El sog‘ligi — yurt boyligi

Hayz funksiyasining buzilishi

Hayz funksiyasi ayollar salomatligining muhim mezonlaridan biri hisoblanadi. Noto‘g‘ri ovqatlanish, ko‘pgina yuqumli kasalliklar, jinsiy a’zolar rivojlanishidagi buzilishlar, jismoniy va ruhiy zo‘riqishlar hayz sikli buzilishiga olib kelishi mumkin.

Hayz sikli buzilishining quyidagi turlari farqlanadi:

  • Anomeriya – 6 oydan ko‘p hayz ko‘rmaslik;
  • Kam ko‘riladigan hayz – bir yilda 1-2 martagacha;
  • Ko‘p ko‘riladigan hayz – orasi 21 kundan kamroq;
  • Juda ko‘p ko‘riladigan hayz – kuniga 3 ta bog‘lovdan ko‘p;
  • Qisqa hayz – bir necha soatdan bir kungacha;
  • Og‘riqli hayz.

Hayz funksiyasi buzilishining yuqoridagi turlari siklik buzilishlar toifasidan. Agar ayolda davriy qon ketmasdan, ba’zi-ba’zida turli darajada qon ketib tursa, bu hayz sikli buzilishiga aloqador emas, lekin bachadonda yuzaga kelgan boshqa jiddiy o‘zgarish tufayli qon ajrayotgan bo‘lishi mumkin.

Juda ko‘p ko‘riladigan hayz

Uzoq vaqt bo‘ladigan hayzda organizm juda ko‘p qon yo‘qotadi. Hayz taxminan 5 kun davom etib, birinchi uch kunida ko‘proq qon ketadi.  Odatdan tashqari ko‘p qon ketishga – bachadon shilliq qavati kasalliklari, bo‘yida bo‘lishdan saqlovchi spirallar sababchi bo‘lishi mumkin. Bu hayz buzilishining xavfli tomonlaridan biri kam qonlikning yuzaga kelishidir. Kam qonlik esa ayolning kelgusi faoliyatida salbiy ta’sir o‘tqazishi mumkin. Shu sababdan ham bunday holatlarda shifokor ginekolog qabulida bo‘lib, tegishli muolajalarni olishni tavsiya etamiz.

Og‘riqli hayz

Ko‘pgina ayollar hayz vaqtida og‘riqni va holsizlikni sezadilar. Odatda to‘lg‘oqsimon og‘riq qorinning pastki qismiga tarqaladi. Lekin og‘riqli hayz ayollarning ish faoliyatini u darajada buzmaydi va hayzdagi og‘riqlar ayol salomatligi buzilganidan dalolat bermaydi. Agar hayz vaqtida qorin pastidagi og‘riqlar qindan ajralib chiqayotgan chiqindilar bilan birga kelsa, bu bachadon naylari va o‘rab turgan to‘qimalarning yallig‘lanishidan dalolat beradi.

Hayz ko‘rmaslik

Hayz odatda 10-14 yoshda, ba’zida kechroq boshlanadi. Hayz kovrishning birinchi yilida hayz ko‘rish muntazam bo‘lmaydi, ba’zida bu  19-20 yoshgacha saqlanib qoladi. Muntazam sikl o‘rnatilgandan so‘ng hayz sikli 24 kundan 35 kungacha davom etadi. Sog‘lom ayollarda hayz ko‘rmaslik quyidagi hollarda kuzatiladi:

Ushbu maqolani ham o‘qing: Hayz kunlari ko‘kraklardagi og‘riqqa sabab nima?

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Savollar

  1. Yurakcha

    Meni yoshim 21 da, hali turmushga chiqmaganman. Menda har oy oxirida hayz ko’rish kuzatilar edi. Utgan oy 26 martda hayz ko’rgan edim, aprelning 25, 26 larida hayz kelishi kerak edi. mana may oyining 6-si ham keldi, lekin haligacha hayz kelmayabdi. Bu nimadan bo’lishi mumkin, havfli tomoni yo’qmi?! Raxmat oldindan

  2. Shohruh

    Hardoim hayz kelardi har oy bu oy chuzilayapti hovotirlanayappan yoshim 16 da homiladorlik alomati bulishi ehtimoli qancha tushiradigan tabletka bormi

  3. og'riq

    Assalomalekum. Man hali yowman. Hayz manda 30 kunda oyi bowida 3 , 4 chlada keb 3 kundan keyn tugardi. Iyun oyi 4chida keb 8chda tugadi endi 27 iyun kuni keldi. 1 2kun og’riq bo’ldi. Hayz kegandan keyin axvol yomonlawdi. Negadr hamayogm qaltrab titrab ketvoman. Kuch bo’ladigan hamma narsa novvot, wakar choy, issu choy ichvoman. Hayz keganda iwtaham yoqoladi. Sovolim hayz davrida dieta tutiw mumkinmi… Duw qabul qiliwchi ?
    I yana bitta sovol cherepnoy davlenasi bor odamda bu hayz davri og’riqli kechwi odatiy xolmi?

  4. Shohida

    Assalomu aleykum! Meni yoshim 20 da bu oyni 16 da hayz kelib 22 da to’htagan edi lekin o’sha oyni 28 da yana qaytadan hayz kelib yana o’sha kunni o’zida to’htab qoldi bunaqasi birinchi marta bo’lishi buni hafli joyi yo’qmi javob uchun oldindan rahmat

  5. mohidil

    Doktor manda xayz juda kop miqdorda va 10 kun atrofida kelyapti. Belda quvuqda og’riq bilan
    Doktorga uchradim, stolga chiqdim. Vaximali narsa yo’q dedi. Ozgina shilinish bor ekan
    Uzi.tekshiruvi ham hammasi joyida desi
    (Keserva choklariham yaxshi ekan. O’tgan yili keserva bo’lgandim)
    Zaklyucheniya dizfunksionalnost deyishdi va og’riq va ko’p qon spiraldan ekan
    Doktor yarena tabletkasini buyurdi. Hozir videleniya qon aralash shuni ichib 3 kunda kelsez mazok olaman dedi
    Lekin belim og’riyapti judayam. Keyin siydik analiz ham olib keling dedi
    Yarena ichishim ma’qulmi? Emizikli bolamga ta’sir qilmedimi? O’zi juda ozg’inman u dori yanayam ozdiradimi?
    Iltimos maslaxat bering borgan vrachim to’g’ri tashxis qo’yganmi?

  6. Nigora

    Asalomu alaykum mani ismim nigora yowim 21 da man xar 28 kunda xayz koradim tug’ganimga 10 oy bo’ldi xali xayz kormadim bu qanaqa xolat bu kasalik emasmi juda xovotirdaman javob uchin oldindan raxmat

  7. Aziza

    Tish kasalliklari haqda ma’lumot olmoqcidim

  8. Arofatoy

    Hayzning judaham ogriqli kechishi bu nimadan

  9. Mohichexra

    Assalomu alaykum meni hayzim 7 oktabrda kelib 12 tugagan edi 24 yana kelmoqda ogʻriqli va ragi qoramtiroq

  10. laylo

    Assalomu aleykum men oxirgi marta 18 09 2017 hayzim kelgan edi hozirga qadar hayz kelmayapti turmuw qurganimga 5yil boldi haligacha bolam yoq hayz buzulishini uy waroitida davolab boladimi test qildim lekin testda 1 chiziqcha chiqdi

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.