Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!

MAQOLALAR

ico
Gripp va shamollash (OʻRVI) profilaktikasi

Hozirgi kunda gripp virusining kun sayin yangi turdagi shtammlari paydo boʻlayotganligi hech kimga sir emas. Ommaviy axborot vositalaridan gripp emidemiyalari haqida koʻp maʼlumotlar berib turiladi. Ular borgan sari hayot uchun xavfli boʻlib bormoqda. Xoʻsh, bu kabi holatga tushmaslik uchun nimalar qilish kerak? Oʻzimizni va yaqin insonlarimizni gripp virusidan qanday himoya qilish mumkin?

[caption id="attachment_11567" align="aligncenter" width="750"]gripp va shamollashni oldini olish Foto: Shutterstock.com[/caption]

Gripp va OʻRVI dan qanday himoyalanish mumkin?

Gripp va OʻRVI (Oʻtkir Respirator Virusli Infeksiya) dan himoyalanishning bir necha usullari mavjud. Albatta, koʻpchilik bu ikki kasallikni bir-biridan farqlay olmaydilar, bundan tashqari OʻRK (Oʻtkir Respirator Kasallik) ni ham adashtirib yuboradilar. OʻRVI – bu nafas yoʻllarining faqatgina viruslar keltirib chiqaradigan kasalliklaridir. Agar nafas yoʻllarida viruslardan boshqa patogenlar kasallik keltirib chiqarsa bu OʻRVI ga kirmaydi. Statistika boʻyicha, nafas yoʻllari (respirator kasalliklar) kelib chiqishida koʻpincha viruslar sabab boʻladi. Albatta, bakteriyalar sababli ham nafas yoʻllari yalligʻlanishi mumkin, ammo organizmda mahalliy va umumiy immunitet pasayishiga asosan viruslar sabab boʻladi.

OʻRVI ni chaqiruvchi asosiy viruslarga – paragripp, adenovirus, rinovirus, enteroviruslar kiradi. Grippga keladigan boʻlsak, bu kasallikni ham OʻRVI ga kirgizsak boʻladi, chunki grippni ham viruslar chaqiradi. Ammo, gripp kasalligi xavfli boʻlganligi sababli, patologiya alohida koʻrib chiqiladi, hamda gripp profilaktikasiga jiddiy yondashishni talab etadi.

Profilaktik chora tadbirlar ikki guruhga boʻlinadi – spetsifik va nospetsifik. Gripp va OʻRVI ning spetsifik profilaktikasi gripp va OʻRVI viruslarini bloklashdan iborat. Kasallikning nospetsifik profilaktikasida esa respirator kasalliklarning oldini olishda umumiy qoʻllaniladigan chora tadbirlardan iborat, bunda aynan virusga qarshi kurashilmaydi.

Profilaktik chora tadbirlarining asosiy usullari quyidagilar:

  • Virusga qarshi preparatlar qabul qilish;
  • Immunitetni oshiruvchi preparatlar qabul qilish;
  • Vaksinatsiya;
  • Niqob taqib yurish;
  • Parhez;
  • Gigiyenaga rioya qilish;
  • Epidemiya vaqtida odamlar koʻp toʻplanadigan joylardan holi boʻlish.

Bu usullarni batafsil koʻrib chiqamiz, ularning ayrimlari faqatgina gripp virusiga qarshi qoʻllaniladi.

Dori preparatlari

Gripp va OʻRVI profilaktikasida dori preparatlaridan foydalanish kam samarali, nisbatan xavfsiz va yetarlicha kamchilikalarga ega. Shu sababli bu usulni gripp profilaktikasida asosiy deb boʻlmaydi. Bunga sabab quyidagilardir.

Gripp va OʻRVI profilaktikasida qoʻllaniladigan preparatlarni bir necha guruhlarga boʻlish mumkin:

  • Etiotrop preparatlar (toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir etuvchi);
  • Immunomodulyatorlar;
  • Simptomatik preparatlar;
  • Etiotrop preparatlar.

Etiotrop preparatlar toʻgʻridan-toʻgʻri viruslarga taʼsir koʻrsatadi, ular viruslarni oʻldiradi yoki koʻpayishini toʻxtatadi. Qayd etib oʻtish kerakki, hozirgi kunda OʻRVI ga etiotrop taʼsir koʻrsatuvchi preparat ishlab chiqilmagan (gripp bundan mustasno). Bu guruhga shartli ravishda arbidol preparatini kirgizish mumkin, ammo, qolgan preparatlar (Tamiflyu, Relenza, seremivir, remantadin) barchasi faqatgina gripp virusiga taʼsir etadi. Bu kabi preparatlar yordamida grippdan himoyalanish samarasi kam, chunki bu vositalar toksik xususiyati yuqori, boshqacha qilib aytganda bu preparatlarning effektidan koʻra zararli xavfi yuqori.

Etiotrop preparatlar gripp kasalligining boshlangʻich bosqichlarida qoʻllaniladi, ular organizmni virus bilan kurashishida yordam beradi. Shu sababli gripp profilaktikasida etiotrop preparatlar kasallik yuqish ehtimoli yuqori boʻlgandagina (masalan, oila aʼzolaridan biri gripp bilan kasallangan boʻlsa) profilaktika uchun qoʻllaniladi.

Immunomodulyatorlar

Soʻngi kunlarda yurtimizda immunomodulyatorlardan foydalanish “moda” tusiga kirib bormoqda, masalan Grippferon, Viferon, Kagosel va boshqa koʻpgina preparatlar immunitetni oshiradi va oʻziga xos boʻlgan modda – interferon sintezini koʻpaytiradi (virusga qarshi taʼsir koʻrsatadi). Bu kabi preparatlar etiotrop vositalarga nisbatan ancha arzon.

Koʻpchilik immunolog-mutaxassislar interferon preparatlarini tartibsiz qabul qilmaslikni tavsiya etadilar, ayniqsa gripp profilaktikasida. Bunga sabab, bu preparatlar yordamida koʻtarilgan immuniteti uzoq muddatli boʻlmaydi, aksincha tez parchalanadi, yaʼni organizmga infeksion agent kirganida mustaqil ravishda immun tizimi ishga tushmaydi. Shu tufayli gripp va OʻRVI profilaktikasida immunomodulyatorlarni qoʻllash qatʼiy koʻrsatma boʻyicha amalga oshirilgani maqsadga muvofiqdir – agar inson organizmi immun tizimi haqiqatda sust boʻlgan holatlarda. Bunda immun tizimi maxsus tekshiruvlardan oʻtishi zarur, shunchaki “men va mening farzandim gripp bilan tez-tez kasallanib turamiz, demak bizda immun tizimi sust va biz reklama qilinayotgan birorta bir grippga qarshi taʼsir koʻrsatuvchi preparatni qabul qilishimiz kerak” degan fikrga tayanish kerak emas.

Simptomatik preparatlar

Gripp va OʻRVI profilaktikasida qoʻllaniladigan uchinchi guruh preparatlari – isitma va ogʻriqqa qarshi preparatlar, ular tarkibida parasetamol, ibuprofen va aspirin saqlanadi. Koʻplab rekalamalar sababli bu vositalar ham gripp va OʻRVI profilaktikasida eng samarali vosita sifatida qabul qilinadi. Ammo, bunday preparatlar gripp va OʻRVI profilaktikasida qoʻllanilishi maʼnosiz, chunki ular viruslarga ham inson immun tizimiga ham hech qanday taʼsir koʻrsatmaydi. Parasetamol va Aspirin (asetilsalitsil kislota) uzoq vaqt qabul qilinganda jigarga salbiy taʼsir koʻrsatadi, aspirin ichki qon ketishlar va oshqozon surunkali yara kasalliklari xurujini chaqirishi ham mumkin. 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga aspirin preparatlarini qoʻllash qatʼiyan man etiladi, aks holda qaytmas asoratlarga olib kelishi mumkin boʻlgan holatlarni yuzaga chiqarish ehtimoli yuqori boʻladi.

Vaksinatsiya

Gripp va OʻRVI profilaktikasida “moʻjizaviy” tabletkalarga tayanish kerak emas. Xoʻsh, unda qanday qilib kasallikdan himoyalanish mumkin? Baxtimizga boshqa usullar ham bor. Epidemik holatlarda eng samarali usullardan biri emlash hisoblanadi. Emlash orqali organizmda kasallikni chaqiruvchi virusga qarshi turgʻun immunitet paydo boʻladi. Bu usulning yagona kamchiligi shundaki, hozirgi kunga qadar faqatgina gripp viruslaridan himoya qiluvchi vaksinalar oʻylab topilgan, ular OʻRVI dan organizmni himoya qila olmaydi. Shunday boʻlsa ham, emlash usulining samaradorligi juda yuqori va bu koʻrsatkich 80-90 % ni tashkil qiladi.

Vaksinatsiyaning boshqa kamchiliklari ham bor:

  • Qarshi koʻrsatmalar – oʻpka, yurak, buyrak ogʻir kasalliklari, allergiyaga moyillik;
  • 6 oygacha boʻlgan bolalarda qoʻllash mumkin emas (ayrim turdagi vaksinalar – 3 yoshgacha qoʻllanilishi mumkin emas);
  • Emlash orqali paydo boʻlgan immunitet muddati, nisbiy olib qaralganda uzoq emas – yarim yildan bir yilgacha saqlanib qolishi mumkin.

Nospetsifik profilaktik chora tadbirlar

Gripp va OʻRVI profilaktikasida boshqa usullar ham bor. Hozirgi kunda eng koʻp tarqalgan usullardan biri dokali niqoblar taqib yurish, yaʼni epidemiya oʻchoqlarida yuqori nafas yoʻllari orqali viruslar kirmasligi uchun burun va ogʻiz niqob bilan berkitiladi. Niqoblar qanchalik darajada samarali ? Bu vaziyatda turli xil fikrlar mavjud. Ayrim mutahassislar dokali niqoblar samaradorligini kam, hatto nolga teng deb taʼkidlashadi. Gap shundaki viruslar juda kichik organism boʻlganligi sababli niqoblar orasidan osonlik bilan oʻtib ketadi va nafas yoʻllariga tushadi.

Yana bir koʻp tarqalgan holat – niqoblarni gripp yoki OʻRVI bilan kasallangan inson taqib yurishi, ular aksa urganda va yoʻtalganda soʻlak va boshqa suyuqliklar tashqi muhitga chiqmaydi, natijada yon atrofdagi insonlar zararlanmaydi. Afsuski, koʻpchilik bilmaydigan bir muhim omil bor – niqoblar bir marotaba foydalaniladigan buyum hisoblanadi, 3-4 soat taqib yurilgandan soʻng ularni almashtirish kerak boʻladi, aks holda niqoblarning oʻzi virus va mikroblarni tarqatuvchi manbaga aylanib qoladi.

Gripp epidemiyasida eng samarali usullardan biri insonlar bilan muloqotni cheklashdir. Masalan, odam koʻp toʻlanadagina joylar doʻkonlar, bozorlar, sport muassasalari, jamoat joylari vas hu kabilar. Jamoat transportlarida aksa urgan yoki yoʻtalgan insonlardan uzoqroqda turish tavsiya etiladi. Ota-onalar ham oʻz farzandlarini qarindoshlar bilan kontakda boʻlishini vaqtinchalik chegaralab turganlari maʼqul. Agar taʼlim muassasalarida grippga qarshi karantin eʼlon qilinmasa, ular oʻz maktab yoki bogʻchalariga borishlari mumkin.

Gripp virusi va OʻRVI asosan havo-tomchi yoʻli bilan yuqadi. Ammo, bu kabi infeksiyalar tashiq muhitda va xoʻjalik buyumlarida ham bir necha soatgacha saqlanib qolishi mumkin. Shu sababli uyda va ish joyida tozalik va shaxsiy gigiyenaga jiddiy eʼtibor qaratish lozim. Uyga kelganda har doim qoʻllarni sovun bilan yuvish kerak. Ogʻiz boʻshligʻi va tomoqni ichimlik sodasi bilan chayib turish ham foydali. Viruslar nafas yoʻllariga toʻgʻridan toʻgʻri tushmasdan, burun va ogʻiz shilliq qavatlarida joylashib olishlari ham mumkin, shu sababli burun va tomoqni tez tez chayib turish maqsadga muvofiq.

Organizmni chiniqtirish yaʼni sport bilan shugʻullanishning ham immun tizimini ragʻbatlashda roli katta. Shu bilan bir qatorda unutmang, turli xil viruslar nikotin, alkogol va boshqa zararli moddalar bilan zaharlangan organizmga yuqishi va koʻpayishi oson kechadi. Ovqatlanish tartibi ham viruslar profilaktikasida muhim ahamiyat kasb etadi, ozuqa tarkibida yetarlicha minerallar, vitaminlar ayniqsa, C vitaminiga boy boʻlishi zarur. Shifokor bilan maslahatlashgan holda kompleks vitamin preparatlarini qabul qilsa ham boʻladi. Bundan tashqari, kun tartibiga ham eʼtibor qaratish immun tizimini ragʻbatlaydi, yaʼni yetarlicha uyqu va oʻz vaqtida dam olish kuchli immunitetni kafolatlaydi.

Meva va sabzavotlar turli xil kasalliklardan himoyalanishda “moʻjizaviy” kuchga ega emasligini ham unutmang, masalan barchaga maʼlum boʻlgan sarimsoq piyoz, uni hidlash, boʻyin, tomoq va burun atrofi terisiga surishning viruslarga qarshi kurashishda hech qanday samarasi yoʻq.

Yuqoridagilardan kelib chiqib shunday xulosa qilsa boʻladi: gripp virusi va OʻRVI profilaktikasida mutlaqo samara beradigan preparatning oʻzi yoʻq. Har qanday inson hayoti davomida hech boʻlmasa bir marta boʻlsa ham nafas yoʻllari kasalliklari bilan kasallanadi. Ammo, virus va boshqa infeksiyalarning yuqish ehtimolini kamaytirishga barcha insonning kuchi yetadi.

Mavzuga aloqador foydali maqolalar: 

Gripp va yuqori nafas yo'llarining infeksiyalarini alomatlarini davolash uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Griphotdir.

Griphot bu – alohida paketlarga qadoqlangan eriydigan granulalar.

Har bir paket tarkibi:

Faol moddalar: parasetamol - 500 mg, fenilefrin gidroxlorid - 10 mg, oksalamin sitrat - 100 mg, xlorfeniramin maleat - 2 mg; Yordamchi moddalar: tartarik kislota, limon kislotasi, natriy gidrokarbonat, natriy karbonat, xinolin sarig'i, limon lazzati, Kollidon K-30, saxarin, saxaroza.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi - https://apteka.uz/product/gripkhot

Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Teraflyu, Rinil hotmiks, Insti, Sinupret ekstrakt, Rinomaks, ASS va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Vitaminlar haqida batafsil ma’lumot
Inson kundalik hayotida turli xil narsalarni iste’mol qilishi mumkin. Uning tarkibida esa turli xil moddalar va vitaminlar mavjud. Inson organizmi uchun A, B, B1, B2, B6, B12, C, D, PP, K vitaminlari nihoyatda zarurdir. Ularning ta’siri inson organizmi faoliyatida juda muhim rol o‘ynaydi. Agar mazkur vitaminlardan birortasi yetishmasa, inson organizmida turli xastaliklarning kelib chiqishiga sharoit tug‘iladi.

Vitamin B1 yoki tiamin

[caption id="attachment_10342" align="aligncenter" width="480"] Foto: Knigazdorovya.com[/caption] (Tiamin), 1912 yilda K.Funk tomonidan o‘rganilgan, uning nomi tiamin grekcha “tion-oltingugurt” atamasidan olingan. Tiamin— ko‘pgina oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga kiradi. U asosan donning murtagi va qobig‘i (kepagi)da bo‘ladi. Tiamin organizmda uglevodlar almashinuvida muhim ahamiyatga ega; ovqat uglevodlarga serob bo‘lsa, ularni o‘zlashtirish uchun tiamin ko‘proq talab qilinadi. Tiamin bo‘lmasa,
polinevrit kasalligi ro‘y beradi. Organizmda bu vitamin bo‘lmasa yoki yetishmasa, nerv sistemasining og‘ir kasalligi — beri-beri paydo bo‘ladi, shuningdek ichak peristaltikasi susayadi, qabziyat, muskullar bo‘shashishi, jismoniy va ruhiy ish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi.

Vitamin B1 vazifasi

Vitamin B1 (tiamin) organizmning oqsil va uglevodorod almashinuvini muvozanatga keltiradi. Bu vitamin uglevodlar almashinuvini mo‘tadillashtiradi, asab tizimi, hujayralar va oshqozon-ichak trakti faoliyati uchun zarur. Ular odam va hayvon organizmlarida tiaminpirofosfatga aylanib, pirouzum kislotasini dekarboksillanish reaksiyasining maxsus biokatalizatori vazifasini bajaradi, kuchli zaharli modda-pirouzum kislotasini yo‘qotib, asab tizimining qo‘zg‘alishini me’yorlashtiradi.

Tiamin gipo- va avitaminozi

Uning yetishmovchiligi eng avvalo nerv tizimi faoliyatining o‘zgarishiga olib keladi, xotiraning susayishi, undan tashqari oshqozon-ichak va qon tomirlar tizimining yaxshi faoliyat ko‘rsatmasligiga olib keladi. Avitaminoz B1 da beri-beri kasalligi (polinevrit, periferik nerv tolalarining yallig‘lanishi) tufayli falajlik kasalligi kuzatiladi. Shu bilan birga, suvning almashinuvini buzilishi, yurak-qon tomirlari tizimi funksiyalarining buzilishi kuzatiladi. Vitamin B1 yiringli infeksiyalarga qarshi immunitetni ishlab chiqaradi, u ayniqsa: husnbuzarlar, teri qichishishi davolashda zarurdir. Aqliy va jismoniy faoliyat bilan ko‘p shug‘ullanuvchilar bu vitaminni shifokor maslahatiga asoslanib, ko‘proq iste’mol qilishi kerak. Soch ko‘p to‘kilishi va oqarishi shu vitamin yetishmasligidan dalolat beradi.

B1 vitaminining tabiiy manbalari

Bu suvda eruvchi vitamin hisoblanib, shu sababli bunday mahsulotlar qaynatib pishirilganda uning suvi ham ana shu vitaminga boy bo‘ladi. Ushbu vitamin soda ta’siri ostida nobud bo‘ladi. Ushbu vitamindagi bir sutkalik talab 1-2 mg.ni tashkil etadi. Ushbu vitamin qaysi mahsulotlarda mavjuddir: bular — dag‘al maydalangan undan tayyorlangan nonlar, yormalar (grechka, suli, sok), no‘xat, soya, pivo drojjilari, jigar, mol go‘shtidir. Uning tabiiy manba’lari achitqi, ayniqsa pivo achitqisi, non achitqisi(xamirturush), don, yorma, non(ayniqsa, qora non), sabzavotlardir.

Vitamin B2 yoki riboflavin

[caption id="attachment_10343" align="aligncenter" width="600"] Foto: Thehealthsite.com[/caption]

Vitamin B2 vazifasi

Vitamin B2 (riboflavin) — hujayralar almashinuvi jarayonini va terining yuza qatlamidagi jarayonda muvozanatga keltiruvchi vazifani bajaradi, undan tashqari nafas olish jarayonida ham ishtirok etadi. Riboflavin— o‘sish jarayonida qatnashadi va o‘stiruvchi omillarga kiradi. Oqsil, yog‘ va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi. Markaziy nerv sistemasi holatini rostlaydi, ko‘z gavharidagi moddalar almashinuviga ta’sir etadi, yorug‘likni sezish va rang ajratishga yordam beradi.

B2 vitamini yetishmasa...

Bu vitamin yetishmasa, yuzingizda husnbuzar paydo bo‘ladi. Riboflavin organizmga oziq-ovqat bilan kiradi, ovqatda riboflavin yetishmasa og‘iz burchagi, lab yoriladi, soch to‘kiladi, kon’yunktivit va blefarit kuzatiladi, shilliq qatlamlarning yallig‘lanishiga, sochlarning to‘kilishiga, bosh aylanishiga olib kelishi mumkin. Ushbu vitaminning uzoq vaqt davomida etishmovchiligida teri silliqlikni yo‘qotib, qari teri ko‘rinishini egallay boshlaydi. Avitaminoz B2 da o‘sishningto‘xtashi, sochning tushishi, shilliq qobiqlar (ayniqsa, og‘iz burchaklari)ni zararlanishi, ishchanlik qobiliyatini pasayishi, gemoglobin sintezining buzilishi holatlari kuzatiladi.

Riboflavin manbalari

Uning muhim oziq-ovqatlardagi manbalari bu — sut va sut mahsulotlari, baliq, tuxum, jigar, yormalar (grechka va suli yormalari) va nondir. B2 vitaminining bir sutkadagi talabi — 2-5 mg.ni tashkil qiladi.

Vitamin B6 yoki piridoksin

[caption id="attachment_10344" align="aligncenter" width="678"] Foto: Healthyheartdigest.com[/caption] Vitamin B6 (piridoksin) organizmda muhim vazifalarni bajaradi. Asab tizimi va oqsillar almashinuvi uchun zarur. U oqsil va yog‘ning normal hazm bo‘lishini ta’minlab, azot almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu vitamin soch to‘kilganda, terining yallig‘lanishida qabul qilinadi.

Vitamin B6 manbalari

Vitamin B6 tarkibiga ega asosiy mahsulotlar — jigar, fasol, yormalar (grechka, so‘k), bug‘doy uni, drojji. B6 vitaminida bo‘lgan sutkalik ehtiyoj — 1-2 mg.ni tashkil qiladi. Piridoksin (B6 vitamin)— ko‘pgina o‘simlik va hayvon mahsulotlari: achitqi, bug‘doy murtagi, jigar, baliq, mol go‘shti va dukkakli donda bo‘ladi. Bu vitamin jigar, sut, kartoshka, sabzi, tuxum, sariyog‘, guruch, bug‘doy va karamda ko‘p bo‘ladi.

B6 vitamini yetishmasa...

Organizmda piridoksin yetishmasa bolalar o‘smay qoladi, me’da-ichak ishi buziladi, kamqonlik ro‘y beradi. Homiladorlarda stomatit, terining yallig‘lanishi, qo‘zg‘aluvchanlik, uyqusizlik kuzatiladi. Kishi organizmi uchun zarur miqdordagi piridoksin ichak bakteriyalari ta’sirida hosil bo‘ladi.

Vitamin B12 yoki sianokobalamin

[caption id="attachment_10345" align="aligncenter" width="640"] Foto: Shop-argo.ru[/caption] Vitamin B12 (Sianokobalamin) — yuqori biologik faol modda. Metionin, nuklein kislotalar sintezida va qon yaratilishi jarayonida qatnashadi. Siankobalamin jonivorlar tabiatiga ega mahsulotlarda bo‘ladi. Bular: jigar, go‘sht, baliqning ayrim turlari, pishloq va h. B12 vitamini ichak florasida ham ishlab chiqariladi. B12 vitaminida bo‘lgan sutkalik ehtiyoj — 15-20 mkg.ni tashkil qiladi. Organizmga ovqat bilan kiradi, u organizmda yetishmasa, kamqonlik paydo bo‘ladi. Siankobalamin mol jigarida ayniqsa ko‘p.

Vitamin B9 yoki foliy kislotasi

Vitamin B9 — qarish jarayonini sekinlashtiradi.

Foliy kislotasining tabiiy manbalari

Foliy kislotasi — dag‘al maydalangan un va ushbu undan tayyorlangan non mahsulotlarida, yormalarda (grechka, suli, so‘k), faso, gulkaram, qo‘ziqorin, jigar, tvorog, pishloq va ikrada mavjuddir. Mahsulotlarning pishirilishi natijasida 80-90% gacha mahsulotdagi vitamin yo‘qolishini bilishingiz muhimdir. Folat kislota ba’zi aminokislotalar almashinuvida va sintezida, shuningdek nuklein kislotalar sintezida qatnashadi, ko‘mikning qon yaratish funksiyasini kuchaytiradi, B12 vitaminini yaxshi o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Folat kislota o‘simlik va hayvon mahsulotlarida, ayniqsa, jigar, buyrak va yashil barglarda ko‘p. Ichak mikroorganizmlari folat kislotani ko‘p miqdorda sintezlaydi.

Foliy kislotasi va homiladorlik

Hozir bo‘lmasa ham, yaqin yillarda homiladorlikni rejalashtirayotgan ayolga ham foliya kislotasi talab etiladi. Chunki homilaning foliya kislotasiga bo‘lgan ehtiyoji homiladorlikning ilk kunlaridan, ayol hatto homiladorlik haqida bilmagan davridan boshlanadi. Bu muhim davrni o‘tkazib yubormaslik uchun homilador bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lgan barcha ayollar kuniga foliya kislotasini shifokor bilan maslahatlashgan holatda qabul qilishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. Foliy kislotasida insonning kunlik talabi chaqaloqlarga 25-35 mkg bolalarga 50-100 mkg kattalarga 200 mkg homiladorlarga 400mkg.ni tashkil qiladi.

Vitamin P yoki rutin

vitamin p Vitamin P (Rutin, Kversetin, Gesperidin) - ushbu vitamin flavonoidov guruhiga mansubdir. O‘simliklarda u asosan C vitamini bilan odatda qo‘shni bo‘la oladi. P vitamini qon tomirlariga ijobiy ta’sir etadi, C vitaminining ta’sir kuchini oshiradi, qon tomirlarining devorlarini baquvvatlashtiradi. Natijada ularning yallig‘lanishini oldini oladi va qon to‘xtatish xususiyatini oshiradi. Kversetin o‘sma hujayrasini o‘sishini sekinlashtiradi. Ayniqsa ko‘krak bezi raki va qon raklarida qo‘llaniladi. Gesperidin varikoz kengaygan venalarda (varikoz, gemorroyda) qon tomir devorini mustahkamlashda keng qo‘llaniladi. Ushbu vitamin na'matak, buzina, lipa, qora smorodina, limon po‘stlog‘ida mavjuddir. Sutkalik organizm talabi: Rutin — 30 mg, Kversetin — 15 mg, Gesperidin- 100 mg.

Vitamin PP yoki nikotin kislotasi

V i t a m i n PP (Nikotin kislotasi) 1911 yilda K.Funk tomonidan ajratib olingan va kaptarlarda beri-beri kasalligini davolashda samara bermasligi aniqlangan. Keyinchalik Goldoyerger degan olim tomonidan pellagra kasalligini davolashini aniqlagach, uni vitaminlar qatoriga qo‘shganlar. Pellagra atamasi italyancha pela agra — g‘adir — budir teri ma’nosini bildiradi, unda dermatit, diareya ( ich ketish ), xattoki, demensiya (aqlning zaiflanish) kasalliklari kelib chiqadi.

Vitamin PP vazifasi

Vitamin PP — teridagi suv almashinuviga javob beradi, qon tomirlarini kengaytiradi. Nikotinamid, nikotin kislota (PP vitamin) hujayralarning nafas olishida, oqsillar almashinuvida qatnashadi, organizmda o‘simlik oqsillarining hazm bo‘lishini tezlashtiradi, me’daning sekret va harakat faoliyatini normallashtiradi, me’da osti bezi ishlab chiqaradigan sekret va shira tarkibini yaxshilab, jigar ishini barqarorlashtiradi. Ushbu vitamin husnbuzarlarni, nevrozlarni davolashda qo‘llaniladi.

Nikotin kislota yetishmasa...

Organizmda nikotin kislota yetishmasa pellagra kasalligi ro‘y beBundan tashqari aqliy o‘sishdan qolish, depressiya, ich ketishi, tez charchash, uyqusizlik, qonda qand miqdori kamayi, kam quvvatlik kuzatiladi.

Vitamin PP manbalari

Nikotin kislota uy parrandasi, mol go‘shti, jigari, buyragida, achitqi, guruch kepagi, bug‘doy murtagida ko‘p bo‘ladi. PP vitamini na'matak, zveroboy, shalfey, bug‘doy kepagi, sabzi, qo‘ziqorin, brusnika va chernikalarda ham  mavjuddir. Sutkalik talabi kattalar uchun 20 mg atrofida, og‘ir mehnat qiluvchilarga 25 mg atrofida, bolalarga 6 oydan 1 yoshgacha — 6 mg; 1 yoshdan 1,5 yoshgacha — 9 mg; 1,5 yoshdan 2 yoshgacha — 10 mg; 3 yoshdan 4 yoshgacha — 12 mg; 5 yoshdan 6 yoshgacha — 13 mg; 7 yoshdan 10 yoshgacha — 15 mg; 11 yoshdan 13 yoshgacha — 19 mg; O‘spirin bolalar 14-17 yoshgacha — 21 mg; O‘spirin qizlar 14-17 yoshgacha — 18 mg.

Vitamin B5 yoki pantoten kislotasi

Pantoten kislotasi (B guruhi vitaminlariga mansubdir) — teri yallig‘lanishini oldini oladi, soch to‘kilishidan himoya qiladi, to‘qimalarga ijobiy ta’sir o‘tkazadi, ichaklarda ovqatning so‘rilish jarayonida ishtirok etadi. Undan asosan yallig‘lanish jarayonida, muzlaganda, boldir jarohatlarida foydalaniladi. Pantotenat kislota (B5 vitamin) — o‘simlik va hayvon to‘qimalarida ko‘p. Nerv sistemasi hamda buyrak usti va qalqonsimon bezlar faoliyatini normallashtiradi. Pantoten kislotasi sulida, yangi va quritilgan no‘xatda, kartoshka, pomidor va zemlyanikada mavjuddir. Sutkalik dozasi kattalarga — 0,4-0,8 gr, bolalarga — 0,1-0,4 gr.

Vitamin H yoki biotin

Vitamin H (biotin) — terining sog‘lom ko‘rinishi uchun zarur vitaminlardan biridir. Uning yetishmovchiligi terining yallig‘lanishi, seboreyyali dermatit, sochlarning kuchli to‘kilishi, yomon umumiy ahvol bilan namoyon bo‘ladi. H vitamini mevalarda, o‘simliklarning yangi chiqayotgan barglarida, bug‘doy donlarida, yashil no‘xat, yong‘oq, piyoz, dukkaklik o‘simliklarda va jigarda mavjuddir. Sutkalik talabi 30-100 mkg.

Vitamin C yoki askorbin kislota

[caption id="attachment_10349" align="aligncenter" width="600"]Vitamin C Foto: www.canceractive.com[/caption]

Vitamin C vazifasi

Vitamin C — allergik holatlarni kuchini kamaytiradi, qon tomirlarini baquvvatlashtiradi, organizmning qarshilik kuchini oshiradi, birlashtiruvchi to‘qimalarning holatini yaxshilaydi. Askorbin kislota (C vitamin) — moddalar almashinuvida, biriktiruvchi to‘qimalarning o‘zlashtirilishida, bu to‘qimalarning normal holatda tutib turilishi va tiklanishida muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga terining silliqligini ta’minlagan holda, uning tez qarishidan asraydi. Undan tashqari askorbin kislotasi qonning quyulishida ishtirok etadi va ayrim gormonlarning ishlab chiqarilishida ham ishtirok etadi. C vitamini virus va bakterial infeksiyalardan himoya qilish xususiyatiga egadir. C vitamini terida pigmentning to‘g‘ri taqsimlanishida ko‘maklashadi.

C vitamini yetishmasa...

Uning yetishmovchiligi terini rangsiz qilib, inson tez charchaydigan bo‘lib qoladi. Organizmda C vitamin yetishmasa, tog‘ay va suyak to‘qimalari tuzilishi buziladi, lavsha (singa) kasalligi ro‘y beradi. Organizmda askorbin kislota hosil bo‘lmaydi va to‘planmaydi.

Askorbin kislotasining tabiiy manbalari

Vitamin C organizmni kasallikka qarshi kurashish qobiliyatini ko‘taradi. Qon tomiri tizimi va terida dog‘ paydo bo‘lmasligi uchun zarur. Bu vitamin barcha sitrus mevalarda, qulupnoy, malina, karam, petrushka, ukrop, qizil qalampir va baqlajonda ko‘p bo‘ladi. C vitamini barcha mevalarda va yam-yashil ko‘katlarda mavjuddir. Shipovnik, qora smorodina, oblepixa, shirin bulg‘or qalampiri, ukrop, petrushka, gulkaram va karamda, apelsin, qulupnay, olmalar, gilos, shavel, shpinat, kartoshka va boshqa mahsulotlarda mavjuddir. Uning miqdori ayniqsa, petrushka, na'matak, oblepixa, qora smorodinalarda ko‘pdir. Ushbu vitamindagi insonning kunlik ehtiyoji 60-100 mg.ni tashkil qiladi.

Vitamin A yoki retinol

Vitamin A (Retinol)  1909 yilda ochilgan va 1933 yilda sintezlangan. Ikki xil formada bo‘ladi: retinol va karotin. Vitamin A (retinol) — ushbu vitamin o‘sish jarayoni hamda ko‘zlarga o‘z ijobiy ta’sirini o‘tkazadi. Retinol (A vitamin) tabiatda keng tarqalgan. O‘simlik to‘qimalarida A provitamin (organizmda retinolga aylanadigan karotinoid pigmentlar) holida uchraydi. Ko‘rish pigmentlari hosil bo‘lishida qatnashib, organizmning normal o‘sishini, ko‘zning turli darajadagi yorug‘likka moslashishini ta’minlaydi. Shuni ham aytib o‘tish joizki, A vitamini uzoq vaqt davomidagi yorug‘lik nuri, kislorod yoki yuqori harorat ostida nobud bo‘ladi. Sifatsiz yog‘lar ham vitamin Ani nobud qiladilar.

A vitamini manbalari

Uning ozuqaviy manbalari bu — baliq va jonivorlarning jigari, sariyog‘, qaymoq, pishloq, tuxum sarig‘i, baliq yog‘idir. O‘simlik mahsulotlarida uning provitamin ko‘rinishi, ya’ni karotin ko‘rinishida mavjuddir. A provitamini (beta-karotin) mavjud mahsulotlar odatda sabzi rang bo‘lib, qizil yoki sariq ham bo‘lishi mumkin. Demak bular, sabzi, pomidor, qovoq, o‘rik, ryabina, oblepixa, na'matakdir. Bu mahsulotlar organizmning A vitaminiga bo‘lgan talabining uchdan bir qismini qondiradi. Karotin esa o‘simlik yog‘lar tarkibida bo‘ladi. Bundan tashqari sabzi, pomidor, ko‘kat va sariq rangli sabzavotlar, mevalar va reza mevalarda ham mavjud. Karotin yog‘da yaxshi eriydi, shuning uchun bu mahsulotlarni yog‘, qaymoq yoki smetana bilan iste’mol qilgan ma’qul.

A vitaminining foydalari

  • Ko‘rish organlari bilan bog‘liq ko‘pgina kasalliklarni davolashda yordam beradi.
  • Uning boshqa nomi – Immunitet vitamini. Chunki u tananing infeksiyalarga qarshi kurashish qobiliyatini orttiradi.
  • Teri va sochni go‘zal, sog‘lom holatda saqlaydi.
  • Bola bo‘yining o‘sishida yordam beradi, suyaklarni mustahkamlaydi, tish va tish milklarini sog‘lomlashtiradi.
  • Qalqonsimon bezlar faoliyatini yaxshilaydi.

A vitamini yetishmasa...

Immunitet tushib ketishi oqibatida tana o‘zining kurashish qobiyaliyatini yo‘qotib, kasalliklarga ochiq bo‘ladi. Organizmda retinol yetishmasa, teri qurishib oqaradi, qipiqlanadi, muguzlanadi, unda mayda toshmalar paydo bo‘ladi, terining yiringli kasalliklari avj oladi, soch quruq, xira bo‘lib, to‘kila boshlaydi, tirnoq mo‘rtlashib qoladi. Yoruqqa qaray olmaslik, shabko‘rlik, kon’yunktivitga asosan A vitamin yetishmasligi sabab bo‘ladi. Retinol yetishmasligi oqibatida ko‘zlarning qizarib ketishi va achishishi kuzatiladi. Mabodo shifokor A vitamini ichishni tavsiya qilsa, qancha miqdorda ichishni ham yozib olishni unutmang, chunki me’yoridan ortiq ichib yuborish ham xavfli. Agar yuqorida sanab o‘tilgan mahsulotlarni doimiy ravishda iste’mol qilib tursangiz, qo‘shimcha A vitamini ichishga hojat qolmaydi.

Avitaminoz A ning belgilari

Avitaminoz A ning belgilari: ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, qorong‘ida ko‘rmaslik, ya’ni “shabko‘rlik kasalligi” vujudga keladi, qoplovchi to‘qimalar quriydi, ayniqsa, ko‘zning shilimshiq pardasi qurib, ko‘z shox pardasining ko‘rishi-kseroftalmiya “grekcha xeros — quriq, ophtalmos — ko‘z atamalaridan olingan” kasalligi kelib chiqadi, o‘sishni to‘xtashi, og‘irlikni pasayishi va organizmni oriqlab ketishi kuzatiladi. Teri quruqligi kasalligi oqibatida dermatit, bronxit kabi nafas yo‘llarining xastaliklari kelib chiqadi. A vitaminidagi kunlik ehtiyoj — 1600-5000 ME ni tashkil etadi.

Vitamin D

[caption id="attachment_10350" align="aligncenter" width="780"]vitamin D Foto: www.directhealthcanada.ca[/caption] Vitamin D (Kalsiyferollar yoki raxitga qarshi faol moddalar) bo‘lib, kimyoviy tabiati jihatidan sterinlar(xolesterin)ning hosilasidir, 1916 yilda o‘rganilgan va 1931 yilda sun’iy hosil qilingan. Kalsiferollar ichida eng muhimlari xolekalsiferol (Vitamin D3), ergokalsiyferol (Vitamin D2) hamda digidroergokalsiferol (Vitamin D4) lardir. Vitamin D (kalsiyferol) — organizmdagi kalsiy va fosforni muvozanatga keltirib turadi. Kalsiferol (D vitamin) moddalarning mineral almashinuviga, suyak hosil bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi. U yosh bolalar skeletining jadal o‘sishi va suyaklanishi davrida ayniqsa zarur.

Vitamin D manbalari

Manbalari bo‘lib baliq va baliq mahsulotlari, sariyog‘, tuxum sarig‘i hisoblanadi. U baliq yog‘ida, ikrasida, tovuq tuxumlarida, kam miqdorda qaymoq va smetanada mavjuddir. Tunes, treska va b. baliqlar moyi kalsiferol manbai hisoblanadi. Lekin, organizmlarda ularning provitaminlari — xolesterol, ergosterollar uchraydi, ular quyosh nuri ta’sirida tegishli vitaminlar shakliga aylanishadi. Quyosh nuri yog‘li moddalar bilan birgalikda bu vitaminning paydo bo‘lishi va teri orqali ichkariga so‘rilishiga yordam beradi.

D vitaminning foydalari

Suyak va tishlarni mustahkamlovchi kalsiy va fosfor moddalarining organizmga so‘rilishiga yordam beradi.  A va C vitaminlari bilan birgalikda qabul qilinsa, shamollash kasalliklarida ham foydali. A vitaminining o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. Ko‘z jildi, shilliq pardasining yallig‘lanishini davolashda yordam beradi.

D vitamini yetishmasa...

Organizmda D vitamin yetishmasa raxit kasalligi paydo bo‘ladi. Tishlar yemirilishi va suyaklarni yumshoqlashishi oqibatida bola suyaklarining nomutanosib rivojlanishi. Raxitning oldini olishning eng yaxshi yo‘li – kunduzi sayr qilish va tent ostida quyosh vannasi qabul qilish. Ushbu vitamindagi bolaning kunlik ehtiyoji — 400- 500 ME ni tashkil qiladi.

Vitamin E yoki tokoferol

Vitamin E (Tokoferol) yoki ko‘payish vitamini, u 1925 yilda o‘rganilgan va 1936-1938 yillari sintez qilingan. Tokoferol yunoncha “tocos — bola tug‘ilishi, fero — tashiyman” degan ma’noni anglatadi. E vitamini tokoferollarning aralashuvidan tarkib topgan. Faol antioksidant.

Vitamin E vazifalari

Vitamin E (tokoferol) — mushaklarning baquvvatligini ta’minlaydi, undan tashqari yallig‘lanishning oldini oladi, A vitaminining oksidlanishi, C vitamini, karotin va yog‘li kislotalarning nobud bo‘lishini oldini oladi. Birlashtiruvchi to‘qimalar, sochlar, tirnoq kasalliklarida, husnbuzarlarni davolashda qo‘llaniladi.

Tokoferol  - ko‘payish vitamini

Tokoferol (E vitamin, ko‘payish vitamini) muskul va jinsiy bezlar faoliyatini kuchaytiradi, ichki a’zolarda yog‘da eriydigan barcha vitaminalar, ayniqsa retinol to‘planishiga yordam beradi. O‘simliklarning yashil qismi hamda ulardan olinadigan moyda (masalan, kungaboqar moyida) mo‘l bo‘ladi. Vitamin E: Teri kasalliklari kelib chiqmasligi uchun zarur. Bu vitamin sut , tuxum sarig‘i va sabzavotlarda ko‘p bo‘ladi.

E vitaminining tabiiy manbalari

Asosiy ozuqaviy manbalar bu — o‘simlik yog‘lari (asosan rafinadlanmagan), jigar, tuxum, yormalar va dukkaklik o‘simliklar. Hayvonlardan olinadigan mahsulotlar orasida tuxum E vitaminining bulog‘i hisoblanadi. Tokoferol o‘simliklar tarkibida ham bor, eng boyi bug‘doy, o‘simlik yog‘i, soya, ismaloq, barglari ko‘katlar va boshoqli o‘simliklardir. Agar ovqatlaringizda mana shu mahsulotlar bilan birgalikda jonzotlar yog‘laridan foydalansangiz, Ye vitamini organizmga yaxshi singgadi. Tokoferol organizmda qisqa vaqt saqlanadi, shuning uchun ushbu mahsulotlardan tayyorlangan taomlarni har kuni iste’mol qilish maqsadga muvofiq.

E vitamini foydalari

  • Organizmning kislorod bilan ta’minlanishini yaxshilaydi.
  • A vitamini bilan birgalikda o‘pkani notoza havodan saqlaydi.
  • Kuygan va kesilgan joylarning o‘rni tezroq va chandiqsiz bitishini ta’minlaydi.
  • Tana hujayralarining chidamliligini oshiradi.

E vitamini yetishmasa...

  • Qon hujayralari buzilishi, kamqonlik.
  • Mushak tolalarining bo‘shashishi (ajin).
Ushbu vitamin taxchilligini oldini olish uchun vodoprovoddan keladigan xlorli suv iste’molini kamaytiring. Kunlik talab — 29-30 mg.ni tashkil qiladi.

Vitamin K yoki  filloxinon

[caption id="attachment_10351" align="aligncenter" width="673"]vitamin K Foto: livestrongcdn.com[/caption] Vitamin K (antigemorragik vitamini, filloxinon ) 1939 yilda kashf etilgan, vitamin K ning ikkita vitameri (K1 va K2) bor. Ularni kashf etgan olimlar K.E.Doyzi bilan X.Dam 1943 yili Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishgan. Filloxinon (K vitamin) — qon ivishining asosiy omillaridan biri. Organizmda K vitamin yetishmaganda turli a’zolar (burun, milk, me’da-ichak va b.)dan qon ketishi kuzatiladi. Vitamin K — ushbu vitamin ayniqsa karam hamda gulkaramlar, shpinat, qovoq, tomatda ko‘pdir. Undan tashqari u lavlagi, kartoshka, sabzi, yormalarda va dukkaklik o‘simliklarda ham mavjuddir. K vitamini ichak mikroflorasida ishlab chiqariladi. Bakteriyaga qarshi dori-darmonlar ishlatilishi (antibiotiklar) oqibatida foydali bakteriyalar kamayib ketsa, tarkibida K vitamini mavjud bo‘lgan ozuqalar tavsiya etiladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda ilk kunlarda ushbu vitaminning yetishmovchiligi kuzatiladi. Ushbu vitamindagi kunlik talab 0,1-0,3 mg. ni tashkil qiladi.

K vitaminiga boy mahsulotlar

K vitaminiga boy bo‘lgan mahsulotlar –yashil bargli sabzavotlarning faqat yangi uzilganlari. Muzlatilgan mahsulotlarda K vitamini o‘lgan bo‘ladi. Bundan tashqari yogurt, beda, tuxum sarig‘i, soya, baliq moylari tarkibida ko‘p bo‘ladi. Unga bo‘lgan ehtiyoj, ko‘pincha, ichak florasi orqali ta’minlanadi. K vitamini foydasi, u qon quyuqligini normal holatda saqlaydi. Avitaminoz K da jigarda protrombinning biosintezi buzilishi oqibatida qonning ivishi sekinlashadi,ayrim hollarda teri ostida, mushaklarda qon quyilishi (gemoraggiya ) holati kuzatiladi.

F vitamini

F vitamini – to‘yinmagan yog‘li kislotalar. Bu iste’molda ishlatiladigan o‘simlik yog‘lari tarkibidagi kislotalardir. Vitamin F — o‘zi bilan yog‘li kislotalarni namoyish etadi. Ular yog‘larning almashinuvida ishtirok etadilar. Terini yangilanib turishida katta rol o‘ynaydi. Undan asosan teri kasalliklarini davolashda foydalaniladi.

F vitaminiga boy mahsulotlar

Ko‘pgina kerakli yog‘li kislotalar quyidagi o‘simlik yog‘lar tarkibida bo‘ladi: zig‘ir, soya, kungaboqar, yong‘oq. Shuningdek, yong‘oq, yeryong‘oq, pista, bodom ham F vitaminiga boy. Ammo bularning hammasi ochiq idishlarda saqlanishi shart, issiqda F vitamini buzilib ketadi.

F vitaminining foydalari

Teri va sochlarning sog‘lomligini saqlaydi. Bolalarning bo‘yi o‘sishiga yordam beradi va o‘zini his qilishni yaxshilaydi. Ichki sekretsiya bezlarining faolligiga samarali ta’sir qiladi, kalsiyning so‘rilishini yaxshilaydi. Agar semirib ketayotgan bo‘lsangiz F vitaminiga boy ozuqalarni ko‘proq iste’mol qiling. Ular to‘yinmagan yog‘larni yo‘qotib, ortiqcha vanzlardan xalos qiladi.

F vitamini yetishmasa...

To‘yimagan yog‘li kislotalar yetishmasligining boshlang‘ich belgilari, terida sariq yog‘li tangachalar paydo bo‘lishi, sochlar qurishi va mo‘rtlashishi. Agar bu vitamin taxchilligi oshib ketsa, har xil toshmalar toshadi, ich ketishiga moyillik ortadi. Sutkalik organizm talabi kattalarga 1000 mg atrofida, bu 20-30 gr o‘simlik yog‘i deganidir.

© O‘quv Davolash Kompleksi tibbiyot kolleji. ODK.uz

ico
Bola yaxshi ovqatlanmasa yoki chimxo‘r bo‘lsa, uni qanday bartaraf qilish mumkin?

“Bolam kam ovqat yeydi”, “Farzandimga ovqatni majburlab yediraman”, — kabi onalar shikoyatini ko‘p eshitganmiz. Haqiqatdan ham, bolalar ovqatni yaxshi yemasligi sababi nimada?

Ota-onalar xavotiri boisini tushunish mumkin. Chunki bola to‘laqonli ovqatlanmasa, sog‘lom o‘smasligi va yaxshi rivojlanmasligi mumkin. Bolalarning ovqatdan bosh tortish sabablari juda ko‘p. Ularning oldini olish uchun ota-onaga sabr, kichkintoyga nisbatan diqqat-e’tibor kerak bo‘ladi.

bola yaxshi ovqatlanmasa

Bolaning umumiy ahvoli

Bola betob bo‘lganda uning hatti-harakatlari birdan o‘zgarib qoladi. U injiq, qaysar, yig‘loqi bo‘ladi. Ishtahasi bo‘g‘iladi. Bunday paytda darhol bola haroratini o‘lchab, yotqiziladi va shifokor chaqiriladi. Shifokor kelib, bola kasalligini aniqlagunga qadar unga qaynagan suv yoki shirin choy beriladi.

Ishtahaning tug‘ma buzilishi

Mutaxassislarning fikrlaricha, muddatdan avval tug‘ilgan ayrim qizaloqlarda bosh miyaning oziqlanish markazi shikastlanishi natijasida ko‘rish qobiliyati susayishi va ishtahasizlik kelib chiqishi mumkin.

Ishtaha buzilishi

Masalan, anoreksiyada umuman ovqatdan voz kechish yuzaga keladi. Bunday bolalarni ovqatga chaqirsangiz unamaydilar, yesa hatto qusishi ham mumkin. Bola bo‘shashib, ozib ketadi. Ko‘pincha, anoreksiya o‘spirin qizlarda turli xil parhezlar ta’sirida, yosh bolalarda esa keskin qo‘rqish oqibatida kelib chiqadi. Bunday vaziyatda bola nafaqat davolovchi shifokor, balki ruhshunos yordamiga ham muhtoj bo‘ladi.

Anoreksiyada organizm trofikasi va ichak faoliyatini yaxshilash uchun apilak, sut va nordon sut mahsulotlari (qatiq, tvorog, zardob), bifidum va kolibakterin, bifikol, sut laktobakterini kabilarni shifokor maslahatiga ko‘ra qo‘llash tavsiya etiladi. Bolalarning sof havoda yetarlicha bo‘lishi, to‘g‘ri rejim, ijobiy ruhiy muvozanat, massaj, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, chiniqtirish, shifobaxsh vannalar qabul qilish kabi tadbirlar yordamida ishtaha buzilishining oldi olinadi.

So‘lak kam miqdorda ajralishi

Asabiy bolalarda ovqat paytida so‘lak kam ajraladi. Ular hatto kichkina kotlet yoki quyuq ovqatlarni yeyolmaydilar. Bunday paytda ovqatdan oldin chuchuk mevalar (olma, nok), mevali va sabzavotli sharbatlar beriladi.

Bolangiz sog‘lom bo‘lsa, ammo ovqatlanishda uni yeyman, buni yeyman deb xarxasha qilsa, chimxo‘r bo‘lsa, hamma ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng non kovshasa aslo diqqat bo‘lmang. Bu ishda sizning ittifoqdoshingiz – bola ishtahasidir. Ishtahaning tabiiy yo‘l bilan ochilishiga imkon bering.

Bolangiz och qolishidan qo‘rqasiz

Ko‘pchilik onalar nonushta va tushlik orasida, sayr vaqtida bolalariga non, pechenye berib ishtahasini bo‘g‘ib qo‘yadilar. Bunday qilishni to‘xtatish kerak. Bola yaxshigina och qolsa, maza qilib ovqatlanadi. Ovqatdan bosh tortmay, aksincha qo‘shimcha ovqat suzib berishni so‘raydi.

Hamma ovqatlarni ( salat, sharbatlar, shirinliklar, mevalar)ni dasturxonga birdaniga qo‘ymang

Faqat ko‘krak suti bilan boqilgan chaqaloqlar bir yoshgacha bo‘lgan paytlarida o‘zlariga zarur bo‘lgan ovqatni tanlay oladilar. Chunki ularning ta’m bilish qobiliyati hali buzilmagan bo‘ladi.

2-5 yoshlardagi bolalarga oldin birinchi taomni to‘la yedirish, so‘ngra qolganlarini berish lozim. Aks holda bola ovqat tanlaydigan, injiq bo‘lib qoladi.

Erkalashdan voz keching

Turli shirinliklar va’da qilib bolani ovqatga undash, bittagina konfet berish, bolangizni ovqatdan tamoman voz kechib, sizni xohlagan ko‘yga solishi uchun yetarli bo‘ladi. Bunday paytda, ona mehrining eng ma’qul ko‘rinishi bola sog‘lig‘i uchun kerakli bo‘lgan ovqatlanish rejimiga qat’iy rioya qilishdir.

Tushlik yoki kechki ovqatni tomoshaga aylantirish

Bola bir oz qaysarlik qilsa, butun oila uning oldida parvona bo‘ladi. Darhol unga qiziqtirish uchun ertaklar aytiladi, chapak chalinadi, stol ustiga yaxshi ko‘rgan o‘yinchoqlari qo‘yiladi. Ovqat yesa “rag‘batlantiruvchi konfet yoki boshqa bir shirinlik”lar va’da qilinadi. Buning o‘rniga ovqatni stoldan olib qo‘yib bolaning yaxshilab ochiqishini kutish kerak.

Majburlab ovqat yedirish

Har qaysi ona “bitta qoshiq oyi uchun, bittaginasi dada uchun”, deb bolasini zo‘rlab ovqat yedirganining ko‘p guvohi bo‘lganmiz. Majburlab yedirilgan ovqat kichkintoy uchun faqat zarar olib keladi. Aksincha, biron bir bo‘tqa, kisel yoki sabzavotli pyurega nisbatan nafratini oshiradi. Har bir katta yoshli odamning umuman yoqtirmaydigan taomi bo‘ladi. Odatda, bu uning bolaligida majburlab yedirilgan taomi bo‘lib chiqadi. Shuning uchun bola qornini deyarli to‘ydirgandan keyin, qolganini yemayman deb tixirlik qilsa, uni aslo majburlamang.

Ovqatlanish paytida ortiqcha nasihat qilmang

Bolalarga u yoki bu mahsulotning foydasi unchalik tushunarli bo‘lmaydi. Shuning uchun turli sharbat, bo‘tqalar foydasi yoki uni yemasa tishi og‘rishi haqida haddan ziyod nasihat qilmang. Bolangizning ta’bi buzilgan bo‘lsa, (ko‘p narsa tatib ulgurgan) u atayin ko‘p shokolad yeyishi mumkin. Undan ko‘ra bolani oddiy, foydali uy taomlari bilan ovqatlantiring.

Sut – beqiyos jannatiy ne’mat

Bolalarni to‘g‘ri ovqatlantirishda asosiy va almashtirib bo‘lmaydigan mahsulot sut va sutli mahsulotlar hisoblanadi. Sut me’da shirasi kislotaligini pasaytiradi, bu uni gastrit, yara kasalligi, o‘t pufagi va jigar kasalliklarida qo‘llashga yo‘l ochadi. Sigir sutida 2,8% to‘la qimmatli oqsil mavjud. Sut oqsilida almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar – lizin, metionin, triptofan, leysin, valin, argininlar bo‘lib, ular mikroblarga qarshi ta’sirga ega. Sigir sutida yog‘ miqdori 3,5-6% gacha bo‘lib, yengil hazm bo‘ladi. Sutda qand miqdori laktoza – 4,5% bo‘ladi. Sut turli mineral tuzlarga, ayniqsa, fosfor- 0,9 g/l va kalsiy- 0,5 g/l ga boy. Sutda temir moddasi kam, biroq u yaxshi so‘riladi. Bundan tashqari sut C, B, A, D, E vitaminlariga boy. Sigir suti oqsilini ko‘tara olmaydigan bolalarga davo sifatida echki suti tavsiya etiladi.

Bolalar ovqatlanish tartibida nordon sut mahsulotlari: jumladan qatiq keng qo‘llaniladi. Qatiq ichish parhezda, bolalarda ichak infeksiyasi, disbakterioz, raxit, gipotrofiya, kamqonlik, zotiljam, ovqat allergiyasi va anoreksiya kabi kasalliklarda hamda antibiotiklar keng qo‘llanilganda tavsiya etiladi. Qatiq organizmda kalsiy, temir va D vitamini ko‘payishiga imkon beradi. Ichaklarda ovqat hazm bo‘lishi va singishini yaxshilaydi, me’da shirasini kuchaytiradi. Qatiq chirindi va patogen mikroblarning ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi, ichak mikroflorasini me’yorga soladi. Nordon sut mahsulotlarida B2 va B12 vitaminlari miqdori yuqori bo‘ladi. Yangi ivitilgan qatiq ichni yaxshilaydi, ikki — uch kunlik qatiq esa aksincha, ichni qotiradi.

Tvorog bola ovqatida qimmatli mahsulot hisoblanadi. U oqsilga (14-18%) boy bo‘lib, tarkibida turli aminokislotalar ko‘p. Tvorogda ayniqsa metionin mo‘l, u o‘sayotgan organizm va jigar kasalliklari bilan og‘rigan bolalar uchun nihoyatda foydali. Tvorog oqsili sut oqsiliga nisbatan oson hazm bo‘ladi. Tvorogda kalsiy, kaliy va fosfor ko‘p miqdorda bo‘ladi. Shu bois u raxit, osteomiyelit kasalligiga chalingan bolalar uchun juda zarur mahsulot hisoblanadi.

Sut mahsulotlaridan pishloqda ham oqsil, yog‘lar, kalsiy va fosfor tuzlari ko‘pdir. Yosh bolalarga oz-ozdan pishloqning o‘tkir bo‘lmagan, yumshoq navlaridan beriladi. Pishloqni yuqumli kasalliklar bilan og‘rib, zaiflashgan, kasalmand va operatsiyadan chiqqan bolalarga tavsiya etish maqsadga muvofiq.

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Immunitetni susaytiruvchi odatlar

Immun tizimingizni yaxshilamoqchi bo‘lsangiz, o‘z odatlaringizni qayta ko‘rib chiqishingizga to‘g‘ri keladi.

Uyquga to‘ymaslik

Uyqu vaqtida immun tizimining bakteriya va viruslarga qarshi kurashishni shakllantirishga javobgar qismi faollashadi. Agar uyquga to‘ymasangiz, immun tizimingiz samarali ishlamaydi. Immunitetingiz yaxshi bo‘lishini istasangiz, sutkasiga 7-8 soatdan kam uxlamasligingiz kerak.

O‘troq hayot tarzi

O‘troq hayot tarzi

Jismoniy faollikning kamligi immunitetni yomonlashtiradi. Kamharakat insonlar jismoniy faol kishilarga qaraganda o‘rtacha 42 foizga ko‘proq nafas yo‘llari kasalliklariga uchraydi. Kun davomida jismoniy mashqlarga oz bo‘lsa-da vaqt ajrating.

Yolg‘izlik

Yolg‘izlikda ko‘p vaqt o‘tkazganingizda noradrenalin darajasi oshadi. Favqulodda holatlarda bu gormon yaralarning bitib ketishiga yordam beruvchi oq qon tanachalarining generatsiyasi uchun javob beradi. Biroq noradrenalin darajasi uzoq vaqt davomida me’yordan ko‘p bo‘lsa, u immun tizimining bir qismini bloklay boshlaydi va sizni infeksion kasalliklarga moyilligingizni oshiradi.

Doimiy stress

Doimiy stress

Uzoq vaqt biror nimadan tashvishlanib yursangiz, immun tizimingiz yomonlasha boshlaydi. Masalan, stress holatidagi odamlarning shamollashni yuqtirish ehtimoli yuqori bo‘ladi.

Spirtli ichimliklar

Muntazam ravishda spirtli ichimliklarni iste’mol qilish oq qon tanachalarining virus va infeksiyalar bilan kurashish samaradorligini kamaytiradi.

To‘yingan yog‘lar

To‘yingan yog‘lar

Muntazam ravishda to‘yingan yog‘larni iste’mol qilish immun tizimiga og‘irlik qiladi va yallig‘lanish xavfini oshiradi. Zararli yog‘larni foydalilariga almashtiring. Masalan, mol go‘shti o‘rniga baliq iste’mol qiling.

Yaqinlarning immuniteti pastligi

Odamlar uzoq vaqt birga yashaganlarida ularning immun tizimi ham bir-biriga o‘xshab ketadi. Bu qisman bir xil odatlar bilan izohlanadi. Agar yaqinlaringizning immuniteti past bo‘lsa, o‘zingiznikiga ham e’tibor qiling. Ehtimol, odatiy turmush tarzingizni o‘zgartirishingiz kerakdir.

Antibiotiklar

Antibiotiklar iste’moliga juda ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak. Ular immun tizimingiz va bakteriyalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni buzadi. Shuning uchun antibiotiklar kasallikni tezroq yengishga yordam beradi, biroq tuzalganingizdan keyin sizning immun tizimingiz avvalgiga nisbatan ko‘proq kasalliklarga moyil bo‘ladi.

Layfxaker.ru / Kun.uz

Gripp va yuqori nafas yo'llarining infeksiyalarini alomatlarini davolash uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Griphotdir.

Griphot bu – alohida paketlarga qadoqlangan eriydigan granulalar.

Har bir paket tarkibi:

Faol moddalar: parasetamol - 500 mg, fenilefrin gidroxlorid - 10 mg, oksalamin sitrat - 100 mg, xlorfeniramin maleat - 2 mg; Yordamchi moddalar: tartarik kislota, limon kislotasi, natriy gidrokarbonat, natriy karbonat, xinolin sarig'i, limon lazzati, Kollidon K-30, saxarin, saxaroza.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi - https://apteka.uz/product/gripkhot

Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Teraflyu, Rinil hotmiks, Insti, Sinupret ekstrakt, Rinomaks, ASS va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Baland musiqa eshitish qobiliyati uchun zararlimi?

Balki sizga baland musiqa eshitish qobiliyati uchun zararli deb ko‘p aytishsa ham e’tibor qilmagan bo‘lishingiz mumkin. Biz baland musiqa eshitayotganingizda sizda nimalar ro‘y berishi haqida aytmoqchimiz.

Quloqqa kuchli tebranishlar bosim o‘tkazadi

Bir necha mikrosiniyalar ichida tashqi quloq tovush to‘lqinlarini tutib oladi, ular eshitish kanali bo‘yicha yupqa membranadan iborat quloq pardasigacha yetib keladi. Musiqa qancha baland bo‘lsa, pardalar shuncha kuchli tebranadi.

 Tovush to‘lqinlari ichkariroq kiradi

Tebranuvchi pardalar o‘rta quloqning eshitish kanallariga bosim o‘tkazadi. Ular tebranishni nariroqqa uzatadi — maxsus suyuqlik ularni ichki quloq ichida joylashgan tovush qabul qiluvchi qismga yetkazadi.

 Elektr ishlab chiqariladi

Sochli hujayralar ham tebrana boshlaydi. Ularning harakati yaqinidagi asab tolalarini o‘rab turadigan neyromediatorlarni ozod qiluvchi elektroimpulsga aylanadi.

 Tizim haddan tashqari og‘irlikni his qiladi

Sochli hujayralar to‘lqini ortishi natijasida paydo bo‘ladigan ortiqcha neyromediatorlar, asab to‘qimalarini bekitib qo‘yadi; oqibatda sochli hujayralar bir qismining impulsi chiqib keta olmaydi.

© Men’s Health / Daryo

Tomoqdagi yallig’lanish alomatlarini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Lorobendir.

Loroben bu – 200 ml og’izni chayqash uchun eritma (o'lchov stakani bilan birgalikda).

100 ml eritma tarkibi:

Faol moddalar: benzidamin gidroxloridi 150 mg, xlorheksidin glyukonat 120 mg. Yordamchi moddalar: polisorbat 20, sorbitol 70%, propilen glikol, sariq xinolin, yalpiz essensiyasi, saxaroza, Ecocool MP, Patent V Blue, limon kislotasi monogidrati, natriy sitrat digidrati, tozalangan suv.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi - https://apteka.uz/product/loroben

Tomoqdagi yallig’lanishida keng qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Tonzilgon N, Lizobakt, Adjisept, Lorsept, Geksolarin, Grammidin Neo, Tonzilotren va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.