4.2
(31)

Jigar organizmda filtr vazifasini bajarib, barcha iste’mol qilingan moddalar jigarda filtrlanadi va so‘ng qonga o‘tadi. Jigar sog‘lig‘i endokrin, hazm, teri va immunitet tizimlari, tiroid bezi va metabolizm sog‘lig‘i uchun juda muhim.

Jigaringiz tozalanishga muhtojligini quyidagi simptomlar orqali bilib olishingiz mumkin:

Jigar tozalashdan oldin quyidagi mahsulotlarni iste’moldan chiqarish muhim:

  • Zararli ozuqalar;
  • Rafinadlangan uglevodlar;
  • Qayta ishlangan mahsulotlar;
  • Sintetik vitaminlar;
  • Alkogol.

Quyidagilarni doim iste’mol qilish jigar uchun foydali:

  • Krestgulli sabzavotlar: karam, brokolli, kale;
  • To‘q yashil ko‘katlar va sabzavotlar;
  • Sabzavotlar: piyoz, gulkaram, qizil lavlagi, artishok;
  • Mevalar: limon, nok, olma, papaya, mango, greypfrut;
  • Murakkab uglevodlar: jigarrang guruch, suli, arpa, javdar;
  • Oqsillar;
  • Dukkaklilar: yasmiq, no‘hat, loviya;
  • Ziravorlar: sarimsoq, dolchin, muskat;
  • Yong‘oqlar va urug‘lar;
  • Zig‘ir yog‘i.

Quyidagi shaxslarga jigar tozalash TAVSIYA QILINMAYDI yoki jigar tozalashda mutahassis nazorati shart bo‘ladi:

  • 12 yoshdan kichik bolalar;
  • O‘smirlar;
  • Qariyalar;
  • Homiladorlar;
  • Emizikli onalar;
  • Immunitet tanqisligi mavjud bemorlar (OITS, organ transplant qilinganlar, ba’zi saraton bemorlari)
  • Diabetli bemorlar;
  • Yurak kasalliklari mavjud insonlar.

Tumov, shamollash, ich ketishi kabilar bilan kasallanib qolsangiz, tuzalguncha jigar tozalashga kirishmay turing. Doimiy ich qotishi muammosi borlar avvalo ichaklarni tozalashlari, ovqatlanish tarzini o‘zgartirishlari kerak.

Jigar tozalashdan avval ichaklarni tozalab, gijjalarni tushirish, buyraklarni tozalash tavsiya qilinadi.

Bundan keyin jigar tozalansa natija samaraliroq bo‘ladi. Gijjalarni tushirishda shuvoq o‘ti (полынь горькая, wormwood) juda samarali hisoblanadi. Shuvoq gijjalarni o‘ldirmaydi, balki organizmni sog‘lomlashtirish hisobiga ulardan bizni halos qiladi. Shuvoq hazm sistemasini tuzatadi, organizmdagi hazm bo‘lmasdan qolib ketgan parchalarni parchalaydi. Shu tariqa parazitlar va gijjalar ovqatsiz (yaxshi hazm bo‘lmagan chiqindilarsiz) qolib bunday muhitda yashay olmaydi va organizm ulardan halos bo‘ladi. Xulosa qilganda, gijjalar nosog‘lom ovqatlanishning simptomlaridan biri ekan.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Tamaki tutunidagi «zahar»

Magniy sulfat ichni yumshatuvchi husisiyatga ega. Agar sizda quyidagi holatlar bo‘lsa, magniy sulfat ishlatish tavsiya qilinmaydi: oshqozon og‘rig‘i, ko‘ngil aynashi, kuchli ich qotishi, ich ketishi.

Jigar tozalash retsepti

Bu uslub Doktor Hulda Klark tomonidan ishlab chiqilgan.

Bu tozalash jarayonida hojatxonaga ko‘p qatnaysiz, shuni inobatga olib kun tanlang. Dam olish kunlari yaxshi variant. Bu uslubda Magniy sulfatdan foydalaniladi, uning mazasi esa juda yoqimli emas. Shu sababli uni kofe maydalagichda upa holigacha maydalab, kapsulaga solib ichsangiz ham bo‘ladi. 1 osh qoshiq Magniy sulfat tahminan 24-25 kapsulaga teng bo‘ladi. Bu uslubda ko‘rsatilgan Magniy sulfat miqdori tahminiydir. Organizmning odatiy reakciyasiga qarab 1 stakanga 1 choy qoshiqdan 1 osh qoshiqqacha Magniy sulfat solsangiz bo‘ladi.

Demak boshladik.

Bizga quyidagilar kerak bo‘ladi:

  • Magniy sulfat (Ingliz tuzi, Epsom salt, Magnesium sulfate) – 3 osh qoshiq
  • Zaytun yog‘i (sovuq birinchi siqim) yoki grek yong‘og‘i yog‘i (sovuq birinchi siqim)- 1/2 stakan
  • Pushti greypfrut yoki limon- 1ta katta yoki 2 ta kichkina (har ehtimolga qarshi yana bitta)
  • Suyuqlik ichish uchun 1-2ta kattaroq trubkachalar
  • 500 ml lik yoki kattaroq shisha idish

Jigar tozalash uchun dam olish kunlaringizni tanlang.

Jigar tozalamoqchi bo‘lgan kuningiz hech qanday vitaminlar, dorilar iste’mol qilmang. Oson hazm bo‘luvchi ovqatlardan grechka, meva va sabzavotlar, yangi siqilgan meva va sabzavot suvlari, biroz asal, fermentlangan mahsulotlar, tabiiy achitqida pishgan non, suyak sho‘rva va shunga o‘xshash ovqatlarni tartib bilan ozgina yesa bo‘ladi. Soat 14:00 (2 p.m.)dan keyin hech narsa yeyish mumkin emas.

Soat 14:00da Magniy sulfatli aralashmalarni tayyorlab qo‘ying. Buning uchun 3 osh qoshiq Magniy sulfatni (Epsom salt, Magnesium sulfate) 3 stakan suv bilan aralashtiring. Bu aralashmani xona harortida saqlang.

18:00da 3/4 stakan Magniy sulfatli aralashmani iching. Ichishni osonlashtirish uchun ichayotganda trubkachadan foydalaning va uni tomoqning orqa qismiga yo‘naltirib suyuqlikni iching. Mazasiga hech o‘rgana olmasangiz, biroz asal yeb yuborsangiz bo‘ladi (shakar emas).

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Jigar kasalliklarida qilinadigan parhezlar

20:00da yana 3/4 stakan Magniy sulfatli aralashmadan iching.

21:45da yog‘ va greypfrutli aralashmani tayyorlashni boshlang. Buning uchun 1/2 stakan zaytun yog‘i yoki yong‘oq yog‘iga 1/2stakandan 3/4 stakangacha yanqi siqilgan greypfrut yoki limon suvini aralashtiring. Yong‘oq yog‘ining mazasi zaytun yog‘iga qaraganda ancha yoqimli, shu sababli yong‘oq yog‘i ishlatganingizda bu aralashmani ichish sizga osonroq bo‘lishi mumkin. Zaytun yog‘i ishlatsangiz maza uchun aralashmaga biroz dolchin qo‘shib yuborsangiz bo‘ladi. Bu aralashmani ichgandan keyin yotishingiz zarur bo‘ladi, shu sababli ehtiyoj bo‘lsa aralashmani ichmasdan oldin hojatxonaga kirib chiqing.

22:00da yog‘ va limon suvi aralashmasi idishing og‘zi yopilib yaxshilab silkitilib aralashtiriladi. Bunday qilish aralashma emulsiyalanishiga yordam beradi. Bu aralashmani ichishni osonlashtirish uchun suyuqlik ichish trubkachasidan foydalaning va turib iching. Ichib bo‘lgach, yog‘li aralashma mazasini ketkazish uchun istasangiz ustidan biroz limonli suv aralash shakarsiz suv ichib yuboring. Yog‘li aralashmani ichib bo‘lganingizdan so‘ng, tepaga qarab tekis yoting. Boshingizga yastiq qo‘ying. 20 daqiqa qimirlamasdan yoting, so‘ng uyquga ketishga harakat qiling. Uxlang!

Kechasi hojatxonaga ishingiz tushishi mumkin.

Keyingi kun…

Keyingi kun tongda yana 3/4 stakan Magniy sulfatli aralashmani iching, ammo ertalab soat 6:00 dan vaqtli ichmang. Agar ko‘nglingiz aynasa, aralashmani ichmay turing. Bu holat o‘tib ketishini kuting yoki 0.5 1 osh qoshiq quruq suli iste’mol qiling. Ko‘ngil aynashi va behuzurliklar o‘tib ketgach, Magniy sulfatli aralashmani iching.

2 soat o‘tgach yana 3/4 stakan Magniy sulfatli aralashmadan iching. So‘ng istasangiz yoting.

Yana 2 soat o‘tgach ovqatlanishingiz mumkin. Bunda oson hazm bo‘luvchi taomlar tanlang: yangi meva (apelsin emas), yangi siqilgan meva va sabzavot suvlari (1/4 qism suv bilan aralashtiring), pishirilgan suli, grechka kabilar. Kun davomida odatiy sog‘lom ovqatlanish tarzingizga o‘tsangiz bo‘ladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Jigarning alkogolsiz yog‘ kasalligi

Salomatlik.wordpress.com blogeri Feruzabegim Healthy Holistic Living, Natural Liver Cleansing Diet tavsiyalari asosida tayyorladi.