Bo‘lajak neyrojarrohlarga muhim tavsiyalar

Hurmatli tibbiyot talabalari! Biz bilan sizning maqsadimiz o‘zimizning hayotimizni baxshida etgan tibbiyot ilmini to‘lig‘icha, mukammal o‘rganishdir, uni o‘z o‘rnida qo‘llab, xalqimiz sog‘ligini saqlash va tiklashda ishlatishdir. Xalqimizda «salomatlik — tuman boylik» degan ibora bor. Shu tuman boylikni saqlash va yaratish siz bilan bizning muqaddas burchimizdir. Shu boylik qanchalik ko‘p bo‘lsa, davlatimizning qudrati ham shunchalik yuksak bo‘ladi. har bir hakim o‘z ishiga fidoyi bo‘lsagina, kecha-kunduz unga ko‘z tutib, intikib, najot orzusida yotgan har bir bemorni xurmat qilib kanday bo‘lsa ham tezroq uning dardiga davo topish ishtiyoqida tinmay xarakat qilsagi- na, u o‘z ko‘zlagan maqsadiga erisha oladi.

Mashhur rus yozuvchsi va shifokori A.P.Chexov aytganidek: «Xayotda ikki kasb egalari borki, bular o‘qituvchilar va hakimlar, ularning asosiy fazilatlaridan biri bu odamlarni sevmoq va hurmat qila bilmoqdir».

Masalan, duradgor bir shaklsiz yog‘ochga yoki temirchi po‘lat parchasiga sayqal berib, uni o‘zining dil quri bilan sug‘orib, yaxshi bir asbob, uy jihozi yoki boshqa biror narsa tayyorlaydi. U o‘z ishining natijasini ko‘rib dili quvonadi, mehnatidan mamnun bo‘ladi. Shu narsalar bilan u har kuni ishlaydi, unga mehr qo‘yadi, shular tufayli hayotda tirikchilik o‘tkazadi.

Hakim esa sog‘liqni saqlashning qaysi bir sohasida ishlamasin, u eng oliy ongli mavjudot INSON bilan ishlaydi, uning qarindosh-urug‘lari bilan muloqotda bo‘ladi, uning dardini topadi, davolaydi, barcha hursandchilik hamda g‘am alamlariga sherik bo‘ladi. O‘zini tibbiyot sohasiga bag‘ishlagan har bir kishi insonga chuqur hurmatda bo‘lib, uni e’zozlamasa, sevmasa, bemor kishini davolab, uning dardiga malham bo‘la olmaydi.

Hakim juda katta gumanist, ya’ni insonparvar, baynalmilalchi bo‘lmog‘i darkor. Bu borada har bir tibbiyot tolibi ilmi, hakimlar, xodimlar kishilarning baxtu-saodati, sog‘ligi, farovonligi, xuquqiy tengligi uchun kurashgan.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Issiq kunlarda lab qurib qolishidan qanday saqlanish mumkin?
Neyrojarrohlik
Bo’lajak veyrojarrohlarga tavsiyalar

Tibbiyotda asab jarrohligining o‘ziga xos ba’zi nozik tomonlari ham borki, ularni alohida ta’kidlab o‘tishni lozim deb hisoblaymiz. Bu maslahatlar shu sohada ishlayotgan hamkasblarimizga ozgina bo‘lsada asqotib qolar va umumiy ishimizga yordami tegar degan umiddamiz.

Asab jarrohligi amaliyotida ko‘pgina muolajalar odamning bosh qismida bajarilganligi uchun xotin-qizlar betob bulganda ularning umr buyi ardoqlagan va ko‘rki bo‘lgan sochini olishga to‘g‘ri keladi. Bu holat ularning kayfiyatiga va ruhiyatiga ta’sir kilibgina qolmay, bemorni o‘kintirishi ham mumkin.

Bu ishni bajarishdan ilgari hakim bemorning yuragiga yul topib, uni yupatib, shu narsa u kishining sog‘ligini tiklash uchun albatta zarurligini, sochi kaytadan o‘sib, yana ham chiroyli bulib tiklanishini, qolaversa vaktincha parik kiyib yurishi mumkinligini tushuntirib, ko‘niktirishi lozim. Shunday qilsa bemorning ko‘ngli albatta taskin topadi va o‘zini uni kutayoggan jarrohlik muolajalariga tayyorlaydi. Yoki bo‘lmasa, soch olinganda miyadagi o‘zgarishlar rentgen tasvirida anikrok kurinadi (odatda, shunday bulmasa ham) va bu kasallikni aniqlash uchun juda zarur deb uqtirish lozim.

Agar bemor hushida bo‘lmasa yoki kasallik tufayli ruhiy holati buzilgan bo‘lsa, bu masala bemorning qarindosh-urug‘lari bilan yechilgani ma’qul. Asab jarrohligida ko‘pgina muolajalar lyumbal punksiyani bajarish bilan bog‘lik,. Xalqimiz orasida punksiya so‘zi ko‘pincha qo‘rqinch va dahshat bilan qabul qilinadi. Odatda, bu manipulyatsiyaning qilinishi yoki qilinmasligi uchun aniq tibbiy ko‘rsatmalar mavjud bo‘lib, u faqatgina bemorni davolash uchun juda ham zarur bo‘lgan- dagina taklif qilinadi. Ba’zan shunday hollar bo‘ladi- ki, bemorning o‘zi bosh miyasida o‘sma borligini bilsa, hakimdan uni jarrohlik yuli bilan emas, balki punksiya yordamida davolashni iltijo kiladi.

Afsuski, o‘smani punksiya qilish yuli bilan davolab bo‘lmaydi. Bunday paytda punksiya qilinsa, bemorning ahvoli og‘irlashishi mumkin. Shuning uchun ham punksiya faqat zaruriyat tufayli davolash va tashxisni aniqlash maqsadida kilinadi xolos. Zarur bo‘lmasa, bemorning iltimosi qoniqtirilmaydi. Shunday kasalliklar borki, ularni orqa miya suyukli- gini olib tekshirib ko‘rmasdan aniqlash amri maholdir. Bular jumlasiga, meningit kasalligi (har hil turlari), har hil sabablarga ko‘ra o‘rgimchak to‘risimon pardaning tagiga qon quyilishlari, orqa miya o‘smalari va hokazolar kiradi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Tug‘ruqdan keyin jinsiy yo‘llar kengayishi tabiiy holatmi?

© Professor X. X. XUDOYBЕRDIYEV
“ASAB JARROHLIGIDAN AMALIY QO‘LLANMA”.
Neyro.uz nashri.

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Back to top button