Eng xavfli bakteriyalar ro‘yxati yangilandi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tuzilgan eng xafvli superbakteriyalar ro‘yxatida grammanfiy bakteriyalar, ya’ni ichak tayoqchasi (Escherichia coli) liderlik qilmoqda. Ular qonda xafvli o‘limga olib keluvchi shifoxona ichki infeksiyasi va statsionarda yotgan immuniteti past bemorlarda pnevmoniyani chaqirishlari mumkin.

Ro‘yxat bakteriyalarning hozirgi antibiotiklarga sezgirligi, o‘lim ko‘rsatkichi, infeksiyaning tarqalishi va jahon sog‘liqni saqlash sistemasiga ta’sirini hisobga olgan holda tuzilgan.

Bu ro‘yxatni tuzishdan va uni muhokama qilishdan maqsad, davolash qiyin bo‘layotgan infeksiyalar uchun yangi antibiotiklarni topish va qayta ishlashdir. Ko‘p olimlar bir necha marotaba postantibiotik erasi yaqinlashib kelayotganligi to‘g‘risida bizni ogohlantirishgan edi, bunda ayrim bakteriyalarni hozirgi antibiotiklar bilan davolashning ilojisi bo‘lmaydi. Bu esa hatto eng xafvsiz infeksiya ham o‘lim bilan tugashi mumkin degani.

JSST eksperti Mari-Pol Kinining fikricha, antibiotiklarga bo‘lgan sezgirlik tashvishli masshtabga yetdi, lekin yangi antibiotiklarni yaratishda esa faqat omad tilab qolinadi xolos. U shuningdek faqat bitta farmindustriyaga umid qilib qolishni maslahat bermaydi. Farmakompaniyalar eng kam qarshiliksiz yo‘ldan borishlari va eng oddiy va ko‘p so‘ralayotgan dori vositasi ishlab chiqarishlari mumkin. Bunda ular dorini ishlab chiqarishda kam mablag‘ ishlatib, uning ko‘p ishlatilishi hisobiga ko‘p foyda olishlari mumkin.

Shuni ta’kidlaymizki, ro‘yxatga kiritilgan bakteriyalarning biri bo‘lgan klebsiyella (Klebsiella) nomli bakteriyaning eng kuchli antibiotiklar sinfi bo‘lgan – karbapenemlarga sezgirligi paydo bo‘lgan.

Eurolab.ua
Med-info.uz

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Back to top button