"B" Harf bo'yicha qidirish

MAQOLALAR

ico
Bolalarda gipertermik sindrom - sabablari, belgilari, tashxislash va davolash asoslari

Bolalarda gipertermik sindrom – termoregulyatsiyaning buzilishi boʻlib, bunda tana harorati yuqori koʻrsatkichlarda boʻladi va ichki aʼzolar tomonidan turli xil oʻzgarishlar kelib chiqadi, koʻpincha yurak-qon tomir va nerv tizmi zararlanadi. Gipertermiya tana haroratning 39,5 °C dan yuqori boʻlishi, gemodinamikaning buzilishi, miya shishi va oʻtkir poliorgan yetishmovchiligi bilan kechadi. Ushbu sindrom klinik belgilar, termometriya va laboratoriya tekshiruvlari asosida tashxislanadi. Diagnostikada maxsus usul mavjud emas, davo muolajalari ham kompleks ravishda olib boriladi – tana haroratini tushiruvchi preparatlar, regidratatsion davo, hamda asosiy kasallikni davolash muolajalari oʻtkaziladi.

bolalarda gipertermik sindrom

Bolalarda gipertermik sindrom – bola hayotiga xavf soluvchi jiddiy holat. Koʻpincha 6 yoshgacha boʻlgan bolalarda kuzatiladi, kam hollarda oʻsmirlik yoshidagilarda ham uchraydi. Oʻz vaqtida tashxis qoʻyilmasligi va davo muolajalari olib borilmasligi oqibatida oʻlim holati qayd etilishi mumkin. Ushbu holatning xavfliligi uning tez rivojlanishidir. Bundan tashqari tibbiyot soрasida har doim ham gipertermik sindromga shubha qilinavermaydi va shuning uchun ham sindrom oʻz vaqtida aniqlanmaydi va davo choralari koʻrish kechikadi. Gipertermik sindromning bolalarda koʻp kuzatiladigan turi – yomon sifatli gipertermiya holatidir, ushbu holat jarrohlik amaliyotidan soʻng rivojlanadi. Pediatriya sohasida 3 yoshgacha boʻlgan bolalarda bu holat alohida atama – Ombredan sindromi deb yuritiladi.

Bolalarda gipertermik sindrom sabablari

Bolalarda gipertermik sindrom boshqa har qanday tana harorati koʻtariluvchi holatlar singari organizmning himoya mexanizmi hisoblanadi, koʻpincha infeksion omilga qarshi yuzaga chiqadi (bakteriya, virus va boshqalar). Faqatgina, bu holatda jarayon hayot uchun muhim boʻlgan aʼzolar va aʼzolar tizimini qamrab oladi. Gipertermik sindrom kelib chiqishiga koʻplab sabablar mavjud va koʻpgina kasalliklar bilan birga namoyon boʻladi: gripp, OʻRVI, qizilcha, suvchechak, septik holat va shu kabilar. Boladagi nerv tizimi tomonidan kuzatiladigan kamchiliklar, bosh miya jarohatlari va oʻsmalari ham patologik holat rivojlanishida katta rol oʻynaydi. Nasliy moyillik ham isbotlangan.

Tana harorati koʻtarilishi nafas olish sonining ortishi, natijada qonda atsidoz kelib chiqishiga sabab boʻladi. Bir vaqtning oʻzida ter ajralishi koʻpayadi va gipovalemik holat yuzaga chiqadi, yaʼni natriy va kaliy ionlari konsentratsiyasi kamayadi.

Shu kabi mexanizmlar bosh miyadagi termoregulyatsiya markazlariga taʼsir oʻtakazadi va gipotalamus orqali tana harorati yanada koʻtariladi. Issiqlik ajratish periferik qon-tomirlar spazmi hisobiga kamayadi, shu sababli gipertermik holat saqlanib qoladi. Uzoq muddat tana harorati yuqori boʻlib turishi hujayra membranalaridagi lipid barerning jiddiy buzilishiga sabab boʻladi, bu esa qon tomirlar oʻtkazuvchanligi ortishi, bosh miya shishi, siydikda oqsil paydo boʻlishi va boshqa holatlarga olib keladi.

Bolalarda gipertermik sindrom belgilari

Bolalarda gipertermik sindrom yaqqol namoyon boʻladigan belgilar bilan kechadi. tana harorati kritik koʻrsatkichlarga qadar koʻtariladi – 39,5 °C va undan yuqori. Bola umumiy ahvoli ogʻirlashadi, holsizlik yoki kuchli qoʻzgʻaluvchanlik kelib chiqadi, bola ishtahasi yoʻqoladi, koʻpincha qayt qiladi. Teri rangi kulrang tusga kiradi, “marmar tosh” kabi koʻrinishga kelib qoladi. Avvaliga, teri qoplami issiq boʻladi, tana harorati uzoq muddat yuqori boʻlib turishi natijasida sovib ketadi, ayniqsa qoʻl va oyoqlarda bu aniq bilinadi. Bola nafas olishi tezlashadi va yuzaki boʻladi.

Gemodinamika buzilishi taxikardiya, arterial bosim pasayishi, mikrosirkulyatsiyaning buzilishi koʻrinishida namoyon boʻladi. Mikrosirkulyatsiyaning buzilishi miya shishiga sabab boʻladi va bu bolada sudorgi (talvasa), hush yoʻqolishi va gallyutsinatsiyalarga sabab boʻladi. Ogʻir koʻrinishlarida bola xohlamagan holda peshob va najas ajralishi kuzatiladi. Qorin sohasida qon tomirlar spazmi hisobiga ogʻriqlar paydo boʻlishi ham mumkin. 1 yoshgacha boʻlgan bolalarda gipertermik sindrom koʻpincha oʻpka shishi bilan asoratlanadi.

Bolalarda gipertermik sindrom diagnostikasi

Tana harorati oshishi termometr yordamida aniqlanadi. Haroratni oʻlchash qoʻltiq osti sohasida yoki qoʻl va oyoq barmoqlarida oʻtkaziladi. Toʻgʻri ichak sohasida ham haroratni oʻlchash muhim hisoblanadi. Bunda tana va toʻgʻri ichak sohasida oʻlchangan harorat farqi doimo 1 °C dan koʻp boʻladi. Oddiy isitmadan farqli ravishda, giyertermik sindrom bolalarda nevrologik simptomlar qoʻshilishi bilan xarakterlanadi. Teri qoplamining sovuq boʻlishi, qon aylanishing markazlashuvi ham gipertermiyaning asosiy belgilaridan hisoblanadi. Fizikal koʻruvda pediatr taxikardiya, nafas olish soni ortishi, arterial bosim pasayishini aniqlashi mumkin. Umumiy qon analizida – leykotsitoz va ECHT oshishi, disproteinemiya, atsidoz kuzatiladi. Siydikda oqsillar topiladi. Asosiy kasallikni aniqlash maqsadida – koʻkrak qafasi rentgenografiyasi, qonning laborator analizi va siydikda infeksiyalarni aniqlash kabi tekshiruvlar oʻtkaziladi.

Bolalarda gipertermik sindrom davosi

Davo muolajalari statsionar sharoitda olib boriladi yoki ogʻir holatlarda reanimatsiya boʻlimlarida. Tana haroratini normal koʻrsatkichga keltirish va boshqa simptomlarni bartaraf etish kerak boʻladi. Eng muhim tana harorati sekin astalik bilan tushirib borilishi zarur, shunda yurakka tushadigan zoʻriqish oldi olinadi. Agar teri qoplamasi issiq boʻlsa – fizik usullar qoʻllaniladi, teriga muz solingan xaltacha, sochiq qoʻyish. Bolalarga tana harorati pasaytiruvchi nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparatlar buyuriladi, ammo bu usullar bolalarda gipertermik sindromni bartaraf etish uchun yetarli boʻlmasligi mumkin.

Sirkulyatsiya buzilishida steroid preparatlar va askorbin kislotadan foydalaniladi, bu vositalar kapillyarlar oʻtkazuvchanligini normallashtiradi. Regidratatsion terapiya oʻtkaziladi: qayt qilish kuzatilamasa, koʻproq suv ichish, tuzli eritmalar peroral qabul qilish buyuriladi, boshqa holatlarda vena ichiga tuzli eritmalar yuboriladi.

Periferik spazmolitik preparatlar qon aylanishi markazlashishini bartaraf etish uchun qoʻllaniladi. Gipertermik sindromga sabab boʻlgan asosiy kasallikni davolash maqsadida – antibiotik va viruslarga qarshi vositalar buyuriladi.

Bolalarda gipertermik sindrom oqibati va profilaktikasi

Oʻz vaqtida oʻtkazilgan davo muolajalari natijasida gipertermik sindrom oqibati koʻp hollarda ijobiydir. Tashxisning kech qoʻyilishi va kasallikning ogʻir kechishida qaytmas nevrologik asoratlar kelib chiqishi mumkin, bosh miyada epileptik oʻchoq paydo boʻlishi va tana haroratining kichik koʻrsatkichlarda koʻtarilishi ham talvasalarga sabab boʻladi. Gipertermik sindromning uzoq muddat davom etishi oqibatida surunkali buyrak yetishmovchiligi, miokardit, buyrak usti bezidagi oʻzgarishlar va boshqa patologiyalar kelib chiqadi.

Bolalarda gipertermik sindrom oldini olish uchun tana haroratining koʻtarilishiga sabab boʻluvchi patologiyalar (bosh miya jarohati va bosh miya shishi, nevrologik kasalliklar va boshqalar) dan qochish talab etiladi. Virusli va bacterial kasalliklarni oʻz vaqtida davolash ham gipertermik sindrom rivojlanishi xavfini kamaytiradi.

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Bolalarda laringit - sabablari, belgilari, tashxislash va davolash usullari

Bolalarda laringit – nafas yoʻllari yuqori qismi (hiqildoq) yalligʻlanish kasalligi boʻlib, ovoz apparati va nafas olish buzilishi bilan kechadigan patologik holat. Bolalarda laringit “xurish" kabi yoʻtal, ovozning boʻgʻiqlashuvi, tana harorati koʻtarilishi, nafas olish qiyinlashuvi kabi belgilar bilan kechadi.

Bolalarda laringit diagnostikasi bolalar otolaringologi tomonindan klinik belgilar, laringoskopiya, virusologik yoki bakteriologik tekshiruv natijalari asosida qoʻyiladi. Bolalarda laringit davosida kamroq gapirish, antigistamin, virusga qarshi preparatlar yoki antibiotiklar, ingalyatsiya va fizioterapiya muolajalari yordamida olib boriladi.

bolalarda laringit, Laringit kasalligi

Bolalarda laringit – hiqildoq shilliq qavatlari va ovoz boylamlarining yalligʻlanishidir. Laringit kasalligi koʻproq erta yoshdagi va maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarda uchraydi. Laringit bolalarda kam holatlarda yagona kasallik sifatida namoyon boʻladi, koʻpincha traxeit va bronxit bilan birgalikda – laringotraxeobronxit koʻrinishida kechadi.

Bolalarda oʻtkir laringit natijasida nafas yoʻllarining yuqori qismlari obstruksiyasi (yopilib qolishi) kelib chiqishi mumkin, bunday holatlarda tez tibbiy yordam koʻrsatish talab etiladi. Yuqorida keltirib oʻtilgan laringit belgilari kasallikning jiddiy ekanligi va ota-onalar, pediatr va bolalar otolaringologi eʼtiboridan chetda qolmasligi zarur.

Bolalarda laringit kelib chiqish sabablari

Bolalarda laringit infeksiya, allergiya, diatezlar, psixo-emotsional va boshqa omillar taʼsirida kelib chiqishi mumkin. Koʻp hollarda laringit kelib chiqishiga sabab viruslar boʻladi: paragripp, gripp, oddiy gerpes virusi, qizamiq, adenovirus va boshqalar. Bakterial etiologiyali laringit bolalarda kam uchraydi, ammo juda ogʻir koʻrinishda kechadi. Bunday holatlarda kasallikning asosiy qoʻzgʻatuvchisi – b tipidagi gemofil tayoqcha, stafilokokk, pnevmokokk, gemolitik streptokokk A guruhidagi bakteriya (skarlatina qoʻzgʻatuvchisi), Borde-Jang tayoqchasi (koʻk yoʻtal qoʻzgʻatuvchisi) va boshqalar boʻlishi mumkin. Difteriya (boʻgʻma) ga qarshi profilaktiik emlashlar natijasida bolalarda difteriyali laringit deyarli uchramaydi.

Bolalarda laringit kasalligi avj oladigan davr – qish mavsumidir. Kasallik koʻp qayd etilishiga sabab bu davrda bolalar sovuq qotishi, burun orqali nafas olishning buzilishi, gipovitaminoz, immunitetning sustlashishi, rinit, faringit, adenoidit, tonzillit kabi kasalliklar xuruj qilishidir. Ayniqsa, laringit kasalligiga moyil boʻlganlar – limfatik-gipoplastik diatez kuzatiladigan bolalar hisoblanadi.

Allergik etiologiyali laringit bolalarda turli xil kimyoviy moddalar bugʻi bilan nafas olganda (boʻyoq-lak), chang, hayvon yungi nafas yoʻllariga tushishi, ayrim aerozol preparatlardan notoʻgʻri foydalanganda va ovqat mahsulotlariga allergik reaksiyalar natijasida kelib chiqadi. Baʼzida laringit kelib chiqishiga ovoz boylamlarining zoʻriqishi (kuchli baqirganda, qoʻshiq kuylovchi bolalarda va boshqalar), kuchli ruhiy-emotsional holatlar natijasida kelib chiqadigan hiqildoq spazmi, hiqildoq jarohatlari, yot jism aspiratsiyasi, oshqozondagi kislotali massaning qayta yuqoriga koʻtarilishi va nafas yoʻllariga oʻtishi (gastro-ezofagal reflyuks, reflyuks-laringit) ham sabab boʻlishi mumkin.

Bolalarda laringit patogenezi

Bolalarda laringit kechishi bolaning nafas yoʻllari anatomo-fiziologik oʻziga xosligi, hamda bola yoshiga mos holda hiqildoq boʻshligʻi torligi va yutqinning voronkasimon boʻlishi, hiqildoq innervatsiyasi, nafas yoʻllari mushaklari zaifligiga bogʻliq boʻladi. Aynan shular sababli laringit natijasida nafas yoʻllarining oʻtkir obstruksiyasi va oʻtkir nafas yetishmovchiligi kelib chiqadi.

Muhim bir jihatni ham unutmaslik kerak, bolalarda hiqildoq shilliq qavatlarining shishi va hatto 1 mm.ga qalinlashishi ham, hiqildoq boʻshligʻining yarim barovar torayib qolishiga olib keladi. Bundan tashqari, yuqori nafas yoʻllari obstruksiyasida mushaklarning reflektor ravishda spazmi va mexanik tiqilib qolishlar (yalligʻlanish natijasida toʻplangan ajralmalar yoki yot jism) ham katta rol oʻynaydi. Hiqildoq boʻshligʻi torayishi va nafas olish qiyinlashuvi asosan tunda sodir boʻladi, bunga sabab tunda hiqildoq limfa va qon aylanishi oʻzgarishi, nafas olish soni uyqu vaqtida kamayishidir.

Bolalarda laringit kechishi boʻyicha: oʻtkir va surunkali; asoratsiz va asoratli shakllari farqlanadi. Endoskopik tekshiruvga asoslanib, laringit bolalar otolaringologiya sohasida – oʻtkir kataral, shishli va flegmonoz, surunkali kataral, gipertrofik va atrofik laringit turlariga boʻlinadi. Kataral laringitda yalligʻlanish jarayoni faqatgina hiqildoq shilliq qavatda roʻy bersa, flegmonoz koʻrinishida shilliq osti, mushak qavati, boylamlar va togʻaylarni ham qamrab oladi. Giperplastik laringitda hiqildoq shilliq qavatining qalinlashishi va giperplaziyasi kuzatiladi. Atrofik laringit esa shilliq qavatning yupqalashishi bilan xarakterlanadi. Bolalarda odatda kasallikning kataral va gipertrofik shakllari uchraydi.

Yalligʻlanish jarayoni tarqalishiga koʻra laringit – boylamosti, diffuz laringit va laringotraxeobronxit koʻrinishida kechadi.

Bolalarda laringit belgilari

Bolalarda laringit klinik belgilari oʻtkir respirator infeksiya bolaga yuqqanidan 2-3 kun oʻtib yuzaga chiqadi. Bolalar holsizlik, yutinganda ogʻriq, yutinish qiyinlashuviga shikoyat qiladilar, tana harorati koʻtarilishi ham mumkin (37,5 C gacha), bosh ogʻrigʻi, nafas olishning qiyinlashuvi va tezlashuvi kuzatiladi. Laringit holatida bolalarda ovoz oʻzgarishi roʻy beradi: ovoz boʻgʻiq, xirillagan, kuchsiz yoki umuman ovozsiz boʻlib qolishi mumkin (disfoniya yoki afoniya rivojlanadi). Quqruq, “xurgan" kabi yoʻtal paydo boʻladi, 3-4 kun oʻtib nam yoʻtalga aylanadi. Asoratsiz laringit odatda 5-10 kun davom etishi mumkin.

Kichik yoshdagi bolalarda laringit avj olib borishi – hiqildoq torayishi va oʻtkir laringotraxeit rivojlanishiga olib keladi. Bundan tashqari, bolalarda soxta KRUP ham kuzatiladi, uning belgilari triada koʻrinishida kechadi: “xurgan kabi” yoʻtal, ovozning boʻgʻiqlashuvi, inspirator hansirash (nafas olish qiyinlashuvi). Soxta KRUP asosan tunda namoyon boʻladi. Bola toʻsatdan uygʻonadi, uni yoʻtal va nafas qisishi qiynaydi, bola bezovta va juda qoʻzgʻalgan holatda boʻladi. Auskultativ eshitib koʻrilganda xushtaksimon nafas, taxipnoe eshitiladi, taxikardiya, ogʻiz uchburchagida sianoz, akrotsianoz aniqlanadi, bola koʻp terlaydi. Ogʻir koʻrinishlarida yurak-qon tomir yetishmovchiligi va asfiksiya kelib chiqishi mumkin.

Surunkali laringit katta yoshli bolalarda koʻp uchraydi. Kasallikka xos belgilar – oʻtib ketuvchi yoki saqlanib qoluvchi disfoniya, koʻp gapirganda charchab qolish, tomoqda qichishish va reflektor ravishda yoʻtal tutishi boʻlishi mumkin. Laringit xuruj qilgan vaqtlarda yuqoridagi belgilar kuchli namoyon boʻladi.

Bolalarda laringit kasalligi diagnostikasi

Bolalarda laringit kasalligini tashxislash uchun bolalar otolaringologi uchun anamnez yigʻish va klinik belgilarga asoslanishning oʻzi kifoya. Maxsus otolaringologik tekshiruvlarga faringoskopiya, rinoskopiya, otoskopiya va boʻyin sohasi limfa tugunlari palpatsiyasi kiradi.

Bolalarda laringit diagnostikasida asosiy tekshiruv usuli – laringoskopiya hisoblanadi. Tekshiruv natijasida hiqildoq shilliq qavati giperemiyasi, shish, qon-tomirlari surʼati kuchayishi yoki shilliq qavatda petixiyali qon tomir yorilishlari aniqlanadi. Ovoz chiqargan vaqtda ovoz boylamlarining qalinlashishi va toʻliq yoplimasligi koʻrinadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchisini aniqlash maqsadida yuqori nafas yoʻllaridan surtma olinib, bakteriologik, virusologik yoki PZR-tekshiruvlari ham oʻtkazilishi mumkin.

Bolalarda laringit asoratida kelib chiqqan ovoz oʻzgarishlarida maxsus mutaxassislar tekshiruvlari talab etiladi, yaʼni foniatr, logoped va fonoped kabi shifokorlar.

Bolalarda soxta KRUPni difteriya (boʻgʻma, chin KRUP), hiqildoqdagi yot jism, yutqin absessi, hiqildoq papillomasi, hiqildoq allergik shishi, epiglottit, spazmofiliya natijasida kelib chiqadigan laringospazm bilan differensatsiya qilish kerak.

Bolalarda laringit davosi

Bolalarda laringit davosida muolaja - himoyalovchi chora tadbirlar oʻtkaziladi: yotoq tartibi, ovoz boylamlari tinchligi, xona harorati qulay boʻlishi, namlik yetarlicha boʻlishiga eʼtibor qaratiladi. Bolalar diyetasida sovuq, issiq, taʼsirlovchi mahsulotlar va gazli ichimliklardan cheklangan boʻlishi kerak.

Laringit vaqtida yaxshi samara beruvchi usullardan iliq suyuqlik ichish, boʻyin sohasida quruq iliqlik yaratish (boʻyin sohasini juli mato bilan oʻrash), dorivor ingalyatisya, banka va xantal qogʻoz qoʻyish ham buyurilishi mumkin.

Bolalarda laringit davosida fizioterapiyaning ham oʻz oʻrni bor, bolalarda UVCH, boʻyin sohasida elektroforez, mikrotoʻlqinli terapiya, fonoforez, UBN ni boʻyinning oldingi sohasi yuborish kabi muolajalar qoʻllaniladi. Ovoz oʻzgarishi saqlanib qoladigan boʻlsa, logoped mashqlaridan foydalaniladi.

Bolalarda laringit medikomentoz davosida virusga qarshi preparatlar yoki antibiotiklar, nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar, antigistaminlar, yoʻtalga qarshi yoki balgʻam koʻchiruvchi vositalar qoʻllaniladi. Koʻp holatlarda mahalliy qoʻllaniluvchi antiseptik preparatlar buyuriladi – aerozollar, soʻrish uchun tabletkalar. Zaruriyat tugʻilganda dori preparatlari endolaringeal tarzda yuboriladi.

Soxta krup yuzaga chiqadigan boʻlsa, zudlik bilan tez tibbiy yordam koʻrsatilishi kerak, bunda hiqildoqda shish va spazmni bartaraf etish, normal nafas olishni tiklash zarur boʻladi. Tez tibbiy yordam kelgunga qadar bolani tik (vertikal) holatda tutish, toza va nam havo kelishini taʼminlash, ingalyatordan foydalanish, chalgʻituvchi chora tadbirlar (oyoqlarda issiq vannalar qilish) oʻtkazish talab etiladi. Shifoxona sharoitida bolada kislorod terapiya va ingalyatsiya usullari oʻtkaziladi, spazmolitik, gormonal, antigistamin preparatlar yuboriladi. Hiqildoqning kuchli stenozida intubatsiya yoki traxeostomiya muolajalari bajariladi va sunʼiy oʻpka ventilyatsiyasiga ulanadi.

Bolalarda laringit oqibati va profilaktikasi

Bolalarda asoratsiz laringit oqibati – ijobiy. Koʻpchilik bolalar maktab yoshiga kirguniga qadar kasallikdan butunlay qutulib ketishadi, ammo yalligʻlanish jarayoni takrorlanadigan boʻlsa, kasallik surunkali koʻrinishiga oʻtib ketadi. Soxta krup kelib chiqqan holatlarda kasallik oqibati – tez tibbiy koʻrsatish sifatiga bogʻliq boʻladi, hiqildoq jiddiy stenozida esa asfiksiya natijasida oʻlim holati sodir boʻlish ehtimoli ham bor.

Bolalarda laringit profilaktikasiga – LOR-kasalliklarini oʻz vaqtida davolash, allegik mahsulotlardan cheklanish, kasallangan bolalar bilan kontakda boʻlmaslik, ovoz gigiyenasiga rioya etish, immunitetni umumiy ragʻbatlantirish kabi chora tadbirlarni oʻz ichiga oladi.

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Bolalar serebral falaji (DSP) qanday kasallik?

Bolalar serebral falaji (DSP) – perinatal davrda bosh miyaning turli xil strukturalarida boʻladigan oʻzgarishlar natijasida kelib chiqadigan harakat doirasidagi patologiyalar bilan kechadigan umumiy tushunchadir. Bolalar serebral paralichi mono-, gemi-, para-, tetraparalich va parezlar, mushak tonusidagi patologiyalar, giperkinez, nutqdagi kamchiliklar, harakat koordinatsiyasi buzilishi, bolaning motorik va ruhiy jihatdan rivojlanishdan ortda qolishi bilan kechadi.

BSF (DSP) da aqliy zaiflik, psixologik oʻzgarishlar, epilepsiya, eshituv va koʻrish qobiliyatidagi oʻzgarishlar ham rivojlanishi mumkin. Kasallik anamnez va klinik belgilarga asoslangan holda tashxislanadi. DSP bilan kasallangan bolalar butun umri davomida realibitatsion markazlarda davolanishlari, medikomentoz muolajalar olishi, talab etilsa, jarrohlik amaliyoti bajarilishi lozim boʻladi.

Bolalar serebral falaji
Foto: Miloserdie.ru

Butun jahon miqyosida DSP kasalligi har 1000 ta bolaning 1,7-7 tasida kuzatiladi. Chala tugʻilgan bolalarda bu koʻrsatkich 10 barobar yuqori boʻladi. Soʻngi izlanishlarda chala tugʻilgan bolalarning 40-50 % ida ushbu patologiya kuzatilishi oʻrganilgan.

Pediatriya sohasida bolalar serebral falaji kasalligi yetakchi muammolar qatorida turadi. Bunga sabab ekologiyaning yomonlashuvi, neonatologiya sohasining rivojlanishi, chala tugʻilgan bolalarning yashab qolishi (hatto 500 gr tugʻilgan bolalar ham yashab qolishmoqda) kasallikning keng tarqalishi va dolzarb mavzu ekanligini anglatadi.

Bolalar serebral falaji sabablari

Hozirgi kunda DSP rivojlanishi sababi sifatida bosh miyaning turli xil omillar taʼsirida zararlanishi, miyaning maʼlum bir sohalarida nerv hujayralarining notoʻgʻri shakllanishi yoki nobud boʻlishini keltirish mumkin. Ushbu omillarning taʼsiri perinatal davrda yoki bola dunyoga kelganidan soʻng qisqa muddatlarda (4 haftagacha) taʼsir etishi kasallik rivojlanish ehtimolini oshirib yuboradi. DSP rivojlanishining eng asosiy omili – bu gipoksiyadir. 

Gipoksiya taʼsirida bosh miyaning aynan harakat va koordinatsiyaga javob beradigan markazlari birinchilardan boʻlib zararlanadi. Buning natijasida bolalarda DSP belgilari – mushak tonuslari patologiyasi, parez va paralichlar paydo boʻladi.

Homiladorlik vaqtida DSP rivojlanishiga olib keluvchi omillar quyidagilar:

Tugʻruq vaqtida bolada DSP rivojlanishiga olib keluvchi omillar:

  • Homilaning chanoq bilan kelishi;
  • Muddatidan oldingi tugʻruq;
  • Kuchli tugʻruq jarayoni;
  • Diskoordinatsiyalangan tugʻruq jarayoni.

Tugʻruqdan keyin bolada DSP rivojlanishiga olib keluvchi omillar:

  • Chaqaloqlar asfiksiyasi (aspiratsiya natijasida);
  • Gemolitik kasallik;
  • Oʻpkalardagi tugʻma nuqsonlar;
  • Ona va bola qoni bir biriga toʻgʻri kelmasligi natijasida bosh miyaning toksik zaharlanishi.

Bolalarda DSP klassifikatsiyasi

Bosh miya strukturasi zararlanish sohasiga qarab bolalar nevrologiyasida DSPning 5 turi farqlanadi. Ular orasida eng keng tarqalgani spastik diplegiyadir. Bunday holat barcha DSPlarning 40-80 % ini tashkil etadi. 

Bosh miyaning harakat markazlari zararlanadi, natijada oyoqlarda parezlar kelib chiqadi. Bosh miyaning faqatgina bir yarimsharida zararlanish roʻy beradigan boʻlsa, harakat buzilishi tananing qarama qarshi tomonida yuzaga chiqadi.

Bolalar serebral falajining koʻpgina holatlarida poʻstloq osti markazlari buzilishi bilan bogʻliq giperkinetik shakli uchraydi. Kasallik klinikasida ixtiyorsiz harakatlar – giperkinezlar namoyon boʻladi va bunday holat bola hayajonlanganda, qoʻrqqanda yaqqol yuzaga chiqadi. 

Miyachaning zararlanishi natijasida atonik-astatik bolalar serebral falaji shakllanadi. Kasallik belgilari statika va koordinatsiya, mushaklar atoniyasi koʻrinishida namoyon boʻladi.

DSPning eng ogʻir koʻrinishi ikki tomonlama gemiplegiyadir. Bunda bosh miya yarimsharlarining ikki tomonlama zararlanishi roʻy beradi. Bolalar mushaklari rigidligi hisobiga nafaqat yurish, tik oyoqda turish hatto mustaqil ravishda boshlarini ham tutishga qiynaladilar.

Bolalar serebral falaji
Foto: Doc.by

Bolalar serebral falaji belgilari

Bolalar serebral falaji turli xil koʻrinishda va turlicha ogʻirlik darajasida kechadi. Kasallikning klinik belgilari bosh miya strukturasining zararlangan sohasi va chuqurlik darajasiga bogʻliq boʻladi. Baʼzida bolalar serebral falaji belgilari bola dunyoga kelishi bilan yuzaga chiqadi. Koʻpincha kasallik bir necha oy oʻtgach pediatr koʻrigida bolaning jismoniy rivojlanishdan ortda qolishi bilan aniqlanadi. 

DSPning asosiy klinik belgisi bolalarning harakat doirasidagi yangi harakatlarni bajara olmasligi va yangi qobiliyatlarni oʻzlashtira olmasligidir. Serebral falaj kuzatiladigan bola boshini uzoq muddat tutib tura olmaydi, oʻyinchoqlar uni qiziqtirmaydi, boshini bura olmaydi, qoʻl va oyoqlarini erkin harakatlantira olmaydi, oʻyinchoqlarni ushlay olmaydi. Bolani qoʻlga olib oyoqlarini yerga tirasa oyoq kafti bilan toʻliq turmaydi, oyoqlarining uchigina yerga tegib turadi.

DSP bir tomonlama yoki ikki tomonlama parezlar bilan namoyon boʻlishi mumkin. Agar gapirish markazi zararlangan boʻlsa bolada nutq buzilishi belgilari (dizartriya) kuzatiladi. Yutqin va hiqildoq faoliyatini boshqaradigan markazlar zararlanadigan boʻlsa yutinish bilan bogʻliq muammolar (disfagiya) yuzaga chiqadi. 

DSPning barcha koʻrinishlarida mushaklar tonusi oshib ketadi. Oyoq-qoʻllarda harakat chegaralanadi, boʻgʻimlarda harakat yoʻqoladi, natijada oyoq qoʻllar mushaklari atrofiyaga uchraydi va ular tanaga nisbatan nomutanosib holatga keladi. Bolalar serebral falaji bilan kasallangan bemorlarda oʻziga xos tana tuzilishidagi deformatsiyalar (skolioz, koʻkrak qafasi deformatsiyalari) yuzaga chiqadi. Motorika buzilishi va skelet deformatsiyalari bolalarda surunkali ogʻriq sindromiga sabab boʻladi. Ogʻriq boʻyin, yelka, belda paydo boʻladi.

Giperkinetik shakldagi bolalar serebral falaji toʻsatdan yuzaga chiquvchi belgilar: boshning qayta qayta bir tomonga burilishi, yuzda kirmasa, koʻrinishida boʻlishi, qaltirash, bir xil harakatni takrorlash kabilar namoyon boʻladi.

Atonik-astatik DSP da esa yurish vaqtida muvozanatni saqlay olmaslik, mushaklarning kuchsizligi, yiqilib tushish va tremor holatlari kuzatiladi.

Bolalar serebral falajida yuqoridagi belgilardan tashqari gʻilaylik, oshqozon-ichak tizimidagi oʻzgarishlar, nafas olish bilan bogʻliq muammolar, peshob tuta olmaslik kabi patologiyalar ham qoʻshilishi mumkin. Tahminan 20-40 % DSP epilepsiyalar bilan kechadi. 60 %ga yaqin DSP bolalarda koʻrish qobiliyati bilan bogʻliq muammolar mavjud. Karlik yoki eshitish qobiliyatining pasayishi ham ayrim bemorlarda uchrab turadi. Aqliy jihatdan bolalarda rivojlanishdan ortda qolish, qabul qilish va diqqatni bir joyga jamlash, oʻqishda kamchiliklar va xulq atvordagi noodatiy holatlar yaqqol namoyon boʻlishi ham mumkin.

DSP kasalligi surunkali boʻlishiga qaramay kasallik kuchayib bormaydi, aksincha bola oʻsib rivojlanishi bilan sekin asta belgilar kamayib boradi. Bemorlar ikkilamchi kasalliklar natijasida qiynalishlari mumkin, masalan: epilepsiya, insult, bosh miyaga qon quyilishi yoki juda oʻgir kechuvchi somatik kasalliklar.

DSP diagnostikasi

Bolalar serebral falajini tashxislashda aniq bir kriteriyalar mavjud emas. Ammo, bola dunyoga kelishi bilan ayrim koʻrsatkichlar bolada DSP rivojlanish ehtimoli borligidan darak beradi, ularga: Agar shkalasi boʻyicha bal pastligi, harakat doirasidagi anomaliyalar, mushaklar tonusi buzilishi, bolaning jismoniy va ruhiy rivojlanishdan ortda qolishi kabilarni kirgizish mumkin. Shu kabi holatlar bolada aniqlanadigan boʻlsa bolalar nevrologi koʻrigidan oʻtishi va bir qator tekshiruvlar olib borilishi kerak boʻladi. Tekshiruvlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • Elektroensefalografiya (EEG);
  • Elektrotomografiya;
  • Elektroneyrografiya;
  • Transkranial magnit stimulyatsiyasi.

Bolalar serebral falajida yuqoridagi belgilardan tashqari gʻilaylik, oshqozon-ichak tizimidagi oʻzgarishlar, nafas olish bilan bogʻliq muammolar, peshob tuta olmaslik kabi patologiyalar ham qoʻshilishi mumkin. Tahminan 20-40 % DSP epilepsiyalar bilan kechadi. 60 %ga yaqin DSP bolalarda koʻrish qobiliyati bilan bogʻliq muammolar mavjud. Karlik yoki eshitish qobiliyatining pasayishi ham ayrim bemorlarda uchrab turadi. Aqliy jihatdan bolalarda rivojlanishdan ortda qolish, qabul qilish va diqqatni bir joyga jamlash, oʻqishda kamchiliklar va xulq atvordagi noodatiy holatlar yaqqol namoyon boʻlishi ham mumkin.

DSP kasalligi surunkali boʻlishiga qaramay kasallik kuchayib bormaydi, aksincha bola oʻsib rivojlanishi bilan sekin asta belgilar kamayib boradi. Bemorlar ikkilamchi kasalliklar natijasida qiynalishlari mumkin, masalan: epilepsiya, insult, bosh miyaga qon quyilishi yoki juda oʻgir kechuvchi somatik kasalliklar.

Bu tekshiruvlar yordamida DSP kasalligini bola dunyoga kelishi bilan 1 yil ichida yuzaga chiqadigan ayrim nasliy kasalliklardan farqlab olish imkoniyati mavjud boʻladi (tugʻma miopatiya, Fredreyx ataksiyasi, Lui-Bar sindromi va boshqalar). Bolalar serebral falaji kasalligi diagnostikasini qoʻyishda bolalar ofalmologi, otolaringologi, epileptologi, ortopedi, logoped va psixiatr koʻrigi zarur hisoblanadi.

Bolalar serebral falaji realibitatsion davosi

Afsuski, hozirgi kunda bolalar serebral falaji davosi topilmagan kasalliklar qatoriga kiradi. Ammo, oʻz vaqtida boshlangan davo muolajalari taʼsirida bolalar ruhiy jihatdan ham jismoniy jihatdan oʻz tengdoshlariga yetib olishga erishish mumkin. 

Realibitatsion muolajalar yordamida bolalarda skelet deformatsiyalari, boʻgʻimlarda harakat cheklanishi hamda bolakaylarning oʻz oʻzlarini mustaqil boshqara olish darajasigacha erishish mumkin. Barcha muolajalar bola 8 yoshga kirguniga qadar olib borilgani maqsadga muvofiqdir. 

DSP davo programmasi har bir bola uchun alohida tuzib chiqiladi. Bunda bosh miyaning zararlanish darajasi, sohasi, boladagi qoʻshimcha belgilari, uning koʻrish, eshitish qobilyati, aqliy-ruhiy holatlari inobatga olinadi. DSP bilan kasallangan bolalar muolajasida qiyinchilik tugʻdiradigan holat – bolalardagi karlik va koʻzi ojizlikdir. 

Ular bilan maxsus mutaxassislar mashgʻulotlar olib borishi kerak boʻladi. Bundan tashqari bosh miyani stimmulash kabi terapiyalar oʻtkazishda epilepsiya oʻchoqlariga ega boʻlgan bolalar bilan ishlashda ehtiyotkorlik talab etiladi.

Bolalar serebral falajini davolashda asosiy realibitatsion muolaja LFK va massaj hisoblanadi. Barcha ota-onalar DSP bilan kasallangan bolalarini massaj qilishni va LFK muolajasini oʻtkazishni oʻrganib olishlari talab etiladi. 

Samarali natijalarga erishish uchun bolalar yil davomida bir marotaba maxsus DSP markazlarida muolajalar olib turadi. Hozirgi kunda shunday markazlarda zamonaviy uskunalardan DSP bolalarni davolashda foydalanilmoqda, masalan pnevmokombinizonlar yordamida mushaklar fiksatsiyalanadi va boʻgʻimlar mahkam ushlab turiladi. Maxsus kiyimlar yordamida bola harakatida koordinatsiyani tiklash amaliyotlari oʻtkazilishi mumkin. Bolalarda DSP natijasida rivojlangan dizartriya holatlarida ular bilan logopedlar oʻz mashgʻulotlarini olib boradilar.

Medikamentoz va xirurgik davo

Bolalar serebral falajini davolashda medikamentoz davo faqatgina ayrim simptomlarni bartaraf etish uchungina qoʻllaniladi. Masalan epilepsiya holatlarida antikonvulsantlar, mushaklar tonusi oshgan vaqtda miorelaksantlar, ogʻriq sindromini bartaraf etishda – spazmolitik va ogʻriqsizlantiruvchi preparatlar buyuriladi. Bundan tashqari bolalarga nootrop, metaboliklar (ATF, aminokislotalar, glitsin), neostigmin, antidepressantlar, trankvilizatorlar, neyroleptiklar, qon tomirlar devorini mustahkamlovchi preparatlar beriladi.

Jarrohlik amaliyoti mushaklar kontrakturasida, harakat doirasida chegaralanishlar yaqqol yuzaga chiqsa oʻtkaziladi. Bunda falajlangan tana qismida “ustun” hosil qilish uchun tenatomiya amaliyoti bajariladi. Spastik jarayonlar kuchli boʻlsa va ushbu holat bolalar tanasida assimetriyalarga sabab boʻlsa, shu sohani innervatsiya qiladigan nerv tolasida spinal rizotomiya amaliyoti ham bajarilishi mumkin.

Fizioterapevtik davo va animaloterapiya

DSP davosida quyidagi fizioterapevtik muolajalar oʻtkaziladi:

  • Oksigenobaroterapiya;
  • Elektrostimulyatsiya;
  • Loy bilan davolash;
  • Suvda oʻtkaziladigan muolajalar;

Zamonaviy tibbiyot DSP bolalarni hayotiy qobiliyatlarini yanada kuchliroq tiklash maqsadida animaloterapiya mashgʻulotlarini oʻylab topgan. Bunda bolakaylar hayvonlar bilan “doʻstlashadilar” va bu esa bolaning emotsional-ruhiy jihatdan rivojlanishini ragʻbatlaydi. Bunday muolajalar orasida eng keng tarqalgani ot va delfin bilan bolalarda aloqani tiklash hisoblanadi.

DSP bolalarning ijtimoiy moslashuvi

Bolalar srebral falajida harakat doirasida kamchiliklar kuzatilsa ham bolalar ijtimoiy hayotga moslashib ketishlarining imkoni bor. Bunda ularning ota-onasi va yaqinlarining roli katta. Bolalarda ijtimoiy adaptatsiyani shakllantirishda reabilitolog, psixolog va pedagoglar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday kasallikdan aziyat chekadigan bolalar maxsus bogʻchalar, maktablarda hayotga boʻlgan moslashuvchanliklarini oshirib boradilar.

Bolalar serebral falaji oqibati va profilaktikasi

Bolalar serebral falaji oqibati kasallikning ogʻirlik darajasi, shakli va oʻz vaqtida boshlangan davo muolajalariga toʻgʻridan toʻgʻri bogʻliq boʻladi. Baʼzi holatlarda DSP natijasida nogironlik rivojlanishi ham mumkin. Ammo, toʻgʻri olib borilgan muolaja natijasida bolalardagi deformatsiyalar, mushaklardagi muammolar va harakat doirasidagi kamchiliklar qisman boʻlsada kamayadi va bolalar oʻz hayotida oʻzlarini oʻzlari mustaqil ravishda boshqara oladilari.

DSP profilaktikasi homiladorlik vaqti ayollardagi turli xil patologiyalarni oldini olish, ayniqsa homila gipoksiyasiga olib keluvchi kasalliklarni davolashdan iborat boʻladi.

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Balanit - erkaklar kasalligi

Balanit jinsiy olat (zakar) bosh qismining yallig‘lanishidir. Ushbu kasallikka chalingan bemorda olat boshi sohasida achishish, qichishish alomatlari, lohaslik, bosh og‘rig‘i, tana haroratining ko‘tarilishi, ba’zan chov sohasida limfa tugunlarining kattalashishi kuzatiladi, deya ma'lumot beradi Tib.uz nashri. Balanitning oddiy, diabetik, gangrenoz, halqasimon eroziyali, yiringli-yarali turlari bor.

Balanit odatda postit – jinsiy olat chekka kertmagi ichki qavatining kasallanishi bilan kechadi, shuning uchun ikkalasi birga – balanopostit deb ataladi. Demak, balanopostit jinsiy olat bosh qismi terisi va chekka kertmagi ichki qavatining yallig‘lanishidir. Olat boshi va kertmagi orasida smegma yig‘ilib qolib, unga mikroblar tushishi balanopostitga olib keladi. Shuningdek, bu kasallik zaxm va so‘zak asoratlari, fimoz tufayli ham kelib chiqishi mumkin. O‘tkir balanopostitda olat boshi va kertmagida og‘riq, qichishish, achishish alomatlari paydo bo‘lib, shu soha maddalaydi. Olin olinmasa, surunkali balanapostitga o‘tishi mumkin. Balanopostitning oddiy, diabetik, eroziyali turlari bor.

Kasallikning ilk alomatlari paydo bo‘lishi bilan darhol urologga murojaat etish zarur. Kasallikning kechishi va xiliga qarab davo tayinlanadi.

ico
Buyrak kasalliklari qanchalik xavfli?

Nefritmi yoki glomerulonefrit?

Buyrakning yallig‘lanishidan kelib chiqadigan nefrit (yoki glomerulonefrit) da asosan buyrak koptokchalarining tomirlari ham zararlanadi. Kasallik ko‘pincha angina yoki streptokokklar qo‘zg‘atuvchi yuqori nafas yo‘llari xastaligidan keyin yuzaga keladi. Ba’zida o‘pka yallig‘lanishi, difteriya, toshmali terlama yoki ich terlama, qattiq sovqotish ham nefritga sabab bo‘lishi mumkin.

Glomerulonefrit xastaligi haqida ushbu maqola orqali batafsil ma'lumot olishingiz mumkin: Glomerulonefrit - sabablar, davolash va oldini olish

Nefroptoz yoxud buyrak tushishi

Nefroptoz – buyrakning tushishi (ya’ni, o‘z o‘rnidan pastga siljishi) demakdir. Tug‘ma nefroptoz buyrakni ushlab turuvchi boylamlarning nimjonligi oqibatida kelib chiqsa, orttirilgan nefroptoz esa shikastlanish, ba’zan qisqa fursatda juda oriqlab ketish natijasida yoki homiladorlikdan so‘ng qorin devori mushaklarining kuchsizlanishi oqibatida kelib chiqadi. Dastlabki bosqichda buyrakning pastki qismi qo‘lga ilinsa (sog‘ odamda buyrak qo‘lga unnamaydi), ikkinchi bosqichda buyrak to‘liq suriladi, uchinchi bosqichda har tomonga suriladigan bo‘lib qoladi. Nefroptozning boshlang‘ich davrida bemor deyarli hech narsa sezmasligi mumkin. Faqat vaqti-vaqti bilan (ayniqsa ko‘p yurib yoki chopib kelgandan so‘ng) buyrak, qorin, kindik sohasida belga yo qovuqqa beriladigan og‘riq paydo bo‘ladi.

[caption id="attachment_10279" align="aligncenter" width="1024"] Foto: etopochki.ru[/caption]

Keyinchalik buyrak tomirlari ko‘proq cho‘zilib, torayib boradi. Oqibatda buyrakning qon bilan ta’minlanishi yomonlashadi. Endi bemor nafaqat og‘riqning zo‘rayganidan, balki uning qayta-qayta (hatto buyrak sanchig‘i darajasida) bezovta qilishidan va peshob rangining o‘zgarganidan shikoyat qila boshlaydi. Peshob tahlil qilinganda esa oqsil va eritrotsitlarning ko‘paygani aniqlanadi. Xastalikning uchinchi bosqichi nefrogen gipertoniya (buyrak xastaligi oqibatida qon bosimining ko‘tarilishi) va qonli peshob kabi asoratlar bilan kechadi.

Nefroptozni davolash konservativ (operatsiyasiz) va operativ usulda olib boriladi. Konservativ usul deganda asosan bandaj taqish, qorin devorini mustahkamlash va qorin bo‘shlig‘i bosimini oshirish yo‘li buyrakni o‘z holiga keltirish ko‘zda tutiladi. Bandaj qorin pastidan tepaga qarab o‘ralishi, qorin devorini bir tekis siqib turishi, uni ertalab yotgan holda qo‘yilishi, kechqurun uyqudan oldin yechilishi kerak. Bandajdan uzoq muddat foydalanish qorin devori mushaklarining kuchsizlanishiga olib keladi. Davolash maqsadidagi jismoniy mashqlar, ertalabki badantarbiya, suzish juda foydali.

Operatsiya usuli (nefropeksiya)da esa tushgan buyrak o‘z o‘rniga qo‘yiladi va yana tushmaydigan qilib mustahkamlanadi. Bu usul nefroptozning asoratlari yuzaga kelmasdan ilgari amalga oshirilsa, ko‘proq samara beradi.

Piyelonefrit kasalligi

Piyelonefrit (buyrak jomining yallig‘lanishi) kasalligidir. Et uvishishi, tirab-qaqshash, tana haroratining keskin ko‘tarilishi, qattiq terlash, belning bir tomonida yoki umurtqa pog‘onasining ikki yonida og‘riq turishi, ko‘ngil aynashi, qayt qilish, og‘iz qurishi, mushaklarning bezillab og‘rishi singari nohush holatlar piyelonefritga xos belgilar sanaladi. Bunda bemorning buyragidan siydik ajralishi qiyinlashadi. Peshob tekshirilganda unda leykotsitlar va mikroblar ko‘pligi aniqlanadi.

Shuni aytish kerakki, surunkali piyelonefrit yillar davomida hech qanday belgisiz kechishi ham mumkin, u faqat siydikni tekshirish yo‘li bilangina aniqlanadi. Belning bir oz og‘rib turishi, sal isitma chiqishi va bosh og‘rig‘i unchalik kuchli bo‘lmagani uchun bemor do‘xtirga ko‘rinmasdan yuraveradi. Lekin surunkali piyelonefrit vaqti-vaqti bilan kuchayib boradi, bunda albatta tegishli muolaja olish zarur. Aks holda buyrakning siydik ajratish fuyeksiyasi o‘zgaradi, buyrak to‘qimasi ishi ham asta-sekin izdan chiqadi. Natijada tana azotli chiqindilar bilan zaharlanadi.

Piyelonefrit haqida ushbu maqola orqali batafsil ma'lumot olishingiz mumkin: Piyelonefrit kasalligi klinik belgilari, tashxislash va davolash usullari

Buyrak-tosh kasalliklari

Buyrak toshlari joylashishiga va hajmiga qarab turlicha bo‘ladi. Masalan, urat, oksalat, fosfat toshlari siydikda shovul kislotaning ko‘payib ketishi natijasida cho‘kmalar paydo bo‘lishidank so‘ng kelib chiqadi. Kalsiy tuzining siydikdan ko‘p ajralib chiqishi oqibatida ham tosh hosil bo‘ladi. Xastalikning bu turini davolash uchun parhezga qat’iy rioya qilish kerak. Tarkibida shovul kislota hamda tarkibida tuzlar mavjud bo‘lgan mahsulotlar (masalan, shovul, ismaloq, lavlagi, kartoshka, anjtr, olxo‘ri, qulupnay, kakao, shokolad, qora choy)ni iste’mol qilmagan ma’qul. Aksincha, magniyga boy mahsulotlar(masalan, na’matak, yong‘oq, sabzi, o‘rik, grechixa, arpa, kashnich)ni ko‘proq iste’mol qilish lozim. Bular organizmda oksalat toshlari hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Buyrak toshi kasalligi bor bemor semirib ketishdan saqlanishi, jismoniy harakatda bo‘lishi, hamir ovqatlar, non, shakarni iloji boricha kam yeyishi kerak. Qon-tomir, yurak hastaligi bo‘lmasa, bir kunda ikki litrgacha suyuqlik ichishi mumkin. Chunki suyuqlik toshlarni yuvadi. Spirtli ichimliklar ichish aslo mumkin emas. Ichkilik organizmdagi tuzlarning erishiga to‘sqinlik qiladi. Bemor shifokor belgilab bergan parhezga qattiq rioya qilishi zarur.

Buyrak-tosh kasalligi haqida ushbu maqola orqali batafsil ma'lumot olishingiz mumkin:  Buyrak-tosh kasalligi: sabablari, belgilar, davolash usuli

© Nozima Bobojonova, nefrolog shifokor.
Darakchi.uz

ico
Burun bitishini yengillashtiruvchi 8ta chora

Tumov (burun bitishi va oqishi)ning sabablari ko‘p: O‘RVI va boshqa infeksiyalardan tortib, mavsumiy allergiya, gormonal o‘zgarish yoki haroratning keskin o‘zgarishigacha bo‘lgan holatlar. Ammo sabablariga qaramay, bu muammodan xalos bo‘lishning oddiy usullari bor.

Foto: Getty Images

1. Issiq choy iching

Yoki boshqa istalgan ichimlik. Muhimi u issiq bo‘lsin, biroq kuydiradigan darajada emas. Issiqlik va bug‘ burun-halqumda qon aylanishini kuchaytiradi. Natijada nafas olish yengillashadi.

2. Iloji boricha ko‘proq suyuqlik iching

Yuqoridagi banddan kelib chiqib, issiq yoki iliq ichimlik ichish kerak. Imkon bo‘lmagan taqdirda esa xona haroratidagi suvni ham ichish mumkin.

Agar organizmga suv yetishmasa, burun ham sog‘lom holatda bo‘lmaydi. Burundagi suyuqlik qurib qoladi va quyuqlashadi. Bu ham burun bitishiga olib keladi. Burundagi suyuqlik qotib qolganida virus va bakteriyalar uchun qulay muhit yuzaga keladi. Ya'ni kasallik uzoq davom etishi yoki shamollashga qaraganda yoqimsizroq ko‘rinish tus olishi mumkin. Masalan, gaymorit.

Suyuqlik ichsangiz, burundagi shilimshiq suyuqlik ko‘proq oqib, burun-halqumdagi viruslar va umuman burun bitishi hamda shamollashdan tezda xalos bo‘lasiz.

3. Ingalyatsiya qiling

Issiq bug‘dan nafas olish shamollash, jumladan, burun bitishini ham kamaytiradi va tuzalishni tezlashtiradi.

Healthline tibbiy resursi ingalyatsiyani quyidagi tartibda amalga oshirishni tavsiya qiladi:

  • Kastryulkada toza suvni isiting. Uni qaynashgacha olib borish shart emas, suyuqlik ustida bug‘ paydo bo‘lishining o‘zi yetarli.
  • Suv to‘ldirilgan kastryulkani stol yoki boshqa qulay gorizontal yuza ustiga qo‘ying va 20-30 daqiqa davomida yuzingizni bug‘ga tutib turing. Agar bug‘ qaynoq bo‘lsa, undan uzoqroq bo‘ling yoki biroz ilishini kuting.
  • Burun orqali chuqur nafas oling. Nafasni burun orqali chiqaring. Burundagi shilliq suyuqlikdan xalos bo‘lish uchun kuchli nafas chiqaring.

Ingalyatsiyali suvga bir necha tomchi efir moylaridan ham qo‘shish mumkin. Evkalipt, yalpiz, choy daraxti, qarag‘ay – ta'bga ko‘ra shulardan birini tanlang.

4. Issiqqina dush qabul qiling

O‘zingizni tezda yengil his qilishni istasangiz, mana shu usul mos keladi. Ingalyatsiya yoki issiq choy kabi dush ham burun oqishini samarali to‘xtatadi va burun bitishini bartaraf etadi.

5. Burun uchun issiq kompress qiling

Issiq, biroq kuydirmaydigan haroratdagi suvda bo‘ktirilgan salfetkani burunga 2-3 daqiqaga kuniga 3-4 marta qo‘ying.

6. Burunni tuzli eritma bilan chaying

Tayyor tuzli aerozolni dorixonadan sotib olish yoki mustaqil ravishda tayyorlash mumkin. Retsepti oson: yarim choy qoshiq tuz va bir chimdim sodani bir stakan (240 ml) iliq suvga soling. Yoqimsiz belgilar butunlay yo‘qolguniga qadar kuniga 3-4 marta mana shu eritma bilan burunni chaying.

7. Tomirni toraytiruvchi burun sprey va tomchilaridan foydalaning

Ular shishishni bartaraf etib, burunda suyuqlik hosil bo‘lishini sekinlashtiradi. Natijani darhol his etish mumkin: nafas olish erkinlashadi. Biroq bu effekt vaqtinchalik: odatda bir necha soat davom etadi xolos.

Shuni yodda tutingki, bunday vositalarni 3 kundan ortiq ishlatib bo‘lmaydi. Aks holda yoqimsiz ta'sirlar kuzatilishi mumkin: muayyan vositaga o‘rganib qolishdan tortib (keyin tomirlar unga reaksiya qilmay qo‘yadi), burun shilliq qavatining yupqalashishi, medikamentoz rinit va boshqa yomon holatlar rivojlanishigacha.

8. Shifokorga boring!

Burun bitishi – alohida kasallik emas, u bor-yo‘g‘i bir belgi. Undan batamom xalos bo‘lish uchun esa kasallikni yengish kerak bo‘ladi. Buni professional shifokor – terapevt yoki tor doiradagi mutaxassis (lor, allergolog) nazorati ostida amalga oshirish samarali bo‘ladi.

Muhim eslatma: burun bitishining shunday turlari borki, ular shifokorga zudlik bilan murojaat etishni talab qiladi. Agar quyidagi holatlar kuzatilsa, shifokor ko‘rigiga boring yoki telefon orqali u bilan maslahatlashing:

  • Sizdagi burun bitish holati peshona, burun yoki yuz, ko‘zning shishishi bilan kechsa yoki ko‘rish qobiliyati yomonlashishi bilan bog‘liq bo‘lsa;
  • Burun bitishidan tashqari, tomog‘ingiz kuchli og‘riyotgan bo‘lsa yoki bodomsimon bez yoki burun-halqumning boshqa qismlarida oq yoki sariq dog‘larni ko‘rsangiz;
  • Burundan oqayotgan suyuqlikdan yoqimsiz hid kelsa;
  • Burun bitishi 10 kundan ortiq davom etayotgan yo‘tal fonida paydo bo‘lsa, burundan oqayotgan suyuqlik sarg‘ish yashil yoki kulrangda bo‘lsa;
  • Burun bitishi bosh jarohatlanishidan keyin yuzaga kelsa;
  • Burun bitishi tana haroratining oshishi bilan kechsa.

Mana shu belgilar sizda rinitdan ko‘ra jiddiyroq kasallik bo‘lishi mumkinligidan darak beradi. Gap angina, gaymorit, jiddiy gormonal buzilishlar, bosh miya jarohatlanishi, bakterial zararlanishlar, jumladan, meningit va v h.klar haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin.

ico
Burun va burun yondosh bo‘shliqlari poliplarini davolash usullari

Burun va burun yondosh bo‘shliqlari polipi (polipoz rinosinusit) keng tarqalgan kasallik bo‘lgani va ko‘pincha qaytalangan holda kechishi bilan otolaringologlarning kasallikka bo‘lgan qiziqishini yanada orttirmoqda. Bunday kasallik yer yuzi aholisining 1-5 foizida uchraydi. Bizning mintaqaviy sharoitda 10 ming aholiga 5,1 nisbatni tashkil qilsa, mazkur kasallik soha mutaxassislari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa aholisining 4 foizini tashkil qiladi. Mutaxassislarning fikricha PRS asosan, 40-60 yoshli aholi o‘rtasida 51,4 foizni tashkil qilishi, shuningdek, erkaklar orasida uchrash holati ayollarga nisbatan 1,2 marta ko‘proq ekanligi aytib o‘tiladi.

Belgilarni sezish qiyin

E’tiborlisi, bemorlar kasallikning erta bosqichlaridagi ilk belgilarini o‘zlarida sezishmaydi. Ko‘p hollarda kasallik umumiy tibbiy ko‘rik paytida, quloq, tomoq, burun kasalliklari (rinit, gaymorit, frontit, etmoidit) bilan shifokorga yoki allergologga murojaat qilishganda aniqlanadi.

Polipoz rinosinusitning kelib chiqish sababi

Umuman olganda, immun tizimdagi nasliy o‘zgarishlar allergik PRS kelib chiqishiga moyillik yaratadi. Ko‘p hollarda LOR organlarining yallig‘lanishi, shuningdek, allergik va nasl bilan bog‘liq hollar kasallik rivojlanishiga sabab bo‘ladi.

Kasallik oson qaytalanishi mumkin

Keyingi yillarda jarrohlik amaliyoti rivojlanishi va dori-darmonlarning keng qo‘llanishiga qaramasdan kasallikda qaytalanish ko‘rsatkichi 5-60 foizni tashkil qilmoqda. Odatda operatsiyadan keyin bemorlarga tavsiya qilingan dori preparatlarining vaqtida va uzoq muddatli qabul qilinmasligi natijasida kasallikning qaytalanish sur’ati oshganligi kuzatiladi.

Doim yondosh kasallik bilan birgalikda uchraydi

Ma’lumotlarga ko‘ra, polipoz rinosinusit bilan xastalangan bemorlarning barchasida surunkali yondosh kasalliklar, jumladan: yuqori nafas yo‘llari patologiyalari, boshqa a’zolarning o‘sma, nafas a’zolari kasalliklari, allergozlar bilan birgalikda uchrasa, ayrim hollarda allergik rinit bilan kechadi. Bu kasallik bilan og‘rigan bemorlar doimiy ravishda burun bitishi, nafas olishga qiynalishi, hid bilish pasayishi, bosh og‘rig‘idan shikoyat qilishadi. Shu bois, bunday bemorlarda mehnat qilish qobiliyati susayishi mumkin. burun polipi

Zamonaviy texnologiyalar keng foydalanilmoda

Hozirgi kunda kasallikning tashxisini oydinlashtirish maqsadida zamonaviy tibbiy texnologiyalar, ya’ni kompyuter tomografiya, endoskopik tekshirishlar va multispiral kompyuter tomografiya apparatlaridan keng foydalanilmoqda. Buning natijasida polip to‘qimasining aniq o‘lchami, holati va tarqalish joyini aniq ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘linmoqda. Bu esa o‘z navbatida davolash usulini to‘g‘ri tanlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Agar kasallik vaqtida davolanmasa...

Agar mazkur kasallik vaqtida davolanmasa yoki to‘g‘ri yondashilmasa yomon sifatli o‘smalarga aylanishi, suyak to‘qimalariga ta’sir qilishi yoki boshqa og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Hatto amaliyotda polipoz rinosinusit kasalligiga chalinib, shifokor tavsiyalariga muntazam rioya qilmaganligi oqibatida 20 marotaba jarrohlik operatsiyasini o‘tkazgan bemorlar ham yo‘q emas.

Bugungi kunda mamlakatimizda kasallikni davolash jarayoni asosan 2 muhim bosqichni o‘z ichiga oladi:

  1. jarrohlik usuli;
  2. jarrohlikdan keyingi davrda uzoq muddatli topik kortikosteroidlar qo‘llanilmoqda.

Birinchi bosqich, ya’ni jarrohlik amaliyoti hozirda respublikamizning ilg‘or otorinolaringologlari tomonidan zamonaviy asbob-uskunalar yordamida muvaffaqiyatli o‘tkazilmoqda.

Ikkinchi bosqichda, shifokor amaliyotidan keyin bemorlar uzoq muddatli topik kortikosteroidlarni qo‘llashlari talab etiladi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, burun va burun yondosh bo‘shliqlari polipidan butkul qutulish uchun bemor jarrohlik amaliyotidan keyin eng avvalo, shifokor tavsiyalariga befarq bo‘lmasligi, gigiyena qoidalariga amal qilishi va tez-tez tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishi lozim. Zero, inson salomatligi har narsadan ustun.

K.JABBOROV, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti professori.
«O‘zbekistonda sog‘likni saqlash» gazetasi. 

Burundagi yallig’lanish alomatlarini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Otrivindir.

Otrivin bu – burun bo'shlig'iga purkaydigan tomirlar toraytiruvchi dori vositasi (sprey va tomchi shaklida mavjud)

1 ml Eritma tarkibida: faol modda: ksilometazolin gidroxloridi 1 mg. Yordamchi moddalar: natriy fosfat monobazik dihidrat, natriy fosfat ikki asosli o'n ikki suvli, natriy xlorid, dinatriy edetat, benzalkonium xlorid, metilgidroksipropil tsellyuloza 4000 mPa.S, sorbitol 70%.tozalangan suv

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi -https://apteka.uz/uz/product/otrivin

Nafas yo'li yallig’lanishida keng qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Ksilometazolin,Rinostop ,Galazolin,Nosilin,Rinokta,Ksilofakt va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Burun bitishi holatini qanday bartaraf qilish mumkin?

Yozda kamdan-kam kuzatiladigan, kuzatilganda ham surunkasiga kishini ancha vaqt bezovta qiladigan holatlardan biri bu burunning bitib qolishi.
Xo'sh, burun bitib qolgada nima qilish kerak?

burun bitishi

Naima UBAYDULLAYEVA, tibbiyot fanlari nomzodi:

Burun bitishi tumovdan darak beradi. Bunday paytda shilliq modda ajralishi bilan burun bo‘shlig‘idagi bakteriyalar va boshqa infeksiya qo‘zg‘atuvchilar chiqib ketadi.

Organizmning kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalardan xalos bo‘lishi uchun burunni dengiz tuzi yoki iste’mol sodasi qo‘shilgan eritma bilan yuvish kerak. Bunda boshni yon tomonga egib, burunning bir teshigiga eritmani oz-ozdan quyish lozim. Shunda eritma burunning ikkinchi teshigidan oqib chiqadi.

Burun bitib qolganida ko‘pchilik dorixonada sotiladigan maxsus tomchilardan foydalanadi. Lekin bunday tomchilarni keragidan ko‘p ishlatish oqibatida burun shilliq qavati qurib qolishi mumkin. Natijada, bakteriyalar ko‘payishda davom etadi. Agar burun bitishi sizni juda qiynayotgan bo‘lsa, shifokor maslahati bilan ish tuting.

Burundagi yallig’lanish alomatlarini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Otrivindir.

Otrivin bu – burun bo'shlig'iga purkaydigan tomirlar toraytiruvchi dori vositasi (sprey va tomchi shaklida mavjud)

1 ml Eritma tarkibida: faol modda: ksilometazolin gidroxloridi 1 mg. Yordamchi moddalar: natriy fosfat monobazik dihidrat, natriy fosfat ikki asosli o'n ikki suvli, natriy xlorid, dinatriy edetat, benzalkonium xlorid, metilgidroksipropil tsellyuloza 4000 mPa.S, sorbitol 70%.tozalangan suv

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi -https://apteka.uz/uz/product/otrivin

Nafas yo'li yallig’lanishida keng qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Ksilometazolin,Rinostop ,Galazolin,Nosilin,Rinokta,Ksilofakt va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Bolaning qulog‘i og‘risa qanday chora qo‘llash mumkin?

Tashqi quloq – quloq suprasi va tashqi eshituv yo‘lidan iborat. O‘rta quloq – chakka suyagi ichida joylashgan bir qancha katakchalardan tashkil topgan. Ichki quloq – yanada murakkabroq bo‘lganligi uchun labirint nomini olgan. Tashqi eshituv yo‘li teri bilan qoplangan va tashqi muhit bilan bevosita bog‘liq. Me’yorda tashqi eshituv yo‘lida tuklar (sochlar) va quloq kiri (sera) mavjud. Uzoq vaqt basseynda (dushda, suv havzalarida) cho‘milganda quloqqa suv kirib, ushbu kirning “bo‘kib qolishi” va terining yallig‘lanishiga yoki tashqi diffuz otitga yohud soch piyozchalari yallig‘lanishiga – quloq chipqoniga sababchi bo‘ladi.

quloq chipqoni

Keyinchalik chipqon “pishganda” yoriladi, quloqdan yiring kelishi va eshitishning pasayishi kuzatiladi. Agar bemorda qandli diabet, allergiya, gijja, ekssudativ kataral diatez, mikoz, anemiya, raxit, gipotrofiya kabi kasalliklar bo‘lsa xastalik ancha og‘ir o‘tishi mumkin. Tashqi otitlar quloqni kavlash, hasharotlar kirishi va chaqishi, kuyish (termik va kimyoviy), sovuq urishi natijasi ham bo‘lishi mumkin.

Quloq chipqonining profilaktikasi

Kasallikning oldini olish uchun cho‘milgandan so‘ng quloqni yaxshilab salfetka bilan quritish darkor va 3 foizli borat kislotasidan 4-5 tomchini pipetka bilan quloqqa tomizib dezinfeksiya qilish maqsadga muvofiq. Quloqda og‘riq paydo bo‘lsa otorinolaringolog shifokorga murojaat qilish zarur. Burun va halqumdagi yallig‘lanishlar bevosita o‘rta quloqqa tarqaladi. Go‘dak bolalarda esa ushbu nay kattalarga nisbatan kalta, gorizontal joylashgan va keng. Shuning uchun, burundagi xilt (mishiq) infeksiyasi osongina nog‘ora bo‘shlig‘iga o‘tadi. Odatda o‘tkir o‘rta otitlar sinusitlar, O‘RVI, O‘RK,  gripp, adenovirus, rinovirus, qizamiq kabi yuqori nafas yo‘llarining o‘tkir kasalliklari (tumov) asorati sifatida kuzatiladi. Bu kasallik adenoidlar vegetatsiyasi, burun to‘sig‘i qiyshiqligi, surunkali tonzillit tufayli ham rivojlanadi. O‘tkir o‘rta otitlarni davolashda esa ushbu holatni hisobga olmasdan chora-tadbirlar ko‘rilishi samara bermasligi mumkin. Ya’ni, avvalo burunni davolash kerak, keyin quloqni.

Quloq chipqoni kasalligining asoratlari

Tegishli davo choralari qo‘llanilmasa kasallik surunkali tus olib, nog‘ora pardasida turg‘un (doimiy) teshik paydo bo‘ladi. Ayrim hollarda, bolada og‘ir asoratlar mastoidit (suyak chirishi), yuz nervining falaji, meningit (miya pardalari yallig‘lanishi), sepsis (qonga mikrob o‘tib ketishi) rivojlanishi ham mumkin. Bunday bemorlar kasalxona sharoitida davolanishi lozim. Adenoidlar va burun to‘sig‘i qiyshiqliklari jarrohlik yo‘li bilan bartaraf etiladi.

Quloq chipqonini davolash

Tumovdan so‘ng kasallik rivojlanishini nazarda tutgan holda chaqaloq o‘sayotgan uyda burunga tomizish uchun doim dori qutida burun tomchi dorilari: 1-2 foiz protargol va 0,05 foiz naftizin eritmasi va quloq tomchilari: 3 foiz borat kislota eritmasi bo‘lishini tavsiya qilamiz. Burun tomchilarini boshni orqaga va yonga eggan holda pastki burun katagiga tomizish lozim. Bunda dori preparatlari burunning yon devori orqali eshituv nayining og‘zidan oqib o‘tganligi uchun yevstaxiy nayining o‘tkazuvchanligi tiklanadi va o‘rta quloq bo‘shliqlaridagi yiring tabiiy yo‘llar orqali, nog‘ora pardasi teshilmasdan chiqib ketadi.

Quloqqa pilikchalar yordamida 3 foiz borat kislotasining spirtli eritmasidan qo‘yish lozim. Ushbu spirtli eritma kompress vazifasini o‘tab, o‘rta quloqning qon bilan ta’minlanishini yaxshilaydi va og‘riqni kamaytiradi. Og‘riqning kamayishi o‘rta quloqdagi yiringning bosimini kamaytirish hisobiga kuzatiladi. Agarda quloqdan yiring kelayotgan bo‘lsa, borat kislota ishlatilmagani ma’qul. Chunki bu eritma nog‘ora pardasidagi “teshik” (perforatsiya) orqali shilliq parda bilan qoplangan nog‘ora bo‘shlig‘iga kiradi va qattiq achishtiradi. Poliklinika sharoitida vrach tomonidan burunga dorilar kiritish juda samara beradi.

Demak, boladagi quloq og‘rig‘iga beparvo bo‘lmaslik va uni albatta mutaxassis shifokor tavsiyalariga ko‘ra davolash zarur!

Diqqat! yuqoridagi ma’lumotlar, faqat tanishish maqsadida chop etilgan. Undagi tavsiyalarni qo‘llash uchun shifokor bilan maslahatlashishingiz zarur!

© Nigora ERGASHЕVA, pediatr.
"Sihat-salomatlik" jurnali.

Burundagi yallig’lanish alomatlarini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Otrivindir.

Otrivin bu – burun bo'shlig'iga purkaydigan tomirlar toraytiruvchi dori vositasi (sprey va tomchi shaklida mavjud)

1 ml Eritma tarkibida: faol modda: ksilometazolin gidroxloridi 1 mg. Yordamchi moddalar: natriy fosfat monobazik dihidrat, natriy fosfat ikki asosli o'n ikki suvli, natriy xlorid, dinatriy edetat, benzalkonium xlorid, metilgidroksipropil tsellyuloza 4000 mPa.S, sorbitol 70%.tozalangan suv

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi -https://apteka.uz/uz/product/otrivin

Nafas yo'li yallig’lanishida keng qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Ksilometazolin,Rinostop ,Galazolin,Nosilin,Rinokta,Ksilofakt va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Burun qonashi sabablari va uni to‘xtatish usullari

Epistaksis yoki burundan qon ketishi – ancha ko‘p uchraydigan, kattalarda ham bolalarda ham yuz beradigan hodisa. Unga sabab turli xil patologiya va kasalliklar bo‘lishi mumkin. Burun teshiklaridan qon oqishining har xil darajalari bor.

Burundan qon ketishi ikki guruhga bo‘linadi: oldingi va orqa. Uning asosida burunning qon bilan ta’minlanishi yotadi.

Burundan qon ketishi qanday sodir bo‘ladi?

Ko‘pchilik holatlarda qon ketishiga sabab Kisselbax qon tomir chigallari sabab bo‘ladi. Bunday qon ketish xavfli emas, o‘z-o‘zidan 3-5-7 daqiqada to‘xtaydi. Oldingi qon ketishlarning manbasi 90-95 % hollarda Kisselbax chigallari bo‘lib, ular burun shilliq qavati ostida joylashgan mayda vena va arteriolalar chigalidan tashkil topgan. Ular burun tog‘ayining oldingi qismini qon bilan ta’minlaydi. Ushbu sohadagi epistaksis holati unchalik katta xavf tug‘dirmaydi, chunki ketgan qon hajmi kam bo‘ladi. Burundan qon tomchilab yoki sizib oqishi mumkin. Normal qon ivishida qon o‘z-o‘zidan bir necha daqiqalarda to‘xtaydi.

[caption id="attachment_11085" align="aligncenter" width="500"] Giphy.com[/caption]

5-10 % hollarda qon ketishining orqa guruhida burunning yirik arteriyalaridan qon ketadi. Ular burun tog‘ayining orqa yoki o‘rta qismlarida bo‘ladi. Bu arteriyalardan qon ketish hajmi ko‘p bo‘lib, turli xildagi og‘ir asoratlarga sabab bo‘ladi, kam hollarda qon ketishidan inson o‘limi ham kuzatiladi. Qon to‘q qizil rangda bo‘lib, to‘xtamay oqib turaveradi. Bunday qon ketishi o‘z-o‘zidan to‘xtmaydi. Orqa epistaksisning yana bir ko‘rinishi qon faqatgina burundan emas, balki og‘izdan ham oqadi, qonli qayt qilishlar kuzatiladi. Bunda qon burundan og‘izga oqadi, uni yutib yuborish natijasida inson qayt qiladi. Og‘ir hollarda qon ko‘zdan, yosh chiqish kanallaridan ham oqadi. Bunda burundagi qon ko‘z yoshi kanali orqali yuqoriga ko‘tariladi.

Burundan qon ketish darajalari

Burundan oqayotgan qon hajmiga va miqdoriga qarab qon ketish darajalari farqlanadi:

Kam miqdordagi qon ketishi. Bir necha tomchidan bir necha millilitrgacha qon yo‘qotish. Bunday qon ketish hayot uchun xavf tug‘dirmaydi, hech qanday asoratlar qoldirmaydi. Faqatgina bolalarda qo‘rqib ketganligi sababli vahima qilish va hushdan ketish holatlari kuzatilishi mumkin.

Yengil darajada. Yo‘qotilgan qon hajmi 700 ml.dan oshmaydi, bu umumiy qon miqdorining 12 %iga teng bo‘ladi. Bunday qon yo‘qotish biroz bosh aylanishi, holsizlik, pulsning susayishi va ko‘z oldi qoralashishiga olib keladi. Shilliq qavatlar rangi biroz ochlashishiga ham olib kelishi mumkin.

O‘rta darajada. O‘rta darajada qon yo‘qotishda 1000 ml.dan 1400 ml gacha qon ketadi, bu katta odam umumiy qonining 20 % iga to‘g‘ri keladi. Bu holat yaqqol namoyon bo‘luvchi belgilar bilan yuzaga chiqadi: holsizlik, quloqlarda shovqinlar, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘I, chanqash va xansirash.

Og‘ir darajada. Umumiy qon miqdorining 20 %idan ko‘p qon yo‘qotish. Massiv qon yo‘qotish gemorragik shokka olib keladi, arterial bosimning tushishi va pulsning oshishi, es-hushning yo‘qolishi, ichki organlarga qon yetib bormasligi kuzatiladi. Bu esa hayot uchun xavfli hisoblanadi.

Burun qonashi sabablari

Burun qonashiga olib keluvchi faktorlar ikkiga bo‘linadi: mahalliy (lokal) va umumiy (sistemali).

Mahalliy (lokal) faktorlar

  • Burunning har xil shikastlanishlari. Burun shilliq qavatining mexanik shikastlanishi burundagi tuklarni ehtiyotsizlik bilan yulganda, burunni doimo qashlaganda, burunni qattiq qoqganda va shu kabilarda. Yosh bolalar yot jismlarni og‘iz va burunlariga solishni yaxshi ko‘rishadi va burun shilliq qavatini shikastlab qo‘yishadi.
  • Barotravma (bosim natijasida shikastlanish). Barometrik bosimning tez o‘zgarishi natijasida burundan qon ketish. Ko‘pincha tog‘ga chiqqanda, suv tubiga sho‘ng‘iganda, samalyotda uchganda kuzatiladi.
  • Shilliq qavatining to‘la qonligi, qon tomir devorining yupqalashidan qon ketish. Gripp, O‘RVI, allergik rinit yoki surunkali sinusitlarda yallig‘lanishga qarshi dori preparatlaridan, ayniqsa, steroid spreylardan foydalanilganda qon ketish kuzatiladi.
  • Narkotik qabul qilganda. Burun orqali narkotik vositalarni qabul qilganda, ayniqsa kokain qabul qilinganda burun qonashi mumkin.
  • Burunning anatomik deformatsiyasida. Teleangiyektaziya yoki burun tog‘ayini qiyshiqligini to‘girlashda, Rendyu-Osler kasalligida ham burundan qon ketadi.
  • Burun bo‘shlig‘i yaxshi va yomon sifatli o‘smalarida. Onkologik kasalliklardan nazofarengial kartsinoma, yaxshi sifatli o‘sma – angioma yoki poliplar.
  • Uzoq muddat qishning sovuq havosidan nafas olganda. Bunda havoning namlik darajasi ham rol o‘ynaydi.
  • Issiq yoki quyosh urganda, issiq ob havo sharoitida burundan qon ketish kuzatiladi.
  • Burun sohasida operativ muolaja o‘tkazilgandan keyin qon ketishlar.

[caption id="attachment_11084" align="aligncenter" width="654"]burun qonashi sabablari TheRedish.com[/caption]

Umumiy (sistemali) faktorlar

  • Arterial gipertenziya;
  • Allergiya;
  • Qon tomirlar kasalliklari;
  • Tug‘ma qon tomir patologiyalari;
  • Qon kasalliklari (leykemiya, gemoblastoz, anemiya va boshqalar);
  • Avitaminozlar, ayniqsa C va K vitamin yetishmovchiligida;
  • Alkogolli ichimliklar ichganda qon tomirlar kengayadi, shu bilan birga burun qon tomirlari ham;
  • Yurak kasalliklari, yurak yetishmovchiliklarida;
  • Biriktiruvchi to‘qima patologiyalarida;
  • Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni noto‘g‘ri qo‘llash yoki ularning nojo‘ya ta’siri natijasida;
  • Gemofiliya – qon ivish xususiyatining buzilishi;
  • Gemorragik diatezlar;
  • Buyraning og‘ir kasalliklari;
  • Jismoniy zo‘riqish;
  • Xavfli infeksion kasalliklar, OIV infeksiyasida;
  • Homilador ayollar organizmi gormonal qayta qurilishida.

Burun qonaganda birinchi yordam ( Shifokorgacha bo‘lgan )

Burundan qon ketganda boshni ortga tashlash mumkin emas! Aksincha, boshni va tanani biroz oldinga egish, burunni siqish kerak. Burun sohasiga muz bosish zarur.

[caption id="attachment_11086" align="aligncenter" width="1024"]Burun qonaganda birinchi yordam HealthPrep.com[/caption]

Burundan qon ketishi shifokor kelgunga qadar to‘xtatsa ham bo‘ladi, uning uchun quyidagi manipulyatsiyalarni qadamma qadam bajarish kerak:

Birinchi navbatda odamni o‘tqizish va boshini biroz oldinga egish kerak, shunda qon oqishini ta’minlaysiz. Agar bemor o‘tirishga holi bo‘lmasa, uni yotqizib boshini balandroq qilish va boshini yon tomonga qaratib qo‘yish zarur.

[box type="error" align="aligncenter" class="" width=""]Xalq orasida keng tarqalgan usul boshni ortga tashlash qat’iyan man qilinadi. Uning oqibatida qon oshqozonga ketib qolishi va inson qayt qilishi mumkin, eng xavflisi qon nafas yo‘llariga ketib qolib aspiratsiyaga olib keladi.[/box]

Toza havo kirishini ta’minlash zarur (oynani ochish, yoqa tugmalarini bo‘shatish).

Burun sohasiga muz solingan haltachalar qo‘yish, agar qon ketishi to‘xtamasa, yengilgina muz bilan burunni siqish (5-10 daqiqa davomida) kerak. Burunni qoqish mumkin emas. Og‘iz bo‘shlig‘iga tushgan qonni, shunchaki, tuflab tashlash lozim.

Agar yuqorida sanab o‘tilgan chora tadbirlar yordam bermasa paxta yoki steril bint bilan tomponada qilish mumkin. Bintni 1,5 % li vodorod peroksidi eritmasiga shimdirish yoki qon tomirni toraytiruvchi preparatlar Sanorinom, Naftizin, Tizin bilan ho‘llab, uni qon to‘xtagunga qadar burunga joylashtirib qo‘yish kerak.

Agar qon ketishi shilliq qavatlarning qurishi bilan kechayotgan bo‘lsa, tamponni vazilin bilan shimdirish kerak. Shilliq qavat yumshashi qon ketishini to‘xtatadi.

Agar burundan qon ketishi issiq urishi bilan boshlangan bo‘lsa, bemorni salqin xonaga, shamol aylanishi yaxshi bo‘lgan joyga o‘tqizib, peshona, yuz sohalariga namlangan sochiqchalar qo‘yish, burunga esa muz bosish zarur.

Burunning shikastlanishidan anatomik tuzilishi buzilishi natijasida ko‘p qon yo‘qotganda, o‘zingiz to‘xtatishga harakat qilishingizga qaramay qon oqishda davom etaversa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak. Burun sohasiga esa vaqtinchalik muz qo‘yish lozim.

Burun qonaganda maxsus tibbiy yordam (Shifokor tomonidan)

Burun tamponadasi – qon ketishini burun bo‘shlig‘iga tampon joylashtirib to‘xtatish. Tamponga qon oqishini to‘xtatuvchi tromboplastin va trombin shimdiriladi. Vaziyatga qarab shifokor tamponni oldingi tamponada – burun teshigidan, yoki orqa tomponada halqum tomondan joylashtiradi.

Qon tomirlarni burishtirish (kuydirish). Burishtiruvchi vositalar sifatida sut, uchxlorsirka kislota yoki xrom kislotasidan foydalanish mumkin. Bundan tashqari rux tuzlari, tannin, azot kislotali kumush ham ishlatiladi.

Zamonaviy samarali usullardan biri – bu ultratovushli dezintegratsiyadir (ultratovush to‘lqinlari yordamida burun tog‘aylarini qon tomir bilan ta’minanishini to‘xtatib qo‘yish), lazeroterapiya (lazer bilan kuydirish), suyuq azot bilan to‘xtatish (sovuq harorat bergani uchun), elektrokoagulyatsiya (maxsus elektr toki bilan kuydirish).

Ko‘p marotaba takrorlanuvchi, ko‘p hajmda burundan qon ketishlarda operativ muolaja o‘tkaziladi. Bunda qon olib keluvchi katta arteriyalarni bog‘lash, suyak usti pardadan ajratish bilan qon bilan ta’minlanishini yo‘qotish bajariladi.

Shuni bilish kerakki, burundan qon ketish har doim ham xavfsiz bo‘lavermaydi, qandaydir jiddiy kasallik belgisi bo‘lib kelishi ham mumkin. Agar qon ketish kuchli va uzoq muddat to‘xtamasa, ko‘p takrorlansa, umumiy ahvolni yomonlashtirsa shifokor huzuriga borish kerak bo‘ladi. Shifokor bemorni obdon tekshirib epistaksis sababini aniqlaydi va davo rejasini tuzib beradi.

Burundagi yallig’lanish alomatlarini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Otrivindir.

Otrivin bu – burun bo'shlig'iga purkaydigan tomirlar toraytiruvchi dori vositasi (sprey va tomchi shaklida mavjud)

1 ml Eritma tarkibida: faol modda: ksilometazolin gidroxloridi 1 mg. Yordamchi moddalar: natriy fosfat monobazik dihidrat, natriy fosfat ikki asosli o'n ikki suvli, natriy xlorid, dinatriy edetat, benzalkonium xlorid, metilgidroksipropil tsellyuloza 4000 mPa.S, sorbitol 70%.tozalangan suv

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi -https://apteka.uz/uz/product/otrivin

Nafas yo'li yallig’lanishida keng qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Ksilometazolin,Rinostop ,Galazolin,Nosilin,Rinokta,Ksilofakt va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Bo‘lajak ona psixologiyasi
Homiladorlik ayolni o‘zgartirishi – bu ma’lum fakt, biroq bu o‘zgarishlarning mohiyatini hamma ham tushunavermaydi. Keling, psixologlar fikriga ko‘ra ushbu davrda nimalar sodir bo‘lishini bilib olaylik.

Bolalikka yaqinroq

Homiladorlik vaqtida ayol psixologik ravishda yosh boladay bo‘lib qoladi degan fikr keng tarqalgan. Bu deyarli to‘g‘ri emas. Homilador ayol organizmida qayta tuzilish yuz berishi bois unda haqiqatan ham sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, biroq buning regress bilan hech qanday aloqasi yo‘q. Shunchaki ayol o‘ziga va u bilan sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga e’tiborliroq bo‘lib qoladi, ayni davrda juda muhim hisoblangan hissiyotlari va tanasidagi sezgilariga e’tiborini jamlaydi. Bu haqiqatan ham uni kattalardan ko‘ra o‘zining asl hislariga va haqiqiy istaklariga yaqin bo‘lgan kichkina bolaga o‘xshatib yuboradi. Mashhur “homiladorlarning injiqliklari” haqida ham xuddi shularni aytish mumkin: axir bolalar odatda o‘z qiziqishlaridan voz kechishga tayyor bo‘lmaganlarida xarxasha qilishadi, homilador ayolni esa tabiatning o‘zi o‘z manfaatlarini hammasidan yuqori qo‘yishga majbur qiladi. Uning bunday xudbin hulqida yana bir ma’no bor: yaqin yillarda ayolning turmush tarzi shunday o‘zgaradiki, unga yaqinlarining ko‘magi lozim bo‘ladi – bu haqda u mana shunday bilvosita usullar orqali xabardor qilmoqda.

Hech nima sodir bo‘lmadimi?

Ba’zan, homilador bo‘lgach,
ayol xuddiki buni payqamaydi va tug‘ruqqacha hech narsa o‘zgarmagandek yashashga urinadi. Buning yomon joyi yo‘qdek tuyuladi, biroq agar bo‘lg‘usi ona o‘zining yangi maqomini e’tiborga olmasa, baribir xavotirlanadigan joyi bor. Homiladorlikka e’tiborsiz munosabatda bo‘lish, umuman olganda, o‘ziga uncha e’tibor bermaydigan va o‘z tuyg‘ularidan ko‘ra tashqaridan beriladigan yo‘l-yo‘riqlarga rioya qilishga moyil ayollarda vujudga kelishi mumkin. Agar ayol homiladorlik davri davomida haddan tashqari ishga, o‘qishga yoki jamoatchilik faoliyatiga kirishib ketsa, bu voqelikdan qochishga urinishga, uning onalikka psixologik tayyor emasligiga o‘xshaydi.

Yaqin atrofdagilardan nima talab qilinadi?

Homilador ayollarga munosabatda ko‘pincha ikki qarama-qarshilik kuzatiladi. Ayrim odamlar ularni papalab, gard yuqtirmaslik, qo‘llarini sovuq suvga urdirmaslik kerak deb hisoblasa, boshqalar homiladorlarning ahvoliga ortiqcha e’tibor bermaslikni afzal bilishadi. Shubhasiz, bo‘lg‘usi ona bilan billur vaza kabi muomala qilmaslik kerak: homiladorlik kasallik emas, balki odatdagidek yashash imkonini beradigan normal fiziologik holatdir. Biroq, mazkur holatning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborsiz ham qoldirmagan ma’qul. Homiladorlik vaqtida ayolning psixikasi nisbatan ta’sirchanroq bo‘ladi, immuniteti esa zaiflashadi, shu bois uni ham jismoniy, ham hissiy ortiqcha yuklamalardan ehtiyot qilgan ma’qul. Qolaversa, qachon ayol ozmi-ko‘pmi o‘ziga e’tiborli bo‘lsa, intuitiv ravishda o‘zi zarur ehtiyot choralarini ko‘radi. Ana shu o‘z-o‘ziga quloq solish homilador uchun muhimdir. Yaqinlari hozir uning e’tibori o‘z ichiga qaratilganini va boshqalarga yetarli darajada e’tiborini qaratishga imkoni kamroqligini tushunishlari kerak. Ayniqsa bolalar (agar homiladorlik birinchisi bo‘lmasa) buni tushunishi qiyin. Bu vaziyatda ular yuqori e’tiborga muhtojlar. Shuning uchun oilada navbatdagi farzandni kutish – ularni ona yuklamasining bir qismini o‘z gardanlariga olishga tayyor bo‘lgan otasi va boshqa qarindoshlari bilan yaqinlashtirishning ayni vaqtidir.

Homiladorga psixolog zarurmi?

O‘z holicha qaraganda, homiladorlik psixologik yordam so‘rab murojaat qilish uchun sabab bo‘lolmaydi. Muammolar vujudga kelgan taqdirdagina yordam zarur bo‘ladi. Ta’sirchanlik kuchayishi tufayli aynan shu davrda ayol ilgari sezmagan psixologik qiyinchiliklariga ilk marotaba e’tibor berishi mumkin. Homiladorlik bilan turli kechinmalar bog‘liq bo‘lishi mumkin: o‘zining yangi maqomini qabul qilishga tayyor emasligi, homiladorlikning kechishi va bo‘lg‘usi tug‘ruqlar bo‘yicha xavotir, o‘zi va bola uchun qo‘rquv, onalik vazifasini uddalay olmaslikdan qo‘rqish, tananing muqarrar o‘zgarishlari bilan bog‘liq bezovtalik... Odatda, bu ancha oldin yurakning tub-tubida mavjud ichki qo‘rquvning namoyon bo‘lishidir. Shunchaki homiladorlik ularni yuzaga chiqardi. Agar bu kechinmalar noqulayliklarni keltirib chiqarsa, uni yengishga esa kuch bo‘lmasa, psixologning alohida yordami asqatadi. Shunday hayotiy vaziyatlar va sharoitlar bo‘ladiki, bunda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash singari psixologik yordam ham zarur bo‘ladi. Masalan, ko‘pincha homiladorlik tufayli keskinlashadigan er-xotin o‘rtasidagi muammolar. Biroq, bu holatda dastlab alohida ham xotinga, ham erga psixoterapiya zarur. Psixoterapevtga oilaviy borishni esa, yaxshisi, keyinroqqa surgan ma’qul. Gap shundaki, farzand kutish jarayonida ayol va erkakning kechinmalari nihoyatda turlicha va yangi vaziyatni o‘ziga xos qabul qilish bilan bog‘liq bo‘ladi, shuning uchun oilaviy terapiya ushbu davr uchun yoqimsiz og‘ir kechinmalarni keltirib chiqarishi mumkin.

© "Homiladorlik.uz" nashri

ico
Bolalarda mushak gipertonusi va gipotonusi

Mushak gipertoniyasi

Mushak gipertonusi (mushak gipertoniyasi) – mushak tonusining buzilishidir, bunda mushak tonusi oshgan bo‘ladi va bola tug‘ilishi bilan yuzaga keladi. Sababi, uning mushaklari haddan ortiq tarang va siqilgan bo‘ladi. Go‘dakda ko‘pincha sababsiz bezovtalik va yig‘i, uyqu buzilishi, iyak qaltirashi kuzatiladi.

Bola uyqu paytida ham bo‘shashmaydi, qo‘llarini bukib, ko‘kragiga mahkam bosib, oyoqlarini qorniga olib borib, mushtini mahkam siqib uxlaydi. Go‘dakning mushtini ehtiyotkorlik bilan ochish mumkin. Go‘dakning qo‘l va oyoqlarini bukib-yozganda yaqqol ifodalangan qarshilik seziladi. Tayanch refleksi tekshirilganda bola butun oyoq kaftiga tayanib turmasdan, oyoq barmoqlari uchida turadi, refleks 1,5 oydan ortiq vaqt davomida saqlanib turadi. Me’yorda ushbu refleks 1,5 oylarga borib yo‘qolishi kerak.

Orqasi bilan yotqizilgan go‘dakni qo‘llaridan ushlab o‘zingizga qarata tortganingizda u qo‘llarini umuman yozmasdan, butun tanasi bilan ergashib tortiladi. Qornini kaftingiza qo‘yib yuzini pastga qilib ko‘targaningizda go‘dak boshini tanasi bilan bir chiziqda ushlab turadi. Bunday bolalar tug‘ilishlari bilanoq boshini vertikal holatda ushlab tura oladilar. Mushak tonusining oshishi tananing ikki tomonida ham, shuningdek ayrim holatlarda esa, faqat bir tomonning o‘zida ham kuzatilishi mumkin.

Gipertonus go‘dakning harakatlari rivojlanishi sur’atini sekinlashtirishi bilan xavf soladi. Agar o‘z vaqtida davo choralari ko‘rilmasa, bunday bola muddatidan kechroq o‘tirishi, emaklashi va yurishi mumkin. Harakat paytida tez charchaydi. Yurayotganda esa og‘irlik markazini yaxshi boshqara olmaydi. Gipertonus bolaning umumiy ahvoliga ham aks ta’sir etmasdan qolmaydi: uyqu buziladi, tez-tez yegan ovqatini qayt qiladi.

Mushak gipotoniyasi

Mushak tonusining me’yordan past bo‘lishi mushak gipotonusi (mushak gipotoniyasi) deb nomlanadi. Bunda bolaning qo‘l va oyoqlari yozilgan, qo‘llari tanasi bo‘ylab uzatilgan holda bo‘ladi. Chala tug‘ilgan bolalar uchun bu odatiy hol. Chunki bunday bolalarda asab tizimi to‘la yetilmagan bo‘ladi.

Mushak gipotoniyasining yaqqol ifodalangan ko‘rinishida bola “qurbaqa holati” da yotadi. Bunda go‘dakni orqasi bilan yotqizib qo‘yilganda qo‘llari bo‘shashgan holda tana bo‘ylab yotadi, qo‘l barmoqlari musht tugilmagan, ikkala oyog‘i yon taraflarga yozilib, tizza bo‘g‘imi biroz bukilgan, qorin tekis bo‘ladi. Tonusi past bolalarda ko‘pincha nevrologik reflekslar pasaygan, bo‘g‘imlari bukilganda qarshilik kuchi sezilmaydi, bolaning qo‘lini tepaga ko‘tarib qo‘yib yuborilsa u shilq etib pastga tushadi. Go‘dakning oyoqlari tos-son bo‘g‘imida deyarli 180 gradusga kuch ishlatmasdan yoziladi.

Orqasi bilan yotqizilgan bolaning qo‘llaridan ushlab o‘zingizga tortganingizda, uning qo‘llari butunlay yoziladi, boshi esa ortga engashadi. Bolani qorni bilan kaftingizga yotqizganingizda uning bosh, qo‘l va oyoqlari pastga osilib turadi. Go‘dakni o‘ringa qorni bilan yotqizilganda u qo‘llarini bukmaydi, yuztuban yotaveradi, ya’ni yuzini yon tomonga burib olmaydi. Odatda bunday go‘daklar juda tinch-xotirjam, kam yig‘laydi, ko‘krakni yaxshi so‘rmaydi, tana vazni ham me’yordagi tezlikda oshmaydi, kam harakatlanadi.

Mushaklar kuchi yetishmasligi tufayli gipotonusli bolalar boshini ushlab turishni, qo‘liga buyumlarni olishni, o‘tirishni, yurishni kech boshlaydi. Tik holatda bunday bolalar tana holatini saqlab turolmasligi tufayli ularning ichki a’zolari zo‘riqib ishlaydi. Harakat yetishmasligi natijasida bolaning suyak va mushaklari o‘sishi sekinlashadi. Bola sog‘lom tengdoshlaridan kichikroq ko‘rinadi. Kelgusida gipotonusli bolada skolioz, kifoz va boshqa skelet deformatsiyalari yuzaga kelishi, qad-qomat buzilishi mumkin.

Boladagi tonus buzilishi qancha erta aniqlanib, davolash boshlansa shuncha yaxshi natija bo‘ladi. Chunki go‘daklarda asab tizimi hujayralarining tiklanish xususiyati yuqori bo‘ladi. Davolash (massaj, gimnastika, suzish, fizioterapevtik muolajalar, masalan, ultratovush, elektroforez, magnitoterapiya) bilan birgalikda ba’zan dori-darmonlar ham buyuriladi.

Rayhon MUDARISOVA, pediatr.
"Sihat-salomatlik" jurnali.

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Bola yaxshi ovqatlanmasa yoki chimxo‘r bo‘lsa, uni qanday bartaraf qilish mumkin?

“Bolam kam ovqat yeydi”, “Farzandimga ovqatni majburlab yediraman”, — kabi onalar shikoyatini ko‘p eshitganmiz. Haqiqatdan ham, bolalar ovqatni yaxshi yemasligi sababi nimada?

Ota-onalar xavotiri boisini tushunish mumkin. Chunki bola to‘laqonli ovqatlanmasa, sog‘lom o‘smasligi va yaxshi rivojlanmasligi mumkin. Bolalarning ovqatdan bosh tortish sabablari juda ko‘p. Ularning oldini olish uchun ota-onaga sabr, kichkintoyga nisbatan diqqat-e’tibor kerak bo‘ladi.

bola yaxshi ovqatlanmasa

Bolaning umumiy ahvoli

Bola betob bo‘lganda uning hatti-harakatlari birdan o‘zgarib qoladi. U injiq, qaysar, yig‘loqi bo‘ladi. Ishtahasi bo‘g‘iladi. Bunday paytda darhol bola haroratini o‘lchab, yotqiziladi va shifokor chaqiriladi. Shifokor kelib, bola kasalligini aniqlagunga qadar unga qaynagan suv yoki shirin choy beriladi.

Ishtahaning tug‘ma buzilishi

Mutaxassislarning fikrlaricha, muddatdan avval tug‘ilgan ayrim qizaloqlarda bosh miyaning oziqlanish markazi shikastlanishi natijasida ko‘rish qobiliyati susayishi va ishtahasizlik kelib chiqishi mumkin.

Ishtaha buzilishi

Masalan, anoreksiyada umuman ovqatdan voz kechish yuzaga keladi. Bunday bolalarni ovqatga chaqirsangiz unamaydilar, yesa hatto qusishi ham mumkin. Bola bo‘shashib, ozib ketadi. Ko‘pincha, anoreksiya o‘spirin qizlarda turli xil parhezlar ta’sirida, yosh bolalarda esa keskin qo‘rqish oqibatida kelib chiqadi. Bunday vaziyatda bola nafaqat davolovchi shifokor, balki ruhshunos yordamiga ham muhtoj bo‘ladi.

Anoreksiyada organizm trofikasi va ichak faoliyatini yaxshilash uchun apilak, sut va nordon sut mahsulotlari (qatiq, tvorog, zardob), bifidum va kolibakterin, bifikol, sut laktobakterini kabilarni shifokor maslahatiga ko‘ra qo‘llash tavsiya etiladi. Bolalarning sof havoda yetarlicha bo‘lishi, to‘g‘ri rejim, ijobiy ruhiy muvozanat, massaj, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, chiniqtirish, shifobaxsh vannalar qabul qilish kabi tadbirlar yordamida ishtaha buzilishining oldi olinadi.

So‘lak kam miqdorda ajralishi

Asabiy bolalarda ovqat paytida so‘lak kam ajraladi. Ular hatto kichkina kotlet yoki quyuq ovqatlarni yeyolmaydilar. Bunday paytda ovqatdan oldin chuchuk mevalar (olma, nok), mevali va sabzavotli sharbatlar beriladi.

Bolangiz sog‘lom bo‘lsa, ammo ovqatlanishda uni yeyman, buni yeyman deb xarxasha qilsa, chimxo‘r bo‘lsa, hamma ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng non kovshasa aslo diqqat bo‘lmang. Bu ishda sizning ittifoqdoshingiz – bola ishtahasidir. Ishtahaning tabiiy yo‘l bilan ochilishiga imkon bering.

Bolangiz och qolishidan qo‘rqasiz

Ko‘pchilik onalar nonushta va tushlik orasida, sayr vaqtida bolalariga non, pechenye berib ishtahasini bo‘g‘ib qo‘yadilar. Bunday qilishni to‘xtatish kerak. Bola yaxshigina och qolsa, maza qilib ovqatlanadi. Ovqatdan bosh tortmay, aksincha qo‘shimcha ovqat suzib berishni so‘raydi.

Hamma ovqatlarni ( salat, sharbatlar, shirinliklar, mevalar)ni dasturxonga birdaniga qo‘ymang

Faqat ko‘krak suti bilan boqilgan chaqaloqlar bir yoshgacha bo‘lgan paytlarida o‘zlariga zarur bo‘lgan ovqatni tanlay oladilar. Chunki ularning ta’m bilish qobiliyati hali buzilmagan bo‘ladi.

2-5 yoshlardagi bolalarga oldin birinchi taomni to‘la yedirish, so‘ngra qolganlarini berish lozim. Aks holda bola ovqat tanlaydigan, injiq bo‘lib qoladi.

Erkalashdan voz keching

Turli shirinliklar va’da qilib bolani ovqatga undash, bittagina konfet berish, bolangizni ovqatdan tamoman voz kechib, sizni xohlagan ko‘yga solishi uchun yetarli bo‘ladi. Bunday paytda, ona mehrining eng ma’qul ko‘rinishi bola sog‘lig‘i uchun kerakli bo‘lgan ovqatlanish rejimiga qat’iy rioya qilishdir.

Tushlik yoki kechki ovqatni tomoshaga aylantirish

Bola bir oz qaysarlik qilsa, butun oila uning oldida parvona bo‘ladi. Darhol unga qiziqtirish uchun ertaklar aytiladi, chapak chalinadi, stol ustiga yaxshi ko‘rgan o‘yinchoqlari qo‘yiladi. Ovqat yesa “rag‘batlantiruvchi konfet yoki boshqa bir shirinlik”lar va’da qilinadi. Buning o‘rniga ovqatni stoldan olib qo‘yib bolaning yaxshilab ochiqishini kutish kerak.

Majburlab ovqat yedirish

Har qaysi ona “bitta qoshiq oyi uchun, bittaginasi dada uchun”, deb bolasini zo‘rlab ovqat yedirganining ko‘p guvohi bo‘lganmiz. Majburlab yedirilgan ovqat kichkintoy uchun faqat zarar olib keladi. Aksincha, biron bir bo‘tqa, kisel yoki sabzavotli pyurega nisbatan nafratini oshiradi. Har bir katta yoshli odamning umuman yoqtirmaydigan taomi bo‘ladi. Odatda, bu uning bolaligida majburlab yedirilgan taomi bo‘lib chiqadi. Shuning uchun bola qornini deyarli to‘ydirgandan keyin, qolganini yemayman deb tixirlik qilsa, uni aslo majburlamang.

Ovqatlanish paytida ortiqcha nasihat qilmang

Bolalarga u yoki bu mahsulotning foydasi unchalik tushunarli bo‘lmaydi. Shuning uchun turli sharbat, bo‘tqalar foydasi yoki uni yemasa tishi og‘rishi haqida haddan ziyod nasihat qilmang. Bolangizning ta’bi buzilgan bo‘lsa, (ko‘p narsa tatib ulgurgan) u atayin ko‘p shokolad yeyishi mumkin. Undan ko‘ra bolani oddiy, foydali uy taomlari bilan ovqatlantiring.

Sut – beqiyos jannatiy ne’mat

Bolalarni to‘g‘ri ovqatlantirishda asosiy va almashtirib bo‘lmaydigan mahsulot sut va sutli mahsulotlar hisoblanadi. Sut me’da shirasi kislotaligini pasaytiradi, bu uni gastrit, yara kasalligi, o‘t pufagi va jigar kasalliklarida qo‘llashga yo‘l ochadi. Sigir sutida 2,8% to‘la qimmatli oqsil mavjud. Sut oqsilida almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar – lizin, metionin, triptofan, leysin, valin, argininlar bo‘lib, ular mikroblarga qarshi ta’sirga ega. Sigir sutida yog‘ miqdori 3,5-6% gacha bo‘lib, yengil hazm bo‘ladi. Sutda qand miqdori laktoza – 4,5% bo‘ladi. Sut turli mineral tuzlarga, ayniqsa, fosfor- 0,9 g/l va kalsiy- 0,5 g/l ga boy. Sutda temir moddasi kam, biroq u yaxshi so‘riladi. Bundan tashqari sut C, B, A, D, E vitaminlariga boy. Sigir suti oqsilini ko‘tara olmaydigan bolalarga davo sifatida echki suti tavsiya etiladi.

Bolalar ovqatlanish tartibida nordon sut mahsulotlari: jumladan qatiq keng qo‘llaniladi. Qatiq ichish parhezda, bolalarda ichak infeksiyasi, disbakterioz, raxit, gipotrofiya, kamqonlik, zotiljam, ovqat allergiyasi va anoreksiya kabi kasalliklarda hamda antibiotiklar keng qo‘llanilganda tavsiya etiladi. Qatiq organizmda kalsiy, temir va D vitamini ko‘payishiga imkon beradi. Ichaklarda ovqat hazm bo‘lishi va singishini yaxshilaydi, me’da shirasini kuchaytiradi. Qatiq chirindi va patogen mikroblarning ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi, ichak mikroflorasini me’yorga soladi. Nordon sut mahsulotlarida B2 va B12 vitaminlari miqdori yuqori bo‘ladi. Yangi ivitilgan qatiq ichni yaxshilaydi, ikki — uch kunlik qatiq esa aksincha, ichni qotiradi.

Tvorog bola ovqatida qimmatli mahsulot hisoblanadi. U oqsilga (14-18%) boy bo‘lib, tarkibida turli aminokislotalar ko‘p. Tvorogda ayniqsa metionin mo‘l, u o‘sayotgan organizm va jigar kasalliklari bilan og‘rigan bolalar uchun nihoyatda foydali. Tvorog oqsili sut oqsiliga nisbatan oson hazm bo‘ladi. Tvorogda kalsiy, kaliy va fosfor ko‘p miqdorda bo‘ladi. Shu bois u raxit, osteomiyelit kasalligiga chalingan bolalar uchun juda zarur mahsulot hisoblanadi.

Sut mahsulotlaridan pishloqda ham oqsil, yog‘lar, kalsiy va fosfor tuzlari ko‘pdir. Yosh bolalarga oz-ozdan pishloqning o‘tkir bo‘lmagan, yumshoq navlaridan beriladi. Pishloqni yuqumli kasalliklar bilan og‘rib, zaiflashgan, kasalmand va operatsiyadan chiqqan bolalarga tavsiya etish maqsadga muvofiq.

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Bronxit - sabablari, belgilari, asoratlari va davolash usullari

Bronxit – nafas yoʻllari patologiyalari ichida eng koʻp tarqalgan oʻtkir kasallik. Bronxit har qanday yoshda uchraydi. Ammo, bolalarda, ayniqsa kichik yoshdagi bolalarda koʻproq uchraydi va kattalarga qaraganda ogʻirroq kechadi. Shu sababli ota-onalar bronxit haqida batafsil bilishlari, uning belgilari va davo muolajalari haqida maʼlumotga ega boʻlishlari zarur. Bolalarda bronxit koʻp hollarda infeksiya natijasida kelib chiqadi, lekin bronxit kelib chiqishiga noinfeksion sabablar ham bor.

Bronxit nima?

Bronxlar – inson nafas olish tizimidagi eng muhim qismlaridan biri. Inson nafas olganda havo halqum va traxeya (kekirdak) lardan oʻtadi, soʻngra bronx tizimiga tushadi va oʻpkalarga kislorod yetib boradi. Inson nafas chiqarganda oʻpkada almashgan gazlar (karbonat angidrid gazi) bronxlar orqali, soʻng traxeyadan oʻtib qayta tashqi muhitga chiqariladi. Bronxlar yuzasi shilliq va sezgir kiprikchalar bilan qoplangan. Bu tuzilmalar bronxlarga tushgan har qanday moddalarni tashqariga chiqarishda ishtirok etadi.

Shunday qilib bronxlar oʻtkazuvchanligi biror bir salbiy omil natijasida buzilsa, bu nafas olish jarayoniga salbiy taʼsir etadi, natijada organizmning kislorod bilan taʼminlanishi pasayadi.

Bronxit – bronxlar shilliq qavatining yalligʻlanishidir. Bu kasallik koʻproq bolalarda uchrashiga sabab bolalarning immun tizimi sust boʻlishi va nafas aʼzolarining toʻliq rivojlanmaganligidir. Statistika boʻyicha har yili 1000 ta bolaning 200 tasi bronxit kasalligiga chalinadi. Koʻproq 5 yoshgacha boʻlgan bolalar kasallanadi. Bronxitlar qish mavsumida koʻpayadi.

Bronxit kasalligi turlari

Bronxitning bir necha koʻrinishlari bor – oddiy obstruktiv bronxit.

Kechishi boʻyicha – oʻtkir va surunkali. Surunkali bronxit deb bolalarda ushbu kasallikning 3-4 oygacha choʻzilishiga aytiladi. Bundan tashqari, bolalarda bronxiolalarning yalligʻlanishi – bronxiolit ham uchrab turadi.

Obstruktiv bronxit – bolalarda bronxlarda shilliq toʻplanishi yoki spazm roʻy berishi natijasida, aʼzoning torayib (yopilib) qolishidir.

Bolalarda bronxit – bir taraflama yoki ikki taraflama boʻlishi mumkin, bundan tashqari, bir bronx daraxti yoki bir necha bronx daraxtlarining yalligʻlanishi ham farqlanadi. Agar yalligʻlanish faqatgina bronxlarda emas balki traxeyada boʻlsa – traxeobronxit, agar oʻpkalarda va bronxlarda boʻlsa – bronxopnevmoniya deb nomlanadi.

[caption id="attachment_11614" align="aligncenter" width="640"]Bronxit kasalligi Illyustratsiya: Getty Images[/caption]

Bronxit sabablari

Bolalarda nafas olish aʼzolari kattalarniki kabi yaxshi shakllanmagan boʻladi. Aynan mana shu xususiyat bolalarda bronxit kasalligining koʻp uchrashiga sabab boʻladi. Bolalarda nafas aʼzolari kamchiliklariga quyidagilar kiradi:

  • Nafas yoʻllarining kaltaligi – infeksiyaning kirishini osonlashtiradi;
  • Oʻpka hajmining kichikligi;
  • Nafas mushaklarining kuchsizligi – balgʻam koʻchirishda yoʻtalishning sustligi;
  • Shilliq qavatlarda yetarlicha immunoglobulinlar boʻlmasligi;
  • Tonzillit va adenoidlarga moyillik yuqoriligi.

Bronxitlar koʻp hollarda ikkilamchi kasallik sifatida namoyon boʻladi. Bu patologiya yuqori nafas yoʻllari kasalliklari asoratidir – faringit, laringit,tonzillit kabi. Nafas yoʻllarining yuqori qismidagi bakteriya yoki viruslarning pastki qismlarga oʻtishi natijasida kasallik kelib chiqadi. Shifokor mutaxassislar taʼkidlashicha, birlamchi bronxit, yaʼni infeksiyaning toʻgʻridan-toʻgʻri bronxlarga taʼsiri kam hollarda uchraydi. Bronxitlar kelib chiqishida – gripp, paragripp, rinovirus,adenoviruslarning oʻrni katta.

[box type="info" align="" class="" width=""]Bakteriya taʼsiri natijasida kelib chiqadigan bronxit viruslar sababli yuzaga kelgan bronxitdan koʻra ogʻirroq kechadi. Bakterial bronxitda shilliq qavatlarda yiringli ajralmalar hosil boʻlishi kuzatiladi. Bronxlarni zararlovchi bakteriyalarga – streptokokk, stafilokokk, mikoplazma, xlamidiya, gemofil tayoqchasi, pnevmokokk kabi patogenlar kiradi.[/box]

Koʻpincha bolalar bakterial bronxit bilan kasallanadilar. Maktab yoshidagi bolalarda xlamidiyalar sababli kelib chiqadigan bronxit ham uchrab turadi.

Birlamchi bronxit ham kam boʻlsada uchrab turadi. Odatda bunga sabab mayda jismlarning bronx yoʻllariga tushishi yoki chaqaloqlarda ovqat mahsulotlari aspiratsiya holatlari boʻlishi mumkin. Bola yoʻtalganidan keyin yot jism tashqi muhitga chiqib ketadi, ammo ular bilan birga tushgan bakteriyalar bronx shilliq qavatida koʻpayadi va patogenligini boshlaydi.

Kam hollarda bronxit zamburugʻlar taʼsirida ham kelib chiqadi. Bronxitning yana bir koʻrinishi allergik bronxitdir. Uning namoyon boʻlishi tashqi qoʻzgʻatuvchi taʼsiri bilan tushuntiriladi, masalan dori preparatlari, kimyoviy moddalar, chang, hayvonlar yungi, oʻsimliklar changi va boshqalar.

Bolalarda bronxit kelib chiqish xavfini oshiruvchi omillar quyidagilardir

Bir yoshgacha boʻlgan bolakaylarda bronxit kam hollarda uchraydi, chunki bu yoshda goʻdaklar qarindoshlari, begona shaxslar bilan kontakda boʻlmaydi. Bu yoshda bronxit rivojlanishiga olib keluvchi omillar – bolaning chala tugʻilganligi, nafas yoʻllari tugʻma patologiyalari boʻlishi mumkin.

Bolalarda oʻtkir bronxit belgilari

Bolalarda bronxit belgilari boshqa nafas kasalliklari belgilaridan farq qiladi. Bolalarda bronxit belgisi deganda birinchi boʻlib yoʻtal tushuniladi. Ammo, yoʻtal nafas yoʻllarining boshqa kasalliklarida ham kuzatiladi. Xoʻsh, bronxitda yoʻtalning oʻziga xos xususiyatlari nimasi bilan farqlanadi?

Bolalarda bronxitning ilk belgilari quruq yoʻtaldan boshlanadi, yaʼni balgʻam ajralmaydigan yoʻtal. Balgʻam koʻchishi va nam yoʻtallar boshlanishi kasallik tuzalayotganidan dalolat beradi. Balgʻam rangsiz, sargʻish yoki yashil rangda boʻlishi mumkin.

[caption id="attachment_11615" align="aligncenter" width="694"]bronxit haqida Foto: www.cccgs.org[/caption]

 

Oʻtkir bronxitda bolalarda yana bir belgi – tana harorati koʻtarilishi ham kelib chiqadi. Ammo, bronxit kasalligida koʻrsatkichlar juda yuqori boʻlmaydi, koʻpincha subfebril koʻrsatkichda yoki 39 oC gacha koʻtarilishi mumkin. Bu koʻrsatkich oʻpka toʻqimasining yalligʻlanishida tana harorati oshishiga nisbatan past hisoblanadi. Kataral (oddiy) bronxitda tana harorati 38 oC dan oshmaydi.

Bronxitning yana bir simptomi umumiy intoksikatsiya belgilari – bosh ogʻrigʻi, holsizlik, koʻngil aynishi, emizikli bolakaylarda uyqu buzilishi va oziqlanishdan bosh tortish kabi holatlar kelib chiqadi.

Bolalarda bronxit kasalligida nafas yoʻllari auskultatsiyasida (eshitib koʻrilganda) koʻkrak sohasida quruq xirillashlar eshitiladi.

  • Mikoplazmalar taʼsiri natijasida kelib chiqadigan bronxitda tana harorati yuqori boʻladi, ammo umumiy intoksikatsiya belgilari kuzatilmaydi.

Yuqorida keltirib oʻtilganidek, bronxit koʻpincha yuqori nafas yoʻllari kasalliklari asorati sifatida rivojlanadi. Demak bronxit belgilari bilan birga faringit, laringit, rinit belgilari ham yuzaga chiqadi, masalan burun bitishi, tomoqda ogʻriq, burun oqishi, shilliq qavatlar giperemiyasi.

  • Traxeit bilan birga keluvchi bronxitda – koʻkrak sohasida ogʻriq va ogʻirlik hissini sezish ham kuzatiladi.

Bolalarda bronxiolit va obstruktiv bronxit belgilari

Bolalarda bronxiolit va obstruktiv bronxitning belgilari oddiy (kataral) bronxit belgilaridan farq qiladi. Ha aytgancha, koʻpchilik mutaxassislar bronxiolit va obstruktiv bronxiolitni farqlashmaydi. Bu kasallikda ham yoʻtal va tana harorati oshishi kuzatiladi. Ammo, bronxiolit va obstruktiv bronxitda belgilarga nafas yetishmovchiligi alomatlari ham qoʻshiladi – nafas olish soni ortadi, ogʻiz-lab uchburchagida koʻkarish kelib chiqadi, nafas olish shovqinli boʻladi va qoʻshimcha qorin mushaklari ham ishtirok etadi.

Bolalarda obstruktib bronxitda koʻkrak sohasida xirillashlar eshitiladi. Odatda nam va xushtaksimon xirillash kuzatiladi. Baʼzida bunday tovushlarni fonendoskopsiz ham masofadan eshitsa boʻladi. Nafas chiqarish esa uzayadi.

Emizikli bolalarda obstruktiv bronxitda hansirash belgisi sifatida nafas olish sonining bir daqiqada 60 martagacha amalga oshishini keltirsak boʻladi, 2 yoshgacha boʻlgan bolalarda – 50 martagacha, 2 yoshdan katta bolalarda – 40 martagacha nafas olish hansirash alomatidir.

Bronxiolit kasalligida hansirash – 1 daqiqada 80-90 martagacha nafas olish bilan namoyon boʻladi, bunda yurak tomonidan taxikardiya holatlari ham kelib chiqishi mumkin, hamda yurak tonlari boʻgʻiqlashishi kuzatiladi.

Bronxit kasalligini tashxislash

Kasallikka tashxis qoʻyishda shifokor avvalo bronxit kasalligi turi (obstruktiv yoki kataral) va uning etiologiyasini (virusli, bakterial, allergik) aniqlab olishi zarur. Hamda, oddiy bronxitdan bronxiolitni farqlab olishi ham muhim. Obstruktiv bronxitni esa bronxial astmadan farqlash kerak.

Diagnostikada bemor umumiy koʻrigi va koʻkrak qafasi auskultativ tekshiruvlari oʻtkaziladi. Shifoxonaga qabul qilish uchun bola koʻkrak qafasi rentgenografiyasi kerak boʻladi, rentgenogrammada bronxlar va oʻpkalarning umumiy ahvoli aniq koʻrinadi. Bundan tashqari, kasallik qoʻzgʻatuvchisini aniqlash maqsadida balgʻamdan namuna olib bakteriologik ekma, PZR yordamida viruslarni aniqlash amaliyoti ham bajariladi.

Umumiy qon analizida ECHT ga, leykotsitar formulaga eʼtibor qaratiladi. Leykotsitlar sonining oshishi (leykotsitoz) bakterial infeksiyadan darak beradi. Leykotsitlar sonining kamayishi (leykopeniya) va bir vaqtning oʻzida limfotsitlar sonining oshishi (limfotsitoz) virusli infeksiyada dalolatdir. Ammo, surunkali bronxitning xuruj davrida umumiy qon analizida oʻzgarishlar kuzatilmasligi mumkin. Qoʻshimcha sifatida bronxogramma, bronxoskopiya va kompyuter tomografiyasi tekshiruvlari ham buyuriladi.

Oqibat va asoratlar

Bolalarda bronxitni oʻz vaqtida, toʻgʻri davolash oqibati – ijobiydir. Ammo, bronxit – bu uzoq muddat davom etadigan kasallik, bolaning kasallikdan butunlay qutulib ketishi uchun bir necha hafta sarflanishi mumkin. Eng asosiysi oddiy bronxitni ogʻir koʻrinishlariga (obstruktiv bronxit va bronxiolit) oʻtib ketishiga, hamda oʻpkalar yalligʻlanishiga yoʻl qoʻymaslik zarur.

Bolalarda obstruktiv bronxit hayot uchun xavfli boʻlishi mumkin ekanligini unutmaslik zarur. Ayniqsa kichik yoshdagi bolalat xavf guruhida turadilar. Gap shundaki, bronxlarning spazmi yoki ular boʻshligʻida shilliq toʻplanib qolishi nafas yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin.

Bronxitning asoratlari sifatida – bronxial astma, qaytalanuvchi bronxit, surunkali bronxit rivojlanishi mumkin. Infeksiyaning organizmda tarqalishi natijasida ogʻir asoratlar – endokardit, buyraklar yalligʻlanishi kelib chiqishini unutmaslik lozim.


Bolalarda oʻtkir bronxit davosi

Bronxitni davolash – uzoq muddat davom etuvchi qiyin jarayondir. Har qanday holatda ham malakali shifokor tavsiyalari kerak boʻladi, chunki kasallikning turli koʻrinishlarida oʻziga xos davo muolajalaridan foydalanishga toʻgʻri keladi. Davo muolajalari ham oʻz navbatida har xil boʻladi: etiotrop – kasallik keltirib chiqaruvchi omilni yoʻqotish (virus yoki bakteriya), simptomatik davo – bola hayotiga xavf soluvchi belgilarni bartaraf etish, obstruktiv bronxit va bronxiolit holatida shifoxonada davolanish taviya etiladi.

Bronxitning etiotrop davosi

Virus sababli kelib chiqqan bronxit odatda – etiotrop davolanmaydi. Ammo, gripp virusi qoʻzgʻatgan bronxit arbidol, relenza yok tamiflyu kabi preparatlardan foydalansa boʻladi. OʻRVI infeksiyasi rinovirus, adenovirus, paragripp virusi) chaqirgan bronxit etiotrop davosi mavjud emas, shu sababli kasallik koʻpincha simptomatik davolanadi. Baʼzi hollarda shifokor tomonidan – immun tizimi ishini kuchaytiruvchi vositalar buyurilishi mumkin. Ammo, bu kabi preparatlar qatʼiy ravishda shifokor tomonidan buyuriladi, chunki bu vositalarning nojoʻya taʼsirlari ham bor.

Bakterial bronxitda odatda antibiotiklar qoʻllaniladi. Antibiotik turi kasallikni keltirib chiqargan qoʻzgʻatuvchi turiga qarab tanlanadi. Antibiotiklarni oʻz boshimchalik bilan mustaqil ravishda qoʻllash mumkin emas, bronxitga sabab virus yoki allergik bronxitda antibiotiklarning hech qanday samarasi boʻlmaydi, aksincha organizmga salbiy taʼsir etishi mumkin. Bronxitni davolashda koʻpincha penitsillin va tetratsiklin guruhi antibiotiklari, makrolidlar, sefalosporinlar (amoksisillin, amoksiklav, eritromitsin) qoʻllanilishi mumkin. Kasallikning yengil koʻrinishlarida antibiotiklarning tabletka shakllari buyuriladi. Ogʻir koʻrinishdagi bronxit, ayniqsa kichik yoshdagi bolalarda kuzatilganda antibiotiklar parenteral yuboriladi.

Antibiotiklarning samarasi bolaning umumiy ahvoli yaxshilanishi, belgilarning kamayishi va tana harorati tushishi bilan namoyon boʻladi. Aksincha holatlarda antibiotik turi oʻzgartiriladi. Oʻtkir bronxitda antibiotik terapiya muddati 1 hafta va surunkali koʻrinishda 2 haftani tashkil etadi.

Allergik bronxitning etiologik davosi – bronxitga sabab boʻlayotgan allergenni organizmga taʼsirini cheklashdan iborat, masalan chang, hayvon yungi, oʻsimliklar, hasharotlar zahri, kimyoviy moddalar va boshqalar.

Bronxitning simptomatik davosi

Bolalarda oʻtkir bronxit davosida avvalo shilliq qavatlar yalligʻlanishi va yoʻtalni bartaraf etishi kerak. Shuni ham unutmaslik zarur – yoʻtal organizmning himoya mexanizmi hisoblanadi, yoʻtal orqali organizm yot jismlardan xalos boʻlishga harakat qiladi (virus, bakteriya, allergen yoki toksik modda boʻlishidan qatʼiy nazar). Shu sababli shilliq qavatlarda koʻplab shilliq ishlab chiqariladi va bu balgʻam koʻrinishida organizmdan chiqarilib yuboriladi. Yagona muammo shu balgʻamning juda yopishqoqligi va koʻchishi qiyinligida, ayniqsa, kichik yoshdagi bolalar oʻpkasi va bronxlari kuchsiz boʻlganligi sababli yoʻtal bilan balgʻamni ajrata olmaydilar.

Balgʻam koʻchishini osonlashtirish uchun mukolitiklar va balgʻam koʻchiruvchi preparatlardan foydalaniladi. Mukolitik vositalar (ASS, Ambrogeksal, Bromgeksin) balgʻamni yumshatadi va koʻchishini osonlashtiradi. Balgʻam koʻchiruvchi preparatlar (Askoril, Gerbion, Gedeliks, Prospan, Doktor Mom) yoʻtal vaqtida balgʻamning nafas yoʻllaridan koʻchishini osonlashtiradi. Bu kabi preparatlarning koʻpchiligi dorivor oʻsimliklar asosida tayyorlanadi.

Bundan tashqari, yoʻtalga qarshi baʼzi preparatlar bosh miyadagi yoʻtal markazini bloklab qoʻyish xususiyatiga ega. Bu kabi preparatlar uzoq muddat davom etuvchi quruq yoʻtal kuzatilganda buyuriladi. Quruq yoʻtal kasallikning boshlangʻich belgisi. Ammo, nam yoʻtal vaqtida balgʻam ajralishi kuzatiladigan vaqtda yoʻtal toʻxtatuvchi preparatlar qabul qilish mumkin emas. Chunki bu kabi vositalar yoʻtal markazini bloklab qoʻyadi va balgʻam ajralib chiqishiga imkon bermaydi.

Bronxlar boʻshligʻini kengaytiruvchi preparatlar (berodual, eufillin) bronx shoxlari spazmida qoʻllaniladi. Ular aerozol koʻrinishida ingalyatsiya qilish uchun yoki tabletka koʻrinishida boʻlishi mumkin.

Yalligʻlanishga qarshi vosita sifatida ichimlik sodasi va tuzli ingalyatsiyalarni keltirish mumkin.

[box type="warning" align="" class="" width=""]Yuqorida keltirib oʻtilganidek bronxit va uning belgilarini bartaraf etish – qiyin jarayon, shu sababli har qanday chora tadbirlar shifokor tavsiyalariga,koʻrsatmasiga  asoslangan holda boʻlishi lozim, aks holda kasallik asoratlanib, bolaning umumiy ahvoli ogʻirlashishi mumkin.[/box]

Haroratni tushiruvchi, ogʻriqsizlantiruvchi va nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparatlar (parasetamol, ibuprofen va ularning analoglari) bolalarga faqatgina tana harorati 38-38,5 oC dan oshgan vaqtda berish tavsiya etiladi. 38 oC dan past holatlarda bolalarga bu kabi vositalar berish shart emas, organizm oʻzi mustaqil ravishda infeksiya bilan kurashayotgan boʻladi. Aspirin va analgin kabi preparatlarni bolalarda qoʻllash mumkin emas.

Kuchli yalligʻlanish holatlarida shifokor gormonal yalligʻlanishga qarshi vositalarni ham buyurishi mumkin. Bronxitning allergik koʻrinishida antigistamin preparatlarda foydalaniladi, ular shilliq qavatlar shishini kamaytiradi.

Nomedikamentoz davo

Bolalarda bronxitni faqatgina dori preparatlari yordamida davolash mumkin deb oʻylasangiz adashasiz. Kasallikni butunlay asoratlarsiz davolash uchun bir qator chora tadbirlarga rioya etish zarur.

[box type="success" align="" class="" width=""]Birinchi navbatda suyuqlik ichishni koʻpaytirish kerak – odatdagi hajmdan 2 marotaba koʻproq suyuqlik ichish tavsiya etiladi, chunki tana harorati koʻtarilganda organizm suvsizlanadi. Bundan tashqari, suyuqliklar organizmdan toksinlar chiqib ketishini taʼminlaydi.[/box]

Bolalarda obstruktiv bronxitda hansirash yuzaga chiqqan vaqtda oʻpkalar orqali suyuqlik ajralib chiqishi ortadi, bunday holatda ham regidratatsiya chora tadbirlaridan foydalanish kerak.

Suyuqlik iliq boʻlishi lozim, issiq yoki qaynoq emas. Kisel, mors, sharbatlar, choy, iliq sut va naʼmatak damlamasi foydali hisoblanadi.

Bolalarda bronxit kuzatilayotgan boʻlsa – ular yotoq tartibiga rioya etishlari zarur, ammo qatʼiy tartibda emas. Chunki bir holatda uzoq muddat boʻlish oʻpkada balgʻam turib qolishi va dimlanishiga sabab boʻladi. Bolakaylar vaqti-vaqti bilan harakatda boʻlishlari tavsiya etiladi. Agar bolakay koʻkrak yoshida boʻlsa, uning holatini oʻzgartirib turish kifoya. Bemor umumiy ahvoli yaxshilansa toza havoda biroz sayr qilish ham ancha foydali.

Yana bir muhim jihat, bola joylashgan xona harorati – juda past yoki juda yuqori boʻlmasligi kerak. Optimal diapozon – +18 oC va +22 oC hisoblanadi. Juda yuqori harorati havoni quritib yuboradi va namlik kamayadi, bu esa bronxlarda yalligʻlanish jarayonini kuchaytiradi. Xonaning optimal namligi 50-70 % hisoblanadi, shu sababli xonani tez-tez shamollatib turish maqsadga muvofiq boʻladi.

Barchaga mashhur boʻlgan banka va gorchichnik (xantal qogʻoz)lardan foydalanish mumkinmi?

Hozirgi kunda shifokorlar bolalarda bronxit davosida ushbu muolajalardan foydalanish samarasi va zararsizligiga shubha bilan qarashmoqda. 5 yoshgacha boʻlgan bolalarda ularni qoʻllash tavsiya etilmaydi. Ayniqsa, banka va gorchichniklar (xantal qogʻoz) dan foydalanish bronxitning yiringli koʻrinishlarida umuman mumkin emas. Koʻkrak sohasini qizdirish yiringli jarayonning qoʻshni bronxlarga ham tarqalishiga olib keladi. Aynan mana shu sababli bronxit vaqtida issiq vanna va dush qabul qilishdan qaytariladi. Bronxit vaqtida oyoqlarni issiq vannalarda qizdirish, hamda nebulayzer ingalyatorlaridan foydalanish samaralidir.

Shifoxonda davolanish

Bronxitning bolalardagi eng xavfli asorati – bronxlar obstruksiyasi hisoblanadi. Bu kabi holatlarda bolalar albatta shifoxona sharoitida davolanadi. Ayniqsa, yurak yetishmovchiligi bor bolalar xavf guruhiga kiradi. Shifoxona sharoitida obstruktiv bronxit davosi oksigenoterapiya, nafas yoʻllaridagi shilliqni elektrootsos yordamida soʻrib olish, vena ichiga bronxlarni kengaytiruvchi preparatlar va adrenomimetiklar yuborish bilan olib boriladi.

Bronxit kasalligida diyeta

Bronxit vaqtida diyetaga rioya etish ham tavsiya etiladi. Ammo, ovqat mahsulotlari oqsil va vitaminlarga boy boʻlishi kerak, hamda ular bola tomonidan yengil oʻzlashtirilishi maqsadga muvofiq. Sut mahsulotlari va sabzavotlar ayniqsa foydali.

Bronxitda massaj

Bolalarda bronxitni davolash vaqtida ota-onalar mustaqil ravishda bolakaylarining koʻkrak qafasida massaj muolajalarini oʻtkazsalar boʻladi. Ammo, massaj faqatgina bolaning umumiy ahvoli yaxshilangandan keyin bajarilishi kerak. Massaj qilishdan maqsad bolakayda balgʻam koʻchishini ragʻbatlantirishdir va bu muolaja har qanday yoshdagilar uchun foydali hisoblanadi.

Muolajaning davomiyligi 3-5 daqiqa, bir kunda 3 marotaba bajarish tavsiya etiladi. Bolakayni gorizontal holatda orqa sohasini yengil qoʻllar harakati yordamida, yuqoridan pastga yoʻnaltirib massaj qilish lozim. Barmoqlar uchi bilan umurtqa pogʻonasi ham yengil massaj qilinadi.

[caption id="attachment_11616" align="aligncenter" width="663"]broxitni davolash Foto: www.woman.ru[/caption]

Xalq tabobati

Xalq tabobati yordamida bronxitni davolash qadimdan maʼlum. Ammo, dorivor oʻsimliklardan foydalanishda shifokor tavsiyalariga rioya qiling! Chunki ayrim oʻsimliklar bolalarda allergik jarayonlarni qoʻzgʻatib yuborishi mumkin.

Xalq tabobati dorivor oʻsimliklardan foydalangan holda ularning damlamalaridan ichish, hamda ingalyatsiya uchun foydalanishni oʻz ichiga oladi. Bronxitda sutga asal qoʻshib ichish, sholgʻom sokiga asal qoʻshib ichish (quruq yoʻtalda), kalendula kabi oʻsimliklardan foydalanish ancha samaralidir.

Bronxtida balgʻam koʻchiruvchi oʻsimliklar damlamasi:

Sabzi sharbati va asal. Bir stakan sabzi sharbatiga 3 qoshiq asal qoʻshish va uni bir kunda 2 osh qoshiqdan 3 mahal ichish tavsiya etiladi;

Otquloq sharbati va asal. Oʻsimlik sharbati va asal bir xil hajmda olinadi va 1 choy qoshiqdan kuniga 3 mahal qabul qilinadi;

Karam sharbati. Karam sharbatiga tabga koʻra asal qoʻshib bir kunda 3-4 marotaba qabul qilish. Karam sharbati ham bolalarda balgʻam koʻchishini ragʻbatlantiradi.

Bronxitning davosida koʻkrak qafasi massaji, nafas mashqlari (shar puflab shishirish, shamlarni puflab oʻchirish), baʼzi fizioterapiya usullari (elektroforez, UVCH, UB nurlar) va davolovchi gimnastikalar ham samarali hisoblanadi.

Bronxit qancha muddat davom etishi mumkin?

Oʻtkir bronxit oʻz-oʻzidan oʻtib ketadigan kasalliklar turkumiga kirmaydi. Shu sababli kasallikdan butunlay qutulish uchun ota-onalar biroz “ter toʻkishlari” kerak boʻladi.

Baxtga qarshi bronxitni davolash muddati uzoq vaqt talab etadi. Oddiy asoratsiz bronxit – toʻgʻri davo muolajalari olib borilgan boʻlsa, 1-2 hafta ichida butunlay oʻtib ketadi. Aks hollarda kasallik surunkali shakliga oʻtishi mumkin. Kasallikning surunkali shakli esa 2-3 oygacha choʻzilishi va xurujlarning qaytalanib turishi kuzatiladi.

Yoʻtal 2 haftagacha davom etadi. Traxeobronxitda esa 1 oy davomida bezovta qilishi ham mumkin. Odatda bakteriyalar va adenoviruslar chaqirgan bronxit uzoq muddat davom etadi.

Bronxit kasalligi profilaktikasi

Bronxit profilaktikasi sovuq qotmaslik, immunitetni oshiruvchi chora tadbirlar, toʻgʻri ovqatlanish ratsioniga rioya etish, bolalarni tutunli xonada boʻlmasligini taʼminlash (oilada chekuvchilar boʻlsa bolalar yonida chekmaslik kerak), oʻtkir respirator kasalliklarni oʻz vaqtida davolash va boshqalardan iborat.

Surunkali bronxit xuruj qilmasligi uchun sanatoriya sharoitida davolanish, bolalarni ob-havoga mos holatda kiyintirish, issiq kiyimlar bilan bolani oʻrab tashlamaslik, bolaning terlamasligini taʼminlash kerak.

Bronxitning spetsifik vaksinasi mavjud emas. Ammo, bronxitga sabab boʻluvchi ayrim guruh infeksiyalarga qarshi emlanish tavsiya etiladi.

Bronxit yuqumli kasallikmi?

Bronxit oʻz-oʻzidan yuqumli kasallik emas. Bronxit kasalligi koʻp uchrashining sababi – kasallik nafas yoʻllarining boshqa kasalliklari asorati sifatida rivojlanishidir. Shunday ekan bronxitning oʻzi emas, balki nafas yoʻllarining virusli kasalliklari yuqumli hisoblanadi. Bakterial bronxit rivojlanishiga kelsak, bronxit chaqiruvchi koʻpgina bakteriyalar normal holatda nafas yoʻllarida uchraydi, ular patogenligi bola immuniteti susayganda yoki sovuq qotganda yuzaga chiqadi.

[box type="error" align="" class="" width=""]Maqoladagi maʼlumotlar tanishish maqsadida berilgan. Ushbu maqolada berilgan dori preparatlarini qoʻllashga qarshi koʻrsatmalar mavjud. Qoʻllashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashishingiz zarur.[/box]

Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Pulmoksoldir.

Pulmoksol bu – 30 mg/5 ml 150 ml sirop va bolalar uchun 15 mg/5 ml 150 ml sirop (o'lchov stakani bilan birgalikda)

Har 5 ml sirop tarkibi:

Faol modda: ambroksol gidroxloridi 15 mg; Yordamchi moddalar: benzoy kislotasi, sorbitol (70%), qulupnay essensiyasi, deionizatsiya qilingan suv.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi - https://apteka.uz/product/pulmoksol

Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Tonzilgon N, Rinoksil, Suprima bronxo, Ambroksol, Linkas va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Bola necha yoshda gapiradi? "Tili chiqishi" kechikishiga sabablar nima?

Agar bola gapirishga shoshilmayotgan boʻlsa, uning otasi yoki onasi bolaligida necha yoshdan soʻzlay boshlaganiga qiziqish kerak. U jihat unga oʻz ota-onasidan meros boʻlgandir.

Ayrim onalar bolam 3-4 yosh boʻldi, hamon gapirmayapti, deb xavotirlanadi. Lekin mutaxassislarning aytishicha, hamma bolalar ham erta gapirmas ekan. Baʼzi bolalar (koʻpincha qizchalar) 1-2 yoshdan oʻnlab soʻzlarni burro aytadi. Ayrimlari esa ota-onalarni kuttirib, ancha vaqtgacha tilini qisib yuradi.

Kichkintoyning gapirishiga, xuddiki “katta boʻlishi”ga, ota-onalar shoshishadi va bola necha yoshda gapiradi, degan savollar ota-onalarning koʻpchiligini bezovta qila boshlaydi. Hattoki, bolaning gapirish vaqtiga yetmasdanoq, gapirmayotganini kasallikka mengzash holati ham uchrab turadi.

Bola tili chiqishi kechikishiga sabab boʻluvchi omillar turli-tuman. Muammoning yechimi har xil boʻlishi mumkin. Shu bois ota-onalarga bolalar shifokori Salomat Xoʻjaboyeva bilan suhbatlashib, ota-onalarga qiziq boʻlgan bir qator savollarga javob oldik.

bola tili chiqishi

Bolalarning tili chiqishi kechikishiga nimalar sababchi?

Bolalarda nutq rivojlanishdan ortda qolishiga bir qator jismoniy va ruhiy omillar sabab boʻladi. Ulardan baʼzilarini mustaqil ravishda bartaraf etsa boʻladi. Ayrim hollarda esa mutaxassisdan yordam soʻrashga toʻgʻri keladi. Bunda avvalo bolaning gapirishiga nima xalaqit berayotganini bilish juda muhim. Albatta, bunday muammoga duch kelinganda asosan malakali logoped-defektologlar yordam koʻrsatadi. Ota-ona bolani shifokorga olib kelganda koʻrik jarayonida nutq oʻsishiga toʻsiq boʻlayotgan sabab aniqlanadi va uni bartaraf qilish usullarini taklif etiladi. Bu muammoga quyidagilar sabab boʻlishi mumkin.

Individuallik

Shubhasiz har bir bola oʻziga xos tarzda rivojlanadi. Agar sizning farzandingiz qoʻshningizning bolasidan bir oy oldin yura boshlagan boʻlsa u qoʻshnining bolasidan ancha keyin gapirishni oʻrganishi mumkin. Bu xavotirga sabab boʻlmaydi. Bu uning rivojlanishidagi oʻziga xoslik bilan bogʻliq. Vaqti kelganda u ham boshqa bolalar kabi bemalol gapira boshlaydi.

Ehtiyoj yoʻqligi

Inglizlarda bir latifa bor: Bolakay bir necha yil davomida gapirmabdi. Ammo unga bemaza boʻtqani berishganda bundan norozi boʻlib gapirib yuboribdi. Bu voqelik haqiqatdan uzoq emas. Farzandiga keragidan ortiq gʻamxoʻrlik qiladigan ota-onalarning bolalari oʻz istaklarini soʻz bilan aytishga ehtiyoj sezmaydi. Eʼtibor bermaslik ham nutq rivojlanishiga turtki berishi mumkin.

Pedagogik eʼtiborsizlik

Bu bola bilan umuman shugʻullanmaslikni anglatadi. Chaqaloq tugʻilganidan eʼtiboran onasi va otasining, boshqa yaqinlarining muloyim soʻzlari qurshovida boʻlishi kerak. Agar ona goʻdakni toʻydirish va parvarishlash bilan cheklanib, u bilan muloqotni kam qilsa, gaplashilmasa qanday qilib nutq rivojlanishi mumkin? Bola bilan iloji boricha koʻproq gaplashish talab etiladi.

Oilada ikki tilda gaplashish

Bunday oiladagi bolalar ham koʻpincha tengdoshlaridan kech gapira boshlaydi. Buning oldini olish uchun bola tili chiqquncha u bilan bitta tilda, oson soʻzlar bilan gaplashish lozim.

Stresslar

Noqulay ruhiy muhit. Afsuski stress nafaqat kattalar, balki bolalar ruhiyatiga ham salbiy taʼsir koʻrsatadi. Qattiq qoʻrqish, oiladagi janjallar ham bola nutqining rivojlanishini kechiktirishi mumkin. Qattiq qoʻrqish, ruhiy shikastlanish duduqlanishga va ruhiy rivojlanishdan kechikishga olib keladi. Bunday kechikish bolalar psixologi yordamida bartaraf etiladi.

Boladagi negatizm (qaysarlik)

Baʼzi ota-onalar tezroq gapirtirish uchun jiddiy kirishadi va farzandining “jahlini” chiqarishadi. Ayniqsa kichikligidan qaysar bolalar ularning bu qiligʻi uchun ataylab gaplashmay qoʻyadi. Shuning uchun zoʻr berib bolani gapga solishga urinish ham yaxshi emas.

Genetik moyillik

Agar bola gapirishga shoshilmayotgan boʻlsa uning otasi yoki onasi bolaligida necha yoshdan soʻzlay boshlaganiga qiziqish kerak. U jihat unga oʻz ota-onasidan meros boʻlgandir. Bunday holatda vaqti kelganda bolaning oʻzi tengdoshlariga yetib oladi.

Tugʻruqning qiyinchilik bilan oʻtishi

Bolaning asab tizimi toʻgʻri shakllanishiga tugʻruq asoratlari ham sabab boʻladi. Bu holat chaqaloqligida nevropatolog koʻrigida aniqlanib, bolada nutq rivojlanadigan davrda yuzaga chiqadi. Bu nuqsonni tuzatish borasida logoped va defektologlar ishlaydi.

Eshitishdagi nuqsonlar

Soʻz boyligi koʻpayishi uchun bola atrofdagilarning soʻzlaganini eshitishi va qabul qilishi kerak. Agar umuman eshitmasa, albatta gapirishni ham oʻrganolmaydi. Bu tashxisni lor shifokor aniqlaydi va davo choralarini belgilaydi.

Artikulyatsiya nuqsonlari

Nutq apparati meʼyorida ishlasagina bola turli tovushlarni chiqaradi. Agar unda muammo mavjud boʻlsa bu albatta nutq rivojlanishida aks etadi. Mushaklar tonusi sustligi, til osti tugunchasi qisqaligi va boshqalar artikulyatsiyada qiyinchilik tugʻdiradi. Bunda bola qattiq ovqatlarni chaynay olmaydi, ogʻzini ochib yuradi, soʻlak koʻp oqadi. Bunday holatda nevrolog, nevropatolog, logoped-defektologlar yordam beradi.

Alaliya

Bu nutqning toʻla rivojlanmaganligi yoki umuman boʻlmasligi, fikrini bayon qilishdagi muammolar. Mazkur tashxis nutq markazlarining yetarli rivojlanmaganligini bildiradi. Homila ona qornida boʻlganda ayol yiqilishi yoki goʻdakligida jarohat olishi oqibatida bosh miyaga shikast yetib shunday asorat qolgan boʻlishi mumkin. Bu nuqson bir nechta shaklga ega: yengil va ogʻir (12 yoshda ham nutqning boʻlmasligi). Bu bilan bir vaqtda mayda va yirik motorikaning buzilishi kuzatilishi mumkin, masalan, bola bir oyogʻida uzoq turolmaydi. Bu nuqsonni mustaqil bartaraf qilib boʻlmaydi, bolani professional mutaxassis yordamida davolash, uning maslahatlariga amal qilish zarur.

Intellektual rivojlanishdagi muammolar

Nutq toʻgʻridan-toʻgʻri aqliy va ruhiy rivojlanish bilan bogʻliq. Turli genetik kasalliklar, autizm, daun sindromi, aqliy zaiflik, shubhasiz nutq rivojlanishiga taʼsir qiladi. Malakali mutaxassisning bola bilan tizimli ishlashi nutqni korreksiyalashga yordam beradi. Gaplashishni oʻrganishda bolaga yordam berish uchun kechikishning sababini bilish zarur. Bolaning tili chiqishi kechikkanda ota-ona farzandi mustaqil gapirib ketishini kutib yurmasdan u bilan faol shugʻullanishi kerak boʻladi. Logoped maslahatlari muammoni tezroq hal qilish imkonini beradi.

Normada bola necha yoshda gapiradi?

Chaqaloqlar ikki oyda tovush chiqaradi, 4-6 oylikda ilk boʻgʻinlarni aytsa bola nutqi rivojlanishi meʼyorida ekanini bildiradi. 10-11 oylikda odatda ilk soʻzlarni talaffuz qiladi, bir yoshda esa uning soʻz boyligi 5-10 soʻzdan, ikki yoshda esa 200-300 soʻzdan iborat boʻlishi kerak. Uch yoshda bola qoʻshma gaplarni tuza oladi va sheʼrlarni aytadi. Koʻpincha ota-onalar bolani birinchi marta logopedga uch yoshida olib kelishadi. Besh yoshda nutqni toʻgʻrilash qiyinroq kechadi. Yaxshi mutaxassis sizni nevrologga yuborishi mumkin.

Ota-onalar uchun foydali maslahatlar

Baʼzi bolalar juda imillagan, odamovi va ogʻir-bosiq boʻladi. Ular juda kichkinaligidanoq bolalarni uzoqdan kuzatishni yaxshi koʻradi. Bolalar bilan birga oʻynamaydi, toʻrt yoshga toʻlganda zoʻrgʻa gapirishni boshlaydi. Bunday tabiatli bolalarda kech gapirish atrofdagi muhit toʻgʻrisidagi tasavvurning kamligi va haddan tashqari tortinchoqlik shu tufayli paydo boʻladi. Bunday bola bilan koʻproq muloqotda boʻlish, birga qoʻshilib oʻynash, mehmonga, doʻkonlarga, jamoat joylariga birga olib yurish kerak.

Bolalar bogʻchasi uchun eng muvofiq yosh – 3 yosh.

Bolani koʻproq rivojlantiruvchi oʻyinlar bilan shugʻullantirish kerak. Buning uchun uyda har kuni 15-30 daqiqa shugʻullanish yetarli boʻladi. Va albatta ragʻbatlantiring. Baqirish bilan hech narsaga erisha olmaysiz.

Oʻz hissiyotlarini ifodalash juda muhim. Buning uchun timsoh tipidagi oʻyinlar mos keladi: qayerda qiliq qilish, qayerda mimika bilan ishlab oʻz ichki dunyosini tushuntirish. Oʻz hissiyotlaringizni koʻrsatishdan tortinmang.

Hech kimning gapiga quloq solmang, taqqoslamang va “mening bolam rivojlanmayapti yoki ruhiy noqismi” degan fikrni xayolingizga keltirmang. Mana koʻrasiz, u hammadan yaxshi bola boʻladi, bu sizning qoʻlingizdan keladi! Unga iloji boricha mehringizni bering, seving!

Gulshan suhbatlashdi.
Manzur.uz

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Bolangizni raxit kasalligidan asrang!

Raxit faqat kichik yoshdagi bolalarda uchraydigan kasallikdir. Bu xastalik bola organizmida “D” vitamini yetishmasligi natijasida kelib chiqadi.

“D” vitamini bola organizmi uchun qanday ahamiyatga ega?

Bola hayotining dastlabki birinchi yillarida tez o‘sadi. Suyakning o‘sishi uchun organizmga kalsiy va fosfor elementlari zarur bo‘ladi. “D” vitamini organizmda kalsiy va fosforning ichakdan so‘rilishi, ularning suyak, mushak va boshqa a’zo to‘qimalariga yetib borishini boshqaradi. Agar organizmda “D” vitamini yetishmovchiligi kuzatilsa, bolaning kalsiy va fosfor elementlariga bo‘lgan ehtiyoji qondirilmaydi. Bu kasallik ko‘proq kech kuz va qish oylarida tug‘ilgan bolalarda rivojlanishi mumkin. Sababi, “D” vitamini organizmda quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’siri ostida hosil bo‘ladi. Shu fasllarda tug‘ilgan bola uchun quyosh nuri yetarli bo‘lmaydi. Shuning uchun, shifokor bu vaqtda tug‘ilgan bolalarga “D” vitaminini tavsiya etadi.

“D” vitamini yetishmasligi nimalarga olib keladi?

  • Suyaklar yumshashiga;
  • mushaklar, bo‘g‘imlar bo‘shashiga;
  • immunitet pasayishiga;
  • kamqonlik rivojlanishiga olib keladi.

Buning oqibatida bola:

  • ancha vaqtgacha boshi va gavdasini tuta olmaydi;
  • liqildog‘i yumshab ketadi hamda juda sekin bitadi;
  • tishlari juda kech yoki tartibsiz chiqa boshlaydi;
  • turli xil yuqumli kasalliklarga beriluvchan bo‘lib qoladi.
  • boshning peshona qismi oldinga, ensa qismi esa orqaga turtib chiqadi;
  • umurtqa pog‘onasi bukchayib qoladi;
  • ko‘krak qafasi pastga qarab kengayib ketadi;
  • oyoq “X” yoki “O” shaklida qiyshayib ketadi;
  • bolalarda yassi oyoqlik rivojlanishi mumkin.

Bolalarda raxit kasalligi borligini qanday aniqlash mumkin?

Dastlab:

  • bolaning uyqusi buziladi;
  • bola ko‘p terlaydi;
  • notanish tovush yoki chiroq yoqilishi kabi ta’sirotlar ham bolani cho‘chitib yuboradi;
  • badaniga toshma toshadi;
  • boshini yostiqqa ko‘p ishqalaydi;
  • boshining ensa qismida soch yo‘lakcha shaklida to‘kiladi;
  • bola bezovtalanadi va injiq bo‘ladi.

Onalar diqqatiga!

Bolam kasallikka chalinmasin desangiz:

  • homiladorlik davridan boshlab tayyorgarlik ko‘ring. Albatta, har kuni quyosh nurida sayr qiling;
  • bolaga har kuni “D” vitaminiga boy oziq-ovqatlarni, jumladan, mol go‘shti, ayniqsa, baliq, tuxum hamda jigar mahsulotlarini iste’mol qildirishga harakat qiling;
  • albatta, kalsiyga boy oziq-ovqat mahsulotlaridan iste’mol qiling. Bularga sut va sut mahsulotlari, petrushka, turshak, loviya, xurmo, ko‘k piyoz kiradi;
  • bolani 6 oygacha faqat ona suti bilan parvarish qiling. Bundan ona, albatta, “D” vitaminiga boy oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishi zarur. Ona organizmida qanchalik “D” vitamini ko‘p hosil bo‘lsa, ona sutida ham uning miqdori ko‘payadi;
  • bolaga qo‘shimcha ovqatni “D” vitamini va kalsiyga boy oziq-ovqat mahsulotlaridan tayyorlang;
  • bolani har kuni tashqarida sayr qildiring;
  • bolani quyosh va havo vannalarini qabul qilishga odatlantiring. Buning uchun eng qulay vaqt ertalab soat 10 dan 12 gachadir. Bu usullar bolani chiniqtirish bilan birga, organizmda “D” vitamini ishlab chiqilishini kuchaytiradi.

Diqqat!

Yoz vaqtida tashqarida issiq va quyoshli bo‘lsa, vitamin D preparatlaridan foydalanish tavsiya etilmaydi. Ultrabinafsha nurlar ta’sirida terida vitamin D ishlab chiqariladi. Bunda bolani oftobda qoldirish shart emas, shunchaki kiyimlari ochiqroq bo‘lsa, kifoya.

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Bola qorni sanchisa

Bolaning tagi quruq va u och emas, ammo shunga qaramasdan yig‘lashdan to‘xtamayaptimi? Balki uning qorni sanchayotgandir? Odatda, qorindagi xurujsimon og‘riqlar yangi tug‘ilgan chaqaloq hayotining 2-haftasidan keyin paydo bo‘ladi va 3 oygacha davom etadi. Qorin sanchiqlari – bu hali to‘liq shakllanmagan go‘dak ichak faoliyatining o‘ziga xos ishlashidan darak beradi. Ammo muammo o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketishini kutmaslik kerak, chunki bolani og‘riqdan xalos qiladigan samarali usullar mavjud.

1-usul

Bolani qorin sanchiqlaridan issiqlik yordamida xalos qilish mumkin. Go‘dakning qorinchasini iliq yo‘rgak bilan isiting. Buning uchun yo‘rgakni bir necha qavat qilib, dazmol bilan isitasiz, keyin uni bolaning qorniga qo‘ying. Shuningdek, go‘dakni “teriga teri” usulida qorningizga qo‘yishingiz ham mumkin. Ona tanasining tafti bolani isitadi.

2-usul

Bolada gazlar paydo bo‘lganida, u oyoqlarini qorniga qarab tortishini sezgan bo‘lsangiz kerak. Bu bilan u og‘riqni yengillashtirishga harakat qiladi. Haqiqatan ham, pozani o‘zgartirish yordam beradi. Bolani yonboshiga ag‘daring. Agar bu yordam bermasa, uni qo‘llaringizga oling. Bola qo‘lingizda qorni bilan yotishi, uning boshi esa bilagingizda turishi kerak. Qoringa tushgan bosim gazlarni chiqarib yuboradi.

3-usul

Bolada sanchiqlar xuruj qilganida, yengil massaj qilish kerak. Bolaning oyoqchalarini qorniga itaring, oldin ularni birgalikda, keyin esa navbatma-navbat itaring. Shunda gazlar tezroq chiqadi. Bolaning qornini barmoqlaringiz bilan oldiniga soat mili bo‘yicha, keyin esa qarama-qarshi tomonga qarab silang. Bunda qo‘llaringiz iliq va toza bo‘lishi lozim.

4-usul

Moychechak damlamasi qo‘shilgan iliq vanna bolani tinchlantiradi. Suv moddalar almashinuvini tezlashtiradi va ichak faoliyatini rag‘batlantiradi. Organizm ovqatni tezroq hazm qiladi. Buning ustiga suvda erkin holatda bo‘lish og‘riqlarni yengillashtiradi.

5-usul

Go‘daklarda emish instinkti kuchli bo‘ladi. Olimlar eksperimental usul yordamida emish jarayoni qorin sanchiqlaridan xalos qilishini isbotlashgan. Bola biroz tinchlanib, yig‘lashdan to‘xtaganida, unga so‘rg‘ich bering.

6-usul

Ba’zi onalar bolani qo‘llariga olib, butun tanasini bag‘riga bosgan holda, uni tinchlantirishadi. Bolaning qulog‘iga yengil puflashadi yoki nimanidir shivirlashadi. Shu tarzda ular qisman ona qornida bo‘lgan muhitni yaratishadi.

7-usul

Ventilyator shovqini yoki kir yuvish mashinasining vibratsiyasi bolaga to‘qqiz oy davomida his qilgan narsani eslatadi. Bolani avtomobil kreslosiga o‘tqazing va mashinada uy atrofida bir necha bor aylaning. Bola tinchlanishi kerak. Avtokresloni ishlayotgan kir yuvish mashinasining ustiga qo‘ying. U tebranma kresloda tinchlanishi ham mumkin.

8-usul

Ko‘pgina madaniyatlarda bolalarni olib yurish uchun ro‘mollar va matolardan foydalanishadi. Bola slingda ona tanasiga yaqin joyda bo‘ladi. Uning tanasi bir joyga jamlanib, oyoqlari qorniga tiralgan holatda yotadi. Bunday holat qorindagi og‘riqni yengillashtiradi.

9-usul

Bu usul azaldan mavjud. Ovqatdan so‘ng bolaga qayt qilishiga imkon berish kerak. Uni yelkangizga qo‘ying va yengilgina orqasiga uring. Gazlarning ortiqchasi chiqib ketadi, shunda bola bu safar noqulaylikni his qilmas.

10-usul

Agar bola og‘riqdan azoblanib, boshqa hech qanday usullar yordam bermayotgan bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling. Pediatr sizni klizma va gazni chiqaruvchi trubkani qilishga o‘rgatadi. Agar qorin sanchiqlari organizmdagi qandaydir buzilishlarning alomati bo‘lsa, unda davolash kursi va dorilarni tayinlaydi. Bolaning yig‘isi sizning aybingiz emas. Noumidlikka tushmang, shunchaki bolaga yordam berishga harakat qiling.

Avitsenna.uz saytida mavuzga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Bolalarda kindik churrasi

Organizmning turli anatomik bo‘shliqlarini hosil qiluvchi devorlaridagi mavjud bo‘lgan tabiiy tirqishlar yoki yumshoq to‘qimalarning nimjonligi tufayli ular tonusini keskin pasaygan joylari orqali ayrim a’zolarning tashqariga, ya’ni teri ostiga yoki yondosh anatomik bo‘shliqqa bo‘rtib chiqishi churra hisoblanadi.

Insonlarda ichki va tashqi churralar tafovut qilinadi. Chaqaloqlarda kindik, chov, chov-yorg‘oq churralari ko‘p kuzatiladi, ayni paytda, bosh va orqa miya, diafragma churralari hamda kindik tizimi churrasi ham uchrab turadi.

Barcha tug‘ma nuqsonlar singari churralar turli salbiy omillar (onaning homiladorlik davrida  turli o‘tkir va surunkali kasalliklar yoki infeksiyaga chalinishi, stress holatlari, asabiy va ruhiy toliqishlar, shuningdek homilaning ona qornida mo‘’tadil rivojlanishidagi buzilishlari) natijasida paydo bo‘ladi.

 Churra o‘lchamlariga ko‘ra farqlanadi

chaqaloqlarda-kindik-churrasi

Kindik sohasidagi churralarning ikki turi tafovut qilinadi.

Kindik tizimi churrasi (embrional churra ham deb yuritiladi) kelib chiqish sabablariga ko‘ra oddiy kindik churrasidan farqlanib, qorin old devori mushaklarining qisman yoki to‘liq bo‘lmasligi hisobiga, aksariyat ko‘p hollarda churra hosilasi o‘lchamlarining kattaligi (3-15 sm) bilan farq qiladi. Kindik tizimi churrasi mavjudligi chaqaloq tug‘ilishi bilanoq aniqlanadi va tegishli davo belgilanadi.

Kindik churrasi – qorin old devori mushaklari paylarining rivojlanishi va o‘zaro bitishidagi buzilishlari tufayli bitmay qolgan kindik halqasidan charvi yoki ichakning teri ostiga chiqishidir. Kindik halqasi, ya’ni churra darvozasi turli o‘lchamlarda bo‘ladi. Ayrim bolalarda u jimjiloq yoki ko‘rsatkich barmoqlarning diametriga teng kelsa, boshqalarda esa 3-4 sm tashkil qiladi va tegishli tarzda turli o‘lchamdagi churra hosilasi ko‘rinishida bo‘ladi. Odatda bu hosilani bola tinchlanganida osonlik bilan barmoqlarimiz orqali qorin bo‘shlig‘iga tushirish imkoniyati mavjud.

Tug‘ilish jarayonida kuzatilgan jarohatlanishlar yoki boshqa kasalliklar, ich kelishi va siydik ajratishdagi qiyinchiliklar, shuningdek yo‘tal tufayli bola bezovtaligining kuchayishi hisobiga churra o‘lchami kattalashib boradi. Bu esa mavjud klinik belgilar yanada chuqurlashuviga va yo‘ldosh kasalliklar qo‘shilishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Kindik churrasini kompleks davolash zarur

chaqaloq-kindik-churrasida

 

Kindik churrasining mavjudligi bolaning yoshidan qat’iy nazar, shifokorga ko‘rsatishni va ota-onalar tomonidan tegishli tavsiyalarni olish va ularni muntazam ravishda bajarishni taqozo etadi. Bolasida kindik churrasi mavjud bo‘lgan ko‘pgina onalarning bizga murojaat qilganlarida ular tomonidan bolaning kindigi ustiga tanga qo‘yib leykoplastir bilan tortib qo‘yish, yoki churrani doka bilan bog‘lash kabi o‘tkazilgan tadbirlar foyda qilmaganligi to‘g‘risida gapirishadi.

Davo taktikasi kompleks yondoshuvni talab etadi. Bu borada onaning ishtiroki nihoyatda yuqori bo‘lishi zarur. Bola tinchligini, ich kelishi va siydik ajratish ravonligini ta’minlash qorin bo‘shlig‘i bosimi oshishi va churra kattalashishining oldini olishda asosiy ahamiyatga ega. Bolani ratsional ovqatlantirishni yo‘lga qo‘yish hamda emizuvchi onaning ham parxez saqlashi bola me’da-ichak yo‘llarida mo‘’tadil muhitni yuzaga keltiradi.

Kindik halqasining bitishi va qorin devori mushaklarini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarning ham ahamiyati yuqori. Buning uchun churra hosilasini qorin bo‘shlig‘iga to‘g‘rilab atrofidagi terini bo‘yiga bir-biriga yaqinlashtirgan holda halqa ustidan, eni 1,5-2 sm leykoplastir bilan tortib qo‘yiladi. Bu tadbirni bola to‘la tinchlangan paytda yoki uxlayotganida amalga oshirish osonroq.

Ijobiy natija 15-20 kundan keyin kuzatilib kindik halqasining nisbatan kichraya borishi bilan kechadi. Odatda chaqaloq va go‘dak yoshdagi bolalar terisining nozikligi va ta’sirchanligi tufayli plastir o‘rnida qizarishlar paydo bo‘ladi. Buning oldini olish uchun har 4 kunda plastir 3-4 soatga olinadi va vitaminli krem bilan ishlov berilgach qayta yopishtiriladi. Bu muolajadan to‘liq samaraga erishilmaganda bu tadbir 10-15 kunlik tanaffusdan keyin yana bir necha bor qayta o‘tkazilishi mumkin.

Ta’kidlash joizki, kindik qoldig‘i tushib ulgurmagan chaqaloqlarda, shuningdek kindik kosachasining yallig‘lanish alomatlari kuzatilganda, leykoplastirli tortma qo‘yishdan oldin vrach maslahatini olish va asseptika va antiseptika qoidalariga amal qilingan holda tegishli ishlov berib turish zarur bo‘ladi.

Churra qisilishi xatarlimi?

kindik-churrasi-qisilishi

Muntazam ravishda kuniga 3-4 marta go‘dakni qorniga yotqizish churra tirqishi bitishida samara beradi. Chaqaloqlar (leykoplastirni olmasdan turib) 5-10 daqiqaga qorniga yotqizilganda ularning ko‘krak qafasi va boshini ona yordamida balandroq ko‘tarib turish bola dimiqib qolishining oldini oladi. Bo‘yin va boshini erkin tuta oladigan go‘daklarda esa bu tadbir 10-15 daqiqagacha uzaytirilishi mumkin, bunda ko‘krak qafasini ko‘tarib turishga ehtiyoj bo‘lmasada, albatta onaning nazorati ostida amalga oshirilishi zarur. Ushbu muolaja nafaqat qorin mushaklarining faollashuvini ta’minlab, shuningdek peristaltikaning oshishi hisobiga ichaklarda to‘plangan gazlar ajralishi va bolani o‘zini yengil his etishiga ko‘maklashadi.

Qorin devorlarini uqalash bolaning tetiklashuvi va churrani bartaraf etilishida ahamiyati yuqori hisoblanadi. Uqalashni bolani ovqatlantirishdan oldin va uqalovchi tibbiyot xodimlarining maslahatlariga amal qilgan holda o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir.

Kindik churrasini davolash

Ayrim kichik o‘lchamli churralarda uning maxsus davolarsiz ham o‘z-o‘zidan tuzalishi, shuningdek katta hajmli churralarda ham shifokorlarning to‘g‘ri tashkil etilgan konservativ davo tadbirlari  yordamida ham 70-80 foiz holatlargacha operatsiya usulisiz ijobiy natijaga erishish mumkin. Qayta o‘tkazilgan konservativ davo muolajalarining samarasizligi rejali ravishda operatsiya usulini qo‘llashni taqozo etadi va uning optimal davri bolaning 3-5 yoshiga to‘g‘ri keladi.

Kindik churrasining siqilishi bolalarda kam uchrasada, xavfli asorat hisoblanadi. Qorin dam bo‘lishining ortib borishi, qusish va paypaslaganda churrani qorin bo‘shlig‘iga to‘g‘irlanmasligi va bunda bola bezovtaligini yanada kuchayishi churraning siqilganligidan dalolat beradi va bola yoshidan qat’iy nazar, zudlik bilan shifokorga murojaat etish zarurligini  ko‘rsatadi.

Nasriddin ERGASHЕV,
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
“Gospital bolalar xirurgiyasi” kafedrasi professori,
"Sihat-salomatlik" gazetasidan.

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Bolani ona suti bilan oziqlantirish

Bolaning sog‘lom o‘sishi va rivojlanishidagi muhim omillardan biri bu uning sifat va miqdor jihatdan to‘laqonli ovqatlanishidir. Bolaga beriladigan ovqat tarkibi o‘zining sifati va miqdoriga nisbatan go‘dak oshqozon-ichak tizimining o‘ziga xos xususiyatlariga hamda moddalar almashinuvi jarayoniga mos bo‘lishi kerak. Ilk yoshdagi bolalar organizmining fiziologik, morfologik, biokimyoviy xususiyatlariga to‘la mos keladigan ozuqa – ona sutidir. Isbotlanishicha, faqat ona suti bilan boqilayotgan ko‘krak yoshidagi bolalar sun’iy va aralash ovqatlanayotgan bolalarga nisbatan 2,5 marta kam kasallanishar ekan. Bu ona suti tarkibidagi immunoglobulin A ga bog‘liq. Immunoglobulin A bola organizmining infeksiyalarga nisbatan qarshiligini oshiradi. Bundan tashqari, ona bilan bolaning ruhan yaqin bo‘lishi, yangi tug‘ilgan chaqaloqda doimiy himoya, iliqlik tuyg‘usini, onada esa onalik mehri uyg‘onishiga, bu esa kelgusida go‘dakning ijtimoiy muhitga va uning tug‘ilgandan keyingi davrga moslashishini yengillashtiradi, onani esa kutilmagan homiladorlikdan saqlanishini ta’minlaydi.

Amerikalik olim Odri Dj. Neylorning ta’kidlashicha: “Yer yuzida har kuni 40000 ga yaqin bola kasallik tufayli nobud bo‘ladi, bu ovqatning va ona suti yetishmovchiligining natijasidir”. Chaqaloq tug‘ilgandan keyin dastlabki 3-4 kun ichida ona ko‘kragidan og‘iz suti, 6-7 kundan boshlab esa to‘liq shakllangan sut ajraladi. Og‘iz suti o‘z tarkibida yangi tug‘ilgan chaqaloq qon plazmasi tarkibidagi oqsilga yaqin ko‘p miqdordagi oqsilni, ko‘plab vitaminlar va limfotsitlarni, makrofaglarni tutadi. Bundan tashqari, uning tarkibidagi yog‘ ham bola tanasidagi yog‘ to‘qimasiga mos keladi. Ona sutidagi to‘yinmagan yog‘ kislotalari bola bosh miyasi rivojlanishiga, undagi asab tolalarining shakllanishiga yordam beradi. Ayrim hollarda onada sutning yetishmovchiligi kuzatiladi. Bu esa ona va bolani tashvishga qo‘yadi. Chunki sun’iy ovqatlantirish bolani ko‘plab oshqozon-ichak kasalliklariga duchor qilsa, oilada iqtisodga ham ta’sir ko‘rsatadi. Ona suti yetishmovchiligining oldini olish uchun emizikli onaning kun tartibini to‘g‘ri tashkil qilish kerak. Kunning ma’lum vaqtlarida hosil bo‘ladigan sut miqdori bir xil bo‘lmay, uning miqdori bola talabiga qarab o‘zgarib borishi, ya’ni bola qancha sut emsa, kelgusi emishda shuncha miqdorda sut hosil bo‘lishi aniqlangan. Ona ratsioni tarkibidagi oqsilning yetarliligi sutkalik sut miqdoriga ta’sir qiladi. Keragidan ortiq iste’mol qilinadigan suyuqlik esa sut miqdoriga ta’sir qilmaydi. Emizikli davrda onaning energiyaga bo‘lgan talabi, uning jismoniy harakat qilish darajasiga bog‘liq. Ba’zan yosh onalar o‘z qaddi-qomatlarini saqlash uchun kam ovqatlanishadi, buning natijasida ona suti kamayib, bola sun’iy ovqatlanishiga olib keladi.

Emizikli onalarning bir kunda iste’mol qilishi kerak bo‘lgan ozuqa mahsulotlarini quyida keltiramiz:

  1. Allergenlik xususiyatini kamaytirish maqsadida baliq va parranda go‘shti boshqa go‘shtlardan afzal va ularni iste’mol qilmasdan avval albatta terisini olib tashlang.
  2. Barcha qovurilgan ovqatlardan voz kechish.
  3. Faqat yog‘siz go‘shtlar iste’mol qilish.
  4. Ozuqa mahsulotlarini faqat qaynatib yoki dimlab pishirish lozim.
  5. Ko‘p miqdorda yog‘ tutuvchi mahsulotlarni iste’mol qilmaslik.
  6. Kundalik ratsiondan yeryong‘oq, yong‘oq va pistalar miqdorini cheklash.
  7. Shirinliklarni meyorida iste’mol qilish. Chanqovbosdi ichimliklardan (koka kola, fanta) ko‘ra tabiiy meva va sharbatlarni iste’mol qilish.

Onaning nafaqat sifatsiz, bir tomonlama ovqatlanishi, bundan tashqari, kundalik ratsionning energetik qiymati ortiqcha bo‘lishi ham laktatsiya jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Emizikli onaning sutkalik ovqat ratsionida albatta sut mahsulotlari, meva va sabzavotlar asosiy o‘rinni egallashi kerak (sutkalik ratsionning 60 foizini). Ona sabzavot va mevalardan o‘zini tiymasligi lozim. To‘g‘ri va sifatli tayyorlangan ovqat tarkibidagi sabzavot va mevalar bolalar oshqozon-ichak faoliyatiga salbiy ta’sir qilmaydi. Shunday qilib, to‘g‘ri ovqatlanish go‘dakning har tomonlama yaxshi o‘sishiga, emizikli onalarning suti ko‘payishiga va bolaning to‘yimli ozuqalanishiga yordam beradi. Bu esa bolada uchrashi mumkin bo‘lgan kasalliklarning oldini oladi.

© S. Xudaynazarova, shifokor.
"O‘zbekistonda sog‘likni saqlash" gazetasi.

 

Avitsenna.uz sayti orqali mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Bolalarda diareya kasalligi

Diareya – yuqumli oshqozon-ichak kasalligi bo‘lib, bu kasallik mikroblar ta’sirida yuzaga keladi.

Kasallik asosan, ichning qayta-qayta suyuq kelishi, qorin og‘rishi, ko‘ngil aynishi, qusish, isitmaning ko‘tarilishi bilan namoyon bo‘ladi.

Ushbu kasallikka asosan, ko‘krak suti bilan emas, balki ayrim hayvonlar suti yoki quritilgan sut aralashmalari bilan ovqatlanayotgan bolalar ko‘proq chalinadilar. Ayniqsa, kamqonlik, raxit, yod tanqisligi bor bo‘lgan bolalarda kasallikka bo‘lgan moyillik ko‘proq kuzatiladi.

Bolaga kasallik qanday yuqadi ?

Kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblar bolalar organizmiga quyidagi omillar orqali yuqadi:

  • Ifloslangan qo‘l;
  • Ifloslangan o‘yinchoqlar;
  • Toza bo‘lmagan ovqat idishlari, shisha va so‘rg‘ichlar;
  • Sifatsiz yoki uzoq vaqt turib qolgan ovqatlar;
  • Qaynatilmagan suv;
  • Pashshalar orqali;
  • Yuvilmagan meva-sabzavotlarni iste’mol qilish natijasida.

Diareya nimasi bilan xavfli?

Ichning suyuq ketishi natijasida bola ko‘p suyuqlik yo‘qotadi va bu bilan ko‘plab oziq moddalar chiqib ketadi. Bola organizmida suvsizlanish va oziq moddalarning yetishmovchiligi natijasida, tana a’zolari faoliyatining keskin buzilishi uning hayotini xavf ostiga qo‘yadi.

Diareyaga chalingan bolaga uy sharoitida qanday yordam berish mumkin?

Bolada ich ketish holati boshlanishi bilanoq suvsizlanishning oldini olishga harakat qiling. Buning uchun unga odatdagidan ko‘proq suyuqlik ichiring.

Suyuqlik sifatida:

Bolaga suyuqlikni oz-ozdan va tez-tez (har 5-7 daqiqada) ichirib turing. Birdan ko‘p suv ichirmang, bola qayt qilishi mumkin. Agar, bola qayt qilsa, suyuqlik ichirishni 10 daqiqa to‘xtatib turing, so‘ng yana davom ettiring.

Har bir ich ketishda, agar bola 2 yoshgacha bo‘lsa, yarim stakandan, 2 yoshdan katta bo‘lsa, 1 stakandan suyuqlik ichirib turing. Bolani oz-ozdan, lekin tez-tez ovqatlantirib turish zarur. Agar bola ko‘krak emadigan bo‘lsa, uni odatdagidan ko‘ra ko‘proq va uzoqroq emizing. Boshqa sut yoki quruq sutli aralashmalar bilan ovqatlantirilayotgan bo‘lsa, uning ovqatlanishini odatdagidek davom ettirishingiz mumkin.

Agar bola qo‘shimcha ovqatlanayotgan bo‘lsa, unga yengil hazm bo‘ladigan ovqatlar bering. Taomlar qaynatib pishirilgan holda, bir xil yumshoqlikda ezilib tayyorlangan bo‘lishi kerak. Bolaning kundalik ovqatlanishida go‘sht yoki meyorida baliq bo‘lishi maqsadga muvofiq va ularni qaynatib, qiymalagichdan 2 marta o‘tkazing. Shunda yumshoq pyure hosil bo‘ladi. Olmani suvda dimlab yumshoq mag‘zini yediring, po‘stini bolaga bermang. Bolaning kasallik davrida unga shirin taomlar va ichimliklar bermang, chunki, bu ich ketishini yana ham kuchaytirishi mumkin. Bolaga taomni har 2-4 soatda berib turing, sog‘aygach esa 2 hafta davomida odatdagidan bir marta ko‘p ovqatlantiring. Bu boladagi kasallik davrida yo‘qotilgan oziq moddalar o‘rnining tiklanishiga yordam beradi.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muolajalardan so‘ng bolada diareyaning belgilari kuzatilayotgan bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat eting.

Profilaktika uchun nima qilish kerak ?

  • Bolani 6 oylik bo‘lgunga qadar, faqat ona suti bilan parvarish qiling. Ona sutida bola uchun zarur bo‘lgan oziq moddalar va himoya omillari mavjud bo‘lib, ular bola baquvvat o‘sishiga yordam beradi.
  • Bola 6 oylik bo‘lgandan keyin, uni qo‘shimcha ovqatlantiring. Bu davrdan boshlab, birgina ona suti bola ehtiyojini qondira olmaydi. Aks holda, bola zaiflashib, kasalliklarga beriluvchan bo‘lib qoladi.
  • Shisha idish va so‘rg‘ichlardan foydalanmang. Chunki, shisha idish toza yuvilmasligi oqibatida mikroblarning ko‘payishi uchun qulay sharoit tug‘iladi.
  • Bolaga taomni har gal yangi tayyorlab bering.
  • Bolaning idish-tovoqlarini alohida saqlang. Ularga pashshalar o‘tirmasligi uchun ustiga doka yoping.
  • Bolani ovqatlanishdan oldin va hojatdan keyin qo‘lini sovunlab yuvishga odatlantiring.
  • Meva va sabzavotlarni yuvib iste’mol qildiring.
  • Faqat qaynatilgan suvni ichiring.

© "Sihat-salomatlik" jurnali.

Avitsenna.uz saytida mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:

 

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.