vazn tashlash

MAQOLALAR

ico
Vazn tashlashning oson yo‘llari
Sertifikatli murabbiy va mashhur Chicago Tribune'ning bosh fitnes-sharhlovchisi Jeyms S.Fell bunday muvaffaqiyatga osonlikcha erishmadi. Jeyms 30 yoshga kelib nafas siqishi, fast-fudga bo‘lgan mehri va nosog‘lom vazni bilan “maqtana olardi”. Ko‘zgu bilan navbatdagi uchrashuv yigitning kayfiyatini shu qadar tushirdiki, u o‘zini qo‘lga olishga qaror qildi va atigi ikki yilda orzusidagi qomatni “qurish”ga muvaffaq bo‘ldi. Fellning ta’kidlashicha, hattoki dunyoning eng semiz kishisini ham ozishga majbur qiluvchi bir necha amaliy tavsiya bor. Trendymen ularning eng asosiylari bilan bo‘lishdi. (Kun.uz tarjimasi)

Mashg‘ulotlarga mehr qo‘ying

Mashg‘ulotlarga mehr qo‘ying Birinchi navbatda, mashg‘ulotlardan zavq olishni o‘rganing. Ongingiz rad etayotgan narsani bajarishga o‘zingizni majburlay olmaysiz. Ozish uchun uzoq shug‘ullanishga to‘g‘ri keladi. Jismoniy mashg‘ulotlarni majburiyat emas, ishchi kunlardan dam olish sifatida qabul qilishga harakat qiling. Yordam berishi kerak.

Tezkor maqsadlar

“Men ozishni xohlayman” - maqsad haddan ziyod uzoq va noaniq. Vizual natijani ko‘rmasangiz, go‘yoki maqsadsiz harakatlanayotgandek bo‘lasiz. Shuning uchun aniq, qisqa muddatli maqsadlar qo‘yib, ularga yetishishni o‘rganing. Masalan, mashg‘ulotlar jadvalini muzlatgichga osib qo‘yib, bajarilgan har bir kunni marker bilan o‘chiring. Shunda natijani ko‘ra boshlaysiz va o‘ziga yarasha rag‘bat paydo bo‘ladi.

Mukammal qomat

Ko‘zguga boqing va tan oling: ko‘rayotganingiz - mukammal qomat emas. Hatto vaqti-vaqti bilan jismoniy mashqlarga vaqt ajratsangiz ham, doim undan-da ko‘proq shug‘ullanish imkoni mavjudligini unutmang. Shunchaki yaxshi ko‘rinishga emas, ortingizdan boshqalar qayrilib qaraydigan darajada ko‘rkam bo‘lishga intiling. Bu yaxshi motvatsiya bo‘lishi mumkin.

Majburiy nonushta

Ertalabki nonushta nafaqat metabolizmni tezlashtiradi, balki butun bir kun uchun yaxshi poydevor vazifasini o‘taydi: yaxshi nonushta qilgan odam kun davomida ortiqcha kaloriya iste’mol qilmaydi. Bundan tashqari, ochlik hissi kechroq keladi, tushlikning kechikishi esa kechki ovqatni umuman bekor qilish imkonini beradi.

Uyquga yotishdan avval tamaddi qilish

Uyquga yotishdan avval tamaddi qilish Uyquga me’yoriy ochlik hissi bilan yoting. Bu — normal hissiyot, organizmingiz kechki tamaddidan olingan quvvatni qayerga qo‘yishni bilmaydi. Bundan bir necha usul bilan qochish mumkin: bir piyola qaynoq giyohli choy oshqozonni to‘ldiradi, tishlarni tozalash esa o‘zingizni tiyishga va tunda muzlatgich yoniga yaqinlashmaslikka yordam beradi.

Haddan tashqari to‘yib qolmang

To‘qlik hissini tuyishga harakat qiling. Ovqatdan qoniqish hosil qilib, yana biroz tamaddi qilish imkoni borligini his qilganingizda stoldan turish uchun o‘zingizni qo‘lga ola bilishingiz kerak. Bu qiyin va qandaydir tajriba talab qiladi, biroq natija shunga arziydi. Yengil ochlik hissi butun organizmni tonusda ushlashga yordam beradi - uyqu va charchoqdan asar ham qolmaydi.

Past kaloriyali mahsulotlarni tanlang

Past kaloriyali mahsulotlarni tanlang Bir Oreo pechenyesi qancha kaloriyaga ega bo‘lsa, chorak kilogramm ismaloq kaloriyasi shuncha bo‘ladi. Past kaloriyali parhezga e’tibor qarating, u organizmingizni foydali moddalar bilan to‘liq qoniqtira oladi. Bu vazifani amalga oshirishda, eng yaxshisi, sarxil meva va sabzavotlar yordam beradi.
Vazn tashlashga oid foydali maqolalarni saytimizning "Ozish" rukni orqali doimiy ravishda o‘qib borishingiz mumkin.
ico
Soda bilan ozish mumkin(mi)
Bu maqolam orqali ozishni juda ham xohlaydiganlar uchun bir sirni ochaman, deydi "Sanduvoch" gazetasi muxbiri Fotima Madrahimova. Gap ozish haqida borganda, xayolingizdan jismoniy zo‘riqishlar, kuchli diyetalar, ko‘proq suv ichish va shunga o‘xshash fikrlar kechishi mumkin. Lekin so‘z oddiygina ichimlik sodasi haqida boradi. Ozish bilan soda orasida qanday bog‘liqlik bor ekan, deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz kerak. Quyida siz "Sanduvoch" gazetasi muxbiri Fotima Madrahimovaning "sodainfo.ru" sayti ma'lumotlari asosida tayyorlagan maslahatlarga boy maqolasini o‘qishingiz mumkin.

Soda bilan ozish mumkinmi?

Soda – kundalik uy yumushlarini bajarishda uy bekalariga yaxshigina ko‘makchi. Bundan tashqari, u inson tanasidagi ortiqcha yog‘larni eritishda ham ishtirok etishi mumkin. Biz sodani iste’mol qilish haqida emas, balki sodali vanna qabul qilish, uni qanday tayyorlash haqida gaplashamiz. Ichimlik sodasini aslo iste’mol qilib bo‘lmasligini yodingizdan chiqarmang. U oshqozonda kislota ko‘payib ketishi va oshqozon faoliyati ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Natijada siz anchagina muddat davomida shifokorlar nazoratida bo‘lib, parhez qilib yurishingizga to‘g‘ri keladi. Bunda ham ozish mumkin, lekin sog‘lom bo‘lib ozishga nima yetsin?

Soda yordamida qanday ozish mumkin?

Kerakli natijaga erishish uchun 10 marotaba kunora 20-25 daqiqa davomida sodali vanna qabul qilish kerak. Suv 37-39 gradus issiqlikda bo‘lishi kerak. Suv haroratining pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymang.soda bilan ozish Suv qanchalik issiq bo‘lsa, yog‘larning erish jarayoni ham shuncha tez kechadi. Agar tez va oson ozishni istasangiz quyidagi ko‘rsatmalarimizga amal qiling:
  • Vanna suv bilan to‘ldirilgach, 300 gr ichimlik sodasiga 500 gr dengiz tuzini (morskoy sol) solasiz. Yaxshilab aralashtiring. Ozish jarayoni tezroq kechishi uchun bir necha tomchi efir moyini ham qo‘shishingiz mumkin.
  • Suv harorati 37-39 gradusni tashkil etishi shart. 20-25 daqiqa davomida suv haroratini bir maromda ushlab turish ham juda muhim.
  • Vanna qabul qilgandan so‘ng artinish mumkin emas. Kattaroq sochiqqa o‘ralib yoki maxsus xalat kiyib olib bir, bir yarim soat davomida yotish kerak. Bu muddatda tanangiz tinch va xotirjam holda bo‘lsin. Chunki ozish jarayoni davom etayotgan bo‘ladi. Bu muolajani uxlashdan oldin o‘tkazish maqsadga muvofiq.
[box type="info" align="aligncenter" ]Diqqat! 10 martalik kursdan so‘ng faqat 2 oydan keyingina ushbu kursni takrorlashingiz mumkin.[/box] Bir martalik muolajada 2 kilogrammgacha ortiqcha vazndan xalos bo‘lishingiz mumkin. Juda oz vaqtdan so‘ng o‘zingizni ancha yengil his qilasiz. Bu usuldan foydalanganlar 10-12 kilogrammgacha ortiqcha vazindan xalos bo‘lishganini alohida ta’kidlab o‘tishim zarur. Shu bilan birga sodali vanna faqatgina ozish uchun yordam beribgina qolmasdan, teringizni mayin va yumshoq qiladi. Shuningdek, organizmni ortiqcha suvlardan va toksinlardan xalos qiladi. Sodali vanna qabul qilayotganingizda to‘g‘ri ovqatlanishga harakat qiling. Juda yog‘li taomlar, ko‘p miqdordagi shirinliklar iste’mol qilish va uxlashdan oldin ko‘p ovqatlanish mumkin emas. Aks holda bu muolajalar kerakli natijani bermaydi.

Sodali vannani qanday holatlarda qabul qilish mumkin emas?

Sodali vanna qabul qilish mumkin bo‘lmagan holatlar:
Yuqorida bergan maslahatlarimiz sizga uy sharoitida oson, zararsiz va tez ozish imkoniyatini beradi. Har gal ko‘zguga qaraganingizda, qomatingizdan zavqlaning. Har bir inson go‘zal bo‘lishga xaqli.
ico
Ozish uchun dorilar chindan ham ozdiradimi?
 Bugungi kunda reklama qilinayotgan va, umuman, barcha ozdiruvchi vositalarning  chindan ham nafi bormi? Shu haqda ma’lumot bersangiz? ozish uchun dorilar

Ilhom OTAJONOV, diyetolog:

— Ozish istagida bo‘lsangiz, avval,
shifokor-terapevt ko‘rigidan o‘tib, barcha kerakli tahlillarni topshiring, yo‘ldosh kasalliklarni davolang, shu bilan birga diyetolog tavsiyasiga ko‘ra, bizning mamalakatimizda davlat standartlaridan o‘tgan, foydalanishga ruxsat berilgan, nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan ozdiruvchi vositalardan foydalanishingiz mumkin. Ijtimoiy tarmoqlardagi vositalar haqida biror fikr aytishdan yiroqman.
Foydali maqola: Ortiqcha vaznni yashirishning 5 usuli (Ayollar uchun)
ico
Emizikli davrda ozish mumkinmi?
Ko‘pchilik ayollar chaqaloq dunyoga kelgach o‘z go‘zal qomatlarini qanday qilib qaytarish haqida o‘ylab qoladilar. Biroq hamma ayollarda ham gormonal o‘zgarish va na emizish vazn tashlashga olib kelmaydi. Qattiq parhezlar esa emizikli ayol va chaqaloqqa faqat zarar keltirishi mumkin. Emizikli davrda ozishning iloji bor, ammo buni asta-sekin, keskin parhezlarsiz amalga oshirish kerak.

Ozish uchun foydali tavsiyalar

  • Taomnomangizdan yog‘li taomlar va shirin ichimliklarni chiqarib tashlang. Oz-ozdan tez-tez ovqatlaning va yetarli darajada toza suv iching.
  • Jismonan faol bo‘ling, toza havoda sayr qiling. Ko‘pgina mashqlarni kichkintoyingiz bilan birga bajarishingiz mumkin, aminmanki, u ham bundan bir olam zavq oladi.
  • Farzand kutish vaqtida ayol o‘rtacha 8 kgdan 25 kggacha vazn yig‘adi. Bu ko‘rsatkich bola vazni, platsenta, qo‘shilgan qon miqdori, bolani o‘rab turuvchi suvni o‘z ichiga oladi. Bu davrda ona yig‘adigan vazn bolaning rivojlanishi va ona salomatligi uchun nihoyatda muhim. Avvallari kerakli yog‘ hujayralari inson organizmida chaqaloqlik va o‘smirlik davrlarida to‘planadi, deb hisoblanar edi. Ammo so‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra «foydali yog‘lar» ona qornida — homiladorlikning 3-trimesrtda shakllanar ekan. Bundan kelib chiqadiki, har bir homiladirlik yangi yog‘ qatlamlarining hosil bo‘lishi bilan birgalikda kechadi. Shunday ekan tabiatga qarshi borish mantiqsiz. Ammo baribir ushbu maslahatlarga amal qilgan holda vazn tashlashga erishish mumkin.

Diqqat, bu tavsiyalar juda muhim!

Maslahatim.uz

ico
Samarali ozish uchun qimmatli maslahatlar
Dunyoga o‘zining ozish haqidagi va boshqa kitoblari bilan mashhur yozuvchi Allen Karrning «Ozishning oson yo‘li» kitobiga asoslangan maslahatlarni "Uzbaby.uz" nashri e'lon qildi. Quyida ushbu qimmatli maslahatlar bilan tanishishingiz mumkin. Marhamat.

Qimmatli maslahatlar

Bizga ma’lumki, ozish uchun kam yeyish emas to‘g‘ri ovqatlanish zarur. Ya’ni hammamiz biladigan semirtiradigan mahsulotlardan voz kechish vazn kamayishiga olib keladi. Semirtiradigan kalloriyasi ko‘p mahsulotlar bu - shokolad, yog‘liq go‘sht, shirinliklar, non va non mahsulotlari va hokazolardir. Allen Karr bu tamoyilga qo‘shimcha qilib bir qator maslahatlar beradi. Ularning ba’zilarini keltirib o‘tamiz:
  • Ozishni niyat qilgan odam kuniga 3-4 mahal ovqatlanishi kerak. Muhimi shundaki, shu ovqatlanish vaqti orasida suyuqlikdan boshqa hech nima yemaslik kerak.
  • Ertalabki nonushta faqat mevalardan iborat bo‘lishi kerak.
  • Bir o‘tirishda to‘yib ketguncha emas, balki yetarlicha yeyish lozim. To‘yish hissi paydo bo‘lishi ko‘p yeyilganidan dalolat beradi. Yetarlicha yeyishga esa o‘z vazningizdan kelib chiqqan holda ma’lum bir porsiyani yeyish tushuniladi. Yetarli porsiya hajmini aniqlash uchun hozirgi yeyayotgan porsiyangizni asta-sekin kamaytirib borish kerak. Shunda to‘qlik hissigacha olib kelmaydigan hajm siz uchun yetarli porsiya hisoblanadi. Undan ortig‘i organizmingizga kerak emas.
  • Ora-orada shirinlik, pechene, pista, qurt, sho‘r danaklar kabi yengil yeguliklardan qo‘rqish kerak. Ular birinchidan, ishtahani keskin ochib yuboradi, ikkinchidan, ularni yeganda to‘xtash qiyin bo‘ladi. Shunda siz qorningiz ochgani uchun emas, shu yeguliklar oshqozonni qo‘zg‘atib yuborgani uchun bemahalda ovqatlanishni istab qolasiz.
  • Qorin haqiqatan ochganda ovqatlanish haqiqiy lazzat keltiradi. Shunda to‘yish hissi ham tez keladi. Qorin o‘chmay turib shunchaki ora-orada yeb yurgan holda ovqatlanganda esa to‘qlik hissi kelishi juda qiyin bo‘ladi.
Yuqoridagi tamoyillar oddiyga o‘xshagani bilan aslida juda samaralidir. Ulardan ozish uchun emas, balki doimiy ravishda sog‘lom hayot tarzida yashash uchun foydalanish kerak. Shunda natija diyetalar va’da qilgandek 1 oyda yoki 1 haftada emas, balki butun umr mobaynida sizni xursand qiladi.