"P" Harf bo'yicha qidirish

MAQOLALAR

ico
Prostata bezi adenomasi

Bu kasallikning kelib chiqish sabablari hali to‘liq ma’lum emas. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 50 dan oshgan erkaklarning deyarli yarmida, 65 dan o‘tgan erkaklarning 75 90 foizida prostata bezi adenomasi uchrar ekan. Demak, ushbu kasallikni yosh bilan bog‘lashimiz mumkin, biroq istisnolar har qayerda bo‘lgani kabi, so‘nggi yillarda hali ellikni qoralamagan kishilarda ham adenoma belgilari namoyon bo‘lmoqda. Bundan xulosa qilish mumkinki, ana shu yosh atrofida muntazam ravishda urolog nazoratidan o‘tib turish kerak. O‘zingiz yaxshi bilasiz, kasallikni davolagandan ko‘ra, oldini olgan yaxshi.
Prostata bezi adenomasi – prostata bezida paydo bo‘ladigan o‘sma. Avvaliga bir yoxud bir nechta tugun paydo bo‘ladi, u asta-sekinlik bilan o‘sib boradi, oqibatda prostata bezi orqali o‘tgan peshob chiqaruv kanali siqilib, bemor peshob chiqarishga qiynaladigan bo‘lib qoladi. Adenoma sekin rivojlanadigan kasallik, shuning uchun ham ko‘pincha bemorlar prostata bezidagi o‘zgarishdan bexabar bo‘lishadi, kasallikning ilk belgilariga esa beparvo qarashadi.
Kasallikning rivojlanish bosqichini uchga bo‘lish mumkin.
Birinchi bosqichda kasallik qovuq, yuqori peshob yo‘llari hamda buyrakning zahira imkoniyatlari hisobiga bir necha yil zo‘raymay, bemor holati barqaror bo‘lishi mumkin. Bemor kunduzlari peshob chiqarishga ko‘p qatnamasada, ammo chiqadigan peshob miqdori avvalgiday emas, balki kamroq bo‘ladi, peshob bir oz kutishdan keyin chiqadi. Kechqurunlari esa bemor ikki marta yoki undan ko‘proq uyg‘onib, peshob chiqarishga qatnaydigan bo‘lib qoladi. Ko‘pincha bemorlar bunday holatni yosh o‘tishi, uyqusizlikka yo‘yib adashadilar. Birinchi bosqich 1 2 yildan 10 12 yilgacha davom etishi mumkin.
Ikkinchi bosqichda kasallik belgilari ko‘proq namoyon bo‘la boshlaydi. Peshob birdaniga emas, to‘xtab-tuxtab, tomchilab chiqadigan bo‘ladi. Bu bosqich qovuq, yuqori peshob yo‘llari va buyrak faoliyatining buzilishi bilan tavsiflanadi. Qovuqda peshob yig‘ilib, uning miqdori 100 200 ml, ba’zida esa 300 500 ml.gacha yetishi mumkin. Kasallik zo‘rayganini peshob pufagi shilliq qavatining yallig‘langanidan, peshob chiqishi og‘riqli kechayotganidan bilsa bo‘ladi. Juda sovqotish, shamollash, qattiq holdan toyish, ruhiy stresslar, spirtli ichimliklar, jumladan, pivo iste’mol qilish kabi holatlar natijasida peshob chiqishi butkul to‘xtab qolishi mumkin.
Agar o‘z vaqtida davo choralari qo‘llanilsa, kasallikning birinchi bosqichi ikkinchisiga o‘tmaydi, lekin ikkinchi bosqich boshlandimi, albatta uchinchisiga o‘tadi.
Kasallikning uchinchi bosqichida qovuqning qisqarish qobiliyati deyarli yo‘qoladi, uning ichida 1,5 2 litrgacha peshob yig‘ilib qoladi, peshob bemor ixtiyorisiz tomchilab turadi.
Bu bosqichda buyrak faoliyati ishdan chiqishi natijasida bir qator asoratlar namoyon bo‘ladi: butkul ishtahadan qolish, holsizlik, chanqoq, og‘izning qurishi, ko‘ngil aynishi, qabziyat. Ruhiy tushkunlik, ozib ketish, og‘izdan peshob hidi kelishi organizmda azotli shlaklar bilan zaharlanish ro‘y berganini, haroratning ko‘tarilishi esa yig‘ilib qolgan peshobda infeksiyalarning zo‘rayganidan darak beradi.
Qovuqda tosh yig‘ilishi prostata bezi adenomasining eng ko‘p tarqalgan asorati hisoblanadi. Shuningdek, piyelonefrit, uretrit, prostatit, adenomit, vezikulit, epididimit, epididimoorxit singari jiddiy asoratlar ham kuzatilishi mumkin.
Bugungi kunda prostata bezi adenomasini davolashning turli usullari mavjud. Kasallik endigina rivojlanayotgan paytda dori-darmonlar vositasida davolanadi. Yoki adenoma – prostata bezi emas! – operatsiya yo‘li bilan olib tashlanadi.

© Tib.uz

ico
Prostatit - davolasa bo‘ladigan dard

Ayrim insonlarda prostataning tug‘ma o‘smay qolganligi yoki nimjonlanib qolishi jinsiy qobiliyatda aks etishi mumkin.
Lekin,
prostata bezidagi asab tolalarining uchlari va asab tugunlari uning ba’zan unchalik ahamiyatga ega bo‘lmagan patologik o‘zgarishlarga ham sezgirligini ta’minlaydi. Hatto surunkali ich qotishi yoki bavosil kasalligi prostata bezida vaqtinchalik jinsiy noqobillik tug‘dirishi mumkin.

Prostata bezi adenomasi

Keksalikda jinsiy bezlar faoliyati susayganda prostata bezining faoliyati ham pasayadi. Uning yopishqoq to‘qimasi qisman biriktiruvchi to‘qima bilan aralashib qoladi. Ellik yoshdan oshgada ba’zan uretra atrofi bezlari
o‘sib ketadi. Bu bezlar, ma’lumki, prostataga taqalib turadi. Natijada prostatada shishga o‘xshash bezarar hosila (adenoma) paydo bo‘ladi. Adenoma jom, ya’ni qovuqdagi ulanish apparatini siqib, uning normal faoliyatini buzadi. Bunda siydik chiqarish qiyinlashadi. Adenoma to‘g‘ri ichakni qisib qo‘yishi oqibatida esa, keksalarda ich qotishi yuzaga keladi.
Prostata bezi faoliyatining buzilishi ulg‘aymagan kishilarda ham kuzatiladi. Buning boisi bavosil kasalligi, jinsiy yaqinlikdan tiyilib yurish, zahar tang‘iganda tutib yurish odatda, surunkali qabziyat, oz harakatli turmush tarzi, ovqatlanishdagi betartiblik va spirtli ichimliklarga ruju qo‘yishdir.

Prostatit bu – prostata bezining yallig‘lanishidan kelib chiquvchi kasallik bo‘lib, hozirgi kunda dunyo bo‘yicha 73-90 foiz erkak aynan shu xastalikdan aziyat chekadi.

Prostatit kasalligi bezga

  • siydik pufagi;
  • siydik yo‘li;
  • to‘g‘ri ichak;
  • qon tomirlari va kichik tozning limfa tomirlari orqali infeksiya tushish yo‘li bilan paydo bo‘ladi.

Prostata bezining yallig‘lanishi o‘tkir shamollash kasalliklari belgilari bilan kechadi. Bunda bemorning tana harorati 38-39 darajagacha ko‘tarilishi, hojat chiqarayotganda orqa teshikda qattiq og‘riq paydo bo‘lishi mumkin. Aksariyat hollarda kasallik surunkali ravishda kechgani uchun erkaklarni hech narsa bezovta qilmaydi. Bunday paytda bemorda yuqoridagi belgilar kuzatilishi, ba’zan esa umuman og‘riq sezilmasligi mumkin:

  • tana harorati 37 darajagacha ko‘tarilishi;
  • tez-tez hojatga borish, borganda tomchilab siydik kelishi (dizuriya);
  • og‘riq bilan qiynalib siyish;
  • qovuq bo‘shlig‘i oralig‘ida og‘riqlar paydo bo‘lishi.

Prostata bezi ishlab chiqargan suyuqlik qonga so‘rilmagani uchun ushbu kasallik bilan og‘rigan erkaklarda ereksiya buzilishi kuzatiladi. Surunkali prostatitdan aziyat chekayotgan erkaklarda asablar tarangligi, ko‘ngil to‘lmaslik, sal narsaga ”tutab“ ketish holatlari ko‘p uchraydi. Shuning uchun bunday bemorlarni davolovchi shifokor nafaqat tajribali urolog, balki yaxshi ruhshunos bo‘lishi darkor.

Prostatit kasalligi profilaktikasi

Agar bemor vaqtida shifokorga murojaat etmasa, keyinchalik prostata bezida yiringlash paydo bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda tana harorati 39-40 darajagacha ko‘tarilib, siydik yo‘llarida qattiq og‘riq seziladi.
Shuni unutmaslik kerakki, kasallikning surunkali turi murakkab kechishi bilan xavflidir. Bu kasallik ko‘p yillar mobaynida inson tanasida yashirin kechgani bois o‘zini sezdirmaydi. Shuning uchun ham ko‘p erkaklar o‘zlarida prostata bezi borligini bilishmaydi. Vaqt o‘tgan sari bezning yallig‘lanishi hisobiga vaziyat yanada murakkablashib boraveradi. Erkak organizmida kechayotgan bu jarayon keyinchalik siydik yo‘liga o‘tib, quyidagi kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin:

  • sistit (qovuqning yallig‘lanishi);
  • piyelonefrit (buyrak va buyrak jomchasi
  • shilliq pardasining yuqoridan pastga qon
  • orqali tushuvchi yoki pastdan siydik yo‘lidan yuqoriga ko‘tariluvchi
  • infeksiya orqali yallig‘lanishi);
  •  vezikulit (urug‘ pufakchalarining yallig‘lanishi);
  • epididimoorxit (moyaklar va ularning ortiqlari (pridatkalari)ning yallig‘lanishi).

Yuqorida sanab o‘tilgan kasalliklar erkaklarda bepushtlikni keltirib chiqaruvchi omilga aylanadi. Tabiiyki, bunday bemorlarning davolanishi qiyin kechadi. Eng achinarlisi, o‘z vaqtida shifokor ko‘rigidan o‘tish va salomatligini mustahkamlashga jiddiy yondoshmagan ba’zi erkaklar bepushtlik dardiga chalinishlari mumkin. Shu bois har bir erkak yilda kamida bir marta urolog, androlog hamda seksopatolog ko‘rigidan o‘tishga odatlanishi kerak.

Prostatit kasalligini davolashning zamonaviy usullari

Hozirgi kunga kelib, prostatitdan aziyat chekayotgan bemorlar og‘riqsiz va samarali davolash usullari yordamida shifo topmoqdalar. Buning uchun avval ularni quyidagi tekshiruvlardan o‘tkazish lozim:

  • kompyuter orqali skaner qilish;
  • uch tomonlama ultratovush tashxisi;
  • Immunofermentli muolaja – PSA (prostata maxsus antigeni).
  • Bemorning yakuniy natijalarini o‘rganib chiqqach, unga prostatit, adenoma,
    ya’ni giperplaziya (bez to‘qimadan vujudga kelgan o‘sma) yoki prostata bezi
    saratoni deb aniq tashxis qo‘yish mumkin.

Ushbu kasallik tashxisi qo‘yilgan bemorlarning tushkunlikka tushishlariga hojat yo‘q. Chunki olimlar allaqachon bunday bemorlarning dardiga ham shifo topish usulini ishlab chiqishgan. Prostata bezi saratoni kasalligini boshlang‘ich davrida davolash ijobiy natija beradi. Lekin xavfli o‘sma hujayralarining boshlang‘ich o‘chog‘idan boshqa a’zolarga qon yoki lifa oqimi bilan o‘tishi natijasida hosil bo‘ladigan ikkilamchi o‘sma (metastaz) paydo bo‘lgan bo‘lsa, kasallikni davolash mushkul kechadi. Shuning uchun erkaklarga vaqti-vaqti bilan shifokor ko‘rigidan o‘tib turishni maslahat beraman.

© "Darmon" jurnali.

ico
Peyroni kasalligi

[caption id="attachment_1792" align="aligncenter" width="200"]peironi Peyroni kasalligi[/caption]

Peyroni kasalligi – jinsiy olatni fibroplastik induratsiyasidir. 1743 yilda birinchi marta bu kasallikning belgilarini Fransiya Kiroli Lyudovik XV ning shaxsiy jarrohi Peyroni tomonidan qayd etilgan.
Kasallik asosan 30-50 yoshdagi erkaklarda, ereksiyaning susayish davriga to'g'ri kelib, sust ereksiyalangan jinsiy olat bilan jinsiy aloqa qilinganda olatning oqsil pardasida mikro jarohatlar paydo bo'lib, jarohat o'rniga qon quyilishi kuzatiladi. Qon quyilgan zonalarda asta sekinlik bilan, 1-1,5 yil ichida chandiqlanish davri kuzatiladi. Chandiqlar blyashka deb atalib, ular to'lik paydo bo'lgandan keyin kasallikning birinchi belgilari paydo bo'ladi. Peyroni kasalligi xhyot uchun xavfsiz lekin 2/3 holatlarda jinsiy olatda og'riq bilan kechadi va shuning uchun erkaklarda vahima – qo'rquv holati yuzaga keladi. Yana qaqt o'tishi bilan jinsiy olat ereksiya davrida uning qiyshashi kuzatiladi. Qiyshayish 90 gradusgacha bo'lishi mumkin. Bu davrga kelib jinsiy hayotda jiddiy muammolar yuzaga keladi. Kasallik o'z vaqtida davolanmasa bemorlarda impotesiya yuzaga kelishiga sabab bo'ladi.
O'zbekiston hududida bemorlar shifokorlarga ancha kech murojaat qiladilar. Bunga sabab o'zbek tilida bu kasallik haqida ma’lumotlar deyarli yo'qligidan va bemorlarni chuqur ruhiy tushkunlikka tushishlari va bu mavzuda suhbatlashishga uyalishlari sabab bo'ladi.
Shunga qaramasdan hozirgi vaqtda kasallikni davolash usullari juda yaxshi yo'lga qo'yilgan. Kasallikni darajasiga qarab konservativ va operativ davo usullari mavjud.

ico
Piyelonefrit kasalligi klinik belgilari, tashxislash va davolash usullari

Piyelonefrit – buyrak xastaliklari orasida eng keng tarqalgan kasallik. Bu xastalik 100 000 aholidan 100 tasida aniqlanadi. Ko‘proq, o‘smir qizlarda va yosh ayollarda uchraydi. Shuningdek, homiladorlik kasallik rivojlanishi uchun muqobil sharoit yaratadi. Agarda siydik tosh kasalligi yoki siydik yo‘llari anomaliyasi bo‘lmasa yosh va o‘rta yoshdagi erkaklarda piyelonefrit kamroq uchraydi.

[caption id="attachment_10277" align="aligncenter" width="1024"]Piyelonefrit Foto: rus-urologiya.ru[/caption]

Piyelonefrit bu yuqori siydik chiqaruv yo‘llari infeksiyasi hisoblanib, unda buyraklarning jomchalari, kosachalari, parenximasi va interstitsional to‘qimasi yallig‘lanadi. Yallig‘lanish yuqori siydik yo‘llariga infeksiya tushishidan kelib chiqadi. Yuqori siydik yo‘llariga infeksiya tushishi pastdan yuqoriga ko‘tarilishi bilan va qon orqali (gematogen yo‘l) tarqaladi. Siydik infeksiyasining sababi (75 foiz) ichak tayoqchasi bakteriyasi hisoblanadi.

Piyelonefrit turlari

Piyelonefritning birlamchi va ikkilamchi, bir tomonlama yoki ikki tomonlama, o‘tkir va surunkali turlari mavjud.

Piyelonefrit kasalligi belgilari

Kasallik quyidagi 3 ta klinik belgilarda yaqqol namoyon bo‘ladi:

  1. Tana harorati oshishi. Birinchi kunlardayoq, 39-40 °C gacha ko‘tariladi, keskin pastga tushib yuqoriga chiqadi, qaltiroq bosadi, ko‘p terlash kuzatiladi. Odatda bu holat 5-7 kun davom etadi.
  2. Og‘riq bel, biqin, qorinning pastki sohasida bir tomonda yoki ikki tomonda kuzatiladi.
  3. Siydik ajralishining buzilishi, tez-tez og‘riqli siyish, kechasi bezovta bo‘lish, siydik loyqalanishi kuzatiladi. Ushbu davrda, shuningdek, behollik, ishtahasizlik, og‘iz qurishi, ko‘ngil aynish, qayt qilish, qon bosimining oshishi, bosh og‘rishi, yurakning tez urishi kuzatilishi mumkin.

Kasallikni tashxislash uchun...

Tashxisni qo‘yish uchun umumiy qon, siydik tahlili, Nechiporenko sinamasi, qonda mochevina, kreatinin, qand, umumiy oqsil, elektrolitlar miqdori aniqlanadi. Buyraklar ultra tovush orqali tekshiriladi.

Piyelonefritni davolash

Davolash nefrolog tomonidan olib borilishi kerak. Kasallik paytida bemorga ko‘p yotish, og‘ir ko‘tarmaslik, og‘ir ish qilmaslik, sovuqdan saqlanish tavsiya etiladi. Bemor kam tuzli parhez saqlash kerak. Oqsillar me’yori bilan, o‘ta qovurilgan, o‘ta yog‘li ovqatlar taqiqlanadi. Tez-tez, oz-ozdan, 4-5 marotaba ovqatlanish kerak. Ko‘p miqdorda suyuqlik ichish zarur. Kun davomida sabzi, shotut sharbati, makkajo‘hori popugi, loviya po‘sti, namatak damlamalarini ichish kerak.

Qalampir, xom piyoz, sarimsoqpiyoz, turp, qizilcha, gorchitsa, shavel, tuzlamalar, sirka, shokolad, qahva, achchiq, choy, natriy tuzlari bilan to‘yingan mineral suvlar, sun’iy ichimliklar, alkogol mahsulotlari iste’mol qilish qat’iy man etiladi. Dorilardan-antibiotiklar, nitrofuranlar, uroseptiklar, spazmolitiklar, dezintoksikatsion vositalar, simptomatik terapiya, fizioterapiya qo‘llaniladi.

Kasallik qaytalanmasligi uchun ikkilamchi infeksiya o‘choqlarini (tomoq, quloq, burun, tishlar va h.k.) muntazam tozalab turish kerak.

© Oybek MIRZABAYEV, nefrolog.
"Tibbiyot gulshani"  gazetasi.

ico
Past qon bosimi bilan kurashish uchun tavsiyalar

Tibbiyot nuqtai nazaridan, insonlarda yuqori va past qon bosimi kuzatiladi. Gipotoniya — ko‘pincha past qon bosimi kuzatiladigan kasallik.

gipotoniya

Biz har kuni o‘zimizni tetik his qilish uchun qahva ichishga odatlanganmiz. Biroq bu kasallikni birgina qahva bilan davolab bo‘lmaydi. Gipotoniyaning klinik ko‘rinishi asosan charchoq hissi, ishlash samaradorligining pasayishi, bosh og‘rig‘i, lanjlik, o‘rindan turganda ko‘z oldining qorong‘ulashishi, uyqu kelishi, ba’zan esa hatto bosh aylanishi bilan kuzatiladi.

Gipotoniya — jiddiy kasallik va bu yerda o‘zboshimchalik bilan davolanib bo‘lmaydi. Murojaat qilinishi kerak bo‘lgan shifokor - kardiolog, u to‘liq tekshiruv o‘tkazib, sababini aniqlaydi va sizning kasalliklar tarixingizdan kelib chiqib, zarur dori vositalarini belgilaydi.

Past qon bosimi bilan kurashish

Past qon bosimi bilan kurashishning bir necha varianti mavjud:

Suv

Gipotoniklar kuniga odatdagidan 2-3 stakan ko‘proq suv ichishi kerak. Bu ularga qon bosimni me’yorda ushlab turishga yordam beradi.

Uyqu

Gipotoniklar 9-10 soat uxlashi kerak. Bu vaqt ularga kun davomida sarflagan kuchlarini qayta tiklashga yordam beradi.

Faol hordiq va piyoda sayr qilish

Harakat — bu hayot. Muntazam ravishda sport bilan shug‘ullaning. Eng yaxshi dori - piyoda sayr qilish, suzish, serharakat o‘yinlar. Bizning barcha harakatlarimiz qon aylanishini yaxshilaydi, u tomirlar bo‘ylab harakatlanib, tanadagi barcha organlarni ishlashga majbur qiladi va natijada umumiy jismoniy holat yaxshilanadi.

Dush

Kontrast dush juda foydali, chunki u qon tomirlar holatini yaxshilaydi. Sovuq suv quyish, sauna, uqalash va h.k. Biroq shuni yodda tutish lozimki, harorat rejimini keskin o‘zgartirish (sovuqdan issiqqa chiqish) mumkin emas. Bu hatto hushni yo‘qotishgacha olib kelishi mumkin.

Ehtiyotkorlik

Past qon bosimi kuzatiladigan kishilar o‘rinlaridan keskin turishlari tavsiya etilmaydi. Keskin qo‘zg‘alish natijasida gipotonik hushini yo‘qotishi mumkin.

Uqalash

Su Jok terapiyaga ko‘ra, quloqlar organizmning eng ta’sirchan nuqtalaridan biridir. Uqalash mashqlarini qo‘lda yoki biror ingichka predmet, masalan, gugurt cho‘pida amalga oshirish mumkin. Gugurt cho‘pi yordamida qulog‘ingizdagi eng og‘riqli nuqtani topib, o‘zingizni yaxshi his qilmaguningizcha uqalayvering. Avval og‘riqli nuqta atrofini (20 soniyacha), keyin esa og‘riqli nuqtalarni bosib uqalanadi.

Bosim kuchi va chastotasini, shuningdek ta’sir nuqtalarini o‘zgartirib turing, ora-orada tanaffus qiling. Agar bosh aylanishi, kuchsizlanish yoki boshqa belgilar namoyon bo‘la boshlasa, uqalash mashqlarini to‘xtating. Qo‘l va oyoqlaringizdagi barmoqlar uchlarini uqalang, ular deyarli butun tana a’zolariga ta’sir o‘tkazadi.

Agar gipotoniyadan aziyat chekayotgan bo‘lsangiz, unutmang, salomatligingiz o‘z qo‘lingizda. O‘zingizga qanday munosabatda bo‘lsangiz, shunday his qilasiz. Shunday ekan, sog‘liq borasida qayg‘urishni orqaga surmang. Yuqoridagi tavsiyalarga amal qiling va salomat bo‘ling!

Gipotoniya kasalligini bartaraf qilishda tavsiya etiladigan tabiiy retseptlarni haqida MANA BU YERDAN ma'lumot olishingiz mumkin.

© Kristina Smirnova.
Orthodox.od.ua / Kun.uz

ico
Puls normada qancha bo‘lishi kerak?

Puls — bu yurakning bir daqiqada qancha urishini ko‘rsatuvchi belgi.

Agar jarrohlik operatsiyasi o‘tkazilmasa, yurakning o‘zini bevosita ko‘ra olmaymiz. Shuning uchun pulsni o‘lchaganda arteriyalar devorlarining qisqarishidan foydalanamiz: yurak ularga qon “haydaganda” ular ham ikkilanadi.

Puls chastotasini tekshirish uchun barmoqlar uchini arteriya o‘tadigan joyga qo‘ying va zarbalarni his qilish uchun shu joyni bosing. Bir daqiqa mobaynida uruvchi zarbalar sonini hisoblang - ana shu puls bo‘ladi. “Layfxaker” shu haqidagi maqolasi bilan bo‘lishdi.

Arteriya teriga yaqin o‘tadigan joylar:

Pulsni aniqlash uchun eng qulay joylar - bilak va bo‘yin sohasida: bu sohalarda nafaqat shifokorlar, balki deyarli hamma pulsni sezadi. Bolalarda son arteriyasida pulsni o‘lchash osonroq kechadi, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning pulsini esa boshidan kuzatish mumkin.

Bo‘yin bilan ehtiyot bo‘lish kerak. Agar bo‘yindagi arteriyani qattiqroq bosib yuborilsa, bosh aylanib ketishi mumkin, shuning uchun bo‘yindan puls o‘lchaganda o‘tirgan yoki yotgan holatda o‘lchash tavsiya etiladi.

Normal puls qanday bo‘lishi kerak?

Puls doimo bir xil bo‘lavermaydi, shu bois me’yoriy zarbalar sonini aniq ko‘rsatib bo‘lmaydi. Faqat diapazonnigina ko‘rsatish mumkin. Quyidagi jadvalda minimal pulsdan maksimalgacha bo‘lgan ko‘rsatkichlar berilgan.

Puls me’yordan baland bo‘lsa, nimani bildiradi?

Organizmning umumiy holati bilan birga atrof-muhit ham pulsga ta’sir o‘tkazadi. Jaziramada, jismoniy mashqlardan keyin, stressda yoki tik oyoqda turganingizda yurak tezroq uradi. Insondagi kasalliklar va ba’zi dorilar ham pulsga ta’sir ko‘rsatadi: ular pulsni tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkin.

Agar yuragingiz vaqti-vaqti bilan tezroq yoki sekinroq urayotganini sezsangiz, boshingiz aylanib, o‘zingizni lanj his qilsangiz, shifokorga murojaat qiling. Ehtimol, bu biror kasallik belgilaridir.

© Kun.uz

ico
Poliomiyelit

Poliomiyelit - o‘tkir yuqumli kasallik. Bunda asab tizimi zararlanadi. Kasallik bemorda falajlik bilan yoki falajsizlik bilan kechadi. Poliomiyelit virusining manbasi bemor yoki kasallikdan tuzalgan kishi, shuningdek sog‘lom tashuvchilardir. Infeksiyaning asosiy yuqish yo‘li oziq-suv hisoblanadi. Havo-tomchi yo‘li bilan kamdan kam hollarda yuqadi. Bu virus bilan 6 oydan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar, ba’zan yoshi katta insonlar ham zararlanishi mumkin.

[caption id="attachment_2492" align="aligncenter" width="480"]Poliomiyelitga qarshi emlash Poliomiyelitga qarshi emlash[/caption]

Turli shakllari mavjud

Kasallikning yashirin davri 5 kundan 35 kungacha davom etadi. Harakat buzilishlariga ko‘ra poliyomiyelit falaj bilan yoki falajsiz poliyomiyelitga bo‘linadi. Falajsiz poliomiyelitga abortive va meningeal shakllar, falaj bilan kechadigan poliyomiyelitga spinal, bulbar va pontin shakllari kiradi. Bu kasallik asoratlari xavfli kasalliklar toifasiga kiradi. Yuqorida sanab o‘tilgan turlariga ko‘ra har bir turda organizmda jiddiy o‘zgarishlar yuzaga keladi (og‘riqlar, diafragma falajligi, pay reflektorlarining pasayishi, halqum muskullari falaji, es-hushning buzilishi).

Poliomiyelit erta, kompleksli, patalogik jrayonning darvi hamda shakl va tarqalishi hisobga olib davolanadi. Bu kasallik mamlakatimizda kam uchraydi. Sababi mamlakatimizda bolalar yoshligidan bu kasallikka qarshi emlanadi.

[box type="info" ]Maqola Avitsenna.uz saytining "Ensiklopediya" rukni orqali e'lon qilinmoqda. Bu rukn orqali siz tibbiy atamalar, kasalliklar haqida ma'lumot olishingiz mumkin. Rukn har doim to‘ldirilib boriladi![/box]

 

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Pampersli enurezning sababi nima?

So‘nggi yillarda pediatrlar tamaddun yutug‘i bilan bog‘liq bo‘lgan yangi muammoga duch kelishdi. Hozirda bolalar zamonaviy tagliklar – pamperslar “qurboni”ga aylanib borayapti.

Natijada go‘daklar tuvakka o‘rgangisi kelmayapti. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganda laboratoriya tahlillari me’yorida, kasallik belgisi yo‘q. Ammo, bola hamon tagini ho‘llaydi.

Juda qulay, zamonaviy, bir martalik, havo o‘tkazuvchan, gipoallergen, gelli, teshikchali, rangli-musiqali tagliklar o‘zida ko‘rinmas xavfni yashiradi. Bunday xavflardan asosiysi tuvak keraksiz buyumga aylanmoqda. Onalar uchun tagliklardan muntazam foydalanishga undaydigan asosiy vaj – bolaning tagi ho‘l bo‘lmay, sovuqqotmasligi asli bahona. Pamperslarni qo‘llaganda qovuq bo‘shaydi, bolaning tagi esa hamon quruq. Natijada bolada beixtiyoriy peshob ajratishni to‘xtatishga hamda tuvakka o‘tirishga xohishning o‘zi ham yo‘q.

Pampersli enurezni hech nima bilan davolab bo‘lmaydi. Go‘dakni ixtiyoriy qovuqni nazorat qilish ko‘nikmalariga o‘rgatib borish zarur. Faqat buni u katta bo‘lgani sari bajarishi mushkul bo‘ladi. 1 yoshli bolaga “siyging kelsa ayt” deb bo‘lmaydi. O‘ta qulay taglik bo‘lganda esa umuman bu haqida og‘iz ochmasa ham bo‘ladi. Pediatrlar bolani necha yoshdan boshlab tuvakka o‘rgatish kerakligi xususida bahslashadi. Javob bitta: qancha vaqtli bo‘lsa, shuncha yaxshi. Faqat g‘arblik hamkasblarimiz tavsiya etganlaridek 2 yoshdan emas.

Kichkintoy bilan ham dildan uning “tili”da suhbat qilish kerak. Shunday qilib pamperslar – qulay vosita. Biroq, ulardan to‘g‘ri foydalanish zarur va muhimi vaqtida ulardan voz kechish kerak. Aks holda bolada pampersli enurez deb ataladigan psixologik muammo yuzaga kelishi mumkin.

Enurez profilaktikasiga bolaning normal rivojlanishini ta’minlash, uni erta yoshdan boshlab to‘g‘ri tarbiya qilish, yoshga oid zarur gigiyenik qoidalarga rioya qilishga o‘rgatish ham kiradi. Hurmatli ota-onalar, bolani tagini ho‘llab qo‘ygani uchun koyish mumkin emas. Bemor bola ayniqsa, kattalarning o‘ziga nisbatan mehru muruvvat ko‘rsatishlariga hamda e’tibor, chiroyli muomila qilishlariga muhtojdir.

Mavzuga aloqador maqola: Bola nega siyib qo‘yadi?

© Tohir HOJIMЕTOV,
tibbiyot fanlari nomzodi,
Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi mutaxassisi.
"Sog‘lom avlod" gazetasi.
Soglom.uz

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Plevrit qanday kasallik?

Plevrit – plevra pardalarining fibrin yoki plevra bo‘shlig‘ida yallig‘lanish suyuqligi – ekssudat to‘planishi bilan kechadigan kasallikdir. Ba’zan plevra bo‘shlig‘ida yallig‘lanish bilan bog‘liq bo‘lmagan ravishda har xil kasalliklar sababli patologik suyuqlik – trassudat to‘planishi bilan kechadigan holatlar ham shu nom bilan ataladi. Ikkala o‘pka tashqi tomonidan visseral plevra, ular joylashgan ko‘krak qafasining ichki yuzasi pariyetal plevra bilan qoplangan bo‘lib, ikkala plevra pardalari orasining ma’lum yerlarida plevra bo‘shlig‘i mavjud bo‘ladi. Kasallik vujudga kelganda shu yerlarda suyuqlik to‘planishi mumkin.

Plevrit ko‘pincha mustaqil kasallik emas, 50 tadan ziyod kasalliklarda uchraydi. U o‘pka yoki kamroq hollarda plevra pardalariga qo‘shni a’zolar (ko‘krak qafasi, ko‘ks oralig‘i, diafragma osti bo‘shlig‘i) kasalliklari asorati sifatida rivojlanadi. Ba’zi hollarda plevrit tizimli kasalliklarning bir ko‘rinishi – belgisi hisoblanadi. Plevrit kasalligi rivojlanish sabablariga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: infeksion va infeksiya bilan bog‘liq bo‘lmagan (aseptik) plevrit.

Infeksion plevrit sabablari pnevmokokk, stafilakokk, sil tayoqchalari, mikoplazma, zamburug‘, protozoy va boshqalar bo‘lishi mumkin. Infeksiya bilan bog‘liq bo‘lmagan aseptik plevrit sabablari o‘smalar, limfogranulematoz, biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklari, jarohatlanish (travma), o‘pka infarkti, o‘tkir leykoz, gemorragik, diatez, infarktdan keyingi Dressler sindromi bo‘lishi kuzatiladi.

Plevrit turlari

Plevritlar ikki xil bo‘ladi: quruq plevrit va ekssudatli plevrit. Quruq plevritda plevra pardalarining yallig‘lanishi uning yuzasida biroz fibrin to‘planishi bilan kechadi. Bunda visseral va pariyetal plevra pardalari yallig‘lanishi sababli qizarib, shishib qalinlashadi. Quruq plevrit yuqorida keltirilgan sabablar bilan bog‘liq ravishda rivojlanishi mumkin. Sil kasalligi bilan bog‘liq bo‘lgan quruq plevrit plevra ostida sil o‘chog‘i joylashganda yoki u plevra bo‘shlig‘iga yorilib, tarqalib ketganida, shuningdek, qon orqali tarqalganda yuzaga kelishi mumkin. Ba’zi hollarda quruq plevrit sil kasalligi boshlanishining birinchi belgisi sifatida kasallik yuqqanidan bir necha oy keyin rivojlanishi mumkin.

Plevrit kasalligining rivojlanishida asosiy sababdan tashqari yana plevraning giperergik reaksiyasi bilan kechadigan tana sezuvchanligining o‘zgarishi ahamiyatga ega. Ko‘pincha quruq plevrit ekssudatli plevrit rivojlanishidan oldin paydo bo‘ladi.

Kasallik birdan qattiq og‘riq bilan boshlanishi mumkin. Og‘riq pariyetal plevraning qovurg‘a sohasi shikastlanganda ko‘krak qafasining yallig‘lanish rivojlangan joyida paydo bo‘ladi. Plevraning boshqa qismlari yallig‘langanda og‘riq yelka mushaklarida, o‘ng qovurg‘a ostida, to‘sh suyagining orqasida va qo‘lda bo‘ladi. Og‘riq nafas olish cho‘qqisida, yo‘talganda, so‘zlashganda, qarama-qarshi tomonga egilganda kuchayadi, kasal tomonini bosib yotganda esa kamayadi.

Eng kuchli og‘riq kasallikning boshlanishida bo‘ladi. Visseral plevra yallig‘lansa og‘riq kuchli bo‘lmaydi. Ekssudat paydo bo‘lganda og‘riq kamayishi va yo‘qolishi mumkin. Quruq yo‘tal bo‘lib, tana harorati ko‘tarilmasligi, gohida subfebril bo‘lishi kuzatiladi. Nafas olganda ko‘krak qafasining yallig‘langan tomonidagi harakat sog‘ tomoniga nisbatan sustroq bo‘ladi. Ko‘krak qafasining yallig‘lanish joylashgan yeri qo‘l bilan yengil bosilsa og‘riydi, mushaklar qattiqlashgani aniqlanadi. Kaft orqali plevraning ishqalanish shovqini seziladi.

Shuningdek, kasallik 1-3 hafta davom etib tuzalishi yoki ekssudatli plevrit rivojlanishi mumkin. Uzoq davom etadigan quruq plevrit o‘pka yoki limfa tugunchalarida faol sil kasalligi mavjudligidan dalolat beradi. Quruq plevritni davolash choralari asosiy kasalliklarni (sil, zotiljam va boshqalar) davolashdan iborat bo‘ladi. Analgetiklar, yo‘talga qarshi dorilar beriladi.

Ekssudatli plevrit plevra pardalarining plevra bo‘shlig‘ida yallig‘lanish suyuqligi – ekssudat paydo bo‘lish bilan kechadigan kasallikdir. Ekssudat sifatiga ko‘ra seroz, fibrinoz, gemorragik, yiringli, xilyoz va aralash bo‘ladi. Plevra pardalari yallig‘lanib, ulardagi tomirlar devorining o‘tkazuvchanligi oshib, plevra bo‘shlig‘ining pastki yonboshlarida manfiy bosim ta’sirida ekssudat to‘planadi.

Ekssudat ko‘paya borgan sari o‘pkadagi havoni siqib chiqarib, uni zichlaydi, ko‘ks oralig‘idagi a’zolarni sog‘ tomonga suradi. Natijada o‘pka va yurak ishi yomonlashadi. Kasallik ba’zi hollarda asta-sekin, bazida birdan boshlanadi. Tana harorati 39-40oS gacha ko‘tarilishi, ko‘krak qafasida sanchiqli og‘riq bo‘lishi, qiynaydigan yo‘tal bezovta qila boshlaydi. Bemor majburiy holatda o‘tirishi (ekssudat ko‘p bo‘lganda), ba’zan kasallangan yonboshida yotganligi ko‘riladi.

Kasallik belgilari

Hansirash, ko‘karish, terlash, et junjikishi, behollik, ishtahasizlik, zaharlanish belgilari kuzatiladi. Ko‘krak qafasining kasallangan tomoni nafas olishda sust qatnashadi yoki ishtirok etmay, biroz ko‘tariladi. Ekssudat ko‘p bo‘lganda yurak sog‘ tomonga suriladi, faoliyati yomonlashib, tez uradi va qon bosimi pasayadi. EKGda miokarddagi o‘zgarishlarga xos belgilar qayd qilinadi.

Quruq va ekssudatli plevritlarni diagnostika qilish uchun shifokor maxsus usullar bilan tekshirib ko‘radi. Rentgen usuli bilan tekshirganda, qon, siydik tahlillarida o‘ziga xos va asosiy sababiga ko‘ra o‘zgarishlar topiladi.

Ekssudatli plevrit asosiy kasallikka bog‘liq ravishda 1,5-2 oy davom etadi, ba’zida plevra pardalari bir-biriga yopishib qoladi. Ekssudat juda ko‘p bo‘lganda (2,5-3 l) o‘tkir o‘pka-yurak va qon tomirlar yetishmovchiligi rivojlanib, bemor ahvoli keskin yomonlashadi. Ayrim hollarda plevritlar cheklangan, xaltalangan (diafragmal-ko‘ks-kostal) bo‘lib, chandiqlar hosil qilishi mumkin. Yiringli plevritlar juda og‘ir kechadi. Plevra bo‘shlig‘ini punksiya qilib, suyuqlik (ekssudat)ni olib tekshirib, kasallik sababini aniqlash kerak. Ekssudatli plevrit asosiy kasallikka qarab davolanadi. Muntazam ravishda ekssudatni punksiya yo‘li bilan olib, o‘rniga kerakli dorilar yuboriladi.

Bundan tashqari, kasallik qo‘zg‘atgan sababdan qat’i nazar yallig‘lanishiga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi, sensibilizatsiyani kamaytiruvchi va yo‘talga qarshi dorilar qo‘llaniladi. Suyuqlik so‘rila borgan sari nafas olish gimnastikasi, massaj qo‘llaniladi. Umumiy quvvatlantiruvchi, simptomatik, zaharlanishni kamaytiruvchi dorilar, biostimulyatorlar beriladi. Yallig‘lanish jarayoni to‘xtagandan so‘ng mahalliy va maxsus kasalxonalarda davolash mumkin. Kasallik oqibati va mehnatga layoqat plevritlarga sabab bo‘lgan asosiy kasallikka, bemorning yoshiga, nafas olish va yurak-tomirlar a’zolarining ish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Bemor o‘z vaqtida shifokorga murojaat etib, to‘liq davolanib, tavsiya qilingan muolajalarga rioya qilsa, kasallikdan butunlay forig‘ bo‘ladi.

Sh. G‘afforov, tibbiyot fanlari nomzodi.

"O‘zbekistonda sog‘likni saqlash" gazetasi.

 

Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Pulmoksoldir.

Pulmoksol bu – 30 mg/5 ml 150 ml sirop va bolalar uchun 15 mg/5 ml 150 ml sirop (o'lchov stakani bilan birgalikda)

Har 5 ml sirop tarkibi:

Faol modda: ambroksol gidroxloridi 15 mg; Yordamchi moddalar: benzoy kislotasi, sorbitol (70%), qulupnay essensiyasi, deionizatsiya qilingan suv.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi - https://apteka.uz/product/pulmoksol

Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Tonzilgon N, Rinoksil, Suprima bronxo, Ambroksol, Linkas va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Pollinoz changga allergiyami?

Fasllar kelinchagi bahorni kim sevmaydi deysiz. Borliq yashil rangga burkanadi. Ayniqsa, daraxtlar, yam-yashil oʻsimliklar, rang-barang gullar – butun olamga oʻz chiroyini koʻz-koʻz qiladi va bizni sehrlab qoʻyadi. Toʻyib-toʻyib koʻklam taftini, gullar iforini sipqorging keladi.

Ammo taassuflar boʻlsinki, hammamiz ham shunday qila olmaymiz, bizni hayajonga solgan gullar changi hamisha ham salomatligingizga ijobiy taʼsir etavermaydi. Ularning baʼzilari tibbiyot tilida allergiya deb atalgan va hozirda koʻpchilikni qiyin ahvolga solib qoʻyayotgan xastaliklarni qoʻzgʻaydi. Shunday oʻsimliklar singari, turli xil neʼmatlar, moddalar shu xususiyati uchun allergen deb ataladi.

pollinoz, changga allergiya

Uy va oʻsimliklar changlari, uy hayvonlarining terisi, qazgʻogʻi va junlari, har xil dori-darmonlar va bir qator oziq-ovqatlar allergik xastaliklarni zohir qilishi mumkin. Ammo, barcha oʻsimlik va gullar ham bunday holatni keltirib chiqaravermaydi. Chunonchi, shimolda fazoga taralgan oʻsimlik gullari changlarining baʼzi birlari allergiya belgilarini keltirib chiqarishi mumkin. Bu allergenlar aksariyat kishilarda tumov xastaligi yoki (“polin” inglizlarda oʻsimlik changi degani) boshqa ibora bilan aytadigan boʻlsak – “pichan isitmasi” shaklida namoyon boʻladi.

Pollinoz kasalligi sabablari

Bu xastalikni keltirib chiqaruvchi bizga maʼlum omillarga terak, shaftoli, majnuntol, chinor singari daraxtlarning gullari, shuningdek, ismaloq, suli, togʻ yalpizi, ermon, burgan, sassiq va xushboʻy shira, makkajoʻxori, shuvoq, kungaboqar va boshqa oʻnlab oʻsimliklarning gullari changini kiritish mumkin.

Bu oʻsimliklarni shartli ravishda 2 guruhga boʻlish mumkin: shamolda changlanuvchi va hasharotlar yordamida changlanuvchi oʻsimliklar.

Pollinoz belgilari

Yuqorida sanab oʻtgan oʻsimliklarning gullash davriga qarab xastalik xuruj qiladigan davr boshlanadi. Bunda bemorning burundan nafas olishi birmuncha qiyinlashadi (baʼzan burun butunlay bitib qolib, bemor faqat ogʻizdan nafas oladi), betinim aksa uradi, burunning shilliq qavati shishadi, oʻtkir tumov alomatlariga xos belgilar boshlanarkan, hatto bemorga dastroʻmolcha yetkazish qiyin boʻlib qoladi. Shuningdek, bemorda burun, tanglay, koʻz qichishadi. Koʻzdan ketma-ket yosh oqadi. Ertalablari koʻz atrofi shilliq pardasida yiring paydo boʻlishi ham mumkin.

Bundan tashqari, bemorlarda umumiy ahvolning ogʻirlashishi, bosh ogʻrigʻi, baʼzan quruq yoʻtal, serjahllik, tez charchash alomatlari qoʻshilib boradi. Allergik tumovning xuruji shunchalik kuchli boʻladiki, hatto bemorni vaqtincha ishga yaroqsiz ham qilib qoʻyishi mumkin. Bemorda tumov kuchaya borib, burun shilliq qavatining qon bilan taʼminlanishi buziladi.

Xastalikning qanchalik ogʻir oʻtishi havodagi oʻsimlik changlari miqdoriga, kasallikning mavsumiy oʻtishiga va har bir bemorning changga nisbatan sezgirlik darajasiga bogʻliq. Ayniqsa, hidga nisbatan oʻta sezgir bemorlarda havodagi turli hidlarning sal ortishi, havo haroratining oʻzgarishi ham oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Xastalik havo quruq, issiq boʻlib shamol esgan kunlari nihoyat darajada kuchayadi va aksincha, biroz sovuq havoda yoki hatto ertalabki salqinlik vaqtida ancha “qoʻyib” yuboradi yoki moʻtadillashadi.

Yuqorida bayon qilib oʻtilgan holatlarga mayda bronx va bronx shilliq qavatlari ham qoʻshilsa, u holda bemorning nafas olishi qiyinlashadi, natijada “chang astmasi” belgilari vujudga keladi. Bunda bemorning koʻrinishi oʻzgarib, yoʻtaladi, nafas olish va chiqarish ogʻirlashadi, bemor boʻgʻila boshlaydi. Koʻkarib ketadi. Bu holatni allergik tumov bilan ogʻrigan va ogʻriyotgan bemorlarning 20 foizida kuzatish mumkin.

Faqatgina oʻsimlik changigina aybdormi?

Xoʻsh, odamlarning shunday aziyat chekishlariga faqat oʻsimlik changigina aybdormi? Yoʻq, albatta bu “aybdor”lar qatoriga xastalikning avj olishiga turtki boʻladigan boshqa omillar ham kiradi. Jumladan, xalq xoʻjaligi tarmoqlariga kimyoviy moddalarning tobora koʻproq kirib kelayotgani, atrof-muhitning ifloslanishi, ayniqsa havo oqimida kanserogen, allergik va boshqa moddalarning kundan-kunga ortib borishi, kimyoviy dori-darmonlarning tabobat olamida keng va beqiyos darajada koʻp ishlatilishi, ayniqsa bemorlarning shu dorilarni nazoratsiz pala-partish “oʻzbilarmonlik” bilan isteʼmol etishlari allergiya xastaligi keng tarqalishiga sabab boʻladi. Shunday ekan darddan forigʻ boʻlish yoʻli bormi, degan savol tugʻilishi tabiiy albatta. Eng avvalo shuni aytib oʻtish kerakki, koʻpchilik bemorlar xastalikning boshlanish davrini “oʻtkazib” yuboradilar. Tumov boʻlibman deya oʻzbilarmonlik bilan dori-darmon qilishadi.

Pollinoz kasalligini davolash

Xastalikni oddiy dori-darmonlar bilan davolash esa har doim ham koʻngildagidek natija beravermaydi. Chunki ularning baʼzilarining oʻzi bemorda qoʻshimcha allergik holatni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun allergiyaga moyil bemor har bir dorini nihoyatda ehtiyotkorlik bilan yondashib, avval “sinab koʻrib” soʻng isteʼmol qilishi zarur.

Bunda xastalik alomatini sezgan bemor zudlik bilan allergolog-shifokorga uchrashi va nazoratida boʻlishi kerak. Xastalikning oldini olish uchun imkon qadar allergendan uzoqda boʻlish, uning gullash davrida havo almashtirish – iqlimi namroq yerlarda dam olishga borish, agar buning iloji boʻlmasa, allergen oʻsadigan dalalarga, dala hovlilarga, bogʻlarga bormaslik kerak. Agarda shu yerda xizmat qilishga toʻgʻri kelib qolsa, u holda koʻz uchun himoya oynagi va niqobidan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu esa yuqori nafas yoʻllariga allergenlar taʼsirini bir oz boʻlsada kamaytiradi.

Pollinoz xastaligiga chalingan bemorlar oʻz organizmlari, ayniqsa yuqori nafas yoʻllarini chiniqtirishlari lozim. Yovvoyi holda oʻsib, atrof-muhitga oʻz allergenlarini tarqatuvchi ermon, shuvoq, shoʻra, burgan, ismaloq singari giyohlarni yoʻqotish, xastalikni oldini oluvchi omillardan biridir. Xastalik avj olgan davrda hamda xuruj nafas siqish jarayoni bilan kechayotgan davrda shamollab qolmaslik, muzdek chanqovbosdi ichimliklarni isteʼmol qilmaslik darkor.

Shuningdek, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, bemor yotadigan xonada chang tutuvchi narsalar: gilam, paryostiq saqlanmasligi, xonani nam latta bilan tez-tez artish, tozalash lozim. Bulardan tashqari, bemorning ovqatlanishiga eʼtibor muhim oʻrin tutadi. Oʻz vaqtida tarkibida allergenlar boʻlmaydigan yoxud allergiyani qoʻzgʻatmaydigan ovqatlarni isteʼmol qilish lozim. Baliq, asal, limon, pista-bodom, tortlar, tovuq goʻshti, tuxum, shokolad, apelsin, xolva, pista yogʻi, rangli chanqovbosdi ichimliklar singari allergiyani qoʻzgʻatadigan va uni zoʻraytiruvchi oziq-ovqatlardan oʻzini tiyish yaxshi samara beradi.

Umuman, allergiya odamni ancha sarosimaga solib qoʻyadigan, baʼzan uzoq yillar davom etadigan xastalikdir. Xastalik qanchalik oʻz vaqtida aniqlanib, davolansa, shunchalik qisqa vaqt ichida undan butunlay holi boʻlish mumkin. Buning hammasi oʻzimizga bogʻliqdir.

Allergiya alomatlarini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Teriksdir.

Teriks bu – qobiq bilan qoplangan 10 mg n10 (1x10) tabletkalar (blister ko’rinishida).

1 ta qobiq bilan qoplangan tabletka tarkibi:

Faol modda: cetirizin dihidroxlorid 10 mg. Yordamchi moddalar: Makkajo'hori kraxmali, monogidrad laktoza, PVP K30, magniy stearat, Sheffcoat white 04 5X00257/5X00266 (Gidroksipropilometilsellyuloza, titan dioksid, polietilen glycol / makrogol).

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi - https://apteka.uz/product/teriks

Allergiyada keng qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Zodak, Fenistil gel, Allerkaps, Alsetro, Aldes, Zefeksal, Klaridol va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Qutbiddin Nizomov. Allergolog.
Jamshidbek Nazarov. Allergolog.
“Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash” gazetasi. 

ico
Parodontoz - sabablari, alomatlari, turlari va davolash

Parodontoz - bu tishni o'rab turgan to'qimalarning: milk, periodontal to'qima, sement, alveolyar o’smalarning yallig'lanishsiz kechadigan surunkali kasalligi.

Parodontoz kasalligi kam uchraydigan kasallik. Ma'lumotlariga ko'ra, parodontoz kasalligi bilan og'rigan bemorlar 1 dan 8 % gacha. Agar kasallik o'z vaqtida davolansansa, kasallanish jarayoni sezilarli darajada sekinlashishi mumkin. Sizga bu qanday kasallik ekanini, alomatlari va davolash usullarini aytib beramiz

Milklar parodontozi
Foto: d-ruki.ru

Parodontoz haqida

Parodontning ayrim joylari atrofiyasi, suyak to'qimalarida sklerotik o'zgarishlari bilan birga yuz beradi, bu esa tishlarning bo'yinlari ochilib qolishiga olib keladi. Hamma gap shundaki, kasallik ba'zida alomatsiz bo'lib, bemor bu haqda hatto bilmaydi.

Ammo, kasallik o'z vaqtida davolanmasa, parodontoz asta-sekin tishlarning bo'shashishiga va ularning sezgirligining patologik darajada o'sishiga olib keladi.

Stomatologlar parodontoz kasalligini quyidagi turlarga ajratadilar:

  • Lokal: jag'ning ma'lum bir qismidagi tish bo'yinlari ta'sirlanadi;
  • To’liq: butun tish qatorida xarakterli alomatlar paydo bo’ladi.

Parodontoz sabablari

Kattalardagi parodontoz kasallikning sabablari to'liq o'rganilmagan. Tish shifokorlari parodont sohada, tishni o'rab turgan to'qimalarda qon oqimining buzilishi metabolizm buzilishi, irsiy omillar va noto’g’ri prikus tufayli bo'lishi mumkin deyishadi.

Buning sabablariga quyidagilar kiradi:

  • parodont shikastlanishi;
  • og'iz gigienasining buzilishi;
  • tanadagi vitaminlar, minerallar yetishmasligi;
  • immunitetning pasayishi;
  • gormon ishlab chiqarishda uzilishlarga olib keladigan endokrin patologiyalar;
  • yomon odatlarning mavjudligi;
  • nevrologik muammolar.

Parodontoz alomatlari

Shifokorlar kasallikning ikkita eng asosiy alomatlarini ajratadi:

  • milklarning ochilib qolishi;
  • tishlarning harakatchanligi.

Umuman olganda, kattalardagi parodontoz kasalligining aniq belgilari:

  • tish bo'ynining va ildizlarning ochilib qolishi;
  • milklarning oqarishi;
  • tishlarning sovuq, issiq, sho'rga nisbatan sezgirligini oshishi;
  • tish emalining nuqsonlari va rangi o'zgarishi;
  • suyak sklerozi;
  • tishlararo bo'shliqlarning vizual kengayishi;
  • milk qismlaridagi qichishish.
Parodontoz ko'rinishi
Foto: chstom.ru

Bemor dastlabki simptomlarni o'zi aniqlay oladi, chunki shilliq qavatning odatdagi holati va ko'rinishi buziladi. Masalan, milk o’z ranglarining yorqinligini yo'qotadi, ular zichroq bo'ladi, tishlarni tozalashda milkdan qon ketishi mumkin, tish to'qimalarining sezgirligi oshadi.

Parodontoz kasalligi rivojlanish darajalari

Tish shifokorlari tishlarning ildizlari va rentgen nuriga ta'sir qilish darajasiga qarab kattalardagi parodontoz kasalligi darajasini aniqlaydi.

Boshlang'ich. Ushbu bosqichda to'qimalardagi o'zgarishlar deyarli sezilmaydi, shuning uchun ularni faqat mutaxassis aniqlay oladi.

Birinchi bosqich. Milklar ozgina pasayadi tishlar vaqti-vaqti bilan sovuqqa, issiqqa ta'sir qiladi.

Ikkinchi bosqich. Tishlarning bo'yni sezilarli darajada ochiladi, ta'sirchanligi va sezgirligi oshadi, tishlararo bo'shliqlar kengayadi va ba'zi joylarda emal o'rniga sement paydo bo’ladi.

Uchinchi bosqich. Milk 50% dan ko'proq pasayadi. Ovqatni iste'mol qilish ko'pincha noqulaylik tug'diradi va tishlar asta-sekin bo'shashishni boshlaydi.

To'rtinchi bosqich. Milk 65% dan ko'proq pasayadi. Bo'shashgan tishlar ovqatlanishni va gapirishni qiyinlashtiradi. Rentgen nurlarida ularni suyakda faqat uch qismi ushlab turigani ko’rinadi.

Parodontozni tashxislash

Parodontoz kasalligi diagnostikasi shifokor qabulidan boshlanadi. Kasallik darajasiga qarab tish shifokori rentgen tekshiruvini (ortopantomogramma) belgilaydi. Ushbu turdagi tekshiruvlar bilan suyak to'qimalari hajmining pasayishi, osteoporoz va osteoskleroz o'choqlarini aniqlash mumkin.

Shuningdek, reoparodontografiya (parodontning qon tomirlari holatini o'rganish, ularning o'zgarishi darajasini aniqlash) va polyarografiya (parodont to'qimalarning kislorod bilan to'yinganlik darajasini aniqlash) usullari mavjud.

Parodontoz kasalligini davolash

Bu kasallikni davolash bosqichiga qarab, shifokor tomonidan alohida belgilanadi. Asosan, bemorlar kasallikning dastlabki alomatlarini sezmaydilar va faqat rivojlangan holatlarda mutaxassisga murojaat qilishadi. Bunday vaziyatda tishlarning parodontoz kasalligini davolashga yondashuv murakkab bo'ladi.

Milkka qon kelishini yaxshilash uchun bemorga fizioterapiya muolajalari buyurilishi mumkin. Buning uchun turli xil texnikalar qo'llaniladi:

  • elektroforez;
  • qisqa ultrabinafsha to'lqinlari ta'siri;
  • ultratovush;
  • milklar massaji;

Parodontoz lazer yordamida ham davolanadi. Bu to'qimalarning tiklanish qobiliyatini tezlashtirishga, yallig'lanishga qarshi ta'sirga dosh berishga yordam beradi, og'iz bo'shlig'idagi ortiqcha bakteriyalarga qarshi kurashadi, shishishni engillashtiradi va milkning qonashini kamaytiradi.

Kasallik avjiga chiqqan holatlarda parodontozni davolash jarrohlik aralashuvi bilan kechadi. Biomaterial sifatida parodontdagi regenerativ jarayonlarni tanlab rag'batlantiradigan turli xil hujayra madaniyatlari ishlatiladi.

Parodontozda qanday dorilar buyuriladi?

Shifokor davolash uchun mahalliy yoki tizimli ravishda dori-darmonlarni buyuradi. Antibakterial vositalar, gormonal dorilar buyurilishi mumkin. Dori vositalari distrofik jarayonlarni susaytiradi, yallig'lanish faolligini pasaytiradi. Bularning barchasi parodontdagi metabolik jarayonlarni rivojlantiradi, tishlarning oziqlanishini yaxshilaydi va ularni mustahkamlaydi.

Parodontoz kasalligining oldini olish

Parodontoz ko'p hollarda endokrin kasalliklar, qandli diabet bilan og'rigan odamlarda uchraganligi sababli, bu sizning sog'lig'ingizni va surunkali kasalliklarning rivojlanishini kuzatishingiz kerakligini anglatadi.

- "Tishlarni kuchaytirish kerak - shinalar, iplar yoki protezlar yordamida mustahkamlash kerak" - deydi shifokor.

Gigiena haqida ham unutmasligimiz kerak. Tish shifokorlari kuniga ikki marta 4 daqiqa yoki undan ko'proq vaqt davomida tishlarini tozalashni, tish iplari bilan oziq-ovqat qoldiqlarini olib tashlashni, har ovqat va tanovuldan so'ng og'zi chayishni va har 3 oyda tish cho'tkasini almashtirishni tavsiya qiladi.

Parodontoz to'g'risidagi savollarga javoblar

Parodontozda stomatolog maslahati
Foto: ru.depositphotos.com

Savollarga stomatolog javob beradi:

Savol:

Parodontoz va parodontit o'rtasidagi farq nima?

Javob:

Parodontozda yallig'lanish bo'lmaydi, ya'ni tish sohasidagi suyak to'qimalarining yo'qolishi yallig'lanish jarayonlari bilan birga bo'lmaydi, parodontitda esa, aksincha, yallig'lanish mavjud.

Savol:

Parodontozda irsiy omil qanday rol o'ynaydi?

Javob:

Parodontoz kasalligining sababi irsiyatmi yoki yo'qligi to'liq aniqlanmagan. Ammo genetik moyillik kasallik paydo bo'lishi mumkin bo'lgan omillardan biridir.

Savol:

Parodontoz tashxisi qanday o'tkaziladi?

Javob:

Parodontoz stomatolog tomonidan aniqlanadi. Asosiy tashxis muolajalari tekshiruv va rentgen hisoblanadi. Unda biz tish sohasidagi suyak to'qimalarining darajasini ko'ramiz. Shuningdek, bemor o’zi parodontoz kasalligining dastlabki belgilarini tishning bo'yinlari, tish ildizi ochilib qolganini va tish sohasidagi milk pasayishini ko'rishlari mumkin. Keyingi bosqich - tishlar harakatchan bo'lishi. Kasallikni bu darajagacha olib kelmaslik muhim.

Savol:

Agar ko'p yillar davomida tish shifokoriga bormagan bo'lsangiz, nimadan boshlash kerak?

Javob:

Ba'zi odamlar tish shifokoriga kech bo'lganida murojaat qilishadi. Va bunday kechikish yillar davomida kelmasligi mumkin. Agar siz uzoq vaqt davomida tish shifokoriga tashrif buyurmagan bo'lsangiz, unda:

1. Kelayotgan eng yaqin sanalarga, ertalabki soatlarga tish shifokoriga yoziling. Shunday qilib, siz ko’rik yaqinlashib kelayotgani to'g'risida boshingizni kamroq og’ritasiz va xotirjam bo'lasiz;

2. Konsultatsiya uchun uchrashuv tayinlang. Doktor bilan tanishing. U bilan o'zingizni qulay his qilayotganingizni tushunib oling. Davolash usullari va narxlarni bilib oling.

3. Shifokordan tish parchalanishi, tozalash kabi mayda muammolarni davolashni boshlashini so'rang va keyingi tashriflarda yanada murakkab muammolarga o'ting. Shu tarzda siz asta-sekin davolanishni boshlaysiz.

4. Og'riqni kutmang yoki og'riq qoldiruvchi vositalarni ko’p qabul qilmang. Aks holda, anesteziya ta’sir qilmay qolishi mumkin.

Savol:

Tish shifokoriga tashrifni qachon bekor qilish yaxshiroq?

Javob:

  • Gerpesning kuchayishida (gerpetik stomatitni qo'zg'atishi mumkin);
  • tomoq va nafas yo'llarining kasalliklarida (ORVI, o'tkir nafas yo'llari infeksiyalari, faringit, tomoq og'rig'i va boshqalar);
  • qattiq burun bitishida;
  • yuqori haroratda (tish og'rig'i bilan bog'liq emas);
  • spirtli ichimliklar ko'p bo'lgan kechagi / bugungi bayramdan keyin (anesteziya yaxshi ishlamaydi);
  • qon qo’yilish xususiyatini kamaytiradigan dorilar bilan davolashda, tish olib tashlangan yoki implantatsiya qilingan taqdirda (ularni qabul qilish paytida qon ketish xavfi tufayli).

manba: kp.ru

ico
Psoriaz kasalligi - sabablari, belgilari, davolash va oldini olish usullari
Psoriaz (tanga-tanga temiratki) bu - surunkali yuqumsiz kasallik bo‘lib, teri, tirnoqlar va bo‘g‘imlardagi o‘zgarishlar bilan xarakterlanadi. Oddiy xalq orasida bu kasallik qo‘­tirli temiratki, qichima deb ham ataladi. Teri kasalliklari ichida og‘ir va o‘jar dard hisoblanadi. Psoriaz xastaligi  nafaqat teri kasalligi, balki organizmning umumiy kasalligi bo‘lib, ichki a’zolarning ham shikastlanishi kuzatiladi. Kasallikda asab tizimi, endokrin tizim va jigarda o‘zgarishlar kuzatiladi. [caption id="attachment_10975" align="aligncenter" width="569"]psoriaz Foto: Likar.info[/caption] Psoriaz bilan kasallangan bemorlar terisida monomorf toshmalar (och qizil rangli) paydo bo‘ladi. Terining shu sohasida qichishish belgilari ham kuzatiladi. Psoriaz bemorga psixologik jihatdan noqulayliklar tug‘diradi. Bo‘g‘imlarda kuzatiladigan psoriazli artrit kasalligi homilaning zararlanishi yoki homilaning nobud bo‘lishi bilan ham yakunanishi mumkin. Psoriaz aholining tahminan 2% foizida kuzatiladi. Ayol va erkaklarda uchrash foizi bir xil. Kasallik ob-havoga ham bog‘liq. Yoz oylari ayrim bemorlarda psoriaz o‘choqlari butunlay so‘­rilib ketadi. Ba’zilarida esa quyosh nurlari ta’sirida kasallikning qo‘zg‘alishi kuzatiladi. Uchinchi guruh bemorlarda bahor va kuz oylarida kasallik qo‘zg‘alishi kuzatiladi.

Psoriazning paydo bo‘lish sabablari

Psoriazning kelib chiqish sabablari hali ham oxirigacha o‘rganilmagan. Asosiy sabab bo‘lib, irsiy omillar hisoblanib kelinmoqda. Etiologik faktori qilib, viruslar ko‘rsatiladi, lekin hali bu virusning turi ham aniqlanmagan. Hozirgi kunda multifaktor kasallik bo‘lib hisoblanadi. Psoriaz qo‘zg‘alishiga quyidagi omillar sabab bo‘lishi mumkin:

Psoriaz belgilari

Psoriazning birinchi klinik belgisi bu teridagi pushti, qizil rangli ustidan yumshoq kumushrang-oqish tangachalar bilan qoplangan toshmalar hisoblanadi. Toshmalar boshning sochli qismida ham kuzatilishi mumkin. Dog‘lar atrofidagi teri biroz qizaradi. So‘ngra dog‘ asta-sekin kattalashib boradi. Dog‘lar bir — biriga qo‘shilishga moyil bo‘ladi. Dog‘lar ko‘pincha simmetrik tarzda joylashib, qo‘l-oyoqlarning tashqi sat­hida uchraydi. Davriy ravishda qatqaloqlar hosil qiladi. Bu dog‘lar ko‘pincha terining ko‘p ishqalanadigan sohalarida kelib chiqadi. Masalan: yuz terisi, jinsiy a’zolar sohasida, tabiiy burmalar atrofida, dumbalar sohasida. [caption id="attachment_10976" align="alignleft" width="400"]psoriaz kasalligi Foto: Likar.info[/caption] Asosiy tashxis uchun psoriaz triadasi asosiy omil hisoblanadi: stearinli toshma, terminal plyonka va nuqtali qon ketishlar. Psoriaz yildan yilga son jihatdan ko‘payib boradi. Terida hosil bo‘lgan toshmalar asosan tizza va tirsak bo‘g‘imlarida, tananing sochli qismlarida, boshda joylashadi. Psoriaz rivojlanishining keyingi bosqichlarida toshmalarning hosil bo‘lish tezligi kamayadi, chegaralari aniq ajraladi, teridagi shu soha ko‘k rangli tusda ko‘rinadi. Psoriaz toshmasi kattalashishi to‘xtagandan so‘ng uning atrofida psevdoatrofik halqa (Voronov halqasi) paydo bo‘ladi. Agar psoriaz o‘z vaqtida davolanmasa, toshmalar kattalashadi. Agar psoriaz terida chuqur kirib borgan bo‘lsa, terining shu sohasi depigmentatsiyasi asorati qolishi mumkin. Ekssudatli psoriazning oddiy psoriazdan farqi shuki, bunda hosil bo‘lgan toshmadan ekssudatli suyuqlik ajraladi. Teri nam bo‘ladi. Ekssudatli psoriaz bilan ko‘proq qandli diabet, qalqonsimon bez funksiyasining kamayishi va tana massasi ortiqcha insonlar kasallanadi. Bemorlarda psoriazning bu turida jarohatlangan sohada qichishish holati kuzatiladi. Og‘ir mehnat sharoitida ishlaydigan insonlarda ko‘proq qo‘lning panja sohasida psoriaz kuzatiladi. Kasallikning pustullez turi bittagina toshmadan boshlanadi. Artritli holatida ko‘proq artralgik belgilar kuzatiladi. Birinchi navbatda barmoqning kichik bo‘g‘imlari, keyinchalik yirik bo‘g‘imlar, umurtqalararo bo‘g‘imlar zararlanadi. Keyinchalik esa osteoporoz belgilari yuzaga keladi. Toshmaning paydo bo‘lishida neyroendokrin va vegetodistonik o‘zgarishlar natijasida yuzaga keladi. Bazi kasallarda astenik sindrom, mushaklar atrofiyasi, ichki organlar buzilishi va immun tanqisligi belgilari yuzaga kelishi mumkin.

Psoriaz diagnostikasi

Dermatolog shifokor bemorning shikoyatlari va tashqi tekshiruvlar asosida tashxis qo‘yadi. Keyinchalik terining psoriaz sohasida toshmaning plyonkasi ko‘chishni boshlaydi. Terining shu sohasi nam, nuqtali qon ketishlar kuzatiladi. Psoriazning atipik formasini sifilis papullasi va boshqa kasalliklardan farqlash zarur. Gistologik tekshiruvlarda giperkeratoz, derma qavatining donodor qavati yo‘qolishi, neytrofillarning ko‘plab to‘planishi kuzatiladi. Shu sohada mikroabsses yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.

Psoriazni davolash

Psoriazni davolash uchun kompleks davo usullari qo‘llaniladi. Ish rejimi va dam olish vaqti, gipoallergen diyeta, fizikaviy va emotsional zo‘riqishlardan saqlanish zarur. Tinchlantiruvchi dori vositalaridan valerianing qaynatmasi tavsiya etiladi. Bu esa qonga adrenalin ajralishini kamaytiradi. Antigistamin dori vositalari shishlarni oldini oladi.  Tavegil, Fenistil, Klartidin, Telfast bemorlarda uyquchanlik chaqirmaydi va kam miqdorda nojo‘ya ta’sirlarga ega. Bundan tashqari shishlarning oldini olish uchun diuretiklarni qo‘llash tavsiya etiladi. Agar artralgik belgilar kuzatilsa, og‘riqni qoldirish uchun Ortofen, Naproksen preparatlari qo‘llaniladi. Agar bo‘g‘imda chuqur o‘zgarishlar kuzatiladigan bo‘lsa, bo‘g‘imlarga punksiya qilinadi va betametazon, triamsinalon dori vositalari yuboriladi. Fizioterapevtik davolash usullariga ultabinafsha nurlar bilan davolash qo‘llaniladi. Bundan tashqari lazer orqali va fototerapiya usuli qo‘llaniladi. Psoriazni davolash uchun salitsil, retin, bensalitin mazlarini ham qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Psoriaz davosining so‘ngi bosqichlarida tiklovchi krem vositalari degter, ixtiol, naftalin mazlari qo‘llaniladi. Bundan tashqari psoriazning barcha ko‘rinishlarida steroid kremlarni qo‘llash tavsiya etiladi. Davolanishning sanator-kurort davrida sulfid va radonli manbalar yaxshi yordam beradi.

Psoriazni oldini olish

Psoriazning oldini olishning maxsus chorasi yo‘q. Kasallikdan o‘tganidan so‘ng tinchlantiruvchi dori vositalari, vitaminlar yaxshi yordam beradi. [box type="error" align="aligncenter" class="" width=""]Diqqat! Maqoladagi kimyoviy preparatlar faqatgina tanishish maqsadida berilgan. Ulardan shifokor maslahatisiz foydalanish mumkin emas. Preparatlardan foydalanish bilan bog‘liq qarshi ko‘rsatmalar mavjud. Psoriazni davolash uchun shifokor kasallik turi va darajasiga qarab, kerakli bo‘lgan preparatni ma'lum bir tartib asosida tavsiya etadi. Eng muhimi, psoriazni davolash shifokor nazorati ostida olib borilishi lozim! [/box]

Maqola 17.04.2018 sanasida yangilandi.

ico
Podagra qanday kasallik?
Podagra bemorlarda qaytalanuvchi o‘tkir artrit va podagrik tugun (shish)lar – tofuslar hosil bo‘lishi bilan kechadi. Bo‘g‘imlar zararlanishi bilan birga buyraklarning shikastlanishi ham podagraning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. Podagra (grekcha so‘zdan olingan bo‘lib “oyoq qopqoni” degan ma’noni bildiradi) – metabolizm (moddalar almashinuvi)ning buzilishi natijasida yuzaga keladigan kasallik bo‘lib, organizmning turli to‘qimalariga natriy monourati ko‘rinishida urat tuzlari va siydik kislotasi kristallari to‘planishi bilan tavsiflanadi. Ushbu xastalik asosida organizmda peshob kislotasining yig‘ilishi va uning buyraklar orqali chiqarilishining buzilishi yotadi. Bu holat qonda shu kislotaning ko‘payishi (giperurikemiya)ga olib keladi. [caption id="attachment_10735" align="aligncenter" width="572"] Foto: Mythiclook.com[/caption] Bu dard ko‘proq erkaklarda uchraydi. Lekin oxirgi vaqtlarda ushbu xastalik ayollar o‘rtasida ham tez-tez uchrab turibdi. Katta yoshli aholi o‘rtasida kasallik ko‘p aniqlanadi. Tarixiy ma’lumotlarga nazar solinsa, podagraning ancha qadimdan ma’lumligi ko‘rinadi. Kasallik xaqidagi eng dastlabki hujjatlar Misr davlatida eramizdan avvalgi 2600 yilda qayd etilgan. Ular oyoq panjasidagi katta barmoqdagi artritning ta’riflanishiga asoslanadi. Yunon shifokori Gippokrat eramizdan avvalgi V asrda o‘zining “Aforizmlar”ida kasallik ayollarda menopauza (klimaks)gacha uchramasligini aytib o‘tgan. 1679 yilda golland olimi Antoni Van Levenguk birinchi marotaba peshob kislotasi kristallarini mikroskopik tuzilishini ta’riflab bergan. 1899 yilda podagrik artrit xurujida bo‘g‘im suyuqligida urat kristallari aniqlangan. O‘rta asrda va XX asrgacha asosan podagra bilan boy va taniqli shaxslar kasallangan. Shuning uchun podagra dardi “aristokratlar xastaligi” deb atalgan. Kasallik ortiqcha tana vazni, ko‘p ovqat iste’mol qilish (asosan go‘sht mahsulotlari), alkogol suiste’moli bilan bog‘liq deb sanalgan. Menopauzagacha ayollar podagra bilan kamdan kam holatlarda kasallanadi. Ehtimol bu estrogenlarning peshob kislotasiga ijobiy ta’siri oqibatidir. O‘smirlar va yoshlarda podagrik o‘tkir xuruj juda kam hollarda uchraydi. Odatda bu holat siydik kislotasi sintezining birlamchi (tug‘ma) va ikkilamchi nuqsonidan kelib chiqadi.

Podagra sabablari

Podagraning kelib chiqishi va rivojlanishiga ta’sir qiluvchi bir qator salbiy omillar mavjud: Ushbu xavf omillariga
arterial gipertoniya, giperlipidemiya kabi kasalliklar kiradi. Shuningdek, organizmga ko‘p miqdorda purin asoslarining tushishi, masalan, ko‘p miqdorda qizil go‘sht iste’mol qilish, baliqning ba’zi xillari, kofe, kakao, choy, shokolad, no‘xat, alkogol ayniqsa, o‘zida peshob kislotasining dastlabki mahsuloti bo‘lgan guanozin va ksantin moddasini saqlovchi ichimlik – pivo ichish ham sabab bo‘ladi. Purin nukleotidlari katabolizmining ortishi masalan, o‘smaga qarshi davolash muolajalarida autoimmun kasalliklaridagi kuchli apoptozda ham kuzatiladi. Yana siydik kislotasining peshob bilan ajralishining susayishi ya’ni, buyrak yetishmovchiligida ham bemorning ahvoli tang bo‘ladi. Peshob kislotasining organizmdan chiqarilishi pasayishi bilan bir vaqtda uning qayta ishlab chiqarilishi, masalan sintezining ortishi (alkogol suiste’moli, shok holatlarida) xasta ancha bezovta bo‘ladi. Bu xastalikka nasliy moyillik bo‘lishi ehtimoli ham yuqori.

Podagraning kechish jarayoni – patogenezi

Kasallik patogenezi asosida qonda peshob kislotasining ortishi yotadi. Lekin bu belgi giperurikemiya va boshqa kasalliklarda ham uchraydi. Qon kasalliklari, o‘smalar, buyrak kasalliklari, haddan ziyod jismoniy zo‘riqish, yog‘li ovqatlarni iste’mol qilishda ham siydik kislotasi qonda ko‘payib ketadi. Podagraning kelib chiqishida uchta asosiy element mavjud: Peshob kislotasi birikmalarining organizmda to‘planishi va ushbu birikmalarning a’zo va to‘qimalarda yig‘ilishi tufayli dard rivojlanadi. Zararlangan sohalarda o‘tkir yallig‘lanish xurujlari, asosan bo‘g‘imlar atrofida podagrik tugunchalar va tofuslar hosil bo‘lishi kuzatiladi. [caption id="attachment_10734" align="aligncenter" width="551"]podagra ozgarish Foto: Sustavam.ru[/caption] Ushbu xastalikning to‘liq rivojlanishi to‘rt bosqichdan iborat: Belgisiz giperurikemiya, o‘tkir podagrik artrit va xurujlar orasidagi davr hamda bo‘g‘imlarda surunkali moddalar almashinuvi jarayonlarining buzilishi sababli zararli xiltlarning yig‘ilishi. Nefrolitiaz birinchidan boshqa har qaysi bosqichda rivojlanishi mumkin. Qonda va peshobda siydik kislotasining zichligi doimiy ravishda ortib boradi. Bemorda bo‘g‘imlarda kuchli og‘riq va harorat ko‘tarilishi bilan kechuvchi monoartrit (bitta bo‘g‘imning og‘rishi) ko‘rinishidagi yallig‘lanish, nefroskleroz va buyrak yetishmovchiligi bilan yakunlanuvchi urolitiaz va qaytalanuvchi piyelonefritlar kuzatiladi.

Podagra kasalligini tashxislash

Bo‘g‘imlarning sinovial bo‘shlig‘idagi suyuqlikda siydik kislotasi kristallari va to‘qimalarda urat tuzlarining yig‘ilishini laboratoriyada biokimyoviy tahlil va mikroskopik usul yordamida aniqlash mumkin. Ikkita va undan ko‘p diagnostik ko‘rsatkichni aniqlash bemorda podagra tashxisini qo‘yishga asos bo‘ladi. Ushbu kasallik tarixining bayonida bemorda ikki marotaba oyoq bo‘g‘imlarida shish va kuchli og‘riq xuruji kuzatilgan bo‘lishi kerak. Xurujlar dardning erta bosqichlarida to‘satdan kuchli og‘riq bilan boshlanadi va 1-2 hafta ichida to‘liq klinik sog‘ayish ro‘y beradi. Podagrik xuruj oyoqning bosh barmog‘idagi yallig‘lanish bilan yuzaga keladi. Unda klinik jihatdan isbotlangan tofus (shish)lar kuzatiladi. Bemorning kasallik tarixida xastalikning aniq belgilarining ko‘rsatilishi uning organizmida kolxitsin dori vositasiga nisbatan tez javob reaksiyasi bo‘lishi, ya’ni davo muolajalari boshlangandan so‘ng 48 soat ichida yallig‘lanish belgilarining kamayishi kuzatiladi. Rentgen tekshiruvi tashxisning majburiy usullar ro‘yxatiga kiritilmagan. Lekin ushbu tekshirish usuli to‘qimalarda tofuslar yig‘ilishi va qayta-qayta yallig‘lanish oqibatida suyak to‘qimalarining zararlanishini ko‘rsatishi mumkin. Rentgen tekshiruv usuli surunkali podagraning bo‘g‘imlarga qanchalik salbiy ta’sir etishini nazorat qilishga yordam beradi. Giperurikemiyani (qonda siydik kislotasi miqdorining oshib ketishi) aniqlashning o‘zi podagra tashxisini qo‘yish uchun yetarli emas. Chunki, qonida bor-yo‘g‘i 10 foiz giperurikemiya aniqlangan bemorlar podagra bilan og‘riydi.

Podagrani davolash

Birinchi marotaba podagra xastaligi aniqlangan bemorlar viloyat va shahar klinik shifoxonalarining ixtisoslashtirilgan revmatologik bo‘limlarida davolanishlari zarur. Xastalik qo‘zg‘almagan (remissiya) davrida bemorlarga davo muolajalari buyurilib, ular yashash joyi bo‘yicha mahalliy poliklinikalarda revmatolog va nefrolog nazoratida bo‘lishlari shart.

Maxsus parhez

Bemorning tezda oyoqqa turishida parhezning ham ahamiyati katta. Ushbu tavsiyalar asosan purin moddasi va alkogol iste’molini chegaralashga qaratilgan. Purinni yuqori miqdorda saqlovchi go‘sht va baliq, kakao, kofe, choy kabi mahsulotlardir. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra tana vazni uglevodlar va kaloriyali ovqatlar iste’molini chegaralash hamda o‘simlik oqsili va to‘yinmagan yog‘larni iste’mol qilishni ko‘paytirish bilan qonda ortiqcha xolesterin va siydik kislotasi zichligini kamaytirish mumkin.

Podagra xurujining oldini olish choralari

Iloji boricha kasallangan bo‘g‘imni zo‘riqtirmaslik lozim. Vaqti-vaqti bilan uni ko‘tarilgan holatda ushlab turib, 15-20 daqiqadan kuniga 2-3 marotaba bo‘g‘im ustiga og‘riq pasayguncha muz qo‘yish zarur. Aspirinni suiste’mol qilib bo‘lmaydi. Chunki, u siydik kislotasining qondagi miqdorini ko‘paytirishi va kasallik belgilarini kuchaytirishi mumkin. Doimiy ravishda qonda peshob kislotasi miqdorini o‘lchab turish lozim. Har kuni yarim soatdan ko‘proq jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish kerak. Ochiq havoda ko‘proq sayr qilish, velosipedda yurish, raqs tushish, suzish kerak. Ertalabki badantarbiya ham muhim o‘rin tutadi. Sport bilan shug‘ullanish bemor uchun har qanday dori vositasidan foydaliroq va ko‘proq samara beradi. Kuniga 2 litrdan kam bo‘lmagan toza suv ichish kerak. Buyraklar siydik kislotasini qondan yuvib chiqarishi uchun bemor har qanday suyuqlik (kofe, choy, sharbat) emas, aynan toza suv ichishi kerak. Organizm yetarli toza suv bilan ta’minlanmasa hatto, sog‘lom buyraklar ham qonni xiltlardan tozalay olmaydi. Qonda minerallar miqdorini aniqlab, zarur bo‘lganda bemorning taomnomasiga vitamin va minerallar kompleksi qo‘shiladi. Ayniqsa, podagrada organizmga C vitamini zarur bo‘ladi. Benzoat natriy saqlovchi gazli ichimliklar, kukunli meva sharbatlari, algkogol ichishni bemorga man etish kerak. Ovqat ratsionini meva va sabzavotlar va turli yorma donli mahsulotlar bilan boyitish lozim. Xasta kishilar hayvon oqsili iste’mol qilishni kuniga 120 gramdan oshirmasliklari shart. Yana ularga yarim tayyor mahsulotlar va yog‘li kolbasa mahsulotlarini tanovul etish tavsiya etilmaydi.

© Nozima YUSUPOVA, Abu Ali ibn Sino nomidagi 1–Respublika klinik shifoxonasining “Kardiorevmatologiya” bo‘limi shifokori "Sog‘lom avlod" gazetasi. Soglom.uz

ico
Prokrastinatsiya - asr muammosi
“Bugungi ishni ertaga qoldirma” deyilgan qadimiy o‘gitlarda. Hozirgi shiddatkor zamonda ko‘pchiligimiz muhim ishlarni ortga surib, “ertaga qilaman”, “dushanbadan boshlayman” degan bahonalar bilan o‘zimizni aldab, mayda-chuyda narsalarga o‘ralashib qolishimiz natijasida “attang” deya barmoq tishlagan vaqtlarimiz bo‘lib turadi. Garchi bu muammo ilgarigi davrlarda ham kuzatilgan bo‘lsada, faqatgina hozirga kelib u keng tarqalgan hodisaga aylandi. Shu sababli, 1977 yilda psixologiya faniga yangi atama kiritildi va endilikda muhim ishlarni keyinga qoldirish odati “prokrastinatsiya” deb nomlanadi. Prokrastinatsiya Bir qator muammolar qatori prokrastinatsiya ham mutaxassislar tomonidan XXI asr muammosi deb tan olingan. U birgina odamning muammosidek ko‘rinsada, umumiy hisobda prokrastinatsiya tufayli har yili juda katta miqdordagi vaqt behuda ketadi, mamlakatlar iqtisodiyoti ham bundan ancha-muncha zarar ko‘radi. Xo‘sh, bu zararli odatning sabablari nimada va undan qanday xalos bo‘lish mumkin?

Siz ham xato qilishga haqlisiz

Fe’lingizda o‘z kuchingizga ishonmaslik kabi qusur bormi? U holda siz qay bir muhim ishni boshlamang, “Oxiri qanday bo‘larkin?”, “ Harakatlarim natija berarmikin?” kabi shubha-gumonlar ta’sirida “Bu ishni keyinroq qilarman, hozir bunga tayyor emasman” degan qisqa xulosaga kelasiz va oqibatda o‘n yil o‘tib ham shu kayfiyatda yurasiz. Chunki xato qilmaslikning eng yaxshi yo‘li bu hech narsa qilmaslikdir. Sizga maslahat shuki, xato qilib qo‘yishdan qo‘rqmang. Chunki bexato yashashning iloji yo‘q. Unutmangki, siz boshlagan har qanday ish omadsizlik bilan tugayvermaydi. Axir, “ko‘z – qo‘rqoq, qo‘l – botir” deb bejizga aytilmagan. Muhim ishlaringizni amalga oshira boshlaganingizdan so‘ng ich-ichingizdagi ishonchsizlik, xavotir hissi xotirjamlik bilan o‘rin almashadi. O‘ylab ko‘ring, o‘tmishingizda muvaffaqiyatsizliklar ko‘p bo‘lgandir, ammo bu kelajakda albatta qaytalanadi deb umidsizlikka tushish noto‘g‘ri. Chunki shunday o‘ylash oqibatida siz hayot oqimi qayoqqa olib borsa o‘sha yo‘nalishda suzib boraverasiz. Jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun oqimga qarshi suzish lozim. Ilgarigi muvaffaqiyatsizliklaringizni tahlil qilib ko‘ring, yo‘l qo‘ygan xatolaringizni takrorlamaslikka harakat qiling. Siz amalga oshirmoqchi bo‘lgan ishni boshqalar uddalayotganini sezib turibsiz. Demak, siz bunga qodirsiz.

Ideal natijaga erishib bo‘lmaydi

Ba’zi odamlar
perfeksionist, ya’ni har ishni to‘la-to‘kis bajarishga harakat qiladigan bo‘lishadi. Lekin ko‘pincha ideal natijaga erishish yo‘lidagi urinishlari chog‘ida ozmi-ko‘pmi nuqsonlarga yo‘l qo‘yadi. Natijada boshlagan ishidan ko‘ngli to‘lmay, ma’lum bir nuqtaga yetganda ishini nihoyalamasdan tashlab qo‘yishi mumkin. Bunday hayot tarzi davomida odamda “oq-qora fikrlash” dunyoqarashi shakllanadi. Bu esa muhim ishlarga qo‘l urishdagi ishtiyoqni susaytirib yuboradi. “Eng yaxshi natijaga erisha olmasam, bu ishga qo‘l urib nima qildim” degan o‘y-xayollar uni bir joyda to‘xtatib turaveradi. Har bir kishi hayotga tahliliy ko‘z bilan qarab, ideal natijaga erishish iloji yo‘qligini, hatto kam-ko‘sti bo‘lsada biror muhim ishni bajarish, uni umuman ortga surib qo‘ygandan yaxshiroq ekanligini tushunishi lozim.

Avval eng muhimini bajaring

Ba’zilar o‘z oldilariga aniq va puxta maqsad hamda vazifa qo‘ya olmaydilar. Birinchi darajali ishni ikkinchi darajalisidan ajrata olmaydilar. Natijada duch kelgan ishni qilib yuraveradi. Prokrastinatsiya Muhim va zarur ishni bajarish vaqti yaqinlashib qolganda boshlab qo‘ygan boshqa ishlarini yarim yo‘lda tashlab, shoshib-pishib yangi yumush etagidan tutadigan odamlarning barcha ishlari o‘lda-jo‘lda, hayotlarida hech bir tartib bo‘lmaydi. Sizda shu kabi muammo bo‘lsa, yon daftar tutib unga yaqin vaqt ichida bajarishingiz lozim bo‘lgan ishlar ro‘yxatini yozib boring. Ular orasidan eng shoshilinch va muhimini tanlab olib, amalga oshirishga kirishing. Qay bir ishga qo‘l urmang, avvalo “Men bu ishni hozir bajarishim shartmi?”, “Bajarilishi kerak bo‘lgan bundan ham muhim ishlarim bormi?” degan savollarni o‘zingizga berib ko‘ring. Birinchi savolga qat’iy “ha”, ikkinchisiga esa “yo‘q” deb javob bera olsangizgina ishga kirishing.

Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q

Inson psixologiyasi shundayki, u yaxshi va qulay narsalarga juda tez o‘rganadi. Natijada yaxshi shart-sharoit va holat oddiy narsaga aylanadi. Aksincha odamni hamma vaqt emas, balki ora-orada mukofotlab turilgandagina u berilgan mukofotning qadriga yetadi. Siz xodim bo‘lsangiz, o‘zingiz bajarayotgan ishni va unga to‘lanayotgan oylik maoshini boshqa tashkilotlardagi hamkasblaringizniki bilan solishtirib ko‘ring. Siz ulardan ko‘proq olayotgan ekansizmi? Unda harakatingizni qiling: yaxshiroq ishlang, vazifalaringizga vijdonan yondoshing, tinmay malakangizni oshiring. Mehnat jadvalingiz 9 dan 6 gacha bo‘lsa, bilingki siz ish joyingizga soat 9 bo‘lmasdan kelib, soat 6 dan oshgandan so‘ng ketishingiz lozim. Shunday qilmasangiz, vaqti kelib oyligingizni pasaytirishadi yoki umuman ishdan bo‘shatib yuborishlari ham mumkin.

Bizni qo‘rquv boshqaradi

Siz tashkilot yoki mehnat jamoasi rahbari bo‘lsangiz, qo‘l ostingizdagi har bir xodimning ishini nazorat qiling. Chunki mehnat jamoasidagi prokrastinatsiya odati yuqumli bo‘ladi. Masalan bemalolxo‘ja xodim ular bilan bir xil oylik maosh olayotgan ilg‘or xodimlarda yaxshi ishlashga bo‘lgan ishtiyoq so‘nadi, “mehnatimizning qadri yo‘q ekan” degan fikrga keladilar. Unutmang, dunyoda katta muvaffaqiyatga erishgan barcha yirik kompaniyalar, tashkilotlarda lavozimidan qat’iy nazar hamma xodimlar “Yaxshi ishlayotganmikinman? Meni mukofotdan mahrum qilishmasmikan?” degan yengil qo‘rquv va stress holatida yurishadi. Aynan shu narsa ularni sog‘lom raqobatga, ijodkorlik, mehnatsevarlikka undaydi. Aksincha xodimlari bamaylixotir, bepisand, xotirjam kayfiyatda yuradigan kompaniyalar hech vaqt ishdagi yuqori natijalar bilan faxrlana olishmaydi.

O‘zingiz bilan gaplashib ko‘ring

Prokrastinatsiyani keltirib chiqarayotgan sabab qanday bo‘lmasin, bu odati bor odamlarning barchasida impulsiv fe’l-atvor kuzatiladi. Ya’ni, muhim ish kutib turgan bo‘lsada, odam o‘zi uchun yoqimli bo‘lgan, kuch va mehnat talab qilmaydigan narsalarga chalg‘iyveradi. Masalan, televizor ko‘radi, internet tarmog‘iga kiradi, musiqa tinglaydi, biror narsa o‘qiydi, ko‘chada sayr qiladi. Asosiysi, o‘zini qiynamasa bo‘ldi. O‘zingizdagi impulsiv fe’l-atvorni yengish uchun o‘zingiz bilan gaplashishga o‘rganing. Bunda ovoz chiqarib gaplashish shart emas. O‘zingizga savollar berib, javoblar qaytaring. Bajargan ishlaringiz haqida o‘zingizga hisobot berishga odatlaning. Bu narsa o‘zingizning oldingizdagi mas’uliyatingizni sal bo‘lsada oshiradi. Biror muhim ishni bajarishingiz kerak bo‘lsayu, ammo oxiriga yetkazmasdan tashlab qo‘yishingiz mumkinligidan qo‘rqsangiz, do‘stlaringiz, yaqinlaringizga o‘z rejalaringiz haqida gapirib bering. Vaqti kelib rejangizdagi ishni amalga oshirolmay qolsangiz, ularning oldida uyalib qolishingiz mumkin. Uyalib qolishdan qo‘rqish hissi sizni o‘zingizni qo‘lga olishga undaydi. Ushbu maqolani ham o‘qing: Siz qaysi temperament egasisiz?

Komil RAXMANKULOV tayyorladi. "Sihat-salomatlik" jurnali.

ico
Protez tish kimlarga qo‘yiladi?
Tishni hammayam to‘g‘ri parvarishlay olmaydi. Shunda ular yemirilib, sina boshlaydi. Bu esa, qator noqulayliklarni tug‘dirishi tayin. Natijada sun’iy tish — protezlarga ehtiyoj sezamiz. "Oila davrasida" gazetasi muxbiri Ozoda Valiyeva «Dental» klinik ortodonti Temur RAHMATOV bilan protezlar haqida savol-javob tarzida suhbat uyishtirdi. Ushbu suhbatni quyida ham o‘qishingiz mumkin. Protez tish kimlarga qo‘yiladi?

Qanday holatlarda bemorlarga sun’iy tish qo‘yish tavsiya etiladi?

— Sun’iy tish qo‘yishda bemor yoshi ahamiyatsiz. Yo‘qotilgan tishning o‘rnini sun’iy tish bilan to‘ldirish lozim. Sababi, agar tish bo‘lmasa, ovqat hazm qilish tizimi buziladi. Bu yuzning tashqi ko‘rinishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bolalardagi sut tishlarining erta tushib ketishi taom yeyishdagi qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin. Biroq organizmida biror bir metallga allergiyasi bo‘lgan kishilarga sun’iy tish qo‘yish taqiqlanadi.

Og‘iz bo‘shlig‘iga sun’iy tish, byugel yoki protez qo‘yishdan avval nimalarga ahamiyat berish kerak?

— Avvalo, og‘iz bo‘shlig‘i infeksiyalardan xoli bo‘lishi lozim. Sun’iy tish qo‘yiladigan joy davolangan va sog‘lom bo‘lishi kerak. Agar og‘iz bo‘shlig‘ida kasallangan tishlar, protez qo‘yiladigan chegarada yallig‘lanish mavjud bo‘lsa, sun’iy tish qo‘yishdan avval ana shu joylar oxirigacha davolanishi, kovak tishlarni esa tozalash va plombalash lozim.

Sun’iy tishlarning turi, bir-biridan farqi, narxi, chidamliligi, salomatlikka salbiy yoki ijobiy ta’siri haqida nima deysiz?

— Sun’iy tishlar olinadigan va olinmaydigan turga bo‘linadi. Ular tayyorlanishiga ko‘ra plastmassa, metall, chinni va aralash materiallardan tayyorlangan bo‘lishi mumkin. Sun’iy tishlarning materiali qancha sodda bo‘lsa, narxi ham shuncha arzon bo‘ladi. Bundan tashqari, tayyorlashda ishlatiladigan materiallarning tannarxi ham ahamiyatga ega. Stomatolog vrach, tish yasovchi texnikning ish haqi ham protezning umumiy narxiga ta’sir ko‘rsatadi. Har bir protezning chidamliligi o‘rta hisobda 5 yildan 15 yilgacha mo‘ljallangan bo‘ladi. Agar protez to‘g‘ri va sifatli tayyorlangan bo‘lsa, organizmga hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Bundan tashqari, protez tish qo‘yadigan kishi ham, o‘z navbatida, sun’iy tishlariga e’tibor berishi, yuvib turishi, har 6 oyda shifokorga ko‘rinishi lozim.

Byugel nima? Uning qanday turi bor? Ular bir-biridan farqlanadimi?

— Byugel qisman olib qo‘yiladigan protez turi bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘i tish qatorlarida ko‘plab tishlarning yo‘qligi, ko‘prik protezlarni qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlarda qo‘llaniladi. Byugelning ko‘plab turlari mavjud: ilmoqli, relsli, qulfli va hokazo. Ilmoqli byugellar soddaroq va nisbatan arzonroq hisoblanadi. Bu tur og‘iz bo‘shlig‘ining orqa sohalariga joylashtiriladi. U jag‘ tishlar bo‘lmagan holatlarda qo‘yiladi. Qulfli byugellar esa orqa tishlari bo‘lgan bemorlarga qolgan tishlarni qoplash uchun qo‘yiladi. Byugel protezlarining ichki qismidagi maxsus temir bo‘lib, u har bir kishiga alohida mo‘ljallab qo‘yiladi. Shu sababli ham ularning narxi biroz qimmat.

Byugel tishlar, asosan kimlarga qo‘llaniladi, kimlarga mumkin emas? Narxi, chidamliligi qanday?

— Byugel tishlar, asosan, tish qatoridagi tishlarning ko‘plari bo‘lmagan holatlarda qo‘yiladi. Maqsad, og‘iz bo‘shlig‘iga tushayotgan chaynov bosimini to‘g‘ri taqsimlashdir. Bunday protezni qo‘yish uchun og‘iz bo‘shlig‘ida kamida 5-6 ta tish bo‘lishi lozim. Shu bilan birga, mavjud tishlar ildizining baquvvatligi, sog‘lomligini nazarda tutgan holda, har bir bemorga individual ravishda tavsiya beriladi. Byugel protezlarining chidamlilik darajasi yuqori. Chunki ularning ichida metall karkas bo‘ladi. U protezning mustahkamligini belgilaydi. Kobaltli xromdan tayyorlangan byugel protezga nisbatan baquvvat sanaladi. Nikelli xromdan tayyorlangani esa arzonroq va nisbatan egiluvchan bo‘lib, unda deformatsiyalanish ehtimoli mavjud.

Implantant nima va undan kimlar ko‘proq foydalanadi?

— Yo‘qotilgan tishning o‘rniga qo‘yiladigan sun’iy ildiz dental implantant deyiladi. Afzalligi u tishning ildizi sifatida qo‘yiladi va tish ildizi vazifasini bajaradi. Bemorga chaynash funksiyasini to‘liq tiklash imkonini beradi. Ko‘pchilik doimiy ravishda olinishi, buralishi, chiqarilishi mumkin bo‘lgan protezlarni taqishni xush ko‘rmaydi, ko‘nikolmaydi. Dental implantant aynan shunday bemorlar uchun mo‘ljallangan. Uni olishga, yechishga ham ehtiyoj tug‘ilmaydi.
ico
Passiv kashandalik sindromi
Mutuxassislarning ma’lum qilishicha, sigareta chekayotgan inson qo‘lidagi tamakidan taralayotgan xavfli tutunning 20 foizini ichiga yutsa, qolgan 80 foizini yon-atrofiga tarqatar ekan. Bu esa yaqin-atrofdagi kishilarni beixtiyor passiv kashandalarga aylantiradi. Ilmiy manbalarda keltirilishicha, passiv kashandalik deb asosan yopiq inshootlarda boshqalar tomonidan chekilgan tamaki tutunidan nafas olishga aytiladi. Passiv chekishning xavfli tomoni shundaki, uning oqibatida turli kasalliklar kelib chiqadi, ushbu holat sekin-astalik bilan nogironlik, hattoki, o‘limga sabab bo‘lishi mumkin. [caption id="attachment_6908" align="aligncenter" width="652"]passiv kashandalik sindromi BodyRoom | Avitsenna.uz[/caption] Bundan bir necha yillar muqaddam Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Saratonni o‘rganish xalqaro agentligini tomonidan olib borilgan izlanishlarda chekmaydigan «kashanda»lar faol kashandalar organizmi qabul qilayotgan barcha kanserogen moddalardan zaralanishi isbotlandi. Sigareta tutunidagi 4000dan ziyod zararli kimyoviy birikmalar, jumladan, 69 xil xavfli kanserogenlar inson salomatligiga jiddiy tahdid soladi. Ayniqsa, kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi ammiak, atseton, azot va uglerod oksidlari, fenol, N-nitrozamin, 4-aminobifenil singari moddalar barchaga birdek zarar keltiradi. Garchi chekuvchi ichiga tortayotgan va atrofdagilar nafas olayotgan tutunda bir xil zararli moddalar mavjud bo‘lsa ham, ularning konsentratsiyasi turlicha ta’sir kuchiga ega. Yangi izlanishlardan ma’lum bo‘lishicha, bir qancha kanserogenlar ta’siri chekuvchiga qaraganda uning tutunidan «bahra»olayotgan kishilarda kuchliroq kuzatilar ekan. Buning sababi sifatida esa oddiy kishilar organizmi chekuvchilarga qaraganda kashandalikning salbiy oqibatlariga ruhan tayyor bo‘lmagani bilan izohlanmoqda.

Achinarlisi shundaki...

Achinarlisi shundaki, kashandalikdan ko‘proq himoyasiz va organizmi zaif bo‘lgan go‘daklar,
homilador ayollar va keksalar aziyat chekmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda 40 foiz bolalar, 50 million nafarga yaqin homilador ayollar passiv kashanda hisoblanadi. Shuningdek, ushbu zararli illatdan o‘zini tiygan 33 foiz erkak va 35 foiz ayollar ham tamaki tutunidan zaharlanish xavfi ostida qolgan. Achinarlichi shundaki, bugungi kunda passiv kashandalik tufayli dunyo miqyosida har yili 600 ming nafardan ziyod kishi hayotdan ko‘z yummoqda. Ushbu ko‘rsatkich dunyo miqyosidagi jami o‘limga olib keluvchi sabablarning bir foizini tashkil etadi. Eng yomoni, vafot etganlarning 165 ming nafardan ziyodi yosh bolalar bo‘lsa, 47 foizi ayollardir. Passiv kashandalik natijasida vujudga kelgan insult har yili 379 ming kishining umriga zomin bo‘lsa, nafas yo‘li xastaliklari esa 165 ming kishining yostig‘ini quritgan. Shuningdek, passiv kashandalikdan so‘ng paydo bo‘lgan o‘pka saratonidan bir yil ichida 21,4 ming kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Zaharli moddalar konsentratsiyasi

Mutaxassilar faol va passiv chekuvchilar organizmi qabul qilib olayotgan zaharli moddalar konsentratsiyasini quyidagicha shaklda tuzib chiqishdi: bir soat davomida sigareta tutuniga to‘lgan xonada o‘tirish orqali kishi organizmi 14 mg miqdoridagi turli kanserogen moddalarni qabul qilib oladi. Jumladan, faol chekuvchi bir dona sigaretadan 18,4 mg is gazini yutsa, passiv kashanda organizmiga bir soatda 9,2 mg huddi shu zaharli modda o‘zlashtiriladi. Shuningdek, azot oksidi (0,3 mg — 0,2 mg), aldegidlar (0,8 — 0,2), sianid (0,2 — 0,005), akrolein (0,1 — 0,01), qattiq va suyuq moddalar (25,3 — 2,3), nikotin (2,1 — 0,04) kabi zaharli birikmalar ham salbiy asoratlarga olib keladi. Benzopiren esa passiv chekishda aksincha, sigareta tutunini ichga yutishdan ko‘ra 3,4 barobar ko‘proq zarar keltiradi. Ushbu zaharli moddalarning barchasi passiv chekuvchi o‘pkasida 70 kungacha saqlanib qolishi ham ilmiy jihatdan isbotlangan. [su_quote]Agarda passiv chekuvchi tamaki tutunidan 7-8 soat davomida nafas olsa, 5ta sigareta chekkandagi kimyoviy xavfli birikmalarni o‘zlashtiradi. Yuqorida ta’kidlanganidek, o‘z ixtiyoriga ko‘ra chekmagani bois, bunday kishilarda kasalliklarning rivojlanishi chekuvchilarga qaraganda ko‘proq kuzatiladi.[/su_quote] Saratonni o‘rganish xalqaro agentligi mutaxassislari tomonidan aniqlanishicha, passiv kashandalik balog‘atga yetmagan qizlarda ko‘krak bezi saratoniga chalinish darajasini 70 foizgacha oshirishi mumkin.

Homiladorlikda ta’siri

AЈSh bosh jarrohining 2006 yilgi ma’ruzasida sigareta tutunidan nafas olayotgan homilador ayol qonida vujudga kelgan kislorod tanqisligi homilaning chala tug‘ilishi yoki go‘dak vaznining keskin kamayishiga olib kelishi alohida ta’kidlangan edi. Mazkur ma’ruzada, shuningdek, aynan istalmagan chekish natijasida bolalarning to‘satdan vafot etishi sindromi holatlari oshib borayotgani ham aytib o‘tilgan. Olimlarning ta’kidlashicha, passiv kashandalik, ayniqsa qiz bolalarga ko‘proq salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zgalar tomonidan chekilayotgan tamaki tutuni bolalar va kattalarda o‘tkir va asoratli kechuvchi bronxit, astma, tuberkulyoz singari nafas olish tizimi kasalliklari, otit, o‘rta quloqning yallig‘lanishi, eshitishning qisman yoki butunlay yo‘qolishi, allergiya va hattoki, kariyesga olib keladi. Shuningdek, sigareta tutunidagi nikotin va uglerod oksidi bolalarning aqliy rivojlanishdagi to‘xtalishlar va boshqa neyrologik salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. E’tiborlisi, chekuvchilar orasida katta bo‘lganlar qonida nikotinning katta miqdorini aniqlash mumkin. Hattoki, chekuvchi ayol dunyoga keltirgan go‘dak qonida ham ushbu zararli modda katta miqdorda uchraydi. Yaqinda o‘tkazilgan izlanishlar esa kashandalikning nasldan-naslga o‘tishini isbotladi. Passiv chekish nafaqat bolalar va ayollar, balki yoshi 50 va undan oshgan keksalar uchun ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, bunday kashandalik oqibatida 10 foiz keksalarda atelosleroz, aqliy zaiflik, fikrlash faoliyatining keskin yomonlashuvi kuzatilgan. Ko‘pchilik kashandalarning nazarida chekish shaxsiy ish bo‘lib, go‘yoki uning zarari boshqalarga mutlaqo yetmaydi. Biroq ular qo‘lidagi sigaretadan taralayotgan yoki og‘zidan zavq bilan chiqarayotgan tutun o‘zlari bilan birga yaqin jigarlari, farzandi, oila a’zolari va hamkasblari salomatligiga jiddiy xavf solayotgani haqida mushohada qilib olishlari lozim.

© Tib.uz nashri.