Bo'g'im kasalliklari

MAQOLALAR

ico
Bo'g'im og'rishi - sabablari, diagnostikasi va davolash usullari

Bo'g'im og'rishi boʻgʻimlar atrofidagi boshqa aʼzolar yoki ularning tarkibiga kiruvchi elementlar bilan bogʻliq patologiyalar natijasida ham boʻlishi mumkin. Chin boʻgʻimlardagi ogʻriq (artralgiya) bo'g'im yalligʻlanishi bilan bogʻliq boʻlishi yoki boʻlmasligi ham mumkin.

Boʻgʻimlar yalligʻlanganda eng avvalo yuzaga keladigan simptom bu ogʻriqdir. Bundan tashqari mahalliy qizarish, shish, mahalliy terida haroratning yuqori boʻlishi ham qoʻshiladi. Artrit markaziy yoki kichik periferik boʻgʻimlarda ham uzatiladi. Ogʻriq harakatlanish bilan yuzaga chiqishi yoki harakatga bogʻliq boʻlmasligi mumkin.

Bo'g'im og'rishi

Turli kasalliklarda turli boʻgʻimlarda oʻziga xos boʻlgan ogʻriq kuzatiladi: masalan ayrim kasalliklarda ogʻriq juft boʻgʻimlarning har ikkisida yuzaga chiqishi, boshqa kasallikda esa ogʻriq faqatgina bir boʻgʻimda uchrashi mumkin, baʼzi holatlarda esa ogʻriq bir boʻgʻimdan boshqa boʻgʻimga koʻchib yuradi.

Artritga sabab boʻluvchi kasalliklarni aniqlashda bir qator kriteriyalarga asoslaniladi:

  • Nechta boʻgʻimda va aynan qaysi boʻgʻimlarda ogʻriq kuzatilishi;
  • Markaziy boʻgʻimlar zararlanganmi, masalan umurtqalar;
  • Artrit oʻtkir kechyaptimi yoki surunkalimi.

Oʻtkir artrit bir necha boʻgʻimlar zararlanishi bilan kechishi quyidagi kasalliklar oqibatida kuzatiladi:

  • Virusli infeksiyalar;
  • Surunkali artritning xuruj davrida.

Oʻtkir artrit bir necha boʻgʻimlar zararlanishi bilan kechishi juda kam uchraydigan Laym kasalligigonoreya yoki streptokokkli infeksiyalar natijasida kelib chiqadigan kasalliklar (oʻtkir reaktiv artrit) yoki podagra sababli boʻlishi ham mumkin.

Surunkali artrit bir necha boʻgʻimlar zararlanishi bilan kechuvchi ayrim kasalliklarda ham ogʻriq sindromi kuzatiladi:

  • Revmatoid artrit, psoriatik artrit yoki tizimli qizil yugurik;
  • Osteoartrit (kattalarda yalligʻlanish kuzatilmaydi);
  • Yuvenil idiopatik artrit (bolalarda).

Odamlar orasida eng koʻp uchraydigan boʻgʻimlar ogʻrigʻiga sabab boʻluvchi kasalliklar quyidagilar:

  • Fibromialgiya;
  • Revmatik polimialgiya;
  • Bursit yoki tendit. Bursit yoki tendit odatda jarohatlanish natijasida kelib chiqadi va bunda patologik jarayon faqatgina yagona boʻgʻimda kuzatiladi.

Bo'g'im og'rishi diagnostikasi

Bo'g'im og'rishi yuzaga kelganda eng avvalo ogʻriqqa sabab boʻgʻimlarning oʻzida kechayotgan patologiyami yoki tizimli kasallik natijasida boʻgʻimlar zararlanishimi degan savolga javob olish zarur. Agar boʻgʻimlar tizimli kasalliklar natijasida ogʻrisa kasallikni kechiktirmay davo muolajalarini oʻtkazish zarur. Quyida qanday holatlarda shifokorga murojaat etish kerak ekanligi haqida bilib olasiz.

Shoshilinch ravishda shifokorga murojaat etish lozim boʻlgan holatlar:

  • Boʻgʻimlarda shishi, harorat oshishi va qizarish boʻlsa;
  • Terida qizil toshmalar, dogʻlar yoki burmalar paydo boʻlsa;
  • Burun yoki ogʻiz shilliq qavatida yaralar boʻlishi;
  • Koʻkrak sohasida ogʻriq, hansirash, kuchli yoʻtal kuzatilsa;
  • Qorinda ogʻriq boʻlsa;
  • Tana harorati oshishi, koʻp terlash;
  • Koʻz shilliq qavatining qizarishi yoki ogʻriq boʻlishi.

Shifokor huzurida mutaxassis anamnez yigʻish, fizikal koʻrik, instrumental tekshiruvlar yordamida boʻgʻimlarda kuzatilayotgan ogʻriq sababini aniqlaydi va keyingi rejani aytadi.

Anamnez yigʻishda ogʻriq xarakteri, ogʻriqning vaqtga bogʻliq holda kuchayishi, jismoniy harakat vaqtida kuchayishi, yondosh kasalliklar, avval oʻtkazilgan kasalliklar haqida maʼlumot toʻplanadi.

Fizikal koʻrikda esa boʻgʻimlarning umumiy holati, harakatlanish doirasi (aktiv hamda passiv), teri rangi, shish, qizarish, toshma kabi elementlarga eʼtibor qaratiladi. Bundan tashqari ogʻiz, burun, koʻz, genital soha shilliq qavatlari ham koʻzdan kechiriladi. Mahalliy limfa bezlari holati,nerv tizimi funksiyasiga ham baho beriladi.

Fizikal koʻrik yordamida boʻgʻimlar ogʻrishining sababini aniqlash osonlashadi. Masalan, boʻgʻimlar atrofi terisida ogʻriq boʻlishi, ammo boʻgʻimlarning oʻzida ogʻriq kuzatilmasligi bursit yoki tendinitdan darak beradi. Shu sohaning barcha qismida ogʻriq kuzatilsa fibromialgiya sababli boʻlishi mumkin.

Bo'g'im og'rishi bilan birgalikda umurtqa pogʻonasida ham ogʻriq yuzaga kelsa osteoartrit, reaktiv artrit, psoriatik artit haqida oʻylash mumkin. Bilak uzuk sohasidagi boʻgʻimlarni koʻzdan kechirish eng koʻp tarqalgan ikki kasallik revmatoid artrit va osteoartritni bir biridan farqlash imkonini beradi.

Artritda koʻpincha barmoq falangalarining pastki yaʼni distal qismlari zararlanadi, revmatoid artritda esa aksincha bilak uzuk sohasidagi boʻgʻim zararlanishi qayd etiladi.

Muhim boʻlgan analizlar quyidagilar:

  • Sinovial suyuqlikni tekshirish;
  • Autoantitelolarni qon analizi yordamida tekshirish;
  • Eritrotsitlar choʻkish tezligi va C-reaktiv oqsilni aniqlash.

Boʻgʻimlarda shishi kuzatilsa, boʻgʻim ichi suyuqligidan namuna olish uchun boʻgʻim ichiga maxsus igna kiritiladi va suyuqlikdan maʼlum hajmda namuna olinadi (artrosentez). Boʻgʻim suyuqlik bakteriologik tekshiriladi yoki mikroskopik tekshiruv yordamida suyuqlik tarkibidagi kristallar tekshiriladi. Suyuqlikda leykotsitlar aniqlanishi boʻgʻimda yalligʻlanish jarayoni kechayotganligini bildiradi.

Qondagi autoantitelolarni aniqlash organizmda tizimli kasalliklar haqida maʼlumot berishda ancha keng maʼlumotlar beradi.

Eritrotsitlar choʻkish tezligi – eritrotsitlarning probirka ostiga choʻkish tezligiga qarab bir qator tizimli kasalliklar haqida fikr yuritish mumkin, ammo ECHT boshqa yalligʻlanish kasalliklari natijasida ham oshishi mumkin. Shu sababli ECHT tekshiruvi bilan bir qatorda C-reaktiv oqsil miqdori ham aniqlanadi. C-reaktiv oqsil miqdori yalligʻlanish jarayoni natijasida koʻpayib ketadi.

Boʻgʻimlarning holati haqida eng yaxshi maʼlumot beruvchi tekshiruv usullari – rentgenografiya, kompyuter tomografiyasi va MRT hisoblanadi.

Bo'g'im og'rig'i davosi

Boʻgʻimlarda ogʻriq kelib chiqish sababi aniqlangach aynan shu kasallikka qarshi chora tadbirlar amalga oshiriladi, masalan tizimli kasalliklarni davolash uchun immun tizimi funksiyasini pasaytiruvchi (gormonal) preparatlar, infeksiya natijasida kelib chiqadigan yalligʻlanishni bartaraf etish uchun esa antibiotiklar buyuriladi.

Bundan tashqari yalligʻlanish jarayonini bartaraf etishda nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparatlar ham yaxshi samara beradi. Bo'g'im og'rishi holatia boʻgʻimlarni immobilizatsiya qilish yaʼni harakatini cheklash natijasida ham ogʻriq hissini kamaytirish mumkin.

Jarohatlar vaqtida muzli xaltalar qoʻyish, hamda mushaklar spazmini kamaytirish uchun esa iliq grelkalar qoʻyish ham mumkin. Ogʻriq sindromi kamaygach fizioterapevtik muolajalar buyuriladi. Surunkali artrit holatida esa mushaklar kontrakturasi hamda atrofiyasini oldini olish maqsadida doimiy mashqlar bajarish kerak boʻladi.

Bir necha bo'g'imlarda og'riq kuzatilishi sabablari, belgilari hamda tekshiruv usullari

Fibromialgiya – boʻgʻim yalligʻlanishi yoʻq, ogʻriq shu soha atrofidagi mushaklarga ham tarqaladi, tez charchash, uyqu buzilishi baʼzida ichaklar bilan bogʻliq muammo, koʻpincha ayollarda uchraydi va surunkali kechadi, ruhiy tushkunlikka sabab boʻlishi mumkin.

Viruslar natijasida boʻgʻimlar yalligʻlanishi – boʻgʻimlarda ogʻriq bir necha soat ichida paydo boʻlishi mumkin, viruslarga xos boʻlgan boshqa belgilar (masalan gepatit B da sariqlik, gepatit C da oyoqlarda boʻrtiqchalar paydo boʻlishi, OIV da esa limfa tugunlari kattalashishi). Sinovial suyuqlik tekshiruvi hamda PSR yoki IFA tekshiruvlari.

Yuvenil idiopatik artrit – yoshlarda boʻgʻimlarda simmetrik ogʻriq boʻlishi, surunkali kechishi, belning pastki qismida ogʻriq, limfa bezlari kattalashishi va tana harorati oshishi, jigar va taloq kattalashuvi. Autoantitelolarni qonda tekshirish.

Revmatoid artrit – surunkali, simmetrik boʻgʻimlarda ogʻriq, tez charchash, tongi vaqtda boʻgʻimlar harakati cheklanishi, boʻgʻimlar deforamtsiyasi, teri ostida kuchli shish paydo boʻlishi, koʻpincha yoshlarda kuzatiladi. Autoantiteloni aniqlash hamda rentgenologik tekshiruv.

Zardob kasalligi (qonga yot boʻlgan oqsil koʻp miqdorda tushishi natijasida kuzatiladi) – bir necha boʻgʻimlarda yalligʻlanish va ogʻriq, tana harorati koʻtarilishi, toshma va limfa tugunlari kattalashuvi.

Tizimli qizil yugurik – boʻgʻimlarda ogʻriq yalligʻlanish jarayoni bor yoki yoʻq, teridagi oʻzgarishlar, mushaklar ogʻrishi, shilliq qavatlar qurishi, buyraklar bilan bogʻliq muammolar. Peshob umumiy analizi, aʼzolarda biopsiya olish, qonda autoantiteloni aniqlash.

Nosimmetrik boʻgʻimlarda ogʻriq sindromi kuzatiladigan kasalliklar

Bexchet kasalligi – ogʻiz yoki genital soha shilliq qavatlarida yaralar, koʻz shilliq qavati qizarish va ogʻriq.

Podagra – toʻsatdan yuzaga keluvchi kuchli ogʻriq, tana harorati oshishi, boʻgʻimlarda shish, koʻpincha bir boʻgʻimda kuzatiladi. Sinovial suyuqlikni tekshirish.

Infeksion endokardit – boʻgʻimlarda shish va ogʻriq, tungi vaqtda ter ajralishi koʻpayishi, tana vazni kamayishi, isitma, yurakdagi ogʻriqlar. Exokardiografiya va qon analizi.

Osteoartrit – surunkali ogʻriq, koʻpincha tizza va chanoq son boʻgʻimida, barmoqlardagi kichik boʻgʻimlar zararlanishi, boʻyin va bel sohasida ogʻriq. Rentgenologik tekshiruv.

Psoriatik artrit – psoriaz, simmetrik boʻgʻimlarda ogʻriq, qoʻl barmoqlari deformatsiyasi, tendinit, koʻz shilliq qavati qizarishi va ogʻriq. Rentgenologik tekshiruv.

ico
Tizza og‘rishi sabablari va davolash usullari
Tizzada nega og‘riq paydo bo‘ladi? Bu qanchalik jiddiy? Va hokazo shu kabi savollarni har birimiz ertami kechmi beramiz. Statistika bo‘yicha tizza bo‘g‘imi kasalliklari bilan aholining 50 % i zararlanadi va bu holat eng ko‘p tarqalgan patologiyalardan biri hisoblanadi. Tizzada og‘riqlar kuzatila boshlasa, birinchi navbatda uning sababini aniqlash zarur.

Tizza og‘rishi sabablari

Tizza og‘rishi Odatda og‘riq tizza bo‘g‘imining o‘zi zararlanganda paydo bo‘ladi, ammo bu har doim ham emas. Quyida tizza og‘rishiga olib keluvchi sabablar haqida batafsil ma’lumot beramiz:
  • Tizza bo‘g‘imi artrozi (gonartroz) – bo‘g‘im to‘qimalarining degenerativ buzilish jarayoni, uzoq muddat davom etganda bo‘g‘imlar deformatsiyasiga va uning harakati cheklanishiga olib keladi.
  • Tizza bo‘g‘imi artriti (gonartrit, gonit) – yallig‘lanishli jarayon. Mustaqil kasallik ko‘rinishida ham, boshqa kasallik simptomi yoki asorati sifatida ham kelib chiqishi mumkin.
  • Meniskopatiya – menisklarning jarohatlanishi. Jarohat natijasida kelib chiqadigan o‘tkir va kuchli og‘riq. Patologiyani davolamasa, surunkali shakliga o‘tadi va deformatsiyalangan bo‘g‘im artrozlariga olib keladi.
  • Qon tomirlarda buzilish tufayli og‘riq – bo‘g‘imlarning patologiyasi emas, lekin bu muammo bilan 10 % ga yaqin bemorlar ortoped-shifokorlarga murojaat qilishadi.Bunda bo‘g‘imda qon aylanishi buzilgani hisobiga og‘riq kelib chiqadi va bir umr bezovta qilishi mumkin.
  • Tizza bo‘g‘imi payining yallig‘lanishi (periartrit) – tizza ichi sohasida og‘riq bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi, zinadan tushganda va chiqqanda og‘riq kuchayadi. Ko‘pincha 40 yoshdan oshgan, semiz ayollar kasallanadilar.
  • Chanoq-son bo‘g‘imi artrozining tizza bo‘g‘imida “akslanishi” (koksartroz) – bunday holatda tizza bo‘g‘imida hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi, harakatlanish chegaralanmaydi, rentgenogrammada tizza bo‘g‘imi o‘zgarmagan bo‘ladi. Ushbu simptom bilan 3-4 % bemorlargina aziyat chekishadi.
  • Jarohat natijasida;
  • Tug‘ma patologiyalar;
  • Autoimmun kasalliklar;
  • O‘sma kasalliklari.
Og‘riq kelib chiqish mexanizmi tog‘aylarning zararlanishi, bog‘lamlarning jarohati, suyuqlik yig‘ilishi yoki bo‘g‘im suyuqligi qurib ketishi, bo‘g‘im bo‘shlig‘iga suyak bo‘lakchasi tushib qolishi yoki yot jism tushishi, nerv tolalarining siqilib qolishi, qon aylanishi buzilishi va zo‘riqishlar ortishi.

Og‘riqning xarakteriga qarab, tizza og‘rig‘i sababini aniqlash mumkinmi?

Tizza og‘rishini davolash Og‘riqning taxminiy sabablarini, og‘riqning xarakteriga qarab aniqlab olsa bo‘ladi. Masalan, to‘mtoq, surunkali, harakatlanganda og‘riq kuchayishi, ertalab uyqudan uyg‘onganda kelib chiqadigan og‘riq va bo‘g‘imlarda “qarsillash” belgilari bo‘lishi – artrozdan dalolat beradi.
  • Agar tizza bo‘g‘imida shish va mahalliy harorat oshishi kuzatilsa – bu artritdan dalolat berishi mumkin.
  • Doimiy yoki tez-tez takrorlanuvchi (ayniqsa, tunda kuchayadigan), simillovchi og‘riqlar – oyoq venalarining trombozidan dalolat beradi. Bu kasallik jiddiy bo‘lib, hatto inson hayotiga xavf solishi ham mumkin. Shuning uchun kasallik belgilari kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat etish kerak.
  • Agar og‘riq kuchli va to‘satdan kelib chiqsa – bu menisklar jarohatlanganidan dalolat beradi.
  • Tizza bo‘g‘imining har ikkalasida ham simmetrik og‘riqlar kuzatilishi – revmatizmrevmatoid artrit va boshqa kasalliklardan darak bo‘lishi mumkin.

Tizza og‘rishini davolash usullari

An’anaviy davo

Bo‘gimlardagi og‘riqlar – inson hayot sifatiga salbiy ta’sir etuvchi holat. Ko‘pincha og‘riq kuchi tufayli harakatlanish cheklanadi. Ayniqsa, tizza sohasidagi diskomfortlar tufayli, inson yurish qobiliyati ancha pasayadi. Aholining ko‘pgina qismi ushbu holat bilan uchrashadi va ularning barchasi davo choralari ko‘rish uchun turli xil usullardan foydalanishadi. Xo‘sh, eng samarali va ishonchi usullar qaysilar? Tizza og‘rig‘i Agar sizni tizza og‘riqlari qiynayaptimi – davolashi keyinroqqa qoldiring! Ha, aynan shunday, chunki  tizza og‘rishiga asl sababni aniqlash va undan keyingina davolashni boshlash shart. Faqatgina mahalliy qo‘llanuvchi maz va gellar bilan kasallikni butunlay davolab bo‘lmaydi, shifokor tavsiyalariga ko‘ra davoni kompleks ravishda olib borish kerak. Umuman olganda umumiy davo choralari quyidagilarga yo‘naltirilgan:
  • Og‘riqsizlantirish;
  • Og‘riq chaqiruvchi omilni bartaraf etish;
  • Bo‘g‘imning normal strukturasi va funksiyasini tiklash.
Tizzada og‘riq chaqiruvchi biror bir kasallik yo‘qtilsa, og‘riq o‘z-o‘zidan kamayadi va og‘riqsizlantiruvchi vositalarga ham ehtiyoj qolmaydi. Ko‘pincha kompleks davoda yallig‘lanishga qarshi vositalar, xondroprotektorlar (tog‘ayni tiklash va himoyasi uchun), umumiy immunitetni kuchaytiruvchi preparatlar, diyeta, fizioterapiya, massaj, manual terapiya va davolovchi gimnastikalardan foydalaniladi. Eng muhim jihati oyoq bo‘g‘imlari (tizza bo‘g‘imi ham) tana vazni ortiqcha bo‘lgan insonlarda ko‘proq shikastlanadi, chunki ularning butunlay vazni oyoqlarga tushadi. Bunday insonlar birinchi navbatda tana vaznini normal holatga keltirishlari kerak. Ular diyetaga rioya qilib, sho‘r, achchiq, un mahsulotlaridan cheklanishlari kerak. Kasallikning remissiya davrida (tinch davrida) jismoniy tarbiya bilan muntazam ravishda shug‘ullanib turish kerak. Ayniqsa, suv sportlari va suvda o‘tkaziladigan mashqlar juda foydali, chunki ular mushak va paylarni harakatlanishga majbur etadi, qon aylanishini yaxshilaydi va asab tizimini ham tinchlantiradi. Tizza og‘riqlarida tez va samarali davo usuli bu – massaj va manual terapiyadir. Bunday usullarni maxsus mutaxassislar o‘tkazadilar, og‘riq esa qisqa muddatlar ichida kamayadi.

Xalq tabobati

Albatta, har qanday kasallikni ona tabiat noz ne’matlari yordamida davolasa bo‘ladi. Xalq tabobati usullaridan uy sharoitida ham bemalol foydalansa bo‘ladi. Yaxshisi, xalq tabobatini tibbiy davo choralari bilan birgalikda olib borilsa, ijobiy natijalarga erishish darajasi yuqori bo‘ladi. tizza og‘riganda Tizza bo‘g‘imi og‘riqlarida xalq tabobati bilan davolash – qizdirish va ortiqcha tuzlardan xalos etishga qaratilgan. Bular dorivor o‘simliklardan tayyorlangan vannalar, kompresslar va malham surtishlar. Ko‘pincha xalq tabobatida tizza sohasidagi og‘riqlarni kamaytirish uchun kompress qilib, tabiiy asal va asal mahsulotidan (propolis) foydalaniladi. Tizzaga surtish uchun esa – tabiiy hayvon yog‘laridan, vannalar uchun – tuz, soda, ot quloq, moychechak va boshqa o‘simliklardan tayyorlangan vannalardan foydalanish kerak. Muolaja davomiyligi ehtiyojga ko‘ra va organizm xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi. Og‘riqni qoldirishda qizdiruvchi maz va kompresslar yaxshi samara berishi mumkin. Ularni uy sharoitida ham tayyorlasangiz bo‘ladi. Quyida bir necha retseptlar tayyorlanishi haqida ma’lumot beramiz:
  • Bir choy qoshiq tuz va bir choy qoshiq ichimlik sodasini aralashtiriladi, unga 7 tomchi yodli eritmadan tomiziladi. Tizzani iliq suv bilan ho‘llaniladi va aralashmani tizzaga qo‘yiladi. Aralashmani tizzada 15 daqiqa ushlab turilib, so‘ngra iliq suv bilan yuvib tashlaniladi. Undan keyin tizza sohasiga vitaminli kremlar surtiladi. Davo natijasini 5-6 muolajadan so‘ng seziladi.
  • 100 gr quruq qalampir (suxoy gorchitsa) va 100 gr kamfora yog‘i aralashtiriladi. 2 dona tuxum chaqib, aralashmaga qo‘shiladi. Tayyor bo‘lgan malhamni tizzaga surtib, junli mato bilan o‘rab qo‘yiladi. Muolajani og‘riq qolgunga qadar davom ettiriladi.
  • Achchiq qalampir nastoykasi. Nastoyka hajmiga teng hajmda spirt yoki aroq aralashtirilib va og‘riqli tizza sohasiga kechki vaqt uyqudan oldin surtiladi.
Bundan tashqari davolovchi massaj va gimnastika ham yaxshi samara beradi. Massaj – tizza bo‘g‘imida qon aylanishini yaxshilaydi. Gimnastika esa – mushaklar va boylamlarni mustahkamlaydi. Tizzada og‘riq chaqiruvchi kasallikning turi va darajasidan qat’iy nazar davolovchi gimnastika va massajlar sekin-astalik bilan, kompleks ravishda olib borilishi kerak. Bunday mashqalar tizza sohasidagi mushaklarni harakatlantiradi, bo‘shashtiradi, qon aylanishini yaxshilaydi va og‘riq hissini kamaytiradi. Ovqatlanish tartibiga ham rioya qilish tavsiya etiladi – o‘simliklar, vitaminlarga boy mahsulotlar, baliq go‘shti bo‘g‘im tog‘aylarini tiklashga yordam beradi. Og‘riq hissi yo‘qolgandan keyin esa uning qayta kelib chiqmasligiga harakat qilish kerak: sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, organizmni chiniqtirib borish, zo‘riqishlardan saqlanish va stress holatlariga tushmaslik kerak. Tana vaznini me’yorda ushlab turish ham muhim ahamiyatga ega.
ico
Suyak yemirilishi yoxud bo‘g‘im artrozi
Inson salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarga to‘g‘ri tashxis qo‘yib davolash tibbiyot xodimlari oldida turgan asosiy vazifalardan sanaladi. Xastaliklarni erta aniqlash, insonning to‘laqonli sog‘lom hayot kechirishi maqsadida tibbiyot sohasida barcha imkoniyatlar yaratib kelinmoqda. Xususan, travmatologiyada amalga oshirilayotgan qator yangiliklar bemorlarga to‘g‘ri tashxis qo‘yish va davolashga qaratilgan. Ayniqsa, suyak yemirilishi yoki bo‘g‘imlar artrozini davolashda yangicha usullarni qo‘llash borasida chuqur izlanishlar olib borilmoqda. Mazkur mavzu yuzasidan kengroq ma’lumot olish uchun  oliy toifali shifokor, travmatolog Odil Valiyev bilan "Sog‘lom avlod uchun" jurnalining jurnalisti  Valida Abdug‘affor qizi suhbatlashdi. Ushbu suhbat bilan quyida tanishishingiz mumkin. Suyak yemirilishi

Artroz kasalligi qanday kasallik?

– Artroz kasalligi qanday kasallik? Uni keltirib chiqaruvchi omillar haqida ma’lumot bersangiz. – Artroz bo‘g‘imning distrofik surunkali kasalligi bo‘lib, moddalar almashinuvi va ichki sekretsiya bezlari faoliyatining buzili­shi, bo‘g‘imlarning shikastlanishi, shamollash, intoksikatsiya, yuqumli kasalliklar oqibatida kelib chiqadi. Artrozda yirik tizza, chanoq-son, boldir-tovon, bilak hamda mayda bo‘­g‘imlar, xususan, umurtqa pog‘onasi bo‘g‘imlari (spondiloartroz) zararlanadi. Bun­da bo‘g‘imlar biroz shishadi, bosib ko‘rilganda og‘riydi, bukish, yozish chog‘ida qirsillagan tovush eshitiladi. Bu holat 40-60 yoshli insonlar orasida ko‘proq uchraydi.

Bo‘g‘imlarda uchraydigan kasalliklar

– Bo‘g‘imlar tuzilishi va unda uchraydigan kasalliklar haqida ham to‘xtalib o‘tsangiz. – Suyaklarning harakatchan birikishini ta’minlovchi yuza oralig‘ida bo‘shliq mavjud. Ko‘pincha oyoq qo‘lning naysimon suyaklari bo‘g‘im sohasida yo‘g‘onlashib, boshqa suyakning qarama-qarshi yuzasida esa botiq­chalar va maydonchalar hosil qiladi. Suyaklarning bo‘g‘im yuzalari bo‘g‘im paylari bilan qoplangan bo‘lib, ular harakat vaqtida sodir bo‘ladigan zarblarni kamaytiradi, bo‘g‘imning erkin va elastik harakat qilishiga imkon beradi. Bo‘g‘im hosil qilishda ishtirok etadigan suyaklarning uchlari biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan bo‘lib, bo‘g‘im xaltasi, ichki tomondan esa sinovial parda bilan o‘ralgan. Bu parda paylar yuzasini namlab turuvchi va ular harakatini yengillashtiruvchi suyuqlik ishlab chiqaradi, aks holda harakat chog‘ida bo‘g‘im hosil qilgan suyaklarning yuzalari o‘zaro ishqalanib og‘riq paydo qiladi va harakat cheklanadi. Bo‘g‘im yuzalarining shakliga qarab sharsimon (ko‘p o‘qli), g‘altaksimon (bir o‘qli), tuxumsimon (ikki o‘qli) bo‘g‘imlarga bo‘linadi. Ba’zi suyaklar o‘zaro bo‘g‘im yordamisiz, biriktiruvchi to‘qimalar, boylamlar va paylar yordamida birikadi. Bo‘g‘imlar harakati odam­ning tik yurishi, bukilishi, ishlashi kabi holatlarini ta’minlaydi. Sovuq havo, kasallik, shikastlanishlar, moddalar almashinuvining buzilishi bo‘g‘imlar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘r­satadi. Muntazam badantarbiya bilan shu­g‘ullanish ularni mustahkamlaydi. Bo‘­g‘im kasalliklari orasida uning shikastlanishi (suyak chiqishi), artroz (tug‘ma yoki moddalar almashinuvining izdan chiqishi tufayli yallig‘lanish), artrit kabi xastaliklar uchrab turadi.

Suyak yemirilishi sabablari

– Suyak yemirilishiga olib keluvchi sabablar nimada? – Keksalik, xotin-qizlarda tuxumdonlarning olib tashlanishi, qiz bola balog‘atga yetsa-da, organizmdagi ba’zi gormonal o‘zgarishlar tufayli kuzatiladigan amenoreya (hayz kelmasligi), uzoq vaqt gormonal dori vositalarini qabul qilish, shuningdek, chekish, spirtli ichimliklar ichish kabilarni ko‘rsatish mumkin. Shu bilan birga, kalsiyga boy mahsulotlarni kam, oqsil va fosfatlarga boy bo‘lganlarini esa ko‘p iste’mol qilish, qahvani me’yoridan ortiq ichish, organizmda D vitaminining yetishmasligi, uzoq vaqt kuzatilgan harakatsizlik, bo‘g‘imlarda qon aylanishining buzilishi, bo‘g‘imlardagi tug‘ma nuqsonlar, ayollarda klimaks davrida estrogen garmonlarning yetishmasligi, jarohat, suyak sinishlari, turli xildagi yuqumli kasalliklar ham suyak yemirilishiga olib keladi.

Kasallik profilaktikasi

– Xastalikning oldini olish uchun qanday choralar ko‘riladi? –    Avvalo, ota-onalar farzandlarining bolaligidan boshlab tarkibi kalsiyga boy bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilishini nazorat qilishlari lozim. Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish, quyoshda yetarlicha toblanish, yuqori xavf omillarini kamaytirish, ya’ni spirtli ichimliklar, qahvani kam iste’mol qilish, chekish, och qolishdan saqlanish, homiladorlik davrida kalsiyga boy mahsulotlarni iste’mol qilish shart. Chekish ichaklarda kalsiy so‘rilishini, estrogen ishlab chiqarilishi va suyak og‘irligini kamaytiradi. Qahva va osh tuzini ko‘p iste’mol qilish kalsiyning peshob orqali chiqarib yuborilishini kuchaytiradi.

Bo‘g‘im va suyaklar mo‘rt bo‘lmasligi uchun

– Bo‘g‘im va suyaklar mo‘rt bo‘lmasligi uchun qanday mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qilish tavsiya etiladi? – Keksa kishilarning kalsiyga bo‘lgan bir kecha-kunduzlik ehtiyoji 1500 mg. Bu ehtiyoj kalsiyga boy bo‘lgan – sut va sut mahsulotlari (pishloq, yogurt, tvorog), baliq, jigar, sabzavotlar (karam, soya, no‘xat, mosh, shol­g‘om), quruq va ho‘l mevalar (turshak, anjir, olma) va yong‘oq, kunjut, bodom, yeryong‘oq bilan qondirilishi mumkin. Shuningdek, keksa yoshdagilar ovqat ratsionida qizil go‘sht (yosh qoramol, buzoq go‘shti) miqdorini ham cheklashi lozim. Baliq va jigarda esa D vitamini ko‘p bo‘lib, kalsiy va fosfor ichakda yaxshi so‘riladi. Oksalat saqlovchi (ko‘katlar, choy, shokolad) va ko‘p miqdordagi o‘simlik kletchatkasi (ildizli mevalar, poliz mahsulotlari) kalsiyning so‘rilishini kamaytiradi. Iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida kalsiyning yetishmasligi, uning ichakda so‘rilishining kamayishi, bemorlarning quyoshda yetarli darajada sayr etmasliklari ham osteoporozga sabab bo‘lishi mumkin. Kalsiy dori vositalari bemorlarning sut va sut mahsulotlarini kam iste’mol qilganlarida va ularni hazm qila olmaganlarida tavsiya etiladi. Suyak yemirilishini dori vositalari bilan davolashda preparatlarning turi va ularni berish davomiyligi, shuningdek, kasallikning turi va ifodalanish darajasi, keksa kishilar yoshi va jinsi, ulardagi mavjud surunkali kasalliklar, oldingi suyak sinishlarini inobatga olgan holatda belgilanadi.

Artrozlarni davolash

– Davolanishdan so‘ng bemor yana odatiy hayot tarziga qayta oladimi? – Og‘ir turdagi suyak yemirilishi, ya’ni artrozlarning 3-4-darajalari operativ yo‘l bilan davolanadi. Bulardan biri sun’iy bo‘g‘im – endoprotez qo‘yish jarrohlik amaliyoti bajarilgandan so‘ng bemorlar yana odatiy turmush tarziga qaytishlari mumkin.

© Odil Valiyev, travmatolog. Valida Abdug‘affor qizi, jurnalist. "Sog‘lom avlod uchun" jurnali.