Maqolada teri uchun eng foydali bo‘lgan oziq-ovqatlar va ularning xususiyatlari bilan tanishasiz. teri uchun foydali mahsulotlar-min

O‘simlik va yong‘oq yog‘lari

Tozalanmagan yog‘larning hammasi foyda keltiradi: ularning tarkibi organizmga ichkaridan ham, tashqaridan ham ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi to‘yinmagan yog‘lardan iborat. Zaytun yog‘i va uning muhim xususiyatlari haqida hamma biladi. Lekin boshqa yog‘larning borligini ko‘pchilik bilmaydi: zaytun yog‘idan qolishmaydigan va ancha arzonroq turadigan xantal yog‘i; uzum danaklari va oshqovoq urug‘laridan olingan yog‘lar; zig‘ir, kunjut, bodom yog‘lari va boshqalar. Bu yog‘larning hammasi — vitaminlar, mikroelementlar va minerallar koni hisoblanadi. Masalan, uzum danaklaridan olingan yog‘ tarkibidagi xlorofill moddasi terini ajoyib tarzda taranglashtiradi va yaralarning bitish jarayonini faollashtiradi, zig‘ir yog‘ining tarkibidagi fitoestrogenlar esa ayollar sog‘lig‘ini saqlashda asosiy rollardan birini bajaradi.

Dengiz mahsulotlari

Agar siz teringizdagi muammolar bilan kurashayotgan bo‘lsangiz, unda taomnomangizda dengiz balig‘i, mayda qisqichbaqalar, sakkizoyoqlar va boshqa dengiz mahsulotlari bo‘lishi kerak. Chunki, dengiz mahsulotlari teri sog‘lom bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan yog‘ kislotasi omega-3 dan tashqari uning chiroyli rangi uchun javob beruvchi yodga ham boydir.

Ko‘katlar

Petrushka, shivit, kinza, rayhon va boshqa ko‘katlar organizmni deyarli hamma elementlar bilan ta’minlaydi. Salatlarga, birinchi va ikkinchi ovqatlarga ham petrushka yoki shivitlardan biroz qo‘shing. Lekin shuni esingizda tuting: C vitamini kislorod bilan aloqa qilishda tez buziladi, shuning uchun yangi tayyorlangan salatni sovitgichda saqlamang — birdan iste’mol qiling. C vitamini metall bilan aloqa qilganda ham xuddi shunday hodisa yuz beradi, shuning uchun ko‘katlarni sopoldan yasalgan pichoq bilan to‘g‘rang.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Terining turiga qarab yuzni parvarishlashda nimalarga ahamiyat berish kerak?

© Wmj.ru / Daryo.uz