilaydi, immunitet va asab tizimini mustahkamlaydi, teri, soch va tirnoqlarni chiroyli qiladi. Undan taom tayyorlashda ham foydalansa bo‘ladi. dengiz tuzi

Ozdiradi

Dengiz tuzi qo‘shilgan vanna qabul qilish natijasida bir oy ichida o‘n kilogrammga
ozish mumkin. Buning uchun har uch kunda bir marta dengiz tuzi qo‘shilgan suvda cho‘miling. Bu vaznni kamaytirish bilan birga, terini mayin va tarang qiladi. Biroq vannada juda ko‘p vaqt qolmaslik kerak.

Husnbuzarni yo‘qotadi

Antiseptik xususiyatga ega dengiz tuzi husnbuzarlarga qarshi eng yaxshi vositadir. Haftasiga 2 3 marta dengiz tuzining suvli eritmasi bilan yuzdagi toshmalar artib turilsa, muammo tezda yechim topadi. Badandagi toshmalar uchun esa vanna qabul qilish tavsiya etiladi.

Soch to‘kilsa...

Agar sochingiz to‘kilayotgan bo‘lsa, ozroq suv bilan namlangan tuzni bosh terisiga surtasiz. Yengil harakatlar bilan uqalab, 15 daqiqadan so‘ng iliq suvda chayasiz. Agar tuzning o‘zini sochga surtishning uddasidan chiqolmasangiz, zaytun yog‘i yoki qatiqqa aralashtirib surtish mumkin. Aralashmali niqobdan so‘ng boshni sellofan bilan o‘rab, bir soatcha kuting. Haftasiga bir yoki ikki marta muolajani takrorlash kifoya. Bir oydan so‘ng natija faqat o‘zingizga emas, atrofdagilarga ham sezila boshlaydi.

Sellyulitni yo‘qotadi

Bugungi kunda sellyulitga qarshi turli dori vositalari mavjud. Biroq ulardan hech biri oddiy dengiz tuziga teng kela olmaydi. Birorta dag‘alroq matoga dengiz tuzini sepib, u bilan muammoli tana sohasini ishqalaysiz. Natija birinchi muolajaning o‘zidayoq seziladi.

Bilib qo‘ygan yaxshi

Dengiz tuzini oddiy tuz o‘rnida ham ishlatish mumkin. Biroq bir kunlik miqdor 5 grammdan oshmasligi kerak. Qon bosimi oshib turuvchilar, ba’zi yurak qon-tomir kasalliklari, onkologik xastaliklarda, shuningdek, homiladorlarga dengiz tuzini iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
Yana o‘qing: Teri uchun foydali mahsulotlar

© "Oila davrasida" gazetasi.

ico
Dori preparatlarini iste’mol qilish bo‘yicha o‘ta muhim yo‘riqnoma
Antibiotiklar ( biomitsin, tetratsiklin va hoqazo) eng “janjalkash” preparatlardan hisoblanadi. Ularni qabul qilish davrida, iste’mol menyusidan sut mahsulotlarini chiqarish kerak, chunki ular antibiotiklar ta’sirini yo‘qqa chiqaradi. Shuningdek, bu davrda butunlay alkogoldan ham voz kechish kerak. Ko‘proq meva, sabzavot va ko‘katlar iste’mol qiling. Vaqtincha, nordon ozuqadan voz keching. dori ichish

Antidepressantlar iste’moli

Antidepressantlar (ular tarkibida monoaminoksidaz ingibitorlari mavjud) shuning uchun ular qabul qilish davrida uzoq ushlab turilgan pishloqlar, po‘panakli pishloq, achitilgan karam, soya sousi, qoramol va tovuq jigari, dudlangan
baliq va go‘sht, yogurt, anjir, mayiz va smetana iste’mol qilmagan ma’qul. Qayd etilganlar tarkibida tiramin moddasi mavjud bo‘lib, dori tarkibidagi monoaminoksidaz ingibitori bilan to‘qnashib qon bosimini ko‘tarib yuboradi. Yana antidepressantlar qabul qilish davrida alkogoldan mutlaqo, jumladan qizil vino ichishdan voz kechish kerak.

Qonni suyultiruvchi preparatlar  iste’moli

Antikoagulyantlar (qonni suyultiruvchi) qabul davrida klyukva, uni sharbati va morsidan voz kechish kerak. Aks holda, dori bilan aralashib ichki qon ketish sodir bo‘ladi. Aspirin. Uni qabul qila turib, uglevodlar, yog‘lar va oqsillari ko‘p bo‘lmagan yeguliklar iste’mol qiling. Aks holda, dori samarasi ikki barobar kamayishi mumkin. Shuningdek, sitrus mevalar sharbatlaridan ham voz kechish kerak, chunki ular aspirin bilan qo‘shilib oshqozon shillik pardasiga ta’sir qiladi. Esingizdan chiqmasin, aspirinni hech qachon sut bilan qo‘shib ichmang, chunki sut dori samarasini yo‘qqa chiqaradi.

Og‘riq qoldiruvchi vositalar iste’moli

Og‘riq qoldiruvchi vositalar (piramidon, amidopirin va boshqalar) qabul qilishda, dudlangan yeguliklardan voz keching. Ular dori ta’sirini kesadi.

Gormonal preparatlar iste’moli

Gormonal preparatlar. Ular, organizmdagi moddalar almashuvi jarayoniga ta’sir o‘tkazadi. Shu bois, asoratlarni oldini olish uchun tvorog va boshqa sut mahsulotlarini, kuraga baliq, mayiz, mevalar va oshqovoqni iste’mol qilish kerak. Bular tarkibida ko‘p oqsillar, kaliy va kalsiy tuzlari, vitaminlar mavjud.

Temir preparatlari iste’moli

Tarkibida temir moddasi mavjud bo‘lgan preparatlar. Ularni qabul qilish davrida kofe, choy, unli va shakarli, sutli mahsulotlardan, yong‘oqlardan voz keching. Ularning hammasi organizmga temir moddasini so‘rilishini qiyinlashtiradi.

 Klofelin iste’moli

Klofelin (arterial qon bosimini pasaytiradi). Uni alkogol bilan aralashtirmaslik kerak, chunki alkogollik ichimliklar dori ta’sirini neytralizatsiya qiladi va tez qon bosimini ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Klofelin bilan alkogol aralashishi oqibatida hushdan ketish mumkin. Yodingizda bo‘lsa, klofelin va kriminal hronikalarda ko‘rsatilganday bu effektdan ayrim tovlamachilar qing‘ir ishlarini amalga oshirish uchun foydalanadilar.

Siydik haydovchi preparatlar iste’moli

Siydik haydovchi preparatlar organizmdan kaliyni chiqib ketishiga sababchi bo‘ladi. Shuning uchun, uni o‘rnini to‘ldirish uchun yashil no‘hat, shovul, shpinat, kuraga, qizilcha, piyoz, kartoshka, olma va sabzi iste’mol qilish kerak. Eslatib o‘tamiz, siydik haydovchi preparatlarni, qizilmiya tomiri qo‘shilgan dori vositalari bilan qabul qilib bo‘lmaydi. Chunki qizilmiya tomiri organizmdan suyuqlik chiqib ketishini tezlashtiradi, organizm suvsizlashadi. Shuningdek, kaliy chiqib ketishi oqibatida mushaklar buziladi.

Revmatizmga qarshi preparatlar iste’moli

Revmatizmga qarshi preparatlar oshqozon- ichak trakti shillik pardasiga agressiv ta’sir etadi. Shuning uchun, bu preparatlar qabul qilish paytida qovurilgan yeguliklardan, qo‘ziqorindan, go‘sht va baliq sho‘rvalaridan o‘zingizni tiying.

Statinlar iste’moli

Statinlarni (qonda xolesterin miqdorini kamaytiradi) qabul qilish davrida greypfrukt, pomelo va boshqa gibrid sitruslilardan voz kechish kerak. Ular tarkibidagi moddalar, statinlar buzib tashlaydigan jigar fermentini blokirovka qiladi va oqibatda organizmda statinlar konsentratsiyasi oshib ketishi natijasida jigar faoliyati buziladi va mushaklarni buzilishiga olib keladi.

Sulfanilamidlar iste’moli

Sulfanilamidlar (sulfadimetoksin, biseptol, sulfadimezin) – bular mikroblarga va bakteriyalarga qarshi preparatlar bo‘lib, qabul davrida- jigar, buyrak, klyukva, ko‘katlar, yog‘li ovqatlar, shakar va boshqa shirinliklar iste’mol qilmaslik kerak. Bu davrda ko‘proq suyuqlik, ayniksa ishqorli mineral suvlar ichishga harakat qiling. Bunday preparatlar qabul qilish davrida organizmdan siydik chiqish jarayoni qisqaradi, oqibatda siydik yo‘llari va buyrak kanalchalari suyulmaydigan kristallar bilan to‘silishi mumkin. Shuning uchun, bu davrda odatdagidan ortiqcha suv iching. Yog‘lar va shakar ovqat hazmini sekinlashtirishi tufayli preparat ta’sirini kamaytiradi.

© Med-info.uz nashri.

ico
Dyushenn va Erb falaji
XVIII va XIX asrlarda yashab o‘tgan fransuz nevropatologi Dyushenn hamda nemis shifokori Erb umurtqa pog‘onasining yuqori qismida joylashgan bo‘yin va yelka chigali falaji haqida ma’lumot yozib qoldirishgan. [caption id="attachment_3037" align="aligncenter" width="235"]Dyushenn va Erb falaji Dyushenn va Erb falaji[/caption] 1872 yilda G. Dyushenn yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ruq jarayonida doyaning ehtiyotsizligi sababli yelka chigali falaji yuzaga kelganini kuzatdi. Oradan to‘rt yil o‘tib esa V. Erb kattalarda bu xastalik nima sababli paydo bo‘lishi va ushbu kasallikni klinik belgilari, uning anatomik jihatdan ko‘rinishi, hamda dard qanday kechishi (patogenezi) xususida to‘liq bayon etdi. Bu falajlikning chaqaloqlarda kuzatilishiga sabab, ularning tug‘ruq jarayonida shikastlanishidir. Akusher-ginekologning bolani qo‘ltiq ostiga barmog‘ini tiqib, uning yelkasini chiqarib olishda noto‘g‘ri harakat qilgani yoki akusherlik qisqichlari bilan bolaning boshini tutib, uni keskin buragani sababli yelka chigali jarohatlanadi. Yana yelka falaji rivojlanishiga gripp va O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiyalar)ning asorati ham sabab bo‘ladi. Doyaning qo‘pol harakati natijasida esa yelka chigali haddan tashqari cho‘ziladi va yirtiladi. Shuningdek, go‘daklik davridagi yelka asab chigali falajiga tug‘ruq davrida chaqaloqning umurtqa pog‘onasi, bo‘yin qismi hamda orqa miya asab tolalari jarohatlanishi sabab bo‘ladi. Orqa miya jarohatlari bosh miya jarohatlariga nisbatan 2-3 marotaba ko‘p uchraydi. Chaqaloqlarda bo‘yin va yelka chigali shikastlanishi asosan tug‘ruq jarayonida uchraydi. Shu sababli bu xastalik akusherlik qo‘l falajlari deb nomlanadi. Kattaroq yoshdagi bolalar va kattalarda esa birovning qo‘lini keskin siltab tortish, og‘ir va keskin harakatli sport mashg‘ulotlari, bo‘yin va yelka bo‘g‘imining lat yeyishi, uyquda qo‘llarni keskin harakat bilan boshning tagiga qo‘yish sabab bo‘ladi. Yana bo‘yin sohasining o‘q otar qurollar bilan shikastlanishi sababli ham bemor yelka chigali falaji kuzatiladi. Kattalarda esa yuqorida bayon etilgan sabablardan tashqari bo‘yin va yelka chigali jarohatlari yo‘l transport hodisalarining 2-2, 5 foizini tashkil etadi. [caption id="attachment_3036" align="aligncenter" width="500"]Dyushenn va Erb falaji Dyushenn va Erb falaji[/caption] Go‘dak tug‘ruq yo‘llarida o‘tayotganda uning yelka va bosh suyagi asosi cho‘zilsa, ya’ni akusher-ginekolog chaqaloqning boshini maxsus akusherlik qisqichi bilan qisib olib noto‘g‘ri harakat qilsa yoki bolaning boshi vakuum-ekstraktor tibbiy asbobi bilan tortib olinsa, shuningdek, doyaning keskin qo‘l harakatlari sababli ham bo‘yin-yelka chigali falajiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, bola dumbasi yoki yuzi bilan kelganda (25 foiz holatda) ham ushbu xastalik uchraydi.

Kasallik belgilari

Xastalikning kechishi yelka va bo‘yin qismidagi asab tolalarining qaysi joyi shikastlangani va uning turiga bog‘liq. Ya’ni, yuqori bo‘yin segmentlari (S1-S4) shikastlanganda bemorda loqaydlik, mushaklar tarangligining bo‘shashishi, tana haroratining pasayishi va qon bosimining tushishi, paylarda nevrologik tekshiruvlar jarayonida og‘riq reflekslarining keskin pasayishi yoki umuman yo‘qligi, jarohatlangan sohada falajlik kuzatiladi. Shuningdek, mitti bemorda tug‘ilgan zahotiyoq uning nafas olish ritmi buziladi. Uning qovurg‘alararo oraliqlar sohasi silliqlashgan yoki ichiga botgan bo‘lib, qorni dam bo‘ladi. Chaqaloqda peshob ajratish jarayoni ham buziladi yoki unda neyrogen qovuq belgisi kuzatilib, go‘dak vaqti-vaqti bilan peshob tuta olmaydi. Bolani ko‘zdan kechirganimizda unda “qurbaqa holati”ni kuzatish mumkin. Bemorni faqat malakali nevropatolog davolaydi. Tug‘ruq jarayonidagi og‘ir shikastlarda davolash muolajalaridan so‘ng 30 foiz holatlarda ijobiy natijaga erishish mumkin. Katta yoshli bemorlarda esa bo‘yin-yelka chigali falaji shikastlanish darajasiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Agar ushbu soha chigali siqilgan bo‘lsa, uning faoliyati 2-3 oydan so‘ng tiklanishi mumkin. Albatta uzoq muddatli davodan so‘ng yuqumli xastaliklar sababli yoki toksik (zaharli) omillar ta’sirida kasallik yuzaga kelgan bo‘lsa bemor sekinlik bilan tuzaladi. Mabodo bo‘yin-yelka chigali uzilgan, qattiq ezilgan bo‘lsa xasta kishi bir yil davomida shifokor nazorati ostida davolanadi. Asab tolalari uchlari butunlay uzilib ketgan bo‘lsa, unda bu holatda bemorga jarroh yordami zarur bo‘ladi. Har qanday holatda ham bemorga o‘z vaqtida ko‘rsatilgan malakali tibbiy yordam uning tezda sog‘ayib ketishiga kafolat beradi.

© Dildora RO‘ZIQULOVA. Soglom.uz

ico
Dismorfofobiya: tasavvurdagi jismoniy nuqsonlardan aziyat chekish
Dismorfofobiya sindromi tushunchasi ostida sohta yoki asoslanmagan, oshirib ko‘rsatilgan jismoniy yetishmovchilik to‘g‘risidagi xasta fikrlar tushuniladi. Miyadan ketmaydigan o‘rinsiz shubha, xavotir va qo‘rqinchli fikrlar – dismorfofobiya deb ataladi. Ko‘pchiligimiz o‘z tanamizdan unchalik mamnun emasmiz. Masalan, burun, quloq, ko‘krak yoki hamma ham ko‘ravermaydigan tana a’zolaridan. Biroq ushbu norozilik kasallik darajasiga yetganda insonlar bilan normal munosabatda bo‘lish va baxtni his qilishga halal beradi, o‘ziga e’tibor tortib, kishini ta’qib qiladi. Bu kasallik – dismorfofobiyadir (DMF). Butunlay normal ko‘rinishdagi kishi o‘zining tasavvuridagi jismoniy kamchiliklaridan tashvishga tushsa – DMF paydo bo‘ladi. Yoki bunga tashqi ko‘rinishdagi arzimagan kamchiliklarni bo‘rttirish ham sabab bo‘ladi. Doktor Ketrin Fillipsning fikricha DMF avval taxmin qilinganidan ko‘ra ancha kengroq tarqalgan. Garchi shifokorlar va jamoatchilik hanuzgacha bu hodisani jiddiy o‘rganib chiqmadilar, DMF dan aziyat chekuvchi bemorlar soni anoreksiya, bulimiya va nevroz bilan og‘rigan bemorlar soniga tenglashtiriladi. Tadqiqotlardan biri shuni ko‘rsatadiki, kishilarning 70%i o‘z tana a’zolarining birontasidan «norozilar»., 46%i bundan havotirdalar, 28%ida esa «kasallikning barcha belgilari kuzatiladi». DMF bilan og‘rigan bemorlar o‘z tasavvurlaridagi hayoliy kamchiliklaridan nihoyatda uyaladilar. Ba’zan havotir ularni tahlikaga solganida boshqa hech narsa haqida o‘ylay olmasliklarini aytadilar. Ayrimlar esa ko‘zgu oldidan o‘z hayoliy nuqsonlarini yana bir bor ko‘zdan kechirmay o‘ta olmaydilar. Shunday kishilar ham borki, ular o‘z nuqsonlarini ko‘rmaslik uchun ko‘zgularni chetlab o‘tadilar. Afsuski bunday holatda inson o‘z qadri va o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotadi. Agar kishi biron tana a’zosini juda yomon ko‘rsa, qolganlaridan ham nafratlanishi hech gap emas. DMF natijasidagi ruhiy zo‘riqish shunchalik jiddiy bo‘lishi mumkinki, odam chuqur depressiya holatiga tushib, xatto o‘z joniga qasd qilishi mumkin. Do‘stlari va oila a’zolari kamchiliklari hayoliy ekaniga ishontirsalar ham DMF bemorlari o‘z fikrida turib oladi. Bu faqat ularga emas atrofdagilarga ham bog‘liq. DMFdan aziyat chekuvchi bemorlar «atrofdagilar nuqsonli a’zolariga to‘xtovsiz qarashlari»ni aytadilar. «O‘zlarini qaramayotgandek ko‘rsatadilar» deb qo‘shib ham qo‘yadilar. DMFning kengroq tarqalgan nevrozdan farqi, DMF bemorlari ularning havotirlari hech bo‘lmaganda «g‘alati» ekanini tushunadilar. Bunday hollarda bemorlar asosan yuzdagi kamchiliklar: ajin, dog‘lar, chandiqlar, ko‘rinib turuvchi qon tomirlari, terining rangsizligi yoki qizarishlar, terlash sochlarning siyrakligi yoki o‘ta qalinligi, tananing noproporsional ekanidan shikoyat qiladilar. Havotirning sababi tananing har qanday qismi bo‘lishi mumkin. Shunisi qiziqarliki, vaqt o‘tishi bilan norozilik bir tana a’zosidan boshqasiga o‘tishi mumkin. Masalan 20 yoshda kishini bir «muammo» qiynagan bo‘lsa, 40 yoshda uni butunlay boshqa tana qismi tashvishga soladi. G‘arbda DMF bilan erkaklarga qaraganda ayollar ko‘proq og‘riydilar. Bu muammo bilan ruhshunosga murojaat qiluvchi har erkakka 1,3 bemor ayol to‘g‘ri keladi. Fillipsning fikricha, DMF ko‘pincha oilaviy va kasbiy qiyinchiliklar bilan bog‘liq. Ko‘pchilik bemorlar o‘zlaridan uyalib odamlar ko‘ziga ko‘rinishdan qo‘rqqanlaridan, kunning ko‘p qismini uyda o‘tkazadilar. Ayrimlar umuman ko‘chaga chiqmaydilar. Bir hodisada tasavvurdagi «yuzning terlashi» tufayli o‘smir qiz tengdoshlari unga qaramasliklari uchun maktabni tashlashga majbur bo‘ladi. Boshqa holatda esa uyda ishlovchi bir kishi odamlar uning «hunuk tanasi»ni ko‘rmasliklari uchun ko‘chadagi daromadliroq ishdan voz kechadi. DMF muammolari turli shakllarda bo‘lishi mumkin. Bir ayol sochlarini ikki tarafdan ideal simmetrik qilish uchun ularni kuniga 8 soat kesgan. Boshqasi esa to‘xtovsiz ravishda yuzidan kattalashtiruvchi oyna yordamida ortiqcha tuk qidirgan. Ayrim mutaxassislarning fikricha, DMF bemorlarining umumiy belgilari mavjud. Kimdir idealga erishishni xohlaydi, boshqasi esa o‘ziga nisbatan nihoyatda talabchan, yana biri o‘ziga ishonchsiz, ta’sirchan yoki uyatchan. Boshqa shifokorlar DMF avloddan-avlodga o‘tadi deb hisoblaydilar. Janubiy Karolinalik tadqiqotchilarning kuzatuvlariga ko‘ra DMF asosan sotsiofobiya (jamoatga qo‘shilishdan qo‘rqish) bilan og‘riydigan bemorlarning 11%ida, vahimali ruhiy zo‘riqishdagi bemorlarning 2%ida uchragan. Boshqa bir tadqiqotda esa Fillips bemorlarning 97%i terida sanchiqlar sezishini bayon qiladi. Shu bilan birga bemorlar ko‘pincha haqiqatdan ham nuqsonli ekanliklariga dalil izlaydilar. Tabiiyki, bunday kishilar bir qator keraksiz plastik jarrohliklarga tayyorlar. Kuzatuvlarga ko‘ra plastik jarrohlik bemorlarining har 50 tadan 1 tasi DMF bilan og‘riganlardir. Bemorlar ko‘pincha elektroliz yoki soch va teri ko‘chirib o‘tkazishni so‘rab dermatolog va boshqa mutaxassislarga murojaat qiladilar. Biroq Fillipsning ogohlantirishicha DMF bemorlarining nuqsoni jismoniy emas, balki ruhiy bo‘lgani sababli ular ko‘pincha davolash natijasidan qoniqmaydilar. Fillipsning so‘zlariga ko‘ra ruhshunoslar bu kasallikni kam uchratadilar, sababi DMF bemorlari dermatolog, umumiy amaliyot shifokori va plastik jarrohlar qabuliga ko‘proq boradilar. Biroq eng avvalo bu bemorlar aynan psixoterapevtik yordamga muhtojlar. Yaxshiyamki DMFni psixoterapiya hamda moslashish va dori vositalari (antidepressantlar) yordamida samarali davolash mumkin. Bemorning qiziqish va intilishlariga asoslangan terapiya keng tarqalgan bo‘lib, bunda bemor o‘z muammolari va ularni yechishdagi say-harakatlarini belgilab oladi. Bir tadqiqotda aytilishicha umumiy depressiya va tashvishlanish holatining pasaytirilishi ham juda muhim ekan. DMF turli ijtimoiy guruhlar va turli xalqlarda uchraydi. DMF bemorlarining 85%i turmush qurmaganlardir. Ko‘pincha bu dardning ilk belgilari o‘smirlik paytlarida paydo bo‘lib, keyinroq – 30 yoshlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Kasallik belgilari bemorni butun umr ta’qib qilishi, yoki davolash natijasida yo‘qolishi mumkin.

DMFning sababi nimada?

Ayrim mutaxassislarning tahminlariga ko‘ra DMF chuqur nevroz, sotsiofobiya yoki depressiya bilan bog‘liq bo‘lgan miya faoliyatining buzilishi natijasida yuzaga keladi. Doktor Erika Xollanderaning aytishicha serotonin hamda dofamin ham bu dardning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq ekan.

Karen voqeasi

Bunday qomat uchun ayollar qotillik qilishlari, erkaklar esa jon berishlari mumkin. U – Avstraliyaning eng go‘zal ayoli. Biroq Karen o‘zining hunuk ekaniga ishonchi komil. U o‘z tovonlarini juda hunuk deb hisoblaydi, shuning uchun ham hatto yozda yopiq oyoq kiyimlar kiyib yuradi. U suzishni juda yaxshi ko‘rsada, hovuzlarga borishdan bosh tortadi, va hatto jinsiy aloqa paytida ham paypoqlarini yechmaydi. U hech kimga o‘z tovonlarini ko‘rsatmaydi. Karenning so‘zlariga ko‘ra – «men esimni tanibmanki, tovonlarim juda hunuk bo‘lgan». U model yoki aktrisa bo‘lishni juda istaydi. Biroq sahnada yoki suratga tushish paytida odamlar uning tovonini ko‘rib qolishlaridan qo‘rqqanligi sababli ko‘plab takliflarni ra’d etadi. Hozirda u kotiba bo‘lib bo‘lib ishlamoqda va DMFdan davolanish kursini o‘tamoqda.

Margo Heminguey voqeasi: DMF va o‘lim

Shunisi ajablanarliki, o‘z go‘zalligi bilan mashhur kishilar ham DMFdan chetda qolmaganlar. Aksincha, ularda bu dard chuqurroq bo‘lishi mumkin. Shunday holatlar ham bo‘ladiki, muvaqiyatli model yoki aktyorlar ham tanalarida biron hayoliy nuqson topib, o‘zlarini badbashara hisoblaydilar. Margo Hemingueyning o‘limidan so‘ng shifokorlar sezmagan DMF depressiyani keltirib chiqargan va o‘z joniga qasd qilishgacha olib borgan bo‘lishi mumkin degan xulosaga keldilar. «Menga passportning keragi yo‘q – mening qoshlarim bor» – deb maqtangan Heminguey og‘zi juda hunuk ekanidan arz qilgan. Margo kelib chiqqan oilada ruhiy kasalliklar va o‘z joniga qasd qilish holatlari uchragan. U epilepsiya, disleksiya, bulimiya, depressiya va giyohvandlikdan aziyat chekkan. Shuning uchun ham o‘limining aniq sababini aytish qiyin. Ayol ko‘zguda pari yoki yalmog‘izni ko‘rishi mumkin. Bu faqat o‘ziga bog‘liq.

© 

Neyro.uz nashri.

ico
Duduqlanish turlari va davolash usullari
Duduqlanish bu   nutq apparati muskullarining tortishishi natijasida   nutqning sur’at ohangining   buzilishidir. Duduqlanish sabablari hozirgi vaqtda 2 guruhga bo‘linadi: moyillik sababi va keltirib chiqaruvchi sabablardir.

Moyillik sababiga quyidagilar kiradi

  • Ota-onalarning nevropatik kasallanishi.
  • duduqlanuvchining o‘zidagi nevropatik xususiyatlar.
  • nasliy     buzilish.
  • bosh miyaning turli davrlardagi rivojlanishida,   ko‘plab salbiy omillar ta’sirida shikastlanishi.
Keltirib chiqaruvchi sabablar guruhida anatomik-fiziologik ruhiy va sotsial sabablarni ajratib ko‘rsatishimiz mumkin.
Doimo eslatish, tartibga chaqirish bolaning oliy nerv faoliyatini izdan chiqarish va duduqlanishni keltirib chiqarish bilan birga nevratik va psixopatik holatlarga olib kelishi mumkin; o‘qituvchiining bolaga noto‘g‘ri munosabatda   bo‘lishi, haddan ortiq qattiqqo‘llik, shafqatsizlik duduqlanishning yuzaga kelishi uchun turtki bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Hozirgi davrda duduqlanishning alomatlarini bir-biriga o‘zaro yaqin bo‘lgan ikkita guruhi ajratiladi:
  • biologik (fiziologik)
  • sotsial (psixologik)
Fiziologik alomatlariga ko‘ra   nutqning hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi a’zolarining tortishishi, markaziy nerv sistemasi va jismoniy salomatligining, umumiy va   nutq   harakatlarining   buzilishi kiradi. Psixik alomatlarga   nutqda tutulish va his-hayajonli   nutqning boshqa   buzilishlari   nutqda qayd qilish fenomeni, logofobiyalar, nayrang ishlatish va boshqa ruhiy jihatlar kiradi.

Nutq akti jarayonidagi muskul tortishish 3 xil bo‘ladi

  • klonik
  • tonik
  • aralash.
Duduqlanish tutib qolishining beqaror tezligini o‘rganish to‘g‘ri   nutqning saqlanib qolgan nutq faoliyatidagi va   nutq vaziyatidagi turli darajali murakkabliklariga bog‘liq ravishdagi ko‘rsatkichlarini belgilash to‘g‘risidagi tushunchalarni asoslash uchun imkoniyat yaratadi. Saqlangan   nutq darajasini aniqlash logopedik ishning   har bir bosqichidagi asosiy tuzatish vazifalari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Duduqlanishning paydo bo‘lishiga shuningdek umumiy va   nutq motorikasining turlicha   buzilishlari xosdir. Ular zo‘raki va ixtiyoriy tutib qolish tarzida bo‘lishi mumkin. Duduqlanuvchilar o‘zlarining qiyin   nutqini niqoblash yoki yengillashtirish maqsadida bunday   harakatlardan foydalanadilar. Duduqlanishning sotsial asosi shunday psixik asoski, uning asosida « nutqning zaiflashuvini idrok etish» paydo bo‘ladi. O‘zining noto‘kisligini his etish nevrotik kasallikning rivojlanishida asosiy omillardan biri hisoblanadi. Xastalangan kishi o‘zining kasallik alomatlariga qanchalik   ko‘p e’tibor bersa, u shunchalik zo‘rayib boraveradi. Natijada shunday og‘ir ahvol paydo bo‘ladiki, bemor undan sira qutula olmaydi, kasallik alomati uning e’tiborini chulg‘ab oladi, buning   oqibatida alomatlar yanada rivojlanadi va bemorning e’tiborini   o‘ziga qaratadi. Duduqlanish muammolari bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar nuqsonga e’tiborni jalb etish tushunchasi borasida turlicha qarashlarni keltiradilar: diqqat e’tiborning alohida xususiyati, nuqsonni idrok etish, u haqida tasavvurga ega bo‘lish, unga nisbatan turlicha xissiyotli munosabatda bo‘lish kabilar. Nuqsonda qayd qilinadigan turli darajalarning haqiqiy murakkabligini ifodalovchi me'yorlarni topish muhimdir. Bunday me'yor sifatida duduqlanuvchining o‘z nuqsoniga nisbatan his-hayajonli munosabati borasidagi 3 ta variantdan va ularga qarshi irodaviy kuch-g‘ayrat sarflashning 3 ta variantidan foydalanish mumkin. Shular munosabati bilan duduqlanadigan kishilarni uch guruhga ajratish uchun «kasallikka diqqatni jalb qilish» atamasining kiritilishi o‘rinlidir.
  • Kasallikka diqqatni jalb qilishning nolinchi darajasi: bolalar go‘yo o‘z nuqsonini sezmagandek, u haqida o‘ylamaydilar va tashvishlanmaydilar. Tortinish, o‘zining noto‘g‘ri   nutqi xususida o‘ylash, nuqsonni bartaraf etish uchun hech qanday urinishlar bo‘lmaydi.
  • Kasallikka diqqatni jalb qilishning mo‘tadil darajasi: yuqori sinf o‘quvchilari va o‘smirlar o‘z nuqsonidan tashvishlanadilar, undan uyaladilar, duduqlanishni yashiradilar, turlicha hiyla ishlatishgacha boradilar, atrofdagilar bilan kamroq munosabatda   bo‘lishga urinadilar. Ular o‘zlarinig duduqlanishlarini biladilar, uning ketidan qator noqulayliklarni boshdan kechiradilar, o‘z kamchiligini niqoblashga urinadilar.
  • Kasallikka diqqatni jalb qilishning yaqqol ifodalangan darajasi: duduqlanuvchilarda nuqson borasidagi tashvishlanish o‘zining noto‘kisligini doimiy chuqur his etishga aylanadi, bunda   har bir   harakat   nutqiy noto‘kislik tushunchasi orqali tahlil etiladi. Ular o‘z diqqatlarini   nutqiy kamchiliklariga yo‘naltiradilar, duduqlanishdan chuqur tashvish chekadilar, ular uchun kasallikka e’tibor berish, kasallikdan shubhalanish, gapirishdan oldin vahimaga tushish, odamlardan, vaziyatlardan va boshqalardan gumonsirash xosdir.

Duduqlanish uchta darajaga ajraladi

  • Yengil duduqlanish - kishi asabiylashgan holatida yoki tez gapirayotganida duduqlanad.
  • O‘rtacha duduqlanish- kishi tinch, odatdagi vaziyatda oson gapiradi, kam duduqlanadi, his-hayajonli damlarda kuchli duduqlanish yuz beradi.
  • Og‘ir duduqlanish - kishi butun nutqi davomida, doimiy chalg‘ituvchi   harakatlar qilishi bilan duduqlanadi.

Duduqlanish davom etishiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratiladi

  • Doimiy - duduqlanish paydo bo‘lgach turli nutq shakllari va vaziyatlarida bevosita namoyon bo‘ladi.
  • To‘lqinsimon duduqlanish- duduqlanish goh kamayadi, goh kuchayadi, lekin butunlay yo‘qolmaydi.
  • Qaytalanuvchi - duduqlanish yo‘qolib, yana paydo bo‘ladi, ya’ni qaytalanish yuzaga keladi, uzoq muddatli erkin tutulishsiz nutqdan so‘ng qayta paydo bo‘ladi.
Birinchi holatda bu davolash tadbirlari, ikkinchisida pedagogik tadbirlar va uchinchisida duduqlanuvchiga davolash va pedagogik jarayonlarning turli holatda qo‘shib olib borgan holda ta’sir etish. Duduqlanishni bartaraf etishning terapevtik vositalari turlicha darajalari va shakllarida qadimdan boshlab barcha davrlarda qo‘llanib kelingan. Duduqlanishni davolashning jarrohlik metodi eramizning I asridan XIX asr o‘rtalariga qadar to uning besamaraliligi va xavfliligi haqidagi fikrlar tasdiqlanguncha qo‘llangan.

Psixoterapevtik ta’sirlar

Duduqlanishga nevrotik zaiflashuvi sifatidagi qarashlarni paydo bo‘lishi bilan ayrim mualliflar uni psixoterapevtik ta’sir orqali bartaraf qilishga birinchi darajali ahamiyat bera boshladilar.

Didaktik usullar

Duduqlanuvchilarda to‘g‘ri   nutqni didaktik usulda tarbiyalash tarafdorlari ham   nutqning ayrim elementlarini, ham umuman nutqni qamrab oluvchi turli xil va sekin-asta murakkablashadigan nutqiy mashg‘ulotlar sistemasini tavsiya etishdi. Duduqlanishni bartaraf etishga zamonaviy atroflicha yondashuv deganda duduqlanuvchi ruhiy jismoniy holatining turlicha tomonlariga turli mutaxassislarning   har xil vosita va usullari bilan pedagogik davolash orqali davolash, ta’sir etish tushuniladi. Barcha pedagogik davolash majmuini duduqlanuvchilarga ta’sir etish xususiyatiga qarab shartli ravishda ikkita guruhga ajratish mumkin: davolash- sog‘lomlashtirish va pedagogik tuzatish. Tibbiyotchi olib boradigan davolash- sog‘lomlashtirish ishlari quyidagi asosiy vazifalarni o‘z ichiga oladi: duduqlanuvchining asab sistemasi va jismoniy holatini mustahkamlash hamda sog‘lomlashtirish, ularning ruhiy-jismoniy holatidagi og‘ish va patologik ko‘rinishlarni bartaraf etish va davolash. Logoped olib boradigan pedagogik   tuzatish ishlar quyidagi asosiy vazifalarni o‘zida mujassamlashtiradi, duduqlanuvchi   nutqidagi nuqsonlar va ruhiy noto‘kis jihatlarini bartaraf etish. Logoped o‘z uslubi va vositalarini duduqlanuvchiga ta’sir etishda qo‘llay biladigan zarur mutaxassislarning hamkorlikdagi tibbiy-pedagogik ishini tashkil etadi.
Avitsenna.uz sayti orqali mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:
ico
Dog‘larni yo‘qotish uchun
Ayollar go‘zalligiga rahna soladigan muammolardan biri bu dog‘lardir. Bularni yo‘qotish uning holatiga qarab turlicha bo‘ladi. Shuni hisobga olgan holda quyidagi kosmetolog Gulnoza Abdullayevaning “Shifo-info” gazetasidagi maqolasini siz bilan baham ko‘rishni istadik. Demak boshladik, dog‘larni yo‘qotishning oddiy choralari. Dog‘larni yo‘qotish

Kartoshka

Bir dona kartoshka po‘stidan tozalab yuviladi. Mayda qirg‘ichdan o‘tqazib, ikki qavat dokaga o‘raladi va zararlangan joylarga qo‘yiladi. 1 soatdan keyin u olib tashlanadi. Shu tariqa kuniga uch mahal kopress qo‘yish mumkin. Davolash muddati yetti kun.

Sarimsoqpiyoz

Ikki bo‘lakcha sarimsoqpiyoz po‘stidan tozalab, mayda qilib to‘g‘raladi. Tovada dumba yog‘i eritilib, sarimsoqpiyoz qizartirib qovuriladi. Yog‘ dokadan o‘tqazilib, zararlangan joylarga mayin qilib surtiladi. Muolaja 7 kun davom etadi.

Aloy

Yoshi 5 yildan oshgan aloy olinadi. O‘simlikning qalin barglarini ertalab uzib, qaynoq suvga botirib olinadi. Uni toza, quruq dokaga o‘rab, sovutkichning muzxonasiga 3 sutka qo‘yiladi. Belgilangan vaqt o‘tgach, alloy bargi olinib, eritiladi. Yupqa taqsimchalarga bo‘lib, dog‘lar yuzasiga yopishtirib bog‘lanadi. Kompress 2 soat turadi. Undan keyin kompress olib tashlab, o‘rni salitsil spirit bilan artiladi va ochiq havoda bir oz turiladi.

Propolis

Asalari mahsuloti bo‘lgan propolis teridagi dog‘larni ketqazishda katta yordami tegishi mumkin. Buning uchun propolis bo‘lagini olib dog‘lar ustiga yupqa qilib joylashtiriladi va usti bog‘lanadi. 2 soatdan so‘ng kompressni olib tashlab, yaralar o‘rni moychechakli damlamada (bir payola qaynoq suvga 1 osh qoshiq o‘t solinadi) yuviladi. Muolaja 5 kun davomida kuniga 2 mahal amalga oshiriladi.

Tuxum

Bir dona xom
tuxum po‘sti bilan yuvilib, shisha idishga solinadi. Ustiga bir dona limonni maydalab to‘g‘rab, yopib, qorong‘I joyda bir hafta saqlanadi. Muddat o‘tgach, shishadagi tuxum limon ta’sirida maydalanib eriganini ko‘rish mumkin. Bu aralashma quvvatli, darmonbaxsh vosita sifatida kuniga bir mahal nonushtadan yarim soat oldin 1 osh qoshiqda qabul qilinadi.

Dog‘larni yo‘qotish uchun qo‘shimcha tavsiyalar...

  • Achchiq bodomning yog‘ini yuzga surtilsa, undagi dog‘larni ketqazadi.
  • Indovning urug‘i yoki suvi yuzdagi qora dog‘ va sepkillarni ketqazadi.
  • Oftobda turib yovvoyi piyozni surtilsa, yaralardan qolgan izlarni yo‘qotadi.
  • Kunjutni yanchib, badandagi qora dog‘larga bog‘lansa, ularni ketqazadi.
  • Ilon po‘stini kuydirib, nashatir spirtiga aralashtirib, hosil bo‘lgan malhamni qo‘yish bilan badandagi dog‘larni daf qilish mumkin.
  • Katta qora arini zaytun yog‘ida pishirib surtilsa, yuz va badandagi dog‘lar ketadi.
  • Turp urug‘ini yanchib, asal bilan aralashtirgan holda badan va yuzdagi dog‘larga qo‘yib bog‘lansa, ularni ketqazadi.
ico
Depressiya – qanday kasallik?
Depressiya – kayfiyatning keskin pasayishi, fikrlar karaxtligi va har qanday harakatga bo‘lgan intilishning yo‘qolishi bilan kechuvchi kasallik.

Depressiya shu darajada keng tarqalganmi?

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra yer sharida depressiya bilan ro‘yxatga olinganlar soni 160.000.000 dan oshiq. Biroq, aksariyat mutaxassislar fikricha, depressiya bilan kasallangan har 3 bemorning biri vrach nazoratida turadi, xolos. Boshqa bir mutaxassislar fikricha, depressiya bilan kasallanganlar sonini aniqlash mushkul. Chunki depressiya turli xil klinik ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda va hamma vaqt ham tashxis to‘g‘ri bo‘lib chiqavermaydi. Buning ustiga depressiya bilan og‘rigan bemorlarning hammasi ham psixiatr yoki psixologlarga murojaat qilavermaydi.

Depressiyaning sabablari juda ko‘pmi?

Depressiyaning asosiy sabablari – bular o‘tkir va surunkali ruhiy siqilishlar, ketma-ketma keluvchi muvaffaqiyasizliklar va uzoq davom etuvchi og‘ir kasalliklardir. Tashqi salbiy omillar sababli rivojlangan depressiyaga ekzogen depressiya deb aytiladi. Hech qanday sababsiz rivojlanadigan depressiyaga endogen depressiya deyiladi. Endogen depressiyalar rivojlanishida nasliy omilning o‘rni katta.

Niqoblangan depressiya nima?

Somatik simptomlar, ya’ni ichki a’zolar funksiyalari buzilishi bilan kechuvchi depressiyaga niqoblangan depressiya deb aytiladi.  Nima uchun niqoblangan depressiya deyiladi? Chunki bemor depressiya bilan kasallangan bo‘lsa-da, uning shikoyatlari xuddi boshqa kasalliklarni eslatadi, ya’ni “Migren”, “Yurak og‘riqlari”, “Bo‘g‘im og‘riqlari”, “Oshqozon-ichak kasalliklari”, “Teri-tanosil kasalliklari” va h.k. Bemorni tekshirayotgan vrach bemorning kayfiyati og‘riqlar sababli tushgan deb o‘ylaydi. Aslida bemorda niqoblangan depressiya rivojlangan bo‘ladi. Bunday bemorni albatta tibbiy psixolog yoki psixiatr ko‘rikdan o‘tkazishi kerak.

Bemor ham aybdormi yoki psixolog nima qilib bera olardi?

Ba’zan bemor “Depressiya” tashxisi aniqlangandan so‘ng ham vrach yoki psixologga murojaat qilmasdan yuradi. Buning sabablari turlicha, ya’ni qarindosh-tuqqanlar, hamkasblar va qo‘ni-qo‘shnilardan uyalish, psixiatr yoki psixolog nazoratida qolib ketishni hohlamaslik, ishdan haydalish yoki ishga qabul qilinmaslikdan qo‘rqish, tuzalib ketishiga ishonmaslik, psixotrop dorilarni qabul qilishdan qo‘rqish va h.k.  Aksariyat hollarda depressiya oila va ishdagi muvaffaqiyatsizliklar yoki baxtsiz voqealardan so‘ng rivojlanadi. Bunday paytlarda bemor “Shu ahvolga tushganimning sababi aniq-ku, psixolog nima ham qilib berardi, vaqt o‘tib tuzalarman” deb, davolanishdan voz kechadi. Psixolog bemorni aynan shu kabi vaziyatlardan chiqaruvchi mutaxassis ekanligini unutib qo‘yishadi yoki anglab yetishmaydi. Odatda, bunday bemorni uning yaqinlari, tanish-bilishlari psixologga murojaat qilishga undashadi. Demak, ular psixolog qabuliga majburan kelishadi. Psixolog qabulida dastlabki suhbatdan o‘tgan bemorning dunyoqarashi, aksariyat hollarda keskin o‘zgaradi va keyinchalik uning o‘zi psixolog qabuliga qatnay boshlaydi. Albatta, dastlabki suhbatning samarali tugashi psixologning mahoratiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq.

Depressiyada qanday ruhiy-hissiy buzilishlar kuzatiladi?

Depressiyada ko‘p kuzatiladigan asosiy ruhiy-hissiy buzilishlar – bular kayfiyatning tushib ketishi, umidsizlik, g‘am-g‘ussa, doimiy xavotir, yomon voqealarni kutib yashash, aybdorlik hissi yoki o‘zini hadeb ayblayverish, qaysarlik, o‘jarlik, o‘z bilganidan qolmaslik, o‘z hayotidan qoniqmaslik va o‘zini kamsitish, atrofdagi voqealar va yaqinlariga qiziqishning yo‘qolishidir. Depressiyaga chalingan odamlarning kayfiyati kun bo‘yi o‘zgarib turishi mumkin. Masalan, ertalab kayfiyati juda yaxshi bo‘lsa, kechga yaqin uning kayfiyati umuman tushib ketadi. Ba’zi odamlarda buning teskarisi kuzatiladi.

Bosh va tanada qanday belgilar  paydo bo‘ladi?

Depressiyada bosh og‘riq, bosh aylanishi, ensa va bo‘yin sohasida og‘riqlar, yurak sohasida og‘riqlar, nafas yetishmasligi, ishtaha pasayishi, qabziyat, jinsiy zaiflik, hayz ko‘rishning buzilishi, turli umumiy xolsizlik kabi belgilar ko‘p kuzatiladi. Bosh og‘riq – depressiyaning eng ko‘p uchraydigan belgisidir. Demak, doimiy tarzda boshi og‘riydigan bemorda depressiya bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rish kerak. Bunday bemordagi bosh og‘riqni og‘riq qoldiruvchi dorilar emas, balki depressiyaga qarshi dorilar bartaraf etadi. Buni vrachlar va psixologlar esda tutishlari lozim.

Depressiyada hulq-atvor qanday buziladi?

Depressiyada hulq-atvor buzilishlari juda ko‘p uchraydi. Bular – o‘z joniga qasd qilishga intilish, biror-bir faoliyatga qiziqmaslik,  kamharakatchanlik, uydan chiqmay yotaverish, yolg‘izlikka intilish, birovlar bilan muloqotdan qochish, ichkilikka yoki turli farmakologik dorilarga ruju qo‘yish.

Depressiyada xotira buziladimi?

Depressiyada xotira va fikrlash jarayoni buzilishlari ko‘p uchraydi. Parishonxotirlik, xotira pasayishi, ayniqsa eslab qolishning buzilishi juda ko‘p kuzatiladi. Fikrlar karaxtligi – depressiyaning asosiy belgilaridan biridir.

Kuchli odamlarda ham depressiya kuzatiladimi?

Depressiya odatda kuchli, maqsadga intiluvchan, biroq hissiyotga beriluvchan odamlarda ko‘p uchraydi. Ularning depressiyaga tushishdan oldingi hayoti o‘rganilganda, quyidagi xususiyatlar aniqlangan: depressiyaga uchragan shaxslarning o‘ziga xos dunyoqarashi bo‘ladi, ular atrofdagi voqealarni o‘z dunyoqarashidan kelib chiqqan holda tahlil qiladigan va hissiyotga beriluvchan shaxslardir. Ular ko‘pincha, hayotdan qoniqmay yashashadi, erishgan yutuqlari ularni qoniqtirmaydi, o‘z faoliyatiga tanqidiy munosabatda bo‘lishadi. Bu odamlar faqat marrani egallash uchun yashaydilar. Shu bilan birga boshqalar, masalan, hamkasblarining xatolarini topish va maslahat berib yurishni xush ko‘rishadi. Agar uning xatosini ko‘rsatishsa, bundan qattiq aziyat chekadi va shu odamni yoqtirmay qoladi. Ular oilada ham, uyda ham aniq bir reja asosida hayot kechirishga odatlangan, o‘ta talabchan bo‘lishadi, bola-chaqasidan ham shunday yashashni talab qilishadi. Bu, ko‘pincha, oilaviy majoralarga sababchi bo‘ladi.  Bunday shaxslar oila va ishdagi muvaffaqiyatsizliklar va musibatli voqealarni og‘ir qabul qilishadi, ichkilikka ham tez ruju qo‘yishlari mumkin. Ba’zan ularning turmushi ham beqaror bo‘ladi. Ular yolg‘izlikni yoqtirishadi, biror bir ishni boshlashsa yoki rahbarlardan topshiriq olishsa, uni mukammal bajarishga intilishadi. Bunday odamlar arzimagan bahodan juda xursand va arzimagan koyishdan qattiq xafa bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham ularning jahlini chiqarish yoki kayfiyatini tushirish osondir.

“Depressiya” tashxisi qanday aniqlanadi?

Depressiya aksariyat hollarda bemorlar tomonidan ham, yaqinlari tomonidan ham, ba’zan vrachlar tomonidan ham yomon xulq-atvorning bir ko‘rinishi sifatida qabul qilinadi va shu sabablarga ko‘ra, vaqtida aniqlanmay qoladi. Psixosomatik buzilishlar bilan namoyon bo‘luvchi depressiya ham o‘z vaqtida aniqlanmay qolada va “ichki kasalliklar” tashxisi qo‘yiladi. Depressiya faqat kayfiyatning tushishi bilan bog‘liq bo‘lgan holat emas, balki bir nechta simptomlardan iborat kasallikdir. Bu kasallikni erta aniqlash va davolash muolajalarini erta boshlash bemorning depressiyadan tezda chiqib ketishiga yordam beradi. Depresciya tashxisini qo‘yish uchun quyidagi 3 ta simptomning ikki haftadan oshiq davom etishi ham yetarlidir. Bular – kayfiyatning pasayishi, fikrlar karaxtligi va harakatga bo‘lgan intilishning yo‘qolishi.

Depressiyadan qanday qutulish mumkin?

Depressiyani davolashda dori-darmolar va psixoterapevtik suhbatlar qo‘llaniladi. Bu ikkala davolash usuli birgalikda olib borilsa, samarasi yuqori bo‘ladi. Dorilar bilan davolashdan oldin o‘tkazilgan psixoterapiya davolanish jarayonini yengillashtirsa, undan so‘ng o‘tkazilgan psixoterapiya esa depressiya qaytalanishining oldini oladi. Bugungi kunda depressiyani davolash jarayonida qo‘llaniladigan psixoterapevtik usullar juda ko‘p bo‘lib, ularning ba’zilari haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Depressiyani psixanalitiklar davolaydimi?

Depressiya negizida ichki ziddiyatlar yig‘indisi yotadi: shaxs bir tomondan birovlarga qaram bo‘lishni xohlamaydi, ikkinchi tomondan boshqalar uni e’tirof etishini, qo‘llab-quvvatlashini istaydi. Albatta, ushbu bir-biriga zid holatlar doimiy qoniqmaslik hissini yuzaga keltiradi, ya’ni boshqalarga nisbatan qahr-g‘azab va xafagarchilik shaxsning ichki dunyosini qamrab oladi. Shu asnoda shaxsning o‘zi esa boshqalarning nazdida mehribon, odamovi va ajoyib inson sifatida tan olinishni xohlaydi. Mana shu istaklarning ro‘yobga chiqmasligi depressiya shakllanishiga turtki bo‘ladi. E’tirof etilmagan har bir xohish va istak yillar mobaynida ong ostida qo‘nim topadi va ular yig‘ilgan sayin ichki ziddiyatlar kuchaya boradi. Bunday paytlarda depressiya shakllanishi uchun kuchli stressning o‘zi kifoya. Surunkali tarzda shakllanadigan depressiya esa doimiy ruhiy-hissiy zo‘riqishlar ta’siri ostida rivojlanadi. Psixanalitik terapiyaning asosiy maqsadi – depressiya kasalligiga chalingan bemorda ichki ziddiyatlarni to‘la ochib tashlashdan iborat. Bu terapiya, albatta, individual tarzda olib boriladi va har bir bemorda ichki ziddiyatlar sababini ochishga qaratilgan bo‘ladi. Psixanalitik terapiya bemorda katarsis, ya’ni ruhiy poklanishga erishilgunga qadar o‘tkaziladi. Ijobiy natijaga bir necha kun ichida erishish mumkin, ba’zan esa bu jarayon bir necha oyga cho‘ziladi.

Kognitiv psixoterapiya nima?

Kognitiv psixoterapiya usuli bemorda o‘ziga bo‘lgan ishonchni optimistik ruhda kuchaytirishga qaratilgan. Uning asosida ham bemorning fikrlash dunyosini ijobiy tomonga o‘zgartirish yotadi. Kognitiv psixoterapiya usullari ko‘p bo‘lib, ular maxsus adabiyotlarda batafsil yoritilgan. Bemor bilan olib boriladigan psixologik suhbatlar depressiyaning turi va og‘ir-yengilligiga qarab 10-20 seansni tashkil qiladi.

Psixolog bemorning yaqinlari bilan ham suhbat o‘tkazishi kerakmi?

Albatta! Psixolog bemorning yaqinlari bilan suhbatlar olib borishi shart. Chunki bu suhbatlar bemor haqida to‘la ma’lumotga ega bo‘lishga yordam beradi. Depressiyaga chalingan bemorni davolashda, uning yaqinlari bilan o‘zaro muloqotlar olib borish juda ahamiyatlidir. Biroq, bu muloqot teskari natija berishi ham mumkin, agar bemor bunga ruxsat bermasa. Shuningdek, psixolog bemorning yaqinlariga uning oldida o‘zlarini qanday tutish lozimligini tushuntiradi. Bu o‘ta muhim. Chunki ba’zi oila a’zolari bemor bilan birgalikda uyda motamsaro muhit yaratadiki, bu vaziyat bemorning ahvolini yanada og‘irlashtiradi va o‘z joniga qasd qilishga urinishlarni kuchaytiradi. Bemorga hadeb yonbosaverish yoki uning hulq-atvorini tanqid qilaverish ham mumkin emas. Agar bemorda suitsidal fikrlar va urinishlar kuzatilsa, uni yolg‘iz qoldirmaslik kerak. Oila a’zolari tomonidan nazorat shunday bo‘lishi kerak-ki, bemorning o‘zi buni bilmasin. Chunki hadeb bemorni qo‘riqlayverish uning joniga tegadi. Bemorning ishonchini qozongan oila a’zolari bilan ko‘chaga chiqib aylanib kelish va sayr paytida asosan bemorni so‘zlatish, uning his-tuyg‘ulariga hamdard bo‘lish yaxshi samara beradi. Bemor doimo psixolog bilan har qanday vaziyatda ham bog‘lana oladigan bo‘lishi lozim. Chunki zudlik bilan psixolog yordami kerak bo‘lib qolishi mumkin.

Depressiyani barataraf etishda dorilar yordam beradimi?

Albatta yordam beradi! Biroq ularni to‘g‘ri tanlay olish kerak. Dorilar depressiyaning barcha turlarida tavsiya etilishi mumkin. Vrach yoki psixologning bemor oldiga qo‘yadigan eng asosiy shartlaridan biri – davolanishni reja asosida olib borish va vrach tavsiyalarini so‘zsiz bajarishdir. Depressiyani bartaraf etish uchun qo‘llaniladigan doorilarga antidepressantlar deb aytiladi. Antidepressantlar miyada kayfiyat gormoni deb atalmish serotonin miqdorini oshiradi. Antidepressantlar bilan davolash qonun-qoidalarini keltirib o‘tamiz: 1. Bemorning o‘zi hech qachon internet yoki vrachlar uchun yozilgan kitoblardan foydalanib depressiyaga qarshi dori qabul qilishi aslo mumkin emas. Ayniqsa depressiyada dorilarni beruxsat ichish juda yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. 2. Vrach depressiya turi, darajasi, klinik manzarasi va bemorning somatik ahvolidan kelib chiqqan holda, aniq bir antidepressant tanlab oladi va bemorga tavsiya qiladi. Vrach uning kundalik dozasini belgilaydi va davolash sxemasini tuzadi. 3. Antidepressantlar bilan davolash davrida depressiya belgilari sekin-asta yo‘qolib borishi (odatda, 1-2 haftadan so‘ng) bemorga tushuntiriladi. Uni vrachdan bemaslahat to‘xtatib qo‘yish mumkin emasligi uqtiriladi. Antidepressantlarni bir necha oy ichish zarurligi va depressiya belgilari butunlay yo‘qolgandan so‘ng vrachning o‘zi davolashni to‘xtatish vaqtini belgilashi aytiladi. 4. Antidepressantlarni kasallik belgilari yo‘qolgandan so‘ng ham yana 2-4 oy mobaynida (ba’zan undan ham ko‘p) ichish zarurligi tushuntiriladi. Bu qoida depressiyaning yana qaytalamasligi uchun qabul qilingan. Dorilar bilan davolash jarayonida psixoterapiya muolajalarining o‘tkazilishi bemorning depressiyadan chiqish davrini tezlashtiradi. Psixoterapevtik muolajalar paytida bemor bilan muloqotlar olib boriladi, antidepressantlarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar yechiladi (chunki, aksariyat bemorlar 1 oydan so‘ng dori ichishni to‘xtatib qo‘yishadi), bemorda yaxshi natijalarga ishonch hosil qilinadi. Ularni erta to‘xtatib qo‘yish yoki asossiz tarzda kam miqdorda berish kutilgan ijobiy natijani bermaydi. Bemor depressiya belgilari tugaguncha doimo vrach nazoratida bo‘lishi zarur. Dorilarni to‘satdan to‘xtatish depressiyaning yana qo‘zg‘ashiga sababchi bo‘ladi. Depressiyani davolashda antidepressantlar bilan birgalikda, fizioterapiya, nina sanchib va giyohlar bilan davolash ham keng qo‘llaniladi.

Depressiya bilan kasallangan odamning psixologik portreti qanday?

Depressiya bilan kasallangan bemorlarni uzoq yillardan buyon kuzativlarim asosida ularning psixologik portretini yaratishga harakat qildim. Chunki mening yaqin odamlarimda ham depressiya kuzatilgan va men ularni ko‘p yillar mobaynida kuzatib kelganman. Mana ularning psixologik portreti. “Ular dunyoni va atrofda bo‘layotgan voqealarni salbiy tarzda qabul qilishadi, o‘zining hayotda tutgan o‘rnini pessimistik ruhda baholashadi, o‘zini hech kimga keraksizdek his qiladi. Ular doimo xavotirda yashashadi, hech qanday faoliyatga qiziqishmaydi, atrofdagi o‘yin-kulgilar va yaqinlarining taqdiriga mutloq e’tiborsiz bo‘lishadi. Ular doimo xo‘rsinib yurishadi va o‘zlarini doimo aybdordek his etishadi. Ularni chalg‘itish uchun biror-bir ishga majburlash mumkin, biroq uni hech qanday qiziqish va e’tiborsiz bajarishadi. Hech qanday ish ularning kayfiyati ko‘tarilishiga ijobiy ta’sir qilmaydi. Ular uyqusizlikdan aziyat chekishadi yoki faqat uyqu bosaveradi, yomon tushlar ko‘rib chiqishadi. Bu tushlar turli-tuman bo‘lib, tushida birovlarni bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘yadi yoki pichoqlab tashlaydi, olamdan o‘tgan yaqinlari va qonli voqealar tushiga ko‘p kiradi. Bunday tushlar bemorning kayfiyatini yanada tushiradi va ahvolini og‘irlashtiradi. Ular doimo parishonxotir va karaxt bo‘lib yurishadi, o‘z joniga qasd qilishga urinishadi. Ular o‘zlarining tuzalishiga sira ishonishmaydi, davolanishga ham yaqinlarining qistovi bilan kelishadi”. Depressiyaga ta’rif bera turib, ushbu kasallik uchun xos bo‘lgan yana bir xavfli belgini aytib o‘tish lozim, ya’ni o‘z joniga qasd qilishga intilish. Shuning uchun ham depressiya barcha davlatlarda ijtimoiy muammoga aylangan. Biroq tuzalishga intilish va kuchli iroda ularni bu kasallikdan halos bo‘lishiga katta yordam beradi. Ushbu satrlarni o‘qiyotgan hurmatli bemorlar. Siz albatta tuzalib ketasiz! Irodangizni mustahkam qiling. Axir Siz avval kuchli inson bo‘lgansiz! Ushbu kuch Sizni vaqtincha tark etgan bo‘lsa, u yana yoningizga albatta qaytib keladi. Chunki bu Sizning kuchingiz! Foydali maqola:
Depressiyadan osonlik bilan chiqish uchun maslahatlar Kitobning boshqa qismlari bilan saytimizning «Asab va ruhiyat» bo‘limida tanishishingiz mumkin.

© Zarifboy Ibodullayev, nevropatolog. Professor. "Asab va ruhiyat" kitobi. Asab.uz

ico
Disk churrasi shu qadar xavflimi?
“Disk churrasi” tashxisi so‘nggi yillarda shu qadar ko‘payib ketdiki, oxir-oqibat bu tashxis ko‘plarni tashvishga solib qo‘ydi. Rostdan ham bu kasallik ko‘p uchraydimi yoki oddiy radikulitni ham “disk churrasi” deb o‘ylashayaptimi? disk churrasi Shu kabi savollarga menga juda ko‘p berishadi. O‘ylaymanki bunday savollar bilan boshqa  nevropatologlarga ham ko‘p murojaat qilishadi.  Bu jumboqli savolga oydinlik kiritishga harakat qilaman. Umurtqalar orasidagi diskning o‘z joyidan siljishiga disk churrasi deb aytiladi. Disk o‘z joyidan biroz siljisa u hech qanday og‘riq bermaydi. Biroq uning siljishi davom etaversa, buning oqibatida orqa miya va undan chiquvchi nervlar bosilib qoladi va kuchli og‘riq yuzaga keladi. Disk churrasi ko‘pincha bo‘yin va bel-dumg‘aza umurtqalari sohasida kuzatiladi.

Bo‘yin umurtqalari disk churrasi qanday namoyon bo‘ladi?

Sabablari quyidagicha: bir xil tarzda ishlayverish, boshga og‘ir narsaning tushib ketishi, balandan yiqilib tushish, yo‘l-transport hodisalarida bo‘yin umurtqalarining keskin qayrilishi kabi jaroxatlar. Bo‘yin umurtqalari orasida paydo bo‘lgan disk churralari ensa va bo‘yin-yelka sohalariga og‘riqlar beradi, qo‘llarni ko‘targanda, orqaga qayirganda og‘riqlar kuchayadi, harakatlar qilish chegaralanadi, qo‘llarda holsizlik paydo bo‘ladi. Ba’zida bosh miya tomon yo‘nalgan umurtqa tomirlari siqilishi sababli bosh aylanishi va yurganda gandiraklab ketishlar, quloqda shovqin paydo bo‘ladi. Bel-dumg‘aza sohasi umurtqalari disk churrasi. Sabablari quyidagicha: og‘ir narsalar ko‘tarish, jismoniy harakatlarsiz bir xil tarzda ko‘p ishlash, yo‘l-transport hodisalari, balandan yiqilish kabi jaroxatlar. Bu sohadagi disk churralari bel va oyoqlarga og‘riqlar beradi, bemor o‘tirib-turganda qiynaladi, oqsoqlab yuradi, oyoqlardagi har qanday harakatlar og‘riqlarni yuzaga keltiradi. Og‘riqlar ko‘pincha bitta oyoqda kuzatiladi. Ba’zida og‘riqlar shu qadar kuchli namoyon bo‘ladi-ki, bemorning beli qiyshayib qoladi (biroq bu holat o‘tkir radikulitda bo‘lishini ham unutmang).

Disk churrasi kasalligiga tashxis qanday qo‘yiladi?

Nevropatolog ko‘rigi va MRT tekshiruvlari asosida qo‘yiladi. Bo‘yin va bel sohasidagi har qanday kuchli og‘riqni MRT tekshiruvisiz disk churrasi deb baholash aslo mumkin emas. Chunki bel sohasidagi kuchli og‘riqlar orqa miya nervlari va pardalarining kuchli shamollashlarida ham kuzatiladi. Ularning disk churrasiga aloqasi yo‘q. Ba’zi odamlarda kichik hajmdagi disk churralari aniqlanadi va ular o‘zlaridagi og‘riqlarni ushbu kichik disk churralari bilan bog‘lashadi. Bu ham noto‘g‘ri. Kichik hajmdagi disk churralari (masalan, 2-3 mm) kuchli og‘riqlar bera olmaydi. Bunday holatlarda og‘riqning boshqa sabablarini izlash lozim. Mening kuzatuvlarim bo‘yicha bel og‘riqlariga shikoyat qilib kelgan 10 nafar bemordan faqat bittasida og‘riqlar disk churrasi bilan bog‘liq bo‘lib chiqayapti.  Demak, og‘riqlarni har doim ham disk churrasi bilan bog‘layverish kerak emas.

Operatsiya qilib davolashni kim hal qiladi?

Neyroxirurg hal qiladi. Odatda nevropatolog kattaroq hajmdagi disk churrasini aniqlasa va shu bois turli asoratlar havfi tug‘ilsa, bemorni neyroxirurg maslahatiga yuborish kerak. Operatsiyadan so‘ng bemor albatta nevropatolog nazoratida turishi lozim.
Kitobning boshqa qismlari bilan saytimizning «Asab va ruhiyat» bo‘limida tanishishingiz mumkin.

© Zarifboy Ibodullayev, nevropatolog. Professor. "Asab va ruhiyat" kitobi. Asab.uz

 

ico
Dissirkulyator ensefalopatiya - insult oldi kasalligimi?
Dissirkulyator ensefalopatiya – bosh miyada qon aylanishining surunkali buzilishi bo‘lib, aksariyat hollarda insult rivojlanishi bilan tugallanadi. Dissirkulyator ensefalopatiya asosan yoshi kattalarda uchraydigan kasallik. U 40 yoshdan oshganlarda ko‘p uchraydi va odamning yoshi ulg‘aygan sayin dissirkulyator ensefalopatiya bilan kasallanuvchilar soni oshib boradi. 60 yoshdan oshganlarda esa bu kasallik insult rivojlanishida katta rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham bu kasallik insult oldi kasalligi hisoblanadi. Dissirkulyator ensefalopatiya Quyidagi kasalliklar dissirkulyator ensefalopatiya rivojlanishiga olib keladi:
  • Gipertoniya kasalligi, ateroskleroz, qandli diabet;
  • Bo‘yindan bosh miya tomon yo‘naluvchi yirik qon tomirlar patologiyasi;
  • Yurak kasalliklari, ayniqsa yurak ishemik kasalligi va aritmiyalar;
  • Buyrak kasalliklari sababli yuzaga kelgan arterial gipertoniyalar;
  • Arterial gipotenziya, ya’ni qon bosimning doimo past yurishi (yoshi kattalarda);
  • Bo‘yin umurtqalari osteoxondrozi;
  • Doimiy tarzda spirtli ichimliklar iste'mol qilish;
  • Giyohvand moddalarni iste’mol qilish.

Kasallik qanday rivojlanadi?

Dissirkulyator ensefalopatiya shakllanishida bosh miyani qon bilan ta’minlovchi yirik tomirlar va miyadagi mayda tomirlardagi patologik o‘zgarishlar  asosiy rolni o‘ynaydi. Bu buzilishlar oqibatida miya to‘qimalarida o‘ndan ortiq mayda ishemik o‘choqlar paydo bo‘ladi. Kichik ishemik o‘choqlar miyaning po‘stloq qismida, po‘stloq osti tuzilmalarida, hayotiy muhim markazlar joylashgan miya ustunida joylashadi. Bosh miyada qon aylanishining surunkali buzilishiga, ya’ni dissirkulyator ensefalopatiyaga olib keluvchi asosiy kasalliklar - bular gipertoniya kasalligi va ateroskleroz hisoblanadi.

Tashxis qanday qo‘yiladi?

Dissirkulyator ensefalopatiya – bosh miyaning surunkali qon tomir kasalligidir. Shuning uchun ham to‘g‘ri tashxis qo‘yish uchun avvalambor qon tomir sistemasi kasalliklarini aniqlash zarur. Dissirkulyator ensefalopatiya tashxisi qon tomir sistemasi kasalliklari aniqlangan va zo‘rayib boruvchi nevrologik va neyropsixologik buzilishlar aniqlangan holatlarda qo‘yiladi. Qo‘shimcha ravishda o‘tkazilgan tekshiruvlarda DSE ga olib keluvchi kasalliklar aniqlanishi shart, ya’ni arterial gipertenziya, ateroskleroz, qandli diabet, yurak kasalliklari va h.k.

Dissirkulyator ensefalopatiya kasalligini davolash

Dissirkulyator ensefalopatiya surunkali kechuvchi kasallik ekan, davolash jarayoni ham bosqichma-bosqich uzoq davom etishi kerak. Avvalombor kasallik sababi bartaraf etiladi. Parallel ravishda bosh miyada qon aylanishi va moddalar almashinuvini yaxshilovchi dorilar, qonni suyultiruvchi vositalar, miya xujayralari orasidagi impulslar o‘tkazuvchanligini tiklovchi dori vositalari tavsiya etiladi. Bunday bemorlar doimo nevropatolog nazoratida turishi va bosh miya hamda yurak faoliyatini tekshirtirib turishlari lozim.
Kitobning boshqa qismlari bilan saytimizning «Asab va ruhiyat» bo‘limida tanishishingiz mumkin.

Zarifboy Ibodullayev, nevropatolog. Professor. "Asab va ruhiyat" kitobi. Asab.uz

 

ico
Donorlik haqida. Donorlik qilish tartibi va uning afzalliklari

Donorlik - bu sharafli ish. Donor esa, aksari hollarda o‘ziga notanish inson hayotini saqlab qolish uchun ham yashashini doimo yodda tutadigan insondir.

Donorlik qilishga axd qilgan inson ma’suliyatni o‘z bo‘yniga oladi. Kechagina u faqat o‘z sog‘lig‘i uchun javob berardi, bugun esa - boshqalarni ham xol-ahvolidan xabardor bo‘ladi. Endi uning xayotida ilgari noma’lum bo‘lgan ma’no paydo bo‘ldi, ya’ni falokatga uchraganlarga salomatlik ulashish va yangi qondoshlar orttirish aka-uka, opa-singil, farzand....

Donor o‘nlab insonlarga umid va salomatlik ulashadi. Shu sababli donor uning qoni quyiladigan bemorlar orasida ko‘pgina bolalar va xomilador ayollar borligini unutmasligi kerak.

Donorlik

Agarda siz donorlik qilishga axd qilgan bo‘lsangiz, sog‘lig‘ingizni boshqalar uchun saqlashni o‘rganishingiz lozim.

Donorni sog‘lom turmush tarzi - to‘g‘ri ovqatlanish, spirtli ichimlik ichishdan, tamaki chekishdan imkon qadar o‘zini tiyishi, qon topshirish oralig‘ini saqlashdan iborat.

Muhimi, donorlik donorga ham bemorga ham ziyon keltirmasligi kerak. Agarda shifokor qaysi bir sabablarga ko‘ra sizga qon topshirishga ruxsat bermasa, uning maslahatiga amal qiling.

Donorlikdan batamom voz kechgandan ko‘ra, bir marotaba qon topshirmagan ma’qul. Agarda sizda biror bir savol tug‘ilgan bo‘lsa, qon quyish markazi xodimlari bilan maslahatlashing.

Donorlikni qonun-qoidalariga rioya qilsangiz o‘zingizning sog‘lig‘ingiz uchun foydali bo‘ladi va uzoq yillar davomida sizni turmush tarzingizga aylanishi mumkin. Siz donor ekansiz, demak siz - sog‘lom insondirsiz.

Agar siz sog‘lom bo‘lib, donor bo‘lmasangiz, bu anglashilmovchilikni tezda, bir daqiqa ham kechiktirmay bartaraf etishingiz mumkin.

Donorlik sizga o‘zgalar hayotini saqlab qolganingiz uchun quvonch va faxr tuyg‘usini bersin!

Donorlik va salomatlik

Har bir donor ushbu oddiy qonunlarni bilishi kerak:

Donor qon orqali yuqadigan kasalliklardan o‘zini saqlashi kerak. Hozirgi vaqtda bular virusli gepatit «B» va «C», OIV/OITS - infeksiyalar. Bunday og‘ir kasalliklarni oldini olish uchun inson tasodifiy jinsiy aloqalardan saqlanishi, har bir muolajalarda faqatgina bir marotaba ishlatiladigan shpritslardan foydalanishi kerak.

Tish shifokoriga yoki boshqa bir shifokor ko‘rigiga kelganda har bir muolajalardan oldin tibbiyot hodimlariga donor ekanligingizni eslatishingiz va ular faqatgina bir marotaba ishlatiladigan yoki sterillangan tibbiy asboblardan foydalanishlarini so‘rang.

Donorlar uchun qon va uning komponentlarini topshirish oralig‘i bo‘yicha maxsus tavsiyalar ishlab chiqarilgan. Maqsad esa, qon topshirish donorga ziyon yetkazmasdan sog‘lig‘ini saqlashdan iboratdir.

Bir yilda 4 marotabagacha qon topshirish mumkin. Har bir 5 marotaba ketma-ket qon topshirgandan so‘ng donorlar 3 oydan kam bo‘lmagan vaqt davomida dam olishlari tavsiya qilinadi.

Qon topshirgandan 30 kun keyin donor plazma topshirishi mumkin. Plazma topshirgandan 14 kun o‘tgach donor yana qayta plazma topshirishi mumkin.

Qon yoki uning komponentlarini topshirgan kuningiz quyidagi tavsiyalarga ahamiyat bering:

  • Qon topshiradigan kuni ertalab, albatta, nonushta qiling. Qon topshirishdan avval bir necha kun mobaynida spirtli ichimliklar iste’mol qilmang.
  • Qon topshirishni imtihonlardan, musobaqalardan, diplom ishlaridan oldin va ishingiz juda ko‘p bo‘ladigan vaqtlarga rejalashtirmang.

To‘g‘ri ovqatlaning: donor ovqati tarkibida oqsilga boy mahsulotlar bo‘lishi lozim: go‘sht, lavlagi, grechka, loviya va boshqa dukkakli mahsulotlar, baliq va boshqalar.

Agarda siz bu qoidalarga va tavsiyalarga ahamiyat bersangiz, donorlik sizga ziyon keltirmaydi va ko‘pgina bemorlar hayoti saqlanib qolinadi.

Donor va uning huquqlari

Donorlik - bu hurmatga sazovor ish, donor esa, juda ham oliyjanob odam. Shunga monand uning huquqlari himoyalangan bo‘lishi kerak.

  • Tibbiy tahlil natijalarining sir tutilishi kafolatlanadi;
  • Tibbiy tahlillar bepul o‘tkaziladi (umumiy qon tahlili, jigar ko‘rsatkichlari, qon guruhini va rezus omilini aniqlash, OIV/OITS, gepatit «B» va «C», brutsellez, zahm kasalligini aniqlaydigan RW);
  • Qon quyish markazida yuqori toifali shifokorlar ko‘rigi va ikki kunlik ish haqi saqlangan holda dam olishi uchun qon topshirganligi haqida ma’lumotnoma beriladi (qon topshirgan kuni va donor xohlagan boshqa bir kun).

Beg‘araz donorlar kimlar?

Beg‘araz donorlar ixtiyoriy ravishda, beminnat donorlik qiluvchi har bir o‘z qonini topshiradigan, evaziga hech qanday rag‘batlantirish talab etmaydigan insonlardir.

Ular mehr-oqibati, hamdardligi, insonparvarlik tuyg‘ulari kuchli bo‘lgan oliyjanob sahovatli insonlardir.

Donorga qanday kafolatlar beriladi?

«Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan donorga quyidagi kafolatlar taqdim etiladi.

20-modda “Donorga beriladigan kafolatlar”

Donor qon va uning komponentlarini topshirgan, hamda tibbiy tekshiruvdan o‘tgan kuni o‘rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etiladi.

O‘rta maxsus, professional o‘quv muassasalari o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari talabalari, hamda boshqa kategoriyali o‘quvchilar qon va uning komponentlarini topshirgan, hamda tibbiy tekshiruvdan o‘tgan kuni, darslardan ozod etiladi. Harbiy xizmatchilar esa naryadlar, qorovullikdan va boshqa turdagi xizmatlardan ozod etiladi.

Donorga har bir qon va uning komponentlarini topshirgan kundan keyin o‘rtacha ish xaqi saqlangan holda qo‘shimcha bir kun dam beriladi. Belgilangan dam olish kuni donorni xohishiga ko‘ra har yilgi ish ta’tiliga qo‘shilishi mumkin.

21-modda “Donorlarni taqdirlash”

Doimiy, beg‘araz ravishda qon va uning komponentlarini topshirgan donorlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” («Почетный донор Республики Узбекистан») ko‘krak nishoni bilan mukofotlanadi.

Donorlik uchun qon topshirish jarayoni qanday kechadi?

Qon topshirish jarayoni Qon topshirish markazlari va Hududiy Qon yig‘ish bo‘linmalarida 6 ta bosqichda amalga oshadi.
Markazga kelgandan qon topshirib ketguningizgacha 1 soat vaqtingizni ajratishingiz kerak bo‘ladi.

Birinchi bosqich: Tibbiy so‘rovnomani to‘ldirish

Qon topshirish hududiga kelgan har bir donorga donorlik qilish uchun so‘rovnoma berilib, uni to‘ldirish so‘raladi. Bu so‘rovnomadagi savollar "Donor va Bemor xavfsizligi"ni ta’minlovchi muhim bo‘lgan tushunchalarni o‘z ichiga oladi:

  • Sog‘lig‘ingiz holati, isitma, gripp, so‘ngi qabul qilingan dorilar, yurak xastaliklari, surunkali kasalliklar, jarrohlik muolajalari va boshqalar;
  • Hayotingizda yuz bergan va sog‘lig‘ingiz uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan voqealar: sayohat, giyohvand moddalar iste’mol qilish va boshqalar;

Ikkinchi bosqich: Anketa ochish

Bu bosqichda barcha ma’lumotlar ro‘yxatga tushirilib, anketa saqlanadi. Aynan o‘sha paytda donorga maxsus raqam beriladi va bu raqam qon qopchasi yuzasiga qo‘yiladi. Keyinchalik ushbu raqam idishdagi qon sizga tegishli ekanligini aniqlashga imkon beradi.

Uchinchi bosqich: Shifokor va donor bilan bo‘ladigan suhbat

So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng, har bir donorlik qilmoqchi bo‘lgan shaxs shifokor bilan suhbatdan o‘tadi. Bu suhbat donorning qon topshirishi o‘zining va u qonni qabul qiluvchi bemorning sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasligiga ishonch hosil qilish imkonini beradi.

Shifokor bilan donor o‘rtasidagi suhbat shaxsiy tibbiy sir sifatida saqlanadi.

Beshinchi bosqish: Qon olish

450 ml qonni olish uchun 12 daqiqa vaqt kerak bo‘ladi. Hamda shu vaqt ichida probirkada test va tekshirish uchun oz miqdordagi qon ham olinadi.

Olingan qon orqali donorning qon guruhi va qonda bo‘lishi mumkin bo‘lgan yuqumli kasallilar – OITS, virusligepatit B, gepatit C, zahm aniqlanadi.
Qon olish qulay o‘rindiqlar bilan jihozlangan maxsus xonada amalga oshiriladi.

Oltinchi bosqich: Dam olish va ovqatlanish

Qon topshirganingizdan keyin, siz bir necha daqiqa davomida hamshira kuzatuvi ostida bo‘lasiz. Jo‘nab ketishdan oldin markaz tomonidan sizga nonushta beriladi.

Donor jo‘nab ketgandan so‘ng, olingan qon maxsus joyda saqlanadi. Tekshirish va test amalga oshiriladi. Agar tekshirish jarayonida qandaydir salbiy natijalar chiqsa, donor qisqa muddat ichida qon olishi muolajasini amalga oshirgan Shifokor tomonidan markazga chaqiriladi:

Qon topshirish anonimik va beg‘araz tarzda amalga oshadi. Hech qanday ma’lumot Respublika OITS yoki boshqa shifoxonalarga jo‘natilmaydi.

Qon nima uchun topshiriladi?

Chunki O‘zbekitonda qon va qon mahsulotlariga ehtiyoj juda ham katta.

Bugun butun aholining 0,4 foizigina qon topshiradi. Bu ko‘rsatkich sovet tuzumi davrida 0,7 % ni tashkil qilgan.

Amerika Qo‘shma Shtatlarida bu ko‘rsatkich 3 %ni Fransiyada esa 4 %ni tashkil qiladi.

Butun Jahon Sog‘likni Saqlash Tashkiloti dunyo mamlakatlari uchun qon topshirish ko‘rsatkichini – 1 % gacha ko‘tarishni maqsad qilib belgilagan.

Donorlik qilish uchun kimlar qon topshirishi mumkin?

18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan, vazni 50 kg dan yuqori har bir shaxs qon topshirishi mumkin.

Ikkita qon topshirish oralig‘idagi davr — kamida 2 oyni tashkil qilishi lozim.

  • Yiliga har bir shaxs 4 marta qon topshirishi mumkin;
  • Har bir topshirilgan qonning maksimal hajmi – 450 ml;
  • Qon topshirish jarayonining muddati – 45 daqiqa bo‘lib u bir necha bosqishlardan iborat bo‘ladi.

Assalomu alaykum men donorlik qilmoqchiman? Buning uchun nima qilishim kerak yoki kimga murojaat qilishim mumkin?

Donorlik qilish uchun OʻzR SSV Respublika Qon Quyish Markaziga yoki hududiy qon quyish stansiyasi xodimlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Markaz va stansiya maʼlumotlari

Respublika Qon quyish MarkaziManzil: Toshkent sh., Sh.Rustaveli k., 138 uy
Rahbar: Saidov A.B.
telefonlar: (+998 71) 250 14 25, (+998 94) 683 38 18
Qoraqalpog'iston Respublikasi qon quyish stantsiyasiManzil: Qoraqalpog'iston, Nukus, H. Rejepov ko'chasi
Rahbar: Tangirbergenov A.K.
telefonlar: (+99861) 224 88 18, (+998 90) 728 54 54
Andijon viloyat qon quyish stantsiyasi
Manzil: Andijon sh., Qo'shariq k., 39а uy
Rahbar: Mansurova D.X.
telefonlar: (+374) 237 04 43, (+998 91) 608 89 97
Boxoro viloyat qon quyish stantsiyasi
Manzil: Boxoro sh., Cho'lpon k., 12 uy
Rahbar: Turayev N.N.
telefonlar: (+365) 224 84 80, (+998 91) 440 00 79
Jizzax viloyat qon quyish stantsiyasi
Manzil: Jizzax sh., Tashlyak mah., Shifokor k., 3 uy
Rahbar: Yakubov Y.S.
telefonlar: (+372) 226 10 19, (+998 94) 576 97 88
Qashqadaryo viloyati qon xizmati markazi
Manzil: Qarshi sh., 3 mikrorayon, Navoiy k.,
Rahbar: Raximov E.Y.
telefonlar: (+375) 221 55 62, (+998 97) 519 01 10
Navoiy viloyat qon quyish stantsiyasi
Manzil: Navoiy sh., L.Tolstoy k., 18 uy
Rahbar: Normuradov B.B.
telefonlar: (+436) 225 15 48, (+998 91) 250 83 24
Namangan viloyat qon quyish markazi
Manzil: Namangansh., Boburshox k., 12 uy
Rahbar: Umirzakova М.V.
telefonlar: (+369) 228 52 51, (+998 90) 555 01 63
Samarqand viloyat qon quyish stantsiyasi
Manzil: Samarqand sh., Pamir 1-tor k., 7 uy
Rahbar: Aliyev R.Х.
telefonlar: (+366) 234 06 14, (+998 90) 503 60 56
Surxondaryo viloyat qon quyish stantsiyasi
Manzil: Termiz sh., Barkamol Avlod k., 44 uy
Rahbar: Xudayqulov B.К.
telefonlar: (+376) 223 43 04, (+998 91) 971 60 07
Sirdaryo viloyat qon quyish stantsiyasi
Manzil: Guliston sh., N.Zokirov k., 330 uy
Rahbar: Salamov Х.N.
telefonlar: (+367) 226 38 04, (+998 91) 500 77 87
Toshkent viloyat qon quyish stantsiyasi
Manzil: Chirchiq sh., Zakovat k., 20а uy
Rahbar: Ganiyeva Х.А.
telefonlar: (+370) 715 36 54, (+998 97) 454 41 03
Farg'ona viloyat qon quyish stantsiyasi
Manzil: Farg'ona sh., Madaniyat k., 12 uy
Rahbar: Mustayev А.F.
telefonlar: (+373) 243 03 04, (+998 93) 575 78 76
Xorazm viloyat qon quyish markazi
Manzil: Urganch sh., Manguberdi k., 12А uy
Rahbar: Raximov Х.B.
telefonlar: (+362) 225 69 08, (+998 91) 433 16 16
Qonber.uz saytidan olindi.

Jigar va buyrak donorligi


Yaqin qarindoshlar orasida buyrak va (yoki) jigar boʻlagini transplantatsiya qilish tartibi haqida vaqtinchalik nizomga koʻra, tirik yaqin qarindoshlar orasida buyrak yoki jigar boʻlagini transplantatsiya qilishga ruxsat etiladi. ​

Tirik yaqin qarindosh donorlar – ota-onalar, tugʻishgan yoki tutingan aka-uka va opa-singillar, er-xotinlar, farzandlar (shu jumladan asrab olinganlar), buva va buvilar, nabiralar, shuningdek er-xotinning ota-onalari, tugʻishgan yoki tutingan aka-uka va opa-singillar boʻlishi mumkin.

Qonunchilikka koʻra, transplantatsiya faqat Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashgan ilmiy-amaliy jarrohlik tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi hamda Toshkent shahar nefrologiya shifoxonasida amalga oshiriladi.

ico
Dorivor tog‘rayhon
Tog‘rayhon oshko‘k (yoki ziravor) bo‘lishi bilan bir qatorda dori-darmon sifatida qo‘llaniladigan o‘simlik sifatida ham qadrlanadi. Uning tarkibida 2,2 foiz efir moylari, 6-8 foiz tanid moddasi, mikroelementlar, organik kislotalar, C darmondorisi, karotin kabi moddalar bor. O‘simlik urug‘larida 28 foizga qadar yog‘lar bo‘ladi. Xalq tabobati amaliyotida tog‘rayhon bod, falaj, tutqanoq, ichak og‘riqlarida qo‘llaniladi, shuningdek undan siydik haydovchi va terlatuvchi vosita sifatida ham foydalaniladi. Tog‘rayhondan tayyorlanadigan damlama terlatuvchi omil sifatida shamollash bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarda tavsiya etiladi. Tog‘rayhon me’da-ichak faoliyatining sustligida, umumiy darmonsizlikda tavsiya etiladi. Tibbiyot amaliyotida tog‘rayhon damlamasi ichak faoliyati zaiflashganida, ishtaha ochuvchi, ovqat hazm bo‘lishini yaxshilovchi, siydik va yel haydovchi, balg‘am ko‘chiruvchi, gijja haydovchi dori sifatida ham buyuriladi. Tashqi davo uchun tog‘rayhon giyohidan kompress sifatida foydalaniladi. O‘simlik moyi esa tish og‘rig‘ini qoldiruvchi vosita hisoblanadi. Uy sharoitida tog‘rayhon o‘tidan dori-darmon tayyorlash uchun ikki choy qoshiq maydalangan tog‘rayhon 400 g qaynoq suvda damlanadi. Tayyorlangan damlamani bir sutka davomida iste’mol qilish mumkin. Tog‘rayhon moyini tayyorlash uchun bir qism maydalangan tog‘rayhon o‘tiga 0,5 litr zaytun yoki pista (kungaboqar) moyi bilan aralashtirilib, 8 soat davomida damlab qo‘yiladi. So‘ngra ezib dokadan o‘tkaziladi. Bu moy paxta pilikchaga shimdirilib, tish kavagiga qo‘yilsa, og‘riqqa barham beradi.

© Gulchehra UMAROVA, dorishunos.

"Sihat-salomatlik" jurnali

ico
Dushmanimiz o‘z ichimizda ( 3-qism )
Viktor Gyugo organizmimizdagi zaxarni: “Odam ichidagi ilon”,- deb shoirona ta’riflagan edi. Bu so‘zlar shoirona tashbih bo‘lsada, unda poeziyaga nisbatan xaqiqat ko‘proq. Men autointoksikatsiyani umrni uzaytirish va qartaymaslikning eng ashaddiy dushmani deb atagan bo‘lardim. U bizni, jismoniy tomondan ham ko‘ra ko‘proq ma’naviy jixatdan majruh etadi. Chunki u tananinggina emas, aqlning ham zaharlanishidir. Hatto ba’zan quvvat tiklansa-da, odamda shu quvvatning befoydaligi hissi saqlanib qolish mumkin. Shunday vaqtlarda inson, o‘ziga-o‘zi: “Mening eng yaxshi davrim o‘tib ketdi! Oldinda esa ko‘ngilsizliklardan boshqa narsa qolmadi. Qancha do‘stlar va qarindoshlar hayotdan ko‘z yumdilar. Ehtimol, endi mening navbatimdir”,- deyishga moyil bo‘ladi. Bunday o‘ylar kishini g‘amgin va tushkun holga soladi va aslo, sog‘lom hamda uzoq umr ko‘rishga xizmat qilmaydi. Intoksikatsiya (zaharlanish) oddiy holga aylanib qolgani va kam o‘rganilgani tufayli ham asrimizning ulkan dushmanidir. Yoqimsiz kayfiyat, bezovtalik, tajanglik, ruhiy zo‘riqish, keraksiz ko‘tarinkilik holatlari qonning nosog‘lom holatidan dalolatdir. Nekbinlik, ishonch, quvnoqlik, xotirjamlik bizga doimiy bo‘lmog‘i lozim. Biz esa, hatto omad kulib boqqan paytlarda xo‘mraygan va g‘amgin holda qolaveramiz. Omadsizlik onlarida esa o‘zgalarni matanotimiz bilan hayratga solamiz. Bu holatlarning sababini qonning tozaligi va notozaligidan deb tushunmoq lozim. Men hayotimni sevaman va a’lo darajadagi salomatlik bilan 120 yil va undan ko‘proq yashamoqchiman! Mo‘’jiza shundaki, men hayotimning har bir kunini o‘zim boshqaraman. Men hayotimga o‘zim xo‘jayin bo‘lishni xohlayman va har bir yashagan soatimni qadrlayman!

Aql tepasidagi qora bulutlar

Autointoksikatsiya (zaxarlanish) ning ko‘payayotganligi, o‘z-o‘ziga kuch to‘playotganligi chatoq xoldir. Uni yengish uchun ochlikka rioya qilish, to‘g‘ri tabiiy ochlik va sog‘lom xayot tarzi lozimdir. Agarda tanangiz zaxarlangan bo‘lsa, siz sababsiz tushkunlikka berilasiz va xafaqonlik bartaraf etishga layoqatsiz bo‘lib qolasiz. Lekin bir kuni siz ertalab uyqudan sog‘lom va bardam bo‘lib turasiz. Ko‘p mexnat sarf qilib, nixoyat siz dushmanni yengasiz. Gazetalar, radio, televideniya sizni bunday tushkunlikdan xalos etadigan vositalar borligidan xabardor etishadi. Bu mo‘jizaviy vositalarning qaysi biridan foydalangan maqul? Esda tuting: mo‘’jizalar bo‘lmaydi, jismonan va ma’nan sog‘lomlikka olib boradigan yengil yo‘l yo‘q!
Sizga berilgan jazo - yomon odatlar, Sizga berilgan buyuk mukofot - sog‘lom turmush tarzi.
Ona tabiat sizning o‘z tanangiznn istagancha jabrlashingizga yo‘l qo‘ymaydi. Xar safar “o‘lik” va jonsiz taom bilan tanangizga yetkazgan azoblaringiz uchun qimmat to‘lov berasiz. Albatta, badan xolatini unutish uchun og‘riq qoldiradigan biron dori-darmon ichish mumkindir. Lekin bola singari qandaydir yaramas narsani yeb olib, ustidan biror dori ichsam xammasi o‘tib ketadi, degan xom xayolga bormaslik kerak. Siz xar safar oshqozoningizni axlatxonaga aylantirganingiz uchun yanada katta to‘lov to‘lashingizga to‘g‘ri keladi. Bundan yurak va qon tomirlari azoblanadi. Har bir yangi zaharlanish xayotingiz qisqarishi uchun yana bir qadam demakdir. Xar bir intoksikatsiya o‘z izini qoldiradi va shuning uchun xam undan qo‘rqish kerak. Qoningizni ifloslantirmang. O‘zingizni autointoksikatsiyadan saklashga o‘rganing. Eng avvalo, xaftasiga bir marta 24 soatdan 36 soatgacha distillangan suv ichgan holda to‘liq och yurishni odat qiling. Boshqa vaqtlarda esa zaxarlanmagan tabiiy narsalarni iste’mol qiling. Aqlingiz tanangizni boshqarsin. TANANGIZ - NODON. Oshqozonni istagan narsa bilan to‘ldirishingiz mumkin, lekin endi, sog‘lom aql bilan qurollangach, aql bilan ovqatlaning. Endi siz yeydigan xar bir narsa, imkoni boricha, tabiatga yaqin bo‘lsin!

Nega o‘zimizni erta o‘ldirishimiz kerak?

Qatiy bilingki, autointoksikatsiya bizning daxshatli dushmanimiz. Barcha kasalliklarning bosh sababchisi shu, negaki, ularning xammasi xam qonning zaharlanishidan boshlanadi. U yurak, jigar, buyrak, bo‘g‘inlar va arteriyani ishdan chiqaradigan xastaliklarning sababchisi. Zaxarlanish, shuningdek, bevaqt qartayishga olib keladigan boshqa barcha sabablarni birga olganda ham bevosita bosh sabab bo‘lib qolavsradi. Qonni toza xolda ushlab turish, bu - xali yarim yumush. Siz oshqozonni tez-tez yangi-yangi ovqatlar bilan to‘ldirib, unga oldingilarini xazm qilishga ulgurmay turib, yana ish topib berasiz. Sizni ma’lum vaqtlarda ovqatlangin deb o‘rgatishgan, Och yoki  to‘qligingizga qaramay,  tushlik  bo‘ldimi,  siz  nimanidir oshqozonga tiqishingiz kerak. Bu ovqatlanishning daxshatli usuli bo‘lib, umuman ilmiylikdan yiroq va  aql  bilan tomoqlanishning eng so‘nggi yangiliklariga tamomila ziddir. Men yaqinda bir necha kun davom ettan   dengiz   sayoxatida bo‘ldim. Yo‘lovchilarning kayutalariga juda erta nonushta berishdi, biror soat yoki undan ko‘proq vaqt o‘tgach, tuzlangan cho‘chqa go‘shti, tuxum, issiq bulochkalar, qovurilgan non, murabbo, qovurilgan kartoshka va kofe bilan mexmon qilishdi. Keyin, soat o‘n birlarda palubada yengil ovqat ham berishdi. Soat birda katta tushlik tortildi. Soat 4 da pecheniye bilan kunduzgi choy, kech 7 da katta kechki ovkat va nixoyat 11 da 1 bufetda mexmondorchilik hoh ishoning,   hox ishonmang bir necha xafta ichida biz dengizda 9 kishini dafn etdik. Barchasi o‘zlarini zaxarlash bilan halok etdilar. Autointoksikatsiya! Siz meyoridan ortiq ovqatlansangiz, oshqozon va ichaklaringizda ozuqaning achish va chirish jarayonini sun’iy ravishda kuchaytirasiz, muvozanatning   o‘zgarishiga   olib   kelasiz   va   ichaklaringizda mikroblarning ko‘payishi uchun sharoit yaratasiz.

Zamonaviy hayot tarzi - o‘z-o‘zini asta-sekin o‘ldirish

O‘tib borayotgan yillaringizni xotirjam xisoblab yotib, beshikdan boshlaboq o‘zingizni alday boshlaysiz. Bilmaslik baxtidan mast bo‘lib, siz o‘zingizni ikki tomonidan yondirilgan sham singari xarob qilasiz. hatto, ayrim hollarda shamning o‘rtasidan xam yoqqingiz keladi. Bizga sog‘lom fikr yetishmaganligi uchun xam muddatidan oldin o‘lim topamiz. Sog‘lom tug‘ilgan va salomatlik xaqidagi ilmga muvofiq xayot kechirgan odam hech qanday qiyinchiliksiz 120 yoshgacha yashashiga ishonaman! Nega? Chunki qarilik degan kasallik yuq. Sizni o‘ldirishi mumkin bo‘lgan bitta narsa bor. Bu qandaydir aniq bitta kasallik. Agarda siz, bolalikdan boshlab, to‘g‘ri ovqatlansangiz va haftasiga bir marta va yiliga bir necha marta 10 kundan och yursangiz o‘limga olib boradigan kasal bilan og‘rishingiz ehtimoli keskin kamayadi. Bizning davrimizda bolalarni butunlay noto‘g‘ri ovqatlantirishadi. Birinchidan, onalarning ko‘p qismi bolalarini ko‘kraklaridan oziqlantirmaydilar, natijada, go‘daklar o‘zlariga eng kerakli oziq - ona sutini icholmaydilar. Go‘daklar shisha yoki bankadagi tozalangan oq un, oq qand va g‘oyatda xavfli tuz bilan to‘yintirilgan taomni iste’mol qilishadi. Hozirgi bolalarining tanasi go‘dakligidanoq buzila boshlaydi va muddatidan oldin keladigan halokatdan qochib qutula olmaydi. [su_quote cite="Bendjamin Franklin"]O‘n kishidan to‘qqizi o‘z-o‘zini o‘ldiruvchilar.[/su_quote] Salomatlik masalalariga oydinlik kiritishni istasangiz, atrofingizga qarang. Mamlakatning Sharqidan G‘arbiy qirg‘oqlarigacha masofadagi minglab kasalxonalarda 25 million amerikalik yotibdi. 300 000 vrach tuzalmaydigan bu bemorlarni davolayman deb sarson. 80 000 tish davolash vrachlari amerikaliklarga zarur xizmatning o‘ndan birini ham uddalay olmay jonlari halak. Ko‘plab bolalarning ishdan chiqqan va chirib qolgan tishlarini  ko‘rdim.  Ko‘pchiligi  20 yoshga  yetmayoq  protez tishlar qo‘yib olishgan. Biz o‘nglanmaydigan kasal, kasal millatmiz! Bizni sog‘lom va gullab yashnayotgan mamlakatda yashayapmiz, deb doimo aldashadi. Lekin raqamlar va dalillar aldamaydi. Yeyayotgan narsalaringiz, garchi ularni meyoridan ortiq yemagan bo‘lsangiz xam, sizga naf keltirmaydi. Sizning yeganlaringiz ishqorli reaksiyaga emas, kislotali reaksiyaga kirishadi. Fiziologiya, ovqatlanish va och yurishdan minimal tushunchaga ega bo‘lganingizda xam o‘zingizni halokatdan qutqargan bo‘lardingiz. Bilimsizlik - dahshatli dushman. Siz mikroblarni ko‘paytiruvchi fabrika bo‘lib yuraversangiz, sizda normal hayot bo‘lmaydi.

Qalin yog‘langan tovadan

Men janubda, Virdjiniyada tarbiyalandim. Daxshatli ovqatlanganman. To‘qson foiz ovqatimiz tovada tayyorlanardi: qovurilgan jo‘ja, qovurilgan go‘sht, cho‘chqa go‘shti, kartoshka, xullas barchasi qovurilgan. Buning ustiga, men quyuq qaymoq, krem, ko‘plab miqdorda pirojniylar, piroglar va murabbolar. O‘tmishimni eslar ekanman: yillar mobaynida autointoksikatsiyadan azoblanib yurganim va buni bilmaganimni ko‘raman. Xar xil qo‘zg‘atuvchi vositalardan tashqari ko‘plab zaharli moddalarni xam iste’mol qilgan ekanman. Mening holatim, ko‘pincha, ajdodlarimdan meros qolgan mustahkam sog‘lomlik darajasidan uzoq bo‘lardi. Men bir kunda normadagi sakkiz soat o‘rniga 10 soatlab uxlardim, bu ham autointoksikatsiya asoratidan edi. Shunday davomli uyqudan so‘ng ham men tetik bo‘lmas, lanj va bo‘shashgan xolda bo‘lardim. Og‘zimda esa achchiq bir ta’m bo‘lardi. Ko‘pchilik odamlar yashamayaptilar, balki faqat- mavjuddirlar. Ularning barchasining tanalari toksin moddalari bilan to‘lib ketgan va hayot ular uchun azobdan iborat. Kamdan-kam kishilar ertalablari  tetik turib, xayot deb    nomlangan sarguzashtlarini davom ettirish ishtiyoqida bo‘ladilar. Keling, yotog‘imizga bir nazar tashlaylik, axir, shu joyda quvvatimizga quvvat qo‘shamiz-ku. Yotoqxonamizni yanada sokin va bejirim qilaylik, biroq bu tong go‘zalligiga halal bermasin. Mashriqdan chiqqan quyoshning kunduzgi safarga otlanishidek oltin daqiqalardan bebaxra qolmaylik. Ertalab juda ko‘p yumushlarni bajarishga ulgurishingiz mumkinday tuyuladi. Shuning uchun xam erta turishga odatlaning. Bir-ikki kun xarakat qilsangiz, ko‘nikib qolasiz. Kunduzi esa biroz mizg‘ib olishga vaqt topsa bo‘ladi. Chunki erta turib kuningizni uzaytirdingiz, demak sizda vaqt unchalik tig‘iz emas. Ko‘pchilik spirtli ichimlik, tamaki, kofe, choy, koka-kola kabi qo‘zg‘atuvchilarni iste’mol qilishlari menga tushunarli. Ular autointoksikatsiya natijasida kechadigan dilgir va tushkunlik holati bilan kurashish uchun shunday qiladilar. Zaharlar keltiradigan dahshatlar xaqida yana bir qancha sahifalarni keltirishim mumkin edi. Mening qonim zaxarlangan va hayot daryosi bosh irmoqlaridayoq bo‘lg‘angan edi, xech kim bila turib toza irmoqni bulg‘amaydi, lekin biz o‘z xayotimizniig eng qimmatbaxo bir bo‘lagi bo‘lgan qonimizni ko‘ra bila turib ifloslantiramiz.

Zardobdan xalos bo‘lish

Qonimizda ishqorli ta’sir bo‘lishi kerakligini kashf etish uchun juda ko‘p yillar mehnat qilishimga to‘g‘ri keldi. Ko‘pchilikda esa zardobli reaksiya tarzida kechadi. Husnbuzardan tortib tumovgacha va bosh og‘riqdan to oshqozon illatigacha bo‘lgan xastaliklarning barchasi ishqorli ta’sir o‘rniga kislotali ta’sirning kuchayishi, ya’ni atsidoz tufayli sodir bo‘ladi. Asidozni, o‘z navbatida, autointoksikatsiya keltirib chiqaradi. Qonning shunchalar ifloslanganlik sharoitida kasallik tarqatuvchi mikroblardan qanday saqlanmoq mumkin? Biz o‘z e’tiborsizligimiz bilan mikroblarni qonimizda xuddi o‘z uyidagidek yashash muxiti, bizlarni ichdan yemirishiga qulay sharoitlar yaratib beramiz. O‘z vaqtida menda xam bo‘lganidek, bilmaslik tufayli savol tug‘ilishi tabiiy: “bu zardobni qanday yo‘q qilish mumkin? Qonimizni qanday tozalashimiz kerak?” Javob shunday bo‘ladi: “Qoningizni ishqorli komponentlar bilan boyitish xisobiga amalga oshirish mumkin”. Autointoksikatsiyaning birinchi belgilari ko‘ringandayoq uch-to‘rt kunlik ochlanish va zardobli reaksiya beradigan taomlardan tiyilgan holda, ishqorli reaksiya beradigan ozuqalar iste’moliga o‘tish lozim bo‘ladi“. ”Qaysi ozuqalar ishqorli reaksiya beradi?“, deb so‘raysiz. Asosan yangi uzilgan meva   va   sabzavotlar, ko‘katlar  qo‘shilgan  salatlar  bu talablarga javob beradi. Taomlaringizning 60 foizi sabzavot va mevalardan, tashkil topgan bo‘lishi lozim. Ovqatlanishingizdan oldin doimo pishirilmagan sabzavotlardan salat yoki meva tanovvul qiling. Bu ishqorli ozuqalar organizmingiz uchun juda katta axamiyatga ega. Ayrimlar sabzavot va mevalarni xush ko‘rmasliklarini aytishadi. Buning sababi qoningizda hali zardobli reaksiya mavjud, biroq ishqorli ozuqalar iste’moli qonni tozalay boshlaydi va siz bu sharoitga o‘rganib ketasiz, natijada bunday ozuqa vaqti kelib xushxo‘r taomga aylana boradi. Faqat darmonsizlangan va zaxarlangan organizmgina sabzavotli va mevali sog‘lom ozuqalarni qiyin qabul qiladi. Meyoridan ko‘p yeb, o‘zingizga jabr qilmang.    Ko‘p yeyish sizni muddatidan oldin o‘ldiradi.

Xom sabzavot va mevalar - tabiiy tozalagichlar

Agarda sizga ayrim xom sabzavot va mevalar ma’qul bo‘lmasa, bularning foydali va tozalovchi vosita ekanligini yana bir bor eslang. Toksinlardan to‘liq xalos bo‘lgunga qadar ulardan hech bo‘lmaganda oz-oz tanovvul qiling. Xaftalik 24 soatlik och yurish sizni zaharlardan xalos qiladi. Agarda 37 kun ochlanishga irodangiz yetsa, vujudingiz zararli narsalardan yuz foiz tozalanadi. Qaysi ozuqalar zardobli reaksiya beradi? Asosan qand, uglevodlar, kofe, choy, spirtli ichimliklar, unli taomlar, go‘sht va baliq- bu ozuqalarning hatto bir qismini tanovvul qilishni taqiqlashning o‘zi sizni vahimaga soladi. Lekin sog‘lom bo‘lay va umrimni uzaytiray - desangiz, bu amallarni qilmog‘ingiz shart. Asta-sekin bu sharoitga o‘rganganingizdan keyin oldingi daxshatli axvolingizni eslab, vaximaga xam tushib ketasiz. Azbaroyi odatdagi xolatga o‘rganib qolganingiz uchun xam yangi vazifalar qiyindek tuyuladi. Ishga bularni amalga oshirish unchalik qiyin emas, degan fikr bilan kirishing va bu jarayon ancha yengil kechadi. Aslini olganda asosan meva, sabzavot, salatlar, yong‘oq va mevalardan tashkil topgan parxezga rioya qilish unchalik qiyin emas. Mevalarning suvli va mazali ekanligi, salat turlarining ko‘pligi, sabzavotlar ro‘yxatining uzun va turlar ko‘pligiga hech kim e’tiroz bildirmasa kerak, albatta. Barcha yongoq va mag‘izlar shirin va to‘yimli. Yengil qovurilgan yeryong‘oq, bodom, yong‘oq, kungaboqar urug‘i xushxo‘r va foydali. Faqatgina shu ozuqalar bilan chegaralanish shart emas, agarda zardobingiz oshib ketsa, taomnomangizning asosiy qismi tavsiya etilgan ozuqadan iborat bo‘lishi lozim. Agar siz go‘shtni ko‘p iste’mol qilayotgan bo‘lsangiz, endi xaftada ikki-uch martadan oshirmaslik lozim. Ozgina noqulay bo‘lsa-da, ishqorli parxezga o‘tgan ma’qul. Bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, ko‘zning tinishi, og‘izning hidlanishi, jismoniy toliqish va miya charchashi kabi belgilar uncha xatarli bo‘lmasa-da, jiddiy xatarlarning xabarchilari hisoblanadi. Agar jigarda biror xatar yoki og‘riq sezsangiz, tezda yog‘ va go‘sht yeyishni to‘xtatganingiz ma’qul, lekin bu ham yetarli bo‘lmaydi. Kand va uglevodlarni xam iste’mol qilmang. Boshqacha aytganda, ularni tabiiy shaklda, ya’ni meva va sabzavotlardan olasiz. Oqsilga muxtojlik sezsangiz, uni istaganingizcha yong‘oq va kungaboqar urug‘idan olishingiz mumkin. Sizning ahvolingiz autointoksikatsiya holatining bir ko‘rinishi ekaniga shubha yo‘q. Agarda sizning hayotiy quvvatingiz ancha kamaygan va o‘zingizni tutib ololmayotgan bo‘lsangiz, yaxshisi, 36 soatlik yoki 3-4 kunlik ochlanish muolajasini bajaring. Toza suvdan boshqa hech narsa iste’mol qilmang. Bunday sharoitda men distillangan suv ichishni ma’qul ko‘raman. Sizning juda ovqat yegingiz keladi. Biroq bu xaqiqiy ochlik emas, balki organizmning ma’lum vaqtda oziqlanishga odatlanganligi natijasidir. Yana bir marta eslatishga ijozat bergaysiz: TANA - NODON. Uning xohishlari shunchalik ko‘pki, uni o‘z xoliga qo‘yib bo‘lmaydi. Tanani aql nazorat qilmog‘i lozim. Och yurish shijoat va iroda kuchini talab etadi, bu aqlning tana bilan kurashidir. Men o‘zimning birinchi to‘rt kunlik ochlanishimni juda yaxshi xotirlayman. O‘sha vaqtda menga shveysariyalik doktor A.Rolls raxbarlik qilgan edi. O‘shanda sil kasali bilan kurashdim va bir yil davomida sanatoriyada bo‘ldim. Doktor A. Rolls meni qiyin sinovlar kutayotganini aytdi va xaqiqatda ham shunday bo‘ldi. Mening mehribon shifokorim xar kuni peshoblarimni olib qo‘yishimni tayinladi. Doktor aytganidek, har kuni peshobimni shishalarga solib, xonamdagi tokchalarga terib qo‘yar va kuzatardim. Peshob sovigani va tingani sari tanamdan qanchalar ko‘p begona moddalar chiqayotganini ko‘rardim. Bemorga shifokor yoki ochlik bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis kuzatuvisiz och yurish mumkin emasligi doimo yodda tutilsin. Men ochlanishni tugattanimdanoq parhezga o‘tkazishdi. Ovqatim xom sabzavot, meva xamda qaynatilgan sabzavot. Ochlikdan keyin taxminan ikki haftalar o‘tgach, o‘zimda shunday bir yengillik va xushhollik sezdimki, bunday holat xayotimda hech qachon bo‘lmagandi. O‘shandan buyon mening salomatligim va yashovchanligim tez sur’atlarda yaxshilana bordi. A.Rollye raxbarligida men yana bir necha marta och yurdim. U menga 24 soatlik ochlikni o‘rgatdi, keyingi 9 oy davomida uning rahbarligida 7, 14, 21 kunlik ochlanishlarni o‘tkazdim. Ochliklar orasida parhezga rioya qildim.

Oshqozondagi ishqorli reaksiyaga yordam bering

Oshqozonda kislotali reaksiya zararli ekan, demak undan ehtiyot bo‘lmoq lozim. Siz qachondir: ”Mening ozroq mazam bo‘lmay turibdi, rangim oqargan, bo‘lib turadi, hayot o‘zi shunday“,-deganmisiz? Bu noto‘g‘ri. Siz doimo yaxshi kayfiyatda bo‘lishingiz mumkin. Tanangizga doimiy g‘amxo‘rlik qiladigan bo‘lsangiz, uni doimo a’lo darajada ishlaydigan mexanizm deyish mumkin. Asidoz (kislotaning oshib ketishi) ning birinchi belgilariga diqqat qiling. Tildagi sarg‘ishroq rang, asabiylik, yuzning qizarishi kabi belgilarni e’tiborsiz qoldirmang. Bular xatar qo‘ng‘iroqlari, ehtimol, ular buguncha ko‘zga yaqqol tashlanmas, lekin ertaga o‘zini ko‘rsatadi. Asidoz - makkor, u to‘planayapti. Ertaga emas, aynan bugun o‘zingizni qutqarmog‘ingiz lozim. Axir, hayot - bu o‘zini ximoyalash demakdir. Dushmaningiz qandaydir qo‘shimcha imkoniyatlarga ega va qaysidir ma’noda taktikasi zo‘r bo‘lsa, siz strategiyada tashabbusni qo‘lga olmog‘ingiz lozim. Siz ancha kuchli bo‘lgan  dushman  bilan   olishmoqdasiz.   Siz   nakaut bo‘lishingiz ham mumkin, lekin jangning o‘n raundgina davom etishi xam yoki barcha yigirma raund cho‘zilishi xam sizga va faqat sizga bog‘liq. Asidozning oqibatlari va keltiradigan barcha sho‘rishlar xaqida bilishingiz lozim. Shu jumladan, u sharoit yaratib beradigan mikro organizmlar xaqida xam bilmoq lozim bo‘ladi. Asidoz surunkali tus kasb etsa, arterial qon bosimining doimiy ko‘tarilishiga va arteroskleroz (arterial qon tomirlarining qochib ketishi) ga olib keladi. Shunday qilib, zanjir halqasi bekiladi: ovkatning kislotalanishi - autointoksikatsiya - arterial qon bosimining ko‘tarilishi - muddatidan oldin o‘lim. Ayrimlar ovqatlanishingizni ko‘rib ”g‘alati odam“ desalar xam e’tibor qilmang. Ana shu ”g‘alatilik" sizni go‘rdan saqlashi esingizda tursin. Yuz foiz normal odamlar, mayli, kulishsin. Siz oxirida kulasiz. Birinchi qo‘ng‘iroqdayoq kartoshkadan pomidorga, pishloqdan mevaga o‘ting. Agar qondagi reaksiya muvazonatini saqlash imkoni bo‘lmasa, uning ishqorli bo‘lgani ma’qul, lekin hech qachon zardobi oshib ketishiga yo‘l qo‘ymang. Uning belgilari qancha kam ko‘zga tashlansa, xavf-xatar shuncha kuchli bo‘ladi. Yengil, lekin surunkali atsidoz bilan og‘rish kishi tanasini xar xil buzilishlar, kasallik va muddatidan oldin o‘limga olib kelishi mumkinligini juda ko‘pchilik tasavvur xam qilmaydi.

© Pol Bregg «Ochlik mo’jizasi» kitobi. 3-qism. Ziyouz.uz

ico
Dermatit qanday kasallik?

Dermatit teri qoplamasining yalligʻlanish kasalliklaridir. Dermatitlar terining qaysi sohasi va yalligʻlanish sababiga qarab tasniflanadi. Sogʻlom odam teri qoplamasi himoya funksiyasiga ega, ammo uzoq muddat taʼsir etgan patologik omil natijasida terining himoya funksiyasi buziladi, immunitet pasayadi va turli xil koʻrinishdagi dermatitlar kelib chiqadi.

Dermatitlarga atopik dermatit, oddiy va allergik kontakt dermatit, aktinik dermatit, medikomentoz dermatit va boshqalar kiradi. Barcha dermatitlar umumiy davo muolajalari dermatitni chaqiruvchi omilni bartaraf etish, mahalliy yalligʻlanishga qarshi vositalardan foydalanish va detoksikatsiya chora tadbirlarini oʻz ichiga oladi. Kontakt dermatit sabablari teri bilan kontaktda boʻladigan har qanday jism boʻlishi mumkin: fizik, kimyoviy, biologik va mexanik.

dermatit
Foto: Shutterstock.com

Terining kuchli qoʻzgʻalishi natijasida terida yalligʻlanish jarayoni boshlanadi, bu allergik koʻrinishida yoki mexanik yalligʻlanish koʻrinishida kechishi mumkin. Kasallik klinik belgilari kontaktda boʻlayotgan qoʻzgʻatuvchi omil turiga, uning teriga taʼsir etib turish davomiyligiga va bu moddaning oʻziga xosligiga bogʻliq boʻladi. Yaʼni, dermatit yengil teri qizarishi yoki chuqur yarali oʻzgarishlar koʻrinishida kechishi mumkin.

Allergiyaga moyil boʻlgan insonlarda qoʻzgʻatuvchi omil taʼsirida allergik kontakt dermatit yuzaga chiqadi. Antigen bilan kontakt boʻlganda sekin kechuvchi tipdagi javob reaksiyasi kelib chiqadi, allergen derma hujayralari bilan aloqaga kirishadi, yaʼni organizm immun tizimi ushbu allergenni eslab qoladi, xuddi shu antigen teriga qayta taʼsir etganda terida yalligʻlanish jarayoni boshlanadi yoki dermatit kelib chiqadi. 

Allergik dermatitlar organizm immun tizimi sezuvchanligiga qarab tez yuzaga chiqishi yoki bir necha kunlarda namoyon boʻlishi mumkin. Bu qondagi antitelolar konsentratsiyasiga bogʻ​liqdir.

Allergik dermatitlar rivojlanishida bemorning nasliy moyilligi birinchi oʻrinda turadi, ulardan anamnez yigʻilganda yaqin qarindoshlar orasida yoki oʻzida allergik xarakterga ega boʻlgan kasalliklar uchraydi (bronxial astma, pollinoz).

Ayollarda kortikosteroidlar yordamida teridagi turli xil husnbuzarlarni davolash natijasida teri tuzilishi va ter bezlarining kimyoviy tarkibi oʻzgaradi, natijada perioral va periorbital dermatitlar shakllanadi, chunki ogʻiz atrofida va koʻz sohasidagi teri juda sezuvchandir.

Bolalarda perioral dermatit soʻlak ajralishi koʻp boʻlgan bolalarda va tishlar chiqayotgan vaqtda kuzatiladi. Perioral dermatitlar rivojlanishida oshqozon ichak tizimi kasalliklari, gormonal oʻzgarishlar, organizmdagi surunkali infeksiya oʻchoqlarining roli katta. Buliyemiya yoki nevrologik oʻzgarishlar kuzatiladigan bemorlarda perioral dermatitlar koʻp uchraydi, buning sababi oshqozon suyuqligining doimo ogʻiz boʻshligʻiga chiqishi va koʻp qayt qilishdir.

Erta va oʻrta yoshdagi bolalarda anamnezida allergik kasalliklarga moyillik va noratsional ovqatlanish natijasida atopik dermatit kuzatiladi. Atopik dermatit surunkali kechadi. Katta yoshli insonlarda esa atopik dermatit noqulay sharoit natijasida xuruj qilishi mumkin.

Dermatit belgilari

Dermatit belgilari kasallikning ogʻirlik darajasiga qarab turli xil namoyon boʻladi. Oddiy kontakt dermatitda teri biroz qizaradi, mahalliy harorat oshadi, infiltratsiya jarayoni kechadi, koʻpchilik bemorlarda yalligʻlangan sohada qichishish hissi seziladi. Ammo, uzoq muddat taʼsir etgan omil natijasida terida yarali-nekrotik oʻzgarishlar, namlangan pufakchalar hosil boʻlishi mumkin.

Kontakt dermatitda kuzatiladigan belgilar (qizarish, shish) faqatgina omilning kontakt boʻlgan sohasidagina chegaralangan koʻrinishda namoyon boʻladi, bu xususiyat allergik dermatit bilan differensial diagnoz qilish uchun muhim hisoblanadi.

Allergik dermatit kechishi oʻtkirroq, shish va qizarish kuchli namoyon boʻladi, qichishish hissi ham bezovta qiladi. Allergik dermatitning oʻziga xos xususiyati shundaki, toshmalar va qizarishlar terining allergen bilan kontaktda boʻlmagan sohalarida ham yuzaga chiqadi.

Perioral dermatit – ogʻiz atrofida, lunjlarda, iyakda kichik tugunchalar va ularning yiringlab turishi bilan namoyon boʻladi. Bu dermatit uzoq muddat davom etadi, toshmalar doimiy xarakterga ega boʻladi, qichishish hissi kuchli boʻladi, terining qurishi va yoriluvchanligi ham bemorda diskomfort hissini uygʻotadi. Yosh ayollarda kosmetik jihatdan kamchilik boʻlishi psixologik oʻzgarishlarga ham sabab boʻladi.

Atopik dermatit tirsak, tizza boʻgʻimlarida, dumba va yuz sohasida eritematoz toshmalar toshishi, ularning ekssudatsiyasi va vezikulalar hosil boʻlishi bilan ajralib turadi. Katta yoshli insonlarda atopik dermatit xuruj vaqtida papulyoz toshmalar quruq teri sohasida ham paydo boʻladi.

Dermatit sabablari

Dermatit kelib chiqishida ekzogen va endogen omillar taʼsiri asosiy oʻrinni egallaydi. 

Ekzogen omillarga mexanik taʼsir, yaʼni uzoq muddat ezilib turish shish va yoriqlar hosil boʻlishiga olib keladi. Yuqori harorat, ultrabinafsha nurlar, radioaktiv va rentgen nurlari ham dermatit rivojlanishida muhim oʻrin egallaydi. Kimyoviy moddalar taʼsiri natijasida kontakt dermatitlar kelib chiqishi ogʻir metallar, kislota, ishqor, xoʻjalik vositalar tufayli sodir boʻladi. Ayrim oʻsimliklar, zamburugʻlar, bakteriya va viruslar ham dermaning mahalliy yalligʻlanishiga sabab boʻladi.

Endogen omillar terining himoya funksiyasini pasaytiruvchi holatlar, misol uchun gipo va avitaminoz, metabolizm buzilishi, endokrin buzilishlar (Addison kasalligi va sklerodermiya), antibiotiklarni uzoq muddat qabul qilish, novakain saqlovchi preparatlarni qabul qilish ham medikomentoz dermatitga sabab boʻladi.

Allergik tipdagi dermatit ovqatlanish tartibi buzilishi natijasida kelib chiqadi. Kasallikda autointoksikatsiya jarayoni kechadi, bu esa dermatit koʻrinishida ham namoyon boʻladi. Bunda teri quruq, yoriluvchan va kuchli qichish hissi bilan yuzaga chiqadi.

Perioral dermatit kosmetik vositalardan tartibsiz foydalanish natijasida, gormonal preparatlarni mahalliy qoʻllashda xatoga yoʻl qoʻyish, baʼzida oʻzida ftor saqlovchi tish pastalaridan foydalanish ham dermatit rivojlanishiga sabab boʻladi.

Atopik dermatitning asosiy sababi oziqlanish tartibining buzilishi, homiladorlik vaqtida ayolning notoʻgʻri ovqatlanishi, ruhiy psixologik oʻzgarishlar va allergik kasalliklar boʻlishi mumkin. Statistika maʼlumotlariga qaraganda atopik dermatit kasalligi astenik tana tuzilishidagi insonlarda, oshqozon ichak tizimi bilan bogʻ​liq kasalliklar, fermentlar faolligi sust insonlarda, diskineziya va disbakterioz holatidagi insonlarda koʻp uchraydi.

Dermatit diagnostikasi

Qoʻzgʻatuvchi omil va klinik belgilarning oʻzi ham baʼzida dermatit kasalligi diagnozini qoʻyish uchun yetarlicha boʻladi. Laborator tekshiruvlardan qon analizi (qonda eozinofil miqdori oshadi), qondagi immunoglobulin konsentratsiyasi oshganligi va teri allergik sinamasi oʻtkaziladi. Qoʻshimcha ravishda gastroenterolog, terapevt, allergolog va boshqa mutaxassislar tekshiruvlari ham kerak boʻladi.

Dermatit davosi

Dermatitni davolashda eng avvalo dermatitga sabab boʻluvchi omil taʼsirini bartaraf etish kerak boʻladi. Gipoallergen diyeta teri holatini yaxshilaydi. Qichishish, infiltratsiyani va shishni kamaytirish uchun antigistamin preparatlar buyuriladi.

Intoksikatsiyani bartaraf etish uchun dezintoksikatsion davo – faollashtirilgan koʻmir, natriy tiosulfat qoʻllash ham mumkin. Dermatitlarni mahalliy davolash maqsadida gormonal mazlardan foydalaniladi. Agar toshmalar pufakli, yoriluvchan boʻlsa, antiseptik eritmalar bilan qayta ishlanadi. Bunda yorilgan pufakchalar usti yod eritmasi bilan qayta ishlanmaydi, yaraning yonlarigagina yod eritmasi surtish mumkin.

Dermatit kasalligida doimiy qichishish hissi nevrologik oʻzgarishlarga sabab boʻladi. Bunday vaqtda yengil taʼsirga ega boʻlgan sedativ vositlardan foydalanish mumkin, ayniqsa oʻsimliklardan tayyorlangan tinchlantiruvchi vositalarning organizmga nojoʻya taʼsirlari kam. Masalan, pustirnak, valeriana, piona eritmalari.

Agar dermatitning asosiy sababi oshqozon osti beiz disfunksiyasi boʻlsa, qoʻshimcha ravishda ferment preparatlar buyuriladi. Disbakteriozni bartaraf etish uchun esa ovqatlanish ratsionida sut mahsulotlari koʻproq isteʼmol qilish hamda probiotiklar qabul qilish tavsiya etiladi.

Dermatit profilaktikasi

Toʻgʻri ovqatlanish ratsioniga amal qilish, shaxsiy gigiyena qoidalari va organizmning sanitar-gigiyenik holatini normada saqlash dermatit kasalligining asosiy profilaktik chora tadbirlari hisoblanadi. Ovqat ratsionidan sitrus mevalar, shokolad, yongʻoq, baliq va baliq mahsulotlarini cheklash kerak boʻladi.

Kofe, kakao, achchiq mahsulotlar, sirka va mayonez kabi mahsulotlar ham dermatit kasalligi rivojlanishiga sabab boʻlishi mumkin. Yangi mevalar, koʻkatlar, sut va sut mahsulotlari isteʼmol qilish dermatit kasalligini davolashda medikomentoz davo samarasini oshiradi.

ico
Depressiyadan osonlik bilan chiqish uchun ...
Psixologlarga eng ko‘p beriladigan savol qaysi, bilasizmi? Bu - “Depressiyadan qanday chiqish mumkin?” degan savol. Bunday savol beruvchilarning hammasi ham depressiyaga chalingan deyish noto‘g‘ri. Ba’zi odamlar shunchaki yomon kayfiyat yoki ma’yuslikni depressiya bilan adashtirishadi. Biroq vaqtida davolamasa, depressiya yengil shakldan suitsid shaklga o‘tishi ham mumkin.

Dam oling

Agar sizning depressiyangiz charchash natijasida yuzaga kelgan bo‘lsa, hech narsaga e’tibor bermay dam oling. Dam oling Ikki haftalik otpusk olib, uni butkul o‘zingizga bag‘ishlang: kitob o‘qing, yaxshilikka chorlovchi filmlar ko‘ring, do‘stlaringiz bilan muloqot qiling, to‘yguningizcha uxlang, o‘zingiz yoqtirgan shirinliklardan iste’mol qiling.

Sayohat qiling

Sharoitni o‘zgartirish va yangi yoqimli taassurotlarga ega bo‘lish har bir insonga kerak, qiyin kunlarni boshdan kechirayotganlar uchun esa ular hayotiy muhim ahamiyat kasb etadi. sayohat qiling Sayohat yo‘nalishini moliyaviy ahvolingizdan kelib chiqib tanlang: xorijdagi dam olish zonalarida orom olish yaxshi, albatta, ammo vatanimizda ham maroqli hordiq chiqarish mumkin.

O‘z xobbingizga ega bo‘ling!

Sevimli ish bilan shug‘ullanish va o‘xshash fikrlovchi kishilar bilan hamsuhbat bo‘lish har qanday kasallikni davolaydi hamda kayfiyatni ko‘taradi.

Muloqot qiling!

Do‘stlaringiz, qarindoshlaringiz va o‘zingiz xush ko‘rgan insonlar bilan muloqot qiling. Faqat ular bilan suhbatlashganda tushkunlikka olib keluvchi mavzulardan qoching.

O‘yin-kulgu qiling va hayotdan zavq olib yashang!

Har bir insonning hayotdan zavq olib yashashi uning o‘ziga bog‘liq. Shunday ekan, ortiqcha qayg‘uga berilmay, hayotingizdagi har bir voqeadan foydali xulosa chiqaring.

O‘zingizga yoqqan narsalarni xarid qiling!

Anchadan beri sotib olishni istayotgan buyumlaringizni sotib olsangiz, kayfiyatingiz ko‘tarilishi shubhasiz. Sport bilan shug‘ullaning! Zero, sog‘lom tanda - sog‘ aql, depressiya va boshqa ruhiy xastaliklarga esa bu yerda o‘rin yo‘q.

Diqqatingizni jamlang!

Ish, oila - farqi yo‘q, o‘zingiz uchun muhim bo‘lgan narsaga e’tiboringizni qarating. Bu sizni chalg‘itib, zulmatdan olib chiqishga yordam beradi. Miyangizni kemirayotgan “xasta o‘y”ni topib, undan xalos bo‘lishga harakat qiling. Bu axir sog‘lig‘ingizni ketkazishingizga arzimaydi-ku! Ijobiy fikrlashni hamda hayotdagi katta va kichik xursandchiliklarni ko‘rishni o‘rganing! Qisqa qilib aytganda, optimist bo‘ling!

O‘zingiz ustingizda ishlang, shaxs sifatida rivojlaning!

Omadli kishilar omadsizlarga qaraganda melanxoliyaga kamroq duchor bo‘lishadi. Shuni unutmang-ki, bularga faqat depressiyadan chiqish uchun emas, balki muntazam ravishda rioya qiling.

© Xabardor.uz nashri.