Tuxum po‘chog‘i xosiyatlari
Ma’lumki, kalsiy va kremniy almashinuvi buzilishi ko‘pincha raxita, tishlarning noto‘g‘ri o‘sishi, suyaklarning mo‘rtligiga sabab bo‘ladi, kamqonlik, allergiya, labdagi uchuq, shamollash kabi kasalliklar bilan birga kechadi; ayollarda bunga beli, tug‘ruq davrida to‘lg‘oqning kuchsizligi, bachadon mushaklari atoniyasi qo‘shiladi.
Buzilgan kalsiy almashinuvini tiklash qiyin. Negaki, tarkibida kalsiy bo‘lgan tayyor preparatlarni ichish kalsiyning yomon hazm bo‘lishini ko‘rsatmoqda. Tuxum po‘chog‘i nafaqat kalsiyni yaxshi singdiradi, balki tarkibida organizm uchun zarur elementlar ko‘p: kremniy, mis, magniy, temir, marganes, molibden, ftor, fosfor, oltingugurt, rux – jami 27 ta element. Tuxum po‘chog‘i tarkibi odam suyagi va tishi tarkibi bilan hayratlanarli darajada mos keladi. Bundan tashqari, ilikning qon hosil qilish funksiyasini oshiradi.
Taomga maydalangan tuxum po‘chog‘ini qo‘shish soch va tirnoqlar sinuvchanligining, milk qonashining, qabziyat, jizzakilik, uyqusizlik, astma, eshak yemning oldini oladi. Tuxum po‘chog‘i terapiyasi, ayniqsa, homiladorlarga, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga, shuningdek, o‘smir va yoshlarga juda foydali. Kattalar umurtqa kasalligi, tish kariyesi va osteoporozning oldini olish uchun yiliga ikki marta tuxum po‘chog‘i terapiyasini o‘tkazish foydali.
Tuxum po’chig’ini qanaqa yo’lla bilan iste’mol qilsa bo’ladi?
Qaynatma holatida ichish mumkin hamda ovqatga maydalab solib ichish ham mumkin (Yosh bolalarga mumkin emas!)
Tuxum puchogini qatiq bilan qushib istemol qilsa buladimi
kaynatib fakat suvni ichish kerakmi pustini xam ysa buladimi
Tuhum po’chog’i bo’yni o’stiradi deb eshitganman shu rostmi maslahat bering?
Tuxum po’chog’i asosan suyaklarni mustahkamligini tamonlashda ishlatiladi. Bo’y o’sishiga u darajada ijobiy ta’sir qilmasa kerak.
1,5 yoshli bolaga bedona tuxumini bersa bo’ladimi. Oldindan raxmat.
Qaynatib suvini ichish kerakmi yoki po’stini