"E" Harf bo'yicha qidirish

MAQOLALAR

ico
Enurez - peshob tuta olmaslik

Afsuski, ba’zi ota-onalar farzandining kechasi tagini ho‘llab qo‘yish odatiga bee’tibor qarashadi. «Bola shunday katta bo‘ladi-da!» deydiganlar ham yo‘q emas. Lekin o‘sha bola katta bo‘lgandan keyin ham bu hol davom etsa-chi? Endi bu nafaqat ona, balki bolaning o‘zi uchun ham rosmana muammoga aylanadi. Ayniqsa, kelajakda o‘zga oilaga boradigan, kelin, ona bo‘ladigan qizaloqlar orasida o‘smir yoshga yetganda ham bunday hol uchrashi jiddiy muammo. Tibbiyotda bu «muammo» enurez deb nom olgan. Bu mavzuni yoritishimizga bir muxlisamizning qo‘ng‘irog‘i turtki bo‘ldi. Xo‘sh, farzand o‘smirlik davriga yetganda ham enurezdan aziyat chekishiga sabab nima?
Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutish kerak?
Mavzu doirasida Toshkent shahar bolalar ruhiy-asab kasalliklari markazi dispanser bo‘linmasi boshlig‘i Adiba HOSHIMOVA "
Sug‘diyona" gazetasiga ma’lumot berdi. Quyida ushbu ma’lumot bilan batafsil tanishishingiz mumkin.

Enurez — uyqu vaqtida ixtiyorsiz peshob ajratish kasalligi. Enurezning klinik o‘rni bolalar va o‘smirlar o‘rtasida katta. Bu kasallik 5 yoshli bolalarning 10, 10 yoshlilarning 5, 14 yoshlilarning 2 foizida uchraydi. 18 yoshlilarning esa har yuztadan bittasida kuzatilishi mumkin.

Enurezning tarqalishida jinsning ham ahamiyati bor: u maktab yoshigacha bo‘lgan o‘g‘il bolalarning 12, qiz bolalarning esa 7 foizida uchraydi. Kasallik qizlarga nisbatan o‘g‘il bolalarda 1,5-2 baravar ko‘p kuzatiladi. 5 yoshgacha bo‘lgan davrda bu kasallik emas, fiziologik holat hisoblanadi. 5 yoshdan keyin esa peshobini tuta olmaydigan bolalarni albatta davolash kerak.

Enurez sabablari

  1. Markaziy asab tizimining peshob ajratish jarayoni ustidan nazorati shakllanishining ortda qolishi.
  2. Infeksiyalar.
  3. Qabziyat va axlat tuta olmaslik har doim ham jiddiy e’tibor qaratilavermaydigan jiddiy omillar.
  4. Oshqozon-ichak trakti faoliyati o‘zgarishi, surunkali tonzillit ham peshob pufagi faoliyatining buzilishini yuzaga keltirishi mumkin.
  5. Asab tizimi kasalliklari
  6. Ruhiy omillar (oiladagi ziddiyatlar, maktabda vazifalarning og‘irlik qilishi, turar-joy o‘zgarishi va hokazo).
  7. Peshob pufagi faoliyatining buzilishi…

Kasallik nasl suradimi?

Ota ham, ona ham enurezdan aziyat chekkan bo‘lsa, bolada bu kasallik kuzatilishi xavfi 77 foizni tashkil etadi. Agar ota-onadan bittasi tungi peshob tutolmaslikni boshdan kechirgan bo‘lsa, 44%, ota-onaning hech birida bu holat kuzatilmagan bo‘lsa, 15 foiz hollarda bola enurezdan aziyat chekadi.

Qaysi shifokorga murojaat qilish kerak?

Davolash faqat psixiatr yoki nevropatolog tomonidan amalga oshiriladi. Mutaxassis avvalo, kasallik sabablarini aniqlaydi. Buning uchun suhbat va muayyan tekshiruvlar amalga oshiriladi. Mutaxassis albatta enurezga chalingan bolaning ota-onasidan oilaviy muhit qandayligini, bola haqidagi qo‘shimcha shikoyatlar bor-yo‘qligini surishtiradi. Ona homiladorlik davrini qanday o‘tkazgan, boshqorong‘ilik bo‘lganmi, birorta kasallikka chalinganmi yoki siqilishlar bo‘lganmi, bola tug‘ilayotganda tug‘ma patologiyalar kuzatilmaganmi, o‘z vaqtida tug‘ilganmi kabi savollarni ham albatta hisobga olish kerak. Bolaning 3 yoshgacha bo‘lgan rivojlanish davri ham hisobga olinadi. Xullas, barcha ma’lumotlar jamlanib, xulosa chiqariladi. Muolajalar esa so‘rov va tekshiruv natijalariga qarab belgilanadi.

Qanday tekshiruvlardan o‘tish kerak?

Tekshiruv peshob tuta olmaslikning davomiyligi va tezligi, bu muammoga ota-ona va bolaning munosabatini o‘rganishni o‘z ichiga oladi.

Qon va axlatning umumiy tahlili o‘tkaziladi. Bolaning umurtqa pog‘onasi rentgen qilinadi. Chunki shunday vaziyatlar bo‘ladiki, bola umurtqa pog‘onasining eng pastki sohasi qiyshiq tug‘iladi. Agar shu holat aniqlansa, umurtqa pog‘onasining o‘sha qismi bola peshob pufagiga turtki berib turadi va bolada peshob pufagi tez to‘lib qolish reaksiyasi paydo bo‘ladi. Bunday vaziyatda ortoped bilan birga davo muolajalari qilinadi.

Albatta peshob tahlilini o‘tkazish kerak. Bunda buyraklarda, peshob yo‘llarida shamollash alomatlari, tuz yig‘ilish holatlari bor-yo‘qligi aniqlanadi. Agar tahlil natijasi buyraklar va peshob chiqarish yo‘llari ishida buzilishlarni ko‘rsatsa, sinchiklab tekshirish talab etiladi: ultratovush tekshiruvi, peshob pufagining rentgen tekshiruvi, urologik va nevrologik tekshiruv.

Oilaviy totuvlik — muvaffaqiyat garovi!

Asabi buzilib turganda alamini bolasidan oladigan, tergayveradigan ota – onalar bor … Aslida 5 yoshgacha bo‘lgan bolani tergash mumkin emas. Chunki ularda hali fikrlash qobiliyati to‘liq rivojlanmagan bo‘ladi. Bolani tergayversangiz, kunduzi shuning ta’sirida asabi tarang bo‘lib yuradi. Natijada kechasi unda enurez holati kuzatilishi mumkin. Oilada er-xotin yoki qaynona-kelin o‘rtasidagi janjallar ham bolaga ta’sir ko‘rsatadi. Kattalar «bola o‘ynab yuribdi, e’tibor bermaydi» deb o‘ylashadi. Aslida esa har bir gapimiz, o‘zaro munosabatlarimiz ham bolaga ta’sir qilishini hisobga olishimiz kerak.

Xastalik ijtimoiy muammoga aylanib ketmasin!

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, enurezdan aziyat chekuvchilarning 40 foizida ruhiy buzilishlar kuzatiladi. Bola enurezdan aziyat cheksa, asabiy, do‘stlariga qo‘shilolmaydigan bo‘lib qolishi, fanlardan o‘zlashtirishi susayishi mumkin. Chunki u doim shuni o‘ylab siqilib yuradi. Agar davolanmasa, ulg‘aygan sari bolada bu kasallik qolmasa, u ko‘pchilikka qo‘shilolmaydi, mehmonga, lagerga borishdan bosh tortadi, chunki qo‘rqadi. O‘g‘il bolalar, hatto harbiy xizmatga olinmaydi. Bu bola uchun juda katta ruhiy jarohat. Enurez asab tizimini shunday holatga olib keladiki, ayrimlar hatto uylanmaslikka qaror qilishi mumkin. Qizlarda esa turmushga chiqqach, oilasi buzilishi hollari kuzatiladi. Qiz bolada hayz davri boshlansa, kasallik o‘tib ketadi» deb hisoblaydiganlar ham bor. Aslida esa hammada ham bunday bo‘lavermaydi.

Enurezni davolash

Kattalar va o‘smirlardagi enurez markaziy asab tizimining organik patologiya asorati hisoblanadi va uni davolash nevrologik buzilishlarni to‘g‘irlash bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Peshob yo‘llarini mustahkamlaydigan, asablarini tinchlantiradigan preparatlar, vitaminlar, shamollashni singdirib yuboradigan terapiya va qo‘shimcha fizioterapiya, nuqtali massaj, parafin kabi muolajalarni kompleks tarzda olib borish kerak. Biroq unutmaslik kerakki, kasallik bir davolagandayoq o‘tib ketmaydi, buni 5-6 oyda takroriy kurs qilib davolab turish kerak. Chunki bu surunkali xastalik. Shuning uchun «bir marta davolandim, bo‘lmadi» deb qo‘l siltab qo‘yish noto‘g‘ri.

Enurezdan aziyat chekadigan bolalarni sportning suzish to‘garagiga berish foydali. Suzish bola asabini tinchlantiradi, butun organizmini chiniqtiradi. Bu sport turi bilan yilning issiq oylaridagina emas, balki yil davomida shug‘ullanish kerak. Shunda natijasi bilinadi.

8 muhim qoida

  1. O‘zingiz va farzandingizni aybdorlik hissidan xalos eting! Farzandingiz kechasi o‘rnini ho‘llab qo‘ygani uchun, siz yomon ona hisoblanmaysiz. Shuningdek, banday bo‘lgani uchun dilbandingiz yomon bola emasligini aniq-ravshan tushunishiga erishishga harakat qiling.
  2. Bolani jazolamang! U enurezga chalingani uchun aybdor emas va buning uchun sizdan kam qayg‘urayotgani yo‘q. Unga tagini ho‘llab qo‘ygani uchun na so‘z, na nigoh bilan gina qilmang. Tushuning, bu bolaga yordam bermaydi. Tagini ho‘llab qo‘yishni xohlaydigan bola bo‘lmaydi. Farzandingiz to‘shagini ho‘llab qo‘ysa, «obbo, o‘rning yana ho‘l-ku!» kabi gaplarni aytmang. Yaxshisi, hech nima demang. E’tiboringizni faqat muvaffaqiyatlarga qaratishingiz kerak.
  3. Bola har kuni bir xil vaqtda uyquga ketishga odatlansin. Kechqurun birgalikda kitob o‘qing, rasm chizing. Kechasi televizor tomosha qilmagani, kompyuter o‘yinlari o‘ynamagani ma’qul.
  4. 4 yoshdan bolaga onalar psixoterapiyani qo‘llashlari mumkin. Bu uxlashdan oldin amalga oshiriladi. Bola uyquga ketishidan oldin kaftingizni peshanasiga qo‘yib, unga «hojatga chiqqim kelsa, albatta uyg‘onib, hojatxonaga boraman. To‘shagim quruq bo‘ladi» kabi gaplarni jiddiy va щoshmasdan ayting. Agar bola bu gaplarni takrorlasa, yana-da yaxshi. «O‘z-o‘zini ishontirish» mashqini kuniga 5-7 martadan 1-2 oy davom ettiring.
  5. Bolani kechasi uyg‘otish mumkin emas. Bu tarzda bolada hech qachon peshobi qistaganda o‘zi uyg‘onish refleksi shakllanmaydi. U o‘z peshob pufagini o‘zi sezishga o‘rganishi kerak. Majburan uyg‘otish orqali esa bu refleks paydo bo‘lishiga faqatgina xalaqit berasiz.
  6. «Quruq tunlar» uchun farzandingizni rag‘batlantiring.
  7. Bola bilan birga taqvim tuting. Odatiy mitti taqvimchaga «ho‘l» va «quruq» tunlarni birgalikda belgilab boring. Qurug‘ini qizil, ho‘lini ko‘k qalam bilan belgilang. Ham qiziqarli, ham foydali.
  8. Unutmang: Bu maslahatlar faqatgina ularni muntazam ravishda, hech qanday dam olish kuni yoki bayramlarsiz, 1,5-2 oy davomida bajargandagina yordam beradi.
ico
Elektroterapiya - elektr bilan davolash

Elektroterapiya (elektr bilan davolash usuli) og‘riq qoldiruvchi va tinchlantiruvchi vosita sifatida nevralgiya, tomir tortishishi, asab-mushak tizimi xastaliklari, mushak atrofiyasi, bo‘g‘imlar revmatizmi, nevrasteniya singari bir qancha kasalliklarda qo‘llaniladi.

elektroterapiya

Past kuchlanishli tok elektrodlar orqali tananing ma’lum qismidan o‘tganida hujayrada fizik-kimyoviy jarayonlarning o‘zgarishi ro‘y beradi, qon aylanishi va uyqu yaxshilanadi, og‘riq kamayadi, yallig‘lanish jarayonlari bartaraf etiladi, zararlangan to‘qimalarning tiklanishi tezlashadi.

Elektr bilan davolash tana uchun deyarli xavfsiz. Bu muolajani ovqatlangandan 1-1,5 soat o‘tgach bajarish tavsiya etiladi. Muolaja paytida foydalaniladigan tok kuchi nihoyatda past bo‘lib, inson salomatligiga zarar yetkazmaydi.

Past chastotali elektr toki yordamida tananing og‘riq joyiga kam miqdorda dori vositasi yuboriladi.

Zamonaviy tibbiyotda past kuchlanishli o‘zgarmas elektr toki (galvanizatsiya), o‘zgaruvchan toklar (darsonvarizatsiya, diatermiya) past chastotali impulsli tok (induktotermiya), shuningdek elektroforez, darsonvalizatsiya, fonoforez (dorivor moddalarni to‘qimalarga yuborish usuli), turli chastotali o‘zgaruvchan yoki yuqori chastotali o‘zgaruvchan yoki magnit maydonlari muolajalari elektr toki yordamida amalga oshiriladi.

Galvanoterapiya

Galvanoterapiya bilan davolash maqsadida organizmga (30-80 V) birlikdagi kam quvvatli elektr toki yuboriladi. Galvanik tok bemorning markaziy asab tizimiga ijobiy ta’sir qiladi, yurakni quvvatlantiradi, organizmda yangi hujayralar xosil bo‘lishini ta’minlaydi va himoya kuchlarini mustahkamlaydi. Bu usul radikulit, nevralgiya, bosh va orqa miyada qon aylanishining buzilishi, surunkali gastrit, kolit, xoletsistit, o‘t yo‘llari diskineziyasi, yurak-qon tomir xastaliklari, ko‘z kasalliklari va surunkali artritni davolashda yordam beradi.

Unutmaslik kerakki, organizmda yiringli va yallig‘lanish bilan bog‘liq jarayonlar kechganda, qon kasalliklarida, doimiy behollikda, shuningdek homiladorlik davrida galvanoterapiya tavsiya etilmaydi.

Elektroforez

Elektroforez (dori vositalarini galvanizatsiya yordamida organizmga yuborish) usuli dorilarning to‘qimalarga tezroq singishini ta’minlab, ta’sirini yanada oshiradi. Elektroforez og‘riqsizlantiruvchi, qon tomirlarni kengaytiruvchi, organizmda moddalar almashinuvini jadallashtiruvchi ta’sir ko‘rsatishi tufayli asab tizimi kasalliklari, tayanch-harakat tizimi va ginekologik xastaliklarda samarali qo‘llaniladi. Elektroforez muolajasi og‘riqsiz bo‘lib, bemor faqatgina dori yuborilayotgan joyning yengilgina qizishi yoki ignachalar «sanchishini» sezishi mumkin.

Darsonvalizatsiya

Darsonvalizatsiya yuqori kuchlanishli (20 kV gacha), kichik kuchli (0,015-0,02 mA) va yuqori chastotali (110 kGs) impuls toklar bilan davolash usuli bo‘lib, bunda darsonval toklari teriga elektroddan tushib turadigan mayda-mayda uchqunlar hamda bu uchqunlardan havoda paydo bo‘ladigan ionlar va kimyoviy moddalar (ozon, azot-oksid va boshqalar) orqali ta’sir ko‘rsatadi. Muolaja bemorda igna sanchilishidek his uyg‘otadi, shuningdek, issiqlik sezgisini yuzaga keltiradi.

Darsonval yordamida teridagi moddalar almashinuvi tezlashadi, mayda yiringli yaralar, so‘gal, husnbuzarlar davolanadi. Bu muolaja tanada qon aylanishini tezlashtiradi, a’zo va to‘qimalarning kislorod bilan oziqlanishini faollashtiradi, allergik kasalliklarda kuchli qichishishlarning to‘xtashiga yordam beradi, og‘riqsizlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek darsonvalizatsiya bilan xafaqon (gipertoniya, qon bosimining oshishi), uyqusizlik, qon-tomir kasalliklari, ginekologik xastaliklar davolanadi. Nerv to‘qimalarining ta’sirchanlik darajasini pasaytirish xususiyati tufayli bu usul xirurgiyada ham og‘riqsizlantiruvchi vosita sifatida keng qo‘llanilib kelinmoqda.

Darsonval usuli tez-tez boshi og‘rib turadigan ayollarga naf beradi, bundan tashqari asab kasalliklari, uyqusizlik, surunkali charchoqdan shikoyat qiladigan bemorlar sog‘ligini tiklashda ham juda foydali.

Lekin bu usul o‘tkir yuqumli kasalliklarda, yurak-qon tomir xastaliklarining zo‘rayish davrida, o‘sma dardlarida va homiladorlikda buyurilmaydi.

© Aziza RAJABOVA, terapevt.
"Sihat-salomatlik" jurnali.

Gripp va yuqori nafas yo'llarining infeksiyalarini alomatlarini davolash uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri TeraFludir.

TeraFlu bu – alohida paketlarga qadoqlangan eriydigan granulalar.

Har bir paket tarkibi:

Faol moddalar: 2 mg benzoksoniy xloridi, 1,5 mg lidokain gidroxloridi,; Yordamchi moddalar: etanol, qalampiryalpiz moyi, mentol, gliserin, xlorid kislotasi, tozalangan suv.https://apteka.uz/product/teraflyu

Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo'llaniladigan boshqa preparatlar: GRIPHOT, Rinil hotmiks, Insti, Sinupret ekstrakt, Rinomaks, ASS va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Endoskopiya turlari, vazifalari va bemorlar uchun foydali ko‘ratmalar

Me’da-ichak yo‘li a’zolari – qizilo‘ngach, me’da va o‘n ikki barmoq va yo‘g‘on ichaklarni maxsus yoritish tizimi optik asbob yordamida tekshirish usuli bugungi kunda keng qo‘llanilmoqda. Endoskopiya yordamida nafaqat kasalliklarni tashxislash balki, kichik davo muolajalarini ham o‘tkazish mumkin.

Endoskopiya

Tola optikasiga asoslangan fibroendoskop va tugal qismiga kichik hajmdagi chip o‘rnatilgan zamonaviy tolasiz videoendoskoplar yordamida tekshiruvlar qisqa fursatda va samarali o‘tkazilmoqda. Aholi orasida «zond», «shlang», «yapon zondi» nomlari bilan mashhur bo‘lgan endoskopning tugal qismi aylanasi hajmi 9,8 va 7 hatto 5 mm bo‘lib, bu muolajaning kam noqulayliklar bilan o‘tishini ta’minlaydi. Endoskopik tekshiruvda asosan shilliq va shilliqosti pardadagi quyidagi o‘zgarishlar ko‘p aniqlanadi: yara va uning asoratlari, eroziyalar, chandiqlar, qizilo‘ngach va me’da venalarining kengayishi, safroning quyilishi, xavfsiz-xavfli o‘smalar va ularning darajalari, yot jismlar, ayrim ozuqa chiqitlari (soch, qora saqich, xurmo po‘sti, dafna bargi singarilar) to‘planib qolishi – bezoar, yallig‘lanish belgilari, ichki churra va bo‘rtma-divertikul, a’zo bo‘shlig‘i torayishi yoki kengayishi va hokazo.

Me’da-ichak yo‘li yuqori qism a’zolarini endoskopiya qildirishga boradigan kishilar quyidagilarni bilishi lozim:

– muolajadan 1 kun oldin kechki ovqat yengilroq bo‘lishi lozim. Ovqati yaxshi hazm bo‘lmaydigan va qayt qiladigan kishilar, yaxshisi, 1 kun oldin kuyuq ovqat umuman yemaganlari ma’qul;

– muolajadan bir kun oldin yaxshi dam oling: vaqtida uxlang, asabiylashmaslikka harakat qiling;

– muolaja kuni nonushta qilmang (shu bois ertalab o‘tkaziladi);

– o‘zingiz bilan toza sochiq olib boring;

– muolaja davomida bo‘yinni siqib turadigan bo‘yinbog‘, sharf, ro‘mol shuningdek belbog‘, tasmani bo‘shating. Agar tish protezi bo‘lsa, olib qo‘ying;

– mabodo ayrim dorilarga allergik reaksiyangiz bo‘lsa, shifokorni ogohlantiring;

– muolaja davomida shifokor ko‘rsatmalariga qat’iy amal qiling. Shunda tekshiruv ham qisqa fursatda, ham kam noxushliklar bilan o‘tadi;

– muolajadan so‘ng ozgina muddat dam oling. Sepilgan og‘riqsizlantiruvchi dorining ta’siri o‘tgandan (taxminan 20-25 daqiqa) so‘ng ovqatlansangiz bo‘ladi;

– mabodo endoskopiya davomida shilliq pardadan gistologik tekshiruvlar uchun bioptat-namunalar olinsa, 2 soat ovqatlanmang. Keyin esa iliq yoki sovuqroq ta’omlarni iste’mol qilishdan boshlang. Gistologik tekshiruvga olingan namunalarni boshqa muassasaga olib borish lozim bo‘lsa, kechiktirmang;

– endoskopiya tekshiruv xulosasini tasviri va diskka yozuvi ilova qilingan bo‘lsa, ularni ham davolovchi shifokorga ko‘rsatgandan so‘ng yo‘qotmasdan, saqlab qo‘ying;

– ayrim kasalliklarni davolagandan so‘ng yoki ma’lum vaqt o‘tgach takroran nazorat endoskopiya qilinishga to‘g‘ri keladi. Birlamchi tekshiruvdagi aytilgan qayta tekshiruv muddati kelganda, kechiktirmay vaqtida boring;

Yo‘g‘on ichak yoki uning ayrim qismlarini endoskopik tekshiruvga borishdan oldin esa yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda 2-3 kun chiqitsiz parhez qilish (o‘simlik-qoldiq to‘qimaga boy oziq-ovqatlarni kundalik taomnomadan vaqtinchaga chiqarish), ayrim surgi dorilarni ichish va bir necha marotaba tozalovchi ho‘qnalar qilish lozim. Tekshiruvga tayyorgarlik shifokor tomonidan buyuriladi.

Shuni ta’kidlash joizki, ayrim yurtdoshlarimiz me’da-ichak yo‘li a’zolari endoskopiyasi og‘izdan yutish orqali amalga oshirilgani uchun qiyin muolaja sifatida qarab, vaqtida tekshirishga bormaydilar. Oqibatda qimmatli vaqt qo‘ldan boy berilib, bu yara kasalligining asoratlanishi va saraton kasalligida kech tashxis qo‘yishga sabab bo‘ladi. Yuqorida aytilganidek, zamonaviy fibroendoskoplar muolajani kam noxushliklar bilan o‘tishiga sabab bo‘lmoqda. Shunday ekan, shifokor tomonidan tavsiya etilgan endoskopiya tibbiy tekshiruvini vaqtida o‘tkazing.

Endoskopiya turlari

Ezofagoskopiya – qizilo‘ngachni, ezofagogastroskopiya – qizilo‘ngach va me’dani, ezofagogastroduodenoskopiya – qizilo‘ngach, me’da va o‘n ikki barmoq ichakni, rektosigmoidoskopiya – to‘g‘ri va sigmasimon ichak, kolonoskopiya – yo‘g‘on ichak qismlarini (pastga tushuvchi va ko‘tariluvchi qismlar, ko‘ndalang chambar ichak, ko‘richak) ichidan turib ko‘radi.

Ushbu maqolani ham o‘qing: KT va MRT har doim ham tashxisni to‘g‘ri aniqlaydimi?

 © Mubashshir Qosimov, gastroenterolog.
"Tashxis" gazetasi.

 

 

Gastroenterologik kasalliklarda eng kop qo'llaniladigan dori vositalardan biri ITOMEDdir:

https://apteka.uz/uz/product/itomed

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Endometrioz - orttirilgan dard

Endometrioz (bachadon shilliq qavati bo‘lmish endometriyning atrofdagi to‘qimalarga o‘sib kirishi) ayollar kasalliklari o‘rtasida uchrashi bo‘yicha yuqoriroq o‘rinda turadi. Endometrioz ko‘pincha orttirilgan bo‘ladi. Operatsiya vaqtida yoki qorin bo‘shlig‘i atrofida noto‘g‘ri muolajalar o‘tkazilganda (masalan, shifokor ruxsatisiz qorin bo‘shlig‘ini massaj qilishda, bug‘lash, issiqlik qilish va boshqalarda) endometriy joyidan ko‘chib, tananing boshqa joyiga yoki jinsiy a’zolarning boshqa qismiga tushadi va u yerda vaqtivaqti bilan (hayz oldidan va hayz paytida) suyuqlik chiqarib turadi. Bu orttirilgan endometriozdir.

Kasallikni davolash uchun, avvalo, dard sababini aniqlash kerak. Shu maqsadda kichik chanoq a’zolari hayzning 5-7 kunlarida va 20-22 kunlarida UTT yordamida tekshiriladi va magnit rezonansli tomografiya orqali endometriozning “kichik” sohalarini aniqlash mumkin. Bachadon rentgenda ko‘riladi, ko‘rsatma asosida biopsiya qilinadi. Kasallikning bir qancha turlari endometrioz o‘choqlari joylashishiga qarab farqlanadi.

Jinsiy a’zo endometriozida jinsiy a’zo bilan qovuq yoki to‘g‘ri ichak o‘rtasida do‘mboqchalar hosil bo‘ladi, qaytalab turadigan qon oqishlar tufayli endometriomalar qora-qo‘ng‘ir tusga kiradi. Borgan sari ko‘p qon yo‘qolavergach, ayolning ahvoli yomonlashadi, kamqonlik kuzatiladi. Shuningdek yot to‘qimaning rivojlanishi chandiqlar (bitishma) hosil bo‘lishiga va fiziologik jarayonlarning buzilishiga olib keladi.

O‘simlikning uzun ildizi har tomonga tarmoqlab ketganini tasavvur qiling. Endometriozda bachadon shilliq qavati ham xuddi shu singari mushak qavat hujayralariga, tuxumdon, bachadon naylari, ba’zan esa siydik pufagi va ichakka o‘sib kiradi. Qon bilan to‘lgan ayrim pufakchalar (endometriomalar) o‘z atrofidagilarga “payvandlanib”, asta-sekin ko‘p joyni egallay boshlaydi. Hatto, ba’zan limfa qon oqimi bilan to o‘pkagacha yetib boradi.

Endometrioz kasalligini davolash

Tashxis qo‘yilgach, yallig‘lanishni yo‘qotadigan davo usullari qo‘llaniladi. Immun tizimi ishini yaxshilovchi dori-darmonlar, ba’zi hollarda gormonal terapiya buyuriladi. Og‘riq qoldirish uchun nosteroid preparatlar ham yaxshi foyda beradi. Lekin bunday muolajalar kasallikning o‘zini emas, balki alomatlarini yo‘qotadi. Shuning uchun ham endometriozga qarshi gormonal vositalar qo‘llaniladi, ular endometrioz o‘choqlari hosil bo‘lishining oldini oladi. Lekin hamma dori-darmonlar qo‘shimcha asoratlarga ega. Shu sababli dorilarni ayol o‘z-o‘zicha qo‘llamasdan shifokor maslahatiga ko‘ra qabul qilishi shart.

Agar kichik chanoqda chandiq yoki endometriomalar kattalashib kistalar hosil bo‘lsa, jarrohlik amaliyotiga ko‘rsatma beriladi, shunda bachadon ortig‘i (tuxumdon va nay) olib tashlanadi. Hozirgi kunda bunday operatsiyalar zamonaviy laparoskop usulida bajarilmoqda. Ya’ni qorin ichiga tasvirni kattalashtiradigan optik asbob kiritiladi, endometriozning eng kichik o‘choqlarigacha topiladi va olib tashlanadi.

Yosh juvonlar bilish muhimki, homiladorlik endometriozning eng yaxshi davosi hisoblanadi. Chunki homiladorlikda organizmning o‘zi zarur gormonlarni ishlab chiqarib, bu boradagi tanqislik o‘rnini to‘ldiradi. Ko‘z yorigandan so‘ng endometrioz o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi va ayol tuzala boshlaydi.

© Zaynabjon ELMURODOVA,
akusher-ginekolog.
"Sihat-salomatlik" jurnali.

Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.

Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.

Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60

Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Emizikli ayollarga neontolog maslahatlari

Ma’lumki, ona bilan bola o‘rtasidagi o‘zaro aloqa homiladorlikning dastlabki kunlaridan boshlanadi. Buni tibbiyotda ona-yo‘ldosh -homila muloqot sistemasi shaklida tushuntiriladi. Farzand dunyoga kelgach esa, bu muloqot davom etadi.

emizikli ayollarga maslahat

Bunda bola onadan ko‘krak suti orqali ozuqa va zarur biologik faol moddalarni oladi. Ona sutida 100 dan ortiq kerakli oziq moddalari bo‘lib, faqat miqdor jihatidan bola ehtiyojini qoplamay, sifat jihatidan ham bolaning yoshiga, sog‘ligiga mos keladi.

O‘g‘iz suti va yetilgan ona suti turli kasalliklarni paydo qiluvchi virus va mikroblarga qarshi kurashuvchi moddalarga boy. U bolada immunitet sistemasiniig shakllanishida qatnashadi. Ona sutidagi himoya vafasini bajaruvchi oqsillar bolani turli allergiyalardan ham saqlaydi.

Ona sutini emib katta bo‘lgan bolalar o‘z tengdoshlari orasida jismonan va aqlan ajralib turadilar. Ayniqsa, bolalar o‘rtasida ko‘p uchraydigan kamqonlik, raxit, gipotrafiya, allergik kasalliklar aksariyat ona sutiga to‘ymagan bolalarda ko‘proq uchraydi.

Ona sutining ajoyib xususiyatlaridan yana biri bola asab sistemasining shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘krak emish orqali ona-bola o‘rtasida aloqa tiklanadi. Onaning bolaga, bolaning onaga bog‘liqligi davom etadi. Bu esa o‘z navbatida, ular o‘rtasida o‘zaro mehr-muhabbat uyg‘otadi.

Sog‘lom va baquvvat avlodni o‘stirish uchun har bir ona o‘z farzandini ko‘krak suti bilan boqishi afzalligi keng omma orasida targ‘ib etish zarur. Chaqaloq bolalarni parvarishlash va ovqatlantirish to‘g‘risida onalarga maslahatlar; Tug‘ruqxonada ona va bolaning birga bo‘lishini onadan sanitar-epidemiologik rejimga qat’iy rioya qilishni va tibbiyot xodimlarining talablarini bajarishni talab etadi.

Har kuni ertalab ona krovatlari, kushetka, tumbochka, klyonkalar 1 foizli xloramin eritmasi bilan artib chiqiladi va bolaning yuzi berkitilib, xona 20 daqiqa davomida kvartslanadi. Bolani yuvintirish uchun va parvarishlash uchun birinchi kuni hamshira ko‘rsatib tozalangan materiallar bilan ishlashni onaga o‘rgatadi. Qolgan kunlari onalar ertalabdan qo‘llarini sovunlab yuvib, chaqaloqlarni yuvintirishni boshlaydi. Bundan oldin bolaning ko‘zi tozalangan tamponlarda furatsillin bilan ho‘llanib ko‘zining tomirlari burchagidan ichkari tomonga qarab artiladi. Uchinchi tampon bilan yuzi tozalanadi.

Bolaning chov sohalari rakovinada iliq oqar suv bilan yuviladi, lekin oyoqlari rakovinaga tegmasligi kerak. Bolani o‘raydigan stol usti 1 foizli xloramin bilan artiladi va o‘raladi. Umuman olganda, ona suti - bu tabiiy resurs hisoblanadi. U hech qanday kuch va mehnat talab qilmaydi. Quydagi tavsiyalar ham mutaxassislar ham onalar uchun muhimdir.

  • Ona suti bilan boqish qoidalariga qat’iy rioya qilish;
  • Barcha homilador ayollarga ona sutining mohiyatini va ko‘krak bilan boqish yo‘llarini o‘rgatish;
  • Onalarga tuqqandan keyingi birinchi yarim soat ichida ko‘krak suti berishga yordam berish;
  • Onalarga ko‘krakdan qanday emizish va bolasining onadan ajratgan holatda ham qanday qilib ko‘krakdan sut ajralishi saqlab qolish mumkinligini o‘rgatish;
  • Chaqaloqlarga ona sutidan tashqari hech qanlay qo‘shimcha ovqat va suv bermaslik, faqatgina tibbiy ko‘rsatma bo‘lganda suv berish;
  • Ona va bolani doimiy kecha - kunduz birga bo‘lishini ta’minlash;
  • Bolani jadvalga qarab emas, talabiga qarab sut bilan boqishni targ‘ibot qilish;
  • Chaqaloqlarga ona ko‘kragidan tashqari hech qanday tenglashadigan narsalar, so‘rg‘ichlar bermaslik;
  • Bolaning talabiga qarab tez-tez emizish kerak, sutkada kamida 8-12 marotaba;
  • Bir ko‘krak bo‘shamasdan boshqa ko‘krakdan emizmang, bolaning emish vaqtini cheklab qo‘ymaslik kerak;
  • Ko‘krak uchi yorilmasligi va ko‘krak shishib ketmasligi uchun ko‘krakni go‘dakka to‘g‘ri berish kerak;
  • Sun’iy bo‘tqa, surg‘ich berish ma’n etiladi;
  • Bolaga tibbiy ko‘rsatma bo‘lmasa qaynagan suv, RINGER suvi, 5 foizli glyukoza eritmasi berish ham ma’n etiladi.;
  • Bolani ovqatlantirishdan oldin onasi boshiga ro‘mol o‘rashi, qo‘lini tozalab sovunlab yuvishi va bolaning tagiga toza taglik solib, so‘ng emizishi kerak;
  • Emizish vaqtini hech qachon cheklamaslik kerak, chunki qancha ko‘p emizsa shuncha ko‘p sut ajraladi. Sut miqdorini va oqimini boshqaradigan gormonlar hosil bo‘ladi. Har safar emizdirilgandan so‘ng sutning qolganini sog‘ib tashlash, toza stakanga sog‘ib, hamshiraga topshirish kerak;

Ona suti - 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun asosiy ozuqa: bolaning to‘g‘ri o‘sishi, rivojlanishi va aqlan tetik bo‘lishini ta’minlaydi. Bolaning immun sistemasini, organizmning himoya kuchini oshiradi va yuqumli allergik kasalliklarning oldini oladi.

© Surayyo Teshaboyeva, oliy toifali neontolog shifokor.
"Salomatlik sandig‘i" gazetasi.

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Epiglottit - sabablari, alomatlari, tashxislash va davolash asoslari

Odam organizmida halqum uch qismga bo‘linadi, ya’ni burun-halqum, og‘iz-halqum va hiqildoq-halqum sohasi. Burun-halqum xoanlar orqali burun bo‘shlig‘i bilan, og‘iz-halqum tomoqning yuqori qismi orqali og‘iz bo‘shlig‘iga qo‘shiladi. Hiqildoq-halqum hiqildoqqa qo‘shiladi. Halqumning yuqori qismida 6 ta bodomcha bezi bo‘ladi. Halqumda ovqat yutish va nafas olish yo‘llari bir-biri bilan kesishadi. Ovqat yutish vaqtida kichik tilcha ko‘tarilib, burun bo‘shlig‘ini, hiqildoq usti pastga tushib, hiqildoqni berkitadi va ovqat og‘izdan tomoqqa, undan qizilo‘ngachga o‘tadi.

Epiglottit – hiqildoq usti hamda uni atrofidagi to‘qimalarning yallig‘lanishi bilan bog‘liq xastalik. Odatda bu sohadagi yallig‘lanish tufayli nafas olish yo‘llari berkilib qolishi mumkin.

[caption id="attachment_10514" align="aligncenter" width="550"]Epiglottit Foto: Freeimages.com[/caption]

O‘tkir kechadigan epiglottit asosan 2-4 yoshli bolalar orasida ko‘p uchraydi. Ayrim vaqtlarda bu xastalikka nisbatan katta yoshli bolalar, hattoki, katta odamlar ham chalinadi. Epiglottitga chalingan yosh bolalarda bir qancha soat davomida isitmalash, serzardalik, disfoniya (ovoz tembrining o‘zgarishi) va disfagiya (yutish funksiyasining buzilishi) kabi alomatlar paydo bo‘ladi. Bemorlar old tomonga bukilib o‘tirishga harakat qiladilar. Ularning nafas olishi og‘irlashgani bois og‘zini ochib o‘tirishga majbur bo‘ladilar, bemor og‘zidan so‘lak oqib turadi.

O‘smir va katta yoshli bemorlarda kasallik alomatlari nisbatan kechroq ifodalanadi. Tomoq og‘rig‘i kasallik boshlangan dastlabki ikki kun davomida namoyon bo‘la boshlaydi. Katta yoshdagi bemorlarning 25 foizida nafas bo‘g‘ilishi, 15 foizida so‘lak bezi faoliyati kuchayib ketishi, 10 foizida stridor (hushtaksimon nafas olish) kabi klinik alomatlar kuzatiladi.

Epiglottit sabablari

Aksariyat hollarda kasallikning rivojlanishiga pnevmoniya (zotiljam) va meningit (miya pardalarining yallig‘lanishi) kabi xavfli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi bakteriya – "Haemophilus influenzae" sababchi bo‘ladi. Bu turdagi mikrob odam organizmiga havo-tomchi yo‘li bilan tushishi mumkin. Ayrim hollarda mazkur mikrob burun bo‘shlig‘ida qulay vaqt kelguniga qadar saqlanishi mumkin.

Yuqorida aytib o‘tilgan mikrobdan tashqari, kasallikning rivojlanishiga pnevmokokk, streptokokk, kandida zamburug‘i, chechak xastaligini keltirib chiqaruvchi varitsella zoster virusi ham sabab bo‘ladi. Ba’zi bir vaziyatlarda epiglottit shikastlanish sababli yuzaga keladi. Bundan tashqari, u nafas yo‘llarining kuyishi (shu jumladan, issiq ovqat yoxud suyuqlikni iste’mol qilish) oqibatida ham rivojlanishi mumkin.

Kasallikning klinik kechishi

Kasallikning patogenezi haqida so‘z ketganida, birinchi navbatda, respirator viruslarning ta’siri sababli kapillyar (qil tomircha)larning yorilishi kuzatiladi. Epiteliy to‘qimasi shikastlanishi tufayli shilliq qavat ostiga turli xildagi bakteriyalar joylashib oladi. Keyinchalik ular yallig‘lanish va shishni keltirib chiqaradi.

Epiglottit alomatlari

Ba’zi hollarda epiglottitdan avvalroq turli xil infeksiyalar tufayli yuqori nafas yo‘llarini zararlanishi kuzatiladi. Bunday vaziyatda xastalik juda tez rivojlanib 2-5 soat davomida hiqildoq usti hamda uni atrofidagi to‘qimalarning yallig‘lanishi sababli nafas yo‘llari butunlay berkilib qoladi.

Yuqori harorat, hushtaksimon nafas olish, tomoq qismining yallig‘lanishi, jizzakilik, betoqatlik, holsizlanish, nafas olishning qiyinlashishi epiglottitning asosiy alomatlari hisoblanadi. Dardga chalingan bemor biroz yengillik bo‘lishi uchun bo‘yin qismini cho‘zishga, og‘zini katta ochib o‘tirib olib boshini old tomonga egishga harakat qiladi. Bunda bemorning tili osilib turadi, burun bilan nafas olish paytida burun kataklari keskin ravishda shishib turadi. Kasallikni gemofilus inflyuense bakteriyasi keltirib chiqarganida bemorning tana harorati keskin oshadi, tomoq sohasida kuchli og‘riq seziladi. Bularga qo‘shimcha ravishda so‘lak bezi faoliyatining keskin kuchayishi, ovozning bo‘g‘ilib chiqishi, nafas olishning og‘irlashishi, kislorod yetishmovchiligi tufayli lablarning ko‘karib ketishini ham aytib o‘tishimiz kerak.

Mutaxassislar epiglottitning uch xilini – shish bilan kechadigan, infiltrativ va abses (gazak oladigan) shakllarini farqlashadi. Ularning har biriga qisqacha ta’rif berib ketamiz: shish bilan kechadigan epiglottit uchun yutish vaqtida kuchli og‘riqning his etilishi, intoksikatsiya (zaharlanish), bo‘yin sohasini ushlab ko‘rganda og‘riq sezilishi, tana haroratining 37-39 darajagacha ko‘tarilishi, hiqildoq usti hamda uni atrofidagi to‘qimalarning shishishi kuzatiladi. Halqumning zararlangan qismidan farqli o‘laroq boshqa sohalarda patologik o‘zgarishlar kuzatilmaydi. Bemorning qonida leykotsitoz, ECHT – eritrotsitlarning cho‘kish tezligi miqdorining keskin oshib ketishi kuzatiladi.

Epiglottitning infiltrativ va gazak oladigan shakllarida bemorning umumiy holati og‘irlashib boradi. Kasallikning boshqa alomatlari nisbatan tez yoki sustroq tarzda ifodalana boshlaydi. Tana harorati 38-390C darajagacha ko‘tariladi. Tomoq sohasida chidab bo‘lmaydigan kuchli og‘riq, nafas yetishmasligi, bemorning yuzida kuchli iztirob kuzatiladi. Bemorning tili o‘ta darajadagi kulrang karash bilan qoplangani, hiqildoq ustining shishib, periferik qon tomirlarining haddan tashqari qonga to‘lishi kuzatiladi. Gazak oladigan o‘tkir epiglottitda zararlangan sohada madda o‘choqlari yaqqol ko‘rinib turadi, shish tufayli halqumning boshqa sohalarini kuzatish imkoniyati keskin chegaralangan bo‘ladi. Bemorning nafas olishi ancha qiyinlashib qoladi (inspirator nafas qisilishi).

O‘tkir kechadigan epiglottit chog‘ida unga zararlangan sohaning yiringlashi ham qo‘shilsa qisqa fursat davomida hiqildoq usti sohasida xondroperixondrit (hiqildoq tog‘aylari hamda tog‘ay ustki qismlarining yallig‘lanishi) kuzatiladi.

Epiglottit asoratlari

Bemor o‘z vaqtida to‘liq davolanmasa nafas olish yo‘llarining anatomik butunligi buzilishi mumkin. Buning oqibatida doimiy ravishda bemor organizmiga kislorod yetishmaydi. Kislorod yetishmovchiligi tufayli bemor tez-tez hushini yo‘qotishi, osongina talvasaga tushib qolishi sababli bevaqt nobud bo‘lish ehtimoli katta. Klinik kuzatuvlarga ko‘ra, xastalikka chalinish oqibatida 10 foiz hollarda epiglottit o‘zidan keyin zotiljam (pnevmoniya), bo‘yin sohasidagi limfa tugunlarining shishishi, perikardit (yurak xaltachasining yallig‘lanishi), plevrit (plevra bo‘shlig‘ida suyuqlikning to‘planishi) kabi asoratlar qoldirishi mumkin.

Kasallikni tashxislash

Shifokor uning huzuriga kelgan bemorning gavda holatiga qarab birlamchi tashxis qo‘yadi. Biz ilgari aytib o‘tganimiz kabi epiglottitga chalingan bemor biroz yengillik bo‘lishi uchun bo‘yin qismini cho‘zishga, og‘zini katta ochib o‘tirib olib boshini old tomonga egishga harakat qiladi. Bunda bemorning tili osilib turadi, burun bilan nafas olish paytida burun kataklari keskin ravishda shishib turadi. Shifokor kuchli og‘riq va shish tufayli bemorning og‘iz bo‘shlig‘ini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Aksariyat hollarda bunday vaziyatda bemorni rentgenga tushirishga to‘g‘ri keladi. Yon tomonlama qilingan rentgenogrammada hiqildoq ustining shishib ketganligi (katta barmoq belgisi) aniq ko‘rinadi. Bunday alomatning ifodalanmaganligi epiglottitni taxmin qilmaslik uchun yetarlicha asos bo‘lolmaydi.

Ayni vaziyatda bemorning halqumini ko‘zdan kechirish uchun maxsus shpatel yordamida tilni pastga bosish mumkin emas. Bunday harakatlar oqibatida bemorda reflektor laringospazm va shu sababli nafas yo‘llari faoliyatining buzilishi yuz berishi ehtimoli bor. Epiglottitga chalingan bemorni operatsiya xonasiga olib borib fibrolaringoskop yordamida kuzatish kerak. Zarurat tug‘ilsa bemorga traxeya (bo‘g‘iz) sohasida intubatsiya qilinadi.

Qaysi shifokorga murojaat qilish zarur?

Otolaringolog – quloq, burun, tomoq xastaliklari bo‘yicha shifokorga murojaat etiladi.

Epiglottit kasalligini davolash

Epiglottitni davolash muolajalari tez yordam tizimi uchun xos bo‘lgan tamoyillarga asoslanishi shart. Bu kasallikni uy sharoitida mutlaqo davolab bo‘lmaydi. Bemorga intensiv (jadal) terapiya usulida tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun umumiy narkoz ostida nafas yo‘llariga plastik nayni kiritish zarur bo‘ladi. Shundan keyin vaziyatni mukammalroq o‘rganish maqsadida rentgenogramma qilinadi. Tomir orqali antibiotiklar, shuningdek, organizmning hayotiy quvvatini ta’minlaydigan maxsus suyuqliklar yuboriladi. Bemor maxsus xonaga joylashtiriladi. Bemorning nafas olishi va yurak urishi muntazam ravishda kuzatib boriladi. Odatda kasalxonada bemor 5-7 kun davomida davolanadi. Antibiotiklar kursi 7-10 kungacha davom ettiriladi.

Ota-onalarga foydali maslahatlar

Yosh bolangiz kunduzi yoxud kechasi bexosdan uyqusidan uyg‘onib talvasaga tushsa, boshini old tomonga engashtirib o‘tirib olishga harakat qilsa yoki hadeb ko‘tarib olishlarini talab qilib xarxasha qilaversa, bo‘ynini cho‘zib, og‘zini katta ochib olsayu nafas olishga qiynalsa, tili osilib qolsa, yutinishi qiyinlashsa, tana harorati yuqori darajagacha ko‘tarilib ketsa, kuchli tomoq og‘rig‘idan bezovtalansa bolangizni mustaqil davolashga harakat qilmay, shu zahoti shifokor huzuriga olib boring.

Bezovtalanayotgan bolangizni tinchlantirishga harakat qiling. Buning uchun eng avvalo, o‘zingiz tinchlanib oling. Og‘ir vaziyatlarda ham es-hushini yo‘qotmaydigan ota-ona o‘z bolasining salomatligi uchun ko‘p narsa qilishga qodir bo‘ladi.

Epiglottit ehtimoli bor bo‘lsa aslo bolangizning tilini biron narsa yordamida pastga bosishga, kuch ishlatib uning og‘iz bo‘shlig‘ini kuzatishga, gavdasi va ayniqsa, boshini tik tutishga undamang. Unga qanday holat qulay bo‘lsa, shu holatda qoldiring. Avtomobilda ketayotgan bo‘lsangiz bolani ochiq darcha oldida olib o‘tiring, toki uning nafas olishi oson bo‘lsin.

 

Tomoqdagi yallig’lanish alomatlarini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Lorobendir.

Loroben bu – 200 ml og’izni chayqash uchun eritma (o'lchov stakani bilan birgalikda).

100 ml eritma tarkibi:

Faol moddalar: benzidamin gidroxloridi 150 mg, xlorheksidin glyukonat 120 mg. Yordamchi moddalar: polisorbat 20, sorbitol 70%, propilen glikol, sariq xinolin, yalpiz essensiyasi, saxaroza, Ecocool MP, Patent V Blue, limon kislotasi monogidrati, natriy sitrat digidrati, tozalangan suv.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi - https://apteka.uz/product/loroben

Tomoqdagi yallig’lanishida keng qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Tonzilgon N, Lizobakt, Adjisept, Lorsept, Geksolarin, Grammidin Neo, Tonzilotren va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

© "Sog‘lom avlod" gazetasi.
Soglom.uz

ico
Eng ko‘p allergiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bilasizmi?

Fransiyalik olimlar allergik rinit ko‘rinishida paydo bo‘luvchi reaksiyaning eng ko‘p uchraydigan 5 sababni aniqlashdi. Fransuz ekspertlarining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyo miqyosida turli ozuqaviy allergik reaksiyalar kuzatilmoqda, ular teri kasalliklari, toshmalar va ko‘z yallig‘lanishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek allergik reaksiya insonning nafas olish jarayonida havodagi turli aralashmalarni yutishi natijasida ham kuzatiladi. “Ortodoks” tibbiy portalida shu haqida ma’lumot berildi.

[caption id="attachment_10524" align="aligncenter" width="645"]allergiya sababi Foto: Simptomed.ru[/caption]

Haroratdagi keskin o‘zgarishlar

Ekspertlarning fikricha, burun bitishi ko‘rinishidagi allergik reaksiyalar ko‘pincha haroratning keskin o‘zgarishi natijasida yuzaga keladi. Yozgi jazirama harorat va yuqori namlik yoki qish faslidagi ayoz sovuqlar insonda allergik rinitning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek olimlar konditsioner ishlab turgan xonada ko‘p o‘tirish ham rinitga sabab bo‘lishini qayd etishdi.

Turli hidlar

Bugungi kunda turli hidlarga nisbatan allergik reaksiyalarni juda ko‘p kuzatishimiz mumkin. Shunga qaramay, uning paydo bo‘lishiga nafaqat atir yoki dezodarant sabab bo‘ladi, balki xushbo‘y hid tutatqilari va shag‘amlar ham allergik reaksiyalarni paydo qiladi. Sog‘liqni saqlash uchun ahvolni yomonlashtirayotgan sababni to‘g‘ri aniqlay bilish lozim.

Lak-bo‘yoq mahsulotlari

Aksariyat kishilar ahvollari lak-bo‘yoq mahsulotlaridan yomonlashganini hattoki xayollariga ham keltirishmaydi. Ana shunday holatlarning oldini olish maqsadida biror joyni bo‘yash vaqtida maxsus respirator-niqoblardan foydalanish kerak. Shuningdek bo‘yoq hidi ketmasidan yangi ta’mirdan chiqqan inshootlarda yurish tavsiya etilmaydi.

O‘simlik changlari

Bugungi kunda o‘simliklarning gullashidan jabr ko‘ruvchi kishilar soni muntazam ravishda o‘sib bormoqda. Bu asosan daraxtlar va o‘simliklar ko‘p bo‘lgan hududlarda yashovchi kishilarga xos. Statistikaga ko‘ra, o‘simliklar changi butun dunyo ahli o‘rtasida eng ko‘p allergiyani keltirib chiqaruvchi sabab hisoblanadi.

Atmosferaning ifloslanishi

Mahsulotlarni qayta ishlovchi zavod va korxonalar havoga katta miqdordagi zararli aralashmalarni ajratib chiqaradi, avtotransport esa zararli gazlarni ajratadi, bu ham o‘z navbatida Yer atmosferasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu zararli moddalar ko‘pincha insonlarda allergik kasalliklarni qo‘zg‘atadi.

 

Allergiya alomatlarini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Teriksdir.

Teriks bu – qobiq bilan qoplangan 10 mg n10 (1x10) tabletkalar (blister ko’rinishida).

1 ta qobiq bilan qoplangan tabletka tarkibi:

Faol modda: cetirizin dihidroxlorid 10 mg. Yordamchi moddalar: Makkajo'hori kraxmali, monogidrad laktoza, PVP K30, magniy stearat, Sheffcoat white 04 5X00257/5X00266 (Gidroksipropilometilsellyuloza, titan dioksid, polietilen glycol / makrogol).

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi - https://apteka.uz/product/teriks

Allergiyada keng qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Zodak, Fenistil gel, Allerkaps, Alsetro, Aldes, Zefeksal, Klaridol va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Kun.uz / Orthodox.od.ua

ico
Exinokokkoz qanday kasallik
Og‘ir parazitar kasallik hisoblangan exinokokkozning kistoz (pufakcha) va alveolyar (ko‘p uyali) turlari mavjud. Har ikkala turini ham tasmasimon gijjalar turkumiga kiruvchi biogelmentlar paydo qiladi. Tabiatda exinokokkning kistoz turi ko‘p tarqalgan. U ichida gijja pufakchalarini, skoleks deb ataladigan lichinka boshchalarini saqlagan exinokokk suyuqligi bilan to‘lgan pufakdir. Pufakning devori bir necha qavatlar (tashqi – fibroz, ichki – xitin va germenativ)dan iborat. Tibbiyotda kistoz turi kam uchraydi, unga tashxis qo‘yish ancha qiyin. Exinokokkozning har ikkala turi ham kasallik yuzaga chiqquncha bo‘lgan vaqtda ikki davrni o‘taydi. Birinchi davrida, asosiy sababchisi hamda egasi hisoblangan go‘shtxo‘r hayvonlar (masalan, mushuk, it, bo‘ri, tulki)ning ichagida tasmasimon gijja holida yashaydi, ikkinchi davrida esa oraliq egasi hisoblangan odam, qoramol yoki qo‘ylarning ichki a’zolarida pufakcha shaklida rivojlanadi.

YUQISH YO‘LLARI

Exinokokk gijjasining odamga yuqish yo‘li quyidagicha: avvalo, exinokokk bilan kasallangan hayvonning zararlangan a’zolarini go‘shtxo‘r hayvonlar yeganidan keyin, exinokokk pufagi ichidagi gijja lichinkasi boshchasi hayvon ichagining devoriga so‘rg‘ichlari bilan yopishib rivojlana boshlaydi va tasmasimon bo‘lib, uzunligi 5-6 millimetrga yetadi, 3-4 ta bo‘g‘indan tashkil topadi. Gijjaning oxirgi bo‘g‘ini o‘zida bir necha yuzlab tuxumlarni yetiltirib, tanadan uzilib, najas bilan tashqariga chiqib turadi. Uzilib chiqqan gijja bo‘g‘ini mustaqil harakatlanish qobiliyatiga ega bo‘lib, o‘simliklar poyasiga ham chiqadi. Tasmasimon gijja jinsiy yetilgan davrida 500-800 ta gacha tuxum ajratadi, bu tuxumlar ham hayvon najasiga aralashib tashqariga chiqadi. Exinokokk gijjasi tuxumlari bilan ifloslangan suv, sabzavot, meva va ko‘katlarni odam iste’mol qilganda yoki o‘txo‘r hayvonlar yeganda tuxumlar ovqat hazm qilish yo‘liga o‘tadi. Me’daga tushgan gijja tuxumining ustki qobig‘i me’da shirasi ta’sirida erib, ichidan onkosfera deb ataladigan gijja lichinkasi ichak bo‘shlig‘iga chiqadi, ana shu vaqtdan boshlab exinokokkning ikkinchi davri boshlanadi. Tuxumdan ajralib chiqqan lichinka ichak devorini teshib, qon tomir ichiga yoki limfaga o‘tadi, qon orqali tananing har qanday a’zosiga borib joylashishi mumkin. Ko‘pincha darvoza orqali jigarga, qon aylanish tizimi orqali o‘pkada o‘rnashadi.

RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Zararlangan a’zoda, exinokokk lichinkasining keyingi hayoti boshlanib, finna deb ataluvchi pufakchaga aylanadi. Dastlabki davrlarda, pufakchaning diametri 1-2 millimetrdan oshmaydi, qariyb 5-6 oydan so‘ng diametri 2-3 santimetrgacha yetadi. Pufakchaning ichki devorlari exinokokkning xususiy germenativ va xitin qobiqlaridan tashkil topadi, tashqi qobig‘i esa organizmning parazitga javoban reaksiyasi natijasida rivojlangan biriktiruvchi to‘qimali zich fibroz pardadan iborat bo‘ladi. Bu parda ya’ni exinokokk pufagining ichi suyuqlik bilan to‘la boradi, yillar o‘tgach u 10 litrdan ham ortishi mumkin. Odatda, jigar exinokokkozi ham bir necha yillar mobaynida rivojlanadi va dastlabki davrlarda kasallik belgilari yashirin holda kechadi. Exinokokk pufagi kattalashgan sari biqin, ya’ni o‘ng qobirg‘a osti og‘rib, og‘riq yelkaga va belga o‘tadi, bemorning holi quriydi, tez charchab qoladi, nafasi qisadi, ishtahasi yo‘qoladi, zardasi qaynaydi, ko‘ngli aynaydi, qusadi, ozib ketadi va badaniga eshakem toshadi. Ko‘pincha exinokokk pufagi kattalashib o‘t yo‘llarini ezib qo‘yishi natijasida safro dimlanib qoladi va har xil darajadagi sariqlik paydo bo‘ladi. Bordiyu, exinokokk pufagi o‘pkada joylashsa, o‘sib kattalashganda bemorning borgan sari nafasi qisadi, quruq yo‘taladi va ko‘krak qafasi sanchib og‘riydi.

DAVO USULLARI

Exinokokkozni davolash usuli hozirgi kunda, faqat bitta, u ham bo‘lsa, jarrohlik yo‘li bilan parazit pufak butunlay olib tashlanadi. Exinokokk o‘z vaqtida olib tashlanmasa og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Jigar yoki o‘pkada joylashgan exinokokk pufagi kattalashib yorilib ketsa, bemorda anafilaktik shok rivojlanishi va bemor hayoti xavf ostida qolishi mumkin. Bordiyu, a’zo ichida nobud bo‘lgan pufakcha yiringlab ketmasa, unga ohak tuzlari o‘tirib bujmayib qoladi. Kasalliking bunday yakunlanishi bemor uchun yaxshi oqibat hisoblanadi. Oxirgi vaqtlarda, shahar aholisi orasida ham exinokokkozga chalingan bemorlar uchramoqda. Bunda kasallik ularga daydi itlar orqali, exinokokk tuxumlari bilan ifloslangan sabzavot, meva va oshko‘klarni iste’mol qilganda yuqishi mumkin. Shuning uchun ham bozordan xarid qilingan poliz mahsulotlarini yaxshilab yuvib, keyin tanovul qilish lozim. Exinokokk gijjalar atrofga tarqalishining oldini olish maqsadida qushxonalarda va uylarda so‘yilgan hayvonlarning kasallangan a’zolarini kuydirish, daydi itlarni yo‘qotish kerak. Uyda boqilayotgan it, mushuk va boshqa go‘shtxo‘r hayvonlarni veterinariya tekshiruvidan o‘tkazib, lozim topilsa, gijjasini tushirish tadbirlarini amalga oshirish zarur bo‘ladi.

Abdusamat MUSTANOV, vrach-epidemiolog, tibbiyot fanlari doktori.

"Sihat-salomatlik" jurnali

 
ico
Erta uyg‘onish sirlari
Ertalab uyqudan barvaqt uyg‘onish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Ayniqsa, odam uyquga kech yotganda, buni uddalash mushkul. O‘zi nima uchun erta turish kerak? Bu shunchalik muhimmi? Odamlar o‘z ishlari, kun tartiblariga ko‘ra ertalab qachon uyqudan turishni o‘zlari hal qilsa bo‘lmaydimi? Bo‘ladi. Aslida ham ko‘pchilik shunday qiladi. Lekin erta turish zarur bo‘la turib, buni eplolmaydiganlar bor. Kech turishi oqibatida ishga, o‘qishga kech qolib, rahbariyatdan dakki eshitib yuradiganlar qancha oramizda?! Biz bu yerda ayni shu mavzu atrofida fikr yuritmoqchimiz. Erta turishning qanday hikmati va foydalari bor va bunga qanday erishish mumkin kabi savollarga ushbu maqolada javob topishga harakat qilamiz.

Erta turishning foydalari

Erta turishning foydalari ko‘p. Masalan, siz har kuni ertalab soat 7:00 da uyqudan turasiz. Tasavvur qiling, siz shuni bir soat oldinga surdingiz. Endi yettida emas, oltida turyapsiz. Har kuni uyquda o‘tadigan umringizning bir soati real jonli hayotingizga qo‘shiladi. Bir soat ichida odam ko‘p ish bajara oladi. Masalan, 60 daqiqada 100 sahifagacha kitob o‘qish mumkin. Har kuni ertalab bir soatdan mutolaa qilinsa, uch kunda katta bir kitobni o‘qib bitirish mumkin. Barvaqt turish hisobiga qo‘lga kiritilgan vaqt hisob-kitob qilinganda esa, oyda o‘ttiz soat, bir yilda 360 soat foydali vaqtga ega bo‘lasiz. Bu degani, naqd 15 kunni tejab qolasiz. O‘hho‘, bu kunlardan samarali foydalansangiz bormi… 15 kunni xuddi ko‘z-yumib ochguncha muddatda o‘tib ketadigan uyqu bilan barbod qilgan yaxshimi yoki unumliroq biror mashg‘ulot bilan band bo‘lib, umringizni yana yarim oyga uzaytirganingiz ma’qulmi? Albatta, aqlli kishi ikkinchisini tanlaydi. Ruhshunoslar insonlarni bioritmlariga ko‘ra «to‘rg‘ay» (ertalab bemalol vaqtli uyg‘onib, ishga kirishib keta oladigan, lekin faolligi tushgacha davom etib, keyin asta-sekin so‘nib boradigan odamlar toifasi) va «boyqush»larga (ertalab uyg‘ona olmaydigan, tushgacha ishga kirisha olmay, faqat tushdan so‘nggina ish boshlab, to keyingi kunning saharigacha faol harakatda bo‘ladigan insonlar) ajratsalar-da, bu aslida shartli tasniflashdir. Lekin, bu tasnifda ham jon bor. Har ikki toifaga mansub odamlar atrofimizda ko‘p. Xo‘sh, «boyqush»ni «to‘rg‘ay»ga aylantirsa bo‘ladimi? Yo‘g‘-ye, ikkalasi ikki xil dunyo-ku, deyishingiz mumkin. O‘z tajribamdan kelib chiqqan holda ashaddiy «boyqush» ham azonlab uyg‘onishga moslasha olar ekan, degan xulosaga keldim. Tajribam quydagicha edi… Har kuni ertalab soat 9-10da uyg‘onib, yarim kechasi 1-2ga qadar, ba’zan sahar 3-4gacha o‘tirar edim. Eng mahsuldor vaqtlarim ham tushlikdan keyingi paytga to‘g‘ri kelardi. Bunday odat ishi ko‘p bo‘lmagan kishilar uchun yaxshidir, lekin vaqt tazyiqi ostida turganlar uchun juda unumsiz va yomon odat ekanligini va azonlab turish bilan shaxsiy muvaffaqiyat orasida kuchli bog‘liqlik borligini anglab yetganimdan so‘ng, barvaqt turishga ahd qildim. Uyqudan oldin qo‘ng‘iroqni soat tonggi 5.00ga qo‘ydim. Va ertasi kuni tushlikdan sal oldin uyg‘ondim… Va bu hol ancha vaqt davom etdi. Ertalablari qo‘ng‘iroq chalinishi bilan kallamga kelgan birinchi fikr, shu qo‘ng‘iroqning bongi o‘chsa-yu, yana ozgina uxlab olsam, degan o‘y bo‘lardi. Va yarim-avtomatik ravishda qo‘ng‘iroqni o‘chirib, yana shirin uyquga ketardim. «Taqdir emas ekan» deb, eski odatimni davom ettirib yurgan paytimda bir kuni Stiv Pavlinaning «Qanday erta turish mumkin?» degan maqolasiga duch kelib qoldim. Va shundan so‘ng men uchun yangi hayot boshlandi…

Maqolaning qisqacha mazmuni quyidagicha:

Uyqu bo‘yicha ikkita yondashuv bor. Ko‘p insonlar vaqtli turmoqchi bo‘lsa, vaqtli uxlashga harakat qiladi. Uyqusi kelmasa ham shuning harakatida bo‘ladi. Ikkinchi nuqtai nazar shuki, insonning organizmi qachon va qancha uxlash kerakligini o‘zi biladi. Ushbu yondashuvga ko‘ra, uyqu kelgandagina uxlash kerak va bunda uyquga to‘yganingizdan so‘ng qo‘ng‘iroqsiz ham o‘zingiz uyg‘ona olasiz.
O‘qing: Uyqusizlik dardi - insomniya
Stiv Pavlina bu ikki yondashuvni birlashtirgan holda shunday deydi: uyqingiz kelsa, darhol uxlang, lekin har kuni ertalab aniq bir vaqtda turing. Kechasi kech uyquga yotgan bo‘lishingizga qaramay, ertalab belgilagan vaqtingizda turishga harakat qiling. Aytaylik, tungi o‘n ikki-birlargacha uxlay olmadingiz. Qo‘ng‘iroqni esa tonggi soat beshga qo‘ygansiz. Nima qilib bo‘lsa-da, o‘sha belgilangan vaqtda turishga harakat qiling. Ertasiga kunduzi charchasangiz ham sabr qilib kuningizni o‘tkazing. Bir-ikki kun shunday davom etsa, qarabsizki, bundan buyon kechqurun soat 21-22larda avtomatik tarzda «nokaut» bo‘lasiz — o‘chasiz. Chunki vujudingizning o‘zi unga qancha uyqu kerakligini biladi va sizni vaqti bo‘lganda «o‘chirib qo‘yadi». Agar har kuni soat ertalab 5da turaman deb o‘zingizga va’da bersangiz va shunga hech qanday murosasiz amal qilib kelsangiz, tanangiz yarim kechgacha o‘tira olmay, sizni barvaqt uyqu eltadi. Chunki u ertalab soat beshda turish kerakligini biladi va uxlab dam olmasa, ertasi o‘ziga qiyin bo‘lishini yaxshi fahmlaydi. Shunday davom etsangiz, 3-4 kundan keyin kech yotish odatingiz o‘rniga erta yotib, erta turish ko‘nikmasi hosil bo‘ladi. 30 kun davomida shu odatga adashmay rioya qiling. So‘ng u siz bilan butun umrga qoladi, qon-qoningizga singib ketadi. Barvaqt turishda bir nechta muhim nuqtaga e’tibor berish kerak. Agar uyqudoriga o‘rganib qolgan bo‘lsangiz, avvalo, undan voz kechish lozim. Chunki u insonning tabiiy va me’yoriy uyqusiga salbiy ta’sir qiladi. Kechqurun qahva ichishga o‘rgangan bo‘lsangiz, belgilangan vaqtda uyqungiz kelmasa ham, o‘z o‘rningizga yotishga odatlaning. Iloji boricha soat kechki olti-yettidan so‘ng to‘yib ovqatlanmang. Yeganingiz baribir hazm bo‘lmaydi, oshqozoningizda parchalanmaydi. Ovqatingiz ozuqadan ko‘ra zaharga aylanadi. Yaxshi uxlay olmaysiz, toksikoz natijasida esa ertalab noxush tuyg‘ular bilan uyg‘onasiz va bu holat kunlik kayfiyatingizga salbiy ta’sir qiladi. Agar qo‘ng‘iroq bong urishi bilan o‘rningizdan tura olmasangiz, bu shaxsiy intizomingiz sustligidan dalolat beradi. Intizom muskulga o‘xshaydi. Muskulni qanchalik ko‘p ishlatsangiz, u shunchalik kuchli bo‘ladi. Kuchli intizom va iroda esa vaqt talab etadi. Birinchi marta qiyin bo‘ladi, ikkinchisi ham. Lekin muntazam davom etsangiz, borgan sari yengillashaveradi. Agar qo‘ng‘iroq ovozini eshitib ham o‘rningizdan turishga irodangiz yetmasa, telefoningizni yoqimsiz va baland tovushli qo‘ng‘iroqqa moslab, uni qo‘lingiz yetmaydigan olis yoki baland joyga qo‘ying. Ertalab uning ovozidan qutilish uchun o‘rningizdan turishga va yurib borib qo‘ng‘iroqni o‘chirishga majbur bo‘lasiz. Natijada miya mushaklari faollashib, o‘zingizga kelasiz va barvaqt turishingiz lozimligi haqidagi zarurat yodingizga tushadi.

Nega erta turish kerak?

Foydali maqola: Uyqu gormoni - melatonin. U biz uchun qanchalik muhim?
Sahar turishni niyat qilishdan oldin yuqoridagi savolga javob topishingiz kerak. Siz nima uchun erta turmoqchisiz? Kimdir ibodat qilish uchun, kimdir ishga kech qolmaslik uchun, yana kimdir ertalab dars tayyorlash yoki badantarbiya bilan shug‘ullanish uchun barvaqt turishga intiladi. Ayniqsa, oliy o‘quv yurtiga kirishga tayyorlanayotgan abituriyentlar uchun erta turish juda muhimdir. Hech qanday ishi bo‘lmagan odam uchun ham erta turish zarar qilmaydi. Hakim zotlar, erta turish insonning rizqini ko‘paytiradi, deganlar. Darhaqiqat, erta turgan odamning vaqtida baraka bo‘ladi. Kayfiyatning ko‘tarinki, ruhan tetik bo‘lishning siri ham uyqudan erta uyg‘onishda. Shuning uchun erta turishning zarurati va foydalari haqida oldindan aniq to‘xtamga ega bo‘lish kerak. Chunki ertalab turib, nima bilan shug‘ullanishni bilmaydigan, aniq rejasi yo‘q insonda yana uyquga ketib qolish ehtimoli yuqori bo‘ladi. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, odatdagi kuningizdan hatto 30 daqiqa vaqtli tursangiz ham bu har kuni badantarbiya bilan shug‘ullanishingiz yoki bir oyda 3-4ta kitob o‘qishingiz uchun kifoya qiladigan qo‘shimcha va qimmatli vaqt bo‘ladi. Odamlar vaqt yetishmasligidan noliydigan bugungi tig‘iz dunyoda ham rejadagi ishlarga ulgurishning eng samarali yo‘li bu erta turishdir. Endi tasavvur qiling, 30 daqiqa emas, 2-3 soat vaqtliroq turishga odatlandingiz. Masalan, uyqudan 7:00da emas, 04:00 da turasiz. Bu bir yilda 1116 soat bo‘lib, 10 yilda deyarli butun bir yillik umr sizning ixtiyoringizga beriladi. Ertalab turishda nafaqat jismoniy, balki ruhiy foydalar ham juda ko‘p. Erta turgan odamda hayotga muhabbat, o‘ziga ishonish kabi muhim tuyg‘ular kuchli bo‘ladi. Qolaversa, uzoq umr ko‘ruvchilarning aksariyati erta turishga odatlangan odamlar bo‘lgani ham ilmiy haqiqatdir. Erta turish oqibatida uyquning kamayishidan xavotir olmasa ham bo‘ladi. Mutaxassislar katta odamlar uchun bir kunda 5-6 soat uxlash kifoya qilishini ta’kidlashadi. Demak, kech soat 24:00da uxlagan odam ertalab 5:00da uyg‘onsa, kam uxlaganidan nolimasa ham bo‘ladi. Albatta, uyquni 6-7 soatga uzaytirgan afzal. Bu miqdorda uxlash, ayrim mutaxassislar vahima qilganidek, organizm uchun zararli darajadagi kam uyqu emas, balki me’yor ekanligi ishonchli ilmiy tajribalar orqali isbotlangan. Aksincha, ko‘p xastaliklarning me’yordan ortiq uxlash va kun chiqquncha yotoqda yotishdan kelib chiqishi ham fanda bor gap. Shunday ekan, siz ham barvaqt turishga odatlaning. Agar buni eplolmayotgan bo‘lsangiz, biz yuqorida tilga olgan usullarni qo‘llab ko‘ring. Barvaqt turishning foydalarini ko‘rgach, qilgan ishingizga achinmaysiz.
O‘qishingiz uchun tavsiya etamiz: Kunlik normal uyqu vaqti qancha?

© Tib.uz

ico
Erkaklar diqqatiga: soch ekish
Ba’zi erkaklarda yosh bo‘lishiga qaramay soch to‘kilishini kuzatish mumkin. Buning sababi asosan irsiyat bilan bog‘liq bo‘lib, onaning erkak qarindoshlari orqali o‘tadi. Shuningdek, bunga soch follikulalarining erkaklik gormonlariga chidamsizligi, stress, ekologik omillar ham sabab bo‘lishi mumkin. soch ekish Ba’zi paytlarda soch to‘kilishiga qarshi qilingan choralar ham naf bermaydi. Ammo hozirgi kunda bu muammoning ham yechimini topish qiyin emas. Soch ekishning ikki uslubi bor: sun’iy sochlar ekish va kishining o‘z boshidagi soch ildizlarini to‘kilgan qismiga ko‘chirish.

Sun’iy sochlar ekish

Sun’iy soch tolalari tabiiy sochlardan farq qilmaydi. Uslub sochini jarohat sababli yo‘qotganlarga, muolaja bilan sochlarni tiklab bo‘lmaydigan hollarda qo‘llaniladi. Sun’iy sochlar 500-700 donadan ekib, mahkamlanadi. Ular deyarli to‘kilmaydi, bemalol yuvish va hatto fen yordamida quritish, bo‘yash ham mumkin.

Shaxsiy sochlar transplantatsiyasi

Jarrohlik operatsiyasi yo‘li bilan amalga oshiriladi. Boshning engak qismidan donorlik sochlari olinib, boshning soch to‘kilgan sohasiga ekiladi. Bu sochlar kishining umri davomida o‘sadi, ya’ni boshning boshqa qismiga o‘tkazilishi ularning o‘sish jarayoniga ta’sir qilmaydi.

© Sugdiyona.uz

ico
EKU - sun’iy urug‘lantirish

EKU (sun’iy urug‘lanish) uchun nima kerak?

Bir necha yillardan buyon
bepushtlik aziyatini chekayotgan juftliklar sun’iy urug‘lanish haqida o‘ylaydilar. Sun’iy urug‘lanish esa hammaga ham to‘g‘ri kelavermaydi. Uning muvaffaqiyatli o‘tishi uchun esa ma’lum shartlarning bajarilishi talab etiladi.
  1. Onaning immuniteti kuchli bo‘lishi. Immuniteti pasaygan onada homila tushishi oson bo‘ladi.
  2. Onaning gormonal holati normaga keltirilgan bo‘lishi. Biron gormonning yetishmoqvchiligi homiladorlik yaxshi kechishi uchun to‘sqinlik qilishi mumkin.
  3. Onada infeksion kasalliklar bo‘lmasligi. Sun’iy urug‘lantirilgan ayol bolani ko‘tara olishi uchun sog‘lom bo‘lishi kerak.
  4. Onada tug‘ishni man qiladigan biron psixik yoki somatik holat yoki onkologik kasallik bo‘lmasligini.
  5. EKU muolajasini imkon qadar 35, ko‘pi bilan 40 yoshga to‘lgunga qadar amalga oshirilishi.
  6. Sun’iy urug‘lantirishni rejalashtirgan juftliklarda yetarlicha moliyaviy mablag‘ bo‘lishi. Bu muolaja qimmat turadi.
  7. Sun’iy urug‘lanish orqali homilador bo‘lish katta sabr talab etadi. Ba’zida EKU qilingan holda ham homiladorlik yuz bermaydi. Natijada shuncha kuch, pul va vaqt yo‘qotilgan bo‘ladi. Bunga juftliklarning tayyor bo‘lishi.
  8. Sun’iy urug‘lanishni amalga oshirishdan oldin, erkak va ayol to‘liq tibbiy tekshiruvdan o‘tishi.
  9. Sun’iy urug‘langan ayolda homiladorlik yuz bersa, u kelasi 9 oy davomida psixologik va jismoniy zo‘riqishdan butunlay holi bo‘lishi.
  10. EKU yo‘li bilan homilador bo‘lishni rejalashtirgan juftliklar EKU qaysi holatlarda tavsiya etilishidan xabardor bo‘lishi. Bepushtlikning barcha holatlariga ham EKU yordam beravermaydi.

EKU (sun’iy urug‘lanish) yordami bilan kim homilador bo‘la oladi?

Bepushtlikni barcha turlarida ham EKU yordamida homilador bo‘lib bo‘lmaydi. EKU yordamida faqat ayrim vaziyatdagi juftliklar homiladorlikka erisha oladilar. Bu vaziyatlar:
  1. Ayol bachadon bo‘yni yo‘llarida muammo bilan yuzaga kelgan bepushtlik.
  2. Erkak spermatozoidlarining kuchi, holati va harakatidagi muammolar bilan bog‘liq bepushtlik.
  3. Ayolda endometrioz holati.
  4. Ayolning yoshi 40 dan oshgan.
  5. Bepushtlikning noaniq shakllari.
  6. Ayolda endokrin salomatligi buzilganligi sabab ovulyasiya sodir bo‘lmasligi tufayli yuzaga kelgan bepushtlik. Odatda bunday holat oddiy dori vositalar bilan davolanadi. Lekin 1 2 yil davomida buning samarasi bo‘lmasa, sun’iy urug‘lanish yo‘li qo‘llaniladi.
  7. Immunologik bepushtlik. Bunda ayolning qin suyuqligida erkak spermatozoidlariga qarshi antitanachalarning borligi tufayli spermatozoidlar bachadon bo‘yniga yetguniga qadar nobud bo‘ladi va homialdorlik yuz bermaydi. Yoki aksincha, erkak spermatozoid suyuqligida o‘zining spermatozoidlariga qarshi antitanachalarning borligi, spermatozoidlar nobud bo‘lishiga olib keladi.
  8. Erkakda varikotsele kasalligi.

EKU (sun’iy urug‘lanish) haqidagi yolg‘on fikrlar

Sun’iy urug‘lanish yo‘li bilan ko‘plab bolalar dunyoga keldi. Ammo hanuzgacha bepushtlikdan qutqaruvchi bu muolaja haqida ko‘plab baxs va munozaralar olib borilmoqda. Quyida EKU (sun’iy urug‘lanish) haqida eng ko‘p tarqalgan xato fikrlarni keltirib o‘tamiz.
  1. EKU (sun’iy urug‘lanish) muoaljasini faqat 35 yoshdan keyin amalga oshirish mumkin. Aksincha, ayol qancha yosh bo‘lsa, EKU (sun’iy urug‘lanish) natijasi shunchalik yaxshi bo‘ladi.
  2. EKU (sun’iy urug‘lanish) orqali homilador bo‘lsa, albatta egizaklar tug‘iladi. EKU (sun’iy urug‘lanish) muolajasi amalga oshirilganida odatda ovulyasiya qo‘zg‘atiladi, natijada ayolda bir nechta tuxum urug‘lanishga tayyor bo‘ladi. Lekin bu degani, ularning barchasi urug‘lanadi degani emas. Bunday ehtimollik yuqoridir, xolos.
  3. EKU (sun’iy urug‘lanish) orqali dunyoga kelgan bolalar sog‘lig‘i sust bo‘lib, genetik kasalliklarga ega bo‘ladilar. Bunday bo‘lishiga EKU (sun’iy urug‘lanish) emas, balki onaning bu muolajani odatda katta yoshida (35 dan so‘ng) o‘tkazishi sabab bo‘lishi mumkin. Undan tashqari EKU (sun’iy urug‘lanish) muolajasida embrion probirkadan ayol bachadoniga o‘tkazilguniga qadar, maxsus genetik tekshiruvdan o‘tadi va onaga tekshiruv natijasiga ko‘ra sog‘lom bo‘lgan embrion o‘tqaziladi.
  4. EKU (sun’iy urug‘lanish) jarayoni juda og‘riqli kechadi. Jismoniy og‘riq bo‘lmaydi. Lekin psixologik zarba bo‘lishi mumkin.
  5. EKU (sun’iy urug‘lanish) bilan yuzaga kelgan homiladorlik faqat kesarcha kesilish bilan yakunlanadi. Bu yo‘l bilan yuzaga kelgan homiladorlikda ham, tabiiy homiladorlikdagi singari kesarcha kesilish bilan tug‘ishga ko‘rsatmalar bo‘lsagina bu usul qo‘llaniladi.
  6. EKU (sun’iy urug‘lanish) har qanday bepushtlikka chek qo‘yadi. Yo‘q. Bepushtlikning faqat ba’zi turlarida EKU (sun’iy urug‘lanish) ijobiy natijaga olib keladi.
  7. EKU (sun’iy urug‘lanish) orqali homilador bo‘lish uchun bir necha bor urinish talab etiladi. Yo‘q. Juda ko‘p hollarda birinchi urunishdan ham homiladorlik yuz beradi.
  8. EKU (sun’iy urug‘lanish) muolajasi davomida va undan keyin ayol vazni oshib ketadi. Bunga muolaja talab etadigan gormonlar ta’sir qilishi mumkin. Lekin tog‘r’i taqdim etilgan va nazoratda bo‘lgan dori-vositalari ayolning vazni keskin oshishiga olib kelmaydi.
  9. EKU (sun’iy urug‘lanish) bilan homilador bo‘lsa, bolaning otasi boshqa bo‘ladi. Yo‘q. EKO (sun’iy urug‘lanish) muolajasini ayol erining spermatozoidlaridan foydalanilgan holda amalga oshirsa bo‘ladi.
  10. EKU (sun’iy urug‘lanish) muolajasi ayolning salomatligini yomonlashishiga olib keladi. Agar ayol shifokorning barcha tavsiyalariga amal qilsa, uning salomatligiga salbiy ta’sir yetkazilmaydi.

© Kamil Rafaelevish Baxtiyorov professor, akusher-ginekolog. "Uzbaby.uz" nashri.

ico
Erkaklarda ortiqcha vazn!
Reklama roliklari va jurnallarda ortiqcha vaznga ega bo‘lmagan xushbichim erkaklar suratlari qo‘yiladi. Ular sog‘lom va ko‘rkam hisoblanadi. Biroq bu asosan plakat va suratlarda shunday. Ko‘chada esa biz ortiqcha vaznli va hatto semizlikdan nafasi siqadigan erkaklarni uchratamiz. Vazn yig‘ilishining ko‘p ovqatlanish kabi oddiy sababi bilan birga biz bilmagan yashirin sabablari ham talaygina. Xushbichim bo‘lishni istaysizmi – faol hayot tarziga rioya qiling.

Gormonlar jangi

Qorin Erkaklarda gormonal fonning buzilishi vaznning nazoratdan chiqishiga olib kelar ekan. Bu nima degani? Erkak kishi sog‘lom hayot tarzini olib borib, 2-3 marta sport zaliga qatnagan taqdirda ham, vazn to‘plashi mumkin. «Gormonal vazn» – bu ortiqcha 3-5 kilogramm. Bu muammoni endokrinolog yoki malakali psixolog hal qiladi.

Real hayotdagi bulimiya

To‘g‘risini aytganda, erkaklar ham parhez qilishadi hamda bulimiya va hatto anoreksiyadan aziyat chekishadi. Bu vazn to‘plashning yana bir jiddiy sababidir. Erkaklar ularda bulimiya bo‘lishi mumkin emas deb o‘ylab adashishadi, keyin esa uni enterolog va diyetologlar tavsiyasi asosida davolashadi. Noto‘g‘ri ovqatlanish dasturi Muntazam ravishda zalda shug‘ullanuvchi kishilar maxsus ishlab chiqilgan dastur asosida oziqlanishadi va shu yo‘l bilan vazn to‘plashadi. Tegishli bilimga ega bo‘lmagan zal murabbiyi tomonidan ishlab chiqilgan oziqlanish dasturi organizm uchun sekin ta’sir qiluvchi bomba kabidir. Katta jismoniy harakatlar amalga oshirilgan taqdirda ham insonning vazn to‘plashi – organizmda nimadir noto‘g‘ri ketayotganiga ishora qiluvchi birinchi belgi.

Gipodinamiya

Erkaklar 30 yoshdan keyin ikki karra ko‘p harakatlanishi kerak, chunki moddalar almashinuvi sekinlashadi, yog‘ qatlamlarining shakllanish jarayoni esa tezlashadi. Bu yoshda faqat juda faol hayot tarzini olib boruvchi kishilargina xushbichimlikni saqlab qolishadi. «Men haftada 3 marta zalga chiqaman» varianti bu yoshda ketmaydi, organizm bu ritmga o‘rgangan va unga ortiqcha kuch sarflamaydi – organizmni 25-28 yoshdagidan ko‘proq energiya sarflashga majbur qilish kerak.

© Kun.uz nashri.

ico
Epilepsiya xuruj qilsa...
Epilepsiya bosh miyaning surunkali kasalligi bo‘lib, asosan tutqanoq yoki tirishish xurujlari bilan kechadi. Bu kasallik birlamchi, ya’ni tug‘ma yoki ikkilamchi, ya’ni ba’zi bosh miya kasalliklari natijasida rivojlanadi. Bundan tashqari, epilepsiya hech qanday sababsiz ham kelib chiqishi mumkin. Epilepsiya nasldan-naslga o‘tishi ham, o‘tmasligi ham mumkin. Ikkilamchi turi bosh miya jarohatlari, organizmning zaharlanish kasalliklari, meningitlar, meningoensefalitlar, o‘smalar, bosh miyada o‘tkazilgan turli operatsiyalar, insultlar, bundan tashqari, bola tug‘ilayotgan paytda yoki homiladorlik paytida olingan jarohatlar, bolalarning turli yuqumli kasalliklari tufayli kelib chiqishi kuzatiladi. Qolaversa, ayrim xastaliklar tutqanoq bilan kechishi mumkin, masalan, bosh miyaga qon quyilishi – gemorragik insult, homiladorlik davrida kuzatiladigan eklampsiya. Agar o‘z vaqtida davolansa, epilepsiyaning, ayniqsa ikkilamchi turi to‘liq tuzalib ketishi mumkin. Tutqanoq xurujlarining turli shakllari bor. Generallashgan tutqanoqlar albatta bemorning hushdan ketishi bilan kechadi. Fokal (parsial) tutqanoqlarda tirishish yuz beradi-yu, hushdan ketish kuzatilmaydi. Ba’zilar tutqanoqda albatta tirishish va hushdan ketish kuzatiladi (bu katta tutqanoqlar deb ataladi) deb o‘ylaydi. Aslida unday emas, tutqanoq xurujlarining turi juda ko‘p. Ba’zan bemor bir necha soniyaga (10-20 soniyaga) hushidan ketadi – qotib qoladi, buni hatto o‘zi sezmaydi ham (bunday xurujlar kichik tutqanoqlar – absans deb ataladi). Xuddi ana shu xurujlardan bemorning atrofidagilar bexabar qolishadi, chunki bemorning o‘zi ham nima yuz berganini bilmaydi-da. Bu xurujlar bir kunda bir necha bor takrorlansa, yaqinlari e’tibor berishni boshlaydilar. Epilepsiyaning o‘ziga xos tomoni ham shunda: bemor xuruj payti nimalar bo‘lganini mutlaqo eslay olmaydi. Bu holat tibbiyotda tutqanoqdan keyingi amneziya (ya’ni eslay olmaslik) deb ataladi. Faqat bemor u yer-bu yeri shilingani yoki ko‘karganidan xuruj bo‘lganini bilib qolishi mumkin. Tutqanoqning ong buzilishi bilan kechadigan yana bir turi ham bor. Bunda bemor sog‘lom odamlardek harakat qiladi, masalan, ko‘chaga chiqadi, mashinaga o‘tiradi, hatto boshqa joylarga borib qolishi ham mumkin. Xuruj o‘tganidan keyin esa u yerga qanday kelganini eslay olmaydi. Tutqanoq xuruji yuz bergan payt birinchi navbatda bemorni tekis, jarohat yetmaydigan joyga yotqizish va boshini o‘ngga yoki chapga burib turish zarur. Bemorning tishlari orasiga qo‘l yoki boshqa narsa tiqish kerak emas. Aks holda bemorning tishlari sinishi yoki qo‘lingizga jarohat yetishi mumkin. Unutmaslik kerakki, tutqanoq xuruji odatda bir daqiqada, uzog‘i bilan uch daqiqada o‘tib ketadi. Tutqanoq xurujlari ko‘p bo‘ladigan bemorlar buni oldindan sezishadi, ya’ni ularda darakchi belgilar kuzatiladi. Bunday bemorlar xurujdan oldin darrov tekis yerga yotishadi-da, tishlarining orasiga biror yumshoq narsani tiqib olishadi. Xurujdan ikki-uch daqiqa oldin kuzatiladigan darakchi belgilar tibbiyotda aura deb ataladi, uning bir nechta turlari bor. Ko‘rish aurasida bemorning ko‘z oldida turli shakllar va ranglar (masalan, qon rangi), yong‘in, chaqmoq paydo bo‘ladi. Eshitish aurasida esa quloqqa har xil ovoz, qichqiriq, hushtak, tasir-tusurlar eshitiladi. Hid bilish aurasida turli xil noxush hidlar; motor aurasida kutilmagan harakatlar; vegetativ aurada ko‘ngil aynishi, qusish, yurak urishi, nafas olishning buzilishi, oqarib yoki aksincha qizarib ketish kuzatiladi. Bemorda auraning muayyan turi uchraydi va har safar tutishidan oldin aynan shu turi bezovta qiladi. Aura hamma bemorlarda ham uchrayvermaydi. Agar tutqanoq xurujlari birin-ketin sodir bo‘laversa, yarim soat ichida ham o‘tib ketmasa, bu epileptik status deb ataladi. Bunday holatda zudlik bilan «Tez yordam» chaqirib, bemorni kasalxonaga olib borish zarur. Bunday bemorga shifokorlardan boshqa hech kim yordam bera olmaydi. Epileptik status hatto o‘limgacha olib borishi mumkin, shuning uchun ham kechikish aslo mumkin emas. Epilepsiya kasalligini davolash, albatta, qat’iy tartib asosida olib borilishi shart. Bemorlar buyurilgan dorini o‘z vaqtida qabul qilishlari juda muhim. Ayrim bemorlar muolaja olsalar-da, xurujlar soni kamaymayotganidan shikoyat qilishadi. Bunday holatlarda yo dorilarning dozasi noto‘g‘ri belgilangan, yoki tutqanoqning o‘sha turiga mos dori tanlanmagan bo‘ladi. Agar bemor dori ichishni o‘zboshimchalik bilan to‘xtatib qo‘ysa, bir-ikki kundan keyin avvalgidan ham kuchliroq xuruj tutishi, xurujlar soni ko‘payib ketishi mumkin. Ikkilamchi epilepsiyada dorilar asosan uch yildan besh yilgacha buyuriladi. Bu vaqtda dorining dozasi yo kamaytirib, yoki ko‘paytirib boriladi. Agar shu vaqt ichida tutqanoq tutmasa, elektrensefalografiya va boshqa tekshiruvlar natijalari yaxshi chiqsa, dorilar to‘xtatilib, bemor ro‘yxatdan chiqariladi.

© Mehriniso QILICHЕVA, oliy toifali shifokor.

"Salomatlik sandig‘i" gazetasi.

ico
Erkak jinsiy a’zolari
Quyida erkaklar jinsiy a’zolarining anatomo-fiziologiyasi haqida ma’lumotlar berilgan. Zero, har qanday xastalikning mohiyatini anglash uchun dastavval meyoriy tuzilish, fiziologik holatdan boxabar bo‘lish shartdir. Ushbu ma’lumotlar barcha o‘quvchilarimiz uchun foydali bo‘ladi, degan umiddamiz. Erkaklarda tashqi va ichki jinsiy a’zolar tafovut qilinadi. Erkak jinsiy a’zolari

Erkakning tashqi jinsiy a’zolari

Erkaklarning tashqi jinsiy a’zolariga zakar va yorg‘oq kiradi. Zakar ildiz, tana va bosh qismlari tafovut qilinadigan a’zo bo‘lib, quyidagi uch vazifani bajarishda muhim o‘rin tutadi:
  1. Kopulyativ, ya’ni taranglashuv hisobiga jinsiy aloqani amalga oshirish vazifasi.
  2. Generativ, ya’ni zurriyot bunyod bo‘lishida tutadigan o‘rni.
  3. Peshob chiqarishni bajaruvchi a’zo vazifasi.

Zakar

Zakar silindrsimon shaklli, o‘zaro ichdan birikkan g‘orsimon uch tanadan iborat. A’zoning old qismida ikki g‘orsimon tanalar, ort qismida esa biroz kichikroq tana joylashgan. Orqa g‘ovak tana ichidai peshob chiqaruv kanali o‘tganligi bois uretral g‘orsimon tana ham deb ataladi. Bosh g‘orsimon tanalarning tub ildiz qismi, quymich hamda qov suyaklargacha yetib, mahkam birikkan. Zakar kertmagi atrofida va bo‘ynida ko‘pgina yog‘ bezlari bo‘lib, oqish, o‘ziga xos hidli suyuqlik – smegma ishlab chiqaradi. Ikkala asosiy g‘orsimon tanalar ham mustahkam qobiqqa o‘ralgani tufayli jinsiy qo‘zg‘alishda zakar kattalashuvi ma’lum darajada chegaralanib, uning qattiqlashuviga imkon yaraladi. Uretral ort g‘orsimon tanada esa bu qobiq bo‘lmaganligi bois zakar orqa qismi egiluvchanroqligi ta’minlanib, peshob chiqaruv kanalidan shahvat erkin o‘ta oladi.

Yorg‘oq

Yorg‘oq teri va muskulli cho‘ntak shaklida ko‘zga tashlanadigan, ichida erkaklar jinsiy bezlari – moyaklar joylashgan tashqi a’zo hisoblanadi. Odatda yorg‘oqning tub pastki va qisqargan baland qismi, ya’ni bo‘yni tafovut etiladi. Yorg‘oq teri va go‘shtli qatlamlardan iborat. Teriga maxkam yopishib ketgan go‘shtli qatlamda xar tomonga yo‘nalgan muskul va elastik tolalar mavjud bo‘lib, ular yorg‘oqning qisqaruvchanligini ta’minlaydi. Yorg‘oq tuxumlar uchun mexanik omborlik vazifasini emas, balki termostat kabi moyaklar o‘sishiga qulay – past xaroratning doimiyligini ta’min etadi. Ma’lumki, spermatogenez jarayoni moyaklarda meyordagidek kechishi uchun yorg‘oqdagi harorat qorin bo‘shlig‘idagidan 2-4°S past bo‘lishi shart. Sovuq payti yorg‘oqning qisqarishi hisobiga issiqlik berish maydoni kamayadi va harorat kerakli maromda ushlab turiladi. Jazirama issiqda esa, aksincha, yorg‘oqning elastik muskul tolalari bo‘shashib, moyaklar kengaygan yorg‘oq tubiga tushadi. Natijada issiklik uzatish sathi kengayib, qon kelishi kamayadi va harorat meyoriylashadi. Bu avtomatik harorat ushlash mexanizmi moyaklarning ichki sekretor bezlari faoliyati bilan uzviy bog‘liq. Organizm jinsiy gormonlar bilan yetarlicha ta’minlangan taqdirdagina yuqoridagi mexanizm o‘z maromida ishlaydi. Gormonal yetishmovchilik bu mexanizmga putur yetkazishi sababli ham, bunday bemorlarda yorg‘oqning doimo bo‘shashgan tarzda osilib turganligini kuzatish mumkin.

Erkaklar ichki jinsiy a’zolari

Erkaklar ichki jinsiy a’zolariga moyaklar va moyak ortiqlari, urug‘ chiqaruv yo‘lagi, urug‘ pufakchalari, prostata bezi, urug‘ sochuv majmui, urug‘ do‘mboqchasi hamda uretra, ya’ni peshob chiqaruv kanali kiradi.

Moyaklar

Moyaklar yorg‘oq ichida joylashgan, kabutar tuxumlaridan yirikroq, oval shaklli bir juft a’zodir. Har bir moyak yettita qavat bilan o‘ralgan bo‘lib, urug‘ tizimchasiga osilgan tarzda turadi. Urug‘ tizimchalari orqali esa urug‘ chiqaruv yo‘lagi, qon va limfa tomirlari, asab hamda mushak tolalari o‘tadi. Moyaklar ichidagi uzun, ingichka, o‘rama shaklidagi urug‘ kanalchalari hajm jihatdan ushbu a’zoning yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etadi. Aytgancha, moyaklar qattiq qobiq bilan o‘ralgan va u o‘z navbatida nursimon tarzda a’zo ichiga kirib, moyak qismlarining paydo bo‘lishiga olib keladi. Urug‘ kanalchalari ushbu qismlar ichini to‘ldirib turishi natijasida 250-300 nafargacha mitti hududchalar, ya’ni tilimlar paydo bo‘ladi. Urug‘ kanalchalari devorlarida maniy hujayralari va Sertoli tayanch hujayralarini ilg‘ash mumkin. Urug‘ kanalchalarining ichida yetuk spermatozon hujayralari joylashadi. Urug‘ kanalchalarining tashqi qismi, ya’ni oraliklarda testosteron, estriol kabi jinsiy gormonlarni ishlab chiquvchi interstitsial Leydig hujayralari joylashgan bo‘ladi. Urug‘ kanalchalarida spermatogenez jarayoni erkaklar xos gormoni – androgen ta’sirida 74 kun davom etadi.

Moyak ortiqlari

Moyak ortiqlari embrional bosqichda aloxida a’zo sifatida rivojlansa-da, go‘dak tug‘ilgan paytdayoq moyak orqa tomoniga yuqoridan tutashgani kuzatiladi. Tuxum ortig‘ining, ayniqsa, bosh va tana qismida shahvat hujayralari yig‘ilib, yanada yetuklashadi va urug‘lantiruvchi xususiyati oshib boradi. Moyaklar o‘rami urug‘ kanalchalarining tuxum to‘rlaridan o‘tib, ortiqlar ichida yana o‘ramlashadi. Uzunroq, to‘g‘ri bu kanalchalar konik shaklidagi tilimchalarni hosil qiladi. 5-18 nafar moyak ortig‘i o‘ramlarining eng kattasi tepasidan boshlab, barcha tilimchalar o‘rami ochiladigan ortiq yo‘lchasi o‘tadi. 6-7 sm uzunlikdagi egriroq shaklli bu urug‘ yo‘lchasi distal bo‘limga kelgach, urug‘ olib chiquvchi yo‘lga tutashadi. Odatda tuxum ichida voyaga yetgan spermatozoidlarga nisbatan ortiqlarda yetilgan hujayralar o‘ta chidamli, harakatchan va urug‘lantirish qobiliyati yuqori bo‘lishi o‘z ilmiy isbotini topgan. Moyak ortiqlari faolligining kuchayishiga androgen gormonlarning ijobiy ta’siri aniqlangan. Olimlar, moyak ortiqlarida spermatofiliya jarayonini, ya’ni spermogenez biologik sanatsiyasini aniqlashgan. Bu a’zodagi spermofag maxsus hujayralari – nuqsonli spermatozoidlarni yutib va hazm qilib, dunyoga nogiron bolalar kelish xavfini kamaytirishi bilan muxim ahamiyatga molik. Hayotda moyak ortig‘ining tuxumlardan ayricha bo‘lishi, ortiqlar boshsizligi yoxud bu a’zoning kichrayganligi, ba’zida esa ulardan birining mutloq nomavjudligi kabi anomalik nuqsonlar ham uchrab turadi.

Urug‘ chiqaruv (o‘tkazuv) yo‘li

Urug‘ chiqaruv (o‘tkazuv) yo‘li moyak ortiqlarining bevosita davomi shaklidagi a’zo hisoblanib, o‘rtacha 45-50 sm uzunliqda bo‘ladi. U uzunligi bo‘ylab, ortiq, qov, erkin va tos qismlariga bo‘linadi. Bu besh qismning nihoyasi qov bo‘limida ampulasimon kengayish bilan tugaydi. Urug‘ chiqaruv yo‘lining bu ampulalari o‘tkir burchak ostida urug‘ pufakchalari chiqaruv kanallariga tutashadi. Odatda, bu ampulali qismlar urug‘ pufakchasi chiqazuv yo‘llari bilan birlashib urug‘ sochuvchi majmuani tashkil etadi. Bu majmua esa prostata bezi orqali o‘tib peshob chiqaruv kanalining qismidagi urug‘ do‘mboqchasiga nuqtadek tor tirqish bo‘lib ochiladi. Urug‘ chiqazuv yo‘lining asosiy vazifasi devorlaridagi muskul qavatning ritmik qisqarishi hisobiga moyak ortig‘idagi shahvat hujayralarini urug‘ sochuvchi qismgacha yetkazishdir. Gohida urug‘ chiqazuv yo‘lining butunlay bo‘lmasligi, yopilib qolishi yoki kichrayib ketishi kabi anomaliyalari ham uchrab turadi.

Urug‘ pufakchalari

Urug‘ pufakchalari prostata bezining tag qismida joylashgan juft a’zo bo‘lib, old tomondan peshob qopining tub qismiga, ort tomondan to‘g‘ri ichak old qismiga yondosh turadi. Yetuk erkakda bu bezning o‘rtacha uzunligi 4-5 sm.ni, eni 1,5-2 sm.ni, yo‘g‘onligi esa 1-1,5 sm.ni tashkil etadi. Urug‘ pufakchalari bez a’zo bo‘lganligi bois androgen gormonlarga bog‘liq tarzda faoliyat ko‘rsatadi. Shu sababli moyaklar olib tashlangan hollarda prostata bezi bilan bir qatorda urug‘ pufakchasining ham kichrayishi va faoliyati so‘nishi kuzatiladi. Urug‘ pufakchalari jelatinsimon konsistensiyali, hidsiz, shaffof yoxud oqishsimon kulrang rangli suyuqlik ishlab chiqadi. Ishqoriy muhitli, bu sekret shahvat suyuqligining quyushqoqligini ta’minlaydi. Bu suyuqlik tarkibiy qismi bo‘lgan fruktoza esa androgen gormonlarga uzviy bog‘liq holda spermatozoidlarga quvvat zaxirasi vazifasini o‘tab, ularning hayotchanligini oshiradi. Fiziologik nuqtai nazardan qaralganda, urug‘ pufakchasi suyuqligi shahvat quyushqoqligi va moslashuvchanligini ta’minlash yo‘li bilan spermatozoidlarni jinsiy yo‘llardan o‘tishda shikastlanishdan saqlaydi. Shuningdek, energetik ta’minlovchi fruktoza diffuziyasidan tashqari, o‘z ishqoriy muhiti bilan qin kislotali muhitini neytrallashtirib, urug‘ hujayralarini halokatdan asraydi. Odatda, urug‘ pufakchasining to‘lishi jinsiy mayl va qo‘zgalishni keskin kuchaytiradi.

Prostata bezi

Prostata bezi o‘ta muhim, toq a’zo bo‘lib, erkakning ikkinchi yuragi ham deb ataladi. Bu bez urug‘ hujayralarining hujayralarining hosil bo‘lishiga turtki berib, moyak faoliyatiga katta ta’kir ko‘rsatadi. Umuman, jinsiy hayotda prostata bezining ahamiyati kattadir. U ishlab chiqaradigan shira hosilalari asab-mushak tarmog‘i va ruhiy faoliyatni rag‘batlantiradi, qon bosimini ko‘taradi, jinsiy maylni qo‘zg‘atadi.

Urug‘ sochuv majmui

Urug‘ sochuv majmui urug‘ pufakchasi chiqaruv yo‘li va urug‘ chiqaruvchi yo‘llarning yig‘masidan iborat. Uzunligi 2 sm keladigan bu juft a’zoning ich qismi urug‘ chiqaruv yo‘li ichidan ikki baravar kichik. Urug‘ sochuv majmui nuqtadek tirqish tarzida urug‘ do‘mboqchasi shilliq qavatiga ochiladi. Urug‘ sochuv yo‘lining chiqaruvchi yo‘llardan ancha torligi bois bu yerdan urug‘ chiqishida katta bosim imkoniyati yaratiladi. Natijada bu a’zodagi asab tolalarining reseptorlari kuchli ta’sirlanib, inzol, ya’ni orgazm ro‘y beradi.

Urug‘ do‘mboqchasi

Urug‘ do‘mboqchasi peshob chiqaruv kanalining prostatik qismi orqa devorida tepachadek turtib chiqib turadigan a’zodir. Uning uzunligi 9 mm, balandligi 3-4 mm, eni 3 mm.ni tashkil etadi. Bu a’zo go‘yoki urug‘ sochuv yo‘lining klapani hisoblanadi. Urug‘ do‘mboqchasida aylana muskul tolalari yig‘ilgan bo‘lib, yopiluvchi sfinkter, ya’ni spermatik jomni hosil qiladi. Bu joyda juda ham ko‘p asab tolalari mavjud. Urug‘ do‘mboqchasi orqa miyadagi shahvoniy markazlarning birlamchi reflektor qo‘zg‘alishida ham sezuvchi – reseptiv hudud sifatida muhim o‘rin tutadi. Ma’lum bir bosqichlarga kelib, spermatik jom muskul tolalarining bo‘shalishi natijasi o‘laroq eyakulyatsiya (shahvat chiqish) va orgazm (inzol, lazzatlanish) ro‘y beradi. Demak, urug‘ do‘mboqchasi jinsiy qo‘zg‘alish, shahvat chiqishi va lazzatlanish jarayonlarida bevosita muhim rol o‘ynaydi. Hayotda urug‘ do‘mboqchasining kattalashuvi anomaliyasi ham uchrab turadi. Bu anomaliya peshob chiqishini qiyinlashtiradi.

Peshob chiqaruv kanali (uretra)

Peshob chiqaruv kanali (uretra) 18-22 sm uzunlikdagi naysimon a’zo bo‘lib, zakar boshidagi tashqi teshikdan to peshob qopining ichki sfinkterigacha davom etadi. Anatomik jihatdan bu a’zoda ich prostatik, o‘rta-membranoz va tashqi kavernoz qismlar tafovut qilinadi. Klinik jihatdan esa old uretra (tashqi teshikdan to peshob qopi tashqi sfinkterigacha) va orqa uretra (peshob qopi tashqi sfinkteridan – siydik chiqaruv kanali ichki teshigigacha) tafovut qilinishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Peshob chiqaruv kanalining o‘z bezlari mavjud. Jumladan, uretraning prostatik va membranoz qismlari chegarasida bulbouretral, ya’ni Kuper bezlari qaror topgan. Shuningdek, kanal shilliq qavatida Littre bezlari ham mavjud bo‘lib, ishqoriy muhitli, shaffof suyuqlik ishlab chiqadi. Bu sekretlar, ayniqsa, jinsiy qo‘zg‘alish paytida tashqariga chiqadi. Qolaversa, uretrada betartib tarzda joylashgan Morgani bezlari ham bor. Peshob chiqaruv kanali tashqi teshigi yaqinida olat kertmagining Tinzoni bezlari joylashgan. Bu bezlar o‘ziga xos hidli, oqish, yog‘simon sekret, ya’ni smegma ishlab chiqadi. Peshob chiqaruv kanalining bezlari quyidagi ikki vazifani bajaradi:
  • ishqoriy suyuqlik ishlab chiqib, peshobning kislotalik muhitini neytrallashtirib turadi;
  • kanalning shilliq qavatini namlab, spermatozon hujayralar o‘tishiga qulay sharoit yaratadi.

Urug‘ tizimchasi

Urug‘ tizimchasi moyaklar va qov kanalini bog‘lab turadi. Bu a’zoni yorg‘oqning ildiz qismida 1 sm yo‘g‘onliqdagi yumshoq arqon tarzidaligini paypaslab tekshirib ko‘rish mumkin. Urug‘ tizimchasi tarkibiga urug‘ chiqaruv yo‘li, moyakni ko‘taruvchi mus-kul hamda tomirlar va asab tolalari kiradi.

Tib.uz nashri.

ico
Epilepsiya va uning zamonaviy yechimi

Insonning miya faoliyati bilan bog‘liq kasalliklar ichida epilepsiya ko‘proq uchrashiga guvoh bo‘lish mumkin. Uning ijtimoiy jihatdan xavfi katta bo‘lgani uchun turmush qurish arafasida turgan yigit-qizlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Agar ulardan birortasi epilepsiya yoki boshqa ruhiy kasalliklar bo‘yicha hisobda tursa, tug‘ilajak farzandlarga undagi genetik belgilar ya’ni ruhiy nuqsonlar o‘tishi ehtimoldan xoli emas. Shuning uchun ham epilepsiya kasalligiga yo‘liqqan bemor taqdiri tibbiyot xodimlarini hamisha tashvishga solib keladi. Bu kasallikning kelib chiqish sabablari, o‘ziga xos simptomlari, diagnostikasi, davolash jarayoni va profilaktikasi to‘g‘risida "O‘zbekistonda sog‘likni saqlash" gazetasi muxbiri Olmazor tumanidagi 18-oilaviy poliklinika psixonevrologi Iroda Karimova bilan suhbatlashdi. Siz quyida shu suhbatni o‘qishingiz mumkin.

– Epilepsiyaning kelib chiqish sabablarini mutaxassis sifatida qanday sharhlaysiz?

– Oddiy tilda biz uni tutqanoq yoki quyonchiq deb ataymiz. Kasallik etiologiyasi va patogenezi oxirigacha o‘rganilmagan. Birinchi tutqanoq vaqtidagi bemorning yoshi bevosita kasallikning paydo bo‘lish sabablari bilan bog‘liqdir. Yangi tug‘ilgan chaqaloq va emizikli bolada og‘ir gipoksiya, bosh miya rivojlanish nuqsonlari va metabolik genetik nuqsonlar (gipoglikemiya, gipokaliyemiya, vitamin B 6 yetishmasligi) xastalik kuchayishiga sabab bo‘lishi taxmin qilingan. Epilepsiya etiologiyasida tug‘ruq travmalari (qisqich ishlatish sababli homila boshchasi va chanoq o‘lchamlarining to‘g‘ri kelmasligi) o‘ziga xos rol o‘ynaydi. Ayrim hollarda epilepsiyaga duchor bo‘lgan bemorlarning onasi homiladorlik vaqtida qizilcha, grippning og‘ir formasi yoki bosh miya jarohatlanishiga uchragan, spirtli ichimlik, giyohvand modda iste’mol qilgan va tetratogen ta’sirga ega dorilar (rezerpin, remantadin) qabul qilgani aniqlangan.

Epilepsiya patogenezini aniqlash mutaxassislarga anchagina qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Turli xil etiologik omillar – alohida neyronlarning ichki qo‘zg‘alishi, funksiponal bog‘langan sistemali neyronlarning qo‘zg‘alishi yoki tormozlanishi, bosh miyaning energetik holati, ayrim aminoksilotalar metabolizimining buzilishi tufayli talvasa kelib chiqishi mumkin. Hozirgi vaqtda epilepsiya patogenezida yangi konsepsiya, ya’ni kaliy (K+) kanallari blokadasidan keng foydalanilmoqda. Bu esa neyronalararo halqa sirkulyatsiyasidagi impulslarning o‘tishini qiyinlashtiradi. Qo‘zg‘atuvchi transmitter (aspartat va glyutamat) tutqanoq rivojlanishida asosiy mexanizm bo‘lib, tormozlovchi (gamma-aminomoy kislotasi) uning tugashini ta’minlaydi.

– Kasallikning aholi o‘rtasida uchrash darajasi qanday va uni aniqlash mezonlari bormi?

– Turli xurujlar va hushdan ketish bilan boshlanadigan epilepsiya yosh tanlamaydi, u bir necha oylik chaqaloqda ham, kattalarda ham uchrashini kuzatganmiz. Har 1000 kishidan 5-10 nafari epilepsiyaga yo‘liqqan bo‘lib, asosan 20 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlarda ko‘proq uchrashi mumkin.

Kasallanish darajasi jinsga bog‘liq emas, erkak-ayollarda teppa-teng yuradi. Xuddi boshqa asab kasalliklari kabi epilepsiyada nasliy omilning ta’siri yaqqol seziladi. O‘tgan asrning 50-yillarigacha aksariyat davlatlarda epilepsiyadagi nasliy omil juda bo‘rttirib ko‘rsatilgan. Keyinchalik ilm-fan yutuqlari bunday farazni yo‘qqa chiqardi. Bugungi statistik ma’lumotlar ota-onadan biri epilepsiya bilan og‘risa, ulardan kasal bola tug‘ilishi xavfi 10 foizdan oshmasligini ko‘rsatmoqda. Agar xastalik har ikkisida uchrasa, bu – chinakam fojia. Bola bir umr epilepsiya “girdobi”da qoladi.

Tashxis qo‘yish uchun shifokor bemordagi kasallik hamda irsiy moyillikni tekshiradi. Aniq tashxis qo‘yish juda murakkab. Buning uchun mutaxassis ko‘p bosqichli tekshiruvni amalga oshirishi darkor. Elektroensealografiya (EEG) apparati vositasida bemorning miya faoliyati tekshiriladi. EEGda kuzatiladigan patologik o‘zgarishlar, o‘tkir to‘lqinlar, kompleks pik to‘lqinlar, sekin to‘lqinli paroksizma ko‘rinishida kechadi. Epilektik aktivlik kasallikka duchor bo‘lgan bemorlarning 30-40 foizida aniqlanadi. Hozirgi vaqtda amaliyotga keng joriy qilingan komyuter tomografiya va magnit-rezonans tomografiya tekshiruvlari tashxis qo‘yishda aniqlikni ta’minlab, shifokorning bemorni davolashi uchun yengillik tug‘diradi. EEG ko‘rsatkichlari meyorida bo‘lsa, shifokor tutqanoqqa qarshi preparatlarni to‘xtatishga maslahat beradi.

– Boshqa xastaliklar kabi epilepsiya ham turlarga ajratiladimi?

– 1989 yilda qabul qilingan xalqaro tasnifga ko‘ra, kasallik birlamchi (idiopatik) va ikkilamchi (simptomatik) turlarga bo‘linadi. Epilepsiyaga tibbiy jihatdan chuqur izoh berganimizda, parsial, oddiy, murakkab, ikkilamchi generallashgan, generallashgan, toniko-klonik, tonik, klonik, mioklonik, absans, atonik xususiyatlariga to‘xtalib o‘tish kerak. Oddiy parsial tutqanoqning boshlanishi lokal xarakterda bo‘lib, bemorning es-hushi yo‘qolmaydi. Uning klinik belgisida turli holatlar (motor, sensor, vegetativ va psixik) kuzatilib, epileptik o‘choqning lokalizatsiyasi va epileptik sistemaning morfunksional xususiyatiga bog‘liq. Murakkab parsial tutqanoq hushning buzilishi bilan kechadi.

Bemor keyinchalik bo‘lib o‘tgan voqealarni umuman eslolmaydi U ko‘pincha aura bilan boshlanadi. Aura tutqanoqning xabarchisi bo‘lib, xuruj boshlanishiga bir necha soat qolganda, ba’zan esa bir-ikki kun oldin bemorning uyqusi qochadi, xavotir paydo bo‘lib, jahlini bosa olmaydi, yuzi yoki tanasining ba’zi joylarida uvushish yuzaga keladi, lab burchaklari titray boshlaydi. Bemor atrofida ro‘y berayotgan voqeani noreal (derealizatsiya) deb qabul qiladi. Ayrim u “ko‘rib bo‘lgan” yoki “umuman ko‘rmagan” hissiyotga duch kelgandek bo‘ladi. Epilepsiyaning ba’zi turlarida aura kuzatilmaydi. Aurasiz kuzatiladigan katta tutqanoq hayot uchun juda xavflidir.

Bemor bosh miya va tan jarohatiga uchrashini oldindan bilib bo‘lmaydi. Toniko-klonik epilepsiya uchun bu belgi tipik bo‘lib hisoblanadi. Bunga xos xarakterli belgi endogen va ekzogen omillar – menstruatsiya, mastlik, o‘ta toliqishga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Tanadagi barcha mushaklarda tonik qisqarish boshlanadi. Bemorning ko‘zlari katta ochiladi, ko‘z soqqasi yuqoriga ketadi, qorachiqlari kengayadi, yorug‘likdan ko‘zi qamashadi. Spazmlashgan tovush yoriqlaridan havo o‘tganda epileptik qichqirish paydo bo‘ladi, bu bir necha sekund davom etadi. Keyinchalik mushaklarning tonik rigidligi qaltirashga o‘tadi va klonik fazasi boshlanadi. Klonik tutqanoq faqat klonik faza bilan xarakterlanadi. Bu ko‘pincha emizikli bolalarda kuzatiladi. Bunda bola hushidan ketib, vegetativ buzilishlar bilan birga ikki tomonlama ritmik klonik tutqanoq paydo bo‘ladi. Tungi xuruj kunduzgisidan boshqacharoq tarzda kechadi.

Bemor birdan uyg‘onib ketadi, boshi qattiq og‘riydi, kutilmaganda qayt qiladi, asta-sekin ko‘zi va boshi yon tomonga qayrilgan holda tutqanoq xurujlari boshlanib ketadi. Uning yuzi qiyshayib qoladi, so‘lagi oqadi va duduqlana boshlaydi, tilini tishlab olishi, og‘zidan qon aralash ko‘pik kelishi, siyib yuborishi bilan yon-atrofida turgan yaqinlarini hayajonga soladi. Yotgan joyidan tezlikda turib, o‘tirib oladi, oyoqlari bilan velosiped haydayotgandek harakat qiladi, g‘ujanak bo‘lib to‘shakka ag‘anaydi. Gohida u o‘rnidan turib yurib ketadi, qadamini to‘xtatadi, yugurib uydan chiqib ketishi mumkin. Xuruji jarayoni 30 soniyadan 2 daqiqagacha davom etadi.

Bemor o‘ziga kelgach, nimalar qilganini eslay olmaydi, ba’zan nima sodir bo‘lganini chala-chulpa hikoya qilib beradi. Epilepsiya qanday holatda va qaysi turda uchramasin, ularning barchasida bir-biriga o‘xshash jihatlar ko‘p. Shuning uchun ham biz shifokorlar kasallikka umumiy qilib, “epilepsiya” nomini berganmiz. Yuqorida keltirib o‘tganlarim esa tadqiqotchilar olib borgan ilmiy izlanishlardan bir shingili, xolos.

– Epilepsiya ruhiy kasallik turi bo‘lgani uchun bemorning miya faoliyati va yurak funksiyasida o‘ziga xos “muhit” mavjud. Ana shu “muhit”ga moslashib yashaydigan bemorning xatti-harakatlarida qanday holat kuzatiladi va bu uning yon-atrofidagi kishilarga ta’sir qilish darajasi xususida nima deya olasiz?

– Epilepsiyada xulq-atvor o‘zgarishlari ba’zan “ijobiy” tus oladi. Ular kimgadir keragidan ortiq darajada mehribon, bosh yordamchi, kulib turadigan, muloyim, har qanday ishga bel bog‘lab kirishib ketadigan shaxslardir. Bu mehribonlik ba’zi hollarda oila a’zolariga emas, begonalarga ko‘rsatiladi.

Bemorning jahlini chiqarish oson, qilayotgan ishlariga mos e’tiborni sezmasa yoki tanbeh eshitsa, u yanada qaysar va o‘jar bo‘lib qoladi. Agar bemor birorta kishi bilan “san-man”ga borsa, qaytib o‘sha odamga umuman yaqinlashmaydi. Bu tipdagi kishilarning ayrimlari haqiqatparvar bo‘lsa, ba’zilari g‘irt yolg‘onchi bo‘lishadi. Uning uchun begona odam nohaqlikdan aziyat cheksa, uzoq vaqt u haqda gapirib yuradi, qo‘lidan kelsa, yordamga shoshadi. Ba’zi bemorlar uyi va ishxonasini saranjom-sarishta tutishadi, ozoda kiyinishadi, juda tartibli bo‘lib, ular ba’zan kleptomaniya (kerakmas narsalarni o‘g‘irlash) bilan ham shug‘ullanadilar. Epilepsiya kasalligida kuzatiladigan shaxsiyat o‘zgarishlari kasallikning qaysi yoshda boshlangani, xurujlar soni va turi, o‘tkazilayotgan davolash muolajalarining uzviyligiga bog‘liqdir.

– Epilepsiyaning davolash bosqichlari qanday olib boriladi? Bemor ruhiy kasalliklar dispanserida hisobga olingach, u bilan davolash ishlarini tashkil etishda nimalarga ahamiyat beriladi?

– Ko‘pincha epileptik bemorni nevrologik xarakterdagi kasal, deb hisoblashadi. Bemorga tashxis qo‘yish nevropatolog yoki psixonevrolog zimmasiga tushadi. Psixik nuqson ayrim bemorlarda (25-30 foiz) turli darajada yaqqol namoyon bo‘lishi mumkin. Davolashni boshlashdan avval shifokor bemorda serebral (o‘sma, ensefalit va boshqalar) yoki ekstratserebral (insuloma, gipoparatireoz) yo‘qligiga ishonch hosil qilishi kerak. Kasallik kompleks, individual, uzluksiz va uzoq muddat davolanishi kerak.

Davolash epileptik tutqanoq turini hisobga olgan holda bitta preparat (monoterapiya)dan boshlanadi. Toniko-klonik, tonik, klonik, mioklonik, generallashgan tutqanoqlarda fenobarbitol, benzonal, glyuferal, difenin (fenitoin), karbomazepin (finlepsin, tegretol, stazepin, geksomidin (primidon), volproat natriy (depakin, konvuleks, atsediprol) kabi preparatlar qo‘llaniladi. Oddiy porsial va murakkab tutqanoq turiga qarab, shifokor preparatni to‘g‘ri tavsiya qilishi kerak. Uning dozasini belgilashda tutqanoqqa nojo‘ya ta’sir hosil qilmasligi hisobga olinadi. Birdan ko‘p miqdorda yoki o‘ta kam darajada berish tavsiya qilinmaydi. Preparat dozasi empirik tanlanadi, uning qondagi konsentratsiyasi 2-3 soatdan keyin kulminatsion cho‘qqiga yetadi.

Bolalarda sutkalik doza kattalarga nisbatan yuqoriroq bo‘lib, bu ularda metabolizmning intensiv kechishi bilan bog‘liqdir. Bola o‘sgan sari metabolizm sekinlashadi va katta yoshdagi odamlar uchun preparat dozasi kamaytiriladi: 60 yoshdan keyin 20-25 foizga, 70 yoshdan keyin 30-50 foizga. Agar bemor homiladorlik davrini boshdan kechirayotgan bo‘lsa, ikkinchi yarmida doza nisbatan oshiriladi. Agar muolaja samara bermasa, bir nechta preparatlar kombinatsiyasi qo‘llaniladi.

Davolashni har doim bitta preparatdan boshlab, dozani asta-sekinlik bilan oshirishning ahamiyati katta. Muolaja tartibi buzilsa, ya’ni preparat qo‘llanilmay qo‘ysa, alkogol qabul qilinsa, haddan tashqari toliqish, giperinsolyatsiya, uyqu yetishmovchiligi ro‘y bersa, bemorning ahvolida salbiy o‘zgarishlar kuzatiladi. Rezidual epiloptogen jarohatlanishning dekompensatsiya belgilarida kursdan tashqari degidratatsion, so‘rdiruvchi, qon-tomir davosi olib boriladi. EEG natijasi va terapevtik remissiya xulosasiga ko‘ra, davolash jarayoni 3 yildan kam bo‘lmasligi lozim.

Preparat qabuli asta-sekinlik bilan kamaytirilib, bemorning ahvoli o‘nglanishiga qarab, batamom to‘xtatiladi. Agar tutqanoq davolanmasa va tez-tez qaytalasa, bemor neyroxirurgik tekshirish va davolashga yotqiziladi. Xirurgik davoda epileptik o‘choq olib tashlanadi.

So‘nggi yillarda epilepsiyaga qarshi yangi preparat – lamiktal (lamo-tridjin) keng qo‘llanilmoqda. Oddiy va murakkab, absans, generallashgan, toniko-klonik tutqanoqda bu preparat kutilgan samarani beradi. Lamiktal kuniga 50 mg.dan boshlanib, asta-sekinlik bilan 200 mg.gacha yetkaziladi. Qaysi preparat bo‘lishidan qat’i nazar, bemorning yaqinlari uni qabul qilishda, albatta, shifokor bilan maslahatlashib ish tutganlari ma’qul.

Epilepsiya tashxisi qo‘yilgan bemor hududiy tuman ruhiy kasalliklar dispanserida hisobga olinib, doimiy ravishda psixoterapevt yoki psixonevrolog nazoratida bo‘lishi kerak. Zaruriy muolaja usullari uning ko‘rsatmasi bilan amalga oshiriladi.

ico
Ehtilom ( o‘z-o‘zidan bo‘shalish )
“… 15 yoshdaman. Tengdosh qizlar bilan uzoqroq suhbatlashib qolsam yoki biroz hazillashsam, jinsiy a’zolarimda namlanish sezaman. Bu kasallik belgisi emasmi? Qolaversa, ba’zida kechalari uyatroq tush ko‘rib uyg‘onib ketaman. Shunda ichki kiyimlarimda shilimshiq, yopishqoq modda paydo bo‘lganligini ko‘rib, vahimali o‘y-xavotirda uyqum qochib ketadi. Men biron bedavo dardga chalinmadimmikin?…” A. Dastavval, o‘smirlarning qizlarga tegajoqliklari bois, zakar uchi namlanishi odatiy hol, ya’ni kasallik belgisi emasligini anglash lozim. Zero, yuqorida ta’kidlaganimizdek, jinsiy qo‘zg‘alish paytida peshob chiqaruv kanali ichidagi xos bezlarning siqilishi tufayli bir necha tomchi shaffofroq suyuqlik zakar uchiga chiqishi meyoriy holdir. Demak, muloqot payti jinsiy a’zolar uchi namlanishidan xavotirlanishga asos yo‘q. Endi savolning ikkinchi qismiga javob bersak. Avvalo, balog‘at bo‘sag‘asidagi har bir o‘smirga otalari ehtilom bo‘lib qolganda qo‘rqmaslik kerakligini, u har bir sog‘lom o‘smirga xos meyoriy hol ekanligini tushuntirgan bo‘lishlari lozim. Ehtilom Kechalari shahvoniy tush ko‘rish natijasida uyquda bulg‘anish, ya’ni shahvat ajralib chiqishi — ehtilom hodisasi, tibbiy adabiyotlarda pollyutsiya jarayoni deb ataladi. Darhaqiqat taxminan 15 yoshlarga kelib (ayrimlarda 12-16 yosh o‘rtasida) haris hissiyotlarning jo‘sh urishi bois bulg‘anish, ya’ni ehtilom holati tez-tez ro‘y beradi. Afsuski, ayrim otalar yoki akalar rasida ostonasidagi o‘smir o‘g‘il va ukalariga bu jarayonning meyoriy hol ekanligini vaqtida tushuntirishni unutganliklari yoki beparvo qaraganliklari goho kutilmagan intihoga olib borishi kuzatilmoqda. Asabiy, ruhiy beqaror o‘smirlar bu jarayonni tahlikali hodisa, kasallik belgisi deya o‘ylab siqilishlari bois, gohida haqiqatdan ayrim kasalliklarga chalinib qolayotirlar. Pollyutsiya, ya’ni ehtilom — normal fiziologik hodisa hisoblanib, har haftada yoki oyda bir necha marta takrorlanib turishi mumkin. Ayrim asabiy, ruhan beqaror kimsalarda shahvoniy xayolparastlik o‘ta kuchli bo‘lganligi bois, bu holning juda tez-tez ro‘y berishi ham odatiy xodisadir. Ehtilom hodisasining kelib chiqishi quyidagi ikki sabablar majmuiga bog‘liq: birinchidan, jinsiy munosabatlar haqida ko‘p o‘ylash, shu mavzudagi oldi-qochdi suhbatlar, film va adabiyotlar girdobiga tushib qolish natijasida o‘smirlar miya qobig‘i osti bezi — gipotalamusdan kelayotgan impulslar ta’sirining oshishi bois orqa miya eyakulyatsiya markazi (umurtqa pog‘onasining bel qismida joylashgan) tonusining keskin oshishi ro‘y beradi. Ikkinchidan, urug‘ pufakchasiga to‘layotgan sekret bu a’zo devoridagi asab tolalari uchini ta’sirlantirib, shahvat chiqazuv markazini yanada qo‘zg‘aluvchan qilib qo‘yadi. Gohida osmonga qarab uxlash ham qovuq va to‘g‘ri ichakning to‘lishi natijasida urug‘ pufakchalari ta’sirchanligini oshirib yuboradi. Me'yoriy tungi ehtilom xush kayfiyatda, shirin tushlar og‘ushida, lazzatli his-tuyg‘u bilan kechishi va kishini tetiklashtirishi lozim. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, aqliy va jismoniy band yosh o‘smirlarda bu hol o‘rtacha har haftada bir marta, bir oyda uch-to‘rt marotaba bo‘lishi meyoriy hisoblanadi. Ammo quyidagi hollarda uning tez-tez ro‘y berishi ham xavotirga asos bo‘la olmaydi: a) o‘smir o‘ta bekorchi bo‘lib, kuchli qo‘zg‘atuvchi taomlarni iste’mol qilsa; b) oynai jahondagi beparda tomoshalarga ruju qo‘ygan bo‘lsa; v) ishqiy sarguzashtli suhbatlar, beibo adabiyotlardan bahramand bo‘lsa; g) jinsiy a’zolarini qisib turadigan ichki kiyimlarda, osmonga qarab uxlash odati bo‘lsa; d) gijja yoki boshqa sabab bois bolaligidan qo‘llari chotga ketaversa hamda uxlaganda muntazam ravishda qo‘llarini sonlari orasiga qo‘yib yotsa ham tez-tez bulg‘anish ro‘y berishi mumkin. Ehtilom quyidagicha ro‘y bergan hollarda mutaxassis shifokor bilan maslahatlashgan ma’qul: a) bulg‘anish har kuni bir necha marotaba yoki kun ora ro‘y beraversa; b) ehtilom payti aniq-tiniq tush ko‘rilmasa, zakar taranglashuvi ro‘y bermagan holda bulg‘anilsa; v) ehtilom lazzatlanish bilan kechmasa va og‘riqli hissiyotlar bo‘lsa; g) bulg‘anishdan so‘ng tetiklashuv emas, aksincha lanjlik paydo bo‘lib, kayfiyat beixtiyor yomonlashsa, shifokorga murojaat etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ehtilomdan so‘ng g‘uslning lozimligi, ya’ni cho‘milish shartligi tibbiy nuqtai nazardan ham to‘g‘ri ekanligi shubhasizdir. Yuqorida asosan tungi pollyutsiya haqida fikr yuritildi. Ammo hayotda kam hollarda bo‘lsa-da, kunduzgi, uyg‘oq holda, o‘ngda ro‘y beruvchi ehtilomlar ham uchraydi. Kunduzgi pollyutsiyaning adekvat va noadekvat turlari tafovut qilinadi. Kunduzgi adekvat pollyutsiya quchish, bo‘sa olish kabi shahvoniy qo‘zg‘alishlar natijasida ro‘y beradi. Shuningdek, yoshlar ko‘z o‘ngida cho‘milish havzalarida yarim yalang‘och ayollar badanlarining ko‘z-ko‘z qilinishi ham kunduzgi adekvat pollyutsiyaga sabab bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Kunduzgi noadekvat pollyutsiya esa shahvoniy qo‘zg‘alish natijasida emas, ijobiy ta’sirotlar (tomoshada keskin, zo‘riqib kulish) yoki salbiy ta’sirotlar (keskin qo‘rquv) natijasida kamdan-kam hollarda uchraydi. Yoshlar orasida petting holati ham uchraydi. Bu jamoat joylarda, transportda birovga tirg‘alib, ishqalanib shahvat chiqazish holidir. Goho kelin-kuyovlarning qovusha olmay, aloqaning sonlar orasiga ishqalanishi bilan kifoyalanishlari ham shu holatga kiradi. Pettingning yuzaki, chuqur, o‘z yoki boshqa jinsga, bir va ikkiyoqlamali turlari tafovut qilinadi. Yuqorida ta’kid etilgan hollarning barchasini ehtilom jarayonining turli ko‘rinishlari deb tushunish mumkin. Shu bois, bunday holat beixtiyor ro‘y bergan kishilar butun vujudlarini poklashlari, ya’ni cho‘milishlari maqsadga muvofiq. Zero, shahvat suyuqligi tarkibidagi fruktoza kabi qator moddalar kasallik chaqiruvchi ko‘plab mikroblar uchun sevimli ozuqa ekanligi tib ilmiga ma’lum va poklanmaslik turli dardlar paydo bo‘lishiga moyillik tug‘dirishi shubhasizdir.

© Tib.uz

ico
Erkaklarda jinsiy ehtiyoj
Er-xotin munosabatlari yaxshi bo‘lishi uchun jinsiy munosabatlarning ahamiyati juda katta. Hozirgi zamon muammolaridan biri - bu erkakning jinsiy munosabatlarga bo‘lgan ehtiyojining pasayishidir. Har bir erkakda jinsiy ehtiyojini qondirish muddatining o‘rtacha davri bo‘ladi. Bir erkak uchun har kuni jinsiy aloqada bo‘lish talab etilsa, boshqa erkakka haftada yoki oyda 1 marta aloqa qilish yetarli bo‘ladi. Bu faktor asosan ularning yoshligidan shakllanib kelgan gormonal salomatligiga bog‘liq bo‘lib, unga biroz ta’sir qilish mumkin, lekin keskin o‘zgartirishning iloji yo‘q. Ya’ni jinsiy aloqaga oyda 1 marta ehtiyoji mavjud erkakni tabiiy ravishda har hafta aloqa qilishga ehtiyojini uyg‘otishning iloji yo‘q. Muhimi shundaki, turmushning ilk yillarida erkak qanchalik aktiv yoki passiv bo‘lsa, umr davomida tashqi faktorlar ta’sir etmasa, bu ko‘rsatkich atrofdagilarga nisbatan deyarli o‘zgarmaydi. Ya’ni 20 yoshdagi do‘stlariga nisbatan aktiv erkak 60 yoshida o‘zining yoshligiga nisbatan passivroq bo‘lgani bilan, 60 yoshlik do‘stlariga nisbatan baribir aktivroq bo‘ladi.
Ayollarda erkaklardan farqli o‘laroq hayot davomida yuz beradigan keskin gormonal o‘zgarishlar tufayli jinsiy ehtiyoj doim o‘zgarib turadi.
Yuqoridan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, erkak tumushning ilk yillarida aktivlikni ko‘rsatgan bo‘lib, bir necha yil o‘tgach birdan jinsiy ehtiyoji pasayib qolgan bo‘lsa, bunga biron tashqi faktor ta’sir qilganligi aniq. Tashqi faktorni izlashdan oldin, erkak haqiqattan jinsiy aloqada uzoq vaqt bo‘lmayotganiga amin bo‘lish zarur. Ba’zilar turmush o‘rtog‘iga jinsiy sovuqqonlik ko‘rsatgani bilan, jinsiy ehtiyojlarini boshqa ayol yoki boshqa usullar bilan qondirishni davom etayotgan bo‘lishi mumkin. Agar ushbu holatga shubha bo‘lmasa, u holda yuz berayotgan passivlikni sababini izlasa bo‘ladi.

Eng asosiy faktor - bu charchash

Charchov va stress to‘g‘ridan-to‘g‘ri erkakning jinsiy ehtiyojiga ta’sir ko‘rsatadi.
  • Erkak ish kunlari kamida 8-9 soat uxlashini ta’minlash zarur;
  • Dam olish kunlari kun mobaynida ham bir necha marta uxlash talab etiladi;
  • Ishdan kelganda, kitob mutoala qilish, yoqimli teleko‘rsatuv ko‘rish yoki boshqa biron bo‘shashtiradigan va asabni buzmaydigan faoliyat bilan shug‘ullanish lozim;
  • Yaqin insonni yo‘qotish, qattiq ruhiy zarba olish, ba’zi jismoniy kasalliklar, moliyaviy holatning keskin o‘zgarishi kabi holatlar ham jinsiy ehtiyojni qisqa muddatga bo‘lsa ham o‘zgartirib yuboradi.

Keyingi faktor - ovqatlanish

  • Uch oy muddat davomida 2 kunda bir tansiq ovqatlar bilan tamadi qilish zarur. Bedana tuxumi, qo‘y go‘shti, mol go‘shtidan tayyorlangan jarkob, dimlama, osh, manti kabi milliy taomlar ayni muddao;
  • Xamir ovqat, makaron, non va non mahsulotlari kabilar miqdorini kamaytirish lozim;
  • Shirinliklardan ko‘ra ko‘proq meva va sabzavotlarni yeyish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
  • Yong‘oq, xandon pista, bodom, yer yong‘oq kabilarni har kuni yeyish tavsiya etiladi.
  • Turshak va pomidor spermotozoidlarning miqdori va sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Spermatozoidlarning ko‘payishi natijasida jinsiy ehtiyoj ham ortadi.

Yana bir muhim faktor - erkakning psixologik holati

  • Erkak jinsiy ehtiyoji pasayganligi sababini o‘zida ko‘rmasligi lozim. Buning uchun xotini jinsiy munosabatlar sustlashib ketayotganiga urg‘u beravermasligi ma’qul. Jinsiy passivlikka oddiy charchov sabab bo‘lishi mumkin, lekin ayolining gaplaridan so‘ng erkak siqilib sababini jinsiy ojizligida, deb bilishni boshlaydi. O‘z erkakligiga ishonchini yo‘qotgan erkakni jinsiy aloqaga undash undan ham qiyin bo‘ladi.
  • Er-xotin munosabatlarida jinsiy aloqaning o‘rni kamayib ketayotgan bo‘lsa, bunga farzandlarning kech uxlashi, ayolning charchab qolishi yoki boshqa er-xotinga bog‘liq bo‘lmagan faktorlarga erkakni ishontirish lozim. Erkak bunda muammo borligini anglamasin.
Erkaklar uchun bu juda nozik masala ekanligini unutmaslik lozim. Aloqaga ayoli undab turganida javob bera olmagan erkak befarq ko‘rinsa ham, aslida juda qiynaladi.
  • Romantik kechalar, go‘zal ichki kiyimlarni bu davrda chetroqqa surib qo‘yish kerak. Xotini ajoyib romantik tun uyushtirganiga qaramay, jinsiy ehtiyoji uyg‘onmagan erkak, ichida qattiq siqiladi va erkaklik kuchiga bo‘lgan ishonchi yanada pasayadi. Undan tashqari bunday kechalarning natijasi bir martalik bo‘ladi, xolos, muammo negiziga ta’sir etmaydi.
Ushbu tavsiyalarni doimiy ravishda amalga oshirgan holda ham erkakning jinsiy ehtiyojini o‘zgarishiga kamida 3 oy talab etiladi. Shu 3 oydan so‘ng ham erkakda passivlik davom etaversa, u holda biron jinsiy infeksiya yoki boshqa tibbiy muammo borligiga shubha qilsa bo‘ladi.
Bir erkakdagi aktivlik yoki passivlikni bilish uchun uni boshqa erkak bilan solishtirmaslik muhim. Erkakninig jinsiy ehtiyojini o‘zgarishini faqat o‘zining bundan oldingi bo‘lgan aktivligi yoki passivligi bilan solishtirish lozim. Undan tashqari turmushning ilk 1 3 oydagi jinsiy aktivlik normal ko‘rsatkich emas. Asal oyi o‘tgandan so‘ng davom etgan jinsiy munosabatlardan erkakning jinsiy aktiv yoki passivligini ko‘rsa bo‘ladi.
Erkakda jinsiy passivlik yuz berganida befarq bo‘lish kerak emas. Ayoliga kerak bo‘lmagan holda ham, erkakni kuchini qaytarish lozim. Erkaklik kuchini yo‘qotib borayotgan erkakning o‘ziga bo‘lgan ishonchi, hurmati pasayib ketaveradi. Shunda u yonidagilarga qo‘pollik, jahl va asabiylikni namoyon qila boshlaydi. Eng yomoni, jinsiy ojizligini sababini xotinidan izlasa. Xotini sababchi emas ekanligini yuqoridagi faktorlarni bartaraf etibgina bilish mumkin. Mavzuga aloqador maqola: Ayol orgazmi yoxud ayolning jinsiy aloqadan lazzatlanishi
© Uzbaby.uz
ico
Epilepsiya va tutqanoq sindromlari haqida bilasizmi?
Epilepsiya – turli xil xurujlar va xushdan ketishlar bilan namoyon bo‘luvchi bosh miyaning surunkali kasalligi. Epilepsiya aholi orasida ko‘p tarqalgan. Har 1000 kishidan 5-10 ta odamda epilepsiya kasalligi aniqlanadi. Epilepsiyaning 70 foizi 20 yoshgacha bo‘lgan davrda rivojlanadi. Kasallanish darajasi erkak va ayollarda deyarli bir xil.

Epilepsiya buyuk shaxslarda ham uchraydimi?

Tarixdan ma’lumki, Suqrot, Platon, Yuliy Sezar, Janna D ‘Ark, Van Gog, Napoleon, F. Dostoyevskiy  kabi buyuk shaxslar epilepsiya bilan og‘rigan. Shuning uchun ham ba’zi mutaxassislar faqat kuchli tafakkur egalari epilepsiya bilan og‘rishadi deyishsa, boshqa birlari tutqanoq xurujlari odamda talant kurtaklarini qo‘zg‘ab yuboradi, deb hisoblashadi. Bu fikrlarga to‘la qo‘shilish qiyin, biroq epilepsiya bilan og‘riydigan ba’zi bemorlarda kuchli talant alomatlarini men ham kuzatganman. Davolanishga kelgan bemorlar orasida kuchli rassom, shoir va matematiklar bo‘lgan. Bunday bemorlar ichida inson hayratda qoladigan hikmatli iboralar o‘ylab topuvchilar, hikmatlarga boy bo‘lgan to‘rtliklar bituvchilar ko‘p. Doimo xuruj kuzatiladigan bir bemor qizda sezgi va idrok qobiliyatining kuchayganini guvohi bo‘lganman. Biroq, epilepsiya kasalligi bilan og‘riydigan aksariyat bemorlarda tutqanoq xurujlari vaqtida to‘xtatilmasa, og‘ir ruhiy buzilishlarga olib keladi, ularning aqli zaiflashib boradi. Tutqanoq xurujlari qanchalik erta yoshda boshlansa, ruhiy buzilishlar shuncha erta rivojlanishi mumkin. Shunday bo‘lsa-da, og‘ir ruhiy buzilishlar epilepsiyaning barcha turida ham kuzatilavermaydi.

Epilepsiya nasliy kasallikmi?

Xuddi boshqa asab kasalliklaridagi kabi epilepsiyada
nasliy omilning ham ahamiyati bor. O‘tgan asrning 50-yillarigacha aksariyat davlatlarda epilepsiyada nasliy omilning ahamiyati juda bo‘rttirib ko‘rsatilgan. Keyinchalik ilm-fan yutuqlari  bunday farazni yo‘qqa chiqardi. Hozirgi davrning statistik ma’lumotlariga ko‘ra, ota-onalardan biri epilepsiya bilan og‘risa, ulardan kasal bola tug‘ilishi havfi 10 foizdan oshmaydi.

Epilepsining nechta turi bor?

Epilepsiyaning turlari juda ko‘p. Biroq tibbiy amaliyotda epilepsiyaning barcha turlarini 3 guruhga ajratib o‘rganishadi. Bular:
  1. Simptomatik epilepsiya – bosh miyaning biror-bir kasalligi sababli (o‘sma, meningit, leptomeningit, bosh miya jaroxatlari va boshqa sabablar) rivojlangan epilepsiya.
  2. Idiopatik epilepsiya  – kelib chiqishida nasliy omil ahamiyatli bo‘lgan epilepsiya. Ularda bosh miya kasalliklari aniqlanmaydi.
  3. Kriptogen epilepsiya – sababi topilmagan epilepsiya. Bunday bemorlarda epilepsiya aniqlanadi, biroq uning sabablarini aniqlab bo‘lmaydi.

Epilepsiya sabablari juda ko‘pmi?

Ha, sabablari ko‘p. Ularni qisqartirib ushbu jadvalda keltirib o‘taman. Epilepsiya sabablari (Xarrison ma’lumotlari, 2000 y.)

Epilepsiya sabablari (Xarrison ma’lumotlari, 2000 y.)

[su_table]
Yoshi Epilepsiyaning asosiy sabablari
2 yoshgacha Homilador ona kasalliklari Tug‘ish paytidagi miya  jaroxatlari O‘tkir infeksiyalar Mineral moddalar, vitaminlar va aminokislotalar yetishmovchiligi (kalsiy, magniy, V6 vitamini, glutamin kislotasi, folat kislota yetishmovchiligi) Genetik buzilishlar
2-12 yosh Nasliy omillar O‘tkir infeksiyalar Bosh miya jaroxatlari Febril tutqanoqlar (tana harorati oshganda uchraydigan xurujlar)
12-18 yosh Nasliy omillar O‘tkir infeksiyalar Bosh miya jaroxatlari Miya tomirlari anevrizmalari
18-35 yosh Bosh miya jaroxatlari Bosh miya pardalari yallig‘lanish kasalliklari Alkogolizm Bosh miya o‘smalari
35 yoshdan keyin Bosh miya pardalari yallig‘lanish kasalliklari Bosh miya jaroxatlari Bosh miya o‘smalari Alkogolizm Bosh miya qon tomir kasalliklari
Izoh: Epilepsiya sabablari ichida bosh miya jaroxatlarining ko‘p uchrashiga e’tibor bering.
[/su_table]

Aura nima yoki epilepsiya xuruji boshlanishini oldindan bilish mumkinmi?

Aura – bu epilepsiya xabarchisi. Xurujlar boshlanishiga bir necha soat qolganda, ba’zan esa bir-ikki kun oldin bemorning uyqusi qochadi, xavotir paydo bo‘ladi, jahldor bo‘lib qoladi, yuzi yoki tanasining ba’zi joylarida uvishishlar paydo bo‘ladi, lab burchaklari titray boshlaydi. Odatda, mana shu belgilardan so‘ng katta tutqanoq xurujlari boshlanadi. Tutqanoq xurujlaridan oldin auralarning kelishi bu yaxshi. Chunki bunday paytlarda bemor o‘zini xavfsiz joyga oladi, ota-onasi yoki o‘zi uydan chiqib ketmaydi, xavfli joylarda yurgan bo‘lsa, xavfsiz joyga o‘tadi va h.k. Biroq epilepsiyaning ba’zi turlarida auralar kuzatilmaydi. Aurasiz uchraydigan katta tutqanoq xurujlari hayot uchun xavflidir! Bunday bemorlar bosh va tan jaroxatlariga ko‘p duchor bo‘lishadi. Chunki xurujlar bo‘lish paytini bemor bilmaydi va o‘zini havfsiz joyga ola olmaydi.

Tutqanoq xuruji qanday boshlanadi?

Tutqanoq xuruji to‘satdan boshlanadi. Xuruj boshlanganda bemorning yuzi va oyoq qo‘llari bir tomondan tortishib boshlaydi va bemor g‘ujanak bo‘lib yotib oladi. Nafas  olish qisqa vaqtga to‘xtaydi va bemorning rangi ko‘karib ketadi. Bu paytda u qichqirib yuboradi, tilini tishlab oladi. Bu vaqtda bemorning barcha muskullari qotib qoladi (tonik bosqich). Bu davr o‘rtacha 1 daqiqa davom etadi. Ba’zida 30 soniyadan oshmaydi. Keyin xurujlarning titroqli davri (klonik bosqichi) boshlanadi. Bunda bosh va oyoq-qo‘llar titray boshlaydi. Bosh orqa va yon tomonga buraladi, ko‘z olmasi yuqori va yon tomonga qarab og‘adi. Shu holatda titrashlar davom etib turadi. Titroqlar 2-3 daqiqa davom etadi, bu paytda bemor siyib ham yuboradi. Tonik-klonik xurujlarning umumiy davomiyligi 3-5 daqiqaga teng. Xurujlardan so‘ng bemor 2 soat mobaynida qattiq uyquga ketadi. Uni uyg‘otmaslik kerak. Uyqudan turgandan so‘ng esa bosh og‘rig‘i kuzatiladi.

Tungi xurujlar qanday ro‘y beradi?

Tunda bo‘ladigan xurujlar turli-tuman bo‘ladi. Xurujlarning ba’zilari quyidagicha kechishi mumkin. Bemor birdan uyg‘onib ketadi, boshi qattiq og‘riyotgan bo‘ladi, qayt qiladi va asta-sekin ko‘zi va boshi yon tomonga qayrilgan holda tutqanoq xurujlari boshlanib ketadi. Yuzi qiyshayib qoladi, og‘zidan so‘lak oqadi va duduqlana boshlaydi. Ba’zan yotgan joyidan to‘satdan turib o‘tirib oladi, oyoqlari bilan velosiped haydayotgandek harakatlar qiladi yoki g‘ujanak bo‘lib yotib oladi. Gohida o‘rnidan turib yurib ketadi va birozdan so‘ng to‘xtaydi, ba’zan uydan chiqib ketadi. Bu xurujlar odatda 30 soniyadan 2-3 daqiqagacha davom etadi. Keyin bemor o‘ziga keladi, nimalar qilganini eslay olmaydi, ba’zan qiliqlarini chala bo‘lsa-da, aytib beradi. Tunda bo‘ladigan xurujlarda bemor tilini tishlab olishi, og‘zidan qon aralash ko‘pik chiqishi, tagiga siyib yuborishi mumkin.

Epilepsiya va uyqu

Epilepsiya bilan og‘rigan bemorlar uchun kech uyquga ketish va majburan erta uyg‘onish xavflidir! Uyquning davomiyligi 6-8 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Ertalab uyg‘ongandan so‘ng majburan ko‘p uxlayverish ham mumkin emas. Bunday bemorlarda ba’zan kunduz kuni to‘satdan uxlab qolish holatlari ham kuzatiladi va bu holat narkolepsiya deb ataladi.

Fokal  xuruj  nima?

Bosh miyaning biror-bir markazi qo‘zg‘alishi hisobiga ro‘y beradigan tutqanoq xurujiga fokal, ya’ni o‘choqli xuruj deb aytiladi. Fokal xurujlar tananing ma’lum bir sohasida titrashlar, boshning titrashi, ko‘zga har xil narsalarning ko‘rinib o‘tishi, quloqqa turli ovozlarning eshitilishi, to‘satdan keladigan qo‘rquv va qorinda kuzatiladigan og‘riq xurujlari ko‘rinishida ro‘y beradi. Ularning davomiyligi 30 soniyadan oshmaydi. «Avval ko‘rgan» yoki «hech qachon ko‘rmagan» fenomeni ham fokal xurujlar uchun xosdir, ya’ni bemor hech qachon ko‘rmagan joyni xuddi avval ko‘rgandek yoki o‘ziga avval juda tanish bo‘lgan yoki avval yashagan joylarini endi birinchi marta ko‘rib turgandek tuyuladi. Oddiy va murakkab fokal xurujlar farqlanadi. Oddiy fokal xurujlarda bemor hushini yo‘qotmaydi. Murakkab fokal xurujlarda esa bemor xushini yo‘qotadi. Murakkab fokal xurujlarda hushsiz yotgan bemorda yutinish, chaynash, biror joyini silash, chapak chalish kabi avtomatik harakatlar kuzatiladi. Murakkab fokal xurujlarning davomiyligi ham 30 soniya atrofida bo‘ladi. Bemor o‘ziga kelganidan so‘ng biroz karaxt holatda bo‘ladi. Fokal xurujlarda bosh miya kasalliklarini topish uchun chuqur nevrologik tekshiruvlar o‘tkazish lozim. Deyarli 60 % epilepsiya fokal xurujlar bilan kechuvchi epilepsiyadir. Maqolaning ikkinchi qismi:  Epilepsiya va tutqanoq sindromlari haqida bilasizmi? (2-qism) Maqolaning uchinchi qismi: Epilepsiya va tutqanoq sindromlari haqida bilasizmi? (3-qism)
Kitobning boshqa qismlari bilan saytimizning «Asab va ruhiyat» bo‘limida tanishishingiz mumkin.

Zarifboy Ibodullayev, nevropatolog. Professor. "Asab va ruhiyat" kitobi. Asab.uz

 

ico
Epilepsiya va tutqanoq sindromlari haqida bilasizmi? (2-qism)

Epilepsiya ruhiy kasallikmi?

Epilepsiya ruhiy kasallik emas. Biroq, epilepsiya bilan kasallanganlarning deyarli yarmida keyinchalik ruhiy buzilishlar rivojlanadi. Aksariyat hollarda ruxiy buzilishlar darajasi xurujlar soniga bog‘liq. Xurujlar ko‘paygan sayin bemorning shaxsi o‘zgarib ruhiy buzilishlar kuchayib va ko‘payib boraveradi. Epilepsiyada bemor shaxsining o‘zgarishi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadiki, buning natijasida tibbiy amaliyotda “epileptik xarakter”, degan ibora paydo bo‘ldi. Bunday bemorlar juda ezma, qaysar, besabr, tez xafa bo‘ladigan, kayfiyati tez o‘zgarib turadigan, arzimagan mayda ishlarga o‘ralashib yuradigan, tez janjal ko‘taradigan, mayda gap va jahldor bo‘lib qolishadi. Albatta, bemorda bu belgilar turli darajada ifodalangan bo‘lishi mumkin va ularning qanchalik yaqqol namoyon bo‘lishi tutqanoq xurujlarining naqadar ko‘p kuzatilishi, epilepsiya turi va bemorning davolanish tarziga bog‘liq. Yaxshi kayfiyatda yurgan bemor birdan o‘zgarib qolishi va qo‘pol so‘zlar bilan yaqinlarini haqorat qila boshlashi mumkin. Bunday holat u biror narsasini topa olmasa, uning qilayotgan ishiga chetdan kimdir aralashib xatosini ko‘rsatsa, uning fikriga zid fikr bildirsa ro‘y beradi. Bunday paytlarda bemor tezda janjal ko‘tarib urishib ketadi. Ba’zan arzimagan narsadan ko‘tarilgan janjal affekt darajasiga yetib bemor o‘zi yoki atrofdagilarga tan jaroxatini yetkazib qo‘yadi. Shuning uchun ham bunday bemorni davolayotgan vrach uni psixiatr nazoratiga yuborishi kerak. Demak, xulq-atvorning keskin o‘zgarishi bilan kechadigan epilepsiya kuzatilgan bemor psixiatr va tibbiy psixolog nazoratida turishi va unda davolanishi kerak.

Hulq-atvor va kayfiyat nega o‘zgaradi?

Epilepsiyada kuzatiladigan shaxsiyat o‘zgarishlari kasallikning qaysi yoshda boshlangani, xurujlar soni va turi, o‘tkazilayotgan davolash muolajalarining qanday olib borilayotganiga uzviy bog‘liq. Kasallik qanchalik erta yoshda boshlansa va xurujlar hadeb takrorlanaversa (ayniqsa, hushning yo‘qolishi bilan kechuvchi), shaxs o‘zgarishlari shunchalik tez rivojlanadi va og‘ir kechadi. Bosh miyaning chakka bo‘lagi zararlanishi sababli yuzaga kelgan epilepsiyalarda shaxs buzilishlari kuchli ifodalangan bo‘ladi. Epilepsiyada xulq-atvor o‘zgarishlari, ba’zan, “ijobiy” tus oladi. Masalan, ular birovlarga keragidan ortiqcha mehribon, bosh yordamchi, kulib turadigan, muloyim, har qanday ishga bel bog‘lab kirishib ketadigan shaxslardir. Bu mehribonlik ba’zi hollarda oila a’zolariga emas, begonalarga ko‘rsatiladi. Shunday bo‘lsa-da, uning jahlini chiqarish oson, qilayotgan ishlariga mos e’tiborni sezmasa yoki tanbeh olsa, bemor yana o‘zgarib qaysar va o‘jar bo‘lib qoladi. Bemor birorta odamdan qattiq ranjisa, u bilan sira muloqotga bormaydi. Epilepsiya bilan kasallangan ba’zi bemorlar yolg‘onga o‘ch bo‘lsa, boshqa birlari haqiqatparvar bo‘lishadi, adolatsizlikka chiday olishmaydi. Uning uchun begona bo‘lgan odam nohaqlikdan aziyat cheksa, uzoq vaqt u haqida gapirib yuradi, qo‘lidan kelsa, yordamga shoshadi. Ba’zi bemorlar uyni va ishxonasini juda saranjom va sarishta tutishadi, ozoda yurishadi, chiroyli kiyinishadi, ya’ni ular tartibga qattiq rioya qilishadi. Epilepsiya uchun kleptomaniya (kerakmas narsalarni o‘g‘irlab qo‘yish) ham xos. Juda kam holatlarda kayfiyatning ko‘tarilib yurishi kuzatiladi.   Ular begona odam bilan ham (keldi-kelmadi) hazillashaveradi, biror-bir kulgili voqea o‘ylab topib gaplashib ketaverishadi, masxaraboz bo‘lishadi, uyatsiz latifalar o‘ylab topishadi, gap orasida hadeb kechirim so‘rayverishadi. Tanish odamlarni uchratib qolishsa, yig‘lab ham olishadi (ayniqsa, ayollar). Ba’zi bemorlarda jinsiy faollikning oshib ketishi kuzatiladi.

Epilepsiya aqliy zaiflikka olib keladimi?

Epilepsiyaning ba’zi turlari bora-bora aqliy zaiflikka olib kelishi mumkin. Ba’zi bemorlarning xotirasi pasayib tafakkur doirasi torayib boradi. Biroq bu buzilishlar darrov paydo bo‘lmaydi, sekin-asta vujudga keladi. Yillar o‘tib diqqat tarqoqligi rivojlanadi, fikrlar teranligi susayadi. Bemor diqqat-e’tiborni talab qiluvchi aqliy mashqlarni bajarishda qiynaladi yoki uddasidan chiqa olmaydi. Ular uchun bir ishga kirishib ketib oxirigacha yetkaza olmay tashlab qo‘yish, asosiy ish bilan ikkinchi darajali ishni chalkashtirish, keraksiz ishlarga o‘ralashib yurish juda xos. Fikrlar karaxtligi bemorning nutqida ham aks etadi. Berilgan savollarga lo‘nda qilib javob bera olmaydi, bir aytgan gapini so‘ngra yana bir necha bor takrorlayveradi yoki suhbat boshida tushunarli bo‘lib qolgan voqeani yana so‘zlab beradi. Ular hissiyotga berilib so‘zlashadi, ba’zan kamgap, ba’zan sergap bo‘lishadi. Bu bemorning kayfiyatiga bog‘liq. Yoshi katta bemorlarda, ayniqsa ayollarda, puerilizm, ya’ni bolalarga xos xulq-atvor kuzatiladi. Ularning nafaqat xatti-harakatlari, balki fikrlash doirasi ham yoshidan orqada qolishi mumkin. Ba’zan esa, 5-7 yashar bolalar o‘z yoshiga mos kelmaydigan aql-zakovatni ko‘rsatishi mumkin. Ular xuddi kattalardek fikr yurgizishadi, foydali maslahatlar berib qo‘yishadi. Ba’zi ota-onalar boladagi bunday qobiliyatdan qo‘rqib ketib bolani psixiatrga ham ko‘rsatishadi yoki bo‘lmasa faxrlanib yurishadi va boladagi noyob qobiliyatni epilepsiya bilan bog‘lashmaydi. Demak, boshqa ruhiy kasalliklardan farqli o‘laroq, epilepsiya bir-biriga zid bo‘lgan ruhiy o‘zgarishlar bilan kechuvchi kasallikdir. Epilepsiyada turli darajada ifodalangan aqli zaiflik erta rivojlangan epilepsiyalarda ko‘p kuzatiladi. Bu holatni bolalarda oliy ruhiy funksiyalar hali to‘la shakllanmaganligi bilan bog‘liq. Shu bois bolalik davrida kuzatiladigan bosh miyaning har qanday og‘ir kasalligi ruhiyat va tafakkurning u yoki bu darajada buzilishlari bilan kechadi. Epilepsiya bilan kasallangan bemorlarda keyinchalik bosh miyaning turli kasalliklari kuzatilsa, masalan, bosh miya jaroxati, meningit, qon tomir kasalliklari, alkogolizm, tutqanoq xurujlari va ruhiy buzilishlar kuchayishi mumkin. Ruhiy buzilishlar yaqqol ifodalangan bemorlarda tutqanoq xurujlari butunlay to‘xtagan bo‘lishi ham mumkin. Shuning uchun ham psixiatrlar va tibbiy psixologlar epilepsiyaning so‘nggi bosqichlarida tutqanoq xurujlari o‘rnini ruhiyat buzilishlari egallaydi, deb aytishadi. Epilepsiyaning 3-5 yil ichida butunlay tuzalib ketadigan, aqliy va ruhiy buzilishlar umuman bo‘lmaydigan turlari ham ko‘p.

Epilepsiya va stupor (qotib qolish)

Epilepsiyada stupor turli darajada, ya’ni oddiy kamharakatlikdan tortib, qotib qolishgacha kuzatiladi. Qotib qolgan bemorlarda mutizm (gapirmay qo‘yish) paydo bo‘ladi, biroq ular birovning so‘zi va harakatini takrorlashi mumkin. Odatda, stupor bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etadi. Stupor paytida to‘satdan faol harakatlar paydo bo‘lishi va bemor atrofdagi narsalarni otib yuborib, yonidagilar bilan urishib ketishi mumkin. Stupor, odatda, xurujlardan so‘ng kuzatiladi, bunda to‘la va qisman amneziya ham vujudga keladi.

Epilepsiya bilan kasallangan bemorni davolasa bo‘ladimi?

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, epilepsiya bilan kasallangan bemorni qancha erta davolab boshlasa, to‘la tuzalib ketish imkoniyati shuncha yuqori bo‘ladi. Tutqanoq xurujlari kuzatilgan bemor vrach nazoratiga olinishi va barcha tekshiruvlardan o‘tkazilishi lozim. Shuningdek davolashni endi boshlagan davrda aynan qaysi dori epilepsiyaning qaysi turiga foyda qilishini bilib olish kerak.

Antikonvulsantlar qanday buyuriladi?

Epileptik xurujlarni bartaraf etish uchun beriladigan dorilarni antikonvulsantlar deb atashadi. Masalan, finlepsin, depakin, konvuleks kabi dorilar antikonvulsant hisoblanadi. Davolashning muvaffaqiyatli kechishi to‘g‘ri aniqlangan tashxis va to‘g‘ri tanlangan dori turiga bog‘liq. Davolashda quyidagi qoidalarga amal qilish zarur:
  • Dastavval epilepsiya turi, bemorning yoshi, qanday kasalliklar bilan og‘riganligi, dorilarga allergiyasi bor-yo‘qligi va ruhiy holati aniqlanadi.
  • Elektroensefalografiya (EEG) albatta qilinishi va davolovchi vrach EEG xulosalarini o‘qiy olishi kerak. Bu tekshiruv epilepsiya tashxisini qo‘yish va uning turini aniqlash uchun eng asosiy tekshiruv usulidir. Uni zaruratga qarab har 3-6 oyda o‘tkazib turish mumkin. Tashxis qo‘yish mushkul holatlarda EEG videomonitoring qilinadi.
  • Bunda bemorning boshiga taqib qo‘yilgan elektrodlar orqali bosh miya biotoklari 12-24 soat mobaynida yozib turiladi. Bu yozuvlar kompyuter monitorida aks etib turadi va bira-to‘la videoga yozib boriladi. Xulosa bemorning qarindoshlariga CD diskka yozib beriladi. Videomonitoring, ayniqsa, absanslar bilan kechadigan epilepsiyalarda  ko‘p qo‘llaniladi. Bu usul bilan bir kunda bemorda necha marta absans ro‘y berganini aniqlab olish mumkin. Ba’zida absanslar bir kunda 50-100 marta ham kuzatiladi.
  • Davolash uchun dastlab bitta dori tanlanadi va u kam dozada berib boshlanadi. Dorining dozasi har 3-5 kunda oshirib boriladi. Bunda tana og‘irligi, xurujlar soni, bemorning umumiy ahvoli e’tiborga olinadi. Tanlangan dorining bemor uchun zarur dozasi aniqlab olinishi o‘ta muhim. Bu vrachdan katta mahorat va tajribani talab qiladi.
Antikonvulsantlarning qanday berilishi individual tarzda hal qilinishi va buni faqat davolovchi vrach hal qilishi kerak. Davolash rejasini tuzishda Xalqaro standartlarga tayanib ish ko‘rish lozim.

Bemor tuzalgandan so‘ng epilepsiya xurujlari yana qayta qo‘zg‘amaydimi?

Agar davolash to‘xtatilgandan so‘ng, ya’ni epilepsiyaga qarshi dorilarni qabul qilish poyoniga yetgach, xurujlar 5 yil  mobaynida kuzatilmasa bemor tuzaldi, deb xulosa qilinadi. Biroq  Halqaro epileptologlar assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 20 % bemorda to‘la tuzalish kuzatilmaydi. Bunday bemorlar operatsiya yo‘li bilan davolanishi kerak. Biroq operatsiya ham yordam bermasligi mumkin. Epilepsiya va tutqanoq xurujlarining 80 foizini terapevtik yo‘l bilan, ya’ni dori-darmonlar bilan davolash mumkin. Ayniqsa, bolalik davri epilepsiyalari, katta xurujlar bilan kechuvchi epilepsiya turlarini samarali davolash imkoni bor. Agar tutqanoq xurujlari bosh miya jaroxatlari, bosh miya qon tomir kasalliklari (ensefalopatiyalar), bosh miya pardalari yallig‘lanish kasalliklari (meningit, ensefalit, leptomeningit), turli intoksikatsiyalar (alkogolizm, bolalar va o‘smirlarda gijja) sababli rivojlangan bo‘lsa, tutqanoq xurujlarini to‘xtatish uchun kasallikni keltirib chiqaruvchi sababni bartaraf etish lozim. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, davolash kursini to‘g‘ri o‘tagan bemorlarning 50 foizida keyinchalik xurujlar sira kuzatilmaydi, 30 foizida xurujlar kam bo‘lsada, qaytalanishi mumkin, 20 foizida davolash qanday kechishidan qat’iy nazar xurujlar qaytalayveradi, ya’ni ijobiy natija bo‘lmaydi.

Davolash natija bermasligining sabablari nimada?

Buning sabablari bir qancha bo‘lib, uning asosiylari quyidagilar:
  • Epilepsiya turi noto‘g‘ri aniqlangan, ya’ni tashxis  noto‘g‘ri qo‘yilgan.
  • Dori yoki uning dozasi noto‘g‘ri tanlangan va kam dozada berilayapti.
  • Dori qabul qilish rejimi tez-tez buzilgan.
  • Kechqurun to‘yib uxlamagan yoki tunda ishlaydi.

Dori ichishni qachon to‘xtatish mumkin?

To‘g‘ri davolash boshlanganidan so‘ng 2-3 yil mobaynida xurujlar kuzatilmasa, asta-sekinlik bilan dorilar qabul qilish to‘xtatib boriladi. Epilepsiyaning ba’zi turlarida bu muddat 5 yilgacha cho‘ziladi. Biroq yuqorida aytib o‘tganimizdek, deyarli 30 foiz bemorda xurujlar yana qaytalashi mumkin. Bunday holatlarda davolanishni yana davom ettirish kerak bo‘ladi.

Epileptik xurujlarni to‘xtatuvchi dorilarning eng zo‘ri bormi?

Epilepsiyaning barcha turlariga zo‘r ta’sir qiladigan universal dori xanuzgacha ishlab chiqilmagan. Masalan, karbamazepin tutqanoq xurujlarini yaxshi bartaraf etsa, biroq absanslar bilan kechuvchi epilepsiyada yordam bermaydi. Etosuksimid, depakin, konvuleks absanslarni to‘xtatishda juda foydali, biroq  tonik va klonik titrashlar bilan namoyon bo‘luvchi tutqanoq xurujlarini to‘xtata olmaydi. Benzonalni qabul qilib yurish esa bora-bora aqliy zaiflikka olib keladi. Hozirda bu doridan vrachlar voz kechishmoqda. Maqolaning ikkinchi qismi:  Epilepsiya va tutqanoq sindromlari haqida bilasizmi? (
1-qism) Maqolaning uchinchi qismi: Epilepsiya va tutqanoq sindromlari haqida bilasizmi? (3-qism)

Kitobning boshqa qismlari bilan saytimizning «Asab va ruhiyat» bo‘limida tanishishingiz mumkin.

Zarifboy Ibodullayev, nevropatolog. Professor. "Asab va ruhiyat" kitobi. Asab.uz

 

ico
Epilepsiya va tutqanoq sindromlari haqida bilasizmi? (3-qism)

Agar ichib yurgan dori foyda qilmasa, uni boshqa doriga o‘zgartirish tartibi qanday?

Foyda qilmagan dorini birdan to‘xtatish aslo mumkin emas! Bu havfli! Shuning uchun bir dorini ikkinchi doriga o‘zgartirish sxemasini keltirib o‘taman. Deylik bemor A dorini 1 tabletkadan 3 mahal qabul qilib yuribdi. Uni qanday qilib B doriga o‘zgartirish mumkin? Ushbu sxema quyidagi jadvalda keltirilgan (Bu jadval vrachlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan [su_table]
Dorilar
Avval ichib yurgan dorilari A A A
1-3 kun A A B
4-6 kun A B B
7 kundan keyin B B B
[/su_table] Demak, A dorining dozasini har 3 kunda kamaytirib, B doriga o‘tib borish mumkin. Buni vrach nazoratida amalga oshirish kerak. Vrach hoxishiga ko‘ra bir doridan ikkinchi doriga o‘tish tartibini 3 kun emas, balki 5 kun qilib belgilash ham mumkin. Bir doridan ikkinchi doriga o‘tishni EEG nazoratida amalga oshirsa judayam yaxshi bo‘ladi.

Nima uchun epilepsiyada doimo EEG tekshiruvi o‘tkazish tavsiya etiladi?

Chunki EEG – epilepsiya turini to‘g‘ri aniqlovchi yagona tekshirish usulidir. Yangi dorining foyda berish yoki bermasligini dastavval ushbu tekshiruv orqali bilib olish mumkin. Chunki xurujlar kamayishidan oldin o‘zgarishlar avval EEG da ko‘zga tashlanadi. EEG ni epilepsiyani yaxshi tushunadigan mutaxassis nevropatolog o‘tkazishi kerak. EEG qilayotganda albatta fotostimulyatsiya sinamasini o‘tkazish lozim. Fotostimulyatsiya – ikkala ko‘zga maxsus moslama yordamida yorug‘lik nurlari orqali ta’sir o‘tkazilish. Ana shunda ko‘rinmas to‘lqinlar yuzaga chiqib epilepsiyaning turini aniqlash oson kechadi. Giperventilyatsiya, ya’ni EEG olayotganda chuqur-chuqur nafas olish ham epileptik xurujlar, ayniqsa absanslarni tez aniqlashga yordam beradi. Ba’zida absansni yuzaga keltirish uchun giperventilyatsiya yoki fotostimulyatsiyaning o‘zi yetarli. Xurujlar endi boshlangan bemorda epilepsiyaning turini aniqlash qiyin kechadi. Buning uchun kamida har oyda bir marta EEG qilib bemorni nazoratga olib huruj turlarini aniqlash o‘ta muhimdir. Ba’zida 12-24 soat mobaynida EEG videomonitoring o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Keyin olingan ma’lumot har tomonlama tahlil qilinadi.

Qanday dorilarni epilepsiyada berib bo‘lmaydi? Vitaminlar tutqanoq xurujlarini kuchaytiradimi?

Tutqanoq xurujlarini kuchaytirish mumkin bo‘lgan dorilar bir qancha bo‘lib, ularning ba’zilari haqida ma’lumot berib o‘taman. Oxirgi paytlarda ba’zi bemorlar yoki ularning qarindoshlari internet orqali yoki boshqa bir bemorning tavsiyasiga ko‘ra dori tanlaydigan bo‘lib qolishgan. Bu o‘ta havfli! Faqat vrach tavsiyasiga ko‘ra ish qilish kerak. Tarkibida kofein saqlovchi dorilarni (kofein benzoat natriy), psixostimulyatorlar, antixolinesterazlar (prozerin, nivalin, neyromidin), biostimulyatorlar, serebral metaboliklar va tarkibida jenshen miqdori ko‘p bo‘lgan dorilar epilepsiya kasalligida tavsiya etilmaydi. Vitaminlardan V1 vitamini xurujlarni kuchaytirishi mumkin, qolgan vitaminlarning havfi yo‘q. Masalan, V6 vitamini (piridoksin) epilepsiyada juda foydalidir. Ayniqsa, erta yoshdagi bolalarda kuzatiladigan epilepsiyaning ba’zi turlari piridoksin, ya’ni V6 vitamini yetishmasligi sababli ro‘y beradi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, polivitaminlarning ham ziyoni yo‘q. Ularni bemorlar vrach belgilagan miqdorda qabul qilishlari mumkin. Shuningdek, ba’zi aminokislotalar, ya’ni lesitin, metionin, glutamin kislotasi, folat kislotasi tutqanoq hurujlarini to‘xtatishga yordam beradi. Chunki har bir hurujda miya to‘qimalarida ularning miqdori kamaya boradi. Men epilepsiya bilan kasallangan bemorlarni, ayniqsa bolalarni davolashda ushbu aminokislotalarni rejali tarzda bir necha oylab berib turishlarini tavsiya qilgan bo‘lardim. Bu dorilar epilepsiyaga qarshi beriladigan dorilarning jigarga zararli ta’sirini kamaytiradi, xotira pasayishi va aql zaiflashib borishining oldini oladi, hulq-atvor buzilishlarini kamaytiradi.

Bemorni davolash uchun 2-3 ta dorini birgalikda bersa bo‘ladimi?

Epilepsiya turi aniqlangandan so‘ng kasallikning aynan o‘sha turiga samarali ta’sir ko‘rsatuvchi dorilarning bittasi tanlab olinadi. Dori kam dozada berib boshlanadi va sekin-asta oshirib boriladi. Har bir dorining dozasi va uning qay tarzda berilishi bemorning yoshi, xurujlar soni, kasallik sababi, yo‘ldosh kasalliklar bor-yo‘qligi, monelik qiluvchi holatlar va shu kabi boshqa vaziyatlarga qarab vrach tomonidan belgilanadi. Agar dori ko‘rsatilgan muddatgacha tavsiya qilingan taqdirda ham foyda bermasa, vrach uni boshqa doriga o‘zgartiradi. Odatda dorining ta’sir qilish-qilmasligi 1 haftadan so‘ng bilinadi. Agar xurujlar soni kamaysa-yu, butunlay to‘xtamasa qo‘shimcha ravishda ikkinchi dori tavsiya qilinadi. Lekin ikkinchi dorini tavsiya qilishga hech vaqt shoshmaslik kerak. Ba’zida vrachlar “Men hammasini to‘g‘ri yozganman, biroq bemor dori ichish rejimini doimo buzib yuradi”, deb bemorlardan arz qilishadi. Bunga nima deyish mumkin? Xatto Yevropa mamlakatlarida ham deyarli 30 % bemor dori ichish rejimiga amal qilmaydi. Buning asl sababini o‘rganish uchun bemorlar orasida so‘rovnoma ham o‘tkazilgan. So‘rovnomada bittagina savol qo‘yilgan. “Siz dori ichish rejimini nega buzayapsiz”. Javoblar quyidagicha bo‘lgan. “Dori nojo‘ya ta’sir ko‘rsatgani uchun (masalan, bosh aylanish, xolsizlik)” “Tuzalib ketishimga ishonmayapman”, “Dori ichish tez-tez esimdan chiqayapti”, “Dori ichaverish jonimga tegdi”. Dori ichish rejimi buzilishining yana bir asosiy sabablaridan biri – bu epilepsiyaning surunkali kechishi va dorini yillab ichish kerakligidir. Bemorning tuzalishi undan sabr-toqatni, davolovchi vrachdan esa irodani talab qiladi. Dori ichish rejimini buzmaslik uchun uni 2 mahal, ya’ni ertalab va kechkurun tavsiya qilgan ma’qul. Chunki ertalab ham, kechasi ham bemorning dori ichayotganligini nazorat qiluvchilar yoki dori ichishni eslatib turuvchilar  ko‘p bo‘ladi (masalan, ertalabki nonushta va kechqurungi ovqatlanish payti). Buning uchun ta’siri 12 soat davom etuvchi dorilarni tanlab olish zarur. Kunduz kuni esa bemor dori ichishni unutib qo‘yishi yoki ichmasligi mumkin. Biroq xurujlar tez-tez bo‘ladigan holatlarda kuniga 4 mahal dori ichishga to‘g‘ri keladi. Bunday bemor albatta kimningdir nazoratida dori ichishi lozim! Epilepsiya kasalligida dorini yillab ichish tavsiya qilinadi.

Bu dorilar jigarga ziyon emasmi?

Olimlar surunkali kasalliklarda doimiy ravishda qabul qilinadigan dorilarni ishlab chiqishda ularning organizm, shu jumladan jigarga zararli ta’sirini ham albatta o‘rganishadi. Bunday dorilar uzoq muddat qabul qilishga mo‘ljallangan. Shunday bo‘lsada, davolashni boshlashdan oldin va keyinchalik (har yili 1-2 marta) jigar fermentlarini tekshirib turish zarur. Ayniqsa, valproatlarni (depakin, konvuleks) tavsiya qilganda jigar fermentlarini tekshirib borish tavsiya etiladi. Agar bemor qo‘shimcha ravishda aminokislotalar, ya’ni glutamin kislotasi, lesitin, metionin, folat kislotasi ichib yursa, dorining jigarga zararli ta’siri pasayadi.

Bemorni davolash uchun berilayotgan dorilar xotira va aqliy rivojlanishga ziyon qilmaydimi?

Aytib o‘tganimizdek, xurujlar tez-tez kuzatilsa, bemorning nafaqat xotirasi, balki uning aqliy rivojlanishi ham orqada qoladi. Masalana, benzonalni yillab qabul qilish aqliy rivojlanishga olib keladi. Shuning uchun ham benzonal ko‘p mamlakatlarda qo‘llanilmaydi. Biroq, finlepsin (karbamazepin), konvuleks, depakin, topiramat (topamaks) kabi dorilar xurujlarni to‘xtatish bilan birga, bemorning hulq-atvori va aqliy rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday dorilar bugungi kunda ko‘p ishlab chiqarilmoqda.

Epilepsiya bilan kasallangan bemorni jarroxlik yo‘li bilan davolash mumkinmi?

Ha! Bunday bemorlarni jarroxlik yo‘li bilan ham davolash mumkin. Buning uchun bosh miyaning epileptik xurujlar keltirib chiqaruvchi qismiga maxsus jarroxlik yo‘li bilan ta’sir ko‘rsatiladi. Bunday operatsiyalarning ijobiy ta’siri juda yuqori. Odatda dorilar bilan davolash qiyin bo‘lgan bemorlarga jarroxlik usuli tavsiya qilinadi. Biroq bemor xoxishiga ko‘ra epilepsiyaning dori bilan davolasa bo‘ladigan turlarini ham operatsiya yo‘li bilan davolash mumkin. Avvallari operatsiya yo‘li bilan davolash faqat kattalarga o‘tkaziladigan bo‘lsa, hozirgi kunda bolalar va o‘smirlarni ham operativ yo‘l bilan davolash qo‘llanilmoqda. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, tutqanoq xurujlari bosh miya o‘smalari yoki unda mavjud bo‘lgan yirik chandiqlar hisobiga rivojlansa, bunday bemorlarga albatta operatsiya qilish kerak. Biroq xirurgik usullar epilepsiyaning barcha turiga ham yordam beravermaydi. Masalan, idiopatik (nasliy) va kriptogen (sababi noaniq) epilepsiyalarga xirurgik davolash usullari yordami hali isbot qilinmagan.

Bemorlar va ularning ota-onalariga beradigan maslahatlarim

Televizor va kopyuterga o‘ch bo‘lmang

Epilepsiya bilan kasallangan bemorni nazoratga olgan vrach uning hayot tarzini chuqur o‘rganib, sog‘lom turmush tarziga o‘rgatishi lozim. Masalan, hozirgi kunda aholining aksariyat qismi televizor va kompyuter monitori oldida kunini o‘tkazadi. Ba’zi bolalarning qo‘lidan telefon tushmaydi. Bemor bunday vositalardan o‘zini cheklashi lozim. Televizorni qorong‘i xonada emas, yorug‘ xonada ko‘rish kerak va televizorgacha bo‘lgan masofa 2 m dan ortiq bo‘lishi zarur. Teleko‘rsatuvlarni tomosha qilish davomiyligi 2 soatdan oshmasligi kerak.  Fotosensitiv epilepsiyada televizor ko‘rish yoki kompyuter monitori oldida o‘tirish man etiladi. Quloqchin orqali doimo musiqa eshitib yurish ham epilepsiyaning ba’zi tiplari uchun havfli.

Maktab va yasliga borish mumkin

Epilepsiya bilan kasallangan bolalarning deyarli barchasi boshqa bolalar singari, maktab va yaslilarga qatnashishlari mumkin. Bunday paytlarda ushbu muassasadagi vrachlar ogohlantirib qo‘yiladi. Biroq oligofreniya, bolalar serebral falajligi kabi bosh miyaning organik kasalliklarida kuzatiladigan tutqanoq xurujlarida bolalar, albatta, maxsus maktablarda ta’lim olishlari kerak. Bemor bolalarni faqat tutqanoq xuruji borligi sababli jamiyatdan ajratib tarbiyalash noto‘g‘ri, bunday qonunlar ham yo‘q. Aksincha, ularga to‘laqonli hayot kechirishga imkoniyat yaratib berish lozim. Ular til o‘rganmoqchi, sport va fizkultura mashqlariga qatnashmoqchi bo‘lsa, ruxsat berish kerak, biroq trenerni ogohlantirib qo‘yish zarur. Bemorning bunday tadbirlarda qatnashish-qatnashmasligini, albatta, vrach hal qilishi lozim.

Sport va jismoniy mashqlar

Xuruj tez-tez kuzatiladigan holatlarda mumkin emas. Xuruj kam bo‘ladigan holatlarda bemor sportning yengil turlariga qatnashishi mumkin. Sportning ba’zi turlari, ya’ni boks, shtanga ko‘tarish, kurash, suzish, tez yugurish aslo mumkin emas. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, rejali tarzda sportning yengil turlari bilan shug‘ullanish foydalidir, chunki so‘nggi paytlarda mutaxassislar o‘smirlarda kuzatiladigan tutqanoq xurujlarining kompyuter monitori oldida uzoq o‘tirishdan kuchayib ketayotganligini ta’kidlashmoqda.

Passiv hayot va epilepsiya

Yirik amerikalik epileptolog V. Lennoks “faol hayot – xurujlar antagonistidir” degan edi. Mutaxassislar epilepsiya kasalligida xurujlarning passiv hayot kechiruvchi bemorlarda ko‘p, faol aqliy va jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchi bemorlarda esa xurujlar kam kuzatilishini aytishadi. Shuning uchun ham bemorlar, ayniqsa, bolalar va o‘smirlarni jismoniy xatti-harakatlardan, o‘qishdan  chegaralab tashlash va ularning ko‘z o‘ngida oilaviy bo‘lib kasalligini muhokama qilaverish og‘ir ruhiy asoratlar qoldiradi. Bunday bolalarda melanxoliklarga xos bo‘lgan xulq-atvor shakllanadi, ular ruhiy nogiron bo‘lib o‘sadi. Biroq ortiqcha ruhiy va jismoniy zo‘riqishlar xurujlar sonini ko‘paytirishini ham unutmaslik kerak.

Bemor uchun xavfli ishlar

Bemorga uning hayoti uchun xavfli ishlar, ya’ni haydovchilik qilish, o‘t o‘chirish, militsiya, soqchilik va qutqaruvchilik kasblarini egallash, shuningdek kimyoviy vositalar bilan yoki baland binolarda, jaroxatlanish havfi yuqori bo‘lgan zavod va fabrikalarda ishlash mumkin emas. Tungi ishlarda ishlash umuman man etiladi. Chunki tunda uyquga to‘ymaslik xurujlarning takrorlanishiga yoki ko‘payib ketishiga sababchi bo‘ladi.

Dush qabul qilish qoidalari

Bemor dush yoki vanna qabul qilganida, eshikni ichkaridan bekitmasligi, issiq yoki o‘ta sovuq dush qabul qilmasligi kerak, saunalarga qatnamasligi va uzoq vaqt vannada qolib ketmasligi zarur.

Olovga yaqin yurmang

Tandirda non yopish, olov yonida katta qozonlarda ovqat tayyorlash, issiq joylarda ishlash mumkin emas.

Fizioterapiya mumkin emas

Fizioterapevtik muolajalar (elektroforez, magnitoterapiya, elektroterapiya, dorsanval) qo‘llash mumkin emas.

Ishxonadagilar xabardor bo‘lsin

Ishxonada doimiy ishlovchilardan bir-ikkitasi kasallikdan xabardor bo‘lishi kerak, uzoq safarlarga yolg‘iz ketmagan va mexmonxonalarda yolg‘iz yotmagan ma’qul.

Epilepsiya xuruj paytida tez yordam qay tarzda amalga oshiriladi?

Dastlab bemorga jaroxat yetkazishi mumkin bo‘lgan xavfli narsalarni zudlik bilan chetga olish kerak. Bemor xavfsiz va yumshoq joyga o‘tkaziladi va uning yoqasi ochiladi. Agar bemor yotgan joy havfsiz bo‘lsa, uni boshqa joyga ko‘chirib o‘tish shart emas. Agar xuruj yopiq joyda kuzatilsa, derazalarni ochib, bemorga toza havo kelishini ta’minlash zarur. Bemorning boshini kuch ishlatmasdan, yon tomonga og‘dirib ushlash lozim, ana shunda bemorning tili tomog‘iga tiqilib qolmaydi. Buning uchun bemorning yoniga yon tomondan emas, balki bosh uchidan borish kerak. Chunki xuruj paytida bemor Sizni qo‘li bilan qattiq urib yuborishi mumkin. Agar tutqanoq xurujlari bemorning boshi va tanasi chap tomonga qayrilib kuzatilayotgan bo‘lsa, uni chapga, o‘ngga qayrilib kuzatilayotgan bo‘lsa, o‘ngga buragan holda ushlash zarur. Biroq kuch ishlatish aslo mumkin emas. Bemor tilini tishlab olmasligi uchun shpatel yoki qoshiqni dokaga o‘rab, yon tomondan tishlari orasiga qo‘yish lozim. Bu esa bemorning ravon nafas olib ketishiga ham yordam beradi. Biroq bemorning jag‘ini zo‘rlab ochish mumkin emas. Xuruj bo‘layotgan paytda bemorning oyoq-qo‘llarini zo‘rlab ushlamaslik, yuziga suv sepmaslik, novshadil va piyoz hidlatmaslik kerak. Aksariyat tutqanoq xurujlari 3-5 daqiqa davom etadi va bemorga yordam ko‘rsatguncha o‘tib ketadi. Ko‘pincha, tonik-klonik xurujlar bilan kechuvchi epilepsiyada bemorga tez yordam ko‘rsatishga to‘g‘ri keladi. Chunki epilepsiyaning bu turida jaroxatlanishlar ko‘p kuzatiladi.

Epileptolog – u kim?

Epileptolog – nevrologiya, tibbiy psixologiya va elektroensefalografiyani mukammal biladigan mutaxassis. Epileptologlar orasida ushbu kasallikni neyroxirurgik  usullar bilan davolovchi mutaxassislar ham majud. Maqolaning ikkinchi qismi:  Epilepsiya va tutqanoq sindromlari haqida bilasizmi? (
1-qism) Maqolaning uchinchi qismi: Epilepsiya va tutqanoq sindromlari haqida bilasizmi? (2-qism)
Kitobning boshqa qismlari bilan saytimizning «Asab va ruhiyat» bo‘limida tanishishingiz mumkin.

Zarifboy Ibodullayev, nevropatolog. Professor. "Asab va ruhiyat" kitobi. Asab.uz

 

ico
Esnash kasallikmi?
Esnash reflektor nafas akti bo‘lib, bu og‘izni katta ochgan holda nafas olish va nisbatan tez chiqarishdir, mazkur jarayonda o‘ziga xos ovoz ham hosil bo‘ladi. Ko‘pgina sut emizuvchilarda charchaganda, yurak va tomirlar ishi yomonlashganda, dim xonada bo‘lganda, shuningdek, uyquchanlikda esnoq kuzatiladi. ensash Ma’lumki esnash judayam "yuqumlidir". Kishi esnashdan hecham o‘zini tutib turolmaydi, agar suhbatdoshi hozirgina esnagan bo‘lsa. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, mazkur holatni insonlarga bir-biri bilan muloqot qilishga yordam beradigan ijtimoiy empatiya (birovning hissiy holatiga hamdardlik)ning o‘ziga xos turi bilan tushuntirish mumkin. Insonda birinchi esnash to‘rt-besh yoshlarda, atrofdagi odamlarning hissiyotlarini interpretatsiya qilish tajribasini o‘zlashtirganda paydo bo‘ladi. Italiyadagi Piza universiteti mutaxassislari Osiyo, Shimoliy Amerika va Yevropadan 109 nafar ko‘ngillilar orasida tekshirish o‘tkazishdi. 480 ta esnash xurujlari tahlil qilindi. Ekspertlar aniqlashdiki, esnash «yuqumliligining» bosh omili «kontaktlanuvchilar» orasidagi muloqot ekan. Eng «yuqumli» esnashlar oila a’zolari orasida kuzatilgan, tekshiriluvchilarning deyarli yarmi oila a’zosining ketidan kuchli esnash xohishini bildirishgan. «Yuqumlilik» bo‘yicha ro‘yxatda keyingi o‘rinda turuvchilar do‘stlar ekan – 25 foiz. Keyin tanishlar – 12,5 foiz, notanish odam ketidan esnashni xohlaganlar 10 foizni tashkil qilishdi. Aytish kerakki, esnashning odamga o‘ziga xos foydali jihatlari ham bor. U charchoqni yengishga, ruhiy yukni kamaytirishga, o‘pkadagi havoni yangilashga va miyani «sovitish»ga yordam beradi. Ammo uzundan-uzoq esnash bosh miyaning kislorod tanqisligiga duchor bo‘lganini va ayrim xastaliklar rivojlanayotganini bildirishi mumkin. Qizig‘i, esnashning sababi borasidagi gipotezalarning birortasi ham shu kungacha to‘liq isbotini topmagan. Olimlarning ta’kidlashicha, esnash tezroq uxlashga ko‘maklashmaydi, aksincha uyquni qochirib, organizmni tetiklashtiradi. Mutaxassislar uchuvchi-sinovchilar va parashyutchilarni kuzatib, mas’uliyatli parvoz oldidan ularning esnash boshlashiga e’tibor qaratishgan. Odatda kuchli hissiy zo‘riqishda, xavfli vaziyatlarda o‘z-o‘zidan odamning nafasi ichiga tushib ketadi. Shuningdek, bunday holatlarda yana bir mexanizm – esnash ro‘y berishi mumkin. Chuqur nafas olish qonni kislorod bilan boyitadi, bu kislorod miyaga yetib boradi va qat’iy harakatga tayyorlanishda unga yordam beradi. «Esnash nafaqat zerikish yoki uyquning, miya haroratini muvofiqlashtiruvchi murakkab operatsiyaning belgisi hamdir», deyishmoqda amerikalik mutaxassislar. Nyu-York shtati universiteti professori Endryu Gellapning fikricha, odam miyasi kompyuterga o‘xshaydi: «qizib ketsa», u yomon ishlay boshlaydi, shunda esnoq bosib, miyaning qon bilan ta’minlanishi yaxshilanadi, unga nisbatan sovuq havo yetib boradi. Natijada miya faoliyati jadallashadi. Esnash paytida eng ko‘p jag‘ mushaklari zo‘riqib, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘ruvga ta’sir o‘tkazadi. Olimlarning aytishicha, bruksizmga chalinganlar, ya’ni uyqusida tishini g‘ijirlatadiganlarga esnash foydali ekan.
ico
Energetiklar bizni haqiqatdan energiya bilan ta’minlaydimi?

Turli energetik ichimliklar tarkibida bir-biriga o‘xshash ingrediyentlar uchraydi. Ularning qaysi biri haqiqatdan organizmni tetiklashtiradi, qaysilari esa umuman foydasizligi haqida quyida to‘xtalib o‘tamiz.

energetiklar

Kofein

Kofein - ko‘plab energetik ichimliklarning ingrediyenti hisoblanib, haqiqatda markaziy asab tizimi va yurak qon tomir faoliyatini stimullaydi.

Taurin

Taurin - bu inson va hayvonlarning to‘qimalarida uchraydigan organik aminokislota bo‘lib, u organizmda o‘zi sintezlanishi ham mumkin, go‘sht va baliq mahsulotlari orqali ham kirishi mumkin. Ichki a’zolarning normal ishlashi uchun kerakli bo‘lsa ham taurinning hech qanday energetik xususiyatlari tasdiqlanmagan.

Guarana

Janubiy amerikaning «liana» nomli yer mevasi kofeinga juda boy hisoblanadi. Agar energetiklar tarkibida «guaran» tutadi deb yozilgan bo‘lsa, «juda ko‘p kofein» mavjud deb hisoblash mumkin.

Glyukuronolakton

Glyukuronolakton – bu moda odam organizmida sintezlanadi ham va smola tarkibida ham mavjud. Ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlariga bu ingridiyentni qo‘shishiga qaramasdan enegetik effekti isbotlanmagan.

B guruhi vitaminlari

B vitamini energetiklar tarkibida turli shakllarda uchraydi (nikotin kislota, foliyev kislota, riboflavin yoki sianilkobalamin). Bu vitaminlar energiya almashinuvda muhim rol o‘ynaydi. Muammo shundaki, ularni iste’mol qilganda olinadigan effekt, faqat B gipovitaminoz holati mavjud bo‘lgandagina seziladi. Ya'ni B guruhi yetarli bo‘lgan kishi uchun bu xususiyat umuman foydasiz.

L-karnitin

Bu tabiiy aminokislota jigar va buyrakda sintezlanib, chidamlilikni oshiradi, charchoqni kamaytiradi. Ammo energetiklar tarkibida bu modda sezilarli effekt ko‘rsata oladigan miqdorda bo‘lmaydi.

Shakar

Energetiklar tarkibida shakarning ko‘pligi ish faoliyatini keskin ortishiga sabab bo‘lishi mumkin. Negaki glyukoza tana hujayralari uchun energiya manbai hisoblanadi. Ammo ortiqcha miqdorda shakarni iste’mol qilish «glyukoza zarbasi» effektini berishiga – energetik sakrashdan so‘ng tez orada toliqish hissini paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Xulosa

Agar tetiklanishni istasangiz bir chashka achchiq kofe ichishni tavsiya etamiz. Bu energetikda kofein ortiqcha bo‘lmaydi, shakarni esa ta’bga qarab qo‘shishingiz mumkin. Zero, avvalgi maqolalarimizning birida shakarni "Qonuniy narkotik" deya atagan edik!

© Gepamed.uz