Mashq qilishda eng asosiysi — o‘z energiya zaxirasini muddatidan oldin sarflab qo‘ymaslik.
Hamma yaxshi ishlovchi qurilmalar singari bizning organizmimiz ham to‘g‘ri yoqilg‘ini talab qiladi. Xo‘sh, mashq qilishdan oldin nimalar yemaslik lozim?
Bargli sabzavotlar
Yangi sabzavotlar — juda foydali hisoblanadi, lekin ismaloq va gulkaram kuchli noqulaylik tug‘dirishi mumkin. Bargli sabzavotlar tarkibidagi kletchatkalar gaz yig‘ilishiga va qorin damlashiga sabab bo‘ladi.Kepakli non
Xamirturush va glyutenning uglevodlar bilan aralashishi qorin damlashiga sabab bo‘ladi. Albatta ular quvvatni oshiradi, lekin salbiy qo‘shimcha ta’sirlari foydasidan ko‘ra ustunroq keladi.Xom pistalar
Xom pistalar tarkibida yog‘ ko‘p bo‘lgani uchun ular ham qorin damlashiga sabab bo‘ladi.Achchiq yeguliklar
Achchiq ovqatlar mashq qilish paytida me’da qaynashiga sabab bo‘ladi va ular hazm bo‘lishi uchun ko‘p vaqt talab qilinadi.© Men’s Health / Daryo
Ushbu maqolani ham o'qing:
Vitaminlar haqida batafsil ma’lumot