"N" Harf bo'yicha qidirish

MAQOLALAR

ico
Nafas qisishidan ehtiyot bo‘ling!

Nafas qisishini keltirib chiqaruvchi bir qancha omillar mavjud. Masalan, fiziologik (tabiiy) nafas qisishi zinapoyadan tez chiqqanda yoki shoshib, yugurganda yuzaga keladi. Mushaklarning tez qisqarib bo‘shashi qondagi kislorod miqdoriga bo‘lgan talabni bir necha marotabagacha oshirib yuboradi. Bosh miya esa kislorod yetishmovchiligini reflektor yo‘l bilan tez nafas olish orqali qoplashga harakat qiladi.

Fiziologik nafas qisishi yigirma daqiqadan so‘ng o‘tib ketsa, organizm uchun xavf tug‘dirmaydi. Ammo 2-qavatga yurib chiqqaningizda uzoq vaqt nafasingiz qisa boshlasa, demak tananing jismoniy holati havas qilgudek emas. Tana holati me’yorda bo‘lganda nafas qisishi kam vaqt kuzatiladi va yaqqol namoyon bo‘lmaydi.

Ochiq havoda muntazam jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanilsa kishi o‘zini ancha yengil sezadi. Bunday mashqlar nafas ritmi va yurak urishi tezlashishiga olib kelib, nafas olish hamda yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi. Har kuni yarim soat muntazam ravishda tez-tez qadam tashlab piyoda sayr qilish ham yaxshi natija beradi. Shuningdek, zinadan 3-4-qavatlarga sekin chiqib-tushish ham foyda beradi.

Hissiy zo‘riqish ro‘y bersa

O‘ta qattiq hayajonlanish, vahima bosishi, qattiq jahl va qo‘rquv adrenalin gormoni ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Adrenalin qonga tushgach, o‘pkada me’yordagidan ko‘p havo aylanadi, oqibatda nafas siqilishi ro‘y beradi.

Hissiy zo‘riqish tufayli yuzaga kelgan nafas qisishining salomatlik uchun deyarli zarari yo‘q. Lekin vahima xurujlari (vegetativ kriz) kuzatilganda bemor mutaxassis shifokorga uchrashishi zarur. Vegetativ kriz paytida kishi o‘z-o‘zidan vahima va qo‘rquvga beriladi, bu holat esa biror kasallik, masalan, vegetativ-qon tomir distoniyasining belgisi bo‘lishi ham mumkin.

Nafas qisishining yana bir sababi kamqonlik (anemiya) kasalligi bo‘lishi ham mumkin. Temir ionlari qonning kislorod bilan to‘yinishi, to‘qimalar orqali nafas olishini ta’minlab, qon yaratilishida muhim rol o‘ynaydi. Temir ionlari yetishmaganda organizmda gipoksiya (to‘qimalarda kislorod yetishmasligi) rivojlanadi. Bunga javoban o‘pkamiz bilan zo‘riqib nafas olish yuzaga keladi. Anemiyada ovqatlanishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish kerak. Shifokor buyurgan dori vositalar va ovqatlar tarkibida temir organizmga yaxshi so‘rilishi uchun bemorga temir saqlovchi dorilar bilan birga vitamin C ham buyuriladi.

Ortiqcha vazn to‘planganda

Kishida ortiqcha vazn to‘plansa, qalin yog‘ qavati o‘pka va yurakni hamma tomondan o‘rab olib, me’yoriy nafas olishga xalaqit beradi. Bundan tashqari ortiqcha vaznga ega odamlarning yuragi ham zo‘riqib ishlaydi. Natijada kerak bo‘lgan muhim a’zolarga me’yordagidan kamroq miqdorda kislorod yetib boradi.

Ortiqcha yog‘ to‘qimasidan xalos bo‘lishda parhez va jismoniy harakatlar yordam beradi. Jismoniy mashqlarni oddiydan murakkabga qarab, sekin-asta ko‘paytirib borish lozim. Aks holda mashq paytida odam hushini yo‘qotishi ham hech gap emas.

O‘pka, yurak-qon tomir yetishmovchiligi

Nafas a’zolari kasalliklari tufayli kelib chiqadigan nafas qisishi inspirator va ekspirator turlarga bo‘linadi. Inspirator nafas qisishida bronxlardagi shilliq va balg‘am yoki o‘pkadagi o‘sma sababli nafas olish qiyinlashadi. Ekspirator turdagi nafas qisishida bronxial astmada bronxlar muskulaturasi spazmi tufayli nafas chiqarish qiyinlashadi. Umumiy amaliyot shifokori va pulmonolog ko‘rigidan o‘tish va nafas yo‘llari kasalligini davolash orqali nafas qisishidan xalos bo‘lish mumkin.

Ko‘pincha toj arteriyalar spazmi yoki obstruksiyasida ham nafas qisishi mumkin. Yurakning ishemik kasalligi tufayli nafas qisishi kutilmaganda paydo bo‘ladi, bemorga havo yetishmayotgandek tuyuladi, ko‘krak qafasining chap qismida og‘riq turib, pastki jag‘ va qo‘lga ham o‘tishi mumkin.

Yurak yetishmovchiligi tufayli nafas qisishi odam past yostiqda yotganida boshlanib, bosh va tanani biroz ko‘targanda o‘tib ketadi. Keskin paydo bo‘lib, bo‘g‘ilishga aylanib ketadigan nafas qisishi yurak astmasi uchun xos belgi. Odatda bunday xuruj kechasi bezovta qiladi, bemorning rangi oqaradi, badanini muzdek ter bosadi, qon bosimi tushib ketadi, bezovtalanadi, nam xirillashlar paydo bo‘ladi.

Kutilmaganda kuchayib boruvchi nafas qisishi ro‘y bersa darhol tez tibbiy yordamni chaqirish zarur. Chunki bu xol organizmdagi a’zolar ishining jiddiy buzilishidan darak berishi mumkin. Elektrokardiografiya o‘tkazilib, tashhis qo‘yilgach, shifokor davolash tartibini belgilaydi.

© Nigora TURSUNOVA,
shifokor.
"Sihat-salomatlik" jurnali.

Gripp va yuqori nafas yo'llarining infeksiyalarini alomatlarini davolash uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Griphotdir.

Griphot bu – alohida paketlarga qadoqlangan eriydigan granulalar.

Har bir paket tarkibi:

Faol moddalar: parasetamol - 500 mg, fenilefrin gidroxlorid - 10 mg, oksalamin sitrat - 100 mg, xlorfeniramin maleat - 2 mg; Yordamchi moddalar: tartarik kislota, limon kislotasi, natriy gidrokarbonat, natriy karbonat, xinolin sarig'i, limon lazzati, Kollidon K-30, saxarin, saxaroza.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi - https://apteka.uz/product/gripkhot

Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Teraflyu, Rinil hotmiks, Insti, Sinupret ekstrakt, Rinomaks, ASS va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Nega chivinlar aynan sizni chaqadi? Qoningiz shunchalik «shirin»mi?

Nega chivinlar ba’zi insonlarni chaqadi-yu ba’zilarni esa yo‘q. Buning ko‘plab farazlari mavjud. Taxminlarga ko‘ra, pivoni xush ko‘ruvchi, to‘ladan kelgan odamlar karbonat angidrid va terni ko‘p ishlab chiqargani sabab chivinlarni o‘ziga jalb etadi.

Nega chivinlar ba’zi toifadagi odamlarga hujum qiladi?

Avvalo terimizga yaqinlashgan chivinlar nimani xohlashini bilib olishimiz kerak Chivinlarning faqatgina urg‘ochisi chaqishini bilasizmi?

Ular nasl qoldirishi, tuxumlarini oziqlantirish uchun sut emizuvchilar qoni bilan oziqlanishi kerak. Ularning barcha turdagi erkaklari o‘simliklar bilan oziqlanib, qon so‘rmaydi.

Urg‘ochi chivinlar kelajak nasli uchun eng yaxshi qonni tanlaydi. Ma’lum bo‘lishicha, har bir insonning o‘ziga xos hidi bor. Chivinlar esa o‘zlari uchun ideal hid qanday “jaranglashi”ni biladi. Chivinlar uni 30 metr naridan seza oladi.

Tasavvur qiling, odam organizmida 100 trillionga yaqin mikroblar mavjud. Ushbu mikroblar immun tizimining asosiy qismi hisoblanadi, shuning uchun suvda tez-tez yuvinish chivinlar sizni chaqmasligida yordam bermaydi.

Qon guruhi ham muhim

Agarda chivinga sizning hidingiz yoqib qolgan bo‘lsa, u sizni tinch qo‘ymaydi. Bundan tashqari, o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki chivinlar ko‘proq I qon guruhiga ega insonlarni II qon guruhiga ega insonlarga nisbatan ikki barobar ko‘proq chaqadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, 85 foiz holatda odamlar o‘z qon guruhi orqali chivinlarni jalb qiladi.

Ideal hid nima o‘zi?

Bunda karbonat angidrid va ter hidi muhim, biroq tananing o‘zini hidi ham katta ahamiyatga ega.

Aniqlanishicha, sut kislotasi ko‘plab chivin turlarini o‘ziga jalb qiladi. Pishloq, soya, yogurt yoki tuzlangan sabzavotlar kabi ba’zi mahsulotlar jismoniy faollik bilan birgalikda teri yuzasida sut kislotasining ko‘p miqdorda ishlab chiqarilishiga olib keladi.

Mutlaqo chivinlardan holi bo‘lishning imkoniyati yo‘q. Bizning qo‘limizdan faqatgina ehtiyot choralarini ko‘rish keladi: terining asosiy qismini kiyim bilan berkitish, tong otganda va kechasi namlik yuqori bo‘lganda ko‘chaga chiqmaslik, himoya kremlari va hashoratlarga qarshi spreylardan foydalanish. Lekin shuncha himoyalanganizga qaramay chivinlar sizni “sevish”dan to‘xtamaydi.

Chivinlardan qutilishning samarali usullari haqida MANA BU YERDAN ma’lumot olishingiz mumkin.

© AdMe / Daryo

Gripp va yuqori nafas yo'llarining infeksiyalarini alomatlarini davolash uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Griphotdir.

Griphot bu – alohida paketlarga qadoqlangan eriydigan granulalar.

Har bir paket tarkibi:

Faol moddalar: parasetamol - 500 mg, fenilefrin gidroxlorid - 10 mg, oksalamin sitrat - 100 mg, xlorfeniramin maleat - 2 mg; Yordamchi moddalar: tartarik kislota, limon kislotasi, natriy gidrokarbonat, natriy karbonat, xinolin sarig'i, limon lazzati, Kollidon K-30, saxarin, saxaroza.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi - https://apteka.uz/product/gripkhot

Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Teraflyu, Rinil hotmiks, Insti, Sinupret ekstrakt, Rinomaks, ASS va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Nafas qisishi — sabablari, koronavirus taʼsiri, xavfli jihatlari va davolash usullari

Nafas qisishi bu tibbiy atama boʻlib, nafas yetishmovchiligi yoki havoga toʻymaslik bilan namoyon boʻladi. Shu bilan birgalikda nafas qisilishi, juda ham noqulay hisdir ham.

Nafas qisishini keltirib chiqaruvchi bir qancha omillar mavjud. Masalan, fiziologik (tabiiy) nafas qisishi zinapoyadan tez tushib-chiqqanda yoki avtobusning orqasidan yugurganda yuzaga keladi. Mushaklarning tezda qisqarib bo‘shashi qondagi kislorod miqdoriga bo‘lgan talabini bir necha marotabagacha oshirib yuboradi. Bosh miya esa kislorod yetishmovchiligini reflektor yo‘l bilan tez nafas olish orqali qoplashga harakat qiladi.

Nafas qisishi
Foto: Google Photo

Fiziologik nafas qisishi yigirma daqiqadan so‘ng o‘tib ketsa, organizm uchun hech bir xavf tug‘dirmaydi. Ammo ikkinchi qavatga yurib chiqqaningizdan so‘ng ham uzoq vaqt nafasingiz qisa boshlasa, demak tanangizning jismoniy holati havas qilgudek emas. Tana holati jismonan meyorda bo‘lganida nafas qisishi kam vaqtdaligida kuzatiladi va yaqqol namoyon bo‘lmaydi.

Muntazam ravishda ochiq havoda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanilsa, kishi o‘zini ancha yengil tortadi. Bunday mashqlar nafas ritmi va yurak urishi tezlashishiga olib kelib, nafas olish hamda yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi. Har kuni kamida yarim soatdan muntazam ravishda tez-tez qadam tashlab piyoda sayr qilish ham yaxshi natija beradi. Shuningdek, zinapoyadan 3-4 qavatlarga meyorida piyoda tushib-chiqish ham foyda beradi.

Biroq nafas yetishmovchiligi jismoniy zoʻriqishga bogʻliq holatda boʻlmasa, albatta uning sababini aniqlash va tegishli choralarini vaqtida koʻrib qoʻyish lozim.

Koʻpincha nafas qisilishi yurak yoki oʻpka kasalliklari bilan bogʻliq. Yurak va oʻpka kislorodni toʻqimalarga tashish va karbonat angidridni ajratib chiqarish bilan shugʻullanadi. Bu jarayonlarning har ikkalasi bilan bogʻliq muammolar bevosita hamda bilvosita nafas olishga taʼsir qiladi.

Nafas qisishi sabablari

Toʻsatdan paydo boʻladigan nafas qisishi quyidagi omillar sabab yuzaga kelishi mumkin:

Bir necha hafta yoki undan uzoq davom etgan nafas yetishmovchiligi koʻpincha quyidagilarga bogʻliq:

  • Astma;
  • Oʻpka surunkali obstruktiv kasalligi;
  • Yurak disfunksiyasi;
  • Interstitsial oʻpka kasalligi;
  • Semirib ketish.

Bir qator boshqa sogʻliq bilan bogʻliq muammolar ham nafas olishni qiyinlashtirishi mumkin. Bunga quyidagilar kiradi:

Oʻpka bilan bogʻliq muammolar

  • Krup (ayniqsa yosh bolalarda);
  • Oʻpka saratoni;
  • Plevrit (oʻpkani oʻrab turgan membrananing yalligʻlanishi);
  • Oʻpka fibrozi (oʻpka chandigʻi va shikastlanishi);
  • Oʻpka gipertenziyasi;
  • Sarkoidoz;
  • Sil kasalligi.

Yurak muammolari

  • Kardiomiopatiya (yurak mushagi bilan bogʻliq muammo);
  • Yurak yetishmovchiligi;
  • Perikardit.

Boshqa muammolar

  • Anemiya;
  • Qovurgʻalar sinishi;
  • Yot jism;
  • Epiglottit;
  • Kifoskolioz (koʻkrak qafasi devorining deformatsiyasi);
  • Miasteniya (mushaklarning kuchsizlanishiga olib keladigan holat).

Quyida nafas qisishi sabablari bilan bogʻliq ayrim bir holatlarga qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.

Hissiy zo‘riqish ham nafas yetishmovchiligiga sabab boʻlishi mumkinmi?

O‘ta hayajonlanish, vahima bosishi, qattiq jahl va qo‘rquv adrenalin gormoni ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Adrenalin qonga tushgach, o‘pkada meyordagidan ko‘p havo aylanadi, oqibatda nafas siqilishi ro‘y beradi.

Hissiy zo‘riqish tufayli yuzaga kelgan nafas qisishining salomatlik uchun deyarli zarari yo‘q. Lekin vahima xurujlari (vegetativ kriz) lari kuzatilganda bemor mutaxassis shifokorga uchrashishi zarur. Vegetativ kriz paytida kishi o‘z-o‘zidan vahima va qo‘rquvga beriladi, bu holat esa biror kasallik, masalan vegetativ-qon tomir distoniyasining belgisi bo‘lishi ham mumkin.

Nafas qisishining yana bir sababi kamqonlik (anemiya) kasallik bo‘lishi ham mumkin, temir ionlari qonning kislorod bilan to‘yinishi, to‘qimalar orqali nafas olishini ta’minlab, qon yaratilishida muhim rol o‘ynaydi. Temir ionlari yetishmaganda organizmda gipoksiya (to‘qimalarda kislorod yetishmasligi) rivojlanadi. Bunga javoban o‘pkamiz bilan zo‘riqib nafas olish yuzaga keladi. Anemiyada ovqatlanishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish kerak. Shifokor buyurgan dori vositalar va ovqatlar tarkibida temir organizmga yaxshi so‘rilishi uchun bemorga temir saqlovchi dorilar bilan birga vitamin C ham buyuriladi.

Nafas qisishi va ortiqcha vazn

Foto: iStock

Kishida ortiqcha vazn to‘plansa, qalin yog‘ qavati o‘pka va yurakni hamma tomondan o‘rab olib, meyoriy nafas olishga xalaqit beradi. Bundan tashqari ortiqcha vaznga ega odamlarning yuragi ham zo‘riqish bilan ishlaydi. Natijada kerak bo‘lgan muhim a’zolarga meyordagidan kamroq bo‘lgan kislorod yetib boradi.

Ortiqcha yog‘ to‘qimasidan xalos bo‘lishda parhez va jismoniy harakatlar yordam beradi. Jismoniy mashqlarni oddiydan murakkabga qarab sekin-asta ko‘paytirib borish lozim. Aks holda mashq paytida odam hushini yo‘qotishi ham hech gap emas.

O‘pka va yurak-qon-tomir yetishmovchiligida nega nafas qisiladi?

Nafas a’zolari kasalliklari tufayli kelib chiqadigan nafas qisishi inspirator va ekspirator turlarga bo‘linadi. Inspirator nafas qisishida bronxlardagi shilliq va balg‘am yoki o‘pkadagi o‘sma sababli nafas olish qiyinlashadi. Ekspirator turdagi nafas qisishida bronxial astmada bronxlar muskulaturasi spazmi tufayli nafas chiqarish qiyinlashadi. Umumiy amaliyot shifokori va pulmonolog ko‘rigidan o‘tish va nafas yo‘llari kasalligini davolash orqali nafas qisishidan xalos bo‘lish mumkin.

Ko‘pincha toj arteriyalari spazmi yoki obstruksiyasida ham nafas qisishi mumkin. Yurakning ishemik kasalligi tufayli nafas qisishi kutilmaganda paydo bo‘ladi, bemorga havo yetishmayotgandek tuyuladi, ko‘krak qafasining chap qismida og‘riq turib, pastki jag‘ va qo‘lga ham o‘tishi mumkin.

Yurak yetishmovchiligi tufayli nafas qisishi odam past yostiqda yotganida boshlanib, bosh va tanani biroz ko‘targanda o‘tib ketadi. Keskin paydo bo‘lib, bo‘g‘ilishga aylanib ketadigan nafas qisishi yurak astmasi uchun xos belgi. Odatda bunday xuruj kechasi bezovta qiladi, bemorning rangi oqaradi, badanini muzdek ter bosadi, qon bosimi tushib ketadi, bezovtalanadi, nam xirillashlar paydo bo‘ladi.

Kutilmaganda kuchayib boruvchi nafas qisishi ro‘y bersa darhol tez tibbiy yordamni chaqirish zarur. Chunki bu xol organizmdagi a’zolar ishining jiddiy buzilishidan darak berishi mumkin. Elektrokardiografiya o‘tkazilib, tashhis qo‘yilgach, kardiolog shifokor davolash tartibini belgilaydi.

Nafas qisishi va koronavirus (COVID-19)

Koʻp bora takrorlanganidek, COVID-19 ning alomatlaridan biri bu nafas qisilishidir. Boshqa umumiy simptomlari esa, isitma, yoʻtal, hid va taʼm bilishning buzilishi hamda umumiy holsizlikdir.

COVID-19 bilan kasallangan odamlarning aksariyati uyda davolanishi mumkin boʻlgan yengil va oʻrtacha darajadagi alomatlarga duch kelishmoqda, lekin shu bilan bir qatorda nafas qisishi holatlari ham kuzatilyapti. Bunda bemor nafas olishga qiynaladi hamda nafas chiqarish jarayonida ham xudiki, ogʻir kuch talab qilayotgandek boʻladi. Yengil nafas olish va chiqarish harakatlari ham bemorga mushkullik tugʻdiradi.

COVID-19 kuzatilgan bemorlarda, nafas olishning ogʻirlashgandek, his qilinishiga xavotir va stress ham sabab boʻlmoqda. Shuning uchun ham kasallikdan xavotirlanmaslik va imkon qadar ruhiy muvozanatni saqlash maqsadga muvofiq. Tinch va boʻshashgan vaqtda nafas olishda, asosan diafragma ishtirok etadi. Diafragma bilan nafas olinganda esa, chuqur va imkon qadar toʻliq nafas olishga erishish mumkin.

CDC tashkiloti tadqiqotlariga koʻra, AQSHda tasdiqlangan COVID-19 holatlarida katta yoshli bemorlarning 43 foizida, bolalarning esa, 13 foizida COVID-19 bilan bogʻliq nafas qisishi belgilari kuzatilgan.

Homiladorlikda nafas qisishi

Homiladorlik davrida nafas yetishmovchiligi odatiy holdir. Va sizning yoʻldosh orqali doimiy ravishda yaxshi kislorod bilan taʼminlanadigan homila uchun bu butunlay xavfsizdir. Nafas qisilishi koʻpincha homiladorlikning ikkinchi trimestrida boshlanadi. Uchinchi trimestrda esa, bola oʻsishda davom etar ekan, nafas qisilishi kuchayishi mumkin.

Homiladorlikda nafas yetishmovchiligiga asosiy sabab sifatida, gormonal fonning oʻzgarishi, shuningdek rivojlanib, kattalashib borayotgan homila diafragmaga taʼsiri natijasida, oʻpkaning toʻliq kengayish imkoniyatini pasaytiradi. Shu sababdan homilador ayolda yengil nafas siqilishi kuzatilishi mumkin.

Nafas mashqlari holatni yengillashtiradimi?

Illyustratsiya: Healthline.com

Nafas mashqlari, albatta nafas qisilishi bezovta qilganda, holatni yengillashtirish hamda uning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda, tavsiya etilgan asosiy mashq — diafragmali nafas — qorin boʻshligʻidan nafas olishdir. Shu bilan birga, nafas olish paytida, qorinni iloji boricha toʻldirishga, nafas chiqarganda esa uni tortishga harakat qilish kerak. Bu mashqni oson bajarish uchun nafas chiqarishdan boshlagan maʼqul.  

Bundan tashqari, lablarni choʻzgan holda sekin nafas chiqarish sizning nafasingizni sekinlashtirishi va havoning nafas olish yoʻllarida uzoqroq ushlab turilishi bilan nafas olish ishini kamaytirishi mumkin. Bu oʻpkaning ishlashini osonlashtiradi va kislorod va karbonat angidrid almashinuvini yaxshilaydi.

Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?

Nafas qisishi eʼtiborsiz qoldirish mumkin boʻlmagan belgilardan biri hisoblanadi. Shunda ekan, har qaday nafas qisish holati kuzatilganda ham shifokor koʻrigidan oʻtish kerak. Ayniqsa, 

  • Oyoqlarda shishlar kuzatilsa;
  • Yotgan holatda nafas olish qiyinlashsa;
  • Tana haroratingiz koʻtarilsa, yoʻtal kuzatilsa;
  • Nafas olish yoki chiqarish vaqtida gʻayrioddiy ovoz eshitilsa, shifokor koʻrigini kechiktirmaslik zarur.

Agar sizni toʻsatdan paydo boʻladigan va ish qobiliyatingizga salbiy qiladigan kuchli nafas qisishi yuzaga kelsa, darhol 103 tez tibbiy yordamga qoʻngʻiroq qiling yoki kimdandir sizni zudlik bilan shifoxonaga olib borishlarini soʻrang. Agar sizning nafas qisishingiz koʻkrak qafasida ogʻriq, xushdan ketish, koʻngil aynishi, lablar yoki tirnoqlar rangining oʻzgarishi, aqliy hushyorlikning buzilishi bilan kechadigan boʻlsa, shoshilinch tibbiy yordamga murojaat qiling — chunki bu yurak xuruji yoki oʻpka emboliyasining belgilari boʻlishi mumkin.

Nafas qisishini davolash

Davolash uchun barcha kasalliklarda talab qilinganidek, shifokor terapevt yoki pulmonolog qabuliga borib, zarur deb topilgan tekshiruvlardan oʻtganingizdan soʻng davo muolajasini boshlashi mumkin.

Holatning asosiy sababchisiga koʻra, shifokorlar nafas olishni osonlashtirish uchun bronxodilatatorlar kabi dorilarni buyurishlari, agar sizda kamqonlik aniqlansa, temir miqdorini oshirish uchun retsept boʻyicha qoʻshimchalar ichishingizni tavsiya qilishlari mumkin.

Albatta, davo muolajalarining barchasi nafas qisishiga sabab boʻlayotgan asosiy va yondosh kasalliklarni bartaraf qilishga yoki taʼsirini kamaytirishga qaratilgan boʻladi.

Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Pulmoksoldir.

Pulmoksol bu – 30 mg/5 ml 150 ml sirop va bolalar uchun 15 mg/5 ml 150 ml sirop (o'lchov stakani bilan birgalikda)

Har 5 ml sirop tarkibi:

Faol modda: ambroksol gidroxloridi 15 mg; Yordamchi moddalar: benzoy kislotasi, sorbitol (70%), qulupnay essensiyasi, deionizatsiya qilingan suv.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi - https://apteka.uz/product/pulmoksol

Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Tonzilgon N, Rinoksil, Suprima bronxo, Ambroksol, Linkas va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Neyrobrutsellyoz yoki hamma bo‘g‘im nega og‘riydi?
Neyrobrutsellyoz – brutsellyoz kasalligi asorati hisoblanadi. Bunda nafaqat barcha bo‘g‘imlar, balki nerv tolalari ham zararlanadi. Brutsellyoz kasalligida tana harorati 37-38°C bo‘lib yuradi va uni pasaytirish birmuncha qiyinchiliklar tug‘diradi. Demak, barcha bo‘g‘imlardagi og‘riqlar surunkali tarzda davom etsa va tana harorati bir necha oylar pasaymay tursa, brutsellyoz kasalligini gumon qilish kerak. Buning uchun qonda maxsus tekshiruvlar o‘tkaziladi va bu analizni Respublikamizning barcha tumanlarida amalga oshirsa bo‘ladi.

Brutsellyozda...

Brutsellyozda suyak-tog‘ay to‘qimasi, ya’ni umurtqa pog‘onasi va bo‘g‘imlar, nerv tolalari va chigallari surunkali tarzda yallig‘lanadi. Buning natijasida yillar mobaynida osteoxondroz (umurtqa pog‘onasi kasalligi), artroz (bo‘g‘imlar kasalligi), radikulit (orqa miya nerv chigallari yallig‘lanishi), bosh miya va orqa miya pardalari yallig‘lanishi kuzatiladi. Brutsellyoz sababli nerv sistemasida kuzatiladigan barcha patologik o‘zgarishlar yig‘indisi neyrobrutsellyoz deb ataladi. Bunday holatlarda bemorni davolash kompleks tarzda olib boriladi. Bemorni albatta nevropatolog, revmatolog va infeksionist ko‘rikdan o‘tkazishi kerak. Agar qonda yallig‘lanish reaksiyalari bo‘lmasa, turli sanatoriyalarda (Farg‘onadagi Chimyon, Kattaqo‘rg‘ondagi Ibn Sino) davolanishz mumkin. Sanatoriyaga borishdan oldin vrach ko‘rigi va laborator tekshiruvlardan o‘ting.

Prof. Ibodullayev Z.R. «Asab va ruhiyat» kitobi.

ico
Noan’anaviy tibbiyot: Inson tanasidagi yetti energetik markaz
Sharq tabobati inson tanasida 7 ta energetik markaz aylanma (chakra)lar mavjudligini ta’kidlaydi. Tadqiqotlar ham buni tasdiqlagan: xromosomalar tomonidan chiqariladigan elektromagnit va akustik to‘lqinlar mazkur 7 ta nuqtada to‘qnashdi. Agar “energetik” anatomiyani tana tuzilishi haqidagi hissiy taassurot va tushunchalarga bog‘laydigan bo‘lsak, g‘alati o‘xshashliklar ma’lum bo‘ladi. Shunday qilib, inson tanasida yettita aylanma (chakra) mavjud. Quyida ular ta’rifini bayon etamiz.

Saxasrara aylanmasi

Bu markaz bosh tepasida chaqaloqning liqildoq o‘rnida joylashgan (quvvati binafsharang) va ruhiy holatni ifodalaydi. U g‘uddasimon bezga bog‘langan va boshqa barcha aylanmalar bilan shunday aloqadadir. Bu markazdan uzatilgan nurlanish Koinot bilan bog‘langanda, odam o‘zini huzur-halovatda sezadi. Uning yordamida o‘ta yuqori ongga erishadi va yangi qobiliyatlari ochiladi. Yuqori markazli odamlar kam uchraydi. Qadimgi hindularning aytishlaricha, u ichki hissiyot (intuitsiya), zehn va yagona axbor kosmik manba orasidagi aloqani boshqaradi. Quvvat-axborot maydonidan kelayotgan bilimlar ana shu aylanma orqali qabul qilinadi. Anatomik jihatdan unga epifiz (g‘uddasimon bez) mos kelib, uning hajmi qariyb no‘xatga teng bo‘ladi. U emotsional qatlamga ta’sir ko‘rsatadi va intuitsiyani boshqaradi. Uning qanday ishlashiga qarab, inson ruhiy jihatdan naqadar yuksak pog‘onada ekanligini bilish mumkin. Buyuk olim Mendeleyevning epifiziga tan berish kerak: u odatdagi tunlardan birida kimyoviy unsurlarning davriy tizimini tushida ko‘rgan. Isaak Nyutonning boshiga mashhur olma tarsillab tushganligi tufayli uning ham epifizi ishi faollashdi va odam butun dunyo tortishish qonuni formulasiga ega bo‘ldi.

Ajna aylanmasi

Ikki qosh o‘rtasida joylashgan (“qalb ko‘zi” ko‘krang). Bu markazga fikr mujassam qilinganda, fahmlash xislati kuchayadi. Yoga ta’limotiga ko‘ra, bu yerda boshlang‘ich kuch va dil joylashgan. Mazkur markaz gipofiz va g‘uddasimon bez hamda bosh miyaning sezgiga tegishli qismini kuzatib turadi. U Qadimgi Hindistonda “Jiva”, musulmon Sharqida “dunyoviy idrok”, parapsixologiyada “quvvat axborot maydoni” deb nom olgan. Kuchli g‘uddasimon markazli odam o‘z maqsadlariga erishadi. Mashhur yozuvchilar, ulug‘ olim va mutafakkirlarda bu markaz kuchli bo‘lgan. Kuchsiz markazli odamlar aksincha, nopok, razil, toshbag‘ir va badjahldir. U vaqt pardasi orqali olis o‘tmishdagi hodisalarga kirib borishga yordam beradi. “Uchinchi ko‘z”ga gipofiz to‘g‘ri keladi – u yuqori endokrin bezlaridan biri bo‘lib, bosh miyaning gipofizar chuqurligida joylashgan. Bu kichkina a’zo tanamizning qariyb barcha tashqi xususiyatlarini (bunga bo‘y ham kiradi), shuningdek, modda almashinuvi tezligini ham aniqlab beradi. G‘oyibdan bilish holatini ilm-fan nuqtai nazaridan tushuntirib bo‘lmaydi, ammo olimlar “uchinchi ko‘z”ni faollashtirishga yordam beradigan qadimgi hindularning tavsiyalarini qo‘llab-quvvatlaydilar: rasmlar chizing, she’rlar ijod qiling, san’at asarlaridan zavqlaning… Ajna aylanmasi quvvat-axborot maydoni bilan bog‘liq payg‘ambarlar, avliyolar, bashoratchilar – insoniyatning eng aql-idrokli vakillari shu yerdan axborot olishgan, hozirgi ekstrasenslar ham mazkur aylanma bilan ishlashadi. Buddaviylarning shu nuqtaga xol qo‘yishlari, nasroniylar ikki barmog‘ini shu nuqtaga tekkizib cho‘qinishlari, musulmonlar namozda sajdaga bosh qo‘yishlaridan maqsad mazkur aylanma kuchini oshirishdan iborat. Hatto bashorat qiluvchi bo‘lib yetishganingizda ham, magnit to‘lqinlari, ob-havo injiqliklariga e’tibor qilmang: tasavvur o‘yini bizning ichki jarayonlarimizni tashqi dunyo ritmi bilan hamohang qiladi.

Vishudxa aylanmasi

Bu markaz bo‘yinning tomoq sohasida, bodomcha bezlariga yaqin yerda joylashgan bo‘lib, til bilish qobiliyati va telepatiya uchun “javobgar” hisoblanadi (quvvati havorang). Mazkur a’zolar orasidagi aloqa aniq bilinadi: ko‘p tilni biladiganlar va telepatlar bu markazlarini zo‘riqtirib ishga solganliklari tufayli, boshqalardan ko‘ra,
laringit va angina bilan ko‘proq og‘riydilar). Kimki bu aylanmaga fikrni mujassamlasa, katta yutuqlarni qo‘lga kiritadi. Unga o‘tmishni, hozirgi vaqtni va kelajakni bilish nasib etadi. Bu markaz efir nafs unsuriga to‘g‘ri keladi. U tomoq, qalqonsimon bez, so‘lak bezi va ayrisimon (timus)ni nazorat etadi. Asosiy vazifasi ovoz va tilni kuzatib turishdir. Bu asosan, mehr-muhabbat, kirishuvchanlik, ruhiy-hissiy faoliyat markazi hisoblanadi. Sog‘lom efir markazli odamlar sezuvchi va sadoqatli, xushro‘ydir. Nosog‘lom efir markazlilar dangasa, erinchoq va beparvo bo‘lishadi. Qisman yoki to‘la yopiq tomoq aylanmasi deyarli barcha odamlarga xos. Uning faoliyati rivojlantirilganda xotirjamlik, kirishuvchanlik, ijodkorlik tuyg‘usi, to‘g‘ri va mantiqiy fikrlash, narsa va hodisalarning mohiyatini aniq va ravshan qilib tushuntirish qobiliyatlari kuchayadi.

Anaxata aylanmasi

Yurak sathida joylashgan (rangi yashil) bo‘lib, yurakka to‘g‘ri keladigan markazdir. Yogalar odamning o‘tmishdagi timsoli haqidagi xotiralari aynan ana shu joyda ekanligini ta’kidlaydilar. Bu fikrni endilikda olimlar ham tan olishgan. Ular inson qavmining genlarida Odam Ato va Momo Havodan boshlangan barcha evolyutsiya (rivojlanish) iz qoldirgan, deb ta’kidlaydilar. Balki, yurak hujayralari yadrosi bo‘lgan kardiomiotsitlar – o‘ziga xos oilaviy va tur tarixlarining xromosom tarixlaridir. Faqat bizning ko‘pchiligimiz ana shu ma’lumotlarga yo‘l topolmaymiz, xolos. Yogalarning ta’biricha, insonning yaratilish mohiyati va mavjudligi haqidagi xotiralar shu yerda joy olgan. Olimlar bunga unchalik e’tiroz bildirmay, yurak hujayrasi kardiolitsitlar yadrosining xromosomalari tur va oila tarixi saqlanadigan kutubxonadir, deb faraz qilmoqdalar. Insonlardagi mehr-muruvvat, oqibat, or-nomus, hurmat-ehtirom, aql-farosat kabi ijobiy his-tuyg‘ular sihat-salomatlik uchun nihoyatda foydali. Biroq buning aksi o‘laroq, kimda-kim salbiy his-tuyg‘ularni o‘zida saqlab yuraversa, ularning har biri xastalik, dard ko‘rinishida o‘zidan biron asorat qoldiradi. Bu quvvat markazining ishi buzilganda qat’iyatsizlik, o‘ziga ishonchsizlik, besabrlik, yalqovlik, kibr, maydakashlik kabi illatlar paydo bo‘ladi. Uning faoliyati izga solinganda esa mehr-muhabbat, umid, ilhom, ijodkorlik, ishonch-e’tiqod singari fazilatlar kuchayadi. Inson barcha axborotni ko‘z, quloq, burun, og‘iz orqali oladi, bu axborot shu markaz orqali qayta ishlanadi, ruhiy jihatdan tahlil etiladi. Odamdagi quvonish, qayg‘urish, hayratlanish va hokazo tuyg‘ular ana shu bilan bog‘liq.

Manipura aylanmasi

Kindikdan 7 sm yuqorida joylashgan, rangi sariq. Bu olov unsuriga to‘g‘ri keladi. Inson biotizimining issiqlik manbaidir. U jismoniy kuch va irodani ifodalaydi. o‘z tanasining harorati bilan qorni erituvchi Tibet zohidlari aynan ana shu joydan energiya oladilar. Sharqda quyosh chigalini kulala bo‘lib yotgan ilon sifatida tasvirlaydilar. Energetik markazlarning ochilish vaqtida u uyg‘onib ketadi va harakatga keladi – bunday vaqtda odamda hech bir sababsiz bosh aylanishi va ko‘ngil aynishi yuz beradi. Tadqiqotchilar bu “ilon” transportda yurishni “yoqtirmasligi”ni sezib qoldilar. U taloq, jigar, me’da osti bezi va buyrak usti bezlarini nazorat qilib turadi. Kuchli “olov” markazli kishilar dovyurak, mard, qo‘rqmas bo‘ladi. Aksincha, kuchsizi asabiy, takabbur va sabrsizdir.

Svadxistana aylanmasi

Kichik tos suyagidagi kindikdan 4-6 sm pastroqda, alvon rang markaz bo‘lib, u buyrak, peshob chiqaruvchi kindikdan va jinsiy tizim ishlarini boshqaradi. U “suv” unsuriga to‘g‘ri keladi va jismoniy kuch, farosat, yulduzlar mohiyati ilmini kuzatib turadi. Yomon sifatlar va fikrlarni bartaraf etadi. U jinsiy quvvatni va siydik chiqarishni muvofiqlashtiruvchi markazdir. Qadimgi Xitoyda buyrak, buyrak usti bezlari va jinsiy bezlar birgalikda qo‘rquv a’zolari hisoblanib kelgan: chap tarafdagisi – SI hayotiy kuchni bildiruvchi olovli asosni ishlab chiqaradi. Asosiy vazifasi – his-tuyg‘ular, kechinmalar barqarorligini ta’minlash. Buyraklar odam organizmida muhim o‘rinni egallaydi. Uni sog‘lom tutish uchun g‘ozdek yurishni bir kunda 3 martadan, bir necha daqiqa davomida qo‘llang va Siz uzoq vaqt davomida salomatligingizni boy bermay yurasiz. Kuchli “suv” markazli odamlar yumshoq mijoz, odatlari o‘zgaradigan va hamma holatga moslasha oladigan kishilardir. Psixofiziologik buzilishlari: jinsiy aloqaga ruju qo‘yish, fikrlash cheklanib qolishi, javobgarlikni his qilmaslik, hasad, badgumonlik, g‘iybatga moyillikdir. Mazkur aylanma ishi kuchaytirilganda xasislik, hasad, shahvoniy hirs kabi illatlar o‘z aksiga aylanib, tejamkorlik, havas, pok sevgi singari fazilatlarga evriladi. Axloqiy-ma’naviy jihatdan yuksalish, ishda muvaffaqiyatga intilish ortadi. Boshqacha aytganda, insonning ko‘nglidan badbin, chirkin niyatlar ketadi va ezgulik sari yo‘l ochiladi. “Suv” markazli nosog‘lom odamlar xasis, ziqna, jahldor va o‘ta shahvoniydir.

Muladxara aylanmasi

Bu markaz umurtqa boshida, ya’ni dumg‘azada joylashgan rangi olov markaz bo‘lib, unda quvvat to‘planadi: quvvatning biri ichki bo‘lib, bu ichki quvvatni inson organizmining o‘zi ishlab chiqaradi, tashqisi kosmosdan (koinotdan) qabul qilinadi va u bu joyga umurtqa pog‘onasi bo‘ylab tushadi. Bu aylanmaga muroqaba qilinganda, hayot kuchini sezamiz va uyg‘onishni kuzatamiz. Tananing barcha qismi shu markaz orqali kuzatib turiladi (suyak, tana, yog‘, teri va bo‘g‘im). U “yer” unsuri bilan belgilangan. Kuchli “yer” markazli odamlar, asosan durkun, harakati sustlashgan, beparvodir. U tayanch-harakat a’zolarini ham boshqaruvchi markaz hisoblanadi. Mushaklar quvvat, tog‘aylar, suyak to‘qimasi, bo‘g‘imlar va orqa miya ishiga javob beradi. Psixofiziologik buzilishlari kibr, g‘azab, xudbinlik, ta’ma, xasislik kabi illatlar sifatida ko‘rinsa, faoliyatiga tuzatish kiritilgandan so‘ng immunitet, hayotiy quvvat oshadi, yashashga qiziqish, ko‘tarinki kayfiyat uyg‘onadi.

Abdukarim Usmonxo‘jayev. “Dorisiz qalb davosi” kitobi. Tib.uz nashri.

ico
Nervlar zararlansa, bemorda qanday belgilar kuzatilishi mumkin?
Nervlar va nerv chigallarining zararlanishlarini keltirib chiqaradigan sabablar turlicha. Ko‘pincha gripp, brutsellyoz, revmatizm, sil bilan og‘riganda, har xil kimyoviy moddalardan zaharlanganda yoki qand kasalligi, travmatik holatlar, moddalar almashinuvining buzilishi tufayli ichki zaharlanish ro‘y berganda nervlar zararlanadi. Bundan tashqari, turli jarohatlar (qisilish, tortilish, uzilish) oqibatida ham nervlar yoki nerv chigallariga shikast yetishi mumkin. Xastalik yuzaga chiqqanda qattiq og‘riq kuzatiladi. Zararlangan sohada harakat qilish qiyin lashadi, sezuvchanlik ham pasayadi. Nervlar zararlansa

Oyoq-qo‘llar nervlari

Oyoq-qo‘llar nervlari sohasida turli shikastlar uchraydi. Masalan, tirsak nervi shamollaganda asosan qo‘l panjalarida og‘riq kuzatiladi. Bunda bemor qo‘l panjalaridagi nomsiz barmoq va jimjiloqni bukishga qiynaladi, barmoqlarni bir-biriga yaqinlashtira olmaydi, hatto jimjiloqni bosh barmoqqa tekkiza olmayotganidan shikoyat qiladi. Bemor tekshirib ko‘rilganda uzoq vaqt davomida zararlangan tomondagi qo‘l panjasi “qush panjasi”ga o‘xshaydi. Kaft qismidagi mushaklar atrofiyalangani (ozib, kichraygani) qayd etiladi.

Son nervi

Son nervi zararlanganda bemor oyog‘ini bukolmaydi, son oldidagi mushaklar oriqlab ketadi. Bemor turganda yoki yurganda og‘riq kuchayadi, badanida jimirlashni sezadi. Ayniqsa, sonning old qismida og‘riq davomli bo‘ladi.

Quymich nervi

Quymich nervi yallig‘lansa bemor oyoq panjasi osilib qolayotgani, oyog‘ining tizza bo‘g‘imini bukolmay, yurishi qiyinlashayotganidan noliydi. Tekshiruvda sonning orqa tomonidagi boldir mushaklari oriqlagani seziladi. Xuddi shu joyda sezgi ham yo‘qoladi, bora-bora zararlangan joyda og‘riq paydo bo‘ladi.

Katta boldir nerviga

Katta boldir nerviga zarar yetsa bemor hatto oyoq panjalarini ichkariga ham buka olmaydi. Oyoq panjasining ostida va boldirning orqa qismida sezuvchanlik kamayadi yoki yo‘qoladi, shu joyda og‘riq kuchayadi.

Yuz nervi

Yuz nervi zararlanishida shamollash, sovqotish, infeksion kasalliklarga chalinishning asorati katta. Bunda yuz nervi qisiladi, uning qon bilan ta’minlanishi buziladi, tana harorati sal ko‘tariladi. Tinch holatda yuzning o‘ng va chap tomoni bir xil emasligi qayd qilinadi. Zararlangan tomonda peshona burmalari silliqlangan, ko‘z oralig‘i keng, burun-lab burmalari va og‘iz burchagi pastga tushgan bo‘ladi. Ayni vaqtda bemor qoshini ko‘tarolmaydi, ko‘zi ham yumilmaydi. Yuz ifodasi xuddi haykalnikiday qotib turadi, hatto imo-ishoralar ham sezilmaydi. Qattiq ovqat yeganda ovqat lunj bilan milk orasida qoladi, suyuqlik og‘izdan oqib tushadi, bemorning ko‘z yoshi bezi xaltasi yopilib turmaganligi sababli ko‘zdan tinmay yosh oqadi. Shuningdek, tilning oldingi qismida ta’m bilish xususiyati yo‘qoladi. Bundan tashqari, yuz mushaklarining bir necha daqiqa davomida og‘riqsiz qisqarishi kuzatiladi.

Nerv chigal va ildizchalari

Nerv chigal va ildizchalari zararlanishlari ko‘pincha qattiq terlagan holda sovuq havoga chiqish, nerv tolalarining shamollashlari oqibatida kelib chiqadi. Masalan, bo‘yin ildizchalari zararlaganda birdaniga bo‘yin sohasida og‘riq turib, harakat yo‘qoladi. Bemor og‘riq qo‘zg‘algan joyni asta-sekin uqalashi zarur. Keyin esa, albatta, shifokorga murojaat etish lozim. Nerv va nerv chigallaridagi kasalliklarni davolash vrach nazoratida olib boriladi. Bemorga fizioterapiya muolajalari qo‘llaniladi. Fizkultura, uqalash yaxshi yordam beradi. Periferik nerv tizimi qaysi qismi zararlanishiga qarab bemorga tashxis qo‘yiladi. Masalan, nerv chigali kasalligi pleksit deyiladi. Orqa miyadan chiqadigan ildizchalar kasalligi – radikulitdir. Bitta yoki bir qancha periferik nervlar kasalligi – nevrit yoki polinevritlar deyiladi. Bular bir-biridan alomatlari va kechishi jihatdan farqlanadi.

Pleksit

Pleksit (nerv chigallarining zararlanishi) ayniqsa ko‘p uchrab, u yelka chigali yallig‘lanishiga aloqador bo‘ladi. Yelka chigali yuza joylashgani (o‘mrov suyagining ustki, pastki qismida va qo‘ltiqda paypaslab bilish mumkinligi) sababli bu kasallik tez-tez uchrab turadi.

Yelka pleksiti

Yelka pleksiti turli infeksiyalar, shikastlanishlar, chaqaloqlarda esa tug‘ruq jarayonida yelkasining shikastlanishi oqibatida kuzatiladi. Bunda anatomik tuzilishiga ko‘ra, yelka chigali qattiq zararlanadi, kasallikka bo‘yin nervi chigali ham qo‘shilib kelishi mumkin. Pleksit odatda to‘satdan boshlanadi. Qo‘l va oyoqlar bezillab og‘riydi, qo‘l mushaklarida sezuvchanlik buziladi. Ayniqsa, bilak va qo‘l panjasi sohasida og‘riq kuchayadi. Bemor yelka bo‘g‘imida qo‘lini ko‘tara olmaydi, tirsak bo‘g‘imida esa qo‘lini bukolmaydi. Yelka mushaklari, qo‘lning yuqori mushaklari ko‘proq zararlanadi. Tirsakni bukuvchi, yozuvchi paylar zaiflashadi. Bu sohada sezuvchanlik butkul yo‘qolishi mumkin. Zarar ko‘rgan qo‘lning yuqori qismi ham, yelka ham qattiq og‘riydi. O‘mrov suyagi ustki va pastki chuqurchalari hamda qo‘ltiq paypaslaganda og‘riq seziladi. Og‘riqni sezish yelkaning yuza qismida, qo‘lning esa yuqori qismi tashqarisida pasayadi yoki mutlaqo yo‘qoladi. Yelka chigali pastki qismining falajlanishi qo‘l panjasida ko‘proq kuzatiladi. Qo‘l panjasi barmoqlarini bukish, yozish qiyin lashadi. Qo‘l panjalarining ichki-tashqi qismi mushaklari bo‘shashib qoladi. Og‘riq qo‘l panjalarida, barmoqlarda bo‘ladi. Agar yelka chigali butkul zararlansa, zararlangan tomonda mushaklarning oriqlashi, gipertoniyasi, shu qo‘lda sezuvchanlikning pasayishi, butkul yo‘qolishi kuzatiladi. Orqa miya nervida hosil bo‘ladigan bo‘yin, bel, dumg‘aza chigallarining zararlanishlari ham ahyon-ahyonda sodir bo‘lib turadi. Demak, bemor eng avvalo nerv tomirlari zararlanishidan o‘zini ehtiyotlashi kerak. Tog‘ay to‘qimalari faoliyatini tiklaydigan preparatlar va suyaklarni mustahkamlovchi dorilar (kalsilin, kalsiy), shuningdek manual terapiya muolajalari va igna sanchib davolash ham kasallikni bartaraf etishda hamda nerv yallig‘lanishlarini tuzatishda muhim vosita sanaladi.

Kasallik profilaktikasi

Kasallikning oldini olishda quyidagi mashqlarni sekin-asta bajarishingiz mumkin:
  1. Polga yuztuban yoting, ikkala qo‘lni qanot qilib, orqaga tomon kamondek egiling.
  2. Oyoqlaringizni juftlang, bir oyog‘ingizni uchi bilan orqaga qo‘ying. Ayni vaqtda qo‘llaringiz kaftini pastga qaratib oldinga ko‘taring. Egilib turing, so‘ngra qo‘llaringizni ikki tomondan ohista pastga tushiring. Bu mashqni bir necha bor qaytaring, shunda qo‘l, tirsak va yelka nervi chigallari harakatlanuvchi qismlarida qayishqoqlik kuchayadi, bu mashqlardan so‘ng mushaklar chiniqadi.
  3. Oyoqlaringizni juftlab, tik turing. Qo‘llaringizni pastga tushirgan holda badantarbiya tayoqchasini ushlab oling. Tayoqni bosh uzra baland ko‘targan ko‘yi asta-sekin egiling. So‘ngra tayoqchani ohista tushiring va tepaga ko‘taring.
  4. Oyoqni yelka kengligida qo‘ying. Bir qo‘lni yuqoriga ko‘tarib, tanani qarama-qarshi tomonga engashtiring. Bu harakatni ikkinchi qo‘l bilan ham takrorlang.
  5. Stulda o‘tirib suyanchiqqa suyaning, qo‘llaringizni pastga tushiring, mushaklaringizni bo‘shashtiring, keyin qo‘llaringizni ikki tomonga keng yozib egiling, shoshmasdan qo‘llaringizni ko‘krak ustida chalishtiring, qorningizni ichingizga torting, boshingizni eging.
  6. Stul chetida o‘tirib qo‘llaringizni tana bo‘ylab tushiring, so‘ng qo‘llaringiz kaftlarini yuqoriga qaratib, ikki tomondan gorizontal holatda ko‘taring. Egilib nafas chiqaring va nafas oling.
  7. O‘ng qo‘l va chap qo‘lni galma-galdan oldinga cho‘zib, ayni vaqtda o‘sha oyoqni yig‘ib, pol yuzasida emaklang.
Mashqlar mushaklarni chiniqtiradi, nervlar faoliyati izga tushadi, qayishqoqlik ortadi. Umuman, kishilar qirq besh yoki ellik yoshlardan so‘ng nerv zararlanishlarini ko‘p marta boshdan o‘tkazadilar, ayniqsa pleksit oqibatida azob tortishadi. Shuning uchun ham davolovchi mashqlarni bajarib turish, zarur vitaminlarni o‘z vaqtida qabul qilish va yilda bir marotaba shifoxonada yotib davolanish orqali bunday kasalliklarga barham berish mumkin bo‘ladi.
Mavuzga aloqador maqolalar:

Marhamat YOQUBOVA, nevropatolog shifokor, tibbiyot fanlari doktori. "Sihat-salomatlik" jurnali.

ico
Niqoblar haqida faktlar
Niqoblar haqida hamma bilishi kerak bo‘lgan 10 ta fakt teringizning yoshligi va go‘zalligini saqlashga yordam beradi.

Yuzni namlantiruvchi niqob kimlarga kerak?

Bizning quruq va issiq iqlim sharoitlarimizda yuzni namlantiruvchi niqob hammaga zarur! Terimizni haddan tashqari ko‘p namlantirib yuborishning iloji yo‘q, shu bois yuzni namlantiruvchi niqobdan iloji boricha ko‘proq foydalaning. Buning ustiga, agar oziqlantiruvchi, vitaminli, oqartiruvchi yoki namlantiruvchi yuz niqoblari ichidan tanlashga to‘g‘ri kelsa, sizga namlantiruvchi niqobni tanlashni tavsiya etamiz. Teringiz suvga to‘yinganidan keyin u yashnab ketadi va silliqlashadi, yuzdagi kichik nuqsonlar esa o‘z-o‘zidan yo‘qolganini sezasiz.

Multiniqoblarni qo‘llang

Ko‘pchiligimiz aralash turdagi teriga egamiz. Bu yuzning turli sohalari uchun turlicha parvarish talab etilishini anglatadi. Yuz terisining yog‘liligiga qarab bir vaqtning o‘zida ikki turdagi niqobdan foydalanish mumkin. Masalan, T-zona (ko‘p hollarda aynan u yog‘li bo‘lishga moyil bo‘ladi) uchun yuzni tozalovchi yoki qurituvchi niqobdan, yonoqlar va manglay uchun esa namlantiruvchi niqobdan foydalaning. Bu yuz parvarishini samaraliroq qiladi.

Terini quritib yubormang

Loy niqoblar juda yaxshi ta’sirga ega. Biroq ularni to‘g‘ri surtish lozim. Loy niqobni surtganingizdan keyin uning to‘liq qurishini kutib o‘tirmang – ustki qatlam biroz qurishi bilanoq yuvib tashlang. Agar niqob to‘liq qurib ketishiga yo‘l qo‘yilsa, u teri uchun qimmatli bo‘lgan namlikni tortib oladi. Bu esa bizga kerakmas.

Niqobni uzoq vaqt ushlab turishdan ma’ni yo‘q

Ko‘pchilik
niqobni surtgandan so‘ng uni yuzda iloji boricha uzoq vaqt ushlab tursa, bu ikki baravar yaxshiroq natija beradi deb hisoblaydi. Bu noto‘g‘ri fikr. Har qanday kosmetik vosita o‘zining ta’sir qilish vaqtiga ega. Uzoq vaqt ushlab turish va bu bilan terining yuklamasini oshirishdan esa ma’ni yo‘q. Har qanday kosmetolog yoki dermatolog sizga niqobning optimal ta’sir qilish vaqti – 10-20 daqiqa deb aytadi.

 Allergiya

Agar sizda qachonlardir kosmetik vositalarga allergik reaksiya yuz bergan bo‘lsa, unda niqobni ilk bor qo‘llashdan oldin uni sinab ko‘ring. Buning uchun biroz miqdordagi niqob tirsakka surtiladi va 10-20 daqiqaga qoldiriladi. Keyin kun davomida terining niqobga reaksiyasi kuzatib boriladi. Agar teri qizarsa, qichisa yoki boshqa noxush reaksiyalar paydo bo‘lsa, demak bu niqob sizning teringizga mos kelmaydi.

Niqoblarni yuz uchun zardoblar bilan birga qo‘llamang

Ikkala vosita ham o‘z samarasi bo‘yicha juda kuchli hisoblanadi. Ularni bir vaqtda qo‘llash teri uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

Najotkor niqob

Muhim hayotiy vaziyatlar uchun o‘zingizning sinalgan niqobingizga yoki uy protseduralari kompleksiga ega bo‘lganingiz ma’qul. Agar charchab, kechasi mijja qoqmay chiqqan bo‘lsangiz, unda ertalab yuz uchun shishga qarshi niqob mos keladi. Yoki aksincha, biror tadbirga otlanayotganda, teringizni kechki bazmga oldindan tayyorlang. Bunda yuzni yashnatadigan yoki lifting samarasini beradigan niqoblardan foydalangan ma’qul.

Uxlashdan oldin terini kosmetik vositalardan yaxshilab tozalang

Uxlashdan oldin yuzdagi kosmetik vositalarning qoldiqlarini albatta mitsellyar suv yoki kosmetik sut yordamida tozalash, yuzni yuvish yoki tonik bilan artish zarur. Keyin kechki kremni surtish mumkin.

O‘zingizdan qizg‘anmang

Niqobni yuz, bo‘yin va dekolte sohasiga ko‘proq surting. Bo‘yin sohasini unutmang, u ham kundalik parvarishga ehtiyoj sezadi.

Maksimal samara

Mutaxassislar niqobni bug‘da yumshagan yuz terisiga surtishni tavsiya etadi. Bunda avval yuzni kosmetika va boshqa ifloslanishlardan tozalash kerak.

iWoman.uz nashri.

ico
Nistagm kasalligi
Nistagm – ko‘z soqqasining bir tomonlama tebranma harakat qilishi. Bu kasallik bemor muvozanat a’zosining shikastlanishi yoki faoliyati buzilishi natijasida paydo bo‘ladi. Kasallik tug‘ma va orttirilgan bo‘ladi. Nistagm bemorda quyidagi belgilar bilan namoyon bo‘ladi, ba’zan bu holat bemorning o‘ziga umuman sezilmasligi mumkin. Bundan tashqari nistagm belgilariga kirmaydigan, lekin u bilan birga kechuvchi holatlar ham bemorda nistagm borligidan dalolat berishi mumkin.
  • Eshitishning pasayishi;
  • Harakat muvozanatining buzilishi;
  • Tana mushaklari tonusining pasayishi;
  • G‘ilaylik, ko‘z oldidagi narsalarning ikkita bo‘lib ko‘rinishi. [caption id="attachment_2753" align="aligncenter" width="554"]Nistagm Nistagm[/caption]

Nistagm kasalligi kelib chiqishi sabablari

Nistagmga sabab sifatida mutahassislar quyidagi omillarni ko‘rsatishadi:
  • Bosh miya kasalliklari;
  • Miyada qon aylanishining kuchli buzilishi;
  • Bosh miya o‘simtasi;
  • Miya-bosh suyagi jarohatlanishi;
  • Muvozanat a’zo kasalliklari;
  • Uyqu dori yoki psixiatrop preparatlardan zaharlanish;
  • Ko‘rish qobilyatining keskin kamayib ketishi.
Kasallikni oftalmolog kasallikning sabablaridan kelib chiqqan holda turli choralar ko‘rish orqali bartaraf etadi. Masalan, dorilardan zaharlanish nistagmga sabab bo‘layotgan bo‘lsa, ularni bekor qilish; ko‘rish qobilyatining sustlashgani sabab bo‘layotgan bo‘lsa, uni ko‘zoynak yoki linzalar bilan korreksiyalash amalga oshiriladi. Ushbu maqolani ham o‘qing: G‘ilaylik (strabizm) kasalligi haqida
ico
Narkolepsiya qanday xastalik?
G‘alati holat… Ko‘z o‘ngingizda o‘tirgan bir odam kutilmaganda o‘zida qattiq charchoq sezadiyu shu zahoti qattiq uxlab qoladi! Hatto ayrim paytda tana mushaklari keskin bo‘shashib yiqilib tushadi va shu zaylda uxlayveradi. Bu hol yarim yoki bir soat davom etadi, keyin bemor o‘z-o‘zidan uyg‘onishi mumkin. Mutaxassis olimlar shu holatni narkolepsiya, ya’ni uyquchanlik deb atashadi. “Narkolepsiya bosh miya po‘stlog‘ining ayrim qismlarida tormozlanish jarayoni ro‘y berishi natijasida kelib chiqadi. Ba’zan odam uyqudan uyg‘ongani zahoti bir muncha vaqt tana mushaklari o‘z tarangligini yo‘qotganini sezishi mumkin” deyishadi olimlar. Bu kasallik rivojlanishining aniq sabablari yetarlicha o‘rganilmagan. Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, narkolepsiya dardiga chalingan bemorlarning bosh miyasida biologik faol modda (kimyoviy ingridiyent)ning yetishmasligi aniqlangan.

Narkolepsiya: Ish qobiliyati keskin pasaysa…

Siz avtoulov boshqarish, kundalik yumushlarni bajarish yoki o‘qish jarayonidagi qobiliyatingiz susayganini sezdingizmi? Bu sizning kundalik ish va hayot faoliyatingizga salbiy ta’sir o‘tkazyaptimi? Demak, darhol shifokor mutaxassisga murojaat qilishingiz lozim. Bordiyu sizga narkolepsiya tashxisi qo‘yilsa, uning qay darajada rivojlanganligini polisomnografiya va MSLT test (uyqu jarayonlarining buzilishini aniqlashga imkon beruvchi maxsus sinov turi) o‘tkazib bilish mumkin. Somnologik markaz mutaxassislari tomonidan bemorning bosh qismiga maxsus elektrodlar joylashtirilib
bosh miya, yurak va ko‘z sohasidagi funksional jarayonlar kuzatiladi. Sinovning ikkinchi kunida MSLT test o‘tkaziladi. Ya’ni kunduz kuni shifokor–mutaxassislar kuzatuvida har ikki soat ichida bemor qisqa muddatga uyquga ketishi taklif etiladi. Ushbu test yordamida bemorning uxlash xususiyati kuzatiladi. Narkolepsiya xastaligini nafaqat dori-darmonlar bilan davolash orqali, balki kundalik turmush tarzingizni nazoratga olgan holda ham ijobiy natijaga erishish mumkin. Maslahat shuki, har kuni bir xil vaqtda uyquga yoting va bir xil vaqtda uyg‘onishga harakat qiling. Ya’ni uyqu va tetiklik mutanosibligiga rioya qiling. Iishxona yoki uy sharoitida bajariladigan yumushlarni, masalan avtomobil boshqarish, ovqat tayyorlash chog‘ida ehtiyotkor bo‘ling. Shifokor tayinlagan dori-darmonlarni o‘z vaqtida qabul qiling. Dorilarning ta’siri borasidagi o‘zgarishlar haqidagi xabarni unga yetkazib turing.

Kuchli hayajon ham sababchi

Kunduzgi vaqtda haddan tashqari uyquga berilish narkolepsiyaning bitta alomati. Ba’zan kutilmaganda kuchli hayajon tufayli tana mushaklari tarangligi qisqa muddatga keskin pasayib ketadi (katapleksiya) va bemor to‘satdan yiqilib tushadi, lekin es-hushini yo‘qotmaydi. Uyqu fazasining buzilishi, uzoq vaqt davom etmaydigan “falajlanish” holatlari, uyqudan uyg‘onish chog‘ida yuz beradigan gallyutsinatsiyalar ham narkolepsiya belgilaridir. Kasallik asosan o‘smirlik davrida yoki yoshlikda paydo bo‘lib, o‘z vaqtida davolanmasa bir umrga saqlanib qolishi mumkin. Uyquchanlikning ushbu turiga uchragan odam xotirasining pasayishi, diqqat-e’tiborini jamlay olmasligi, muntazam bosh og‘rig‘idan shikoyat qiladi. Tungi vaqtda esa miriqib uxlay olmaydi. Katta yoshdagi bemorlar ruhiy zo‘riqish bois kundalik ish yumushlarini bajara olmaydilar. Yosh bolalar esa o‘z tengdoshlaridan rivojlanishda ortda qoladi.

© Jamila KOMILOVA, shifokor. "Sihat-salomatlik" jurnali.

ico
Nevroz – kasallikmi yoki yomon xarakter?
Nevroz albatta kasallik. Uning belgilari hulq-atvor buzilishlari bilan namoyon bo‘lganligi uchun ham uni yomon xarakterning bir turi deyishadi. «Nevroz» atamasi 1776 yili shotlandiyalik vrach Kellen tomonidan taklif qilingan. Biroq nevroz kasalligi juda qadimdan ma’lum. Bu kasallikni tib ilmining sultoni Abu ali Ibn Sino ham mukammal o‘rgangan. O‘sha davrda nevrozga quyidagicha ta’rif berilgan: bu kasallikda tana harorati ko‘tarilmaydi, biron-bir a’zo zararlanmaydi, tanada lat yegan joylar bo‘lmaydi, biroq bemorning asabi buzilgan bo‘ladi. nevroz

Nevroz – asab charchashimi?

Nevroz – asab tizimining funksional kasalligi bo‘lib, insonga ruhiy jarohat yetkazuvchi tashqi va ichki omillar natijasida rivojlanadi. Demak, nevroz asab kasalligidir. Nevroz belgilari uzoq yoki qisqa vaqt davom etishidan qat’i nazar, butunlay tuzaladigan kasallik. Biroq, bu davolash jarayoni bir oy, ba’zida undan ham ko‘p davom etadi. Nevrozning 3 turi farqlanadi: nevrasteniya (tom ma’noda nevroz), isteriya va miyadan ketmaydigan fikrlar.

Nevroz (nevrasteniya) qanday kasallik?

Nevroz asabning ortiqcha zo‘riqishidan kelib chiqadi. Asabi tor odamlar nevrozga tez chalinishadi. Aqliy va jismoniy mehnatning nomutanosibligi, doimiy hissiy zo‘riqishlar, yaqin kishisidan judo bo‘lish, oila va ishxonadagi kelishmovchiliklar, qo‘rquv va xavotirda yurish nevrozga sababchi bo‘ladi. Nevrozning oila a’zolarida uchrashi uning rivojlanishida nasliy omillarning ahamiyatini ham ko‘rsatib beradi. Yosh bolalarda nevrozning rivojlanishiga uni o‘rab turgan muhit, ayniqsa, ota-ona orasidagi janjallar sababchi bo‘ladi. Bolalik davrida olgan tan jarohatlari ham bundan mustasno emas. Nevroz nafaqat jahldor odamlar, balki o‘ta andishali odamlarda ham rivojlanishi mumkin. Ayniqsa, andishali odam janjalli voqealar ro‘y berganda hissiyotga izm bermaslikka, o‘zini boshqarib turishga harakat qiladi, birovning ko‘nglini og‘ritib qo‘ymay deydi. Bu holatlar, aksariyat hollarda, asab tizimining charchashiga sababchi bo‘ladi. Shuningdek, vitaminlar yetishmovchiligi, kamqonlik, surunkali va og‘ir kasalliklar ham nevrozga olib keladi.

Nevroz belgilari qanday namoyon bo‘ladi?

Nevroz belgilari turli-tuman bo‘lib, ular ichida tez-tez asabiylashish, jahldorlik, uyqu buzilishi, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, umumiy holsizlik, yurak urib ketishi, parishonxotirlik, aqliy va jismoniy mehnat faoliyatining pasayishi kabi simptomlar ko‘p kuzatiladi.

Bemorni qanday davolashadi?

Davolash tibbiy psixolog, neyropsixolog va nevropatologlar tomonidan olib boriladi. Asab buzilishi bilan bog‘liq bu kasallik tibbiy-psixologik muolajalardan so‘ng samarali davolanadi. Davolash muddati va natijasi ko‘proq uning to‘g‘ri olib borilishiga bog‘liq. Dastavval nevrozga olib keluvchi sabablar aniqlanadi va iloji boricha bartaraf etiladi. Asosiy sabablar bartaraf qilinganda, aksariyat bemorlarda davolashni davom ettirishga hojat ham qolmaydi, ular tuzalib ketishadi. Lekin ba’zi hollarda nevrozning sababini aniqlash va ularni yo‘qotish ancha mushkul. Bemorning oilaviy ahvoli va ishlash sharoiti bilan tanishib, unga dam olib ishlash, ish soatlarini qisqartirish, ovqatlanish tartibiga rioya qilish, teatr va kinolarga borib turish tavsiya qilinadi. Nevrozni davolash uchun juda ko‘p dori-darmonlar mavjud. Biroq ularni ko‘p qo‘llash kerak emas. Vrach tomonidan eng zarur dori tanlab olinadi va bemorga tavsiya etiladi. Bemorlarni davolashda ishlatiladigan aksariyat dorilar kuchli sedativ ta’sirga ega bo‘lganligi uchun ularni ishlab yurgan bemorlarga tavsiya qilib bo‘lmaydi. Kam miqdorda tavsiya qilinsa, natijasi past bo‘ladi. Bunday paytlarda nojo‘ya ta’siri kam bo‘lgan dorilardan foydalaniladi. Xuddi psixosomatik sindromlarni davolashda ishlatiladigan psixoanaliz usuli nevroz belgilarini bartaraf etishda keng qo‘llaniladi. Shuningdek, umumiy massaj, igna bilan davolash, ertalabki badantarbiya va sportning o‘ziga maqbul turlari bilan shug‘ullanish tavsiya qilinadi. Yilda bir marta sihatgohlarda dam olib turish ham o‘ta foydalidir.
Kitobning boshqa qismlari bilan saytimizning «Asab va ruhiyat» bo‘limida tanishishingiz mumkin.

Zarifboy Ibodullayev, nevropatolog. Professor. "Asab va ruhiyat" kitobi. Asab.uz

ico
Nokning shifobaxshligi
Nok shifobaxsh mevalardan biri bo‘lib, odamning chanqog‘ini bosuvchi, kayfiyatini ko‘taruvchi xususiyatga ega. Uni ovqatdan 30-50 daqiqa keyin iste’mol qilish lozim. Nok yurak-qon tomir tizimini tetiklashtirib, buyrak va peshob pufagi yallig‘lanishining oldini oladi. Shuningdek, jigar va qandli diabet kasalliklarida, semizlikning oldini olishda kuniga 3-4 dona yaxshi pishgan nokdan tanovul qilinsa, shifo bo‘ladi. Agar bemorning qon bosimi ko‘tarilsa, bir piyola quritilgan nok va o‘rik mevasini aralashtirgan holda ustiga suv solib, o‘rta olovda qaynatiladi hamda tindirib qo‘yiladi. So‘ng undan har kuni 3-4 mahal yarim piyoladan ichish lozim. Bod kasalligi bezovta qilganda ham uning damlamasi foydalidir. Buning uchun quritilgan, maydalangan nokdan 2 choy qoshiq olib, ustiga 1 piyola qaynoq suv quyiladi. 2 soat davomida tindirilgach, kuniga uch mahal 1-2 oshqoshiqdan ichiladi. Xolesistit (o‘t pufagi yallig‘lanishi)da har kuni nahorda bu mevadan ikki dona tanovul qilish yoki yovvoyi nokdan tayyorlangan, shakar solinmagan sharbatidan ichish yaxshi foyda beradi. [box type="info" ]Diqqat ! Oshqozon hazm qilish a’zolari kasallangan odamlarga uni yeyish mumkin emas.[/box] [divider] “Nutrition And You” resursi sahifalarida nokning foydali xususiyatlari haqida ma’lumotlar berilgan bo‘lib, ushbu ma’lumotlar bilan tanishish siz azizlar uchun foydadan xoli emas. Nok salomatlik uchun zarur bo‘lgan ozuqa tolasi, antioksidant, mineral va vitaminlarga boy meva hisoblanadi. Nok — ozuqa kletchatkasining manbaidir. Bu mevani muntazam ravishda iste’mol qilish ichak rakining oldini oladi. Bundan tashqari, nok past kaloriyali mevalar sirasiga kiradi. Uning energetik qiymati 100 grammga 58 kilokaloriyani tashkil etadi. Bunday mevalar asosida parhez qilish ortiqcha vazn va xolesterindan qutulishga yordam beradi.   Nokda yetarlicha miqdorda C vitamini mujassam. 100 gramm yangi nokda ushbu muhim vitaminning kunlik iste’mol miqdorining 7 foizi mavjud. Nok tarkibida shuningdek, oz miqdorda beta-karotin, lyutein va zeaksantin mavjud. Ular C va A vitaminlari bilan birgalikda organizmni zararli moddalardan muhofaza qiladi. Nok bir qator minerallar — mis, temir, kaliy, magniy va B vitaminlar kompleksining ham manbai hisoblanadi. An’anaviy tibbiyotda nokdan qabziyat, o‘t pufagi kasalliklari, artritni davolashda foydalaniladi.

Nokning ozuqaviy qiymati

Qavs ichida kundalik iste’mol meyorining foizi berilgan. Ozuqaviy qiymati AQSH qishloq xo‘jalik vazirligining 100 gramm nok hisobida olingan o‘lchovi asosida “Nutrition And You” resursi sahifalarida chop etilgan ma’lumotlar bo‘yicha keltirilgan.

Umumiy ma’lumotlar:

  • energetik qiymati — 58 kilokaloriya (3 foiz);
  • uglevodlar — 13,81 gramm (11 foiz);
  • oqsil — 0,38 gramm (1 foiz);
  • yog‘lar — 0,12 gramm (0,5 foiz);
  • oziq-ovqat tarkibidagi kletchatka (ozuqa tolasi) — 3,10 gramm (8 foiz).

Vitaminlar:

  • foliy kislotasi (vitamin B9) — 7 mikrogramm (2 foiz);
  • nikotin kislotasi (vitamin B3) — 0,157 milligramm (1 foiz);
  • pantoten kislotasi — 0,048 milligramm (1 foiz);
  • piridoksin (vitamin B6) — 0,028 milligramm (2 foiz);
  • riboflavin (vitamin B2) — 0,025 milligramm (2 foiz);
  • tiamin (vitamin B1) — 0,012 milligramm (1 foiz);
  • vitamin A — 23 xalqaro birlik (MЕ, IU) — 1 foiz;
  • vitamin C — 4,2 milligramm (7 foiz);
  • vitamin E — 0,12 milligramm (1 foiz);
  • vitamin K — 4,5 mikrogramm (4 foiz).

Elektrolitlar:

  • natriy — 1 milligramm ( 0 foiz);
  • kaliy — 119 milligramm (2,5 foiz).

Minerallar:

  • kalsiy — 9 milligramm (1 foiz);
  • mis — 0,082 milligramm (9 foiz);
  • temir — 0,17 milligramm (2 foiz);
  • magniy — 7 milligramm (2 foiz);
  • fosfor — 11 milligramm (2 foiz);
  • rux — 0,10 milligramm (1 foiz).

Fitonutriyentlar:

  • beta-karotin (ß-karotin) — 12 mikrogramm;
  • beta-kriptoksantin (ß-kriptoksantin) — 2 mikrogramm;
  • lyutein-zeaksantin — 45 mikrogramm.
 
ico
Nasl so‘glomligi uchun

Sog‘lom bolaning dunyoga kelishi uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

1. Erta oila qurish (18 yoshgacha) va darhol farzand ko‘rishdan saqlanish kerak. 2. Qarindoshlar o‘rtasidagi nikohga yo‘l qo‘ymaslik (hoh qaynona, qaynota, hoh bo‘lajak kelin yoki kuyov bo‘ling) lozim. 3. O‘zingiz va turmush o‘rtog‘ingizning yaqin qarindoshlaridan nasliy kasallik, tug‘ma nogironlik bor – yo‘qligi va uning bo‘lajak farzandlaringiz salomatligiga salbiy ta’sir etish darajasini aniqlash maqsadida genetic maslahathonalaridan o‘tish kerak. 4. Agar shunday havf mavjud bo‘lsa, homiladorlik davrida homilangizni salomat ekanligiga iqror bo‘lish uchun tibbiyot sohasidagi mutahassislarga murojaat qilishingiz va mahsus tekshiruvdan o‘tishingiz lozim. 5. Xar bir ayol o‘zining salomatligi bola ko‘rish faoliyatiga to‘g‘ri kelishi yuzasidan mutahassislardan maslahat olishi kerak. Aks holda ayrim guruh onalar farzandli bo‘laman deb o‘zlarini nobud qilishadi. 6. Farzandlari orasidagi yosh farqi kamida 3 yilni tashkil etishi kerak, chunki ona organizm homiladorlik va tug‘ish jarayonidan so‘ng tiklanishi, o‘z holiga qaytishi, o‘zini to‘liq tilab olishi kerak. Shu bilan birga yana bir muhim masala – bola ona sutiga to‘yishi lozim. Yuqoridagilarga e’tibor berilmasa, keying farzand kutilgandek salomat bo‘lmasligi, avvalgi bola esa ona suti, uning mehri va parvarishi yetarli bo‘lmaganligi sababli turli kasalliklarga uchrashi mumkin. 7. Ayollar reproduktiv (bola ko‘rish) davrining so‘nggi yillarida homilador bo‘lmasligi va farzandli bo‘lishdan saqlanishi kerak. 8. Ayolni homiladorlik davrida turli stress holatlardan, mehnat faoliyatida homilaga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan alkogol ichimliklari, nikotin giyohvandlik moddalaridan, mehnatning ayrim turlaridan, turli virusli, yuqumli kasalliklardan, surunkali dardlarning (agar bo‘lsa ) huruj qilishidan, tanosil va ayollar hastaliklaridan, ovqatlanish, dam olish, uhlash rejimining buzlishidan, nurlanish, kimyoviy moddalar shu jumladan, homilaga va homiladirlikning kechishiga salbiy ta’sir etuvchi ayrim dori – darmonlardan saqlanishi tavsiya etiladi.
ico
Nevroz — og‘ir ruhiy kasallik

Nevrozlar psixogen kasalliklardan hisoblanib, kuchi va o‘tkirligi kam bo‘lgan ruhiy jarohatlovchi vaziyatning uzoq vaqt ta’siri natijasida rivojlanadi. Bu holatlarda odatda, oilaviy-maishiy, ishlab chiqarish va mehnat jamoasidagi kelishmovchiliklar haqida gap ketib, ular hatto har doim ham bemor tomonidan ruhiy jarohatlovchi omil sifatida qabul qilinmaydi.

Ruhiy faoliyat buzilishlari chuqurligi nevrozlarda nisbatan kam uchraydi – bu yerda tafakkur, idrok va ongning chuqur buzilishlari kuzatilmaydi, atrofdagilar va o‘z holatiga tanqidiy munosabat saqlanib qoladi.

Nevrozlar ko‘pincha mojaroli vaziyat orqali somatik kasalliklar, qattiq toliqish, boshqa qo‘shimcha zararli omillar bilan birga yuzaga kelib, ular xastalikning bevosita sababchisi bo‘lmasada, katta patogenetik ahamiyatga ega. Shuningdek, ba’zi tug‘ma konstitutsion xususiyatlar muhim ahamiyat kasb etadi va ular bir qator shaxslarda nevrotik reaksiyalarning juda ko‘p uchrashi, og‘irligi va davomiyligini belgilaydi.

Nevrozlar klinikasi

Nevrozlar klinikasida asosan vegetativ, somatik va effektiv buzilishlar namoyon bo‘lib, ular yaqqol xulq-atvor buzilishlarini keltirib chiqarmaydi va davolash nisbatan oson kechadi. Ba’zi holatlarda, ruhiy jarohatlovchi vaziyat yillab davom etganda, nevroz shaxsning nevrotik rivojlanishiga o‘tishi mumkin.

Nevrozlar nevrasteniya (holdan toyish va o‘ta charchash natijasida nerv sistemasining funksional buzilishi, nevrozning bir turi), isteriya (nerv sistemasining funksional xarakterdagi nerv kasalligi, ruhiy buzilishning shakllaridan biri) va yopishqoq holatlar nevroziga ajratiladi.

Nevrasteniya ko‘pincha tez toliquvchanlikka moyil, kayfiyati turg‘un bo‘lgan shaxslarda rivojlanadi. Bu xususiyatlar bunday shaxslarda oddiy holatlarda ham kuzatiladi. Ruhiy jarohatlovchi vaziyat ta’sirida ularda astenik (madorsizlik, umumiy holsizlik) sindrom shaklidagi nevrotik reaksiya yuzaga keladi. Ish qobiliyati hamda ishtaha pasayishi, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik va holsizlik, uyquchanlik kuzatiladi.

Bemorlarda diqqat konsentratsiyasi buziladi. Ular tez xafa bo‘luvchan, sabrsiz bo‘lib qoladilar. Turli vegetativ, jumladan, arterial bosim o‘zgaruvchanligi, taxikardiya, ko‘p terlash, tremor, ko‘pincha jinsiy faoliyatning buzilishi kuzatiladi. Tez toliquvchanlik sababli qo‘zg‘alish bo‘sag‘asida yuqori ko‘tariladi. Bemorlar qo‘zg‘aluvchan bo‘lib boradilar (qo‘zg‘aluvchan holsizlik), oson qo‘zg‘aluvchan, kayfiyatlari tez-tez buzilishiga moyil bo‘ladilar. Bu holatda nevrasteniyaning giperstenik shakli haqida gap ketadi. Agar kasallik klinikasida oldingi o‘ringa tez toliquvchanlik, apatiya, bo‘shashganlik chiqib qolsa – bu gipostenik shakli deyiladi.

Isteriya ko‘pincha ruhiy jarohatlovchi vaziyatga reaksiya sifatida isterik psixopatik fe’l-atvor belgilari bo‘lgan shaxslarda ham rivojlanadi, ammo patologik xususiyatlari bo‘lmagan shaxslarda ham u rivojlanishi mumkin. Nevrozning bu turi ko‘pincha ayollarda uchraydi. Isteriya kelib chiqishiga ega bo‘lgan buzilishlar – og‘riqlar, falajlik, qusish holatlari, spazmlar, ko‘rlik, karlik, tutqanoq va boshqalar tashqi ko‘rinishi bilan boshqa somatik va ruhiy kasalliklarning simptomlaridan kam farqlanishi mumkin.

Ammo bemorlarni batafsil tekshirish vaqtida, ularda xech qanday organik buzilishlar aniqlanmaydi. Ba’zida ruhiy jarohatlovchi vaziyat mazmunining u yoki bu isterik belgilar bilan bog‘liqligini ko‘rish mumkin, ayniqsa kasallik simptomi bemor kechinmalari bilan bog‘liq holda namoyon bo‘lganda kuzatiladi. Lokal buzilishlarga bog‘liq bo‘lmagan holda isteriyali barcha bemorlar fe’l-atvorida kayfiyatning o‘zgaruvchanligi, effektlarga moyillik, namoyishkorlik xos. Ular har qanday vositalar: tashqi ko‘rinishlari, so‘zlashishda o‘zini tutishlari, nigohlari, odatlari bilan o‘zini atrofdagilar diqqat markaziga qo‘yishga intiladilar. Shuningdek, ularning o‘z¬larini yuqori baholashlari, boshqalarga o‘xshamasliklarini ko‘z-ko‘z qilish xudbinligidan dalolat beradi. Shu bilan birga bemorlar o‘ta ishonuvchan, taqlid qilishga moyildirlar.

Ko‘pincha isteriyada tutqanoq xurujlari kuzatiladi va ular epileptik tutqanoqlarni eslatadi. Ammo bu kasallikning boshqa belgilari kabi, epileptik tutqanoqlardan farqlanib, mojaroli vaziyatda yoki bemorga uni eslatilganda yuzaga keladi. Bemorlar o‘z xatti-harakatlarini ma’lum darajada idora etish qobiliyatlarini saqlab qoladilar.

© Mahmuda AHMЕDOVA.
1 son Toshkent shahar ruhiy asab kasalliklari dispanseri shifokori.

ico
Nafas qisishini davolashda ibn Sino tavsiyalari
Bu xil kasallar uchun foydali tadbirlardan biri ko‘krakni va biqinlarni qo‘l yoki dag‘al sochiq bilan ishqashdir. Ayniqsa, ularda tik turib nafas olish paydo bo‘lsa shunday; ishqalashni mo‘tadil va yog‘siz, quruq qilish kerak, agar charchash paydo bo‘lsa, yog‘ bilan ishqalash foyda beradi. Bu kasalliklarda doim ichni yumshatib turish ham kerakli tadbirlardandir. Shu kasalliklarda sust badantarbiyadan tez badantarbiyaga asta-sekin o‘tish ham qo‘llaniladigan tadbirlardan biridar. Asta-sekin o‘tilmasdan shoshilinsa, bu narsa moddani qo‘pol ravishda qo‘zg‘atib, bo‘g‘ilish hosil qiladi. Harsillashga uchragan kishilarning saqlanishlari lozim bo‘ladigan ishlarga kelsak, ular mumkin qadar hammomdan, ayniqsa, ovqat yeb, hammomga tushishdan, ko‘p uxlashdan, ayniqsa, kunduz kuni uxlashdan iboratdir. Ovqatni yeya solib uxlash u kishilarga juda zarar qiladi, lekin ularda qattiq kuchsizlik, charchash va issiq paydo bo‘lsa, shu paytda ozgina uxlasinlar, yana yel paydo qiladigan har bir dondan, ovqat ustidan xoh suv bo‘lsin, xoh sharob bo‘lsin, suyuqlik ichishdan saqlanishlari kerak.

O‘pka yaralari va silni davolash

O‘pka yarasiga to‘sqinlik qilishiga kelsak, uning yoyilmasligi va kengaymasligi uchun qotirish va quritish tadbirini ishlatish zarur. Ko‘krak va o‘pka yaralari eskirgan bo‘lsa, kasalga qatronning o‘zini yoki uni asal bilan qo‘shib, ertalab va kechqurun kichkina bir qoshiq yalatish foyda qiladi. Agar kasalda harorat bo‘lib, tozalovchi issiqlik dorilarini ishlatishdan qo‘rqsangiz, sovuqliklari foyda qilmasa, arpabodiyon urug‘i, chuchumiyaning qaynatib quyultirilgan toza shirasi va sumbulsoch shirasini olib, shakarning quyultirilgan suvi bilan qo‘shib berish kerak. Bunday bemorlarning ovqatiga kelsak, unga o‘rmon kakligining pishirilgan go‘shti beriladi. Uning doimo rayxon hidlab turishi, doimo dam olishi va tinch yotishi kerak. G‘azablantiradilgan va asabiylashtiradigan ishlarga urinmasligi ham karak, unga g‘amgin qiladigan xabar bildirilmaydi. Men quyidagi tadbirni turli kishilar va turli mamlakatlarda ko‘p marta sinab ko‘rdim, shu kasallikka uchragan kishi yil bo‘yi har kuni istagancha shakarli gulqandni iste’mol qilib turadi., hatto anchagina miqdorda bo‘lsa ham non bilan yeyishga buyuriladi, keyin u kishining ahvoli kuzatib boriladi va bemor sog‘aya boshlaydi. Goho gavdaning quruqligi va so‘lishi sut yoki ayron iste’mol qilishga muhtoj qiladi. Bu narsalarda avqatlik, badanni xo‘llash, buzilgan xiltni mo‘tadil qilish xususiyati bor; ulardagi pishloq bo‘lagidan modda yarani yopishtiradi, sut o‘zining suvi bilan yara zardobini va yiringini ketkazadi. Eng shifobaxsh sut – ona sutidir. Echki suti burushtirish xususiyatiga ega. Ot suti ham tozalovchi va balg‘am tashlashni osonlashtiruvchi sifatga ega. Ovqatlarga kelasak, ularni oq non, umoch va qo‘noq oshi kabi yopishtiruvchi narsalar bilan ovqatlantirish kerak. Guruch ham tozalaydi va et undiradi. Yaxshi qaynatilgan arpa oshi yopishtiruvchi va tozalovchi bo‘lib, u
isitma qattiqlashgan paytda ham foyda beradi. Kasalning jigarida tiqilmalar bo‘lmasa, uni ovqatdan oldin yoki keyin hammomga tushirish mumkin. Hammom ularni semirtiradi va kuchli qiladi. Ular ichadigan suv yomg‘ir suvi bo‘lsin.

Bilasizmi?

Ko‘pincha yuqumli tumov va shamollash kasalliklarini oyoqda o‘tkazgan va uni oxirigacha davolatmagan kishilarda o‘pka kasalligi paydo bo‘lib, o‘zining xunuk asoratlarini qoldiradi. O‘pka kasalliklarini davolash hamda oldini olishda tabiiy vositalardan foydalanish ancha durust samara berishi hozirga kun tibbiyotidan ham aniqlangan.

 Ibn Sinoning “Tibbiy o‘gitlar” kitobidan. Silning-davosi-bor.uz

ico
Nega aynan mart oyining 24 sanasi ?
Sil kasalligiga qarshi kurashish va uning oldini olish, samarali davolash bugungi tibbiyot tizimining, qolaversa tibbiyot islohotlarining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida tatbiq etiladi. Butun dunyo olimlari xavotiriga sabab bo‘layotgan sil kasalligining tarqalishi o‘z-o‘zidan ijtimoiy ahamiyat kasb etib, barcha davlat va hamkor tashkilotlarning diqqat-e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Global muammo tusini olgan mazkur kasallik turlari mamlakatimiz tibbiyot mutaxassislarining ham yangicha yondashuv va davolash tizimi asosida ish tutishlarini taqozo etmoqda. Lekin dunyo miqyosida 24 martning – Butunjahon silga qarshi kurashish kuni deb e’lon qilinishi va bunga oid ilmiy-amaliy tadbirlarning o‘tkazilishi ko‘pchilikning qiziqish va savollariga sabab bo‘lmoqda. Xo‘sh, nega aynan mart oyining 24-sanasi shunday nomlandi va buning o‘ziga xos ramziyligi nimada? Hammaga ma’lumki, sil kasalligi tananing barcha a’zolarida, asosan o‘pka to‘qimalarida o‘ziga xos yallig‘lanish bilan kechadigan yuqumli kasallikdir. Bu tushuncha insoniyatga qadimdan mavjud bo‘lgan. Ya’ni kasallik haqidagi dastlabki ma’lumotlar Gippokrat, Abu Ali ibn Sino singari tibbiyot allomalarining asarlarida uchraganligini ta’kidlash mumkin. Lekin kasallik qo‘zg‘atuvchi mikobakteriyalar dastlab nemis olimi Robert Kox tomonidan 1882 yil 24 martda aniqlangan edi. Ushbu bakteriyalar mikroskopda tekshirilganda mikrob donsimon zarrachali ingichka, to‘g‘ri yoki salgina bukilgan tayoqcha – batsilla ko‘rinishida namoyon bo‘lgan. Olimning tibbiyotda yaratgan ixtirolari keyinchalik «sil tayoqlari» yoki «Kox batsillasi» nomi bilan atala boshlagan. Robert Kox bu yangiligi uchun 1905 yilda Nobel mukofoti bilan ham taqdirlanadi. U faoliyati davomida «Agar tarozining ikki pallasidan biriga yuqumli kasalliklar va ikkinchi pallasiga sil xastaligi qo‘yilsa, ikkinchi tomon og‘irlikni bosadi, degan fikrni ilgari suradi. Demak, sil kasalligining oldini olish va davolash ma’lum muddat yoki uzoq vaqtni talab qilar ekan. Shu tariqa tibbiyot tarixida Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti tomonidan 24 mart – Butunjahon silga qarshi kurashish kuni deb nomlangan.

© silning-davosi-bor.uz

ico
Nosning zararlari va tashlash uchun tavsiyalar
Muhtaram insonlar, biz siz bilan bugun nos haqida biroz mushohada qilmoqchimiz. Kishi o‘zi uchun nima foyda yoki zararligini bilganda o‘sha narsaning muxlisi bo‘lishi yoki undan darhol tiyilishi kerak bo‘ladi. Negaki, bu tadbir aqlli kishining sifatidir. Nos ko‘pincha bizning Markaziy Osiyoda uchraydigan xumor vositasidir. Nos kichik do‘maloqlangan va kukun holatda bo‘ladi. Uning tarkibiga nos tamaki, o‘simlik yog‘i, ohak, o‘simlik kuli, suv va boshqalar kiradi. Tarkibidagi moddalarning ta’siri inson salomatligi uchun zararlidir. Zaharliligi jihatidan tamaki tayyorlash uchun ishlatiladigan tamaki bilan nos tayyorlash uchun ishlatiladigan tamakining tarkibi bir-biriga yaqin hisoblanadi. Zaharliligi bilan bular bir-biridan ko‘pam qolishmaydi. Endi esa nos keltiradigan zararlarni birma bir sanasak.

Nosning zararlari:

  • Yurak, o‘pka, jigar va buyraklar va qon aylanish sistemasi uchun zararli darajasi yuqori.
  • Jigar va qovurg‘a oralarida og‘riqni paydo qiladi.
  • Tishlarni yemiradi.
  • Og‘iz, til, qizilo‘ngach va me’dada uchraydigan rak kasalliklarining aksari noskashlar hisoblanadi.
  • Fikrlashni susaytiradi.
  • Aqliy mehnatda erinchoq va ishyoqmaslikni keltiradi.
  • Xotirani o‘tmaslashtiradi. Ko‘p narsalar esida turmaydi.
  • Xumorni paydo qiladi. Xumor tutganda esa noskashlarning fe’l atvori noziklashib boradi.
  • Uyquni kamaytiradi. Noskashning uyqusi haqiqatda kam bo‘ladi.

Bundan tashqari...

  • Tupurilgan nos atrof muhitni iflos qiladi. Ayrim paytlar gilam tagi, uy boshqa turar joylar, ishxonalar ostonasi kabi joylarda tupurilgan nos uchrab turadi.
  • Nos jamiyatga jamoatga o‘ta xunuk holatni keltirib chiqaradi. Og‘zidagi nos bilan pala-partish gapirish yoki gapira olmaslik holatlar paydo bo‘ladi. Bu esa xunuk holatdir.
  • Nos oila byudjeti uchun zarar!
  • Mo‘kkadan ketgan noskashdan badbo‘y-sassiq hid anqiydi!
[box type="success" align="aligncenter" ]Nosning bu kabi zararlarini ko‘rib turib esa nos chekadiganlar endi tashlayman, deb qarorlarni qabul qilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.[/box] Nosga o‘rgangan kishi buni tashlashi uchun ma’lum tadbir asosida harakat qilishi lozim. Eng avvalo bu kishi o‘zidan «noskash» degan taxallusni yechib tashlashi talab etiladi. Va yana tashlash uchun esa biz beradigan tavsiyalarga amal qilish yaxshidir.

Nosni tashlash uchun tavsiyalar

  • Irodani ushlash zarur. Buning uchun nafs xohlagan havoyi narsalardan voz kechish. Bu qish paytida yozda pishadigan uzumni yoz kelganigacha kutib yeyishni kutish kabidir. Kishi agar nosni tashlayman deb harakat qilsa, 15 20 kunda bunga erishadi. Irodani bo‘sh qo‘ygan kishi o‘z nafsining quli hisoblanadi. Bu kabi insonlardan jo‘yali natijani olib bo‘lmaydi. Nosni tashlagan va tashlash uchun kurashgan kishilar-yaqinlarimizning hatto yiqilib qolgaliklarida ham bu qarordan qaytmaganliklarini ko‘rganmiz. 15 yil «nos staji»ga ega bo‘lgan kishilar ham nos tashlash baxtiga erishganlar.
  • Xumor tutganda boshqa narsalarga chalg‘ish. Ish bilan chalg‘ish mumkin va yana biror achchiq konfetlar bilan nafsni ovuntirish kerak.
  • Xumor tutganda yuqoridagi barcha zararlarni o‘zimdan daf qilishim kerak va zararlarni paydo qilmasdanoq tashlashim shart deya kishi o‘ziga maqsad qo‘yishi kerak.
  • Nosni ko‘rganda eng jirkanch va iflos narsa ekanligini eslashi va yuz burishi kerak va yana tashlaganlik uchun shukr qilish lozimdir.
  • Sport bilan shug‘ullanish yaxshi. Sport aqlni va tanani tozalaydi, chiniqtiradi va yana turmush tarzini yangilab, salomatlikka yetaklaydi.
  • Qalb xotirijamligini tiklash lozim. Qalbni xotirijamlik ila boshqarish kerak. Yaxshi va huzur bo‘ladigan amal va ishlarni qilish va sof aqida va fikrga ega bo‘lish kerak.

Bo‘lib o‘tgan hikoya

Nos kamyob bo‘lgan zamonlarda ikkita yigit qishloq mullasidan mas’alaga javob so‘ramoq niyatida borishibdi. Imom domla nuroniy va qori kishi edi. Yigitlar avvaliga so‘rashdan iymanishibdi va domla qistayvergach gap boshlashibdi. - Hojatxonaga nosim tushib ketdi. Nosni olib uni cheksa bo‘ladimi? Shunda domla: - Hay, nosning og‘zi ochiq edimi yoki yopiq? - Yopiq, deyishibdi yigitlar. Domla esa: - Yaxshiyamki yopiq ekan, agar ochiq bo‘lganida xojatxonani iflos qilgan bo‘lar edi, o‘zingiz bilasiz, — debdilar. Yigitlar esa battar uyalganidan bosh egib chiqib ketishgan ekan. Azizlar, biz sizga faqat maslahat va xabarlarni yetkazdik, xulosa esa sizdan, salomat bo‘ling!

© Hadya.uz nashri.

ico
Na’matak - bebaho ne’mat

Quyidagi turlari ishlatiladi:

  1. Begger na’matagi
  2. Itburun na’matak
  3. Fedchenko na’matak
  4. Qo‘qon namatak.

O‘simlik tasviri.

Ra’nodoshlarga mansub, bo‘yi 1.5-3 metr, ba’zan 6 metrgacha yetadi. Tikanli buta. Poyasi egiluvchan, tikanli va yaltiroq, qo‘ng‘ir yashil rangli. Barglari toq patsimon murakkab, ketma-ket o‘rnashgan. Gultojisi oq, qizil, pushti, to‘q-qizil va sariq bo‘lishi mumkin. Mevasi qizil va soxta mevadir. Mevasi kuz oxirida pishadi.

Qo‘llaniladigan qismi.

Mevasi va ildizi. Mevasi kech kuzgacha yeg‘iladi. Sovuq urgan meva tarkibida C vitamin kamayib ketadi. Mevalar quyoshda yoki pechlarda quritiladi. [caption id="attachment_5830" align="aligncenter" width="380"]Namatak Na’matak - bebaho ne’mat[/caption]

Kimyoviy tarkibi va ishlatilishi.

Na’matak mevasi tarkibida juda ko‘p miqdorda C vitamin mavjud (18% gacha boradi). P, K, B guruhi vitaminlari va flavanoidlar, organik kislotalar, qand, pektin, oshlovchi moddalar, likopin, tuzlardan kaliy, temir, marganes, fosfor, kalsiy, magniy tuzlari bor. Meva urug‘ida E vitamini va moylar bor. Na’matak mevalari ko‘pincha avitaminoz kasalliklarida qo‘llaniladi. Urug‘dan olingan moyi va mevasining yumshoq qismidan tayyorlangan moyli ekstrakti «karatolin» kuyganni, tropik yaralarni ekzema, teri kasalliklarini, rentgendan kuygan joylar, yarali kolit va boshqa kasalliklarda ishlatiladi. Na’matak turlarining ba’zi turlaridan vitaminli kosentlar, sharbat tayyorlanadi, C vitamini olinadi, quruq mevasidan tabletka va habdori tayyorlanadi. Askorbin kilota ko‘p kompleks dorilar tarkibiga kiradi. Mevasidan tayyorlanadigan xolosas preparati jigar kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Xalq tabobatida damlama va qaynatmalaridan me’da-ichak kasalliklari, bachadondan qon oqishini to‘xtatuvchi, isitma tushiruvchi, o‘t va siydik haydovchi sifatida ishlatiladi. Bu damlama bilan milk shamollashi va qon oqishida chayiladi. Ma’matak mevasi odamni quvvatlantirish, modda almashinuvini yaxshilash, urug‘lari esa buyrak va siydik yo‘llari kasalliklarida haydovchi sifatida ishlatiladi. A. D Turovaning ma’lumoticha na’matak preparatlari inson organizmida xavfli bo‘lgan yurak toj tomirlari arterosklerozida xolesterin miqdorini kamaytirishi haqida ma’lumot bergan.

Dori tayyorlash va ishlatish.

  • Og‘zi yopiladigan idishdga 2 stakan suv quyiladi va ustiga 1 osh qoshiq maydalangan (danagidan xolos etilgan) mevadan solib, 10 minut davomida qaynatiladi. So‘ngra 1 sutka davomida qo‘yiladi. Qaynatma dokada suzib, unga shakar qoshib shira beriladi. Qaynatmadan kuniga 3 mahal ovqatdan oldin yarim stakandan ichiladi.
  • Pishib yetilgan mevadan 2 osh qoshiq olib, 2 stakan qaynagan suvga 10 minut past olovda qaynatiladi. Keyin olib 1 soat sovutiladi. Dokadan suzib olib kuniga 3-4 mahal yarim stakandan ichiladi.
  • Na’matak suvli ekstrakti. Xolosas”ni dorixonadan olib, bolalarga choy qoshiqda, kattalarga osh qoshiqda kuniga 3 mahal beriladi.

© Hadya.uz

ico
Neyroortopediya imkoniyatlari

Tana harakatini bosh miyadagi harakat-mator doiralari, orqa miya o‘tkazish yo‘llari, periferik asab tizimi, muskullar, suyaklar hamda bo‘g‘imlar amalga oshiradi. Bu a’zolar kasalligini va ularning asoratlarini nevrolog-neyroxirurg ortoped davolaydi. Yuqoridagi a’zolar funksiyasi yaxlitligi - tana harakatining maqsadga muvofiq tarzda ishlashini ta’minlaydi Yaqin-yaqingacha asab tizimi xastaliklari asoratlarining ayrim turlari asosan bolalardagi spastik paralichlar, skaliozlar va katta yoshdagi bemorlardagi umurtqa va orqa miya shikasti asoratlari nevrolog-neyroxirurg va ortoped tomonidan yaxshi o‘rganilgan.

Neyroortopedik kasalliklarga bolalardagi tug‘ma skalioz, oyoq va qo‘llardagi parez va paralichlar, qanotsimon kurak, paralich Dyushenn-Erb va Dejerina-Klyumpke kiradi va yana hayot davrida bosh miya va orqa miya kasaliklari qon aylanishining buzilishi, bosh miya va orqa miya va periferik asab shikastlari, bosh miya va orqa miya o‘smalari, yuqumli kasalliklarda bosh miyaning mator doiralarining zararlanishi tufayli kelib chiqadigan asoratlari natijasi o‘laroq yuzaga keladigan parez va paralichlarga bemorning tayanch va harakat funksiyasi buzilishi kiradi. Hozirda neyroortopediya tushunchasi neyroxirurgiya va nevrologiyaning, shuningdek, ortopedik protezlash va reabilitatsiyaning rivojlanishi natijasida yuqoridagi kasallik va uning asoratlarini davolashda dastlabki etaplarni birlashtirishni taqozo etadi. Misol uchun orqa miya asoratli shikastlarida protez va korset taqishda yoki spastik paralichlarda tortilib qolgan paylarni va muskullarni tenoliz qilishda yoki tayanch a’zolari paralichida, protezlashda shu organlarni nerv tolalari bilan ta’minlanishini va muskullarning atrofiyaga uchraganini, suyaklarni esa osteoparozga aylanganini hisobga olish kerak bo‘lib, shu kasalliklarni birgalikda davolashni taqozo qilyapti.

  Bemorda yuqoridagi kasalliklar uchraganda u ijtimoiy jihatdan va individual tomondan o‘ziga o‘zi xizmat qila olishdan mahrum bo‘ladi va ruhiy shikastga uchraydi Shu sabab yuqoridagi kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarga neyroortopedik nuqtai nazardan qarab davolaganda muolaja natijasi va reabilitatsiyasi to‘laroq namoyon bo‘ladi. Bemor uzoq vaqt protez bilan yurganda shu protezlangan a’zoda trofikaning buzilishi, fantom og‘riqlar bo‘lishi, to‘qimalarning atrofiyaga uchrashi, shu sohalarda yotoq yaralari paydo bo‘lishi kuzatilgan. Shu sababli protezni taqish imkoni cheklanadi yoki yanada kattarok protez taqishi kerak bo‘ladi

Misol uchun, ko‘krak va bel umurtqalari skaliozi yoki shu soha asoratli orqa miya shikastlarida korreksiyalovchi protez korset uzoq muddat taqilganda ko‘krak va bel sohasi muskullari atrofiyaga uchrashi va nerv bilan ta’minlanishi buzilishi kuchaygan bo‘ladi. Korset taqib yurishi vaqtida bemorni nevrolog va ortoped tomonidan tavsiya qilingan korreksiyalovchi muolajalarini va dorilarilarini qabul qilishi va yo‘naltiruvchi massaj qabul qilishi va dovolash jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi kasallik rivojlanishining oldini oladi. Misol uchun, Bexterov kasalligini nevrolog bilan ortoped birga davolashi kerak bo‘ladi. Bosh miya o‘smalarining oldini olishda yoki og‘ir kalla, miya shikasti asoratlaridan keyingi gemiparez va gemipligini davolashda va xarakatni tiklashda protez va hassaga tayanishda neyroxirurg nevrolog va ortoped bilan birga ishlashi lozim.

Umurtqalar osteoxondrozi, disk churrasi kasalligida yoki uni operativ davolagandan so‘ng bemor ortopedik korreksiyalovchi protez taqishga majbur bo‘ladi. Bunda bemorga protez yoki korsetni to‘g‘ri tanlash umurtqaning fiziologik holatini saqlash va umurtqa pog‘onasiga tushadigan tana yukini kamaytrish uchun qo‘shimcha qo‘ltiq tayoqdan foydaliniladi. Shu bilan birga nevrolog tomonidan dorilar buyuriladi, davolash jismoniy tarbiyasi qo‘llaniladi.

 Paylarning tenolizi, suyaklarni osteotomiya bilan korreksiyalash yoki bo‘g‘imlarni ankilozlash operatsiyasidan so‘ng bemor reabilitatsiya davrida nevrolog va neyroxirurg tomonidan davolanilishi, massaj va doimiy shifobaxshash jismoniy mashg‘ulotlar qilishi zarur.

Yuqoridagi holatdan kelib chiqib, bosh miya koma holatlarida va komadan chiqish davrlarida bosh miya shikasti va orqa miya shikasti bosh miya o‘smalari operatsiyasi bosh miya shamollashi, orqa miya o‘smasi va orqa miya shamollashidan keyin kuzatiladigan uzoq muddatli harakatsiz yotishda bemorning oyoq va qo‘llarining sust harakatlantirishi va uqalash, shuningdek umurtqa pog‘onasi va oyoq-qo‘llarini tananing fiziologik holatida ushlab turish kerak. Bu esa bemorning kelgusida harakat-tayanch tizimini qo‘shimcha reabilitatsiya davo choralari ko‘rish zaruriyatidan saqlaydi va protezlashga halaqit bermaydi.

 Umuman olganda asab tizimi xastaliklarining asoratlarini neyroortopedik, profilaktik nuqtai nazardan davolash qayta korreksiyalovchi operatsiyalardan hamda nogironlikning qaytalanmasligi, bemor ahvolining chuqurlashmasligiga imkon beradi. Shuningdek, ijtimoiy sharoitda o‘ziga o‘zi xizmat qilishga va mexnat faoliyatini tiklashga imkon beradi. Hozirda harakat va tayanch a’zolariga aloqador yuqoridagi xastaliklarni davolashda neyroortopedik yo‘nalishni tanlash lozim.

© "Tibbiyot va zamon" jurnali.

[divider]

[highlight]Avitsenna.uz sayti orqali mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:[/highlight]

ico
Nega men faqat distillangan suv ichaman ( 6-qism )
Mazkur kitobda, juda ko‘p marta ta’kidlayapmanki, ochlik vaqtida xech narsa yemang, hatto meva va sabzavotlar sharbatlarini xam ichmang, faqat distillangan suv iching. Distillangan suv - bu toza suv bo‘lib, N2O. Bu formulaning mazmuni ikki hissa vodorod va bir hissa kislorod. Agar siz yomg‘ir suvi yoki distillangan suv ichsangiz, ularning tarkibida hech qanday ma’dan yo‘q. Ular bundan yuz foiz xoli. Agarda siz sabzavot yoki meva sharbatini ichadigan bo‘lsangiz distillangan suv va plyus yana qaysidir ozuqali narsalarni ham ichgan bo‘lasiz. Ularda erigan xoldagi tabiiy qand, mikroelemsntlar va vitaminlar bor. Agarda siz ko‘l, daryo yoki boshqa suv havzasidan toza suv ichsangiz, unda erigan minerallar bo‘ladi va hech qachon distillangan suvday bo‘lmaydi. Bunday suvda noorganik moddalar ko‘p bo‘lsa,  qattiq suvlar deyiladi. Endi ximiyadan ozroq dars o‘tishga ijozat etgaysiz. Moddalar ikki turda bo‘ladi: organik va noorganik moddalar. Bizning tanamiz o‘n olti xil tirik va qachondir tirik bo‘lgan moddalardan tashkil topgan. Biz tanovvul qiladigan olma yoki meva va sabzavotlar organik moddalar xisoblanadi. Bular daraxt yoki palagidan uzib olinganga qadar tirik, ya’ni yashayotgan edilar. Bu gap xayvonlardan olinadigan go‘sht, sut, pishloq va boshqa ozuqalarga xam taalluqlidir. Bizning xayotimiz va sog‘lomligimiz uchun organik moddalar zarur. Agarda xech narsa yashamaydigan va o‘smaydigan orolga tushib qolsak, xalok bo‘lishga maxkum bo‘lardik. Chunki shu o‘n olti xil modda xatto oyog‘imiz tagidagi tuproqda mavjud bo‘lganda ham uni vujudimiz shundayicha o‘zlashtirib ololmaydi. Tuproqdagi moddalarni o‘simliklargina o‘zlashtirishi mumkin. Hech qanday inson noorganik jismlardan ozuqa o‘zlashtirib ololmaydi. Ko‘p yillar oldin Xitoyning ayrim xududlari qurg‘oqchilik va ochlikdan azob chekayotganda, bu yerlarga ekspeditsiya tarkibida borgan   edim.   Ochlikni   bartaraf   etish   uchun   tuproqni   yegan bechoralarni ko‘rdik. Noorganik jism bo‘lgan tuproq ular uchun ozuqa bo‘la olmas edi va natijada ular dahshatli o‘lim bilan halok bo‘lganlarini ko‘rdim. Ko‘p yillardan beri, qaysidir suv ma’danlarga boy emish degan gap yuradi. Xayronman, gap nima xaqida ketayapti? Axir, noorganik, ya’ni tirik bo‘lmagan moddalar tanamiz uchun faqat yuk bo‘ladi, xolos. Ular inert bo‘lgani bois buyrak va o‘t pufagida tosh xosil bo‘lishi, vena va arterial qon tomirlari va tanamizning boshqa joylarida kislota kristallari to‘planib qolishiga sababchi bo‘ladi. Men Virjiniya shtatining ichimlik suvi qattiq bo‘lgan qismida voyaga yetganman. Bu suvlarda noorganik moddalar bo‘lgan natriy, temir va kalsiylar ko‘p. Mening ko‘plab do‘stlar va qarindoshlarim buyrak kasalliklaridan vafot etganlar. Ularning deyarli barchasi barvaqt qarib qolgan edilar, chunki shu noorganik moddalar ularning vena va arteriyalariga to‘plangan, qotirib tashlagan va oqibatda o‘limga olib kelgan. Mening bir tog‘am 48 yoshida mashxur Je Gopkins nomli kasalxonada vafot qildi. Uning arteriyalari noorganik moddalar bilan shu darajada shimilgan ediki, ular xuddi loy quvurlarga o‘xshardi-deyishdi uni o‘limidan so‘ng yorib ko‘rgan vrachlar. “Distillangan suv o‘lik suv, unda xatto baliq xam yashay olmaydi,” degan so‘zlarni ko‘p eshitgansiz. Albatta, yangi distillangan suvda baliq ko‘p vaqt yashay olmaydi, chunki unda daryo, ko‘l va dengizlardagi singari suv o‘tlari yo‘q. Keling, bu masalaga boshqa tomondan yondashaylik. Tasavvur qiling, siz Yaponiyaga ketayotgan katta passajir kemadasiz va yo‘lda kema halokatga uchrab, siz bilan bir necha kishi qutqaruvchi qayiqchada bir necha kun ochiq dengizda qolishingizga to‘g‘ri keldi. Sizlar uchun ichimlik suv topishning yagona yo‘li yomgir suvi. Va shu xolatda sizlar “Yomg‘ir suvi distillangan va o‘lik suv, biz buni ichmaymiz”- demaysizlar. Albatta, sizlar, uni ichasizlar va yer yuzidagi yomg‘ir suvinigina ichadigan millionlab odamlardan biriga aylanasizlar. Bermud orollarida yer shu darajada g‘ovakki, yomg‘ir suvi to‘xtovsiz singib ketadi, shuning uchun xam odamlar tomlarining ustini yomg‘ir suvini maxsus idishlarga yig‘ib olish imkonini beradigan qilib yopishganlar. Iso alayxissallom zamonida hukmdorlik qilgan qudratli imperator Tiberiyaning Kapri orolidagi qasr devorida yomg‘ir suvini yig‘adigan maxsus joy bo‘lgan hozirda, ya’ni oradan 2000 yil o‘tgach ham qurg‘oqchilik bo‘lganda bu suvlardan foydalanayotganliklarini, men o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim, maboda, siz xam borib qolsangiz ko‘rishingiz mumkin. Bir necha yil muqaddam marxum do‘stim Duglas Ferbenks bilan Polineziya orollarida bir necha oy sayoxat qilishimizga to‘g‘ri kelgan edi. U yerda yomg‘ir suvidan boshqa hech qanday suv ichmagan sog‘lom va go‘zal maxalliy xalqni ko‘rdik. Chunki orollar Tinch okean suvlari bilan o‘rab olingan va sho‘rligi tufayli ichishga yaroqsiz. Orol korall jinslaridan tashkil topgan va g‘ovak bo‘lib, yomg‘ir suvlari yerga juda tez singib ketadi. Shuning uchun bu yerda xam faqat yomg‘ir suvi yoki kokos yong‘og‘i suvidan ichishar ekan. Men bu yerdan boshqa biron joyda bunday chiroyli erkaklar va ayollarni ko‘rmaganman. Bizning yaxtamizda bir necha xakimlar bor edi va ular bu orolning eng keksa kishilarini qatiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Bir kardiolog menga, “umrimda bunday sog‘lom chollarni ko‘rmaganman”,- dedi. E’tibor qiling, men qari va yoshi katta deyapman, xaqiqatda, ular necha yoshga kirganini bilishmaydi, hisob xam yo‘q. Ular xech qachon tug‘ilgan kunlarini nishonlashmaydi, chunki yil o‘zgarishini xam bilishmaydi. Bu chollarning xuddi yosh bolalar singari milliy serxarakat o‘yinlarga tushishlarini ko‘rib xayratda qolasiz. Bir necha yil muqaddam Marokkodagi Atlas tog‘i va uning etaklarida sayoxatda bo‘ldim. U yerda xam faqat yomg‘ir suvi ichadigan zabardast insonlarni ko‘rdim. Dunyoning barcha burchaklaridagi dorixonalarida faqat distillangan suvdan dori tayyorlashadi. Distillangan suv organizmdagi organik moddalarni yuvib ketadi, degan gaplar bo‘lmag‘ur gaplardir. U - o‘lik suv emas. U - odam ichsa bo‘ladigan eng toza suv, distillangan suv xozirgi, taraqqiy topgan zamonamiz odamlarining organizmida to‘planib qolgan toksinlarni eritib, yuvib ketishi uchun yordam beradi va noorganik tosh qoldiqlaridan xam tozalanish imkonini beradi. Sochingizni yuvib ko‘rsangiz, uning yumshoq suvligiga ishonchingiz komil bo‘ladi. Yer yuzida suv bug‘lanish yo‘li bilan tozalanadi. Suv quyosh yordamida bug‘lanadi, bulutga aylanadi va yomg‘ir xolida, tabiatning buyuk mo‘’jizasi sifatida toza bo‘lib, yerga qaytadi. Men 50 yillar muqaddam, insoniyat uchun sho‘r dengiz suvidan bug‘lantirib va suyultirib juda ko‘p miqdorda distillangan suv ishlab chiqaradigan katta korxonalar qurishga to‘g‘ri keladi, deb  karomat qilgan edim. Shu aytganlarim amalga oshganini ko‘radigan kunlar xam keldi. Kubaning Guantanamo orolida joylashgan AQSH ning katta bazasidagi xarbiylar faqat distillangan suv ishlatadilar. Amerikaning harbiy-dengiz flotida bir necha ming kishilik kemalar bo‘lib, ular extiyojlari uchun ko‘p miqdordagi chuchuk suvni olib yurolmaydilar. Ular, xodimlari uchun dengiz suvidan distillangan suv oladilar. Mening Xollivuddagi uyimga distillangan suvni 20 litrlik idishlarda olib kelishadi. Biz buni iste’mol uchun ishlatamiz va bunday suv Amerikada barcha katta do‘konlarda bor. Uni bolalar ovqatini tayyorlash va boshqa maqsadlar uchun ishlatishadi. Qattiq suv bolalar terisiga va kir yuvganda qo‘lga qattiq ta’sir qilgani bois, kundalik iste’mol uchun suv yumshatgichlar o‘rnatilgan. Suv yumshatgich suvini ichmang, deb iltimos qilgan bo‘lardim. Menimcha, bu eng yaxshi variant emas. Bir yil distillangan suv ichib ko‘rsangiz, boshqa suvni ichgingiz kelmay qoladi. Ochlanish vaqtida faqat distillangan suv iching. [su_quote cite="Elbert Xabbard"]Sog‘liq — dunyonnng tabiiy xolatidir. Tabiatniig bir bo‘lagi bo‘lganimiz uchun bizning sog‘lom bo‘lishimiz ham tabiiydir. O‘z yumushlari uchun kerak bo‘lganimiz uchun ham, tabiat bor kuchi bilan bizni sog‘lomligimizni ta’minlashga urinadi.[/su_quote]

© Pol Bregg «Ochlik mo’jizasi» kitobi. Ziyouz.uz

ico
Nafas yoʻllariga yot jism tushishi belgilari va birinchi yordam koʻrsatish ketma-ketligi

Barcha insonlarda uchrashi mumkin boʻlgan patologik-kritik holatlardan biri – nafas yoʻllarida yot jism turib qolishi. Bunday vaziyatda shoshilinch yordam zudlik bilan koʻrsatilishi kerak boʻladi – bir necha soniyalar ichida. Quyida kattalar va bolalar nafas yoʻllarida yot jism tushishida shoshilinch yordam berish haqida maʼlumot keltirib oʻtamiz.

yot jism

Nafas yoʻllariga yot jism tushish sabablari

Bunday vaziyat koʻpincha bolalarda kuzatiladi. Bu albatta bolakaylar tabiatining oʻziga xosligiga bogʻliq – ular ovqatlanish vaqtida oʻyin oʻynashga beriluvchan, gapirishga harakat qiladi, yoʻtal yoki aksa urishlari mumkin. Bundan tashqari bolakaylar tashqi atrof jismlarni oʻrganishda ularning taʼmini, mazasini bilish orqali harakat qiladilar, kichik oʻlchamdagi jismlar tasodifan nafas yoʻllariga oʻtib ketishi mumkin. Bolalar ogʻiz boʻshligʻi va himoya reflekslarining toʻliq shakllanmaganligi tufayli bolalarda yot jism tushish ehtimoli yuqori hisoblanadi. 

Katta yoshdagi odamlar esa ovqatlanish vaqtida haddan ortiq koʻp taom isteʼmol qilishlari yoki suhbat qurishlari natijasida nafas yoʻllariga yot jism tushish mumkin. Bundan tashqari katta yoshdagilar spirtli ichimliklar isteʼmol qilgan vaqtda nerv tizimi himoya reflekslari susayadi, natijada yot jism nafas yoʻllariga oʻtish ehtimoli ortadi.

Nafas yoʻllarida yot jism turib qolganda kuzatiladigan simptomlar

Ushbu patologiyaning oʻziga xosligi shundaki, yot jism koʻpincha ovqatlanish vaqtida nafas yoʻllariga oʻtib keladi. Nafas yoʻllarida yot jism turib qolganda kuzatiladigan belgilar 3 bosqichda yuzaga chiqadi:

  • Boshlangʻich bosqich. Toʻsatdan yuzaga keluvchi kuchli yoʻtal, koʻz yoshlanishi, yuz terisi qizarishi;
  • Belgilar kuchayish bosqichi. Yoʻtal yanada kuchli namoyon boʻladi, nafas olish deyarli roʻy bermaydi, ammo bemor nafas harakatlarini bajaradi, ogʻiz atrofida koʻkarish kuzatiladi;
  • Oxirgi bosqich. Nafas olish butkul toʻxtaydi, bemor hushini yoʻqotadi, qisqa vaqt ichida yurak ish faoliyati toʻxtaydi, klinik oʻlim holati kelib chiqadi.

Yot jismni tashqi belgilarga qarab qanday aniqlash mumkin?

Nafas yoʻllariga yot jism tushgan vaqtda bemor ahvoli quyidagicha boʻladi:

  • Bemor toʻsatdan gapirishdan toʻxtaydi, kulishi, baqirishi yoki yigʻlashi mumkin, qoʻllari bilan tomogʻini ushlab oladi;
  • Kuchli yoʻtal kuzatilib, bemor savollarga javob bermaydi;
  • Bemor nafas olganda xirillash eshitilishi yoki umuman nafas olishi eshitilmasligi mumkin;
  • Bemor ogʻzini katta ochsada nafas ololmaydi;
  • Bemor yuz terisi avvaliga qizaradi, soʻngra oqaradi, keyinchalik esa koʻk tus oladi, ayniqsa ogʻiz atrofida koʻkarish yaqqol namoyon boʻladi;
  • Bir necha soniyalar ichida bemor hushini yoʻqotadi;
  • Juda qisqa muddat ichida yurak urishi toʻxtaydi va klinik oʻlim sodir boʻladi.

Nafas yoʻllariga yot jism tushganda birinchi yordam koʻrsatish

Nafas yoʻllariga yot jism tushganligini bilgan odam birinchi yordam koʻrsatishda har bir soniyadan unumli foydalanadi. Chunki patologik holat qisqa muddat ichida yuzaga chiqadi va birinchi yordam koʻrsatish sifati bemor hayoti bilan baholanadi.

Birinchi yordam koʻrsatish algoritmi quyidagicha:

Bemorga “nima boʻldi?” savolini bering. Albatta siz bunday holatda ahmoqona koʻrinishingiz mumkin, ammo aynan shu savol yordamida bemor nafas olyaptimi yoki yoʻqmi, bilib olishingiz mumkin. Aynan, mana shu holat orqali keyingi taktikangizni belgilab olasiz.

Agar bemor umuman nafas olmayotgan boʻlsa unga “kuchliroq yoʻtal, yana yoʻtal, qani boʻlaqol” degan buyruqni bering – yaʼni bemorni hushini yoʻqotmaslik uchun, uni stimmulash uchun har qanday soʻz bilan himoya reflekslarini “uygʻoting”. Koʻpincha mana shu chora tadbirlar yordamida kichik oʻlchamdagi yot jismlar nafas yoʻllaridan chiqib ketish uchun yetarli boʻladi.

Agar yot jism 30 soniya davomida chiqib ketmasa yoki bemor xuruj boshlangan vaqtning oʻzida nafas olmaganligini sezsangiz Xeymlix usulini qoʻllash kerak boʻladi.

Xeymlix usuli

Bu usulni bajarish texnikasi quyidagicha:

Shikastlanuvchining orqa tomonida turing;

Uni ikki qoʻllaringiz bilan quchoqlang, oʻng qoʻlingizni musht qilib chap qoʻlingiz bilan uni kuchli ushlab oling, qoʻllarni qorinning yuqori sohasiga qoʻying. Yoʻnalish – yuqoriga va oʻzingizga torting. Nafas olish sezilsa – bu yot jismning nafas yoʻllaridan chiqib ketganligidan dalolat beradi.

Eʼtibor bering: Xeymlix usuli yot jismning nafas yoʻllaridan chiqib ketguniga qadar yoki bemor hushini yoʻqotgunga qadar amalga oshiriladi. Agar shikastlanuvchi hushini yoʻqotsa, yot jismni chiqarishga qaratilgan harakat toʻxtatiladi va zudlik bilan oʻpka-yurak reanimatsiyasi amalga oshirilishi kerak.

Xeymlix usulini bolalar va homiladorlarda oʻtkazishning oʻziga xosligi

1 yoshdan kichik boʻlgan bolalar nafas yoʻllariga yot jism tushganda birinchi yordam koʻrsatish: bolani qorin sohasi bilan bir qoʻlingizga oling, yuzi (boshi) sizning kaftingizda boʻladi, bolaning boshi tanasiga nisbatan pastroqda boʻladi. Soʻngra ikki kurak oraligʻi sohasiga ikkinchi qoʻlingiz kafti bilan 5 marotaba kuchli sirpanuvchi harakat bilan uriladi. Ikkinchi bosqich – bola yuzini yuqoriga qaratgan holda ikknchi qoʻlingizga oling, soʻngra soʻrgʻichlardan bir barmoq pastki sohaga, toʻsh ustiga 5 marotaba turtki beriladi. Amallarni bajarayotganda kuchli harakatlar qilmang, aks holda bolakay qovurgʻalarini sindirib qoʻyishingiz mumkin.

Agar yot jism bola ogʻiz-halqum sohasida paydo boʻlsa, u koʻrinib turgan boʻlsa – uni barmoqlar yordamida olib tashlash zarur. Agar yot jism chiqmagan boʻlsa yuqoridagi chora tadbirlar qayta amalga oshirilari, yoki yurak urishi toʻxtagan boʻlsa darhol oʻpka-yurak reanimatsiyasi bajariladi.

1-8 yoshgacha boʻlgan bolalarda Xeymlix usuli bajarilishi: bolani oyoqlaringizni bukkan holda son ustiga qoʻying. Qolgan amallar yuqoridagi tartib boʻyicha bajariladi.

Muhim savol: homilador ayollar nafas yoʻllariga yot jism tushganda ham qorin yuqori sohasiga kuchli bosiladimi? Bu amallar homilaga salbiy taʼsir etishi mumkinmi? Homilador ayollarga birinchi yordam koʻrsatish emizikli bolalardagi kabi bajariladi, yaʼni toʻsh osti sohasiga kuchli turtki beriladi.

Nafas yoʻllaridagi yot jismlarni chiqarishdagi oddiy xatoliklar

Nafas yoʻllariga yot jism tushganda inson hayoliga keladigan birinchi amal – bemor yelkasiga urish. Yuqorida keltirilganidek bemor orqa sohasiga kuchli urish zarur, ammo shunchaki yuqoridan emas va juda kuchli emas. Xavf shundaki yot jism gravitatsiya qoidasiga koʻra yuqoridan pastga harakat qiladi, natijada yot jism yanada pastroqqa, traxeobronx shoxlariga tushishi va nafas yoʻllarini toʻliq berkitib qoʻyishi mumkin. Bunday vaziyatda birinchi yordam faqatgina – traxeotomiyadir, hattoki tibbiy malakaga ega boʻlgan mutaxassis yoningizda boʻlsa ham bemor hayotini saqlab qolish katta soʻroq ostida turadi.

Bolalarni hech qachon oyoqlaridan ushlab boshini pastga qaratgan holda ushlamang. Hiqildoq usti togʻ​ayi spazmi yot jism chiqarish samarasini “nol”ga keltirib qoʻyadi. Bundan tashqari bolakay boʻyin umurtqalari sinish ehtimoli ham ortadi. Gap shundaki bolakay hushsiz boʻlgan vaqtda barcha mushaklari boʻshashadi va boʻyin sohasidagi umurtqalar chiqishi yoki sinishi mumkin. Bolakayga yordam berish maqsadida uni nogiron qilishingiz yoki oʻlim holatiga olib borishingiz mumkin.

Va soʻngi eng tipik boʻlgan xató – vahima qilish. Vahimaga tushish vaziyatni toʻgʻri baholash va birinchi yordam koʻrsatishga toʻsqinlik qiladi. Vahima hissini oldindan mulyaj yoki qoʻgʻirchoqlarda mashq qilish orqali bartaraf etish mumkin. Shu yoʻl bilan miyangiz kritik holatda yordam koʻrsatish algoritmini tuzadi va qoʻllaringiz oʻz-oʻzidan amallarni toʻgʻri bajarishga moslashadi, bu esa biror bir inson yoki oʻz qadrdonlaringiz hayotini saqlanib qolishga sababchi boʻlishingizga olib keladi.

Ushbu maqolalarni ham oʻqing:

Bosh miya chayqalishi – tasnifi, belgilari, davosi va birinchi yordam ko‘rsatish usullari

Hushdan ketish sabablari va hushdan ketganda birinchi yordam ko‘rsatish

Kuyish – turlari, darajalari va birinchi yordam ko‘rsatish usullari

Cho‘kish – sababi, turlari va birinchi yordam

ico
Neyroxirurg konsultatsiyasi (Savol-javob)

Ushbu sahifada neyroxirurgiya kasalliklariga oid savollarga Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazi rahbari Gʻayrat Kariyev javob berdi.

Bolalar serebral falaji tashxisi boʻyicha jarrohlik

— Siz rahbarlik qilayotgan markazda Bolalar serebral falaji tashxisi boʻyicha jarrohlik oʻtkazilayotgan ekan. Jarrohlikdan keyin bola butunlay oyoqqa turib keta oladimi? Bu tashxis qoʻyilgan bolada necha yoshdan jarrohlik amaliyoti oʻtkazilishi mumkin?

— Ha, shunday operatsiyalarni oʻtkazyapmiz. Bolalar serebral falajining turlari bor. Tetraplegik formasida katta natijaga erishish qiyin. Muolaja natijasida mushaklar spastikasini kamaytirish orqali ikkilamchi umurtqa va boshqa suyaklar shakli buzilishi oldi olinadi. Ammo toʻliq oyoqqa turib ketishini oldindan ayta olmaymiz. Bolalar 2-4 yosh oraligʻida boʻlgani maʼqul.


Quloqda shovqin boʻlishi miyadanmi?

— Yoshim 39 da. Bir yil oldin qulogʻim shamollab, lor-shifokorda davolanganman. Daʼvo muolajalaridan keyin qulogʻimda shovqin paydo boʻldi. Qayta koʻrikka borganimda, shifokor shovqinning miyada yuz berayotganini aytdi. Faqat neyrojarrohlik amaliyoti oʻtkazilsagina bundan qutulish mumkin ekan. Bu qanchalik toʻgʻri? Nima qilsam qulogʻimga tinmay eshitiladigan chiyillagan ovozdan qutulaman?

— Avvalo, bosh miya MRT tekshiruvini oʻtkazishingiz zarur. Keyin bizning markazga murojaat eting. Lozim topilsa, amaliyot oʻtkaziladi va undan qutulishingiz mumkin.


Markazda kimlar bepul davolanishi mumkin?

— Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazida kimlar uchun bepul davolanish imtiyozlari mavjud? Jarrohlik amaliyoti oʻtkazishdachi?

— Markazimizda onkologik kasallikka chalingan bemorlar uchun order asosida bepul davolanishga davlatimiz tomonidan imtiyoz ajratilgan. Mazkur imtiyoz jarrohlik amaliyotiga ham taalluqli. Bundan tashqari, tezkor yordam koʻrsatilishi kerak boʻlgan holatlar ham soʻzsiz, bepul.


Epilepsiyani davolash mumkinmi?

— Shifokorlar tutqanoqni butunlay davolab boʻlmaydi, deyishadi. Shu rostmi? Agar epilepsiya davomli ravishda davolansa, bu kasallikdan butunlay forigʻ boʻlish mumkinmi? Agar bunday qiz turmushga chiqsa, hayotiga jiddiy xavf tugʻdirmaydimi, farzandiga kasallik oʻtadimi?

— Tutqanoqning avval sababini aniqlash zarur. Agar tutqanoq biror bosh miya kasalligi natijasida yuzaga kelgan boʻlsa, asosiy kasallikni davolash va tutqanoqqa qarshi baʼzi dorilar kifoya. Agar mustaqil tutqanoq kasalligi boʻlsa, uni dorilar va maʼlum jarrohlik uslublari bilan ham davolash mumkin. Shunda ham chuqur tekshiruv talab etiladi. Turmushga chiqishdan avval neyroxirurg va nevrologda davolanishdan soʻng, maslahatlashgan holda turmush qurgan maʼqul. Orttirilgan tutqanoq kasalligi (tugʻma boʻlmagan) irsiyatdan oʻtishi kuzatilmagan.


Gematoma kasalligi belgisi emasmi?

— Surunkali ravishda boshim aylanib, qayt qilaman. Gohida hushimni yoʻqotaman. Oʻzimga kelganimda boshim boʻm-boʻsh boʻlib qolgandek his qilaman. Mahalliy shifokor “Asablarning charchashi oqibati”, deb aytdi. Internetda bu kabi koʻrinishlar gematoma kasalligida namoyon boʻlishi haqida oʻqib qoldim. Mendagi bu holatni qanday izohlaysiz?

— Avvalo, neyroxirurgga murojaat qiling. Nevrologik koʻrikdan soʻng sizga zarur tekshiruv tavsiya etiladi. Bosh miyani KT, MRT kabi instrumental tekshiruvlari mavjud, ana shulardan soʻng qatʼiy xulosa beriladi.


Miyada gematoma aniqlansa, operatsiya qilish shartmi?

— Gematoma miyada aniqlansa, uni faqat jarrohlik amaliyoti oʻtkazib davolash kerakmi yoki buning boshqa chorasi ham bormi?

— Hajmiga bogʻliq. Katta hajmdagi gematomalar koʻpincha miyaning maʼlum qismini ezishi oqibatida jarrohlik davosini talab etadi. Kichikroq hajmdagilar baʼzan talab etmaydi.


Orqa miya churrasi nima?

— Orqa miya churrasi qanday kasallik? Uni tuzatib boʻladimi?

— Orqa miya churrasi bu orqa miyaning tugʻma rivojlanish nuqsoni. Bunda baʼzi umurtqa suyaklari va orqa miya pardalari rivojlanishi buzilishi natijasida churra paydo boʻladi. U jarrohlik usuli bilan davolanadi.


Gidrosefaliya qaytalanishi mumkinmi?

— Qizim ikki yarim yoshda. Bir yil oldin qizimga gidrosefaliya, deb tashxis qoʻyilgandi. Kerakli muolajalarni oldik. Biroq yana ushbu kasallikka xos alomatlar yuzaga kelgach, shifokor jarrohlik amaliyoti qilish kerakligini aytdi. Bu kasallikdan butunlay forigʻ boʻlishni kafolatlaydimi yoki qaytalanishi ham mumkinmi?

— Gidrosefaliyaning aksariyat turlari jarrohlik amaliyotini talab etadi. Jarrohlik amaliyoti (ventrikuloperitoneostomiya) gidrosefaliyani davosi sifatida tan olingan. Ammo kasallik maʼlum sabablarga koʻra qaytalanishi mumkin. Shu jihatdan qayta jarrohlik talab etilishi mumkin. Ammo bu kam hollarda uchraydi.


Miyada qon yaxshi aylanmasligi oʻsmaga sabab bolishi mumkimi?

Miyada qon yaxshi aylanmasligi yoki uning kamligi miyada oʻsma paydo boʻlishiga turtki berishi mumkinmi? Umuman olganda, qon meʼyordan kam boʻlishi asab kasalliklari, boshda oʻsma va shishlar paydo boʻlishiga olib kelishi mumkinmi?

— Oʻsma kasalligiga turli sabablar olib keladi. Lekin qon aylanishining buzilishi koʻproq bosh miya qon tomir kasalliklariga (insult, tranzitor ishemik xuruj va hokazo) sabab boʻladi.


 Jarohatdan keyin boshim qattiq ogʻriydigan boʻlib qolgan ...

— Yoshim 30 da. Bir yil oldin yiqilib, boshim jarohatlangan. Davolanganman, ammo fasllar almashinuvi va havo oʻzgarishi, shovqindan boshim qattiq ogʻriydi. Goh-goh koʻngil aynishi, qusish kuzatiladi. Bundan qutulish uchun nima qilish kerak?

— Sizda vegetativ asab tizimi jarohatdan soʻng biroz buzilgan. Maʼlum adaptatsiyani yaxshilovchi dorilar bilan ahvolingiz yaxshi boʻlib ketadi, deb umid qilamiz. Nevrologga yoki neyroxirurgga murojaat eting.


 Uch shoxli nerv shamollashi

— Yoshim 42 da. Tinmasdan boshim ogʻriydi. Tekshiruvlarda hech qanday ogʻir xastalik yoʻqligini, shunchaki, uch shoxli nerv shamollaganini aytishdi. Peshonamda, yuzimning oʻng qismida ogʻriq kuchliroq, qolgan joylarida simillagan ogʻriq bor. Bundan qutulish uchun nima qilsam boʻladi?

— Avvalo, bu shamollashmi, shuni aniqlash kerak. Bir qator instrumental tekshiruvlar natijasida aniq xulosaga kelgandan soʻng davo uslubi belgilanadi. Baʼzilarga jarrohlik, baʼzilarga dori-darmon.


Kraniosinostoz operatsiya qilinadimi?

— Qizim bir yarim yoshda. Boshi juda kichkina. Shifokor kraniosinostoz, deb tashxis qoʻydi. Aytishicha, bu kasallikdan qutulishning iloji yoʻq. Jarrohlik amaliyoti ishonchsiz ekan. Maslahat bersangiz…

— Bizda bu sohada jarrohlik amaliyoti oʻtkaziladi. Chuqur tekshiruvdan soʻng xulosa beriladi.


Miya oʻsmasi belgilari qanday?

— Miya oʻsmasi qanday klinik belgilar bilan namoyon boʻladi? Buning oldini olish uchun shifokor koʻrigidan qancha vaqtda oʻtib turish kerak?

— Har qanday bosh ogʻrigʻida, koʻrish va eshitish buzilishida, shifokor nevrolog yoki neyroxirurgga murojaat qiling.


Tashxis: Umurtqa pogʻonasida tomir siqilishi

— Bir marta hushimni yoʻqotib yiqildim. Shifokorlar umurtqa pogʻonasida tomir siqilishi, deb tashxis qoʻyishdi. Hozir sovuqda umurtqa pogʻonamda ogʻriq turadi. Boshimda ham ogʻriq va qulogʻimda shovqin bor. Bu nimadan boʻlishi mumkin?

— Umurtqa arteriyalari qay darajada qisilganini aniqlash zarur. Yengil qisilishga dorilar kifoya. Turini yaxshilab tekshirib, keyin xulosa qilinadi.

Ekspert: Gʻayrat Kariyev, neyroxirurg.
Jurnalist: Goʻzaloy Matyoqubova.
Manba: "Oila davrasida" gazetasi.