Virusologiya

MAQOLALAR

ico
TORCH – homila zavoli

Dunyoning barcha mamlakatlarida uchrovchi va homila rivojlanishiga salbiy ta’sir etishi bilan xavfli bo‘lgan TORCH bir qancha infeksiyalar guruhidir.

torch

 

TORCH qisqartma so‘z bo‘lib, quyidagi kasalliklarning bosh harflaridan olingan:

T – Toxoplasma (toksoplazmalar – bir hujayrali tekinxo‘r organizm. Ular odam va turli sut emizuvchi hayvolarda parazitlik qilib, juda og‘ir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bu parazit bemorning boshi va orqa mushaklarida, shuningdek, qonida ham uchraydi);
O – Others (boshqalar: enterovirus, parvovirus B19,
gepatit B, C, OIV, zaxm)
R – Rubella (qizilcha )
C – Cytomegalovirus (sitomegaliya)
H – Herpes simplex virus (gerpes I/II)

Toksoplazmoz

Toksoplazmoz — asosan belgilarsiz kechuvchi, biroq past immunitetli odamlarda va onadan homilaga yuqqanda asab tizimi, yurak mushaklari va boshqa a’zolarni zararlovchi xastalik. Uning manbai Toxoplasma gondii deb nomlanuvchi jonivor. Mahalliy tarqatuvchisi esa mushuklar bo‘lib, toksoplazma qo‘zg‘atuvchisi bilan zararlangan go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida sut emizuvchi jonivorlar va odamlarga yuqadi. Onadan homilaga o‘tishi esa homila rivojlanishiga jiddiy xavf soladi. Biroq homiladorlikkacha bo‘lgan davrdagi zararlanish homila uchun xavfli emas, chunki to‘qimaga o‘rnashgan infeksiya homila uchun aytarli xavf tug‘dirmasligi kuzatuvlarda o‘z isbotini topgan. Agar ona homiladorlik vaqtida Toksoplazmoz bilan xastalansa, u qon orqali homilaga o‘tishi va asosan 12 haftalikkacha bo‘lgan homiladorlik mobaynida katta xavf tug‘dirishi mumkin. Toksoplazmozdan saqlanish uchun tozalikka rioya qilish, go‘shtni yaxshi pishirish, xom go‘sht bilan ishlagandan so‘ng qo‘llarni va ishlatilgan buyumlarni yaxshilab yuvish lozim. Kasallik virusi ta’sirida turg‘un immunitet hosil bo‘ladi.

Qizilcha

Qizilcha — asosan 2–10 yoshli bolalarni zararlovchi, yengil isitma va mayda qizil toshma bilan namoyon bo‘ladigan, katta yoshlilarda va homiladorlikda og‘ir kechuvchi virusli kasallik. Uning manbai kasallikning turli shakillari bilan og‘rigan bemor. Sog‘lom odamga havo-tomchi yo‘li orqali, bolaga onasidan o‘tadi. Qizilcha viruslarining homilaga tasiri homiladorlik bosqichlariga qarab, turli darajada bo‘ladi: ayol homiladorlikning birinchi uch oyligida qizilcha bilan og‘risa, homilaning zararlanish ehtimoli 60–85 foizni, ikkinchi davrida 15–20 foizni, uchinchi davrida esa 5 foizni tashkil etadi. Homilador ayol qizilcha bilan og‘rigan bemor bilan muloqotda bo‘lsa, albatta, zaruriy tahlillar topshirishi, ya’ni qonda qizilchaga qarshi antitanachalarning paydo bo‘lgan-bo‘lmaganligini aniqlash lozim. Homiladorlikning ilk uch oyida zararlanish alomatlari aniqlansa, bolani oldirish tavsiya qilinadi.

Tug‘ma qizilcha bilan dunyoga kelgan bolalarda katarakta, yurak nuqsonlari va neyrosensor karlik kuzatilishi mumkin. Bu kasallikdan keyin turg‘un immunitet hosil bo‘ladi.

Sitomegalovirusli infeksiya

Sitomegalovirusli infeksiya (SMVI) — asosan klinik belgilarsiz o‘tuvchi, ba’zan markaziy nerv tizimi va ichki a’zolarni og‘ir zararlaydigan, homiladorlik kechishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan virusli kasallik. Sitomegalovirus butun umri davomida bemor vujudida saqlanib turishi bilan xavfli. Virus jinsiy yo‘l bilan, homilaga esa qon orqali yuqadi. Sitomegalovirus organizmga kirib, immun tizimini kuchsizlantirib bo‘lgach, asoratlarini ko‘rsata boshlaydi.

Homilaning dastlabki oylardanoq SMVI bilan zararlanish homilaning nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Homiladorlikning so‘nggi davrlarida zararlanish a’zolar tuzilishida jiddiy o‘zgarishlarga olib kelmasa-da, bola tug‘ilgach, sariqlik, qon ketishi, o‘pka yallig‘lanishi va markaziy asab tizimining zararlanishi kabi asoratlar kuzatiladi. SMVI bilan kasallangandan so‘ng turg‘un immunitet hosil bo‘lmagani bois, qayta kasallanish ehtimoli bor.

Oddiy gerpes

Oddiy gerpes (OGV) — dunyoda eng ko‘p tarqalgan virusli infeksiyalardan biri. Uning 2 turi mavjud. OGV-1 bilan zararlanish dunyoda 90-95 foiz, OGV-2 bilan zararlanish esa 20-30 foizgacha yetadi. Oddiy gerpes homiladorlikning og‘ir kechishi, bolaning muddatidan ilgari tug‘ilishi, ona qornida rivojlanmay qolishi yoki homila tushishiga olib keladi.

Virus manbai bemorlardir, ya’ni havo-tomchi, jinsiy yo‘l orqali yoki onadan homilaga yuqadi. Aniqlanishicha, homiladorlikning birinchi choragida OGV yuqishi bolaning gidrotsefaliya (miya qorinchalarida orqa miya suyuqligining ko‘payishi bilan kechuvchi kasallik), yurak nuqsonlari, katarakta, karlik, siydik-tanosil a’zolari, oshqozon-ichak tizimi nuqsonlari bilan dunyoga kelishiga sabab bo‘ladi. Virus homiladorlikning ikkinchi va uchinchi davrida yuqsa, jigar va taloqning kattalashishi (gepatosplenomegaliya), anemiya, sariqlik, gipotrofiya (organizmning darmonsizlanib, ozib ketishi), pnevmoniya kabi asoratlarni yuzaga keltiradi.

Ushbu kasallikdan so‘ng ham turg‘un immunitet hosil bo‘lmaydi va takroran kasallanish holatlari kuzatiladi.

TORCH-infeksiyasi so‘zi tarkibidagi (Others) boshqa virusli xastaliklar ham shu kabi jiddiy oqibatlarni yuzaga keltiradi.

Ota-onaning immuniteti baland bo‘lishi, gigiyena qoidalariga amal qilishi, o‘z organizmiga hurmat bilan qarashi va, albatta, palapartish jinsiy hayotdan tiyilib, xiyonat ko‘chasiga kirmasligi farzandning sog‘lom tug‘ilishini kafolatlaydi.

Niso.uz nashri.

 

Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.

Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.

Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60

Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
OIV, OITS: sabablari, yuqish yo‘llari, belgilari, davolash va oldini olish
OITS (ortirilgan immun tanqisligi sindromi) – sindromi OIV (orttirilgan immun tanqisligi virusi) tomonidan chaqiriladigan kasallik. Kasallik inson immun tizimini o‘zgartiradi, infeksion va boshqa kasalliklarga sezuvchanlikni oshiradi. Agar bu sindrom rivojlansa bu sezuvchanlik yanada oshadi. OIV virusi odamning barcha to‘qimalarida uchraydi, zararlangan odamning organizm ichki suyuqliklari orqali yuqadi. Masalan sperma, qin ajralmasi, qon va ko‘krak suti orqali tarqalishi aniqlangan. Bu maqolada biz sizga OIV va OITS, ularning simptomlari, sabablari va davolash haqida ma’lumot bermoqchimiz. OIV – bu virus odamning immun hujayrasi bo‘lgan CD-4 hujayralarini zararlaydi. OITS – bu sindrom OIV virusining immun tizimiga bo‘lgan ta’siri natijasida yuzaga keladi. OIV – bu virus. OITS – bu organizmning immun tanqislik holati. [caption id="attachment_10903" align="aligncenter" width="700"]oits Foto: Medicalnewstoday.com[/caption]

OITS sabablari

OIV – virusi OITS ning rivojlanishi sababidir. Ba’zi hollarda esa virus bilan zararlangan odamlarda OITS rivojlanmasligi mumkin. OITS ko‘p hollarda OIV o‘z vaqtida davolamaslik natijasida yuzaga keladi. OIV – bu retrovirus oilasiga kiradi, organizmning muhim organlari va immun tizimi hujayralarini zararlaydi. Agar virusning rivojlanishiga qarshi antirertovirus terapiyasi olib borilmasa, virus organizmda tez rivojlanadi. Virusning rivojlanishi turli omillarga bog‘liq. Bular insonning yoshi, organizmning OIV virusdan himoya xususiyati, sog‘ligi, boshqa infeksiyalar, irsiy omillar bo‘lishi mumkin.

OIV qanday yuqishi mumkin?

Jinsiy aloqa – bu yo‘l bilan zararlangan jinsiy suyuqliklar (rektal, genital va og‘izning shilliq qavat) natijasida yuqadi. Bu holat jinsiy aloqa paytida himoya vositalaridan foydalanilmaganda, atipik jinsiy aloqa bo‘lganda, yoki ishlatiladigan ashyolar orqali sodir bo‘lishi mumkin. Onadan bolaga – OIV bilan zararlangan ayoli farzandiga OIV virusi bilan tug‘ruq davomida, homiladorlikda, ko‘krak suti bilan oziqlantirish paytida yuqtirishi mumkin. Qon orqali – bu yo‘l orqali yuqish rivojlangan mamlakatlarda qon quyish jarayonida ko‘proq sodir bo‘ladi. Bu holatda tomir ichiga yuboriladigan narkotik shprislarini o‘zgartirmasdan yoki zararlangan shpirslar orqali yuborilganda zararlanish kuzatiladi.

OITS belgilari

OIV ning belgilari asosan ikkilamchi infeksiyalar bakteriyalar, viruslar, zamburug‘lar bilan zararlanish natijasida yuzaga chiqadi. Agar odamning immun tizimi sog‘lom bo‘lsa, bu holat rivovlanmasligi ham mumkin.

OIV ning boshlang‘ich belgilari

Ba’zi OIV bilan zararlangan insonlarda kasallikning belgilari oylab, hatto yillab ham kuzatilmasligi mumkin. 80% holatda virus bilan zararlangandan so‘ng 2-6 haftadan so‘ng gripp bilan zararlangan holatdagi belgilar kuzatilishi mumkin. Buni o‘tkir retrovirus sindromi deyiladi. OIV boshlang‘ich simptomlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
  • Yuqori harorat;
  • Qaltirash;
  • Bo‘gimlarda og‘riq;
  • Mushaklarda og‘riq;
  • Tomoq og‘rig‘i;
  • Tunda ko‘p terlash;
  • Bezlarning kattalashuvi;
  • Tanada qizil rangli toshmalar;
  • Tez charchash;
  • Tezda vazn yo‘qotish.
Shuni yodda tutish kerakki yuqoridagi belgilar faqatgina OIV virusning o‘zi bilan emas, balki ikkilamchi viruslar bilan zararlangan keyin yuzaga keladi.

Belgisiz OIV

Ko‘p hollarda OIV bilan zararlangan insonlarda birinchi zararlanish belgisidan so‘ng ko‘p yillar davomida hech qanday belgilar kuzatilmasligi mumkin. Bu vaqt oraliqda virus ko‘payadi va immun tizimi va organlarni zararlaydi. Agar OIV virusini virusga qarshi dori vositalarni qo‘llanmasa, organizm immun tizimi o‘rtacha 10 yil faoliyat ko‘rsatishi aniqlangan. OIV bilan zararlangan insonda hech qanday belgilar yuzaga chiqmaydi, o‘zini yaxshi his qiladi, sog‘lig‘idan shikoyat qilmaydi. Antiretrovirus preparatlarini har kuni qabul qiladigan insonlarda virusning ko‘payishi butunlay to‘xtashi mumkin. Antiretrovirus preparatlari immun tizimiga doim zararli ta’sir ko‘rsatib keladi. Agar inson davolanmasa, OIV immun tizimining infeksiyalarga qarshi kurash qobilyatini butunlay to‘xtatadi. Inson jiddiy kasalliklarga uchraydi. Bu bosqich OITS holatidir.

Simptomlari

OIV va OITS haqidagi afsonalar

Ko‘pchilikda OIV hamda OITS yuqishi haqida noto‘g‘ri tushuncha mavjud. Quyida shu kabi uydirmalarning ba'zilarini sanab o‘tamiz:
  • Qo‘l berib so‘rashganda yuqushi mumkin;
  • Quchoqlashganda  yuqushi mumkin;
  • O‘pishganda  yuqushi mumkin;
  • Yo‘talganda  yuqushi mumkin;
  • Bir hojatxonadan foydalanilganda  yuqushi mumkin;
  • Sochiqdan foydalanilganda  yuqushi mumkin;
  • Oshxona jihozlaridan  yuqushi mumkin;
  • Reanimatsiyada  yuqushi mumkin.

OITSni aniqlash (Diagnostikasi)

[caption id="attachment_10904" align="aligncenter" width="550"]oitsni aniqlash Foto: en.people.cn[/caption] Ma’lumotlariga ko‘ra, kasallik bilan zararlangan har 8 insondan 1 si o‘zining OIV bilan zararlangani bilmaydi. OIV virusining tashxisi umumiy qon tahlili orqali aniqlanadi. Agar OIV topilsa, musbat natija bo‘ladi. Bu analiz takror qilib ko‘riladi. Agar inson virus bilan zararlanish holatiga uchragan bo‘lsa, tezroq analiz tahlili topshirishi kerak. Qanchalik erta qo‘yilgan tashxis, shunchalik davolashning unumini oshiradi. Virus bilan zararlangandan so‘ng 3 oydan 6 oygacha test o‘tkazish kerak.

OITSni davolash

Hozirgi kunda OIV va OITS ga qarshi maxsus dori vositasi mavjud emas. Ayni mavjud bo‘lgan davolash usullari bilan insonlarni OIV virusi bilan uzoqroq muddat yashashini ta’minlash mumkin. OIV antiretrovirusga davolashning erta boshlanishi muhim ahamiyatga ega. Chunki bu orqali insoni hayoti davomiyligini uzaytirish mumkin. Hozirgi kundagi OIV virusi bilan zararlangan odamlarga faqatgina ulardagi virusning ko‘payishini to‘xtatish orqali yordam berish mumkin. Agar inson virus bilan oxirgi 72 soat mobaynida zararlangan bo‘lsa, virusga qarshi preparatlar virusni ko‘payishini to‘xtatishi mumkin. Bu davolash kursi 4 hafta mobaynida o‘tkazilishi shart. Davolashdan OIV kuzatuvlari davom ettiriladi. [caption id="attachment_10905" align="aligncenter" width="728"]oitsni davolash Foto: portugalresident.com[/caption]

Antiretrovirus preparatlari

OIV antiretrovirus preparatlari bilan davolanadi. Davolash OIV ning organizmda tarqalishini oldini olishga qaratilgan. OIV bilan zararlangan odamlar bir necha dorilar kombinatsiyalarini qabul qilishlari shart. Antiretrovirus preparatlar quyidagilar:

Proteaza ingibitorlari

Proteaza – bu ferment virusning o‘zidan nusxa ko‘chirish bosqichiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu dori vositalariga: Atanazavir/kobistat (Evotaz), Lopinavir/ Ritonavir (Kaletra) va Darunavir/ kobistat lar kiradi

Integraza ingibitorlari

OIV virusi integraza fermenti orqali organizmning T-hujayralarini zararlaydi. Bu hil dori vositalari aynan shu jarayonni to‘xtatadi. Bu preparatlar ko‘p ishlatiladi, nojo‘ya ta’sirlari kam. Bu dori vositalariga: Elvitegravir (Vitekta), Dolutegravir (Tivisay) va Raltegravir (Isentress) kiradi.

Qayta transkriptaza ingibitorlari

Bu dori vositalari virusning nusxa ko‘chirish jarayonini to‘xtatadi. Bu prepartlar: Abakavir (Ziagen), Lamuvudin/ Zidovudin (Kombivir) va emtrisitabin (Emtriva).

Komoretseptor xemokin antogonsitlari

Bu dori vositalari virusning hujayra ichiga kirishini to‘xtadi. Yuqoridagi dori vositalarini birgalikda qo‘llash kerak. OIV ning davosi hayot davomida olib boriladi. Dori vositalari to‘xtovsiz qabul qilinadi. Har bir antiretrovirus preparatlari o‘zining nojo‘ya ta’sirlariga ega.

OITS ning oldini olish choralari

OIV ning oldini olish choralarini har bir tibbiyot xodimi bilishi zarur: Himoya vositalarisiz jinsiy aloqa – bu yo‘l bilan inson OIV va boshqa jinsiy a’zolarning infeksion kasalliklarini yuqtirib olishi mumkin. Prezervativlar har bir jinsiy aloqa uchun alohida va to‘g‘ri ishlatilishi zarur. Narkotik vositalarni qabul qilishda – tomir ichiga qabul qilinadigan narkotik vositalari rivojlangan mamlakatlarda OIV tarqalishida asosiy o‘rinda turadi. Bu yo‘l orqali yana gepatitning C turi ham tarqaladi. Agar ignalarni ishlatish zarurati tug‘ilsa, igna steril, avval ishlatilmagan, ochilmagan bo‘lishi kerak. Tibbiy xodimlar - OIV bilan zararlangan kasallar bilan ishlovchi tibbiyot xodimlari maxsus qo‘lqoplar, niqob, himoya ko‘zoynaklari, xalatlar bilan ishlash talab etiladi. Agarda teriga qon tegadigan bo‘lsa, darhol terini suv bilan yuvish zararlanishni oldini oladi. Homiladorlikda – bazi antiretrovirus dorilari homilaga zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun keserva kesish yo‘li bilan tug‘gan ma’qulroq. OIV bilan zararlangan ayol ko‘krak suti bilan virusni farzandiga yuqtirishi mumkin. Psixologik – dunyodagi ko‘pchilik OIV bilan zararlangan insonlar o‘zini zararlanganliklarini oshkor etmaydilar. Natijada OIV tashxisi kechikadi. Vaqtida qo‘yilmagan tashxis og‘ir oqibatlar bilan yakunlanadi.
[su_spoiler title="Avvalgi maqola bilan tanishish" style="fancy"]OIV (odam immuntanqisligi virusi) yuqqanidan so‘ng immun tizim zararlanadi va organizm mikroorganizmlarga chidamsiz bo‘lib qoladi. OIV rivojlanishining aynan shu bosqichi OITS ( Orttirilgan immun tanqisligi sindromi ) deyilib, bu davr tezda ozib ketish, uzoq vaqt isitmalash, ich ketish va organizmning himoya kuchining to‘liq susayishi sharoitida ko‘plab yuqumli kasalliklar va xavfli o‘smalar rivojlanishi bilan kechadi. Organizmga tushganidan so‘ng virus tananing barcha sohasidagi suyuqliklarda (qonda, urug‘ suyuqligida, jinsiy a’zo ajralmasida va boshqalarda) paydo bo‘ladi. OIV yuqish yo‘llari Virus bir necha yo‘l bilan yuqadi. Bitta igna bilan bir nechta giyohvandlar tomir ichiga giyohvand moddalarni qabul qilganida, qon bilan ifloslangan kesuvchi asboblar yoki ignalarni ishlatganda, OIV infeksiyasi bilan zararlangan qonni bemorga quyish natijasida va boshqa tibbiy (jarrohlik, ginekologik, stomatologik) muolajalar orqali kasallik yuqadi. OIV bilan kasallangan bemorning soqol olish uskunasi, tish cho‘tkasi boshqa shaxslar tomonidan ishlatilishi ham kasallik yuqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek ko‘pincha pala-partish jinsiy hayot kechiruvchilar jinsiy yo‘l orqali shu kasallikni yuqtirib oladilar. Bunday vaqtda shifokorlar himoya vositasidan foydalanishni qat’iy maslahat beradilar. Infeksiya yuqtirgan onadan bolaga (homiladorlik davrida, tug‘uruq vaqtida yoki ko‘krak suti bilan emizish vaqtida) kasallik o‘tadi. OIV bilan zararlanganda... OIV bilan zararlangan odam ma’lum davrgacha virusning ta’sirini sezmaydi va ko‘p yillar kasallikning yashirin davrini boshdan kechiradi. Dastlab, me’yorda ishlab turgan immun tizimi yillar davomida virusning ta’siriga javob reaksiyasi beradi. Lekin virus asta-sekin ko‘payib, immun tizimdan ustun kela boshlaydi va uni mutlaqo izdan chiqaradi, organizmning virusga qarshi kurashish xususiyati yo‘qoladi. Bunday sharoitda virus organizmda ko‘payish jarayoni tezlashadi va ma’lum darajaga yetgandan so‘ng OITS kasalligi boshlanadi. OITS belgilari qanday? Doimiy ravishda yuzaga keluvchi pnevmoniya, sil, sitomegalovirus infeksiyasi, gerpes va boshqalarning qo‘shimcha ravishda kelishi OITS belgilaridir. Xuddi shu kasalliklar ko‘pincha og‘ir asoratlarga olib keladi. Virus organizmga tushgandan boshlab OITS (SPID) belgilari paydo bo‘lguniga qadar o‘tgan vaqt o‘rtacha 10 yillarni tashkil etadi. OITS – OIV infeksiyasining oxirgi bosqichi hisoblanadi. Bu bosqichda kishi ba’zan hatto o‘zi turolmaydigan va oddiy harakatlarni bajara olmaydigan bemorga aylanadi. OITS ni tashxislash OIV infeksiyasining yagona ishonchli tashxis usuli laborator tekshiruvdir. Bunda bemorning qon zardobida OIV ga qarshi antitanalar aniqlanadi. OIV infeksiyasi diagnozi qo‘yilgandan keyin bemorda kasallik kechishining tavsifi, immunitetning zararlanganlik darajasi, ikkilamchi kasalliklar sababi va tavsifini o‘rganishga qaratilgan chuqur tekshiruvlardan so‘nggina shifokor OIV infeksiyasiga qarshi davolash chorasini belgilasa bo‘ladi. Shu vaqtdan boshlab OIV infeksiyasini yuqtirgan kishi doimiy dispanser nazoratida turadi. Kasallikning oldini olish Kasallikning oldini olish uchun birinchidan oilaviy munosabatlarda sadoqat chegaralarini buzmaslik talab etiladi. Jinsiy muomala vaqtida himoya vositasidan foydalanish zarur. Soqol olish asboblarining har bir kishi uchun alohida bo‘lishini ta’minlash, iloji boricha sartaroshxonalarda soqol oldirmaslik, sochni ustara bilan oldirish zarurati paydo bo‘lsa, bir marotaba ishlatiladigan ustaralardan foydalanish kerak. Tishlarni davolatish, ginekolog ko‘rigi yoki bemorlarga muolaja qilish ishlarida tibbiy asboblarning sifatli zararsizlantirish muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, bolani sunnat qilish, quloqni teshish, taturovka qildirish kabi usullarda ishlatilgan asbob-uskunalarni qayta ishlatmaslik, ularning xavfsizligi (tozaligi) ni ta’minlash ishlariga e’tiborli bo‘lish lozim. Bolalarda infeksiya yuqishini oldini olishga homilador ayollarni OIVga tekshiruv ham muhim o‘rin tutadi. (Homilador ayollar OIVga poliklinikada bepul tekshiriladi), shuningdek, nikohlanuvchi va farzand ko‘rishni xohlagan juftlar uchun ham OIVga tekshiruv o‘z xohishi bilan o‘tkaziladi. Unutmaslik kerakki, OIVga musbat natija olingach bemorlarga to‘g‘ri muomalada bo‘lish, ularni kamsitmaslik, ajratmaslik, aksincha ruhiy yordam berish zarur.

© Umida ZAYNUDDINOVA, pedagog. "Sihat-salomatlik" jurnali.

[/su_spoiler]
ico
Qon orqali yuqishi mumkin bo‘lgan kasalliklardan qanday himoyalanish kerak?
Tez-tez o‘ziga qon va qon komponentlarini quyadigan odamlar aslida xavfli guruhga mansub bo‘lishadi. Kasalliklarning qon yoki qon komponentlari orqali yuqishi (gemokontakt) bugungi kunda uchrayotgan jiddiy holat hisoblanadi. OIV/OITS, gepatit B, gepatit C kasalliklari gemokontakt infeksiyalar sirasiga kiradi va xavflilik darajasi yuqoridir. Faqat odamlarda uchraydigan yuqumli kasallik OIV virusi organizmda butun umr saqlanib qoladi va uning yashirin davri bir necha oydan 5-10 yilgacha cho‘ziladi. Virusni yuqtirib olgan shaxslar dastlab sog‘lom ko‘rinishadi, ularda uzoq paytgacha kasallikning hech qanday belgilari kuzatilmaydi. Aynan shu davr ancha xavfli hisoblanib, OIVni yuqtirib olgan shaxslar o‘zlari bilmagan holda boshqalarga yuqtirishi mumkin. OIV infeksiyasida o‘z me’yorida ishlab turgan immun tizimi (kasalliklarga qarshi kurashish xususiyati) yillar davomida virusning tajovuzini bosib turadi. Virus organizmda tinimsiz ko‘payib, asta-sekin immun tizimini mutlaqo ishdan chiqaradi. Tegishli davo choralari ko‘rilmasa, orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) rivojlanadi. Bu davrda organizm turli xil yuqumli kasalliklarga beriluvchan bo‘lib qoladi. OIV infeksiyasi, gepatit B, gepatit C gemokontakt usulda (ya’ni teri va shilliq qavatlar butunligining buzilishi bilan kechadigan muolajalar paytida) yuqishi mumkin. Masalan:
  • OIV infeksiyasi bilan zararlanganda;
  • tekshirilmagan qon va qon mahsulotlari bemorlarga quyilganda;
  • a’zo va to‘qimalar ko‘chirib o‘tkazilganda;
  • nosteril tibbiy va notibbiy asboblardan foydalanilganda (qon qoldiqlari mavjud bo‘lgan ustara, manikyur, pedikyur, kosmetologik asbob-anjomlar, bir martalik shprislar qayta ishlatilganda) yuqish xavfi ko‘proq bo‘ladi.
Kishilarimiz davolash-profilaktika muassasalariga u yoki bu muolajani olish bo‘yicha murojaat qilishganda albatta bir martalik shpris, sistema, qo‘lqoplardan foydalanilishiga, shuningdek maishiy xizmat shoxobchalarida ishlatiladigan asbob-uskunalarning sifatliliga alohida e’tibor qaratishlari zarur. Umuman, OIV infeksiyasi, gepatit B, gepatit C kabi kasalliklardan saqlanish uchun quyidagilarga amal qilinishi zarur:
  1. Maishiy xizmat shaxobchalarida sochsoqol olish, manikyur, pedikyur, kosmetologik, tatuaj muolajalarini olish paytida ishlatilayotgan asbob-uskunalarni sterillanganligiga ishonch hosil qilish.
  2. Uy sharoitida faqat shaxsiy ustara, tish cho‘tkalari va boshqa shaxsiy gigiyena vositalaridan foydalanish.
  3. Tibbiy muolajalar olish zaruriyati tug‘ilganda faqatgina steril, bir marotaba ishlatiladigan asbob-anjomlardan foydalanish.
Demak, hech birimiz salomatligimizga beparvo bo‘lmasligimiz zarur. Shundagina tasodifan kasallik yuqishi xavfi bizdan yiroqlashadi.

Bahodir AVЕZOV, Buxoro viloyat OITSga qarshi kurash markazi uslubiy, profilaktik va epidemiyaga qarshi ishlarni tashkil etish bo‘limining epidemiolog shifokori. "Sihat-salomatlik" jurnali.