Gelmentologiya

MAQOLALAR

ico
Bolada gijja borligining alomatlari qanday?
Bolalarda gijjalar paydo bo‘lishi eng katta xavf-xatarlardan biridir. Organizmda bunday parazitlarning paydo bo‘lishi bolaning rivojlanishiga yomon ta’sir ko‘rsatishidan tashqari, ovqat hazm qilish tizimida ham namoyon bo‘ladi. gijja borligi alomatlari Shifokorlarning hisob-kitobiga ko‘ra, har 10 bolaning 8 nafarida parazitlar aniqlanadi. Lekin gijjalarning alomatlari hammada ham namoyon bo‘lavermaydi. Ko‘pchilik bolalarda gijjalar yashirin shaklda paydo bo‘ladi.

Gijjalar bola organizmiga qanday tushadi?

Bolalarda me’da-ichak yo‘llari mutlaqo himoyasiz bo‘lgani uchun, uning bu sohadagi ta’sirlarga duchor bo‘lish va yuqtirish imkoniyati kattaroq bo‘ladi. Bakteriyalarning bola organizmiga tushishi asosiy variantlari: uy hayvonlari, sifatsiz oziq-ovqatlar (go‘sht, baliq, sut, sabzavotlar va boshqalar) orqali. Shuningdek, asosiy sabab – bolaning shaxsiy gigiyenasi buzilishi.

Bolalarda gijjalar paydo bo‘lgani alomatlari

Bu masalada bolaning va uning oilasidagi boshqa a’zolarning shaxsiy gigiyenaga rioya qilishi juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun bu sizning kun tartibingizdagi eng muhim ishlardan biri bo‘lishi lozim. Shuningdek bolaning uy hayvonlari bilan bo‘lgan aloqasini cheklash ham juda muhim hisoblanadi va agar bunga yo‘l qo‘yilsa, unda bunga o‘xshash aloqalardan keyin gigiyena qoidalariga rioya qilish juda muhim.

© Mail.ru / Daryo.uz

ico
Bolalarda gijja: turlari, yuqish yo‘llari, belgilari va davolash usullari
Gelmintlar (gijjalar) patologik mikroorganizmlar, insonning yoshlik davrlaridan birga bo‘ladigan „hamrohi“ dir. Ulardan qo‘rqish kerakmi, qachon va qanday ularni davolash kerak, bolalar kasallanmasligi uchun nima qilish kerak – kabi savollarga ushbu maqola orqali javob topasiz. Bola tug‘ilgandan bir necha oy o‘tib aktiv harakat qila boshlaydi, u atrof olamni sezgi organlari bilan his qila boshlaydi, birinchi navbatda – qo‘llari bilan. Qo‘llar yordamida qo‘lga ilingan narsalarni ushlab ko‘radi, yerda 4 “oyoqlab“ yuradi va barmoqlarini og‘ziga olib boradi. Shunday yo‘l bilan barcha parazitlarning tuxumlari bola organizmiga tushadi. [caption id="attachment_10917" align="aligncenter" width="720"]gijja Foto: Okeydoc.ru[/caption]

Gelmintlar o‘zi nima ?

Gijjalar – chuvalchanglar, o‘zining parazitlik hayotini odam organizmida o‘tkazuvchi organizmlardir. Bunda odam yoshi rol o‘ynamaydi, kattalar ham bolalar ham bir xilda kasallanishi mumkin. Gelmintlarning klassifikatsiyasi juda keng, ayniqsa issiq iqlimli mamlakatlarda. Biz gelmentlarning barcha turlari haqida gapirib o‘tirmaymiz, faqatgina o‘lkamizda keng tarqalganlari haqida ma’lumot beramiz. Parazit chuvalchanglarning 3 katta guruhga bo‘linadi:
  • Yumaloq (nematodalar) – ostritsa, askarida;
  • Tasmasimonlar (sestodalar) – cho‘chqa solityori, qora mol solityori, exinokokk;
  • Yassi chuvalchanglar, so‘ruvchilar (trematodalar).
Joylashadigan joyiga ko‘ra ular quyidagilarga bo‘linadi:
  • Ichak guruhidagi parazitlar;
  • Ichakdan tashqaridagi parazitlar (boshqa organlarda parazitlik qiluvchilar: jigar, o‘pka, yurak va boshqalarda).
  • Ayrim parazit chuvalchanglar odam organizmidan tashqarida ham ko‘payadi va migratsiya qiladi.
Parazit chuvalchang turlari haqida batafsil ma'lumot  → Barcha parazitlar chuvalchanglarning deyarli 90 %ini yumaloq chuvalchanglar – nematodalar tashkil etadi. Bolalarda eng ko‘p uchraydigan parazit – ostritsa (oddiy gijja), enteribioz kasalligini chaqiradi. Ushbu gelmintlar katta bo‘lmagan o‘lchamda o‘rtacha 1 sm, oq-kulrang rangda, egilgan tanali organizm. Bu parazitlarning joylashish joyi yo‘g‘on ichakdir, ba’zida ular ingichka ichakning pastki qismida joylashishi ham mumkin. Ostritsaning ko‘payishi anal teshigi terisi atrofida kechadi. Tunda ostritsa urg‘ochisi tuxumlarinin qo‘yish uchun teri burmalariga boradi, qiz bolalarda ko‘pincha qin lablariga ham o‘tadi. Ushbu gelmintlar 1-1,5 oy hayot kechiradi. Bola o‘z-o‘zini zararlashi uning yillar davomida bezovtalanib yurishiga sabab bo‘ladi. Parazitni oddiy (qurollanmagan) ko‘z bilan ham najasda ham ko‘rsa bo‘ladi. Parazitlardan yana bir keng tarqalgan, bolalarda ko‘p uchraydigan turi – askarida. Bu nematodalar o‘lchami 15 smgacha yetadi. Parazit ingichka ichaklar qovuzlog‘ida joylashib olib tushayotgan ovqatlarni yeb qo‘yadi. Askarida najasga kamdan-kam hollarda tushadi. Urg‘ochi askarida tuxumlarini najas analizida topish mumkin. Agar najas tahlilida tuxumlar topilmasa, bu degani bola askarida bilan zararlanmagan degani emas. Askaridaning hayot sikli bir necha yillarga yetishi mumkin.

Gelmintlar qanday yuqadi?

[caption id="attachment_10918" align="aligncenter" width="750"]gijja belgilari Foto: Supot Phanna / Shutterstock.com[/caption] Ostritsaning oshqozon-ichaklarga tushushi, organizmning parazit bilan zararlanish deganidir. Ostritsa tuxmlari tashqi muhitga ifloslangan najas bilan tushadi. Tuxumlarning tashqi qobig‘i noqulay muhitga chidamli va hajmi juda kichik. Bola atrof muhitni o‘rganish, jismlarning ta’mi va tarkibini bilish maqsadida qo‘llari bilan har narsani ushlab ko‘radi hamda ularni o‘gziga olib boradi. Shu yo‘l bilan ostritsaning tuxumlari o‘zining “bo‘lajak kichik xo‘jayini“ organizmiga tushadi. Bola organizmi kurashish qobiliyati past bo‘lganligi sababli parazit bemalol ko‘paya oladi. Gijjalar bilan yuvilmagan mevalar va ifloslangan suv orqali zararlanishi ham mumkin. Ko‘pincha zararlanish bolalarning hayvonlar bilan muloqotida, ular axlati tushgan tuproq va qumlarda o‘ynaganda ham kuzatilishi mumkin. Bolalar ko‘chada o‘ynab kelganidan so‘ng qo‘llarini yuvishmaydi, parazitlar bu vaqtda organizmga tushadi. Shuning uchun barcha bolalar yashash sharoiti va tarbiya muhitidan qat’iy ravishda birday zararlanishi mumkin.

Gijjalar bilan kimlar ko‘proq zaralanadi?

  • Gigiyena qoidalariga rioya qilinmasa;
  • Uyda tozalash ishlarini regular bajarmasa;
  • Yaxshi yuvilmagan meva va sabzavotlarni yeganda;
  • Uyda hayvonlar saqlansa;
  • Bola sayrdan keyin, hojatdan keyin va ayniqsa ovqatlanishda avval qo‘llarini yuvish o‘rgatilamagan bo‘lsa, bu bolalar boshqalarga nisbatan gelmentlar bilan ko‘proq zararlanishadi.

Gijja alomatlari qanday?

[caption id="attachment_10919" align="aligncenter" width="750"]gijja alomatlari Foto: Roman Yanushevsky / Shutterstock.com[/caption] Parazitlarning invaziyasida kuzatiladigan simptomlar uning turi, tuxumlari miqdori va bolaninig kurashish qobiliyatiga bog‘liq. Simptomatik sur’at har xil ko‘rinishda keladi. Agar bola parazit chuvalchang tuxumlarining ko‘p miqdorda zararlansa, umumiy ahvolning yomonlashishi bir necha sutkalarda yuzaga keladi. Boshqa holatlarda simptomlar bir necha haftalar va oylarda ko‘rinadi. Bolaning immuniteti ham katta rol o‘ynaydi, organizm parazitlarning ko‘payishini to‘xtatib turishi ham mumkin, lekin ma’lum vaqt o‘tib organizm susayganda parazitlar yuzaga chiqib, og‘ir muammolarga olib kelishi mumkin. Birlamchi belgi bu zaharlanish (intoksikatsiya)dir. Parazitlar hayot davomida katta miqdorda toksinlar ajratib turishi, bolada oqsil, yog‘, uglevod va vitaminlar yetishmovchiligiga olib keladi.

Bolada gijja bo‘lsa, quyidagi belgilar kuzatiladi

  • Ozib ketish, teri rangining rangparligi, holsizlik, bosh aylanishi;
  • Tana haroratininig ko‘tarilishi;
  • Bosh og‘rig‘i, uyquning buzilishi va kayfiyatning o‘zgarishi.
  • Ichaklar tomonidan – ich qotishiich ketishi, qorin dam bo‘lishi va og‘riqlar, ko‘ngil aynashi va qayt qilish, qorin sohasining ba’zi joylarida og‘riq sezish;
  • Allergik holatlar – qichishish, toshmalar, yo‘tal, nafas a’zolari shilliq qavati yallig‘lanishlari;
  • Immunitetning sustayishi natijasida boshqa infeksion kasalliklar bilan kasallanish.
Bu umumiy simptomlar enteribioz va askarida uchun ham xos.

Ostritsa uchun spetsifik simptomlar

  • Orqa chiqaruv teshigi atrofi tunda, urg‘ochi gijja tuxum qo‘yish uchun teri atrofiga kelishi paytida, qichishishi;
  • Teri qichishishi natijasida qo‘l bilan qichish va u natijasida yaralar paydo bo‘lishi;
  • Qiz bolalarda jinsiy a’zolarida yallig‘lanish jarayonlari kuzatilishi;

Askarida bilan zararlanishning spetsifik belgilari

  • Quruq yo‘tal, bronxit belgilari, o‘pka yallig‘lanishi, plevrit;
  • Parenximatoz a’zolar va limfa tugunlarining kattalashishi;
Bu belgilar askaridaing rivojlanish siklidagi migratsiyasi tufayli kelib chiqadi, u o‘pka, jigar, yurak kabi organlarga migratsiya qiladi. Ularning “sayohati” 3 oygacha davom etadi, so‘ng ular yutinish yo‘li bilan ichaklarga tushadi va umumiy belgilar namoyon bo‘ladi.

Organimzda gijjani aniqlash usullari

Bola zararlangandan keyin va birinchi belgilar paydo bo‘lganda, parazitlarga gumon qilinganda quyidagi tadbirlar o‘tkazilishi shart:
  • Najas analizi 3 marta, oralig‘i bir necha kun bo‘lishi kerak;
  • Qonning gelmintlarga analizi;
  • Qonning umumiy tahlili (ostritsa tuxumlariga);
Qo‘shimcha tekshiruv sifatida:
  • Ichki a’zolar UTTisi;
  • Rentgenografiya;
  • KT va MRT;
Bu tekshiruvlar parazitlarning boshqa organlarda joylashgan joylarinin aniqlab beradi. Yodda tuting!  Gelmintlarga tekshirish har doim ham musbat natija beravermaydi.

Gijjani davolash

[box type="error" align="aligncenter" class="" width=""]Antigelmint preparatlar toksik, zaharli xususiyatga ega bo‘lganligi sababli, bolaga zarar yetkazib qo‘ymaslik maqsadida ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish kerak. Shifokor gelmentga qarshi dori preparatlarini tavsiya qilganda, uni qachon, qancha miqdorda va qanday holatda ichish kerakligi haqida aniq ma'lumot oling. Va shunga qat'iy amal qilishingiz zarur. Eng asosiysi – o‘zboshimchalik bilan davolashga urinmang! Dori preparatlarini faqatgina shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llash shart. Ayrim hollarda bir necha dorilarni birgalikda bosqicha-bosqich qo‘llashga ham to‘g‘ri kelib qoladi.[/box] Muhim: antigelmint preparatlari nojo‘ya ta'sirlarga ega va buni e’tibordan chetda qoldirmng! Pirantel bolalikning ikkinchi yarmidan buyurilsa bo‘ladi. Bu preparat pediatriyada keng qo‘llaniladi. Bir marta buyuriladi. Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish shart. Nojo‘ya ta’sirlariga qorin pastki sohasida og‘riq paydo bo‘lishi, ko‘ngil aynishi, ich ketishi, tana umumiy qaltirashi, ko‘z o‘tkirligi pasayishi, gallyutsinatsiyalar paydo bo‘lishi, kayfiyatning o‘zgarishi va boshqalar. Preparat 3 yoshgacha bo‘lganlarga tavsiya qilinadi. Vermoks (mebendozol) 2 yoshdan katta bolalarga buyuriladi. Har xil turdagi parazitlarga qarshi kurashishda ancha samarali va bir qancha parazitlar bilan qarshi kurashishda ham qo‘llaniladi. Ammo nojo‘ya ta’sirlari ancha xavfli. Qorinda og‘riqlar, ko‘ngil aynashi, ich ketishi, tana harorati ko‘tarilishi, allergik reaksiyalar, soch to‘kilishi. Qon tomonidan eritrotsitlar va leykotsitlar soni kamayishi, eozinofillar soni oshishi (allergiya). Homiladorlik va laktatsiya davrida buyurilmaydi. Albendozol 2 yoshdan katta bo‘lgan bolalarga buyuriladi. Vermoks bilan bir xil ta’sir ko‘rsatadi, ammo effekti ko‘proq. Og‘ir parazitar gelmentozlarda qo‘llaniladi. Preparat qat’iy shifokor tomindan statsionar holatda buyuriladi. Yuqoridagi preparatlar kabi nojo‘ya ta’sirlari borligini ham unutmaslik lozim. Dekaris (levomizol) 3 yoshdan katta bolalarga buyuriladi. Keng spektrdagi gelmentozlarda qo‘llaniladi. Nojo‘ya ta’sirlariga e’tibor bering: sudorgi berishi, bo‘g‘imlarda og‘riq, jigar funksiyasi buzilishi. Preparat kuchli toksik xususiyatga ega bo‘lganligi sababli adsorbentlar bilan birga buyuriladi.

Gijjani uy sharoitida davolash

[caption id="attachment_10920" align="aligncenter" width="600"]gijjani davolash Foto: Lecenie.ru[/caption] Xalq tabobatida gelmitlarga qarshi qo‘llaniladigan usullar juda ko‘p. Zamonaviy tibbiyot ham xalq tabobati parazitar kasalliklarda foyda berishini tasdiqlamoqda. Lekin bu usullar parazitlardan to‘liq qutilishga kafolat bermaydi.

Gijjani tushirish uchun tabiiy retseptlar

Xom yong‘oqning mag‘zini olib, 1 stakan qaynagan suvga solib, unga 1 choy qoshiq tuz solinadi. Hosil bo‘lgan aralashmani kun davomida ichib yurib, so‘ng yumshatuvchi preparatlar ichiladi. Shuvoq kukunidan 1 choy qoshiq 0,5 litr qaynagan suvga solinadi, biroz vaqt kutiladi, bolaga ovqatlanishdan yarim soat oldin 2 choy qoshiqdan kuniga 3-4 mahal beriladi. Otquloq (shavel) ning 5 kg miqdorini 1 litr suvda qaynatib 2 soat kutiladi. Tayyor bo‘lgan aralashmani 2 ho‘plamdan ovqatdan oldin ichish tavsiya qilinadi. Itshumurt (krushina) o‘simligining ildizidan 1 oshqoshiq olib, 1 stakan qaynagan suvga solinadi. Uni 3 soatga sochiq bilan o‘rab qo‘yish kerak. Bolalarga 1 choyqoshiqdan kuniga 3 marta berish kifoya. Anor po‘stlog‘ini olib, uni yarim soat 0,5 litr suvda past olovda qaynatib, uch marta yarim soat oralig‘ida berish kerak. So‘ngra 3 soat kutilib, surgi dorilar ichiladi. Muhim eslatma: tabiiy vositalar faqatgina asosiy medikamentoz davoga qo‘shimcha sifatida samara beradi.

Bolalarda gelmentoz profilaktikasi

Kasallikni davolagandan ko‘ra uning oldini olish muhim hisoblanadi. Gelmintlar bilan zararlanmaslik shartlari juda ham oson va samarali, faqatgina ularga rioya qilinsa bo‘lgani. Ular quyidagilar:
  • Ovqatlanishdan oldin 2 marta qo‘llarni sovun bilan issiq suvda yuvish;
  • Tirnoqlarni doimo olib yurish;
  • Yosh bolalar kiyimlarini almashtirib turish;
  • Bolalar xonasini doimo tozalab turish;
  • Yosh bolali uylarda uy hayvonlari saqlamaslik;
  • Yilda 1 marta gelmentlarga qarshi oilaviy davolanib turish;
  • Sayr davomida bolalar qo‘llarini og‘izlariga solmasliklariga e’tiborli bo‘lish.
[box type="error" align="aligncenter" class="" width=""]Diqqat! Ushbu yuqoridagi dori preparatlari zaharli ta’sirga ega bo‘lganligi uchun ularni noto‘g‘ri va tegishli shifokor ko‘rsatmalarisiz qo‘llash, og‘ir oqibatlarga olib keladi. Agar farzandingizda gelmint borligiga shubha qilsangiz, darhol gelmentolog yoki infeksionist shifokorga murojaat qiling. Va ma’lum tekshiruvlardan o‘tib, gelmint turini aniqlab, gelmintga spetsifik muolaja olib borish lozim! Preparatlarni qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar ham mavjud![/box]

© Avitsenna.uz

ico
Gijja tushirish uchun qo‘llaniladigan tabiiy retseptlar
Bo‘yimodaron guli, yong‘oqning bargi, zanjabil, sumbul, balila, sariq halila – hammasidan teng miqdorda olib maydalanadi va har kuni uch mahal ovqatdan oldin yarim choy qoshiqdan och qoringa kapalansa yoki qaynoq suvga aralashtirib ichilsa, gijjalar oson tushadi. [caption id="attachment_10426" align="aligncenter" width="500"]gijja tushirish Foto: Peptic.ru[/caption] Bir bosh sarimsoqni tozalab, ustiga bir stakan suv quyib, past olovda o‘n daqiqa qaynatiladi. Suzib olib, ustiga ermonning 2,5 stakan suvda qaynatilgan damlamasidan bir choy qoshiq quyiladi. Ikkala damlama aralashmasi bir soat tindirib qo‘yiladi va bola hojatga borgandan keyin huqna qilinadi. Bir bosh sarimsoqni tozalab, ustiga bir stakan suv quyib, past olovda o‘n daqiqa qaynatiladi. Suzib olib, ustiga ermonning 2,5 stakan suvda qaynatilgan damlamasidan bir choy qoshiq quyiladi. Ikkala damlama aralashmasi bir soat tindirib qo‘yiladi va bola hojatga borgandan keyin huqna qilinadi. O‘n bo‘lakcha sarimsoqni qaynatilgan sut bilan nahorda ichilsa, yoki sutsiz o‘zi ko‘proq iste’mol qilinsa, gijjalar va solityor tushadi. Bir osh qoshiq dastarbosh guli ustiga ikki stakan qaynatib sovitilgan suv quyib, to‘rt soat og‘zi yopiq idishda tindirib qo‘yiladi. Kuniga 2-3 mahal ovqatdan yarim soat oldin ichiladi. O‘rtacha kattalikdagi bir dona piyoz ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, bir kecha qo‘yiladi. Suzib olib, kuniga yarim stakandan 3-4 kun ichiladi. Ikki osh qoshiq ermon o‘ti ustiga bir litr suv quyib, besh daqiqa qaynatib, suzib olinadi. Kechqurun yotishdan bir soat oldin gijjalarga qarshi huqna qilinadi. Sabzi urug‘i tolqonidan yarim choy qoshiqdan iste’mol qilinsa, gijja haydashda yaxshi shifo bo‘ladi. Ibn Sino bo‘yimodaron gulidan gijjalarga qarshi keng foydalangan. U o‘simlik guli tolqonini quyuq damlab, dokadan suzib, bir yarim qoshiqdan ichishni tavsiya qilgan. Agar uni och holda uch mahal choy qilib yoki olti kun ikki osh qoshiqdan ichilsa ham gijjalar daf bo‘ladi. Bu giyoh gijjalarga qarshi o‘ta oson tayyorlanadigan va yaxshi shifo beradigan tabiat ne’mati hisoblanadi. Ermon urug‘ini asal bilan aralashtirib, ikki kun davomida kuniga uch mahal ovqatdan 1,5-2 soat oldin iste’mol qilinadi. Bundan bir kun oldin parhez qilib, surgi dori ichiladi. Ikki kundan so‘ng kechqurun yana surgi dori ichiladi. Kattalar urug‘dan 4 g yeydilar, bolalarga 1-3 yoshgacha – 0,25-0,75 g, 4-6 yoshgacha – 1-1,5 g, 7-9 yoshgacha – 1,75-2,25 g, 10-14 yoshgacha – 2,5-3,6 g, 15-16 yoshgacha – 4 grammdan beriladi.
Diqqat, ushbu tabiiy retseptlarni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashishingiz zarur!

 Rahbarxon Ernazarova “Sano shifo” salomatlik markazi mutaxassisi. Rahbarxon.uz

ico
Gijjalarni yo‘q qilish uchun xalq tabobatidan na’munalar
Sevimli farzandingiz ozodalikni ko‘pam suymaydimi? Balki kuchuk va mushuklar bilan o‘ynash uning jonu dilidir yoki qo‘lini yuvmasdan ovqatlanishga o‘tirib olar? Uncha toza oqmaydigan ariqda uzzukun cho‘milishiga nima deysiz? Unda ogoh bo‘ling: bolangiz organizmiga turli tuman mikroblar o‘tib, gijjalar ko‘payishi ehtimoldan xoli emas. Qarabsizki, suyukligingiz ishtahasiz bo‘lib qoladi, injiqlanadi, ko‘z o‘ngingizda ozib boraveradi. Гижжа Gijjalar (gelmintlar) 2–12 mm uzunlikda bo‘ladi, ular sog‘ bolaga gijjasi bor bemordan yuqishi, meva-sabzavotlar, xom go‘sht yoki baliq orqali o‘tishi mumkin. Gelmintlar organizmning hamma joyida bir necha haftadan bir necha yilgacha hayot kechiradi. Mutaxassislarning aniqlashlaricha, gijja kishining ichaklarida hatto 40-50 yilgacha yashashi mumkin. Ko‘pchilik gijjani faqat qorinda bo‘ladi, deb o‘ylaydi. Aslida nafaqat ichaklarda, balki qon tomirlari, miya, limfa, jigar, o‘t xaltasi, o‘pkada ham gijja bo‘lishi mumkin. Gelmintlar o‘zi yashab turgan joydagi narsalarni yeb kun ko‘radi. Masalan, vitaminlar, oqsillarni yutadi, uglevodlar va mikroelementlarning ichaklarga so‘rilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ko‘pchiligi esa qonni so‘radi.

Gijjasi bor bemorda nimalar yuz beradi?

Bola yaxshi o‘smaydi, skolioz (umurtqa pog‘onasi qiyshayishi) paydo bo‘ladi, bola aqliy rivojlanishdan ortda qolib, unda buqoq bezi kattalashadi, immuniteti susayib, kasalliklar yuqishi osonlashadi, sochi to‘kilishi, terisiga oq dog‘lar tushishi kuzatiladi, dermatitlar, allergiya, anemiya, xoreya, xoletsistit, enterkolit, gastrit singari kasalliklardan biri rivojlanadi, bolaning qorni og‘riydi, asabiylashadi, jizzaki bo‘lib qoladi, uyqusida tishlarini g‘ijirlatadi, gijjalari tuxum qo‘yayotganda orqa chiqaruv teshigi qattiq qichishadi, bola uni qashiyverishi natijasida u yerda toshma hosil bo‘ladi, yiringlaydi. Odam organizmida parazitlik qiladigan gijjalarning 250 dan ortiq turi aniqlangan. Quyida ulardan forig‘ bo‘lishga yordam beruvchi bir necha muolajalar keltiriladi.

Gijjalarni bartaraf qilish uchun tavsiyalar

  • Bolalardagi gijjalarni yo‘qotishda oshqovoq urug‘i samarali ta’sir ko‘rsatadi. Faqat bu urug‘ chaqilganda uning ko‘kish qobig‘i saqlanishi kerak. Urug‘dagi mag‘izni maydalab idishga solinadi va unga murabbo yoki asal qo‘shiladi. Uch-to‘rt yoshli bolalar uchun 75 g urug‘ga 50 g asal qo‘shish mumkin. Ushbu aralashma nahorda oz-ozdan beriladi, keyin uch soat o‘tkazib, makkai sano o‘tidan tayyorlangan damlamadan bir piyola ichiriladi. Surgi ichilgandan so‘ng gijjalar tushib ketadi va bolaning sog‘lig‘i tiklanadi.
  • Bir stakan sutga kattaroq sarimsoq bo‘lagi solinadi va yumshagunicha qaynatiladi. Suzib olingach, gijjasi bor bolaga ko‘proq ushlab turgan holda huqna (klizma) qilinadi. Katta yoshdagi bolalar uchun bir stakan, kichikroq bolalarga yarim stakan suyuqlik klizma uchun yetadi. Muolaja muddati 7 kun.
  • Yangi sarimsoq sharbatining o‘n-o‘n besh tomchisi qaynatiladi. Iliq holga kelgunicha sovuq sutga tomizilib, kuniga 2-3 marta ichiladi.
  • Bir stakan sutga 5 dona sarimsoq solib, uni past olovda og‘zi yopiq idishda o‘n-o‘n besh daqiqa qaynatiladi. Shundan so‘ng iliq holga kelgunicha sovitiladi. Uni ovqatlanishdan oldin ikki osh qoshiqdan 4-5 marta ichish mumkin. Muolaja muddati bir hafta.
  • O‘rtacha kattalikdagi bir dona piyoz go‘shtqiymalagichdan chiqariladi. Ustidan bir stakan qaynoq suv quyib, 12 soat tindirib qo‘yiladi. 2-3 kun mobaynida yarim stakandan ichiladi.
  • Agar tuzlangan karam suvidan ovqatdan 30 daqiqa oldin yarim stakandan ichib turilsa, gijjaning lyambliya turi yo‘qoladi.
  • Ertalab nahorda bir necha shovul bargidan yeyish yaxshi naf beradi. Shuningdek, nok mevasi va urug‘i ham gijjalarni yo‘qotadi. Faqat nok va uning urug‘ini yaxshilab chaynash kerak. Yong‘oq bargi va sabzi urug‘ining damlamalari ham gijjalarni tushirishga xizmat qiladi.
  • Abu Ali ibn Sino gijjani tushirishda bo‘yimodaron (tыsyachelistnik) o‘simligidan foydalangan. Buning uchun o‘simlik guli kukunidan quyuq damlama tayyorlab, kuniga nahorda 1-2 osh qoshiq miqdorida ichish tavsiya etiladi.
  • Juda yaxshi samara beruvchi yana bir muolaja: 500 g qovoq urug‘i go‘shtqiymalagichdan o‘tkaziladi. Keyin uni bankaga solib, ustidan bir litr suv quyiladi. Bankani ichidagi aralashmasi bilan birga boshqa suvli idishga solib qaynatiladi. Aralashma qaynash darajasiga yetgach, olib sovitiladi. Bir litrning hammasi och qoringa yigirma daqiqa davomida ichiladi. Ikki soat o‘tgach, surgi dori qabul qilinadi.

© "Bir safda" jurnali.

ico
Gijjalar haqida nimalar bilasiz?
Gelmintlar odamning nafas olish ovqat hazm qilish, mushak tizimida, jigar, taloq, qon, miya, ko‘z va boshqa organlarida parazitlik qiladi. Gijjalar ichakning shilliq qavatiga yopishib olib, uni jaroxatlaydi. Oqibatda ichak devorlarida yara paydo qiladi va qon ketishiga sabab bo‘ladi. Ichakda yashovchi gijjalar asosan ichakdan tunda chiqadi va orqa chiqaruv teshigi atrofida juda ko‘p tuxum qo‘yadi. gijjalar Kasal odamda axlatda gijja tuxumi ajralib turadi. Bir kunda bir juft erkak va urg‘ochi gijja 220 mingtagacha tuxum qo‘yadi. Axlat bilan yerga tushgan gijja tuxumlari tuproqda tez rivojlanadi. Shuning uchun ham go‘shtlar, sabzavot, meva va oshko‘klarni qo‘lni yaxshi yuvmasdan iste’mol qilish mumkin emas, ovqatlanish natijasida gijja kasalliklari qayta yuqadi. Bu kasallikda odamning vazni hamisha kamayadi, unda lanjlik, jirtakilik paydo bo‘ladi, bosh aylanadi. Gijja ichakda bo‘lsa, ich qotadi yoki ichi ketadi, ko‘ngil ayniydi, ba’zan bemor qayt kiladi, jigarda bo‘lsa, ko‘z oqi va badan sarg‘ayadi, shish paydo bo‘ladi. O‘pkada bo‘lsa, yo‘tal tutadi, mehnat qobiliyati pasayadi, bola yaxshi o‘smaydi, xotirasi susayadi va hokazo. Shifokorlarning kuzatishlaricha, yosh bolalar injiq, parishonxotir bo‘lib qolishi mumkin, maktab yoshidagi bolalarning esa jismoniy va aqliy rivojlanishi, xotirasi susayib, o‘zlashtirish qobiliyati pasayib qoladi, kattalarda mehnat qobiliyati buziladi.

Ostritsa

Ostritsa qurtlari odamga chang bilan og‘iz va burunga tushgan gijja tuxumlari yutib yuborilganda yukadi. Ostritsalar orqa chiqaruv teshigidan o‘rmalab chiqib, uning atrofiga tuxum qo‘yadi va orqa chiqaruv teshigining kichishib tirnalishiga sabab bo‘ladi. Bemorning ba’zan tez-tez ichi ketib, axlati bo‘tqasimon bo‘ladi, uyqusi qochib, tajang, parishonxotir bo‘lib qoladi.

Qilbosh gijja

Qilbosh gijjalar uzunligi 30-35 mm.li ingichka chuvalchanglardir, ular ko‘richak va yo‘g‘on ichakda yashaydi. Bular askaridalarga o‘xshab yuqadi. Bemorning umuman darmoni qurib, qorni og‘riydi, ko‘pincha boshi og‘rib aylanadi, uyqusi notinch bo‘lib qoladi. Kasallik vaqtida bemorning ko‘zqovoqlari shishib, isitmasi chiqadi, mushaklari og‘riydi, uyqu qochadi yoki kishini mudroq bosaveradi.

Qoramol solityori

Qoramol solityori bo‘yi 4-10 m.gacha, odamga gijja lichinkalari bo‘lgan mol go‘shtidan va ko‘pincha uy bekalari xom qiyma tuzini totib ko‘rayotganda yuqadi. Kasallanganda kishi ko‘pincha ozadi, ko‘ngli aynib, qayt qiladi, ishtahasi pasayib, ichi ravon yurmaydi, o‘zi tajanglashib, boshi aylanadi, uyqusi qochadi. Bolalar yaxshi o‘smay qoladi.

Serbar gijja

Serbar gijja – uzunligi 6-15 m.gacha. Odamga baliqni yetarli qovurmasdan yoki xomligicha yeganida yuqadi. Kasallik belgilari: kamkuvvatlik, bosh aylanishi, so‘lak oqishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, qorinning og‘rib turishi, ich surishi yoki dam ich surib, dam ich qotib yurishi va hokazo bilan o‘tadi. Tilda bezillab turadigan och qizil dog‘ yoki yoriqlar paydo bo‘ladi.

Kalta gijja

Kalta gijjalar bo‘yi 3-5 smcha. Odamga gijja tuxumlari bilan ifloslangan ro‘zg‘or buyumlari orqali – eshik bandlari, hojatxona stulchalari, tuvak va boshqalar bilan o‘tadi. Ko‘pincha bolalar kasallanadi. Qorinda og‘riq turib, bemorning ko‘ngli ayniydi, ishtahasi pasayadi, boshi og‘rib, ko‘pincha ichi ketadi, bolalar esa tutqanoq tutgandek talvasaga tushadi.

Exinokokk

Exinokokk hayvonlar, aksariyat itlar ichagida yashaydi. Odamlarga sigir, qo‘y, cho‘chqa, it va mushuklardan, shuningdek, yozvoyi etxo‘r hayvonlarning terisini shilish va oshlash vaktida yuqadi. Exinokokkoz og‘ir kasallik bo‘lib, jigar, o‘pka, miya kabi organlarda exinokokk kistalari paydo bo‘ladi. Exinokokkozda bosh og‘rib, aylanadi, harakatlanish va sezish faoliyati buziladi.

So‘ruvchi sibir qurti

So‘ruvchi sibir (mushuk) qurti uzunligi 4-13 mm.cha keladigan mayda gijja bo‘lib, o‘t pufagi, o‘t yo‘llari va me’da osti bezi yo‘llarida parazitlik qiladi. Odamga xom, muzlagan, kam tuzlangan yoki yetarli qovurilmagan baliqni iste’mol qilganda ham yuqadi. Kasallik harorat ko‘tarilishi bilan boshlanib (39-40 daraja), u 2 oygacha baland bo‘lib turishi mumkin. Mushak va bo‘g‘imlar og‘riydi, yo‘tal paydo bo‘ladi, ba’zan terisiga toshma toshadi, me’da-ichak ishi buziladi, ba’zan badan sarg‘ayib ketadi, bu kasallik og‘ir asoratlar beradi. Fassiola uzunligi 3-7 sm.li gijjalardir, o‘t pufagi va o‘t yo‘llarida parazitlik qiladi. Odam bu lichinkalarni qaynamagan suv yoki suv o‘simliklarini ovqatga ishlatganida yutib yuboradi. Kasallik tobora zo‘rayib boradigan darmonsizlik, bosh og‘rig‘i bilan boshlanadi, ko‘pincha badanga eshakem toshib, isitma chikdli qorinda og‘riq paydo bo‘ladi, ba’zan odam sarg‘ayib ketadi. Maqolamizning so‘ngida odam o‘ziga o‘zi gijja kasalliklarini yuqtirmaslik uchun yoki davolashda amal kiladigan mutaxassis olim va shifokorlarimizning tavsiya-maslahatlarini eslatib o‘tamiz.

Gijjalar. Foydali tavsiyalar

  1. Barcha shaxsiy gigiyena qoidalariga va davolash rejimiga amal qilish kerak. Jumladan, ovqat oldidan va va hojatxonaga borib kelgach, qo‘llarni sovunlab yuvish, badanni ozoda tutish, ichki kiyim va choyshab, o‘rin-ko‘rpa jildlarini tez-tez almashtirib turish.
  2. Go‘sht, sabzavot, meva va boshqa mahsulotlarni veterinariya va sanitariya nazoratidan o‘tkazish shart.
  3. Uy hayvonlarini parvarish qilish qoidalariga amal qilish kerak.
  4. Sabzavot, meva va boshqa mahsulotlarni iste’mol qilishdan oldin yaxshilab yuvish kerak.
  5. Ostritsalar bo‘lsa, maxsus kiyim kiyib uxlab va ularni har kuni qaynatib, issiq dazmol bilan dazmollab turish kerak.
  6. Hojatxonaga borib kelgach, yana uyku oldidan va uykudan keyin orqa chiqaruv teshik atrofini yuvib turish va unga vazelin surtib qo‘yish tavsiya etiladi.
  7. Go‘shtlarni toza yuvib, yaxshi qovurib yoki pishirib yeyish tavsiya etiladi.
  8. Faqat qaynatilgan suv bilan yuvilgan sabzavot, mevalarni ovqatga ishlatish lozim.
  9. Gelmintozlarga xos belgilar paydo bo‘lganda albatta shifokorga murojaat qilish kerak.
  10. Bolalarning ko‘chada daydi itlar, mushuklar bilan o‘ynashiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
  11. Binoni, xonani yaxshilab supurib-sidirish, idish-tovoqdarni, o‘yinchokdarni yuvish, mebelni artish, ayniqsa, hojatxonalarni va tuvaklarni dezinfeksiya qilish shart.
  12. Ota-onalar hamda muassasa xodimlari bilan maxsus va takror-takror suhbatlar o‘tkazib, gijjalarning yuqish yo‘llari va buning oldini olish usullarini to‘g‘ri va to‘la bilib olishlariga erishish kerak.
  13. Gijjalar tashqi muhit obyektlari – tuproq, sabzavot, poliz ne’matlari, rezavor mevalar, ziravorlar, oshko‘klar, mevalar, idish-tovoqlar, iflos qo‘llar, buyumlar, kiyim-kechaklar va boshqalar orqali yuqishini unutmaslik kerak.
  14. Gijja kasalliklarida o‘z-o‘zini har xil bilib-bilmas dorivor vositalar va usullar bilan davolash tavsiya etilmaydi. Bu ayrim asoratlarga olib kelishi mumkin.
  15. Ichi kelib-kelmaydigan, xurujli odamlar va bolalar gelmintoz kasalliklari bormi yoki yo‘qligi tekshirilishi kerak va boshqalar.
  16. Taomlarda limon iste’mol qilib yurish kerak.
  17. Sarimsoq qaynatilgan sut ichib yurish kerak.
  18. Och qoringa oshqovoq urug‘ini sarimsoq bilan iste’mol kilish kerak.
  19. Shakar yoki asal bilan aralashtirilgan sabzi sharbatini och qoringa kuniga 1-2 osh qoshiqda ichib yurish kerak.
  20. Uch oshqoshiq sabzining bo‘tqasini bir stakan sutda qaynatib, bir oshqoshikdan kuniga 3-4 mahal iste’mol qilish tavsiya etiladi.
  21. Shuvoq, sarimsoq damlamasidan klizma qilish tavsiya etiladi.

tib.islom.uz nashri.

ico
Gijjani butunlay davolashning imkoni bormi?
— O‘g‘lim ancha jizzaki bo‘lib qolgan. Shifokorga ko‘rsatsam, buning sababi gijjadan deyishdi. Tahlillar topshirib, davolandik. Ammo vaqt o‘tib, avvalgi holat yana takrorlanyapti. Ayting-chi, gijjani butunlay davolashning imkoni bormi? [caption id="attachment_10311" align="aligncenter" width="695"]gijja Foto: www.syl.ru[/caption] Shu kabi savollar ko‘plab ota-onalarni qiziqtiradi. Ularning ayrimlariga javob topish maqsadida mutaxassislarga murojaat qildik. Gijjalar (gelmintlar) tanada yashaydigan chuvalchanglardir, — deydi Toshkent shahar bolalar tibbiy maslahat diagnostika markazi shifokor-gastroenterologi Gulnora KARIMOVA. — Ular zaharlovchi modda ishlab chiqarib, asab, oshqozon-ichak, nafas olish, yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bugungi kunda gijjalarning eng ko‘p uchraydigan turlari askarida, ostritsa, lyambliya, enterobioz, trixotsefalyoz kabilardir. Ko‘pincha ularning ikki-uch xil turi birga keladi. Gijjada tish g‘ijirlatishdan tashqari, uxlaganda so‘lak oqishi, terida turli dog‘ paydo bo‘lishi, ishtahaning pasayishi yoki aksincha, ko‘p ovqat iste’mol qilish, ich qotishi, jizzakilik, qaysarlik, xotiraning pasayishi, kamqonlik kabi belgilar ham namoyon bo‘ladi. Uzoq muddat shamollash alomatlarisiz davom etadigan quruq yo‘tal, qorinda to‘satdan og‘riqlar kuzatilish ham tez-tez uchrab turadi. Kasallik, asosan, tozalikka rioya qilmaganda, chala pishirilgan go‘sht iste’mol qilganda, kasallangan mol, it, mushuklar junini silashdan keyin qo‘l yuvilmaganda, yaxshi yuvilmagan ko‘katlarni iste’mol qilganda yuqadi. Farzandi bu kasallikdan aziyat chekayotgan ota-onani uni davolash yo‘llari qiziqtirishi tabiiy. Ba’zan ko‘pchilik bu savolga javob topishga qiynaladi. Aslida samarali natijaga erishishda qanday usul eng ma’quli?

Gijja uchun huqna davo emas...mi?

— Gijjani davolashda eng muhimi aniq tashxis qo‘yish, — deydi gastroenterolog Larisa HASANOVA. — Shundan keyin ularning turiga qarab shifokor tavsiyasi bilan dori vositalari qo‘llanadi. Kasallik qaytalanmasligi uchun oilaning barcha ­a’zolari bir vaqtda davolanishi zarur. Shu bilan birga, qat’iy parhezga rioya qilish ham talab etiladi. Shirin, yog‘li va sut mahsulotlari tavsiya etilmaydi. Ayrim xususiy shifoxonalarda gijjalarni huqna (klizma) usuli bilan davolayotganiga tez-tez duch kelyapmiz. Inson tanasida yo‘g‘on ichak 1,5-2 metr, ingichka ichak esa 9 metrni tashkil etadi. Gijjalar asosan ingichka ichakda yashashini inobatga olsak, bu usul bilan ularni tozalash imkoni yo‘qligi kundek ravshan.

Maqsad: tozalash va tashxislash

Shu o‘rinda kishini biroz o‘yga toldiradigan masala bor. Bugun ko‘pgina shifoxonalarda, ayniqsa, xususiy klinikalarda gijjani davolash maqsadida huqna usuli qo‘llanilayotgani hech kimga sir emas. Agar bu noto‘g‘ri yo‘l bo‘lsa, nima uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi ularning faoliyat yuritishiga ruxsat bergan? Bu savollarga javob qidirib, o‘n to‘qqiz yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan shifokor Dilfuza BAKIROVA murojaat qildik. — To‘g‘ri, huqna bilan uch kunda ichakni gijjalardan butkul tozalashning imkoni yo‘q, — deydi shifokor Dilfuza BAKIROVA. — Bu usulni qo‘llashdan asosiy maqsad ichakni tozalash va shuning barobarida, aniq tashxis qo‘yishdan iborat. Gijja ichak devoriga yopishgan bo‘ladi. Ularni tushirish uchun o‘n xil shifobaxsh o‘t va qovoq, sarimsoq hamda zaytun yog‘i aralashmasidan tayyorlangan damlama yordam beradi. Yuvish jarayonida yoshga qarab qancha miqdorda suv yuborilish miqdori belgilab qo‘yilgan. U tiqinlarni ochib, nobud bo‘lgan gijjalarning tushishiga ham imkon beradi. Ichaklar tozalanib, aniq tashxis qo‘yilgach, uyda davolanishni davom ettirish uchun dori-darmonlar yozib beriladi. Har uch mutaxassis ham yuqorida keltirilgan belgilar paydo bo‘lganda shifokorga ertaroq murojaat qilish zarurligini ta’kidlashdi. Bu kasallik o‘z vaqtida davolanmasa, allergiya paydo bo‘lishiga, ichakdagi himoyalovchi mikroblarning zararlanishiga sabab bo‘ladi. Tana immun tizimining 86 foizi ichaklarda joylashgani bois o‘z-o‘zidan kasalliklarga qarshi kurashuvchanlik ham susayib boradi. Har qanday kasallikni davolashda bir necha usullar mavjud. Bemor o‘zining holati va shifokor maslahati bilan o‘ziga ma’qulini tanlaydi. Ammo kasallikning oldini olish eng yaxshi yo‘l ekani hech qachon yodimizdan ko‘tarilmasligi lozim.

Gijja profilaktikasida shifokorlar tasviyasi

Gijjalardan saqlanish uchun quyidagilarga rioya qilish zarur:
  • har ovqatlanishdan avval qo‘llar sovunlab yuvilishiga e’tiborli bo‘lish;
  • bolalarga yarim tayyor ovqatlarni imkon qadar bermaslik;
  • bolalarning ichki kiyimlarini har kuni yuvib, dazmollab turish;
  • meva va sabzavotlarni yaxshi yuvib iste’mol qilish;
  • faqat qaynatilgan suv ichish;
  • go‘sht va baliq mahsulotlarini yaxshilab pishirib iste’mol qilish;
  • uy hayvonlarini parvarish qilish qoidalariga amal qilish.
Mavzuga oid foydali maqola: Gijjalarni yo‘q qilish uchun xalq tabobatidan na’munalar

© Shahnoza RAHIMXO‘JAYEVA, “Oila davrasida” muxbiri. Od-press.uz